XLI
Ul g`ofil yigit hikoyatikim, voqif pir nasihati qadrin bilmadi, ish vaqtidin o`tgandin so`ngra pushaymonlig`i sud qilmadi
Ul g`ofil yigit hikoyatikim, voqif pir nasihati qadrin bilmadi, ish vaqtidin o`tgandin so`ngra pushaymonlig`i sud qilmadi
Eshittimki, bir turfa barno edi,
Yuzi dilkashu qaddi ra`no edi.
Nechukkim erur muqtazoi shabob,
Ishi bor edi lahv sori shitob.
Emas erdi bir lahza berudu may,
Agar navbahoru va gar fasli day.
Bor edi javorinda ahli dile,
Tariqatning odobida komile.
Kelib erdi qo`shnilig`idin batang
Ki, bor erdi g`avg`o anga bedarang.
Nasihat qilur erdi ko`p dilpazir,
Vale bo`lmas erdi anga joygir.
Necha pand ila topsa erdi xitob,
Berur erdi nosihqa mundoq javob
Ki: «Bordur yigitlik farog`at chog`i,
Qariliq erur zuhdu toat chog`i.
Shabob andakim uzr qo`lg`usidur,
Vara` aylamak vaqti bo`lg`usidur».
Bu so`z birla ko`nglin qilur erdi xush,
Bu xushluq bila bor edi jur`akash.
Shabob o`ttiyu quvvati qolmadi,
Dedi: «Toat aylay», qila olmadi.
Ham o`lmish edi fisq odat anga,
Base sa`b erdi ibodat anga.
Va gar qilsa ham zavq topmas edi,
Dame lahvdin diyda yopmas edi.
Chu ko`rdiki, umr o`ldi yaksar taboh,
Yana yetti sarvaqtig`a piri roh.
Ko`rar turfa barnoni mabhutu masx
Ki, qilmish edi zuhd azmini fasx.
Kelib naz` vaqti aning boshig`a,
Sukun tutti rahm aylabon qoshig`a.
Nekim qilg`onidin pushaymon ko`rub,
Zamirini benuri imon ko`rub.
Dedi: «Pand berdim, vale qilmading,
Bu kun ollinga kelmagin bilmading».
Dedi: «Tajribam yo`q edi, ey rafiq,
Su uzmakni o`rganmay o`ldum g`ariq.
Qarilig`da gar bilsam erdi bu hol,
Yigitlik chog`i qilmas erdim vabol».
Dedikim: «Otangga necha umr edig`?»
Hisob aylabon: «Yuz o`n iki», – dedi.
Dedi: «Ul ham o`lmish edi notavon?»
Eshitguchi tasdiq qildi ravon.
Kulub dedi sohibdil: «Ey bulhavas,
Emasmu edi tajribang muncha bas?»
Angakim yetar Tengridin mavhiba,
Kerak o`zgalar holidin tajriba.
XLII
HIKMAT
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, yigitlikta tab` nevchun ibodatdin mutanaffirdurur va qarilikqa dimog` taaqquldin qosir va hakimning pirona roy bila shohi juvonbaxtqa yo`l ko`rguzgani
HIKMAT
Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, yigitlikta tab` nevchun ibodatdin mutanaffirdurur va qarilikqa dimog` taaqquldin qosir va hakimning pirona roy bila shohi juvonbaxtqa yo`l ko`rguzgani
Yana surdi bu nukta shohi jahon
Ki: «Ey nuktadoni ramuzi nihon,
Yigitlikta ish kasbi osondurur,
Nedin tab`i andin harosondurur?
Nedindur anga komi lahvu tarab,
Vara`din nega zohir aylar taab?
Yigitlikning o`tgan zamon navbati,
Har ishta nedin kam bo`lur lazzati?
Tarabnok nevchun bo`lur navjuvon
Qarig`a bo`lur ne tarab, ne tavon?»
Dedi donishomuzi hikmatxisol
Ki: «Ey borcha da`bu xisoling kamol,
Tufuliyyat ayyomi yo`qtur shuur,
Erur tab` royu xiraddin nufur.
Ul ayyom erur lahvg`a muqtazi,
Xatog`a, dog`i sahvga muqtazi.
Nedinkim xiradqa chu yo`q dastras,
Erur nafs da`bi havou havas.
Tufuliyyat o`tgachki bo`ldi shabob,
Xirad nuri soldi dimog` ichra tob.
Kishining bu vaqt ikidur holati,
Erur aqli yo nafsining quvvati.
Agar aqlig`a quvvat o`ldi fuzun,
Bo`lur yaxshi ishlar sori rahnamun.
Vale olam ahlida bu ozdur,
Ulusdin agar bo`lsa mumtozdur.
Va gar nafsi aqlidin o`lsa qavi,
Zaruratki, bo`lg`ay aning payravi.
Ne amr etsa lahvu havo soridur
Kim, ul nafs mayli xato soridur.
Chu ko`prak xaloyiqqa budur tariq,
Bo`lurlar xatokor ko`prak fariq.
Chu elga berur parvarish ro`zgor,
Kerak mundoq-o`q bo`lsa omuzgor.
Angakim, qilur ruhi qudsi madad,
Solur ko`ngliga nur sham`i xirad.
Kishikim bu suratqa qodirdurur,
Base ozdur, bo`lsa nodirdurur.
Adadda chu ko`prakdur avvalg`i xayl,
Hamul sori ko`prakdurur elga mayl.
Bularg`a taammul chu aylar ko`ngul,
Berur chunki aksar topar hukmi kul.
Yigit chunki qo`ydi kuhulatqa yuz,
Ishi qo`ydi barcha suhulatqa yuz.
Burudatdin abdon to`la boshladi,
Harorat o`ti past o`la boshladi.
Bular tab`ig`a may bo`lub dastgir,
Bo`lub boda birla haroratpazir.
Chu may shug`li sori bo`lub murtakib,
Ul ashg`ol o`lub mujibi ko`p laib.
Chu shayxuxat o`ldi tabiatqa juft,
Qaviy vaz`ig`a za`f soldi nuhuft.
g`ariziy harorat o`ti bo`ldi past,
Rutubatqa bo`ldi ul o`t zerdast.
Qayu o`tki, suv qilsa tug`yon anga,
O`zung deki, o`chmay ne imkon anga.
Harorat kam o`lg`och, bo`lub me`da sust,
g`izo topmadi chunki hazmi durust.
Agar qilsa ta`lil quvvat ketib,
Ko`pidin tabiatqa illat yetib1.
Tabiatki andin qaviydur dimog`,
Haroratdin anda yorutur chirog`.
Ul o`t o`chgach-o`q o`chti bu sham` ham,
Taaqqul anga bo`lmadi jam` ham.
Dimog` ichra xabt o`ldi behaddu ad,
Futur o`ldi oyini royu xirad.
Kishi bo`lsa bu vasf ila muttasif,
Ajab yo`q agar bo`lsa masxu hazif.
Va lekin hamul xayli qudsiysifot
Ki, bo`lmasun ul xaylsiz koinot.
Chu xilqatlari keldi hikmatsirisht,
Saodat alarg`a kelib sarnavisht
Ki, ul qavm erur yo nabi, yo vali,
Va yo hikmat ahli aro a`qali
Ki, nafsoniyat qilmayin ishta fosh,
Qilurlar nechukkim keraktur maosh.
Badan ichra topib riyozat subut,
Ko`ngulga berurlar safo birla qut.
Necha bo`lsalar umr birla asan,
Toparlar kamol ichra vajhi hasan.
Necha kimsaga umr imkon erur,
Alar aqli xurshidi raxshon erur.
Yashag`on soyi donish ichra boyib,
Katondek necha eskirib ko`rkonib».
Skandarga chun yetti bu foida,
Savol etmadi nuktai zoida.
XLIII
Iskandarning, ko`ngul zulfi jodudin xoli hindug`a mayl etgandek, Kashmirdin Hindustong`a azimat qilg`oni va royi hind jamoati ahli yaqin va guruhi hikmatoyinni shafe` qilib, alar podshohdin quli yozug`in tilagondek, darxost qilib, qabul tushgoni va Roy Iskandari sohibroyni Hind sori boshlab, beshai Nigorda qishloq ko`rguzgoni va ul beshaning to`rt haddi vasfikim, bayon o`ziga haddi ta`rif bilmas, balki rub`i maskunda andoq yer topilmas
Iskandarning, ko`ngul zulfi jodudin xoli hindug`a mayl etgandek, Kashmirdin Hindustong`a azimat qilg`oni va royi hind jamoati ahli yaqin va guruhi hikmatoyinni shafe` qilib, alar podshohdin quli yozug`in tilagondek, darxost qilib, qabul tushgoni va Roy Iskandari sohibroyni Hind sori boshlab, beshai Nigorda qishloq ko`rguzgoni va ul beshaning to`rt haddi vasfikim, bayon o`ziga haddi ta`rif bilmas, balki rub`i maskunda andoq yer topilmas
Guzorandai donoi hindinajod,
Bu tarixni mundoq aylar savod
Ki, qilg`och Skandar bu tadbirni
Ki, Feruzg`a berdi Kashmirni.
Chu boshin sazovori toj ayladi,
Anga ham muayyan xiroj ayladi.
Muqarrar bu nav` ayttikim: «Iki oy
Bo`l o`z kishvaring uzra ravnaqfizoy.
Bu miod ila jam` aylab sipoh,
Tegishcha borig`a berib xarji roh.
Yana qilma hech ish sori iltifot,
Etish bizga Hinduston sori bot».
Bu so`zlardin oni qilib sarfaroz,
Yana singlinikim, edi Mehr Noz.
To`quz parda keynida pinhon qilib,
Harimida sham`i shabiston qilib.
Ayon aylabon Hind azmini jazm,
Ravon qildi Hinduston sori azm.
Cherikka ish oshub bo`ldi yana,
Zamona lagadko`b bo`ldi yana.
Cherik yopibon arsai xokni,
Aning gardi andoqki aflokni.
Borur erdi ul sori aylab shitob,
Urub yo`lni manzil-bamanzil tanob.
Qayu nohiyatqaki manzil qilib,
O`tar erdi fathini hosil qilib.
Agar charxvash hisnu oliy jibol,
Sipoh aylar erdi ani poymol.
Yomonlardin ofoqni pok etib,
Vale yaxshilarni tarabnok etib.
Qilib sarkash el shavkatin yerga past,
Zabardastlarni qilib zerdast.
Etib dashtni adlidin bo`ston,
Anga tegrukim mulki Hinduston.
Xabar chunki fahm ayladi Royi Hind
Ki, shoh o`lg`usi kishvaroroyi Hind.
Xud andinki, Kashmirg`a azm etib,
Ne yanglig` ani fath etib, chun yetib.
Fusun rishtasin sarbasar uzganin,
Tilismotning fathi ko`rguzganin.
Nelar qilg`onin ahli Kashmir ila,
Agar zo`r ila, yo`qsa tadbir ila.
Eshitmish edi borchasin yak-bayak
Ki, ko`ngli aro yo`q edi hech shak.
Bilib erdikim aylay olmas xilof,
Ne mumkin xud etmak xayoli masof.
Murattab qilib peshkash asru ko`b,
Skandar janobig`a tortarg`a jo`b.
Mato` anda har neki ashyo kelib,
To`quz-to`quz andin muhayyo kelib.
Boridin burun zinda pili damon
Ki, titrab alardin zaminu zamon.
Alarning kelib soni to`quz-to`quz,
Yana bir rivoyatda o`tuz to`quz.
Kelib tog`dek har birining tani,
Chu zo`r aylabon tog` yiqmoq fani.
Vale tog`kim, bo`lsa yakpora tosh,
Namoyishda xokistari xora tosh.
Bir uchida bir charxvash tosh anga
Ki, andin namudor o`lub bosh anga.
Ajab tog` o`lub jung yanglig` ravon,
Iki jonibida iki bodbon.
Qayu jung ko`ktin nishon ko`rguzub
Ki, xartumidin Kahkashon ko`rguzub.
Ne xartumkim, gurza mori damon,
Salobatda ajdar hamon, ul hamon1.
Chu jismig`a har lahza ul aylanib,
Degil tog` aro ajdaho chirmanib.
Uzub, chirmog`och solxo`rda chinor,
Yiqib, turtgach sidraoso minor.
Chiqib xartum atrofidin iki tish,
Alardin falak xaylig`a sarzanish.
Ajal naxlig`a har biri soq o`lub,
Sapidorning soqidek oq o`lub.
Sifoti «balo»g`a kelib muttasif,
«Balo» ichra sabt aylagan lom-alif2.
Ulug` jussa birla falakdin misol,
Bo`lub ul falak uzra changak hilol.
Bu yanglig`ki sharh o`ldi tobu tavon,
Solib har biri uzra bargustvon.
Eti rang deboyi zarkordin,
Mukallal qilib durri shahvordin.
Yana har biri uzra bir turfa taxt,
Ichinda to`quz hinduyi nekbaxt3.
Qabul ichra har turfa hole kelib,
Nazar mardumidin misole kelib.
Bori zangiyi xoldek mushkrang,
Bori hinduyi zulfdek sho`xu shang.
Borining libosi sorig` yo qizil,
Bahoru xazon aylabon muttasil.
Hamul pil chunkim xirom aylabon,
Bular anga uyqu harom aylabon.
Yana pilcha xingi toziynajod,
Demay devzodu, deyin devbod.
Nazarg`a kelib har to`quz o`zga rang,
Ki, ul lutf ila kelmayin ko`zga rang.
Namudor aro har biri bir pari,
Vale devmonand o`lub paykari.
Yugurmakta har bir sabodin o`tub,
Sabo yo`qki, raxshi samodin o`tub.
Xirom aylagach, narm raftor ham,
Yurush barchag`a tezu hamvor ham.
Har ablaqki, raftor aro gom olib,
Zamon ablaqi ko`z yetarcha qolib.
Har ashhabki, ko`kka boqib kishnabon,
Quyosh ashhabi tobidek ishnabon.
Kejim har to`quzg`a yana o`zga rang,
Jalojillari barcha zarrina rang.
Minib ustiga hinduyi nayzavar,
Zarogin qabo, balki zarrin kamar.
Bo`lub chunki yakronig`a jilvadeh,
Sinoni bila yerdin olib zireh.
Zuhalrang o`lub, lek Bahromkin,
Zamiri aro barcha hangom kin4.
Quloqlarida halqai bandaliq,
Topib o`zcha oltung`a arzandaliq.
Yana bu adad birla xarvor raxt,
Tangib tanglar charxkirdor raxt.
Nazokatda har hullai bemisol,
Bo`la olmayin pardapo`shi xayol.
Bo`la olmayin kiysa mastur tan,
Namudor o`lub o`n qotidin badan.
Yana bu adad birla oltun zuruf,
Quyoshdek furuzon, vale bekusuf.
Surohiyu tungu qadah birla jom,
Safou namoyishda xurshidfom.
Yana oncha to`tiyi shakkarshikan,
Ne shakkarshikan, balki shirin suxan.
Zumurrad tanu la`l minqor ham.
Hamul la`l so`z vaqti durbor ham.
Yana oncha tovusi zebo jamol,
Latofatda tovusi jannatmisol.
Sanamdek qilib hush qasdida kuch,
Boshi uzra yo`q tojkim, titraguch.
Yana sandalu ud xarvorlar,
Hamul mushku kofur anborlar.
Bu yanglig` muhayyo qilib peshkash
Ki, qilg`ay tamoshosidin ruh g`ash.
Akobirki – mulk ichra mavjud edi
Kim, ul xayl mulk ichra maqsud edi.
Bori hikmatoyinu donishpujuh,
Filotunmanish, bal Arastushukuh.
Yana bir guruh ahli zuhdu saloh,
Safoda quyoshdekki chiqqay saboh.
Masihi suxansanj yanglig` bori,
Faridi shakarganj yanglig` bori.
Bular ollida e`tizor aylabon,
Base ajzlar oshkor aylabon
Ki: «Men bir kamin bandamen shohg`a,
Boshim moyil ul xoki dargohg`a,
Xayolimg`a hargiz xilof o`tmamish,
Aning birla kinu masof o`tmamish.
Ne had birla xud qilg`amen bu xayol
Ki, qilsam ham o`lg`ay xayoli mahol.
Birovkim o`zin tutsa hindu anga,
Ne yanglig` chiqor ro`y-baro` anga.
Bukim amri yetganda azm etmadim,
Anga g`oyati ajzdin yetmadim.
Misolin rusulidin oldim qo`pub,
Boshim ustiga qo`ydum oni o`pub.
Ko`p erdi manga xizmati multamas,
Borurg`a vale topmadim dastras.
Nekim hukmi erdi ibo qilmadim,
Bo`yun to`lg`abon mojaro qilmadim.
Misolini jon birla qildim qabul,
Desun bilganin, Tengri haqqi, rasul.
Vale asru majruhu ranjur edim,
Dedim uzr, nevchunki ma`zur edim.
Agar shoh uzrum qabul aylasa,
Buzug` kishvarimg`a nuzul aylasa,
Meni lutf ila aylabon sarbaland,
Xaloyiq aro aylasa arjumand.
Boshim ko`kka yetgay ul altofdin,
Namudoru oyini a`tofdin.
Quli bo`lg`amen tanda jon boricha,
Badan ichra jondin nishon boricha.
Va gar Tengri ko`rguzmasun, qilsa qahr,
Mayi rifq jomi aro quysa zahr.
Manga zohir etsa gunahkorliq,
Ne tong qilsa hindu siyahkorliq.
Qabul aylamasga dog`i qayda had
Ki, hindustoniyda bo`lmas xirad.
Meni shah so`zi birla mujrim biling,
Vale siz jamoat shafoat qiling.
Shak ermaski chun mahzi altofdur,
Arig` xotiri ko`zgudek sofdur.
Qachon tursangiz siz shafoat qilib,
Gunohimdin o`tgay inoyat qilib».
Bu so`z birla hindui shirinzabon,
Ne hinduki, hind ahlig`a marzbon,
Yibordi hamul xayli cholokni,
Tengiz ollig`a necha xoshokni.
Hamul peshkashlar bila ul guruh,
Topib har qadam yo`lda farru shukuh.
Borurlar edi o`rdu o`trusig`a
Ki, yettilar Iskandar o`rdusig`a.
Burun borib arkoni davlat sori,
Yana yuz qo`yub ahli hikmat sori.
Alar dog`i zohir qilib ehtirom,
Bular dog`i aylab adoyi payom.
Payomin alarning chu ma`lum etib,
Borib shoh tab`ig`a mafhum etib.
Skandar chiqib taxt uza shodmon,
Topib Royi hindi g`azabdin amon.
Hamul el kelurdin topib shodliq,
g`amu g`ussa bandidin ozodliq
Ki, bu xayl edi ollida ko`p aziz,
Ko`runmas edi Hind moli pashiz5.
Alarni tilab lutfu ikrom ila,
Surub nukta shohona orom ila.
Saloh ahli yetgach, tushub taxtidin,
Bu tavfiq topib biyik baxtidin.
Ko`rushgan mahalda qilib o`zni past,
Ko`rub o`zni din ahlig`a zerdast.
Qilib hikmat ahlig`a ham mayl bot,
Etib har birisiga ko`p iltifot.
Haq ahli qoshida shahi nekbaxt,
Julus etgali qilmayin mayli taxt.
Takallufsiz aylab yer uzra maqom,
Alarni dog`i ko`p qilib ehtirom.
Tamomig`a shoyista yer ko`rguzub,
Nechukkim erur loyiq o`lturg`uzub.
Tilin uzr sori qilib nuktasanj
Ki, bushquncha xud yetmadi yo`lda ranj.
Burun shahg`a barcha duo qildilar,
Yana Roy so`zin ado qildilar.
Qilib shoh izhori sharmandaliq,
Mashoyixqa aylab sarafkandaliq.
Dedi: «Har ne siz etsangiz iltimos,
Erur farz tutmoq nafas bizga pos.
Sizing shahg`a garchi gunah oz erur,
Sunufi inoyatqa mumtoz erur.
Agar jurmu isyoni ko`p bo`lsa ham,
Ko`rub ajzini aylar erdim karam.
Xususan sizingdek kiromand el,
Xiradparvaru pokpayvand el.
Kelib bo`lg`asiz qilg`onig`a shafe`,
Ne qilg`ay bajuz afv royi rafe`?
Gunohi xud oz erdi, ko`b bo`lsa ham,
Siyosat tariqig`a jo`b bo`lsa ham,
Bilib kechtim ul barchaning boshidin,
Ilik torttim kinu podoshidin.
O`ziga inoyatni jazm aylasun,
Qo`pub borgah sori azm aylasun.
Ishiga chekay mulk birla tiroz,
Boshin toj ila aylayin sarfaroz.
Sariri yuzin kishvaroroy etay.
Livosi tirozin falaksoy etay.
Yana chunki siz xayli farruxjamol,
Ki, bo`ldum sizing birla farxundafol.
Qadam ranja aylab buyon yettingiz,
Meni xushdilu bahramand ettingiz.
Sizing ranjingiz uzrini qo`lg`amen
Ki, andin o`zim mubtahij bo`lg`amen.
Ne kishvarg`a bir shoh kirgan zamon,
Qadimiy erur rasmi moli amon.
Ani qilmasunlar bu eldin talab
Ki, el topmag`ay bermagidin taab.
Yana Roy xizmatg`a chun yetgusi,
Bu kishvar xirojin qabul etgusi.
Xaloyiq boshidan olib ehtiyoj,
Maof ayladuk iki yilliq xiroj».
Bu yanglig` karamlar chu ko`rguzdi shoh,
Ul el bo`ldilar lutfidin xokiroh.
Ul axloqi behaddu g`oyat ko`rub,
Yana baxshishi benihoyat ko`rub,
Aning shukrin ayturg`a lol o`ldilar,
Duo derda oshuftahol o`ldilar.
Chu bir yo`li yuzlandi mufrit surur,
Yaqin erdi jon tandin o`lg`ay nufur.
Ne nav` o`lsa o`zlarni zabt aylabon,
Duo sori oyini rabt aylabon
Dedilarki: «To doyir o`lg`ay sipehr,
Sipehr uzra to aylag`ay sayr mehr,
Sipehr uzra bo`lsun sanga taxtgoh,
Quyosh girdbolishtidin takyagoh.
Falak bo`lmasun sendek ogohsiz,
Jahon bo`lmasun sen kibi shohsiz.
Musaxxar bo`lub barcha olam sanga,
Eti kishvar o`lsun musallam sanga.
Yuzung aylasun baxt mehri samo,
Zamiringni mir`oti getinamo.
Janobingg`a kelganda behol eduk,
So`z ayturda qo`rqunchdin lol eduk.
Seni o`zga shahlardek ettuk gumon,
Deduk o`zga shahlar hamon, sen hamon.
Ne bildukki, bo`lsa alar tiyra xok,
Seni Tengri xalq aylamish nuri pok.
Seni shohlar ichra qilmish Iloh,
Aningdekki, soyir ulus ichra shoh.
Ko`rub senda bu nav` xulqi karim,
Ko`nul ichra ne vahm qoldi, ne bim.
Birovdekki, gulni o`t etgan gumon,
Isidin tirilgay yetishgan zamon.
Chu toptuq janobingg`a mansubluq,
Fuzun bo`ldi hayratqa mag`lubluq.
Qililg`och ishingda tafakkur fuzun,
Tahayyurg`a bo`ldi tahayyur fuzun.
Ko`ruldi sifotingki mastur emas
Kim, ul nav` insong`a maqdur emas.
Vujudung Haq etmish maloyiksifot
Ki, sensiz dame bo`lmasun koinot.
Seni bo`yla bilsa edi Royi hind,
Kelib qilmag`ay erdi parvoyi hind.
Ijozat agar bo`lsa kelturmaki,
Yuzin ostoningg`a yetkurmaki.
Borib afvu lutfung bayon aylali,
Hazin xotirin shodmon aylali.
Ani tortali qullug`ungg`a yovuq,
Ko`zin xoki poyingdin etsun yoruq».
Dedi shahki: «Sizga nekim bo`lsa kom,
Manga kom erur, andin o`zga harom».
Duo qildilar ul jamoat qo`pub,
Yana yo`lg`a yuz urdilar yer o`pub.
Etib Royi hind ollig`a shodmon,
Ani ham qilib shod yetgan zamon.
Berib borcha holatdin ogohliq,
Tilab azm qilmoqqa hamrohliq.
O`ziga topib Roy mundoq najot,
Degaysenki, o`lganga yetti hayot.
Hamul xaylni solibon ilgari,
Ravon bo`ldi shoh ostoni sari.
Yana tuhfalar burnog`idin shigarf
Ki, vasfig`a qilmay vafo savtu harf.
O`ziga hamul elni hodi qilib,
Hidoyat bila qat`i vodi qilib.
Alar dog`i rahbarlig` aylab anga,
Bori yo`l suxanvarlig` aylab anga.
Shahi komron vasfini soz etib,
Bu qilmay tamom, ul bir og`oz etib.
Debon fayzu naf`ini xurshidvor,
Ani zarradek aylab ummidvor.
Debon bo`yla so`zlarni hamrohig`a,
Qadam qo`ydilar shah dargohig`a.
Ravon berdilar shahg`a ogohlig`
Ki, Roy etmish ul elga hamrohlig`.
Yana hukmi oliyg`a bo`ldi sudur
Ki: «Bersun bilik ahli majlisqa nur».
Alar Hind Royin olib kirdilar
Ki, bu hukmg`a muntazir erdilar.
Kafan egnidau qilich bo`ynida,
Yana mavt piroyasi qo`ynida.
Ani ko`rgach-o`q ayladi man` shoh
Ki, ul qilmamish erdi oncha gunoh.
Ki, kelgay bu yanglig` mazallat bila,
Bu baskim, kelur ahli millat bila.
Nechukkim, muruvvat anga erdi fan,
Dedi, oldilar tig` birla kafan.
Keturdilar aylab base ehtirom,
Anga tegrukim shohi oliy maqom.
Shah e`zoz ila arjumand ayladi,
Quchushmoq bila sarbaland ayladi.
Qilib shohning poybo`sig`a mayl,
Nechukkim, tushar tog` ayog`ig`a sel,
Yuqorroq chekib shoh ikrom ila,
Quchub shohni Roy ham kom ila.
Yonib chun quchardin bo`lub ko`ngli xush,
Keturganlarni aylabon peshkash.
Shah aylab qabul, anga yer ko`rguzub,
Mulukona qonunu oyin tuzub.
Nekim vahm edi ko`nglidin qildi raf`,
Zamiridin andeshani qildi daf`.
Yana ul suruk zumrai dinni ham,
Dog`i zumrai hikmatoyinni ham,
Burung`idek aylab rioyat base,
Niyoz uzra qildi inoyat base.
Takallum qilib shah base jonnavoz,
Demay jonnavoz, ayt mehmonnavoz.
Bori Hind elin o`yla sayd ayladi
Ki, tori vafo birla qayd ayladi.
Muloyim chiqib bazm haddin fuzun,
Tasalsul bo`lub nuktalarga uzun.
Shah altofini chun ko`rub beqiyos,
Qo`pub Royi hind ayladi iltimos
Ki: «Aylab karam shohi gardunnahib,
Bu kishvarga ruxsoridin bersa zeb.
Tavaqquf qilib munda bir necha oy,
Qilib Hind tufrog`ini charxsoy.
Bu kishvardakim ko`p g`aroyibdurur,
Demay, ko`pki, koni ajoyibdurur.
Ajab beshau bul`ajab vahshu tayr,
Farog`at bila necha kun qilsa sayr.
Etibdur yaqin g`olibo qish dog`i,
Bu qish ichra yo`q qilg`udek ish dog`i.
Bajuz bodau rudu ayshu nishot,
Farog`at bila aylamak inbisot.
Xususanki Hindustonning qishi,
Qilur xalq tab`ig`a navro`z ishi.
Bulut uzra yomg`ur, shajar uzra vard,
Ne sovug`, ne issig`, ne bolchig`, ne gard.
Hamalg`a quyosh chunki bergay sharaf,
Yurush azmi gar bor esa har taraf.
Sipah tortmoq vaqti ham uldurur,
Kishi har ish aylay desa yo`ldurur».
Kelib shoh ko`ngliga bu nukta xush,
Aningdekki, suv ko`rsa sohib atash.
Qabul aylabon, bo`ldi xushhol ko`p,
Hamul elga yuzlandi iqbol ko`p.
Dedi: «Qay sari bo`lsangiz rahnamoy,
Bo`loli bu qish anda mahmilkushoy».
Dedilarki: «Dehli erur poytaxt,
Munosibdurur tortmoq anda raxt».
Dedi shahki: «Shahr ichra sig`mas sipoh,
Kerak beshada elga oromgoh.
Va gar sig`sa dog`i emas dilpisand
Ki, yetgay raoyog`a eldin gazand.
Ravon bo`lsa bizdin birov ilgari
Ki, yer ko`rsa ul shahrdin tashqari.
Yiroqroqqina bo`lsa ham bok emas
Ki, el shahrsiz asru g`amnok emas».
Yana iltimos aylabon dedi Roy
Ki: «Hukm aylasa shohi kishvarkushoy,
Bu qul borsa bu ish saranjomig`a,
Ko`rarga mahal shoh oromig`a.
Yo`q ersa ko`ngul hech topmas qaror,
Manga yuzlanur dam-badam iztiror».
Bu so`zdin anga shohi farxundafar,
Inoyat qilib taxtu toju kamar.
Base tezrav raxshi xoroshikan,
Bori karkzo`ru bori piltan.
Murassa` egar birla tazyin topib,
Yana g`oshiya gavharoyin topib.
Uzotib ani Hind sori nuxust,
O`zi dog`i azm etti ul yon durust.
Etishti chu o`z kishvari ichra Roy,
Bo`lub kishvar ahlig`a ishratfizoy.
Bilib elki dushmandin o`lmish amon,
Qilib shod ko`nglini yaxshi-yamon.
Shah etgan karamlarni bori bilib,
Bo`lub shodu behad duolar qilib.
Yana Roy chun xushdil aylab elin,
Skandar yarog`ig`a bog`lab belin.
Hamul beshakim der edilar Nigor6,
Ichida aning benihoyat shikor.
Ne besha, Eram bog`ining g`ayrati,
Xirad nutqini lol etib hayrati.
Kelib beshadin atri anbar nasim,
Qilib tiyra tufrog`ni abharshamim.
Muqorin kelib sandalu obnus,
Shabah birla ul nav`kim sandarus.
Nasimeki sandal saridin yetib,
Dimog` uyini sandalolud etib.
Hamul is tutub beshau tog`ni,
Qilib sandalisuda tufrog`ni.
Yilon sandaloso shajar soqig`a,
Sochidek buti siymbar soqig`a7.
Qaranful qilib mayl sunbul sori,
Aningdekki, sunbul qaranful sori.
Shajar har biri yetkurub ko`kka bosh,
Bo`lub barglar ichra pinhon quyosh.
Quyosh barg aro ul sifat munzavi
Ki, tufroqqa soya aro partavi.
Chinor andakim panja aylab xizob,
Bo`lub, o`ylakim panjai oftob.
Falakkim yetib javzi bo`yo anga,
Bosh aylanmog`i soldi go`yo anga.
Shajarkim bo`lub javzi bo`yo yeri,
Kelib shoxig`a dorchiniy tiri.
Chu zaytun bo`lub charx ila muttasil,
Bo`lub charx zaytuni andin xijil.
Qayu naxlkim, shoxi ko`ktin oshib,
Anga tok shoxi chiqib chirmoshib.
Uzum xo`shasi birla ahli rasad,
Sipehr uzra Parvin ko`rub beadad.
Hamul tokkim, bo`ldi shox uzra band,
Solib sidra shoxig`a pechon kamand.
Anga yormonib xo`shaduzdi xayol,
Sipehr uzra chiqmog`ni ko`rmay mahol.
Xazon ichra chun bargi asfar sochib,
Falak har sori yuz ming axtar sochib.
Bu ashjor uchida har jins tayr,
Bo`lub toyir o`lg`onda afloksayr.
Dema tayr charx uzra soyir bo`lub
Ki, har tayr bir Nasri Toyir bo`lub.
Suruk turfa to`tii dilkashnavo
Ki, har yon tutub besha ichra havo.
Qo`nub qay shajar uzra axzar qilib,
Ne axzarki, Xizri payambar qilib.
Bo`lub bargsiz naxl noju kibi,
Ne nojuki, bu charxi minu kibi.
Dema charxi minuki, gulbun misol,
Gul ul xaylkim, ko`rguzub rangi ol.
Qizil xaylining rangi gulnor o`lub,
Anga shu`lai nor minqor o`lub.
Qizil, yoshil aylab chu har yon hujum,
Yasalg`on kibi aylabon rangi mum.
Yana shoraki nuktago` xayl-xayl,
Qilib hind elidek takallumga mayl.
Qilib lavha kimson bila zevari,
Aningdekki, hinduyi bozigari.
Dema lavhakim, lavhai zarnigor,
Qilib zarvaraq birla afsarnigor.
Qayonkim kiromanda madfun kelib,
Kim oni ko`rub, zoru maftun kelib.
Javak atlas aylab o`ziga libos,
Kiyib bo`rk o`rnida boshig`a tos.
Xiromanda tovusi zebo jamol,
Malak xaylidin zohir aylab misol.
Qilib jilva har yon, vale masti noz,
Surohi kibi mastu gardanfaroz.
Surohi kelib lojuvardiynishon,
Qilib oni zarhal bila shustmon.
Tazarvi xiromanda, durroj ham,
Qilib hush naqdini toroj ham.
Bo`lub chun tazarv aylabon mayli sarv,
Bu guldasta mili, mutallo – tazarv.
Chu tovus o`lub shoxi oliynishin,
Bo`lub sidra shoxida Ruhul-Amin.
Eri sabza birla zumurradnishon,
Anga charxi mino zabarjadfishon.
Shimolida bu beshaning rudi Sind8,
Janubida zohir bo`lub shahri Hind.
Bu rud ichra yuz kema sur`atnamoy,
Falak bahrida o`ylakim yangi oy.
Kelib haddi sharqida bir naysiton
Ki, vasfida kamdur necha doston.
Sarosar bu nay ichra shakkar butub,
Ne shakkarki, qandi mukarrar butub.
Bo`lub sharbat ul naysitonning suyi,
Shakar, bolchig` o`rniga suvdin quyi.
Yana haddi g`arbida tog`e rafe`,
Bo`lub to`rt fasl anda – fasli rabe`9.
Qishu yoz mamlu rayohin anga,
Kelib nahlai shahd gulchin anga10.
Nihoyatdin ortug` kelib bu kalez,
Bo`lub borcha bu tog` aro shahdrez.
Kishi qaysi toshe sorikim boqib,
Aning shahdi bir chashma suvdek oqib.
Qayu ko`l sori elga bo`lsa vurud,
Ko`rub shahd oqqonni andoqki rud.
Kiyik xayli bu tog` uza ming gala,
Gulu shahd arosida bori yala.
Bug`uyu maral – nayistonida sayd,
Shakardin borining ayog`ida qayd.
To`la bahrida mohiyi siymgun,
Falak Huti har bir qoshida zabun.
Yana besha atrofida domu dad,
Kishi ovlamog`lig` uchun beadad.
Kelib shahri xud vasfdin tashqari,
Bo`lub xira ko`z chun boqib har sari.
Bu beshadakim, dedim avsofini,
Qalam qildi mahdud atrofini.
Ere erdi ochuq bag`oyat anga,
Gulu sabza bas benihoyat anga.
Qulovuzlug` aylab, bo`lub rahnamoy,
Tushurdi Skandarni farxunda Roy.
Hamul sabzag`a tushti xaylu sipoh,
Tikildi yana charxso borgoh.
Shah ul yerdin asru nishot aylabon,
Yurub har yonin ehtiyot aylabon.
Basirat bila har taraf ko`z solib,
Aning tavru vaz`ida hayron qolib.
Qilib Roy anga oncha qulluq ayon
Ki, qosir bo`lub sharhi ichra bayon.
Bori shug`ldin shohi ma`zul o`lub,
Qish ul yerda ishratqa mashg`ul o`lub.
Ketur soqiy, ul sog`ari zarnigor
Ki, may la`lidin bo`ldi gavharnigor.
Chu dashti Nigor ichra qildim maqom,
Keraktur manga zarnigor emdi jom.
Mug`anniy, tuzot nag`mai rexta,
Ani qil unung birla omexta
Ki, bir sabzi shirin yana Hind aro,
Mening ro`zgorimni qildi qaro.
Navoiy, nelar qildi xomang yana
Ki, bir mulki Hind o`ldi nomang yana.
Necha ko`rsa mulkida hindu savod,
Unutqay ko`rungan zamon bu savod.
XLIV
Afv fazilatidakim, daryodil juvonmardlar mujrimlar gunohi xasu xoshokin baxshish nasimi bila ko`ngul bahridin adam savohilig`a surarlar va yuzlariga daryo mavjidek chin tushmas va hayrat zulumotidag`i ovoralarni karam sham`i rahnamoylig`i bila ul vodiyi haloktin chiqorurlar va ul tiyraliktin alarg`a hech bushmas
Birov shahlar ichra erur muhtaram
Ki, bo`lg`ay aning da`bi afvu karam.
Angadur jahon ahlidin fardlig`.
Ki, oyini bo`lg`ay juvonmardlig`.
Ani bil juvonmard yoxud karim
Ki, bedodidin bo`lmag`ay elga bim.
Demasmenki, bedod kom etmagay
Ki, bedodg`a intiqom etmagay.
Gunahkor bo`lg`och anga uzrjo`y,
Karam bahridin bo`lg`ay ul jurmsho`y.
Quyi qilsa mujrim boshini uyot,
Quyiroq ani solmag`ay tig`i bot.
Gunah loyida kimsa bo`lsa asir,
Toyilg`och oyog` bo`lg`ay ul dastgir.
Muqassir shafe` etsa taqsirini,
Talattuf bila qilsa tadbirini,
Va gar hurmat ahlini qilsa shafe`,
Shafoatgar amrig`a bo`lsa mute`,
Agar afvning bo`lsa gunjoyishi,
Gunoh ahlig`a yetsa baxshoyishi,
Ulus uzra, ey bandakim, shohsen,
Necha so`z eshitgil gar ogohsen:
Guruheki ul soyiri nosdur,
Sening hukmunga ishlari posdur.
Erursen senu ul guruh – insdin,
Bori ofarinishda bir jinsdin.
Kamol ichra sendin ko`pi arjumand,
Yana qobiliyatda dog`i baland.
Senikim Haq aylab borig`a amir,
Alarni sanga qildi farmonpazir.
Qayu birga bersa edi bu kushod,
Ne qilg`ay eding qilmayin inqiyod?
Bukim Haq seni imtiyoz ayladi,
Bori xalqqa sarfaroz ayladi.
Gunahdin tilar chog`da Haqdin amon,
O`zungni alarning biri qil gumon.
Nekim o`z qoshingda erur noravo,
Ulusqa ani ko`rma aslo ravo.
Chekar chog`da mujrim itobig`a til,
Haq ollida jurmungni yod aylagil.
Yomong`a jazo gar siyosatdurur,
Muruvvat – tariqi rayosatdurur.
Ani qatl aylardakim joni bor,
Hayal ayla, onchaki imkoni bor.
Necha qatlg`a kimsa shoistadur,
Qasosida ta`xir boistadur.
Etar bo`lsa filhol o`lumdin gazand,
Abas bo`ldi, bas hibsu zindonu band.
Bugun kimsa zindonda bo`lsa ne bok,
Bo`lur chun ani tongla qilmoq halok.
Taammulsiz o`lsa bugun begunoh,
Sanga holini tongla bilganda, oh!
O`zungni gar o`ltursang ul dam ne sud,
Boshing kessang ilging bilan ham ne sud?
Nedin solg`asen kimsaga bir maraz
Ki, topmas davo bo`lsa joning evaz?
Ne qilmoqdurur bir imoratni past
Ki, mumkin emas butmak, o`lg`och shikast.
Ani ko`rkim, ul zori mazlum ano,
Necha ko`rdi hifzida ranju ano1.
Ul uyg`onmasun deb, yebon qayg`usin,
Harom ayladi kechalar uyqusin.
O`tuz-qirq yil davra aylab sipehr,
Anga ko`rguzub tarbiyat ichra mehr.
Tushub ul dog`i charx davronig`a,
Kirib qarndin so`ng kishi sonig`a.
Qilib hukm senkim, sitampeshae,
Chopib boshini qilmay andeshae,
Ravokim ko`rub bu gazandi aning,
Tama` eski to`niyu bandi aning.
g`araz nafsdin anga bu shumluq,
Yo`q ulkim, sanga qilsa mahkumluq.
Ne nav` aylagay kimsa, vah-vah, bu ish,
Ravomu bo`lur, Alloh-Alloh, bu ish.
Bo`rigaki qo`y bo`g`mog`i peshadur,
Shubon mehnatidin ne andeshadur?
Kabutarni rosu2 qilurda halok,
Anga tifl o`zin o`ltururdin ne bok?
Agar qatl o`lur o`z yerida ayon,
Siyahchol aro iki kun ne ziyon?
Va gar aylasa ul xatoni kishi,
Ne qilg`ay bu yanglig` baloni kishi?
Va gar kimsaga sobit o`ldi gunoh,
Karam qilsang o`lg`on zamon uzrxoh.
Agar odami bo`lsa – to joni bor
Yana qilmoq ul ishni imkoni bor?
Ani jon bila aylading muhtaram,
Senga zohir o`ldi kamoli karam.
Tiriklikdin o`lg`ay anga bu g`araz
Ki, qilg`ay sening bu ishingga evaz.
Agar topsa yuz jon, fido aylagay
Ki, to ul haqingni ado aylagay.
Agar qolsa bu orzudin yiroq,
Evaz Tengridin gar yetar, yaxshiroq.
Evazg`a dog`i qilmasa iltifot,
Bas ermasmudur dahr aro yaxshi ot?
Skandarki andoq karam ayladi,
Qolur otni andesha ham ayladi.
Bu nav` o`lsa kimda karam javhari,
Bugun uldur ofoq Iskandari.
Kim o`zni karam ichra mohir qilur,
Karam o`z xavosini zohir qilur.
XLV
Ul tojir hikoyatikim, sudu savdosidin uluq ziyon boshig`a keldi va jigargo`shasi firoqidin jigar pargolalari yuzin munaqqash qildi va belidagi naqdin o`lumlukni xalos qilur uchun berdi va qutulg`on o`lumluk aning jigargo`shasi, balki naqdi erdi
Ul tojir hikoyatikim, sudu savdosidin uluq ziyon boshig`a keldi va jigargo`shasi firoqidin jigar pargolalari yuzin munaqqash qildi va belidagi naqdin o`lumlukni xalos qilur uchun berdi va qutulg`on o`lumluk aning jigargo`shasi, balki naqdi erdi
Adan1 mulkida bor edi tojire,
Tijoratda tujjor aro mohire.2
Bor erdi bir ozoda farzand anga
Ki, yo`q erdi olamda monand anga.
Eshilmas edi noqadin mahmili,
Har o`n kunda bir shahr edi manzili.
Borur erdi bir kecha shabgir etib,
Base sudu savdoni tadbir etib,
Bas etmay dame dashtu daryo so`zin
Ki, urdi qaroqchi alarg`a o`zin.
O`lum xavfidin borcha butroshtilar,
Qochib har biri bir boyir oshtilar.
Chu qochqon sari chiqdi tuz har kishi,
Bir iqlimg`a qo`ydi yuz har kishi.
Chu qutqordi jon tojiri rahnavard
O`zin, lek o`z o`g`lidin topti fard3.
Jigargo`shasin topmay ul tiyraro`z,
Jigardin chekib ohi aflokso`z.
Bu g`amdin jigarni topib yoraliq,
Dedi: «Menmen emdiyu ovoraliq.
Quyundek yuz urg`umdurur har taraf,
Bu xokiy badan bo`lg`ucha bartaraf.
Murodim harimig`a qo`ysam qadam,
Biyobonda sargashtalikdin ne g`am?»
To`kulgach haromi anga nogahon,
Ming oltun belida bor ermish nihon.
Belida muhayyo ko`rub to`shasin,
Yuz urdi tilarga jigargo`shasin.
Jigar oqizib ko`z yo`lidin mudom,
Jigargo`sha istab urar erdi gom.
Anga po`ya resh etmish erdi jigar
Ki, bir turfa kishvarg`a qildi guzar.
Jigarxuni bedil qilib dasht tay,
Hamul shahr gasht etgali urdi pay.
Ko`rarkim, guruhe turubtur kasir,
Alar ilgida bir jigarxun asir.
Jigarguna, lek qon arosida g`arq,
Boshi uzra tig`e, aningdekki barq.
Jigarrang o`lub qon aro hay`ati,
Bo`lub bois ul ishga qon tuhmati.
Ming oltung`a qonlig` qilib sarbasar,
Berurga vale kimsa chekmay jigar.
Bu savdo ko`rub tojiri notavon,
Jigargohidin yeshti naqdin ravon.
Chu qutqordi mazlumni to`shasi,
Qutulg`on xud ermish jigargo`shasi.
Anga ashk to`kmakta ma`zur edi,
Ajab ishki, qon birla qon yur edi.
Chu butti jigar zaxmidin yorasi,
Dedi: «Holing ayt, ey jigar porasi»4.
Dedi: «Ul kecha bo`lg`ach andoq balo,
Men o`ldum aduv ilgida mubtalo.
Burun barcha qatlimg`a jahd ettilar,
Boshimdin kechib so`ngra ahd ettilar.
Kim: «O`lturmoli, bo`l bizing yorimiz,
Ne ish aylasak sohibasrorimiz».
O`lar chog`da bu nav` in`omdin,
Mute` o`ldum ul elga nokomdin.
Bu kunga deginkim bu kishvarga azm
Qilib, ettilar jam`e el birla razm.
Bulardin shahodat topib bir faqir,
Alardin men o`ldum bularg`a asir.
Chu holimni hokimga yetkurdilar,
Surub meni qonliqqa topshurdilar.
Topar chog`da umrum quyoshi kusuf,
Sanga xud bor o`z qilg`oningdin vuquf.
Ochib rodi ilging karam aqdini,
Berib naqd siym, oldi jon naqdini».
Ulus voqif o`lg`och bu ahvoldin,
Xabar berdilar shahg`a ul holdin.
Chu voqif bo`lub ul navohi shahi,
Karam nuktasining bo`lub ogahi.
Yano qildi tojirni piroyaliq,
Burundin fuzun naqdu sarmoyaliq.
Ming oltungakim zohir etti karam,
O`g`ul toptiyu yuz ming iqbol ham.
Karam yomg`uri qaydakim sochilur,
Anga oqibat gul bu nav` ochilur.
XLVI
HIKMAT
Iskandarning savoli Arastudin ul bobdakim, har amalg`akim, bir jazodur, ul amal tuxmig`a bu bir nedin sazodur va javob mahsulin ko`tarmak
HIKMAT
Iskandarning savoli Arastudin ul bobdakim, har amalg`akim, bir jazodur, ul amal tuxmig`a bu bir nedin sazodur va javob mahsulin ko`tarmak
Yana so`rdi doroyi hikmatsirisht1:
«Ki ey harfi hikmat sanga sarnavisht,
Bukim keldi har ishga bir xosiyat,
Manga zohir etkim, nedur kayfiyat?
Ne fe`leki keldi birovdin yomon,
Yomonliq ko`rardin anga yo`q omon.
Va gar yaxshiliq kimga af`ol erur,
Jazosi aning ganji iqbol erur.
Nedin mundoq erkonga bir nukta sur,
Munung sirrini xotirimg`a yetur».
Dedi nuktapardozi dono2 manish:
«Ki ey nuktadin zotinga parvarish,
Nekim Tengri xalq etti ofoq aro,
Ne ofoqkim, bu kuhan toq aro.
Nihoniy anga berdi xosiyate,
Bu xosiyati ichra kayfiyate.
Agar qoyil ermas bu ishga kishi,
Bo`lur bar abas ofarinish ishi.
Bashar xaylikim jahl erur lozimi,
Qachonkim bo`lurlar har ish ozimi.
Agar naf`e ul ishta maqsud emas,
Ul ish kimsadin, bilki, mavjud emas.
Agar xud g`araz naf`e pinhoni yo`q,
Birovdin bir ish bo`lmoq imkoni yo`q.
Bajuz tifl yo ulki devonadur,
Xiraddin bu ikisi begonadur.
Vale har kishi bo`lsa ahli uqul,
Taammulsiz ish aqli etmas qabul3.
Qachon bo`lsa maxluq aro bo`yla hol,
Ajab yo`qki, Xoliqdin o`lg`ay mahol.
Bukim naf`siz xalq qilg`ay vujud,
Agar ravshan o`tdur va gar tiyra dud.
Nekim ofarinishqa payvastadur,
Bori bir-birisiga vobastadur.
Bir ish desa bo`lmas «sazovor emas»
Ki, bir rishtatob anda bekor emas.
Bu xud sobit o`ldiki yo`q hech zot,
Va yo hech af`ol yoxud sifot
Ki, zimnida xosiyate bo`lmag`ay,
Vujudida kayfiyate bo`lmag`ay.
Vale chun yaratti el af`olini,
Yashurdi anga dona ahvolini
Ki, dehqon nekim dona mazru` etar,
Ani-o`q o`rar, chunki vaqti yetar.
Qachon sochsa tufroqqa bug`doy birov,
Yo`q imkonkim, ul arpa qilg`ay darav4.
Va gar arpa ham sochsa bo`lmoqqa to`q,
Anga bug`doy o`rmog`ning imkoni yo`q.
Kishi hanzal eksa achchig` bar topar,
Va gar nayshakar eksa – shakkar topar.
Chu af`olning ashrafu duni bor,
Agar dunu ashraf bu qonuni bor
Ki, har kim ayon etsa yaxshi qilig`,
Etar yaxshiliqdin anga yaxshilig`.
Va gar kimsadin zohir o`lsa yamon,
Ko`rar har nekim, zohir etti hamon.
Kerak shoni ham bo`lsa ishning bu tavr
Ki, bar lutf lutf-o`q berur, javr-javr.
Topar aylasa fikr tab`i salim
Ki, bu nav` ekin jodai mustaqim.
Bu qonundin ar bo`lsa ish muxtalif,
Adolat tariqi bo`lur munharif».
Chu qoyilg`a bu nukta shofiy kelib,
Muxotabg`a ham muncha kofiy kelib.
XLVII
Iskandarning, quyosh tun zulmi Zangboridin chiqib, kun ziyosi nimruzig`a kirgondek, Hind sovodidin chiqib, Chin kishvariga kirgoni va Xoqoni Chin aning quyoshdek garmxo`yluq bila tig`i jahongir tortib kelaturg`onin eshitib, muqobalasida zarradek behisob cherik yig`ib, anga muvofaqatqa elchi yiborib, nomuvofiq javob topqoni va ul jihatdin zarra hisobliq cherigi zarra xaylidek qo`zg`olib, o`zi tadbir ishin zarrai qo`ymag`oni
Iskandarning, quyosh tun zulmi Zangboridin chiqib, kun ziyosi nimruzig`a kirgondek, Hind sovodidin chiqib, Chin kishvariga kirgoni va Xoqoni Chin aning quyoshdek garmxo`yluq bila tig`i jahongir tortib kelaturg`onin eshitib, muqobalasida zarradek behisob cherik yig`ib, anga muvofaqatqa elchi yiborib, nomuvofiq javob topqoni va ul jihatdin zarra hisobliq cherigi zarra xaylidek qo`zg`olib, o`zi tadbir ishin zarrai qo`ymag`oni
Bu yanglig` dedi noqili nuktasanj,
Base tortqon nukta naqlida ranj:
Ki, chun bo`ldi Iskandari nomjo`y,
Qish ul turfa marz ichra oromjo`y.
O`zi xud edi kishvaroroyi Hind,
Yana majlisoro anga Royi Hind.
Borib goh shahr ichra hammom uchun
Imorat aro bodau jom uchun.
Solib Roy qasrida ishratqa pay,
Tarab birla og`oz etib rudu may.
Gahi besha ichra shikor aylabon,
Shikor ichra may ixtiyor aylabon.
Gahi babr urub, goh sher o`lturub,
Va gar pilu kark – ul daler o`lturub.
Gahi soz etib bazm daryo aro,
Kirib kishtiyi bahrpaymo aro.
Tutub shast ila mohiyi siymgun1,
Qilib jomi siymin ichardin nigun.
Nayistonni gohi qilib marhala,
Kirib anda andoqki sheri yala.
Gavazn o`lturub, chun surub go`rtak,
Qilib may aro nayshakardin gazak.
Gahi Shahd tog`ig`a aylab uruj,
Quyosh, o`ylakim qilsa mayli buruj.
Chu may birla tog` uzra xushhol o`lub,
Hamul shahddin forig`ulbol o`lub.
Gahi aylab oyini shohanshahi,
Tuzub nag`ma xirgoh aro xirgahi.
Ichib borgohi falakjoh aro,
Saropardai charxdargoh aro.
Gahi donish ahli bila o`lturub,
Kutub anda har ilmdin kelturub.
Qayu bahskim diqqatig`a yetib,
Nekim bo`lsa majhul ma`lum etib.
Bu yanglig` anga o`tti laylu nahor,
Anga tegrukim bo`ldi fasli bahor.
Sharaf burjini yorutub sham`i mehr,
Hamul sham`din ravshan o`ldi sipehr.
Yana shoh raxshanda xurshiddek,
Jahon mulki fathig`a Jamshiddek,
Azimatning ohangiga yig`di bazm,
Xito birla Chin azmini qildi jazm.
Sipah bahri ichra yana tushti jo`sh,
Kar etti falakning qulog`in xuro`sh.
Ko`tardi yana harb ko`sini pil,
Cholindi bu kishvarg`a ko`si rahil2.
Olib Hind nohiyatin yakqalam,
Yurub Chin bilodig`a chekti alam.
Chu Hindustondin chiqardi sipoh,
Ki, Chin kishvarin qilg`ay oromgoh.
Borur yo`lning atrofida har bilod
Ki, bir shoh edi anda oliynihod.
Gar ellik yig`och erdi, gar yuz yig`och,
Yibarmak cherik yo`q edi ehtiyoj.
Biror nomakim ul taraf boribon,
Kelib nomabar birla yolboribon.
Chekib peshkashlar, ko`rub shohni,
Qilib takyagah xoki dargohni.
Inoyat qilib shohi oliy maqom,
Tavaqqufsiz ilgarrak aylab xirom.
Yurub yo`l, tamosho qilib har hade
Ki, to maskani bo`ldi Chin sarhadi.
Bilib erdi Xoqonkim, ul tund sel,
Yurub Hinddin qildi Chin sari mayl.
Sipah yig`mish erdi adaddin fuzun,
Yarog` aylamish erdi haddin fuzun
Ki, avval inod oshkor etmagay,
Xusumat ishin ixtiyor etmagay.
Solib sulhdin so`z, yiborgay rasul,
Borishmoq tariqini qilg`ay qabul3.
Agar xasm bu so`zga indursa bosh,
Uzotqay qilib do`stona maosh.
Va gar ko`rsa ish butmas ozarm ila,
Temur yumshamas po`zishi garm ila.
O`zin qilmag`ay ajz birla zabun,
Cherik tortib etgay masof ozmun.
Bu tadbir ilakim topib erdi roy,
Qilib avval o`zni harifozmoy.
Yibordi rasuli xiradpeshae,
Risolat aro chobukandeshae.
Nihoniy anga tutturub so`z base,
Tengiz suyi uzra yibordi xase.
Chu qosid yetib shoh dargohig`a,
Nazar soldi andozai johig`a.
Sipohi ko`rundiki, yuz yil xirad,
Qiyos aylay olmas anga haddu ad.
Yana o`rduekim, sipehri barin,
Kelib anda bir chodiri kamtarin.
Asos onchakim, ko`rsa nazzoragar,
Bo`la olmayin hushig`a choragar.
Ko`rub, qolmayin o`zda vodiynavard,
O`zin soldi dargahg`a andoqki gard.
So`zin fahm etib xayli dargahnishin,
Shah ollida arz ettilar kelmishin.
Dedi shahki qosidni kelturdilar,
Hamul xasni daryog`a yetkurdilar.
Rasuli xiradmandi korozmoy,
Ravon bo`ldi tufroq uza chehrasoy.
Chu taxt ollini qildi oromgoh,
O`zin qildi mashg`ul har sori shoh.
Ki, taskin topib ko`nglida iztirob,
So`zin aytibon anglay olg`ay javob.
Base maks etib, shohi kishvarxudo,
Dedi: «Qil hadisingni emdi ado!»
Duo ko`p qilib qosidi notavon,
Bayon etti Xoqon hadisin ravon.
Ki: «Arz etti Xoqoni daryoshukuh
Ki, ey nomvar shohi anjumguruh!
Bukim azm qilding bu kishvar sori,
Nechukkim quyosh charxi axzar sori.
Kirib raxshi getinavarding bila,
Yoruttung bu kishvarni garding bila.
Bu ma`nig`a bois ne erdi ekin?
Ne fikring buyon azm berdi ekin?
Agar do`stsen, do`stluq bu emas,
Kishi do`stluq mundoq ishni demas
Ki, sendek ulug` shoh tortib sipoh
Bizing mulkni qilg`asen jilvagoh.
Va gar xud adovatqa qilding g`ulu,
Ne ko`rdung adovatki, bo`ldung adu?
Rasulungki keldi so`z aytib irik,
Anga uzr aytib uzottuq tirik.
Deb erdingki: «Azm etsun olib xiroj
Ki, Doro borib, mendadur taxtu toj».
Deb erdimki: «Gar bordi Doroyi dahr,
Sanga dahrdin yetsun oyinu bahr.
Va lekin mening birla Doro aro,
Ish erdi salohu madoro aro.
Yo`q ulkim, manga g`olib o`lg`ay edi,
Xiroju kesim tolib o`lg`ay edi.
Agar sen dog`i qilsang andoq suluk
Ki, bir-bir bila aylagaylar muluk,
Tuzub ikimiz vahdat asbobini,
Faroz aylali shiddat abvobini.
Va gar bermas ersang bu ishga rizo,
Ko`ray har ne ollimg`a yozmish qazo.
Bu erdi so`zum, emdi ham budurur,
O`zung deki, bu so`z yomonmudurur?
Hamul so`zdin inkor yo`qtur manga,
Yana nav` guftor yo`qtur manga.
Bu dam dog`i yonsang bo`lub sulhjo`y,
Manga dog`i sulh uzradur guftugo`y.
Va gar kin ishida g`ulu aylasang,
Adovat uza guftugo` aylasang.
Mening dog`i bu ishta yo`q kamlig`im,
Masof amrida nofarohamlig`im.
Cherik onchadurkim, aning soni yo`q,
Yaroq onchakim, aning imkoni yo`q.
Ayolu vatan uzra to joni bor,
Kishi harb etar toki imkoni bor.
Vale iki shah zohir etganda kin,
Zafar qay taraf bo`lmoq ermas yaqin.
Qayon fath bo`lmoq chu ma`lum emas,
Jabin uzra ul harf marqum emas.
Kishi razmdin necha bo`lsa yiroq,
Erur hazm oyinida yaxshiroq»4.
Suxanvar chu sharh ayladi barcha so`z,
Javob istayu, tikti tufroqqa ko`z.
Shah ul nuktalardin tabassum qilib,
Dedi gavharafshon takallum qilib
Ki: «Gar shohlig` izzu tamkinida,
Jahondorlig` rasmu oyinida,
Mening birla Doroni Xoqoni Chin
Barobar tutar – bu g`alatdur yaqin
Ki, har kimsaga bo`lsa ogohlig`,
Bilurkim, erur mulk ila shohlig`.
Agar shahg`adur mulk ila e`tibor,
Mening kishvarim iki Dorocha bor.
Va gar xud shijoat erur mo`tabar,
Aning holidin tutti erkin xabar
Ki, razmig`a chun bo`ldi rag`bat manga,
Aning ushri yo`q erdi shavkat manga.
Qilib erdim ul tavr ojiz ani
Ki, ko`rmaydur el, o`yla hargiz ani.
Chu men g`olib erdim biloishtiboh,
Ham oxir manga berdi nusrat Iloh5.
Musallam tutar bo`lsa bu rozni,
Unuttik maqoloti nosozni.
O`zin buyrug`umg`a mute` ayladik,
Kelib uzru ajzin shafe` ayladik6.
Rioyat qilay ulcha imkonidur,
Aningdek sarafrozlar shonidur.
Agar tutmas ersa musallam muni,
Anga ko`rguzay razmu hayjo kuni
Ki, har so`zki qildim bayon – chin emish.
Manga chin demak rasmu oyin emish.
Tugandi so`zum, emdi bo`lg`il ravon,
Anga bu so`zumdin xabar qil ravon
Ki, sen borg`och-o`q azm qilg`umdurur,
Yo`l ohista-ohista kelgumdurur.
Ravonroq ketursang javobi savob,
Savob o`lg`usi bizga dog`i javob7.
Agar amrdin to`lg`ar o`lsa bo`yun,
Ko`roliki, gardun ne o`ynar o`yun?»
Chu qosid eshitti bu yanglig` maqol,
Qo`pub qo`ydi yuz yo`lg`a oshuftahol.
Davo topmayin dardi jonkohig`a
Qadam qo`ydi o`z xoni dargohig`a.
Ne so`zkim qilib erdi Xoqon xitob,
Nelarkim buyurdi Skandar javob.
Nechukkim o`tub erdi majlis aro,
Sarosar bayon ayladi mojaro.
Chu fahm etti Xoqonkim, ul tundsher8,
Erur ul gumon aylagandin daler.
Yiborsa kishi asru benaf` erur,
Va gar borsa mundoq javobin berur.
Adovatqa mardona bel bog`ladi,
Skandar kelur vaqtini chog`ladi.
Cherik yig`mish erdi Xito mulkidin,
Eti yo`qki, yetmish ato mulkidin.
Sipohi sipehr anjumidin fuzun,
Adad ichra sahro qumidin fuzun9.
To`quz yuz ming ul nav` novakfikan,
Ne novakfikankim, balorakfikan
Ki, birdin bo`lub xasm yomg`urda g`arq,
Yana bir choqilg`ay aningdekki barq.
Jiba sarbasar zarhalu turksoz,
Kejim borcha zarbaft chiniytiroz.
Bori novakafgan, bori tig`zan,
Bo`lub borcha javshan bila ro`ytan.
Har otlig` kelib naxli orosta,
Dema naxlkim, mohi nokosta.
Bu yanglig` sipah birla Xoqoni Chin,
Sipah yo`qki, oshubi ro`yi zamin
Aduvga chiqib o`tru, Chin shahridin,
Solib jabhasi uzra chin qahridin.
Aduv vahmidin bo`lmayin ishda sust,
Ko`rub yer, tushurdi sipohin durust.
Sipah davrig`a xandaqe qozdurub
Ki, nazzorasi hushni ozdurub.
Rioyat qilib hazm oyinini
Ki, soz aylagay razm oyinini.
Chu xandaq qozorg`a topib ehtiyoj,
Bo`lub xandaqi davri o`n besh yig`och.
Ani bovujud ixtisor aylabon,
Ichin lek mahkam hisor aylabon.
Aroba bila, o`yla hisni matin
Ki, ermas falak hisni andoq hasin10.
Aroba chu el davrig`a yondoshib,
Iki davradin ham hisobi oshib.
Aroba uza to`ra11 payvast o`lub,
To`ra keynida xalq hamdast o`lub.
To`ra borcha qullob ila bandu bast,
Kamin aylabon keynida ahli shast.
Yana xandaq ollida mo`ndu tikib,
Qalin nayshakardekki hindu tikib.
Yasab qo`rg`onin ul sifat bexalal
Ki, yo`l topmag`udek ichiga ajal.
O`zin berkitib bo`yla sarxayli Chin,
Yasab xayli davrida hisni hasin.
Yana yondin Iskandari chirarazm,
Qilib ko`ch-barko`ch Chin sori azm.
Anga tegrukim, bu o`zin berkitib,
Munung mulki qasdig`a ul ham yetib,
Chu Xoqon soridin ko`rundi qaro,
Yasab turdi Skandar ul dasht aro12.
Sipohiki ta`rif anga or edi,
Nechakim kishi ko`p desa bor edi.
Sipohin tuzub shohi razmozmoy,
Suron soldiyu tushti hazmozmoy.
Suron yo`qki, yuz ming hizabri yala,
Degin soldi ko`k toqig`a valvala.
Skandarning ul kelmagi tundu tez,
Suron birla bu solmog`i rustaxez.
Aduv ko`nglini ayladi vahmnok
Ki, ko`rdilar oni ajab sahmnok.
Chu oqshom yaqin erdi iki sipoh,
Zaruratki, tuttilar oromgoh.
Falak chunki xurshid Xoqonini,
Yoshurdi tuzub g`arb qo`rg`onini.
Hamul xayli Parvin o`zin ko`rguza,
Taloya kibi chiqti gardun uza.
Iki xayl aro hazm izhoridin,
Taloya ravon bo`ldi har soridin.
Yazaklar payopay ravona bo`lub,
Suho o`qlariga nishona bo`lub13.
Skandar xayoli bukim subhgoh,
Taharruk topib xayli anjumsipoh.
Qilib harb ahlining oroyishi,
Yasab ulcha imkon gunjoyishi.
Aduv sori azm aylagay bedarang,
Aningdekki, daryog`a surg`ay nahang.
Chu parxosh etib korzor aylagay,
Qiyomat kunin oshkor aylagay.
Chu fahm ettilar hikmat ahli bu azm,
Kelib shohg`a qildilar man`i razm.
Ki: «Tonglou indin madoro kerak,
Hayal aylamak oshkoro kerak.
Ne ishgaki sayyorau sobitot,
Qilurlar nuhusatda sayru sabot.
Nazarkim nuhusatqa voqe`durur,
Tanosub ila bizg`a roje`durur.
Bu iki kun ar14 shahg`a bo`lsa sukun,
Ishe solg`ay o`rtag`a charxi nigun
Kim, ul ishta bo`lg`ay g`arobat base,
Shah iqboli topqay mahobat base.
Bu so`zda agar bo`lsa dog`i xilof,
Uchunchi kun ar shoh qilsa masof.
Umid ulki a`dog`a solg`ay shikast,
Shukuhini qilg`ay qaro yerg`a past».
Shah ul so`z bila topti taskin base,
Havo tutmadi shu`lai kin base.
Yana sori Xoqoni gardunjanob
Eli ichra topmish edi iztirob.
Xitoyi sipah, balki Chiniy guruh,
Ko`rub xasm xaylida behad shukuh.
Borining arosida oshub edi,
Bori vahm eliga lagadko`b edi.
Nechakim berur erdi Xoqon ko`ngul,
Tuzalmas edi vahm topqon ko`ngul.
Anga yettikim, qilmayin ishga mayl,
So`z izhor eta boshladi xayl-xayl:
«Ki bu nomvari komkori daler,
Yurak ichra qoplon, shukuh ichra sher
Ki, aylab jahongirlikni havas,
Havas qilg`onig`a topib dastras.
Bu kunga degin har qayonkim yurub,
Nekim komidur, ilgiga kelturub.
Qayu mulk soriki eltib hashar,
Ani fath etib, qilmayin sho`ru shar.
Ne shah bo`yni soriki tashlab kamand,
Bo`lub bo`yni oning kamandig`a band.
Masofida ul kunki Doro edi,
Bu bir qatra, ul jarf daryo edi.
Anga razmu tadbir ila topti dast
Ki, iqboli shoxig`a berdi shikast.
Emas bizga Dorocha xaylu guruh,
Anga lek o`n bizcha farru shukuh.
Yana ulki sohibqiron ham erur,
Juvondavlatu pahlavon ham erur.
Munungdek kishi birla ko`shishg`a pech,
Emas ish hisobi bila rost hech.
Aning birla kim ursa lofi masof,
Xirad aytur ul so`zning otin gazof.
Ulug`larni aylab shafoat anga,
Kerak qilsa Xoqon itoat anga.
Yo`q ersa erur ul qaviy, bu zaif,
Anga hech po birla ermas harif.
Kishi qilsa da`vo urush big`idin,
Amon topmog` o`lmas aning tig`idin.
Birovkim – anga aql da`vosi bor,
O`zi qasdin etmak ne ma`nosi borg`
Yo`q o`z jonig`a, xalq jonig`a ham,
Ne jon, irz ila xonumonig`a ham.
Mute` o`lsa aylab qabuli xiroj,
Tutar ul musallam munga taxtu toj.
Nelar qildi Malluyi badro`z anga,
Bukun mu`tamad bo`ldi Fero`z anga.
Bo`lub ajzig`a mu`tarif Royi Hind,
Erur bu zamon kishvaroroyi Hind.
Agar borsa Xoqon dog`i qoshig`a,
Qo`yar mamlakat afsarin boshig`a.
Ayon aylabon xizmat izhorini,
Olur har nekim mulkidur borini.
Bu ishtin nekim o`zga tutsa vujud,
Pushaymonlig`i qilmas ul vaqt sud».
Bo`lub firqa-firqa eli so`-baso`,
Bu so`zni qilur erdilar guftugo`.
Birovkim edi mahrami xos anga,
Muhabbat aro sohibixlos anga.
Tilab xilvate xoli ag`yordin,
Ne ag`yordin, balki dayyordin.
Dedi o`lturub yig`layu zor-zor
Ki: «Elga tushubtur ajab xorxor».
Eshitganni eldin sarosar dedi,
Ko`pu oz yo`qkim, barobar dedi.
Tugatgach so`zin dedi: «Ey shahriyor
Ki, bo`lsun sanga doyimo baxt yor!
Manga ulcha ma`lum bo`ldi, dedim
Ki, bu so`zni ayturda ma`zur edim.
Inonsang bu holatqa bir fikr qil,
Inonmas esang ayla tahqiqu bil».
Dame qildi andesha Xoqoni Chin,
Chu ko`p qildi tahqiq, bildi yaqin
Ki, noqil so`zi sarbasar chin emish,
Ang`a rostliq da`bu oyin emish.
Base bo`ldi o`z holig`a chorajo`y,
Anga bermadi hech bir chora ro`y.
Elin dog`i bildiki, bordur muhiq,
Emas ta`nu tashni`g`a mustahiq
Ki, chiniy ayog` birla xoroi Rum,
Qachonkim urushtursa doroi Rum,
Necha kimsa aql ichradur zerdast,
Bilurkim qayon tushgusidur shikast.
Agar chini ul kinani qilsa fosh,
Bilurkim urar o`z ayog`ig`a tosh.
Bu ishta hujum etti qayg`u anga,
Tong otquncha yo`q erdi uyqu anga.
Sahar vaqti bir roy topti savob,
Olib g`ayb dushizasidin niqob.
Solib aql ko`ngliga andeshae
Ki, topmaydur oni xiradpeshae.
Tilatti ham ul mahrami xosni
Ki, ko`rguzmish erdi bu ixlosni.
Dedi: «Borgah davridin elni sur,
Saroparda dargohidin ham itur.
Eshikni kelib aylagil takyagoh,
Nido qilki: «Ko`rmas bugun elni shoh!»
Bugun asra oqshomg`acha bu eshik,
Mening soridin bo`lma andeshalik.
Kelur kecha gar keldim ersa bu chog`,
Muyassardurur borcha komu farog`.
Agar kelmasam o`z yarog`ingni ko`r,
Ne ollingg`a kelsa ayog`ingni ko`r.
Vale bir kunu bir kecha zinhor
Ki, bu pardada yaxshi bo`l pardador.
Vale mendin ish suratin so`rmag`il,
Bu andesha kayfiyatin so`rmag`il».
Qabul etti Xoqon so`zin mustami`,
Kirib uyga ul roy aro muxtari`.
Solib har ne shohona erdi asos,
Rasulona egniga soldi libos.
Hamul mahramig`a ayttiki: «Bot,
Saroparda yonida keltur bir ot!»
Chu kelturdi markabni tayyor etib,
Saroparda yonig`a chekti yetib.
Chiqib markab ustiga Xoqoni Chin,
Ani qildi bu roz ishiga amin.
XLVIII
Qamarsayyoh sarius-sayri quyosh bila qiron qilg`ondek Xoqon Iskandarga risolat uchun muqorin bo`lg`oni va ul muqoranadin muqobalag`a borg`och qamardek nur va safodin to`lg`oni
Qamarsayyoh sarius-sayri quyosh bila qiron qilg`ondek Xoqon Iskandarga risolat uchun muqorin bo`lg`oni va ul muqoranadin muqobalag`a borg`och qamardek nur va safodin to`lg`oni
Qorong`uda chiqti sipahdin surub,
O`zin qal`a darbandig`a yetkurub.
Berib muhri naqshinki, Xoqon demish:
«Chiqoring menikim, erur kulli ish».
Alar chun nishona topib dilpisand,
Chiqorib ani qal`adin begazand.
Bo`lub tez Xoqoni ofoqgard,
Skandar sipohi sari rahnavard.
Borur erdi ko`nglida yuz ming xayol,
Xavotir qilib ko`nglini poymol.
Chu xurshidi iskandariy ochti chehr1,
Skandardek ofoq uza soldi mehr.
Nujum o`ldi Chin xaylidek befurug`,
Qazo qildi ko`k marg`zorin qo`rug`2.
Skandar sipohig`a farrux rasul –
Etib ostonida qildi nuzul.
Ravon shahg`a arz ettilar bu maqol
Ki: «Kelmish rasuli humoyunjamol.
Boshidin-oyog`ig`acha farru hush,
Bashar surati ichra kelgan surush».
Skandar dedi: «Aylabon ehtirom,
Anga taxtim ollinda aylang maqom
Ki, bu kecha bir tush ko`rubmen g`arib,
Bu gar bo`lsa ta`biri ermas ajib:
«Quyoshcha manga tushta anvor edi,
Yana bir quyosh ham padidor edi.
Kelibon qo`yar erdi ollimda bosh,
Kishi ko`rmamish mundoq iki quyosh».
Yana hikmat ahlining a`lomida,
Falak sayridin yozg`on ahkomida:
«Navodir edi bu iki kunda ko`p
Ki, zohir bo`lur, — dedilar, — munda ko`p».
Navodirki qildi alar e`tibor,
Bu nodir biri bo`lmoq imkoni bor».
Debon shah bu so`zni, dedikim: «Yurung,
Degon kimsani ichkari kelturung!»
Borib chunki kelturdilar ichkari,
Ko`rub rasmu oyini Iskandari.
Yiroqroq suxandoni farxundaroy,
Rasulona oyin keturdi bajoy.
Rasul erdi chun yaxshi avsof ila,
Skandar tilab quchti altof ila.
Etib baxtdin bu bashorat anga,
Shah: «O`ltur!» — deb etti ishorat anga.
Rasul o`lg`och ollida oromjo`y,
Savol etti Iskandari komjo`y.
Ki: «Har ne so`zung bo`lsa og`oz qil,
Ne roz aytsang bizni hamroz qil!»
Taanni bila dedi farrux rasul
Ki: «Ey dargahing ostoni qabul!
Nekim aylading hukm, jon ustiga,
Ravon qilmoq oni ravon ustiga.
Va lekin Xito xoni Xoqoni Chin
Ki, tadbiru royig`a yuz ofarin.
Manga necha so`z debdurur, bas sharif
Ki, ermas eshitmakka har kim harif.
Agar tarqasa har taraf anjuman,
Rasul o`lsau xusravi safshikan.
Surarg`a chu shah lutfu ehsoni bor,
Men ul nukta surmakning imkoni bor.
Yana debdururkim shahi pokroy,
Agar bo`lsa bu nav` xilvatnamoy
Ki, shah bo`lg`ayu homili rozu bas,
Sen izhor qil har nekim multamas.
Yo`q ersa qo`pub yong`ilu turmag`il,
Va gar qilsalar hibs, dam urmag`il.
Gumon etsalar el fidoyi seni,
Fasod ahlining tiyraroyi seni.
Shikol aylasunlar oyog`ingg`a band,
Qo`lungg`a dog`i bog`lasunlar kamand.
Skandar qo`yub ollig`a tig`i tez,
Qil ul lahza tig`i zabon nuktarez.
Agar bo`lsangiz mendin andeshalik,
Qiling band inak oyog`u ilik».
Skandarga oshti bu ishdin shaaf,
Dedi: «Boringiz har kishi bir taraf
Ki, band aylamaklikka yo`q ehtiyoj,
Emas hudhud oyini sung`urg`a koj»3.
Qilib hikmat ahli base iltimos,
Xususan Arastuyi anjumshunos.
Suxanvar oyog`ini band ettilar,
Qo`lin ham asiri kamand ettilar.
Shah ollig`a kelturdilar tig` ham,
Yiroq qo`ydilar borcha bir-bir qadam.
Chu bo`ldi tihi xilvat ag`yordin,
Yana so`rdi po`shida asrordin.
Rasul aytti: «K-ey, shahi pokroy,
Aduvband, yo`q-yo`qki, kishvarkushoy.
Sog`inma meni qosidi rahnavard
Ki, Xoqon sanga bo`ldi dargahnavard.
Bukim bo`lmisham xoki dargahnishin,
Ne ilgimda tig`u ne ko`nglumda kin.
Ayog`imda bandu iligimda band,
O`zumni sanga qilmisham mustamand.
Bu ish boisi necha surat edi
Ki, bu nav` kelmak zarurat edi».
Skandarni hayrat zabun ayladi,
Bu ishdinki charx nigun ayladi.
Dedi: «K-ey, sipahdori Chinu Xito,
Nechuk shohlar bo`yla qilg`ay xato
Ki, bo`lg`ay aduvsig`a mundoq asir
Ki, kimsa anga bo`lmag`ay dastgir.
Tutulg`ay kelib o`z ayog`i bila,
Dog`i nukta surgay farog`i bila.
So`zungning adosida qilma shitob,
Burun bu savolimg`a bergil javob».
Dedi aylabon fikr Xoqoni Chin
Ki: «Ey dahr mulkiga masnadnishin,
Tushub erdi boshimg`a, bas, mushkil ish
Ki, oning iloji edi bu kelish.
Yana bor edi e`timodim sanga
Ki, bu nav` edi e`tiqodim sanga
Ki, borsen xiradmandu ravshan ravon,
Juvonmardu himmatvaru pahlavon.
Zabunkushluk o`lmas shioring sening,
Bu nav` ishdur, albatta, oring sening.
Alarkim sanga qildilar ko`p xilof,
Sipah chektilar zohir aylab masof.
Degan chog`da uzr etmading juz karam
Kim, o`ldi zalil, aylading muhtaram.
Manga topmayin andoq amri vuqu`
Ki, qilg`ay taqozoyi bimu xushu`.
Xususan xisoli hamiding bilib,
Ulug` e`timod ishlaringga qilib.
O`zumni qilib bo`yla zoru zabun,
Tushub taxting ollig`a xoru nigun.
Debon arzi holim tazallum qilib,
Asirona nutqu takallum qilib.
Topa olmadim hech surat bila,
Qoshingdin qo`parni kudurat bila.
Bor erdi qoshimda quyoshdin yoruq
Ki, qilg`ungdurur lutfu diljo`yluq».
Bu so`zkim surub shohi mushkilpisand,
Javobin bag`oyat topib dilpisand.
Dedi ofarin aylab: «Ey komyob,
Bu roying xud erdi bag`oyat savob.
Yana har so`zung bo`lsa izhor qil,
Xafo pardasidin padidor qil
Ki, bu hol ila ko`rsa bo`lmas seni,
Bu surat bila so`rsa bo`lmas seni».
Duo birla Xoqoni daryonazir,
Dedi: «K-ey, jahondori daryozamir!
Bu kelmakdin erdi g`araz bu manga
Ki, bo`lg`ay janobingda yorg`u manga.
So`zum har ne bor, o`lturub ro`-baro`,
Qoshingda degaymen borin mo`-bamo`.
Budur so`zki, chun keldi shahdin rasul
Ki, ham kelgilu, ham xiroj et qabul.
Javobidin ar bo`ldi oshufta shoh,
Kelibmen anga bo`lg`ali uzrxoh.
Gar ortug` dedim so`z – gunahkormen,
Siyosat qilurg`a sazovormen.
Bilib jurmum olingg`a keldim zalil,
Agar tortsang tig` – qonim sabil5.
Va gar afv ila qismim etsang tarab,
Sening xulqu lutfungdin ermas ajab».
Skandar dedi: «K-ey, shahi komyob,
Manga ulcha sen aytib erding javob.
So`zi erdi ma`qulu yorona ham,
Pisand etgudek xeshu begona ham.
Vale men qilib puxta tadbirlik,
Chu boshimda erdi jahongirlik.
Jahon mulkin ochmoqni jazm ayladim,
Bu kishvar sari dog`i azm ayladim.
Aduvsig`a har shahki g`olibdurur,
Bu yanglig` bahonag`a tolibdurur.
Yo`q ersa sanga o`kta so`z yo`q edi,
Ne bo`lsa bizing soridin-o`q edi.
Gar ul so`zda bor ersa dog`i xilof,
Bilib ayladuk emdi xotirni sof»6.
Duo qildi Xoqonu so`z boshladi,
So`zin o`z murodi sari toshladi.
Dedi: «K-ey, mute` ahli olam sanga,
Jahongir bo`lmoq musallam sanga,
Ne kishvarki ochmoqqa urdung qadam,
Aning fathi xud bo`lmadi bealam.
Qilib fathi tadbirida qiylu qol,
Ko`ngulga kirib har zamon yuz xayol.
Bilursen o`zung Mallu chog`li kishi
Ki, nayrangu afsun edi varzishi.
Necha qildi ollingda kinu inod,
Ne tashvish ila bo`ldi fath ul bilod.
Eri bor edi aylamak qatlu kin,
Ato qilding o`g`lig`a toju nigin.
Chu lutfungdin ogoh qilding ani,
Ato mulkida shoh qilding ani.
Buyon aylagach azm davlat bila
Ki, taxt uzra sen fathu nusrat bila.
Menikim aduv aylar erding xayol,
Bu nav` ettim o`zni sanga poymol.
Xayolimg`a yuzlandi bu nav` ish
Ki, mundoq itoat kishi qilmamish.
Senikim Haq etti bu nav` arjumand
Ki, pastingdurur bo`yla mendek baland.
Tilarmenki, bu bo`lsa oson manga
Ki, bilsamki, ne qilg`ung ehson manga!»
Skandar dedi: «Jam` qilg`il ko`ngul,
Iki dahr aro sen ato, men o`g`ul.
Desang, xizmatingda jabin surtayin,
Seni taxti johimg`a o`lturtayin.
Qilib sanga farzanddek poybus,
Deyinkim, tirildi malik Faylaqus.
Sen et masnad uzra kulahdorliq,
Men ollingda aylay sipahdorliq.
Agar xud bu nav` aylamassen qabul,
Ne yanglig`ki, ko`nglunga aylar shumul.
Meni ayla ogahki, ul ish qilay,
Necha aylay olg`oncha ko`shish qilay».
Bo`lub shod Xoqoni davlatqarin,
Duolar bila aylabon ofarin.
Ko`zidan tiya olmayin yoshini,
Qo`yub shukr tufrog`ig`a boshini
Dedi: «K-ey, shahanshohi gardunsarir,
Sariringg`a yo`q avji gardunnazir.
Hamesha jahon pahlavon bo`lg`asen,
Jahon ahlig`a komron bo`lg`asen.
Bo`lub tav` ila bandai farmon sanga,
Meningdek base xonu xoqon sanga.
Bu ne lutfu pokiza tiynat bo`lur,
Bu ne xulqu ehsonu himmat bo`lur.
Bu himmatki bermish sanga beniyoz,
Erur shahlig`ingg`a jahon mulki oz.
Demon loyiqing iki olam edi
Ki, o`n bo`lsa erdi dog`i kam edi.
Bu altofkim sen ayon aylading,
Meni shukrida notavon aylading.
Kaloming ayon aylagan mas`ala,
Eshitmakka yo`qtur manga havsala.
Vale chun deding oshnolig` so`zi,
Aroda o`g`ulluq, atoliq so`zi.
Gumonimda yo`q erdi bu ehtirom
Ki, qilg`ung meni bo`yla oliy maqom.
Yaromas sanga garchi mendek ato,
Vale men bu so`zni demakdur xato.
Guhar zotig`a ne kam o`lgay sharaf,
Bukim bo`lg`ay oning atosi sadaf.
Bu ehsoninga garchi loyiq emon,
Sadaf birla dur holidin yo`q demon.
Va lek o`zga so`zlarki qilding bayon,
Alardin qil ushmuncha chog`liq ayon
Ki, fosh etmagil elga bu rozni,
Bu kelmakdin anjomu og`ozni.
Rasulona aylab manga iltifot,
Bukun asrabon, shom bo`lg`ach uzot.
Elingga degilkim: «Bu kelgan rasul,
Yarashdin,– dedi,– so`zu qildim qabul».
Tong otqach rasule yubor qoshima
Ki, solsun sharaf soyasi boshima.
Meni ayla dargohinga iltimos,
Kelay men tutub hukmu amringni pos.
Ko`rub ayla ta`zim el ko`rgudek,
Muluk oni bir-birga yetkurgudek.
Erur ming yil ulkim kelur yodima
Ki, xonlig`dur obou ajdodima
Ki, bu mulk andinki ihdos erur,
Atodin atobizga meros erur
Ki, Chin mulkida erdilar xon bori,
Qayu xonki, qoonu xoqon bori.
Bularning tutub posi nomusini,
Manga solma bazming zaminbo`sini
Ki, xoqonlig`im shavkati sinmasun,
Shahanshahlig`im savlati sinmasun.
Ulus ichra e`zoz qilg`il meni,
«Ato», deb sarafroz qilg`il meni.
Xirojeki nomangda mastur edi
Ki, Chin doyim ul ishta ma`zur edi.
Bu taklifni sen dog`i qilmag`il,
So`zin demau ko`zga ham ilmag`il.
Xiroj istamakdin g`araz mol esa,
Duru la`ldin tavqu xalxol esa,
Xazoyin manga benihoyatdurur,
Duru la`l behaddu g`oyatdurur.
Manga har qachon bo`lsa sendek o`g`ul,
Qachon maxzan asrarg`a bo`lg`ay ko`ngul.
To`kay ollinga ul qadar molu ganj
Ki, yetsun sipohingg`a yig`mog`da ranj.
Bu yanglig` rioyatlar etgan zamon,
Mening bog`u qasrimg`a bo`l mehmon
Ki, yuzunga men dog`i majlis tuzay,
Mulukona tartiblar ko`rg`uzay.
Necha vaqtkim bo`lsa koming sening,
Bu kishvarda bo`lsun maqoming sening.
Borur vaqting ul kunki ta`yin erur,
Uzotay aningdekki oyin erur.
Bo`lay necha manzil jamolingg`a shod,
Ne yerda buyursang qilay xayrbod.
Qil albatta pinhon vale bu so`zum
Ki, mundoq risolatni qildim o`zum».
Skandar dedi: «Men xud aylay nihon,
Sen ar zohir etsang netay nogahong`»
Dedi: «Mendin o`lmas bu ish elga tarh»,
Ne yang`lig`ki zabt aylamish, qildi sharh.
Skandar qabul etti bori so`zin,
Bu va`da vafosig`a tutti o`zin.
Elin hozir istab, ishorat bila,
Dedi nukta, mundoq iborat bila
Ki: «Bu farruxoyini farxundapay
Ki, qildi biyobon risolatqa tay.
Burun qo`llaridin kamandin oling,
Ayog`laridin dog`i bandin oling.
Base yaxshi so`zlarga homil edi,
Risolat tariqida komil edi.
Mening birla Xoqon aro soldi sulh,
Hamul bahr ila kon aro soldi sulh.
Mulukona to`nlar anga kiydurung,
Berib muncha naqd, ollima kelturung!»
Ne yanglig`ki hukm etti, tutti vujud,
Ijozat berib shohi bofarru jud
Dedi: «Ting`il oqshomg`acha shodmon,
Ravon bo`l jahon tiyra bo`lg`on zamon».
Duo aytibon shohi farzonag`a,
Xirom ayladi mehmonxonag`a.
Bo`lub anda oqshomg`acha komyob
Topib komu ochmay yuzidin niqob
Ki, ul yerdakim doxili Chin edi,
Risolatqa bu nav` oyin edi.
Chu oy qosidi chiqti gardun uza,
Xirom aylayu tog`u homun uza.
Rasuli qamarsayr ham mindi ot,
O`zin manzili sori yetkurdi bot.
Hamul mahramekim edi muntazir,
Visolidin aylab ani muftaxir.
Anga topshurub dashtpaymo samand,
Kirib parda ichra shahi arjumand.
Borib yo`ldag`i ranju farsudalig`,
Topib taxtu joh uzra osudalig`.
Ishe aylab andoqki qilmay kishi,
Kishi xaylidin kelmay andoq ishi.
Sahargahki mehr o`ldi masnadnishin,
Aningdekki taxt uzra Xoqoni Chin.
Skandar qilib taxti uzra maqom,
Buyurdi sipoh ahlig`a bori om.
Ulus hozir o`ldi chu dargohig`a,
Tavajjuh qilib masnadi johig`a.
Taanni bila shohi ofoqgir,
Tilab bir suxandoni farmonpazir,
Dedi: «Aylagil azm Xoqon sari,
Bahor abridek bahri Ummon sari.
Anga ayt mendin durudu salom,
Salomim degach, bo`yla yetkur payom
Ki: «Qil bartaraf kina asbobini,
Uzoringg`a och sulh abvobini.
Agar yaxshibiz, gar yomonbiz bukun,
Sening mulkunga mehmonbiz bukun.
Qo`pub kelki, biz kinadin toqbiz,
Bag`oyat jamolingg`a mushtoqbiz.
Yaqinkim bu so`zni qabul aylagung,
Niyoz ahli sori nuzul aylagung».
Skandar chu maqsudin etti tamom,
Rasul urdi yo`l qat`i qilmoqqa gom.
Chu Xoqon sipohig`a bo`ldi qarin,
Surub nukta, andoqki durri samin.
Rasul erkanin oshkor ayladi,
O`zin orzuxohi bor ayladi.
Chu Xoqong`a arz o`ldi ul mojaro,
Tilatti ani borgohi aro.
Qilib masnad uzra maqom ul dog`i,
Ulusqa berib bori om ul dog`i.
Skandar rasulidin etti savol
Ki: «Kelmakta maqsudung aytg`il maqol».
Suxanvar nechukkim shah aytib edi,
Tamomini Xoqon qoshida dedi.
Eshitti chu Xoqon sarosar hadis,
Farahbaxsh, bal ruhparvar hadis.
Ko`p izhori ayshu nishot aylabon,
Suxanvar bila inbisot aylabon.
Dedi: «Chunki shohi sipehrihtishom,
Surar erdi chun kin yuzidin kalom.
Adovat bila qildi bizga murur,
Sipah tortmoq bizga bo`ldi zarur.
Bu damkim muloyim hikoyat demish,
Yaqin bo`ldikim bizga xohon emish.
Aning birla yo`q bizga parxoshu kin,
Bo`lurbiz ravon sen bor ersang amin».
Rasul ayttikim: «Bizing shah so`zi
Deyilgach, gumon etki, aytur o`zi.
Yo`q ersa bilur muncha ahli xirad
Ki, yo`qtur menga seni istarga had».
Bu so`z birla Xoqon qilib no`shxand,
Ravon azm qilmoqqa mindi samand.
Bo`lub Chin sipohi ajab shodmon
Kim, ul bimdin topti bori amon.
O`ziga ulus, borcha aylandilar,
Aning keynicha bori otlandilar.
Magar baski jo`sh urdi xalqi kasir,
Er ajzosi bo`ldi taxalxulpazir.
Xaloyiqqa hukm etti Chin xusravi,
«Ki o`rnida bo`lsun zaifu qavi.
Vale yuzcha gulro`yi chiniynajod,
Yana ming xidevi xitoinihod.
O`zi birla oldi, dog`i surdi raxsh,
Anga tegrukim xusravi mulkbaxsh.
Skandar soridin dog`i shohlar,
Xiradpeshau donishogohlar.
Alar dog`i shohona tazyin bila,
Bular ham hakimona oyin bila,
Chiqib o`tru Xoqong`a aylab hujum,
Aningdekki, ul chog`da bo`lg`ay rusum.
Ko`rushub payopay, yetib favj-favj,
Tengizdin, aningdekki, har lahza mavj.
Chu shoh ostonig`a bo`ldi yaqin,
Ravon otidin tushti Xoqoni Chin.
Yugurub ilayinda ozodalar,
Ne ozodalar shohu shahzodalar.
Tanob uchig`a chun yovuq qo`ydi gom,
Oq uydin Skandar ham etti xirom.
Iki soridin qo`l ochib iki shoh,
Qiron aylab andoqki xurshidu moh.
Chu bir-birlariga yovushti ikov,
Atou o`g`uldek quchushti ikov.
Falak ko`rmayin oshkoru nihon,
Munungdek qarin o`lmog` iki jahon.
Biri gar azim, ul biri a`zame,
Bu ham olame, ul dog`i olame.
Quchushqoch iki shohi feruzbaxt,
Skandar yonib ayladi azmi taxt.
Tutub bir qo`li birla Xoqon qo`lin,
Anga ko`rguzub taxti shohiy yo`lin.
Chu Xoqon keyin qoldi aylab hijob,
Chiqordi chekib shohi gardunjanob.
Ayog`in sarir uzra chun yetkurub,
Burun oni o`lturtubu o`lturub.
Qilurg`a nekim va`da qilmish vafo,
Muning birla ham qilmayin iktifo,
Muloyim-muloyim so`rub har nafas,
Aningdekki Xoqong`a bir-bir havas.
Shafiqona so`z chun damo-dam solib,
O`g`ulluq – atoliq so`zin ham solib.
Tutub ilgini bu so`z ayturda rust
Kim, ul ahd misoqin aylab durust.
Tugatgach so`zin shohi bisyordon,
Bakovul kelib yoydi dastorxon.
Yoyildi chu shohona xonlar base,
Quyosh qursidek anda nonlar base.
Hamul xon aro guna-guna taom,
Bo`lub lahza-lahza tabiatqa kom.
Chu tortildi xoniki dastur emas,
Taom oncha olamda maqdur emas.
Dedi mizboni falaktumtaroq
Ki: «Otlansa Xoqon ham ermas yiroq
Ki, Chin xalqi bilsa muloqotimiz,
Muhabbat tariqida isbotimiz».
Bu so`zdin bo`lub shod Xoqon base,
Qo`pub bo`ldi shahg`a sanoxon base.
Skandar uzotti ani Chin sori,
O`zi qo`ydi yuz – jomi rangin sori.
Ayoqchi, to`la ayla chini ayoq,
Erur bizga so`zning chini ishtiyoq.
Labolab tut oniki men sipqoray,
Dog`i lahza-lahza o`zumdin boray.
Mug`anniy, kelu chert turkona soz,
Maqomi «Navo», yo`qsa «Turkiy Hijoz»7,
Navoiyning ash`oridin necha bayt,
Mening hasbi holim topib turkiy ayt!
Navoiy, tutub fol – devonni och,
O`qurda duru la`l olamg`a soch.
Mug`anniyg`a ham ayla ta`lim ani
Ki, qilsun surud ichra taqsim ani!
XLIX
Tuzluk ta`rifidakim, dahr bo`stonining sarvsifat ozodavashlarining pisandidaroq shevasidurur va sidq qavl vasfidakim, sipehr shabistonining subhoso toza damlarining barguzidaroq shimasi va royi savobnamoy asarikim, mehri olamorodek juzve harakat bila kulliy yerni yorutur va kalomi salohafzoy favoidikim, oz nukta bila olam ahlig`a ko`p natija yetkurur
Tuzluk ta`rifidakim, dahr bo`stonining sarvsifat ozodavashlarining pisandidaroq shevasidurur va sidq qavl vasfidakim, sipehr shabistonining subhoso toza damlarining barguzidaroq shimasi va royi savobnamoy asarikim, mehri olamorodek juzve harakat bila kulliy yerni yorutur va kalomi salohafzoy favoidikim, oz nukta bila olam ahlig`a ko`p natija yetkurur
Birov dahr aro davlatoyin erur
Ki, har so`zkim ul aytqay, chin erur.
Xudo komin oning ravo aylagay
Ki, har va`da qilsa – vafo aylagay.
Ne nazr etsa qilg`ay vafodin ado
Ki, «Yufuna bin-nazri» debdur Xudo1.
Qabul aylagan nuktani qarz bil,
Ani nassi qoti` bila farz bil
Ki, bo`ynungda ul bir og`ir yukdurur,
Erur tog`cha, garchi bir tukdurur.
Qayu kimsakim, so`zni yolg`on degay,
Inonmaslar ar nassi «Qur`on»2 degay.
Necha bo`lsa yolg`onchi el arjumand,
So`zi anjuman ichradur nopisand.
Bor ermish burun chog`da kozibvashe,
Uyiga tushub shu`lai sarkashe.
Fig`onlar chekar ermish istab madad,
Eshitganga bo`lmay so`zi mu`tamad.
Chu kuymish uyi yumub-ochquncha ko`z3,
Demish anga sohibdile bo`yla so`z
Ki: «Yolg`on angakim farovondurur,
Chini ham el ollinda yolg`ondurur.
Agar qilmadi el himoyat sanga,
O`zungdin keraktur shikoyat sanga».
Eshittimki, bir shahg`a bo`ldi niyoz,
Uye aylamak bir sutun uzra soz.
Kezib toptilar bir yig`och bo`yla tuz,
Va lekin aning moliki bir ajuz.
Berib o`n baho, balki yuz, balki ming,
Rizo bermayin xotiri zolning.
Chu bay`u sharo topmayin intiho,
Berib zol hamsangi oltun baho4.
Yasodilar ul uyni gavharnigor,
Sutunni vale qildilar zarnigor.
Hamonoki keldi tamoshog`a zol,
Yig`ochin o`pub, surdi mundoq maqol
Ki: «Solding, chu Haq tuz yaratti seni,
Ham o`zungni oltun aro, ham meni».
Niholeki ul tuz bo`lur jilvasoz,
Bari elni mundoq qilur beniyoz.
Agar tuzluk o`lsa kishining ishi,
Ne vasf aylay olg`ay ishini kishi.
Xususan shahi komron bo`lg`ay ul,
Jahon uzra xisravnishon bo`lg`ay ul.
Maozalloh, ar qilsa shah egrilik,
Yumog`liq kerak shahlig`idin ilik5.
Birovgaki mulk o`lsa zeri nigin,
Nigin birla ul bo`lsa masnadnishin,
Anga «Rosti rasti»6 etsa nigor
Qachon rost bo`lmay bo`lur rastgor.
Alifkim erur rostliqda alam,
Agarchi alifdur, erur alf ham7.
Xatekim qilur tuzlugi birga ming,
Ne ish aylagay tuzlugi kimsaning?
Kishikim jahonda so`zi rostdur,
Erur dol angakim o`zi rostdur.
Birovkim erur rostliqdin yiroq,
Aningdek kishi bo`lmag`on yaxshiroq.
Yana ulki soyibdurur roy anga.
Aduv kasratidin ne parvoy anga?8
Gum aylar yomon kunda bir yaxshi roy,
Tumon xasmni borcha razmozmoy.
Baso xasmkim ko`proq andozadin
Ki, daf` o`ldi bir solg`on ovozadin.
Razin roy ila yoymasa kimsa dom,
Havoda uchar qushni qilg`aymu rom?
Kishi bilmasa royi soyibfanin,
Qachon do`st qilg`ay edi dushmanin?
Taammul bila kom paydo bo`lur,
Tahammul bila g`o`ra halvo bo`lur9.
Eshittimki, der erdi bir zufunun
Ki, bukim yilong`a qilurlar fusun.
Bo`lur o`zi qaydig`a pechon kamand
Ki, andin kishiga yetishmas gazand.
Magar ul bilur tildin ahli xirad,
Xushomad bayon qildilar beadad.
Payopay chuchuk so`z chu payg`om o`lur,
Aningdek xashin jonvar rom o`lur.
Nechakim xirad ichra bo`lsa kami,
Yilondin yomonroq emas odami.
Chu g`avvos kasb etti royi razin,
Nahang og`zidin oldi durri samin.
Dam urmay chu ul durri g`alton olur,
Tengiz qa`ridin gavhar oson olur.
Bas ulkim takallumg`a og`zin ochar,
Muxotabg`a so`z yo`qki, gavhar sochar.
Ne tong tund dushman anga rom esa,
Chu rom o`ldi hosil nekim kom esa.
Takallum bila kimsa inson erur,
So`zi yo`q bahoyimg`a ne son erur?
Vale so`zda dog`i marotibdurur,
Ham anda hunar, ham maoyibdurur.
Ham uldurki aylar tirikni halok,
Ham andin o`luk tan topar ruhi pok.
Xirad birla chun yaxshi so`z bo`ldi yor,
Kishi royi soyib qilur ixtiyor.
Xiradmand bo`lsa balog`atmaob,
Ne bo`lg`ay ishi g`ayri royi savob?
Birovkim savob o`ldi royi aning,
Berur ulcha royi Xudoyi aning.
L
Ardasher hikoyatikim, qaviy dushman daf`ini qilich bila qilurdin ojiz erdi, royi razin va tig`i zabon bila ul mushkil qaziyag`a saranjom berdi
Ardasher hikoyatikim, qaviy dushman daf`ini qilich bila qilurdin ojiz erdi, royi razin va tig`i zabon bila ul mushkil qaziyag`a saranjom berdi
Muluki tavoyif aro Ardasher
Ki, ham royzan erdiyu ham daler.
Magar Ardavon birla aylab xilof,
Iki soridin bo`ldi azmi masof.
Hamonoki kuchluk edi Ardavon,
Munga yo`q edi oncha tobu tavon.
Yonarg`a rizo bermayin g`ayrati,
Yururga vale za`fdin hayrati.
Taammul qilur erdi roy istabon,
Bir andeshai rahnamoy istabon.
Yarash istayu ozim etti rasul,
Aduv qilmadi ajzin anglab qabul.
Bor erdi sipohi aro bir kishi,
Aduv jonibi noma yozmoq ishi.
Necha bersalar erdi ogohliq,
Shah o`lmas edi andin ikrohliq.
Aduv yetti bir kunchilik yo`lg`a tund,
Bu ham bo`lmadi fikru roy ichra kund.
Xayolig`a roye yetishti ajab,
Ravon davlat arkonin etti talab.
Kivurdi chu borini xilvat aro,
Ravon qildi bunyod bu mojaro
Ki: «Nogah kishi iztiror etmasun,
Aduv shavkatidin firor etmasun
Ki, Haqdin yetishti inoyat manga,
Erur shodlig` benihoyat manga.
Ani sizga dermen, vale zinhor,
Kishi qoshida qilmangiz oshkor».
Bori ahd qilg`och, ravon boshladi,
Tarab birla bu doston boshladi
«Ki, a`do soridin necha pahlavon:
Falonu falonu falonu falon
Ki, bu xayl erur asli ko`shish chog`i,
Nechukkim, bilursiz muni siz dog`i.
Bo`lub Ardavondin bori tiyraroy,
Manga aylab o`zni tazallumnamoy.
Bu so`zga qilib ahdu misoq etib,
Yibormishdururlar manga xat bitib
Ki, tonglaki el bo`lsa vodiynavard,
Tuzulsa iki sori saffi nabard.
Ne yerdaki turg`on esa Ardavon,
Chopib boshig`a bir necha pahlavon.
Anga yetkurub zulm podoshini,
Sanga keltururbiz aning boshini».
Bu so`zni chu taqrir etib Ardasher,
Elidin ketib za`f, bo`ldi daler.
Magar o`rtada erdi payg`omgar,
Bitib holni bo`ldi e`lomgar.
Eshitgach bu so`z xasmi oliy asos,
Zamirig`a yo`l topti behad haros.
Ne topti yurub razm etarga jihat,
Ne xaylini daf` etgali maslahat.
Yarashqa rizo berdi himmat tutub,
Yarashti, dog`i yondi minnat tutub.
Bu kim topti bu nav` royi savob,
Bu nav` o`ldi iqbolidin komyob.