Òîï ðåéòèíã www.uz
[XI]

    Shoh Bahrom dostonig`a shuru` qilurdin burun bir necha so`zga murtakib bo`lmoq va ul dostonda tag`yir va tabdil voqe` bo`lg`onning uzrin qo`lmoq va har ganjg`a bir uy makon bo`lg`ondek har dostonni bir baytda nihon qilmoq

So`z tilismidin ulki, ochti ganj,
Bo`ldi mezon tab`i gavharsanj.

Bu javohirg`a tuzdi chun mezon,
Buyla qildi javohirin rezon

Kim, tugatti chu sun` me`mori,
Tarh etib koinot bozori.

Er tutub el boshida savdolar,
Tushti bozor ichinda g`avg`olar.

Aql sarrofi bu g`ulu ichra,
Ochti do`konni chorsu ichra.

Terdi haryon qafasda gavhari pok,
Bir taraf to`kti la`li otashnok,

Chun javohir haqoyiqin bildi,
Sirridin bu sifat xabar qildi

Kim: jahon bahri ichra har lu`lu
Ki, erib obutobidin mamlu.

Qishi fahm etsa asl ila budin,
Anglar ul durni qatrai suvdin1.

Yana yoqutu la`li tobanda,
Borcha xorodin o`ldi zoyanda.

Qaysi javharki, yo`q bahosi aning
Kon ono, tog` erur otosi aning.

Necha xorog`a shiddat o`lsa ayon,
Andin o`lmas javohirig`a ziyon.

Odami hamki, keldi javhari pok,
To bilur kimki aylasa idrok.

Ota dunu o`g`ul sharif o`lmoq,
Bu latif o`lmoq, ul kasif o`lmoq2

Qim, Halilulloh Ozar o`g`lidur3,
Butshikan ko`rki, butgar o`g`lidur,

Bu sifat keldi nisbat ichra tamom,
Tavr aro Yazdajurd4 ila Bahrom5.

Ul kelib tiyra ro` sadaf monand,
Tong yo`q, o`lmoq sadafg`a dur farzand.

Har ne ul buzdi, bu borin tuzdi,
Bu borin tuzdi, har ne ul buzdi6.

Kimni o`lturdi ul qilib majruh,
Bu qo`yub marham, o`ldi jismig`a ruh.

Shomi dayjur zulmati ketti,
Tiyra tundin quyosh tulu` etti.

Bu quyosh o`yla bo`ldi nurafgan
Ki, jahon mulkin ayladi ravshan.

Uylakim mehr teg`u jom bila,
Tutti olam yuzini kom bila.

Saltanat taxti uzra topti nishast,
Kimda ko`rdi biyiklik etti past.

Garchi sarkashni   zarbi   past   etti,
Pastlarni falak nishast etti


Kim, quyundek edi g`ubor angez,
Ani tufroqqa past ayladi tez.

Ayog` ostida chun guhar ko`rdi,
Toj avjig`a oni tegurdi.

Mulk bog`in bahori adl bila,
Suvorib jo`ybori adl bila.

Uyla sarsabz qildiyu toza
Kim, jahon bo`ldi jannat ovoza.

Har ne vayron qilib edi bedod,
Dod ila qildi barchasin obod.

Ulcha ul qildi komronlig`idin,
Shohlar ichra pahlavonlig`idin.

Hech tarix aro topilmas naql,
Bo`lsa ham naql, bovar etmas aql.

Roqimikim burun qalam chekti,
Nomasig`a aning raqam chekti.


Qildi tarixini chu elga ayon,
Ishlarin etti sharh birla bayon.

Qildi tatvil ila chu ul takmil,
Men ne takmilg`a beray tatvil.

Bir deganni iki demak xush emas,
So`z chu takror topti dilkash emas,

Aytmoqqa agarchi qolg`um yo`q
Ki, ul aytg`oncha, ayta olg`um yo`q.

Lek ham o`tsam aylamay mazkur,
Meni tab` ahli tutmag`ay ma`zur.

Bas bu avlodururki avvali hol
So`z jamolig`a bergamen ijmol.

Har ne bir dostong`a soldi sado,
Munda bir bayt birla topqoy ado.

Mujmal oning so`zin qilib takmil
O`z hadisimg`a bergamen tafsil:

Shoh Bahrom aning kibi shah edi
Kim, sipehr anga xoki dargah edi.

Avval o`lg`och Suhayldek tole`,
Bo`ldi mulki Yaman uza lome`.

Chun Yaman bo`ldi nuri ichra g`ariq,
Tufrog`i mushku toshi bo`ldi aqiq.

Shoh Nu`mon7 atobek o`ldi anga,
Shafqat ichra atodek o`ldi anga.

Bo`ldi Munzir8 rafiqu damsozi,
Hamnishinu nadimu hamrozi.

Arab ichra tutub maqom avval,
Ka`bada misli Ahmadi mursal9.

Ham Ajamdin qilib, Arabda maqom,
Ham Arabdin etib, Ajamg`a xirom.

Ishratidin Yamang`a ravnaq o`lub,
Qasri ayshi aning Xavarnaq10 o`lub.

Buyla qasrin yasar zamon me`mor,
Charx me`moridek kelib Sinmor.

Ishi ov ovlomoqta chekmak jom,
Tortibon jom, qilmoq ovg`a xirom.

Ov aro komi borcha bodau rud,
Bodau rud aro nishotu surud.

Garchi juz jom dam-badam chekmay,
Adl qonunidin qadam chekmay.

Ovdakim, sher qildi go`rg`a zo`r11,
Zo`r ila sher uyina ayladi go`r.

Ikki sher olidin chu toj oldi,
Otasi mulkidin xiroj oldi.

Sherlar olidin chu oldi kuloh,
Shervashlarni ayladi ro`boh.


Ajdar o`lturdi chunki tortib ranj,
Topti ul ranj dast muzdi ganj12.

Kishvaridin ketardi chun toroj,
Etti yillik maof tutti xiroj

Kim, yeti yil ketarsa eldin ranj,
Ne ajab yetsa, tengridin anga ganj.

Xayli gardun sifatlig` ayladilar,
Xasmig`a yakjihatlig` ayladilar.


Kishvarin oldi, o`lg`och ul pinhon,
Necha yuz ming chirik bila xoqon.

Necha yuz kimsa birla gohi sitez,
Bir shabexun chu ayladi angez.

Uyla xoqonni torumor etti
Kim, sipehr olidin firor etti.

Asare qolmadi bu to`fondin,
Ne sipohidinu ne xoqondin.

Bo`lmadi buyla fath damsozi
G`ayri Bahromu Xusravi G`oziy13.

Topti chun xasmidin bu nav` kushod,
Oncha olam eliga ayladi dod

Kim, navo topti baski nozu naim,
Sekiz uchmoq kibi yeti iqlim.

Dostonlarki, ayttim mujmal,
Manga yo`q hech anda bahsu jadal.

De olurmenki borcha rostdurur,
Uyladurkim ko`ngulga xostdurur.


Nimakim rostdur, demish ul ikov,
Bul`ajab rostgo`y emish ul ikov.


Nimakim, anda ishtiboh o`lg`ay,
Solib o`tsam, manga gunoh o`lg`ay.

Lojaram anda aylagum pechish,
Ayblig` bo`lmasun  debon  hech  ish.

So`zda tarix ixtilofi bor,
Ahli tarixning xilofi bor.

Buki, men aylagumdurur mastur,
Bo`lmadi erkin ul zamon manzur.

Bu tavorixkim, manga tushmish,
Ilgima ulcha muddao tushmish.

Kosh alarg`a14 ham o`lg`ay erdi nasib
Kim, fasona degaylar erdi g`arib,

Chun bu daftar emish manga ro`zi,
Etti bo`stoni15 majlis afro`zi.

Avli   ulkim,   navo   keturgaymen,
Tengri   shukrin   bajo   keturgaymen.


Istabon tengridin so`zumg`a kushod,
Doston tarhin etgamen bunyod.


Chun bu ma`ni ko`ngulga kom o`ldi,
So`zga bu yerda ixtitom o`ldi.

Ey Navoiy, ne bo`lsa guftoring,
Ayla bunyodkim, xudo yoring.

[XII]

    Doston og`ozi va shoh Bahromning saydg`a parvozi va Moniyi suratgardek g`arib qushni sayd qilg`oni, balki anga sayd bulg`oni va moniyi falaki naqshbozdin ajab surat yuz ko`rguzgandek, Diloromning dilrabo suratin ko`rguzgani va Bahromning rishtai toqatin ul suratdin uzgani

Mu`badekim varaqqa chekti raqam
Kim, ne nav` o`ttilar muluki Ajam1.

Shoh Bahrom ishin qilib og`oz,
Qildi tarix safhasig`a tiroz.

Buyla yozdiki: chun sipehri baland,
Qildi johin aning falak payvand.

Saltanat surdi moh to mohi,
Moh to mohi-el shahanshohi2.

Rumu Chin bo`ldilar anga mahkum,
Balki xoqoni Chinu qaysari Rum.

Sham`i davlat falak yorutti anga,
Rub`i maskun qaror tutti anga.

Sarkash el qildi sarfigandalig`in,
Etti iqlim shohi bandalig`in,

Tojvarlarg`a boj etib ta`yin,     
Shohlarg`a xiroj etib ta`yin.

Mulk aro qo`ydi bu sifat dastur    
Ki: «agar royi hind, agar fag`fur,

Har nekim qildilar qabuli xiroj,
Kimsa bormoqqa bo`lmayin muhtoj,

Har yil oni xizona qilg`aylar,
Taxt sori ravona qilg`aylar».

Jong`a minnat qo`yub, bu ishda muluk,
Tutubon bu tariqni masluk.

Neki dastur edi, bilurlar edi,
Har yil oni ado qilurlar edi.

Yana har tuhfai garonmoya
Kim, bo`lur shohlarg`a piroya.

Qaysi mulk ichra ne bo`lur hosil,
Bo`lur erdi xizonag`a vosil.

Ozu ko`p harne bo`lsa qiymat aro
Tutulur erdi moldin mojaro.

Shahg`akim, ishrati mudom erdi,
Soz birla surud kom erdi.

Ko`p edi xizmatida rud ahli,
Bazmida jonfizo surud ahli.

Har taraf hamki, bo`lsa erdi bu xayl
Hozir etmakka aylar erdi mayl.

Shavqida ixtiyori yo`q erdi,
Ko`rmay oni qarori yo`q erdi.

Saydsiz bo`lmas erdi oromi,    
Anda rudu surud edi komi.

O`qi har sayd sori topsa kushod.
Zaxmidin sayd emas edi ozod.

To`kubon sayd qoni pay-darpay,
Anga hamrang tortar erdi may.

Sayd aylab o`tar zamon nogoh,
Bo`lsa sarmanzile anga dilxoh

Tushubon, topib anda komu farah,
Aysh etib, tortar erdi necha qadah.

Lahni changu rubob edi haryon,
Sayd etidin kabob edi biryon.

Bir kun ushbu sifat shikor aylab,
Bir biyik pushtag`a guzor aylab.

Topibon jonfizo havosin aning,
Ko`rubon dilkusho fazosin aning.

Bazm asbobin aylab omoda,
Tushub anda ichar edi boda,

Ham mug`anniy chekib falakka xuro`sh
Ham yetib ko`kka bongi no`sho-no`sh.

Shahni may ul bisoti xurram aro,
Solibon hardam o`zga olam aro,

Ko`rubon olam ichra shoh o`zin,
Olam ahlig`a qiblagoh o`zin.

Ham dimog`ini boda aylab xush,
Ham qulog`ida nag`mai dilkush.

Chun taammul qilib bu johu jalol,
Ko`ngliga har dam o`tkarib bu xayol:

«Kim bu shukronag`aqi, qildi iloh,
Meni bu nav` olam ahlig`a shoh.

Elni shod aylamak kerakdurmenu
Adlu dod aylamak kerakdurmen.

Komsiz komin aylamak hosil,
Benavolarni aylamak xushdil»,


Ishni mundog` shumora aylar edi,
Lek har yon nazora aylar edi.

Buyla ishlar tutar edi o`ziga,
Dasht aro uchradi birov ko`ziga

Kim, borur erdi yo`lg`a solib xez,
Lahza-lahza xiromin aylab tez.

Shah xayol ettikim erur nokom,  
Yoyoq etmak bu nav` yo`lg`a xirom.

Ko`ngli mayl ayladi bag`oyat anga,
Aylamak istadi rioyat anga.


Bir mulozimg`a hukm qildiki:
«Bot Minib otingg`a elt yana bir ot.


Ul musofirni otg`a mindurgil,
Chopturub  xizmatimg`a   yetkurgil!»


Qosid ulyon chu markabin surdi,
Shah buyurg`ondek oni kelturdi.

Shoh chun so`rdi lutf etib oni,
O`pti yer soyiri biyoboniy.

Ko`ptiyu surdi so`z fasohat ila,
So`zida choshni malohat ila.

Bo`lubon so`z demakka afsunsoz,
Qildi andoq sanou madh og`oz

Kim, eshitganlar ofarin dedilar,
Pok lafzin duri samin dedilar.

Ko`rmadi shah munosib ul turmoq,
Yoqinida buyurdi o`lturmoq.

Qo`yub olig`a guna-guna taom,
Egach-o`q tuttilar to`la-to`la jom.

Chun musofir boshig`a chiqti may,
Shah so`rar erdi, nukta pay-darpay.

Neki, shahdin bo`lub xitobi aning,
Shah pisandi tushub javobi aning.

Bildi shahkim: harifi dashtnavard,
Bor emish kordonu olamgard.

So`zda chun ko`p g`arobatin ko`rdi,
Yana ondin g`arib so`z so`rdi:

«K-ey jahon mulkiga qadam urg`on,
Pushti  po  bal  jahong`a  ham  urg`on.

Uyla ma`lum o`lur kalomingdin,
Yana sarsar kibi xiromingdin

Kim, sanga ko`p ulum erur ma`lum,
Ham urubsen base makong`a qudum. .

Ham o`z ahvoling et ayon bizga,
Ham ani aylagil bayon bizga    

Kim, chu urdung musofiratg`a qadam,
Shahr qat` ettingu biyobon ham.

Shak emaskim base g`arib umur3,
Sanga bo`lmish safar aro manzur.

Neki, andin g`arib ko`rmaysen,    
Turfa andoq ajib ko`rmaysen.    

O`zunga bizni sohib asror et,
Ul nihon nuktadin xabardor et.

Senki, borsen zamon elida g`arib,
Sanga bo`lg`on jahon ichinda ajib,

Ikki bas turfa xol bo`lg`usidur,
Ish alardek mahol bo`lg`usidur.

Ikkisin4 deki, barxabar bo`lali,
Ikki nodirg`a bahravar bo`lali».

Er o`pub rahravi jahonpaymo,
Dedi: «K-ey komroni lutfnamo,

Garchi bu so`z demakda ojizmen,
Demas erdim bu so`zni hargiz men

Kim, nihoni rivoyatim bordur,
Bas ajoyib hikoyatim bordur:

Menki, bu dasht rahnavardimen,
O`z ishimda zamona fardimen.

Bo`lmadi kimsa, yoru damsozim,
Demadim ham kishiga o`z rozim.

Asradim ham o`zumni pinhoni,
Ham bu rozeki oytqum oni.

G`arazim bu ediki po`ya-urub,
Dashtlar qat` ayladim yugurub.

Shoh Bahromkim, jahon shahidur,
Charx aning g`ubori dargahidur.

Dargahig`a o`zumni yetkursam,
Tufrog`ig`a ko`zumni yetkursam.

Ham anga aytibon nishonimni,
Ham desam nuktai nihonimni.

Anga yetmay bu so`zni so`rdung sen,
Bul`ajab ish manga buyurdung sen.

Demasam, sendin asru mamnunmen,
Desam, o`z maqsadimg`a mag`bunmen.

Garchi sen ham azimshon kishisen,
Olam ahlida shahnishon kishisen.

Anga o`xsharki, bo`lmasang Bahrom,
Sanga ham bas baland keldi maqom.

Shibhisen, gar yo`q ehtimoli aning,
Misoli sen, garchi yo`q misoli aning.

Baski mardumlug`ung manga yetti,
Men kibi turfa qushni sayd etti.

Lek maqsudum o`zga hol erdi,
Aning olinda qiylu qol erdi.

Ko`ngluma qo`ydung ikki g`am dog`i,
Demasam ham yomon, desam dog`i».

Shah bu so`zdin ochildi bog` kibi,
Til chekib shu`lai charog` kibi.

Dedi: «K-ey dasht aro shitobanda,
Bilki jo`yanda, keldi yobanda5.

Baxt komingni aylamish hosil
Kim, topibsen murod, sen g`ofil

Tashna lab bo`lma, bahr yoninda,
Qilma shevan, tarab makoninda.

Nukta surg`ilki, hosil o`lmish kom
Kim topibsen, gar istading Bahrom».

Bildi rahravki, garchi chekmish ranj,
Ro`zi o`lmish anga ne yanglig` ganj.

Sajdai shukr aylabon toza,
Deb duo beqiyosu andoza.

Er o`pub, o`lturub adab birla,
Qildi og`oz so`z tarab birla

Kim,  shah  ikki  hadis qildi savol,
Bir bu erdiki: «Ayt o`zungdin hol».

Mustami` bo`lsa arz etay oni,
Meni derlar jahon eli Moniy6.

Ko`p bilik birla xotirim ma`mur,
Lek tasvir ila bo`lub mashhur»,

Shah xud erkondurur anga tolib,
Shavqi vaslig`a asru ko`p rog`ib.

Ko`nglini  uyla   shodmon topti,
Degasen o`lmish erdi jon topti.

Quchub etti ko`p iltifot anga,
Yangi boshtin berib hayot anga.

Lutfu ehson ila ko`p etti karam,
So`rdi lekin ikinchi so`zni7 ham.

Berdi rovi fasonag`a taqsim,    
Dedi: «Sayr ayladim yeti iqlim.

Har ne ofoq aro g`arib erdi,
Oni  ko`rmak manga  nasib  erdi.

Oncha ermas edi bular bori
Kim, chu qildim guzar Xito sori.

Tojire yetti moli haddin ko`p,
Moli ko`p tojire adaddin ko`p.

Dur ila la`li bahru kon chog`liq,
Qadri yuz xojai jahon chog`liq.

Naqdi yuz ming tumandin ortug`roq,
Jins anga xud degandin ortug`roq.

Har sifat tuhfasi nihoyatsiz,
Bebaho la`lu durri g`oyatsiz.

Lek bir dur bo`lub anga ro`zi,
Qaysi dur, mohi majlisafro`zi.

Mahvashi lu`bati xitoyizod,
Ko`rub andin Xitou Chin bedod.

Husnicha odami nishon bermay,
Kishi ko`rmay aniki, jon bermay.

Ko`rgan o`lmakka qilmasa ohang,
Voy ul. damki, olsa ilgiga chang.

Changi chun jonfizo sado cheksa,
O`zi ul savt ila navo cheksa.

Ko`rsa yoxud eshitsa kim oni.
Qolmag`ay bir, gar o`lsa ming joni.

Men kibi kimsa cheksa yuz ming til,
Bo`lmag`ay vasfi sharhi yuz ming yil.

Xoja zebin aning izofa yasab,
Sandalu uddin mahofa yasab.

Po`shi deboyi chin, vale necha rang
Kim, anga atlasi falak hamrang.

La`lu durdin mukallal ul debo,
Ichida moh paykari zebo.

Udu sandal bila yasab anga chang,
Zuhravash cholmog` aylabon ohang.

Xoja bay`in tilab parivashning,
Zuhra bir, mushtariy vale yuz ming.

Bo`lub ahli g`ino javohirsanj,
Haddin ortug` to`kub javohiru ganj.

Ganju gavhar anga baho bo`lmay,
Mushtariy8 hojati ravo bo`lmay.


Vaslig`a elning ehtiyoji bo`lub,
Anga qiymat Xito xiroji bo`lub.

Mayl qildi burun Xito xoni,
Bay` qilmoq berib baho oni.  

Bo`lmay arkoni davlati xushnud,
Dedilarkim «Bu ishda yo`qtur sud

Kim, chu sen bu xiroj anga berding,
Bo`lg`oningni anga baho berding.


O`zung o`ldung sipoh mahjuri,
Shah xud istar xiroj dasturi.

Eg`i o`lsang anga sipohing yo`q,
Bo`lsa ham, razmu dastgohing yo`q.

Nafs komig`a iztirob etma,
O`zniyu mulkni xarob etma».

Shah bu so`zni eshitgach o`ldi xamush,
Xalq bemoya xoja sayrfurush.

Menki, bor erdi xizmating komim,
Yor o`lub baxti neku farjomim.

Qullug`ung sori chun murur o`ldi,
Tuhfai topmog`im zarur o`ldi.

Rang hayvon suvig`a zam qildim,
Ul pari suratin raqam qildim.

Gar beaynih ul o`lmasa bori,
Shak emaskim erur namudori»,

Deb chiqordi harir chini soz
Kim, yuzinda raqam edi bu tiroz.

Ko`zi birla aritti gardin aning,
Qo`pti  filhol ochib, navardin aning.

Qo`ydi shah xizmatida farzona,
Shah pari ko`rgach o`ldi devona.

Mahv o`lub kimsa birla demadi so`z,
Andin   oqshomg`acha   ko`tarmadi   ko`z.

Tinmayin aylar erdi nazzora,
Shohni qildi ishq bechora.

Jonig`a surati balo tushti,
Bul`ajab surate9 anga tushti.

Ko`rdi Moniy chu holida tag`yir,
Dedi: Shoho ishingg`a qil tadbir

Kim, falak hodisotidin nogoh,
Bo`lmag`ay amre o`lg`ucha ogoh.

Gar ilikdin o`shul pari ketgay,
Anga uldam iloj kim etgay?»

Dedi shah: «K-ey bu g`amda darmonim,
Rohati jonu ofati jonim!   


Meni bu surat ayladi shaydo,
Aql shaydog`a, bo`lmag`ay paydo.

Ham sen-o`q mehnatimga parvo qil,
Dardmand aylading, mudovo qil!


Aytkim, naylamak kerakdur bot  
Kim visolig`a yetgamen hayhot!»

Dedi Moniy: Yiborayin kishilar,
Chobuk andeshu xurdabin kishilar.

Anga har kimning ehtiyojidur,
Bay`i oning Xito xirojidur.

Gar sanga ul pari visoli kerak,
Nazaring olida jamoli kerak.

Qiymati chun topibdurur ta`yin,
Bera olursen o`tunga taskin.

Yoki bir yil Xito molidin o`t,
Yo Hito lu`bati xayolidnn o`t».

Dedi shah: «Gar budur ko`ngul holi,
Ne Xito molikim, jahon moli.

Bergamen qiymat o`lsa jonong`a,
Minnatin dog`i qo`yg`amen jong`a»,—

Debon amr ayladiki, yuzcha kishi,
Donishu poklik alarning ishi.

Necha xojasaroy birla kaniz,
Tutqali sarv siymbarni aziz

Bot Xito kishvarig`a borsunlar,
Oyni ul uqdadin chiqorsunlar.

Noma hoqong`a dog`i topti vuqu`
Anga bo`ldi baho husuli ruju`.

Bilib ul xayl azm ishin lozim.
Bo`ldilar aytqon taraf ozim.

Qoldi Bahromu notavon joni:
Ilgida surat, olida Moniy,

[XIII]

    Diloromning diloro husni kamolinda so`z surmak va oni Bahromi bedilg`a yetkurmak va vasl sham`in ishrat shabistonida ravshan qilmoqlari va hajr  xazonidin qutulub, visol bahorida g`unchadek ko`ngullarining gul-gul ochilmog`lari

Chun ul el urdilar Xito sori gom,
Uylakim hukm etib edi Bahrom.

Manzil o`lg`och alarga ul kishvar,
Azm etib ul guruhi donishvar,

Ko`rubon xonni berdilar noma,
Tuzdilar ul so`z uzra hangoma.

Xon ilik ko`zga qo`ydi minnat ila,
Yuz mubohot etib bu xizmat ila.

Yiborib xojani talab qildi,
So`zda izhori yuz tarab qildi.

Ayladi bay` zavqu holatidin,
Sarv gulruxni shah vakolatidin.

Jonni yormoqqa sotti xojai xas
Kim, bu savdoni tojir etgayu, bas.

Chun   bahosi   xiroji  mulk erdi,
Ham qabul   etti,   ham   borin   berdi.

Aylab ul elga dog`i ko`p inüom,
Sarvg`a ravza sori berdi xirom.

Endi ul xayl ham qilib ta`jil,
Qat` o`lur erdi dasht mil-bamil.

Shahki, hijrondin oh tortar edi,
Nolai umrkoh tortar edi.

Za`f etib erdi jismini qilcha,
Har kun erdi ko`ziga bir yilcha.

Tunu kun afg`oni zor chekmak ila,
Mehnati intizar chekmak ila.

Ko`ngildin sabr chun kanora qilib,
Ena surat sori nazora qilib,

Kurubon chun habib suratini,
Raf` etib hajrining kuduratini,

Quchmog`ig`a ochar edi og`ush,
Goh behushu goh ko`nglida hush.

Uyda bir soat o`ltura olmay,
Qasr yo bog` aro tura olmay.

Qasr uza bazm oshkora etib,
O`lturub, yo`l sari nazora etib.

Ko`runub gard yo qaro ko`ziga,
Bir nafas kelmay el aro o`ziga.

Za`fdin titramak tanin yiqibon,
Zilzila eski maskanin yiqibon.

O`ziga chun kelib tani zori,
Kimsalar ozim aylab ul sori.

Chunki topmay nishona jonondin,
Yana o`tlug` fig`on chekib jondin.

Tura olmay nishotxonasig`a,     
Bo`lubon rokib ov bahonasig`a.

Lekin aylab, Xito yo`li sari azm,
Xabare yordin topay deb jazm.

Ko`ziga har, sifat ko`runsa kishi,
Xabarin so`rmoq o`lub oning ishi.

Dilbari mulkidin fasona so`rub,
Necha topsa javob yona so`rub.

Moniy oshufta shoh holatidin,
Mutahayyir bo`lub malolatidin.

Har zamon o`zga nukta soz aylab,
Yana bir naqshni tiroz aylab.

Berib afsonalar adosida tul,
Shoh ko`nglin qilay debon mashg`ul.

Yordin o`zga har ne deb Moniy,
Eshitib, lek anglamay oni.

Kimki, ishq ichra mubtalo bo`lg`ay,
Har ne juz vasl, anga balo bo`lg`ay.

Hajr o`ti necha qo`ysa jonig`a dog`,
Sabr qilmoq erur ul o`t uza yog`.

Hajr qilmas nechaki zor aylar,
Ulcha oshiqqa intizor aylar.

Hosilan necha vaqt chun Bahrom,
Ishq dardidin o`ldi beorom.

Etti nogah ravanda qosid anga
Hosil aylab bori maqosid anga.

Shahg`a yetkurdi mujdai maqsud
Ki, madad qildi tolii mas`ud.

Ul quyoshdinkim erdi shah mahjur,
Solg`usi tiyra shomi hajrig`a nur.

Shoh jismig`a iztirob o`ldi,
Ko`nglining holi xud xarob o`ldi:

Oshiqi xastag`a malol chog`i,
Hajr muhlikdurur, visol chog`i.

Qildi, alqissa, sarv siymin tan,
Shohning shomi hajrini ravshan.

Ettilar ul guruhkim bori,
Azm etib erdilar Xito sori.

Kelibon baxtdin kushod bila,
Ko`rdilar shohni murod bila.

Qildilar arz xon maqolotin,
Har nechuk tuhfa birla savg`otin.

Oni hamkim, xiroj qildi qabul,
To sumanbar bahosi topti vusul.

Oni hamkim, parivashi gulchehr,
Bay-üig`a mushtari aning yuz mehr.

Keldi bo`lmay safardin ozurda,
Guli issiq havoda pajmurda.

Shoh alarg`a ko`p aylab ehsonlar,
Oncha yuzkim gumon etib onlar.

Hukm qildiki: «Sarv ra`noni,
Olam ahlig`a sho`ru yag`moni

Harami xos aro tushursunlar,
Hujrai xos aro kiyursunlar».

Uylakim shoh hukmi qildi zuhur,
Ravza ichra maqom tutti hur.

Hur chun ravzani maqom etti.
Xisrav oning sari xirom etti.

Qasri zarring`a zohir etti shitob,
Jismi betob, lek ko`nglida tob.

Ishqdin mastu bodadin sarxush,
Kirdi ul uygakim, buti mahvash.

Topti jannatda qasri purziynat,
Qasr ichinda vale yana jannat.

Qaysi jannatki, huri ruhoniy,
Demagil, hur, mehri nuroniy.

Farqidin to qadam fusunu fireb,
Boshidin to ayog`i ziynatu zeb.

Yuzi yonida gisuyi mushkin,
Kelturub korvon nofai Chin.

Yo`qki, ul korvoni mushk sirisht,
Manzil aylab fazoyi bog`i bihisht.

Zulf yo`q, laylkim1, ochib iki dom,
Lek har domi layldin bir lom.

Domi ostida lolau nasrin,
Tushub anda iki g`azolai Chin.

Ko`zi jayran, qarosi mushki Xo`tan2,
Tomizib xoli mushkin ul jayran.

Nuqtai xoli rangi shomi visol,
Yuzining subhi nuqtasi ul xol.

Yuzi gulzoru iki lab anda,
Ikki gulbargi bul`ajab anda.

Har biri to`la shirai jondin,
Ezilib shira obi hayvondin.

Kimki, oni shakarfishon topibon,
Nechakim, o`lgan ersa, jon topibon.

Lablari ichra og`zi o`yla nuhuft,
Kim degaysen, bu la`l topmadi suft3.

Turfaroq buki, so`zga chun ochilib,
Nukta o`rnig`a borcha dur sochilib.

La`lkim ko`rdi durfishon mundoq,
Gulda jon shirasi nihon mundoq.

La`lni qo`yki, jon bo`lub lab anga,
Jong`a nun davri tavqi g`abg`ab anga.

Jon yozar chog`da kotibi taqdir,
Nuni  sig`may, quyi qilib tahrir.

Zaqani davri nun bo`lub ne ajab,
Nuqta ko`rguzsa ul chahi g`abg`ab4.

Tishlari la`l ichinda rishtai dur,
Yoki hayvon suyi aro mo`ldur.

Qoshlari dayr toqidek payvast,
Toqlar ichra ikki kofiri mast.

Toqni qo`yki, anbarin mehrob,    
Ustida xoli anbarina zubob5.

Har qulog`ida durri raxshanda,
Ikki kavkab kibi duraxshanda.

Mehr atrofida makon aylab,
Fitna qilmoq uchun qiron aylab.

Dema qad, nozanin niholi bihisht,
Ruh sarmoyasidin anga sirisht.

Jilva qilmoqtakim, ravon ko`runub,
Ruhdin go`yiyo nishon ko`runub.

Belikim, rishtai xayol kelib,
Topmoq ul rishtani mahol, kelib,

Torkim, yo`q kelib nazir ichra,
Yashurub hullau harir ichra.

Kelib ulkim, harir gulnori,
Hulla oning yuzida zangori.

Bu gulu sabzakim, kelib zebo,
To`ni lekin binafshagun debo.

Ani tarsi` etib javohir ila,
Javhari ruhg`a mazohir ila.

To`ni rangi xiraddin olib hush
Ruh javharlarig`a halqa bago`sh.

Hur! yo`q, yo`q, ne hur, balki pari,
Ne pari, balki ofati bashari.

Labi so`z derda eldin olib jon,
Lablarin chun ko`rub uyolib jon.

Ham labidin hayot no`shi oqib,
Ham ko`zidin ajal xadangi yog`ib.

Munchavu muncha yuz jamol bila,
Yana yuz g`anju yuz dalol bila.

Shahni chun ko`rdi: qo`pti sarv sihi,
Shahig`a banda, banda anga shahi.

O`pti yer yuz tuman niyoz bila,
Har niyozi sirishta noz bila.

Shah chu ko`rdi nigori zeboni,    
Ondin o`z ko`ngli noshikeboni.

Surati qildi, ko`nglini behol,
Oncha yuzkim, varaqdag`i timsol —

Ulki, kog`azda surati bejon,
Ne qo`yub erdi jism anga, ne jon.

Asl suratg`a boqa olg`aymu,
Boqsa dog`i o`zida qolg`aymu?

Hosilan, shoh topti chun komin,
Demagil komkim, Diloromin6.

Hilvat erdi nechukki matlubi,  
Yona mahkumi amri mahbubi.

Ne de o`zga, ne qildi pinxoni
Ki, topar ulki, fikr etar oni.

Naylayinkim, ne bo`ldi uldam hol,
Etmadi anda chun nasimu shamol.

Er mahvash harif oshiqu shah
Qilganin bilmagan erur ablah.

Elga so`z der mahal bu yer-o`qdur,
Manga lek ul salohiyat yo`qdur.

[XIV]

Moxi Zuxrajabinning nag`masi shaxni zor qilg`oni va ko`ngli qushi aning changi rishtalarig`a giriftor bo`lgoni va changdek ko`nglin aning g`ayridin xoli qilib, jon rishtalaridin fig`on tortqoni va aning zaxmasi ilgidin, balki ilgi zaxmasidin joni rishtalarining fig`oni dam-badam ortqoni

Chun shahi komyobu kom ravo,
Topti ul nav` vasl birla navo.

Anga ish o`zga jomu rud erdi,
Bodai nob ila surud erdi.   

Goh jannatmisol gulshan aro,
Qasri jannat namuna maskan aro

Soz etar erdi bazmi shohona,
Ravza ul hurdin parixona

Sarvi gulrux jamolig`a shaydo,
Dam-badam hushu aqli nopaydo.

Sarv qad olsa erdi maydin kom,
Nastaranni chu aylabon gulfom

Chang olib torini tuzor erdi.
Lek jon rishtasin uzor erdi.

Demagil chang, soliki xam qad,
Chang qadlar bila bo`lub hamqad.

Bo`lubon ul sulukdin muxbir,
Bosh quyiliqda bo`lmog`i zokir.

Erdin olmay qadam, yurugali yo`l,
Lek o`lub soyiri maqomot ul.

Chun ibodatg`a qomatin xam etib,     
Iki-uch yerda belni mahkam etib.

Dema solik, degil xarobotiy,
Savtidin dayr eli mubohoti.

Ko`rguzub dayr sori yo`l elga,
Necha zunnor bog`labon belga.

Har qachon un chekib, tarona tuzub,
Bazm aro nag`mai mug`ona tuzub.

Har qayon ul mug`ona nag`ma borib,
Elni, yo`q, dinki, aqldin chiqorib.

Yo`qki, qaqnusdurur1 namudori,
Kosasidin ajuba minqori.

Suqba minqori ichra sar-tosar
Ki, bo`lub anda torlarg`a guzar.

Tor ila nag`ma beadad bo`lubon,
Tor yo`q, nag`malarg`a mad bo`lubon.

Chunki har suqbadin chiqib bir lahn,
Bo`lubon pursado yetinchi sahn.

Chunki qaqnusliq aylabon izhor,
O`t solib olam ichra qaqnusvor.

Suqbadin lahni zorlar bilinib,
Sekribon o`tki, torlar bilinib.

Buyla qaqnusqa bu sifat tovus,
Hamnavolig` aro bo`lub ma`nus.

Garchi tovusdek jamoli aning,
Bulbul alhon ila maqoli aning.

Bulbuloso chekib uch ming daston,
Bo`lubon qaqnus anga hamdaston.

Ul navolardin o`rtanib olam,
Xossakim, bulbul o`lsa, gulrux ham.

Shoh Bahrom uyla zori aning
Ki, yo`q onsiz dami qarori aning.

Ko`zin olmay liqosidin bir dam,
Qulog`in ham navosidin bir dam.

Ko`z yuzida,   quloq   navosinda,
Jon g`amida, ko`ngul havosinda.

Bo`lubon jonsiz, o`lmayin onsiz,
Onsiz o`lg`on zamon, bo`lub jonsiz.

Tunu kun lahni birla boda yutub,
Yuzidin bazmi ayshini yorutub.

Ko`rmasa oni qolmayin joni,   
Kiribon jonn ko`rgach-o`q oni.

May ichardin g`araz navosi aning,
Jnlvai husn jonfizosi aning

Goh bo`stoni dilkusho ichra,
Qasru ayvoni jonfizo ichra

Shah tuzub bazm ul pari birla,
Charx xurshedi xovari birla.

Ul navo cheksa, bu fig`on tortib,
Ul chu ruxsor ochib, bu jon tortib.

Goh sahronavardu dasht xirom,
Ichibon saydning nishotig`a jom.

Onda ham hajrin ittifoq etmay,
Oyni o`zdin dame yiroq etmay.

Aslida ul g`azolai mushkin,
Chin fazosida erdi hujlanishin.

Ham Xo`tan2 dashtida maqom etgan,
Ham gulu sabzada xirom etgan.

Dasht uzra g`azoli mushkin bo`,
Lolau sabza uzra qilg`on xo`.

Chun anga bu sifat shamoyil edi,
Dasht sayrig`a asru moyil edi.

Shahg`a xud dasht sori ish chopmoq,
Sayd qilmoq bila farah topmoq.

Ikkisi tab`ig`a muloyim sayr,
Bu jihatdin alarg`a doim sayr.

Sayr aro shahg`a sayd edi oyin,
Hamrahi mohro`yi mahdnishin.

Nechakim, shoh sayd etar erdi,
Shahni ul moh sayd etar erdi.

Qaysi bir saydkim, shah etsa halok,
Nag`mae tortib ul buti cholok —

Sho`ru g`avg`o jahong`a solur edi,
Bal shahi komrong`a solur edi.

Shavq o`ti ichra shohi ozoda,
Mahvashidin tilar edi boda

Ki, o`tin bu suv birla past etgay,
Shu`la ul suv bila nishast etgay.

May bo`lur erdi xud shararangez,
Shavqining shu`lasin qilur edi tez.

Nag`madin o`ti dam topar erdi,
Bodadin yog` ham topar erdi.

Chunki bu o`t zabona tortar edi,
Nolai bexudona tortar edi.

Manzile topibon tutub orom,
Dilbari vaslidin topar edi kom.

Ne uchun hosil o`lmag`ay komi
Kimki, hamrohidur Diloromi.

Nechakim, komyob o`lub afzun,
Ko`ngliga iztirob o`lub afzun.

Vasl aro ko`ngli iztirob aylab,
Furqati xud ani xarob aylab.

Buyla mash`uf anga shahi oliy,    
Vaslu hajrida bu edi holi.

O`t solib jonig`a visoli oning,
Hajri yodi ne ehtimoli oning.

Yori ul erdiyu anisi ham ul,
Hamrahi ul erdiyu jalisi ham ul.

Uyla xo`y etti oy jamoli bila,
Bo`ldi mash`uf aning visoli bila.

Ki, dame onsizin halok erdi,
Yoqa o`rnig`a ko`ksi chok erdi.

Ish anga yettikim, bu yanglig` shoh,
Mulk ishidin emas edi ogoh,    

Boqmoyin mulk ila sipoh sori,
Qilmoyin mayl dodxoh sori.

O`tti uch-to`rt yil bu holat ila,
Holatidin ulus malolat ila.

El bu ishdin shikoyat aylar edi,
Har kishi bir hikoyat aylar edi.

Ishq ila kimki, oshno bo`ldi,
Ofiyat mulkidin jalo bo`ldi.

Ishq xayli chu turktoz etgay,
Farq shohu gadoda oz etgay.

Sarsari ishq chun yetar bebok.    
Tengdur uchmog`da tog` ila xoshok.    

Ishq seli yiqorda koshona,
Tengdur obod birla vayrona,

Mo`r etar topsa ajdaho yanglig`,
Shohni zor etar gado yanglig`.

Hosil ul nav` shohi olamgir,
Ishq xaylig`a uyla bo`ldi asir

Kim, chiqib dudlar nihodidin,
Chiqti mulku sipoh yodidin.

Ishi ul oy bila xirom etmak,
Har zamon o`zga yer maqom etmak.

Sayd etib aylamak ani dilxush,
Toki ul cheksa nag`mai dilkash.

Sabab o`lg`ay tarabg`a omoda,
Ichgay ul husnu un bila boda.

Bodakim, olsa ixtiyor eldin,
Ne ajab chiqsa, har ne bor eldin.

Ishq ham mang`a aylasa imdod,
Tong emas borsa, boru yo`q barbod.

[XV]

    Bahromning ishq to`foni tug`yonidin bexirad va may o`ti harorati g`alayonidin bexud bo`lg`oni va o`z g`azoli sher afganiga g`azol otqonida tahsin qilmag`ondin ohugirlik boshlag`oni va domg`a berkigan kiyikdek, ani o`z kamandig`a berkitib, kiyiklar kunomida tashlag`oni

Shahg`akim, bo`lmish erdi oshiqu mast,
Bulüajab iki ish berib edi dast.

Shah chu ul lahv ila bo`lub mash`uf,
Ishidan   topmas  erdi   hech  vuquf.

Mulk ishi zabtu rabtsiz bo`ldi,    
Saltanat amri zabtsiz bo`ldi.    

Qilmadi shah chu dodxohni yod,    
El ilik sundi qilg`ali bedod.

Mulk chun shoh adlidin qoldi,
Qildi harkim nekim qila oldi.

Ham qalamzan1 tushub havola aro,
Bo`lubon xalq ro`zgori qaro.

Ham qaroqchi uzotti har sori qo`l,
Band bo`ldi alar qo`lidin yo`l.

Chekti g`avg`o baland bodaparast.
Bo`ldi mu`zin bila imom uni past.

So`fi ibriqig`a xalal bo`ldi,
Boda tunggi bila badal bo`ldi.

Qurtdek bo`ri birla to`ldi yobon,
Dema qo`y, balki tu`ma bo`ldi shubon2.

Bir necha mahrami tilab xilvat,
Qildilar arz shahg`a bu holat

Qi, xaloyiqda qiylu qol nedur,
Mulk birla ulusqa hol nedur?

Shah chu bildi, taammul etti base,
Ishga chora taxayyul etti base.

Lek oshiq ishiga ne chora,
Ishq etar ul elni bechora.

Ne ul oysiz anga qaror erdi,
Ne iliginda ixtiyor erdi.

Bildikim, mulk ishi xarob o`lmish,
Mulk eli holi iztirob o`lmish.

Ishqdin garchi xasta hol erdi,
Lek ko`nglida bu xayol erdi

Ki, ne nav` ishga aylagay tadbir
Ki, bu tavrig`a aylagay tag`yir.

Mulkdin yo`q guzir anga hosil,
Yordin xud guzir erur mushkil.

Lek ko`ngli chu behuzur erdi,
Anda har lahza bu xutur erdi

Ki: «Agar bo`lsa shohlig` boqiy,
Topilur buyla mohvash soqiy.

Buki, vaslini topmisham payvast,
Shahlig` o`lmasa, bermas erdi dast.

Mulk eli3 bo`lmasa, ne ul bordur,
Ne tiriklik uyiga yo`l bordur.

Lek to bo`lg`usidur ul mavjud,
Ne aning g`ayridur erur nobud.

Ikkisini kim desa qiloyin jam`,
Shusha  muzdin   degay   yosoymen   sham`4.

Ko`ngli chun mulk ila xizona tilab,
Ishq tark etgali bahona tilab.

Ishq ila shohlig` muvofiq emas,
Ishq lofida shoh sodiq emas.

Ishq uchun bedili kerak foni,
O`rtagan shavq shu`lasi oni.

Kun aro navbati fano urg`on,
Ikki olamg`a pushti po urg`on.

Jon berib yori muddaosi uchun,
Balki yuz jon aning rizosi uchun.

Vaqf etib dilbarig`a jon mulkin,
Sadqa aylab iki jahon mulkin.

Shohkim, mulk ocharni qilsa nasaq,
Yuz tuman qon to`kar bari nohaq.

Oshiq o`lg`onki kechmagay jondin,
Ishq behad yiroqdurur ondin.

Shoh, alqissa, bu taxayyul ila,
Aysh aylar edi taammul ila.

Ishi doim shikor birla edi,
Chopmog`i o`z qarori birla edi,

Ichibon yor ilgidin mayi nob,
Saltanat fikridin vale xunob.

Bir kun ov ichra shoh edi sarxush,
Yonida erdi ul buti mahvash.

Ko`rdi ra`no g`azoli chobukxez,
Sur`ati ko`k g`azoli yanglig` tez.

Shah o`q otmoqqa uyla qodir edi,
Sayd urmoqqa uyla mohir edi

Kim, ne nav` o`lsa, elga rag`batu tav`,
Ulturur erdn saydni ul nav`.

Qoy tukin saydning nishona qilib,
O`qi ul yerni oshyona qilib.

Dedi gulruhqa: «K-ey pari tal`at,
Bu g`azoliki ko`rguzur sur`at.

Ne yeriga desang xadang urayin,
Ul sifatkim buyursang, o`lturayin».

Sho`xning tab`ida chu diqqat edi,
Ramz ila nuktai daqiq dedi

Ki: «Burun sol iki qo`lig`a shikol,
Uylakim, turg`ay o`z yerida g`azol.


So`ngra otmoqqa yaxshi ko`zla ani,
Ham yiroqtin turub bo`g`uzla ani»5.

Shah chu bildi sanam tamannosin,
Topti filhol aning muammosin.

Demadi   nozanin   hadisini yo`q,
Chekti ul sadoqdin inichka o`q.

Sayd sori chekib, darang bila,
Tikti ikki qo`lin xadang bila

Kim, ul o`k. o`tmadi yarosidin,
Teri birla so`ngak arosidin.

Chunki bo`ldi g`azol qo`llari band,
Yoyig`a kaybur ayladi payvand.

Urdi ul nav` bo`g`zig`a oni
Ki, kesildiyu oqti ham qoni.

Ne xayoliki, aylab erdi moh,
Borisini bajo keturdi shoh.

Qildi bir ishki, kimsa bermas yod,
Kimsa   yo`qkim,   sipehri  ko`hna   nihod.

Shah chu ko`rguzdi ishda bu oyin,
Tama` etti nigoridin tahsin.

Anga chun husndin bor erdi g`ino,
Keldi husn iqtizosi istig`no:

Shah duosig`a chekmadi tilini,
O`pmadi shohi komron ilini.

Dedn: «Har kim bir ishni varzish etar,
Ish kamolini ko`r, ne yerga yetar!»6.

Dsmadi shohniki: «etting xo`b»,
Ishni idmonga ayladi mansub.

Sho`x bu nukta aylagach taqrir,
Shah mizojig`a topti yo`l tag`yir.

Qoshining yosi uzra soldi girih
Kim, pari chehradin eshitmadi zih.

Sho`x ko`rdiki, shah itob etti,
Dedi, isloh etay, xarob etti.

Dedikim: «Shahg`a ne itobdurur
Kim,   bu so`zkim   dedim,   savobdurur.

Menki, bir nag`masoz qilsam chang,
Ruh chiqmoq sari qilur ohang.

Yo`q edi bu muloyamat birla,
Munga yetti mudovamat birla.

Shohkim, bir kiyikka urdi xadang,
Desam idmonni ishga keldi batang»,

Shahki ismoi bu maqol etti,
G`azabi o`ti ishtiol etti.

Ikki qattiq hadis7 eshitti ajab,
Ixtiyorin ilikdin oldi g`azab.

Shohkim qahri o`lsa mustavli,
Ul diyor ichra bo`lmamoq avli.

Saltanat g`ayrati chu zo`r etti,
Lutfu ehson ko`zini ko`r etti.

Istadi qatl aylamak oni,
Kesmak ozod sarvi ra`noni.

Dedi ba`zi: «Bu nav` dilkash emas,
Zuafo qatli tig` ila xush emas»

Dedikim, necha xorij andesha,
Qatl alarg`a hunar nekim pesha,

Mahddin oyni chiqordilar,
Bir biyobong`a elta bordilar.

Har giyohi aning nechukkim o`q,
Davrida necha kunchilik suv yo`q.

Jonivar umrini qilurg`a taboh,
Butmay anda bag`ayri zahr giyoh.

Ikki gisusidin kamand aylab,
Tashladilar g`ulula band aylab8.

Gisusikim, ulusqa erdi kamand,
Oqibat bo`ldi o`z halokiga band.

Yonibon surdilar vatan sori,
Keldilar shohi javr fan sori.

Shahki bu dahshat ayladi uldam,
Behud erdi mayu g`azabdin ham.

Ul kun oqshomg`a tegru ichti may,
G`azabi ortar erdn pay-darpay.

Shomkim, bodadin xarob o`ldi,
Masti may, balki masti xob o`ldi.

Subh roh istab etti mayli sabuh,
Yonidin g`oyib erdi rohati ruh.

So`rdikim: «Mohvash qayon ketmish?»
Bexabarkim, ne shoh kor etmish?


Dedilar qilg`anin necha mahram,
Tiyra bo`ldi anga yorug` olam.

Quyi solib boshini fikr etti,
Qilgani borcha ko`ngliga yetti.

Bildikim, qahr sarsari esmish,
O`z qo`li birla o`z boshin kesmish.

Dedi: «Ushbu zamon o`zum borayin,
Ul biyobonni bir-bir oxtarayin.

Qayda bo`lsa topay nigorimni,
Qilayin sadqa joni zorimni.

Tirik o`lsa, bo`lay fidosi aning,
Beribon jon topay rizosi aning.

O`lgan o`lsa, o`zumg`a tig` urayin,
Diyatig`a o`zumni o`lturayin».

Qo`ymadi toju taxt nomusi,
Aylamakka o`luk zamin bo`si.

Topmas erdi xirad dalolati ham,
Moni` erdi ulus xijolati ham.

Chun mumayyiz xirad qilur erdi,
Xirad ul ishni rad qilur erdi.

Xotiri topmayin xiradqa rusuh,
Ishq aylar edi ani mansux.

Joni ikki balo arosinda,
Mo`r ikki ajdaho arosinda.

Ne o`luk erdi, ne tirik soni,
Bo`lmas erdi tirik demak oni.

[XVI]

Bahromning g`azab mastlig`idin hushyor va g`aflat uyqusidin bedor bo`lub, ul oshufta tushlardin parishon, balki uyg`oqliqda qilg`onlaridin   pushmon bo`lg`oni va mushkbo` g`azolin istay biyobong`a o`zi ketib, ani topmay, o`zidin ketgoni

Qildi Bahrom chun bu yanglig` ish,
Yig`lag`u yo`qki, kulgu yanglig` ish.

O`zida ikki kungacha yo`q edi,    
Ko`nglida shu`la, jonida o`q edi.

Keldi holig`a chun uchunchi kun,
Ko`rdi umri yorug` kunin qora tun.

Ishq xaylu sipohi aylab zo`r,
Ko`ngli mulkiga soldi g`orati G`o`r1 

Tama` o`z mulkin ayladi obod,    
Ko`ngli mulkin ham ayladi barbod.

Bahr aro tojir istar erdi sud,
G`arq o`lub bo`ldi moya ham nobud.

Bog`bon meva ko`p qilib edi kom,
Jola shoxin dog`i ushotti tamom.   

Tushti oning ichiga andoq barq    
Kim, vujudin o`t ichra ayladi g`arq.    

Tojig`a la`l shavqi o`lturdi,
Charx boshig`a xora yog`durdi.

Mulki hifzig`a chekti tig`i halok,
Ko`ksin ul tig` birla ayladi chok.

Istadi surma aylabon ta`jil,
Surmai charx chekti ko`ziga mil.

Chuiki nazzora qildi o`z ishiga,
Ko`rdi holiki bo`lmasun kishiga,

Zor jismida yuz shikan tushti,
Xasta ko`ngliga ming tikan tushti

Joni tandin to`yub, tani jondin,
Ko`ngli ranjur mundinu ondin.

Zol charxi kibi tani buzulub,
Rishtai joni toridek uzulub.

Charx ajzosidek fig`on qilibon,
So`ngogi bir-biridin ayrilibon.

Xajrdin jon chu og`zig`a yetti,
Qo`pti beixtiyoru azm etti.

Ul navohig`a tegru qildi shitob
Qi, sumanbarg`a qilmish erdi itob

Kim, bor ersa hayoti imkoni,
Bo`lg`ay ul ruhg`a fido joni.

O`lukin topsa motamin tutqay,
Un chekib navhai g`amin tutqay.

Ko`tarib zor sarvi cholokin,
Solibon mahd aro tani pokin,

Navhadin ko`nglin aylasa xoli,
O`zin o`lturgay ustiga holi.

Yori xilvatgahig`a xos o`lg`ay,
Furqatidin o`lub xalos o`lg`ay.


Har necha kezdi dashtu sahroni,
Topmadi zod sarvi ra`noni.


Sarvg`a jilvagah gulistondur,
Xossa sarviki, nor pistondur.

Ne tilar sarv dashtu vodiy aro,
Sarv o`lur bo`ston savodi aro.

Ani topmoqdin o`ldi chun ma`yus,
Yuzga urdi taponcha, o`ylaki ko`s.

Chekti nav`i g`irev ila faryod
Kim, chu Shirinni topmag`ay Farhod,

Tushti yerga marizi bedildek,
Tolpinib saydi nim bismildek.   


Oncha qon yoshini ravon qildi
Ki, falakning ichini qon qildi.

Dedi: «O`z jonima ne qildim, voy!
Bo`lurin buyla ish ne bildim, voy!


Kim o`zi ko`ksin o`zi chok etgay,
O`zi jonin o`zi halok etgay!?

Ulcha men qildim, aylagaymu kishi.
Bu ish ermas edi kishining ishi!

Kimsa bo`g`zig`a tig` surg`aymu,   
Umr sham`in pulab o`churgaymu?

Jon uchun jismi notavong`a evaz
Aylasam, jism o`lurmu jong`a evaz?

Qilmasam ham tanimni yuz pora,
O`ladurmen, ne nav` etay chora!?

Uzni o`lturmasam o`larmen lo!
Kimga tushti jahonda buyla balo!?

Manga ne qilding, ey sipehr, oxir,
Yo`q emish senda zarra mehr, oxir!

Mehrsizlik ishim aro qilding,
Ro`zgorim yuzin qaro qilding

Mehrdin senda bo`lsa erdi nishon,
Ko`zum  o`lmas edi sitorafishon

Senda chun mehr yo`q edi mavjud,
Mehr chehrimni aylading nobud.

Ashkim anjum masallik oqturdung,
Davlatim mehrini uyoqturdung.

Mehri iqbolim o`ldi yerga nihon,
Jonim olg`ilki, yer quyi bu jahon.

Naylayin bu jahonni jonsiz men?
Bal jahon birla jonni onsiz men?

Jonni olg`ilki, to`ymisham, billoh!
Ko`ngul o`lmakka qo`ymisham, billoh!

Jonni naylay jahonda jononsiz!?
Jonim onsiz tanedurur jonsiz!

Tanki jonsizdurur netay oni?
Er quyi tanki, bo`lmag`ay joni!»2

Dasht aro buyla erdi osho`bi,
Joni g`am xaylining lagadko`bi

Taxt ila mulk yodidin ketti,
Vahshdek dasht aro maqom etti.

Yo`q edi shahru mulkdin ogoh,
Bodiya ichra etti manzilgoh.

Ul biyobon ichinda afg`onda,
Balki bir shahr eli biyobonda.

Ko`rgach elkim, anga taab tushti,
Tushti ish, lek bas ajab tushti.

Qo`ydilar borcha vodiyu maskan,
Shohdek dasht alarg`a bo`ldi vatan.

Yuz yoshurg`och quyosh diloromi,
Sochti ashkin sipehr bahromi3.

Tiyralikdin falak topib ozor,
Hajr shomi nechukki, oshiqi zor.

Shoh Bahromg`a tun ayladi zo`r,
Ko`ziga olam o`ldi o`ylaki — go`r.

Qaro qoyg`u bila qolib g`am aro,
Ko`rdi o`zni g`arib olam aro.

Dema olam,. firoq zulumoti,
Shomi hijron kelib, aning oti.

Bari olam yuzin tutub zulumot,
Lek mumkin yo`q anda obi hayot.

Ming Xizr4 anda gar makon aylab,
Borisig`a haloki jon aylab.    

Bo`lubon charx javfi qiyr andud,
Elga aylab nafas yo`lin masdud.

Dam yo`li chun tutuldi qiyr ila pok,
Ne ajab anda Xizr bo`lsa halok,

Balki zulmat emas edi ul tun,
Hajr o`tidin tutub jahonni tutun.

Furqat o`ti chu jon aro bo`lg`ay,
Dudi birla jahon qaro bo`lg`ay.

Hajr o`tig`a chu istasang hiyma,
Zor tanlardin o`zga yo`q nima.

O`tki, oshiq tani erur o`tuni,
Tong yo`q ar oshiq o`lturur tutuni.

Ne ajab o`tki, tanni kuydurgan,
Dudi bog`lab, nafasni o`lturgay.

Hajr aro ul chu mubtalo bo`ldi,
Buyla tun jonig`a balo bo`ldi.

Garchi tun bo`ldi xalq aro parda,
Tiktilar oq uyu saroparda.

Surdilar tegradin ulusni yiroq,    
Xosiyat buyla berdi shomi firoq.

Mutahayyir bo`lub ulus bori,
Har biri go`sha tutti bir sori.

Borcha maxsuslar ko`zi to`la yosh,
Soyir el fikr ila solib quyi bosh.

Ul dedi: «Dev aning yo`lin urmish»,    
Bu debonkim: «Paridin o`ldi bu ish».

Har biri aytibon bir afsona,
Bo`lub ul o`rta yerda devona.

Oqibat zohir etti bu qayg`u.
Qayg`ulug`lar ko`zi aro uyqu.    

Qoldi Bahrom pechu tob ichra,
Furqat o`tidin iztirob ichra.

[XVII]

    Hajr shomi tulining imtidodi va savodining bedodi va ul shomda Bahrom joniga anduh xaylining shabixunlari yetmak va ul shabixun ahlining jon va ko`nglin asir etmak va ul asirona navha bila o`zidin ketmak va arkoni davlati balo dashtidan ani davo shahri sori eltgonlari

Shoh Bahrom qildi chun ul shom,
Go`rlar jilvagohi ichra maqom1.

Go`rdek tiyra erdi dayri kuhun2,
Charx ul tiyralikda besaru bun.

Shahg`a hajr o`ti ul sifat tutoshib
Kim, aning dudi yetti ko`ktin oshib.

Charxdek tiyra, dog`i sargashta,
Qon yoshig`a shafaqdin og`ushta.

Zohir aylab sirishki sayli halok,
Ko`zidin eltib uyqu xaylin pok.

Jonidin hajr o`ti zabona urub,
Necha ashki o`chursa yona urub.

Ishq o`tikim, ko`nguldin oldi farog`,
Ashk ul o`tqadur — suv o`rnig`a yog`.    

Anga ul o`t ham erdi xayli balo,
Ham ko`zi yog`i erdi sayli balo.

Ko`ngli mulkiga g`am hujum etti,
Balki toroji marzu bum etti.

Nechakim oshti beqarorlig`i,
Etmadi hech kimsa yorlig`i.

Yor hajri chu tiyra qilsa mizoj,
Hech yor aylamas ul ishga iloj.

Kirdi bir xilvat uyga pinhoni
Kim, malul erdi xalqdin joni:

Ichkaridin eshikni bog`ladi tez,
Yondiyu zohir etti rustoxez.

Oncha chekti fig`onu vovaylo
Kim, jahon ichra tushti shayni balo.

Urub avval yaqosin ayladi chok,
Tang`a urdi taponchai bebok.

Bori uzvig`a zulm ko`rguzdi,
Qaysi uzvinki tishladi uzdi.

Oncha yerlarga urdi boshini rust
Kim, sari mo` yo`q erdi anda durust.

Boshini baski, ayladi pora,
Har tuki soyu bo`ldi bir yora.

Dard xoki tanini gard etti,
Gardni qo`yki, ko`hi dard etti.

Tanidin baski, uzdi pargola,
Dard bog`ida ochti yuz lola.

Tun yorimig`a tegru bu edi ish,
Uzar erdi urub tani uza tish.

Ul qadar chekti nolau faryod,
Uziga oncha ayladi bedod

Kim, tani sustoyib, qo`li toldi,
Hajr jismig`a sustlug` soldi.

Tolpinurdin chu bo`ldi oromi,
Soldi jonig`a o`t Diloromi.

Dard ila navha ayladi og`oz,
Yor yodi bila bo`lub hamroz.

Boshig`a solib ul qaro gisu,
Har tuki soyu bir qaro qayg`u.

Ul xayol ichra pechu tob urubon.
Charx jismig`a yuz tanob urubon.

Qoshining shavqidin qadi xam o`lub,
Za`f ichinda hiloldin kam o`lub.    


Tanin aylab hilodek xasta,
Aning nkki hiloli payvasta.

Ko`zining jayranin nazarda ko`rub,
Ko`ngli dashtida yuz qulon yugurub.


Ul kiyikdin chu qolmayin joni,
Charx Bahromi Go`r deyib oni.

Kirpiki yo`qkim, ul sifat hindu,
Sonchibon bag`ri ichra yuz mo`ndu.


Xar biri chunki yuz yaro aylab,
Dudi ohi yuzin qaro aylab.

Orazi yodidin chu tortib  voy,
O`rtanib ko`kda ham quyosh, ham oy.

Oqizib ko`zdin oncha gulgun yosh
Kim, shafaq ichra qolib oyu quyosh.

Xoli bo`lg`on uchun nazardin gum,
Qolmayin ko`zlari aro mardum.

Ul chibin chun ko`zini aylab ko`r,
Ko`nglining zaxmi ichra solib sho`r.

Lablari shavqidin chiqib joni,
La`l etib dashtni ko`zi qoni.

La`l yo`qkim, aqiqu marjon ham,
Ko`ngul ondin topib zarar, jon ham.

Og`zidin zarra aylamay ma`lum,
Ko`zga andoqki nuqtai mavhum.

Hech yo`q yerda yuz tavahhum etib,
Adam ichra vujudini gum etib.

Tishi naqshiki keldi rishtai dur,
Ko`zidin durdek oqizib mo`ldur.

Umri boshig`a yog`durub bu tagarg,
Mo`ldur o`rnig`a borcha jolai marg.

Aylabon chun tarannumi yodin,
Chekib andoq fig`onu faryodin

Ki, unin harkim istimo` qilib,
Olloh-olloh o`lub yana tirilib.

Sog`inib chun chohi zanaxdonin.
Chekibon borcha rishtai jonin

Kim, erur ko`ngli iztirob bila.
Tortqoy oni bu tanob bila.

Qadi fikrida chunki po`ya urub,
Oh o`tidin niholi umri qurub.

Unutub sarvi bo`stonni dog`i,
Sarv yo`q, ruh ila ravonni dog`i.

Beli torini chun xayol qilib,
Jismini ul xayol nol qilib.

Badani noldek bo`lub bejon,
Ko`ziga nol af`iyi pechon.

Solibon sim jismi ko`ngliga tob,
Siymgun ashkini qilib siymob.

Siymdek ashk ko`zi fosh aylab,
Bori olamg`a siymposh aylab.

Changining hay`atin sog`ingan dam,
Egri qaddin fig`oni aylab xam.

Dilkash istab bu egri afg`oni,
Tor o`lub anda rishtai joni.

Har zamon ko`ngli bir havo qilibon,
Changdek o`zga bir navo qilibon.


Lek o`z holig`a navo topmay,
Dard topib, vale davo topmay.

Za`fi   ortib  hadu   gumondin   ham,
Dardi ishqi fuzunroq ondin ham.

Ko`zi qon to`kmak ichra qonmay hech,
Uzi holin o`zi inonmay hech.

Debki: «Yorab, ne holat erkin bu!
Ne tuganmas malolat erkin bu!

Menmudurmenki, chunki qildim zo`r,
Ajdaho savlatimdin o`ldi mo`r.

Emdi ishq ajdahosi zo`r etti,
Ajdahokush tanimni mo`r etti.

Menmudurmenki, zohir etgach kin,
Ojizim bo`ldi ikki sheri arin!3

Dard ila hajr qilg`och arislonlik,
Mush o`lubmen, vale yarim jonlik.

Menmudurmenki, razm chun tuzdum,
Chin sipohini yolg`uzun buzdum.

Ishq chun ramzu kin shior etti,
Xayli sabrimni torumor etti.

Menda bor erdi aql ham, din ham,
G`amda toqat, baloda tamkin ham.

Ne balo ishq boshima soldi
Kim, sarosar bu xayl qo`zg`oldi

Oh o`tidin tutunnimu aytay!
Yo`qsa, bu tiyra tunnimu aytay!

Kim ko`rubtur kecha bu yanglig` uzun,
G`am kunidin qarolig` ichra fuzun?

Ham qaro, ham uzunu ham dilband,
Mahvashim sochidin kelib monand.

Munda men, anda notavon ko`nglum,
Munda men zoru anda qon ko`nglum.

Men dag`i garchi qonda bo`lg`ay edim,
Kosh ko`nglumdek onda bo`lg`ay edim!


Meni bu kecha muztar aylabdur,
Zor ko`nglumni abtar aylabdur.

Go`rdek tun erur qarong`u manga,    
Bo`lsa ne erdi so`ngg`i uyqu manga.

Charx qatlimg`a tig`i kin oldi,
Go`r ichiga tiriklay-o`q soldi.

Kosh, tig`in boshimg`a sursa edi,
Boshni tandin urub tushursa edi.

Qavmu xayliki bandam erdinglar,
Ne desam   sarfigandam   erdinglar.

Borchag`a ni`matim haqi bordur,
Bu sufat yuz haqim taqi bordur.      

Xizmatim ichra lof urar edingiz,
Lofi ramzu masof urar edingiz!

Qilichingiz usholdimu oxir!
Ilgingiz toshqa qoldimu oxir!

Meni yuz ming balo aro ko`rmang,
Har zamon o`lmagim ravo ko`rmang.

Tig` ila ko`kragimni chok aylang,
Bir-iki zarb ila halok aylang.

Qutqoring joni notavonimni,
Bihil ettim borig`a qonimni.

Demayinkim, bihildurur qonim,
Muzd bergaymen o`lsa yuz jonim.

Yorliq qayda ketti, yoronlar!?
Yo`q musulmonliq, ey musulmonlar!

Ulturub g`avrima yeting oxir!
Ming o`lumdin xalos eting oxir!»

Ishi to subh navha qilmoq edi,
Qonu tuproq aro yiqilmoq edi.

Tong qushi chun sahar ko`tardi xurush,
Za`f qildiyu ketti andin hush.


Eltti o`zidan uyla za`f oni
Ki, gumon etki, yo`qturur joni.

Charx chun qildi buyla ish angez,
Tushti haryon el ichra rustoxez.

Shohlarkim, anga mulozim edi,
Qullug`i borchasig`a lozim edi.

Yana beklar nekim, kichiku uluq,
Bori boshi yalang, saqoli yuluq.

Qildilar beqarorliq behad,
Har biri so`gvorliq behad.

Ko`rdilarkim,  jaza`da   yo`qtur sud.
Mundin   ish chorasi  emas  mavjud.


Oqibat majmai tuzattilar,
So`zni   har   nuktada   uzottilar.

Roy oxir bu ishga tutti qaror
Kim, davo  birla  past o`lur  bu sharor.

Ul davo dasht aro munosib emas,
Hukamo   bu  havoni  xo`b   demas.

Bo`ldilar   chun   bu  nav`   nuktasaro,
Soldilar shohni mahofa aro.

Dashtdin   shahr  sori   surdilar,
Shahni gulshan aro tushurdilar.

Shomg`a tegru yo`q edi hushi,
Ko`nglida o`ti, jismida jo`shi.

Taxt chun bo`ldi shohdin xoli,
Fitnadin xoli o`lmas el holi.

[XVIII]

    Bahromning o`z parivashi hajridin devona bo`lg`oni va hukamo aning oshufta dimog`i tankiyasig`a ishtig`ol ko`rguzub, mumtad zamonlar muolaja asbobin tuzub, ko`p zahmatlar bila aning oz nima o`ziga kelgoni va savdosi daf`ig`a tamosho uchun yetti iqlim salotinining yetti qasr bino qilg`onlari*

Shoh chun taxti uzra topti maqom
Xiradu  hushi   yo`q  edi to  shom.

Jismin aylab  edi  o`lukdek  saxt,
Taxta1  yanglig`  bo`lub edi  anga  taxt.

Kimki, taxt uzra ayladi ma`man,
Taxtadur oqibat anga maskan.

Chunkim ul kunga shom bo`ldi qarin,
Eydi tun xayli pardav mushkin.

Mushk isi soldi shoh mag`zig`a hush,
Ko`zin  ochtiyu bir  dam erdi  xamush.

Yana   chun   keldi   yodig`a   yori,
Etti   gardung`a   nolau  zori.    

Yana bunyod qildi sho`ru shag`ab,
Oshurub ko`ktin oh ila   yorab.

Charx  toqi   aro   fig`on soldi.
Xayli anjumg`a qo`zg`olon soldi,

Chekti gardung`a nolai jonkoh,
Tikti anjum ko`ziga novaki oh.

Burnog`i  tuncha  yuz  xaroblig`i,
Mehnat o`ti uza   kaboblig`i.

Ohi   yelig`a  charx   sovrulubon,
Uzi   hijron   o`tig`a   qovrulubon.

Tongg`acha bu edi anga ahvol,    
Tong yeli qildi jismini behol.

Yana   to   shom   hushi   zoyil   edi,
Jismi  har dam o`larga  moyil edi.

Necha kun chun bu nav` erdi xarob,
Qo`ymadi iztirob — jismida tob.

Ishq muhlik, firoq edi zolim,
Jism   ila   aqli   qolmadi   solim.

Sihhat   oning   mizojidin   ketti,
Tori   jismi   uzulgali   yetti.

Soldi  savdo dimog`i  ichra  xalal,
Aqlu hushi   junung`a   bo`ldi   badal.

Bir  zamon   o`zda,   o`n   zamon   bexud2,
Ne salomat mizojida, ne xirad.

Qolmadi chun tan ichra tobi aning,
Bordi oshubu   iztirobi   aning.

Zo`ri   afg`on  qilurg`a   yetmas  edi,
Unini   balki el  eshitmas edy.

Gah-gahi   cheksa   erdi   nolai zor,
Jismi zori topar edi ozor.

So`zi   ichra   yo`q erdi   hush  asari,
Yo`q  edi  o`z degonidin  xabari.

Xaylida kimda-kim bor erdi bilik,
Borcha   yig`lab,  yuvdilar  ondin  ilik.

Qilibon ul balog`a chora tama`,
Aylab arkoni davlati majma`.

Hukamo  borcha   ilm  aro   mohir,
Ulcha   taxtida   erdilar   hozir.

To`rt   yuz   erdi   borchasig`a   adad,
Har   biri  ojizi   hakimi  xirad.

Borini   hozir   ettilar   bir-bir,
So`zni  bu  nav`  qildilar  taqrir

Kim:  «Shahi komron necha yil  erur
Kim, boringizg`a ulcha kom berur.

Barcha   mamnuni  minnatidursiz,
Tarbiyat yobi   ni`matidursiz.

Bu  navozishlaru   inoyatlar,
Borchangizg`a o`kush rioyatlar.

Oning uchun ediki nogohi,
Charxdin yetsa dard jonkohi,

Daf`i ranji mizoj qilg`aysiz,
Marazig`a iloj qilg`aysiz.

Emdi ul kun yetibdurur bilingiz,
Ne qila olur ersangiz qilingiz!

Muncha elgaki shoh etar shafqat,
Bordurur har biriga bir xizmat.


Qilsa erdi adusi tug`yonlar,
Biz fido aylagay eduk jonlar.

Razmu kin oshkor qilg`ay eduk,
Jonimnzni nisor qilg`ay eduk,


O`zni ul ishda to erur maqdur,
Shammai tutmag`ay eduk ma`zur.

Lek mundog` marazki voqe`dur,
Sizga oning iloji roje`dur».

Hikmat ahlig`a bo`ldi chun bu xitob.
Dedilar fikr birla bunla javob


Kim: «Bu so`zlarki dedingiz, chindur,
Borchasig`a mahalli tahsindur.


Lek ishq ichra za`f topsa kishi
Daf`i oning emas hakim ishi.

Ishq o`ti kimni aylasa mahrur,
Aylamas daf` xirfa, bal kofur.

Har ko`ngul ichra solsa ishq o`ti tob,
Kerak ul bahri vasldin serob,


Bo`lsa tab` ichra xiltdin illat,
Moddiy bo`lsa har nechuk zahmat,

Bizga ishdur anga iloj etmak.
Tib ila sihhati mizoj etmak.

Lek bu za`f ishqdindur, bas —
Ishq o`tdur, bizning muolaja xas,

Necha bu nav` bo`lsa sa`y etali,
Choraning toru pudig`a yetali.

Ulcha imkoni bor etib tadbir,
Qilmoli jiddu jahd aro taqsir.

Bori maqsud erur, bukim ma`bud,
Bergay oning mizojig`a behbud.

Xiradig`a yetib salomat ham,
Tab`ig`a kirgay istiqomat ham».

Hukamo chun qilib bu nav` qabul,
Bo`ldilar shah ilojig`a mashg`ul.

Chora topmoqqa jozim erdilar,
Kecha-kunduz   mulozim   erdilar.

Yuz kishiga ibodat o`ldi ruju`,
Tun- ila kun niyoz birla xushu`.

Sihhati zotig`a duo qilmoq,
Sadqayu nazrlar ado qilmoq.

Yuz kishi qildilar yana ohang
Aylamakka fusun ila nayrang

Solibon daf`i jin qilurg`a navid,
Uqubon ruqya, yozibon ta`vid.

Yuz kishi safhag`a nazar aylab,
Tajriba sori ham guzar aylab.

Ham tavajjuh, ham ijtihod qilib,
Aylab oning ilojin, ulcha bilib.

Yana yuz ud so`zu laxlaxa soz,
Aklu shurb ichra ulcha bo`lsa niyoz.

Ne iloj ichrakim kerak asbob,
Aylab oning tahiyasig`a shitob.

Bo` sifat to`rt yuz hujasta zamir,
Rub`i maskunda yo`q biriga nazir.

Ikki yil tarki xo`rdu xob aylab
Ish saranjomig`a shitob aylab.

Qildilar onchakim shahi bedil,
Juzvi sihhat ayladi hosil.

Qildilar ko`p iloji ichra fusun
Kim, anga  kamrak o`ldi  za`fu junun.

Jismig`a ham g`izodin o`ldi madad,
Ham dimog`ig`a kirdi nuri xirad.

Topti chun bu qadar shifo ranjur,
Hukamo buyla qildilar mazkur


Kim: «Kerak qilmoq uyla ish paydo
Kim, ul ish bo`lsa dofii savdo:


Biri ul jumladin, imorat erur
Ki, tamoshosi ko`p natija berur.

Tarh qilsa muhandisi mohir,
Har zamon o`zga shakl etar zohir.

Har kishi g`olib o`lsa savdosi,
Daf`i savdo qilur tamoshosi.

Aylab arkani davlat ishga shitob,
Bo`ldi omoda ne kerak asbob.


Etti iqlim xonu xoqoni        
Anglabon shahda za`fi jismoniy.

Chun bor erdilar anga tobi` xayl,
Borcha aylab mulozamat sori mayl.

Qo`ymish erdilar ostonig`a yuz,
Aylabon   qullug`in   kecha-kunduz.

Angakim sa`b bo`lsa kelmak ishi,
Evaziga yibormish erdi kishi.

Ini yanglig` va yo o`g`ul yanglig`,  
Shahg`a xizmat qilurg`a qul yanglig`.

Buyla yetti shahi rafi` makon,._
Qullug`in aylab onchakim imkon,

Bori jondin tilab davosin aning,
Istabon tunu kun shifosin aning

Har biri istar erdi bir xizmat    
Kim, agar shahg`a qo`ysa yuz sihhat

Ishida elga guftugo`y o`lg`ay,
Anga ul ishdin obro`y o`lg`ay.

Chun imorat hadisi topti tul,
Er o`pub yetti shoh qildi qabul

Ki, qilib har biri bino bir qasr,
Har biri zeb ichinda ziynati asr.

Tunu kun ehtimom qilg`aylar,
Sa`y birla tamom qilg`aylar.

Har kun ul ishki qilsa bannosi,
Shah kelib aylagay tamoshosi.

Shahg`a arz aylabon topib ruxsat
Har biri jonig`a qo`yub minnat.

Shohning taxtidin yeti shahroh,
Olam ahlig`a gohu begah roh.

Bor edikim ulus yurur erdi,
Elga yo`llar uza murur erdi.

Shohlar azm etib, ul ishga bori,
Yo`l uzakim borur diyori sori.

Soldilar yetti qasri charx nihod,
Bo`ldi ish qilmoq ul sifat bunyod

Kim, sado tushti charx toqi aro,
El nafiri falak ravoki aro.

Charx yetkurdi oyu kundin xisht,
Yasalur deb yer uzra yetti bihisht.

Har zamon o`zga shakl etib paydo,
Shah tamoshosig`a bo`lub shaydo.

[XIX]

Etti falakdek yetti qasrning tugangoni va Moniyi musavvir har qasrni o`zga bir rang bila naqshbandliq qilg`oni, dog`i yetti iqlim salotinining qizlarin, ul yetti qasrda Bahrom bila aqd qilg`onlari va haftaning har kuni Bahrom bir qasrda suhbat tutqoni

Chun muhandislar ehtimom etti,
Har bir o`z qasrini tamom etti.   

Lek topquncha qasrlar itmom,  
Topti har lahza naf`lar Bahrom.

Har zamon bir ajabg`a nazzora,
Bo`ldi savdosig`a base chora.

Garchi har qasr edi falak payvand,
Rif`atu vus`ati falak monand.

Bir falak qadr chun edi Moniy
Sa`y birla tugattilar oni.

Xastaning boqi erdi savdosi,
Xasta ko`nglida ishq vasvosi   

Kim, tamom o`ldi ul yeti pargor,
Shoh qoldi nazoradin bekor.

Hukamo bo`ldilar chu kom ravo:
Dedilarkim: «Bu ishtur emdi davo

Kim, necha naqshbandi rangomez,
Bo`lg`oy ul qasrlarda san`at rez,

Ko`rguzub san`at ichra yuz nayrang,
Aylagaylar bu qasrlarni rang.     

Qilsa ne rang ichni naqqoshi,
Toshi ham bo`lg`ay ul sifat koshi»    

Borcha Moniyni qildilar hozir,
Dedilar: «K-ey funun aro mohir.

Chun sen erding burun ul ish sababi     
Kim, bo`lub erdi shohning tarabi.

Sihhatig`a yana sabab bo`lg`il.
Tab`ig`a boisi tarab bo`lg`il.

Qasrlar ziynatig`a ohang et,
Bu yeti qasrni yeti rang et.

Naqshini ulcha sen bilursen, qil,
Neki ko`nglung tilar qilursen, qil,

Sanga, ne nav` qil, demak so`z emas,
Har kishi so`z bilur, bu so`zni demas»

Ajz ko`rgach bu nav` chora sigol,
Ko`ziga qo`ydi barmog`in filhol.

Dedi: «Siz istagonni kelturunguz,
Ne masolih keraksa yetkurunguz!».

Ul deganni bular qabul etti,
Ul ishi boshig`a qo`pub ketti.

Mulk aro har ne bor edi naqqosh,
Barchag`a ish buyurmoq ayladi fosh:

Qalam ahlin qilib yeti sarkor,  
Yo degil naqshband, yo zarkor

O`zi ish tarhu rasmin tuzatib,
Har zamoni bir ish boshig`a yetib.

Sayr etar erdi subhdin to shom,
Bir imoratg`a har zamon Bahrom.

Har nafas ko`rgach o`zga bir timsol,
Anga mash`uf o`lub, ul ishda xayol.

Ko`ngli har yon chu ko`p bo`lub moyil,
Mayl savdosin aylabon zoyil:

Naqshlar jonibin xayoli tutub,
O`z xayoloti naqshini unutub1

Ham bu yanglig` chu o`tti oz fursat,
Qasrlar topti zeb yla ziynat.

Har birin o`zga nav` ettirang.
Bo`ldi ul yeti qasr yetti rang.

Shah mizojida ishq o`tig`a gudoz
Garchi qolib edi, va lekin oz.

Hukamo ko`p qilib yana tadbir,
Ko`p urub royu aylabon ta`bir,

Dedilar: «Emdi quvvatig`a sabab,
Za`fi raf`iyu sihhatig`a sabab —

Bu dururkim, chu butti buyla qusur,
Bo`lg`ay ul yetti qasr aro yeti hur.


Shohlar ichra hurvash farzand,
Kimda bor ersa loyiqi payvand.

Mutaaddid anga nikoh kerak,   
Qasrlar ichra rudu roh kerak»2.

Chun tafahhusg`a bo`ldilar mashg`ul,
Hosilan borcha kom topti husul:


Bor edi yetti shahda yetti pari,
Parda kenida aql pardalari.

Har biri aqlu jong`a ofat o`lub,
Aqlu jon yo`q, jahong`a ofat o`lub.

Poklik pardasida mehri sipehr,
Pardada uylakim, sipehrda mehr.


Husn burjida ravshan axtarlar,
Lutf durjida pok gavharlar.

Axtar, ammo bulut ichinda nuhuft,
Gavhar, ammo anga yetishmay suft.


Har biri vasfida bayon qosir,
Ne bayon, kilki nuktaronqosir.
 
Husn aro mohu mehrg`a foyiq,
Shoh aqdig`a har biri loyik.

Etti iqlim hukmronlarig`a,
Etti so`z o`tmagan gumonlarig`a —

Parda ichra hadisi pinhoni,
Uylakim fahm qildilar oni.

Borcha yer o`ptilarki: «Bizga nehad,
Aylamak yo qabul, yoxud rad.

Neki shah royi olam oroyi,
Muttafiq anga borchamiz royi.

Zarralarni quyoshqa yetkuradur,
Qatralarni tengizdin oshuradur».

Chun bu so`z o`tti, toptilar dastur,
Shohlar rasmi birla qilmoq sur.

Sur dasturi topti chun tarvij,
Shoh ila topti mohlar tazvij3.

Har biri bir taraf xirom etti.
Otasi qasrini maqom etti.

Hukamo bo`ldilar chu vaqtshunos4,
Buyla soat ishiga bo`ldi qiyos

Kim, shahi komgori komravo,
Haram ahlig`a aylamak parvo.

Ko`nglini moyili haram qilmoq,
Haram ahlini muhtaram qilmoq.

Tongla shanba kuni munosibdur
Kim, kavokib sharafg`a kosibdur5.

Qasri mushkin aro tuzub avrang,
Mushkbo` mayga aylamak ohang.

[XX]

    Shanba kuni Bahromning mushkfom liboslar kiyib, gunbadi mushkinga xirom qilib, g`azoli mushkbo` bila bodai mushkin ichgoni va bu mashg`ulluq bila hijron o`tining dudi qaro qilg`on kunni shomg`a yetkurgoni

Subhi shanbaki, shomi dayjuriy,
Yuziga hulla yopti kofuriy1,

Qasri mushkinga qo`ydi yuz Bahrom,
Ichgali mushkbo` g`azol ila jom.

Lu`bati hindzodu chiniyvash,
La`li jonbaxshu sunbuli dilkash.

Hullasin oydek aylabon shabgun,
Durlar ul hulla uzra kavkabgun.

Taxtu raxtini aylabon mushkin,
Mushk uza yer tutub g`azolai Chin2.

Tutubon uyni mushkdin zulmot,
Mahvash ul zulmat ichra obi hayot3.

Shah dag`i hulla mushkfom aylab,
Kirdi mahvash sari xirom aylab.

Taxt uza chiqti vorisi Jamshid4,
Anga yondoshti g`ayrati xurshid.

Ichilur erdi mushkbo` boda,
Mushku anbar buxuri omoda.

Anga tegruki mushk sochib shom,
Qildi olam yuzini anbarfom.

Elga erdi tarabfizo shanba
Shahg`a erdi, vale azo shanba.

Hukamo aylab amri bo`su kanor,
O`zga ishdin buyurmish erdi kanor.

Muni mahvash dag`i bilur erdi,
O`zni shahdin yiroq qilur erdi.

Shahg`a kunduz iloj erdi nishot,
Kecha uyqug`a aylamak ifrot.

Soldi g`am shomi ko`ngliga qayg`u,
Uylakim o`chti ko`zidin uyqu.

Mahvash o`z pardasida bo`ldi nihon,
Shahg`a hijron qorong`u etti jahon.

To`lg`onur erdi tiyra holi bila,
Dilbari zulfining xayoli bila.   

Ko`rdi g`am shomi ko`p azob aylar,
Uyqusizliq ani xarob aylar.

Hukm qildiki, bir-iki xodim
Bo`lubon ushbu yo`l sori ozim

Kim, erur ushbu qasr ul sori,
Aylabon sa`yu jahd izhori.

Kim yo`luqsa, manga ketursunlar,
Baytul-ihzonima yetursunlar

Kim, necha nukta oshkor desun,
Sarguzashtin fasonavor desun.

Shoyad uyqu ko`zumga mayl etgay,
Andin osoyishi manga yetgay.

Borg`och-o`q toptilar jahongarde,
Sayr qilmoqta charxi novardi.

Parda keyniga keldi chun soyir,    
Bo`ldi hukmi julus anga zohir.    

Er o`pub chun musofir o`lturdi,
Shah anga qissa hukmini surdi.

Soyir o`ldi chu qissadin ogoh,
Topti har ne, anga edi dilxoh.

Shohni ko`p qilib duo bila yod
Ki: «Bo`l anduhu qayg`udin ozod».

Avvalg`i iqlim yo`lidin keturgan musofirning fasona demagi

Boru yo`q chun duoki bildi, dedi,
Dedi: «Bir bor ediyu bir yo`q edi.

Hnnd mulkida bor edi shohi
Shohlig` ishlaridin ogohi.

Chirikiga kanora yo`q paydo,
Maxzanig`a shumora yo`q paydo.

Tig`i hindiy chnqorsa kishvargir,
Olibon to Xitoy, bal Kashmir.

Ham falak par humoyi baxti aning,
Ham  Sarandib5  poytaxti aning,

Laqabi Xon edi, oti Jasrat6,    
Mulkidin shohlarga yuz hasrat.

Jumlai olam ichra hashmatron,
El ani derlar erdi «Jasratxon».

Bor edi bir xujasta farzandi,
Ko`ngli qutiyu bag`ri payvandi.

Barcha donish aro yagona kelib,
Husn aro nodiri zamona kelib.

Otasi ko`ngliga surur andin,
Hind elining ko`ziga nur andin;

Lutf ila xulqi haddu g`oyatsiz,
Fahmu idroki hud nihoyatsiz,

Bori ilmu kamol aro mohir,
Zotidin yuz kamol o`lub zohir.

Borcha bir soriyu bu bir sori
Kim, kishiga yetishmay ozori.

Zuhdu taqvo kelib shiori aning,
Bo`lubon poklik hisori aning.

Oti Farrux jamoli farxunda,    
Xulqi olam elin qilib banda.    

Otasi qirq yil surib xonliq,    
Qilmish erdi ulusqa sultonliq,

Yoshi seksong`a tegru yetmish edi,    
Ko`nglidin umr zavqi ketmish edi.

Istar erdi tirikligida o`zi    
Yorumoq o`z charog`i birla ko`zi.

O`g`lig`a mulku taxtu tojin ham,
Hind molin, Xito xirojin ham,

Beribon yuz tafoxxur aylar edi,
Lek Farrux tanaffur aylar edn.

Faqr etib erdi ko`nglini mashg`ul,
Aylamas erdi saltanatni qabul.

Ham kelib shohliq ishida batang,
Ham taahhul ishida erdi lang.

Shahg`a bu nkki ish edi maqsud,
Ikkisi shohzodag`a mardud.

Otasig`a bu justjo`y erdi,
Anga man`ida guftugo`y erdi,

Bir kecha bor edi ibodat aro
Nurdin matlai saodat aro.

Subh chun sajdai niyoz etti,
Ko`ziga uyqu turktoz etti.

Jilva qilg`och xayoli ruhoniy,
Ming suvar zohir o`ldi pinhoniy:

Uzini ko`rdi bir biyobonda
Kim, ulus behisob edi anda.

Borcha ko`ch ahliyu safar xayli,
Bir taraf lek borchaning mayli.

Bor edi ul aroda bir mahmil,
Buxtiyi charx o`lub anga homil.

Mahmil7 ustida maxmali mushkin,
Mushk sochib nechukki nofai Chin.

Mutaharrik bo`lub nasimi sabo,
Chunki mahmildin o`ldi parda rabo.

Ul amorida xud pari erdi,
Ne pari, mehri xovari erdi.

Ul quyosh lam`asi kul ayladi pok,
Notavon jismin uylakim xoshok.


Boqti Farrux chu ul taraf betob,
To`lun oyni yoshurdi tiyra sahob.

Ulcha yetti quloqqa xalq deri,
Bu edikim: «Erur bu Quds yeri».

Farrux uyg`ondi sekrib uyqudin,
Ko`zidin uyqu o`chti qayg`udin.


Har zamon pechu tobi ortar edi,
Ko`nglining iztirobi ortar edi.   


Ko`rdikim fikri etmasa nofi`,
Ishq zulmi ani qilur zoyi`:

Ko`ngliga ayladi safarni jazm,
Aylamak Quds dashti sori azm.


Yo ne matlub erur anga yetmak,
Yo talab ichra tarki jon etmak.

Tong yeli chunki surdi tun dudin,
Iig`di ko`k chatri anbar oludin8.

Ochti farxunda tal`atin kunduz,
Qo`ydi Farrux otosi taxtig`a yuz.

Supurub yer jabin bila bisyor,
Ayladi muddaosini izhor

Kim: «jahongardlig` erur havasim,
Yo`q ani man` etarga dast-rasim.

Xiradim qildi bu havas bexud9,
Chun havas g`olib o`ldi ketti xirad.

Bu azimatda ixtiyorim yo`q,    
Azm to qilmog`um qarorim yo`q,

Buyla ishkim manga tavallodur,    
Shohdin ruxsat o`lsa avlodur.

Bo`lmasa ruxsat, o`lg`ucha ogah.
Qetgudekmen boshim olib nogah».

Shoh eshitti chu bu sifat padrud,
Kuydi andoqki, chiqti boshig`a dud.

Chekti pargola bag`ridin lola,
Dedikim: «Ey bog`irg`a pargola,

Furqating birla urma bag`rima o`q,
Har ne so`z der esang degil, muni yo`q!

Kim, bukun tonglaliq bo`lubdurmen,
Umru jon uzrini qo`lubdurmen.

Xanjari hajr ko`ngluma urma,
Men xud o`lgum, burunroq o`lturma!»,

Ko`p fig`on chekti borcha dardolud,
Ishq chun g`olib erdi qilmadi rud.

Ko`rdikim, o`g`li so`zi oshubdur,
Anga bir nav` o`t tutoshubdur .

Kim, oto ashki oni past etmas,
Ko`ngli topmas qaror, to ketmas.

Ko`zi yoshin oshurdi to`fondin,
Yudi nokomdin ilik jondin.     

Cherikidin yorimin oyirdi,
Ganj nisfini ham anga berdi.

Munga loyiq asosi shohona,
Har g`aroyibki ham kerak yona.

Yasadi ul sifat asosin aning
Ki, xirad topmag`ay qiyosin aning.

Beribon ruxsat oni shod etti,
Jon bila jismi xayrbod etti.

Yondi Jasrat qo`yub balo sori rux,
Ko`ch bar ko`ch tebradi Farrux.

Yurumak erdi tunu kun komi,
Yo`q edi hech yerda oromi,

Shahr bar shahr edi xiromi aning,
Etguncha maqsadig`a gomi aning.

Ul zamon kimki qilsa azmi tavof,
Ka`ba o`rnida Quddus erdi matof10.

Ham yetib erdi vaqtu yuz ming xayl,
Aylab erdi tavof sori mayl.

Farrux ul pok yerga chun yetti,
Pok ko`ngli bila tavof etti.

Qo`ydi tufroqqa yuz niyoz bila,
Sham`dek yig`ladi gudoz bila.

Istadi hojatinki xoliqi dahr   
Anga matlubidin yeturgay bahr.      

Ko`ziga uchrag`ay diloromi,
Hosil o`lg`ay visolidin komi.

Necha kun chun bu nav` edi anga hol,
Zohir ermas edi ishiga maol.

Tavf ahli yonorg`a bog`lab bel,
Ketti to`shluq to`shiga kelgan el,

Ul kecha g`amdin asru bedil edi
Tushta biri anga bu nukta dedi

Kim: «agar aylasang murod talab
Turmayin, tongla ayla azmi Halab»11.

Uyg`onib sabru toqati ketti,   
Qo`pti dog`i Halabg`a azm etti.

Xalab ahli ko`p erdi g`oyatsiz,     
Io`lda suv oz edi nihoyatsiz.

Cherikin qaytarib ijozat ila,
Yo`lg`a kelturdi yuz irodat ila

Bo`ldi chun qaytmoq sipoh ishi,
Bila qoldn yuz-iki yuzcha kishi

Kim, mahol erdi qaytmog`lig` alar,
Shahlari tarkin etmog`liq alar.

Munga loyiq yarog` birla tamom,
Ayladi Farrux ul no`l uzra xirom.

El Halab ozimi ko`p erdi base,
Vatani sori borchaning havasi.

Shohzoda alar bila hamroh,
Lek hamrozi dardu munisi oh,

Bordilar goh-gohu tushtilar —
To Halab mulkiga yovushtilar.

Shahr eli dog`i chiqmish erdi g`uluv,
Ko`yu dasht erdi xalqdin mamluv.

Farrux ul qissa iztirorida,
Ko`zi har lahza bir amorida

Ki, ko`rundi ko`ziga bir mahmil,
Noqasi shahr sori musta`jil.

Tushta ko`rgan kibi yopug`i qaro,
Iztirob o`ti tushti joni aro.

Buyla holatda tund yetti shamol,
Ochti mahmil kanorasin filhol.

Chun ochildi bulut, ko`rundi quyosh
Tushta ko`rgan quyoshi bo`ldi fosh.    

Istaganni bu lahzakim topti,
Yana xurshedni bulut yopti.

Kunni chun tiyra abr qildi nihon
Bo`ldi Farrux ko`ziga tiyra jahon.

Chunki ul nur qolmadi ko`zida,
Ko`ngli bir lahza yo`q edi o`zida.

O`ziga kelgach ochti ko`z holi,
Dasht o`lub erdi xalqdin xoli.

Shahr aro kirmish erdi ahli safar,
Vatani bo`lmish erdy elga maqar.

G`ayri Farrux dag`i necha xodim
Kim, aning birla erdilar ozim.   

Ko`rdi Farruxki ish qatiq tushti,
Zahr hijroni bas achiq tushti.

Nechakim kuydi notavon joni,
Elidin asradi nihon oni.

Jahd ila ayladi shikeboliq,
Bo`lmasun deb ishida rasvoliq.

Eli holida anglabon tag`yir,
Bir-biriga so`z aytibon bir-bir.

Chun aning holig`a tag`ayyur o`lub,
Bilmayin xaylig`a tahayyur o`lub.

Bori bir nav` hol ila nokom,
Manzili toptilar qilurg`a maqom.

Lek shahzoda bor edi behol,
Eltibon hardam oni o`zga xayol.

Qilmayin fahm guftugo` chog`i,      
El so`zin dog`i, o`z so`zin dog`i.

Ochti tun xayli chun qaro parda,
Yo qaro ranglnk saroparda.

Anglabon   shohzodani   g`amgin,
Bo`lubon qavmu xayli borcha hazin,

Elin anglab asir qayg`ug`a,
Soldi shahzoda o`zin uyqug`a.

Oni uyqu aro ko`rub xayli,
Borcha qildilar uyquning mayli.

Ko`zlarin yumg`och ul suruk mahzun,
Borchasin uyqu xayli etti zabun.

Elni shahzoda masti xob ko`rub,
Ishq o`tidin ichinda tob ko`rub,

Qo`ptiyu oldi qog`azu xoma,
Yozdi xaylig`a bu sifat noma

Kim: «havodis yeridurur olam,
Ondin ozod emas bani odam.

Har ne el olig`a yozibdur haq,
Chora yo`q oni ko`rmayin mutlaq.

Manga ovoraliq emish taqdir,
Ishqu bechoraliq emish taqdir.

G`urbat.ichra bo`lurg`a ovora,
Manga taqdir bo`lsa ne chora.

Tushti olimg`a uyla qattig` hol
Ki, bayonida keldi notiqa lol.

Gar manga buyla sa`b suratdur,
Chunki taqdir erur zaruratdur.

Spz bu g`urbatda turmangiz zinhor,
Meni istab yugurmangiz zinhor

Kim, tilab munda topqungiz yo`qtur,
Toiishur yerimiz vatan-o`qdur.


Men baliyatda jondin ar to`yg`um,
Tirik o`lsam vatang`a yuz qo`yg`um.

Agar o`lsam bihil qiling oxir,
Meni o`zdin bihil biling oxir!

Tutmangiz bu diyor ichinda maqom,
Qaytingiz, vassalomu val-ikrom»


Ruq`aning kog`azig`a berdi navard,
O`rnida qo`ydi ul sahifai dard.

Egnidin soldi shosvor libos,
Kiydi o`rnig`a rom rang palos.

Qo`ptiyu chiqti uydin ohista,
Aylar erdi xirom payvasta.

Shahr aro po`ya urdi ko`y-bako`y,
Telba yanglig` yugurdi so`y-baso`y.

Oqibat kunji gulxani topti,
Yotib o`zga palosini yopti.

Garchi gulxan kuli makoni aning,
Lek do`zax o`tida joni aning.

Anga bu hol soldi kofir ishq,
To ne qilg`ay ishini oxir ishq.

Subh chun tuzdi ko`rau damni12,
Mehr o`tidin yorutti olamni.

Qo`pub ul xayl beshikebu tavon,
Bo`ldilar shohzoda sori   ravon.

Oni o`rnida ko`rmayin mavjud,
Chektilar borcha ohi dard olud.

Urdilar po`ya birla har sori yuz,
Istab oni iki kecha-kunduz

Topmadilar nishonai andin,
To`ydilar ul firoq aro jondin.

Ruq`aikim yozib edi, nogah
Topib, ishidin o`ldilar ogah.

Bildilar bedavo erur bu alam,   
Tutubon holiga aning motam.


G`urbatidin debon ko`p afsona,
Navha ko`p chektilar g`aribona,

Sudsiz erdi chunki ul oshub,
Ham vatan sori bo`ldilar rahko`b.

Bu taraf shohzodai bedil,
Chun vuquf oncha ayladi hosil

Kim, eli oni topa olmay jazm,
Yig`layu qildilar vatan sori azm.

Ko`ngli o`z holig`a buzuldi base,
Kuydi g`am o`tig`a nechukki xase.

Shohliqdin tushub gadoliqqa,
Yuz balo nchra mubtaloliqqa.

Qo`zg`abon hardam oni bekaslik,
Ishiga hech chora bilmaslik.

Yuz tuman mungda joni afgori
Borcha bir soriyu bu bir sori

Kim, anga muncha ranj o`lub ro`zi,
Kuydurub ko`kni ohi jonso`zi.


Muncha ish boisi nihon erdi,
Ne nihon, balki benishon erdi.

Bo`lmay ul shahrg`a kanora padid,
Ne mahallotig`a shumora padid.

Anda yuz yil kishi bo`lub soyir,
Etmagi barcha yerga yo`q zohir.

Uyi sahro qumi hisobig`a jo`b,
Eli xud necha onchadin ham ko`p.

Farruxi notavon necha kun edi
Ki, ne suv ichti, ne taom yedi.

Kimsakim, topmag`ay taom ila bahr,
No`sh qilg`ay taom o`rnig`a zahr.


Ishqdin jonda bo`lg`ay ozori,
Tani g`urbat o`ti giriftori.

Hajrdin ham anga malol o`lg`ay, —
Fikr qilkim, anga ne hol o`lg`ay.


Anga bor erdi muncha g`am bori,
Shohlig` tarki, lek bir sori.

Xasta jonig`a yuz taab tushti,
Ko`rki ish tushtiyu-ajab tushti.

Dedi: «Bu ajz birla butmas ishim,
Bordurur tengrim, ar yo`q ersa kishim.


Nechuk o`lsa oyoq uza turayin,
Yotib o`lguncha dastu-po urayin».

Qo`ptiyu qildi shahr ichiga xirom,
Har taraf solur erdi bilmay gom.

Bir-nkki kun bu nav` urdi qadam,
Za`f aning vujudin etti adam.

Ishq chun tu`madin qilib edi fard,
Quvvatu quti erdi ishq ila dard.


Jismkim, topmadi g`izo bila qut.
Bo`ldi — suvdin yiroq tushgan hut.

G`urbat ichra yurur edi bekas,
Kishisi dardi ishq erdiyu bas.

Ikki-uch kun chu buyla kezdi yabob
Ne anga sabru hush, ne xo`ru xob.

Ko`rdi behad erur balo asru,
Bordurur dardi bedavo asru.

Harakatdin qolur tani zori,
O`zini chekti bir buzug` sori.

Qo`ydi boshining ostig`a bir tosh,
Dedi: «Bosh o`lmog`oy edi manga kosh!»

Sundi tufroq uza tani zorin,
Boshqa chekti palosi idborin.

Ko`ngli andoq hayotdin to`ydi,
Jon berurga yaqin ko`ngul qo`ydi.

Xojan bor edi Halabda g`aniy,
Mehmondorliq shioru fani.


E`tibori ko`p el aro behad,
Johu molig`a yo`q hisobu adad.

Anga uy erdi mehmonxona,
Anda kup oshnovu begona,

Ko`ngli behad rahimu tab`i saxiy,
Shahr xalqi ichinda oti Axiy.

Sayr aylar edi gahu begoh,
Surubon markabin rahu beroh.  

Goh yo`l boshlari sari boribon,
Goh vayronalarni axtaribon

Qayda topsa g`aribi mazlume,
Xastau nomurodu marhume.

Bo`lubon bir nafas anga hamdam,
Yoqibon ko`ngli zaxmig`a marham.

Negakim bo`lsa muqtazi zoti,
Aylabon ul qadar murooti.

Shahr eli andin erdi sharmanda,
Qarami borchani qilib banda.

Go`yi ul kun Axiyi sohib xayr
Shahr atrofini qilur edi sayr

Kim, buzug`ni vatan qilib Farrux,
Qo`ydi idbor tufrog`i uza ruh.

Xojakim ul buzuqqa yovushti,
Ko`zi ul notavon sori tushti.

Surub ulyon Axiyi davlatmand,
Tushtiyu berdi qullarig`a samand.

Kelib olig`a dedi: «Ey marhum,
Kimsen, ahvoling et manga ma`lum!»

Notavon yuz ochib salom etti,
Ulturub behad ehtirom etti,

Dedi: «Ey xojai xujasta jamol,
Bor yo`lung birla, so`rma mendin hol.

Yuqmag`ay ko`nglunga g`amim asari,
Tushmagay  joningga  o`tum  sharari».

Xoja pchn ko`rdi ul ruhi mahvash,
So`ngra bu nav` posuxi dilkash.

Ham yuzi oni beqaror etti,
Ham so`zi oni ashkbor etti.

Ne ko`rub erdi uyla turfa jamol,
Ne bu yanglig` eshitmish erdi maqol.

Bildikim, bas aziz paykardur,
Angladikim, sharif gavhardur,


Sa`y ila markab uzra mindurdi,
Xizmat aylab uyiga yetkurdi.

Chun tushurdi aziz mehmonni,
Yuzidin ravshan etti ayvonni.

Chekti avval taom ila sharbat.
Mehmon qildi ul sori rag`bat.

Ulcha mumkin Axiyi ravshan roy,
Mizbonliq ishin keturdi bajoy.


Har tarafdinki so`z suol etti,
Posuxi oni gungu lol etti.

Gavhar afshon javobidin soyil,
Bo`la olmay savolg`a moyil.

Hujrae xilvat ayladi tartib,
Kecha bo`lmoqqa mehmoni g`arib.

Kechalar mehmon tutub xilvat,
Munisi erdi anduhu g`urbat.

Ishqdin tortibon hazin nola,
Za`faron uzra yog`durub jola.

Kunduz o`lg`och xamush o`lub yona,
Maskani erdi mehmonxona,

Yorutub ko`z Axiy aning yuzidin,
Topibon bahra durfishon so`zidin.

Arz etar erdi guna-guna libos,
Mehmon qilmas erdi, tarki palos  

Xotiri chun bor erdy asru sharif,
Mizbon   qilmas erdi   ko`p   taklif,

Necha kun chunki anda tutti maqom,
Kecha xilvatqa aylar erdi xirom.

Xoja ta`yin etib mulozimlar,
Girdida qo`ymish erdi xodimlar.

Bo`ldilar bir kecha alar nogah
Yoshurun ohu ashkidin ogah,

Xojaga arz qildilar oni,
Xoja ham kecha keldi pinhoni.

Yoshurun borcha xalq yotqon chog`
Xilvati ravzanig`a qo`ydi quloq.

Bildikim, ranji haddin oshibdur,
Bul`ajab o`t anga tutoshibdur.     

O`rtanur ohi umrkoh bila,
Qizitur uyni o`tlug` oh bila.    

Nadba o`z holig`a qilur payvast,
Lek el vahmidin bag`oyat past.

Xoja dog`i bor erdi g`am ko`rgan,
Ishq bedodidin sitam ko`rgan.

Ko`nglini buzdi mehmon dardi,
Nolau ohi dardparvardi.

To`la aylab sirishk birla ko`zin,
Ko`p quloq tutti anglamoqqa so`zin.

Gah surar erdi nukta dilbaridin,
Gah der erdi sipohu kishvaridin.

Garchi fahm aylab erdi parzona
Kim, erur tavru tarzi shohona.    

Emdi jazm ayladiki, shohdur ul,
Saltanat avji uzra mohdur ul.

Lek bir ish ani nizor etmish,  
G`urbat ichra asiru zor etmish.

Qo`ptiyu tark qildi nazzora
Kim, ne qilg`ay bu ish uchun chora.

Dedi: «Bu dard angaki pinhondur,
Anglamoq oni xud ne imkondur

Kim, erur dardu ishq tavrida chust,
Demak imkon emas g`amini durust.

Magar el oni mayparast etgay,
Rozini anglag`oy, chu mast etgay»,

Subhkim kiydi hullai kofur,
Qo`ndi boshi uza amomai nur13.

Urdi mehmonsarog`a xoja qadam,
Qeldi chun xoja, keldi mehmon ham.

Tushqa tegru taomu suhbat edi,
Eguluklarda zebu ziynat edi.

Ham quyosh ayladi zavolg`a mayl,
Ham havo qildi e`tidolg`a mayl.

Xoja majlpsda hozir ayladi may,
Chiqti savti rubobu nag`mai nay.


Oncha bazm ichra qildi ziynatu zeb  
Ki, ichar eldin oldi sabru shikeb.

Ko`raka olig`a qo`pub bordi,
Yukunub bir qadahni sipqordi.

Yana qo`l sundi jomi bodag`a ham,
Yukunub tutti shohzodag`a ham.


Mehmon andin erdi ko`p mamnun,
Yo`q, debon qilmadi ani mahzun.

Oldiyu lutf birla ayladi no`sh,
Ul ichib boda oldi eldin hush.

Davrni chun tugatti soqiyi bazm,
Uzga soqiy qadahg`a ayladi azm.

Chun necha davr o`tti pay-darpay,
Majlis ahli boshig`a chiqti may.


Ham tarannumgar o`ldi nag`masaro,
Ham takallum uzoldi nag`ma aro.

Ko`kka yetti sadoyi no`sho-no`sh,
Muttasil bo`ldi bazm eliga xuro`sh.


Jomi may chun ilikdin oldi zimom,
Bo`ldi el guftugo`yi beandom.


Xoja g`avg`odin aylab o`zni xalos,
Tutti shahzoda birla majlisi xos.

Bu tutub andin o`zni sharmanda,
Ul o`pub tufroq o`ylakim banda.

Chun hijob oldi aqldin boda,
Bo`ldi beixtiyor shahzoda.

Yodig`a kirdi mulku ma`vosi,
Bo`lmoq imkoni yo`q tamannosi.    

To`la aylab sirishk birlan ko`z,
Ayta boshladi holatidin so`z.

Xoja maydin rioyat aylab edi,
Ehtiyotin bag`oyat aylab edi.

So`z demakda mudovamat birla,
Yuz   fusunu  muloyamat  birla

Mutaoqib suolu posuxdin,
Chekar erdi hadis, Farruxdin.    

To nasab birla gavharin bildi,
G`urbatu mulku kishvarin bildi.

Hashmatu ganji beqiyosin ham,
Jasratxon kibi otosin ham.


Tushta ishqin ham ayladi mafhum,
Bo`ldi ma`shuqi ham anga ma`lum

Ki, Halab mulkida emish beshak,
Andin o`lmish anga bu nav` emgak.

Chun nishonin surarg`a tushti harif,
Ayta boshladi notavonu zaif.


Xoja jismig`a tob tushti base,
Ko`ngliga iztnrob tushti base

Ki, bu yanglig` nishonalarki dedi,
Harami iffatig`a sodiq edi.


Bor emish buyla o`rtagan oni
Xojaning mash`ali shabistoni.

Jazm qildi Axiyi daryo dil
Qaydin o`lg`onni xasta shaydo dil.

Dedi, fikr aylabon muruvvat ila,
Topti bu nuktani futuvvat  ila


Kim: Bu yanglig` g`aribu ham oshiq,
Ishq tavrida bu sifat sodiq

Ki, bu g`urbatni ixtiyor etgan,
Tark olamda harne bor etgan.

Ishq aro kirmayin jahon ko`ziga,
Tutmish o`lg`oy o`lumni ham o`ziga.


Emgakidek kishida emgak yo`q,
Hajr aro o`lgusidurur shak yo`q.

Menki oning g`amig`a qolurmen,
Dardig`a chora aylay olurmen.

Qilmasam, o`lsa, ul muruvvat emas
Oni yaxshi muruvvat ahli demas.

Kishi bu ishga chora qilmosmu,
Manga ahli haram topilmosmu?

Lutf ila dedi xojai dono:
«G`am yema, ey musofiri barno!

Sanga bu g`amki ofati jondur,
Manga tadbiri behad osondur.

Seni qilg`on bu nav` bechora,
Xonumoningdin etgan ovora,


Garchi joningg`a husni ofat erur,  
Biznnng eldur, manga qarobat erur.

Seni komingg`a yetkururmen bil!
Lek har neki dermen, andoq qil!»

Oqizib xasta shodlig`din yosh,
Qo`ydi filhol Axin ayog`ig`a bosh

Kim: «Ne so`zkim desang, manga ne had.
Aylamaklik eshitmayin oni rad.


Dardima gar qilur esang darmon,
Qilayin harne aylasang farmon».

Chun bu nav` o`tti so`zlari payvast,
Tun kech erdi, uyudilar iki mast.

Chun sahar xutbasini chekti xuro`s,
Jilvagar bo`ldi kun, nechukki aro`s14.

Uyqudin qo`pti ikki ozoda,
Qo`ydi yuz xoja sori shahzoda

Kim: «Agar va`dani unutmoysen,
Degoningdin kanora tutmoysen.

Meni ham nega aylasang ma`mur,
O`zni ul ishda tutmayin ma`zur».

Xoja hammomg`a yibordi ani,
Chirki hijrondin orimoqqa tani.

Chiqqoch ondin xud erdi omoda,
Tah-batah to`n kiyarga shahzoda.

Bo`ldi shabgun palosidin ozod,
Kiydi shoxona to`n mahi navshod.

Ham chekildi samandi shohona,
Otlanib bordi uy sori yona.

Uy dema, qasri zarnigor erdi,
Anda shahzodag`a qaror erdn.

Qo`yubon oni yuz navo ichra,
Xoja kirdi xaramsaro ichra.

Qo`pti gulchehra yuz niyoz bila,
Demayinkim niyoz, noz bila.


Axiy o`lturdi, ul ham o`lturdi,
Xoja yuz nukta sori kelturdi

Ki: «Nekim tengri aylamish taqdir
Aylay olmas kishi anga tadbir.


Sangau bizga vasl davroni,
Muncha yozmish qazoyi yazdoni.

Vasl ayyomi ichra erduk shod.
Shukr etib qayg`udin eduk ozod.

Emdi bo`ldi muforaqat chog`i,
Shukr vojibdurur budam dog`i.

Harnekim yozdi kirdigor manga,
Aylamakda ne ixtiyor manga.


Senki umre manga anis erding,
Yori hamxobau jalis erding.

Harne sendin bo`lubturur mavjud.
Neki men, bal xudoy ham xushnud».

Xoja surmak aro bu nav` maqol,
Aylabon sarvqadni hayrat lol.

Chun bu yerga fasonasi yetti,
Sarv gulchehrani taloq etti.

Chekti gulrux nafir ila faryod,
Ki: «Nedin mundog` aylading bedod,

Ne ko`rub manga bu sitam qilding?
Qismatim to abad alam qilding!»

Oncha surdi Axiy fusun ila dam,
Oncha ko`rguzdi mehribonlik ham.

Diramu mol beadad berdi,
La`lu dur beqiyosu had berdi.

Dedi: «Bu erdi ulcha olding naqd,
Bir kishi birla aylagum seni aqd

Kim, erur avji saltanat mohi,
Dahr uza taxti makramat shohi!»

Husnini dog`i qildi ko`p ta`rif,
Tig` birla ham etti ko`p taxvif.

Qildi har nav`kim edi mumkin,   
Sarv gulchehra shaynini sokin.

Har ne mahvashqa ro`zi etti qazo,
Topmadi hech chora g`ayri rizo

Ish payg`a Axiy qo`pub ketti,
Har nechukkim kerak yarog` etti.

Maxzanu ganj quflini ochti,
Naqd oncha yarog` uchun sochti

Kim, bori ish yosoldi shohona,
Sarv ila gulni qildi hamxona.

Aqd uchun kelturub bir ahli saloh,
Qildi ul vaqt rasmi birla nikoh.

Yo`l yarog`in qilib edi tayyor,
Ikki kavkabni qilg`ali sayyor.  

Yuz adad banda — turku rumiyu zang
Yo`lda   qulluqqa   qilg`oli   ohang.


Xachiru teva borchasi zebo,
Borchaning raxti atlasu debo.

Uy ila borgohu shamiyona,
Anga loyiq gilimi ham yona.

Mutakallif mahofa dog`i rakib,
Ulcha mumkin qilib edi tartib,—

Borchasin Farrux olig`a surdi,
Xizmati ahli birla topshurdi.     

Hamrah o`ldi alarg`a bir manzil,
Andin o`lg`och yana ravon mahmil

Mijadin qon yoshin kushod etti,
Mehmon birla xayrbod etti.

Dedi: «Etgil diyoru kishvaringa,
Eya bo`l mulku taxtu afsaringa».

Yodgor istadi palosin aning,
Tmlab oldi qaro libosin aning.

Yondi yig`lab Axiyi ozoda,
Yig`loyu yo`lg`a tushti shahzoda.

Oncha erdi Axiy uchun bad hol,
Qam aning ishlari xayolida lol

Kim, parivashqa bo`lg`oli moyil
Ul g`amu iztirob edi hoyil.

Hajr o`tining chu bo`ldi so`zi past
Qildi Farrux visol uyiga nishast.

Ayladi mayl gulruxi sori,
Ko`rdi ashkin yuzida gulnori.

Yuzni tirnoq ila figor etgan,
Bargi nasrinni lolazor etgan.

Yana hayratqa oldi bulbuli zor,
Gulga bo`lg`ondin ul sifat ozor.

Dedi: «Ey mahvashi paripaykar,
Sen kibi elga baxt o`lub yovar,

Bo`lsa aqdu nikah amrida sur.
Etishur yuz nishot birla surur.

Sendakim bu g`amu taab ko`runur,
Hikmatin deki bas ajab ko`runur»,

Dedim mahvashki: «Ey ulus aro toq!
Xushdil anlar — nikoh, yo`qki — taloq!»

Dedi Farruxki: «Ey parivash hur!
Uyla dekim, topoy so`zungga shuur!

So`zda lafzi taloq — ne ya`ni
Vasl ichinda firoq — ne ya`ni».

Mahvash aylab ravon ko`zidin yosh,
Shahg`a o`z sarguzashtin ayladi fosh.

Farrux anglab so`zin, bo`lub g`amnok,
Yaqin erdi o`zin qilurg`a halok.

Masxu mabhut o`lub tag`ayyuridin,
Lol qolib Axiy tahayyuridin.

Dedi mahvashqa: «K-ey hamida xisol,
Ko`rmagan aql suratingg`a misol!


Garchi ishqingda chekkanim bedod
Uyladurkim, sipehr bermas yod».


Ul dog`i sarguzashtini bir-bir
Qildi boshtin oyoqqacha taqrir.

Dedi: «Dardimg`a gar davo ko`rmon,
Buyla zulmi sanga ravo ko`rmon.


Aylabon lutf behisob asru,
Qildi bizni Axiy xarob asru.

Moli bazlig`a bizda erdi pech,
Bu ishi oni ayladi xud hech.

Gar anga bu qadar muruvvat bor,
Bizda ham shammai futuvvat bor.

Shukrkim yetti lutfi yazdoniy,
Qolmadi zulmi nafsi zulmoniy.

Sen ham emdi shukufta dil bo`lg`il!
Manga iki jahon singil bo`lg`il»—


Dediyu qo`pti olidin shodon,
Ko`ngli mahvashning o`ldi obodon.  

Singil erdi haram saro ichra,
Lekin ul elga mojaro ichra.

Yo`l borurlar edi tunu kun ham,
Qo`yg`ucha Hind kishvarig`a qadam.


Shoh Jasrat bo`lub edi foniy,
Deb valiahd o`ziga oni.

Xalq anglabki qo`ydi yuz iqbol,
Chiqtilar borcha aylab istiqbol.

Tengriga shukrlar ado aylab,
Joni shirin anga fido aylab.

Mulk eli ko`zlarin yorutti anga,
Oto taxti qaror tutti anga.

Sa`y etib shohi komron Farrux
Kim, malul o`lmag`oy buti gulrux.

O`z diyorida qasr ila bog`i,
Toqu dahlezu hujrasi dog`i.

Shoh yodida erdi mo`y-bamo`y.
Balki bo`stonu bog` jo`y-bajo`y.   

Tarh qildi shahi muhandisvash,
Andag`i vaz`idan dag`i dilkash.

Dedikim: «Yuz hunarvari mohir,
Aylabon o`z hunarlarin zohir.

Ish qilurg`a ilik uzotsunlar,
Qasr ila bog`ni tugatsunlar».

Neki hukm etti shohi charx maqom,
Topti oz chog`da borchasi itmom.

Zebu-ziynat ichinda ul parkor,
Topti har neki bor edi darkor.

O`yla monandkim, sog`ing`ay aql
Ki, Halab Hind sari qilmish naql.

Hukm bo`ldiki, mohi zuhra jabin
Topsun o`z manzili aro taskin.

Mahvash ul uyga chunki soldi ko`zin,
Uyidin chiqmog`on sog`indi o`zin.

Shohg`a snnglidek aziz erdi,
Yuz sumanbar anga kaniz erdi.

Nozu ne`matqa harnekim asbob,
Onchakim aql topmay anga hisob.

Hind aro buyla qildi shohi saxiy,
Endi  ko`rkim,   netar   Halabda   Axiy:

Ko`ngul uldamki, uzdi gulruxdin,
Ayrilib yondi shoh Farruxdin.

Burjidin borg`on ikki sa`d axtar,
Kavkabi toliig`a yetti zarar15.

Ekini dog`i ofat etti ayon,
Borcha   savdosi   dag`i   topti   ziyon.

Har nekim roy qildi — kelmadi tuz,
Qo`ydi ahvolig`a tazalzul yuz.

Bilgach a`dosi bu ishni nogoh,
Shahr shohini qildilar ogoh

Ki: «Axiy mamlakat qilurg`a xarob,
Yana bir shohg`a yasab asbob,

Shohning shahridin uzotibdur,
O`zni16 dushmanlar ichra qotibdur».

Ushbu so`z birla shohi davlatmand
G`azab aylab Axiyni ayladi band.

Oldi har neki bor edi moli,
Ulturur yerga yetti ahvoli.

Qoyid anglab ishi ne nav` ekani,
Rahm etib qayddin qochurdi ani.

Tutmag`aylar deb el, qilib tadbir,
Berdi o`z vaz`u tavrig`a tag`yir.

Avr o`lub, gulxan etti koshona,
Kul aro o`zni qildi devona.

Shoh Farrux palosini topti,
Ul yoping`ondek o`ziga yopti.

Topmay o`z mulki ichra yaxshi maqar,
Qildi Farrux diyori sori safar.

Muddate tog`u dasht qat` etti,
To Sarandib taxtig`a yetti.

Joni qolmaydur erdi mehnatdin,
Yo`l aro har zamon bir ofatdin.

Oh o`qin ko`k hisorig`a otti,
Bir buzulg`on hisor aro yotti.

Uyquda xastau asirona,
Yori ul yo`l boshida vayrona.

Shoh to kelmish erdi g`urbatdin,
Yod etib g`urbat ichra mehnatdin.

Axiy ishin shior aylab edi,
Tavrini ixtnyor aylab edi.

Mehmonxonai yasab oliy,
G`urabo andin o`lmayin xoli.

Goh o`lur erdi otlanib soyir,
Shahrning davrig`a bo`lub doyir.

Ushbu kunkim, Axiyg`a erdi bu hol,
Sayr aro erdi shohi farruxfol.

Ul buzuq sori chunki soldi nazar,
Qildi o`z holi xotirig`a guzar.

So`rdi ulyonki: «Ne g`arib erkin
Ki, bu mehnat anga nasib erkin?».    

O`z palosini oshno ko`rdi,
Notavone palos aro ko`rdi.

Dedi: «Qo`p, ey g`aribi tiyra maosh!»
Axiy uyg`ondiyu ko`tardi bosh.

Shahni ul tonidiyu oni shoh,
Otidin tushti shoh tortib oh.

Shoh tushgan zamon Axiy qo`pti,
Ul muni quchtiyu bu yer o`pti.

Zor yig`lab quchushtilar laxte,
Bir-birisin so`rushtilar laxte.

G`ayri ma`hud ishki aylab shoh,
Qolibon hayrat ichra xaylu sipoh.

Ikkisi shukrlar bajo keturub,
Shoh ani qasru bog` aro keturub.

Avval andog`ki, ul qilib ikrom,
Shohg`a amr etib edi hammom.

Hukm qildi shahi xujasta jamol,
Kirdi hammom aro Axiy filhol.

Tani yo`l gardidin chu pok o`ldi,
Chiqibon xoja zavqnok o`ldi.

Turfa xil`atlar erdi omoda,
Kiydi borin Axiyi ozoda.

Oncha xodim edi murassa`po`sh
Ki, edilar Axiyg`a xizmatko`sh

Kim, Axiy fahmi lol edi hardam
Tab`i oshuftahol edi hardam.

Shah qoshig`a keturdilar oni,
Shah dag`i tuzdi bazmi mehmoni.

Kecha kun qildilar farog`u nishot,
Har tamannoda bor edi ifrot.

Hajr o`ti savrati chu bo`ldi past,
Jashn tuzdi shahi nishotparast.

Taxt uza chiqti bori om etti,
Xojag`a hadsiz ehtirom etti.

Tilab olig`a davlat arkonin,
Qildi og`oz xoja dastonin.

Neki ul qilmish erdi g`urbat aro,
Bo`ldi majmuig`a fasona saro.

Eshitib el shahi zamona so`zin,
Shohdin xojai yagona so`zin.

Mahz hayrat bila borisi qo`pub,
Ofarinlar debon ayog`in o`pub.

Shah dedikim: Agarchi shoh bo`lay,
Xojaning uzrini nenav` qo`lay.

Menga bordur qarobat ahlida fosh,
Pardai ismat ichra qiz qardosh.

Oni dermen qilay munung bila juft.
El aro oshkor, yo`qki nuhuft.

Ulki, juftidin o`zni aylab toq,
Manga juft aylamakka qildi taloq.

Guli davlat topib shukuft anga,
Ne ajab singlim o`lsa juft anga!»

So`zni shah chun bu yerga band etti,
Shah so`zin borcha el pisand etti.

Ul sifat surki qildi shah bunyod
Ki, kuhan dayr bermas andoq yod.

Tarbiyatlar Axiyg`a soz aylab,
Bori olamda beniyoz aylab.

Topshurub har ne yo`qu borin anga,
Berdi o`z mulki ixtiyorin anga,

Yod etib haddi yo`q muruvvatini,
Jong`a chekti xati uxuvvatini17.

Bo`lub ikkisi Musoyu Horun18.
Ganj ila lek ani qilib Qorun.

Xutba amrini iftitoh etti,
Xojag`a singlini nikoh etti.

Xojani boshladilar ul sori
Ki, nihon erdi moh ruxsori.

Xoja andinki burnog`i darband,
Toki ul qasri osmon payvand,

Xar qayon boqti oshno ko`rdi,  
Hayrat o`z xotiri aro ko`rdi,

Toki ul hujla bo`ldi jilvagahi
Kim, nihon erdi anda sarv sihi.

Xoja ul uyga chunki qo`ydi ayoq,
Boshlag`on xalq bori chiqti yiroq.

Bir-birin ko`rgach ul ikki mahjur,    
Oncha hayrat g`uluvsi qildi zuhur

Kim, chekib ko`kka behudona xurush
Iiqilib bordi ikkisidin hush.

Chun kelib o`zga, yosh to`kub ko`zdin,
Yiqilib borur erdilar o`zdin.

Topti hajr iztirobi chun taskin
Sho`xdin so`rdi xojai miskin.

Ki: «bayon aylakim, ne holatdur?
Ki, manga hayrat uzra hayratdur.

Holatimg`a nazora qil oxir,    
Hayrat o`lturdi, chora qil oxir».

La`li quflidin ochti gulrux band,.
Nuktadin zohir ayladi gulqand.

Xojadin toki ayrilib erdi,
Boshig`a har nekim kelib erdi,

Shohning iffatu muruvvatini,
Pokravlig` fanida quvvatini,—

Ayladi borchasin Axiyg`a ado
Kim, yana hushi bo`ldi nopaydo.

Necha kun holin anglamas erdi,
Goh o`zinda, gahe emas erdi.

Oqibat hushi topti chun orom,
Munisi bo`ldi sarvi siymandom.

O`z uyi erdi, o`z gulandomi,
Degasen, bor Halabda oromi.

Garchi zarbaft xil`at ichra mudom
Shah yonida tutar edi orom.    

Uyga kirgach qaro palosi edi
Ki, safarda aning libosi edi.

Tengri shukridakim, tili edi lol,
Toat aylar edi kiyib qaro shol

Ki: «palos ichra yetti chun debo,
Tashlasam oni bo`lmag`ay zebo»,

Qaro tun qaddin etti sajdag`a dol,   
Onchakim, tole` o`ldi subhi visol.


Etti — bo`lg`onda   tiyrau   ranjur
Ko`ngliga g`ayb olamidin nur.

Qora shol ichra o`ylakim zulmot,
Xizrdek no`sh qildi obihayot.

Bo`lubon buyla holidin ogoh,
Kisvatig`a tatabbu` ayladi shoh.

Chunki shah xil`ati qaro bo`ldi,
Qora kiymak ulus aro bo`ldi.

Qora rang elga toji torakdur,
Kim bu rang ichradur, muborakdur19.

Shomi hijrong`a qolmag`ay jovid,
Qayda subhi visol -to`tqay umid»20.

Shahni xushhol etib bu afsona,     
Dedi: «Ey nuktago`y farzona!

Kimsenu qay diyordinsen?— ayt!
Kimga xeshu tabordinsen?— ayt!»

Dedi roviyki: «Hind erur vatanim,
Axiy avlodidin yaqin ekanim.

Beri keldim ko`ngul balosi bila,
Shohning qullug`i havosi bila».

Shoh ani foqadin xalos etti,   
O`z qoshinda nadimi xos etti.

Bo`lubon shod ul hikoyat ila,
Uyqug`a bordi xush farog`at ila.