Òîï ðåéòèíã www.uz
MUNDARIJA

Sab`ai sayyor
              I. Ey siposing demakda el tili lol
              II. Munojoti boriy ul bobdakim, o`zi ayni vujuddurur va andin o`zga borcha nobud, balki nomavjud va hojot izhori ul ma`nidakim, nobudlar gunohig`a aning bahri rahmati qoshida ne vujud bo`lg`ay va bevujudlar xatosi aning daryoyi vujudi ollida ne mavjud
              III. Ul shohi risolatpanoh na`tikim, «lavloka» livoyi bila «ana afsahu» alifi aning sipohi davlatig`a livo keldi, «va mo tag`o» to va g`ayni bila «asro» rosi aning misoli subutig`a tug`ro va ul misolda ikki olam saltanati mubayyan va ul misol yuz mehri nubuvvat bila muzayyan
              IV. Ul musofiri avodiypaymo, balki ul rokibi camovotpaymo me`roji kechasining ta`rifikim, buroqi barqtomliq va payki buroq xiromliq qildi va ul raxsh bila payk xayol yetmas yergacha chopti va ul chopmoq bila hakimi xirad fahmi bovar etmas nimalar topti
              V. So`z ta`rifida bir necha so`z surmak va so`z axlig`a andin necha so`z tegurmak va koinotqa taqaddumining sifoti, mumkinotqa taaxxurining isboti va oning pardasidin boshqa maoniy bikri jilvadin oriy va ko`ngul kunjida mutavoriy erkonining izhori
              VI. So`z nasridin nazmi xushroq va parokandasidin jam`i dilkashroq erkanin da`vo qilmoq va bu jam`iyatni «besh ganj» jam`i Nizomiy va hind shakarrezi, balki shirin kalomiga musallam tutmoq va ul bahrayng`a qatra nishon va ul nayyirayng`a zarrason o`zin yetkurmak
              VII. Janobi sipehr makon xizmatkorlig`i va sahobi gavharafshon havodorlig`i, ya`ni hazrat shayxul-islomi mavlono Nuriddin Abdurrahmon Jomiy madda zillahul-oliy madhida xoma nayining shakarborlig`i va ko`ngul sadafining gavharnisorlig`i
              VIII. Bu yetti gulshani jannatoso va yetti qasri sipehrfarso tarrohlig`ining jihati va me`morlig`ining kayfiyati va bisotin tarhini tag`yirlar bila xushroq va qusur binosin tabdillar bila dilkashroq qilmoq va gustoxliklar uzrin demak va bebokliklar  ma`ziratin aytmoq
              IX. Saltanat bahrining durri nobi va xilofat ma`danining la`li serobi, ofarinish tojig`a javhari zoti, zeb ila zayn, muizzus-saltanati vad-dunyo vad-din Sulton Husayn Bahodirxon xallada mulkahu va sultonahu midhati ko`sin o`rmoq va bu bahona bila zarrani quyoshqa sog`indurmoq
              X. Ismat bahoristonining shukufta bog`i va iffat shabistonining gavhari shabcharog`i, ro`pushlig` Qofining asmoi parisi, mahjublig` sipehrining mehri xovariysi, axloqi hamida va avsofi pisandidasidin shammai izhor qilmoq
              XI. Shoh Bahrom dostonig`a shuru` qilurdin burun bir necha so`zga murtakib bo`lmoq va ul dostonda tag`yir va tabdil voqe` bo`lg`onning uzrin qo`lmoq va har ganjg`a bir uy makon bo`lg`ondek har dostonni bir baytda nihon qilmoq
              XII. Doston og`ozi va shoh Bahromning saydg`a parvozi va Moniyi suratgardek g`arib qushni sayd qilg`oni, balki anga sayd bo`lg`oni va moniyi falaki naqshbozdin ajab surat yuz ko`rguzgandek, Diloromning dilrabo suratin ko`rguzgani va Bahromning rishtai toqatin ul suratdin uzgani
              XIII. Diloromning diloro husni kamolinda so`z surmak va ani Bahromi bedilg`a yetkurmak va vasl sham`in ishrat shabistonida ravshan kilmoqlari va hajr xazonidin qutulub, visol bahorida g`unchadek ko`ngullarining gul-gul ochilmog`lari
              XIV. Mohi Zuhrajabinning nag`masi shahni zor qilg`oni va ko`ngli qushi aning changi rishtalarig`a giriftor bo`lg`oni va changdek ko`nglin aning g`ayridin xoli qilib jon rishtalaridin fig`on tortqoni va aning zaxmasi ilgidin, balki ilgi zaxmasidin joni rishtalarining fig`oni dam-badam ortqoni
              XV. Bahromning ishq to`foni tug`yonidin bexirad va may o`ti harorati g`alayonidin behud bo`lg`oni va o`z g`azoli sherafganiga g`azol otqonida tahsin qilmag`onidin ohugirlik boshlag`oni va domg`a berkigan kiyiqdek, ani o`z kamandig`a berkitib, kiyiklar kunomida tashlag`oni
              XVI. Bahromning g`azab mastlig`idin hushyor va g`aflat uyqusidin bedor bo`lub, ul oshufta tushlardin parishon, balki uyg`oqlikda qilg`onlaridin pushmon bo`lg`oni va mushkbo` g`azolin istay biyobong`a o`zi ketib, ani topmay, o`zidin ketgoni
              XVII.    Hajr shomi tulining imtidodi va savodining bedodi va ul shomda Bahrom joniga anduh xaylining shabixunlari yetmak va ul shabixun ahlining jon va ko`nglin asir etmak va ul asirona navha bila o`zidin ketmak va arkoni davlati balo dashtidan ani davo shahri sori eltgonlari
              XVIII.    Bahromning o`z parivashi hajridin devona bo`lg`oni va hukamo aning oshufta dimog`i tanqiyasig`a ishtig`ol ko`rguzub, mumtad zamonlar muolaja asbobin tuzub, ko`p zahmatlar bila aning oz nima o`ziga kelgoni va savdosi daf`ig`a tamosho uchun yetti iqlim salotinining yetti qasr bino qilg`onlari
              XIX. Yetti falakdek yetti qasrning tugangoni va Moniyi musavvir har qasrni o`zga bir rang bila naqshbandliq qilg`oni, dog`i yetti iqlim salotinining qizlarin ul yetti qasrda Bahrom bila aqd qilg`onlari va haftaning har kuni Bahrom bir qasrda suhbat tutqoni
              XX. Shanba kuni Bahromning mushkfom liboslar kiyib, gulbadi mushkinga xirom qilib, g`azoli mushkbo` bila bodai mushkin ichgoni va bu mashg`ulluq bila hijron o`tiniig dudi qaro qilg`on kunni shomg`a yetkurg`oni
Avalgi iqlim yo`lidin keturgan musofirning fasona demagi
              XXI. Yakshanba kuni Bahromning quyoshdek zarbaft libos kiyib, gunbadi zarnigorg`a azm qilib, sarig` hullalig` hur bila bazmi aysh tuzub, oltun sog`arda asfar may ichgoni, yo`qkim, quyoshning sarig` guli ochilg`oni chog`din oftob zardig`acha anga bir yilcha kechgoni
              Ikkinchi iqlim yo`lidin keturgan musofir  hikoyati
              XXII. Dushanba kuni Bahromning navbahor monand axzar li­bos bila gunbadi axzarg`a yuz qo`yg`oni va sarvi sabzorang sabz hulla bila jomi zumurradfom ichinda zuloli hayot no`sh qilg`oni va ul chashmai zindagonidin Xizr hayoti kasb etgoni
              Uchinchi iqlim yulidin keturgan musofir aytqon afsona
              XXIII. Seshanba kuni Bahromning gulgun libos bila qasri gulnoriyg`a tavajjuh qilib, shafaqgun hullalik xurshed bila sog`ari yoqutfom ichinda la`l rang “may ichgoni va ul yoqut va la`ldin uyqu uchun mufarrih tartib qilib, maydin qizortg`on ko`zin yumg`oni
              To`rtunchi iqlim yo`lidin keturgan musofir suxanguzorlig`i
              XXIV.    Chahorshanba kuni Bahromning moviy kisvat bila gunbadi nilufariyg`a mayl qilib, xurshedi osmoniy libos bila jomi firuzagun aro kabudon mayidek boda solib no`sh qilg`oni  va  no`sho-no`sh  unin  toqi  nilufaridin oshurg`oni
              Beshinchi iqlim yo`lidin kelgan musofirning dostonorolig`i
              XXV. Panjshanba kuni Bahromning sandaloso xilüat bila gulshani sandalbo`yda orom tutub, sarvi sandalnasim bila bodai sandal shamim ichmak va ul sandallar laxlaxasidin dimog`i muattar bo`lub, kuzi uyqu mayli qilmoq
              Oltinchi iqlim yo`lidin kelturgan musofir nukta tirozlig`i
              XXVI.    Odina kuni Bahromning kofuriy asvob bila qasri kofurgun ichinda mushkin zulf kofurin libos bila taxti oj uzra jomi billuridin bodai kofur mizoj oshom qilg`oni va ul kofurkorliqdin hijroni harorati taskin topib, o`z g`azoli mushkbo`sidin xabar topqoni
              Ettinchi iqlim yo`lidin kelturgan musofirning fasonasigollig`i
              XXVII. Bahrom g`oyibidin nishon topib, o`zdin g`oyib va benishon  bo`lub, Xorazm mulkiga nishon yiborib, xojai farzona bila gavhari yagonani tilatib, alar kelguncha o`zi dag`i o`tru chiqqoni va subh anfosi masihlaridek o`luk tang`a ruh kiyurgoni
              XXVIII. Bahrom go`rning ov azmig`a charga solg`oni va ajal xayli ovining chargasig`a qolg`oni va sayd azmig`a go`r summining tezraftorlig`i va o`zining go`r domig`a giriftorligi va saltanatining anjomi va tarix va fasonasining itmomi va ixtitomi
              XXIX.    Dahri muxolif norostlig`i taronasin tuzmak va benavo ushshoqqa andin ijtinob pardasi ko`rguzmak va sipehr zulmidin bexabarlarg`a ta`n toshi otmoq va g`aflat uyqusidin joh mag`rurlarin nasihat go`shmoli bila uyg`otmoq
              XXX. Nozimning bu javohiri samin va bu laoliyi anjumoyin nazm silkiga tortilg`ong`a kon qozor mashaqqatidin farog`at topqoni va osoyish uyqusig`a ko`zin yopqoni va Shoh Bahrom xayoli tushda mutamassil bo`lg`oni va bu tarix nazmi uchun uzrlar qo`lg`oni
              XXXI.    So`z g`oyati va nazm nihoyati va g`oyatsiz xijolat izhori va nihoyatsiz jur`at e`tirozi va o`qur elga nasoyihi sanoyix o`qumoq va bitir xaylg`a mavoiz ajzosi bitmak va tarixining tabyini va abyoti adadining ta`yini

Sharh va izohlar