MUNDARIJA
I. Ey yaxshi oting bila sarog`oz, Anjomig`akim yetar har og`oz
II. Pastlig` yuzidin munojot ul rafi ud-darajot hazratidakim, sanosida aqli kull tili lol, balki aqli kull tili shikasta maqol keldi va ul bobda ma`ziratni unutmoq va uzr demokdin o`zni ma`zur tutmoq va ajz va nomurodlig` ko`yiga qochmoq va gadoliq ashkin sochmoq va «shayan lillah» ovuchin ochmoq
III. Ul risolat sipehrining quyoshi na`tidakim, mag`rib soridin tulu` qilib, Makka avjida kamol tutti, balki anvori ashroqi bila mashriqdin mag`ribqacha «Kashshamsi nisf un-nahor» yorutti va kufr shomida islom sham`i yoqti va jomg`a yaqin uyoti
IV. Ul shomi visolningkim, «Val-Layli izo yag`sho» oyati bo`la olg`ay shonida savodi yozilmog`i va munungdek shomda ul musofiri samoviyning shabgir baland qilmog`i va subhi visol eshiklari yuziga ochilmog`i va mehri murod topilmog`i
V. So`z gavhari vasfidakim, gavhar so`zi aning qoshida gavhar olida bir qatra suvdek bo`la olg`ay, bir necha so`z surmak va Ganja hakimi ta`rifidakim, ganji Qorun aning «Panj ganji» qoshida ganj olida vayronadek ko`rungay — ganjfishonliq qilmoq va Hind sohiriningkim, Kashmir jodulari aning olida ip esha olmaslar — aning gavhari silkiga tortmoq va o`z nazmining churuk rishtasin va uzuk torini ham alarg`a ulamoq
VI. Valoyat sipehrining axtari jahontobi va hidoyat ma`danining gavhari serobi va nazm avjining mehri falak ehtishomi va maoniy jomining rindi sofiy oshomi, ya`ni Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy madhida nukta surmak va aning durdi jomin sumurmak
VII. Ul shoh madhidakim, Chin va Hind shohlari aning arsai bazmida shatranj shohlaridek harakatdin muarro va falaki farzinrav pili hamul pillardek ostonig`a rux qo`yub sarkashlikdin mubarrodurur va ko`k bo`z ashhabi sipehri tezdav va Bahrom qamar nochaxi bila oti olida bir piyodarav
VIII. Xilofat taxtig`a zeb ila zayn va saltanat shaxsig`a qurrat ul-ayn, ya`ni Sulton Badiuzzamon Bahodir ibn Abulg`ozi Sulton Husayn Bahodirxon xalladallohu taolo mulkaxumo va sultonahumo va avzaha alal-olamina birrahumo va ehsonahumo hazratida niyoz arzi
IX. Ul tun mahobati ta`rifidakim, savdoyi ishq ajdahosi dami o`tining buxori va anjumi ul olam so`z o`tining sharori erdi va mundoq tunda xayol musofiri savdo adhamig`a minib, haryon azm etmak va ishqning yuz ofatliq dashtig`a yetmak va ofat yog`inlaridin balo to`fonig`a qolmoq va balo choqinlari aning jonig`a shavq va muhabbat harorati solmak va ishq duri shabcharog`in ul kecha topmoq va ul sha`mi hidoyat bila so`z maydoni javlonig`a chopmoq va Layli xayoli bila ko`rushmak va Majnun savdosig`a tushmoq
X. Qaysning adam majlisidin qutulub, vujud mahdig`a tutulg`oni va qon yutmoqdin xo`rish va ishq doyasidin parvarish topqoni va ishq zoti choshnisidin el ko`ziga shirin va dardi azaliy haroratidin xaloyiq nazarig`a isig` ko`rungoni
XI. Qaysning xirad maktabida ulum avroqin sovurg`oni, ya`ni Layli husni gulshanidin za`f xazoni kanora qilib, sihhat bahori nasimidin latofat gullari ochilib, maktab azmi qilg`oni va ul gullardin Qays ko`ngli ayog`ig`a oshiqliq tikanlari sonchilgoni
XII. Bahor farroshi nafas-nafas esgan nasimlar puvlamoki bila lola charog`in yorutqonda va sahob musha`bidi lahza-lahza tushgan choqin chushkurmokidin tog` dimog`in qurutqonda ul ko`zin husn charog`i yorutqon va dimog`in ishq savdosi qurutqonining gulruxlar bila bog` tavfig`a azm etgoni va Layli husni gulining nasimi dimog`ig`a yetib bir yo`li o`zidin ketgoni
XIII. Qaysning hajr shabistonida shabnab gulobi yuziga sochilg`onidin ko`zi ochilg`oni va bulbuli shabxez bila ishq dostonlari adosida nola qilg`oni va bulbul soyasidek tufroqqa yiqilg`oni va atosi aning bulbuldek fig`onlarin eshitib boshig`a yetgoni va mahmil qafasig`a solib olib ketgoni
XIV. Qaysning hajr shomida anduh xaylxonasidin chiqib, visol qabilasig`a azm etgoni va ul qabila o`ti bila hamzabonliq va iti bila hamdostonliq qilib qabila qirog`ig`a yetgoni va Layli aning unidin hashamdin chiqib bir-birin ko`rgach, ham ul va ham bu o`zidin ketgoni
XV.Qaysning g`oyib bo`lg`onig`a qabila ahli hozir bo`lub yeldek tog` va vodiyg`a yetib, aning bir qum ichinda bexud yotqonin nazora etib, yel xoshokni eltgandek uyga eltganlari va aning ul pari ishqida xirad tariqin unutqoni va majnunluqqa shuhrat tutqoni
XVI. Majnunni bexabar oshiqlig`idin Layli atosi xabardor bo`lub, Majnun atosig`a til sinoni, balki sinon lisoni bila zaxmi zabonlar yiborgoni va ul bu halohil zahrin no`sh etib, singurub, Majnunni salosil va ag`lol bila muqayyad qilg`oni
XVII. Majnunning firoq chohida tanur ichidagi o`tdek tobi va hajr bandida tuzoqqa tushgan qushdek iztirobi va hakim fusunidin jununining tug`yoni va tabib parhezidin isitmasining g`alayoni va o`z zahr komlig`ig`a to`kkan talx-talx sho`robasi va bu sho`robadin komida achchig`-achchig` xunobasi va jo`ngli o`tidin temur bandi suv bo`lg`oni va suvdek sahro azmi qilib ashki suyidin vodiylar to`lg`oni
XVIII. Laylining sarvi xiromoni gulshanidin uyga xirom qilg`onda Ibn Salom ko`ngli qushi ul sarv sori havo qilg`oni va ul havoda bahor nasimi shukufa yafrog`in to`kkondek diramposhliq qilib, umed gulbunidin murodi guli ochilg`oni va ul nasim taharrukidin sarvi gulrux soyadek takassur tufrog`ig`a yiqilg`oni
XIX. Ul g`azoli mushkin saydig`a Bani Asad ahli qasdi ma`lum bo`lub, quyosh zarrin g`azolasi mag`rib xilvatgohida sorg`orib titrab, shafaq xunobin to`kkandek xilvat uyda tufrog` va qon aro iztirob ko`rguzgoni va falak zolidek anosi ul ishdin voqif bo`lub, aning holig`a navha tuzgoni
XX. Majnunning atosi ani ishq bodiyasidin kelturub, Ka`ba tavofig`a olib borg`oni va ul munojot bahonasi bila ko`nglidagi chirin yozg`oni va duo qilmoq taronasi bila xotiridagi maxfiy maqosidin tilidin chiqorg`oni va arafot ahlidin arasot qo`porg`oni
XXI. Majnunning vahshatlig` eldin ulfat rishtasin uzgoni va biyobon vahshiylari bila uns navosin tuzgoni va kiyiklar bila Navfal ovi aro qolg`oni va Navfal visol va`dasi kamandin aning bo`ynig`a solg`oni va kiyiklarni ozod qilib oni sayd qilg`oni va ko`nglin ovlag`oni
XXII. Navfalning Layli gavharin Majnun iqdi silkiga tortar uchun gavhardek so`zlar nazm silkiga tortib Layli atosig`a yiborgoni va aning so`z gavharin ushotib payvand rishtasin uzgoni va Navfal sipoh chekib, ul dog`i adovat yasolin tuzgoni va kin arsasig`a ot surub dov tilashgonlari va falak mansubalaridin bir-biridin qoyim ayrilishqonlari va berk yerlar hisor qilib tushgonlari
XXIII. Layli atosi o`z xaylin Navfal sipohi qoshida zabun ko`rub, aduvga chekkan tig`ni o`z jigariga urmoq istagoni, ya`ni Layli qonin oqizay degoni va ul quyoshni Majnun tushta ko`rub, zavolini ravshan qilg`oni va motamzada tundek Navfal oldida axtari ashkin oqizg`oni va Navfalning o`ti tarkin tutub yonmog`i
XXVI. Majnunning Navfaldan ayrilg`oni va bodpoyin devboddek surub, bodiya azmi qilg`oni va Zaydg`a yo`luqub ahvolin ma`lum etgoni va anga yetgan bedoddin munung ham ko`ngliga alam yetgoni va aning istirzosi uchun har ne borin anga berib, Layli hashami ko`chgan yerga ketgoni
XXVII. Quyosh chashmasi saraton makoni bo`lg`ondakim, harorat fartidin havo hubob sardobalarida pinhon va o`t xoro musomotida nihon bo`lurda Majnunning o`tdek iztirob va havodek shitob bila Layli hashami o`rnig`a yetib, qo`tur itni nazora etgoni va it oshnog`a yaling`ondek ul oshnoro`y itga yaling`oni va eldin hayratangiz xitob eshitib, vahshatomiz javob bergoni va ul it qoshidin kiyiklar suhbatig`a yetgoni va aning mushkin g`azolidin raqami mushkbor yetkurgoni
XXVI. Laylining «laylat ul-badr»dek safha bayozida «laylatul qadr»dek nomasi savodin Majnun o`qub, og`zi visol shahdidin shirin bo`lg`onda komiga zanbur nishi sonchilg`oni va zanbur nishidek xoma no`gin tez etib javobida qog`az tabaqini shahdolud qilg`oni
XXVII. Majnunning ko`z qarosi va kirpik xomasi bila jon safhasida yozg`on ko`ngli shurhalari sharhin Layli o`qub ishq ittihodi iqtizosi aning ko`ngli jarohatlarin munung ham ko`nglin og`ritqoni va aning talxkom bo`lg`onidin munung dog`i komin ochitqoni
XXVIII. Majnunnnng atosi devboddek dasht atrofig`a evrulub o`z devona nihodin sargashtalikda topmog`i va junun dashti qaroqchilari har dam aning hushi korvoni xaylin savdo sinohig`a asir etgondin g`arib holot mulohaza qilg`oni va nasoyih hush dorusi bila ani lahzai o`ziga kelturgoni va o`zi bila uyiga yetkurgoni
XXIX. Navfalning Majnun qabilasi mehmonlig`idin uyiga borgoch, Majnun atosig`a mizbonliq qilg`oni va payvand rishtasi oralarida mahkam bo`lub, mehmon uyiga kelguncha Majnun biyobong`a azm qilib, Layli shubonig`a yo`luqqoni va shubon itidek loba qilib, shubon ani qo`ylar arosida yashurg`oni va Laylini ko`rgach qurbon qo`yi bila Xo`tan jayranining yiqilmog`i va har qaysini bir vasila bila o`z qabilalarig`a eltmoqlari
XXX. Majnun atosi o`g`lini ko`p nasihatlar bila Navfal hashamig`a olib borg`oni va Navfal sur asbobini surur bila chiqarg`oni va tazvij rishtasi aqdi tuzulgoni va ul girih mahkam bo`lmasdin burun uzulgoni va bir oshiq ma`shuqi vaslidin kom topqoni va yana bir oshiq ma`shuqi vaslin tilay gom urgoni.
XXXI. Falak zoli musha`bidlig`ining buqalamunlug`i Majnunni Navfal qizi visolig`a yetkurmasdin burun ayirg`ondek Laylini dog`i Ibn Salom malolatidin salomat ayirib hajr qaro tunida ikki nomurodni murodg`a yetkurgoni va badansiz ruhni ruhsiz badang`a kivurgoni va ruh bila badan vasli muyassar bo`lg`och tig`i firoq surgoni va ul suv bila bu visol o`tin o`churgoni
XXXII. Majnunning firoq toshi ko`ksiga urar uchun Najd tog`ini oromgoh qilg`oni va ul tog`da ko`zidin to`kkan bag`ir xunobasi bila lolazor ochilg`oni va g`azoli mushkbo`yi yodidin mushkin g`azoli bila takallum tuzgoni va nasimi mushkafshon bila navo ko`rguzgoni
XXXIII. Majnunning ato-anosi aning muhlik firoqidin halok o`lub, ul alarning bu nav` voqialarini voqiada ko`rub tufrog`larig`a yeldek yetib, ato go`ri boshida yatimdek dardi bila va ano qabri toshida asirlik mungi bila navha qilg`oni
XXXIV. Majnunning yor hajri o`tidin kuygan tanig`a ato-ano so`gi yana ikki muhlik dog` qo`yg`on jihatdin mehnati qattig` bo`lg`onin Layli eshitib ul so`xtani kuydurgon o`tlar tobidin isitib dudidin ro`zgori hayoti qaro bo`lg`oni
XXXV. Xazon yeli bog` zebolari hayoti sham`in o`churganda Layli hayoti bahorining gullarini ajal xazoni tundbodi ko`kka sovurub Majnunning dog`i bulbuli ruhi badan qafasin gulbun uzra tashlab, ul havolang`on gulu bargi so`ngincha havo tutqoni
XXXVI. Ishq ta`rifidakim, aynining nurlig` tobi tufrog`in ayn qilur va shinining sharoralig` shu`lasi ko`ngullar xaylig`a shayn solur va qofining garonsang tog`i har kimga yuklansa nobud etar va nuqtalarining toza dog`i har chok ko`ngulga tushsa lolaning besh bargidek qong`a bo`yar
XXXVII. Shahzodai sipehr janob va sipehri xurshed intisob, ya`ni Sulton Uvays Bahodir madhida so`z intihosi va nasoyih bisotda ko`p la`l va durri maknun va mavoiz xonida favoqih va niami guno-gun ul hazratqa quloqqa olmoq va og`izg`a solmoqning salosi
XXXVIII. Bu dard navhasi Itmomining tarannumi va bu hasrat nomasi ixtitomining takallumi va tartibi avzoining fasonasin tuzmoq va taqsimi atvorining taronasin ko`rguzmoq va savhu xato arqomig`a e`tirof varzish etib haqdin ul bobda talabi omirzish qilmoq
Sharh va izohlar