Òîï ðåéòèíã www.uz
XXI

Mahmud hikoyatikim, ajal og`ir uyqusig`a borg`ondin so`ngra Mas`udning tushiga kirdi va adolat aynin paydo qilur uchun anga pandlar berdi va nasihat zilolidin aning yuziga bir suv urdikim, ani g`aflatuyqisidin seskandurdi


Eshittimki, Mahmudi1 g`oziyg`a dahr
Chu jomi hayot ichra hal qildi zahr.

Qilib «irjii» nag`masin istimo`,
Ruju` etti olamg`a aylab vido`.

Jahondin uzar chog`da payvandini
Valiahd etib erdi farzandini.

Chu ul ayladi tarki dori fano,
Firoqida o`g`lig`a erdi ano.

Hamono laqab erdi Mas`ud anga,
Kirib tushga bir kecha Mahmud anga,

O`g`ulg`a ajab nav` qildi zuhur,
Boshidin-ayog`ig`acha g`arqi nur.

Bo`lub turfa bog`e aning maskani,
Dema bog`kim, ravzaning gulshani.

Damo-dam fuzunroq nishoti aning,
Oshib har zamon inbisoti aning.

Zumurraddin ollida havzeki, aql
Kelib ojiz avsofin aylarda naql.

Mudavvar kelib charxi axzar kibi,
Suvi lavnu ta`m ichra kavsar kibi.

Qirog`ida ul havzning bir daraxt,
Solib shoh uza soya andoqki baxt.

Qilib past tubo qadin poyasi,
Hamul ravza sahnin tutub soyasi.

Yana ravzaning sabzasi za`faron,
Isi xastalar jismidin za`fron.

Tamoshosidin ko`zga yorub charog`,
Muattar bo`lub atri birla dimog`.

Ko`rub shoh Mas`ud bu turfa hol,
O`pub yer atosidin etti savol

Ki: «Sultonlig`ing ichra netting ekin
Ki, bu nav` manzilg`a yetting ekin?»

Dedi: «Ul zamonkim, jahondor edim,
Adolat qilur fikrida bor edim.

Chekar chog`da Hindustong`a  sipoh,
Chu ul nohiyat bo`ldi oromgoh,

Dedim emin o`lsun cherikdin bu mulk,
Sitamg`a uzotur ilikdin bu mulk.

Munodidin anglab bu hukmumni xayl,
Manga bo`ldi sayr aylamak sori mayl.

Qilib besha tavfig`a har yon nazar,
Ki, nogah bir el sori soldim guzar.

Jazira aro necha uyluk kishi,
Kelib za`f ila ajz alarning ishi,

Yig`ochu qamishdin yasab xonumon,
Ani sandalu zarhal aylab gumon.

Uy ichra gilem o`rnida bo`ryo,
Kelib bog`u bo`ston buzuq qo`ryo.

O`tar chog`da nazzora aylab muni,
Etishti qulog`img`a mazlum uni.

Hamul un bila markab ettim ravon,
Chu yettim, ajuze edi notavon.

Buzub qo`ryosin cherikchi kirib,
Uyidin necha shox o`tun oyirib,

O`tunni uyidin chiqorg`on zamon,
Solib to`bra ichra dog`i somon.

Yana bir ayog` ham olib badsigol
Ki, ul zarf bor erdi yashil safol.

Bularni olib zolimi tundxo`,
Chiqarda yo`luqti manga ro`baro`.

Jadal aylabon dodxohi bila,
Kelib ul iki-uch guvohi bila.

Chu bildim aning zulmu yag`mosini,
Iyosiga qaytardim ashyosini.

Yana qo`ryosini naybast etib,
Ne ayrilg`onin borcha payvast etib.

Dedim, bog`labon zolim ilgini rust,
Osib bo`g`zidin ul uy ollida chust.

Chu ashyosini oldi zoli najand,
Hamul dam sipah sori surdum samand.

Men etgan zamon tarki dori g`urur
Ki, bo`ldi maqomim bu dori surur.

Nihoyatsiz erdi gunohim mening,
Bu ish bo`ldi oxir panohim mening.

Xitob o`ldi, k-ey osiyi borgoh
Ki, umrungda qozg`onmading juz gunoh.

Necha haddin ortuq gunahkorsen,
Tomug` shu`lasig`a sazovorsen.

Hamul adlkim tutti sendin vujud,
Gunohing bog`ishlandi budu nabud.

Vale har ne ish qilg`oning beg`araz
Topibdur bu olamda bir-bir evaz.

Tuzatting chu ul zolg`a qo`ryo,
Yo`q erdi bu fe`lingda ro`yu riyo.

Aning muzdidur bu riyozi bihisht,
Eli mushkso, gardi anbarsirisht.

Iki shox o`tunkim, ani oldi zol,
Erur muzdi bu naxli tubo misol.

Yashil zarfkim, aylading rad anga,
Evazdur bu havzi zumurrad anga.

Etaklik somoninki oldi ajuz,
Evazdur anga za`faron birga yuz.

Qatil etganing zolimi shumni
Ki, qutqording ul xasta mazlumni.

Aning muzdi bo`ldi hayoti abad,
Maqosidga yo`q bu hayot ichra had.

Bu savdodin ar voqif o`lsa kishi.
Qachon adldin o`zga bo`lg`ay ishi.

Agar adl olamda tutmas vujud,
Pushaymonlig` etmas bu olamda sud.

Sangakim bu soat erur dastras,
Bu ish kasbidin tinmog`il bir nafas.

Damekim, shah o`z adlidin fard erur,
Anga ul dame bedavo dard erur.

Chu Mas`ud uyg`ondi ul uyqudin,
Farog`at topib xotiri qayg`udin.

Adolat tariqin shior ayladi,
Ato buyrug`in ixtiyor ayladi.

Qayu shahki adl etsa Mas`uddek,
Ne tong Haq nasib etsa Mahmuddek.

XXII

HIKMAT

Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, adolat natijasi ne nav` ishlar bo`la olg`aykim, ul natija umidiga kishi ul yo`lg`a qadam solg`ay va Arastug`a jahonkushoyliq tili ochilmoq va adl natijasi jahongirlik erkinin sobit qilmoq va odilg`a ul jahon saodati ham topilmoq


Yana shoh Arastug`a qildi xitob
«Ki, ey donishoyinu hikmatmaob!

Shahekim erur adlning jozimi,
Ne ishlar ekin adlning lozimig`»

Dedi: «Shahki adl o`lsa oyin anga,
Musaxxardurur dunyoyu din anga.

Bu olamda bo`lmog`liq ofoqgir,
Yana olam ahlida jannatsarir.

Bu olam olurni burun sharh etay,
Yana o`zga olamg`a dog`i yetay.

Shahekim anga adl bunyod o`lur,
Natija bukim, mulki obod o`lur.

Chu mulk o`ldi obodu xalqi g`ani,
Yaqindurki, ma`mur o`lur maxzani.

Chu maxzanni bu nav` ma`mur etar,
Sipohig`a beshak mavojib yetar.

Sipohi qachon shahg`a  tolib kelur,
Adusig`a, shak yo`qki, g`olib kelur.

Qachon bir adusini past ayladi,
Aning mulkini zerdast ayladi.

Iki mulk afzun qilur quvvatin,
Yana xasmining sindurur shavkatin.

Bu tartib ila chunki tarhin solur,
Ajab yo`q, agar dahr mulkin olur.

Yana ulki chun adli zohirdurur,
Bori qavm ila xayli shokirdurur.

Sipohiysi gar tig` urar beadad,
Raiyat duo birla aylar madad.

Qachon qildi ming xasmi kinxoh o`qi,
Yarim kecha qilg`oncha bir oh o`qi.

Yana ulki chun adl bo`lmish fani,
Adu xayli dog`i tilarlar ani.

Raoyosi tunlar ilik ochibon,
Sipohiysi borib anga  qochibon.

Birov topsa bir ishga muncha sabab,
Jahongir bo`lmog`lig`i ne ajab?

Bu bir muddao chunki topti vuqu`,
Yana birga emdi qiloyin shuru`.

Birov Tengriga iltijo kelturub,
Chu adl amr qilmish bajo kelturub.

Olib mulkidin ranju farsudaliq,
Xaloyiqqa yetkurgay osudaliq.

Taammul qilib adlu ehsonig`a,
Duo qilsa ofoq eli jonig`a.

Natija munga g`ayri g`ufron emas,
Jazoyi amal bo`lmay imkon emas.

Bu olam dog`i bo`ldi, ul ham anga,
Iki kavn mulki musallam anga».

Chu xatm etti donoi bisyordon,
Javobini topti shahi kordon.

Hakim ayturidin chu kasb etti naf`,
Bori shubhasi ko`nglidin bo`ldi raf`.

XXIII

Iskandar ishlarining tafsilini ijmol bila deyilmak va ul ijmolning mujmalotin tafsil qilmoq va Doroning rasuli anga oltun bayza tilay kelib, po`lod nayzadek itik so`zlar javob topib bormoq va ul sinon lam`asining barqi aning xirmani sabrig`a o`t solmoq va kunjud bila go`y va chavgon yibormagi va Iskandar ul chavgon bila go`y urub kunjudni qushlar termagi


Bu yanglig` dedi mo`badi nuktasanj1,
Ki, tarix ilmig`a ko`p chekti ranj.

Ki, chun qildi ul shohi navxosta,
Adolat bila mulkin orosta.

Hakim, o`ylakim ko`rguzub erdi yo`l,
Adolat havosin bilib erdi ul.

Ki, olam olurg`a bo`lur muntahi,
Bu so`z fikrida xotiri ogahi.

Taammul qilur erdi haddin fuzun,
Chekar erdi andisha torin uzun.

Chu adlu shijoat anga yor edi,
Yana roy ila hikmati bor edi.

Quyoshdek sipehr uzra  tortib alam,
Yurub oldi olam yuzin yakqalam.

Ul ishlarki ul qildi ofoq aro,
Kishi qilmadi bu kuhan toq aro.

Bu a`jubalarkim anga berdi dast,
Jahondorlar qadri topti shikast.

Nekim qildi ul desa, aytay, kishi,
Tuganmas o`qub qarnlar ul ishi.

Bori qilg`onin demak oson emas,
Deganga tugatmaklik imkon emas.

Munosib bu keldiki har hol ila,
Desam, avval ahvolin ijmol ila

Ki, komim ravo aylamish bo`lg`amen,
Hadisin ado aylamish bo`lg`amen.

Yana qissasig`a taaqqul qilib,
Tavorixig`a ko`p taammul qilib.

Umurida ulcha g`aroyibdurur
Ki, ul ishta ko`prak ajoyibdurur.

Judo aylabon kizb oloyishin,
Anga aylasam nazm oroyishin2.

Hamonoki ul shohi davlatpanoh,
Burun Rum taxtig`akim bo`ldi shoh.

Muxolifqa qasdi halok ayladi
Ki, a`dodin ul yerni pok ayladi.

Cherik chekti andin so`ng istab kushod,
Jahon ichra aylarga fathi bilod3.

Burun tortibon razm uchun tig`i kin,
Yurub ayladi azmi Mag`rib zamin4.

Qilib Zangbor5 ahliga chiyralik,
Yudi tig` suyidin ul tiyralik.

Yana bo`ldi Doro6 bila hamnabard
Ki, badxohdin ko`kka yetkurdi gard.

Yana mulk ochmoqta qilmay darang,
Yurub fath qildi bilodi Farang7.

Chu bo`ldi mute` anda bo`lg`on ulus,
Qirim birla fath ayladi Andalus8.

Yonib Misr fathig`a qildi sitez,
Sipehr oni Misr uzra  etti aziz.

Ko`rub tab`i ul marzni oshno,
Qilib anda Iskandariya bino.

Chu Zardusht9 daf`ig`a qildi g`ulu,
Alar o`tig`a tig` ila urdi suv.

Iroqi Ajam sori qilg`ach xirom,
Navo topti ohangidin ul maqom.

Iroqi Arabg`a chu surdi samand,
Qudumidin o`ldi ul el bahramand.

Yana ayladi azmi Shomu Halab,
Nasib o`ldi ul yerga komu tarab.

Yaman sori chiqti nechukkim Suhayl10,
Aqiq o`lg`ali toshlari qildi mayl.

Er o`pmakka chun Makka azmi qilib,
Qabuli uchun ul eshik ochilib.

Qilib azm andin savohil sari,
Qo`yub yuz ajoyib marohil sari.

Yana aylabon Fors fathig`a azm,
Muyassar bo`lub, aylamay kinu razm.

Ochilg`och bular shohi farxundafol,
Saodat bila qildi azmi Shimol.

Chu mulk olg`ali da`bu xo` razm etib,
Tavajjuh bila fathi Xorazm etib.

Chekib ra`yati mehri ishroqni,
Yoruq aylabon Dashti Qifchoqni.

Chu bu nohiyatdin inontob o`lub,
Inongiri Saqsinu Saqlob o`lub.

Chu ozim bo`lub jonibi Osu Rus,
Bo`lub yuzlari vahmidin sandarus11.

Tushub Charkasu Gurja12 sori yo`li,
Bo`lub borcha gurjiyu charkas quli.

Shimol ahlin ehsong`a g`arq aylabon,
Tavajjuh qilib azmi Sharq aylabon.

Chu manzil qilib mulki Farxorni,
Kesib ul gulistonda har xorni.

Chu ma`bar bo`lub Movarannahr anga,
Yasolib Samarqanddek shahr anga.

Chigil birla Yag`modin aylab ubur,
Nechukkim, chamandin sabovu dabur13.

Yurub Ching`a bo`lg`onda masnadnishin,
Kamar bog`lab ollinda Xoqoni Chin.

Yana Hind sori qilib turktoz,
Bo`lub Ked qulluq bila chorasoz.

Buzub Hindu Chin ichra butxonalar,
Yasab toat ahlig`a koshonalar.

Chu raf` aylabon kufr yanglig` uyub,
Berib rahnavardig`a azmi Janub.

O`tib Sind ila Kechu Mukron sori,
Ham andin qilib azm Kirmon sori.

Xuroson havosida topqach hayot,
Yasab anda shahre nechukkim Hirot.

Sipohon sari dasht qilg`onda  tay,
Bino aylabon shahre andoqki Ray.

Chu fath o`ldi olamdag`i marzu bum,
Ko`ngul jam` etib ayladi azmi Rum.

Necha vaqt o`lub aysh ila jomgir,
Ko`ngul topmadi anda oromgir.

Yana qatla olamni sayr ayladi,
Mamolikda bunyodi xayr ayladi.

G`arib ishlaridinki yo`q anga had,
Biri erdi ya`juj ollig`a sad.

Masohat qilib borcha ofoqni,
Ne ofoqkim, charxi nuh toqni.

Chu qildi masohat masolik aro,
Yig`och etti ta`yin mamolik aro14.

Tanobeki, massoh qildi quloch,
Qilib o`n iki ming qari bir yig`och15.

Aning sa`yidin topti bori sabil
Nishone qachon bir yig`och o`lsa mil16.

Manozilda tarhi rabot ayladi
Ki, andin musofir nishon ayladi.

Chu ma`murani tuzdi qilmay darang,
Tengiz mayli qildi, nechukkim nahang.

Su uzra surub benihoyat kema,
Solib anda bori keraklik nima.

Necha yil suv uzra xirom ayladi,
Jazoyirda gohi maqom ayladi.

Haq ehsonidin bahri zoxir aro,
Bilodikim erdi jazoyir aro.

Borin fath qildi suv uzra yurub,
Birin chun olib, ilgarirak surub.

Chu yer qolmadi olmog`on suda ham,
Bu ishlar bila bo`lmay osuda ham.

Su mavji kibi iztirob ayladi,
Muhit o`rtasig`a shitob ayladi.

Chu bo`ldi yeri nuqtagohi Muhit,
Quyi suvu ustun sipehri basit.

Qilib suv tubin ko`rmak andishae,
Hamul hikmat ahli yasab shishae.

Kirib shishag`a ranju tashvir ila,
Aning og`zini berkitib qir ila,

Tanobeki, bo`lg`ay necha ming qari,
Eshilgan, kelur chog`da daryo sari.

Bir uchin qilib shisha davrig`a rust,
Yana bir uchin tutturub elga chust.

Bu yanglig` qilib cho`kti daryo quyi,
Ani qa`rig`a chekti daryo suyi.

G`aroyibki daryoda bo`lg`ay nihon.
Anga zohir o`ldi jahon dar jahon.

Alardin ravo aylabon komini,
Kema ichra qo`ydi yana gomini.

Va lekin bu so`zda erur ixtilof,
Erida demakdin emasmen maof.

Yana azm qildi qurug`luqqa bot,
Chiqib ayladi azmi obi hayot.

Qoronquda aylab yorug`luq talab,
Ani topmayin qoytti xushklab.

Qurug`luq aro Xizr o`lub rahbari,
Tengiz ichra Ilyos edi yovari.

Bu ishlar qilibkim, kishi qilmayin,
Kishidin bu nav` ishlar aytilmayin.

Valoyat qilib Tengridin multamas,
Nubuvvatqa dog`i topib dastras.

Bo`lub oncha davlat muyassar anga,
Yana oncha kishvar musaxxar anga

Ki, sabtig`a yo`nsa kishi xomae,
Keraktur raqam topsa «Shahnoma»e.

Va lekin bu daftarda gunjoyishi,
Emas siqqudek borcha oroyishi.

Zaruratdin alqissa har hol ila,
Aning qissasin surdum ijmol ila.

Ado bo`ldi har bayt aro daftare,
Har uy ichra qildim nihon kishvare.

Tamomi bu erdiki, qildim ado,
Vale emdi tavfiq bersa Xudo,

Sunub panja kulliy ishe sori qo`l,
Qilay nazmkim, asl bo`lg`ay hamul:

Alardin biri erdi Doro ishi
Kim, ul nav` ish yod bermas kishi.

Bu nav` erdi ul kim malik Faylaqus
Ki, Rum ahli erdi anga xokbo`s.

Jahonxusrav ul chog`da Doro edi,
Anga shohlig` oshkoro edi.

Kayoniylar o`rnida ofoqgir,
Kelib pusht-barpushti sohibsarir.

Umurida oyini Luhrosbiy,
Sipohida  qonuni Gushtosbiy.

Bo`lub ko`p Kayoniy ish ihdos anga,
Tegib Bahmaniy mulk meros anga.

Jahonbonlig` amrida Xusravnajod,
Angachaki Kayxusravu Kayqubod.

Jahon mulkida mustaqil podshoh,
Anga topshurub shohlar toju kox.

Mamolikda har sohibi taxtu toj,
Anga yetkurub peshkash, yo xiroj.

Biri Faylaqus erdi ul xayl aro,
Xirojini berguchi bemojaro.

Xiroj ul nimakim muqarrar emish,
Hamonoki ming bayzai zar emish.

Chu ul qildi dayri fanodin xirom,
Skandar anga bo`ldi qoyim maqom.

Bor erdi chu mulk o`ldi tayin anga,
Bu yanglig`ki sharh ettim oyin anga.

Ham avvalg`i yil tortibon tig`i kin,
Qilib Zang shohi bila big`i kin.

Topib tig`ining barqi chun ishtiol,
Kuyub zangi andin nechukkim zugol17.

To`kub erdi qon oncha ul xayldin
Ki, zang ahli ruxsori ul seldin,

Qaro dog`lardek bo`lub oshkor,
Bo`lub yer yuzi, o`ylakim lolazor.

Iki-uch yil ichra necha bo`yla razm,
Qilib erdi ul shohi farxunda azm

Ki, borida a`dosi mankub edi,
Kirib ilgiga ulcha matlub edi.

Bu fursatda fath aylagan marzu bum,
Bo`lub iki-uch onchakim mulki Rum.

Qilib xaylin a`dog`a andoq daler
Ki, bo`lg`ay qulon qasdida narra sher.

Shukuhi oshib bahri zaxxordin,
Livosi o`tub charxi davvordin.

Qilib tig`i barqi jahonso`zluq,
Yuzi mash`ali olamafruzluq.

Xayoli aro urmayin tobu pech,
Jahongirlik fikridin o`zga hech.

Ne ofoqni o`ziga keng ko`rub,
Ne ofoqning shahlarin teng ko`rub.

Atosi vafotidin uch yil o`tub,
Ishi lek o`n oncha rif`at tutub.

Bu uch yil aro ko`ngliga yetmayin,
Xayolig`a balkim xutur etmayin

Ki, Dorog`a bo`lg`ay ishi ehtiyoj,
Anga xud ne etgayki, bergay xiroj.

Birovkim azaldindurur rif`ati,
O`zidek rafe`-o`q erur himmati.

Bukim bo`lg`usi xasm Doro anga,
Kerak zohir etmak madoro anga.

Va yo mulku johig`a qilmoq nazar,
Aning ko`ngliga mutlaq etmay guzar.

Qachon qilsalar kin iki narra sher,
Yaqinkim, bo`lur navjuvonroq daler.

Qachon kin chog`i bo`lg`ay andeshasi
Ki, ko`prakdurur xasmning peshasi.

Iki ajdaho bo`lsalar kinasanj,
Tafovut ne, ko`prak esa yerda ganj.

Tengizda balig` bo`lsa haddin ulug`,
Nahang o`lmas osebidin qayg`ulug`.

Skandargakim yovar aflok edi,
Bisot ichra har kun tarabnok edi

Ki, Doro qoshidin yetishti rasul,
Aning ostonig`a qildi nuzul.

Parastandalardin chu bor istadi,
Ani ollig`a shahriyor istadi.

Qadam urg`och-o`q ko`rdi chun shohni,
Supurdi yuzi birla dargohni.

Parastandaliq rasmi chun soz etib,
So`ziga duoni sarog`oz etib.

Duoeki, bo`lg`ay  sazovor anga,
Julus amri aylab jahondor anga.

Chu o`lturdi qosid tikib yerga ko`z,
Ne yoro anga surmayin derga so`z?

Skandar shukuhi qilib lol ani,
Qayu lolkim, dangu behol ani.

Qilib shoh andin bu ma`nini fahm
Ki, farru shukuhi anga soldi vahm.

So`z aytib, aning sori solmay ko`zin,
Anga tegrukim, topti qosid o`zin.

Ko`ngul bosqonin chunki fahm etti shoh,
Savol etti shohona aylab nigoh

Ki: «Doro shahi komron xushmudur?
Anga mulk oyini dilkashmudur?»

Qo`pub, yer o`pub berdi qosid javob,
Yana komkorona qildi xitob

Ki: «Bu nav` kelmakta komingni ayt,
Nekim dedi Doro payomingni ayt!»

Yana yer o`pub qosidi rahxirom,
Dedi: «K-ey shahanshohi oliymaqom,

Chu so`rdung so`zumni, erur noguzir
Ki, bo`lg`aymen ollingda farmonpazir.

Hamono burunroq malik Faylaqus
Ki, Rum andin o`lmish edi nav`arus,

Qilib erdi ming bayza har yil qabul,
Zari mag`ribiydin toparg`a vusul.

Bo`lub ermish uch yilki ul komyob,
Bo`lubtur bihisht ichra oromyob.

Bu uch yilg`i taqsim topqon xiroj
Ki, andin edi do`stluqqa rivoj.

Magar shoh devonig`a ketmamish,
Etar maxzan ichra magar yetmamish.

Mening kelganimdin bu erdi murod
Ki, gar lutf etib shohi oliynajod,

Ani bersa, aylab hisob, eltayin,
Yo`q ersa, ne aytur javob – eltayin».

Skandarga keldi bu so`z bas qatig`,
g`azab zahridin komi bo`ldi achig`.

Yuzi rangi ko`rguzdi o`tdin nishon,
Bo`lurg`a jahon ichra otashfishon.

Yana lahzae boshin aylab quyi,
Hamul o`t uza urdi hikmat suyi

Ki, ifroti hilmu kamoli xirad,
g`azab xayli andeshasin qildi rad.

Ko`tardi boshin so`zga og`zin ochib,
Javobig`a oning javohir sochib

Dedi: «Ayt Dorog`a mendin salom,
Salom aytqach bo`yla yetkur payom

Ki, shahliqki, yo`qtur baqosi aning,
Emas juz fano intihosi aning.

Bugun-tonglalig` umr uchun ko`rma ranj
Ki, qo`yg`aysen albatta ganj uzra ganj.

Xazoyinki yig`ding adaddin fuzun,
Sanga ranj tekurdi haddin fuzun.

Bukim yig`ding, avval top andin asig`,
Qachon topsang andin asig`, o`zga yig`.

Ishekim zarar naf`idin bo`lsa ko`p,
Emas qilmog`i aql ollinda jo`b.

Sanga naf` yo`q, bizga andin alam,
O`zungga yeturma alam, bizga ham.

Tilab bayza ko`p bo`lma mehnatqa to`sh,
Havo tutti ul bayza berguchi qush18.

Agar tab`ing o`ldi nasihatpazir,
Emas bizga ham do`stluqdin guzir.

Va gar pand ko`nglunga yo`q sudmand,
So`zung bizga dog`i emas dilpisand.

Boshingdin bu behuda savdoni qo`y,
Xayolingdin ushbu tamannoni qo`y.

Angakim erur nuktadonu zarif,
Ulug` ishdurur tonimog`liq harif.

Sanga notavonlar bila tushti ish,
Meningdek kishi birla ish tushmamish.

Guruheki, har yil olursen xiroj,
Sotibsen alarg`a biror eski toj?

Xiroj olmoq andin emas dilpazir
Ki, ham tojbaxsh o`lsa, ham taxtgir.

Nahangeki bahr ichra bebok erur,
Gar ul suvda yuz ming durri pok erur.

Ne nav` o`lg`ay andin xiroj istamak,
Suvda durri ko`p bo`lsa boj istamak.

Bu yanglig` tamannoni qilg`on base,
O`zin suvda qildi balig` tu`masi.

Xiradmandlig` keldi xursandliq,
Qulaysiz tama noxiradmandliq.

Chekib bejihat bo`yla xorij navo,
Aromizda ko`rma xusumat ravo.

Gumon etmakim, molu johing sening,
Ish o`lg`onda bo`lg`ay panohing sening.

Dema yer ko`tarmas adadsiz cherik,
Sanga tig`im ollinda tutqay ilik.

Sanga  ko`p, manga  ozroq ersa  sipoh,
Erur berguchi ozu ko`pga Iloh.

Kerak dastgir o`lsa davlat ishi,
Yo`q ersa netar ko`p cherikni kishig`»

Tugatguncha so`zni shahi nuktago`,
Mahobat eshitguchini qildi suv.

Qo`pub qosidi notavon tutti yo`l,
Vale ne tirik, ne o`luk erdi ul.

Solib tezrak har nafas gomni,
Chu Dorog`a yetkurdi payg`omni.

Javobini Doro eshitgach tamom,
Tag`ayyur topib, bo`yla surdi kalom

Ki: «Har kimga bu nav` afsonadur,
Tasavvur qilurmenki, devonadur.

Va yo mast erkinki, bu so`zini
Degan chog`da bilmaydurur o`zini.

Va yoxud erur tifli beaqlu roy
Ki, ermas so`zida xirad rahnamoy».

Chu bu nuktalardin savol ayladi,
Ravon mustame` sharhi hol ayladi

Ki: «Ne telba fahm ettim oni, ne mast,
Xud ermas yana tifli g`aflatparast.

Erur ham xirad yoru ham hushmand,
Hadisi rafe`u janobi baland.

Bo`lub ilmu hikmatqa hamdast ham,
Dilovarsifatdur, zabardast ham.

Ne hojat sifotin bayon aylamak,
Bo`lur so`zlaridin ayon aylamak.

Shukuhi bila farridin hech ahad,
Topa olmay ollida so`z derga had.

Nechakim nazar aylasam har sari,
Aning fikri ermasdurur sarsari».

Bu so`z qildi Doroni ul nav` tund
Ki, bo`ldi ajal tig`i ollinda kund.

G`azab o`tini ayladi shu`laxez
Ki, tushti falak javfida rustaxez19.

Ul o`t qo`zg`alon soldi davron aro,
Ne davron aro, charxi gardon aro.

Buyurdiki, qosidni band ettilar,
Siyahchol sori olib kettilar.

Dedi: «Go`dagi bandazodam mening,
Janibatkashi xonavodam mening.

Ham obosi bu xonadon bandasi,
Ham ajdodi ajdodim afkandasi.

Nazar aylasam aql mezonig`a,
Kim o`lg`ayki, kirgay kishi sonig`a?

Ki, oning so`zin so`z hisobi tutub,
Va yo men degan so`z javobi tutub.

Tuzub sharh aylarda debochae,
Yasab bahr ollinda daryochae.

Ne mendin tavahhum, ne eldin uyot,
Bu g`oyatqa sharh etgay andin sifot.

Aning daf`i asbobin eng tuzay,
Anga ul kim erkonligin ko`rguzay.

Beray go`shmoleki, har badsigol,
Tuzalgay chu yod etgay ul go`shmol»20.

Zabonovare avval istatti chust,
Demakta daleru adosi durust.

Anga so`zlar aytib itik dosdek,
Itik dosdek yo`qki, olmosdek.

Yana berdi chavgonu go`e anga,21
Qilib munda ham guftugo`e anga.

Yana bir idish kunjudi behisob
Berib, anda ham qildi so`zlar xitob.

Uzotib ani tikti yo`lig`a ko`z
Ki, to ne keturgay javobig`a so`z.

Chu ul yetti qat`i masofat qilib,
Qizil tilni boshig`a ofat qilib.

Skandarga arz etti ahli vusul
Ki:  «Doro qoshidin kelibdur rasul».

Dedi shahki, qosidni kelturdilar,
Qaro yerni gardung`a yetkurdilar.

Skandarga chun tushti qosid ko`zi,
Unut bo`ldi og`zida aytur so`zi.

Shukuhi aning jismidin oldi tob,
Viqori solib ko`ngliga iztirob.

Er o`ptiyu arzi duo ayladi,
Risolat tariqin ado ayladi.

Dedi shahki: «Arz et so`zung borini,
Bayon qil, xayoling namudorini!»

Dedi homili roz aylab sujud
Ki: «Joningg`a Haqdin tuman ming durud22.

Yo`q ollingda so`z derga yoro manga,
Vale dey, degan so`zni Doro manga.

Ne so`zkim demish ul desang, arz etay,
Desang yo`q, qayondinki keldim, ketay».

Skandar zamirig`a soldi bilik
Ki: «Bordur keturgan kalomi irik».

Dedikim: «Payom etti Doroyi dahr,
Adolat bila kishvaroroyi dahr,

Ki, rasmi qadimiyki, derlar xiroj,
Ki, yo`q bizga olmoqqa xud ehtiyoj.

Vale shohlarkim, erur bandamiz,
Ne hukmeki qilsoq sarafkandamiz.

Muni bermak – izhori toatdurur,
Bizing hukmumizga itoatdurur.

Otongg`a zamonekim, erdi hayot,
Bu xizmat aro zohir etti sabot.

Chu sen topting oning maqomig`a yo`l,
Kerak qilsang erdi, nekim qildi ul.

Itoat tariqin shior etmading,
Nekim qildi ul, ixtiyor etmading.

Iki-uch yil o`ttiyu ul yetmadi,
Kishi ham ani bozjust etmadi.

Chu ish haddin o`tti yiborduk kishi
Ki, bo`lg`ay xiroj olmoq oning ishi.

Demishsen necha so`zki, hadding emas,
Kishi bilsa haddin, so`z andoq demas.

Vale nevchunkim, kichikdur yoshing,
To`qunmaydurur toshqa hargiz boshing.

Dedukkim, jununungg`a og`oz emish,
Jaholat sanga ko`pu aql oz emish.

Ishingga yo`q isloh tadbirdin,
Chu go`daksen, o`ttuk bu taqsirdin.

Kerak emdi xizmatni nokom etib,
Ne vajheki qolmish saranjom etib.

Olib, qilmayin vahm, azm etgasen,
Rafe` oston o`pgali yetgasen.

Yuzungdin dog`i raf` bo`lg`ay hijob,
Inoyat dog`i ko`rgasen behisob.

Agar vahmdin iztirob aylasang,
Degan amrdin ijtinob aylasang

Va yo bo`lsa tug`yoni jahlu g`urur
Ki, so`z raddi zotingg`a kelsa zarur

Ki bilmasliging ibtidosidur ul,
Kichik yoshlig`ing iqtizosidur ul.

Yibordim qoshingg`a munosib nima,
Bo`yun to`lg`ama, nomunosib dema!

Keturdi, bu so`zni debon nuktago`y
Aro yerga bir savlajon birla go`y

Ki, go`dakliging chunki g`olibdurur,
Sanga go`yu chavgon munosibdurur.

Budurkim, ko`rungay sanga ko`zga ish,
Va lekin erur mulk ishi o`zga ish.

Va gar raf` qilmay ko`nguldin xilof,
Ayon qilmasang ajzinga e`tirof.

Nizo` o`lg`on o`lsa muakkad sanga
Ki, xud yo`q ul andeshag`a had sanga.

Qo`yub jahl, o`z joningga rahm qil,
Sipohim hisobin bu kunjudcha  bil».

Debon, qo`pti majlisdin aylab shitob,
Ulug` zarf aro kunjudi behisob

Keturdiyu og`zidin ochti tugun,
Bisot ichra ul zarfin etti nigun,

Dedi: «Shohdin har kim etsa haros,
Sipohin bu kunjuddin etsun qiyos».

Tugatgach so`zin nuktago`yi daler,
Javob istayu, ko`z tikib boqti yer.

Chu qosid bu yanglig` takallum qilib,
Skandar nihoniy tabassum qilib.

Tugatti chu xorij tamanno bila,
Skandar so`z ochti taanno bila

Ki: «Doroyi davron shahi pokzod
Ki, bermish tariqi fasohatqa dod.

Ani so`z chu beixtiyor aylamish,
Ajab nuktalar oshkor aylamish.

Bukim shohlarni demish bandasi,
Sarafrozlarni sarafkandasi.

Guruheki o`z lutfi birla Iloh,
Alarni qilibdur ulus uzra shoh.

Kishi o`ziga banda qilmoq xitob,
Hamonoki ermas tariqi savob23.

Alar qullug`i Haqqa oyin erur,
Agar Tengri, bandam, desa chin erur.

Bu so`zkim dedi shohi daryoato,
Shak ermaski, bordur sarosar xato.

Erur shirk chun Tengrining shirkati,
Kirar kufr yo`lig`a bu fikrati.

Yana ulki, debdur meni tiflu mast,
Dog`i telbalik qaydig`a poybast.

Bu uch ishga bo`lg`ay birov muttaham
Ki, chekkay so`zi kufr sori alam.

Yo`q ersa iki shohi hashmatmato`,
Ayon etsalar mulk uzra nizo`.

Biri bo`lsa farzan ulug`, bir kichik,
Bu so`z demas o`lsa ulug`da bilik.

Qo`tonning uluq qush aro soni bor,
Vale sung`ur ollinda ne joni bor?24

Yana buki, shoh aylab ehson manga,
Yibormishdurur go`yu chavgon manga.

Erur munda bir ramzi po`shida harf,
Tafa`ul aro benihoyat shigarf

Ki, yer hay`atin aylabon justujo`y,
Mudavvar topibdurlar andoqki go`y25.

Chu shoh oni tutti musallam manga,
Hamonoki Haq berdi olam manga.

Bukim ilgima soldi chavgonini,
Musallam manga tutti maydonini.

Hamono chiqib mulk maydonidin
Meni bahravar qildi chavgonidin

Ki, to men bu maydonda go`y urg`amen,
Samandim qilib garmpo`y urg`amen.

Manga mujdalar yetti andin base
Ki, mamnunmen ul komrondin base.

Bu kunjudki ham keldi andin bu yon,
Aning dog`i ramzini aylay bayon:

Chu qilmish sipohiyg`a  tashbih ani,
Erur nuktae, o`yla tanbih ani.

Mening xaylima keldi qushluq sazo
Kim, ul qushqa kunjuddin o`lg`ay g`izo».

Buyurdiki, surdilar oncha tovuq,
Ki kunjud hisobig`a bo`lg`ay yovuq.

Alar kelturub dona termakka zo`r
Ki, bir dona ham qolmay elturga mo`r.

Bu diqqatlar aylab suxanvarni lol,
Qayu lolkim, o`lturub infiol.

Buyurdi ravon shohi hikmatqiyos
Ki: «Bo`l emdi Doro sari rahshunos.

Eshitgan javobingni yetkur anga,
Ne so`zlarki surdung manga, sur anga!»

Yonib qosid ul so`z xaroshi bila,
Ayog`i kelib, bordi boshi bila.

Chu Dorog`a bilganlarin qildi fosh,
Adovat o`ti ko`kka tegurdi bosh.

Qolib fitna xaylig`a ahli zamon,
Adam ko`yiga qochti amnu amon.

Ayoqchi, ketur mayki, tortay daler,
Chu sarxush bo`lay, go`kray andoqki sher!

Kiray xasm aro, o`ylakim sheri mast,
Borig`a beray bir dam ichra shikast.

Mug`anniy, cholib, garm hangoma tuz,
Surudungda ohangi «Shahnoma» tuz.

Chu ohangi kin ettilar ikki shoh,
Daler o`lsun ul nag`ma  birla  sipoh.

Navoiy, jahon ichra oshub erur,
Fitan sarsari amniyatro`b erur.

Bu oshubdin gar tilarsen amon,
Amon topma may shug`lidin bir zamon.

Zamon ahlig`a bo`lsa ming ibtilo,
Emas mubtalo boda ichgan to`lo.

XXIV

Muxolafat mazammatidakim, «mux» hasad bila «ulfat»durur va «muxl» andisha bila «ofat» ko`runurki, aksin tutsa, musodaqat yuz berur va tarkin tutsa, saodat sarmanzilig`a yetkurur va soyir el muxolafati bobidakim, mujibi xonumon xaroblig`idur va saloting`a voqe` bo`lsa, jahon xarablig`i


Jahon ahlida yo`q vafo, ey rafiq,
Erur rifq1 alardin judo, ey rafiq!

Adovat bila kindur oyinlari,
Tuganmas adovat bila kinlari.

Jahon ichra mavjud erur necha xayl
Ki, borig`adur kina qilmoqqa mayl.

Kishi bo`lmag`ay qilsang andeshae
Ki, topilmag`ay anga hampeshae.

Qachonkim ayon bo`ldi hamkorliq,
Ne imkon kishi bo`lmay ozorliq.

Bilur kimki bir pesha bo`lg`ay fani
Ki, albatta hampeshadur dushmani.

Bir ishta mahorat chu zohir bo`lur,
Yana kimsa ham anda mohir bo`lur.

Chu har soridin bo`ldi da`voyu lof,
Aro yerda solur taassub xilof.

Bo`lur kin ikovning tuniyu kuni,
Tilar bo`lmag`ay – bu ani, ul muni.

Nedinkim biri bo`lsa tufroqqa teng,
Bu fanda qolur yer yana birga keng.

Kim o`lsa birov birla hamfanlig`i,
Jihat budurur bo`lsa dushmanlig`i.

Bu yolg`uz emas ahli san`at aro
Ki, ko`prakdurur ahli davlat aro.

Shahekim anga bo`lsa yuz ming kishi,
Budur borcha bir chargalikning ishi.

Alarkim, nayobatqa mansubdur,
Taqarrublari shahg`a matlubdur.

Alarkim, erurlar amoratmaob,
Qilurlar nayobat uchun iztirob.

Alarkim, tuman bo`ldi oyinlari,
Amorat uchundur bori kinlari.

Alarkim, qo`shunbekligin qildi fan,
Xarobi bukim boshlag`aylar tuman.

Erur chun tafovut bila ul asos,
Asofilg`a tegru bihozalqiyos.

Qayu chargakim anda bir xayl erur,
Borig`a yana chargaga mayl erur2.

Qilur har biri sa`y yetmak burun,
Hamul maqsadi ichra topmoq o`run.

Taassub chu soldi aroda sudo`3,
Yana o`rtag`a tushti kinu nizo`.

Necha shohlarg`a yaqinroq kishi,
Adovat kelib ko`prak oning ishi.

Asofilg`a har nechakim jahl erur,
Va lekin xusumatlari sahl erur.

Ziyonin nechakim yomon farz qil,
Bir o`ziga, yo o`n o`zidekka bil.

Bulardin avosit arodur ashad
Ki, nuqsonlari fosh o`lur beadad4.

Topar ko`p kishi ul adovatda bim,
Buzulur base xonadoni qadim.

Burung`i arig` etsa toshmoqqa mayl,
Ikinchi erur poya borong`a sel.

Va lekin aoliyg`a tushsa hisob
Ki, bo`lg`ay salotin gardunjanob.

Bu go`yo jahon ichra to`fon erur
Ki, andin jahon ahli vayron erur.

Ne to`fon, balo bahri chayqolgoni,
Jahon ahli suv ostig`a qolg`oni.

Agar dashtu tog` uzradur har fariq,
Qilich bahri suyig`a bo`lmoq g`ariq.

Jahon mulkidin amn bo`lmoq yiroq,
Amonliq hamul mulk elidin qiroq.

Balo selining bo`lmog`i mavjzan,
Cho`murmoq ulusni bu mavji fitan.

Ne to`fon, bedodu selobi g`am,
Erur onchakim dahr eliga alam.

Adovatqa bog`lab kamar ikki shoh,
Jahon ahlini aylab ikki sipoh.

Bori tortibon qatl uchun tig`i tez,
Qilib tig`i tez o`ltururga sitez.

Ato bir taraf gar erur, filmasal,
Yana jonib o`lsa o`g`ulg`a mahal.

Ikisiga kin o`ti solg`ay g`azab,
Ul o`t qon icharga qilib tashnalab.

Ato jon berib o`g`lin o`lturgali,
O`g`ul ham anga tig`i kin surgali.

Qarindosh topsa qarindoshini,
Damo-dam tilab kesgali boshini5.

Tushub oshnolarg`a begonaliq,
Ketib hamnishinlarg`a hamxonaliq.

Bu nav` o`lsa mundoq iki zot aro,
Ne bo`lg`ay, gumon qil iki yot arog`

Aningdek esib tundbodi nabard
Ki, oshubdin yetkurub ko`kka gard.

Tutub fitna gardi xaloyiq ko`zin
Kim, ul gard aro xalq topmay o`zin.

Solib elga mundoq nabardi balo,
Gahi qatlu toroju gohi jalo.

Agar bu iki shahg`a bo`lmay masof,
Va lekin bo`lub bo`yla doyim xilof.

Ulusqa degan yanglig` ahvol o`lub,
Xaloyiq havodisqa pomol o`lub.

Va gar rahm qilmay ulus jonig`a,
Azimat qilib razm maydonig`a,

Birisin zafar aylabon chiradast,
Yana bir sori zohir o`lsa shikast.

Yaqin bilkim ul kundur ofat kuni,
Ne ofat kunikim, qiyomat kuni.

Xusho, iki ozodai nomurod
Ki, bir-birga zohir qilib ittihod.

Ne ul aylasa bu madoro qilib,
Anga ham bu rifq oshkoro qilib.

Aning komi bu birga maqsud o`lub,
Munung raddi ul birga mardud o`lub.

Rafiq iki darvesh, beishtiboh,
Erur yaxshiroqkim, aduv iki shoh!6

XXV

Iki jahondor muxolafatidin jahon ahli xirmanig`a balo barqi yetgani va iki yor muvofaqatidin ul tutashqon o`tqa rahmat yomg`uri yog`ib, shu`lasin past etgani


Eshittimki, Chingizu1 Xorazmshoh,
Adovatqa chun bo`ldilar kinaxoh.

Buzuldi jahon ulcha maqdur erur,
Netay sharhin aytib, chu mashhur erur.

Hamonoki Chingiz topib zafar,
Aning mulkini qildi zeru zabar.

Ne kishvar arokim maqom ayladi,
Chekib tig`i kin, qatli om ayladi.

Tushub mavjg`a bahri jabborliq,
Ayon aylabon mavji qahhorliq.

Ato o`g`lig`a yig`labon: hoy-hoy!
Qizig`a ano tortibon: voy-voy!

Hayot uyiga marg solib xalal,
Amon raxnasin mahkam aylab ajal.

Magar Shom mulkida erdi bu hol
Ki, iki rafiqi mavaddatxisol.

Qazodin birov dastgiri bo`lub,
Birov yo`qki, kofir asiri bo`lub.

Ko`zidin oqar qonlaridin ikov,
Yudilar ilik jonlaridin ikov.

Tilab har biri aylamak ibtido
Ki, jonin yana birga qilg`ay fido.

Bu holatda qotil chekib tig`i qatl
Birisiga qildi ayon big`i qatl.

Yana bir boshin ochib, etmay haros,
Ayon ayladi yolborib iltimos

Ki: «Avval mening boshima tig` sur,
Chu men o`ldum, ul dam aning bo`ynin ur!»

Munga chunki mayl etti o`lturgali,
Boshig`a jafo tig`i tekurgali.

Ochib boshin ul bir ham aylab havas,
Nekim erdi avvalg`ig`a multamas.

Bular har bir – ul bir uchun qayg`uda,
Bu holatda Chingiz emish uyquda.

Tushiga kirar bu ikki yor ishi,
Muni ko`rgach aytur anga bir kishi

Ki: «Kechgil xaloyiqqa ozordin,
Vafo o`rgan ushbu iki yordin.

Sanga kinavar bo`lsa Xorazmshoh,
Ul ishtin jahon ahlig`a ne gunoh?»

Iki shah kini jahonni buzub,
Iki zor mundoq vafo ko`rguzub.

Chu uyg`ondi uyqusidin qahramon,
O`lumdin xaloyiqqa berdi amon.

Iki yoru qotilda ul mojaro
Ki, om o`ldi baxshish so`zi xalq aro,

Qilib erdi kofirg`a dog`i asar,
Etishti qulog`iga chun bu xabar.

Qilib raf` ko`nglidin ozorni,
Eshib qildi ozod iki yorni.

Iki shoh chun bo`ldilar kinaxoh,
Jahon ahli bo`ldi sarosar taboh.

Vale iki darveshning himmati,
Muvofiqlig`i yumni xosiyati

Ki, qildilar isor joni hazin,
Ko`tardi jahon ahlidin tig`i kin.

Kishi aylasa rifq yumnin havas,
Anga to abad ushbu tamsil bas2.

XXVI


HIKMAT

Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, muxolafatki borcha milalda mamnu`durur va nizo`ki borcha mahalda nomasmu`, andoq modda topilg`aymukim, anda dilpazir bo`lg`ay va qilmog`i noguzir va Arastu ul tiyralikda yorug`lug` ko`rguzmak va ul muxolif ohangni rostda tuzmak


Yana so`rdi shohi Faridunhasham1
Ki: «Ey hikmat ahlig`a roying hakam!

Iki kimsaga voqe` o`lmoq nizo`,
Bir ishta erur mujibi imtino`.

Nizoeki, har kimga masmu`dur,
Xirad buyrug`i birla mamnu`dur.

Topilg`aymu ul nav` bir joddae,
Hamul jodda ichra bir moddae

Ki, bo`lg`ay nizo` anda xotirpisand
Ki, gar bo`lmasa bo`lg`ay andin gazandg`»

Dedi hikmatoyini donanda2 harf
Ki: «Qilding savole bag`oyat shigarf.

Nizoeki qildi xirad oni rad,
Qabul etti ham ba`zi ishda xirad.

Birovda bir ish bo`lsa nodilpazir,
Ki, foilg`adur qilmog`i noguzir.

Vale elga andin zarardur base,
Aning zimnida sho`ru shardur base.

Birov man`ig`a gar topar dastras,
O`zin tutsa ma`zur, ma`zur emas3.

Va gar man` qildiyu yer tutmadi,
Ne ish tarkinikim bu der, tutmadi.

Bilindiki, ko`p tab`i rog`ibdurur,
Irikrak aning man`i vojibdurur.

Munung birla ham topmasa imtino`,
Bo`lur vojib ul lahza qilmoq nizo`.

Bo`lur chun nizo` ichra nuqsonu sud,
Kerak anda bir shart tutsa vujud

Ki, bukim nizo` ichra tuzdi asos,
O`zin aylasa xasm birla qiyos.

Agar g`olib o`lmog`lig`in chog`lasa,
Nizo`ig`a ul lahza bel bog`lasa.

Va gar quvvatin anglasa bayn-bayn,
Aroda padid etmasa sho`ru-shayn.

Va gar xud o`zin bilsa mag`lubdur,
Nasihat bila iktifo xo`bdur.

Kerak ul nasihat dog`i narmro`y
Ki, to mustami` bo`lmag`ay tundxo`y.

Ki tund o`lsa ko`p vahshat imkoni bor
Ki, nosihqa ham bim nuqsoni bor.

Nizo` ichra mundoq marotibni bil,
Qila olmog`ing chun yaqin bo`ldi qil.

Yaqin bo`lmasa g`olibi zan kerak,
Kishi barcha ishta xiradfan kerak.

Birovkim xiraddur anga rahnamun,
Bu ishlarda qo`ymas bo`lurg`a zabun».

Chu nofi` javob angladi mustami`,
Yana so`rmadi so`z – bo`lub muntafi`.

XXVII

Doroning Iskandar so`zidin oshufta bo`lub, sipoh yig`moqtin olamg`a oshub solib, olam-olam cherik yig`ib Iskandar razmig`a azm qilg`oni va Skandar ham ul daryoyi ofat muqobalasida seli balo va ko`hi maxofat muqotalasig`a barqi razm va vag`o yasab yuzlashgani va ofoqni ul iki shoh zeru zabar qilurda Doroning livoyi davlati o`zga sarsar ofatidin sarnigun bo`lub Iskandarning mahchak alami quyosh livosidin o`tgani


Iki shoh ishida hikoyatguzor,
Bu yanglig` berur so`zga zebi uzor

Ki, Dorog`a chun yetti borg`on rasul,
Skandar qazoyosig`a berdi tul.

Qayu so`zki shahdin xitob ayladi,
Nekim istimoi javob ayladi.

Chu arz aylamakdin yo`q erdi guzir,
Borin ayladi arz farmonpazir.

Chu fahm etti Doro aningdek javob,
g`azab o`tidin jismig`a tushti tob.

Yonar o`tdek o`ldi qadam to ba farq,
Taharruk ani qildi andoqki barq.

Gahi bo`ldi davron bila tundxo`,
Gahi charxi gardong`a dedi: «Tufu!»

Oshib dam-badam iztirobi aning,
Eru ko`kka ta`nu itobi aning.

Bu oshub dardig`a bo`lmay davo,
Cherik jam`ig`a bo`ldi farmonravo.

Kishi chopti ofoq aro bedarang,
Bajuz Rum ila Zangboru Farang1.

Sipah bahrig`a  tushti ul nav` jo`sh
Ki, o`tti falak lujjasidin xurush.

Ham Eronu Turon2, ham aqsoyi Chin,
Anga tegrukim, haddi Mashriq zamin.

Chiqib ul sifatkim, kishi qolmayin,
Demay qolmayinkim, qola olmayin.

Anga tegrukim, haddi aqsoyi g`arb,
Butub borchaning jismidin sozi harb.

Yana ham diyori Janubu Shimol,
Kishi qolmog`i topmayin ehtimol.

Bashar jinsi xaylin jahondin yig`ib,
Jahon ahlini to`rt yondin yig`ib.

Sipah jo`sh urub tog`u homun aro,
G`alat ayladim, rub`i maskun aro.

Surub elni zobit sipahdorlar,
Siyosat tariqida g`addorlar.

Bu yanglig` cherik yaxshiroq fol ila,
Iki yilda jam` o`ldi tunqol ila.

Sipohiyki yer sathig`a  sig`mayin,
Cherik hargiz andoq kishi yig`mayin.

Ne uchu qiroq erdi paydo anga,
Ne haddu ne g`oyat huvaydo anga.

Adadda falak anjumidin fuzun,
Ne anjum, biyobon qumidin fuzun.

Chu mav`idg`a  jam` o`ldi mundoq sipoh,
Bilib ul sipah sori azm etti shoh.

Nazar soldi chun ul cherik sori tez,
Adovat o`tin ayladi shu`laxez.

Dimog`ig`a yo`l topti nav`i g`urur
Ki, gardun qochar qilsam ul yon ubur.

Etib har tarafdin ulus shahlari
O`kush tortig`u tuhfa hamrahlari.

Aqolim voliylari javq-javq,
Itoat solib borcha bo`ynig`a tavq3.

Chu Doro tushub borgohi aro,
Tushub jo`sh xaylu sipohi aro.

Qo`yub borgoh ichra taxti baland,
Chiqib taxt uza xusravi arjumand.

Tuzub masnadekim, sipehri barin,
Yana ko`rmayin, o`yla masnadnishin.

Qilib hukmkim: «Mulk sultonlari,
Qamuq xaylu kishvar nigahbonlari,

Kelib borcha yer o`ptik aylab salom,
Munung birla kasb ayladik ehtirom».

Saloting`a chunkim, bu nav` o`ldi bor,
Topib ishlari sikkai e`tibor.

Yiroqtin kelib, borcha bosh indurub,
Tikib yerga ko`z, o`q uchidin turub.

Chu har birni ko`rmakka shoh istabon,
Borib hojibi borgoh istabon.

Kelib ul bisoti qirog`in o`pub,
Qo`yub ollida bosh, ayog`in o`pub.

Yonib, chun bo`lub o`rnig`a rahxirom,
Yana bir bo`lub xoki dargahxirom.

Bu yanglig` yarim kungacha erdi mahl
Ki, topti sharaf ulki bor erdi ahl.

Xito mulkidin Mangu-qoon kibi,
Yana Hind elidin Qaroxon kibi.

Hamul Misrdin Varqau Boshdek,
Dog`i Dasht elidin Temurtoshdek.

Farangisdek Xovaron mulkidin,
Davoli kibi Shirvon mulkidin.

Shahu shohzoda adaddin fuzun,
Sipahdoru sarxayl haddin fuzun4.

Ki, pobo`sidin bo`ldilar sarbaland,
Yana iltifoti bila arjumand.

Bo`lub ko`rmagidin chu oliy asos,
Yana peshkashlar chekib beqiyos

Ki, yuz ming muhosibqa yuz yil shitob,
Etishsa qila olmag`aylar hisob.

Bu ashg`olni aylabon bartaraf,
Xaloyiqni tarqattilar har taraf.

Ne sarxaylkim bor edi har sari,
Tilatti inoyat qilib ichkari.

Qilib tojvarlarg`a hukmi julus,
Bori o`ltururg`a bo`lub xokbo`s.

Chu atrofida shohlar o`lturub,
Sipahdorlar xizmatida  turub.

Ulug`lar chu altofidin topti bahr,
Ravon boshladi nukta Doroyi dahr

Ki: «Bois chekarga  bu yanglig` sipoh,
Xaloyiq  farog`in qilurg`a taboh

Bu erdiki, chun Rumdin Faylaqus,
Jahon rihlati azmig`a urdi ko`s,

Qolibdur anga zodae majnunvashe,
Sudek kajrave, o`t kibi sarkashe.

Yibormay xazoying`a uch yil xiroj,
Boshig`a sarafrozliq soldi toj.

Chu bordi kishi bilgali sharhi hol
Ki, o`z xizmatin nevchun etmish o`sol?

Aning birla bu mojaro surgali,
Baqoyoni devong`a kelturgali.

Parishon takallum qilib beadad
Ki, yo`qtur anga, o`yla so`z derga had.

Yana qildim irsol ko`p nav` pand,
Anga hech pand o`lmadi sudmand.

Javobida ko`p qildi tarki adab,
Meni dog`i oshufta qildi g`azab.

Eshitgach qulaysiz maqolin aning,
Zarurat ko`rub go`shmolin aning.

Bo`lub bois ul go`lu nodon ishi,
Cherik jam`ig`a chopti har yon kishi».

Dedilar qo`pub, yer o`pub shohlar,
Sipahbadlig` amridin ogohlar

Ki: «Qilmoqqa holini oning taboh,
Ne hojat edi aylamak azm shoh.

Bu yanglig` cherik hojat ermas edi,
Aning daf`ig`a bir qule bas edi.

Qayu birga bu ish inoyat bo`lur,
Hamonoki bu ish kifoyat bo`lur».

Dedi shohkim: «Chun yig`ilmish sipoh,
Kerak Rumni qilsaq oromgoh.

Chu kirmish anga Zangboru Farang,
Alar fikriga ham keraktur darang.

Necha kun bu yerlar tavofi qilib,
Adudin mamolikni sofiy qilib,

Agar qaytsaq ham emastur yiroq,
Har andeshadin bu erur yaxshiroq».

Chu shoh og`zig`a soldi bu so`z qazo,
Qazo amrig`a chora yo`q  juz rizo.

Nekim shah dedi, ittifoq ettilar,
Bori Rum azmin yaroq ettilar.

Manozil bitib, bo`ldilar jazmi ko`ch,
Qo`pub har taraf qildilar azmi ko`ch.

Bularg`a bo`lub ko`ch-barko`ch azm,
Skandarga dog`i xabar yetti jazm,

Ki, Doro yig`ib yer yuzidin sipoh,
Buyon aylamish azm beishtiboh.

Xud ermas edi g`ofil ul holdin,
Ishida yiroq erdi ehmoldin.

Uzotib damo-dam adug`a kishi,
Payopay xabar topmoq erdi ishi.

Qayu ishgakim fahm etib ehtiyoj,
Farog`at bila aylar erdi iloj.

Sipohini ul shohi navxosta,
Aningdek qilib erdi orosta,

Ki, ollig`a  cheksa  sipah olame,
Ki bo`lsa alar har biri Rustame,

Nechukkim yel ollig`a bo`lg`ay samon,
Etishmak hamonu – sovurmoq hamon.

Va lekin shiori madoro bo`lub,
Tahattuk yo`q andoqki Doro bo`lub5.

Chu Doro hadisi anga bo`ldi tuz
Ki, olam sipohin yig`ib qo`ydi yuz.

Bu yanglig` cherikkim bayon ayladim,
Raqam birla vasfin ayon ayladim.

Tuzub ul xiradmandi hikmatmaob,
Aduv ro`baro`yig`a qildi shitob.

Nechukkim tengiz sori g`urranda abr
Va yo go`r xaylig`a g`urron hizabr.

Chu fahm etti ul ishni Doro dog`i,
Ki bordi arodin madoro dog`i.

Aning chiqmog`i bo`yla bevahmu pos,
Aduv xaylig`a soldi behad haros.

Chu o`n manzil o`ldi aro yerda jazm,
Iki yondin o`ldi taanniyu hazm.

Yurush rasmida bo`lmas erdi o`sol,
Ko`charda, tusharda bor erdi yasol.

Tushulgach, cherik davrini shaq qilib,
Sipah hifzi aylarga  xandaq qilib.

Quyosh chun botib ko`kka soya chiqib,
Hamul iki yondin taloya chiqib.

Yazak ahlig`a, o`yla bedorliq,
Taloya aro, o`yla hushyorliq6.

Ki, gar mo`r tebransa qilmay darang,
Tikarlar edi ko`zin otib xadang.

Bu yanglig` sipah boshlabon ikki shoh
Ki, bir kunchilik qoldi yo`l razmgoh.

Aro yerda tog`e edi bas rafe`,
Iki yonida iki dashti vase`.

Iki dasht aro iki xusrav eli
Ki, yo`l topmay ul el aro tong yeli.

Skandar sipah tegrasiga yetib.
Nechakim kerak zabtida jahd etib,

Yasab xandaqu hisn Xaybar kibi,
Ne Xaybarki, Saddi Skandar kibi7.

Chu ko`ngli bo`lub tinch yuz tig`zan,
Bori lashkaroroyu lashkarshikan.

Oyirib o`zi birla bo`ldi ravon,
Zihi, ham sipahdoru ham pahlavon.

Hamul tog` uza chiqti ul xayl ila,
Aduvning sipohin tamosho qila.

Ne ko`rdiki, tutmish sipah yer yuzin,
Qaro aylabon dahr tog`u tuzin.

Taharruk topib xalqdin dashtu tog`,
Taharrukka ham kimsa topmay farog`.

Falakni aningdek tutub dudu gard
Ki, pinhon bo`lub gunbadi lojuvard.

Topib gard ila dud chun imtizoj,
Berib o`tu tufroqqa bir mizoj.

Qayonkim Skandarga tushti nazar,
Topa olmadi xalq ichidin guzar.

Qila olmayin el qiyosini hech,
Tahayyur aning mag`zini qildi gech.

Xayolida bu so`zkim: «Iki cherik
Qachon sunsalar kin ishiga ilik,

Biri yona bircha esa iki-uch,
Erur harb oyini ozroqqa kuch.

Agar bo`lsa bir sori yolg`uz kishi,
g`anim o`lsa o`trusida yuz kishi.

Agar istasa harbu parxoshini,
Ilik birla kesmaktur o`z boshini.

Manga muncha hikmat tariqida lof,
Ajab yerda yoydim bisoti masof.

Bu yerdin yonarning xud imkoni yo`q,
Nabard aylasam g`ayri nuqsoni yo`q!»8

Bu fikr ichra royi xiradparvari
Ki, bir tosh uza iki kabki dariy

Ko`rundiki, bir-birga aylab sitez,
Urushurlar erdi base tundu tez.

Biri jussa ichra zabardastroq,
Yana bir haqir erdiyu pastroq.

Anga necha quvvat, munga oncha za`f,
De olg`oncha quvvat, de olg`oncha za`f.

Skandar chu ul za`fu quvvat ko`rub,
O`zi birla Dorog`a nisbat ko`rub,

Alar sori boqti taammul bila,
O`ziyu aduvg`a tafa`ul bila.

O`zi jonibidin haqirin tutub,
Aduv  o`rnig`a yona birin tutub.

Qilur erdi ul harb nazzorasi,
Taraddud aro joni bechorasi.

Ki, nogoh havodin uqobe inib,
Qilib sayd olurg`a shitobe inib,

Ulug`rog`ni sayd etti ul nav` chust
Ki, go`yokim ul xud yo`q erdi nuxust.

Uqob ilgida bo`lg`och ul bir taboh,
Yana birga bo`ldi yeri jilvagoh.

Skandar bo`lub xushdil ul holdin,
Tanumand o`lub ko`ngli bu foldin.

Bilibkim, anga xasm o`lur zerdast,
Va lekin topar o`zga yerdin shikast.

Bu ishdin o`ziga shugun anglabon,
Yonib xasm qadrin nigun anglabon.

Sipohig`a  kirdi topib bu futuh,
Aningdekki, jonsiz badan ichra ruh.

Chu ul tog`din indi topib navo,
Quyosh chekti tog` keyin sori livo.

Falak mash`ali ko`ktin o`lg`och nigun,
Zamona bo`lub dudidin qirgun.

O`zin aylabon mahkam iki sipoh
Sipoh intizorin chekib razmgoh.

Yazak aylabon, o`yla ogohliq
Ki, qilmay anga soya hamrohliq.

Taloya bo`lub har taraftin mudir,
Tun o`g`risin etmak tilab dastgir9.

Yazakdin sipah davrida, o`yla  bim
Ki, tebranmak imkoni topmay nasim.

Ulus, o`yla mazbut o`lub har sori
Ki, un ham chiqa olmayin tashqori.

Iki shoh har sori ish fikrida,
Yasol zikri birla tikish fikrida.

Nari yuzda Doroyi anjumsipoh,
Boshi uzra gardun kibi borgoh.

Qilib taxt uza ish yarog`ini guft,
Bori nav`idin oshkoru nuhuft.

O`zi jonibi fath lozim ko`rub,
Livosig`a nusrat mulozim ko`rub.

Ko`ziga Skandarni hech ilmayin,
Qazodin ne hol o`lmog`in bilmayin.

Sipahbadlari xud g`ulu aylabon,
Skandar so`zin guftugo` aylabon

Ki: «Gar shoh hukm etsa bevahmu biym,
Erurbiz anga har birimiz g`anim».

Biri debki: «Ko`rgach qaro qochqusi»,
Biri debki: «Uzr eshigin ochqusi».

Va lekin Skandar sori barcha jazm
Ki, qilmoq kerak tongla o`lguncha razm.

Qaviy xasmg`a mumkin ermas shikast,
Magar ulki ko`rguzgabiz zarbi dast.

Ko`zidin borib uyqu osoyishi,
Ishi razm ahlining oroyishi.

Eliga karamdin yeturmak navid,
Qochar elga bim, ish qilurg`a umid.

Eli hech tinmay yasab sozu barg,
Muhayyo qilib javshanu xudu targ.

Ko`runub uzun kina ahlig`a tun,
Vale kun xayoloti tundin uzun.

Bu yanglig` edi iki yondin xayol
Ki, bo`ldi ayon subhi farruxjamol.

Sahar oshkor etti zarrin livo
Ki, bo`ldi yorug` mahchasidin havo.

Qazo soldi ul iki daryog`a jo`sh
Ki, Bahrom sam`ig`a yetti xuro`sh.

Chekib gurdlar na`rai hoila
Ki, solib yer ajzosig`a zilzila.

Zuhur aylabon «arzu zilzolaho
Va axrajatil-arzu asqolaho»10.

Bo`lub tig`zanlar qadam to ba farq,
Falak turkidek ko`k temur ichra g`arq11.

Yasab harb uchun o`zni markab uza,
Takovar surub, o`z yasolin tuza.

Chu otlandi Doroyi davlatpanoh,
Skandarg`a  o`tru tuzatti sipoh.

Sipah dema, daryoyi xunxor, de,
Falak bahri andin namudor, de.

Safe tuzdi tuzmakka oyini harb
Ki, bir qambali–sharq edi, biri–g`arb.

Yasoleki bu tul ila ko`rguzub,
Budur turfakim, yeti dabqur tuzub.

Borong`or12 anga xayli Mashriq zamin,
Samarqanddin toki sarhaddi Chin.

Yana yuz ming o`zbak mo`g`ul birla zam,
Yuz ellik ming ul sori qalmoq ham.

Bo`lub borchasi olti yuz ming kishi,
Boriga hunar kin ila razm ishi.

Yasab Chin elin turki chiniysirisht,
Tarovatda andoqki bog`i bihisht.

Eti rang zarbaft har pahlavon,
Solib bodpoyig`a bargustvon.

Dovulg`oda chiniy yalov dilpazir,
Yana javshan ustiga chiniy harir.

Yasoleki qalmoq xoni yasab,
Ajal do`zaxidin nishone yasab.

Tomug` shu`lasi barcha rangin yalov,
Bilinib yalov jilvasidin qalov.

Har o`pchinluk oncha qilib karru far
Ki, andin tushub dahr aro sho`ru shar.

Alar xaylining xoni To`qvob o`lub,
Urush vaqti ozarmdin tob o`lub.

Mo`g`ul sherpaykarlari o`tu yolin,
Taaddud aro it tukidin qolin.

Bular xoni Mangu kelib razm aro
Ki, oshubi olamni aylab qaro.

Yana mang`it o`zbak bila yondashib,
Iki zulfdek tuzlari chirmashib.

Kumushdek yorug` barchaning ko`hasi,
Boz uzra dovulg`alar charkasiy.

Alar yonida Movarannahr eli,
Iki rud arosida o`n shahr eli.

Bori shergiru bori pilzo`r,
Tikib o`q bila ko`zlarin bo`lsa mo`r.

Jinonvash Samarqand mavjud yo`q
Ki, qilmish bino oni Iskandar-o`q13.

Juvong`orda Mag`rib eli bir sari,
Yana sori Bartosiyu Barbari.

Sinonlar sarig` rang, qalqon dog`i,
Kejimlar sarig` jins, xafton dog`i,

Arab barridin nayzavar qirq ming
Ki, yakroni tozi kelib borchaning.

Alamlar qarou sinonlar qaro,
Bedov uzra bargustvonlar qaro.

Hamul mag`rib ahlini boshlab Tali`,
Arab xaylining peshvosi Vaki`.

Madoyin navohisidin Ardasher,
Chekib tig`, xaylida yuz ming daler.

Binafsh aylabon shadda birla dirafsh,
Samand uzra bargustvon ham binafsh.

Qutayf ahli, Bahraynu Bag`dod ham,
Sipahbad alarg`a  kelib Gustaham.

Bo`lub sarbasar ko`k temur ichra g`arq,
Ko`k atlasda pinhon qadam to bafarq.

Juvong`or ham olti yuz ming adad,
Bular boshqa andinki bo`lg`ay madad.

Hirovul yasab yeti yuz ming kishi
Ki, hayron qolib yeti ko`k gardishi.

Borining kelib xudu xaftoni oq,
Nekim kiyguluktur yasab oni oq.

Bu kofurgun saf aro razm eli,
Kelib Dashti Qifchoqu Xorazm eli.

O`zidin topib g`ul farru shukuh,
Sipah saf tuzub davrida  ko`h-ko`h.

Qilib andoq orosta yetti g`ul
Ki, yel xayli topmay aro yerda yo`l.

Bo`lub har saf ul elga yuz ming nafar,
Shah oyinidin barchag`a zebu far.

Bular kiymagi barcha axzar bo`lub,
Alamg`a yashil shuqqa zevar bo`lub.

Bo`lub olam ul sabzadin marg`zor,
Yashil xat bo`lub yer yuziga uzor.

Hamul qalbgoh ichra Doroyi dahr,
Xilofig`a yo`q haddu yoroyi dahr.

Bu yanglig` yasab sozu oyini razm,
Aduv sori taskin bila qildi azm.

Nari yuzda Iskandari sherdil,
Qilib xayli oroyishi muttasil.

Borong`orin aylab sipohi farang,
Bori qon to`karga bo`lub bedarang.

Aduvning qalin erkonin bilmayin,
Agar bilsa ham ko`zga hech ilmayin.

Sipahdor alar ichra  Shaypol14 o`lub,
Tahavvurda chun Rustami Zol o`lub.

Kiyimlar guhardin mukallal bori,
Farangiy yeti rang maxmal bori.

Alam shuqqasi dog`i jinsi farang,
Ham ul borcha zarbaftu ham yeti rang.

Aduv ichra yuz ming bori tezu tund
Ki, haybatlaridin quyosh tig`i kund.

Juvong`orida erdi Bartosu Rus,
Falak xingidek barcha tundu shamus.

Alar javshani borcha qolqonduruq,
Sinon qo`llarida nechukkim so`ruq.

Vale bodpolarg`a solg`on kejim,
Saqarlotu borcha yovurqon kejim.

Dovulg`a bo`lub to`ppi yanglig` bari,
O`tog`a bosh uzra sariq qush pari.

Kelib har biri kecha andoqki bum,
Muvofiqqa maymun, muxolifqa shum.

Bular dog`i yuz ming kelib son aro,
Chekib saf juvong`orda maydon aro.

Hirovulda zang ahli ta`yin bo`lub,
Alarg`a yana o`zga oyin bo`lub.

Kiyib barchasi javshani zangsoz,
Yoruq ko`zgudek zangdin beniyoz.

Yana xudlar misli javshan kelib,
Qaro tunda xurshidi ravshan kelib.

O`tog`a temur birla shahpar misol,
Quyosh uzra sonchib nechukkim hilol.

Kejimlar dog`i barcha po`loddin.
Topib lam`a suhoni bedoddin.

Yorug` oha yuz ming aduv o`trusi,
Sarosar ajal shaxsining ko`zgusi.

Qilib g`ulini borcha Rumiy sipoh,
Topib ziynat ul g`ul ila razmgoh.

Qizil yuz bila borcha andoqki sher,
Aduv qasdig`a sher yanglig` daler.

Kejim borchag`a sheru babru palang,
Jiba uzra xafton dog`i ushbu rang.

Bo`lub har bir, andoqki, g`urranda abr,
Degil tutti olam yuzin sheru babr.

Turub qalb aro shohi farruhsarir,
Nechukkim hizabre, vale shergir.

Boshi ustida sherpaykar alam,
Esib anga nusrat yeli dam-badam.

Bu yanglig` sipah birla  doroi Rum,
Sipohin yasab, o`ylakim naxli mum.

Yurub xasm xaylining o`trusig`a,
Munung ul ham andoqki qarshusig`a.

Chekib ko`s uni iki yondin g`irev,
Aningdekki, mast o`lsa yuz narra dev.

Falak turki gardunni iki chopib,
Aning har birisiga bir yuz yopib.

Aduv shaynini kimsa qilmay qiyos
Ki, nokor o`lub g`ulg`ulidin havos.

Nafir, o`ylakim ajdari tezdam,
Taharruk solib bo`ynig`a iki xam.

Og`iz ochmog`i elni tutmoq uchun,
Va yo xasm xaylini yutmoq uchun.

Yana karranoyu kovurgo uni,
Qilib oshkoro qiyomat kuni.

Alamlarki yeldin bo`lub jilvagar,
Fulklar nabardidin aytib xabar.

Havoni aningdek tutub tiyra gard
Ki, bo`lmay ayon ko`zga dashti nabard.

Ko`p elkim qilib gird qilmog`in vird,
Kurra shakli yerning bo`lub nimgird.

Sipah na`lidin yonchilib yorimi,
Bo`lub gard yanglig` falak ozimi.

Bu daryoyi gard ichra tushgan kishi,
Nafas qaytarurdin su yutmoq ishi.

Qolin tig` ul gardi hayjo aro,
O`kush mo`r oqib loyi daryo aro.

Dema gardkim, erdi mushkin sahob,
Eru ko`k arosig`a tortib niqob.

Choqib barq o`ti ohalar ishnari,
Chekib ra`d uni boralar kishnari15.

Tutub qo`lg`a jabborlar tig`i tez,
Falak tortqondek sinoni sitez.

Bu yanglig` iki olami qatlu kin
Ki, titrab alardin zamonu zamin.

Yurub bir-biriga yaqin yettilar,
Ayog` tog`dek yerga berkittilar.

Suron soldilar avval ul nav` tez
Ki, olamg`a tushti ajab rustaxez.

Demasmenki, qo`zg`oldi olam eli
Ki, bulg`ashti bu sabz toram eli.

Qo`yar erdi hamlin falak bevasi,
Satarvanlig` ar bo`lmasa shevasi16.

Chu bir lahza topti sukun ul xuro`sh,
Ulus og`zi g`avg`odin o`ldi xamo`sh.

Nasimi vag`o bir sori surdi gard,
Ko`rundi xaloyiqqa dashti nabard.

Hamul har tarafdin bir anbuh saf,
Ne anbuhkim, ko`h to ko`h saf.

Qililg`on kibi lavn-lavnin bayon,
Tamosho qilur elga bo`ldi ayon.

Aningdekki tushgay choqindin duraxsh,
Skandar safidin birov surdi raxsh.

Tarid aylayu kirdi maydon aro.
Hunarlar ayon qildi javlon aro.

Solib bodpoyig`a bargustvon,
Namudor aro, o`ylakim arg`uvon.

Kiyib javshan ustiga chiniy harir,
Kelib suv uza sabzadek dilpazir.

Sinon o`ng qo`linda nechukkim sutun,
So`l egnida qalqon kelib la`lgun.

O`tog`a tikib xudida savsani,
Bo`lub g`unchadin savsan ochmoq fani.

Bu hay`at bila chobuki jangjo`y,
Turub o`rtada boshladi guftugo`y.

Skandar duosin burun qildi yod
Ki: «Topsun aduvsig`a komu murod!»

Yana dedi yuz kelturub har sari
Ki: «Derlar meni Boriqi Barbariy17.

Burun bor edim shoh Dorog`a qul,
Vale topmadim qullug`i ichra yo`l.

Meni, o`ylakim bor edim bilmadi,
Rioyat, nechukkim kerak, qilmadi.

Topib mendin o`ksuklar andin navo,
Manga ko`rdi ko`p benavolig` ravo.

Chu holim dedim, shohi oliysifot,
Javobimg`a ham qilmadi iltifot.

Ijozat so`zin arz qilg`och turub,
Tayog`latti qahr aylabon bosturub.

Chu Doro qilib muncha zulmu shikast,
Meni qildi baxtim Skandarparast.

Chu dargohig`a yettim istab panoh,
Manga oncha lutfu karam qildi shoh.

Kim ul tarbiyatdin sarafkandamen,
Ish etmay olib muzd, sharmandamen.

Bukunkim, qilibmen bu maydong`a azm,
Iki ish uchun aylagum kinu razm:

Bir ulki: shahimg`a qilib bandaliq,
O`zumdin qilay raf`i sharmandaliq.

Yana ulki: chun qatl rasmin tuzay,
Ishim shoh Dorog`a ham ko`rguzay.

O`zin ulki harbimg`a moyil qilur,
Manga iki maqsud hosil qilur:

Alarg`aki shohi xirad rahnamun,
Inoyat qilib erdi mendin fuzun.

Bo`lurkim payopay ravon aylagay,
Yako-yak borin imtihon aylagay».

Chu Boriq tugatti kalomin tamom,
Alardinkim ul aylamish erdi kom.

Ravon bo`ldi maydong`a qotilvashe,
Tutundek g`aliz, o`t kibi sarkashe.

Oti na`lidin toki xudida mil,
Kirib ko`k temur ichra andoqki nil.

Oti na`lidinkim sharar ayrilib,
Balo abridin marg o`ti choqilib.

Falaksayri oshubi payvast ila,
Solib yel dimog`ig`a farrast ila.

Hamoyildag`i tig`i bejodadek,
Qo`l ichra sinoni kelib xodadek.

Ani razm eli sheri darron, debon,
Otin anjuman ahli Harron18 debon.

Chu maydon tariqin ado ayladi,
Turub xusravig`a duo ayladi.

Tugatgach duo, chopti Boriqqa tez,
Anga dog`i Boriq bo`lub barqxez.

Biri-birga maydonda chirmoshtilar,
Base bir-biridin qolib, oshtilar.

Uch uz oltmish olti la`bu girih,
O`tubkim sinon uchi ko`rmay zirih.

Ham oxir chu Boriq edi ishta chust,
Sinon birla markabdin oni durust

Yiroq soldi andoqki, charxi barin,
Sinonu qo`lig`a dedi: «Ofarin!»

Tushub, bo`ynig`a bog`labon polahang,
Shah ollig`a yetkurdi qilmay darang.

Skandarga farxunda bo`ldi bu fol
Ki, nusrat anga avval ochti jamol.

Yana sherpaykar yali xasmband,
Er o`ptiyu maydong`a surdi samand.

Tilar erdi hayjo qilurg`a tane
Ki, razmig`a ot surdi pilafkane.

Dalereki to razm varzish qilib,
Aduvsig`a yuz ma`raka ish qilib.

Temur ichra boshtin-ayog`i nihon,
Nechukkim o`zi, oti dog`i nihon.

Laqab Shayda19 birla anga fosh o`lub,
Nasab birla Harrong`a qardosh o`lub.

Yo`lin to`sti Boriqning oshuftavash,
Anga surdi Boriq dog`i kinakash.

Yana qo`ydilar sa`yu ko`shishga yuz,
Sinonlarni aylab biri-birga tuz.

Chu yor o`ldi iqboli Iskandariy,
Yana topti fursat yali Barbariy.

Ani ham qilib nayza birla nigun,
Chekib shohi ollig`a xoru zabun.

Skandar falakdin topib komu bahr,
Falakka qilib ta`n Doroyi dahr.

Chopib Barbariy bo`ldi maydonnavard,
Muboriz tilar erdi istab nabard.

Yana garmkine solib yuzga chin,
Chopib Barbariy qasdig`a garmkin.

Etishmak hamonu yetishgan zamon,
Dilovar qo`lidin yiqilmoq hamon.

Bu yanglig` to`quz pahlavoni daler
Ki, har bir edi ish chog`i narra sher,

Bori Barbariyg`a asir o`ldilar,
Sinon zaxmidin dastgir o`ldilar.

Yana harbig`a kimsa mayl etmadi,
Vale Boriq o`z o`rnidin ketmadi.

Muboriz tilab bor edi na`razan,
Zamirig`a a`doning otashfikan.

G`azab soldi Dorog`a ko`p iztirob:
«Anga kimsa chiqsun!» deb etti shitob.

Ham oxir birov surdi maydong`a ot,
Aduvg`a surub soldi javlong`a ot.

Ham ul pilzo`r erdi, ham piltan,
Takovar anga, o`ylakim karkadan.

Palangina bargustvon otig`a,
Kiyib babr to`n xalq ofotig`a.

Qizil xo`ddin boshida nimtarg
Ki, vahmidin o`lub o`lum holi marg.

Hamul xo`d davrig`a chirmab qaro,
Kishi ko`rmamish lolani dog` aro.

Yuzi ulcha mumkindur ahmar aning,
Mahosin yuzi uzra asfar aning.

Yuzi rangi xurmo masallik kasif,
Mahosin namudori xurmog`a lif.

Iki ko`z anga ikki olmosdek,
Vale davrasi qon to`la tosdek.

Vatangohi aqsoyi Mag`rib zamin,
Eli ermish ul yerda vodiynishin

Ki, bu yanglig` ermish alar hay`ati,
Qo`shun elcha har qaysining shavkati.

Ne xusravki, ul bo`lsa olamga shoh,
Chekar bo`lsa  bir xasmi sori sipoh.

Kelur ermish ul qavmdin bir kishi,
Ki sa`b o`lsa a`dodin ul shoh ishi.

Qilur ermish ul shaxs maydong`a azm,
Namudor etar ermish oyini razm.

Chu bo`ldi adusi giriftor anga,
Bo`lur ermish uy sori raftor anga.

Kishi turg`uza olmas ermish ani,
Anga tegrukim manzilu maskani.

Giriftorini dog`i eltur emish,
Buyurur emish har nechuk topsa ish.

Chu Boriqdin el erdi hayratqa g`arq,
Ul ohangi kin etti andoqki barq.

Ikov bo`ldi maydonda parxoshjo`y,
Choparlar edi chirmashib so`-baso`y.

Gahi bu qochib, ul keyindin surub,
Ki, maydon boshig`a degin yetkurub.

Bu qaytib aning goh podoshig`a,
Qovub toki maydonning ul boshig`a.

Gahi sovurub gard, etib tobu pech
Ki, qilmay quyundin kishi farq hech.

Chu asrab o`zin Boriqi kinparast,
Anga Mag`ribiy topmayin hech dast.

Vale bo`ldi Boriq ishi nursiz
Ki, ko`shish qilib erdi maqdursiz.

O`zidek to`quz kimsa olmish edi,
Bu kirgan zamon ilgi tolmish edi.

Chu ahvolida bo`ldi za`f oshkor
Belidin tutub gurdi mardumshikor.

Qo`nqordiyu o`ng ilgiga qildi rust,
So`l ilgi bila markabin tutti chust.

Chu topib mahal, saydini sirmadi,
Yonib o`z sipohiga  ham kirmadi.

Ravon bo`ldi Mag`rib sori azm etib,
G`animni olib, rahnavardin yitib.

Anga aylabon hayrat ahli jahon,
Anga tegrukim, bo`ldi ko`zdin nihon.

Ko`rub Mag`ribiydin bu beboklik,
Skandarga yuzlandi g`amnoklik.

Yana Barbariy holig`a g`am yebon,
«Aning holi ne bo`ldi erking`» – debon.

Bo`lub shodkim, bordi sahro sari,
Yonib qilmadi azm Doro sari.

Vale shoh Doro, base shod o`lub,
Buzug` ko`ngli ul ishdin obod o`lub.

Bukim Barbariyning bo`lub g`olibi,
Aning sori kelturmadi Mag`ribiy.

Necha shodmonliqqa mone` edi,
Vale xasm daf`ig`a qone` edi.

Chu xurshid dorosi etti kamin,
Kamingoh anga bo`ldi Mag`rib zamin.

Qilib jilva oy mehri xovar kibi,
Ulusni yorutti Skandar kibi.

Yonib razmgahdin ul iki sipoh,
Tushub berk tuttilar oromgoh.

Tutub xandaq iki sipah davrini,
Qanot, o`ylakim borgah davrini.

Taloya yana chiqti har soridin,
Yazak tinmadi hifz izhoridin.

Qilib borgoh ichra Doro maqom,
Zarurat yuzidin tilab rudu jom.

Vale qon yutub shisha yanglig` nihon
Ki, tongla ne ish zohir etgay jahon?

Skandar dog`i o`zga oyin topib,
Bir Iskandar onida taskin topib.

Topib o`ng yonida kamol ahli yer,
Tutub so`l qo`lida qitol ahli yer.

Taammul bila har xiradpeshae,
Qilib fath bobida andeshae.

Tahavvur bila har jahonpahlavon,
Tilab nusrat onchaki tobu tavon.

Chu o`tti kecha xaylidin iki pos,
Biror elda jur`at, birorda haros.

Tilab xilvate shohi yazdonparast,
Tazarru` qila bo`ldi tufroqqa past.

Zafar istamakdin chu topti farog`,
Sahar najmi yorutmish erdi charog`.

Yana tushti oshub iki taraf,
Iki xayl har yon tuzatmakka saf.

Yana ko`szan tushti junbush aro,
Yana ko`s tushti g`urunbush aro.

Hamul nayzavarlarg`a tushti shitob,
Hamul nayzalar jismig`a pechu tob.

Hamul tig`zanlarg`a bo`ldi masof,
Hamul tig`lar bo`ldi pahlushikof.

Hamul bo`ldi kin benadomat yana,
Hamul qoyim o`ldi qiyomat yana.

Skandar qilib xilvat ichra niyoz
Ki, qilg`ay aning chorasin chorasoz.

Chiqar vaqtida qoside yetti chust,
Nihoni tutub nomae og`zi rust.

Anga yetkurub noma xilvat aro,
Dedikim: «O`qub anglag`il mojaro».

Skandar ochib, qildi nazzorasi,
Haq aylab edi dardining chorasi.

Hamonoki Dorog`a iki kishi,
Bor ermish nayobat alarning ishi.

Vale zulmidin jonlaridin to`yub,
Ikisi ko`ngul o`lmakiga qo`yub.

Berib biym Doroki topqach zafar,
Ul ikiga go`r og`zin etgay maqar.

Ul iki kishi ham yaroq aylabon,
Aning qatlig`a ittifoq aylabon

Ki: «Chun bizga ul qilg`usi big`i qatl,
Anga biz burunroq chekib tig`i qatl,

Yiqoli daraxtini bunyodidin,
Qutulsun ulus zulmu bedodidin.

Necha zulmidin jonimiz qolmag`ay,
Bu nav` o`lsak armonimiz qolmag`ay».

Skandarga yozg`on emishlar bitik,
Birovni yuborgan emishlar itik.

Qilib nomada sabt bu so`zlarin,
Anga bog`lag`onlar emish o`zlarin.

O`qudi Skandar chu ul nomani,
Ne nav` erkanin bildi hangomani.

Va lekin gumon qildi makru firib,
Dam urmay o`z-o`ziga berdi shikib.

Dedikim: «Munga hech yanglig` javob,
Demakda emas erdi royi savob

Ki, yolg`on esa demagan yaxshiroq,
Chin ersa bu bor anda yetmak yiroq».

Tavakkal qilib rokib o`ldi ravon,
Aduv kiniga rog`ib o`ldi ravon.

Tuzaldi yana iki yondin yasol,
Yana oshkor o`ldi rasmi jidol.

Burunroqki maydong`a kirgay birov,
Iki qotil etgan kibi so`z garov,

Etib shoh Doro iki yonidin,
Qilich la`lgun qildilar qonidin.

Biri sug`lubon gurdagohig`a tig`,
To`kub yerga qonin aning bedarig`.

Yana bir dog`i tig` urub boshig`a,
Qilib zulm aning zulmi podoshig`a.

Ebon zaxm ul nav` doroi taxt,
Yiqildi aningdekki oliy daraxt.

Tushub yer uza shohi Bahmannajod,
O`chub mash`ali dudai Kayqubod.

Qazodin bu nav` ish chu paydo bo`lub,
Boshi uzra eldin alolo bo`lub.

Sipohida paydo bo`lub qo`zg`alish,
Sipah qo`zg`alur, shahg`a  chun tushti ish.

Skandar tariqi kiyosat bila,
Qilib fahm ul ishni farosat bila.

Taanni bila azm etib ul taraf
Ki, bo`lmay parishon sipohig`a  saf.

Etishti chu ul xaylning qoshig`a
Ki, jam` erdilar shohning boshig`a.

Skandar yetishgach qo`yub yerga bosh,
Anga qildilar shoh holini fosh.

Skandar tushub keldi Doro sari,
Ishi tushti rifqu madoro sari.

Ko`rarkim, yotur jismi qon ichra g`arq,
Topilmay aning birla qon ichra farq.

Boshi uzra o`lturdi giryon bo`lub,
Aning holig`a ko`ngli vayron bo`lub.

Olib qo`ydi o`z qo`ynig`a boshini,
Uzorig`a har yon to`kub yoshini.

Chu behush uza septi andoq gulob,
Ochildi anga nargisi nimxob.

Boshi uzra kim erkanin qildi fahm,
Takallumga til ochti bebiymu vahm.

Dedi: «Marhabo, ey shahi navjavon,
Jahon uzra ham shohu ham pahlavon.

Atodin o`g`ul bo`lmag`on sen kibi,
Aduv uzrini qo`lmag`on sen kibi.

Nechakim xilofingda qildim g`ulu,
Vale ko`p qilur erdim ul orzu

Ki, sendek kishikim jahon fardisen,
Salotinda Doro hamovardisen.

Xaloyiqqa yo`q hech ishing nisbati,
Jahon ichra sen Tengrining qudrati.

Zamone ko`zum tushsa ruxsoringa,
Qulog` mustami` bo`lsa guftoringa.

Manga berdi xud Hayyi Dono murod,
Ajal aylagan chog` vale nomurod.

Etishti nekim qildi Doro umid,
Vale o`zdin o`lg`on zamon noumid.

Bo`lubsen ajab vaqt mehmon manga
Ki, yo`qtur nisoring bajuz jon manga.

Bu soat netib mezbonliq qilay,
Qabul aylasang jonfishonliq qilay!

Engildim, netib bo`lg`amen mizbon
Ki, xud bir nafas men sanga mehmon!

Bu soatki boshimg`a qo`ydung qadam,
Ne erkin xayoling, degil oni ham.

Agar yorlig`dur shioring sening,
Iki dahr aro Tengri yoring sening.

Va gar qatl uchun kelmishang qoshima,
Kesay deb qadam qo`ymishang boshima.

Muruvvat qilib kesmagil bir zamon,
Iki-uch so`z ayturcha bergil amon!»

Skandar qilib ul takallumni go`sh,
Chekib motamiylar masallik xuro`sh.

Yaqo yirtibon, tojini toshlabon,
Dedi zor yig`lay bu so`z boshlabon

Ki: «Bo`lsun tirik yeti kishvar shahi,
Jahon bo`lmasun bir dam andin tihi.

Anga men kamina parastandamen,
Parastandalig` ichra sharmandamen.

O`zumga kerak qullug`in chog`labon,
Aning borgohida bel bog`labon,

Aduvdin mubarro qilib ma`manin,
Jahondin chiqorsam edi dushmanin.

Tilim bormas ayturg`a bu so`zki, shoh
Xiroj istab o`ldi manga kinaxoh.

Ko`rub shahni bu nav` beiltifot,
Yuzumga mening keldi muncha uyot.

Sipah chektimu zohir ettim xilof,
Ayon ayladim o`trusida masof.

Va lekin bu ishdin xabardor emon,
Qilur el bila sohibasror emon.

Manga yetti bir noma ham bu zamon,
O`qub tashladim bo`yla qilmay gumon.

Keturganga garchi sazo bermadim,
Va lekin bu ishga rizo bermadim.

Bu damkim ayon bo`ldi bu mojaro,
Yoruq olam o`lmish ko`zumga qaro.

Jahondorkim Haq aning yovari,
Kerak bo`lsa albatta bu bovari

Ki, rozidur Iskandar o`lmakka bot,
Bo`lub shahg`a ming yil zamoni hayot.

Bukim shah dedi: «Bor iki-uch so`zum»,
Aning yo`lida muntazirdur ko`zum.

Meni ul murodingg`a hamroz qil,
Buyurmog`i birla sarafroz qil».

Chu topti Skandardin ul nav` bahr,
Duolar qilib, dedi doroyi dahr

Kim: «Ul uch so`zum — uch vasiyatdurur
Ki, izhori ko`nglumga niyatdurur.

Birisi bukim, ul iki kinaxoh
Ki, qatlimg`a qo`l sundilar begunoh,

Alar qatlin oyini dod etgasen,
Bu ish birla ruhumni shod etgasen.

Yo`q andin manga garchi daf`i gazand,
Va lekin sanga bordurur sudmand.

Yana qavmu xaylimg`a qilma inod
Ki, derlar alarni Kayoniynajod.

Bilurmen alarda yo`q andoq kishi
Ki, kelgay qo`lidin adovat ishi.

Karam aylasang, borcha xaylingdurur,
Qilurlar ne xizmatki maylingdurur.

Habo aylama xonadoni qadim
Ki, yo`qtur alardin sanga hech bim.

Yana Ravshanakkim,20 qizimdur mening,
Bukundin nari mensizimdur mening.

Kayoniy salotin nishoni anga,
Barozanda toji Kayoniy anga.

Kelib saltanat bahridin durri pok,
Sharaf avjidin axtari tobnok.

Bisotingni ul sham` birla yorut,
Aning shug`lidin xotiringni ovut.

Kivur mehr birla shabistoninga,
Qilib aqd, o`lturt ani yoninga.

Erur ul buzug` mazraim xo`shasi
Manga pora bo`lg`on jigargo`shasi.

Harimimda sen dog`i farzand bo`l,
Hamul xasta bag`rimg`a payvand bo`l.

Kim ul dog`i sendin topib to`shae,
Sanga hosil etsa jigargo`shae.

Atodin Skandarnihod o`lg`ay ul,
Anodin Kayoniynajod o`lg`ay ul

Ki, chun bel adolatqa chust aylagay,
Ikimizga nisbat durust aylagay.

Qabul aylab, et xasta ko`nglumni shod
Ki, emdi qilur vaqt erur xayrbod!»

Skandar to`kub ashku tortib nafir,
Dedi: «K-ey shahanshohi gardunsarir!

Itoat yo`linda nuzul ayladim,
Nekim hukm qilding, qabul ayladim.

Umid ulki tavfiq bergay Iloh
Ki, ruhungg`a qilg`ay meni uzrxoh!»

Eshitgan chu mundoq qabul etti so`z,
Degon chun eshitti bu so`z, yumdi ko`z.

Ajal shomi tong yo`q agar bo`lsa fosh
Ki, Bahman kuniga uyoqti quyosh.

Adam bo`ldi qonuni Luhrosbiy,
Nigun bo`ldi oyini Gushtosbiy.

Bo`lub tiyra Kayxusrav oyin charog`,
Siyovush o`ti bag`rig`a qo`ydi dog`.

Unut bo`ldi Kovus yodi dog`i,
Bal ovozai Kayqubodi dog`i.

Manuchehr ruhig`a tushti jaza`,
Faridun ravonig`a yetti faza`.

Chu Doroni dahr etti jondin sutuh,
Skandar jahondori Doroshukuh.

Solib mahdi shohona ichra tanin,
Kayoniy mahofa qilib maskanin.

Judo ayladi razm maydonidin,
Arig` aylab ul gard ila qonidin.

Topib ravzason dashti miynusirisht,
Olib sabzasidin nasimi bihisht.

Tushurtub hamul sabza  uzra si poh,
Falak sabzasidin o`tub borgoh.

Hamul borgoh ichra tushgan zamon,
Qilib qatldin elga hukmi amon.

Ketur soqiy, ul mayki, jone topay,
G`am ichra o`lardin amone topay!

Ki, gar davr og`u berdi Dorog`a bot,
Skandarga ham bermas obi hayot21.

Mug`anniy, bugun nag`mai chang tuz,
Vale navha soz aylab ohang tuz

Ki, dardimg`a tortib fig`on yig`layin,
Dame o`ylakim shisha qon yig`layin!

Navoiy, jahong`a vafo yo`qturur,
Aning da`bu rasmi jafo-o`qdurur.

Vafo aylab oning vafosin unut,
Navo istasang, benavolig`ni tut!

XXVIII

Zobitai rusumi shohiydakim, korxonai Ilohiydin namudordurur, aningdekki, ul borgohda xoh maloik xayli, xoh rusul ma`shari, xoh avliyo guruhi, xoh soyiri nos jamoati aloqadri marotibihim har biri o`z yerida murattabdur, bu korgohda ham hamul dastur bila bo`lsa  yaxshiroq surat, balki zaruratdurur

Kerak qilsa, ulkim tilar shohliq,
Sipah borcha  holidin ogohliq.

Yaqin bilsa tuzganda piroyasin,
Rioyat chog`i har kishi poyasin.1

Uluqqa uluqcha ato aylasa –
Kichikka kichikcha saxo aylasa.

Kim etsa vasatliq yo`linda zuhur,
Anga tuzsa oyini «xayril-umur».2

Ne tutsa ulug`ni qoshida kichik,
Ne qilsa kichikni ulug` chargalik.

Bu qonun bila bo`lsa oyin anga,
Topib kishvaru mulk tazyin anga.

Ishida ko`rub farrux anjomini,
Olur saltanat amridin komini.

Ne shahkim, anga mundoq ermas tuzuk,
Tuzukluk nechuk kelgay andin, nechuk.

Aningdekki tifl istabon inbisot,
Chu shatranj o`ynarg`a yoysa bisot.

Ne o`ynorini bilsa, ne termagin,
Ne olmog`ini bilsa, ne bermagin.

Olib qo`ysa baydaqni shah yonida,
Yana pil qo`ysa rux ayvonida.

Bu oyin bila bersa har birga yer,
O`zung de, xirad ahli oni ne derg`

Bu o`yuni aning nechakim cheksa kech,
Erur hech, balkim emas dog`i hech.

Erur it safolig`a qo`ymoq samon
Hamonu, so`ngak otqa solmoq hamon.

Bo`riga kishi tu`ma qilsa qo`zi,
O`ziga balo hosil aylar o`zi.

Qorindin desa sher topsun navo,
Bu ishni dog`i aql ko`rmas ravo.

Kim istar qorin birla arslonni to`q,
Yorar topsa fursat aning qornin-o`q.

Munosib emas toz boshig`a toj,
Tumog`a nutuqchig`a ne ehtiyoj.

Ne sung`urg`akim tezparvozdur,
Murassa` tumog`a hanuz ozdur.

Eshak ollida za`faron xo`b emas
Ki, nodong`a zarbaft marg`ub emas.

Yilonni kishi tutsa sarko`fta,
Balodin qilur o`z yo`lin ro`fta.

Va gar bersa o`z jaybi ichra mahal,
O`zi qatlig`adur tanobi ajal.

Yilon jayb aro solmoq etma havas
Kim, oxir yilondur bu, tasbih emas.

Eshik it yeridur, gar olsun bo`ri,
Mushukka maqom o`ldi uyning to`ri.

Gar ul dasht saydini aylar figor,
Va lekin bu uy saydin aylar shikor.

Ne imkonki sa`y aylamaktin kishi,
Alar aylagay bir-birining ishi.

Anga o`z yerida keraktur hurish,
Munga dog`i o`z o`rnida parvarish.

Kishi yaxshi boqsa zarurat chog`i,
Keraklikdurur bu dog`i, ul dog`i.

Yana bir dog`i turfa suratdurur
Ki, shah bilmak oni zaruratdurur.

Bukim, tutsa har kimsa tavrini pos,
Farosat bila bo`lsa javharshunos.

Ko`rub la`l, axgar gumon qilmasa,
Ham axgarni gavhar gumon qilmasa.

Judo qilsa xarmuhra feruzadin,
Butun chini o`lsa sinuq ko`zadin3.

Erur lek bu ishta dushvorliq
Ki, bor dahr eli bir namudorliq.

Ko`runur bori odami odami,
Mushobih nechukkim sipehr anjumi.

Bu birga nuhusat irodatdurur,
Yana birga nuri saodatdurur.

Kishi bo`lsa ham, filmasal, tav`amon.
Bo`la olur ul yaxshiyu bu yamon.

Kitobatda birdekdur alfu alif,
Hisob ichradurlar base muxtalif4.

Biyobonda o`lub qurug`on kashaf,
Erur hay`at ichra nechukkim sadaf.

Erur lek bu birda durri yatim,
Yana birda bir necha azmi ramim5.

Erur naxldek sham`u muz shushasi,
Munung o`t, aning suvdurur xo`shasi.

Ushoq qand un-tuzga monand erur,
Va lekin biri tuz, biri qand erur.

Humo dog`i bor, o`ylakim karkase,
Vale bor aroda tafovut base.

Vale shahg`a nuri farosat kerak,
Shunosolig` ichra kiyosat kerak

Ki, kimsondin oltunni farq aylagay,
Qizil tobadin kunni farq aylagay.

Va gar bu basiratdin o`lsa yiroq,
O`kush imtihon qilg`oni yaxshiroq.

Va gar ilgiga tushti donishvar el,
Funun ichra oroyishi kishvar el.

Keraktur alar birla nav`i maosh
Ki, xotirlari topmag`ay ko`p xarosh.

Yo`q ulkim karam ko`rgayu bas kirom,
Kerak rozi andin xavosu avom.

Agar shohdin xalqi xursand emas,
Aduv qasdi qilsa xiradmand emas.

Ne dushmang`adur tig` chekmak fani
Kim, o`z xaylidur sarbasar dushmani.

Zafar, o`yla shahdin kanor aylagay
Ki, xaylini dushmang`a yor aylagay.

Agar yillar eldin madoro bo`lur,
Zarurat chog`i oshkoro bo`lur.

XXIX

Sulton Abu Said Ko`ragon navvara marqadahu hikoyatikim, royi uqdakushoyi bila ko`p mamlakat oldi va tig`i umrfarsoyi bila ko`p elga oshub soldi va lekin sipohi rozi emas erkandin ish vaqti borcha qo`zg`oldi va o`zi a`do aro mahlakaga qoldi, balki xasm ul sarafrozning tig`i kin bila bo`ynin choldi


Shahekim1 ishi xurdadonlig` edi,
Laqab otig`a Ko`ragonlig` edi.

Xuroson bila Movarounnahr aning,
Bulardin dog`i boshqa ko`p shahr aning.

Olib mulki Xorazmu Kirmong`acha,
Yana Koshg`ardin Sipohong`acha.

Bo`lub Zobulsitonu Kobulsiton,
Bahori murootidin gulsiton.

Olib dahr aro beadad mulku shahr,
Bo`lub saltanat ichra doroi dahr.

Solib donishu puxta tadbirlik,
Boshig`a havoi jahongirlik.

Karonsiz sipohig`a  berdi hujum,
Yurub qilg`ali fath Tabrizu Rum.

Hunar ko`p berib olimul-g`ayb anga,
Vale bor edi bir ajab ayb anga

Ki, maxzan yig`org`a solib maylini,
Tutar erdi tanqis ila xaylini.

Ul andeshadin ko`ngli xursand edi,
Sipah shohdin norizomand edi.

Chu chekti sipah ul navohiyg`a  shoh,
Navohiy shahi dog`i yig`di sipoh.

Mamolikka yuzlanmasun deb xalal,
Chiqib o`tru izhor qildi jadal.

Qotig`lashtilar ishda haddin fuzun,
Adovatning ayyomi chekti uzun.

Chu shahdin sipoh erdi ozorliq
Zamoneki yuzlandi dushvorliq.

Buzub har taraftin sipah shohni,
Anga aylabon chiyra badxohni.

Yo`q ulkim qochib, shahg`a bedod etib
Ki, borib aduvsig`a imdod etib.

Aningdekki doroi gardunsarir
Aduv ilgiga bo`ldi zoru asir.

Falak chunki bemehrlik qildi fosh,
g`urub etti ul nav` ravshan quyosh.

Aodisi qasd aylabon jonig`a,
Qilich la`lgun qildilar qonig`a.

Ne shahdinki atboi xushnud emas,
Pushaymonlig`i ish chog`i sud emas.

Sipahdin judo shoh erur bir kishi,
Ne bo`lg`usidur bir kishining ishi.

Qurur chun gulsitondin ayrildi gul,
Ki bir luqma etdur badansiz ko`ngul.

Aningdekki xushdur sipah birla  shoh,
Ham andoqdurur shoh birla  sipoh.

Shahu xayl ma`shuqu oshiq kerak,
Ne ishkim qilurlar muvofiq kerak.

Jahon olmoq oson sarukor emas:
Vale ittifoq o`lsa dushvor emas.

XXX

HIKMAT

Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, sohibroy taaqqul bila ish bikri yuzidin niqob ochqondin so`ngra nega visolidin kom topmas va aning javobi


Yana qatla doroi gardunshukuh,
Dedi: «Key hakimi Filotunshukuh»!1

Kishida ne fe`leki mavjud erur
Ki, andin ziyonbud yo sud erur.

Chu fe`lig`a boqsa taaqqul bila,
Natijasin anglar taammul bila.

Bilurkim tama` aylar elni zalil,
Qanoatqa izzu sharafdur dalil.

Erur shoh ishiga dog`i bu qiyos
Ki, chun bo`ldi behbudig`a rahshunos

Ki, maqsad topar el rizosi bila,
Turar ko`p xaloyiq duosi bila.

Tilar voqian ishda o`z sudini,
Qilur orzu komu behbudini.

Nedin bas qilib tarki royi savob,
Qilur noxush af`olni irtikob

Ki, andin yetib shavkatig`a shikast,
Bo`lur zerdastig`a ul zerdast?»

Dedi kordon fikrin aylab amiq
«Ki, bu so`z aro nuktaedur  daqiq.

Kishikim  bilik bahrig`a topti g`avr,
Bu so`zning javobin dedi necha tavr:

Bir ulkim, kishi aqlin etsa hakam,
Salohu fasodin topar beshu kam.

Salohin aning tab`i aylar pisand,
Bilur qilsa bo`lg`usidur sudmand.

Vale qilmog`i nafsig`a shoq erur,
Suhulat sari nafs mushtoq erur2.

Qachon nafs o`z komin etti havo,
Qilur elni ko`p naf`din benavo.

Yana kimsa har ishga majbul erur,
Jibilliy xisolig`a mashg`ul erur3.

Topib ish salohin yomondur demas,
Anga lek bittab` marg`ub emas.

Tilar qilmog`ig`a o`zin baxtiyor,
Erur lek qilmasda beixtiyor.

Yana bir qilib fikri axtarparast,
Kavokibga qildi ani borbast

Ki, gar yor erur axtari tole`i,
Qilur, o`yla ishkim erur nofe`i.

Kitobatki shug`ledurur bas nafis,
Birov istasa o`zni mushafnavis.

Agar tole`ida yuz iqbol erur,
Atorid4 vale anda badhol erur.

Kitobatqa sa`y etsa to joni bor,
Qalamzan bo`lurning ne imkoni bor?

Bu uch so`zga bu nav` bo`ldi nasaq,
Vale ulcha derlar budur ahli Haq

Ki, gar ahli masjid erur, gar kunisht,
Nekim topti qismat kuni sarnavisht,

Necha aylasa fikru tadbir anga,
Yo`q imkoni qilmoqqa tag`yir anga.

Qayu roykim topti oni savob,
Bo`la olmadi shug`lig`a komyob.

Jihat budur, ulkim tilar vajhi rost
Ki, yo`q ermish ul ishda Tengriga xost,

Gar ish fikrini topti tadbir ila,
Bu tadbiri tuz keldi taqdir ila.

Ham ermas aning royu tadbiridin
Ki, ul ham erur  Tengri taqdiridin.

Hamul xaylkim ahli tahqiq erur,
Bu ish ul el ollinda tavfiq erur.

Muvaffiq bukun sensen, ey pokzod
Ki, har kun bu tavfiqing o`lsun ziyod!»

Hakim o`ldi bu nav` chun nuktasanj,
Nasib o`ldi ul nuktadin shahg`a  ganj.

Xamush o`ldi jonini ravshan qilib,
Bu so`z birla ko`nglini maxzan qilib.