SHARH VA IZOHLAR
I
I
«Layli va Majnun» haqidagi qissa arab xalqlari orasida keng tarqalgani va g`oyat mashhur bo`lgani haqida akademik I. Yu. Krachkovskiy shunday yozgan edi: «Sharqda Layli va Maj-nun G`arbdagi Romeo va Julüettaga nisbatan mashhurroqdir».
Ibn Qutayba, Al-Johiz, Abu Bakr al-Volibiy va boshqa arab olimlarining asarlarida Layli va Majnun haqidagi turli-tuman rivoyatlar beriladi. Badiiy adabiyotga kelganda Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Ashraf, Jomiy, Amir Shayxim Suhayliy qalamiga mansub dostonlar yaratildi. Turkiy tilda esa Gulshahriy, Oshiq Posho, Shahidiy kabi shoirlar Layli va Majnun orasidagi ishq sarguzashtlari haqida o`z dostonlarida ayrim parchalar berdilarki, «bu parchalar Layli va Majnun afsonasining turkiy tildagi dastlabki kurtaklari sifatida ahamiyatlidir» (T. A h m ye d o v. Alisher Navoiynnng «Layli va Majnun» dostoni. T., «Fan», 1970, 29-6).
«Layli va Majnun» Alisher Navoiy «Xamsa»sining uchinchi dostoni bo`lib, 1484 yilda yozilgan. Dostonning kirish boblaridan birida Navoiy an`anani davom ettirib, bu mavzuda asar yozgan salaflarini chuqur hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. Ulardan farqli o`laroq asarini turkiyda. yozganini alohida ta`kidlaydi. Navoiy Nizomiyning dostonini «qal`a»ga, Dehlaviynikini yaxshi bezakli «qasr»ga o`xshatib, o`zining dostonini esa «qal`a» va «qasr» atrofidagi shahar va bog`larga qiyos etadi. Shoir o`z asarini «Firoqnoma», «Nomai dard» deb ham ataydi1.
«Bu dostonning asosiy g`oyasi ham, qahramonlari ham, syujeti ham Nizomiyda qanday bo`lsa, Xusrav Dehlaviy, Jomiy, Navoiy, Fuzuliy va boshqalarda ham shundaydir. Shunga qaramay, bu avtorlarning hammasi original asar yozgan. Chunki bu qissani har qaysi san`atkor o`zi yashagan tarixiy sharoitdan kelib chiqib, o`z individual stili va shoirlik temperamenti bilan kuylagan» (Qarang: A. Hayitmetov. Navoiyning ijodiy metodi masalalari, T., 1963, 117-6.).
«Layli va Majnunning boshlanish qismi bir necha an`anaviy boblar bilan boshlanadi.
1. Sharq mumtoz adabiyotida aniq an`ana mavjuddir. Unga ko`ra har qanday asar Xudoning madhi — hamd, undan iltijo — munojot, Muhammad payg`ambar ta`rifi — na`t kabi maxsus boblar bilan boshlanadi.
Navoiyning «Layli va Majnun» dostonining I bobi ham xuddi shu an`anaga muvofiq Xudo madhiga bag`ishlangandir. Unda shoir davrning buyuk so`z ustasi va faylasuf olimi sifatida olamning yaratilishi, tun, kun, oy, quyosh, yulduzlarning, bahor, kuz, qish fasllari va ulardagi tabiatning o`ziga xos jilolari, insonning tabiat ichida yaratilishi, yo`qdan bor, bordan yo`q bo`lishi — bular hammasi Xudoning beqiyos qudrati va ulug`ligining ifodasi ekanini ta`kidlab, unga hamdu sanolar o`qiydi. U o`zining tajallisi bilan hammaning diliga zavq bag`ishlaydi. Navoiy yaratuvchining «har soridagi tajallisi jahonda Layli bo`lib ko`rinadi, jilva qiladi, uning bu xususiyati esa yaratilganlarni Majnun qilmoqdir»,— deb yozadi:
Ey har sorikim, qilib tajalli,
Ul mazhar o`lub jahonda Layli.
Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin.
Ul mazhar o`lub jahonda Layli.
Ey oniki Layli aylab otin,
Majnun qilmoq qilib sifotin.
Navoiy o`z davrining mukammal bilimli farzandi. Uni iloh ilmidan chetlab tasavvur qilish mumkin emas, albatta. Hozirgi yangicha fikrlash jarayonida shoir asarlarini uning ilohga, tasavvufga oid qarashlari bilan bog`liq holda o`rgaiishga e`tibor berilmoqda. (Qarang: N. K o m i l o v va B. E r a l i ye v. «Ishq otashining samandari», Sharq yulduzi. 1991. 11). J.umladan, «Layli va Majnun» dostoni sof ilohiy sevgi asari sifatida tahlil etiladi. Vaholanki, Navoiyning buyukligi va mutafakkirligi shundaki, «Layli va Majnun»da garchi tasavvufga oid talqinlar bo`lsa-da, voqealar zamirida kishi qalbini larzaga soluvchi fojiaviy-majoziy ishq qismati, ijtimoiy adolatsizlik tasviri shu qadar hayotiy tasvirlanganki, bundan shoirning o`zi ham qattiq iztirobga tushadi va «Yig`lay-yig`lay tugatdim oxir» deb qissaga yakun yasaydi. «Layli va Majnun» dostoni dunyoviy adabiyotning eng go`zal namunalaridan biri sanaladi.
Majnun — telba, devona, jinni demakdir. «Sharqdagi eng mashhur qahramonlardan. Qadimiy arab manbalarining shahodat berishicha, Majnun tarixiy shaxs bo`lib, Arabistondagi Bani Omir qabilasiga mansub bo`lgan. Majnunning oshiqlik qismati haqida Sharqda juda ko`n rivoyatlar to`qilgan. U Nizomiy, Dehlaviy, Navoiy kabi ulug` san`atkorlarning ijodida fojiaviy qahramon sifatida o`rin egallagan». (Alisher Navoiy, mukammal asarlar to`plami. VII tom, 359-6). Xuddi shu fikrlar Layliga ham taalluqlidir. Layli arab manbalarida kichik epizod obraz — ko`rinishga ega bo`lgan. Ibn Qutayba o`zining «Kitob ush-she`r vash-shuaro» nomli asarida Layli haqida so`zlash Maj- nunni gapirtirish uchun asosiy kalit edi, degan muhim fikr bildiradi. Nizomiydan boshlab, bu fikr mahorat bilan rivojlantirildi va Layli dostonda mukammal, yetuk, barkamol ayol obraziga — sevgi va vafo ramziga aylantirildi. Ayni vaqtda dostonda Navoiy Layli va Majnunlar obrazi orqali majoziy oshkq-ma`shuqlar timsolini gavdalantirgan.
2. Ushbu bayt «Xamsaning 1960 yil nashrida tushib qolgan. Biz uni «Layli va Majnun»ning tanqidiy matni asosida tikladik.
3. Jallat olouhu va sha`nuh — arabcha: uning ezguliklari vasha`ni ulug` demakdir.
II
1. Mazkur bobda shoir xudoga munojot qilib uni borliqni yaratgan yagona va oliy zot deb qaraydi va o`z gunohlarini, xatolarini kechirishni iltijo qiladi. Shoir dostonni yozishga kirishar ekan, xudodan o`ziga madad va ko`mak so`raydi. Bunda Navoiyning ilohga ishonchi, yuksak e`tiqodi, diniy qarashlari o`z ifodasini topgandir.Navoiyning umri oxirlarida yozilgan va shoir tavalludining 550 yilligi munosabati bilan turli (o`zbek, rus, ingliz, nemis, fors) tillarida chop etilgan «Munojot» asarida esa uning dostonlari tarkibidagi avvalgi boblaridagi munojot yaxlit, keng ko`lamda yoritilib, adibning bu xususdagi g`oyaviy niyati bayon etiladi. (Qarang: Alisher Navoiy. Munojot. T., 1991. Nashrga tayyorlovchi va so`zboshi muallifi S. G`anieva).
Munojotlarda ruhiy, ma`naviy poklik, imon va e`tiqod sofligi inson kamoloti uchun hayotiy zarurat ekani ta`kidlanadi.
Navoiy Ollohdan iltijo qilib yozadi:
Har necha emas makga bu oson,
Lekin sanga bordur asru oson.
Boq dardu malolatimg`a, yorab,
Rahm ayla bu holatimg`a, yorab,
Lutf ayla o`zum sori yo`lum chek,
Chekting chu yo`lum tutub qo`lum chek...
Chun olima qo`ymading yovuz yo`l.
Sayr ichra nasibim ayla tuz yo`l.
Shukrungg`a tilimni qoyil ayla,
Sajdangg`a boshimni moyil ayla.
O`ksutma hidoyatingni mendin,
Kam qilma inoyatingni mendin...
Har qissada shukr sol tilimg`a,
Har g`ussada sabr ber ilimg`a...
Har necha emas makga bu oson,
Lekin sanga bordur asru oson.
Boq dardu malolatimg`a, yorab,
Rahm ayla bu holatimg`a, yorab,
Lutf ayla o`zum sori yo`lum chek,
Chekting chu yo`lum tutub qo`lum chek...
Chun olima qo`ymading yovuz yo`l.
Sayr ichra nasibim ayla tuz yo`l.
Shukrungg`a tilimni qoyil ayla,
Sajdangg`a boshimni moyil ayla.
O`ksutma hidoyatingni mendin,
Kam qilma inoyatingni mendin...
Har qissada shukr sol tilimg`a,
Har g`ussada sabr ber ilimg`a...
2. Shayanlilloh— arabcha: xudo yo`lida biror narsa (ber!) demakdir.
3. Moarafnok — arabcha: seni yetarli tanimadik, ma`nosini bildiradi.
4. Ana afsah — arabcha: men so`zga chechanman, demakdir.
5. Louxsi—arabcha: son-sanoqsiz, sanay olmayman, degan mazmunni anglatadi.
III
1. Ushbu bobda Navoiy Muhammad payg`ambar madhiga o`tadi. Shoir Muhammad payg`ambar islom dinining asoschisi, xudoning yerdagi rasuli hamda anbiyolarning oxirgisi, uning barcha yaxshi xislatlari, kalomi el uchun o`rnak va tabarruk ekanligini ta`riflaydi. Muhammad payg`ambarning har bir so`zi musulmonlarga ham qarz, ham farz deb ta`kidlanadi:Buyrug`laring elga qarz yanglig`,
Sunnatlaring elga farz yanglig`...
Ruxsoriki keldi qursi xurshed,
Ul mehr qamarvash o`ldi jovid.
Sunnatlaring elga farz yanglig`...
Ruxsoriki keldi qursi xurshed,
Ul mehr qamarvash o`ldi jovid.
2. Kashshamsi nisfunnahr — arabcha: kun o`rtasidagi (jazirama) quyoshga o`xshaydi, degan ma`noni anglatadi.
3. Kuntu nabiyyan — arabcha: «Men pang`ambarman», deb boshlanadigan hadisga ishora.
4. Jibril — Jobrail so`zining qisqargan shakli. Xudo bilan payg`ambar o`rtasida vositachi, vahiy keltiruvchi farishta nomi.
5. Sulaymon — islomda payg`ambar va shan — shavkatli podshoh hamdir. Rivoyatlarga ko`ra, unga yeru osmon, shamol, devu pari, barcha hayvonot olami bo`ysungan. Uning taxtini devlar ko`tarib shamol uchirib, qushlar esa boshiga soyabon bulishar ekan. Bir kun Hudhud Sulaymonga Sabo shahri va uning malikasi Bilqis haqida xabar keltiradn. Bu ikki baytda shunga ishora qilib talmeh orqali Jabroilning Muhammad payg`ambarga payk — xabar yetkazib turishini Hudhudning Sulaymonga xabar yetkazishiga qiyos etilmoqda.
IV
1. Diniy manbalarga ko`ra, Muhammad payg`ambarning Makkadan Quddusga borishi va u yerdan Buroq otnga minib ko`kka chiqishi va xudo bilan muloqotda bo`lib qaytgan tuni — Me`roj tuni deb ataladi. Mazkur bobda Navoiy anüanani davom ettirib, shu voqeani zo`r mahorat bilan tasvirlaydi. Bunda Muhammad payg`ambarning sayyoralar, yulduzlar, o`n ikki burj aro ko`kka ko`tarilishi tasviri ajoyib manzara kasb etadi. Navoiy ilmi nujumdan yaxshi ma`lumotga ega bo`lganligi sababli sayyora, yulduzlarning nomlarinigina emas, ularning xususiyatlarini ham ko`zda tutadi va tashxis san`atidan foydalanib, koinotdagi jonsiz narsalarni insoniy sifatlarda jonlantiradi va Me`roj tunining mo``jizaviy holatini tasvirlandi:«Gardun ko`zini uning — payg`ambarning yuziga ochadi, anjum esa
diramin yuziga sochadi»; hammayoqda uni hurramlik bilan kutib oladilar:
Bahrom ko`rib biyik janobin,
Tashlab qilichin, o`pub rikobni.
Birjisqa chun yetib rikobi,
Ish anga saodat iktisobi.
Soyislig`iga Zuhal urub fol.
Gaz dastasi bila qo`lida girbod.
Savru Hamal aylabon fig`onlar,
Qurboni aning qilurg`a jonlar...
Tashlab qilichin, o`pub rikobni.
Birjisqa chun yetib rikobi,
Ish anga saodat iktisobi.
Soyislig`iga Zuhal urub fol.
Gaz dastasi bila qo`lida girbod.
Savru Hamal aylabon fig`onlar,
Qurboni aning qilurg`a jonlar...
Bahromni Mirrix ham deydilar; Forslarda Baxrom, yunonlarda Mars sayyorasi. Uni urush xomiysi hisoblaganlar. Qadimgi ilmi pujumga ko`ra Bahrom beshinchi falak sayyorasi bo`lib, yerdan kichik, to`rtinchi o`rinda turadi. Bu baytda shoir Muhammad payg`ambar Le`rojga ko`tarilganda, uni ko`rgan Bahrom qo`lidan kilichini tashlab; otining rikobi — uzangisini o`padi, deya ta`riflaydi. Shoir bu voqeaning mushohidlari sayyoralar edi, demoqchi bo`ladi.
Birjis — Mushtarin (Yuniter) sayyorasining forscha nomi Ilmi nujumda bu sayyorani «Sa`di akbar» va «Falak qozisi» ham deb yuritiladi, joyi beshinchi falakda deydilar. Shoir bu baytda Muhammad payg`ambar otining uzangisini Bahrom o`pdi, keyin Birjisga rikobi yetishti va bundan u g`oyat saodatmand bo`ldi, deydi.
Zuhal — Saturnning arabcha nomi, Kayvon xam deyiladi. Joyi oltinchi falakda ekan. Shoir bu baytda Zuhal sayyorasi Muhammad payg`ambarga otboqar bo`lishni orzu qilganini ta`riflaydi.
Savr — eski astrologiyada osmondagi o`n ikki burjning ikkinchisi. Quyosh yili hisobida aprelü oyiga to`g`ri keladi:
Hamal — o`n ikki burjning birinchisi, unga quyosh mart oyida kiradi, Quyosh yili hisobida birinchi oy nomi mart oyiga to`g`ra keladi.
2. Val-Layli izo yag`sho — arabcha: tun qorong`usi bilan qasam ichaman
3. Mozog — arabcha: Muhammad payg`ambar o`zi va ko`zi madh etilgan oyatdagi so`z.
4. Va motaga — arabcha: Muhammad payg`ambar madh etilgaa oyatdagi so`z.
V
1. «Oldida gavhar bir qatra suvdek tuyuladigan so`z gavhara vasfida bir necha so`z demoq. «Besh xazina»si oldida Qorun xazinasi vayronadek ko`rinadigan Ganja hakimi ta`rifida ganj sochyuq; Qashmir jodulary ushshg oldida ip esholmaidigan Hind sehrgarini uning gavhari shodasiga tizmoq va o`z nazmining churuk ipini va uzuq torini ham ularga ulamoq».
Bu bobda Navoiy o`zidan avvalgi salaflarining «so`zdan qanday foydalanganlari haqida, so`zning qimmati, uni hech qanday durru javohirlar bilan tenglashtirib bo`lmasligini, so`z bir dengiz bo`lib uning tubida cheksiz ma`no olami yashirinib yotganini ta`kidlaydi. (Qarang: Layli va Majnun, O`zbek adabiyoti tarixi, 2-jild, 1977, 259-6.).
2. Qorun— behisob boylikka ega bo`lgan diniy afsonaviy shaxs. Navoiy o`zining «Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Qorunni Muso payg`ambar qarindoshlaridan ekani, ilmu fazilatda o`tkir, ayniqsa, kimyo fanida mohir, qobiliyatli kishi bo`lganini yozadi. Qeyincha, u ko`p oltin to`plab, katta boylikka ega bo`ladi. Xazinasi bilan birga uning xasisligi, imonsizligi osha boradi. U xudoni ham tan olmay qo`yadi. Musoning uni dinga, e`tiqodga chaqirishga ham parvo qilmaydi. Natijada Musoning duobadiga uchraydi, tamomi xazinasi, boyligi bilan uni yer yutada, (Qarang: N a v o i y, Asarlar, XV jild, T., 1968, 215-6.)
3. «Panj ganj» («Besh xazina»)— Nizomiy Ganjaviy (1141-1204) ning yaratgan dostonlari ko`zda tutilmoqda. Ular «Maxzan-ul asror» («Sirlar xazinasi»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft ggaykar» («Ettn go`zal») va «Iskandarnoma»dan iborat.
Ma`dumki, Nizomiy birinchi bo`lib besh dostonni yaratgan, bu «Zilai xamsachilikni boshlab berdi. Navoiy o`zining «Xamsa»si tarkibidagi har bir dostonning kirish qismida Nizomiy va uniig «Panj ganj»ini katta hurmat va samymiyat bilan tilga oladi.
4. «Hind sohiri»—xamsachilik an`anasiga asos solgan Amir Xusrav Dehlaviy ko`zda tutiladi. Xusrav Dehlaviy (1253—1325) Sharq she`riyatining ulkaya san`atkorlarmdan. U o`zining otashia she`riy g`azallari va «Xamsa»si bilan mashhur. Xusrav Nizomiy «Panj ganj»iga birinchi bo`lib nazira bitgan shoir, binobarin, xamsachilik an`anasini boshlab berdi. Nizomiy dostoni «Layli va Majnun» deb nomlangan bo`lsa, u o`z asarini «Majnun va Layli» deb atagan.
5. Konallohu lamyakun maah shay — arabcha: Olloh taolo bilan birga hech kim yo`q, ya`ni u yolg`iz, demakdir.
6. «Seni dur deydilar. Bu — ma`qul gap emas. Sen ruh javharisan, dur quruq suvning o`zi-ku!»
7. «Demak seni durga o`xshatish, xuddi durni shudringga o`xshatishdir».
8. «Til sening zikring bilan yuksaklik egasi, tishlar esa unga inju tasbehi bo`ldi».
9. «Ganjada maskan tutgan zar sochuvchi kishidan o`zga bir kishi — bu til bilan maqsadga erisholmadi». Bu baytda Nizomiy Ganjaviy va uning «Layli va Majnun» dostoni nazarda tutiladi.
10. «Uning yashirin xazinasi sharaf ayvoni, xazinachisi esa lutf mezonidir», demakdir.
11. «Ma`noning xosxonasini egallagan ham, so`z qizini turli taqinchoqlarga g`arq etgan ham u».
12. Tur— Arabistondagi tog`. Afsonalarga ko`ra Tur tog`ida Muso payg`ambar xudoning jamolini ko`rishga chiqadi. Qof — butun yer yuzini o`rab olgan deb xayol qilingan afsonaviy tog`. Anqo — afsonaviy qush. Go`yo qushlarning podshohi bo`lib, uning oshiyoni shu tog`da ekan,
13. Afsah ul-kalomi — Eng fasih nutqlisi, ravshan bayon etguvchisi.
14. «U Ganjada xazinadek yashiringanu, lekin besh xazinaga belgi qo`yib ketgan».—Bu yerda gap Nizomiy va uning besh dostoni ustida bormoqda.
15. «Bu xazinada ma`ni injulari bo`lib, so`z va iboralari esa uning tilsimidir, lekin bu tilsim shunday mustahkamki, buni har bir temir qo`rg`onni egallovchi ham ochishdan ojizlik qiladi».
16. Kashmir — Osiyoda, Himalay va Tibetning o`rtasida joylashgan tarixiy diyor. Kashmir to`g`risidagi dastlabki ma`lumotlar miloddan avvalgi 6 asrga oid manbalarda uchraydi.
17. «Undagi yozuvlar Bobil mamlakatining katta yo`liday, qamish qalamining ichi esa Bobil chohidir». Bobil — Chohi Bobil — afsonaga ko`ra Bobil atalgan shaharda bir quduq (choh) bo`lib, ko`kdan yerga tushib gunoh ishlar qilgan ikki farishta chohda yotar ekan, bu chohni sehr manbai ham deydilar. Bu yerda Xusrav Dehlaviy ijodini Bobilning katta yo`liga, qalamining kavagini mazkur chohga o`xshatiladi.
18. «Besh maxfiy xazinani o`z bag`riga olgan toshdan yaratilgan qal`a ro`parasida besh qasr tiklandi». «Besh qal`a»dan maqsad Xusrav Dehlaviyning «Xamsa»sini qayd etmoq.
19. «Mo``jiza bilan sehr orasidagi tafovut Ka`ba oldidagi butchalik kattadir».
20. Ashraf — XIV asrning II yarmi va XV asrning boshlarida yashab, ijod qilgan xamsanavis shoir. Uning to`laq ismn Ashraf ibn Shayx ul-islom Abu al-Husayn ibn al-Hasan al-Marog`iy at-Tabriziydir. Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois» tazkirasida Ashraf haqida shunday ma`lumotlar berilgan: «Mavlono Ashraf — darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz bo`rk ustiga qurchuq chirmar erdi. Va el bilan dog`i omizishi oz erdi. Ko`prak avqot «Xamsa» tatabbu`ig`a sarf qilur erdi, to ul kitobni tugotur tavfiqi topti, voqeai o`z xurdi holig`a ko`ra yamon bormandur. Afv fazilatida «Xamsa»sidan bu bayt yaxshi voqe` bo`lib turkim:
Ba nazdi kase k-ӯ ba donesh meh ast,
Zi muchrnm kushӣ churm baxshn beh ast...
Zi muchrnm kushӣ churm baxshn beh ast...
Mazmuni: Bilimda ilg`or bo`lgan kishi qoshida gunohkorni o`ldirishdan gunohini kechish yaxshidir. (Alisher Navoiy, Asarlar, 12-tom, T, 1966, 14bet).
21. Bu yerda «uchinchi nomai dard» «Layli va Majnun» dostonidir. Biroq yaqin vaqtlargacha rus sharqshunosligida «Layli va Majnun» Navoiy «Xamsa»sining ikkinchi dostoni degan fikr olg`a surilgan. Hatto Ye. E. Bertelüs, A. Klimovich, Ye. M. Meletinskilar ham shunday talqin qiladilar. Navoiyshunos olim T. Ahmedov; esa o`zining «Layli va Majnun» haqidagi monografiyasida mazkur bayt mazmuni va umuman Navoiyning dostonlarining qo`lyozmalaridagi tartibi va boshqa ma`lumotlarga tayanib yuqoridagi qarashning xato ekanligini asoslagan. (T. Ahmedov, Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni. T., 1970, 35—36-betlar).
VI
1. «Valiylik osmonining jahonga nur taratuvchi yulduzi to`g`ri yo`l ko`rsatish konining sof gavhari, she`riyat avji falagining hashamli quyoshi va ma`nolar jomining toza may ichuvchi rindi, ya`ni mavlono Nurnddin Abdurahmon Jomiy madhida nukta surmoq va uning jomidagi durdani simirmoq».
2. Abdurahmon Jomiy—(1414 yil Jom viloyatining Xargarda dahasida tug`ilib 1492 yili Hirotda vafot etgan) fors-tojik adabiyotining lirik namoyandasi genial shoir mutafakkir olim, Navoiyningg yaqin do`sti va ustozidir. U yaratgan turli mavzudagi asarlar sanog`ini 99 ga yetkazadilar. Bunga falsafa, tarix, adabiyot, til, muzika, muammo, aruz, she`riyat va boshqa soxalar-dagi ishlari mansubdir. Jomiy salaflari Nizomiy, Xusrav Dehlaviylarga tatabbu` qilib yetti dostonni o`z ichiga olgan «Haft avrang» asarini yaratdi. Undagi dostonlar «Tuhfat ul-ahror» («Himmatlilar tuhfasi»), «Silsilat uz-zihab» («Oltin zanjirlar»), «Solomon va Absol», «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilar tasbehi»), «Yusuf va Zulayxo», «Layli va Majnun», «Xiradnomayi; Iskandar» («Iskandarning donishmandlik kitobi»).
Navoiyning ilmiy-ijtimoiy faoliyatida Jomiy unga maslahatgo`y va rahnamolik qilgan. «1476—1477 yilllar orasida Navoiy Jomiyni o`ziga pir sifatida tanlagan edn. Bu ularning dunyoqarashidagi yaqinlikni ko`rsatuvchi eng xarakterli holdir». (A. H a y i t m ye t o v, M. M i r z a a h m ye d o v a. Aliisher Navoiynnng hayot yo`li. Qarang: O`zbek adabiyoti tarixi. 2-jild. 03-bet).
Navoiy «Xamsa»ga kirgan har bir doston muqaddimasida, «Majolis un-nafois»da Jomiyga maxsus o`rin ajratadi. Navoiy Jomiyga bag`ishlab «Xamsat ul-mutahayyirin» asarini yozadi. Jomiy va Navoiy o`zlarining «Layli va Majnun» dostonlarini bir yilda (1484) tugallaganlar. Shu sababli Navoiy ustozining mazkur asaridan bahramand bo`la olmagan.
3. «Bosh og`rig`iga sandal yog`ochini maydalab peshonaga surkalgani kabi, farishta Jomiy kavshlari gardini yuziga surtadi».
4. «Bukilishdan xassasi boshida paydo bo`lgan tob, ikki jahonni tortmoq uchun ilmoqdir».
5. «Uchidagi nayzasi g`azabga kirsa, dev bilan shaytonlarni ko`r qiladi».
6. Bu ikkn bayt mazmuni: «Tasbehiga band qilingan yuz dona yuz fayz qushlarini ovlaydi. Donalar belidagi torni jahon xalqi uchun mahkam ip deb bil».
7. «Uning yuvinadigan idishi falak dengnzidir. Undan tomgan har qatra suv eng noyob dur bo`ladi».
8. Ka`b — oyoqning to`pig`i demakdir. Shoir bu yerda aznzlarning tovoni tekkan yer — muridlar yig`iladigan davrani nazarda tutadi.
9. «Laqabi ham jahonga nur taratadi. Zoti bilan ham nuran alo nurdir». Bu yerda shoir «Nuriddin» so`ziga ishora qilib «nur ustiga nur» iborasini qo`llamokda.
10. Bu besh baytda so`z Jomiy tomonidan yaratilgan asarlar («Tuhfat ul-ahror», «Silsilat uz-zihab», «Sabhat ul-abror», «Yusuf va Zulayxo», «Devon»i) ustida bormoqda.
VII
Bu bob Sulton HusaGsh Boyqaro madxidadir.
1. Sulton Husayn Boyqaro Temur ko`rag`on naslidan bo`lib Mirzo Mansur binni Mirzo Boyqaroning o`g`lidir. U 1438 yili tug`ilgan, 1469 yili Hirot taxtiga o`tirib, 37 yil xukmronlik qilgan. Navoiyning bolalikdan do`sti bo`lgan. U Husayniy taxallusi bilan she`rlar yozgan. Bizgacha uning devoni yetib kelgan. Uning qalamiga nasriy «Risola» ham mansub. U 1506 yilda Hirotda vafot etdi. Husayin Boyqaro imkon boricha mamlakatda ilm-ma`rifatni madaniyatni taraqqiy ettirishga intildi. Xondamir Sulton Husayn Boyqaroning viloyatlarini obod qilish, binokorlik va dehqonchilik ishlarini rivojlantirish yuzasidan tuzgan rejalari haqida so`zlaydi. (Qarang: Xondamir, «Makor.im ul-axloq», T., 1948, 61b.) Bobur Husayn Boyqaroning zamoni haqida yozadi: «Sulton Husayn Mirzoning zamoni ajib zamone edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi. Har kishiningkim, bir ishga mashg`ullug`i bor edi, himmati va g`arazi ul erdikim, ul ishni kamolg`a tegurgay».
Navoiy Husayn Boyqaro haqida deyarli hamma asarlarida yozadi, «Majolis un-nafois» tazkirasining sakkizinchi majlisini Husayniy she`riyati tahliliga bag`ishlaydi. Uning nasriy risolasiga javoban (1485 y.) o`zining «Nazm ul-javohir» asarini yozadi va asar muqaddimasida buli e`tirof etadi va Husayn Boyqaro sha`niga madhiyalar o`qiydi. Husayn Boyqaro Navoiyning davlat arbobi sifatidagi faoliyatini, ijodini qo`llab-quvvatlagan. Ular samimiy do`st bo`lganlar.
2. Junayd — Sayyid ut-toifa Junayd Bag`dodiy. U haqda Alisher Navoiy «Nasoim ul-muhabbat» asarida shunday ma`lumotlar beradi: «Ikkinchi tabaqadindur va kuniyati Abulqosimdur va laqabi Qavoririy va Zajjoj va Xarroz Qavoririy va Zajjoj andin debturlarki, otasi shisha sotar ermish va Xarroz aning uchunki, xarz san`atin bilur ermish. Asli Nihovanddindur. Tavallud va manshai Bag`doddin va Abu-Savr mazhabida bo`lur ermishki, Imom Shofiyning ulug`roq shogirdidur va ba`zi debturlarki, Sufyon Suriy mazhabida ermish...
Junayd ikki yuz to`qson yettida (909 y.) dunyodin o`tubtur. «Tabaqot» kitobida Qashiriy risolasida bu nav` bitibtur va Imom Yefiiy tarixida to`qson sakkizda debtur va ba`zi to`qson to`qqizda debtur». Hijriy ikki yuz to`qson yetti deganda—hozirgi yil hisobimizda to`qqiz yuz to`qqizinchi yil anglashiladi, deb izohlandi R. Komilov. (A l i sh ye r N a v o i y, Asarlar, 15-tom, 1968. 79—80-betlar).
Mazkur baytdagi «Junandi Soni» ya`ni nkkinchi Junayd deyilganida Husayn Boyqaro kuzda tutiladi.
3. G`oziy — Husayn Boyqaroning unvoni bo`lib «Shohn G`oziy» deb ham yuritiladi.
4. Bu baytda shoir Husayn Boyqaro sha`nida muqaddas oyatlardagidek so`zlarni aytish mumkin, uning odilligi esa shariatni himoya qila oladi, demoqchi bo`ladi.
5. Bu baytlar umuman shu bobning o`zi o`ta madhiy mazmunda bo`lib Navoiy Husayn Boyqaroni ko`klarga ko`taradi. Anni choqda, Navoiy Husayn Boyqaroning o`tkir zehn egasi ekanini ta`kidlaydi. Uning davlat ishi bilan band bo`lib ilm bilan shug`ullana olmasada, lekin iqtidori har qanday masalani payg`ambar kabi hal qilishga qodir edi, deb qayd etadi.
6. Nabiyi mursal — yuborilgan payg`ambar.
7. Fiqx - (arabcha bilish, tushunish demakdir) — musulmon dinining yo`l yo`riqlari, qoydalari to`g`risidagi huquq ilmi, ya`ni huquqshunoslik.
Fiqh — diniy huquqshunoslik sifatida ikki sohadan: shariat manbalarini ishlab chiqish va shariatni aniq sohalarga tatbiq qilishdan iborat bo`lgan.
8. Abu Hanifa — Imom A`zam Nu`mon ibn Sobit (699—767) mashhur imom, Hanafiya mazhabining asoschisi. Abu Hanifa Qufada tug`ilgan. Hammod Ibn Abu Sulaymondan hadis ilmini o`rgangan. U birinchi bo`lib fiqh ilmini farz, sunnat va shart kabi boblarga ajratgan.
9. Jamshid — Eronning qadimgi podshohlaridan biri.
Jamshid jomi — Jamshid yasattirgan tilsimli jom. (Navoiyning ta`rificha, Jamshid xakimlarga buyurib, ikkita jom yasattirgan, birining oti Jomi ishratfizoy — bu jomdagi may ichgan bilan tugamas, to`liq turaverar va qiyshaytirilsa ham to`kilmas ekan. Ikkinchisining oti Jomi gitiynamon— bu jomda dunyoda yuz bergan hodisalar ko`rinib turar ekan. Bu jomni — Jomi jahonbin ham deydilar).
VIII
1. Bu bob Sulton Badiuzzamon madhida yozilgan.
2. Sultoi Badiuzzamon Mirzo — Husayn Boyqaroning katta o`g`li, Astrobod viloyatining hokimi, otasi vafotidan so`ng ukasi Muzaffar Mirzo bilan birga mamlakatni boshqaradi. Navoiy «Majolis un-nafois»da u haqda shunday deydi: «Husni surat va husni, siyrat bila orasta va jamoli zohiriy va kamoli botiniy bila pinrosta yigitdur. Razm atvoridin otar-tutarda dilpisand va bazm asbobidan ichmak va bag`ishlamoqda, bemonand. Tab`i ham nazm uslubida muloyimdur». (Navoiy, Asarlar, 12-tom, 174-bet).
Balxni talashib, Badiuzzamonning Husayn Boyqaroga qarshi chiqishi mag`lubiyatga uchraydi. Shu nizo oqibatida Badiuzzamonning o`g`li Mo`min Mirzo qatl etiladi. 1497 yil oxirlarida yuz bergan bu dahshatli voqeadan so`ng Husayn Boyqaro va Badiuzzamon munosabatlari yanada keskinlashadi. Lekin 1506 yilda Shayboniyning Balxga yurishi ularni bir qadar birlashtiradi. Ular Murg`ob tomon otlanadilar. Ammo yo`lda 1506 yil 5 mayda Husayn Boyqaro vafot etadi. Shanboniy Hirotni zabt qilgach, Badiuzzamon Eronga Ismoil Safaviy huzuriga qochadi. «Majolis un-nafons»ning forscha tarjimoni Muhammad Qazviniy ma`lumotiga ko`ra, turk sultoni Salimxon Tabrizni egallagandan so`ng Badiuzzamonni izzat-ikrom bilan Istanbulga olib ketadi. Badnuzzamon tez orada toun (vabo) kasalidan vafot etadi.
Navoiy Badiuzzamon siymosida davlatni idora etish siyosatini puxta bilgan, ilmlardan xabardor, adolatga tayangan valiahdni ko`rar, undan dono pand-o`gitlarini darig` tutmas edi. «Munshaot» tarkibida Badiuzzamonga yozilgan maktublar ana shulardan dalolat beradi. (Qarang: S. G`anieva «Munshaot» O`zbek adabiyoti tarixi. II tom. T., «Fan» 1977, shu muallif «Navoiy qomusi» sahifalarida. Badiuzzamon. San`at. 1990. 10-son).
Shoir dostonining bu bobi ham boshqa aksar asarlaridagi kabi Badnuzzamon Mirzo madhiga bag`ishlangandir.
Badiuzzamon — zamon ahlining ajoyib go`zali, nodiri, demakdir.
Chavgon —«Go`y va chavgon» o`yinida ot ustida turib go`y — to`pni tutib, to`xtatib olinadigan uchi egri uzun tayoq.
Savlajon — chavgon.
IX
2.«Vujudim shu zulmatga asir bo`lib, ko`nglimga falak zulmati quygan edi».
3.«Ishqning hidini sezgan hamono u ot chopishdan ham qoldi».
4.Yasrib — Madina shahri shunday deb ham yuritilgan.
5.Rasuli Hoshimiykesh — Muhammad payg`ambar ko`zda tutiladi.
6.Halil— Ibrohim payg`ambarning laqabi.
7.Namrud — Bobil podshohlaridan birining nomi. Rivoyatlarga ko`ra, xudolik da`vosini qilganda Ibroxim (Xalil) payg`ambar unga qarshi chiqqan. Namrud uni o`tga tashlagan, lekin Ibrohim gunohsiz bo`lgani sababli yonmagan ekan.
8.«Shu yashin har lahzada Yaman tomondan ko`rinib, o`zining o`tlik sirtmog`ini tashlar, u —Suhayl yulduzi balqib, Yaman tunini yarqiratganidek edi. Yo`q-yo`q, balki Uvays qalbi yolqini qora tunni oydinlashtirmoqda».
9.Suhayl yulduzi — bir yorug` yulduz. Yamandan ravshanroq ko`ringani uchun Suhayli Yamaniy, Suhayli Yaman deb ham ataganlar.
10.Uvays — Shayx Uvays Qaraniy, Alisher Navoiy «Nasoim ul-muhbbat» asarida Uvays Qaraniy to`g`risida, jumladan shularni yozadi: «Goh-goh Xojoi olam muborak yuzin Yaman sori qilib der edikim, men xudoning shaxsini Yaman tomonidan topdim». Yuqoridagi talmih orqali ana shu haqiqatga ishorat qilingan.
11.Abuqubays—Qubays tog`ining nomi.
12.«Ayman anori o`z shoxini yoritganidek, goho Izam vodiysiga shu`la sochardi». Izam — Arabistondagi tog`ning nomi.
13.Nori ayman — Muso payg`ambarga ko`ringan nurli bir daraxt.
14.Najd — Iroq va Hijoz o`rtasidagi joy nomi.
15.Shom — Suriya va Damashqning sharq qo`lyozmalarida uchraydigan nomi.
16.Hay— Arab qabilasi. Layli shu qabilaga mansub, qabila boshlig`ining qizi.
17.«Bu suyaklar cho`ldagi qurigan o`t kabi to`da-to`da bo`lib yotardi».
18.«U buni hali anglab yetmay, g`oyibdan nido keldi».
19.«Bu ishq dashtida g`avg`o solayotgan yirtqich hayvonlar shu dashtning har tomonidagi qurt -qumursqalarday».
20.«Moziy dunyo bir kishidan boshqa hech kimning bu vodiyga qadam qo`yganini bilmaydi».
21.«Jismini tashkil etgan unsurlar ham uning tuzilishini murakkab qilgan».
22.Ajam — Arab xalqlari va mamlakatlaridan boshqasi (ko`pincha Eron mamlakati va xalqiga aytiladi).
23.Suhayliy — Shayx Ahmad Suhayliy —XV asrnnng II yarmida yashab ijod etgan forsigo`y shoir. 1465—1469 yillarda Navoiy Samarqanddalik vaqtlarida Shayximbek Suhayliy ham u bilan birga bo`lgan. 1469 yilda Navoiy bilan Hirotga kelgan va Sulton Husayn Boyqaro xizmatiga kirgan. Navoiy uni ardoqlab yori aziz der edi. 1470—1472 yillarda Navoiy tavsiyasi bilan Suhayliy muhrdorlik lavozimiga tayinlangan. «Suhayliy» taxallusi qilur uchun, Shayxim Suhayliy derlar erdi»,— deb yozadi Bobir.
Suhayliy badiiy ijod bilan qizg`in shug`ullangan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»da yozadi: «Xuroson mulkining mutayyin elidindur. Kichik yoshidan tab` osori va zihn namudori andin ko`p zohir va hamida axloq va pisandida maosh atvoridin bohir erdi.... Avvaldin oxirg`acha faqir bila iltifot va ittihodi ko`p uchun mundin ortuq ta`rifin qilinsa, o`zumni ta`rif qilg`ondek bo`lurdin qo`rqib ixtisor qilildi». (Alisher Navoiy, Asarlar, «Majolis un-nafois» 12-tom, 70-bet). Suhayliyning «Layli va Majnun» dostoni o`z davrida mashhur bo`lgan.
X
Qays — Majnunning asl nomi.
2. «Hayot uskunasi eskirib, umri daraxti yiqilishga mayl etganda, yonida go`zalligi sanavbar guli kabi yangi ko`korgan niholi (farzandi) bo`lishi kerak».
3. «Bilmaydiki, guliston qurisa, bulbul sayrashdan to`xtaydi».
4. Bu ikki baytning mazmuni: «Ishq mulkining shohi ko`kdan yergacha hukm qildikim, shodmonlik bilan osmon gumbazigacha ziynat berib bayram qilsunlar».
5. Gul yaprog`i asalga tushgandek, uni beshikka bog`laydilar».
6. «Bodomning ichida mag`iz saqlaganidek, bu bola ham ko`z beshigida farog`atda yashardi».
7. Baytning mazmuni: «Yuzida malohat shu`lalari, nutqida fasohat nash`alari bor. Bu baytda tarse` san`ati qo`llanilgan.
8. «Uni jon yo`rgagiga o`rab, ko`z qorachiqlarini isiriq qilardilar».
XI
2. «Uning karam dasturxoni oldida quyosh qora kulchadek qadrsiz».
3. Bu baytda shoir ruju (musalsal) san`atidan mohirlik bilan foydalanadi. Bu san`atga ko`ra predmet, voqea-hodisa yoki shaxsga nisbatan o`xshatishli mubolag`a ishlatiladi. Lekin bu kamlik qilib yanada kuchli mubolag`a ishlatib, tasvirni kuchaytiriladi, bo`rttiriladi.
4. Bu baytlarda tazod san`ati qo`llanilgan. Unga ko`ra tasvirni bo`rttirish uchun bir-biriga zid tushunchalar qo`llaniladi.
5.«Bularni hind lashkari dema, balki Chin dashtning kiyiklariga qo`yylgan qator tuzoqlardir».
6.Bu baytda Navoiy talmeh san`atidan foydalanib, «ul dona» deganda, Odam Atoning jannatda yegan bug`doy donasiga, «bu dona»da esa Layli xoliga ishora qilmoqda. «O`l dona» bir odamni sayd etgan bo`lsa, «bu dona» esa olam ahlini o`ziga tortadi.
7.«Ikki qizil labi jon bo`lsa, iyak ostidagi baqbaqalari «jon» so`zining «nun» harfidir».
8.Uning pok gavhari hali ipga tizilmagan, la`li esa zargar qo`lidan zarar ko`rmagan».
9. Bu ikki baytning mazmuni: «Ikki qora sochining uzunligi intihosiz ikki qorong`u kecha. Shuning uchun uning ismi barot (hijriy yil hisobida sakkizinchi oy bo`lgan sha`bonning o`rtasi, bayram kuni) va qadr (ramazon oyining «Laylat ul-qadr» (qadr kechasi) deb ataladigan 27-qutlug` tuni) kechasidagi to`lin oydek jilvalanardi».
10. «Bu xildagi pokiza gavharni (Qaysni) topgach, daryo (muallim) bu zavqdin shodlandi».
11. Oriza — kasallik.
12. «Tab`idagi quyoshdek harorat achchiq azob solgan edi».
13.«Chirog`i o`cha yozgan bechora chirog`iga yog` quyilsa, yana yonaveradi.
14. «Asal, may va o`z issiq tabiati hamda havoning harorati — to`rttalasi sho``lalanib unga o`t soldilar».
15. Ahibbo—arabcha: muhib so`zining ko`pligi — do`stlar, atibbo—arabcha: tabib so`zining ko`pligi—tabiblar.
16. «Uning mizojidan xastalik ketishiga yordam bo`lmasa, Isoning elga jon berishidan nima foyda?»
Iso — Masih laqabi bilan mashhur payg`ambar. Diniy rivoyatlarga ko`ra Iso payg`ambar o`liklarga jon ato qila olgan, tiriltira olgan ekan. Badiiy asarda ko`pincha Masih nafasi — jon-baxsh etuvchi kuch timsoli sifatida keladi. Bu yerda shunga ishora qilinayapti.
17. Bu baytda kitobat san`atidan foydalangan holda Layli zulfining yuzi yonog`iga tegib turishi «xad» so`zidagi dol (د )ning turishiga, «fam» ( ف ) so`zidagi nuqtani esa labi ustidagi xolga o`xshatiladi.
18. «Uning sochlari ustidagi durrasi vasl shomidagi oydinlikka o`xshardi».
XII
1. «Bahor farroshi har nafas esgan shabadalarni puflamog`i bilan lola chirog`ini yoritganda va bulut nayrangbozi lahza-lahza tushgan chaqin chuchkurmog`idan tog` dimog`ini quritganda, o`sha ko`zini husn chirog`i yoritgan va dimog`ini ishq savdosi quritgan odamning gulyuzlilar bilan bog` sayriga borgani va Layli husni gulining shabadasi dimog`iga yetib, bir yo`la o`zidan ketgani».2. Qavsi quzah — bahor chog`ida osmonda ko`rinadigan kamalak.
3. «Agar falak to`ti bo`lishni orzu qilmas ekan, nega yerni ko`k rangga bo`yadi?»
4.Yashil falak to`ti bo`lib, yer kurrasini jo`ja qilib ochganda «er yuzini tutgan maysalar uning a`zosidagi yangi patlarga o`xshar edi».
5.Yaraqon — sariq kasalligi.
6.«Er yuzi sebarglardan sovut kiyarkan, savsan boshiga gurzi ko`tardi».
7.«G`uncha» boshida jez qalpoq ko`rgan chog` muz tig`i chamanni tark etadi».
8. Farhod — Sharq xalqlari og`zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz, Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonida asosiy qahramon. Baytda Navoiy Farhod qismatidagi hijronga ishora qilmoqda.
9. Parvez — Xusrav Parvez — Sharq xalqlari og`zaki ijodi va yozma adabiyotida keng tarqalgan obraz. Uning tarixiy ildizi sosoniy podshohlaridan Xusrav Parvez (VI asr oxiri) faoliyatiga borib taqaladi. Badiiy adabiyotda, chunonchi, Firdavsiyning «Shohnoma»si, Nizomiyning «Xusrav va Shirin»ida ideal shoh, Navoiyda esa Xusrav mutlaqo salbiy qahramon sifatida talqin etiladi.
Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asarida u haqda yozadi: «Parvez Madoyin taktiga o`lturub, ko`p mamolikni hiytai tasarrufig`a kiyurdi. Va maknat va shavkati bir yerga yettikim, andin burung`i saloting`a muyassar bo`lmaydur erdi. Va ba`zi muarrixlar anga muyassar bo`lg`on nimalarni (toji, taxti, kulohi ham shu jumladan) hayrat tariqi bila te`dod qilibturlar». (Alisher Navoiy. «Tarixi muluki Ajam». (14-yum, 229-bet).
Navoiy bu yerda talmeh san`atidan mohirona foydalangan. Unga ko`ra tasvirda tarixiy shaxslar, voqealar, geografik nomlar, afsona va ayrim asarlarga ishora qilinadi. Baytda «sahrodagi lola yaproqlarining uchishi Parvez kulohini eslatadi», degani uning kulohi rangiga hamda uning shahid qoniga — o`g`li tomonidan o`ldirilganiga ishoradir.
10. «Lola g`unchasi la`l qutichasiga o`xshaydi, ochilganlari esa alvon la`ldur».
11. «May shishalariga (balbala) tushgan gul barglari turna ko`ziga, yoxud tustovuq qoniga o`xshaydi».
12.«Nasrin bargi to`kilgach ko`va yog`ini eslatar, zanbaq (xushbo`y) gulining bargiga to`kilgan mushkning hidi uning dimog`ini quritardi».
1Z. «Chamanga yog`ilgan shudring ko`knor guli yaprog`iga ko`knor donalaridek dog`lar separdi».
14. Ul ikki— ya`ni Layli va Majnun.
15.«Bog` keng edi-yu xalq sayr etardi, daraxtlar zichligi elga parda edi. Chaman gul butalarning bir-biriga yopishganligi ishq ahli uchun visol pardasi edi».
16. Na`li bozguna urmoq — asli ma`nosi teskari nag`al qoqmoq bo`lib, o`zini bilib-bilmaslikka solish, o`zini axtaruvchilarni chalg`itish ma`nolarida ishlatiladi.
17. O`zni a`jamiy aylamoq — jo`rttaga o`zini bilmaslikka solmoq, mug`ombirlik ko`rsatmoq.
XIII
2.So`g—g`am, musibat, motam aza, o`lim qayg`usi.
3.Duxonin bo`tratmoq — tutunni burqiratmoq.
4.Bu bantning mazmuni: «Yo`q-yo`q, bu tutunlar uning ohi edi, somon kabi zaif jismi yonardi».
5. Kahdud — somon tutatishidan hosil bo`ladigan achchiq tutun.
6. «U sarg`aygan yuzini shunchalik shapatiladiki, bundan yuzlari ko`karib ketdi». Bu baytda tajnisdan foydalanilgan. Bu san`atga ko`ra shaklan bir xil, mazmunan boshqa-boshqa so`z (omonim)lar she`r qofiyalarida ishlatiladi. Birinchi —«alam»— g`am, qayg`u, ikkinchi — «alam»—rang shu`la ma`nosini anglatadi.
8. Ko`k gulshanining gullari to`kilishi — yulduzlarning so`nishi; g`unchaning kulishi — tong otishi demakdir.
9. Bu ikki bayt mazmuni: «Goh bir laxza ham boshini ko`tarmasdan binafshaga mehrini bildirar va bu binafshaning atridan Laylining xushbo`y zulfini iskagandek murodi hosil bo`lardi».
10. «Xushxabar darakchining xabaridan so`ng, hammalarining ham ko`ngillari joyiga tushdi».
11. Yusuf — Sharq xalqlari adabiyotida mashhur bo`lgan «Yusuf va Zulayxo» afsonasining bosh qahramoni. Ya`qub payg`ambarning o`g`li, akalari tomonidan ko`p aziyat chekkan — chunonchi, cho`lda adashtirilib, quduqqa tashlangan, qul qilib sotilgan va hokazo. Bu yerda Qaysning yo`qolishi Yusuf bilan bog`liq o`sha voqealarga o`xshatilmoqda. Sharq adabiyotida Yusuf obrazi go`zallik va poklik ramziga aylanib ketgan.
12. «Amora, mahmil»—odam tushadigan kajava. U tuya yoki filga ortilgan bo`ladi.
XIV
2.Infiol — xijolat, uyat.
3.«Xalq uni dev urgan deydi, bilmaydiki, unga pari tegib o`tgan».
4.Bayt mazmuni: qorong`ulikdagi uchqunlar go`yoki harakatdagi yulduzlar edi.
5.«Har tomonni qoplab olgan tun zulmatida shu`la baxt yo`lini ko`rsatadi».
6. «Rangi noriy (anordan qip-qizil), tab`i ham noriy (o`tli), bu la`l butkul anor rang bo`lgan».
7.«Oy bilan kun ikkisi sen yonib turadigan; o`choq — manqal;. ud, sandal yog`ochlari senga tutantiriq bo`lsin».
8.«Ey mungli nolang jonimga xushxabarchi, ey g`amgin ovozing ruhimga oziq beruvchi!»
9.«U goh hushda, goh behush hay qabilasi qo`rg`oni atrofida aylanar edi».
10. Taloya — qo`shin ilg`ori, old saflardagi.
11. «Bu xildagi ishq o`tida qizigan ikki shaxs (Layli va Qays)ning noladan og`izlari sadafdek ochiq edi».
12. «O`sha ko`tarishda qaddi bukik kampir falakday qaddini ham xam qildi».
XV
2.«U iz Hay qabilasi chegarasiga yetgach qabiladan yana ikki iz chiqib qo`shilganligini ko`rdilar».
3.Bayt mazmuni: har tomondan unga qilinayotgan pand-nasihatlar qon to`kuvchi xanjar kabi edi.
4.«Na uning ruhiga qiynalish malol kelar, na tabiatiga xursandchilik yoqardi».
5.«Har kecha uning shiori shu zaylda qochish, ota-onalarning ishi uni qidirish bo`lib qoldi».
6. «Devonaga esli kishining pand-nasihat qilishidan ko`ra Majnunning so`zi aqlliroqdir».
7. 1960 yilgi «Xamsa» nashrida bu baytlar o`rni almashinib tushgan.
8.Shoir bu bayt mazmunida xalq orasida kasalni davolashda fusunchilar (duoxonlar)ning «kuf-suf»lab dam solishlarini nazarda tutib: «el unga chora ko`rish uchun qancha fusun qilsa, dam solsa, uning u «puf»lari bilan shuncha tutashib ketar edi», degan. Bunda o`tni qancha puflasa, shuncha avj olishi ko`zda tutiladi.
XVI
2.«Hammadan voz kechibdi deydilar, uning miyasiga futur yetibdi, deydilar».
3.Somi` — Laylining otasi nazarda tutiladi.
4.«Bu qabila unga iffat go`shangasi edi, bunga iffat nasimidan bo`lak narsa aralashmas edi».
5.«Uning (ya`ni go`shanganing atrofiga pardalar tortilgan bo`lib, uning o`rish va arqog`i poklik va zuhddan edi».
6.«Nazmida har vaqt bir ismni zikr qiladi (Layliga ishora), u ismni aytmoqlik bizga mumkin emas».
7. Nol— qamish ichidagi ingichka tomir, qiltiriq.
8. Nauzu billoh—arabcha: xudo saqlasin, demakdir.
9. «Uning butun vujudi zanjirband etilgan, zanjir xalqalari ham o`ralgan va egilgan edilar».
10. «Jinnilik zanjirida band bo`lgan, bu zanjirlar ichida xursand bo`l! Kimki bu kishan bilan shod bo`lsa, yuz kushodlikka erishadi».
XVII
1. «Majnunning firoq chohida tandir ichidagi o`tdek o`rtanishi; ayriliq bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi; tabib afsunidan telbaligining tug`yoni va tabib parhezidan isitmasining g`alayoni; o`z baxtsizligiga to`kkan achchiq ko`z yoshlari va bu yoshlardan komida achchiq-achchiq xunobasi; ko`ngil o`tidan temir bandi suv bo`lgani va suvdek sahro tomon yurib ko`z yoshlaridan vodiylar to`lgani».
2. Besh bayt mazmuni: «Majnunning Layli ishqi savdosi o`tida charog`i yonib, dudi esa dimog`i (miyasiga) o`rnashdi. Bu dud u uy ichida ortgan sari taqvo bilan aql yuzini qoraytirdi. Bu ikki (taqvo bilan aql) u uydan ko`chgach, u yerda junun shohi o`z taxtini qurdi. U dud savdo qo`shini bo`lib, u qo`shin har dam g`avg`o soldi. Mana bu xilda dimog`i ichida to`polon yuz berib, ko`nglini junun oyog` osti qildi».
3. «Majnunga bahra olsin uchun berilgan ovqatlar unga zararli luqmalarday bo`lardi».
4. Bu 4 bayt mazmuni: «Majnun tanini ishq nayzalaridan xalos etaman, deb tabib uning jismini yana chok-chok etardi. Bu choklarni tikadigan mehribonlar, igna bilan emas balki nayza bilan tikardilar. O`q uchlarini topaman deb tabib bemor badanini yorgan bo`lsa bu kishilar uni tikmoq uchun o`q keltirardilar. Bular o`q axtarib ovora bo`lardilar, holbuki g`am o`tida o`q erib suv bo`lgan edi».
5.Buxor udi — qopqora bug`i — tutuni.
6.«Eng yaxshisi, meni g`avg`o boshlab o`tga tashlab kuydirish edi».
7.Mag`ok — choh, chuqur.
8.Ibtilo — baloga qolish, giriftor bo`lish.
9.Bu yerda ikki ko`z nazarda tutiladi.
10.Lam`a—yolqin, porloqlik, ravshanlik.
11.«U o`t ichida quyosh bir patirdek, oyni aytib ham o`tirmayman, chunki u kuygan kulchadek bo`lib qolardi».
12.Ravzan tutulsa — tuynuk bekitilsa.
«Jismini har xil gumonlar tinchitgan bo`lsa-da», uning ishi tolpinmoq edi». Bobning so`nggi:
O`zlukdin o`zungni ayla ozod,
To dashti fanoga kirgasen shod —
To dashti fanoga kirgasen shod —
baytini tasavvuf tariqatining so`nggi bosqichi fanoga Majnun intilishining mazmuni edi, deya talqin qiladilar dostondagi tasavvufiy yo`nalishini kuzatgan tadqiqotchilar N. Komilov va B. Eralievlar. (Qarang: Sharq yulduzi, 1991, 11-son).
XVIII
2.Ibn Salom — arablarning Bani Asad qabilasi boshlig`i, katta boylik egasi.
3.Xay — ter demakdir.
4.Bu ikki baytning mazmuni: «Arab elidagi bir badavlat navqiron yigit uni — Laylini yo`lda ko`rib qoldi. Zotida hech qandan nuqsoni yo`q bu sog`lom kishini baxt Ibn Salom deb atagan edi».
5.Bani Asad— arab qabilasining nomi.
6.Posux tilamoq — javob kutmoq.
7.«Lekin uning bir oz sabr qilishi ham kerak. Chunki gulimning (Laylining) shoxi siniqroq. Hali bu umid niholi yosh, ya`ni quyoshim hali hiloldir».
8.Hajr turktozi — hijron bosqinchisi, talonchisi.
9.«Bu mojaro uni ham hamisha mashg`ul qilar, sayr va tomoshada ekan, har qadamda maloli oshib ketar edi».
10. «Yosuman aqli past, bema`ni, laqma bir kampir ko`ngilsiz Laylining ko`nglini xush qilaman deb so`zga tushdi».
XIX
2.«So`z bulog`ini qazigan kishi, bu chashmadan chiqqan suvni shunday taradi».
3.«Oliy martabali sarv — Layli dard zo`ridan soyadek yotar edi».
4.«Chunkn ko`nglum g`amdan benihoya o`ksigan, g`avg`olardan ham juda bezgan».
5. Mehnat qayg`u — dard, azob-uqubat.
6.«Ko`ksini urib jarohatlab, tirnoqlari bilan momataloq qilib tashladi».
7.«Ko`z yosh qatralarini sochaverib, tanining tuprog`iga g`am urug`larini ekdi».
8.Jayxun — Amudaryoning qadimgi nomi.
9.Bu va keyingi baytlarda shoir to`la izchillik bilan tanosub san`atini ishlatadi. Unga ko`ra o`zaro mutanosib ya`ni o`zaro munosabatda bo`lgan ikki tushuncha bir-biriga uyg`un, bog`langan holda keladi.
XX
2.Arofat — Makka shahri atrofidagi tog` nomi, ziyoratgoh.
3.Arosat — g`avg`o, to`polon qismat.
4.Xush, xud, bexud, darxurd, sarxush, noxush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan so`zlardagi «vov»ni «vovi ma`dula», ya`ni «o`zgartirilgan vov» deyiladi. Shu so`zlardagi bu harfni «alif»ga aylantirib, xash, xad, bexad, darxard, sarxash, noxash qabilida talaffuz qilish mumkin. Lekin yozuvda «vov» saqlanadi. Asosan bu hodisa qofiya taqozosi bilan sodir bo`ladi.
5. Ka`ba — musulmonlarning Makka shahridagi ziyoratgohi. Ka`ba musulmonlar uchun qibla hisoblanadi va u tomonga qarab namoz o`qiladi.
6. Arshi a`zam — osmoning eng yuksak arshi. Ka`baga shunday baho berilmoqda.
7. Bu va keyingi to`rt baytning mazmuni: «Er yuzining barcha ulug` va kichik odamlari bu manzilga kelib ziyorat qildilar. Yoki u Ka`ba ko`rinishda, ko`nglida tangridan boshqa hech kimi bo`lmagan so`figa o`xshardi. Yoki o`sha so`fining chopon kiyib, yerda cho`kkalab o`tirganiga o`xshardi. O`rnida qimirlamay turishi qutb yulduzi, atrofidagi mayda toshlar mayda yulduzlardir. Bu qutb yulduzi emas, balki zo`r avliyodirki, ko`p avliyolar kipriklari bilan uning eshigini supurganlar».
8.Xayli xuffosh — ko`rshapalaklar to`dasi.
9.«Xamsa»ning 1960 yilgi nashrida bu bayt satrlari almashinib tushgan.
10. Bu uch bayt ishq — ءش ق so`zidagi harflar: «ayn» — ع «shin»— ش , «qof»— ق va nuqtalariga asoslangan so`z o`yini ishlatilgan. Shoir «ishq» so`zidash «ayn» harfini yozuvdagi shaklini nazarda tutib uni bo`ynimga tavq—bog`ich xalqa qilgin, «shin»ni esa shu`lai shavq ayla, «qof» (bu yerda harf nomi nazarda tutiladi)ni esa menga g`am tog`iga, uch nuqtasini uchqunlarga va qolgan ikkisini toshlarga aylantir, deydi.
11. 12. Bu baytlarda tarse` san`ati qo`llanilgan, ya`ni birinchi misra so`zlari bilan ikkinchi misra so`zlari bir-biriga ohangdosh, vazndosh va qofiyadoshdir.
XXI
1. «Majnunning vahshatli eldan ulfatlik ipini uzgani va biyobon vahshin hayvonlari bilan do`stlik yo`lini tutgani, kiyiklar bilan Navfal ovi oralig`ida qolgani; Navfalning vosil va`dasi sirtmog`ini uning bo`yniga solgani va kiyiklarni ozod qilib, uni tutgani va ko`nglini ovlagani».2. Navfal — Arab qabilalaridan birining boshlig`i, dostonda Majnunning holatini tushungan, uning xaloskori sifatida bayon etilgan. I. Yu. Krachkovskiyning fikriga ko`ra Navfal ham tarixiy shaxsdir.
Navfal garchi davlatmand bo`lsa-da, inson qadri-qimmatini, uning ichki kechinmalarini chin yurakdan tushunib, yuqori baholaydi. Navfal Majnunning ishqini tushunib, yordamlashsa ham, lekin uning odamlardan uzoqlashib, tog`-dashtlarda, yovvoyi hayvonlar orasida yurishini qoralaydi. (Qarang: T. Ahmedov. Alisher Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni, T., 1970, 88-6.)
3. Bu baytlarda g`oyatda mohirlik bilan tarse` san`ati qo`llanilgan.
4.Baytlarning mazmuni: «olovli nazmi dimog`idan tutun chiqarar edi».
5.«Majnun bir payt ovchilar qurshovida qoldi».
6. «Yuzida safo (soflik) quyoshi namoyon bo`ladi; egnida vafo nuri barq uradi».
7. So`nggi uch bayt mazmuni: «Inson aql charog`i, qolaversa butun koinot ko`zining nuridir. Odamlardan qochib, hayvonlar bilan ulfat bo`lishing aql oldida sababsiz ko`rindi; bu holat menga juda qiziq tuyuldi».
8. Yurakka xorxor solishi — yurakka orzu, sevgi solish.
9. Ashhabning tuvog`i — bo`z otning tuyog`i.
XXII
2.Futuvvat — saxovatlik, juvonmardlik, olijanoblik ma`nolarini anglatadi. Ijtimoiy-siyosiy, axloqiy va diniy mafkuraga oid falsafiy ta`limot bo`lib, hunarmandlar manfaatini ifoda qilgan.
3.Asru mag`mun — ko`p g`amgin.
4.Sipohi jarror — katta qo`rqmas jangchilar to`dasi. Navfal shunday jangchilar bilan Laylining otasiga qarshi kurashga otlanadi.
5. «Otlar shamoli jang maydonini supurib, shafqat va marhamat giyohlarini sovurdi». Bu baytda g`uluv san`ati ishlatilgan. Unga ko`ra aqlga sig`maydigan, imkoniyatdan tashqari kuchli mubolag`a ishlatilgan.
6. «Nayzalarning dastasi oftob doirasidek egilib ketdi. Uchi bo`lsa, tol bargidek edi».
7.Harir parniyon — yupqa va nozik ipak kiyim.
8.Parxosh kuni— jang kuni.
9.Hazmu ozarm— fikr, andisha, kelishish.
10. Bu ikki baytning mazmuni: «Qorong`ulik qo`shini soya solgach yulduzlar unga kuzatuvchilik qildi, Xitoy shohi— quyosh o`z taxtini tark etib, yer yuzini esa qorong`ulik bosdi».
XXIII
2. «Xudo ko`rsatmasin, odamlarimiz qochib».
3. Bu besh bayt ruju` san`ati asosida bitilgan. Bu san`atga ko`ra narsa va hodisa dastlab ma`lum obrazli ifoda orqali tasvirlanib, ayni zamonda yanada kuchliroq ta`sir o`tkazish maqsadida undan voz kechib, boshqa kuchli so`z— obraz ishlatiladi.
4. «Navfal angladiki, bu voqea chindir: Majnunning tushi shubhasiz to`g`ridir».
5. Bu ikki bayt tun chekinib, tong yoriy boshladi, degan mazmunni anglatadi. Shoir bu yerda g`oyat go`zal tashbehlar ishlatgan: tun —arab musofirlariga, tong—oq uyga, osmon esa ko`k maysazorga o`xshatiladi.
XXIV
1. «Majnunning Navfaldan ayrilgani va yeloyoq otini shamoldek surib, biyobonga yo`l olgani; Zaydga yo`liqib, ahvolini ma`lum qilgani va unga yetgan bedodlikdan buning ham ko`ngliga alam yetgani; unga taskin bermoq uchun o`zining hamma narsasini topshirib, Layli qabilasi ko`chgan yerga ketgani». 2. Zayd — Laylining qabiladoshi. U ikki oshiq-ma`shuqqa hamdard ularga xat yetkazib turadi. Zayd Ye. E. Bertelüs fikriga ko`ra. Nizomiy asarining dastlabki nusxasida bo`lmagan, dostonga noma`lum muharrirlar tomonidan keyincha kiritilgan. Zayd Nizomiyda kichik bir obraz bo`lib, asardagi diniy ruhni kuchaytirishga xizmat etadi, Navoiyda esa Layli va Majnun sevgisini ular xarakterini to`laqonli chiqishida vositachi obraz sifatida o`rni muhimligini qayd etadi (T. Ahmedov. O`sha kitob).
3.1960 yilgi «Xamsa» nashrida bu bayt o`rnida 403 sahifa, 1-ustundagi:
Majnun meni tiyra ro`zmen bil,
Tig` ol, neki xotiring tilar bil.
Tig` ol, neki xotiring tilar bil.
— bayti yozilgan.
4.«Ulardan biror pana yerga qochib qutulmoq menga qiyin edi. Xaltamda bo`lgan oziq-ovqatlarimni oldilar».
5.Toziyona — qamchilamoq.
6.Bu baytda Navoiy uch san`atdan mohirona foydalangan, ya`ni bu yerda ham tanosub, ham tazod, ham tarse` san`atlari ishlatilgan: jon badan, bosh bilan oyoq bir-birlariga munosabatda bo`lganlari kabi bularning orasida ziddiyat ham bor. Bunda tanosub ham tazod san`ati kelib chiqadi. Jonim — boshim, badaning— qadaming, shifosi — fidosi so`zlari ham, vazn, ham qofiya jihatidan bir-birlariga barobar va mos tushganlari sababli tarse` san`ati yuzaga kelgan.
7.«Bu ishdan qo`rqma: men xijolatdaman, har narsa qilsang ham roziman».
8.Bu to`rt baytning mazmuni. «Dedi: Ey ishq oyatiga singib ketgan zamonaning yagonasi! U hajr tunining umid tongi yo`q, balki abadiy quyoshi, jamoli saodat osmonidan chiqadigan pokizalik pardalari yuziga niqob bo`lgan Layli, sening g`amingda shunday notavonki, so`zi elga dostondir».
9.Najmi soqib— yorug` yulduz. Bu yerda Zaydning Majnundan nomani olib Layli qabilasi tomon tez ot surishni falakning yorug` yulduziga qiyos etilmoqda.
XXV
2.Hubob — suv pufagi, falak gumbazi.
3.Sardoba — karvon o`tadigan yo`llarda suv saqlaydigan chuqur ustiga qurilgan inshoat.
4.Musomot — badanda ter chiqaradigan mayda teshikchalar.
5.So`z sohatida — so`z maydonida.
6.«Yoz faslining tush chog`i bo`lib, javzo oyining eng jazirama vaqti kelgan edi».
7. Ushbu baytlar Navoiyning «Munshoat» asarida ham saraton haroratini tasvirlashda keltiriladi. (N a v o i y. Asarlar, 13-tom, 89-bet).
8. «Haroratli tabiat sabza mo`ylovni oqartirganidek, quyosh chizig`i ekinlarni qovjiratib-oqartirib yuborgan edi».
9. Kishta aylamoq— mevani qurutmoq.
10.Bunda Majnun nazarda tutilmoqda.
11.«Es-hushidan ayrilgan Majnun Layli qabilasi ko`chib ketgan manzilni—damanni aylandi».
12.Niyron — o`tlar, olovlar. Bu yerda Majnun ko`ngliga o`t tutashdi ma`nosida kelgan.
13. Bu ikki baytning mazmuni: «Xususan, ko`ngil uyini bezaguvchi ishq, uning qo`ngliga: bu daman yor maqomidir, tuprog`i esa joniga vatandir, degan bir roz soldi».
14.Qadimgi tabobatda yaraga kiyiz kuydirib bosish qo`llanilgan. Bu baytdagi fikr mana shu haqida.
15«Tab`ing ko`rshapalak mijozini topgan hushyorlig`ing qo`ychibonlarni ko`knori berganday rohatlantirgan».
16.«Yo`lbars oldingda xuddi chala tug`ilgan boladay».
17.«Kaftlaring tushgan yerni karkasga o`xshash ikki yulduz va izlaringni parvin — oltita kichik -yulduz deb anglardilar».
18.Gavzi jayran — bug`u, kiyik demak.
19.Qiloda solmoq — bo`yinbog`, tasma solmoq.
20.Samandar—afsonaga ko`ra, go`yo o`tdan paydo bo`lib, o`t ichida yashaydigan qush. Bu yerda Zayd Majnunni samandarga qiyos etgan.
21.Baytning mazmuni: «Itning oyoq-qo`lin o`pib, Majnun dasht hayvoni tomoniga ketdi».
22.Ma`nus — o`rgatilgan, o`rgangan, ulfat.
23.Surush — xushxabar yetkazuvchi farishta. Baytda Laylidan xabar keltirgan Zaydni Majnun farishtaga qiyos etadi.
24.«Tez bo`l, do`st kutmoqda, bu ishda to`xtab turish zararlidir».
XXVI
1. «Majnun Laylining kecha to`lin oydek oppoq sahifada layla-tul qadrdek nomasini o`qib, og`zi visol shahdidan shirin bo`lganda komiga zanbur nishi sanchilgani; qalam no`gini ari nishidek tezlab, javobida kog`az tabaqini shira qilgani».2. «Ayriliq balosiga giriftor bo`lganlarga vasl shifosini ham ato qildi».
3.«Ey junun zanjiri qo`lingda bo`lgan, yirtqich hayvon quyrug`idan belingda arqon bo`lgan odam».
4.«Koshki, nahs yulduzli osmon menga ham u ne`matlarni bersa edi».
5.Bu baytlarda: «Layli o`zining visol orzularini bildirib, jahon ham, butun borliq ham nobud bo`lib, yolg`iz ikkimiz qolsagu ko`ngil istagancha, xavf-xatarsiz visol kunlarini kechirsak»,—deydi.
XXVII
1. «Layli Majnunning ko`z qorachig`i va kiprigi qalami bilan jon sahifasida yozgan ko`ngli zaharli sharhini o`qigani ishq hamdardligi taqozosi bilan Majnun ko`nglining jarohatidan muning ham ko`nglini og`ritgani; uning ham qayg`ulanib, yegan-ichgani zaharga aylangani».2.Mashshota—soch o`ruvchi va kelinlarga pardoz beruvchi.
3.Vopas — pastarin, tuban.
4.«Vahshiy hayvonlar vahshatimdan hayratga tushadilar, qushlar ham kulfatimdan ranju alam topadilar».
5.«Voqea shunday edi: u lashkarboshi (Navfal) meni ko`rganda yirtqichlar mening qo`shinim edi».
6.Qarang, XX bob 4-izoh.
7.«Navfal masalasini yozgan eding, lekin u jinnilik mendan voqe` bo`lmagan edi».
8. «Uning ma`nodor, o`lchovli xatini Majnun tumor qilib, taqib olgandek, bu ham uning xatini tumor qilib taqdi».
XXVIII
1.«Majnunning otasi dasht atrofini quyundek kezib, o`z devona nihodini sargashtalikda topmog`i; junun dashti qaroqchilari har damda uning hushi karvoni odamlarini savdoyilik asir etganidan ajib holatga tushib qolgani; nasihatlar hush dorusi bilan uni bir lahza o`ziga keltirgani va o`zi bilan uyiga olib borgani».2.«Dod-fig`oniga pand-nasihatni ham qo`shdi, shoyadki uni tiyiltirsa».
3.«Ko`nglini yaxshi umidlar bilan tinchitib, har tomonga tuyasini surardi».
4.«Goho shoshilib kesak tashish bilan mashg`ul bo`lar va u kesaklardan minora yasashga urinar edi».
5.Bu 6 baytda takror va tarse` san`ati ishlatiladi.
6. Bu baytning mazmuni: «Birin-birin barcha ketganiga o`xshagan, bevafo falakdan ota-onamga yetishgan ish menga ham yetib qolsa».
7.Bu baytda irsoli masal san`ati ishlatilgan. Unga ko`ra shoir o`z fikrini tasdiqlash uchun hayotdan, tabiatdan yoki xalq maqollari, hikmatli so`zlaridan foydalanadi.
8.«Xamsa»ning 1960 yilgi nashrida bu baytdagi misralar o`rni almashgan.
9.«Javobda bunday so`zlarni gapirdi».
10.«Yirtqich hayvon qay tomon ketsa, uning orqasidan ketish yaramaydi, odam yovvoyisini odam qilib bo`lmaydi».
11.Bu ikki baytning mazmuni: «Uzrini batamom aytib bo`lgach tuya tomonga tez qadam tashladi, yukdagi arqonni chaqqon yechib olib, uni o`z bo`yniga bog`ladi».
XXIX
2. «So`z karvonining karvonboshisi».
3. «Quyosh Navfali o`zini yashirganda, osmon Majnunning ko`z yoshini ko`paytirdi».
4.«Yulduzlar yo`l kulchalarini yoyib yubordilar. Navfal otlanib yo`lga tushdi».
5.«Majnun uchun qayg`urganda, uni o`ziga kuyov qilish masalasini ham aytgan».
6.Podosh — evaz, badal, mukofot.
7.«Sur ishi» — to`y ishi.
8.Bu satr «Xamsa»ning 1960 yilgi nashrida «Ohu havola qilib taku dav» tarzida berilgan. U «Layli va Majnun»ning tanqidiy matnda «Oyini havolanib taku dav» shaklidadur. Biz ham satrni tanqidiy matndagi holda tikladik.
9.Bu to`rt baytning mazmuni: «Majnunning ohi, osmonkezar quyoshdek havoda yelib-yugurar, uni yori mehri osmon mehri (quyoshi) bosh urgunga qadar eltmoqda edi. Falak kampiri echkisini sog`ib olgach, tezdan sut qatralarini artib oldi (ya`ni sharqdan oqarib tong otdi). Kampir hunar ishlatib, u sut bilan darhol yumaloq pishloqni namoyon qildi (ya`ni quyosh chiqdi).
10.Xizr — Afsonaga ko`ra «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni izlab topgan va undan ichib doim tirik yurgan — bir payg`ambarning nomi. Kishilarga hamrohlik qilishi bilan mashhur. Bayt shunga ishora qilinadi.
11.G`anam — qo`y.
12.Ganju dalol — noz-karashma.
13.«Shu paytda ikki tevalik, tevalarini jadallatib yetib kelishdi».
14. Noqa — urg`ochi tuya.
15.Vodiyi Ayman—Arabistondagi joyning nomi.
XXX
bir oshiq ma`shuqi vaslidan kom topgani; yana bir oshiq ma`shuqi vaslini tilab yetib kelgani».
2.Talofi — evaz, badal ma`nosida.
3.Bu baytda to`y oldidan Majnunni yasantirib, unga tun va kunga o`xshash, ya`ni qora va oq yungli po`stin kiydirishgani haqida gap boradi.
4.Jashn anjumani — to`y majlisi.
5.Iysi i`joz — Isonamo mo``jiza ko`rsatuvchi. Bu yerda nikoh qilish paytidagi imom va u tomonidan o`qiladigan duolarga ishora.
6.«U atrofda ko`pchilik yoki biror ayg`oqchi, xullaski, biror maxluq yo`q edi».
7.G`aromat — pushaymon, qayg`u-hasrat.
8.«El ichida meni yomon otliq qilmay».
9«Men el ichida mazammatga (gap-so`zga) qolmasam, sen shundan malomatlarga o`zingni tutasan».
10.Dashna — xanjar.
11.Bu ikki baytning mazmuni: «Tong subh kelinining yuzida yorug`lik ko`rguzgach, falak pardozchisi u kelin ro`parasiga quyosh chashmasidan ko`zgu tutdi».
12.Bu baytda irsoli masal san`ati asosida «Taqdirini tadbir etib bo`lmas» maqoli mazmunida foydalangan.
13.«Dard-mashaqqatlar bergan bu sir, uning jismini kasallantirib ko`rpaga yotqizdi».
XXXI
2.Bu ikki baytning mazmuni; «Ishi ko`proq hiyla va aldovdan iborat bo`lgan falak, bir necha kun Majnun bilan hazillashib, yo`q, balki, behayolik bilan uni uylanishga buyurdi».
3.«Nikoh tuzish soati kelib, bu to`y tantanasini yana rivojlantirar edi».
4.«Bu kecha falak ikki yuzlamaligi bilan ko`p qiziq hodisalar yuz berdi. Birisi shuki, jonlari dardga to`la u ikki shaxsni falak daryosi mavj urib, har ikkalasini ayrim-ayrim qovushtirmoqchi bo`lib, bularnnng har birini boshqa birov bilan juft qildiyu, lekin har ikki gavharni ham bejirim (pok) saqladi».
5.Bu ikki baytning mazmuni: «Go`yoki nazar soluvchi munajjimi ediyu, har ikki ishga bir vaqtni belgilagan edi, lekin agar bu ishda munajjim ojiz qolgan bo`lsa, aslda «munajjim yolg`onchidir», ya`ni haqiqatni oldindan belgilay olmaydi».
6.Bu ikki baytning mazmuni: «Alqissa kuyov holdan ketib, kuchsizlik uning tanini poymol qilganda, o`sha kecha butun el va ayol, kampir, qizlar uning boshiga to`plangan edilar».
7.Bu baytdan boshlab, oshiq-ma`shuqlarning visol ayyomida jahondagi barcha mavjudotlarning ularga xayrixohligini g`oyat go`zal va yoniq ta`rifini beradi: «Jahondagi barcha maxluqotlar, shu paytda har ikkalasining vaslini tilar edilar. O`rgamchi ham shuvoqqa o`ralib, iplari bilan o`z tumshug`ini bog`lab olgan edi. Ko`rshapalak ham qanoti bilan olamga parda solgan edi. Bo`rining esa quloqlari yuziga tushib, ko`zining chirog`i yopilgan edi. Ukki bo`lsa, nogoh ovoz chiqarib yubormaslik uchun, tumshug`ini parlari ichiga olgan edi. Qo`ychi itini uyqu devi har bir juniga kirib olgandek, bosib olgan edi. Bu anbar olud qorong`u kecha, makr bilan tulkining uyasiga tutun solgan edi. Hayvonot va qushlar tinchlanib, gazanda va yirtqichlar uyquga cho`mgan edilar.
Bunday vaslning zoe ketmasligi uchun, tabiat ham madad ko`rsatardi. Ne gard uchib, ne yel esar edi, suvlar ham jimgina oqib, hech qanday o`tning yolqini ko`rinmas edi. Havo mizoji o`t ko`rasining yuzini to`sib olishga moyil edi. Sovuqlik sipohi tushmasin uchun, o`tning pardasi to`sqinlik qilardi.
To`qqiz falak bir-birining yuzini to`sgani singari shu sovuqlik falak yuzini pok saqlar edi. Harakatsiz yulduzlar esa baxtsizlik keltiruvchi niyatlaridan voz kechib, saodat bag`ishlovchi yulduzlar orasidan o`rin oldilar. Oyning kulchasida nur ham ko`rinmas edi, yer uni quyosh ko`machdoniga ko`mgan edi. Atorud (Merkuriy) tong otguncha hech ko`zini yummasdan, «ko`z tegmasin» oyatini yozar edi. Zuhra yulduzi ashula qilmay, chang chalolmay, parda ichiga yashirinayotgan edi. Quyosh sham`i yer tagiga botib, kecha xilvati o`z sham`ini chiqargan edi. Bahrom (Mirrix) yulduzi g`azab bilan nayza o`qtalib, har kim yomon ko`z bilan qarasa ko`r qilmoqchi bo`lib turar edi. Birjis (Mushtariy—Yupiter) esa shu ikki dilraboga fursat tilab, qo`l ochib duo qilar edi. Zuhal yulduzi esa, baxtsizlik yog`dirishdan nomus qilib, shunga o`z yuzidan qora rang berar edi. Tun ham qo`llarini qoraga bulg`ab, sahar yo`lini to`sar edi. Tong shabadasini urmas va tun kullarini ham sovutmas edi. Chin tong nafas olishga ham havas qilmas, yolg`on tongga esa, bu kechadan o`rin ham yo`q edi. Falak gardishini tun dudlari tutib, tongning damini qaytargan edi.
Eldagi aql charog`ida yorug` ham yo`q, butun maxluqot chuqur uyquga tolgan edi. Ular ikkisi baxti uyg`oq kishilarday, bir-birlarining diydoridan mast bo`lgan edilar. Falakning yillar bo`yi davom qilgan xilof odati, harakatlari bir kechada yo`q bo`lgan edi».
8.Nofai tator — Toza va eng xushbo`y mushk (qora tusli va eng xush isli narsa).
9.«Yolg`on kulishlarga rog`ib bo`lib, yolg`on tong ham ota boshladi».
XXXII
1.«Firoq toshi ko`ksiga urilaverib, Majnunning Najd tog`ini oromgoh qilgani; ko`zidan to`kkan bag`ir qonidan u tog`da lolazor ochilgani; mushk bo`yli ohusi yodi bila so`zga kirib, mushk sochuvchi nasim bilan navo ko`rgizgani».2.Majnun Laylidan ayrilib shu Najd tog` cho`qqisida vahshiy hayvonlar orasida kun o`tkazadi. Bu yerdan Layli qabilasining manzili ko`rinib turardi.
3.«Oy (Layli)ning chodiri bo`sh qolgan edi, bu chodirning oyi qaytib o`z chodiriga kirdi».
4.«Subh kuyovdek berilib, jilva bilan namoyon bo`lgach, undagi diqqi nafas sadbarg guli rangi bilan uni sarg`aytirdi», ya`ni tong otib, so`ngra quyosh chiqdi.
5.«Najddagi qoplondan osmon asadiga kulfat yetardi, echkisi esa osmonning jaddi (ko`kdagi 12 burjdan biri — u kiyik shaklida tasavvur etilgan) bilan baravar yugurar edi».
6.«Uning surati lutf qalami bilan chizilgan edi, joni esa nofa mushkning xushbo`y hididan edi».
7.Bu ikki baytning mazmuni: «Silliq tanangga ipakli libos kiygansan, ostingga ipak o`rnida qoqum terisi to`shalgan. Sag`riningda esa, toza o`rtik, yuzing ham, peshonang ham ajoyib guzal».
8.Shoir ma`shuqa tishlarini lola ustiga tushgan shudringlarga o`xshatadi.
9.Pozahr — zaharni qaytaruvchi, zaharga qarshi.
10.Qalaming shaqi—qamish qalamning yoriq qismi.
11.Dostonning boshqa boblari oxirida Navoiy o`z shaxsi nomidan (man, mani, manga) lirik xotima yasaydi. Tanqidiy matnda ham, manga» yozilgan. 1960 yil nashrida esa «sanga» deb xato berilgan.
XXXIII
2.«Kofurni (g`oyatda oq va xushbo`y modda) sharbat kabi ichgan sari, badanidagi harorat battar ko`tarilar edi».
3.«Agar tabib kasalga tuxmiyona (dorivor o`simlik urug`i, hab dori) bersa, uning donalaridan zaharli giyohlar o`sadi».
4.«Tabibning taranjabin (ichni yumshatadigan) dorisi kasalning ichini qabziyat qilar, iskanjabin (safro moddasini yo`qotadigan) dorisi bo`lsa, safroni ko`paytirar edi».
5.Bu uch baytning mazmuni: «Kasal uchun qilingan butun tumor, jodugarlik va duoxonliklar kasalning azobini yana ham oshirishga sabab bo`lar, kasalligining azobi qo`rqinchli bo`lganidan bu azoblarni to`xtatishga iloj topilmas edi. Ko`kdan «Omonatni ber!» degan tovush kelganidan so`ng, o`zidagi jon omonatini topshirdi».
6.Zol — keksa kampir; bu yerda Majnunning onasi ko`zda tutiladn.
7.Abushqa — yoshi ulug` kishi, qari odam. Bu yerda Majnunning otasi ko`zda tutiladi.
8.Javona chiqarmoq— bola ochish.
9.Jo`yi maqoya bo`lmaslik — o`z joyiga qaytmaslik, o`z yerini qidirmaslik.
10.Hamomani qut qilmoq — kabutarni yemoq, demakdir.
11.Qubur — arabcha: qabrning ko`pligi,— qabrlar, go`rlar.
12.Munxasif — tutilgan, nuri to`silgan, xiralangan.
13.«Lekin qum ustida chekkan ohining alangasi o`z jismini qovurgan baliqday qildi».
14.«Bu holat o`tgach, xayoli yana ota-onasiga ketdi».
XXXIV
2.Iram, Bog`i Iram — Afsonaviy jannatsimon go`zal va xushhavo bog`. Bu baytda Layli Iram bog`idagi gulga o`xshatiladi.
3.«U sarv sening nahs, jahonni xarob qiladigan zuzanobing (quyruqli yulduz, nahs yulduz) emas edi-ku!»
4.Bu ikki bayt mazmuni: «Bularga qanoatlanmay toshlar orasida talqon qilmoqchisan. Bahroming bilan baravarlashib qonidan rang olgan emas edim». Bu yerda ilmi nujumdagi Bahrom sayyorasining harbiy ishlar—qon to`kishlar homiysi ekani nazarda tutilgan.
5.«Terlari gul yuziga tomib isitmasi bilan yuzi cho`tdek qizargan edi».
6.«Goh hushida gohi behud edi, nur yo`q ko`zlarida, murda kabi edi».
XXXV
1.«Hazon yeli bog` zebolari hayoti sham`ini o`chirganda Layli hayoti bahorinnng gullarini ajal xazoni sovuq shamoli ko`kka sovurib, Majnunning ruhi bulbuli badan qafasini gulbun uzra tashlab, u yaralangan gul bargi so`lguncha uchib ketgani».
2.«Kuz faslining shamoli shunday yetishdiki, barglar ham o`z jonidan kechib yubordi». Bu baytning birinchi misradagi «mahrajon» so`zi «mehrgon»ning arabchalashtirilgani bo`lib, «mezon» burji ma`nosidadir, ikkinchi misradagi «mehrjon» ikki so`z bo`lib, «mehr» (muhabbat)ni jondan ko`tardi, demakdir», deb izohlaydi S. Ayniy.
3.Afshon — naqqoshlikda bir turli naqshning nomidir. Bu naqshda naqqosh rangni qilqalam bilan qog`oz ustiga sepadi, bunday naqshni o`zbekchaga ayni tarjimasi «sepma» bo`ladi. Navoiy bu ikki misrada naqqoshlikdagi mana shu san`atdan foydalanib, suvni moviy varaqqa (qog`ozga), xazon barglarini uning ustidagi sepilgan «sepma» naqshga va yel (shamol)ni naqqoshga o`xshatadi. (S. A y n i y. Alisher Navoiy. Xamsa. Layli va Majnun. T., 1947. 236-bet.)
4.«Og`iz yumilgach, iyak chuqurchasi ochiq namoyon bo`lib qolgan» (chuqurchani chohga, uning yonidagi xolni kabutarga o`xshatilgan).
5.Sakaroti mavt — jon talvasasi.
6.Bu bayt mazmuni marhumning ota-onasiga aytilgan tasalli so`zlarni anglatadi.
7.O`z qolibini tihi aylamak — o`z tanini ruhdan bo`shatadi, ya`ni joni badandan chiqadi.
8.Bayt mazmuni: «O`rilgan sochlaringni yozib, olamga xushbo`y hidlarni taratsam».
9.Ikki af`i — ikki ilon, ya`ni ikki o`ram soch. Laylining onasi qizi o`lgach, uning sifatlarini aytib yig`laydi.
10.«Yuzungga gultojixo`roz donasi kabi qora xol qo`yay».
11.Mi`jar — boshga o`raladigan ro`mol.
12.«Kerak narsalarni hozirlab, o`likni odat bo`yicha yasantiradilar».
13.Mururi ayyom— kunlar o`tishi.
XXXVI
1.«Ishq ta`rifidaki, aynining nurli toblanishi tuproqni chashmadek oqizadi; shinining uchqunlari shu`lasi ko`ngullar qo`shiniga nuqson yetkazur; qofining vazmin toshli tog`i kimga yuklansa, nobud etar va nuqtalarining toza dog`i har chok ko`ngilga tushsa lolaning besh bargidek qonga bo`yaydi».
2.«U o`tda agar xushhol bo`lsa, shu bilan birga u o`sha o`tda erib ham ketdi».
3.Oyinai Iskandar — Iskandar oynasi. Iskandar tomonidan temirga sayqal berib yaratilgan oyina. Go`yo unda Jamshidning jomidagidek, shu asnoda bo`layotgan narsalarni ko`rsa bo`lar ekan. Iskandar (356—323) eramizdan avval yashagan makedoniyalik Filippning o`g`li. Yoshligidan harbiy salohiyat paydo qilib, Eron, Arabiston, Hindiston kabi mamlakatlarni ishg`ol qilgan. Badiiy adabiyotda Iskandarga bag`ishlangan asarlar juda ko`p. Nizomiy, Dehlaviy, Jomiy va Navoiylarning maxsus dostonlari shular jumlasidandir. Ularda Iskandar qudratli hukmdor timsoliga aylangan. (Qarang: A l i sh ye r N a v o i y. Mukammal asarlar to`plami. T., 1991, 8-tom,. 500-bet).
4.Farang — Yevropani anglatadi.
5.Ishqi majoziy — Haqiqiy bo`lmagan zohiriy ishq.
6.«Bu to`rt baytning mazmuni: «Avvalgisida kishi tozalanib, ikkinchisiga o`tsa, yo`q-yo`q, o`tish emas, balki haqiqiy ishqni o`ziga tortib, ko`ngliga visolning urug`ini eksa, ham uni butunlay toroj etib, uning ramziy shaklidan asar qolmasa, ko`rinadigan joydan ko`rinmasdan maqsadga singib ketsa».
7.Subhi kozib — yolg`on subh.
8.Bu o`ch baytning mazmuni;
«Har qanday rangi sariq kishini oshiq deb bo`lmaydi, chunkn har bir sariq gul ham za`faron bo`lolmaydi. Jazb etolmaydigan sariq yuz riyoli bo`ladi, samg` (daraxt yelimi) kahrabo o`rniga o`tmaydi. Sariqlikda qanchalik mashaqqatlar ko`rgan bilan zirnih (oltingugurt bilan margumush aralashmasi) oltin bo`lolmaydi.
9.Bariy — pok, chetda.
10.«Yaratilishidanoq uning qanotida dog` bor, ishq uni hech bir tark etgan emas».
11.«Ey kosagul, otashparastlar olovini yoqqin! Mening g`amim obnus (qora tusli qattiq va xushbo`y darxt) yog`ochiga o`xshagan qora qayg`udandir».
XXXVII
1.«Falak ehtiromli, quyosh nisbatli osmon bo`lgan shahzoda, ya`ni Sulton Uvays bahodir madhida xotima: nasihatlar bisotida ko`p la`l va yaxshi saqlangan dur va pandu nasihatlar dasturxonida mevalar va gunogun nozu ne`matlarni ul hazratga quloqqa olmoq va og`izga solmoqning chaqirig`i».
2.Bu uch baytning mazmuni: «Daryoning durri va konning la`li kabi so`zlarni topgach, ularni shahzodaga bag`ishlayin. U adolatli shahzodadir, uning yetti otasigacha shoh bo`lgandir. Butun koinot, zamona sultoni shahzoda Uvays dargohining tuprog`i hisoblanadi».
3.Shahzoda O`vays — Sulton Husayn Boyqaroning akasining o`g`li.
4.«Zotidagi hayo va odob, xuddi ammasi, xolasi, tog`asi va otasiga o`xshashdir».
5.Ota-onaga bab-baravar qul bo`l, chunki xudo: «Ota-ona ehsondir» degan (ya`ni g`animat va ulug` ne`matdir demak»).
6.Mustafo— Muhammad payg`ambarning sifati.
7.Zilli iloh — Xudo soyasi, podshoh.
8.Bu ikki bantning mazmuni: «Qassobning qora molini parvarish bilai semirtirishi uni o`ldirish — so`yish uchundir. Parvarishdan ho`kiz nima bahra olardi; u botmonlab semirsa bo`ldi».
9.Bu ikki baytning mazmuni: «Shunisi qiziqki, o`g`ridan qolgan narsa bilan jonni qutqarib, shaharga yetganda tamg`achi (savdogarlar molidan boj oluvchi) ham uning boshiga kelib, do`q bilan zakot so`raydi».
10. Lojur`a sumurmoq— qultumlamasdan, to`xtamay simirmoq.
XXXVIII
1. «Bu dard yig`isi tugashining tarannumi va bu hasratnomasi oxirining aytilishi va tartibi avzoyining afsonasini tuzmoq, xato va kamchiliklari raqamlariga e`tirof aytib, bu bobda haqdan avf so`ramoq».
2.«Sahifalarning yuzida dard jilvalanadi, mistar (chiziqsiz) qog`ozga chiziq tushirish uchun qalin qog`ozga iplar tortib yasalgan chizg`ich; transporant) chizig`i hajrning katta yo`lidir».
3.Surohi — may idish.
4.«Forsiy til bilan so`zlar nazm etilganidan, faqat forscha biladiganlargina bahra topdilar».
5.Atrok — turklar.
6.«Agar modda kamroq ersa, ya`ni mazmun unchalik chuqur bo`lmasa, g`am yemaymiz, chunki bunda asli maqsad zavqdirki, bu kam emas».
7.Filotun (Aflotun)— qadimgi Yunon (grek) faylasuflaridan bo`lib, Suqrotning shogirdi va Arastuning ustozidir. Eramizdan ilgari 427 yilda tug`ilib, 347 yilda vafot etgan.