Òîï ðåéòèíã www.uz
SHARH VA IZOHLAR

              «Sab`ai sayyor» Alisher Navoiy «Xamsa»sining to`rtinchi dostoni bo`lib, 1484 yilda yozilgan va dostonning ilmiy-tanqidiy matniga ko`ra hajmi besh ming to`qqiz baytdan iborat1.
U aruzning hafif bahrida yaratilgan.
              Navoiyning «Sab`ai sayyor» dostoni tilining tadqiqotchilaridan prof. Alibek Rustamov doston vaznini «hafifi musaddasi maxbuni mahzuf va maqsur, maqtu` va maqtu`i musabbag`» deb belgilaydi: foilotun (yoki failotun) mafoilun failun  (yoki failon) yo fa`lun yohud fa`loi) (Karang: Alibek. «Sab`ai sayyora» tilining badiiy xususiyatlari, Ilmiy ishlar, filologiya fanlari, 27-kitob, ToshDU, Toshkent, 1964, 27-bet). Filologiya fanlari doktori S. Hasanov esa, «Sab`ai sayyor» dostonida hafif bahrining yetti xil ko`rinishi mohirona qo`llanilganini ta`kidlaydi.  (Qarang: S. Xasanov. Roman o Baxrame, Tashkent, 1988, S. 177— 181).
              Alisher Navoiy «Muhokamatul-lug`atayn» asarida «Yana chun «Sab`ai sayyora» rasadin zamirim bog`labtur. Ashraf «Haft paykar»ning yetti hurvashin peshkashimg`a yarog`labtur» (Alisher Navoiy, Asarlar, 15 tomlik, 14-tom, Toshkent, 196-7, 120-bet, deb yozgan va doston nomini «Sab`ai sayyora» deb atagan bo`lsa-da, ammo dostonning xotimasida:

Lutf bu nazm aro bag`oyatdur,
G`araz ammo yeti hikoyatdur.

Chunki qoyil yeti musofir edi
Ki, alar sayr ishiga mohir edi.

Bo`ldi chun bu raqam ishi tayyor,
Qo`ydum otini «Sab`ai sayyor».—

deb ta`kidlaydi va diqqatni asarning asosini tashkil etgan yetti hikoyatga, bu hikoyatlarning aytuvchilari sayr ishiga mohir bo`lgan yetti musofir ekanligiga qaratib, doston nomini «Sab`ai sayyor», ya`ni «etti sayyor (kezuvchi)» deb ataganini uqdiradi.
                 «Sayyor» so`zi lug`atlarda: 1. kezuvchi, sayyoh; 2. sayyora — planeta tarzida izohlanadi.

              Navoiy dostonidagi asosiy g`oya sayyohlar va ularning hikoyatlari orqali yoritiladi, lekin sayyoralar bilan bog`liq masalalar ham bor. Shunga ko`ra, Navoiy «sayyor» so`ziga uning ikkala ma`nosini yuklab, dostonni «Sab`ai saiyor» deb atagan. Qolaversa, Nizo-miyniig «Haft paykar» dostoni nomidagi «paykar» (1. go`zal, 2. surat), Dehlaviyning «Hasht behisht» dostoni nomidagi «behisht» (1. taxt, 2. jannat), Ashrafning «Haft avrang*idagi «avrang» (1. taxt, 2. sayyora) so`zlari ham ikkala ma`nosida ishlatilgan. Shuningdek, «sayyor» ham «paykar», behisht», «avrang» so`zlari kabi yopiq bo`g`in bilan tugallangan.
              Demak, Navoiy doston nomlanishida ham salaflari izidan borgan va dostonini «Sab`ai sayyor» atagan. Asar nomi haqida qarang: P. Shamsiev. «Sab`ai saiyor» dostonining ilmiy-kritik tekstini tayyorlash prinöiplari haqida, Alisher Navoiy. «Xamsa», «Sab`ai sayyor», Toshkent, 1956, 8-bet; S. Ayniy. Asarlar. 8 jildlik, 8 jild, 1967, 299-bet; A. Rustamov. Navoiy «Bahromnoma»sining nomi haqida, O`zbek tili va adabiyoti masalalari, 1961, 3-son; N. Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1963, 531-bet; M. Muhitdinov. Talqinlarda olamcha ma`no, Toshkent, 1984, 161-bet.

I

              Dostonning birinchi kirish bobi o`tmishdagi badiiy asarlarga xos bo`lgan an`anaviy «Hamd» bilan boshlanadi*. Unda Xudo olamning yaratuvchisi sifatida maqtaladi va dostonning mazmuni taqozosi bilan shoir bu bobda yetti raqamiga alohida e`tiborni qaratib, badiiy san`atlardan iltizomni qo`llagani holda falakning yetti qavat ekanligi, yetti gumbazdan tashkil topgani, yer yuzi yetti iqlimga bo`lingani, yetti ko`k, yetti yulduz (haftaning kunlariga nisbat berilgan) kabilar haqida fikr yuritadi. Bahrom va Dilorom so`zlarini asl va majozniy ma`nolarda qo`llaydi va sayyoralar olami, kosmogonik mifologiya bilan bog`liq holda dunyoning yaratilishi haqidagi o`z falsafiy qarashlarini ifodalaydi. («Sab`ai sayyor»da «etti» raqamining qo`llanpshi haqida qarang: S. Xasanov. , Roman o Baxrame, Tashkent, 1988, S. 125—132; Dostonning kirish qismlarpi va doston tilining badiiy xususiyatlari haqida qarang: Alibek. «Sab`ai sayyora» tilining badiiy xususiyatlari. ToshDU, Ilmiy ishlar, 27-kitob, 1964 yil).

II

              Dostonning ikkinchi bobi «Munojot» deb atalgan va shoirniig yaratuvchiga murojaati, najot umidi, tavba va iltijolari o`z aksini topgan. Dostonning barcha bobi sarlavhalari nasrning saj`li turida yozilgan.

III


              Dostonning bu bobi «na`t» bo`lib, payg`ambarlar ta`rifiga bag`ishlanadi.

IV

              To`rtinchi bob, me`roj kechasi ta`rifida. Bu bobda payg`ambar (Muhammad Alayhissallotu-vassalam)ning ko`kka (olloh oldiga) ko`tariladigan tuni tasvirlangan bo`lib, dunyoning moddiyligi haqidagi shoir qarashlari, koinot sirlari va burjlarga aloqador falsafiy fikrlari bayon etilgan.

V


              Bu bob so`z ta`rifida. Unda dunyo vujudga kelganidan beri so`z ham mavjudligi, so`z insonni boshqa mahluqotdan ajratib turishi haqida fikr yuritilib, «so`z» asaldan shirin, la`ldan ham rangdor kabi ko`p sifatlarda ta`riflanadi va so`zning qudrati va sehri xususida qalam tebratiladi.
              1. «kun» arabcha so`z bo`lib, «bo`l», «paydo bo`l» ma`nolarini bildiradi. Bu yerda Navoiy dunyoning paydo bo`lishi haqidagi afsonaga asoslangan. Afsonaga ko`ra olloh yetti qavat osmon va yerni paydo qilishda birinchi marotaba «paydo bo`l» (kun) so`zini qo`llagan. Bu yerda so`zning paydo bo`lishiga ishora qilingan.

VI

              Bu bobda nasrdan nazmning afzalligi xususida hikoya qilinadi. «Besh ganj» jamlovchilari Nizomiy va Dehlaviylar madh etiladi. Shoir dastlabki baytlarda «so`z fani»— badiiy adabiyotda ikki uslub, ya`ni nazmiy va nasriy uslub mavjudligini ta`kidlab, ularni bir-biriga qiyoslaydi va nazmning nasrdan ustun ekanligini isbotlar ekan, she`riy asarlarda chiroyli, ta`sirli ibora va badiiy san`atlarni ko`plab qo`llash va injuni ipga tergandek misralar tizish mumkin, nasr esa, sochib yuborilgan javohir kabi go`zallikdan mahrum    deydi.   
1. Maydondan to`pni olib chiqib ketdi, ya`ni «go`y va chavgon» o`yinida yutdi. Bu yerda Nizomiyga nisbatan, u masnaviy yaratshida birinchi bo`ldi, deyilmoqda.
2. Birinchi yaratilgan «Xamsa»ning muallifi —Abu Muhammad Il`yos Yusuf o`g`li Nizomiy (1141 y. Ozarbayjonning Ganja shahri—1209 y.).   
              Nizomiyni dunyoga mashhur etgan, uning vafotidan so`ng bir kitob shakliga keltirilib, «Panj ganj»—«Xamsa» deb atalgan besh yirik dostonidir. Ular «Maxzanul-asror» («Sirlar xazinasi), «Xisrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Etti go`zal») va «Iskandarnoma» bo`lib, Nizomiy bu asarlari bilan Sharq adabiyotida xamsachilik an`anasini boshlab berdi. Nizomiydan so`ng «Xamsa» yaratgan Xisrav Dehlaviy, Ashraf, Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiygina bu an`anani muvaffaqiyatli davom ettirdilar. Navoiy «Xamsa» dostonlarining barchasida Nizomiy «Panj ganj»ini alohida hurmat bilan tilga oladi va uning, asarlariga o`z xolis munosabatini bildiradi. Bu hol ayniqsa, uning «Haft paykar» dostoni xususida yorqin ifodalangan va «Sab`ai sayyor» dostonining maxsus boblarida o`z  aksini topgan.
              Navoiy «Nasoyimul-muhabbat» asarida ham Nizomiyni alohida hurmat bilan tilga oladi (Qarang: Navoiy, Asarlar, 15-tom, 176-bet).
3. Qorun(iy)—juda ko`p boylikka ega bo`lgan shaxs. Bu yerda Nizomiy «Xamsa»si Qorun xazinasining beshtasiga qiyos qilinmoqda.
4. Amir Xusrav Dehlaviy (1258—1325) fors adabiyoti klassiklaridan  bo`lib,  ikkinchi  yaratilgan  «Xamsa»ning  muallifidir.
              Xusrav Dehlaviy 1299—1301-yillarda Nizomiyning besh dostoniga javoban «Matlaul-anvor» (Yoritqichlarning chiqishi), «Shirin va Xusrav», «Majnun va Layli», «Oyinai Iskandariy», «Hasht behisht» («Sakkiz jannat») dostonlarini yaratib, «Xamsa» yaratish an`anasini boshlab berdi.
              Xusrav Dehlaviy bir qator epik dostonlar, tarixiy mavzudagi ko`plab asarlar, bir qancha ilmiy risolalar muallifi bo`lib, mutaxassislar fikricha, uning poetik merosi 99 (ba`zi tazkiranavislar  199)   nomda  bo`lib, 500 ming bayt atrofida.
Xusrav «Xamsa» dostonlarini uch yilda yaratgan deyilsada, u birinchi to`rtta dostonini yozishga o`n oygina sarflagan. «Hasht behisht» esa, ikki yildan ortiq muddatda yozilgan. Chunki muallif o`z dostonini sakkiz hikoyat asosiga qurib, asarning asosini tashkil etgan Bahrom va Dilorom sarguzashti qatoriga yetti hikoyat qo`shar ekan, bu hikoyatlarning yangi, xushchaqchaq va shu bilan birga hayotiy bo`lishi uchun ko`p izlandi, hind folüklori, tarixi bilan  qizikdi   va  ulardan  keng  foydalandi.
              Navoiy «Sab`ai sayyor» dostonida Xusravga ergashib, doston voqeasining boshlanishi (Bahromning taxtga o`tirishidan), Bahrom sevgilisning «Dilorom» deb atalishi va Dilorom taqdirining ayrim   jihatlarini   saqlab   qoldi.
              Navoiy Xusrav Dehlaviyni faqat xamsanavislikda emas, balki she`riyatda ham o`z ustozi deb bildi vz qator asarlarida buni ta`kidladi (Qarang: Yo. Ishoqoz. Navoiy va Xusrav Dehlaviy «Navoiy va adabiy ta`sir masalalari» to`plam, Toshkent, 1968, 88—106-betlar); Navoiy «nasoyimul-muhabbat» asarida ham Xusrav Dehlaviy haqida ma`lumot keltirgan (Navoiy, Asarlar. 15-tom, 178-bet).
5. Ashraf—(taxallusi)—to`liq ismi Ashraf ibn Shayxul-umam
              Abulhasai ibn al-Hasan al-Marag`oyi at Tabriziy (tug`ilgan yili noma`lum, vafoti 1450 yoki 1460 yil). Ashraf Marag`oyi XV asrning ko`zga ko`ringan shoirlaridan. U to`rtga devon sohibi, «Xamsa» ijodkori. Ashraf «Xamsa»sining yagona nusxasi Sksfordning «Badlean» kutubxonasida (inv. .N«875) saqlanadi, 1457 yilda ko`chirilgan, 23630 baytdan iborat. Ashraf «Xamsa»si «Minhojulabror», «Riyozul-oshiqin, «Ishqnoma», «Haft avrang», «Zafarnoma» dostonlaridan iborat (Qarang: T. Mugarremov. Ashraf Maragai Tabrizi i unikalünûy rukopisü yego «Xamsû», Dokladû AN Uz, 1980, T. XXXVI, ¹5; S. Xasanov. Poema «Sab`ai sayyor» (Semü skitalüöev) Alishera Navoi v sravnitelüno-tipologicheskom osveùenin, ADD, Tashkent, 1990).
              Alisher Navoiy Ashraf va uning asarlariga yuqori baho beradi va «Xamsa» dostonlarining kirish qismida, «Majolisun-nafois» (Asarlar, 12-tom, 14-bet), «Muhokamatul-lug`atayn (14-tom, 120-bet), «Nasoyimul-muhabbat» (15-tom, 182-bet) asarlarida shoirga alohida o`rin ajratadi.
6. Bu baytlarda Navoiy «Xamsa» yaratgan ikki buyuk ijodkor (Nizomiy va Dehlaviy)lar oldida o`zini kamtar tutib, ularni shaxmat donalaridagi oq otu (Nizomiy), qora filga (Dehlaviy, o`zini oddiy piyodaga nisbat beradi (bu yerda tashbeh san`ati qo`llangan).   

VII

              Dostonning bu bobi Mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiyga bag`ishlanadi. Abdurahmon Jomiy fors-tojik adabiyotining ulkan namoyandasidir.  U 1414  yilda tug`ilib, 1492 yilda vafot etgan. Jomiy ham yetti dostondan iborat «Silsilatuz-zahab» (Oltin zanjirlar), «Salomon va Absol», «Tuhfatul-ahror» (Himmatlilar tuhfasi), «Subhatul-abror» (Yaxshi kishilar tasbihi), «Yusuf va Zulayho»,  «Layli va Majnun», «Xiradnomai Iskandar» (Iskandarning  donishmandlik kitobi)—«Xaft avrang» (Etti taxt) asarini yaratdi va xamsachilik an`anasiga yangicha ulush kiritdi. Shuni alohida ta`kidlash kerakki, Jomiy «Haft paykar», «Sab`ai sayyor» tipidagi doston yaratmagan. Prof. N. M. Mallaev buning sababini Jomiyning «Xiradnomai Iskandar» dostoni muqaddimasida keltirilgan quyidagi fikrlarda ko`radi;

 «...Xiradnoma z-on ixtiyori man ast,
Ki afsonaxoni na kori man ast.
Zi asrori hikmat suxan rondan,
Beh az qissahoyi kuhan xondan...

              Mazmuni: Xiradnoma (donishmandlik kitobi)—mening ra`yi-xohishimdir, afsonalar hikoya qilmoq mening ishim emas. Hikmat sirlari haqida so`z so`zlash eski qissalarni hikoya qilishdan yaxshiroqdir...» Shunga ko`ra Jomiy o`z «Xamsa»sida «Haft paykar» tipidagi doston yaratmay, falsafiy-didaktik dostonlar miqdorini ko`paytirgan bo`lsa kerak» (N. Mallaev. O`zbek adabiyoti tarixi, 1963, 278-bet). Darhaqiqat Jomiy «Xamsa»siga kiritilgan yetti dostondan uchtasi falsafiy-didaktik dostondir («Tuhfatul-ahror», «Subhatul-abror»,  «Xiradnomai  Iskandar»).
              Shuningdek, Jomiy o`z davri fanining turli sohalariga — adabiyot nazariyasi, tilshunoslik, tarix, falsafa, musiqa ilmiga oid qator risolalar bitdi.
              Alisher Navoiy ustozi Abdurahmon Jomiyga juda katta hurmat bilan qaragan, o`z ijodiy faoliyatida ham, ijtimoiy ishlarida ham Jomiy bilan maslahatlashib turgan va ustozi fikrlariga amal qilgan.
              Navoiy Jomiyga atab maxsus «Xamsatul-mutahayyirin» (Hayratlanganlar beshligi) nomli besh bo`limdan iborat asarini yozgan. «Xamsa» dostonlarining har birida Jomiyga alohida boblar ajratgan. Shuningdek, «Majolisun-nafois», «Nasoyimul-muhabbat» asarlarida Jomiyga bag`ishlangan ayrim ravzalar mavjud. «Muhokamatul-lug`atayn», «Mahbubul-qulub» asarlari va «Arbain» tarjimasida ham Navoiy o`z o`rnida ustozi to`g`risida juda iliq va samimiy fikrlarini bildirgan (Bular haqda qarang: «Jomiy va Navoiy». To`plovchi va nashrga tanyorlovchi P. Shamsiev, Toshkent, 1966).
1. Ibni Hojib laqabli Abu Amr Jamoliddin Usmon binni Umar (1175—1249)—arab tili grammatikasi bilimdoni. Jomiy Ibni Hojibning «Qofiya» asariga sharh bitgan. Bu asar «Sharhi Mullo» nomi bilan mashhur bo`lib, asrlar davomida Xuroson va Turkiston madrasalarida birdan-bir darslik sifatida o`qitib kelingan.
2. Jorulloh Zamaxshariy unvoni bilan mashhur bo`lgan Abul-qosim Mahmud binni Umar (1075—1144) xorazmlik olim bo`lib, arab tili va adabiyotiga oid asarlar bitgan. Uning ilmiy asarlari 15 adadga yetadi.
3. Tafsir — qur`on   oyatlari   izohi.
4. Ibn Hajar — qur`on oyatlari va payg`ambar hadislariga sharh   bitgan   olim.
5. Arbain —«Arbann hadis»— Jomiyning asari. Unda qirq hadis forsiyga tarjima qilingan. Bu asarni Navoiy 886 yil xijriyda turkiy tilga o`girgan. (1481—82 y.).
6. Imomi A`zam— Islom huquqshunosi Abu Hanifaning laqabi. Bu misrada Jomiy fiqh ilmida Imom A`zamga tenglashtirilmoqda.
7. «Lavome` fi sharh ul-xamriya» asari, 1470—71 y. da so`fiy shoir ibn al-Faridning «Qasidai Xamriya»siga sharh tarzida bitilgan. Ikkinchi misrada lavome` — yaltiroq ma`nosida. (Iyhom san`ati qo`llangan).
8. «Lavoyih»— Jomiyning so`fiy va mashoyihlar haqidaga asari. Ikkinchi misrada lavoyih— ravshanliklar  ma`nosida.
9. «Ashi`atul-lamaot»— Jomiyning falsafa va tasavvufga oid asari bo`lib, Hamadoniyning «Lamaot» asariga sharhdir. Ikkinch misrada shu`la, ziyo ma`nosida.
10. «Tovu Mimiya»— Ibn Forizning (arab huquqshunosi) fiqhga oid «Toiya» kitobiga Jomiy bitgay sharh, risola.
11. «Shavohid»—Jomiyning «Shavohidun-nubuvvat» nomli nasriy asari (payg`ambarlardan guvohlik beruvchi).
12. «Nafahot»—Jomiyning «Nafahotul-uns min hazarotul — quds» (Pok zotlar huzuridan esgan do`stlik hush islari) nomli asari. Unda Sharqning yirik faylasuflari, sufiylik oqimining taniqli namoyandalari haqida qimmatli ma`lumot to`plangan. Fors-tojik tilida yozilgan bu asarni Alisher Nazoiy 1495—96-yillarda (hijriy 901) turkiy tilga to`ldirilgan holda tarjima qilgan. U «Nasoyimul-muhabbat min shamoyimul-futuvvat» (Ulug`lik xushbo`yliklarini taratuvchi sevgi shabbodalari) asaridir. Alisher Navoiyning «Nasonimul-muhabbat» asari Jomiyning «Nafahotul-uns» asari asosida yaratilgan tarjimagina bo`lmay, balki Farididdin Attor («Tazkiratul-avliyo»), Shayx Farid Shakarganj kitoblarida nomlari zikr etilgan so`fiylar va Ahmad Yassaviydan tortib Navoiy davrigacha yashagan mashhur mashoyhlar haqidagi  ma`lumotlar  bilan  to`ldirilgandir.
13. «Tuhfatul-ahror (Himmatlilar tuhfasi)—Jomiyning «Haft avrang» nomli yetti dostonidan biri, 1481—82 y. da yozilgan.
14.    «Subha»—Jomining «Subhatul-abror» (Yaxshilar tasbehi)
dostoni, 1482 y. da yozilgan.
15. «Silsila»—Jomiyning «Haft avrang» asariga kiritilgan doston. U uch kitobdan iborat bo`lib, «Silsllatuz-zahab» («Oltin zanjir») deb ataladi, tarkibida «Salomon va Absol», «Layli va Majnun» hamda «Xiradno mai  Iskandariy» bor.
16. Oshiqu ma`shuq—«Hafi avrang» dostonlaridan Yusuf va Zulayho haqidadir. («Yusuf va Zulayho» kim, «Oshiq va ma`shuq» g`a mavsumdur». Asarlar, 14-tom,   41-bet).
17. Qasoyid — qasidalar. Ular shoir devonlari tarkibida berilgan.
18. G`azaliyot—Jomiy nazmlari uch devonga tartiblangan. Ular 1479 y. da tuzilgan «Fatihatush-shabob» (Yigitlik ibtidosi), 1489   y. da   tuzilgan    «Vasatul-iqd»   (O`rtacha     marvarid  shodasi), 1491   y. da tartib berilgan «Xatimatul-hayot»   (Hayotning xotimasi) devonlaridir.
19. «O`zga har fandakim, rasoyil anga»— Navoiy «Xamsatul-mutahayyirin» asarida Jomiyning 40 dan ortiq asarlari nomini keltiradi. Unda adabiyot sohalarnga aloqador asarlari (qofiya, musiqa. muammo, naqshbandiya va b.) ham sanaladi (Qarang: Navoiy Asarlar, 14-tom, 40—41-betlar). Navoiy ustozi Jomiyni faqat «Sab`ai sayyor» dostonidagina emas, balki boshqa bir qator asarlarida ham hurmat bilan eslaydi. Navoiyshunos olim, yirik matnshunos P. Shamsiev Navoiyning barcha asarlaridagi Jomiy ta`rifiga oid qismlarini to`plab, 1958 yilda «Jomiy va Navoiy» asarini chop etgan.

VIII

1. «G`aribu-kal-a`mo»—musofir ko`rday bo`ladi.
2. Ganja   ganjuri — Nizomiy   Ganjaviy nazarda tutiladi.
3. Besh ganj — besh xazina—«Xamsa», Nizomiy asari ko`zda tutilgan.
4. Hind sohiri — Xusrav Dehlaviy.
5. Oncha   ganjina — «Xamsa»— besh   ganj   nazarda   tutilady.
6. Ikki  yilda  uchta  ganj  yaratding,  ya`ni  uch dostonni («Hayratul-abror», «Farhod va  Shirni», «Layli va Majnun»)  yozding.
7. To`rtinchi doston —«Sab`ai  sayyor»  demakdir.
6. «Haft paykar» (Etti go`zal) — Nizomiy Ganjaviyning «Xamsa»sidagi to`rtinchi dostoni.
9. «Hasht bihisht» (Sakkiz jannat)—Xusrav Dehlaviy «Xamsa»si tarkibidagi beshinchi doston.
10. «Muabbiri   komil» — usta   ta`birchi   (tushni ta`riflovchi)
11. Chin suratxonasi — avvaldan Chin budda va ma`budlar, nozik va go`zal xalq amaliy san`ati, minpatyuralar vatani bo`lgan. Bu yerda «Xamsa» dostonlarinnng har bnri shunga qiyos qilinmoqda.
12. Alisher Navoiy ustozlari yaratgan Bahrom obrazida uchta kamchilik ko`radi. Shulardan biri Bahromning ishqdek darddan — insonga xos bo`lgan haqiqiy sevgidan mahrum holda tasvirlanganligidir.
13. Ustozlar dostonida Bahrom yetti rangdagi yetti qasr qurdirib, yetti shohning yetti go`zal qiziga uylangach, har uni may ichno, mast holda shoh qizlaridan navbat bilan afsona aytib berishni talab qiladi. Alisher Navoiy bu holat bilan kelisholmay, uni asarning ikkinchi  kamchiligi  deb hisoblaydi.
14. Alisher Navoiy ustozlarining yana bir qilmishlaridan kuyinib, «agar ular g`ofil bo`lmaganlarida nodon Bahromni shunchalar vasf etarmidilar»,— deydi.
15. Bajarilgusi ishning qanchalik og`ir va mas`uliyatli ekanligini   Navoiy «pashshaga fil ishi» yuklatilganidek, «osmonga nardbon», «quyoshga sham`don» yasash, «o`rgumchak ipi bilan ajdahoia band etish» ishiga qiyos qiladi.

IX

              Bu bob 1469—1503 y. da Xuroson hukmdori bo`lgan Sulton Husayn Bahodirxon madhiga bag`ishlangan.
1. Zuhal — Saturn sayyorasining arabiy nomi. forscha «kayvon» deb ataydilar. Maqomi yettinchi osmonda, rangi qora. Badiiy adabiyotda u yuksaklik ramzi sifatida qo`llanadi. Bu misralarda shoir zuhalga  murojaat etib, «mening siyohdonimni yuzingdagi ter (qora rang) bilan to`ldir»,— demoqda.
2.    Mushtariy—Yupiter sayyorasining arabiy nomi, forscha «birjis» deb ataladi. Badiiy adabiyotda u baxt yulduzi deb talqin qilinadi. Munajjimlar bu sayyorani «sa`di akbar» va «falak
qozisi», joyi oltinchi falakda deydilar.
3. Baxrom — Mars sayyorasining forscha nomi. Arablarda «Mirrix» deb ataladi. rangi qizil. Bu sayyora jang va qahramonlik ramzidir, dostondagi Bahrom  shoh  xarakteriga  ham ishora bor.
4. Mehr—quyosh,  oftob.  Majoziy  ma`noda  ishq  otashi, sevgi.
5. Zuxra— Cho`lpon yulduzi (Venera). Badiiy adabiyotda u osmon cholg`uvchisi, sozandasi, san`at homiysi, nafosat ramzi sifatida talqin etiladi. U dostondagi Dilorom timsolidir.
6. Atorid—Merkuriy sayyorasi. U Sharq adabiyotida falak kotibi, yozuvchi va shoirlarning homiysi sanaladi.
7. Qamar—Oy. Yuqoridagi baytlarda shoir yetti sayyoraga murojaat etib, Husayn Boyqaro madhini boshlash uchun shart-sharoit yaratishlarini so`raydi.
8. «Ham ato xonu ham anga ano xon»—Boyqaro ham ota, ham on tomonidan  shoh bo`lishga haqli edi,  bu  haqida  Bobur «Sulton Husayn   mirzo   karimut    tarafayn   edi,   asil   podshoh   edi,—(Bobirnoma, 221-bet)—deb yozgan.
9. Alanquvo — qadimda mo`g`ul va oltoy turkiy xalqlari orasida mashhur bo`lgan afsonaning bosh qahramonn: Alisher Navoiy Husayn Boyqaroning onasini shu afsonaviy ayolga, otasini esa, Chingizxong o`xshatadi (Qarang: A. Hayitmetov. Navoiy va Alanquvo afsonasi. O`zbekiston adabiyoti va san`ati.  1054, 10 fevralü).
10. Jayhun — Amudaryoning qadimgi nomi. Bu yerda daryo ma`nosida keladi.
11. «Masüadi Jamshid»—Jamshid taxti. Jamshid — Ajam (qadimgi Eron) mulkidagi peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. U hahda «Tarixi muluki Ajam»da Navoiy yozadi: «Chun saltanatga o`lturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi. Va husnu jamolda dilpazir va fazlu kamolda benazir erdi. G`arib ixtirolar qildi (Navoiy,  Asarlar,   14-tom,   187—188-betlar.).
12. «Forsiygina  emas,  Iroqu Ajam  ham  maftun bo`ladi».  Bu so`zlarda   mamlakat   nomiga   ham   klassik  kuylarga   ishora  qilinmoqda.
13. Suhayli Yaman — Yaman yulduzi, Yaman tomonda juda ravshan ko`rinadigan yulduz.
14. Kayoniy—Eronning kayon sulolasiga mansub bo`lgan shohlar laqabi.
15. «alafbaho»—soliq nomi, ekinning ko`kiga qarab belgilangan soliq. Sulton Husayn bu soliqni bekor qilgan.
16. Nushirvon— odil shoh deb nom chiqargan sosoniylar sulolasiga mansub Eron shohlaridan. Bu yerda Navoiy Husayn Boyqaro odilligi haqida gapirib, agar Boyqaroni Nushirvondek odil shoh ko`rsa, u ham hayratda qolardi (boshini qimirlatib, chapak chalgay),— deydi.
«Xudo  mulkini ko`p va abadiy qilsin»  (duo).

X

              Bu bob Husayn Boyqaroning xotinlaridan biri Xadichabegimga bag`ishlangan. Navoiy Xadichabegimga atab maxsus g`azal ham bitgan (Qarang: Navoiy, Mukammal asarlar to`plami, 20 jildlik, 1-jild, 1987, 59-bet; Xadichabegim   haqida   qarang:   Bobirnoma,   231-bet).
1. Sulaymoni  ahd — Husayn  Boyqaro  nazarda  tutiladi.
2. Bilqisi soniy — ikkinchi Bilqis. Bilqis — Sulaymon payg`ambarning suyukli xotini. Navoiy u yerda Boyqaroning xotini Xadichabegimni «Bilqisi soniy» deb atamoqda. Uning yana «mahdi ulüyo» (oliy yo`lboshchi), «ismatut—dunyo» (dunyo pokizasi) kabi unvonlari  bo`lgan.
3. Sorai Uzmo, Xadinai Kubro—Xadichabegim nazarda tutiladi.
4. Ummon—Arabistondagi bir dengiz, bu yerda, umuman «dengiz» ma`nosida.
5. «Ikki sa`d axtar ikki farzanding»—Husayn Boyqaro va Xadichabegimning ikki o`g`li — Shoh G`arib Mirzo va Muzaffar Mirzo    nazarda    tutilgan.
              Muzaffar Mirzo — Xusayn Boyqaroning Xadichabegimdan tug`ilgan katta o`g`li. U taxt vorisi sifatida Badiuzzamon bilan ko`p ixtilofda bo`ladi. Boyqaro o`limidan so`ng ham akasi Badiuzzamon bilan birga Xurosoi taxti uchun kurashib, tezda Shayboniyxon hujumiga duch keladi va Astrobodga qochib ketib, o`sha yerda vafot etadi (Qarang: «Bobirnoma», 224-bet).
              Shoh G`arib Mirzo — Husayn Boyqaro va Xadichabegimning Kichik o`g`li. Turkiy va forsiy tillarda she`rlar bitgan, ularni to`plab devon ham tartib bergan («Majolisun-nafois», Navoiy, Asarlar, 12-tom, 175-bet). Navoiy «Hayratul-abror» dostonida va shahzoda o`limi munosabati bilan yozgan «Marsiya»da Shoh G`arib Mirzo haqida samimiy fikrlarini bayon etgan. Qarang: «Bobirnoma», 224-bet.
6. Masiho — Iso payg`ambarning laqabi. Afsonalarga ko`ra u o`z nafasi bilan o`lganlarga jon baxsh etish qobiliyatiga ega bo`lgan (Bu sifatni muallif Xadichabegim farzandlarida ko`rishni orzu qilgan).

XI

              Bu   bob   Bahrom   tarixiga   bag`ishlangan.
1. Bu baytlarda shoir so`zdan foydalanish mahoratini zargarning asl la`lni tanlash mahoratiga qiyoslaydi va qimmatbaho toshni tanlash zoti asil odamni tanlashdek murakkab ishligini uqdiradi.   
2.    «Ota tuban (xulqligu), o`g`il sharafli, bu (o`g`il) latifu, u (ota) kasofatli bo`lishi mumkin».
3. Halilulloh Ozar o`g`li.— butparastlikka qarshi bo`lgan odam, u butlarni sindirgan. Uning o`g`li esa, otasining aksi bo`lib, but yasovchilik kasbini egallagan.   
4. Yazdajurd (Nizomiyda Yazdigird)—Bahromning otasi, sosoniylar sulolasidan bo`lib, qadimiy Eronda 399—420 yillarda hukmronlik qilgan, o`ta zolim bo`lgan. U haqda «...chun mamlakat egasi bo`ldi, go`yoki mulk egasiz qoldikim, ul zolim va nodon kishi erdi»— deb yozgai edi Alisher Navoiy (Qarang: Navoiy, «Tarixi-muluki  Ajam», Asarlar,  14-tom, 217—218-betlar).
5. Bahrom binni Yazdajurd — sosoniylar sulolasiga mansub Eron shohlaridan biri. «Otasidan so`ngra saltanat taxtiga o`lturdi, otasi buzg`onlarni tuzdi va aning o`rnig`a adolat ko`rguzdi» (Qarang: Navoiy, Asarlar, 14-tom, 218—220-betlar). Sharq adabiyotida Bahrom an`anaviy obrazlardan biri bo`lib, u Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiy va Dehlaviylarning «Xamsa» asarlarida yetuk badiiy obraz darajasiga ko`tarilgan.
6. U (Yazdajurd) nimani buzgan bo`lsa, bu (Bahrom) hammasini  tuzatti.  Bu  baytda  tardi aks san`ati  qo`llangan.
7. Nu`mon — Yaman shohlaridan, Bahrom uning qo`lida tarbiyalangan.
8. Munzir — Nu`monning o`g`li.
9. Ahmadi Mursal — Muhammad payg`ambar.
10. Xavarnaq — Bahrom uchun qurilgan afsonaviy qasr. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra Xavarnaq yer yuzida tengi yo`q muxtasham  qasrlari  bilan  shuhrat topgan shahar  bo`lgan.
11. Go`r — yovvoyi eshak, qulon. Ikkinchi misrada qabr, mozor ma`nosida qo`llangan. Bu so`z Bahrom ismi bilan birga ishlatilishining sababi shundaki, shoh shu hayvon ovini juda sevgan. «Go`r» Bahromning laqabiga aylangan. «Ani Bahromgo`r dedilar. Muning jihatin ba`zi dedilarkim, go`rni shersayd qilg`anda, aning o`qi egnisidin o`tub, yerga tegdi. Ba`zi debturlarkim, go`r ovig`a ko`p moyil erdi»  (Navoiy, Asarlar, 14-tom. 218-bet).
12. Bu misrada quyidagi ma`lumotga ishora etilayapti: Navoiy «Tarixi mulki Ajam»da yozishicha, Yazdajurdning zulmini ko`p tortgan xalq uning o`g`li Bahromning shoh bo`lishini qat`iyan istamaydilar va Ardasher naslidan bo`lgan Kisro otliq kishini taxtga o`tqazadilar. Bu voqeani Bahrom eshitgach, ota taxtini egallash maqsadida Nu`mon bilan yetib keladi. El Bahromni tan olmaydi. Shunda Bahrom: mamlakatda xavf tug`ilsa qaysi birimiz daf` eta olishimizga qarab, shoh tayinlangiz,— deydi. Shunda xalq shohlik tojini ikki och sherning o`rtasiga qo`yib, tojni kim ololsa, shuni shoh tayinlaymiz deyishadi, Kisro toj olishga jur`at etmaydi. Bahrom esa, shu ikki och sherni yengib, toju-taxtga erishadi (Navoiy, Asarlar, 14-tom, 218-bet).
13. Xusravi G`oziy—Husayn Boyqaroning sifatlaridan biri. Bahromshohning turk xoqonini toru-mor etishdagi urush usuli — (Bahrom ko`p ming kishilik turk xoqonini g`aflat paytida qo`lga tushirib, o`z taxtini egallaydi)ni Alisher Navoiy maslahati bilan Husayn Boyqaro ham Yodgor Muhammadga qarshi qo`llagan. Shoir shunga ishora qilmoqda.
14.   Nizomiy va Xusrav Dehlaviy.
15. «Etti  bo`ston»—«Sab`ai  sayyor»   ko`zda  tutiladi.

XII

              Dostonning boshlanishi: Bunda Bahromning ovga chiqib, suratkash Moniy bilan uchrashgani, u Diloromning suratini ko`rsatgani va Bahromning ishqqa mubtalo bo`lgani haqida hikoya qilinadi.
1. Ajam mamlakati shohlari haqida qarang: Navoiy, «Tarixi muluki Ajam», Asarlar, 14-tom.
2. Bu misralarda «moh»—oy va baliq ma`nolarida kelgan. Ya`ni, Bahrom, «Oydan oyga muttasil — uzoq vaqt shohlik gashtini surdi, oydan baliqqacha — yerdan ko`kkacha bo`lgan elning shahonshohi bo`ldi (O`rta asrlarda yerni katta baliq o`z ustida ko`tarib turadi,— degan tasavvur mavjud edi).
              Bu yerda Navoiy «Moh» va Mohi» so`zlaridan so`z o`yini yasagan.
3. «g`arib umur»— Bu yerda «g`arib» so`zi ham bechora, yolg`iz ma`nosida, ham ajoyib-g`aroyibotlarga to`la umr ma`nosida ishlatilgan.
4. Ikkisin, ya`ni biri — g`arib bo`lib yurishing sababini ayt, ikkinchisi,   o`zing  ko`rgagn  eng  ajoyib-g`aroyib   voqealardan   ayt.
5. Bilki: axtargan—topadi.
6. Moniy — afsonaviy mohir rassom, Moniy ibn Fatak (216—
276) o`zining muqaddas kitoblarini juda go`zal miniatyuralar bilan bezatgan. Sharq adabiyotida Moniy— usta naqqosh, rassom sifatida mashhur.
7. Ikkinchi so`z — bu yerda ko`rgan eng ajoyib voqealardan so`zlab berish.
8. Mushtariy — bu yerda xaridor ma`nosida.
9. Birinchi misrada surat—rasm, ikkinchi misrada ajoyib holat ma`nosida (tajnis san`ati qo`llangan).

XIII

              Bu bob Diloromning husni ta`rifida, uni bedil (holsiz) Bahromga olib kelganlari haqida.
1. Bu yerda shoir lafziy san`at qo`llab, zulf (kokil) va layl (tim qora — tun, kecha) so`zlari orqali go`zalning tim qora zulfikokili dom   (tuzoq)ga o`xshashligini tasvirlaydi («layl» so`zidagi “ل” harfini tuzoqqa   (ilgakka)   nisbat   beradi).
2. «Ko`zi ohu, uning qoraligi (qorachig`i) Xo`tan (shahar nomi, u yerda a`lo navli mushklar yetishtirilgan) mushkiga (mushk— tim qora tusli xushbo`y narsa) o`xshaydi, xuddi jayron (ohu) o`z mushkidan uning ko`ziga xol tomizgandek  (jayrondan mushk olinadi)».
3. «Lablari orasida og`zi shundan yashirinki (ochilmagan) teshilmagan la`l deysan — og`zi (la`lga nisbat berilgan) shunchalik kichikki, lablari orasida ko`rinmaydi».
4. Bu baytlarda lafziy san`at qo`llangan bo`lib, labning jonbaxshligiga ishora qilingani holda, taqdir kotibi «jon» yaratishda — (yozishda ﺎﻥ so`zidagi) «nun»— «ﺩ» ni quyiroqqa yozib, uning g`abg`abi (iyak) aylanasini va «nun»ning nuqtasidan g`abg`ab chuqurchasini yasagan — deyiladi.
5. «Qoshlar butxona peshtoqidek bir-biriga payzasta (tutashgan) va ular ichida rahmsiz mastona ikki ko`z. Toqni qo`y, u (qosh) qorong`u mehrob   (sajdagoh), qosh  ustidagi xoli  qora  pashshadir».
6. Bu yerda «Dilorom» ham ism, ham lug`oviy ma`nosida («dilga orom beruvchi») qo`llanilgan. Xusrav Dehlaviyning dostonida ham Bahromning sevgilisi «Dilorom» deb atalgan. Nizomiy «Haft paykarida esa, uning ismi «Fitna», Ashraf «Haft avrang»ida «Ozoda».

XIV

1. Bu bob Diloromniig chang chalishdagi mahorati xususidadir. I. Qaqnus— afsonaviy qush, u juda xushovoz hisoblangan. Uning tumshug`ida juda ko`p teshiklar (360 ta) bo`lib, ularning har biridan turlicha ovoz eshitilib, go`yo kuy paydo bo`lar emish. Bu qushning mukammal ta`rifi «Lisonut-tayr» dostonida berilgan (Navoiy, Asarlar, 11-tom, 226—227-beglar). Badiiy adabiyotda qaqnus — abadiy    hayot   timsoli    hamdir.
2. Xo`tan — shahar nomi bo`lib, u sharq she`riyatida go`zal ayollari, a`lo sifatli mushklari, nafis shoyilari bilan  shuhrat qozongan   shahar   sifatida   talqin  qilinadi.   Bu  yerda  Diloromning go`zal  sifatlariga  ishora  qilinmoqda.

XV


Bu bob Bahromning may harorati ta`sirida Diloromini dashtu biyobonga tashlagani xususida hikoya qiladi.
1. Qalamzan— shoh saroyida hukm va farmonlarni yozib, xalqqa tarqatuvchi mirzo.
2. Bu misra tanqidiy matnda: «Dema qo`n tu`ma bo`ldi balki shubon».
3. Tanqidiy matnda «uyi».
4. «Muz sumalagidan sham` yasayman, degan bo`ladi», ya`ni niyatn puch bo`ladi.
5. Nizomiyda:
Fitna deydiya:  «O`qing bilan qulonning oyog`ini  boshiga tik!»
Xusrav Dehlaviyda:
Dilorom deydi; «Kiyiklarning urg`ochisini erkak, erkagini urg`ochi qil!»
6. Nizomiyda:
Fitna deydi: «Bu kuchning ko`pligidan emas, mashqning natijasidir».
Xusrav Dehlaviyda:
Dilorom deydi:
«Bu hunar — jodu, sehr ishidir».
«Ikki qattiq hadis»ning biri bu yerda Diloromning shohga taxsin aytmagani, ikkinchisi to`g`ri gapni aytgani edi.
Nizomiyda:
Bahrom Fitnani o`limga mahkum etib, hukmni bajarishni sarkardasiga topshiradi. Xusrav Dehlaviyda: Bahrom Dnloromni otdan  tushirib,  sahroda qoldirib ketadi.

XVI

Bu bob Bahromning mastlikdan hushyor bo`lib, Diloromini istab, biyobonga ketkb, uni topmay, o`zini yo`qotgani haqida.
1. G`orati G`o`r — bu yerda «g`orat»—«talon-taroj» degan ma`noda. Ya`ni G`o`rga qilingan bosqinchilik.
2. Joni bo`lmagandan keyin tan yerning quyida (tagida) bo`ladi, ya`ni yerga ko`miladi.

    1) «Quyosh botib, osmonda yulduzlar paydo bo`ldi»
    2) «Dilorom ko`rinmagach, Bahrom ko`z-yosh to`kdi».

3. Bu baytda tashbih san`ati qo`llanib, ikki ma`no ifodalangan:
4. Xizr — Afsonalarga ko`ra «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni izlab topgan va undan ichib, doimiy tiriklikka erishgan payg`ambar.

XVII

Bu bob Bahromning ayriliq azobida kechgan kunlari haqida hikoya    qiladi.
    1. «Bu kecha shoh Bahrom go`rlar (kiyiklarning bir turi) makonini maqom etdi».
    2. «Ko`hna  dunyo  unga  go`rdek   (qabrdek)   qorong`u tuyildi».
    3. «Ikki sheri arin»—Ikki changalzor sheri. Bu yerda toj egallash vaqtidagi sherlar bilan to`qnashuv voqeasiga ishora bor.

XVIII

              Bu bob Bahromning o`z parivashi hajrida devona bo`lgani va savdoyiligini tuzatish va ko`nglinn ochish maqsadida yetti iqlim (mamlakat)   sultonlarining  yetti  qasr  bino qilganlari haqida.
              *Nizomiyda Bahrom Xavarnaq hujralaridan birining devoriga naqshlangan yetti malikaning suratini ko`rib, (bu malikalarning ismlari ham ma`lum: Furak, Yag`manoz, Nozpari, Nasrinnush, Humoy...) oshiq bo`lib qoladi va ularga atab yetti qasr qurdiradn. So`ng Bahrom yetti rangdagi yetti qasrda yetti mamlakatning yetti qiziga uylanib, kunda bir malikadan qissa eshitadi.
              Dehlaviy dostonida esa, Bahrom qulon oviga haddan tashqari berilib ketib, shohlik ishlarini unutib qo`yayozdi. Bundan tashvishlangan arkoni davlat Bahromni ovdan chalg`itish uchun yetti qasr qurdirib, yetti mamlakatning yetti qiziga uylantaradilar. Kechalari  shoh malikalardan hikoya tinglaydi.
              Ashraf dostonida esa, Bahromning Ozoda bilan kiyik ovida bo`lish epizodi umuman yo`q. Unda Bahrom yetti mamlakat shohlarining yetti qiziga uylanganidan so`ng bu malikalarga atab yetti qasr qurdiradi. Mamlakati va xalqi tinchligi va osoyishtaligi yo`lida adolatli ish yuritayotgan Bahrom haftaning har bir kuni shohlikka tahlika tug`dirayotgan xavfli kuchlarga (ajdaho, dev kabi) qarshi kurashib, ularni yengib qaytadi va ma`lum bir qasrda dam olib,    malikalardan    hikoya    tinglaydi.
1. Taxta—bu yerda sartaxta, tobut ma`nolarida.   
2. Behud — hushsiz. Bu yerda vazn talabiga muvofiq «behad» o`qish kerak. Hud, hush kabi «vov» yoki «zamma» bilan yoziladigan so`zlardagi «vov»ni «vovi ma`dula» (o`zgartirilgan vov) deyiladi. She`riyatda qofiya va vazn talablariga muvofiq bu tovush «alif» bilan almashish mumkin.

XIX


              Bu bob yetti qasrning qurilib bitkazilgani va yetti iqlim (mamlakat) shohlari qizlarining u yetti qasrda Bahrom bilan nikohdan o`tganlari va haftaning har kuni Bahrom bir qasrda suhbat qurgani haqida.
1. «Xayoli qasrdagi naqshlar bilan band bo`lib, o`z xayolidagi ishq  savdosini   unutib».
2. «U bir nechaga uylanishi kerak, qasrlar ichida kuy va may (xursandchilik) bo`lishi kerak»
3. «To`y-tamosho avjga chiqib, Mohlar (go`zallar) shohga nikohlandilar».
4. Vaqtshunos— (kuning sharofatli yoki sharofatsizligini aniqlovchi)   olimlar  yaxshi vaqtni  aniqlashga  kirishdilar.
5. «Yulduzlar   sharofatli   kun  bulishidan  darak  berdilar».

XX


              Bu bob shanba kuni Bahromnnng qora kunini tunga ulagani haqida hikoya qiladi. Shanba kuni — Sharqda haftaning birinchi kuni hisoblangan. Keningi kunlar esa, shanbadan so`nggi birinchi kun (yakshanba), ikkinchi kun (dushanba) tarzida davom etgan.
Sarlavhadagi qoralik ma`nosini anglatuvchi mushkfom libos, mushkin gunbad, mushkbo` g`azol, mushkin boda, dudi qaro, shom so`zlari ketma-ket ishlatilgan va shohning firoq dardida o`rtanayotgan kayfiyatini ifodalash vositasi sifatida qo`llanilgan. Bu tanosub san`atining eng  yaxshi  namunasidir.
1. «Qopqorong`u tunli shanba tongi yuziga oq rangli nafis parda yopti». Majozan aytilgan bu ibora qora tun tugab, shanba, tongi otdi — ma`nosini ifodalaydi.
2. «Chin go`zallariga o`xshagan hind go`zali (hind—qora rangga   ishora)».
3. «Uydagi barcha jihozlar mushkdan — qora rangda bo`lgani uchun mahvash (u go`zal) xuddi zulmatdagi obi hayot (tiriklik suvi, o`lganlarni tiriltiruvchi)ga o`xshardi».
4. Vorisi Jamshid — Jamshid taxtining merosxo`ri. Bu yerda Bahromshoh    nazarda    tutiladi.
5. Sarandib — Öeylon   orolining  qadimgi  nomi.
6. Jasrat — jasoratli, Farrux — husndor, baxtiyor. Shoir asarlarida, xususan «Sab`ai sayyor» dostonida hikoya qahramonlarining  nomi  ularning ichki  ruhiy olami  va  tashqi ko`rinishiga
(«Oti Farruh, jamoli farxunda») qarab atalgan, ismi jismiga monand etib tanlangan. Dostondagi Dilorom, Sa`d, Mas`ud, Muqbil, Mudbir kabilar shular jumlasidandir. (Qarang: yo.  Ishoqov.
Ismi ham jismiga monand, Uzbekiston adabiyoti va san`ati, 1985,
16   avgust).
7. Mahmil   (kajava - ichida odami  bilan ko`tarib  yuriladigan arava), ustida qora duxoba, undan Chin mushkidek hush is sochilardi.
8. «Tong shamoli esib, tun qorong`usini (tutunini) tarqatgach, osmon chodiri xushbo`y pardani yig`ishtirdi, ya`ni tun ketib, tong, otdi, demakdir.  Bu  yerda tashbih san`ati qo`llangan.
9. Vazn talabiga  binoai «behad» o`qish kerak.
10. «U zamonda kim ziyoratga borsa, Ka`ba o`rniga Quddusga borar edi». Ka`ba musulmonlarning Makka shahridagi ziyoratgohi. Quddus shahri ham «baytul — muqaddas» nomi bilan mashhur ziyoratgoh.
11. Halab — Siriyadagi   bir  shaharinig nomi.
12. «Tong qo`rasi (o`choq — dam berib (puflab) olovi yondiriladigan) damini ishga solib, olamni quyosh o`ti bilan yoryatdi». Ya`ni tongning g`ira-shirasi ketib, quyosh chiqdi (tashbih san`ata qo`llangan).
13. «Tong oq pardasini tutib, boshiga nurli sallasini kiyganda»,  ya`ni   tong   otib,   quyosh   chiqqanda.
14. «Xo`roz sahardan darak berib chaqirgandan so`ng, kelin kabi kun ham jilvalandi», ya`ni tong otdi.
15. «Ikki: baxt yulduzi (yori va do`sti) ketgandan keyin uning yoruq    baxtiga    zarar    yetdi».
16. Tanqidiy matnda «o`zga».
17. «Birodarlik xatini joniga chekdi», ya`ni aka-uka tutundi.
18.    Musoyu Horun aka-uka bo`lgan. Horun —Muso payg`ambarning akasi. Bu aka-ukalar bir-birlariga juda mehribon bo`lgan ekanlar.
19. Hikoyaning boshlanishidan oldin qora rang Bahromning Diloromdan judolik kunlari, motam, azadorlik ramzi sifatida qo`llangan bo`lsa, hikoya oxiriga kelib, an`anaga zid holda qora rangning boshdagi toj ekanligini, ya`ni boshdagi sochning qoraligi insonning baxtiyorligidan, yoshligidan darak beruvchiligini ta`kidlash bilan tugallanadi. «Sochning qoraligi navqironlik belgisi. Navqironlk esa, muborak — qutlug`likning o`zi» (Qarang: Ishoqov. Ma`no gavharlari, O`zbekiston adabiyoti va san`ati, 1987, 6 fevralü).
20. «Visol tongidan umid bor joyda hijron shomi abadiy qolmaydi».

XXI


              Bu bob yakshanba kuni Bahromning zarrin qasrda kechirgan kuni haqida hikoya qiladi. Sarlavhada sariqlik ma`nosini bildiruvchi so`zlar tanosubi ketma-ket ishlatilgan: quyoshdek zarbaft libos, zarrin qasr, sariq kiyimlik hur, olgin qadah, sap-sarig` may quyosh    nuri,   oftob   rangi.
1. «Yakshanba kuni quyosh bayrog`ini ko`targach, ko`k gunbazi zarbaft to`n kiydi.
«Ko`k kelini zarli to`nga o`ralib, gul yuzli mohvashdek ko`rindi», ya`ni oftob chiqib, olam yorishdi. Bu yerda tashbih san`ati qo`llangan.
2. S. Ayniy nashrida, «Tun siyahtab qildi oltunini». Afsonalarga ko`ra, tog`larda rangi qoramtil oltin toshlar (sangi siyohtob) bo`lar emish. Shoir bu misradagi tashbehda shunga ishora   qiladi.
3. «Rumiy nasldan bo`lgan go`zal quyosh botgandek, pardaga kirdi» (uyquga ketdi).
4. «Tong shabadasi—dam, osmon gardishi qo`ra (temirchi qo`ra-ga dam berib, metallni eritadi), har bir oltin bo`lagi quyosh aylanasidek edi unga», ya`ni u quyosh aylanasidek oltni bo`laklarni osmon gardishidek qo`ralarga solib, tong shabadasi bilan dam berar edi  (mubolag`a san`ati qo`llangan).
5. Sohib  iyor — oltin-kumushlarning   (qimmatbaho  toshlarning) soflik darajasini belgilovchi.
6. Zayd Zahhob— Zahhobzargar, Zayd — zargarning nomi, ismi, bu so`zning lug`aviy ma`nosi «ko`paytirish», «qo`shish» bo`lib, hikoya qahramoni fe`d-atvoriga mos keladi.
7. 2000 botmon — besh tonna (bir botmon, 2,5 kg.— bu og`irlik ulchovi o`zgarib turgan).
8. Humoy— afsonaviy davlat qushi, go`yo uning soyasi boshiga tushgan kishi boy va baxtli bo`lar emish.
9. Shoirning bu xayoliy taxti hozirgi lift, eskolyatorlarni eslatadi.
10 «Ikki duogo`y (to`ti) o`rniga ikki sir fosh etuvchi (to`ti)ni qo`yilsa».
11. «U ikki to`tini bu ikki to`ti bilan almashtirdi».
12. Farang, Faranj—Franöiya. Hozirgi Yevropa ko`zda tutilgan.
13. Qustantaniya — Konstantinopolü— Istambul.
14. «Hamma yog`i yashm (yashil qimmatbaho tosh), pastki qismi esa oq tosh bilan ziynatlangan, yer esa oq marmar tosh bilan qoplan-gan edi».
15. Sivmnot, lot — Islomdan ilgari arablar cho`qinadigan mashhur butlarning nomi.
16.Tanqidiy   matnda   «bir».
17. «Kofirlarning ilohidan (butidan) bitta ham iloh (but) qolmadi yolg`iz xudodan boshqa alloh yo`q».
18. Za`faron — o`rta asrdagi Sharq tabiblari ta`limotiga ko`ra za`farondan tayyorlangan dori qattiq kulgu keltirar ekan.
19. Tanqidiy  matnda «har dam» o`rnida  «zohir».
20. «Tong yuzi sarg`aymaguncha charx unga quyoshni ko`rsatmaydi», ya`ni oq (yuz) sarg`aymaguncha yor visoliga yetib bo`lmaydi (tashbih qo`llangan).

XXII


              Bu bob dushanba kuni Bahromning yashil rang qasrda kun o`tkazgani haqida. Bu sarlavhada navbahor monand libos, yashil rang qasr, sabzarang libosli sarv (go`zal), zumrad rang jom, hayot suvi, tiriklik chashmasi, xizr kabi yashil rang ma`nosini anglatuvchi so`zlar tanosubi ishlatilgan.
1. «Dushanba kuni zangori osmon ko`zgusini  zangdan tozaladi. Gardun yuzini turli rang bilan tongning zumurrad chodiriga o`radi. Olamtob quyosh nurlari bilan ko`k sabzazorini serob qildi», ya`ni zangori osmon bulutlardan tozalangach, quyosh o`z nurini ko`kalamzorlarga  yoydi   (tashbeh san`ati  qo`llangan).
2. «Ko`m-ko`k osmon tun qorong`uligi bosishidan qop-qora bo`lguncha», ya`ni kech bo`lguncha.
3. Jamoli Yusufi Misriy — Misrning go`zali, aynan «Yusuf va Zulayho» asarining qahramoni Yusuf kabi (Yusuf payg`ambarga ham    ishora   bor).
4. Shahrisabz — Samarqandning janubiy tomoniga joylashgan shahar bo`lib, qadimiy nomi Kesh, Kash. Shahrisabz — yashil shahar demakdir.
5. Tanqidiy matnda —«bir».
6. «Suv bilan avj olayotgan o`tni (olovni) o`chirish mumknn emas».
7. Xizri roh — Xizrdek hamroh (xalq orasida tarqalgan va uzoq yo`lga kuzatilayotgan kishiga aytiladigan yaxshi tilak: «Xizr hamrohing bo`lsin» iborasiga ishora).
8. «Osmon quyoshini yashirganda tun ham osmondek quyoshsiz bo`ldi», ya`ni qorong`ulik tushdi.
9. Barhaman,— barahman — otashparastlar ibodatxonasining boshlig`i, ruhoniy.
10. Xisni Xaybar — Haybar qal`asi, Madinaga yaqin qishloq bo`lib, u yerda qadimgi yahudiylar yashagan.
11. Paylaqus — Luqmon hakimning shogirdi (Qarang: Navoiy, Asarlar,   15-tom,   238-bet).
12. «Hikmat ayturg`a yaxshiroq Luqmon»—xalq hikmatli so`zlaridan. Luqmon — payg`ambarlardan biri, Sharq adabiyotida u hakim — tabib tarzida ta`riflanadi. Uning nomi bilan bog`liq, ko`p hikmatlar va hikoyatlar mavjud.
13. «Balo xavfidan ko`ra baloning o`zi yaxshiroq».
14. Xizr — pang`ambar.— Sharq adabiyotida insonlarga yo`ldoshlik qiluvchi, to`g`ri maslahat beruvchi shaxs, abadiylik timsoli sifatida gavdalanadi. Bu yerda Xizrga o`xshash qariya nazarda tutilgan.
15. Yashil rang abadiylik, yashovchanlik ramzi.
16. «Jomospnoma»—kelajakni oldindan aytib beruvchi kitob Jomosp hakim haqida qarang: NAVOIY, Asarlar, 15-tom, 239-bet).
17. Axtari sa`d, Sa`di akbar—aynan, baxt yulduzi, xosiyatli yulduz. Bu yerda hikoya qahramonining— Sa`dning taqdiriga ishora ham   bor.
18. Tanqidiy matnda «bashir».
19.«Ofati asr»—shohning qizi nazarda tutaladi va u o`z davrining o`ta go`zali bo`lganiga ishora qilinadi.
20. Tanqidin    matnda    «kim».
21. «Shu holatida qonxo`r zangi xuddi qop-qora bulutdek tog` orasidan (chiqib keldi)».
22. «Oyyuzli go`zal minora ustiga chiqib, quyosh nurlarini Zuhal sayyorasi tomon taragandek turar edi». Zuhal sayyorasining qora rangli belgisiga ko`ra, bu yerda qora tanli posbon nazarda tutilgan.
23. «Ravzai  xazro»—Yashil  jannat   (bog`).
24. Ya`ni may g`amni yo`qotdi, aynan —«g`am ajdahosi elga zo`rlik qilmoqchi edi, uni zumurrad jomi ko`r qildi» (afsonalarga ko`ra  zumradga  tikilganning  ko`zi  ko`r (yumuq)   bo`lib  qolar  ekan).

XXIII


              Bu bob seshanba kuni Bahromning gulnoriy qasrda o`tkazgan kun  haqida, Sarlavhada qizil rangni anglatuvchn so`zlar birikmasidan mohirona foydalanilgan: gulrang libos, gulnoriy qasr, shafaqrang libosli quyosh (go`zal), yoqut rang qadah, yoqutu la`l dori, may kabi so`zlardan qizillik ma`nosini ifodalovchi tanosub san`ati qo`llanilgan.
1. «Seshanba kuni tezyurar osmon yulduz uchqunlaridan gul sochdi. Ko`hna charx ra`no (qizil) rangga kirib, qizg`ish bulut bilan xinolandi», ya`ni tong yorishib shafaq bilan qoplandi (tashbeh san`ati qo`llangan).
2. Bir lak — yuz  ming, o`n lak — bir  million.
3. Taroz — Dostoida Hindistondagi shahar. Asardagi geografik nomlarga shartli ravishda yondashmoq kerak.
4. Kavsar, salsabil — jannat suvlari, toza, tiniq va laziz oqar suvlar.
5. «Tangri undan barcha yuksaklikni, mukammallikni, hatto molu-dunyoni   ham   ayamagan».
6. Hotam — Sharqda o`zining o`ta saxiyligi bilan nom chiqargan afsonaviy shaxs. Alisher Navoiy «Hayratul-abror» dostonining karamga bag`ishlangan beshinchi maqolotida Hotamning himmat va   sahovatiga  bag`ishlangan  maxsus hikoyat keltiradi («Xamsa», 1960, 70-bet).
7. Zaminnavard — aynan, «er kezuvchi», majoziy ma`noda «ot».
8. Yig`och — uzunlik  o`lchovi,  bir  yig`och  taxminan — 7—12  km.
9. «Har bir suhbatdosh yuz xil hazilnoma so`z aytar, hamma narsa   bir-biridan  go`zal   edi».
10. Ya`ni tong otib, quyosh chiqdi.
11. Tanqidiy matnda «Tuna».
12. «Shabdez»—Xisrav Parvezning oti («Farhod va Shirin» dostonidagi qora tusli ot).
13. Quyosh shohi yuzini ochgach (kun yorigach), tun hindusining lashkari qochdi (tun qorong`uligi yo`qoldi).
14. S.  Ayniy  nashrida  Mallu  o`rnida  «Ballu».
15. Yusuf payg`ambarning kofurlar tomonidan chohga tashlanganiga ishora   (talmeh san`ati qullangan).
16. Vaziri xorij rom — yomon niyatli, fikri buzuq vazir» ya`ni Mallu.
17. «Avval rafqu so`ngra safar», ya`ni avval hamroh tanla, so`ngra safarga chiq.
18. Sabablarning    sababchisi,   tangri.
19. Tankidiy  matnda  misralar  almashib  tushgan.
20. Amna (mango), tanbul—Hindistonda xush bo`y yaproqlardan tayorlanadigan maxsus ovqat.
21. «Do`stlar gulga g`arq edilar (atroflari gul, bahor edi), dushmanlari ham gulga g`arq yotardi» (ammo farqi shu ediki, ular  (dushmanlar)   g`arq  bo`lgan  «gul»   qizil  rangdagi   o`z  qonlari   edi).
22. Hayotning go`zalligini tarannum etuvchi bu misralar Alisher Navoiyning hikmatli so`zlaridan biriga aylanib - ketgan.

XXIV


              Chorshanba kuni Bahromning moviy qasrda kup o`tkazgani haqida. Sarlavhada tanosub san`ati qullanib, havo rang turli ko`rinishlarda ifodalangan: moviy kiyim, ko`k (osmon) rang qasr, och ko`k (quyoshli osmon) libos kiygan go`zal, feruzagun qadah, ko`kimtir may.
1. «Chorshanba kuni moviy falak tun karvonini safarga chiqardi. Quyosh   o`z   zarhalini   yoyib,    qorong`ulik   ustini   yorug`lik   yopti, Quyosh   ko`kda   safar   qilib,   nilufarga   ro`-baro`   bo`ldi»,   ya`ni tong  otib,    quyosh  o`z  nurlarini  moziy    osmonda  taratti   (tashbeh qo`llangan).
2.  «Go`yo ko`zni abadiy yoritmoq uchun oftob ko`k atlasini kiyib chiqdi», ya`ni oy chiqdi.
3. «Ko`k gumbazi lojuvardi (yuzi)ni qaro qilguncha», ya`ni qorong`u tushguncha (davom etdi).
4. «Osmonda yulduzlar paydo bo`lib, quyosh kemasi Nil ichida (ko`k rang yoki Nil daryosi ichida) botdi», ya`ni quyosh botib, qorong`u tushdi. Bu va yuqoridagi misralarda murakkab tashbih keng qo`llanilgan.
5. Tanqidiy matnda bu bant avvalgi bobning so`nggida berilgan.
6. Adan — Hozirgi Saudiya Arabistoniga qarashli shahar, Yamanning janubida joylashgan.
7. Jobir —jabr etuvchi, zolim. Bu nomda shoir hikoya qahramonining ichki  qiyofasini ham fosh etadi.
8. «Mehr» ismining quyosh, oftob ma`nosi bilan birga sevgi muhabbat   ishq   ma`nolari   ham   bor.
9. Suhayl — eng yorug` yulduz. Afsonalarda bu yulduz baxt keltiradi deb talqin qilingan. U Yaman tomondan yaxshiroq va ravshanroq ko`rinar ekan. Suhaylning Yaman shahridan ekanligi ham shundan.
10. Nilufar — suv yuzida ochiladigan va suvda o`sadigan ko`kimtir   rangdagi   ko`zasimon   chiroyli  gul.
11. Ikki   sutuh— Ikki   dahshatli— fil   bilan   sher.
12. Ikki muhlik ajab g`am — ikki dahshatli, halokatli g`am, ya`ni, ham Mehrning, ham Suhaylning Jobir qo`lida asirlikda ekani nazarda tutilgan.
13. «Yuziga shapaloq uraverganidan yuzi ko`karib ketdi (gulistonida nilufarlar ochilgan edi)».

XXV


              Bu bob panjshanba kuni Bahromning qora-sariq rangli gulshanda orom olgani haqida.
1. «Payshanba kuni falak tong mahalda ko`k yuziga sandal hidini ufurdi, nasim sandal kabi hid tarqatib, ko`k dimog`ini atirga burkadi, sandal isiga o`xshash atirdan tun mijozi o`zgardi (qorong`ulikdan qutuldi»), ya`ni tong otib, xushbo`y shabada esdi (murakkab tashbeh qo`llangan).
2. «Soqiy bosh og`rig`ini daf` etish uchun mayga sandalning qizil (sharbat)idan qo`shgan edi». (Sandal daraxti efir moyiga boy bo`lgani uchun Sharq tabobatida u bosh og`rig`i davosi sifatida ham qo`llangan. Bu yerda sandalning shu xususiyatiga ishora qilinmoqda). «Sandal bog`ining xurshedi botib, tun zog`i (qora) qanotini yoydi. Kecha mushk rangli chodirini yopingach, osmon sandali unga yulduzlarini sochdi», ya`ni kech kirib, osmonda yulduzlar paydo bo`ldi.
3.Sandali—kursi, sandal (qora-sariq rangli xush isli) daraxtdan    yasalgan    kursi.
4. Muqbili biyobongard — biyobon kezuvchi Muqbil. Muqbil —iqbolli, qobil demakdir.
5. «Mudbiri bihor navard»—daryo kezuvchi Mudbir. Mudbir —ishi orqaga ketuvchi, baxtsiz demakdir. Nizomiyning «Haft paykar» dostonida sandal rangli qasrdagi go`zal «Xayr va Sharr» (yaxshi va yomon) haqida hikoya so`zlaydi. Navoiyning «Muqbil va Mudbir» hikoyasi g`oya jihatidan Nizomiy hikoyasiga yaqin turadi. Alisher Navoiyning «Lison ut-tayr» dostonida ham Muqbil va Mudbir haqida hikoyat keltirilgan bo`lib, shoir ularni shunday tasvirlaydi:

Biri noqisvash, biri komilsifat,
Onga Mudbir, munga Muqbil erdi ot.

Har biriga zot edi oti kibi
Ul sifatkim, ot edi zoti kibi.

Muqbil aytur erdi ahlillohdin,
Dinda xayli komilu ogohdin.

Ahli nuqsondin edi Mudbirg`a so`z
Uylakim,  but  vasfidin kofirg`a  so`z...

(Alisher  Navoiy. Asarlar,   15 jildlnk,  11-jild,  49-bet).
6. «Xabardor kishilar bu yerdan yurmas edilar».
7.«Suvu tufrog`i — neftu gugurt edi».
8. «Bug`u qo`lansa hid hujum qilib, Iso nafasini ham zaharlab qo`ydi».
9.«Bu o`rtamizda ayriliq bo`lur».
10.«Malloh — kemachi ularga ikki kishilik kema (sandal) berdi».
11.«Bir ulug` kemaga uning arqonini (bog`ladilar)».       
12. «Darhol ochlik va tashnaligi yo`qoladi» (juu atash—ochlik va tashnalik). Tanqidin matnda bu misra «Aylagay daf` juyu man` atash» shaklida  berilgan.
13.    «Nurli qaddu-qomati jannat niholidek (edi), Vujudining tufrog`u suvga dahli no`q edi. Bu yerda shoir «inson tufrog`u suvdan, ya`ni loydan yasalgan» aqidasini tan olmaydi.
14. «Taomlar shunday totli ediki, go`yo jannat ne`matlariga o`xshar edi».
15. «Suvning badbo`yligi sabab bo`lib, barchalari vabo kasalidan o`ldilar».

XXVI


              Juma kuni Bahrom oq qasrda go`zal ma`shuqasi Diloromdan xabar topgani haqida. Bu sarlavhada oq rangga mutanosib so`zlardan foydalanilgan oppoq (kofuriy) kiyim, oq (kofurgun) qasr, oppoq libosli go`za, fil suyagidan (u oq bo`ladi) yasalgan taxt, billuriy (oq) jom, oq rang boda kabilar.
1. «Juma kuni bu baland osmonning toqi tong ganjidin oqardi. Falak sehrgari yulduz donalaridan og`ziga cho`g` solib olgan, u erta tongdan boshlab shundan alangalandiki, nafasidan olamga o`t sochdi. Tongotar tarafni falak tozalovchisi quyosh (mehr) sovunini surtib, pokizalab yuvdi», ya`ni oppoq tong otib, quyosh chiqdi.
2. «Barbatzan»—barbat chaluvchi ayol, barbat – ک — yoy shaklida yasalgan qadimgi chertma torli soz, cholg`u asbobi.
3. «Mehribon shohning shu so`zlari (xojaga kuyov bo`lishi haqidagi) bu qulga (xojaga) izzat-ikrom ko`rsatish edi: qora tuproqni osmonga ko`tarib, zarrani quyosh darajasida qadrladi».
4. «Haq uni davrning yagonasi va dunyodan toq o`tadigan qilib yaratgan».
5. «Hayotimdan tamom umid uzilganda»...
6. «Yo`q   ersa,   so`zimga  loyiq  hukmingizni  chiqaring».
7. «Farishga (dek xoja)  ehsonndan  oziqlanib,  hur   (qiz)ning xonishlaridan rohatlansam».
8. Nuh— uzoq umr ko`rgan payg`ambar.
9. Kofur — Oq rangli va xushbo`y modda (kamfara). Uni ko`p iste`mol etilsa, kishi organizmidagi ayrim hujayralarga salbiy ta`sir etadi. Kofur  ismida shunga ishora ham  bor.
10. «Hajr tikani uning ichini azoblar, kuy(lash) bilan (azoblar)   tashqariga sizib  chiqar  edi».
11. «Oyog`ing tagidagi  yo`lni quyosh   (nurn)dek yorituvchingmen».
12. «Qiynoqdan azoblangan joning bor».
13. «Natijada kun chalish bilan (kishilarni) kuldiradigan, uxlatadigan, yig`latadigan   (san`atga ega)   bo`ldim...»
14. «Men  dedimki:   (Avval)   qo`lini  band et, Keyin   yiroqdan   turib   bo`g`izla!».
15. Shu  qadar  bema`ni   va  o`rinsiz  gap  aytibmen.
16. «Qop-qorong`u kechada ham uxlamay ot surib kelar ekan».
17. «Koptokdek bandlangan odam bo`lib, Boshdan oyog`i sirtmoqlangan emish».
18. To`ya yoki filga o`rnatilgan kajava (Unda ayollar olib yurilgan).
19.«Yo`lovchilar bir jaziramaga yetganda».
20.«Agarda so`zida qat`iy turgan bo`lsa, Hech bo`lmasa, jonni qutqarib qolaylik».
21. «Men bu xil gaplarini eshitgach, Gul yuzli go`zal bilan xayrlashdim».
22. Tanqidiy   matnda   «ne».
23.Uning (hikoya aytuvchining) jon baxsh etuvchi so`zidan (Bahrom) o`lgan kishidek o`zidan ketdi. Bu misralarda «tazod» san`ati qo`llanilgan.

XXVII


Baxrom yo`qotgan kishisidan xabar topib, o`lik taniga jon kirgani haqida.
1. «Chala    bo`g`izlangan    ovdek   edi».
2. «Olovda kuygan xasdek o`rtanib, nihoyatda sabrsizlik aylar edi».
3. «Tong kulib yorishganda,
Qussh shu`lasi (ushshg) damidan yondi», ya`ni tong yorishgach quyosh purlzrn taraldn.
4. Dedilar: «(U tarafga) bormagan yaxshi, chunki shohda holsizlik yuz bermoqda. Garchi firoq o`ti halokatli bo`lsa-da, lekin oradagi bu yo`l (ham) ancha yiroq. (Po`l) mashaqqati shiddatidan salomatlikka    zarar    yetishi    mumkin.
5. «Lekin   tog`    ulug`voru    vazmindur».
6. «Tog`ning odati (o`z yerida) mustahkam turishdir. Agar u qo`zg`olsa, qiyomat bo`ladi».
7.«Xamsa»ning   1960 yil nashrida  «Sho`xning».
8. «Osmon yergacha past tushib, yerga tushgan osmon oyog`iga quyosh (bosh qo`ygandek) bo`ldi». (Osmon va quyosh so`zlarida shoh va Diloromga nisbat berilib, tashbeh sanüati qo`llangan).
9. «Qora tuproqqa xudo soyasi tushgandek, soyaga to`satdan quyosh ham tushdi. (Xudo soyasi— shoh, quyosh— Dilorom). (Bu yerda tashbeh   san`ati   qo`llangan).
10.    «Shoh yerda o`zidan ketib yotar edi, moh ham,
Moh o`ziga kelmas edi, shoh ham. Bu misralarda «tardi aks» san`ati qo`llanilgan.
11.    «Oppoq tong otguncha bittasida ham xush yo`q edi».

XXVIII


Bahromgo`rning ovga otlangani va uning saltanati tugagani haqida.
1. «Etti falak gumbazi oromgohi bo`lib, falak Bahrom (sayyorasi) xizmatkori bo`lsa ham...»
2. «O`z uyida (xursandchilik devori ichida) diqqat bo`lsa, ovga otlanardi».
3. «U ovda ovlanadigan (hayvon)lar (osmondagi) yulduzlarcha (ko`p) edi. (Ularning) barchasig`a qochib ketadigan joylar berkitilgan edi».
4.«Qurshov   egallangach,   xalq   to`xtadi».
5. Yig`och— uzunlik o`lchovi, bir yig`och — taxminan yetti-o`n ikki ming metrga teng.
6.«(Bu holatda ular) bir-biridan ajralishi ajab emas, (chunki) har tarafda yer zir titrar edi».
7.«Sayd qiluvchilar ham, said bo`luvchilar ham cho`kib ketishdan    qutila    olmasdilar».
8. Ya`ni, «sipoh ketgan tomonga (o`lim botqognga) shoh ham ketdi».
9. Navoiyda Bahrom o`z odamlari bilan botqoqqa botib ketadi. Nizomiyda Bahrom qulon (Go`r) orqasidan quvib borib, bir g`orga   kirib   ketadi   va   qaytib   chiqmaydi.
Dehlaviyda Bahrom ov paytida bir tubsiz chohga tushib ketib g`oyib   bo`ladi.
10.  Afridun — Faridun — Qadimgi Eron shohlaridan biri. Jamshidning nabirasi. U yaxshi axloqlik olim va odil podshoh
bo`lgan... «Faridunning podshohligi beshyuz yil erdi». (Navoiy. Asarlar. 14-tom, 189-bet). Navoiy bu yerda Faridun shuncha yil shohlik qilgani bilan bari bir o`limdan qutila olmadi, demoqchi.

XXIX


              Davrning norostligini aytib, mansabdan mag`rurlanganlarni tapbeh bilan uyg`otmoq haqida.
1. Eng uzoq umr ko`rgan deb faraz qilingan payg`ambarning nomi.
2. «Lotazar kofirina dayyoro» — Kofirlarni butxonaga taklif    qilma.
3. Qadimgi Eron hukmdorlarini tarixchilar to`rt tabaqaga ajratganlar. Bular peshdodiylar, kayoninlar, ashkoniylar va sosoniylar  sulolasidir.
Kayumars — peshdodiylar sulolasiga mansub bo`lgan birinchi podshohdir. U haqda Navoiy qunidagi ma`lumotni keltirgan: «...Har taqdir bila podshohlik qoidasi andin burun yo`q erdi. Bu qoidani ul tuzdi. Dag`i avval kishikim, shahr bino qildi, ul er-di»... Bu haqda yana qarang: (Alisher Navoiy. «Tarixi muluki Ajam»,   Asarlar,   14-tom,   185-bet).
4. Hushang — Kayumarsning nabirasi. U haqda Navoiy yozadi: «Xiradmand va odil va olim podshoh erdi... Va dod va adl jihatidin ani peshdod dedilar. Va temirni toshdin ul chiqordi... yig`ochdin taxta ul kesib, uylarga eshik yasadi va aksar konlarni ul chiqordi va barsni va itni ul kiyik olg`uvchi qildi va otqa egar ul yasadi va tevani yukka ul kiyurdi... arig`lar qozib suv solib, obodlig`  ul  qildi...»   (Navoiy,  Asarlar,   14-tom,   180-bet).
5. Tahmuras — Hushangning o`g`li. Navoiy yozishicha, u «...xaloyiq rioyatiga va mamolik himoyatig`a jidd bila mashg`ul bo`ldi... Va forsiy kitob bitmak va bo`z to`qumoqni ul ixtiro` qildi. Va aning zamonida qattiq vabo bo`ldi. Har kimning bir sevar kishisi bor ersa erdi, aning suvratin yasab, aning bila xursand bo`lur erdi» (Navoiy. Asarlar. 14-tom, 187-bet).
6. Jamshid — Tahmurasning ukasi, (ayrim manbalarda jiyani)    (Navoiy.  Asarlar,   14-tom,   187—188-betlar).
7. Zahhok — Jamshiddan so`ng uning taxtini egallagan jiyani. Navoiy ma`lumotiga ko`ra, u «...zulmu sitam og`oz qildi... Ammo Zahhok saltanati va zulmi uzoqqa tortti, andoqki el aning zulmidin ojiz bo`ldilar...» (Navoiy. Asarlar, 14-tom, 188—189-betlar).   
8. Afridun — Jamshidning nabirasi, olim, oqil va odil shoh bo`lgan   (Navoiy, Asarlar,  14-tom.  189—190-betlar).
9.Gushtosp — Kayoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh. (Navoiy. Asarlar,    14-tom,    196—197 betlar).
10. Kurshosp — Girshasp — peshdodiylar sulolasining so`nggi podshohi  (Navoiy. Asarlar,  14-tom,  192-bet).
11. Kayqubod — Eron shohlarining ikkinchi tabaqasi — kayoniylardan bo`lgan birinchi hukmdor (Navoiy. Asarlar, 14-tom, 192— 193-betlar).
12. Kaykovus — Kayqubodning o`g`li.
(ko`proq   el   nabirasi   derlar).   (Navoiy.   Asarlar,   14-tom,   193— 194-betlar),
13.    Kayxisrav — Kaykovusning   o`g`li.
14.Tahamtan — Kayoniy shohlaridan biri.
15. Tus — Eron shohlaridan biri.
16. Doro — (mel. av. 336—330) kayoniylar sulolasidan bo`lgan shoh. «Chun zolimtab` kishi erdi, zulmidin ulug` el ozurda bo`ldilar...»  (Navoiy. Asarlar,  14-tom, 200—201-betlar).
17.Bahman—kayoniplar  sulolasi shohlaridan biri.
18. Asfandiyor—(Isfandiyor deb ham yoziladi)—Bahmanning otasi.
19. Iskandar— Kayoniylar sulolasining mashhur podshohi - (laqabi Zulqarnayndur — ikki shohli).
«Ham hakim erdi, ham vali. Ba`zi anga nubuvvat ustodi ham qilibturlar. To`rt yuz hakim aning xidmatida erdilar... Olamning barru bahrin olib, hayvon suyi tamannoga bila zulumotqa kirdi... Mashhurdurkim, vasiyat qildikim yalang iliklarni tobutdan toshqari chiqorsunlarkim, olam ahlig`a mujibi tanbih, balki ibrat bo`lg`aykim, olamdan ilik torta tutqanlar — Va aning osoridin Ya`juj saddidur...»     (Navoiy.   Asarlar,   14-tom,   201,  203-betlar).
Alisher Navoiy Iskandarga bag`ishlab maxsus «Saddi Iskandariy» dostonini ham bitgan.
20. Dorob — Bahmanning o`g`li, Doroning otasi.
21. Ashk bin Doro — Ashkoniylar tabaqasining hukmdorlaridan.

XXX


Yozuvchining Shoh Bahrom suratini tushda ko`rgani va bu tarix nazmi uchun uzr so`ragani haqida.
1.«Ollohga shukrki, yana iqbol yulduzi baxtimni porloq qildi».
2.«(Bular) faqat dengiz durlari emas, balki turli javohirlar konidir».
3.«Bu javohir yulduzlardan xuddi qirlarda osmon (bo`yi) cho`qqilar paydo bo`lgandek edi».
4.«Sof gavharlar do`l donasicha, la`lu yoqutlar lolacha (ko`rinmadi)».   
5 .«Bir eski bo`yra to`shak edi, bir chekkadagi tosh suyanchiq edi».
6.«Bir guruh olomon g`avg`o-to`polonda boshlarida bir baland taxt (kutarib, paydo bo`ldilar)».
7.Sekiz bonu — sakkiz xonim. Bu yerda yetti rangli qasrdagi etti mamlakat malikasi va Dilorom ko`zda tutiladi. Yuqoridagi sekiz poya, sekiz burj, sekiz samin, sekiz munir kabi so`z birikmalarida ham yetti iqlim voqealari va Bahromu Dilorom sarguzashtlariga  ishora  qilinadi.
8.Dilorom — ham ism, ham sifat. Bu yerda tajnis san`ati qo`llangan.
9. «Ey bilim mulkini zabt etgay, qalam nayzasi (uchi) bilan olamni egallagan».
10. «Nazmingni jonbaxsh deb ta`riflash — Obi hayotni (jon-baxsh etuvchi suvni)  sof (top-toza) deb maqtash bilan tengdir».
11. Nizomiyning «Haft paykar» va Dehlaviyning «Hasht behisht»   dostonlari   ko`zda   tutiladi.
12.Tarixiy    asarlar   ko`zda    tutiladi.
13.Sulton Husayn Boyqaro «Shohi G`oziy», ya`ni urushlarda g`alaba qiluvchi   shoh, deb ham ataladi.
14. «Husayn Boyqaroning fikri quyoshdan afzal, quyosh esa (uning) oldida zarradan ham kam. Kuch-qudragi oldida ko`k gumbazi Suho yulduzi (Hulkar to`plamidagi eng xira yulduz) chadir».
15. «Jahonoro» — Afsonaviy «Xavarnaq»qa nisbat qilingan bu xashamatli bog`ni Husayn Boyqaro o`zi uchun qurdirgan. Tarixiy ma`lumotlarga ko`ra bog` Hirotning shimoli-sharq tomonida joylashgan. U 440 jerib (1 kv. km.) maydonni egallagan. Bog` o`rtasida baland saroy, shimol kismidagi hovuz atrofida 4 ta shiypon qad ko`targan.

XXXI


              So`z oxiri va doston tarixining bayoni va baytlar sonining anig`i.
1. «Rabboniy   fazilatining   fayzi   menga   bu    ajoyib   asarni-(yaratishni)   nasib etdi. Poklik fayzining g`ayrati bilan bu daftar (kitob) tugallandi».
2. «Etti xil qiyin yo`ldan o`tdim (Etti sayyoh haqidagi asarni tugatdim)».
3. «U Rustami Zol («Shohnoma» qahramoni) o`tgan yetti xatarli yo`ldir». Rustam jinlar qo`lida tutqinda bo`lgan Kaykovusni qutqarish uchun Mozandaronga yo`l oladi. Yetti kechayu yetti kunduz yo`l yurib,  yetti xavfli to`qnashuvga (arslon, ajdaho, ajina va b.) uchrab,  ularni yenggan Rustam  Qaykovusni ozod qiladn.     
              Alisher Navoiy «etti aqbadin o`tdpm — yetti qiyin yo`ldan o`ttim, ya`ni yetti hikoyatni tugatdim»,— deganda, o`zining bu ishini Rustam o`tgan yo`lga kiyoslaydi (Qarang: S. Xasanov. Roman o Baxrame, .S.132.).
Filologiiya fanlari doktori S. Hasanov ma`lumot berishicha, «etti» so`zi «Sab`ai sayyor» dostonida yetti iqlimdan kelgan yetti sayyohning haftaning yetti kunida so`zlagan yetti hikoyati, yetti shohning go`zal qizi, yetti rang, yetti sayyora, yetti falak, yetti qasr birikmalarida qo`llanilgan bo`lib, jami to`qson marta ishlatilgan (S. Xasanov. Roman o Baxrame, S. 130.).
4. «Zumurraddan ilon ko`zi ko`r bo`lsa, shu zumurrad ko`rlikni daf` ham qiladi. Gul isi qo`ng`iz balosi bo`lganidek, shu is baloning vabosi hamdir».
5. «Kotib   ر ک    (ko`z)   so`zidagi      ذ (z)   harfi tepasiga qo`yiladigan nuqtasini chekmasa, ko`zni qorachug`siz (nuqtasiz) ya`ni ko`r ر ک     qilib qo`yadi». Bu yerda lafzy san`at qo`llangan.
6. Tili qamish qalamdek yorilsin, basharasi xatndek qora bo`lsin.
              Alisher Navoiy bilimdon va madaniyatli kishi sifatida o`z asarlarining (undagi so`z va iboralarning) bexato va nuqsonsiz bo`lishini juda istar edi. Ayrim kotiblarning «tuzatish» va e`tiborsiz ko`chirishlari esa shoirni qattiq ranjitar edi. Alisher Navoiy «Mahbubul-qulub» asarida kotiblar zikriga alohida fasl ajratgan bo`lib, unda ham xato ko`chiruvchi kotiblar xususida to`xtalib,   quydagilarni   yozgan:

Qaysi bir kotibki, ul so`zga qalam surgan xilof,
Ul qaro yuzluq, boshi bo`lsun qalam yanglig` shikof.

(Qarang: Alisher. Navoiy, Asarlar, 15 jildlik, 13-jild, 22-bet).
7.«Qorong`u kecha oppoq tong bilan almashganda, uning (Bahromning) uyqusi kelar edi».
8.«Bu ajoyib (asarni) boshdan oyoq hisoblab chiqilsa, bayti besh mingga boradi».
9.Bu asarni yozishga ketgan fursatim ularning (Nizomiy, Dehlaviyning)  ketkazgan o`ndan  bir  vaqtining  o`ndan  biriga teng.
              Agar Nizomiyning «Haft paykar», Dehlavyning «Hasht behisht» dostonlari ikki yildan ortiq, Ashrafning «Haft avrang»i uch yilda yaratilganini eslasak, Navoiyning bu so`zlari naqadar haqligiga ishonch hosil qilamiz.
              Vaholonki, yuqorida Navoiy o`zidan avval Bahrom haqida doston yaratgan ijodkorlarning asosiy ishlari faqat ijod bilan shug`ullanish ekanligiga, Navoiy esa, el-xalq mojarosidan ortgan vaqtdagina qo`liga qalam ola olishini, shunga qaramasdan, bu doston to`rt oyda yozilganini, agar boshqa ishlardan ozod bo`lganida esa, to`rt xaftada yozishi mumkinligini ta`kidlagan edi.
10. Bu Saytlarda dostonning yozilish tarixi berilib, asar 889 yil jumodus-soniy oyining payshanba kuni tugallangani ma`lum qilinadi. Bu hijriy yil hisobi. Agar melodiyga aylantirilsa 1434 yilning iyunü oyiga  (6, 13, 20. 27 kunlariga) to`g`ri keladi.
11. Varag`u satrlarini hisoblab, besh ming bayt taxmin qildim. «Sab`ai sayyor» dostonining P. Shamsiev nashrga tayyorlagan ilmiy-tanqidiy matinda (1956 y) baytlar soni besh ming to`qqiztadir.