Òîï ðåéòèíã www.uz
XI

Bu gavharfishonliqdin chun ulug` maqsud tarix ilmi maxzanig`a vuquf topmog`lig` va bu javohir nishonliqdin kulliy murod salotini moziya holoti makshuf bo`lmog` erdi, ul jihatdin Ajam mulukikim, to`rt tabaqa voqe`dururlar, alar ahvolidin ijmol tariqi bila ixtisor etildi va avvalg`i tabaqakim peshdodiylardurur peshnihod alar ishlari sharhin qilindi

Bu tarix surat nigorandasi,
Bu yanglig` bo`lur so`z guzorandasi:

Ki andinki Odam alayhissalom,1
Xilofat saririda tutti maqom.

Anga tegrukim, shohi Makkiy laqab,
Ne Makkiy laqabkim, Rasuli arab

Muhammadki2 erdi rusul shohi ul,
Laduniy ulumning ogohi ul.

Qilib Haq ani sayyidal-mursalin,3
Risolat uza bo`ldi masnadnishin.

Bu mobayn aro voqe` o`lg`on muluk
Ki, ko`rguzdilar shahlig` ichra suluk.

Ko`p ettim tavorix o`qur sori mayl,
Hamonoki bor erdilar to`rt xayl

Ki, tarix tahririn etgan raqam,
Bitibdur alarni «Muluki ajam».

Agarchi ko`p o`lmishdurur ixtilof
Ki, bor ixtilof aylaganlar maof

Ki, solmishdurur imtidodi zamon,
Havodiski, om aylamish osmon.

Tavorix vaz`ig`a behad futur
Ki, andin bu fan ichra bo`lmish qusur.

Vale ulcha bergaylar andin xabar,
«Nizom ut-tavorix»4 erur mu`tabar.

Qilib o`zgalar birla tatbiq ham,
Bu sarnoma fihrastin ettim raqam.

Bularniki sabt ayladim to`rt qism,
Eshit emdi borig`a tarixu ism.

Burung`ig`a keldi laqab Peshdod,
Ikinchi emishlar Kayoniynihod.

Uchunchiga Ashkoniy o`ldi laqab,
Yana birga Sosoniy o`ldi laqab.

Vale Peshdod5 o`ldi o`n bir kishi,
Burun saltanat keldi bu qavm ishi.

Alar peshvosi Kayumarsi6 rod
Kim, ul qo`ydi taxt uzra oyini dod.

Tutub gar jahonni asosi aning,
Dadu vahsh charmi libosi aning.

Yana bir jahondor Hushang7 edi
Ki, zebandai toju avrang edi.

Anga yo`q xiradmandlig` ichra had,
Bitib nusxae «Jovidoni xirad».

Chu ul bordi, Tahmuras8 o`ldi padid,
Anga bog`ladi olam ahli umid.

Base shahr olamda qildi bino,
Nishopuru Marvu Sipohon9 yano.

Yana surdi Jamshid10 olamg`a raxsh
Ki, ham taxtgir erdi, ham tojbaxsh.

Xaloyiqqa ko`p yetkurub intifo`,
g`arib amr ko`p ayladi ixtiro`.

Yana dahr dorosi Zahhok11 edi,
Ki, el qoni to`kmakta bebok edi.

Necha kun ishiga ko`rundi sabot,
Borur chog` ko`rundi anga asru bot.

Faridun12 edi so`ngra ofoqgir,
Anga bori ofoq farmonpazir.

Boshi uzra toji Kayoniy bo`lub,
Dirafshi aning koviyoniy bo`lub.

Manuchehr13 bo`ldi valiahd anga
Ki, masnad edi bu kuhan mahd anga.

Furot arig`in ul ravon ayladi,
Shajar ektiyu bo`ston ayladi.

Yana topti Nuvdar14 jahondin navo,
Jahon mulkiga bo`ldi farmonravo.

Vale dahr komin ravo qilmadi,
Anga dog`i olam vafo qilmadi.

Yana shohlig` qildi Afrosiyob15,
Vale qildi Eronni zulmi xarob.

Zamonida gar erdi obod kam,
Ani qo`ymadi charx obod ham.

Bo`lub Zob Tahmospning16 navbati,
Falakdin o`tub chatrining rif`ati.

Musallam anga erdi avrangu toj
Ki, bog`ishladi yeti yilliq xiroj.

Chu olam tihi bo`ldi Tahmospdin,
Zamon zebu far topti Garshosbdin17.

Falak tavsanin garchi rom ayladi,
Chu vaqt o`ldi, ul ham xirom ayladi.

Bari dahrning sarfarozi edi,
Vale dahrdin barcha bozi yedi.

Ketur soqiy, ul jomi jamshedsoz
Ki, qilg`ay jahondin meni beniyoz.

Chu yo`q shohlig` rasmi ogohlig`,
Erur maydin ogohlig` – shohlig`.

Mug`anniy, «ajam»18 ichra tutqil nag`am,
Sig`ur anda zikri «Muluki ajam».

Alar Peshdod erkanin yod qil,
Manga sen dog`i tarki bedod qil.

Navoiy, ajab yerga yetmish so`zung,
Ne eldur bular, xud bilursen o`zung!

Adab birla shohona sog`ar sumur,
Dimog`ing chu garm o`ldi afsona sur!

XII

Ikkinchi tabaqakim kayoniylardurur alarning oliy taxtlari va kayoniy Tojlarin boshdin-ayoqqacha demak

Birovkim, bu so`z ayladi ibtido,
Qilur «Furs tarixi» bu nav` ado

Kim, erdi Kayoniy ikkinchi guruh
Ki, olamda erdi alardin shukuh.

Bulardin burung`ini bil Kayqubod1
Ki, erdi xiradmandu odilnihod.

Magar Rustam2 ul vaqt edi navjuvon
Ki, bo`ldi aning ollida pahlavon.

Yana tutti Kovus3 ofoqni,
Tama` ayladi charxi nuh toqni.

Sipahdori Gudarz4 erdiyu Tus,5
Siyovushqa6 yorutti nori majus.

Yana bo`ldi Kayxusravi7 pokroy,
Jahon ahlig`a roy ila kadxudoy.

Sipahdor anga  Tusu Gudarzu Gev,
Faromarz ila Rustamu Zolu Nev8.

Yana bo`ldi Luhrosb9 mulk uzra shoh,
Ko`pi Balx10 erdi anga taxtgoh.

Yaqindin anga tiyra bo`ldi basar
Ki, lashkarkashi bo`ldi Buxtunnasar11.

Yana mulk uza qildi Garshosp12 hukm,
Nechukkim, qilib erdi Luhrosb hukm.

Vale tutti Zardusht13 oyini ul,
Majus14 o`ldi istab, alar dini ul.

Yana mulk uza tutti Bahman15 qaror,
O`churdi zalolat o`tidan sharor.

Agar Zobulistong`a16 soldi futur,
Vale Bayti maqdasqa berdi surur.

Chu ul bordi mulkini berdi Xudoy
Qizig`aki, bor erdi oti Humoy.17

Chu tavfiq anga bo`ldi omuzgor,
Necha yil anga to`qtadi ro`zgor.

Vafo qilmay ul olamorog`a mulk,
Yana muntaqil bo`ldi Dorog`a18 mulk.

Shahe erdi ul shimasi adlu dod,
Buyurdi jahon ahlig`a inqiyod.

Aning o`g`li Doroyi Doro19 edi
Ki, andin so`ng ul olamoro edi.

Vaziri bo`lub shoh ila xashmnok,
Aning qasdidin bo`ldi Doro halok.

Skandarki gardung`a chekti livo,
Aning asrida bo`ldi farmonravo.

O`z o`rnida gar zikri topti vuqu`,
Vale qilmag`um qissasig`a shuru`.

Kayoniylar erdi bu to`qquz kishi
Ki, chekti alarni falak gardishi.

Vale, o`ylakim ko`kka chekti baland,
Qaro yer uza soldi oxir najand.

Ayoqchi, mayi do`stgoniy ketur,
To`lo ayla jomi Kayoniy ketur

Ki, davronki, oyini o`lmish jafo,
Ne Kayga, ne Dorog`a aylar vafo.

Mug`anniy, tuzub nag`mai Pahlaviy,20
Surude aning birla chek ma`naviy!

Bu shahlarki nazm ichra qildim savod,
Surudung aro sen dog`i ayla yod.

Navoiy, may ich, dog`i bo`l rahshunos,
Bu shahlardin et o`z ishingni qiyos!

Jahondorlarni jahon qilsa past,
Topa olmag`aymu gadolarg`a dastg`

XIII

Uchinchi tabaqakim, ashkoniylardururkim, alarni muluki tavoyif ham yebdurlar, alar holatidin doston surmak


Muarrixki yozdi «Muluki Ajam»,
Bu yanglig` qilur dostonni raqam

Ki, o`n to`quz erdi uchunchi muluk
Ki, bor erdilar olam ichra muluk.

«Muluki tavoyif»ki mashhur erur,
Bulardurki, daftarda mastur erur

Ki, Iskandari1 kordon etti nasb,
Mamolik aro hukmron etti nasb.

Alardin biri Ashki Doro2 edi
Ki, ko`p shavkati oshkoro edi.

Necha kun qilib zulm yo adlu dod,
Jahon mulkiga ayladi xayrbod.

Chu Ashkoni Dorog`a qoldi jahon,
Qilib zulmni el ko`zidin nihon.

Jahon Ashki Ashkong`a3 bo`lg`ach maqom,
Zuhur etti Iso alayhissalom.

Chu Bahromi Shopurg`a4 qoldi dahr,
Bori dahr eli adlidin topti bahr.

Yalosh ibni Bahrom5 surgach samand,
Falak burjig`a mahkam etti kamand.

Chu oldi jahon Hurmuz ibni Yalosh,6
Adolat o`tar dahr aro qildi fosh.

Yana Narsi ibni Yalosh7 oldi taxt,
Necha kun ani komron etti baxt.

Yana qoldi Feruzi Hurmuzg`a8 toj,
O`kush tojvarlardin oldi xiroj.

Yalosh ibni Feruz9 chun bildi mulk,
Tafoxur aning adlidin qildi mulk.

Yana Xusrav ibni Yalosh10 o`ldi shoh,
Anga  yer yuzin tutti xaylu sipoh.

Yana shahlig` etti Yaloshi Yalosh,11
Kishiga aning birla bo`lmay talosh.

Yana Ardavoni Yalosh12 o`ldi tund,
Aning tig`ini ham falak qildi kund.

Yana Ardavon ibni Ashg`on13 bo`lub,
Zamona aning uzrini ham qo`lub.

Jahon oldi Gudarzi14 Ashg`on yana,
Anga ham jafo qildi davron yana.

Yana shoh Tiyri Gudarz edi
Ki, manzilgahi bu kuhan marz edi.

Yana bo`ldi Gudarz Tiyri ulug`,
Ani ham zavol ayladi qayg`ulug`.

Yana tutti olam yuzin Ardavon15
Ki, chekti ani charxi axzar davon.

Bularg`a dog`i boqiy o`lmay hayot,
Falak mulkni berdi bot, oldi bot.

Ketur soqiy, ul sog`ari la`lrang,
Anga davrida zohir etma darang.

Chu yo`qtur darange falak jomig`a,
Ko`ngul qo`yma og`ozu anjomig`a.

Mug`anniy, bu shahlarki chektim tiroz,
Alar yodig`a nag`ma chek dilnavoz

Ki, nag`mang bila bir qadah no`sh etay,
Dame nuktadin tilni xomush etay.

Navoiy, bu shahlarki ko`rdi jahon,
Bukun barcha tufrog` arodur nihon.

Chu borig`a ul yon azimatdurur,
Zamone xush o`lmoq g`animatdurur.

XIV

To`rtunchi tabaqa sosoniylar erdilarkim, jahon mulkida jahon mulkida jahonbonliq qildilar va rub`i maskun mamlakatin bildilar

Navosozi dehqoni ozarparast,
Bu nav` etti so`z rishtasin borbast

Ki, to`rtunchi xayl ulcha shoh erdilar,
Falakqadru anjumsipoh erdilar

Ki, holo adamdur alarg`a mafar,
Yigirmi durur, dog`i to`quz nafar.

Biri Ardasher ibni Bobak1 edi
Ki, ba`zi el oni valiy ham dedi.

Yana erdi Shopur2 bin Ardasher
Ki, shohe edi kordonu daler.

Ul etti baqo mulki sori xirom,
Qo`yub o`g`li Hurmuzni3 qoyim-maqom.

Yana tegdi Bahromi Hurmuzg`a4 toj,
Jahon ichra adlidin o`ldi rivoj.

Yana qildi Bahromi Bahrom5 jahd
Ki, dahr etti toza aning birla ahd.

Yana o`g`lig`a dahr aro kom edi
Ki, Bahromi Bahromi Bahrom6 edi.

Yana qildi Narsini7 charx arjumand,
Ham oxir adam sori surdi samand.

Yana Hurmuzi Narsi8 etti g`uluv
Ki, qadri falakdin oshurdi uluv.

Yana yetti Shopuri Hurmuzg`a9 zo`r
Ki, soldi sipah birla  olamg`a  sho`r.

Yana Ardasher ibni Hurmuzg`a10 kavn,
Etishti chu ul Tengridin topti avn.

Yana qildi Shopuri Shopur11 kin
Ki, ofoq anga bo`ldi zeri nigin.

Yana tuzdi Bahromi Shopur12 jaysh
Ki, ilgiga oldi to`la jomi aysh.

Yana oldi Feruzi bin Yazdijird,13
Jahonda qilib adlu insof vird.

Yana shah Yalosh ibni Feruz14 edi,
Adolat bila olamafruz edi.

Qubod ibni Feruz15 ham tuzdi bazm,
Bu kox ichra, lekin qo`yub qildi azm.

Yana bo`ldi Jomosb16 kishvarsiton,
Jahon bo`ldi insofidin bo`ston.

Chu taxt oldi Nushirvoni Qubod,17
Ul etti bino dahr aro adlu dod.

Yana Hurmuz ibni Anushirvon,18
Kiyurdi jahon jismi ichra ravon.

Chu Parvezi Hurmuzg`a19 charx o`ldi yor,
Zamonida shod o`ldi mulku diyor.

Chu Sheruya20 og`ozi kin ayladi,
Aziz elni xoru hazin ayladi.

Yana Ardasher21 o`ldi chun qahramon,
 Aning qahrig`a qoldi ahli zamon

Yana Ardasher o`ldi kishvarxudoy,
Jahon ahlig`a bo`ldi rahmatfizoy.

Yana Kisri Arslon22 topti far,
Adam mulkiga ul ham etti safar.

Yana Kisri23 o`ldi jahon dovari
Ki, gardundin o`tti aning afsari.

Yana dahr Turonni24 qildi aziz
Ki, nisbatda Parvezg`a erdi qiz.

Jahon oldi Parvezi Bahrom25 ham,
Qo`lig`a tutub tig` ila jom ham.

Yana bo`ldi Ozarmi26 afsarparast
Kim, ul topti Turon yeriga nishast.

Yana Farrux27 oldi jahon kishvarin,
Solib adl aro tab`i donishvarin.

Yana Yazdijird28 oldi mulku diyor,
Ki, derlar laqabda ani Shahriyor.

Qayu birki mulk oldi topti surur,
Mubaddal sururig`a bo`ldi g`urur.

Jahon mulkin o`z mulki qildi gumon,
Gumoni hamon erdi – ketmak hamon.

Qutuldi alar dahr ozoridin,
Ketib bori, qoldi jahon boridin.

Ayoqchi, manga jomi shohona tut,
Tugangan soyi to`ldurub yona tut!

Chu ketgumdurur, dahr bazmi qolib,
Ketay bori komimni maydin olib.

Mug`anniy, surud aytibon rud tuz,
Vafosiz jahon birla padrud tuz!

Chu ketmaklik andin erur noguzir,
Dame xushdil o`lmoq erur dilpazir.

Navoiy, bu yanglig` emish dahr ishi,
Vafo ko`rmamish hargiz andin kishi.

Kishilik budurkim, unutsang ani,
Chu tarking qilur, tark tutsang ani!

XV

Iskandar dostonining og`ozikim, haq anjomig`a yetkurg`ay va tarixining iftitohikim, Tengri ixtitomi raqamin surgay va aning nasabida ixtilofkim, tarix ahli qilmishlar va ul ixtilofni raf` etib, ahli tahqiq ishining haqiqatin bilmishlar va malik Faylaqusning dori baqog`a ketgani va Iskandarning mulki foniy taxtin maqom etgani


Nigor aylagan naqshi rumiytiroz,
Ochib parda, bu nav` ko`rguzdi roz

Ki, bu to`rt xayliki topti ado
Ki, ko`k toqig`a soldilar ko`p sado1

Ki, davronlari to`rt ming uch yuz il,
Yana o`ttuz oltiyu o`n oy bil.

Bu muddatda kimdinki osor edi
Ki, kishvarkusho bal jahondor edi.

Topib besh yuzu balki ming yil amon,
Bu muddatda mahkumi – ahli zamon.

Qilib ulcha xotirg`a kelgancha ish,
Alarg`a nasib o`lmadi oncha ish.

Ki, oz vaqt aro shohi Yazdonparast,
Skandarga ofoq aro berdi dast.

Bilingay, deyilganda bir-bir ishi
Ki, xalq etmadi Tengri andoq kishi.

Bu mujmalki vasf ayladim zotini,
Qilay emdi borining isbotini.

Hamul to`rt xayliki yozdim sutur,
Ikidin so`ng2 Iskandar etti zuhur.

Kayoniylar o`lg`onda bir-bir nihon
Ki, Doroyi Bahmang`a qoldi jahon.

Mubohot etib taxt ila toj anga,
Berurlar edi shohlar boj anga.

Bu fursat aro voliyi Rumu Rus,
Shahe erdi oti malik Faylaqus.3

Malikvash kelib har sifoti aning,
Malakvash vale pok zoti aning.

Nizomiyki nazm ahlig`a shoh edi,
Bu shah sarguzashtidin ogoh edi,

Kitobida der chog` nishonin aning,
Bu yanglig` dedi dostonin aning

Ki, nasl ichra yo`q erdi payvand anga,
Murod erdi olamda farzand anga.

Bu savdo solib jismig`a pech-pech,
Gum o`lmas edi ul tamannosi hech.

Magar bir kun ovdin olib ko`ngli bahr,
Tarab birla aylab edi azmi shahr.

Ko`rundi yo`li uzra vayronae,
Yo`murgan falak zulmi koshonae.

Toshi xastalar ko`ngli yanglig` sinuq,
Ichi motamiylar ichidek buzuq.

Bu vayrona ichra shahi baxtiyor,
Sabosayrini surdi beixtiyor.

Ko`rarkim, qo`yub haml bir homila,
Qarin qolmayin ruh anga jism ila4.

Yotib ollida tifli zoru zabun,
Chekib gah-gahe yig`lag`on yanglig` un.

Bo`lub shomi rihlat anoning kuni,
Kelib gohu gah yo`q – o`g`ulning uni.

Uniga bukim yig`lamog`ni qotib,
Ano so`gi5 oni magar yig`lotib.

Solib chun alarg`a nazar Faylaqus,
Degil tushti ko`ngliga nori majus6.

Buyurdiki, mahramvash el yettilar,
O`lukni hamul yerda dafn ettilar.

O`zi tiflni oldi e`zoz ila,
Qilur erdi parvarda yuz noz ila.

Skandar atab, o`g`li bildi ani,
O`larda valiahd qildi ani.

Muarrix yana nav` ham surdi so`z
Ki, nisbatda Dorog`a yetkurdi so`z

Ki, Dorog`a berdi qizin shohi Rum,
Yasab zeb ila, o`ylakim naxli mum.

Bir ish bo`ldikim, bemadoro ani,
Atosig`a qaytardi Doro ani.

Hamonoki sur aylagan tun – sahob
Sadafqa to`kub erdi durri xushob.

Chu vaqt o`ldi, fosh ayladi ul sadaf,
Durekim, jahon topti andin sharaf.

Yana bo`yla so`z dog`i mazkur erur
Ki, «Ta`rixi furs» ichra mastur erur.

Ki, olamda iki Skandar emish
Ki, ikisi davronda dovar emish.

Biri ulki, Doro bila qildi razm,
Biri buki, sad bog`layu etti azm.

Va lekin bu fursatki donoyi dahr,7
Berur erdi bu qissadin elga bahr.

Ki, jomi safo urdi elga salo
Ki, Jomiyg`a yetkurmasun Haq balo.

Skandar ishi erdi manzum anga,
Bori holati erdi ma`lum anga.

Manga ham chu mashg`ulluq bu edi,
Tavorix ollimda o`tru edi.

Bu yerda meni chunki ajz etti lol,
O`pub yerni, donodin ettim savol.

Skandarga iki ekanni adad,
Chu ollinda tahqiq edi, qildi rad:

«Ul ishlar, – dedi, – birga voqe`durur,
Guvohi aning nassi qote`durur»8.

Aningdekki aslin Nizomiy dedi,
Hamul nav` farzona Jomiy dedi

Kim, ul Faylaqus o`g`li ermish yaqin,
Emas ahli ta`rix tardidi chin.

Qilindi chu tahqiq tadqiq ila.
Qilay emdi tadqiq tahqiq ila.

Bu yanglig` bayon etti ta`rixsanj
Ki, chun yovar o`ldi saroyi sipanj.

Skandarni topti malik Faylaqus,
Yasab mulkin andoqki zebo arus.

Ochib baxshishu bazl abvobini,
Tuzatti base sur asbobini.

Mulukona tartibu oyin bila,
Yorutti ko`zin ul jahonbin bila.

Qilib hifzig`a kecha-kunduz qiyom,
Fuzunroq etib dam-badam ehtimom.

Berib parvarishqa munosib xo`rish,
Munosib xo`rishdin topib parvarish.

Ani asramay koxu ayvon aro,
Yasab yer ko`ngul ichra, bal jon aro.

Nechukkim tengiz durri shohonasin,
Tengiz yo`qki, kon la`li yakdonasin.

Anga tegrukim bo`ldi lafzi durust,
Taallum ishi vojib o`ldi naxust.

Naqumohis9 ollinda dastur edi
Ki, hikmatqa olamda mashhur edi.

Sipehr avjig`a  fikri sur`atnamoy,
Falak sayridin royi mushkilkushoy.

Nazar chobukin chun qilib tezbin,
Bo`lub noziri vajhi aynul-yaqin.

Kishi yo`q bilik ichra monand anga,
Arastui farzona farzand anga.

Chu tadbir ila daf`i ofot etib,
Aning royidin shah mubohot etib.

Bori ilm aro, o`yla sohib kamol
Ki, komil aningdek topilmoq mahol.

Skandarni donog`a topshurdi chust
Ki, donishning avroqin etgay durust.

O`ziga sharaf bildi dono muni
Ki, ul voqif erdi valodat kuni.

Boqib charxning borcha holotig`a,
Kavokibning iqbolu ofotig`a.

Ko`rub mustaqimin, bilib roje`in,10
Yozib erdi mavludining tole`in.

Qilib hukmlar anjum arqomida,
Raqamlar qo`yub erdi ahkomida

Kim, ul tifli farruxpayi pokzod,11
Shahe bo`lg`usi poku farruxnihod.

Eti ko`k uza shavkati yetgusi,
Yurub rub`i maskunni fath etgusi.

Kirib shohlar qullari sonig`a,
Bo`yun qo`yg`usi tavqi farmonig`a.

Sipehr avjig`a  yetkurub himmatin,
Falak toqida cholg`usi navbatin.

Chu hay`atda tab`i jadal qilg`usi,
Falak mushkilotini hal qilg`usi.

Qilib xurdadon tab`i hikmatni qism,
Base yerda soz etgusidur tilism.

Riyoziy bila tuzgusidur rasad,
Ilohiy bila fitna ollig`a sad.

Jahon mulkini chun maqar qilg`usi,
Tengiz ichra yillar safar qilg`usi.

Anga haq nasib aylabon xushku tar,
Yurub fath qilg`usidur bahru bar12.

Hakim anglamish erdi chun barcha hol,
Bu iqboldin bo`ldi ishratsigol.

Murattab qilib lavhi irshodini,
Anga qildi ta`lim bunyodini.

Qayu ishni ta`lim qilg`on zamon,
Eshitmak hamon erdi – bilmak hamon.

Bilib bo`lmas erdi tavaqquf anga,
Qilur erdi turluk tasarruf anga.

Bu yanglig`ki te`dod bo`ldi sifot,
Hamono o`n onchani kasb etti bot.

Bilik kasbini qildi to joni bor,
Hunar bildi onchaki imkoni bor.

Chu tutti musallam kamolotin el,
Dilovarlig` amrig`a chust etti bel.

Ne ishkim sipohig`a  naf` aylagay
Ki, andin adusini daf` aylagay.

Gahi markab uzra silahsho`r edi,
Yayog`liqda gah varzishi zo`r edi.13

Demaykim, o`qi ochti tori zirih
Ki, tori taxayyuldin ochti girih.

Sinoni bila tikti axtar ko`zin,
Ne axtar ko`zin, charxi axzar ko`zin.

Aning tig`i xoroni qildi shikof
Ki, kemuxti g`abrodin etti g`ilof.

Kamandinki chin-chin qila boshladi,
Falak qal`asi burjig`a toshladi.

Qachon gurzini qildi xoronabard,
Qatig` xoradin ko`kka yetkurdi gard.

Chu maydon aro zo`r rasmin tuzub,
Churuk ip kabi ajdahoni uzub.

Va gar royi birla bo`lub chorasoz,
Dilovarlig`u kuchga bo`lmay niyoz.

Bori ishda bir yerga yetti ishi
Ki, mumkin emas andoq o`lmoq kishi.

Atosi dog`i chun surub erdi umr,
Vido` etgali yetkurub erdi umr.

Qadining xamidin bilib erdi xayl
Ki, jismig`a tufroq sari bo`ldi mayl.

Quvosini za`f aylagan chog`da sust,
Skandar bo`lub erdi shahlig`da chust.

O`zi bo`ldi Tengriga po`zishpazir,
Skandarga topshurdi toju sarir.

Chu o`g`lig`a taxtini qildi maqom,
O`zi ayladi taxta sori xirom.

Hamono iki shox berdi daraxt,
Birin yo`ndilar taxtau birni taxt.

Ne qushqaki bir shoxi maskandurur,
Yana shoxi so`ngra nishimandurur.

Skandar chu ko`rdi ato margini,
Yaqin erdi qilg`ay jahon tarkini.

Chu mustavli o`ldi bu niyat anga,
Ato qilmish erdi vasiyat anga

Ki: «Mulkumda begonani qo`ymag`il,
Shabistonima yonani qo`ymag`il!

Harimim aro kirmasun hech yot
Ki, bo`lg`ay anga pardadarlikda ot!

Seni istabon topqonimdin murod
Budurkim, qachon aylasam xayrbod.

Sen o`lsang chu qoyim maqomim mening,
Babod o`lmag`ay nangu nomim mening».

Bu so`z yodig`a kelgach o`ldi zarur,
Eturmak ato pardasig`a surur.

Hamiyat dog`i mone` o`ldi base
Ki, yeldin zilolig`a tushg`ay xase.

Ato so`gini aylagach bartaraf,
Sariru nigin topti andin sharaf.14

Ato taxtini chun maqom ayladi,
Tuzub rud, ohangi jom ayladi.

Ayog`chi, ber ul javhari g`amzudo15,
Dema g`amzudo, jomi motamzudo.

Ki, andin sumursam g`amim qolmasun,
Ato so`gidin motamim qolmasun.

Mug`anniy, qilib soz rudi nishot,
Aning birla tuzgil surudi nishot

Ki, so`z taxtida bo`ldum oromgir,
Bo`lay tahniyat bazmida jomgir!

Navoiy, jahonning firibin yema,
Xirad ollida naqshu zebin dema.

Chu davron ishi bevafoliqdurur,
Fuzun shohlig`din gadoliqdurur.

Gadoeki qayd o`lg`ay andin yiroq,
Muqayyad jahondordin yaxshiroq!

XVI

Himmat humoyining balandparvozlig`i ta`rifidakim, janohhaynining soyasi quyoshning anqoyi zarrin janohig`a zulmat Qofida nishiman berur va azimjussalig`i vasfidakim, bayzoning siymin bayzosin janohayni ostig`a yashurur va har gadog`a ul soya tushsa, salotin aning gadoyidurur va har shohdin soyasin olsa gado aning qoshida  shoh ko`rinur


Birovkim anga himmat o`ldi baland,
Erur olam ahli aro arjumand.

Kishi naqdi gar bir qaro mis emas,
Agar himmati bo`lsa muflis emas.

Ani angla mufliski, yo`q himmati,
Chu yo`q himmati, yo`q aning hurmati.

Bu rasm o`ldi oyini dayri fano
Ki, hurmat topar kimda bo`lsa g`ino.

Chu himmat erur kimiyoyi vujud
Ki, andin topar e`tibor ahli jud.

Birovkim, aning kimiyodur fani,
Ani desa bo`lg`ay el ichra g`ani.

g`inodur chu el hurmatig`a sabab,
Anga ehtirom etsalar yo`q ajab.

Birovkim, aning himmati yo`qturur,
g`ani bo`lsa ham hurmati yo`qturur.

Tutay, dunsifat kimsaning ganji bor,
Tunu kun aning hifzidin ranji bor.

Pashize agar tugdi ersa laim,
Mudom ochmog`idin topar ko`ngli bim.

Desakim: ochay tongla, yoxud bugun,
Tugar ul tugunga yana bir tugun.

Ochardin emas komi tarqotmog`i,
g`araz bor anga o`zga bir qotmog`i.

Ko`runmay diram iqdin ochmog`i xo`p,
Diram har necha ko`p, tugun dog`i ko`p.

Ochar bo`lsa andin sarosar girih,
Solur ko`ngliga bir girih har girih.

Ayig` la`bidin jatqakim non erur,
Ani itga solmoq ne imkon erur.

Bijin topsa yer, to ichiga sig`ar,
Ne qolsa ovurtig`a borin yig`ar1.

Yig`och uzra gar bo`lsa yuz ming yongog`
Ko`mar yerga har ne o`g`urlodi zog`.

Er ostiki sichqong`a koshonadur,
Yana anda har yon nihon xonadur.

Razolatni haddin qachon oshurur,
O`zidin dog`i tu`masin yoshurur.

Najosat yo`lidin qo`yub gulxani,
Zaxiram, deb anbor aylar ani.

Jualdur tezak toshimoqdin zabun
Ki, bo`lmish qarorib, yuzi sarnigun.

Ani qo`ymas o`lmakligin bilsa ham,
Necha ot oyog`ig`a yanchilsa ham.

Ko`rar ayb dun sarf qilmoq diram,
Aningdekki, yig`mog`ni ahli karam.

Karamdin birovkim tihi jayb erur,
Tihi aylamak jayb anga ayb erur.

Bu ish himmat ahlig`adur ibtilo
Ki, jaybi diram birla bo`lg`ay to`lo.

Karamsizki bor uyda maxzan anga,
Falokat bila foqadur fan anga.

Emas elki amvol aro bo`lsa g`arq,
Alar birla muflislar ichra ne farqg`

Desam ham bo`lurkim, erur farqi kam,
Xirad ollida ko`pdurur farqi ham

Ki, har necha bemoya bo`lsa la`im,
Anga kimsadin yo`qdurur hech bim2.

Vale bo`ldi chun ganjiyu maxzani,
Xaloyiq erur jonining dushmani.

Qizil tulku yoxud qaro kish kibi
Ki, bo`lg`ay tuki qatlining mujibi.

Sadafdekki yiqqon uchun durri pok,
Qilurlar olur chog`da ko`ksini chok.

Ko`ngul himmat ahlig`akim bo`ldi keng,
G`ino birla faqr o`ldi ollinda teng3.

Ne ganj o`lsa bermakda bordur aziz,
Ne nomus etar bergali bir pashiz4.

Mubohot qilmas yemaktin kuloch,
g`amin bo`lmas ar topsa yovg`on umoch.

Xirad ahli chunkim taammul qilur,
Tafovut bu ikida ham topilur.

Ne naqdeki ahli karam sarf etar,
Anga xalqdin ko`p mashaqqat yetar.

Agar yo`q anga bazl etar dastras
Ki, zoti aro himmati ganji bas.

Ne eldin topar har zamon yuz malol,
Ne ahvolig`a yuz qo`yar ixtilol.

Kishikim biyikrakdurur himmati,
Jahon ahlidin kamdurur mehnati.

Ne qushkim baland o`lsa parvoz anga,
Halok istamas novakandoz anga.

Agarchi erur mushak otmoq ishi,
Bulut momug`in o`rtay olmas kishi.

Necha tifl qilsa pulab xiyraliq,
Qachon sham`i anjum topar tiyraliqg`

Tutaykim, biyik toqqa chiqsun palang,
To`lun oyg`a sekrib yeturgaymu changg`

Baland aylabon himmat ul beniyoz
Ki, har necha himmat biyik, mehnat oz.

Birovgaki himmat qilur yorliq,
Gadoliq tilar, yo`q jahondorliq.

O`zin faqr birla jahondor etar,
Jahondorliqdin vale or etar.

Dema faqr ko`yi gadoyin gado
Ki, shahlar shahi qilmish oni Xudo.

Qilur podsho ul gadoliq havas,
Nechukkim, gado podsholiq havas.

Magar Haq yeturgay bu ogohlik
Ki, faqr istagay el, qo`yub shohliq.

XVII

Iskandar bila ul gadolig` ixtiyor etgan podsho, balki filhaqiqat podsholiqqa yetgan gado hikoyatikim, Iskandar ani mazallat chohidin chiqorib, saltanat koxig`a o`lturtmoq istadi va ul toj tarkin qilib, boshidin tarki tojixayolin chiqoremadi.


Eshittimki, Iskandari nomdor,
Chu bo`ldi jahon ahlig`a komkor.

Ne kishvarki bo`ldi musaxxar anga,
Mute` o`ldi doroyi kishvar anga.

Hamul shahni kishvarg`a shoh ayladi,
Hamul elga kishvarpanoh ayladi.

Shahu mulkdin ko`ngli ting`och tamom,
Yana mulk azmig`a qildi xirom.

Magar fath bo`lg`onda Mag`rib zamin,
Shahi zohir aylab edi qatlu kin.

Chu razm o`ti bo`lmish edi bartaraf,
Shah o`lmish edi razm ichinda talaf.

Skandar chu fahm etti xasmin qatil,
Anga mulki ichra tilatti adil.

Dedikim: «Bu kishvar salotinidin1,
Xabarliq jahonbonliq oyinidin,

Qolibmu ekin bir aningdek kishi
Ki, qilsam ruju` anga bu mulk ishig`

Ani elga shoh aylasam mustaqil
Ki, mulk o`zgaga bo`lmasa muntaqil».

Dedilar xaloyiq duo aylabon,
Hadisig`a jonlar fido aylabon.

Ki: «Ofoq aro sarfaroz o`lg`asen,
Hamisha raiyatnavoz o`lg`asen.

Bu yanglig` kishikim qilursen so`rog`
Ki, andin raiyatqa yetgay farog`.

Qabul aylagay oni yaxshi-yamon,
Kishi yo`q, magarkim birov bu zamon,

Vale xalq ichindin firor aylamish,
Ajab nav` ish ixtiyor aylamish.

Tiriklar arosig`a qilmas ubur,
Matofi emas g`ayri – eski qubur2.

Hamono tiriklarda ko`rmay vafo,
Qubur ahlig`a aylamish iktifo.

Boshi toj tarkin qilib ixtiyor,
Bo`lub tark toji bilan baxtiyor.

Ne maskan bo`lub kecha bir bum anga,
Ne kunduz yemak vajhi ma`lum anga.

Kishi birla yo`q mutlaqo ulfati,
Bo`lub xalq g`avg`osidin kulfati.

Niyoz ahli chun qilsalar ixtilot,
Qilur so`zda zohir gahi inbisot.

Nasoyih der elga bag`oyat mufid
Ki, olamdin elni qilur noumid.

So`z ichra bu taqrib tartib etar
Ki, elni fano sori targ`ib etar!»

Skandar eshitgach dedikim: «Yurung,
Ani qayda bo`lsa, topib kelturung!»

Ravon hukm ila har taraf surdilar,
Topib shoh bazmig`a yetkurdilar.

Yalang erdi boshu, ayog`i yalang,
Yaqo chokidin ko`ksi dog`i yalang.

Jahon shug`li gardiga silkib etak,
Tutub iki ilgiga iki so`ngak.

Skandar anga ehtirom ayladi,
O`z ollinda oliy maqom ayladi.

Dedi: «Bu so`ngaklardin afsona ayt,
Ne so`rsam, javobin aning yona ayt!»

Dedi: «Go`rlardin qilurda guzar,
Necha bu so`ngaklarga soldim nazar.

Zamirimg`a lekin nihon qoldi bu
Ki, shahning qayudur, gadoning qayug`

Chu o`lganda birdur bu iki mato`,
Tiriklikda nevchun qilurlar nizo`g`»

Kelib bu kalomi Skandarga xush,
Dedi: «K-ey zabonovari borkash,

Seni toptim asru biyik nuktalik,
Agar bor esa himmating ham biyik.

Seni kishvaringda qilay arjumand,
Berib shohlig`, poyang aylay baland».

Dedi: «Himmat o`lmish manga hamnishast,
Sen istardek ermas, vale asru past

Ki, tark aylabon faqr sarmoyasin,
Pisand etgamen shohlig` poyasin.

Emas rub`i maskunga rag`bat manga,
Tilar to`rt sarmoya himmat manga:

Biri andin o`ldi hayoti abad
Ki, yo`qtur aning intihosig`a had.

Yana bir: yigitlikki topmay xalal,
Qariliq bila bo`lmag`ay ul badal.

Yana bir: g`inoyi muabbaddurur
Ki, ollinda iflosqa raddurur3.

Yana: shodlig`kim, yo`q oning g`ami,
Adam bo`lg`ay ul surning motami».

Skandarni hayrat zabun aylabon,
Dedi, bosh uyotdin nigun aylabon

Ki: «Ey farruxoyinu farxundaroy,
Bu uqdangdin ul bo`ldi mushkilkushoy

Ki, bu dayr aro topsang ogohliq,
Sanga faqr berdi, manga shohliq.

Agarchi meni ayladi arjumand,
Sanga berdi himmatni mendin baland».

Gadoyeki bo`lg`ay biyik himmati:
Anga past erur shohlig` rif`ati.

Chu himmat baland o`ldi ersa faqir,
Ko`ziga erur asr shohi haqir.

XVIII

HIKMAT

Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, maqsudg`a qaysi maqom yaqinroq va ul maqom sari ne nav` xirom munosibroq va Arastu yo`qluq maqomig`a yo`l ko`rguzmak va sabukborliq xiromi ohangi tuzmak

Arastudin etti Skandar savol:
«Ki, ey fikratingg`a falak poymol,

Ne yo`ldurki, maqsud erur manzili,
Ne ishdurki mahmud erur hosilig`»

Dedi: «Xalqdin o`zni fard aylamak,
Fano ko`yi yo`linda gard aylamak».

Dedi: «Ul kishikim tavongardurur,
Anga xayr ko`prak muyassardurur».

Amalning chu maqsud aro daxli bor,
Tavongarg`a ko`prak kerak e`tibor.

Birovkim savob etsa ko`prak husul,
Anga ko`prak o`lg`ay umidi vusul.

Dedi: «Xayrkim qilsa ahli manol,
Bu ishdin emastur yiroq ikki hol.

Biri ulki: mavqe`dadur ul ishi,
Ishin g`ayri mavqe` qilur ham kishi.

Gar ish g`ayri mavqe`da mavjud erur,
Kishi har nekim qildi mardud erur.

Va gar o`z yeridadurur qilg`ani,
Ne ish qilsa maqbul tutsaq ani.

Nekim asldin topti ma`zulluq,
Ishi far` ila bo`ldi mashg`ulluq.

Erur rohzan kimki ogoh erur,
Bu yo`lda nekim mosivalloh erur.

Birov shoh vaslig`a qat` etsa yo`l,
Kerak voqif o`lsa qaroqchidin ul.

Qaroqchig`a bo`lg`on kishi muttafiq,
Qachon shoh bazmig`adur mustahiqg`

Vale ulki raf` etti budu nabud,
Gumon qilmadi Haqdin o`zga vujud.

O`zin chunki maqsud aro qildi yo`q,
O`zi qolmayin, qoldi maqsudi-o`q.

Gumon qilma mundin biyikrak maqom,
Kishi anda chun yetti, bo`ldi tamom».

Bu durlarnikim sochti gavharfurush,
Sadaf og`zidek soyil o`ldi xamush.

XIX

Iskandarning saltanat tojidin sarkashlik qilib, xilofat taxtidin ayoq tortqoni va Rum ahli boshlarin oyog`iga qo`yub, aning maqdamidin taxt poyasin baland qilib, toj qadrin arjumand qilg`onlari va aning adli aynining quyoshi bila zulm shomining xuffoshin ko`r etib, jahonni yorutqoni va zulm ahlining zulmatdek olam yuzidin qiroq tutqoni

Guzorishqa ulkim, qalam qildi tez,
Qalamdin bu yanglig` bo`lur nuktarez

Ki, chun Faylaqus o`rtadin chekti raxt,
Skandarg`a taslim etib toju taxt.

Skandarki donoyi ofoq edi,
Bilik ichra ofoq aro toq edi.

Anga toj ila taxt tushmay qabul,
Bu andeshadin behad erdi malul

Ki, shahlig`da haddin ko`p ofot erur,
Ne qilsa falakdin mukofot erur.

Agar tarkiga ko`nglini shod etib,
Atoning vasiyatlarin yod etib.

Ko`p oshufta qilg`och ani bu mihan,
Ulusni yig`ib, tuzdi bir anjuman.

Chu yaksar yig`ildi sharifu vaze`
So`ze qildi og`oz behad bade`.

«Ki, ey qavmkim, mulkungiz keldi Rum
Ki, ollimda holo qilibsiz hujum.

Agar sarfaroz ar sarafgandasiz,
Bori Tengriga men kibi bandasiz.

Eman siz kibi, sizdin o`ksuk base,
Atosiz, dil ozurdae bekase.

Atomni agar lutf aylab Iloh,
Bu kishvar uza ayladi podshoh.

Hamono bu ishga sazovor edi,
Bu yuk chekkali quvvati bor edi.

V-ar obovu ajdodima qildi Haq,
Bu mulk ahlig`a hukmronliq nasaq.

Alar dog`i zeboi taxt erdilar,
Tavonou feruzbaxt erdilar.

Vale men erurmen bag`oyat haqir,
Dog`i saltanat amri behad xatir.

Bu ishga keraktur tavono kishi,
Emas men kibi notavono ishi.

Erur tortmoq sher chekkonni mo`r,
Yukin pilning aylamak pashsha zo`r1.

Ne bor shahlik aylarga niyat manga,
Ne aylay desam qobiliyat manga.

Bu taklifdin chunki ranjurmen,
Agar aylasam tark – ma`zurmen.

Chu men ayladim ajzim izhorini,
Bu andeshadin ko`nglum ozorini.

Siz emdi o`zunguzga shohe toping,
Bu kishvarg`a kishvarpanohe toping.

Har ishta zamon ahlining foyiqi
Ki, to bo`lg`ay ul shohlig` loyiqi.

Quyoshdek qaviymehru ravshanzamir,
Va gar chiqsa ashhabqa ofoqgir.

Adolat aro fasli navro`zdek,
Siyosatda barqi jahonso`zdek.

Iriklik chog`i xasmg`a chorasoz,
Qotig`liq mahalli raiyatnavoz2.

Anga taxtu davlatni maskan qiling,
Boshin toj birla muzayyan qiling

Kim, ul yog`durub abri ehsonini,
Eramdek qilib mulk bo`stonini.

Adu xaylin oshuftahol aylasun,
Sanam zulfidek poymol aylasun.

Necha shu`lai fitna yoqsa aduv,
Qilich selidin ursun ul o`tqa suv.

Raiyatqa qilsa qalamzan sitam,
Qalamzanning ilgini qilsun qalam3.

Musofir yo`li rishtasin uzmasun,
Qaroqchi qarosini ko`rguzmasun.

Qilib zabt ila mahkam o`g`ri yo`lin,
Ulus molidin qisqa qilsun qo`lin.

Adam aylasun zulm ta`limini,
«Lam»i jahd etib «lom» ila «mim»ini4.

Adolat qilurning topib holatin,
Fuzun qilsun elga aduv olatin.

Nekim Haq buyurmish, bo`lub payravi,
Haq aytur ulus ilgin etsun qaviy.

Berib zulmgustarga farsudaliq,
Raiyatqa yetkursun osudaliq».

Tugatgach so`zin shohi ravshanzamir,
Ulus chektilar har tarafdin nafir

«Ki, ey xusravi odili dodgar,
Nega aylading bizni faryodgarg`

Etar chog`da adlingdin elga navo,
Bu yanglig` nedin zulm ko`rdung ravog`

Ne so`zlar edikim bayon aylading
Ki, bu xalq bag`rini qon aylading.

Bu so`zlar deguncha, oqiz qonimiz
Ki, bo`lsun yo`lungda fido jonimiz!

Sen o`lg`uncha bu el boshidin yiroq,
Yiroq bo`lsalar jonidin yaxshiroq.

Sanga garchi jonbaxsh keldi kalom,
Yaqin erdikim aylagay qatli om5.

Senu saltanat tarki – so`zmu bo`lur,
Badilingni ko`rguchi – ko`zmu bo`lurg`

Bugun olam ichra sen ul shohsen
Ki, aflok sirridin ogohsen.

Jahon ichra sen bilmagan yo`q ulum,
Bilur olam ahli, nekim ahli Rum.

Falak sham`i royi muniring sening,
Maloyik charog`i zamiring sening.

Jahon ko`rmagan sen kibi xusrave,
Quyoshtal`ate, Mushtariy6 partave.

Qilib adl royingdin andoq zuhur
Ki, gul birla xurshiddin atru nur.

Vujudingda pinhon xiradyorlig`,
Jamolingda paydo jahondorlig`.

Bu himmatki zoting aro bordur,
Sanga Rum sultonlig`i ordur.

Bilurbizki bu mulk erur kam sanga,
Umid ulki, tushgay jahon ham sanga.

Falak sayridin oshkoru nihon
Ki, hukme yozilmish: seningdur jahon.

Yana kimsa farmonravo qilmag`il,
Jahon ahlini benavo qilmag`il.

Agar sen bu ishni qabul etmagung,
Bu mulk ahli faryodig`a yetmagung.

Qo`yub mulki mavrusinga yonani,
Ravo ko`rsang uy ichra begonani.

Qila olmayin bu balo ixtiyor,
Borimiz qilurbiz jalo ixtiyor!

Chu tushsak gadoliqqa har mulk aro,
Xudo so`rg`usi sendin ul mojaro».

Bu so`z deb ulus bo`ldilar ashkrez,
Bosh aylab yalang, chektilar rustaxez.

Skandarki mundoq alomat ko`rub,
Alomat demaykim, qiyomat ko`rub.

Pushaymon bo`lub degan aqvolig`a,
Buzuldi base ko`ngli el holig`a.

Solib ul sifat sidq oyin sifot,
Degandin aning ko`ngli ichra uyot.

Ham atboining yaxshi niyatlari,
Yana ham atosi vasiyatlari

Ayon etti bir nav` ta`sir anga
Ki, bermak mahol erdi tag`yir anga.

Bo`lub xotiri haddin ortuq malul,
Ulus iltimosini qildi qabul.

Rizo zohir etgach, shahi navjuvon,
Arastuyi7 farzona qo`pti ravon.

Olib tojni aylabon arjumand,
Aning boshidin ayladi sarbaland.

Ravon tutti aytib sano, bir qo`lin,
Balinosi8 dono yano bir qo`lin.

Iki ganji hikmat ani yo`ldabon,
Chiqordilar avrang uza qo`ldabon.

Topib maqdamidin biyik poya taxt,
Quyosh boshi uzra solib soya baxt.

Arastu bila o`q, Balinos edi
Ki, bu Xizr edi, ul bir Ilyos9 edi.

Xaloyiqqa yuzlandi bir inbisot
Ki, o`lturgali yetti mufrit nishot.

Nisor ul qadar sochti yaxshi-yamon
Ki, qildi nujum arzni osmon.

Adadsiz surur ahlig`a bo`ldi sur,
Aningdekki sur ahli qildi surur.

Chu Iskandari mehr o`lub pardapo`sh,
Shafaq bodasin topti qilmoqqa no`sh.

Tarabdin falak qildi holi anga,
Yangi oyni jomi hiloliy anga.

Skandar barumand o`lub baxtidin,
Shabistong`a kirdi tushub taxtidin.

Gulu sabza uzra tuzub toza bazm,
Mayi lolagun ichgali qildi azm.

Qadah partavikim damo-dam tutub,
Shabistonni xurshiddek yorutub.

Debon so`z, degach shohi gardunjanob,
Javobin Arastuyi hikmatmaob.

Surub nukta har sori donishvari,
Bilik ichra allomai kishvari.

Ne hikmatdin ayru qadah gardishi,
Ne juz ilmi hikmat takallum ishi.

Nukotkim shahi komyob aytibon,
Anga nukta ahli javob aytibon.

Zuhur aylabon garchi ayshu tarab,
Vale sarbasar mahzi ilmu adab.

Chu har ilmdin bo`ldi guftu shunid,
Dimog`ini shahning qizitti nabid.

Qo`pub chiqqali mayl ko`rguzdi xayl,
Ko`zi shohning uyqug`a qildi mayl.

Bo`lub uyqu chun ulcha matlub o`lub,
Yorim kecha ham sajda marg`ub o`lub.

Ibodat uchun shohi yazdonparast,
O`zin xas kibi qildi tufroqqa past.

Ishi yig`layu uzri mofot edi,
Anga tongg`acha bo`yla avqot edi.

Quyosh chun qilib avj ohangini,
Yorutti yana charx avrangini.

Kavokib topib ul yoruqdin zarar,
Bori uchtilar ul sifatkim sharar.

Skandar yana taxtin aylab maqom,
Xaloyiqqa hukm ayladi bori om.

Ulus qildilar xizmatig`a hujum,
Quyosh tegrasida nechukkim nujum.

Yig`ilg`och ulus shah qilib ibtido,
Xaloyiqqa so`z mundoq etti ado:

«Ki, berdi manga dodgarlik Iloh,
Bor  ersa xaloyiq aro dodxoh,

Kelib ollima arzi hol aylasun,
O`z ahvolini qiylu qol aylasun!

Qoshimda so`zin arz aylar zamon,
Meni bir o`zi yanglig` etsun gumon.

Ne taxtimdin o`lsun anga dahshate,
Ne tojimdin o`lsun anga vahshate.

Ne shah deb meni aylasun iztirob,
Ne maqsud adosida qilsun shitob.

Ayon aylasun reshi dardu g`amin,
Yoqay dod bermak bila marhamin».

Ulus boshladi arzi hol aylamak,
Skandar bila qiylu qol aylamak.

Sahardin anga tegrukim istivo,
So`rub, xalq dardig`a qildi davo.

Kishi qoni to`kkanni bo`ynin urub,
Qo`lin kestururning, qo`lin kesturub.

Berib dod mazlumi g`amxorag`a,
Qilib rahm marhumi bechorag`a.

Qilib zulm ahlin qaro yerga past,
Alarg`aki, mazlum erur zerdast.

Xush ul shahki zulm ahlin aylab nigun,
Jafokash jafogarni ko`rgay zabun.

Bu yanglig` qo`yub adl bunyodini,
Yarim kungacha berdi el dodini.

Atosi zamonida har nav` ish
Ki, andin xaloyiqqa ozor emish,

Tamomin ulus boshidin qildi daf`,
Etishsun deb andin xaloyiqqa naf`.

Yana shohlar hodis etgan rusum
Ki, bedod emish el aro bu umum.

Alar tarhini buzdi bunyoddin,
Xaloyiqni qutqordi bedoddin.

Adolat tariqini fosh ayladi,
Siyosat anga durbosh ayladi.

Raiyatqa ma`lum etib ehtiyoj,
Iki yil alardin ko`tardi xiroj.

Amal ahlig`a qildi mashg`ulluq,
Yomonlarg`a yetkurdi ma`zulluq.

Vale yaxshig`a taqviyat ayladi,
Yana yaxshilar tarbiyat ayladi.

Yana narxlarg`a qilib ishtig`ol,
Og`ir sotquchig`a berib go`shmol.

Tuz aylab tarozu iki boshini,
Temurdin yasab, muhr etib toshini.

Qari ham temurdin anga bo`ldi xos
Ki, el bo`ldi kam gaz olurdin xalos.

Qaponni ham ul ixtiro ayladi,
Qiyos ichra raf`i nizo ayladi.

Yana tuzluk izhorig`a tuzdi kayl
Ki, el qilmag`ay egrilik sori mayl.

Yana tuzdi oltun tarozusini,
Qaviy aylabon adl bozusini.

Marohil aro qo`ydi rahdorlar,
Yo`l ahlin xatardin nigahdorlar.

Adolat qo`lin tutti andoq biyik
Ki, topti amon arslondin kiyik.

Karak xaylig`a qarchig`ay darmiyon,
Alar jo`ja yanglig`, bu bir makiyon.

Yarim kungacha adl ila dod edi,
Yana kun so`ngg`i yaxshi bunyod edi.

Bu yanglig` chu oz vaqt tuzdi rusum,
g`ani bo`ldilar adlidin ahli Rum.

Ketur soqiyo, to`ldurub jomi adl
Ki, ko`rguzdi Iskandar ayyomi adl!

Taodul bila tut ani behamol,
Icharda manga garchi yo`q e`tidol.

Mug`anniy, navoda tuzub mu`tadil,
Navosozliq qil manga muttasil.

Qulog`img`a dilkash sadoe yetur,
Meni benavog`a navoe yetur!

Navoiy, taoduldin etma udul,
Qabul ahlidin gar tilarsen qabul!

Chu odil shah ilgidin ichgung ayoq,
Necha e`tidol asrasang yaxshiroq.

Nechukkim, erur adl shahlarg`a zeb,
Erur ham gado, xokirahlarg`a zeb10.

Shahekim, adolatdur oning ishi,
Teng ermas anga shohlardin kishi.

XX

Adolat ayni ta`rifidakim, salotinning zulumoti zulmi orasida «aynul - hayot» jovidoniydurur va ichganga ziloli zindagoniy yetkurur

Ne asmokim, ul Haq sifotig`adur,
Agar fikrating har bir otig`adur.

Ne amreki bo`lg`ay sifat doxili,
Haq otidur ul amrning foili.

Karam fartidindur karim o`lmog`i,
Tarahhum ko`pidin rahim o`lmog`i.

Agar vojidu mojid et e`tibor,
Agar Hayyu Qayyum bir hukmi bor.

Vale oti asmoda odil emas,
O`qur chog`da el oni odil demas.

Adolatqa yetganda qilmish Xudo,
O`z otini «Al-adl» birla ado.

Bu otig`a ko`prak uchun ehtimom,
Aning birla olamg`a berdi nizom.

Ne shahkim, aning adl kirdoridur,
Desam, yo`q ajabkim, Xudo yoridur.

Bu ma`nidin erkinki, olamda shoh
Ki, derlar ani xalq zilli Iloh.

Gar af`oli mardudu maqbul emas,
Bulardin qiyomatda mas`ul emas.

Erur adlkim, Qodiri Zul-jalol,
Qiyomat kuni andin aylar savol,

Agar adl yo`q oshkoru nihon
Yaqin bilki, zeru zabardur jahon.

Anushirvon1 garchi kofir edi,
Vale adl zotida zohir edi.

O`run garchi kofirg`a do`zaxdurur,
Aning adldin o`rni barzaxdurur.

Agar kufr rizvon sori qo`ymadi,
Vale adl niyron sori qo`ymadi.

Ul o`tgandin ar ming yil andozadur,
Adolatdin ovozasi tozadur.

Erur turfa bukim, salotin aro,
Qayu adl etar kishvari din aro.

Qilurda sifat adlu insofini,
Nihoyatqa yetkurmak avsofini,

Demaklik emas «hukmroni zamon»,
Demaktur «Anushirvoni zamon».

Ajabroq bukim, ulki bu oti bor,
Bu tashbih birla mubohoti bor.

Ne so`zdinkim o`tti erur bu ajab
Ki, kavnayn shohi – Rasuli arab.

Shahekim, rusul keldi xayli aning,
Bori ofarinish tufayli aning.

Qilur chog`da Haq shukri izhorini,
Magar bu sifat surdi guftorini

Ki: «Sultoni odil zamonida dahr,
Vujudum bila berdi olamg`a bahr.

Manga chun valodat zamoni edi,
Ulusqa adolat zamoni edi».

Hadisida ham bu bashoratdurur
Ki, adl ahli sori ishoratdurur.

Ki, adl ichra o`tganga bir soati,
Erur behki, jinnu bashar toati.

Yana ham hadisedurur bu sahih
Ki, aylabdur oni bayoni fasih:

«Qolur kufr aro qolsa obod mulk,
Bo`lur zulm agar bo`lsa barbod mulk».

Shah ar kufr aro adlin etsa ravon,
Tuzar mulkin andoqki Nushiravon.

Va gar din aro zulm parron qilur,
Bu shahlardek oz chog`da vayron qilur.

Shahekim qilur xayli insong`a amr,
Haq etmish anga adlu ehsong`a amr.

Agar zulm qilsa erur necha hol
Ki, jonig`adur borcha oning vubol.

Birovkim Haq amrig`a osiy bo`lur,
Nekim qilsa jurmu maosiy bo`lur.

Yana bir bukim aylab o`zni safih,
Haq axloqig`a xulqi qolmas shabih.

Yana buki elga solib iztirob,
Qilur zulmi obodlarni xarob.

Yana ulki, chun zulme mavjud o`lur,
Bori xalq ko`ngliga mardud o`lur.

Ne mardudluqkim, bo`lur el ishi –
Tunu kun aning jonining qarg`ishi.

Ne damkim urar xalq nuqsonig`a,
Qilur tez do`zax o`tin jonig`a.

Ulus dushmani desa bo`lmas ani
Ki, bor ul haqiqatda o`z dushmani.

Necha zulmkim elga zolim qilur,
O`z-o`ziga ko`prak qilur – Haq bilur.

Ne zolimki, bir kimsaga zulm etar,
Iki foida zulmkashga yetar.

Bir ulkim, qiyomat kuni ajri bor,
Angakim bu zulm aylamish, zajri bor.

Yana buki, mazlum erur ot anga,
Kishi aylamas zulm isbot anga.

Vale kimsakim zulm anga komdur,
Bu olamda mardudu badnomdur.

Makon chun qilur o`zga olam sori,
O`tar betavaqquf jahannam sori.

Qayu shohkim adldin fard erur,
Ham o`z jonig`a zulmidin dard erur.

Kivursa o`zin odil el sonig`a,
Ne zulm elga aylar, ne o`z jonig`a.
Agar bilsa shah adl etar hirfasin,
Nechuk bergay o`z ilgidin sirfasin.

Necha sirfadin shah keraktur yiroq,
Bu yerda vale sirfasi yaxshiroq.

Shahekim, anga adl bo`lg`ay qiliq,
Erur aylasa sirfa besirfaliq.