Ňîď đĺéňčíă www.uz
XXI

Majnunning vahshatlig` eldin ulfat rishtasin uzgoni va biyobon vahshiylari bila uns navosin tuzgoni va kiyiklar bila Navfal ovi aro qolg`oni va Navfal2 visol va`dasi kamandin aning bo`ynig`a solg`oni va kiyiklarni ozod qilib oni sayd  qilg`oni va ko`nglin ovlag`oni1

Qilg`on bu fasona kov-kovi,
Bu qissag`a bo`yla bo`ldi rovi.

Kim, yondi chu haj tavofidin xayl,
Har kim vatanig`a ayladi mayl.

Majnun atosig`a ranji jovid,
O`g`lidin o`lub tamom navmid.

Zabtini bilibki mumkin ermas,
Befoyda ish natija bermas.

Avd etti tutub jahonni yoshi,
Ma`yus bori urug`-qayoshi.

Devona dag`i yonib shitobon,
Qat` aylab tog` ila biyobon.

Har kun yana bir taraf xiromi
Har tun yana bir daman maqomi.

Ne turg`onida qarori oning,
Ne azmida ixtiyori oning.

Yo`q hech so`z aytmoqqa mayli,
Aytur so`zi bu qadarki: «Layli».

Ham Layli o`lub tilida zikri,
Ham Layli o`lub ichida fikri3.

Haryon nazar etsa oshkoro,
Layli nazarida jilva oro.

Tasvir etibon yuzi xayolin,
Ko`zga kiyurub qadi misolin.

Ikkisiga chun qilib taammul,
Sarv uzra gul aylabon taxayyul.

Ham sarvning olida qo`yub bosh,
Ham ul gul uchun ravon qilib yosh.

Layli g`amidin qilib tafakkur.
Yuz baytu g`azal deb o`ylakim dur.

Ham qofiyasi aning sifoti,
Ham barcha radifi oning oti.

Eshitgach ani g`aminu dilshod,
Yuz zavqu nishot ila tutub yod.

Abyotig`a ma`ni otasholud,
Nazmi chiqorib dimog`idin dud4.

Har lafzida shavq harfi mubham,
Har harfida ishq sirri mudg`am.

Ul nazm ilakim tuzub navoyi,
Solib ulus ichra hoy-hoyi.

Pajmurdag`a jon mulosiq aylab,
Afsurdani zoru oshiq aylab.

To hush dimog`ig`a solib tob,
Ab`yot deb o`ylakim duri nob.

Chun monii hush o`lub jununi,
Yova so`z o`lub aning fununi.

El harne takallum etsa bilmay.
O`z so`zini dog`i fahm qilmay.

O`rtab ko`nglin junun g`am ichra,
Hardam solib o`zga olam ichra.4

Kelmay nafase o`ziga hushi,
Sahro vuhushi kibi xurushi.

Ne yig`larig`a g`azab muayyan,
Ne kulmagiga sabab muayyan.

Ruxsori taponcha birla majruh,
A`zosida yo`q nishonai ruh.

Bu holatidin gahi qilib havl,
O`z holig`a aylar erdi lohavl.

Ul naqshni yona ishqi bebok,
Filhol yur erdi ko`nglidin pok,

Tog` ichra uni tushub sabodek,
Qum uzra tani quruq giyodek.

Yoshlardek etib yig`iyu faryod.
Qilmay ato-anosin, vale yod.

Yor aylabu oshno baloni,
Sog`inmay yoru oshnoni.

Anduh yeb, etib jafo mayi no`sh,
Ichmak-emagi bo`lub faromush.

Ko`z yoshidek o`lmay oramida,
Jayran kibi xalqdin ramida.

Nafs itligidin kechib tamomi,
Dasht uzra kiyik mutiu romi.

Har qumg`aki maqdami yetishib,
Bir dasht kiyik anga erishib.

Girdida kiyik, to`la yaboni,
Ul o`rtada o`ylakim shuboni.

Gohi o`pubon munung jabinin,
Gohi silabon aning surinin.

Haryon bo`ri posbon itidek,
Yo`q, yo`q, ne dedim, shubon itidek.

Bu dashtqakim tushub guzori
Kim, ko`kka yetib fig`onu zori,

Navfalki Arabda erdi nodir,
Tig`ig`a qadar, o`qig`a qodir.

Yaxshiliq ila Arabda mavsum,
Oromgahi bu marz ila bo`m.


Ul kun qilibon havoyi naxchir,
Ov amrig`a qilmish erdi tadbir.

Har   xayldin   el   qilib   murattab,
Sahro sori surmish erdi markab.


Charga aro qolmish erdi Majnun5,
Davrida kiyik adaddin afzun.


Har saydki ul sipahni ko`rdi.
To`sh-to`shdin aning sori yugurdi.

Borisig`a ish anga yalinmoq,
To mumkin aning sori sig`inmoq.

Navfal ko`rub ul xilofi odat,
Hayrat anga ajz etib ziyodat.

So`rdi elidinki: «Bu g`arobat
Kim, ko`nglum aro solur mahobat.

Siz ham ko`rasizmu, yo`qsa yo`qmu,
Yo keldi mening ko`zumga-o`qmu?»

Ul xaylda ba`zi erdi hamroh,
Majnun ishidin sarosar ogoh.

Navfal qoshida surub hikoyat,
Ul qissani qildilar rivoyat.

Navfal dag`i ishq ko`rgan erdi,
G`am dashti aro yugurgan erdi.

Bu ishniki bildi yig`ladi zor,
Ul sayd qilurdin o`ldi bezor.

Dediki: «Ne kimiyo erur ishq,
Ne boriqai ziyo erur ishq.

Kim, har kishiniki qildi g`amnok,
G`ashdin qilur o`yla qalbini pok,

Kim vahshki bo`lmas el bila rom,
Sahro aro tutmas onsiz orom.

Ishq o`yla vujudin oritibdur,
Andoq bashariyati itibdir

Kim, vahshg`a yo`q qoshida dahshat
Chun ketti basharliq, itti vahshat».

Tark ayladi saydg`a jafoni,
Elga dedi: «Tashlang o`qu yoni,

Ham itligingizni tashlangiz chust,
Ham itlaringizni bog`langiz rust!»

Chun xaylig`a qildi bo`yla ahkom,
Tushti, dag`i qo`ydi ul taraf gom.

Majnun ko`rub oni oshnovash,
Kelmakligi keldi ko`ngliga xush.

Garchi dadu dom qildilar ram,
Majnuni ramida turdi birdam.

Etgach Navfal, salom qildi,
Majnun anga ihtirom qildi.

Dedikim: «Ayo xujasta diydor,
Chehrangda xujastaliq padidor.

Ham mehri safo yuzungda toli`,
Ham nuri vafo engingda lomi`6.

Yuz kom sanga nasib keldi,
Sendin ko`zuma g`arib keldi

Kim, g`ofil ulus kibi chekib o`q,
Vahsh etidan o`zni istamak to`q.

Chun yo`q bu g`izog`a ihtiyojing.
Ozor nedin tilar mizojing.

Kim, nafs nishotig`a chekib xayl,
Qon to`kkali ko`nglung aylagay mayl.

Bu zulm ila ul g`izomu bo`lg`ay,
Sendin bu sifat ravomu bo`lg`ay?

Gar ursa tikan ayog`inga nesh,
Ko`nglung ayog`ing uchun bo`lur resh.

Ne mazlama yoyin o`ldi qurmoq,
O`q chekmaku jonivarni urmoq?

Haq berdi bularg`a dog`i joni,
Oyini hayotdin nishoni.

Bu necha ramida jonidin kech,
Bejurm guruh qonidin kech!».

Navfal ko`rub ul kalomi durposh,
Er o`ptiyu qo`ydi olida bosh.

Dedikim: «Ayo farishta payvand,
Kelmay sifating basharg`a monand!

Bu so`zki muroding erdi bildim,
Harneki deding qabul qildim.

Jonimg`a ravo ko`ray qilich, o`q,
Lekin bu suruk ramidag`a yo`q,

Chun sen qilding hikoyat izhor,
Emdi manga ham hikoyate bor».

Majnun anga berdi buyla posux,
Kim:   «Aytqil,   ey   jamoli   farrux».

Navfal  dedi:  «Ulki qilding irshod
Qil, qilma ramidalarg`a bedod.

Bildim nafasing halovatini,
Qo`ydum borining adovatini.

Senkim, eldin qilib judoliq,
Qilmishsen alarg`a oshnoliq.


Yo`q el bila ulfating ziyodat,
Bu ish ham erur xilofi odat.

Insonki erur charog`i binish,
Bal chashmu charog`i ofarinish7.

Andin o`zin aylamak ramida,
Hayvon bila bo`lmoq oramida.

Aql olida besabab ko`rundi,
Sendin manga bas ajab ko`rundi.

Andoq dedilarki: «Guluzore,
Solmish yuragingga xorxore8.

Gar andoq ish o`lg`on ersa hodis,
Bo`lg`on esa mundoq ishga bois,

Bo`lg`il bu ramidalardin ozod,
Kezgil necha kun mening bila shod.

Ul yerdaki zoru mubtalosen,
G`am domida bastai balosen.

Imkoni borincha aylayin jahd,
Tokim qilay oni sanga hammahd.

Er tutmasa naqdu molu darxost,
Harsori sipoh ishin qilay rost.


Yo tuhfau moli xost birla,
Ul bo`lmasa zarbi rost birla.

Gar davri falak muovin o`lg`ay,
Har nav` bilaki mumkin o`lg`ay.

Bu uqdadin istabon kushoding,
Koming bila yetkuray muroding.

Gar bo`lmasa ul g`araz muyassar,
Bordur xud anga evaz muyassar.

Farzand qilay seni o`zumga,
Minnatni qo`yay yoruq qo`zumga.

Lekin dadu domdin chekib gom,
Tutqil bu ramida birla orom.

Odam bila vahsh keldi kam jins,
Odamg`a ham odam o`ldi hamjins.

Gar yor visoli o`lsa koming,
Bu ishda kerakdur ehtimoming».

Chun vasl so`zin eshitti Majnun,
Shavq o`ldi burung`idin ham afzun.

Xushholliq etti oni behol,
Beholliq etti nutqini lol.

Yuz sa`y bila qilib takallum,
Ko`zida suv, og`zida tabassum.

Dedi: «Nekim aylading xitobim,
Borisig`a bor edi javobim.

Chun vasl so`zin deding unuttum,
Ul barchasidin kanora tuttum.

Bu va`daki qilding oshkoro,
Bo`lmasa vafosig`a madoro.

Yuzumdurur ashhabing tuvog`i9,
Boshimdurur markabing ayog`i».


Ikki sori mundoq o`lg`och ozarm.
Bir-birlarini so`rushtilar garm,

Ul poyada ixtilot bo`ldi,
Kim mujibi yuz nishot bo`ldi.

Chun vasl ila berdi mujdagoni,
Navfal olib uyga bordi oni,

Ey hajrda jismi notavoning,
Chun mujdai vasl topti joning.  

Gar vasl ishi maholvashdur
Filhol bu mujda bori xushdur.

XXII

Navfalning Layli gavharin Majnun iqdi silkiga tortar uchun gavhardek so`zlar nazm silkiga tortib Layli atosig`a yiborgoni va aning so`z gavharin ushotib payvand rishtasin uzgoni va Navfal sipoh chekib, ul dog`i adovat yasolin tuzgoni va kin arsasig`a ot surub dov tilashgonlari va falak mansubalaridin bir-biridin qoyim   ayrilishqonlari   va berk   yerlar hisor   qilib tushgonlari1

Bu dasht tay aylagan musofir,
Bu nav` etti fasona zohir.

Kim, yor o`lub ul iki yagona,
Chun bo`ldilar uy sori ravona.

Navfal tiladi necha suxanvar,
Har mushkil ish ichra royi anvar,

Sharh aylab alarg`a surati hol,
Layli hashamig`a qildi irsol.

Aylab atosig`a bo`yla payg`om:
«Key tavsani baxtu toleing rom!

Qays ulki Arabda bebadaldur,
Har fazlda el aro masaldur.

Layli sari ishqi pok payvand,
Qilg`on emish oni orzumand.

Ifrot hayovu infioli,
Qo`ymay qilurig`a sharh holi.

Qavmu xaylin unutqon ermish,
Ul ishq ila dasht tutqon ermish.

Savdo aro bo`lmish o`yla maftun
Kim, el der emishlar oni «Majnun».

Xayling aro kasbi ilm qilmish,
Olamda ne ilm bori bilmish.

Sen dog`i ishin bilur emishsen,
Doyim sifatin qilur emishsen.

Bo`lg`onda bu ishq mubtalosi,
Ne fikrni aylamish atosi.

Gar xud sanga ermas erdi farzand,
Farzandinga xud bor erdi monand.


Sen dog`i ilik chekib ishidin,
Ahvolini anglamay kishidin,

Qo`ymishsen oni asiri anduh
Kim, tutmish gah dasht, gahi ko`h.

Mundoqmu bo`lur muruvvat oxir,
Mardumlig` ila futuvvat2 oxir.

O`tkandin shikva qilsa bo`lmas,
Har negaki o`tti yetsa bo`lmas.

Men dasht aro tilab nishoni,
Uyga keturubmen emdi oni.

Etibmen o`zumga yoru farzand.
Bo`lmish yana voqifu xiradmand.

Emdi budur iltimos darxost
Kim, qilsak ikov nikoh ishin rost.

Ko`z ustida ulcha rasmu oyin,
Jon o`rtada ulcha aqdu kobin.

Dur toj o`za aybdin yiroqdur,
La`l o`lsa yonida yaxshiroqdur.

Gar to`lg`ar esang bo`yun bu ishdin,
Vahm aylagasen ko`ngul qolishdin».

Bu so`z bila ko`p berib tabarruk,
Aylab alar ul sori taharruk.

Layli atosi ham o`lg`och ogoh,
Majlis yasabon nechukki dilxoh.

Payg`om ahlini aylab ikrom,
Payg`omini aylab ahli payg`om.

Somi`g`a qatig` kelib bag`oyat,
To`lg`ondi o`ziga benihoyat.

Bevaqt o`lub etti bo`yla taqrir,
«Kim, mundoq emish azalda taqdir

Kim, ul buti chinu mohi farxor,
Bu bog`da gar gul o`lsa, gar xor.

Bir o`zga muhib habibi bo`lg`ay,
O`zga kishining nasibi bo`lg`ay.

Alqissa qazoyi osmoni,
Etkurdi yana birovga oni.

Gar bo`lmasa erdi ham bu surat
Yo`q erdi manga base zarurat

Navfal so`ziga itoat etmak,
Har ishgaki amr qildi yetmak.

Xossaki qilib so`zini taqsim,
Bir qismin umed etib birin biyim.

Ummed ila ko`nglum aylagay xush,
Biymi bila xotirim mushavvash.

Ul oyki asiri beadaddur,
Bu lahza birovga nomzaddur.

Gar topsa bu so`zidin nadomat,
Ul noriyu biz beri salomat.

Bu so`z bila topmas o`lsa taskin,
Gar lutf ayon qilur, agar kin.

Lutf aylasa forig` o`lturubbiz,
Kin ko`rguzur o`lsa ham turubbiz.

Andoq dag`i bo`lmasun anga fahm
Kim, kinidin etgumizdurur vahm.

Razm aylasa azm qilg`umizdur,
Azm aylasa razm qilg`umizdur».

So`zni chu bu yerga xatm berdi,
Dedi: «Boringizki so`z bu erdi!»

Qo`ptilar ul el topib xijolat,
Navfalg`a keturdilar malolat.


Navfalg`a chu bo`ldi qissa ma`lum,
Bo`ldi bu xabardin asru mag`mum3.


Ul nav`ki va`da qilmish erdi,
Bu ish bo`lurini bilmish erdi.

Jam` ayladi har qabiladin xayl,
Filhol urushqa ayladi mayl.


Majnunni qilib yonida yovar,
O`t ostida yel kibi takovar.

Ham to`nig`a yetkurub shamoma,
Ham boshig`a chirmatib amoma.

Ul harne qilurdin o`lmay ogoh,
Gah nola qilib, gahi chekib oh.

Ot qay sarikim borur dam urmay,
Tursa dag`i yo`l yururga surmay.


Tayyor qilib sipohi jarror4,
Jarrorliq ichra barcha tayyor.


Majnun ishi sa`yu hiylasig`a.
Surdi Layli qabilasig`a.

Ogah bo`lg`och alar dog`i bot,
Oyini jalodat aylab isbot.

Haryon kishi chopturub yig`ib el
Kim, amrida mahkam aylabon bel.

O`tru chiqibon aduvg`a holi,
Ko`shish bila tuzdilar yasoli

Kim fahm etib o`yla qahru kinlar,
Charx ayladi hardam ofarinlar.

Navfal cheriki dog`i chekib saf,
Usruk tevalar kibi sochib kaf.

Bu nav` iki silohi hunrez,
Qon to`kkali barcha vahshatangez.

Bir-birga yetishtilar g`azabnok,
Qatl etgali barcha tundu bebok,

Markab yeli arsani supurdi,
Ozarm giyahlarin sovurdi5.

Andoqki yog`in yog`ar bahoron,
Maydong`a suv urdi tiyr boron

Dasht uzra egarguchi hayunlar,
Oshubda o`ylakim quyunlar,

Pech urmoq ishida har sinoni,
Boshin kishi yanchg`on yiloni.

Dol o`ldi sinoni shed yanglig`,
Hayat bila bargi bed yanglig`6.

Ittik qilich istab el haloki,
Bosh qirqar uchun nechukki poki.

Poki kibi tezlik qilib fosh,
Qirqib, lekin soch o`rnig`a bosh.

O`q toyirikim uchub havog`a,
Yo`l hayati ko`rguzub balog`a.

Chun uchqali ochilib qanoti,
A`do tanidin o`chub hayoti.

Paykonlar o`lub havog`a moyil,
Yuz kavkabi nahs barcha qotil.

Har tang`aki marg o`tini yoqib,
Umr axtari turmayin uyoqib.

Har sori shihobvor harba,
Chun mayl qilib tamom zarba.

Bo`lsa zirih andoq o`tub andin
Kim, igna hariru parniyondin7.

Xanjar qilib o`zni muttasil til,
Qon to`kmak etib oni qizil til.


Ul zaxmi zabon ila hamesha,
El bag`rini yormoq anga pesha.

Gurz aylab o`zin ulusg`a sarko`b,
El mag`zida hardam andin osho`b.

Nogahki zuhur etib xilofi,
Bosh kosalari bo`lib g`ilofi.

Na`ra bila kirdi abri g`urron,
Ul abrg`a barq tig`i burron.

Ul abri balo, bu barqi ofat,
Andin bori dahr g`arqi ofat.

Ostida hayuni vahshatangez,
El o`ylaki, abrni qilur tez.

Parranda xajangi javzi hurdum,
Sayr amrida raj`at ichra anjum.


Sur`at aro barqdin daraxshi,
Raj`at aro barq gom raxshi.

Rokib anga qatldin urub dam,
Parxosh kuni8 nechukki Rustam.


Har bir arabi taassuboyin,
Ravshan qilib oncha shu`lai kin

Kim, ko`kka bo`lub sharori payvast,
Daryo suvi aylay olmayin past.

Bu nav` iki sipohi qotil,
Bir-birga chu bo`ldilar muqobil.

Navfal sipahi qalinroq erdi,
Qahrining o`ti yalinroq erdi.


A`dosi bu shu`lani ko`rub garm,
Farz o`ldi tariqi hazmu ozarm9.


Chun bor edi elga biymi ofot,
Er berkiga moyil o`ldilar bot.

Go`yo bo`lub erdi kun dog`i kech,
Bir sori shikast tushmadi hech.

Navfal dag`i yondi shodu xurram,
Er topti sipah tusharga mahkam.

Chun ikki cherikka bo`ldi taskin,
Kin ahlig`a zohir o`ldi bas kin

Zulmat sipahi chu soldi soya,
Anjum yurutub anga taloya.

Chin xusravi qildi tarki avrang,
Er yuzini tutti xusravi zang10.

Ul ikki sipah qilib madoro,
Hazm o`ldi alarg`a oshkoro.

Har sori taloyalar ravona,
To tongla ne aylagay zamona.

Ey ishq elining siloh sho`ri,
Keldi manga g`am sipohi zo`ri.

Tut mayki dami farax topoyin,
Ul xaylg`a bosh yalang chopoyin.

XXIII

Layli atosi o`z xaylin Navfal sipohi qoshida zabun ko`rub, aduvg`a chekkan tig`ni o`z jigariga urmoq istagoni, ya`ni Layli qonin oqizay degoni va ul quyoshni Majnun tishta ko`rub, zavolini ravshan qilg`oni va motamzada tundek Navfal oldida axtari ashkin oqizg`oni va Navfalning o`ti tarkin tutub yonmog`i1

Roqimki uzotti til sinonin,
Bu nav` evurur qalam inonin

Kim, ul kun urush chu bo`ldi qoyim,
Qo`nmoqqa sipoh bo`ldi noyim.

Navfal chu urushqa erdi tolib,
Xasmi sori bo`ldi vahm g`olib.

Layli atosi ko`rub elin sust,
Chora sori bog`ladi belin rust.

Chorlatti ravon uruq-qayoshin,
Soldi orag`a ul ish kengoshin.

Ko`p guftu shunid arog`a tushti,
Ko`p tul bu mojarog`a tushti.

Oxir munga qildi so`zni ko`tah,
Kim: «El qochibon nauzbillah2.

 Navfal sori bo`lsa fath yovar,
Sursa hashamim sori takovar,

Hukmin surubon amirlardek,
Laylini chekib asirlardek,

Xaylim ara solsa bo`yla afsus,
Tushsa qara yerga nangu-nomus,

Ul lahza ajab balo bo`lur ish,
Yo o`lmaku yo jalo bo`lur ish.

Bo`lur qaro yer tubiga bormoq,
Bo`lmas arab ichra bosh chiqormoq.

Bo`lg`uncha bu nav` amri noxush,
Bir fikr kelur base manga xush

Kim, tongla ul oyni hozir aylay,
Bir damda ishini oxir aylay.

O`q ignasidin tikay libosin,
Xanjar suyidin ezay hinosin.

Tufroqqa solay qadi niholin,
Erga kiyuray qoshi hilolin.

Har necha ko`zum charog`i uldur,
Jonim taru toza bog`i uldur.

Ofat yelidin o`chub charog`im,
Toroji xazong`a qolsa bog`im,

Xushroqki aduvg`a kom bo`lg`ay,
Nomus manga harom bo`lg`ay».

Chun so`zni bu yerga ayladi band,
Tahsin etib o`ldi barcha xursand.

Navfal sori nusrat erdi hosil,
Xayli sipahi edi qaviy dil.

Majnung`a g`arib holat erdi,
Gah zavqu gahi malolat erdi.

Chun yor visolin aylabon yod,
Ko`ngli bu umid ila bo`lub shod.

Lek o`lmog`i yor xayli mag`lub,
Ko`nglin aning aylar erdi mankub.

Oshiqliq ishi erur zabunluq,
Mehnat chahi ichra sarnigunluq.

Bedilni yengib edi bu qayg`u
Kim, baxt ko`ziga soldi uyqu.

Ko`rdiki kelur nigori zebo,
Boshtin-ayog`ig`a xazzu debo3.

Yo`q, yo`q, ne nigor, sarvi gulchehr,
Ne sarv, ne gulki, g`ayrati mehr.

Ko`z chashmasida zuloli beg`ash,
Jon   gulshanida   niholi  sarkash.

Sahroyi latofat ichra lola,
Ne lolaki, mushkbo` g`azola.

Daryoyi malohat ichra gavhar,
Gavhar neki, aksi mehri xovar.

Ko`z mardumidek ko`ngulga yoqqan,
Ya`niki hamesha ashki oqqan.

Hajr o`tida sham`i olamafro`z,
Ya`niki ishi gudoz ila so`z.

Ko`z yoshini subhdek yoshurg`on,
Ya`ni guli mehrdin dam urg`on.

Sabrini oqizg`on ashk sayli,
Ya`ni mahu mehr rashki Layln.

Ham og`zida ohi ishtiyoqi,
Ham savtida navhan firoqi.

Etgach alif qadin qilib dol,
Majnunni ayog`in o`pti filhol.

So`ngra quchushurg`a bo`ldi moyil,
Bo`ynig`a qo`lin qilib hamoyil.

Dedikim «Ayo: rafiqi joni,
Yo`q, yo`qki, anisi jovidoni.

Ishqingda otam yaroq qilmish,
El ham bori ittifoq qilmish.

Kim, qatlima tongla aylab ohang,
Qonim bila yerni aylagay rang.

Mehrimg`a qarin zavol qilg`ay,
Qonimni shafaq misol qilg`ay.

Mehrini shafaqvash etsa qonim,
Er ostini aylagay makonim.

Ishqingda manga bu erdi maqsud
Kim, ko`rsam o`zumni anda nobud.

Davron bu murodima yeturdi,
Ne istadim olima keturdi.

Ishqingda ne orzuki ettim,
Ul nav`ki komim erdi yettim.

Tushti mening olima ajab yo`l,
Sen yaxshi qol emdiyu tirik bo`l»

Bu so`z bila ko`zdin oqizib ro`d,
Devonasi birla qildi padrud.


Majnung`a degach bu so`zlar ul oy,
Seskandi aningdek aylabon: «Voy!»


Kim, o`chti ulus ko`zidin uyqu,
El hayrat etibki: «ne edi bu».

Motamzadalar kibi o`kurdi,
Navfal sori ashkidek yugurdi.

Etgach yer o`pub so`z etti og`oz:
«Key xasmg`a g`olibu sarafroz!

Tengri uchun emdi chekmagil tig`,
Qo`y, kinayu razm qilmog`il big`!

Kim, tig`nng etar ko`ngul shigofi,
Jon qasdi etar aning masofi.

Tongla yana razm tuzma oxir,
Payvandi hayotim uzma oxir!

Kin yonin ilikdin aylagil yo`q
Kim, jonima tegmagay mening o`q».

Hayrat bila Navfal etti taftish
Kim, erdi xilofi odat ul ish.

Arz ayladi kayfiyatini Majnun,
Navfalki eshitti, bo`ldi mahzun.

Jazm ettiki: «Bu qaziya chindur,
Majnun tushi begumon yaqindur»4.

Anglab edi ko`nglining safosin,
Bal oyinai jahonnamosin

Kim, aylamas anda oshkoro,
Juz sidq jamoli jilva oro.

Chun tun arabi musofirona,
Har sori tushurdi xaylxona.

Ko`k mazrai ichra betavahhum,
Oq uyini tikti turki anjum5.

Ham bu xabar o`ldi elga tahqiq,
El barcha qilib so`ziga tasdiq.

Navfal hashamig`a qo`ydi yuz bot
Kim, yetmagay ul sanamg`a ofot.

Majnun dag`i qildi dasht azmi
Kim, fath qarini bo`ldi razmi.

Eykim, manga hamdamu qarinsen,
Mustavjibi yuz ming ofarinsen.

Bandangmen, agar qilib meni yod,
Boshingdin evurub etsang ozod.

XXIV

Majnunning Navfaldin ayrilg`oni va bodpoyin devboddek surub, bodiya azmi kilg`oni va Zayd2g`a yo`luqub ahvolin ma`lum etgoni va anga yetgan bedoddin munung ham ko`ngliga alam yetgoni va aning istirzosi uchun harne borin anga berib, Layli hashami ko`chgan erga ketgoni1

Bu safhani aylagan munaqqash,
So`zga bu sifat bo`lur raqamkash:

Kim, yondi chu Navfali vafokesh,
Layli eli bo`ldi fikratandesh

Kim, Navfal ishi ajab ko`rundi,
Yonmog`lig`i besabab ko`rundi.

Vahm ayladilarki; «Makr etgay,
G`ofil qilibon boshig`a yetgay».

Ul dashtdin ettilar ravon ko`ch,
Qilg`on kibi hajg`a korvon ko`ch.

Bog`landi chu buxti uzra mahmil,
Oromgah o`ldi o`zga manzil.

Ul tolii korsoz bo`lg`on,
A`dosig`a sarfaroz bo`lg`on.

Bosh tortg`on o`yla sham` baxti
Kim, kuygan uyiyu barcha raxti.

Iqboli samandi sekrigan chust,
Tufroq uza oni tashlagan rust.

Baxti chamanida butgan ul vard
Kim, boshig`a atridin yetib dard.

Ya`ni Majnuni dil ramida
Borur edi bo`lmay oramida.

Nogoh yo`luqti dardmande,
Etgan anga dahrdin gazande.

Majnun ko`rub anda g`am nishoni
G`amgin   bo`ldiyu   so`rdi   oni3.

Kim: «Charx ne ish boshingg`a soldi.
Kim bo`yla girih qoshingg`a soldi?

Mendek ne uchun malolating bor,
De, tengri uchun ne holating bor?»

G`amgin chekib ohi dardparvard,
Bu nav` dediki: «Ey juvonmard!

Men, men arab ichra xoksore
Bemoyau tiyra ro`zgore.

Ul poyada ajzu benavoliq,
Kim ro`zi uchun qilib gadoliq.

Layli hashami mening panohim,
Ul hay tufrog`i takyagohim.

Ul xayl otim xitob etib Zayd,
Bir xayli ayol etib meni qayd.

Bu vaqtki Navfali jafogar
Majnung`a bo`lub mutiu chokar.

Orazmg`a saddi roh chekti,
Layli eliga sipoh chekti.

Hech ish bo`lmay aroda voqe`,
Bo`ldi yana manzilig`a roje`.

Layli eli vahm etibki nogoh,
Ul vaqtki o`lmasa el ogoh

G`ofil qilib elni emdi ketgay,
Yong`ay dag`i etgay ulcha etgay.

Bordi esa ixtiyor ilikdin,
Ochilmas ish ul zamon bilikdin.

Jur`atdin erur nishot qilmoq,
Lekin kerak ehtiyot qilmoq.

Mash`uf o`lubon bu nukta derga.
Chektilar ulusni berk yerga.

Chun qildi qabila ahli shabgir,
Tun olam aro sochar edi qiyr.

Chun ko`ch elidin nazarni yozdim.
Ochquncha yumub nazarni ozdim.

Manzilda bo`lub alar qarori,
Men tushgan emishmen o`zga sori,

Chun mehr sahar yo`lin yorutti,
Ikki tevalik yo`lumni tutti.

Navfal sipahini tarqatib jazm,
Qilg`on emish uyga ul ikov azm.

Tutmoq mutaazzir erdi go`sha,
Anbonchada harne erdi to`sha4.

Oldilaru ikki, uch diram ham,
Bal harne bor erdi beshu kam ham.

Bu oncha emas ediki yona,
Chektilar ikovla toziyona5:

«Naqdingni netibsen, aytg`il!» deb.
«Ko`mgan yeri sori qaytg`il» deb.

Urmoq bila jismim aylabon resh,
Chun topmadilar nima kamu besh.

Soldilaru qildilar azimat,
Men fursatni bilib g`animat,

Gom urg`ali bu taraf oshuqtum,
Tokim sanga bu zamon yo`luqtum.

Sen dog`i agar alardin o`lsang,
Sahroda kishi talardin o`lsang.

Yo`q kisada naqddin nishonim.
Bordur kerak ersa naqdi jonim».

Majnun eshitib bu mojaroni,
Otdin solib o`zni, quchti oni.

Yig`lab dedi: «Ey rafiqi majruh!
Netgay sanga aylasam fido ruh?

Jonim badaning shifosi bo`lsun,
Boshim qadaming fidosi bo`lsun6.

Navfal elidin ne bo`lsa hodis,
Majnun anga o`lg`on o`lsa bois.

Majnun meni tiyra ro`zmen bil,
Tig` ol, neki xotiring tilar qil.

Jismim tilagancha ayla yora,
Ko`nglumni xud ayla pora-pora.

Vahm etma bu ishda tangdilmen
Kim, harneki aylasang bihilmen7.

Gar qatlima aylamassen ohang
Kim, olam eligadur bu ish nang.

Ham naqding uchun evazdur otim,
Ham o`zga jihotinga jihotim»,

Deb harneki kiymish erdi so`ydi,
Majmuin aning qoshig`a qo`ydi.

Ham qoshig`a chekti bodpoyin.
Qolqonu qilichu o`qu yoyin.

Ko`p bo`yla qilib ramidadilliq,
O`pti ayog`in tilab bihilliq,

Dediki: «Agar azimat etsang,
Layli hashamig`a yona yetsang.

Ne til bila de, yetur salomim,
Yo bo`ylavu bo`yla de payomim.

Kim, oncha mening xijolatim bor,
Ul poyada sa`b holatim bor.

Kim, mumkin emas takallum etmak,
Xud bo`lmas ani tavahhum etmak.

Bo`ldung chu baloda rahshunosim.
Bordur sanga muncha iltimosim

Kim, yor qabilasin erishgil,
Qay soriki bordilar yetishgil.

Ham olma yuzungni ul makondin,
Boshingni dag`i ul ostondin.

Jisming ul eshikda xoksor et,
Shukronag`a jonni ham nisor et.

Jon bergali bermasa ko`ngul yor,
Menda dog`i jon bila ko`ngul bor.

Ikkisini sanga topshuromen,
Tufrog` aro tanni yoshuromen.

Jonim eshigida ayla pomol,
Ko`nglumni itining olig`a sol».

Oni bu fasona aylabon8 tez,
Eshitguchi ko`ngli hayratangez.

Bilgach o`zin, anglabon kalomin
Er o`ptiyu qildi ehtiromin.

Dedikim: «Ayo guzini ayyom,
Ishq oyati ichra harfi idg`om!

Ul hajr tuniga subhi ummed,
Ne subhi umed, mehri jovid,

Mehriga saodat avji matla`,
Ismat hulali yuziga burqa`.

Ul nav` g`amingda notavondur
Kim, elga hadisi dostondur8.

Ham og`zi aro sening maqoling.
Ham ko`ngli aro sening xayoling.

Gar qilsang ishoratiki, sursam,
Sendin xabari anga yetursam.

Bu mujdadur anga jondin ortuq,
Bal harneki dermen ondin ortuq.

Nekim manga sen rioyat etsang,
Muncha nimakim inoyat etsang,

Sendin anga aytsam fasona,
Ul bergusi ikki muncha yona.

Har so`z desang anga yetkururmen,
Amr o`lsa javob keltururmen.

Ham kom topar iki dilorom,
O`rtada manga dag`i yetar kom».

Majnun dedi: «Ey rafiqu hamdam!
Jonbaxsh daming yaramg`a marham,

Hijroni tilimni lol etibdur.
So`z derni manga mahol etibdur.

Lekin chu ishimni so`rdung oxir,
Holim bu dururki ko`rdung oxir

Kim, men meni dardmandi mahjur,
To bo`lg`ay otim qoshingda mazkur.

Sen chunki bu yorliq qilursen,
Harne der esang o`zung bilursen.

Oyini vafo shioring o`lsun,
Bor emdiki tengri yoring o`lsun»

Zayd o`ldi falakrav uzra rokib,
Surdi andoqki najmi soqib9.

Ul tez qabila sori surdi,   
Majnun dag`i yondi po`ya urdi.

Ul yerga degin yugurdi jondin
Kim, ko`chmish edi qabila ondin.

Ey yori manozili nasimi,
Jon atri berur daming shamimi.

Etgach bu shamim bexud o`ldum,
Jonon xabarin de, yo`qsa o`ldum!

XXV

Quyosh chashmasi saraton makoni bo`lg`ondakim, harorat fartidin havo hubob2 sardoba3larida pinhon va o`t xoro musomot4ida nihon bo`lurda Majnunning o`tdek iztirob va havodek shitob bila Layli hashami o`rnig`a yetib, qo`tur itni nazora etgoni va it oshnog`a yaling`ondek ul oshnoro`y itga yaling`oni va eldin hayratangiz xitob eshitib, vahshatomiz javob bergoni va ul it qoshidin kiyiklar suhbatig`a yetgoni va aning mushkin g`azolidin raqami mushkbor yetkurgoni1

Bu arsada aylagan taku po`y,
So`z sohatida5 bu nav` urar go`y   

Kim, yetti chu ul damang`a Majnun
Kim, sayr etib erdi mehri gardun.

Kun tush ediyu tamuz fasli,
Javzo bila mehr tob vasli6.

Kun garm bo`lub halok jong`a,
Layli kibi o`t solib jahong`a.

Har yelki esib haroratomez,
Majnun damidek jarohatangez.

Tinmay yugurub quyun tagidin,
Qum uzra ayog`i kuymagidin.

Xurshed haroratidin anjum,
Er soyasi ostida bo`lub gum.

Ko`k tab`ig`a chun harorat oshib,
Jismig`a shafaqdin o`t tutoshib.

Tog`din kishikim tilab nishoni,
Bir to`da qiziq kul anglab oni.

Jismidag`i otashin guharlar,
Andoqki kul ichra o`t ko`marlar.

Daryoga solib isig` havo tob,
To`lg`onmog`i o`z-o`ziga girdob7.

O`rdak anga chun ayog` uzotib,
Suv jo`shi ayog`in elpirotib.

Ul suv tafidin tilab farog`in,
Parda aro chirmabon ayog`in.

Oqartib ekinni mehri purnur,
Ko`k xatni nechukki ta`bi mahrur8.

Bug`doy bori xo`shadin arilib,
Toba naxudi kibi yorilib.

Xirman yerida tazarvu durroj,
Er tobasidin terub qovurmoch.

O`rgamchi shaboqqa parda solib,
Ul parda ichinda soya olib.

Itlar tili yerga tegurub bosh,
G`urra asad ichra aylabon fosh.

Qurtiki harorat o`rtab oni,
Tar meva aro kirib nihoni.

Ul mevani mehr parvarishta,
Aylab bori xom ekanda kishta9.

Ko`llar   yeri   suvni   jazb   etib   pok,
Suv hasratidin tanida yuz chok.

Ul ko`nglini hajr chok qilg`on,
G`am jonini dardnok qilg`on10.

Ul yerga yetishtn nogahondin
Kim, ko`chmish edi qabila ondin.

Evruldi hamul damanni bisyor,
Ne aql, vale anga ne his yor11.

Ko`chmish edi bori xaylxona,
Erda qolib o`rnidin nishona.

Har yerdaki ko`rdi uy makonin,
Yuz birla supurdi ostonin.

To sayr ila yetti ittifoqi,
Ul yergakim ul sanam visoqi.

Ko`ngliga tutoshti o`yla niyron12
Kim, xilqati mulkin etti vayron.


Ham jismig`a pechu tob tushti,
Ham ko`ngliga iztirob tushti.

Bilxossa ishqi xonapardoz,
Ko`ngli aro soldi maxfi ul roz

Kim, yor maqomi bu damandur
Kim, tufrog`i joniga vatandur13.

Ham dilbar isin topib dimog`i.
Bo`ldi yana toza ishq dog`i.


Ko`nglini g`am ayladi lagadko`b,
Joni aro tushti oncha osho`b

Kim, dahrni qo`zg`adi nihoni,
Ko`nglidagi ishq qo`zg`oloni.


Birdam chu bu o`ti topti taskin,
Qo`pti yana ul g`arib miskin


Manzilg`a yuz urdi gom-bargom.
Yuz qo`ydiyu sajda qildi har gom.

Jonon uyi o`rnini chu topti,
Jon pardasi birla oni yopti.

Kirpiklar ila yerin supurub,
Tufrog`ini ko`z aro yoshurub.

Ashki bila balchig` aylab oni,
Berkitgali ravzani baloni.

Bir lahza tanur ichinda itti,
O`tlug` damidin ani qizitti.

Kullarni ko`ziga surma tortib,
Ko`z uyini surmadek qarortib.

Oxur aro lahzai qo`yub gom,
Kah bargidek anda tutti orom.

Har donani tomidinki chekti,
Ko`ngli aro mehr tuxmin ekti.

Kiyz porasin ohi kuydurub chust
Boshi yarasig`a bog`ladi rust14.

Har yon yugurur edi urub oh
Kim, bir qo`tur itni ko`rdi nogoh.

Eti teri zahmatidin orib,
A`zosi xaroshdin qizorib,

Ham suyi ravon og`iz-burundin,
Ham jismi judo bo`g`un-bo`g`undin.

Qon qolmay solcha raglariga,
Jildi yopishib so`ngaklariga.

A`zosida unda-munda bir tuk,
Ul ham bo`lub anga bir og`ir yuk.

Qilmay yurumakka mayl hargiz,
Quyrug`i yukin chekarga ojiz.

Erniki yopilmayin tishiga,
Ya`niki kulumsub o`z ishiga.

Ko`ziki o`zin chuqurg`a solib,
A`zosig`a boqqali uyolib.

Og`zi nafasi nasimi mehnat,
Quyrug` anga zayli mimi mehnat.

Yuz yo`l taniga yasab jarohat,
Mehnat kiribon chiqarg`a rohat.

Baskim tani ravzan uzra ravzan,
Ravzan-ravzan bo`lub anga tan.

Yaralari ichra qaynashib qurt,
Ham anda alarg`a tu`ma, ham yurt.

Qilg`och yarasini qurt darham,
Til birla yalamoq anga marham.

Balkim bu aduvg`a qahr surmak,
Har lahza alarg`a til tegurmak.

Qonlig` jasadida bir suruk zog`,
Bir lolada o`ylakim necha dog`.

Uchub-qo`nub aylab anga qinlar,
Zaxm ustida o`ylakim chibinlar.

Yo`q anga chibin qo`rur majoli,
Qush qovg`ali xud ne ehtimoli?

Majnun ko`rgach bo`lub mushavvash
Ko`ngliga bu zulm keldi noxush.

Itga qo`yubon tani itoat,
Ul xaylg`a boshladi shafoat:

«Key tal`atu lavningiz muborak,
Bo`lg`on manga barcha toji torak.


Boshimdagi yuz yara nishoni,
Har bir biringizning oshyoni.

Ko`nglumdagi yuz teshuk teshib oh,
Har bir biringiz uchun vatangoh.

Aylang bu xarobani nishiman
Kim, javru jafo chekar kishiman.

Ko`zumni cho`qung, tanimni tishlang,
Oning   ko`zinu   tanin   bag`ishlang.


Qasdingiz agar nahif itdur,
Bu xasta dog`i zaif itdur».

Ko`rdiki bu uzru lobau pech
Qushlarg`a tafovut aylamas hech.

Faryod ila vahshat etti og`oz,
Ram topib, alarg`a bo`ldi parvoz.

Keldiyu ul it tabonin o`pti,
Gah paykari notavonin o`pti.

Ko`p ko`rgach annng tanida yora,
O`z ko`nglagin etti pora-pora.

Oldiyu oritti yoradin qon,
Ul paykari pora-poradin qon.  

Qonin tanidin chu ayladi kam,
Bog`ladi yarolarini mahkam.

O`z ko`nglagini anga jul etti,
Qon yoshidin anga gul-gul etti.

Chun bo`ldi ani tongordin ozod,
Yuz dard ila nudba qildi bunyod:

«Key mehru vafo bila sirishting,
Anduhu malol sarnavishting.

Uldamki taningda sihhat erdi,
Ko`nglungda shukuhu quvvat erdi.

Ta`bing-topibon mizoji xuffosh,
Hazming beribon yazakka xashxash15.

Vahming qilibon bo`ri ko`zin to`rt,
Har tun tanig`a ko`zi solib o`rt.

Changingga palang ko`z solur chog`,
Boshtin-ayog`i bu g`ussadin dog`.

Babr olinga o`ylakim saqatlar,
Tirnog`ingdin tanida xatlar16.

Bars otlamog`ing malolatidin,
Bog`lab ko`zini xijolatidin.

Nasrin debon el kafing makonin,
Parvin deb ulus izing nishonin17.

Ilgingga hino yoqib muayyan.
Gah jayranu gohi gavzi jayran18.

Bo`ynung aro sho`xlar tanobi,
Boshing uza shohlar rikobi.

Gohiki g`azab bila irildab,
Gardun asadi sori xirildab.

Bu damki malol ila bo`lubsen,
Ya`niki bu hol ila bo`lubsen.

Sendin qilur ersa el tanaffur,
Bordur manga suhbating tafoxur.

Bir kun neki ko`yi ichra hurdung,
Itlar bila har taraf yugurdung.

Har tun neki tortibon fig`oni,
Bo`ldung eshigida posiboni.

Bir vaqt nekim vafo yo`lidin,
Boshingg`a so`ngak yeding qo`lidin.

Bir chog` neki lutf etib aroda,
Solib edi bo`ynunga qiloda19.

Jonim bo`lsun taning nisori,
Bag`rim bo`lsun tishing figori.

Yorab, falak aylabon g`aming raf`,
Bo`lsun bori za`fu mehnating daf`.

Ham burnodin emdi chustroq bo`l,
Ham tozau tandurustroq bo`l.

Ul dam yana bo`lsa baxt hamdam,
Bo`lsang yana ul eshikka mahram.

Yotlig` sifatini tutmag`aysen,
Men  xastani  ham  unutmag`aysen.

Jonim olib ul taraf guzor et,
Tufrog`ig`a ko`yining nisor et.

Itlar bila aylasang taku po`y.
Mendin borining qoshida yuz qo`y.

Ko`yida so`ngak g`izo qilur dam,
Yod et bu zaif jismini ham.

Gar toliu baxt yor topsang,
Jonon haramig`a bor topsang,

Bor ahli qovub ul ostondin,
Kimsa seni «chiq!» demasa ondin.

Tun bo`lsau ul haram panohing,
Dahlezi ichinda takyagohing.

Yotib engaking ilikka qo`ysang,
Tumshug`ung o`shul eshikka qo`ysang.


Mendin ul eshikni o`p nihoni,
Yo`q o`ylaki kimsa bilgay oni».

Og`zig`a ko`zini surtubon ko`p,
Dediki: «Ayog`i tufrog`in o`p.

Ikkisini tirnog`ing bila o`y,
Bir yerdaki ul ayog` bosar qo`y».

Bu nuktalar ul qilib shumora,
O`tkunchilar aylabon nazora.


Har kim tanib oni zor yig`lab,
G`am ko`nglin etib figor yig`lab.

Tonimag`on aylabon tahayyur,
Ahvolig`a yo`l topib tag`ayyur.

Ko`ngli kuyub o`yla mojarodin,
Bir  so`xta  so`rdi ul  arodin:

«Key ishq o`ti ichra axgar o`lg`on,
Ne axgarkim, samandar20 o`lg`on.

Bu o`t bila paykaringga tarkib.
Bu o`t bila xilqatingga tartib.

Zoting bo`lub o`t bila sirishta,
Tong yo`q desalar seni farishta.

Ham keldi farishtavash sifoting,
Ham bo`ldi malak sifot zoting.

Munchaki topib sen itga ulfat,
It birla malak aro ne nisbat?

Har uydaki bo`lsa itga manzil,
Bo`lmas malak ul uy ichra nozil?.

Nevchun arongizdadur masofat,
Chun bor ul ikov aro munofot?»

Majnun dedi yig`labon chekib oh:
«Key ishqdin o`lmog`on sen ogoh!

Yo`q, seni malak desam g`aribi
Kim, yo`q sanga ishqdin nasibi.

Mendekni erur malak demak rev.
Kim, ko`rsa meni qiroq tutar dev.

Ishq o`rtadi ul sifat vujudum
Kim, bo`ldi nabud barcha budum.

Ul o`t aro aylasang taammul
Topqung badanimni to`dai kul.

Ne tong agar it xirom qilsa.
To`da kul aro maqom qilsa?

Har itgaki yetsa bir jarohat,
Kuldin yetishur tanig`a rohat.

Bu itning erur jarohati ko`p,
Demak bo`lmas kul ustidin qo`p.

Yo`q, yo`qki, emastur itlik anda,
Itlik manga xatm erur jahonda.

It men, men, ulusqa or men, men,
Boshdin ayog`i figor men, men!

Ko`p zaxm tanimni urdi barham,
Ul   keldi  bu   zaxmlarg`a   marham.

Kim, bo`lsa tanida ko`p figori,
Har zaxmdin o`lsa iztirori,

Kim marham ila davosi qilsa,
Jonin ne ajab fidosi qilsa?

Bo`lsa edi menda yuz tuman jon,
Bir topmag`ay erdi bu badan jon.

Borin anga zor qilg`ay erdim,
Yo`lig`a nisor qilg`ay erdim».

Bu erdi fasonavu fusuni
Kim, qildi yana g`ulu jununi.

Yodig`a chu kirdi vahshiyi dasht,
Qilmoq kiyiku qulon bila gasht.

Ul itning ayog`-iligin o`pti.
Naxjir azimatig`a21 qo`pti.

Bo`ldi yana soyiri biyobon,
Ma`nuslarin22   tilay   shitobon.

Ul lahzaki Zayd bo`ldi qosid.
Layli sari topibon maqosid.

Hay ichida chun qaror topti,
Xilvatda ul ong`a bor topti.

Ul pardalar ichra g`uncha kirdor.
Bu tashqari bo`ldi anga sirdor.

Nekim bilib erdi yoridin so`z,
Devonai beqaroridin so`z.

Ko`rguzdi demakda ehtimomin,
Arz ayladi olida tamomin.

Layli chu aning so`zin eshitti,
Ko`ngli temurin dami eritti.

Joni aro andog` o`t tutoshti
Kim, dudi aning boshidin oshti.

Gisusimu erdi anbarolud,
Yo chiqmish edi boshig`a ul dud?

Gisu kibi pechu tob topti,
Tob ichra o`zin xarob topti.

Yuz uzr ila Zayd sori boqib,
Hasrat suyi ko`zloridin oqib:

«Key tan aro jon berib kaloming,
Jismimg`a ravon berib payoming!


Jon dardig`a chorako`sh sen sen,
Odam demayin, surush23 sen sen».

Ko`p uzr qilib so`ziga payvand,
Naqdina base topib kiromand.

Tashqari yibordikim: «Muni ol,
Oz erdi qoshimda naqd filhol.

Uzrungni bu nav` qo`lmog`umdur,
« Yuz munchag`a qoni o`lmog`umdur.

Bo`lg`aymuki lutf ila vafodin,
Bir ruq`a bu zor mubtalodin

Devonavashim sori yetursang,
Ham munda javobini ketursang?»

Zayd etmadi dilsitong`a minnat,
Dediki: «Erur bu jong`a minnat.

Bot bo`lki harif muntazirdur,
Bu amrda maks bas muzirdur»24.

Layli tilabon davotu xoma,
Filhol muharrar etti noma.

El anglaridin ichida yuz biym,
Qosidg`a nihoni etti taslim.

Qosid olib o`ldi dashtpaymo,
Ul yergakim, ul g`arib shaydo.

Ish kayfiyatin solib arog`a.
Topshurdi   bitikni   benavog`a.

Ne erkanini chu bildi Majnun,»
Za`f  etganidin yiqildi Majnun.

Jismig`aki yerga past tushti,
Noma kibi yuz shikast tushti.

Ul nomag`a chun kushod berdi,
Mazmuni o`qur zamon bu erdi.

XXVI

Laylining «laylatul-badrdek safha bayozida «laylatul-qadr»dek nomasi savodin Majnun o`qub, og`zi visol shahdidin shirin bo`lg`onda   komig`a zanbur nishi sonchilg`oni va zanbur nishidek xoma no`gin tez etib javobida kog`az tabaqini shahdolud qilg`oni1

«Ul   tengri   oti   bila  bu   manshur
Kim, berdi ko`ngulga ishqdin nur.

Urg`och mayi ishqning salosi,
Odamg`a yetishti ibtilosi.

Bir jur`aki chekti ul jigarxun,
Mast   o`ldi,   ne   mast   balki   majnun.

Ul may bila kimgakim berib bahr,
Talx   etti   firoqdin  qotib   zahr.

Berganga muforaqat balosin,
Etkurdi muvosalat shifosin2.

Bulbulniki   qildi   zoru   g`amnok,
Gul   ko`nglagini   ham   ayladi   chok.

Parvona gudozu so`zi andin,
O`t sham`g`a dog`i ro`zi andin».

Chun bo`yla sochib base javohir,
Andin so`ng etib bu nukta zohir

Kim, «Ushbu raqamki naqshi Chindur,
Bir xastag`a bir shikastadindur.

Ya`ni meni zoru mubtalodin,
Sangaki   qutulmading   balodin.

Ey ishq o`tida xasim nechuksen,
Ey bedilu bekasim nechuksen!

Ey bo`lg`ali ishqim ichra madhush,
Bir jur`ai vasl qilmag`on no`sh!

Ey furqatim ichra gar yog`ib tosh,
Ming tosh yebon yashurmayin bosh!

Ey hajrim o`tida gar bo`lub kul,
Har shu`la ko`runubon anga gul!

Ey xori g`amimni jong`a urg`on,
Gulbongin aning jahong`a urg`on!

Ey silsilai junun elingda,
Dad quyrug`idin rasan belingda3.

Holing nedurur firoqim ichra?
Fikring  nedur   ishtiyoqim   ichra?

Sochingga yopushsa xoru xoshok,
Kim tortar eknn birin-birin pok?

Farqingki emish qush oshyoni,
Kim urkutur erkin andin oni?

Boshingki   sipehr ushotti   darham,
Kim bog`lar ekin alarg`a marham?

O`ltursa yuzungga gardu xori,
Kim oritur erkin oni bori?  

Jismingki qonasa g`am toshidin,
Kim yur ekin oni ko`z yoshidin?

Xoriki kafingg`a borur erkin,
Kirpik bila kim chiqorur erkin?

Hajr o`ti taningni kuydurur chog`.
Kim sochar ekin ul o`tqa tufrog`?

Qum uzra yiqilsa jismi zoring,
Kim bor ekin anda g`amgusoring?

Haryon yugururda zoru bekas,
Soyang sanga hamrah erkinu bas.

Tog` ichida issig` o`lsa ma`lum,
Soya qilur erkin ustunga bum,

Vayronada muhlik o`lsa anduh,
Cho`g`z  aylar   ekin   boshing   uza   «dux».

Hijron tuni joning olsa bebok.
Subh aylar ekin sanga yaqo chok.

G`am za`fida dasht uzra yotsang,
Qum bistar ekin ayog` uzotsang.

Tun boshinga vahsh o`lur ekin jam`,
Olingda bo`ri ko`zi ekin sham`.

Qon yutqali istasang piyola,
Topilmas ekin magarki lola.

Ulturur   ekin   chibin  qoshingg`a.
Evrulur ekin quyun boshingg`a.

Ey kosh sipehri tiyra anjum,
Bergay manga dog`i ul tana`um4.

Kim,   tunu-kun   o`lg`amen   rafiqing,
Yo`lsiz yugururda hamtariqing.


Sen bo`lsangu men jahonda mavjud,
Bo`lsa yana koinot nobud.


Gah sobitu, gah jahonda sayyor.
Yo`q dahr diyori ichra dayyor.

Dilxoh ila ikkimiz maoshi,
Oyini visol betahoshi5.

Ma`man badanimg`a qo`ynung o`lsa,
Maskan iligimga bo`ynung o`lsa.

Gah egnima takya qilsa boshing,
Tavqi zaqanimda bo`lsa qoshing.

Gah yuzuma tutsa yuzung orom,
Og`zingga yetursa lablarim kom.

Etsa tanima tilarda voya.
Hamxobalig`ing nechukki soya.

Naylayaki sipehri harza novard
Qildi bu muroddin meni fard.

Sening   nechakim   g`amingg`a   yo`q mahl,
Chun   er  kishisen   bu   sahl  erur,sahl.

Har sori uray desang takingni,
Tutquchi tikandur etagingni.

Etok dag`i poybanding ermas,
Davri zihi ham kamanding ermas.

Miskin meni zoru poybasta,
Yo`q, yo`qki, zaifi poshikasta.

Ne mayli sukun, ne xaddi raftor,
Yuz qaydi balo aro giriftor.

Bo`lmoq yuz alam uyida mahbus,
Biryon, yana biryon o`ldi nomus.

Er majlisi ichra roh erur zeb,
Xotun kishiga saloh erur zeb.

Bu mehnati ishq pech-darpech,
Nomus chu ketti barchasi hech.

Pardasini g`uncha aylasa chok,
Barbod etar oni charxi bebok.

Sensizki g`amim dami kam ermas,
Sendin gar emas ko`p, oz ham ermas.

Sen tortibon ohi otasholud,
Men o`t yoqibon chiqormayin dud.

Har necha g`amimdin oh chekting,
Navfal bilakim sipoh chekting.

Xaylim yuziga balo urub koj,
Ahlu hashamimg`a biymi toroj.

Istab ato ham haloki jonim,
To`kmak tilabon yer uzra qonim.

Men muncha baliyat ichra xushdil
Kim, yorg`a kom bo`lsa hosil.

Gar voqea juz halok emasdur,
Yuz muncha ham o`lsa bok emasdur.

Mundog` dag`i dedilar fasona
Kim, Navfal ila bo`lub yagona.

Chun hujlasi sori ko`z solibsen,
Qo`lmoqqa   qizini   so`z   solibsen.

Bo`lsun sanga baxt yoru yovar,
Billah manga tushmadi bu bovar.

Bo`lsa dag`i chun sanga erur kom,
Ne kom sanga, manga erur kom.

Bog` ichra qo`yub qadamni bir kun
Ko`rmish edim ul sanamni bir kun.

Ham xo`bu, ham elga mehribondur,
Necha desa yaxshig`ina jondur.

Yovar sanga haq taborak o`lsun,
Bu xayr ishing muborak o`lsun.

Bo`lsang necha oning ila xurram,
Yod ayla gahi bu xastani ham.

Insofg`a ham kanora tutma,
Bizni dag`i bir yo`li unutma».

Majnun o`qug`uncha bo`yla noma,
Za`f etti tani misoli xoma.

Zayd olig`a har zamon qo`yub bosh,
Arz ayladi sayldek to`kub yosh:

«Key chok yurakka chora andesh,
Marham aro yoshurub base nesh.

Bu nomaki jonni qildi betob
Yozmoqqa javob yo`qtur asbob».

Zayd aylab edi borin murattab,
Kog`az dag`i xomau murakkab.

Qo`ydi borisin qoshig`a bir-bir,
Ul qildi javobi noma tahrir,

Zayd oldiyu yo`lg`a xez soldi,
Har lahza qadamni tez soldi.

Po`yada sabaq berib sabog`a,
Topshurdi bitikni dilrabog`a.

Xilvatg`a kirib ochib sumanbar,
Ko`rdi suman uzra gardi anbar.

Chun soldi savodig`a nazar tez,
Bu nav` bo`lub edi guharrez.

XXVII

Majnunning ko`z qarosi va kirpik xomasi bila jon safhasida yozg`on ko`ngli shurhalari sharhin Layli o`qub ishq ittihodi iqtizosi aning ko`ngli jarohatlarin munung ham ko`nglin og`ritqoni va aning talxkom bo`lg`onidin munung dog`i komin ochitqoni1

«Ul tengri oti bila bu noma
Kim, ishq elidin ko`tardi xoma.

Fardiki yo`q avval ibtidosi
Hayyiki   yo`q oxir   intihosi.

Tog` balchig`i uzra jola urg`on,
Qum tufrog`i uzra mola urg`on.

Har kimniki aylabon pariro`y,
Ta`n aylagan anga odatu xo`y.

Hajr emgokini qatig` yaratqon.
G`am sharbatini achig` yaratqon.

Ishq o`tig`a kimni kuydurub chum,
Ma`shuqig`a bermagan tarahhum.

Qilg`on necha oshiq o`lsa noshod,
Ma`shuqlug` iqtizosi bedod.

Oshiq ichi yuz ming o`lsa parkand,
Ma`shuqni qilmay anga xursand.

Ma`shuqqakim esib nasimi,
Oshiq ichiga solib jahimi!».

Chun bo`yla bo`lub fasona pardoz,
Andin so`ng etib bu nukta og`oz

Kim, «Ushbu g`amu alam bayoni,
Jon safhasida bog`ir nishoni.

Mendinki ichim g`amingda qondur,
Sangaki g`aming tanimda jondur.

Ya`ni: bu junun fasonasidin,
Rasvoliq o`ti zabonasidin

Gulruxlar arosida parig`a,
Anjum aro mehri xovarig`a.

Ne haddim ila duo degaymen,
Yuz madh bila sano degaymen?

Madhing degali dag`i qoni til?
Bo`lsa de olurmu ham oni til?

Kun vasfini qilmoq oshkoro,
Xuffosh tiliga qayda yoro?

Har nechaki chekti tilni savsan.
Gul vasfida keldi lolu alkan.

Har   necha   bu   nav`dur   nazirim,
Yo`q   bir   necha   nuktadin   guzirim:

Ey kishvari husn podshohi,
Husn ahli bu kishvaring sipohi:

Ey nozu   karashma   bog`ida   vard,
Ne  vard, bahori  nozparvard.

Ey lutf jahonining bahori,
Yuzung bu bahor lolazori.

Bo`lg`onda sahar yeli gulafshon,
Zulfungnimu aylamas parishon?

Mashshota2 qilurda vusmani pok.
Qoshingnimu aylamas girehnok?


Sarmast ko`zungki erdi bemor.
Sog` o`lmog`i bo`ldimu padidor?

Ruxsoring o`tida xoli hindu,
O`zidek ulusni kuydururmu?

Gulbarg uza sunbulung tushub
Qil yanglig` urarmu o`t aro pech.

Yuzung xayiyu soching tanobi,
Bormu ul ikovning obu tobi.

Og`zingki adamda bor edi gum,
Aylarmu ayon ani takallum.

Qadding qilibon havoyi raftor,
Aylarmu jahon elin giriftor?

Noz uyqusidin ocharmusen ko`z,
Yuz noz ila elga dermusen so`z?

Ko`yungdaki yo`q mening kibi xas,
Xasdin dag`i qadr ichinda vopas3.

Bu ermish irodai ilohiy
Kim, sirrini bilmas el kamohi

Kim, ko`zki o`yulg`ay erdi, ey kosh,
Ne ko`zki, kesilgay erdi bu bosh.

Ul orazi dilrabog`a tushgay,
Jon birla ko`ngul balog`a tushgay.

Fikr etsam edi bu nav` o`zumni
Ko`r etgay edim iki ko`zumni.

Men kim edimu bu dardi jovid,
Zarra boshida havoyi xurshed.

Bexost yuzunga bir nigohim.
Tushganga mening nedur gunohim

Kim, muncha kelib balo boshimg`a,
Yuz dardu balo qaro boshimg`a.

Devona bo`lub chiqib jahondin,
Ovora diyoru xonumondin.

Har kun vatanim bir o`zga vodi
Har tun yana bir daman savodi.

Qum nat`i bo`lub mening saririm,
Kun qursi bo`lub mening fatirim

Ot manga jibol qullasidin,
To`n manga samum hullasidin.

Gah yoru musohibim dadu-dom,
Gah tutmay alar bila ham orom.

Dasht uzra chu vahshatim topib tul,
G`am topib vahsh, bal qochib g`ul.

Hayratda vuxush vahshatimdin,
Mehnatda tuyur mehnatimdin4.

Anduhu balo gumondin ortuq,
Za`f  onchaki  bo`lmas ondin ortuq.

Bir tavri adam bo`lub manga jism
Kim, anga vujud beribon ism.

Bu za`f bila chu po`ya qilib,
O`rgamchi   tanobidin   yiqilib.

Ko`ksumniki tig`i hajr etib chok,
Kirib hasharot ichimga bebok.

Ko`ksum ichida chibin solib sho`r,
Ko`zum uyida vatan qilib mo`r.

Bu nav` qotig`lig`u iriklik,
Yodingdin o`lub manga tiriklik.

Bu damki guharnisor xomang,
Tahrir   etibon   yetishti   nomang.

Alfozin   o`qurda   ruh   toptim,
Har harfida yuz futuh toptim.

Lekin iki so`z edi muharrar
Kim jonima soldi o`t mukarrar.

Avvalki nazarga bo`ldi ma`lum,
Navfal ishi bo`lmish erdi marqum

Kim, «Tortib ikov sipohi xunrez,
Haylim sari tig` chektingiz tez».

Alloh-alloh bu ne balodur,
Kim rishtani derki ajdahodur.

Pashsha kimu pillik xayoli,
Yo mo`rg`a sherlik majoli.

Bu mundoq edikim: ul sipahbad,
Etganda manga sipah edi dad5.

Bilgach g`ami notavonlig`imni,
Ishqing aro xasta jonlig`imni.

Bo`lmish nafase qoshimda sokin,
So`zlar dag`i demish ulcha mumkin.

Men birdam o`zumdamen, dami yo`q,
Mundin ajab elga olami yo`q.

So`z ichra chu ko`rdum iztirobin,
Bilmon ne dedim aning javobin.

Ul oldi meniyu uyga ketti,
Ul yerga yetishti ishki yetti.

Chun kinavu qatlin angladim rost,
Qildim neki mumkin erdi darxost,

Kim qinig`a soldi xanjari kin,
Tutti yonibon uyida taskin.

Bo`lg`onda fusun qilurg`a hamdam,
Uylanmak ishin dedi ekin ham.

Ne angladim aylagan xitobnn,
Ne oniki, ne dedim javobin.

Ko`nglumdin o`lub ham erdi barbod,
Nomang o`qug`ondin ayladim yod.

Qilmoq   manga   mundoq   ishni mansub»
Tutg`aymu   muruvvat   ahli   mahsub?


Men muncha balo chekib vafoda,
Sen bo`yla xayolu muddaoda.

Nekim bitiding nechuk qilay rad,
Ne qilsa qilur kim o`lsa bexud6.

G`avg`oyi junung`a mubtalomen,
Boshtin-ayog`img`acha xatomen.

Nomangg`a fido ko`ngul, ko`zum ham,
Lekin sanga bor bir so`zum ham:

Navfal so`zikim qilib eding zabt,
Mendin emas erdi voqe` ul xabt7.

Ul ishqu junundin o`ldi hodis,
Sen ishq bila junung`a bois.

Uylanmak   ishiki   nisbat   etding,
Bizga   o`z   ishingni   tuhmat   etding.

Kim, Ibni Salom etib xayoling,
Balkim tama` aylabon visoling.

Ko`nglini, atong qilib tarozi,
Bo`lmish ne ul istaganga rozi.

Sen rozi erur, emasni bilmon,
Bilmas nima tuhmatini qilmon.

Hay, hay, ne fasonalar bo`lur bu,
Xorij ne taronalar bo`lur bu?

Go`yo savdo yo`lumni urdi,
Hushumni junun yeli sovurdi.

Chun so`zda shuur emas shiorim,
Yo`q harza demakda ixtiyorim.

Devonamen, ey pari sifat hur,
Ma`zurdur ulki tutsa ma`zur.

Bo`ldum chu sening g`amingda nobud,
Nobudg`a nukta qanda mavjud?

Yo`qning neki so`z bo`lur xitobi,
Tutmoq kerak oni yo`q hisobi.

Yo`qluq manga gar bo`lubturur yo`l,
Sen bor bo`lu bu yo`qqa yor o`l.

Iqbol ila baxt yoring o`lsun,
Jonlar naqdi nisoring o`lsun».

Maktub o`qug`uncha sho`xi marg`ub,
Ko`p topti shikan nechukki maktub.

Har bir so`zi ichra fikr etib kech,
Qo`p urdi o`ziga nomadek pech.

Insofg`a chunki daxl berdi,
O`z so`zlarining javobi erdi.

O`z nomasidin bo`lub mushavvash,
Bu noma zamirini qilib xush.

Ta`viz etib ul savodi mavzun,
Oning   bitigin   nechukki  Majnun8.

Ey qosidi nomabar xabar ne,
Degil sanga ravshan o`lsa harne.

Bir so`z bila dardima davo ber,
Nomang bor esa, chiqor manga ber!

XXVIII

Majnunning atosi devboddek dasht atrofig`a evrulub o`z devona nihodin sargashtalikda topmog`i va junun dashti qaroqchilari hardam aning hushi korvoni xaylin savdo sipohig`a asir etgondin g`arib holot mulohaza qilg`oni va nasoyih hush dorusi bila ani lahzai o`ziga kelturgoni va o`zi bila uyiga yetkurgoni1

Bu nomani ulki qildi marqum,
Afsonani bo`yla etti ma`lum

Kim, telbai benavo atosi,
Yuz g`ussag`a mubtalo anosi.

Chun muddati o`g`lidin edi fard,
Ko`nglini jarohat aylabon dard.

G`olib bo`lub anga ishtiyoqi,
Sahro sori tushti ittifoqi

Kim, topsa fig`onu zor qilg`ay
Shoyadki ichiga kor qilg`ay.

Afg`onig`a mulhaq aylabon pand,
Shoyad ani aylagay zabonband2.

Yuz nuktaga tilni qoyil etgay,
Shoyad ani uyga moyil etgay.

Ruhin qilib ul umed toza,
Har sori surar edi jamoza3.

Chun necha kun ul talabda chopti,
Oxir ani bir buzug`da topti.

Xushroq buzug` anga xonumondin,
Lekin o`zi ko`p buzug`roq ondin.

Oshuftalig`i   gumondin   ortug`,
Ne kelsa gumong`a ondin ortug`.

Gahi tutub o`lturur edi mo`r,
Gah tufroq ila yasar edi go`r.

Gah shug`li kesak toshurga ta`jil,
Yasar edi ul kesak bila mil4.

Gah sochar edi boshig`a tufrog`,
Gah tish bila olur edi tirnog`.

Gah tomg`a qo`pub minar edi chust,
Har sori ayog`larin etib rust.

Chimdir edi englarini har dam,
Chaynar edi yenglarini har dam5.

Gah cho`g`z bila navoda hamdard,
Gah bum yuzidin oritib gard.

Ham cho`g`z qo`nub qo`lida gustox,
Ham   bum   boshig`a   surtubon   shox.

Tom uzra ne xatki cheksa nogoh,
Ul xat kelib ixtiyorsiz «oh».

Boshig`aki urdi zaxm gardun,
Boshi tukidin adadda afzun.

Qonlig` ko`zida tikan bila cho`p,
Kipriklaridin hisob aro ko`p.


Ko`rgach atosi bu nav` holot,
Hayrat ani qildi o`rnida mot.

Dediki: «Nedin, misol ekin bu,
Subhonalloh, ne hol ekin bu?


Kim ko`rdi bu nav` odamizod,
Kim, bermagay o`yla odami yod».

Har nechaki sa`b edi bu surat,
Gom urdi aning sori zarurat.

Ko`rgach atosin kanora tutti,
Go`yo atolig` haqin unutti.

Yig`lab atosi yaqo qilib chok,
Bunyod etti hazinu g`amnok:

«Key yuz yaralig` bog`irg`a pora,
Mendin nega aylading kanora».

Majnun atosi ekanni bildi,
Oh urdiyu olig`a yiqildi.

Boshin ko`tarib quchub atosi,
Jonin tilab aylamak fidosi.

Chirmashtilar o`yla chustu mahkam,
Bir jins iki harf o`lsa mudg`am.

Bir lahza yig`idin erdi oshub,
Hijron achig`idin erdi oshub.

Oshublari chu topti taskin,
Bunyod etib ul zaifi miskin

Dedikim: «Ayo ramida farzand!
Payvand bog`irg`a, balki parkand.


Ko`ksum yarasini so`kma muncha,
Bag`rimni qonini to`kma muncha.


Sening taning o`lsa yora g`amdin,
Mening jigarim bo`lur alamdin.


Bir dam jigarimg`a qilma kovish,
Ko`rgilki ne nav` etar tarovish.


Ul lahzaki yo`q edi nishoning,
Qonim aro muzmar erdi qoning.

Aylab tilaringni muddaolar,
Sadqa beribu qilib duolar.

Och to`yg`azibon yalangni yoptim,
O`ldum deganimda seni topdim.

Uch-to`rt yoshingg`a tegru payvast,
G`am qolmadi bermagan manga dast.

Sen qatrai sutdin olg`ucha kom,
Yuz qatrai qon qilib men oshom.

Aylab toboningni chun tikan resh,
Mening jigarimga sanchilib nesh.

To ilmu-adabni kom qilding,
Maktab tarafi xirom qilding.

G`ofil bo`lmay ishingda g`amdin,
Borur-kelurungda bir qadamdin

Kim, fazlu-kamol yoring o`lg`ay,
Ilmu-hunar ixtiyoring o`lg`ay,

Qilg`onda tanim rahil yodin,
Etsa manga charxi bevafodin.

Ul ishki ato-anomg`a yetti,
Bir, bir andoqki barcha ketti6.

Sen bo`lg`asen ul zamon qoshimda,
Gahi oyog`imda, gah boshimda.

Ruh etgan ila tanimni mahjur,
Chun sham`i hayotim o`lsa benur.

Rishta kibi pechu tobiig o`lg`ay,
Parvonadek iztirobing o`lg`ay.

Sen umrg`a bo`lg`asen vasilam,
Sendin yorug`ay yana qabilam.

Gar nuridan o`lsa sham` mahjur,
Mash`al solg`ay qabilag`a nur.

Gum bo`lmag`ay el ichinda otim,
Begonag`a qolmag`ay jihotim.

Yiqqon neki maxzani hisori.
Bo`lg`ay naqdim qo`lungda bori.

El hujlama solmag`ay guzar tez.
Kimsa hashamim sori nazar tez.

Ruhum bo`lubon xalaf bila shod,
Qolg`ay borin qavmu xaylim obod.

Emdiki bu ish qoshimg`a keldi,
Harneki dedim boshimg`a keldi.

Subhimg`a yetishti shomi mehnat,
Shomimga yuz urdi subhi rihlat.

To`sh-to`shdin ichimga qo`ydi yuz g`am,
Bu bir g`amu sendin o`ldi yuz g`am.

Sham`img`aki zulmat o`ldi xodis,
Ohing bo`lub o`chmagiga bois.

Jon qushi tilab ucharni har dam,
Faryoding anga yana berib ram.

Ishq ichra tusharga joni zoring,
Bildukki yo`q erdi ixtiyoring.

Har amrki bo`lsa g`oyati bor,
Har mahlakaning nihoyati bor.

Ishq ahli jahonda ko`rmadukmu?
Bu vodi aro yugurmadukmu?

Bo`lmoq bu sifat bir ishda mag`lub,
Ahli   xirad   olida   emas   xo`b.

O`t ichraki tushti benavoyi,
Chiqti agar urdi dastu poyi.

Tolpinsa chiqar g`ariq yumkin,
Tolpinmasa o`lmoyin ne mumkin.


Sen ham bu baloda qolma mundoq,
Bir yo`li o`zungni solma mundoq.

Tushsa qadahi billur aro mo`r,
Tadbir kerak chiqorg`a yo`q zo`r.

Har dardki haq kishiga berdi,
Ham haqdin aning davosi erdi.

Haqkim sanga soldi bu baloni,
Ojiz emas etgali davoni.

Bu dag`dag`adin kanora ista,
Har fikr ila o`lsa chora ista.

Bir yo`li agar gumon emastur,
Tadrij ila ham yomon emastur.

Tadrij ila tifl o`lur xiradmand,
Sokinlik ila qamish bo`lur qand7.


Yuz yil kishi umr agar tilar bil
Kim, sabr kerakdur anga yuz yil,

Kim etsa manora uchi voya
Birdur chiqaru tusharda poya.

Chiqmoqlig`ida agar kerak mahl,
Lekin tushari base erur sahl.

Sen dog`i bu yergakim yetibsen,
Tadrij ila yo`lni qat` etibsen8.

Yonmoqqa ham o`ldung ersa moyil,
Kelganchadurur yo`lungda manzil.


Yon emdiki raxna basta ermas,
Mundoq safaring xujasta ermas.

Men bo`yla hazinu zor sensiz.
Onang dag`i beqaror sensiz.

Oqshomdin tongg`a joni mahzun,
Tongdin oqshomg`a ashki gulgun.

«O`g`lum» deru ul sifat chekar voy
Kim, charx o`qining qadin qilur yoy.

«Bo`tam» debon aylar ul sifat pech
Kim, qolmas ruhidin asar hech.

Yig`lab urar o`yla tosh uza bosh
Kim, qolur alamda boshidin tosh.

Bu o`t chu dimog`in etti mahrur,
Oq sochi sochar yuziga kofur.

Bilmish chekaringni ko`hi anduh,
Anduhi bo`lubdur o`ylakim ko`h.

Tufroqqa yiqilmog`ing chu bilmish,
Tufroq uza ul dag`i yiqilmish.


Sensiz erur o`yla dardu g`amlik
Kim, qolmishdur bir-ikki damliq.

Men bo`ylavu ul zaif bo`yla,
Kel ikkalamizga chora ayla!

Ummedi hayotimiz ketibdur,
Ohangi rahilimiz yetibdur.

Begonani uy sori yovutma,
O`rnungki qiziqdurur sovutma.

Biz ikki sening g`amingdin o`lsak,
Sen o`lmay motamingdin o`lsak.

Bu ishta haq aylasa xitobing,
Fikr etki, ne bo`lg`usi javobing?»

Surdi chu atosi bo`yla afsun,
Yig`lab oyog`ig`a tushti Majnun.

Kirpik bila chun yo`lin supurdi,
Posuxda bu nav` nukta surdi:9

«Key xayling eshigi qiblagohim,
Darding o`tini yorutqay ohim.

Har choraki sen qilib taxayyul,
Ko`nglum o`ti xirmanin qilib kul,

Har   sabrki   sen topib   nihoni,
Ashkim seli oqizib oni.

Bu necha takallumiki surdung,
Kuygan ko`ngul o`tig`a su urdung.

Yo`q, yo`qki qo`yarg`a dog` uza dog`,
O`t yoqdingu kuydung ustiga yog`.

Nutqung neki ayladi raqamzad,
Ayturg`a javob yo`q manga had.

Hukmung manga orzuyi jondur.
Boshimg`a bu hukm ham ravondur.

Olingda ne so`z de olg`amen cho`q,
Gar bo`lsa javobim ul dag`i yo`q.

Lekin sanga bu emas nihoni
Kim, bo`yla qazoyi osmoniy,

Kim tori o`lub bu notavong`a,
Rasvo qildi bori jahong`a.

Bu nav` balo bo`lurg`a jori,
Bo`lmas kishining o`z ixtiyori.

Ishq o`tiki bir sharora ondin,
To`fon qo`porur bori jahondin.

Yuz shu`lani maskanimg`a urdi,
Ming barqni xirmanimg`a urdi.

Xirman sari tushsa bir sharora,
Kuymakdin emastur anga chora.


Ming barq tushursa ishqi bebok,
Netgay aning o`trusida xoshok.

Ne buyrug`ung o`lsa so`z demasmen,
Majnun menu lek Qays emasmen.


Sarviki sen aylading taammul,
Xas bo`ldiyu xas bu dam erur kul.

Bu kulga magarki girdbodi,
Bergay yana sarvdek savodi.

Etgandaki aylading nazora,
Ko`rdungki meni siyahsitora.

Yo`q mayli sukunu azmi raftor,
Ne mehnat aro edim giriftor.

Qochmoqlig`im erdi tonimasdin,
Balkim   toniringg`a   arzimasdin.

Dad har sori ketsa ketmak o`lmas,
Nasnosni odam etmak o`lmas10.

Bo`lmog`lig` iting erur murodim,
Yo`q itcha o`zumga e`timodim.

It kimsaga bevafolig` etmas,
Boshin olib o`zga sori ketmas.

Men iyasiga uzr qo`lg`on itmen,
Bu dashtda telba bo`lg`on itmen.

Mumkin    esa telba it oyilmoq.
Yoxud anga e`timod qilmoq.

Sen dog`i meni xirad nihod et,
Har ishtaki qilsam e`timod et.

Uzrumni qoshingda qo`ldum oxir,
Har ishta maof bo`ldum oxir»,

Chun etti uzrining tamomin,
Tez urdi jamoza sori gomin.

Eshti rasani jihozidan chust,
O`z bo`ynig`a bog`ladi ani rust11.

Topshurdi rasan boshin atog`a,
Dedi: «Ne desang bu mubtalog`a,

Itmen iligingda bo`yni bog`liq»,
Deb qildi o`zini to`rt ayog`liq.

Eshti ato bo`ynidin rasanni,
Azm etti havo qilib vatanni.

To tutti junun yo`lin Navoyi
Kim, bo`ldi vatang`a rahnamoyi.

Majnundek atosi dog`i yo`qtur,
Maskang`a havosi dog`i yo`qtur.

XXIX

Navfalning Majnun qabilasi mehmonlig`idin uyiga borg`och, Majnun atosig`a mizbonliq qilg`oni va payvand rishtasi oralarida mahkam bo`lub, mehmon uyiga kelguncha Majnun biyobong`a azm qilib, Layli shubonig`a yo`luqqoni va shubon itidek loba qilib, shubon ani qo`ylar arosida yashurg`oni va Laylini ko`rgach qurbon qo`yi bila Xo`tan jayranining yiqilmog`i va har qaysini bir vasila bila o`z qabilalarig`a eltmoqlari1

So`z noqasining rahilko`shi,
Bu nav` chekar hudi xurushi2.

Kim, chun hashamig`a keldi Majnun
Shod o`ldi alarki erdi mahzun.

Ham qo`ydi atosi notavonliq,
Ham bo`ldi anosi toza jonliq

Kiydurdilar anga xazzu debo,
Xil`atlari barcha chustu zebo.

Har sori yetishti bu hikoyat
Kim, «Hush anga aylamish siroyat».

El ko`nglida bu xayol pishti,
Navfalg`a dag`i xabar yetishti.

Ul xud yeb aning g`amin hamisha,
Zikrin qilib erdi virdu pesha.

Ko`ngliga xayolidin tafakkur,
Jonig`a visolidin tahayyur.

Bu so`zni eshitgach o`ldi xushdil,
Borib ko`rariga bo`ldi moyil.

Otlandiyu surdi ul taraf ot,
Majnun eli ham xabar topib bot.

Soz aylab asosi mehmoni,
Xushdilliq ila tushurub oni.

Majnun bila ul sipahbadi chust,
Yuz mehr bila quchushtilar rust.

Oqshomg`acha komronlig` aylab,
Bu xayl anga mizbonlig` aylab.

Ul xud bo`lubon bu ishga xushhol,
Majnun o`z ishiga qolibon lol. 

Chun navfali mehr yuz yoshurdi,
Majnuni falak yoshin oshurdi3.

Rah to`sha kulicha yoydi kavkab,
Navfal dag`i yo`lg`a soldi markab4.

Borur edi barcha yo`l aro shod,
Majnun qolibon uy ichra noshod.

Lekin atosig`a yuzlanib kom
Kim, Navfal aning sori qo`yub gom.

Ham ayladi shodu xurram oni,
Ham xayl ichida mukarram oni.

Ko`ngliga tushub bu so`zki Navfal,
Majnunni chu ko`rmish erdi avval.

Layli eli birla harb etib big`.
Kim, chekti aning ishi uchun tig`.

Majnun g`amini chu yer ekandur,
Payvand so`zin dag`i degandur5.

Shak yo`qki erur bu ishga moyil
Kim, qildi bizing hashamni manzil.

Yo`qsa Majnung`a yo`qtur ul yo`l

Kim, kelgay ani ko`rar uchun ul.

Emdi budurur adab manga ham
Kim, hay elini qilib faroham.

Oning sari xizmat etgabiz fosh
Kim, bo`lg`ay aning ishiga podosh6.

Topsaq yana lutf ila madoro,
Ul so`zni ham etsak oshkoro.

Rozi esa baxtdin quvonsoq,
Yo`q desa qabila sori yonsoq.

Istatti hasham ulug`larin bot,
Arz etti alarg`a bu maqolot.

Borisig`a dilpazir tushti,
Qilmoqlig`i noguzir tushti.

Majnun ishi chunki erdi matlub,
Oning boruri ko`runmadi xo`b.

Harneki kerak qilib muhayyo,
Yorim kecha o`ylakim surayyo.

Jam` o`lubon aylabon bu tadbir,
Qildilar o`shul guruhi shabgir.


Bu gom aro yuz fasona boshlab,
Har birki tugandi yona boshlab.

Borur edilar debon bu so`zni,
Bu so`z bila xushdil aylab o`zni.

To dashtni oncha qildilar tan
Kim, Navfal unig`a qo`ydilar pay.

Ul ham qilib ulcha sharti ikrom,
Manzilda berib alarg`a orom.

Qildi tarabu nishot oncha,
Ul xayl ila inbisot oncha.

Kim bori ko`rub mahalni qobil,
Bo`ldilar o`shul g`arazg`a qoyil. 

Navfalga g`araz chu bo`ldi masmu`,
Ko`ngliga bu nukta keldi matbu`.

Dediki: «Bu so`z deyilmish erdi,
Majnung`a bu g`am yeyilmish erdi.

Qildim chu qabul anga raqamzad,
Emdi dag`i qilmog`umdurur rad.

Siz emdi qo`yung hasham sori gom,
Men sur ishini qilay saranjom7.

Sizga dag`i ulcha dastrasdur,
Ortuq manga orzu emasdur.

Soz aylab eting buyon azimat
Kim, fursat erur base g`animat.

To o`ylaki bo`lsa shart payvand,
Majnunni qilay o`zumga farzand».

Miodi nikoh topti ta`yin,
Ul xaylg`a yonmoq o`ldi oyin.

 Shod uy sari bo`ldilar ravona,
Bilmayki ne fe`l etib zamona.

Ul tunki alarg`a qolmay orom,
Navfal sari urmish erdilar gom.

Majnunki uy ichra qoldi diltang,
Ko`zdin to`kar erdi ashki gulrang.

Chun qo`ymadi hajr o`ti qarorin,
Ishq ilgidin oldi ixtiyorin.

Ishq o`ti chekib zabona chiqti,
Uydin yana bexudona chiqti.

Dasht uzra yugurdi besaru poy,
Gah tortib huyu, gah chekib voy.

Yoy erdi qaddiyu, novak ohi,
Gardunni qilib nishonagohi.

Bu — yoyig`a chun qurar edi o`q,
Gardun ko`ziga urar edi o`q.

Oyini havolanib taku dav8,
Ul nav`ki mehri osmonrav.

Eltur edi yor mehri oni,
Bosh urg`ucha mehri osmoni.

Chun jadyin sog`di charx zoli,
Sut qatralarin oritti holi.

Ul sut bila san`at aylabon zol,
Ko`rguzdi panir qursi filhol9.

Olig`a yetishti bir suruk qo`y,
Cho`poni ko`rundi oshnoro`y.

Majnunni dag`i shubon chu ko`rdi.
Ahvolini lutf birla so`rdi,

Majnun dedi: «Ey yuzi humoyun,
Qayda seni ko`rmish erdi Majnun

Kim, tal`atning oshno ko`rundi,
Dardig`a so`zung davo ko`rundi.

Sen ham anga aylading navozish,
Ul dog`i navozishingg`a nozish».

Cho`pon qo`yubon ayog`ig`a bosh,
Bu nav` takallum ayladi fosh

Kim, «Menkim ishim erur shubonliq,
Qo`y birla qo`zig`a mehribonliq.

Tilsiz gala hamzabonidurmen,
Layli qo`yining shubonidurmen.

Seni ko`rub erdim ul hashamda,
Maktabda sabaq o`qur alamda.

Ishqing alamin dag`i bilurmen.
Har chora qilay desam qilurmen».

Majnun tobonig`a qo`ydi boshin,
Na`l   etti   o`tuklarig`a   qoshin.

Dediki: «Ayo daming ravonbaxsh,
Nutqung   o`lgan   tanimg`a   jonbaxsh,

Isodek o`lukni tirguzursen.
Xush mu`jizadurki ko`rguzursen.

Yo`q, yo`qki, shubonliq ichra Muso,
Ilgningda aso ham ajdaroso.

Muso neki, Xizri10 rohim o`ldung,
G`am zulmatida panohim o`ldung.

Etkur manga obi zindagoni,
Ya`niki ko`ray yiroqdin oni

Kim, hajrida xasta jon men asru,
Rahm aylaki notavon men asru.

Cho`pon dedi: «Ey xujasta sohib,
Oqshomg`acha   bo`l   manga   musohib.

Chora tarafi nazora aylay,
Bir nav` ishingga chora aylay».

Majnun chekibon duosig`a til,
Bo`ldi anga ul kun o`ylakim yil,

Mag`rib sari mehr aylagach ro`y,
Surdi cho`pon hasham sari qo`y.

Bir   qo`y  terisin   chiqordi   filhol,
Majnung`a dediki: «Egninga sol.


Qo`ydek bu terini xil`at ayla,
Boshdin ayog`ingg`a kisvat ayla.

Qaddingni g`anam11 ichinda xam qil,
Oshiq esang oni mug`tanam bil.

Kim, kelgusidur buti parichehr,
Andoqki hamal fazosig`a mehr.

Qizlar bila o`ynayu talosho,
Qo`y sog`mog`in etgali tamosho

Etganda boshingg`a sen bilursen,
Ne nav` nazorakim qilursen».

Majnun yopinib terini mahkam,
Qo`ylar aro aylabon qadin xam.


Borur edi to`rt ayog`lanib tez,
To qildi zamona fitnaangez.

Qo`ylar chu qabilag`a yovushti,
Qizlarg`a xirom jo`shi tushti.

Anjum kibi chiqtilar shitobon,
Layli ul aroda mohitobon.


Chun ishq aro ko`p bo`lub maloli,
Oshuftavu tiyra zulfu xoli.


Hijron o`tidin uzorida tob,
Gulbargi sirishk birla serob.

Gisuki bo`lub yo`lig`a jorub,
Olamg`a sochib g`uboru oshub.

Fitnaki ko`ziga surma tortib,
Jon naqdin olurg`a ko`z qarortib.

Mujgoniki qatl aylab ohang,
Yuz shu`lasi dudidin tutub rang.

O`tlug` yuzikim bo`lub dilafro`z.  
Majnunkushu balki nuktadon so`z.

Bu nav` jamol ila yetishti
Yuz g`anju dalol12 ila yetishti.

Majnung`a ko`rungach ul parizod,
Oyini hayoti bo`ldi barbod.


Bir ohi falak shigof chekti
Kim, ko`kni anga g`ilof chekti.

Qo`y ichra yiqildi zoru bedil.
Qo`ydekki qilurlar oni bismil.

Ul nolaki chekti bemadoro,
Qo`ylarg`a ram o`ldi oshkoro.

Bo`trashti chu har birisi bir yon,
Qoldi orada g`arib giryon.

Layli ichin o`rtab o`tlug` ohi,
Keldi bilayin debon kamohi.

Boqsa yotur erdi yer uza po`st,
Ul po`st aro nihon bo`lub do`st.

Baskim g`am o`ti tanin qarortib,
Ul mushk o`ziga nofa tortib.

Mushkin ko`runub tani nizori,
Layli sochining nechukki tori.

Gulruxg`a chu bo`ldi qissa ma`lum,
Oh urdiyu hushi bo`ldi ma`dum.

Er uzra yiqildi sarvqad hur,
Tufroq uza tushti go`yiyo nur.

Ishq ichra tani nizor birla,
Hamxobalig` etti yor birla.

Oshiqki erur ishida sodiq,
Ma`shuq bo`lur boshida oshiq.

Qizlar bo`lubon ul ishdin ogoh
Kim, bo`yla yiqildi ikki dilxoh.

Gulruxni ko`tardilar ham uldam,
Vasl o`lmay alarg`a xushsiz ham.

Azm aylab o`kush fasona birla,
Ul amrda yuz bahona birla.

Sahroda qolib g`aribu bexesh,
Hayratda shuboni choraandesh

Kim, topsa xabar qabila ahli,
Birdam yo`q anga hayot mahli.

Mundoqda iki jamozaliq tez,
Ettilar etib jamozalar xez13.

Bu holat ichinda topqoch oni,
Bir noqa14 cho`kurdilar ravonn.

Noqa uza oni qo`ydilar chust.
Ilgin ayog`ini tongdilar rust.

Voqif bo`lmay qabilada el,
Azm o`ldi alarga o`ylakim yel.

Mundoq dedi roviyi fasona
Kim, kelgach atosi uyga yona.

Bildiki ketibdur ul hamul shom,
Ko`p yig`ladi uyda tutmay orom.

Yig`lay-yig`lay izin irishti,
Ul yerda yetishtikim yetishti.

Bog`lab teva uzra chunki topib,
Kelturdi uyiga tegru chopib,

Etkurguncha hashamg`a oni,
Yuz qatla labig`a yetti joni.

Chun yetti qabilag`a yobondin.
Yod etmadi qo`y bila shubondin.

Ey vodiyi Ayman15 ichra qo`ychi,
Itmen sanga o`z qoshingda qo`ychi!

Shug`lung bila boshladim yo`lumni
Tut lutf ila sen dag`i qo`lumni.

XXX

Majnun atosi o`g`lini ko`p nasihatlar bila Navfal hashamig`a olib borg`oni va Navfal sur asbobini surur bila chiqarg`oni va tazvij rishtasi aqdi tuzulgoni va ul girih mahkam bo`lmasdin burun uzulgoni va bir oshiq ma`shuqi vaslidin kom topqoni va yana bir oshiq
ma`shuqi vaslin tilay gom urg`oni1

Mashshotaki so`z durini terdi,
Bu bikrg`a bo`yla jilva berdi.

Kim, uyga chu keldi zor shaydo,
Mag`zi aro bo`ldi hush paydo.

Yig`lab atosi qilib shikoyat,
Etib yana pandi benihoyat.

Ul so`z demayin malolatidin,
Boqmay atog`a xijolatidin.

Fahm o`lg`och atosining maloli,
Tufrog` etib ani infioli.

Yuz yerga qo`yub tutub qulog`in.
Ko`p o`pti atosining ayog`in.

Dediki: «Kechur gunohim oxir
Kim lutfung erur panohim oxir?»

Ko`rgach ato ajz e`tirofi,
Dedi: «Bu ishinggadur talofi2.
            
Qilg`on boridin ruju` qilsang,
Ne ishga desam shuru` qilsang.

Mendin tilasang rizo qabul et.
Ne shar` etar iqtizo qabul et».

Majnunki futuvvat ahli erdi,
Ihsonu muruvvat ahli erdi.

Hush o`lsa dimog`i ichra sokin,
Tarki adab ermas erdi mumkin.

Odobi hidoyat ahli yanglig`,
Oyini valoyat ahli yanglig`.

Andoqki tilab xudo rizosin,
Andin so`ng ato-ano rizosin.

Dedi: «Sanga harnekim rizodur,
Qilmog`lig` ani manga sazodur.


Hukm etki ne nav` etay shiorim,
Etmakda ani ne ixtiyorim?»


Bo`ldi atosi bu nuktadin shod,
Navfal ishidin so`z etti bunyod.

Kim, Navfalkim Arabdadur toq,
Yo`q, yo`q, ne Arabki, toqi ofoq.

Ko`p bo`ldi sening uchun alamsanj,
Ko`ngliga ishingda yetti ko`p ranj.


Chunkim yo`q edi azalda taqdir.
Topmadi ishing butarga tadbir.


Emgaklari bo`ynunga erur qarz,
Uzrin qo`lmoq sanga erur farz.
       
Emdi budurur aning rizosi,
Ham xasta atongning iltimosi.

Kim, zohir etib tariqi payvand,
Qilsoq anga dog`i seni farzand.

Bir yotlig`i bor emish parivash,
Boshtin-ayog`i latifu dilkash.

Iffat haramida ul jamila,
Savdosida zor yuz qabila.

Vaslin tilar elga xud adad yo`q,
Ayturg`a anga valek had yo`q.

Bu ish biladur manga mubohot,
Ta`xirda keldi biymi ofot.

Mendin tilasang rizo, rizo ber,
Bu qissa rizosini manga ber!»

Majnun tilin andoq ayladi band
Kim, bo`ldi rizosi birla xursand.

Xushvaqt o`lubon qo`pub tarabnok,
Indatti qabila ahlini pok.

Harneki kerak ul ish yarog`i,
Omoda qilib ziyoda dog`i.

Majnunni yasab libos birla,
Tun-kun kibi kishu os birla3.

Hech ish bila favt qilmay avqot,
Navfal sori azm qildilar bot.

Ul ham chu eshitti mojaroni.
Jam` ayladi xeshu aqraboni.

Jashn anjumanin4 azim qurdi.
Ul xaylni bazm aro tushurdi.

Oyini tarabg`a qo`ydilar yuz,
Ichku edi necha kecha-kunduz.

Chun bo`ldi tarab ishiga anjom,
Birdam  ko`tarildi  bazmdin jom.

Ko`p ziynatu zeb etib ikovni,
Gulchehra kelin bila kuyovni.

Qizni asrab hijob ichinda,
Oydek to`quz niqob ichinda.

Bazm ichra kuyovga qo`ydurub gom,
Berdilar   el   o`rtasida  orom.

O`lturdi xatibi Iysi i`joz5,
Haq hamdu sanosin aylab og`oz.

Oy birla quyoshni ayladi aqd,
Boshi uza sochtilar base naqd.

Chun mehr kelin kibi yoshundi,
Tun yerga kuyov kibi yukundi.

Gardun   ko`rubon   bu  ish   muvofiq,
Kelturdi to`quz tabaqda sochiq.


Ul uygaki urmish erdilar taxt,
Taxt ustida solmish erdilar raxt.

Boshladilar ul, ikkovni xandon,
Yo`q kulgu vale alarg`a chandon.

Majnunni qarin qilib parig`a,
Topshurdilar oyni Mushtarig`a.

       
Uy girdidin elni surdi Navfal
Kim, qolmadi anda elga madxal.

Ul tegrada jam` yo jarida,
Alqissa yo`q erdi ofarida6.

Bir pos chu tundin o`tti ul xayl,
To`shluq-to`shi qildi uyqug`a mayl.

Navfal yiroq o`lturub ichib mul,
Hardam qilur erdi bir taxayyul.

Savdosi bu yo`lg`a tutti oni
Kim, uy yonig`a kelib nihoni.

Sekin qilib uy kiyzini pora,
Ul furjadin ayladi nazora.

Ko`rdi yeridin qizinki qo`pti.
Majnun qoshig`a kelib yer o`pti.

Bunyod ettiki: «Ey yagona,
Ishq ichra yagonai zamona.

Ham mehri safo yuzungda toli`,
Ham nuri vafo engingda lomi`,

Bu nukta erur qoshimda ravshan,
El olida ham erur muayyan.

Kim, Layli ishida notavonsen,
Ishqida jahong`a dostonsen.

Ko`nglungdur aning g`amida mahkam
Kim, ishqi erur sanga musallam,

Ko`nglung o`tidin sovutmog`ungdur,
Ul borida yor tutmog`ungdur.

Ikkimiz atosining rizosi,
Solmish sanga bu ish ibtilosi.

Chun kishvari ishqning shahisen,
Ishq ahli o`tining ogahisen.

Bordur manga dog`i dardmandi,
Ishqim rasanig`a poybandi.

Dardim o`ti ichra tobi oning,
Men dog`i kelib xarobi oning.

Lekin ikimiz o`ti nihoni,
Ne meni ulus bilib, ne oni.

Fikr aylaki ul asiri mahjur,
Fahm etsa sening bila manga sur.

Bu kecha aning ne holi bo`lg`ay?
Umri kunining zavoli bo`lg`ay!

Sirrimni sanga chu ayladim fosh,
Sendin manga budur emdi podosh.


Kim, rozi bo`lub g`aromatimg`a7,
Bo`ynungni   qo`yub   malomatimg`a.


Qilmay meni el aro fazihat8,
Qo`psang dag`i aylasang azimat.

Har kimgaki bu fasona yetsa,
Ul xayl seni malomat etsa,

Men bo`lmasam el aro muotab,
Qilsang sen o`zungni-o`q muxotab9.

Bu nav` muruvvat o`lsa sendin,
Izhori futuvvat o`lsa sendin.
             
Ummedim erurki qodiri pok,
Layliniki keldi nodiri pok.

O`z hifzi aro zimonda tutg`ay,
Har mahlakadin amonda tutg`ay.

Ham hajrida olmag`ay shikibing,
Ham vaslini aylagay nasibing».

Majnung`a yetib bu so`zdin ozor,
Ul xasta ishiga yig`ladi zor.

Dedikim: «Ayo ramida payvand!
Bo`l ishqu muhabbatingg`a xursand.

Yoringg`a vafo shioring o`lsun
Kim, tengri hamisha yoring o`lsun.

Men xud tushubon ichimga anduh
Qilg`um edi azmi vodiyu ko`h.

Ko`nglungni qilur uchun rioyat,
Oshufta zamir edim bag`oyat.

Bu lutfki sendin o`ldi zohir,
Uzrungni nechuk qo`lay men oxir.

Ketmakkaki jazm niyatim bor,
Ketsam sanga xud ne minnatim bor.

Men xud ketar erdim ushbu soat
Berding safarimg`a istitoat.

Minnat sanga yuq, o`zumga qo`ydum.
Jon birla iki ko`zumga qo`ydum»,—

Deb qo`pti anga duolar aylab,
Mundoq karamu atolar aylab.
                 
Soz etti og`olig`u singillik,
Ko`p   istadi   singlidin   bihillik.

Chiqti dag`i azmi po`ya etti.
G`am bodiyasig`a kirdi ketdi.

Navfal ko`rubon bu turfa holat,
Qiz birla kuyov aro maqolat.

Qo`pti dog`i uyda tebradi dang,
May ichra kishi yegan kibi bang.

Ko`rgan neki yod etib uyolib.
Ne asray olib, ne ayta olib.

Uyning yana sori qahru kinda,
Qiz oshiqi bor emish kaminda.

Ilgi aro dashnai10 tutub tez
Kim,   bo`lsa   ul   ikki   ishratangez.

Ul ikkini ham halok qilg`ay,
O`z ko`ksini dog`i chok qilg`ay.

Pok erdi chu ishqi ichra ul zor,
Ishq   ayladi anga o`tni gulzor,

Majnung`a tutub o`zini taslim,
Ko`p topti tariqi ishq ta`lim.

Tufrog`ig`a   surtubon   jabinlar,
Tavrig`a dedi ko`p ofarinlar.

Ham dilbaridin topib nishona,
Oyini vafoda g`oyibona.

Bexud qilibon bu holat oni,
Ul mehru muhabbati nihoni.

Chun shavqida toqati bo`lub toq,
Uy ichra kirib harif mushtoq.

Er ustida ayladi tanin past,
Tufroqqa jonni qildi hamdast.

Ma`shuq chu ko`rdi notavonin,
Yuz sa`y ila asradi fig`onin.

Mehr ila boshig`a soya soldi,
Boshini ko`tardi ko`nglin oldi.

Yillarki bu ishq aroda erdi,
Kundin-kunga ziyoda erdi.

Bermaydur edi ikovga payvast,
Bu tungicha vasl davlati dast.

Bir-biriga mehr etib padidor
Bo`ldilar   ikovla  masti   didor.

Juz nafs murodikim yo`q erdi,
O`zga bori kam dast berdi.

Tong otg`ucha gungu lol edilar,
Sarmasti mayi visol edilar.

Chun tong qushi nola yod qildi
Oshiq dag`i xayrbod qildi.

Bosh oldiyu ketti vasldin shod,
Ma`shuqasi qoldi g`amdin ozod.

Chun subh arusining yuzida,
Ko`rguzdi sapida dam sapida.

Mashshotai charx tutti o`tru,
Kun chashmasidin yuziga ko`zgu11 .

Sur eli yuz urdi bomdodon,
Qiz birla kuyov qoshig`a shodon.

Ul uyda biri edi, ikov yo`q,
Qiz yolg`uz edi, vale kuyov yo`q.

To`ldi yana g`amdin ul arozi,
Majnun eli xud o`lumga rozi.

Navfal bilibonki nedur  ahvol,
Ayturg`a vale tili bo`lub lol. 

Majnun eliga base qo`lub uzr,
Aytur so`zi sarbasar bo`lub uzr

Kim, «Tengridin erdi bo`yla taqdir,
Nekim taqdir erur, ne tadbir12.

Ne sizdin o`lub bu ish, ne bizdin,
Balkim ne o`g`uldinu ne qizdin.

Taqdirdin erdi bo`yla holat,
Shukr aylangu raf` eting malolat».

Bu uzr ila barchani uzotti,
Endi o`ziyu uzoldi yotti.

Ul nav` nuhufta ranju temor,
Bistar   uza   jismin   etti   bemor13.

Bemormen, ey tabibi hoziq,
Tashxising emas vale muvofiq,

Jonimni olur g`ami nihonim,
Daf` aylavu yo bag`ishla jonim.