MUNDARIJA
I. Xudoyo, musallam xudoliq sanga
II. Munojot ul karimi xalloq va mukrimi alal-itloqqakim, karamining «kof»i sarkashlik bila yozuq «qof»ini yerga past qilur va «ro»si royi olamoro bila ma`siyat «ayn»in ko`r etar va «mim»i lutfi emim bila xato xattiga afv raqami chekar va o`z jurmi oloyishin demak va bahri g`ufronidin amon istamak
III. Ul Rasuli amin na`tikim, risolat xutbasida muborak alqobi sayyidul-mursalin keldi va ul shafe`ul-muzannibin vasfikim, humoyun sifoti «Va mo arsalnoka illo rahmatan lil-olamin» yozildi, alayhi afzalus-salavot va akmalut – tahiyot-20
IV. Ul humoyi balandparvoz tayronining sur`ati ta`rifidakim, me`roj shabistonida ko`zi nargisi bila ko`ngli g`unchasi «mozog`al-basaru va mo tag`o» jo`yboridin shodobdurur va taqarrub ayvonida muqavvas qoshlari «qoba qavsayni av adno» e`tiboridin bahrayob
V. Bu «Xamsa» takmilidakim, salavoti xamsa adosidek avval fajr sajadotidin «Siymohum fi vujuhihim min asarissujud» zumrasig`a kirildi va zuhr rakaotidin «Varkau maarrokiin» xaylig`a qo`shululdi va asr qiyomidin «Va iqomas-salovot» jamoatig`a yuz qo`yuldi va mag`rib qiroatidin «Iqra` bismi rabbikallazi xalaq» xalqig`a bosh induruldi va emdi isho niyatidin otil tab`ni g`aflat uyqusig`a borg`oli qo`ymayin adosig`a targ`ib qilildi
VI. So`z ta`rifida bir necha so`zkim, ofarinish daryosidin burung`i chiqqon gavhari serobdurur va xilqat sipehridin avvalg`i tulu` etgan axtari purtob va bu munosabat bila hazrati shayxi Nizomiy qaddasa sirrahu maddohlig`ikim, bu axtarning sipehri gardoni ul erdi va bu ta`rif bila Mir Xusrav navvara marqadahu avsofikim, bu gavharning daryoyi bepoyoni ul
VII. So`z durlari nazmida nizomiynizom va takallum gavharlari intizomida xusravkalom Nizomiy bila Xusrav qoyim maqomi, ya`ni hazrati maxdummiy mavlono Nuriddin Abdurahmon Jomiy madda zilluhuloliy alo maforiqi farqat-tolibin janobida arzi niyoz qilmoq va izhori roz aylamak
VIII. Inoyat quyoshi vasfidakim, fayz matla`idin tulu` etsa, tarbiyati xorani yoquti obdor va la`li otashin qilur va hidoyat sahobi ta`rifidakim, jud havosidin irtifo` tutsa, taqviyatidin tufroqtin lolai serob va guli otashin ochilur va o`zining ko`ngli xorasi ul quyosh partavin topqonin demak va jismi tufrog`i ul bulut namin ko`rmagin aytmoq
IX. Aningdekki, anbiyoi mursal anjumani anjumig`a Muhammadi arabiy «ayni» din quyoshliq ayon bo`ldi, salotini oliy xaylida dog`i Shohi g`oziy vujudi bojudidin hamul hol zohir bo`lg`ondin shammae zohir qilmoq xalladallohu mulkahu va sultonahu va a`lo shonahu va avzaha ehsonahu
X. Xilofat taxtining toji zebandasi va saltanat tojining mulk baxshandasi, jahondorlig` kishvarining sohib sariri va jahonkushoyliq sipehrining mehri muniri Sulton Bade`uzzamon bahodir madhida
XI. Bu gavharfishonliqdin chun ulug` maqsud tarix ilmi maxzanig`a vuquf topmog`lig` va bu javohir nishonliqdin kulliy murod salotini moziya holoti makshuf bo`lmog` erdi, ul jihatdin Ajam mulukikim, to`rt tabaqa voqe`dururlar, alar ahvolidin ijmol tariqi bila ixtisor etildi va avvalg`i tabaqakim peshdodiylardurur peshnihod alar ishlari sharhin qilindi
XII. Ikkinchi tabaqakim kayoniylardurur alarning oliy taxtlari va kayoniy tojlarin boshdin-ayoqqacha demak
XIII. Uchunchi tabaqakim, ashkoniylardururkim, alarni muluki tavoyif ham debdururlar, alar holotidin doston surmak
XIV. To`rtunchi tabaqa sosoniylar erdilarkim, jahon mulkida jahonbonliq qildilar va rub`i maskun mamlakatini bildilar
XV. Iskandar dostonining og`ozikim, haq anjomig`a yetkurgay va tarixining iftitohikim, tengri ixtitomi raqamin surgay va aning nasabida ixtilofkim, tarix ahli qilmishlar va ul ixtilofni raf` etib, ahli tahqiq ishining haqiqatin bilmishlar va malak Faylaqusning doril baqog`a ketgani va Iskandarning mulki foniy taxtin maqom etgani
XVI. Himmat humoyining balandparvozlig`i ta`rifidakim, janohaynining soyasi quyoshning anqoyi zarrin janohig`a zulmat qofida nishiman berur va azimjussalig`i vasfidakim, bayzoning siymin bayzasin janohayni ostig`a yashurur va har gadog`a ul soya tushsa, salotin aning gadoyidurur va har shohdin soyasin olsa, gado aning qoshida shoh ko`rinur
XVII. Iskandar bila ul gadolig` ixtiyor etgan podsho, balki filhaqiqat podsholiqqa yetgan gado hikoyatikim, Iskandar ani mazallat chohidin chiqorib, saltanat kohig`a o`lturtmoq istadi va toj tarkin qilib, boshidin tarki toji xayolin chiqormadi
XVIII. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, maqsudg`a qaysi maqom yaqinroq va ul maqom sari ne nav` xirom munosibroq va Arastu yo`qluq maqomig`a yo`l ko`rguzmak va sabukborliq xiromi ohangi tuzmak
XIX. Iskandarning saltanat tojidin sarkashlik qilib, xilofat taxtidin ayoq tortqoni va Rum ahli boshlarin oyog`iga qo`yub, aning maqdamidin taxt poyasin baland qilib, toj qadrin arjumand qilg`onlari va aning adli aynining quyoshi bila zulm shomining xuffoshin ko`r etib, jahonni yorutqoni va zulm ahlining zulmatdek olam yuzidin qiroq tutqoni
XX. Adolat ayni ta`rifidakim salotinning zulumoti zulmi orasida «aynul-hayot» jovidoniydurur va ichganga ziloli zindagoniy yetkurur
XXI. Mahmud hikoyatikim, ajal og`ir uyqusig`a borg`ondin so`ngra Mas`udning tushiga kirdi va adolat aynin paydo qilur uchun anga pandlar berdi va nasihat zilolidin aning yuziga bir suv urdikim, ani g`aflat uyqusidin seskandurdi
XXII. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, adolat natijasi ne nav` ishlar bo`la olg`aykim, ul natija umidiga kishi ul yo`lg`a qadam solg`ay va Arastug`a jahonkushoyliq tili ochilmoq va adl natijasi jahongirlik erkanin sobit qilmoq va odilg`a ul jahon saodati ham topilmoq
XXIII. Iskandar ishlarining tafsilini ijmol bila deyilmak va ul ijmolning mujmalotin tafsil qilmoq va Doroning rasuli anga oltun bayza tilay kelib, po`lod nayzadek itik so`zlar javob topib bormoq va ul sinoi lam`asining barqi aning xirmani sabrig`a o`t solmoq va kunjud bila go`y va chavgon yibormagi va Iskandar ul chavgon bila to`y urub kunjudni qushlar termagi
XXIV. Muxolafat mazammatidakim, «mux» hasad bila «ulfat» durur va «muxl» andisha bila «ofat» ko`runurki, aksin tutsa, musodaqat yuz berur va tarkin tutsa, saodat sarmanzilig`a yetkurur va soyir el muxolafati bobidakim, mujibi xonumon xaroblig`idur va saloting`a voqe` bo`lsa, jahon xaroblig`i
XXV. Iki jahondor muxolafatidin jahon ahli xirmanig`a balo barqi yetgani va iki yor muvofaqatidin ul tutashqon o`tqa rahmat yomg`uri yog`ib, shu`lasin past etgani
XXVI. HIKMAT. Iskandarning Arastudan savoli ul bobdakim, muxolafatki borcha milalda mamnu`durur va nizo`ki borcha mahalda nomasmu` andoq modda topilg`aymukim, anda dilpazir bo`lg`ay va qilmog`i noguzir va Arastu ul tiyralikda yorug`lug` ko`rguzmak va ul muxolif ohangni rostda tuzmak
XXVII. Doroning Iskandar so`zidin oshufta bo`lib, sipoh yig`moqtin olamg`a oshub solib, olam-olam cherik yig`ib Iskandar razmig`a azm qilg`oni va Skandar ham ul daryoyi ofat muqobalasida seli balo va ko`hi maxofat muqotalasig`a barqi razm va vag`o yasab yuzlashgani va ofoqni ul iki shoh zeru zabar qilurda Doroning livoyi davlati o`zga sarsar ofatidin sarnigun bo`lib Iskandarning mahchai alami quyosh livosidin o`tgani
XXVIII. Zobitai rusumi shohiydakim, korxonai ilohiydin namudordurur, aningdekki, ul borgohda xoh maloik xayli, xoh rusul ma`shari, xoh avliyo guruhi, xoh soyiri nos jamoati aloqadri marotibihim har biri o`z yerida murattabdur, bu korgohda ham hamul dastur bila bo`lsa yaxshiroq surat, balki zaruratdurur
XXIX. Sulton Abu Said Ko`ragon navvara marqadahu hikoyatikim, royi uqdakushoyi bila ko`p mamlakat oldi va tig`i umrfarsoyi bila ko`p elga oshub soldi va lekin sipohi rozi emas erkandin ish vaqti borcha qo`zg`oldi va o`zi a`do aro mahlakaga qoldi, balki xasm ul sarafrozning tig`i kin bila bo`ynin choldi
XXX. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, sohib roy taaqqul bila ish bikri yuzidin niqob ochqondin so`ngra nega visolidin kom topmas va aning javobi
XXXI. Iskandarning Doro mamolikiga mulkron bo`lib, kunuz va xazoinidin mehr va sahobdek zarposh va durafshonliq qilib, sipoh va raiyatni ul ehsonlardin obod etib, olam mamoliki shohlarin tilarga elchilar yiborgoni va alar borcha aning amrig`a inqiyod qilib, Kashmir shohi nomuvofiq afsun o`qub, Hind royi bozguna javob berib, Chin xoqoni chin so`zdin qoshig`a chin solg`oni
XXXII. Qish ta`rifidakim, tund yeli ko`ngli hasratliq ushshoq sovuq ohidin nishona ko`rguzur va sovuq zamhariri ichi o`tluq bedillar kofurbor nafasidin fasona aytur va taxta muzekim, marmar toshidin dam urar va chopquni durboshikim, jahonni barham va bu faslda falakvash oq uykim, quyoshdek shu`ladin, balki shu`ladek bodadin ravshan bo`lg`ay va anjuman bir quyoshyuzluk bahori nozparvard gul`uzoridin gulshan
XXXSH. Majnun hikoyatikim, qish kunining uzun qorong`u tuni Layli zulfining mushki isin yel korvonidin istimom qilib, gom urar erdikim, baxt mashshotasi ul sarrishtai murodni ilgiga berdi
XXXIV. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, shito fasli brudat kasratidin va yog`in shiddatidin mujibi parishonliq va boisi besomonliqdurur, xalq anga nevchun rog`ib va tab` anga nega tolibdurur va hakim javobqa og`iz ochmoq va hikmat sabohidin durar sochmoq
XXXV. Iskandarning jahongirlik muddaosi bila azm etib, Xurosong`a yetib, Hiroti sonahallohu anil-ofoti valbaliyotni bino qilib, Movarounnahrni olib, Samarqandi bemonand tarhin solib, Kashmir sori mutavajjih bo`lg`oni va Kashmiriylar sehri daf`ig`a Muso kibi yadi bayzo ko`rguzub, sehroyin qal`alarin mo``jiza birla buzub, Malluning dog`i buzulub, tilism qo`rg`oniga azm etgani va Iskandarning Kashmir shahrig`a ketgani
XXXVI. Hakimi koinotpayvand va xoliqi bemislu monand masnuoti tamoshosi aning vujudi isbotig`a hujjati qoti` va burhoni soti` ekan bobda nukta surmak va ul sanoe`ning badoe`i jahon kezmakta ko`prak muyassar erkonga ham dalil kelturmak va safar tariqin uch nav`da taqsim qilmoq: avzal, soliki rahnavard o`zluk bavodisin qat` etib, maqsad haramig`a muhtaram bo`lmoq; ikkinchi sayyohi jahongard talab manozilida boshdin qadam qilib, murshidi komil irshodi bila takmil topmoq; uchunchi, xisravi Bahrom nabard sipohi anjum adad chekib jahon mulkin olmoq
XXXVII. Iki rafiq hikoyatikim, biri sayrdin quyosh sipehr kishvarida shoh bo`lg`ondek, mulk saltanatig`a yetti va biri sukundin yer olam ahlig`a lagadko`b bo`lg`ondek, xoksorliq hosil etti, bu ham to garddek harakat etmadi, tufroqdin qo`pub oliy maqomg`a yetmadi
XXXVIII. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, chun safar mujibi shiddatdur, hikmat ahlidin anga nega ruxsatdur va javob eshitmak
XXXIX. Iskandarning Kashmir shahrig`a yetgandin so`ngra Malluning tilism qo`rg`onidin Kashmirdin yel bila o`tni o`g`urlag`oni va ul viloyatni bir o`luk jismdekki, nafasi munqati` va g`ariziy harorati muntafiy bo`lmish bo`lg`ay qilg`oni va Aflotunning ul tilismni ochqoni va yashurgon yel bila Malluning hayotin barbod etib, maxfiy o`t sharor va axgarin aning xirmani umrig`a sochqoni va Skandarning Mallu o`rnida Feruzning charog`i davlatin yorutqoni
XL. Sibo subhining sabohati ta`rifidakim, nafas-nafas andin yorug`luq yuzlanur va shabob gulzorining nazohati vasfidakim, lahza-lahza andin ochug`luq dast berur va ul ayyomda quyoshdek sajdadin yuzin yorutmoq targ`ibi va bu faslda binafshadek toatqa qad nigun qilmoq tahrisi
XLI. Ul g`ofil yigit hikoyatikim, voqif pir nasihati qadrin bilmadi, ish vaqtidin o`tgandin so`ngra pushaymonlig`i sud qilmadi
XLII. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savvli ul bobdakim, yigitlikda tab` nevchun ibodatdin mutanaffirdurur va qarilikda dimog` taaqquldin qosir va hakimning pirona roy bila shohi juvonbaxtqa yo`l ko`rguzgani
XLIII. Iskandarning, ko`ngil zulfi jodudin xoli hindug`a mayl etgandek, Kashmirdin Hindustong`a azimat qilg`oni va royi hind jamoati ahli yaqin va guruhi hikmatoyini shafe` qilib, alar podshohdin quli yozug`in tilagondek, darxost qilib, qabul tushgoni va roy Iskandari sohibroyni Hind sori boshlab, beshai Nigorda qishloq ko`rguzgoni va ul beshaning to`rt haddi vasfikim, bayon o`ziga haddi ta`rif bilmas, balki rub`i maskunda andoq yer topilmas
XLIV. Avf fazilatidakim, daryodil juvonmardlar mujrimlar gunohi xasu xoshokin baxshish nasimi bila ko`ngul bahridin adam savohilig`a surarlar va yuzlariga daryo mavjidek chin tushmas va hayrat zulumotidagi ovoralarim karam sham`i rahnamoyilig`i bila ul vodiyi haloktin chiqorurlar va ul tiyraliktin alarg`a hek bushmas
XLIV. Ul tojir hikoyatikim, sudu savdosidin uluq ziyon boshiga ksldi va jigargo`shasi firoqidin jigar pargolalari yuzin munaqqash qildi va belidagi naqdin o`lumlukni xalos qilur uchun berdi va qutulg`on o`lumluk aning jigargo`shasi balki naqdi erdi
XLVI. HIKMAT. Iskandarning savoli Arastudin ul bobdakim, har amalg`akim, bir jazodur, ul amal tuxmig`a bu bir nedin sazodur va javob mahsulin ko`tarmak
XLVII. Iskandarning, quyosh tun zulmi zangboridin chiqib, kun ziyosi nimruzig`a kirgondek, Hind sovodidin chiqib, Chin kishvariga kirgoni va Xoqoni Chin aning quyoshdek garmxo`yluq bila tig`i jahongir tortib kelaturg`onin eshitib, muqobalasida zarradek behisob cherik yig`ib, anga muvofaqatqa elchi yiborib, nomuvofiq javob topqoni va ul jihatdin zarra hisobliq cherigi zarra haylidek qo`zg`olib, o`zi tadbir ishin zarrai nomar`iy qo`ymagoni
XLVIII. Qamarsayyoh sarnus-sayri quyosh bila qiron qilg`ondek Xoqon Iskandarg`a risolat uchun muqorin bo`lg`oni va ul muqoranadin muqobalag`a borg`och qamardek nur va safodin to`lg`oni
XLIX. Tuzluk ta`rifidakim, dahr bo`stonining sarvsifat ozodavashlarining pisandidaroq shevasidurur va sidq qavl vasfidakim, sipehr shabistonining subhoso tozadamlarinin barguzidaroq shimasi va royi savobnamoy asarikim, mehri olamorodek juzviy harakat bila kulliy yerni yorutur va kalomi salohafzoy favoidikim, oz nuqta bila olam ahlig`a ko`p natija yetkurur
L. Ardasher hikoyatikim, qaviy dushman daf`ini qilich bila qilurdin ojiz erdi, royi razin va tig`i zabon ul mushkil qaziyag`a saranjom berdi
LI. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, savob royg`a mujibi isobat ne bo`lg`ay va xatog`a jihati za`f ne va javob eshitmak
L.II. Xoqoniing Iskandar uchun ziyofat asbobin tuzgani va ani Chinga elturga iltimos ko`rguzgoni va ul shohona bazmu oyni vaz`i vasfida xomai nodira nigor durfishonliq qilmoq va ul tuhaf va navodir tazyini ta`rifida tab`i balog`atshior gavharposhliq ko`rguzmak va peshkashlari te`dodida to`quz falak avroqin xomag`a raqamzad qilmoq va bazmi dilkashlari sharhida sekkiz bahisht riyozin aql ko`ziga rad qilmoq
L.Sh. Ziyofat bog`ining sarvdek ozodlari bobidakim, g`unchadek xizmat kamarin chust bog`lab guldek ochuq yuz bila xoni karamlari doim ochuqdurur va qo`nog`lari agar qumri bo`lsun vagar bulbulkim, har biri o`z xo`ri holig`a ko`ra ul xondin navo toparlar va alar ifrot imtilosidin muarrodururlar va mufrit ishtahosidin mubarro
L.IV. Bahromi go`r hikoyatikim, uch olachuq eliga mehmon bo`ldi, ikisi ifrot va tafrit ko`rguzub, muxotab va mat`un bo`ldilar va birisi adolat tariqidin Qorun
L.V. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, ziyofat xonin ne nav` ochmoq yaxshidur va muroot sufrasin ne nav` yoymoq mustahsan ko`runur va dononing ul bobda
nukta surgoni va hikmat moidasidin Skandarga foyda yetkurgoni
L.VI. Iskandarning hukamo ittifoqi bila falak rozi pinhoniysi va olam sirri nihoniysini zohir va paydo va ravshan va huvaydo qilurg`a suturlobi xurshidtob va mir`oti mehrsifot tasnif qilg`oni va bu iki tuhfai mehr misoldin xotir jam` etib yana iki mahvashi mehrjamol visolig`a rag`bat qilg`oni va ul bobda sur yaroqin va surur tumtaroqin muhayyo qilib, sipehri barindek ayvonini Ravshanak nuridin munir tutqoni va Mehrnoz partavidin yorutqoni
L.VII. Yigitlik bahoring xushlug`i va bahor yigitligining dilkashlig`ida gul va bulbuldek barg va navo tuzmak va yuz barg va ming navo bila nag`ma ko`rguzmak va guliston atfoli sahob doyasidin sut o`rnig`a shirai joniy va suv o`rnig`a obi zindagoniy ichgonidin ruh naboti topqonin bayon qilmoq
L.VSH. Bulbul hikoyatikim, aning gulbongidin zog` yolqib, balog`at ahlig`a gachcha hindu harza degondek, ta`n qildi va aning fasih javobidin o`zgacha so`zin bildi
L.IX. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, insonga mayle tabiiy bahor va gullarga bo`lmog`i nedin bo`la olg`ay va aning hikmat bahoridin javob nasimi yetkurgoni
L.X. Iskandarning ul ikki toza vard, yo`q-yo`qki, ikki bahori nozparvard vaslidin kom topqoni va Nozmehrining mehru nozidin betoqat bo`lo`b, gul faslida aning gul jamolidin bahra olg`oni va aning Ravshanak rashkidinkim mahbubluq mevasidurur, sham`dek sarkashlik qilib, charbzabonliq bila o`z shabistonoroylig`in ravshan etgoni va Iskandarning ul xilvat visolidii chiqib, Chin mulkidin Mag`rib diyorig`a azm etgoni va ul diyor g`aroyibidin ajab qolg`oyi
L.XI. Basirat ko`zlarin aynul-yaqin kuhli yorutqonlar bobidakim, qayon boqsalar ofarinish g`aroyibin mushohada qilurlar va mubde`i korsoz va muxtare`i bandanavoz, sun`yg`a ofarin ayturlar va olami xokiy xilqati so`zikim, «Xamirtu tinata odama biyadi arbaina sabohan» dastburdi bila suratpazir bo`ldi. «Va laqad karramno bani odama» parvarishi bila taxti xilofatg`ir
L.XII. Ul bolig`lar hikoyatikim, suv istay muhit girdobig`a azm qildilar, nahangi fano tu`masi bo`lg`on zamon suvdin ayrilg`onlarin bildilar
L.XSH. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, chun onson darki maqsudi asliy haqiqati idrokidin muarrodur, necha soyir hayvonotdin mustasnodurur
L.XIV. Iskandarning mo`r xaylin shikor etgali sipohin tuzotgoni va ul guruhi devsor devonavor yetib, aning sipohi olida saf tuzotgonlari va alardin bir saf, shikan iki saf orasig`a surub, Iskandar sipohining safdarlarin ojiz etgoni va ul g`azolai chiniy sher suratida maydong`a kirib, ajdahoshikorliq qilg`oni va Iskandar g`azoli chiniyni ohuyi haram qilib, aning saydin lutf ila yana sayd etgoni va ul borib o`z saydlari bila majlisqa yetgoni
L.XV. Hajr shomi tiyraligi ta`rifidakim, balo do`zaxining dudi aning janibida tarab bihishtining sunbuli bo`la olg`ay va ul shomda ro`zgori qororg`onlar sharhi holi ixtilolikim, subhi vasldin ko`zlari yorumaydur, xususan, bu varaq yuzin qaro qilg`onning holi va vasl gavhari shabcharog`ining jahontoblig`i va gavhari shabcharog` vaslidek noyoblig`i
L.XVI. Majnun hikoyatikim, firoq tog`i og`irlig`idin o`zni tog`din tashlamoq tiladi va Layli nomasi ilik tutub va qosidi kamarin tutub tashlamoqqa qo`ymadi
L.XVII. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, yolg`uzluq mujibi jam`iyatdurur va jamoat mujibi tafriqa, bas nedin hajr marduddurur va vasl mahbub
L.XVSH. Iskandarning Mag`rib diyori fathidin so`ngra Rumg`a azm etganida Ya`juj zulmidin Qirvon navohisi xalqining tazallum qilg`oni va aning ul balo raxnasini berkitgali sad tarhi solg`oni va muhandisvash me`morlar va handasaoyin sangkorlar shihobkirdor raja bila sad o`rnig`a rang to`kmak va Atoridxayol ustodlar va Zuhalosor haddodlar gaj o`rnig`a ro`yi mahlul va ohak yeriga po`lodi masqul quyub sad uchin falak toqiga yetkurgonlari
L.XIX. Yeldek sayr aro sabukborlig` nafyin qilmoq va tog`dek sukun aro boviqorliq amrin buyurmoq va ashob suhbatinkim bir-bir ishlari borurg`a shitobdurur g`animat bilmak va ahbob muloqotnikim, har biri bir gavhari noyobdurur, mug`tanam tutmoq va adam g`aribistonidin shammae yod etmak va vujud sarmanzilin xushluq bila o`tkarurni vasiyat qilmoq
L.XX. Ul kabutar hikoyatikim, podshohning qasri zarnigori hibsidin qutuldi va o`z buzuq oshyonini nishiman qildi va bumdek anga ul vayrondin farog`at ganji topildi
L.XXI. HIKMAT. Iskandarning Arastudin savoli ul bobdakim, tabiatqa vatanda kom va ma`luf maskanda orom jihati ne bo`lg`ay va aning javobi
L.XXII. Iskandarning quyoshdek jahongirligidin so`ngra daryobor fathi uchun orzu kemasiga kirib, havas yelkanin tortqoni va hukamo ittifoqi bila Rum daryosi sohilida olam mulkining mohir najjorlarin yig`ib, kema tartibig`a amr qilg`oni va uch ming hiloli qavsmonand qurulg`ondin so`ngra mihvaroso tirlar bila alarg`a qattiq yoydin chiqqan o`qdek ravonliq bermaklari va aning ul safinalarda mavj xututidin bihor fathnomasin o`qug`oni
L.XXIII. Iskandarning hukamodin daryobor vaz`in savol etgoni va Suqrotning kurrai arz davrida suvning ne nav` ihota qilg`onin sharh qilg`oni va muhit atrofida yeti axzar daryokim, yeti charxi xazrodek sho`rangez, balki hunrezdurur taqsim etib, o`n iki ming jazoirkim, xolidotdin ayrudur, munqasam qilg`oni va buhayrot sharhidin elga tahayyurot solib va anhor mojarosidin soyilni bahrdek xushklabliqdin serob qilg`oni
L.XXIV. Mashriqda ganj topqon kishi hikoyatikim, mag`rib ganjnomasini o`qub, mehrdek boshtin qadam qilib, mag`ribqa bordi va ul zari mag`ribiy topqoch mehrdek uyoqti
L.XXV. HIKMAT. Iskandarning savoli Suqrotdin ul bobdakim, kurrai arzni tamom suv ihota qilmog`onning hikmati ne bo`lg`ay va aning javobi
L.XXVI. Iskandarning yeti daryo bila o`n iki ming jazoir bilodin fath etgandin so`ngrakim bir qatla muhit davrasin pargorsifat evrulub erdi. Muhit nuktagohig`a azimat qilg`oni va ul sayrda yig`och marokibning yeldin harakati va suv dashtining samoviy hay`ati va kulokdin ul dasht aro ko`p arg`adol namudori va hubobdin ul yo`l aro ko`p sangreza osori va Iskandarning Muhit markaziga yetgoni va charx do`lobi ani aylandurub, Iskandariya azmi etgoni
L.XXVP. Jahon bazmi soqiylari hayosizlig`idakim, umr sog`arig`a ajal zahri quyarda g`ofil bila ogoh aro tafovut ko`rmaslar va umr bog`i so`ilari vafosizlig`idakim, hayot shoxini ajal tig`i bila qat` etarda gado bila shoh aro farq bermaslar va olami xokdin etak silkarga ish`or va bu vartai halokdin ilik tortarg`a irshod
L.XXVSH. Luqmon hikoyatikim, jahon mutaallaqotidin ganjdek bir buzug`ni ixtiyor etti va ming yildin so`ng sipehr ajdahosidin anga ham osiyb yetti
L.XXIX. HIKMAT. Bir soil savoli Luqmondin ul bobdakim, muncha ilmingga bois kim erkin va bizga andin xabar bergin va aning jahl ahlig`a ishorati va askin tutur bashorati
L.XXX. Iskandarning noldek marg pecho-pechida onasig`a azo man`i uchun noma yozmog`i va andin so`ngra hayoti nomasin qazo navardida qilmog`i va xayli aning na`shin Iskadariyag`a naql qilmog`lari va onasig`a ul noma yetib, na`shqa o`tru chiqqoni va o`g`lin tufuliyatda mahd ichra uyqu uchun navozish qilg`ondek na`shi madhi ichra dog`i uyg`onmas uyqusida navozish qilmog`i va ko`ksi chokidek yer ko`ksin dog`i chok etib ani tufroqqa topshurg`oni
L.XXXI. Yeti hakimning Iskandar onasig`a azo tekurgali kelmaklari va har birining duo va sano gulruxlarig`a o`zga iborat debolari libosi kiydurub jilva bergoni va tahsin va ofarin mahvashlarig`a o`zga alfoz gavharlari zevarin toqqoni va ul dog`i yeti falak qoshida dahr zolidek o`zni past tutub, alarg`a ma`zirat oshkor qilg`oni
L.XXXII. Ul ilgi kesilganning hikoyatikim, qo`lig`a tuhmat tig`i dastburd ko`rguzdi va ul hamdardlarig`a yetgach, dastandozlig` bila navha tuzdi
L.XXXSH. HIKMAT. Ul bobdakim, iki hamdard bir-biriga nedin ma`lufdururlar va iki hamjins bir-birining muloqatig`a nevchun mash`uf
L.XXXIV. Ul shahzodai sipehrjanob madhikim, xurshidu oy qiron qilg`onda tuqqan sa`d axtardurur va sarvu gul muqorin bo`lg`onda ochilg`on g`unchai suxanvar va doston ibtidosini sultoni sohibqiron madhida bir necha durfishonliq bila muzayyan qilmoq va guzorish debochasini Skandari davron sanosida bir necha guharrezliq bila murassa` etmak va shahzoda madhin nasoyih bila ixtisor qilmoq va yeti hakim bila Iskandar hikmatlarin anga oshkor aylamak va so`ngra qoyil o`z zodai tab`i iki la`li otashin aning qulog`ig`a loyiq va iki durri samin aning istimoig`a muvofiq nazm silkiga tortmoq va duo javohiri bila xatm qilmoq
L.XXXV. Yuqori mastur bo`lg`on va ilgari mazkur bo`lg`on dastur bila madhdin duog`a ruju` qilmoq va hukamo xaradnomalarig`a shuru` qilmoq
L.XXXVI. Gadoye kamsarmoyai balandpoya hikoyatikim, shohi balandpoyai kamsarmoyag`a nasihatda so`z yuzin irik qildi va bu suxon bila ishiga andom bermak tiladi
L.XXXVII. HIKMAT. Ul bobdakim, mashvaratda deguchiga mulohaza qilmay deyilgonni ko`ngulga jilva bermak kerak va sochilg`on javohirdin munosibin termak kerak
L.XXXVSH. Hokimsuratu darveshsiyrat, balki Darvesh ismi hukumat qism, ya`ni axaviy maobi davlat iyobqa mavonzoso kalom va nasoyihi molakalom demak
L.XXXIX. Bu maodin jazohirin ehtimom bila nazm silkiga tortmoqning taqriri va bu maxozin tilismotini istehkom bila itmomg`a yetkurmakning tahriri va ham javohir piri daryozamir ravshan ko`ngliga yer tutqonning bayoni va ham maxozin shuaroyi she`riy sarir muqaddasa arvohig`a qabul tushganning tibyoni va alardin bu zaifning podshohi islom duosi iltimosi va bu niyozmand iltimosi mujibi bila alarning duosi
SHARH VA IZOHLAR