SHARH VA IZOHLAR
«Saddi Iskandariy» dostonining ilmiy-tanqidiy matni 60-yillar boshida o`zbek matnshunos olimi P. Shamsiev tomonidan tuzilgan edi. Ammo qandaydir sabablarga ko`ra, matn chop etilmagan. Matnda so`z boshi va ilmiy izohlar mavjud emas. Hozirda mazkur mant Uzbekiston Fanlar akademiyasining Hamid Sulaymonov nomidagi Qo`lyozmalar instituti arxivida saqlanadi.Keyingi yillarda navoiyshunoslik fani Alisher Navoiy asarlarining shoir hayotligida va uning vafotidan birmuncha vaqt o`tgach ko`chirilgan qadimiy, nodir nusxalar bilan boyidi. Jumladan, Anglpyaning Bodleyan kutubxonasida saqlanayotgan Badiuzzamon uchun ko`chirilgan miniatyurali «Xamsa» nusxasi Abdujamil nusxasidan «yosh» jihatdan faqat olti oygagina farq qiladi va u Navoiyning bevosita homiyligi ostida ko`chirilgan.
Turkiyaning «To`pqopi» muzeyida saqlanayotgan Istanbul kulliyoti ham Navoiyning nazari tushgan tabarruk nusxalardan. Shuningdek, Parij kulliyoti, Qo`lyozmalar instituti fondida saqlanayotgan XVI asr «Xamsa»si ham shu davrning nodir yozma yodgorligi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi. Ana shu qo`lyozmalarni manbashunoslik va matnshunoslik nuqtai nazaridan atroflicha o`rganib ilmiy istifodaga olib kirish hamda hurmatli domlamiz matnlari tuzilgandan buyon o`tgan chorak asrdan ziyod vaqtni nazarda tutib Qo`lyozmalar instituti ma`muriyati va ilmiy sovetining maslahati bilan filologiya fanlari nomzodi Mavjuda Hamidova dostonning mukammal ilmiy-tanqidiy matnini tuzib chiqdi. Matnga yuqorida zikr etilgan, hozircha dunyo fondlarida eng qadimiy deb hisoblangan XV—XVI asrdagi olti qo`lyozma va P. Shamsiev matnlari — jami yetti qo`lyozma asos bo`lgan.
Dostonning hozirgi chop etilayotgan nusxasi M. Hamidova tomonidan tuzilgan ana shu ilmiy-tanqidiy matn asosidadir. Navoiy (Navoyi) taxallusining yozilishi xususida hali bir to`xtamga kelinmaganligini ko`zda tutib uni ilgarigi nashrlar holida qoldirildi.
Ilmiy kommentariyali izohlarni filologiya fanlari nomzodi Toshpo`lat Ahmedov tuzgan.
Ushbu amalga oshirilgan nashrda dostonning litografik hamda turli vaqtlarda chop etilgan nusxalaridan ham foydalanildi;
a) «Saddi Iskandariy», Uzpoligrafkombinat, Toshkent, 1941;
b) «Xamsa», Qisqartirib nashrga tayyorlovchi S. Ayniy, O`zdavgashr, Toshkent, 1947;
v) «Saddi Iskandariy», Uzbekiston Davlat nashriyoti, Toshkent,1949;
g) «Xamsa», «Fan» nashriyoti, Toshkent, 1960;
d) «Saddi Iskandariy», Badiiy adabiyot nashriyoti, Toshkent,1965;
e) «Saddi Iskandariy». Nasrga aylantiruvchi Inoyat Mahsumov, G`afur G`ulom nomidagi Adabiyot va san`at nashriyoti,Toshkent,1978;
yo) «Saddi Iskandariy» (nasriy bayoni bilan). Toshkent, G`. G`ulom nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasi. 1991.
I
2.Tasavvufga asoslangan bu baytda «vujud», «jud» (birinchi misra) «jud», «vujud» (ikkinchi misra) so`zlari keltirilib, radd-ul-ajz mina-s-sadr san`ati ishlatilgan.
3.G`azzoliyning to`liq nomi Imom Abu Hamid ibn Muhammad bo`lib, u Xurosonning Tus shahrida 450 (1058/59) yilda tug`ilgan. U dastlabki ma`lumotni Tusda oladi, so`ngra Nishopurga boradi. Bir qancha vaqt saljuqiylardan Nizomul-mulk xizmatida bo`ladi va shu vaqtdan boshlab din va tasavvuf falsafasi bilan shug`ullandi. U Nizomul-mulk topshirig`iga ko`ra, Bag`doddagi Nizomiya madrasasida to`rt yil ishlaydi. Keyincha bu vazifani ukasi Ahmadga topshirib. o`zi ilmiy ish bilan chuqur shug`ullanadi. Uning yirik asarlaridan biri «Kimiyoyi saodat»da olimning diniy va falsafiy qarashlari aks ettirilgan. G`azzoliy 1111 yilning 19 dekabrida vafot etgan.
4. «Etti ato» - yetti qat ko`k yoki yetti iqlim, «to`rt ano» to`rt fasl ma`nosida.
5. Bu baytda radd-ul-ajz mina-s-sadr san`ati (birinchi misraning boshi va oxiri, ikkinchi misraning o`rtasida «kishi» hamda «oshiq» so`zlarini ishlatgan holda)dan foydalanilgan.
II
1. O`z fikrini ravshan talqinlar orqali berish maqsadida iltizom (bir yoki bir necha so`zning qaytarilishi) san`atidan foydalanilgan.2. Horun—Muso payg`ambarning akasi bo`lib, u Bag`dodda xalifalik qilgan.
3. Ashk — qadimgi Eronda o`tgan afsonaviy podshohlardan biri.
III
1. Bu joydagi «Kuntun-nabiy»—«men payg`ambarman» deb boshlanadigan hadisga ishora.2. Muso—yahudiy payg`ambarining nomi. «Tavrot»—yahudiylarning diniy kitobi Muso payg`ambarga nozil bo`lgan deb hisoblanadi.
3. Dovud — afsonaviy payg`ambarlardan biri bo`lib, «Zabur» kitobi unga nisbat beriladi.
4. Iso — xristian dinining asoschisi, mifologik payg`ambar.
5. «Injil»—xristian dinidagilarning muqaddas kitobi.
6. Makka— Saudiya Arabistoni g`arbida joylashgan shahar, musulmonlar haj qiladigan joy.
7. Yadulloh — xudo qudratiga ishora.
8. Chin — Xitoy.
9. Arsh — osmonning eng yuqorisi, xudo manzili.
10. Jabrail—mifik obraz. Xudo bilan payg`ambar o`rtasida vositachi bo`lgan farishta.
11.Misradagi «me`roj nomi» iborasi Muhammad payg`ambar,-ning ko`kka, ya`ni xudo oldiga chiqqaniga ishora.
IV
1. Buroq — diniy rivoyatlarga ko`ra, Muhammad payg`ambar «me`roj» kechasi ko`kka minib chiqqan afsonaviy ot.2. Baytul-haram— Makka shahridagi Ka`ba deb atalgan mashhur ziyoratgoh.
3. Atorid— Merkuriy sayyorasi (mifologiyada bu yulduz adiblarning homiysi hisoblanadi).
4. Zuhra— Cho`lpon yulduzi — Venera (osmon sozandasi ma`nosida).
5. Rud — torli musiqa asbobi.
6. Bu baytda husni ta`lil (biror narsa yoki hodisaga g`ayri voqeiy, lekin shoirona sabab keltirish) san`ati ishlatilgan.
7. Bahrom—Mirrix (Mars) sayyorasi.
8. Mushtariy—Yupiter planetasi, munajjimlar bu sayyorani «Sa`di akbar» yoki «Falak qozisi» deb ataydilar, joyi oltinchi falakda, deyiladi.
9. Zuhal — Saturn sayyorasi.
10. Bu misraning ma`nosi: «Barhayot pok loyman (Xudo ma`nosida).
11. «G`oyatda kuchli» ma`nosida.
12. Ikkinchi misrada qo`shtirnoqqa olingan iboralar Muhammad payg`ambar madh qilingan oyatlardan olingan so`zlar.
V
1. «Ikingizdan madad»—Sharqda mashhur xamsanavislar Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar ko`zda tutiladi. Il`yos Yusuf o`g`li Nizomiy Ganjaviy 1141 yilda Ganj shahrida tug`ilgan. 1203 yilda vafot etgan, shoirning qabri ham shu yerdadir. Ulug` ozarbayjon shoiri Nizomiy lirika va birinchi navbatda dostonnavislikda ulug` san`atkordir. Nizomiy Sharq adabiyotida to`ng`ich xamsanavis sifatida shuhrat topgan. Shoirning «Xamsa»si «Maxzanul-asror» («Sirlar xazinasi»), «Xusrav va Shirin», «Layli va Majnun», «Haft paykar» («Etti go`zal») va «Iskandarnoma» kabi dostonlarni o`z ichiga oladi. Nizomiy «Xamsa»si, o`z navbatida, «Panj ganj» nomi bilan ham ma`lumdir. Alisher Navoiy Nizomiyning bu asarini ko`pincha «Panj ganj» deb tilga oladi. Xusrav Dehlaviy — atoqli fors-tojik shoiri. Hayoti Hindistonda kechgan. Yaminiddin Abul Hasan Xusrav Dehlaviy 1253 yilda tug`ilgan, 1325 yil 27 sentyabrda Dehlida vafot etgan.Xusrav Dehlaviy fors, urdu va arab tillarida asarlar bitgan. Nizomiy «Panj ganj»i an`anasi asosida «Xamsa» yaratgan shoirdir. Xusrav Dehlaviyning otasi Sayfiddin Muhammad Kesh (Shahrisabz)lik bo`lib, mo`g`ullar istilosi vaqtida Hindistonga ko`chib ketgan edi. Dehli sultonlaridan Shamsiddin Eltutmish (1211— 1236) unga amirlik unvonini bergan. Sayfiddin Muhammad mo`g`ullarga qarshi Hindistondagi janglarning birida halok bo`lgach (1261), yosh Xusravni bobosi Imodul-mulk tarbiyalaydi. U 8 yoshida shayx Nizomiddin Avliyoga murid tushadi. Xusrav Dehlaviy keyinchalik shayx— ustoziga bag`ishlab «Afzal ul-favoid» («Foydali so`zlarning afzalligi) va «Rohat ul-muhibbin» («Do`stlikning rohati») kabi asarlarini yozgan.
Amir Xusrav Dehlaviyning «Tuhfat us-sig`ar» («Yoshlik tuh-fasi», 1272), «Vasat ul-hayot» («Hayot o`rtasida», 1284), «G`urrat ul-kamol» («Kamolotning boshlanishi», 1293), «Boqiyat un-nohiya» («Saralarning sarasi», 1316), «Nihoyat ul-kamol» («Kamolot cho`qqisi, 1323) kabi devonlari bor.
U «Qiron us-sa`dayn» («Saodatli sayyoraning qo`shilishi», 1289), «Miftoh ul-futuh» («G`alabalar kalidi», 1291), «Matla` ul-anvor» (1299), «Shirin va Xusrav» (1298), «Majnunu Laylo» (1298), «Oyinai Iskandariy» (1299), «Hasht behisht» («Sakkiz jannat», 1301) kabi epik asarlarning muallifidir. Uning «Xamsa»si yuqorida nomlari tilga olingan keyingi besh dostondan iboratdir.
Xusrav Dehlaviy «Xazoyin ul-futuh» («G`alabalar xazina»si, 1311), «Duvalroniy va Xizirxon» (1316), «Nuh sipehr» («To`qqiz qavat osmon». 1318), «Tug`luqnoma» va «Tarixi Dehli» kabi tarixiy besh risoladan iborat «E`jozi Xusrav» («Xusrav mu`jizalari», 1319) nomli ilmiy asarlarning ham muallifidir. Badiuzzamon Xurosoniyning yozishicha: «Shoirlardan hech biri o`zidan keyin Amir Xusravchalik ko`p she`r qoldirmagan» (O`zSE, 12 tom. T. 1979. 406— 407-betlar).
2. Xizr—afsonaga ko`ra, «obi hayvon» (tiriklik suvi)ni izlab topgan va undan ichib, abadiy tirik bo`lgan payg`ambar. Navoiy Nizomiy va Xusrav Dehlaviylarning o`ziga Xizrdek rahnamo bo`lishdarini istaydi.
3. Yoshlikdan Nizomiy va Xusrav Dehlavny asarlarini sevib o`qigan Navoiyda ulardan olingan taassurot katta-katta asarlar yaratish fikrini o`ng`otganligi bu baytda e`tirof etilgan.
4. To`rt oromgoh —«Xamsa»ning dastlabki to`rt («Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor») dostonlaridir.
5. Bir, ikki, uch kishi — Nizomiy, Xusrav va Ashraf.
6. Qorun — afsonaviy obraz. Katta boylikka ega bo`lgan.
7. Skandar — Iskandarning, vazn talabiga ko`ra, qisqartirilgan shakli.
VI
1. Alisher Navoiy adabiyotning asosiy materiali bo`lgan so`zga katta e`tibor bergan. NAVOIY «so`z»ni o`z asarlarida ko`p na`noda ishlatadi. U «so`z» termin ostida insoniyatning hamma ma`navii boyligini — alohida ijtimoiy kategoriya bo`lgan tilni ham, ideologiya formalaridan hisoblangan falsafa va badiiy adabiyotni ham tushuna beradi hamda ularni ko`p vaqt bir-biridan farq qilmaydi» (A. H a y i t m ye t o v, Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari, O`zSSR Fanlar akadempyasi nashriyoti, Toshkent, 1959, 78-bet). Navoiy «Xamsa»sining deyarli hamma dosgonlarida («Farhod va Shirin» bundan mustasno) «So`z ta`rifida...» atamasi bilan maxsus bob («Hayratul-abror»da XIV, «Layli va Majnun»da V, «Sab`ai sayyor»da V, «Saddi Iskandariy»da VI) yaratgan. «Xamsa»dagi dostonlarning Nizomiy Ganjaviy, Xusrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiyga bag`ishlangan boblarida ham so`zning qudrati, ta`siri va mohiyati haqida keng to`xtaydi.Navoiy «badiiy so`zning jamiyatdagi kishi ongi va psixologiyasiga ijobiy va salbiy taüsir kuchi» (A. Hayitmetov. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari, 79 bet)ni yaxshi bilgani holda, har bir shaxsga, ohang va mazmuniga ko`ra ham turlicha ta`sir etishi mumkinligini ko`zda tutnb. «Hayratul-abror»da:
Ham so`z ila elga o`lumdin najat,
Ham so`z ila tonib o`lik tan hayot («Xamsa», 1960, 104-bet) desa, «Saddi Iskandariy»da:
Ulukka gar andin erur joyi pok
Va lekin tirikni ham aylar halok («Xamsa», 1960, 632-bet) deydi.
2. Bahri Ummon — Ummon dengizi.
3. Dami Isaviy — an`anaviy afsonalarga ko`ra, Iso payg`ambar o`z nafasi bilan o`liklarni tiriltirish qudratiga ega bo`lgan. Bu yerda o`shanga ishora qilinadi.
4. «Ehtimol, uning hamrohi Jabroil (Ruhul-quds) bo`lgandir yoxud bu kelgan Iso (Ruhullah) payg`ambarning nafasidurkim, o`luklarni tiriltadi».
5. Takrir san`ati ishlatilgan bu baytda har uchala «qutub»— kitob so`zining ko`pligini bildiradi.
6. Nodiri fard — Nizomiy Ganjaviyga nisbatan ishlatilgan.
7. Bssh ganj — Nnzomiyning «Panj ganj» deb atalgan «Xamsa»siga ishora.
8. Aning — Nizomiy Ganjaviy, muning — Xusrav Dexlaviy.
9. Ashraf — XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrning birikchi yarmida yashab ijod etgan hamda «Xamsa» yaratgan shoirlardan bo`lib, uning to`liq ismi—Ashraf ibn Shayxulimom Abu al-Husayn ibn al-Hasan al-Marog`iy at-Tabriziydir. Alisher Navoiy «Majolisun-nafois» asarida Ashraf haqida ma`lumot berib deydi: «Mavlono Ashraf—darveshvash va nomurodsheva kishi erdi. Va kiyiz burk ustina qurchuq chirmar erdi. Va el bila dog`i omizishi oz erdi. Ko`prak avqot «Xamsa» tatabbu`ig`a sarf qilur erdi, to ul kitobni tugatur tovfiqi topti, voqean, o`z xurdi holig`a ko`ra yamon bormaydur. Afv fozilotida «Xamsa»sidin bu bayt yaxshi voqe` bo`lubturkim:
Va nazdi kase k-o` ba donish meh asg,
Zi muchrimkushi churm baxshi beh ast...
Zi muchrimkushi churm baxshi beh ast...
(Mazmuni: Bilimda ilg`or bo`lgan kishi qoshida gunohkorni o`ldirishdan—gunohini kechish yaxshidur») (Alisher N a v o i y. Asarlar, 12-tom, T., 1966, 14-bet).
VII
1. Nuriddin Abdurahmon Jomiy—1414 yilning 7 noyabrida Xurosonning Jom shahrida shayxulislom — Nizomiddin Ahmad oilasida tug`ilgan. U maktab tahsilidan keyin, Hirotdagi Dilkash madrasasida, Mavlono Junayd qo`lida, keyinroq Shahobiddin Muhammad Jojarmiy va Aloiddin Ali Samarqandiylardan ta`lim olgan.Abdurahmon Jomiy Samarqandga kelib Qozizoda Rumiy darslariga qatnashgan. U filologiya, falsafa, matematika, astronomiya, huquq kabi fanlar bilan chuqur shug`ullangan. Din va tasavvufni sinchkovlik bilan o`rgangan. Jomiy Bahovaddin Naqshbandiy ta`limoti ta`sirida bo`lgan Shayx Sa`diddin Qoshg`ariydan tasavvuf bo`nicha taülim oladi.
Abdurahmon Jomiy 1492 yil 8 noyabrda Hirotda vafot etgan. Abdurahmon Jomiyning «Fotihat ush-shabob» («Yigitlik ibtidosi». 1479), «Vasat ul-iqd» («O`rtacha marvarid shodasi», 1489), «Hotimat ul-hayot» («Hayotning xotimasi», 1491) kabi devonlari ma`lum. Adib «Silsilat uz-zahab» («Oltin zanjir», 1472), «Salomon va Absol», 1480—81 «Tuhfat ul-ahror» («Hur kishilarning tuhfasi», 1481—82). «Sabhat ul-abror» («Yaxshi kishilarning tasbihi», 1482— 83), «Yusuf na Zulayho», 1483, «Layli va Majnun», 1483, «Xiradnomai Iskandari» 1485 kabi dostonlarning muallifidir. Shoir mazkur yetti dostonni birlashtirib «Haft avrang» («Etti qaroqchi yulduz») nomini bergan. Shuning uchun ham uning bu dostonlar majmuasi ko`proq «Haft avrang» nomi bilan mashhur bo`lgan.
Jomiyning «Bahoriston» asari ham maülum. Shoir adabiyotshunoslik sohasida «Risolai aruz», «Risolai qofiya», «Risolai muammo» kabi asarlar yaratgan. Adib tasavvuf va falsafaga oid «Naqshi-fusus» («Javohirlar naqshi»), «Naqd un-nusus» («Nusues tanqidi»), «Ashiüat ul-la`mat» («Shu`lalar ziyosi»), «Nafohat ul-uns» («Do`stlarning nafasi») kabi asarlarining ham muallifidir.
2. Birinchi misra oxiridagi «tuhfa» so`zi Abdurahmon Jomiy «Xamsa»sining birinchi dostoni—«Tuhfat ul-ahror»ga ishora. Ikkinchi misradagi «tuhfa»—sovg`a ma`nosida ishlatiladi.
3. «Subha»— Jomiy «Xamsa»sidagi dostonning qisqartirilgan nomi.
4. Jomiyning «Yusuf va Zulayho» dostoniga ishora.
5. «Layli va Majnun»—Jomiy asari.
VIII
1. Radd-ul-ajz-s-sadr san`ati ishlatilgan bu baytning mazmuni: «Vujud sajdadan bunday foydalar ko`rsa, sajda qilmaganlarni bevujud desa bo`ladi».2. Ikki baytning mazmuni: «Avval g`azal aytishga qasd qilib, jahon ichiga ulug` qiyomat soldim. Sog` odamlar buni o`qigan vaqtlarida, olamda qiyomat kunini ko`rganday bo`ladilar».
3. Bunday kichik ishga hech qanoatlana olmadim, ko`nglimda doimo ulug` muddao — orzu, maqsad (epik asarlar yozish) bor edi.
4. Ul — Xudo.
5. Bu bayt Toshkentda 1949 yilda nashr etilgan shoir «Tanlangan asarlarining V kitobida (27-bet) quyidagicha" berilgan:
Chu hotif menga bu nido ayladi,
Sen etgan adoni ado ayladi.
Sen etgan adoni ado ayladi.
6. Navoiy baytning birinchi misrasida «etib to`rti itmomg`a» deganda yaratayotgan «Xamsa»sining to`rt dostoni («Hayratul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor»)ni ko`zda tutgan bo`lsa, ikkinchi misrada «biri yetmamish erdi» deganda hali yozib tugallanmagan (Saddi Iskandariy»—T. A.) dostonini ko`zda tutmoqda.
7. Nazm elining shahi — Abdurahmon Jomiy ko`zda tutilmoqda.
8. Baytdagi alar—Nizomiy va Xusrav Dehlaviy bo`lib; bu bir — Jomiy demakdir.
9. Bu so`zni «xush» shaklida yozsalar ham, «xash» o`qib, «kash» bilan qofiyadosh qilish odat bo`lgan.
IX
1. Shohi G`oziy—Navoiy o`z asarlarida Husayn Boyqaroni ko`pincha shu unvon bilan yuritadi.2. Ul iki uy — Jannat bilan Do`zax.
3. Sulgon Husayn — Sulton Husayn Boyqaro 1418 yili tug`ilgan, 1469 yili Hirotda taxtga o`tirib, 37 yil hukmronlik qilgan. U Husayniy taxallusi bilan g`azallar yozgan. Alisher Navoiy «Ma-jolisun-nafoys»ning unga maxsus bag`ishlangan 8-majlisida Husayniy g`azallariga yuqori baho beradi. Sulton Husayn Boyqaro Alisher Navoiydan 5 yil keyin, 1506 yili Hirotda vafot etgan.
4. Mazmuni: «Uning otiga taqdir — tangri ehsoni doim bo`lsin va tangri uning shohligini doimiy qilsin deb yozgan».
5. Dashti Qifchoq — Sirdaryoning quyi oqimi va Balxash ko`lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo`lgan hududning XI— XVI asrlardagi nomi. Dashti Qipchoq atamasini dastlab Nosir Xusrav (1003—1088) qo`llagan, shundan boshlab arab va fors tillaridagi asarlarda uchraydi. V. V. Bartolüdning aniqlashicha, Dashti Qipchoq aholisi (Sharq manbalarida — qipchoqlar, rus solnomalarida — poloveölar, Vizantiya tarix kitoblarida qo`monlar ko`chmanchi va yarim ko`chmanchi bo`lib, chorvachilik va ovchilik, daryo, ko`l yoqalarida yashagan aholi dehqonchilik, shaharlar (Saroy Botu, Saroy Berke, Urdu Bozor, Sig`noq, Arquq)dagi aholi esa hunarmandchilik va savdo-sotiq bilan shug`ullangan.
6. Bu va keyingi baytlarda kelgan «aning», «gar ul»— Iskandarni bildirsa, «muning»—Husayn Boyqaroni anglatadi.
7. Birinchi «rost»—o`ng ma`nosida, ikkinchisi esa, musiqa kunlaridan birining nomi.
X
1. Sulton Badiuzzamon— Sulton Husayn Boyqaroning katta o`g`li, Seyiston va Balx viloyatlarining hokimi (1496—1505). U 1314 yilda Istambulda vafot etgap.2. Bu baytda tavzi` (bir xil tovushga ega so`zlar, ayni paytda, «q» tovushi) hamda tasdir (bir so`zni ikki-uch yerda berish) san`atlari ishlatilgan.
XI
1. Odam Ato—iudizm, xristian va islom afsonalari (masalan, «Bibliya»)da birinchn odam, inson zotining otasi. Qadimiy ahdda yozilishicha, xudo Odam Atoni loydan yaratib, unga jon ato qilgan. Diniy adabiyotlarda Odam Ato nomi bilan bog`liq ko`plab afsona va rivoyatlar uchraydi.2. Muhammad — Muhammad ibn Abdulloh (570—571, Makka — 632.8.6, Madina)—islomda ollohining elchisi, payg`ambar deb e`tirof etilgan tarixiy shaxs. U Quraysh qabilasining hoshimiylar xonadonida tug`ilgan. Yetimlikda o`sgan. Avval cho`ponlik bilan mashhur bo`lib, keyin savdogarlarga xizmat qilgan. U badavlat Xadichaga uylangach, mustaqil savdogarchilik bilan shug`ullanish imkoniyatiga ega bo`ladi. 610—622 yillar Makkada o`zini payg`ambar deb e`lon qiladi. U avvalgi ma`jusiylikni tanqid qilib, unga yagona xudo to`g`risidagi ta`limotni qarshi qo`yadi. Lekii uning targ`iboti Makka hukmronlarininig qarshiligiga uchraydi va Muhammad o`z tarafdorlari bilan Yasrub (Madina)ga ko`chishga majbur bo`ladi, bu ko`chish hijra deyiladi (bu 622 yil 22 sentyabrga to`g`ri keladi). Muhammad Madinaga kelib musulmonlar jamoasiga asos soladi.
3. Mazmuni: «Tangri uni payg`ambarlarning boshlig`i qildi va payg`ambarlik masnadiga o`tqazdi».
4. «Nizomut-tavorix» «(Tarixlarning nizomnomasi»)—XIII asrda o`tgan Nosiriddin Abu Sa`id ibn Abdulloh Bayzaviy asari. Bu asar qadimiy Eronning umumiy tarixi bo`lib, unda Odam Atodan to eramizning 1265 yiligacha bo`lgan davr qamrab olinadi.
5. Peshdod, Kayoniy, Ashkoniy, Sosoniy — Eronning afsonaviy va tarixiy sulolalarn nomlari. Navoiy bu to`rtala sulolaning hukmronlik yillari 4336 yilu olti oy davom etganligini xabar qiladi.
6. Kayumars — qadimgi Eronning afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da shunday deb yozadi:
«...Tarix ulamosi ittifoqi bila birovkim saltanat qildi, Kayumars erdi... Har taqdir bila podshohlik qoidasi andin burun yo`q erdi. Bu qoidani ul tuzdi. Dog`i avval kishikim, shahar bino qildi, ul erdi... Ming yashadi va lekin umrining oxirida qirq yil saltanat qildi. Dog`i Siyomak o`g`li Xushangnikim, nabirasi erdi, valiahd qildi...».
7. Xushang — Ajam podshohlarining to`ng`ich sulolasi — peshdo-diylarga mansub. Alisher Navoiy «Tarixn muluki Ajam»da yozadi: «Xushang xiradmand va odil va olim podshoh erdi va «Jovidi xirad» otlig` kitobni hikmat ilmida ul tasnif qildikim, Ma`mun xalifa vaziri Hasan Sahl andin biror nima topib, arab tiliga tarjima qilibtur... Va temurni toshdan ul chiqardi... Yerga farsh ul soldi va tulku va os tiyin terisin ul qiyarga qabul qildi... Doim tog`larda ibodat qilur erdi. Tavorixda mundoq masbatdurkim, devlar ani sajdada topib, tosh bila boshin yanchib o`ltur-dilar».
8. Tahmuras — Peshdodiy shohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Tahmuras otasi Xushangning chin valiahdi erdi, aning o`rnida saltanat taxtida o`lturdi va xaloyiq rioyatag`a va mamolik himoyatig`a jidd bila mashg`ul bo`ldi. Va aning zamonida azim qahat voqe` bo`ldi... Va ro`za tutmoq andin sunnat qoldi. Va ul bino qilg`on shaharlar Marvda Kuhandiz va Xurosonda Nishopur va Isfahonda Mahriz va Soriyya... Va aning zamonida qattiq vabo bo`ldi. Har kimning bir sevar kishisi bor ersa erdi, aning suratin yasab, aning bila xursand bo`lur erdi, to butparast-liqqa bunjar bo`ldi. Va Tahmuras o`ttuz yil mulk surdi».
9. Nashopur, Marv, Sipohon — qadimgi shaharlar.
10. Jamshid — Eronning qadimgi afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Ba`zi ani Tahmurasning qardoshi debturlar va ba`zi qardoshining o`g`li. Chin saltanatqa o`lturdi, jahon mulkin adl va dod bila tuzdi... G`arib ixtirolar qildi. Va ul jumladin sipohiylik aslahasi... Sinon va harba va pichoq... ul yasadi. Va hammom bino qildi va g`avvoslig` hayol qildi... Va saltanatining zamoni yetti yuz yilg`acha bo`ldi... Zahhok (uni) tutib, arra bila ikki bo`lub, jismin pora-pora qildi».
11. Zahhok — Eronning afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Zahhok binni Mardos chun Jamshid qatlidan so`ng Pors taxtin oldi, zulmu sitam og`oz qildi. Faridun ani jazosig`a yetkurdi. Zahhok saltanati ming yil erdi». Zahhok — Firdavsiy «Shohnoma»sida ham tasvirlangan.
12. Faridun—afsonaviy peshdodiy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Faridun yaxshi axloqliq olim va odil podshoh erdi. Aning uch o`g`li bor erdi: ...Salim, Tur, Eraj. Mamolikni uchovga qismat qildi. Faridunning podshohligi besh yuz yil erdi...».
13. Manuchehr— Eronning afsonaviy peshdodiy podshohlaridan. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Manuchehr Erajning qizining o`g`li erdi... Va ul odil podshoh erdi. Firot orig`in ul qozdi va Iroqqa suv eltti... Va ko`prak dehqonlig` ziynatu zebin ul arog`a keturdi... Manuchehr yuz yigirma yil podshohlig` qildi».
14. Nuvdar—qadimiy Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da u haqda: «Nuvdar Manuchehrning o`g`lidir. Otasidan so`ngra mulk anga yetti. Ammo ul ayyosh va beparvo kishi erdi. Manuchehr qo`yg`on qoida pa rusmni tuza olmadi va mulk va sipohig`a xalal yo`l topib, Afrosiyob-cherik tortib kelib, ani tutub o`lturdi. Va o`n nkki yil Eron mulkida turub, buzugluq qildi. Va ul nav`kim. oz yerda obodlig` qoldi. Ba`zi taporixda Nuvdarni Sehri Narimon debturlar. Va podshohlig`i ba`zi olti yil va ba`zi ikki yil debturlar», deb yozadi.
15. Afrosiyob — qadimgi Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub shoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning haqida kuyidagilarni yozadi: «Ani debturlarkim, Pushang binni Tur binni Faridun o`g`lidir va ba`zi aning nisbatin Kayumarsg`a yetkurubturlar. Ammo burungi (binni Faridun — T. L.) durustroqdur. Chun Nuvdarni o`lturdi, eron mulkini andoq buzdiki, oz yerda ma`murluq qoldi, yig`ochlarni kesti va imoratni yiqti va korizlar bila bulog`larni ko`mdi. Va ul fursatda Somi Narimon o`tub, o`g`li zol Rustam otasi aning ta`ziyatig`a mashg`ul erdi, Zol ul kuchi bila sipoh orosta qilib, ani Eron mulkidin chiqrdi. Ba`zi debturlarkim, Zob binni Tahmosbkim, Manuchehr nabiralaridandur, xuruj qilib, ul aning bila urushur yarog`in topmay, yuz urub o`z mulkiga azimat qildi. Afrosiyob podshohlig`i o`n ikki yil erdi».
16. Zob Tahmosb — qadnmny Eronning peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asarida uning haqida to`xtalib, quyidagilarni yozgan: «Zob binni Tahmosb Feruz ham debturlar. Nasabi yuqori o`tti. Odil podshoh erdi. Ko`p vaqt Erondi Afrosiyob buzgon yerlarni isloh qildikim, yuz obodon-liqqa ko`ydi, Derlarkim, yetti yil raiyyatdin xiroj olmadi. Va ba`zi xazoyinkim. Manuchehr va Nuvdardni qolib erdikim, Afrosiyob qiloi hasonatidin iliklay olmadi. Ul xazoyin bila yetti yil Zob Tahmosb saltanat asbobin tuzub, maosh o`tkardi. Va Zol binni Som angach xidmatlar qildi va buzuq mamolikni tuzarda modallar qildi. Va Zob ikki rudxonakim, Zobin derlar, Iroq mulkida chnqardi. Va o`z hayoti zamonida saltanatni Girshaspqa musallam tutti. Aning podshohliqin Banokatiy besh yil debtur. O`zga tavorixda o`ttuz yildur».
17. Garshosb—Peshdodiylar sulolasiga mansub podshhlardan. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» kitobida Garshosb xakida quyidagicha ma`lumot beradi: «Garshosbning onasi» ibni Yamin binni Ya`qub alayhissalomning qizi erdi va otasi Zob binni Tahmosbning qardoshi erdi. Ko`prak tavorixda Rustam Dostonni aning naslidin debturlar. Ammo faqir qoshida bu qavl yiroqroq ko`rinur nevchunkim Zolkim, Rustamning otasidur, aning qoshida sipohlar erdi va Garshosbni «Guzida»da balki xeyli tavorixda Manuchehr nabiralarig`a chiqaribturlar. Va Rustamni Som binni Narimon binni Atrut binni Obting`a yetkurubturlar, vallohu a`lam. Garshosb bila chog`ida Afrosiyob yana cherik tortib Erong`a kelib, Garshosb bila masof tuzub, razm qildi. Afrosiyob urushida Garshosb favt bo`ldi va Zoli Zar Zobilistondin cherik tortib kelib, Afrosiyobni Erondin chiqardi. Va Garshosbning saltanati zamomida ixtilofdur: «Nizomut-tavorix» va Banokatiyda yigirma yildur, «Guzida» bila «Muntaxab»da olti yil, ba`zida besh yil xam bor...».
18. Ajam—bu yerda Xuroson va Movarounnahrda mashhur qadimiy kuylardan birining nomi.
XII
1. Kayqubod — Eronda hukm surgan kayoniylar sulolasining dastlabki afsonaviy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni bir yuz yigirma yil hukm surgan, deydi.2. Rustam — Eronning mashhur afsonaviy qahramoni. Afsonalarga ko`ra, Zolning o`g`li bo`lgan Rustam Kayqubod va Kaykovuslar zamonida yashagan va mashhur qo`shin boshlig`i bo`lgan.
3. Kovus— afsonalarga ko`ra, Kayqubodning nabirasi. Kovus Eronning afsonaviy kayoniy sulolasidan bo`lgan podshohlardan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Kovus yuz ellik yil podshohlig` qilgan, deydi.
4. Gudarz— Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning to`liq ismi Giv binni Gudarz Kashnod ekanligini aytadi. Eronning afsonaviy qahramonlaridan birning nomi.
5. Tus— Eronning afsonaviy qo`shin boshliqlaridan biri. U Kayxusravga xizmat qilganligi to`g`risida Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da ma`lumot beradi.
6. Siyovush — afsonaviy Kaykovusning o`g`li. Siyovush haqida Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «...Kaykovusning o`g`li bor erdi, Sudobadin o`zga anodin Siyovush otlig`kim, Yusuf Alayhissalomdin so`ngra aningdek jamil yigit yo`q erdi... Va ani Rustam asrab erdi, tarbiyat topib erdi. Sudoba—ugay onasi anga oshiq bo`lub erdi, andin kom hosil qila olmay, o`z qo`rqunchidin Kaykovus qoshi-da ani o`zi bila badnom qilib chaqti va ul o`z baroati uchun o`tqa kirdi. Chun ul tuhmatdin muarro erdi, o`tdin osiyb topmadi va atosining xato royi va talavvun mizojidin vahim qilib, Turong`a Afrosiyob qoshig`a bordi. Afrosiyob anga e`zoz va ikrom qilib, qizin berib, Turkiston viloyatin berdi. Ammo Girsiyuzning hasaddin sioyat qilg`oni bila tahqiq qilmay, ani begunoh o`lturdi va aning borasig`a ajab hayf yuzidin zulm bordi...».
7. Qayxusrav — qadimgi Eronning afsonaviy podshahlaridan biri bo`lib, Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni Siyovushning o`g`lch Kaykovusning nabirasi ekanligi haqida ma`lumot beradi.
8. Rustamu Zol — Rustamning otasi.
9. Luhrosb — Eronning qadimiy kayoniylar sulolasiga mansub afsonaviy podsholardan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Luhrosb haqida yozadi: «Luhrosb binni Avrand Kaikovusning inisining o`g`lidir. Drrul-mulki Balx erdi. Olamning ko`prak mulkin ochti. Ammo chun otalari saltanat qilmaydur erdilar va Kayxusravning o`g`li yo`q jihatidin mulkni angd berganda, elga qatig` keldi. Chun ul bu ishni angladi, el bila andoq borishtikim, borcha ani tiladilar... Chun Luhrosb taxtni Gushtaspqa topshirdi va o`zi Balxda ibodatqa mashg`ul erdi. Gushtasp ba`zi bilod fat-hig`a mashg`ul erkanda, Arjasp kelib Balxni olib, Luhrosbni o`lturdi Va Luhrospning podshohlig`i yuz yigirma yil erdi».
10. Balx—Shimoliy Afg`onistonda, hozirgi Mozori Sharif
g`arbidagi ko`hna shahar. Miloddan avval VII asrdan ma`lum. Balx
tarixda Ummul bilod (shaharlar onasi) deb yuritilgan. Yunonlar
Balxni Baqtra deb ataganlar.
11. Buxtunnasr—Luhrosbning afsonaviy lashkarboshlaridan biri.
12. Garshosb—«Tarixi muluki Ajam»da Gushtasp tarzida berilgan: «Chun Luhrosb taxtni Gushtaspqa topshurdi va o`zi Balxda ibodatqa mashg`ul erdi... Gushtasp —Halab mulkida taxtqa o`lturdi, va zardusht aning zamonida paydo bo`ldi. Va Gushtasp osoridin Samarqand qo`rg`oni va devorikim, Eron va Turon orasig`a tortilibtur va Naso shahri va Bayzo shahrikim, base akobir va ashrof andindurlar. Va saltanati yuz yigirma yil erdi».
13. Zardusht—qadimgi Eronda Gushtasp zamonida o`tparastlik dinining asosini qurgan kishi (bu din shu iom bilan mashhur bo`lgan).
14. Majus — otashparastlik.
15. Bahman — qadimiy Eronning kayoniylar sulolasidan bo`lgan Luhrosbning nabirasi, Isfandiyorning o`g`li, Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Bahman podshoh bo`lg`ondin so`ngra adl oyin qildi, Bahmanning otasi Tolut naslidin erdi va harami Argion binni Sulaymon alanhnssalom qnzidip ikki o`g`li bor edi: Soson va Dorob. Uch qizi bor edi: Humoy va Farang va Bahmando`st. Soson zohid va mutaqiy kishi erdi. Mulkka parvo qilmadi, go`sha tutti. Humoyni Humoni ham debturlar. Bahmon o`z aqdig`a kiyurub erdi. Mavt marzida tojni aning qorniga quydikim, Dorobqa homila erdi... Ba`zi debturlarkim, Bahman podshohlig`ini yo Humoyg`a berdi, tojni andin tug`ar farzandga havola qildi. Va podshohlig`ining zamoin yuz o`n ikki yil erdi.
16. Zobuliston — qadimiy Eron viloyatlaridai birining nomi. Afsonaviy kahramon Rustam ko`pincha shu yerda yashagan.
17. Xumoy — Eronning afsonaviy podshoxlaridan Bahmanning xotini. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da u haqida quyidagilarni yozadi: «Humoy roy va xiradlig` xotun erdi. Bahmandin so`ngra taxtqa o`lturdi... Va Humoyning saltanatining muddati o`ttuz yil erdi va osori Istaxrda Hazorsutun erdikim, ani Iskandar buzdi va ba`zi Chihil minorni ham anga mansub qilibturlar. Va Samara shahrikim, Jorbodqon derlar ham, ul bino qildi».
18. Doro — Eronda o`tgan peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiyning «Tarihm muluki Ajam» asarida Dorob deb berilgan va uning sababini batafsil tushuntirgan: «Humoy... Chun homila erdi, vaz` haml qildi va saltanat hubbi qo`ymadikim, o`g`lini podshohliqqa mansub qilib, o`zi anga muhofazat qilg`ay. Ani bir sanduqqa solib qiyr bila mahkam qilib, daryoga soldi. Debturlarkim, bir gozur ilikiga tushub, ani farzandchilay asrab tarbiyat qildi... Gozur ani suvda topqan uchun Dorob ot qo`ydi...
Dorob chun Humoy o`rnig`a taxtqa o`lturdi, adl va dod pesha qildi. Va ul xiradmand va pahlavon va xo`b surat podshoh erdi... Va aning saltanatini ba`zi oltmish yil, ba`zi ellik ikki yil derlar».
19. Doroyi Doro — peshdodiylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da yozadi: «Doro ibn Dorobni chup valiahd qilib erdi, otasi o`rniga podshoh bo`ldi. Chun zolim tab` kishi erdi, zulmidin ulug` el ozurda bo`ldilar... Va Doroning podshohlig`i o`n to`rt yil erdi».
20. Pahlaviy — bu o`rinda O`rta Osiyo xalqlari orasida mashhur bo`lgan qadimiy kuylardan birining nomi.
XIII
1. Iskandar, Iskandar Zulqarnayin— Sharq xalqlari adabiyotida keng tarqalgan obraz. Bu obrazning paydo bo`lishi tarixiy yunon sarkardasi Aleksandr Makedonskiy faoliyatn bilan bog`liq. Iskandar Qur`onning surasida eslangan Zulqarnayndir. U Sharqdagi musulmon xalqlari orasida mashhur. Iskandar haqidagi ilk ma`lumot X asr tarixchilari Hamza ibn Hasan al-Isfahoniy, Dinyuvariy, Tabariylar asarlarida, keyinroq Beruniyning «Qadimi xalqlardan qolgan yodgorliklar» kitobida uchraydi. Badiiy asarlarda, jumladan, Abu Ali Muhammad ibn Muhammad Bal`amiy asarida Iskandar salbiy obraz sifatida berilgan bo`lsa, Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Iskandarnoma», Amir Xusrav Dehlaviyning «Oyinai Iskandariy», Abdurahmon Jomiyning «Xiradnomai Iskandariy» asarlarida Iskandar obrazi fotih, olim. faylasuf va payg`ambar tarzida tasvirlangan.Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Iskandar haqida afsona, rivoyat va tarixiy asarlardan kelib chiqib fikr yuritadi. «Saddi Iskandariy» dostonida esa Iskandarning ideal obrazini yaratib, uni shoh va olim sifatida talqin etadi.
2. Ashki Doro — qadimiy Eronnning ashkoniylar sulolasiga mansub afsonaviy podshoh. Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da xabar berishicha, hokimiyatni Abtahshi Rumiydan (uni o`ldirib) olib, Eronda uch yil hukmdorlik qilgan.
3. Ashki Ashkon — afsonaviy Ashki Doroning o`g`li bo`lib, Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da Ashki Ashkon yigirma yil podshohlik qilgan, deydi.
4. Bahromi Shopur — qadimiy Eronning ashkoniy sulolasidan bo`lgan afsonaviy podshohlardan biri. U otasi (Ashki Ashkon)dan keyin o`n bir yil taxtda o`tirgan, deydi Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da.
5. Yalosh ibni Bahrom — Eronning ashkoniylar sulolasiga mansub bo`lgan podshohning nomi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni Bahrom binni Shopurning valiahdi bo`lganligi hamda o`n besh yil podshohlik qilganligini hikoya qiladi.
6. Hurmuz ibin Yalosh — ashkoniylar sulolasining podshohlaridan. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni otasi (Yalosh ibin Bahrom)ga noyib bo`lib, o`n to`qqiz yil podshohlik qilganligini xabar beradi.
7. Narsi ibni Yalosh — qadimiy Eronning ashkoniylar sulolasiga mansub bo`lgan afsonaviy podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning o`n yil podshohlik qilganligi haqida xabar bergan.
8. Feruzi Hurmuz— ashkoniylar sulolasiga mansub bo`lgan podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da: «...aning saltanati o`ttuz yil erdi», deydi.
9. Yalosh ibn Feruz— ashkoniylar sulolasiga mansub bo`lgan shoh Alisher Navoiy. «Tarixi muluki Ajam»da: «...ul Xusravning qardoshi erdi. Oqibat ul dog`i qardoshi ichgan sharbatni ichti va aning podshohlig`i yil erdi», deydi.
10. Xusrav ibn Yalosh—qadimiy Eronning ashkoniylar sulolasiga mansub bo`lgan podshohlardan bir.
11. Yaloshi Yalosh — ashkoniylir sulolasiga mansub bo`lgan podshohlardan biri. Ye. E. Bertelüs bu nomni Baloshi Balosh, deydi.
12. Ardavoni Yalosh—ashkoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh.
13. Ardavon ibni Ashg`on— qadimiy Eronda ashkoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh.
14. Gudarzi Ashg`on—qadimiy Eronning ashkoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh.
15. Ardavon—Eronning ashkoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni Arduvon binni Yalosh tarzida qalamga olib quyidagicha yozadi:
«Ashkoniylarning so`nggi podshohi erdi, azamat va tajammuli va mulkining vus`ati ul tabaqadagi salotindin ortti. Va mulki tavoyifdin ko`pin ul maqhur qilib, mulkin oldi va o`ziga munqod qildi. Va oxirul-amr Ardasher Bobak ani oradin chiqarib mulk ashkoniylardan sosoniylarg`a intiqol topti...».
XIV
1. Ardasher ibni Bobak — sosoniylar sulolasidan bo`lgan birnichi podshoh. «Tarixi muluki Ajam»da u quyidagicha xarakterlanadi: «...Har taqdir bila Ardasher Bobak sosoniylarning avvalg`i podshohidir. Va ul Soson binni Bahman nabirasidur. Va aning sharhi budirkim, chun Bahman Humoyni valiahd qildi, Sosonkim o`g`li erdi, go`sha tutti, andoqkim, mazkur bo`ldi... Sosondin bir o`g`ul qolib erdi, oti aning ham Soson erdi, mutavori va maktum yurur erdi.2. Shopur bin Ardasher — sosoniylar sulolasidan bo`lgan Ardashor Bobakning o`g`li.
3. Hurmuz — qadimiy Eronning sosoniylar sulolasiga mansub bo`lgan podshoh.
4. Bahromi Hurmuz — sosoniylar sulolasiga mansub podshoh. «Tarixi muluki Ajam»da Alisher Navoiy Bahrom binni Hurmuz deb bergan. Navoiy yozadi: «Bahrom binni Hurmuz otasi Hurmuz vasiyati bila podshoh bo`ldi va Moniy naqqoshning, millatikim Zindiqa erdi, aning zamonida shoyi` bo`ldi. Va ko`p xaloyiq anga firifta bo`ldilar va aning dinig`a kirdilar. Atboi qolin va bu Bahrom xudoparast erdi va xiradmand podshoh erdi. Tiladikim, Moniyning millatin daf` qilg`ay. Avval ani umidvorlig`lar bila musohib va mulozim qildi va atboin o`zidin vahimsiz qildi, to barcha zohir buldilar. Andin so`ngra ulamoni yig`ib, aning bila bahsqa soldi va ulamo ani yakfan qilib, kufrni anga sobit qildilar. Bu hujjat bila Moniyning terisin so`ydurub, somon tiqtirdi va atboin qatl etti... Va Bahromning zamoni va muddati uch yil va uch oy erdi».
5. Bagromi Bahrom— sosoniylar sulolasiga mansub podshoh. Alisher Navoiy uni «Tarixi muluki Ajam»da Bahrom binni Bahrom tarzyada ataydi.
6. Bahromi Bahromi Bahrom — sosoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh. «Tarixi muluki Ajam»da Bahrom binni Bahrom binni Bahrom deb berilgan. Navoiy yozadi: «Ota va abuka otin anga qo`ydilar, va lekin ani shahanshoh dedilar. Bu laqab bila shuhrat tutti va ul kishikim, bu laqab topti ul erdi. Sha`ni arjumand va axloqi dilpisand podshoh erdi, axloqi elga marg`ub va atvori ulusqa matlub. Zulm binosni buzdi va adl asosin tuzdi... Va ul to`rt oy mulk surdi...».
7. Narsi—sosoniy podshohlaridan biri. «Tarixi muluki Ajam»da uning to`lik ismini Narsi binni Bahrom deb keltiriladi.
8. Hurmuzi Narsi—sosoniy podshohlaridan Nasri binni Bahromning o`g`li. «Tarixi muluki Ajam»da Hurmuz binni Narsi deb berilgai va u quyidagicha xarakterlangan: «Ul bag`oyat mutakabbir kishi erdi. Saltanatidin burun bu sifotin el bilib, andin haroson erdilar... Bir kun g`oyat xudpisandlig`idin so`rdikim, maning af`ol va sifotimg`a ne nima keraklikdur?.. Hakim mundoq javob berdikim, xaloyiqqa hokim va sohibi ixtiyor bo`lg`ondek o`z nafsingg`a ham hokim va sohibi ixtiyor bo`lmoq sanga keraklikdur. Ul bu so`zdin, chun zoti javhari bor erdi, g`aflat uyqusidin seskanib, o`z qilig`i tegrasiga uyrulub, mustahsan avtor tutub, marzi axloq pesha qildi... Va Hurmuzning zamoni yetti yil yo to`qquz yil erdi».
9. Shopuri Hurmuz— sosoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh.
10. Ardamer ibni Hurmuz — sosoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da: «Ardasher binni Hurmuz Shopur zul Aktofning inisi erdi. Vafot qilurda chun Shopur o`g`li kichik erdi, saltanatni inisig`a berdikim, o`g`li ulg`aysa, anga bergan... Chun Shopur o`g`li ulg`aydi, mulkni anga musallam tutib o`zi oradin chiqti. Saltanati, zamoni o`n yil erdi», deb yozgan.
11. Shopuri Shopur — sosoniy podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning haqida quyidagilarni yozgan: «Shopur binni Shopur chun taxtqa o`ltirdi, bag`oyat atvori, husn va axloqi mustahsan podshoh erdi. G`oyat yaxshilig`idin Rum podshohini o`ziga muti` qilib erdi, andoqki qaisar vafoti chog`ida, chun o`g`li kichik erdi, Shopurg`a kishi yiborib, istido` qildikim, men qaribmen... o`g`li kichikdur, bir kishi... yiborkim, Rumda saltanat qilsun, O`g`lum ulg`aysa, mulkni anga topshurg`ay. Shopur Shirvinni yibordi... Chun mulk vorisi ulg`aydi, Shirvin taxalluf qilmay, mulkni anga topshurdi... Shopur chodir ichinda erdikim, qatiq yel qo`pub chodirni aning boshig`a yiqti va sutun boshig`a tegib, halok bo`ldi. Va saltanati besh yil va bir nima erdi».
12. Bahromi Shopur — sosoniy podshohlaridan biri. «Tarixi muluki Ajam»da shunday yoziladi: «Otasi Shopur o`rnida taxtqa o`lturdi va aning siyratin ba`zi muarrixlar yaxshi debturlar va ba`zi yomon. Va ani Kirmonshoh derlar... Bahromni ba`zi... bir yil podshohlik qildi debturlar...».
13. Feruz bin Yazdijird— sosoniy podshohlardan bo`lgan Hurmuz binni Yazdijirdning o`g`li. «Tarixi muluki Ajam»da Navoiy yozadi. «Feruz binni Yazdijird musulmon aa oqil kordon va odil podshoh erdi. Adolat bila mamolikni obod qildi va saxovat bila raoyoni xushnud va shod etti. Aning saltanati zamonida yetti yil qahat voqe` bo`ldi va raoyodin xirojni soqit qildi. Bu yetti yil hech kishi kishidik hech nima tilamadi va ko`prak muhtojlarga xazinasidin vajhi maosh muqarrar qildi. Aning adolati barakatidin... yetti yildan so`ngrakim yomg`ur berdi. Ul yilda oncha mahsul karam qildikim, yetti yilliq qahatning qusuri rost bo`ldi... Va Feruz ko`prak mamolikni olg`ondin so`ngra Turkiston mulkiga etrdi. Va Turkiston podshohi aning bir manzilida azim chohlar qazib, ustidin xaspo`sh qilib erdi... ko`p el ul chohlarga tushti. Ittifoqan o`zi dog`i bir chohqa tushub halok bo`ldi... Va saltanati zamoni yigirmi yil erdi».
14. Yalosh ibni Feruz— sosoniylar sulolasidan bo`lgan podishh.
15. Kubod ibni Feruz — sosoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh.
10. Jomosb—sosoniylar sulolasidan, Qubod ibni Feruzning ukasi «Tarixi muluki Ajam»da uning haqida quyidagicha ma`lumot bermladi: «...Qubodni tutub band qildilar. Va Jomaspnikim, aning inisi erdi, podshoh qildilar. Mazdak qochib Ozarbayjong`a bordi va Qubodning singli ani hiyla bilan qochurdi. Va ul Turkistong`a borib, baüzi hayotila debturlar, har taqdir bila ko`mak olib, mulk ustiga yurugach, bildilarkim, Jomasp aning bila muqovamat qila olmas. Ani ham band kildilar va Qubodg`a topshurub, Qubodni yana taxtqa o`lturttilar... Va muarrixlar Jomaspni muluk a`dodida tutmaydurlar».
17. Nushiravoni Qubod — Sharq xalqlari yozma va og`zaki ijodiyotida adolatparvar hukmron timsolida keng tarqalgan obraz Alisher Navoiy hal Nushiravonni odil podshoh sifatida talqin etgan. Bu nom Alisher Navoiy ijodida Nushirvon, Nushiravon va Anushirvon shakllarida uchraydi.
18. Hurmuz ibni Anushirvon — sosoniylar sulolasidan bo`lgan Nushirvonning o`g`li.
19. Parvez Hurmuz — Hurmuz ibni Anushirvonning o`g`li. U Sharq adabiyotida Xusrav Parviz nomi bilan mashhur. Xusrav Parviz Nizomiy Ganjaviy va Xusrav Dehlaviylar «Xamsa»sidagi ikkinchi doston «Xusrav va Shirin»ning asosiy qahramoni. Alisher Navoiy «Farhod va Shirin» dostonida uni bosqinchi, adolatsiz, zolim shoh sifatida tasvirlagan.
20. Sheruya — Parviz Hurmuzning o`g`li. Sheruya Navoiyning «Farhod va Shirin» dostonidagi salbiy obrazlardan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning haqida quyidagilarni yozgan: «Sheruya otasini o`lturgandin so`ngra, podshohliq taxtig`a o`lturdi... Ammo mujmali budurkim, Xusravning g`oyat tajammuli va joxidin ul nav`ki yukori te`dod qilildi, dimog`ida g`urur va fe`lida futur bo`lub erdi va siyosat va g`azabi elga haddin oshib erdi. Ul jumladin biri bukim, munajjimlar anga deb erdilarkim, sening zavoling o`z avlodingning ilgida bo`lg`usidur... Otasini o`lturgandin so`ngra aning ham jismiga azim ranj tori bo`lub, yetti oydin so`ngra hayot va diatin ajal muqoziysig`a topshurdi. Mulk hirsidin o`n yetti og`o-inisini dog`i o`lturdi...»
21. Ardasher— sosoniylar sulolasidan bo`lgan Xisrav Parvizning nabirasi. Sheruyaning o`g`li. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da u haqmda mufassal ma`lumot beradi.
22. Qisra Arislon — Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning to`liq nomini Kisro Arslon binni Kisro Qubod binni Feruz deb bergan.
23. Qisro — sosoniylar sulolasidan bo`lgap podshoh.
24. Turon — sosoniylar sulolasidan bo`lgap Parvizning qizi. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uning nomini Turondo`xt deb beradi va bu haqda yozadi. «Turondo`xt chun podsholig` taxtig`a orom tutti, bag`oyat oqila erdi, bildikim, mulk anga o`zgalardek vafo qilmag`usidur. Dod va adl bunyod qildi va xaloyiqqa ko`p umidvorliglar berdi. O`zidan burungi jami` akosira zamonidni qolg`on shaltoqlarni jami` raoyog`a bag`ishlab, daftarlarin buyurdikim yuvdilar va yaxshi oyinlar orag`a kiyurdi... Va xaloyiq andin base muroffah va masrur bo`ldilar... Va Turondo`xt Shahrirodni o`lturgop kishinikim, Mashhur Xurosoniy derlar erdi, tarbiyat qilib, vuzarot berdi. Va bir yilu to`rt oy podshohlik qilg`ondin so`ngra mulkka vido` qildi».
25. Parvez Baxrom — qadimiy Eronning sosoniylar sulolasidan bo`lgan podshoh.
26. Ozarm — sosoniylar sulolasidan bo`lgai Turondo`xtning singlisi.
27. Farrux— sosoniylar sulolasining oxirgi podshohlaridan biri. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam»da uni Farruxzod deb bergan: «...Yana kishi tilar erdilar. To mag`rib shaharlaridin birida Farruxzodni toptilar va taxtqa o`lturttilar. Va ani ham Parviz avlodidin debturlar. Va ul dogi olti oy saltanat qilg`ondin so`ngra qatlg`a keldi».
28. Yazdijird — sosoniylar sulolasining eng oxirgi podshohi.
XV
1. Ko`k toqiga ko`p sado solgan turt xayl — Eronda hukmronlik qilgan to`rt (peshdodiylar, kayoniylar, ashkoniylar va sosoniylar) suloladan iborat. Alisher Navoiy «Tarixi muluki Ajam» asari hamda «Saddi Iskandariy» dostonining XI, XII, XIII va XIV boblarida bu sulolalarning har biri to`g`risida o`zigacha mavjud bo`lgan tarixiy asar va manbalardan kelib chiqib ma`lumot beradi, ularning hammalarini «muluki Ajam» (Ajam hukmdorlari) deb ataydi.2. Navoiy Iskandar ikkinchi (Kayoniylar) tabaqadai so`ng o`tdi, deydi, Aslida esa Iskandar sosoniylar davrida o`tgan.
3. Faylaqus—Iskandarning otasi.
4. Mazmuni: «Ko`rdilarki, homilador xotin bir bola tuqqan, lekin xotnning jismida ruh qolmagan (o`lgap)».
5. Ano so`gi — onasinnng motami.
6. Nori majus—majusiy (o`tga topniuvchi)lar olovi, yaüni yolqinli olov.
7. Donayi dahr — Abdurahmon Jomiy bo`lib, ayni paytda, u ham o`zinnng shu nomdagi dostonini yaratish bilan band bo`lgan.
8. Nassi qote` — keskin dalil.
9. Naqumohis— Iskandar otasi Faylaqusning olim va donishmand vaziri bo`lgan, u Iskandarga yoshligidan boshlab tarbiya berib, unga ko`p ilmlarni o`rgatgan.
10. «Mustaqimin», «rojiin» munajjimlar termini bo`lib, yulduzlarning «to`g`ri yurishi» va yurishdagi «orqaga siljishi» kabi taxminlarni ifodalaydi.
11. Tifli farruxpayi pokzod— Iskandar demak.
12. Xushku tar, bahru bar — quruq va suv, dengiz va yer yuzi ma`nosida.
13. Mazmuni: «Goh ot ustida qurol o`ynatar, goh yayov holda kuch ko`rsatar edi».
14. «Ota azasini bartaraf qilgan, taxtga chiqib, shohlik uzugini taqdi».
15. Alisher Navoiy dostoni qurilmasining o`ziga xos xususiyatlaridan yana biri, unda boblar oxiridagi lirik xotnmani ham takompllashtirganidir. Agar Nizomiy Ganjaviy «Iskandarnoma»ning «Sharafnoma» qismida soqiyga, «Iqbolnoma» qismida mutribga murojaat qilgan bo`lsa, Xusrav Dehlaviy esa har bir bob oxiridagi lirik xotimada ham soqiy va ham mutribga murojaat qilsa, Alisher Navoiy bob oxirida soqiy va mugribga murojaat qilish bilan birga, o`z-o`ziga ham murojaat qilish bilan bobni yakunlaydi.
XVI
1. Oldingi va bu baytning mazmuni:«Jat (hayvon o`rgatuvchi)niig aniq o`ynatishdan maqsadi non topish bo`lgach, uni itga tashlash mumkinmi, maymun topganini ichiga siqqancha yeb, qolganini lunjiga to`playdi».
2. Bu so`z «Xamsa»ning 1960 yil Toshkent nashrida «boyim» tarzida berilgan. Boshqa manbalarda «bim» (qo`rquv, qo`rqinch, xavf) shakdlda to`g`ri yozilgan.
3. Baytning mazmuni: «Himmat ahlining fe`li kengligi tufayli, uning oldida boy ham, kambag`al ham birdek ko`rinadi».
4. Mazmuni: «Saxiyning qanday boyligi bo`lmasin, in`om etishda uning qimmati ko`ziga ko`rinmaydi, hatto oxirgi tangasigacha ehson qilaveradi».
XVII
1. Bu hikoyat Abu Bakr Muhammad ibn Muhamad ibn al Valid al-Faxri at Turtushi (1220—27 yilda o`lgan)ning «Siroj ul-mulk», Abdurahmon Jomiyning «Iskandarnoma» dostonlarida ham bor (E. E. Bertelüs, Navoi va Djami, 300—307, 360—389-betlar). Navoiy unga, birinchidan, voqeani Mag`rib zamni (Shimoliy Afrika)da bo`lib o`tgani, ikkinchidan, o`sha joydagi podshohning jang vaqtida o`lgani kabi detallarni qo`shgan.2. «Tirik odamlarga aralashmaydi, eski qabrlardan boshqa joyda turmaydi».
3. «Yana biri: hech birda kambag`allik bilan almashinmaydigan abadiy boyliklar».
XIX
1. Qarama-qarshi qo`yish usulidan foydalanib yaratilgan bu baytning mazmuni: «Sher tortishi kerak bo`lgan narsani chumoli qanday tortsin, filning yukini pashshaga ortib bo`ladimi axir».2. Oldingi uch va bu baytning mazmuni:
«U har ishda zamon ahlidan ustun, shu bilan shohlikka loyiq, quyoshdek zo`r mehrli, sof ko`ngil, qo`shin tortganda olamni qo`lga oladigan, adolat chog`i xuddi navbahorday charaqlagay, siyosat bobida jahonni o`rtovchi yashinday, shafqatsizlikda dushmanni qaytaradigan,» qattiqlik paytlarida xalqparvar bo`lsin».
3. «Soliq yozuvchi amaldor xalqqa sitam qilsa, soliq yozuvchi qo`lini qalamdek qalam qilsin (tilsin)».
4. Kitobat san`ati ishlatilgan bu baytda: zulm so`zidagi «lom» (l) ila «mim» (m)ni «lam»i jaxdga, ya`ni morfologik qoida bo`yicha, bo`lishsizliq belgisiga aylaptirib, «zulm» so`zining o`zini ham yo`q qilsin deyiladi.
5. Sening so`zning garchi jon bag`ishlog`chi bo`lsa-da, hozirgisi
barchani yoppasiga qirib yuborgudek bo`ldi».
6. Yupiter planetasi, forscha nomi Birjis bo`lib, munajjimlar bu sayyorani «Sa`di akbar» va «Falak qozisi», joyi oltinchi falakda, deydilar.
7. Arastu — yunon faylasuflaridan Aristotelü ismining arabcha shakli. Navoiy tasviricha, Iskandarning yurishlarida uning yonida birga yurgan, har bir bobda ilm-hikmat yo`li bilan mushkullarini hal qilib turgan yetti olim, donishmand, hakimlardan biri.
8. Balinos — Iskandar atrofidagi yetti olim, hakimdan birining nomi.
9. Ilyos — qadimgi adabiyotda bu nom kishilarning daryo safarlarida yo`ldoshi va yo`lboshlovchisi simvoli o`laroq gavdalanadi, quruqlik safarlarida esa rahnamo Xizrdir.
10. Navoiy bu bayt orqali hammani (podshohmi u, gadomi u, qat`i nazar) adolatga undamoqda.
XX
1. Anuishrvon — asli ismi Xusrav I bo`lib, laqabi Anushirvondir. Anushirvon so`zining ma`nosi — adabiy ruh egasi, ulmas ruh egasi demakdir. Anushirvon otasi Qubod o`lgandan so`ng (531 yil) taxtni egallaydi va Mazdak qo`zg`olonini bostiradi, shuning uchun voqeanomalarda adolat timsoli sifatida shuhrat qozongan.XXI
Mahmud—tarixiy shaxs. Mahmud G`aznaviy ibn Sabuktagin (1030 yilda o`lgan)—G`aznaviylar davlati hukmdori (998—1030), somoniylarning Xurosondagn noyibi Sabuktagin vafot etgach (997), taxtni uning katta o`g`li Mahmud g`aznaviy egallaydi. Uni Maisur ibn Nuh II (somoniylardan) Balx, Termiz va Bust shaharlari noyibi deb tan olishga majbur bo`lgan. Mahmud G`aznaviy 999 yili butun Xurosonna egallab o`zini sulton deb e`lon qilgan. So`ngra u 1001 yilda Qoraxonaylar xoni Nasr bilan shartnoma tuzgan. Shartnomaga ko`ra, ikkala davlat uchun Amudaryo chegara chizig`i deb belgilangan. Xorazmshoh Abulabbos Ma`mun (999—1016) xalq qo`zg`oloni vaqtida qatl etilgach, Mahmud G`aznaviy 1017 yilda Xorazmni bosib olgan. Mahmud G`aznaviy 1025 yilda Movarounnahrga hujum qilib, Sog`oniyon hamda Xuttai (Ko`lob)ni o`ziga qaratib olgan. U Panjob, Kashmir va Shimoliy Hindiston viloyatlariga 17 marta talonchilik yurishlari uyushtirgan. Mahmud G`aznaviy pahlaviy va arab tillarini bilgan, o`zi she`rlar ham bitgan. U G`aznada juda ko`p nodir kitoblar to`plagan (o`arang: O`zSE, VII tom, T., 1976, 94-bet).Badiiy adabiyotda Mahmudni odil podshoh sifatida talqin etish an`anaga aylangan. Nizomiy Ganjaviyning «Maxzanul-asror» dostonida keltirilgan Sulton Sanjar va kampir xaqidagi, Navoiyning «Saddi Iskandariy» aslrida Mahmud va Mas`ud (Mahmudning o`g`li) hikoyatlar fikrimizga yaxshi dalildir (ko`ring: Ye. E. B ye r t ye ü s, «Navoi i Djami» 390 str.). Navoiy bu hikoyatda Mahmud hayotiga bog`liq bir lavha (kampir uyiga bostirib kirgach sarbozlarni jazolashi) orkali uning odil bo`lganligini alohida ta`kidlaydi. Nizomiy va Navoiy dostonlarida tasvirlangan Mahmud obrazi tarixiy Mahmud G`aznaviy bo`lmay, buyuk shoirlar badiiy tafakkurlarining mahsulidir.
XXIII
1. Mo`badi nuktasanj — so`zga epchil donishmad ma`nosida. 2. Yukoridagi ikki va bu baytning mazmuni: «Yana qissasiga aql yugurtirib, tarixlari ustida ko`p o`ylab ishlarida qanchaki g`aroyib bo`lsa u ishda ko`p ajoyib bor esa, unda mavjud bo`lgan yolg`onlarni chiqarib tashlab, unga nazm bilan bezak bersam», deydi.
3. Fathi bilod — shaharlarni qo`lga kiritish.
4. Mag`rib zamin — G`arb bu o`rinda Afrika mamlakatlari ma`nosnda.
5. Zangibor — bu o`rinda Habashiston ma`nosida ishlatilgan.
6. Doro — Eronda o`tgan kayoniylar sulolasining oxirgi podshohi. Bu haqda yuqorida ham aytildi.
7. Bilodi Farang — Yevropa mamlakatlari ma`nosida.
8. Baytning mazmuni: «U yerning xalqlarini mute` qilgach, Qrim bilan Andalus (Ispaniya)ni bosib oldi».
9. Zardusht — qadimgi Eronda o`tparastlik diniga asos solgan kishi (bu din shu nom bilan mashhur bo`lgan),
10. Suhayl nomli yulduz Yaman mamlakatida yaxshi ko`rinar ekan va u yerda haqiq atalgan qimmatbaho tosh ko`p topilar ekan, bu joyda o`shanga ishora qilinadi.
11. Mazmuni: «Os va Rus tomon yurganda, u yerdagilarnin yuzlari qo`rquvdan qahrabodek sarg`ayib ketdi».
12. Charkas — hozirgi Gruziya sostavida joylashgan mavze. Gurja esa hozirgi Gruziyaning tarixiy nomi.
13. Mazmuni: «Chigil bilan Yag`modan xuddi chamanda g`arbdan sharqqa esgan shamolday o`tib ketdi».
14. «Yo`llarin o`lchatgach, mamlakatning yo`llari orasidagi masofalar uchun yig`och (uzunlik) o`lchovini tayinladi».
15. Bir yig`och masofa o`n ikki ming qari (metr)ga teng.
16. Baytning mazmuni: «Uning tashabbusi bilan har bir yig`och yo`lga ma`lum belgi qo`yildi».
17. Mazmuni: «Tig`i chaqmoqday alangalangach, zanji (qora tanli negr)lar ko`mirday kuydilar».
18. «Oltin tuxum istab ko`p mashaqqatga duchor bo`lma, chunki oltin tuxum beruvchi qush havoga uchib ketgan (o`lgap)».
19. «Uning g`azab o`ti shunday alangalanib ketgan ediki, go`yo osmon ichida qiyomat-qoyim boshlangandek ko`rinardi».
20. Baytning mazmuni: «Men unga shunday ta`zir beraykim, uni eslaganda har qanday badkirdor odamning ko`zi ochilib ketadigan bo`lsin».
21. Chavgonu go`y — chavgon—uchi egri uzun tayoq, go`y — chavgon o`yinida qo`llanadigan to`p, koptok.
22. «Sirlar tashuvchi (elchi) ikki bukilib dedi: «Joningga haqdan ming-minglab rahmatlar bo`lsin».
23. «Kishi o`ziga qul deb xitob qilishi har holda to`g`ri yo`l emas».
24. «Qo`ton (laylak) katta qushlardan sanaladi, lekin shunqor oldida uning nima joni bor?»
25. Oldingi ikki va bu baitning mazmuni: «Yana biri bukim, shoh menga ehson qilib, go`y bilan chavgon yuboribdir. Bunda ham bir maxfiy va ramziy ma`no bor. Masalan, olimlar justuju qilib, yer yuzini go`ydek dumaloq ekanini aniqlaganlar».
XXIV
2. Mazmuni: «Qaysi amal — o`rinda bir guruh o`tirgan bo`lsa, hammasining mayli boshqa amalga — yuqori amalga o`tishida bo`ladi».
3. «Taassub oraga tashvish solgach, oraga yana nizo-adovat tushdi».
4. Mazmuni: «Bular ichida o`rta tabaqadagilarning nizolari ashaddyaroq bo`lib, bularning noahllig`idan juda Ko`p zarar yuzaga keladi».
5. Bu to`rt baytda Navoiy o`z zamonida ko`rgan fojialarini aks ettirgan: «Husayn Boyqaro bilan o`g`li orasiga nizo tushib, ko`p qon to`kilgandan, uning o`g`illari: oralarida va umuman Temur avlodi orasida dushmanlik paydo bo`lib, ko`p xalqni va bir-birlarini xarob qilganlar.
Mazmuni: «Har qalay ikki darveshning do`stligi — bir-biriga dushman bo`lgan ikki shohdan afzaldir».
XXV
1. Chingizxon (asl nomi Temujin, Temuchin) (taxm. 1155—1227 25. 8)—mo`g`ul feodal imperiyasi asoschisi, sarkarda.2. «Agar kishi do`stlikni havas qilsa, to abad unga ushbu masal kifoyadir».
XXVI
1. «Shohi Faridunxaishm»—Iskandarga nisbatan ishlatilgan sifat.2. «Hikmat oyini donanda»—Arastuga nisbatan aytilgan.
3. Uch baytning mazmuni: «Birovning nojo`ya bir ishi bo`lib, uni qilishi zarur bo`lib qoladi. Ammo bu ishdan el-yurtga katta-kon zarar yetadigan, tagi qaltis, janjal chiqadigan bo`lsa, birov bu ishni man` etish imkoniyatiga ega bo`lsayu, bundan o`zini chetga olsa, u kechirarli emas».
XXVII
1. Mazmuni: «Kishilar xayr berish uchun Rum, Zangibor, Farang mamlakatlaridan boshqa hamma joyga, dunyo bo`yicha to`xtovsiz choptilar».2. Turon—O`rta Osiyoning shimoli-g`arbi va Qozog`istoning janubi-g`arbidagi tekislik.
3. «Hamma iqlimning hukmdorlari bo`yinlariga itoat xalqasini osib, to`da-to`da bo`lib kelishar edi».
4. Bu va oldingi uch baytning mazmuni: «Xitoy mamlakatining xoqoni Mangu ham, Hind elkning boshlig`i Qoraxon ham, Misr yurtining azizi Varqa` ham, Dasht elining hokimi Temurtosh ham, Xovaron mamlakatidan Farangisu, Shirvon elidan Davoli kabi kishilarning hamma-hammasi Doroning ko`z o`ngidan o`tishdi. Shoh va shahzodalarning, sarkarda va amaldorlarning son-sanog`i yo`q edi».
5. Mazmuni: «Lekin Iskandarning shiori sulh va tinchlik edi, u Doroga o`xshab hovliqmasdi».
6. «Kecha posbonlari qanchalik hushyor bo`lsa, qo`oshn qorovullari ham shunchalik ziyrak— bedor edilar».
7. U (Iskandar) «Xaibar qo`rg`onidek handaq yasadi, yo`q Xaybar emas, Iskandar devoridek istehkom qurdi».
8. Bu ikki baytning mazmuni: «Men hikmat yo`lida muncha lof urib, ajab yerda urush maydonini yoyib-ochib qo`ngan ekanman. Bu yerdan qaytishning imkoni yo`q, urush qilsam nuqsondan boshqa hech narsa bo`lmas».
9. Mazmuni: «Qo`shinning har tarafini ilg`or qism o`rab oltan bo`lib, ular dushman tarafidan pisib keladigan tun o`g`rilarini (razvedkachilarni) qo`lga tushirish payida edilar».
10. «Go`yo yerda zilzila paydo bo`lib, u «o`z homilasini tashlab qo`ydi».
11. To`rt bayt mazmuni: «Taqdir ikki daryoga jo`sh soldi, bu g`avg`o Mirrix planetasi qulog`iga yetdi. Polvonlar haybatli na`ralar torttilar, bu na`ralar yer qatlamlariga zilzila soldi. Yerda zilzila paydo bo`ldi, «va yer o`z yuklorini yuzaga chiqardi», qilichbozlar, falak turki (Mirrix planetasi)dek boshdan-oyoq ko`k temirga chulg`andilar».
12. Borong`or — harakatidagi qo`shinining o`ng qanoti.
13. «Bu vaqtda jannatga o`xshash Samarqand yo`q edi, buni (Samarqandni) Iskandar bino qildi».
14. Shaypol — Iskandarning qo`shni boshliqlaridan biri.
15. «Qurollarning bir-biriga urilishidan chaqmoq o`ti yarqirar, otlarning kishnashidan esa, momaqaldiroq sadosi eshitilardi».
16. Mazmuni: «Falak beyaasining tabiati qisirlik bo`lmaganda, bu g`avg`odan u homila tashlab yuborar edi».
17. Boriqi Barbariy— Doroning sobiq askari. U Dorodan ko`p jabr ko`rib, Iskandar qo`shiniga xizmatga o`tgan.
18. Harron — Doro pahlavonlaridan biri.
19. Shayda—Harronning qarindoshlaridan, Doroning pahlavonlaridan biri bo`lgan.
20. Ravshanak — Eron shohi Doroning qizi. Doroning jang maydonida o`limi oldidan vasiyatiga ko`ra, Iskandar bu go`zal qizni xotinlikka olgan.
21. Bu baytning mazmuni: «Agar davr Doroga zaharni tez bergan bo`lsa, Iskandarga ham abadiyatni bera qolmaydi-ku!»
XXVIII
1. Ikki baytning mazmuki: «Kimki shohlik qilishni istasa, barcha askarlarning holidan voqif bo`lsin. Ularning ta`minoti masalasini hal qilganda, har kishining darajasiga qarab izzatini bajo keltirsin». 2. «Hayril-umur»—ishning yaxshisi demak, bu yerda «ishning yaxshisi o`rtachalikdir» degan arabcha maqolga ishora qilingan.
3. Mazmuni: «Feruzani eshakmunchoqdan va butun chinnini siniq sopol ko`zadan farq qilsa».
4. Arabcha yozuvda har ikkala so`z bir shaklda — ( ) yozilsa-da, birinchisi ming, ikkinchisi esa bir (abjad hisobida)dir.
5. Ikki baytning mazmuni: «Biyobonda o`lgan toshbaqaning quruq chanogi shaklan sadafni eslatadi. Lekin buning birida durdona bo`lsl, ikkinchisida bir necha chirigan suyakdan o`zga narsa bo`lmaydi».
XXIX
1. Bu qismda gap Sulton Abu Said haqida bormoqda. Sulton Abu Said — Amir Temurning evaralaridan biri (Mironshohning nabirasi). Xuroson hukmdori bo`liap bu shoh Ozarbayjonga harbiy yurishi vaqtida Mug`on dashtida o`ldirilgan.XXX
1. Navoiy dostonining asosiy boblaridagi hikmat qismida Iskandar ko`pincha Arastuga savol bilan murojaat qiladi. Bu yo`l faqat yetmish uchinchi bobning uchinchi qismida Suqrotga va yetmish yettinchi bobning uchinchi qismida Luqmonga murojaat qilish bilan o`zgargan, xolos.2. Mazmuni: «Lekin buni qilish nafsiga og`ir keladi va kishining nafsi yengillik tomoniga mushtoq bo`ladi».
3. «Kimdakim biron yomon xislatga ega bo`lsa, har ishda va har qanday holatda o`sha tug`ma xislatning ta`sirdia yuradi».
4. Atorid—Merkuriy sayyorasi.
XXXI
1. Baytning mazmuni: «Agar Doro ikkidan birini berib, uning ham yarmini xalqdan undirib kelgan bo`lsa, biz buni (maoshni) ikki baravar oshiramiz».2. «Shoh: Xazinadan ikki hissadan maosh bering,— dedi. Shunday qilib, el ranjdan qutuldi».
3. Mazmuni: «Hamma xazinadan maoshini oldi, shah o`ziga tobelarni shunday rozi qildi».
4. Baytulharam — Makka shahridagi Ka`ba shu nom bilan yuritiladi.
5. Ilhomi hotif — g`oyibdan xabar beruvchi ilhom, joni xoif — qo`rquvchi jon.
6. Mazmuni: «Agar itoat qilmay, bo`yin egmay, xudo saqlasin, johillik va o`jarlik qilsang».
7. Mazmuni: «Elchilar har tarafga ketdilar. Ular ishda, so`zlashda lozim ko`ringan hamma narsani maydasidan yirigigacha bilib olgan edilar».
8. Oldingi beshala va bu baytning mazmuni: «Zero, tangri menga uch hunarni nasib qilibdurkim, agar birovdan yengilsam kutilmagan g`aroyib voqea bo`lur edi. Birinchisi shukim, mamlakatim nihoyatda mustahkam, uning tog`lari baland, qal`alari istehkom shaklida. Bundan tashqari, bu yerda yana bir ajoyib ish qilingankim, qal`aning butun tevaragi ham, yer osti ham daryodan iboratdir. Ikkinchisi shukim, mening bir qancha sehrgarlarim bor bo`lib, ular hammasi mendan moyana yeb yotadigan xizmatkorlardir Agar mening boshimga falak biron ofat yuborsa, ular shunday shafqatsizlik bilan chora ko`radilarki, sehr-joduni ishga solib, yumronqoziqni yirtqich sherga, bug`ini salobatda qonxo`r qoplonga aylantiradilar».
9. Hinduyi rahta — hindcha kuy.
XXXII
1. Uch baytning mazmuni: «O`tning manqali may shirasida jonlanib tursayu, may shirasi xuddi manqaldagi o`tdek o`tkir bo`lsa. O`rdak shakl, tiniq may idishi yonida bo`rdoqi o`rdak kabobi tursa, o`tning shu`lasi uyni gulshan, mayning jilvasi ko`zni ravshan aylasa».2. Shoir bu misrada qor bilan qoplangan jahonni oq po`stinga o`ralgan kishiga o`xshatgan.
3. Muallif bu misrada suvni simobga va muzlagan suvni toza kumushga tashbih etmoqda.
4. «In yakod»— ko`z tegmasin uchun o`qiladigan duoning boshi.
XXXIII
1. «Ko`z ochib qarasa uyda, xuddi qorong`u kechada hamma yoqni yoritib turgan Suxayl yulduzidek Layli o`tirgan ekan».XXXIV
1. «...doroyi daryonavol»—Iskandar ma`nosida.2. «...hakimi Masihomisol»—Arastu demak.
3. «Buning dahshati bilinib turgach, kishi tabiati bundan qo`rquvda bo`lishi kerak edi».
4. To`rt bayt mazmuni: «Donishmand munajjim shunday dedi: «Bu ishning boshqa bir sababi bor. Masalan, qishning tabiati sovuq, nam va rutubatlidir. Aql bu maealaga shu tarzda qaraydi, yosh kishilarning tabiatiga mayin havo yoqqani holda, harorat va quruqlik aziyat beradi. Quruqlik bilan issiq harorat alangalatgan kishi vujudini sovuq va namchil havo mo``tadil holatga keltiradi».
5. Shabobu kuhulat — yoshlik va qarilik ma`nooida.
XXXV
1. Aras ridi—Aras daryosi — hozirgi Ozarbayjon territoriyasida.2. Sipohon — Isfahon. U Eronning markaziy qismida joylashgan tarixiy viloyat.
3. Xuroson—Eronning shimoliy sharqiy qismidagi tarixiy-ma`muriy viloyat.
4. Hirmand—Xurosondagi daryolardan biri.
5. Zobuliston — Erondagi bir viloyat (yuqorida ham eslatilgan).
6. Nimro`d — Xurosondagi daryo.
7. Dirijaz — Xurosondagi daryo.
8. Birohimi Adham (Ibrohim Adham)— shohlikdan voz kechib, tasavvuf yo`lini qabul qilgan mashhur shaxs. 777 yilda vafot etgan.
9. Murg`ob rud — Afg`oniston va Turkmaniston hududidan oqib o`tadigan daryo.
10. Chaxcharon—Xuroson hududidan oqib o`tadmgan daryo.
11. Bu baytda shoir radd-ul-ajz mina-s-sadr san`atidan foydalangan. Xuroson — birinchi misraning boshi va ikkinchi misraning oxirida; Hiriy (Hirot)— birinchi misraning oxiri va ikkinchi misraning boshida takrorlangan.
12. Movarounnahr—o`rta asrlarda Amudaryo bilan Sirdaryo oralig`i shundan nom bilan atalgan.
13. Ko`hak— Zarafshon daryosining qadimgi nomi.
14. Furot (arabcha nomi Shatt-ul-Furot)—G`arbiy Osiyodagi eng katta daryo. U Turkiya, Suriya na Iroq hududidan oqib o`tadi.
15. Nil— Afrika qit`asidagi eng katta daryo.
16. Salsabil — jannatdagi afsonaviy buloq.
17. «Suv bu tepaning oldidan shunday oqar ediki, qaragan kishi: «Tepa oshiqning boshiyu, dars suvi unng ko`z yoshi»,— derdi».
18. Bu bayt irsolu-l-masal san`atiga yaxshi misol bo`la oladi, Unda «ming qarg`aga bir kesak» maqoli ishlatilgan.
XXXVII
1. Ikki baytning mazmuni: «Gado elga kam ko`rinishi kerak, ko`p ko`rinaverishi uni hor qiladi». Feruza (toshi) oz bo`lgani uchun, azizdir, eshakmunchoq ko`p bo`lganidan o`ntasi bir puldir».2. Mazmuni: «Shohining ko`zi ko`r bo`lgan edi».
3. Uch baytning mazmuni: «Kimki sa`y-harakat qilib, mening ko`zimni ochsa, unga ko`z nurimni, ya`ni ko`zim pardasida yashiringan qizimni nikohlab berib, uni ko`z qorachig`iday farzand etaman, ko`zim nurini unga payvand qilaman», deb va`da bergan edi.
XXXVIII
1. Yuqoridagi baytlarning mazmuni: «Ey hikmat ahliga saboq beruvchi hakim! Bir joyda istiqomat qilganda osoyishtaligu, safarga chiqqanda ming turli mashaqqat bor bo`lgani holda, nima uchun ilm-hikmat ahli safarni ma`qul topadi?»2. «Safar o`tida kuyishni o`ziga maqsad qilib olgan odam ham vujud otini toblab, chiniqtirib kamolotga erishadi».
3. Ikki baytning mazmuni: «Masalan, safarda yurgan odamning yegan taomi yaxshi hazm bo`ladi. Ovqat tez hazm bo`ladimi, kishning salomatligi yaxshilanaveradi».
XXXIX
1. Baytning mazmuni: «U shohning savlatidan qochqinda, falon qal`ada uning qo`rg`oni bor.
2. «Doimo ruhparvar nasim esib turgani uchun jannatga o`xshaydi, bo`lmasa jahannamning xuddi o`zidir».
3. «Bu ikkining tarki»— o`t va shamolning tarki ma`nosida.
4. Bu misrada takrir san`atidan («ne» so`znning to`rt marta takrorlanishi orqali aytilayotgan fikr bo`rttirilib) mohirona foydalanilgan..
5. Baytda Navoiy iltizom san`atidan, o`rinli foydalangan. Unda «o`t», «el». «suv» so`zlari bir necha bor takrorlangan bo`lib, ular, birinchidan, mazmunni kuchaytirgan, ikkinchidan, o`quvchi xotirida mustahkam iz qoldirishni ta`minlagan.
6. «Uning tubi Kayumars zamonidan beri yonib turgan katta olov o`chog`ining o`zidir».
7. Bu baytda tavzi` (bir xil tovushga ega bo`lgan so`zlardan foydalanish) hamda tasdir (so`zlar takrori) san`ati ishlatilgan.
8. «Har tomonga taxtga tosh bostirilgan, uning biriga yel, biriga o`t yashirilgan».
9. «O`t chohdan shu`la urganda, uning yallig`i qal`ani kuydiradi».
10. «Shu onda Iskandar bilan Aflotun ikkovlari qo`rg`onga tomon emas, tangrining qudratiga ko`z tikdilar».
11. Bu ikki bandizod—Malluning o`g`li va qizi, demak.
12. «Yana tojingni o`zingga qaytarib, o`lkangni ham o`zingga berib chiqib ketamiz».
13. Bargi mamotni soz etmak—o`likni ko`mish uchun yarog`ini tayyorlash (lozim).
14. Amru Zayd!—hozirgi «Eshmat», «Toshmat» degan ma`noda.
XLII
1. Agar qilsa ta`lil quvvat ketib,Ko`pidin tabiatqa illat yetib.
Baytning birinchi misrasidagi «ta`lil» so`zi Abdujamil va Sultonali nusxalarida to`g`ri, o`z o`rnida qo`llanilgani holda, Istanbul va Toshkent nusxalarida «taqlil» tarzida berilganki, natijada baytning mazmuniga putur yetgan. «Ta`lil» so`zi kasallanish, bahona qilish ma`nolarini berib, baytning ikkinchi misrasidagi «illat» so`zm ham aynan «ta`lil»ni qo`llashni talab qilyapti. «Taqlil» esa «kamaytirmoq», «ozaytirmoq» ma`nolarini bildiradi. Baytdan ilgarigi qismlarda gap ovqatning inson me`dasi uchun zarurligi, qarilik, kamquvvatlik haqida ketayotganini hisobga olsak, ma`no quyidagicha oydinlashadi:
Kishi badani qaryalikka yuzlangach, gavda harorati pasayadi, natijada me`da susayadi, ovqat yaxshi hazm bo`lmaydi. Agar shu sabab bilan ovqat kam tanovvul qilinsa quvvat ketadi, ko`p yeyilsa hazm bo`lmaydi, badanga illat— kasallik yuzlanadi, qarilik ana shunday bedavo darddir.
XLIII
2. Bu misra talqini: filning tishi shaklan to`g`ri alifdek bo`la borib, lomdek egiladi. Shu o`xshatish orqali alifdek to`g`ri tishlar lom kabi egrilarning dastidan (loinkor ma`nosini bildiradi) balogardon bo`lib ketganligiga ishora qilinadi.
3. «Yana har bir fil ustida ajoyib bir taxt bo`lib, har taxtning ichida to`qqizta baxti kulgan hind malikasi o`tirar edi».
4. «Bular Zuhal (Saturn) yulduzi singari oltin rangda, Bahrom (Mars) yulduziday otashin va g`azabnok, o`ylaganlari nuqul urush va adovat edi».
5. «Bu vakillarning Iskandar oldida qimmati g`oyat katta edi. Binobarin, ular tomonidai keltirilgan sovg`ayu tortiqlar uning nazdida bir qora pulchalik ham ko`rinmaydi».
6. Nigor — Dehli yaqinidagi o`rmon.
7. Iltizom san`ati ishlatilgan bu parchada sandal (qorasariq rangli, yoqimli hidli daraxt) bir nyocha bor takrorlangan. Shoir sandal so`zini ta`kidlash orqali tilga olingan joyning havosi g`oyatda yumshoq, yoqimli ekanligini bo`rttirib ko`rsatishga erishgan.
8. Sind — Xindistondagi daryolardan biri.
9. Fasli rabe` — bahor fasli.
10. «Unda qishu yoz rayhonlar to`la, asalari u yerda gul teruvchidir».
XLIV
1. Bu bantda ishlatilgan «ano» ikki ma`noni (ona va mashaqqat) bildiradi.2. Rosu — susarlar oilasidan bo`lgan yirtqich hayvon bo`lib, u kaptar va tovuqqa juda o`ch bo`ladi.
XLV
2. «Adan mamlakatida bir savdogar bor edi, u savdo ishida o`z kasbdoshlarining eng epchili edi».
3. «Yo`lovchi savdogar o`z jonini qutqardi-yu, biroq o`z o`g`lidan ajralib qolganini ko`rdi».
4. Bu parchada tavzi` hamda iltizom san`atlari ishlatilgan.
XLVI
1. Doroyi xikmat— Iskandar ma`nosida.2. Nuktapardozi dono—Arastuga nisbatan ishlatilgan.
3. «Biroq har bir kishi aql egasi bo`lsa, uning aqli o`ylamasdan biror ishni qabul qilmaydi».
4. Bu baytda irsoli masal san`ati ishlatilgan. Unda «kim nima eksa o`shani o`radi» xalq maqoli mavjud.
XLVII
1. Shast bilan moxiyi siymgun tutmoq — qarmoq bilan kumushday (tanga) baliq tutmoq.2. Ko`si raxil cholmoq — ko`chish nog`orasini qoqmoq, ya`ni qo`zg`alish haqida signal berish,
3. Solib sulhdin so`z, yiborgay rasul, Borishmoq tariqini qilg`ay qabul. Baytdagi «borishmoq» so`zi «yarashmoq»qa ishoradir (borishmoq so`zining o`zi kelishmoq, kelishib olmoq ma`nolarini bildiradi).
4. «Tinchlik qoidasida kishi urushdan qancha yiroq bo`lsa, shuncha yaxshiroqdir».
5. «Hech shubhasiz, men g`olib bo`lishim kerak edi, oxirida ham haq (xudo) menga nusrat va zafar ato qildi».
6. Ayladik — bu joyda «aylasin» ma`nosida ishlatilgan.
7. Ravonroq ketursang javobi savob, Savob o`lg`usi bizga dog`i javob. Baytning birinchi misrasidagi «ravonroq» so`zi asarning 1960 yil nashrida «burunroq» tarzida berilgan.
8. Tundsher — Iskandarga berilgan sifat.
9. Ikki baytning mazmuni: «Butun Xitoy yurtlarining hammasidan, ya`ni yetti mamlakat, yo`q, yetti emas, yetmish ota-boboning yurtidan lashkar to`plagan, askarlari son jihatidan osmon yulduzidan ham, sahro qumidan ham ko`p edi».
10. «Aylanasi aroba (to`p arobasi) bilan shunday mustahkam qo`rg`on bo`ldiki, falak qo`rg`oni ham o`shanday mustahkam emas edi».
11. Aroba uza to`ra— to`p arobasi oldida katta qalqon, demak.
12. Chu Hoqon soridin ko`rundi qaro, Yasab turdi Iskandar ul dasht aro. Baytdagi «yasab turdi» iborasi nashr (1960)da «yasol tuzdi»ga aylantirilgan. Vaholonki, har ikki ibora mantiqan bir-biridan farq qilmaydi.
13. Ikki baytning mazmuni: «Ikki tomondan ehtiyot yuzasidan, qo`shinni qo`riqlash uchun, tun posbonlari chiqadilar. Bandi ushlovchilar ham ketma-ket ravona bo`lib, eng xira hulkar yulduzlardek, ko`z ilg`amas harakat qila boshladilar».
14. Ar—«agar»ning qisqartirilgan shakli (klassik adabiyotda vazn talabi bilan «agar» so`zini «ar» tarzida qisqartirib ishlatish keng odat bo`lgan).
XLVIII
1. Xurshidi iskandariyning chehra ochishn—quyosh chiqishi ma`nosini bildiradi.2. Mazmuni: «Yulduzlarning Chin qo`shinidek rangi o`chib, taqdir-qazo osmonining ko`k yaylovini taqir qilib qo`ydi».
3. «Popushakda shunqorni urish odati yo`q».
4. «Meni yo`l kezuvchi elchi deb o`ylama, sening dargohingga xoqon keldi».
5. Qonim sabil — qonim hadya ma`nosida ishlatilgan.
6. Ikki baytining mazmuni: «Aslini olganda, senda uncha gunoh yo`q, hamma gap biz tomondan sodir bo`lyapti. Agar avvalgi so`zlarda, ba`zi bir anglashilmovchiliklar bo`lsa ham, endi uning sababini bilganimizdan so`ng, ko`nglimizda hech shubha qolmadi».
7. «Turki hijoz»— cholgu kuyi.
XLIX
1. Bu bayt asarning boshqa nashrlarida uchramaydi. Undagi arabcha so`zlarning mazmuni: «Nazrlariga vafo qilurlar».2. Nassi qur`on — qur`ondan dalil.
3. Yolg`onning yomon oqibatlarga olib kelishi haqida «Hayratul-abror»da ham hikoya bor («Sher va Durroj»ni eslang).
4. Mazmuni: «Oldi-sotti ishi bitavermagach, oxirda og`irligi kampir (vazni)ga teng oltin berdilar».
5. «Agar shoh to`g`rini qo`yib, egri yo`ldan yuradigan bo`lsa, xudo ko`rsatmasin, shohlikdan voz kecha qolgani yaxshiroqdir».
6. «Rosti rasti»— rostlik, to`g`rilik — shodlik, farog`at keltiradi ma`nosida.
7. Mazmuni: «To`g`rilikning bayrog`i alif ( )dir, lekin u harf arabchada «alif» o`qilsa birni, «alf» o`qilsa mingni bildiradi». «Masalan, bir odamning fikri to`g`ri bo`lsa, dushman ko`pligidan qanday xavfi bor?»
8. Maqol ishlatish san`atidan foydalanib yozilgan bu baytning mazmuni quyidagicha: «O`ylash bilan maqsad yuzaga chiqadi, sabr bilan g`o`ra halvo bo`ladi».
LII
2. Mazmuni: «Qachonki kun bilan oy qiron qilib, bir-biriga ro`baro` bo`lsa, arzimas dog`lar ularning nurlari orasida ko`zga ilinadimi?»
3. «Tab`imiz bir narsa deyishdan ojizdir, xurmo daraxti (jannatdagi) tubi daraxti ishini qilolmaydi».
4. Uch baytning mazmuni: «Uning sipoh (lashkar)lariga beriladigan moyonaning bir yilligini to`lash ham xalq uchun vojibdir. Yangi yilgi beriladigan xirojlarni esa dafina (ko`milgan boylik) qulfini ochib, men o`z xazinamdan naqd berib yubora qolarman. Agar sizlarga shu fikrim ma`qul bo`lsa, shaxsan shohni qanday e`zozlashni mening o`zim o`ylab ko`rarman!»
5. Mazmuni: «Yana bir ming to`qqiz yuz xil uy jihozlari qanday taxlanib tugilgan bo`lsa, shundan yechilmay turardi».
6. Oyinai Chin (Chiniy oyina)— xoqonning Iskandarga qilgan ajoyib sovg`alaridan biri bo`lib, Navoiyning ta`rificha, u oyinaning ikki yuzi ikki xil mo`jizali ya`ni bir yuzi orqali gunohkor va gunohsiz (gunohkor oyinaga qarasa aksi ko`rinmas, gunohsiz qarasa ko`rinar ekan) aniqlansa, ikkinchi yuzida majlisda o`tirib ko`p ichib mast bo`lib qolgan odamning basharasi namoyon bo`lar ekan.
7. Bayt mazmuni: Bukri va kambag`al, ustida ipdan to`qilgan eski kiyimi bo`lgan ko`rmmsiz kishilar ko`ngil mamlakatining shohi bo`lishi mumkin. Insoniylikni, donolikni kiyim va tashqi ko`rinish belgilamaydi, demoqchi shoir.
Yozilishida bir, ammo o`qilishi va ma`nosi turlicha bo`lgan so`zlar o`quvchini chalg`itib qo`pol ma`naviy xatolarni yuzaga keltiradi. Bu hol 1960 yil nashr nusxasida uchraydi:
Chu bayninda bu nuktag`a topti pay,
Bo`lub xushdil, anlar ravon tarki may.
Bo`lub xushdil, anlar ravon tarki may.
Baytdagi «bayninda» so`zining «bayn» shakli ora, oraliq, o`rta ma`nolarini anglatadi va uning bayt mazmuniga hech qanday aloqasi yo`q. Bantdan oldingi. qismlar esa Chin xoqoni tomonidan Iskandarga hadya qilingan «oynai chin» (Chiniy oyina) haqida hikoya qiladn. Ana shularni hisobga olib va baytdagi boshqa so`zlar mantiqidan kelib chiqib, bu so`zni «bayninda» emas, «biynanda» deb o`qisak, «ko`ruvchi», «boquvchi» ma`nolarini beradi va shoir nazarda tutgan fikr oydinlashadi.
8. Sho`xi Chiniynajod»— xoqon Iskandarga tortiq qilgan go`zal, demak.
9. Ikki baytning mazmuni: «Yuzidagi kuldirgichi ham yarim davra shaklida bo`lib, bundan butun zamon kishilari jabrlanar edi. Bag`baqa chuqurchasi u davraning nuqtasi bo`lib, bu davrning ko`pgina bechoralari shu chuqurga asir bo`lib qolgan edilar».
10. Mazmuni: «Shoh shunday shaharni qurdiki, keksa dunyo ham misli yo`qligidan «lam`yakun» (misli bo`lmagan) oyatini o`qir edi».
11. «U bog`ning to`rt pargarli eshigi va sakkiz paxsali devori bor».
12. «Bu daraxt shoxlarining ko`kdagi manzarasini ko`rganda, «osmondagi yulduzlar shularning mevasi ekan» deb o`ylaysan».
13. Mazmuni: «Uning sahnlari, qubbalari va burchlari boshdan-oyoq oltin bilan bo`yalgan».
14. Ikki baytning mazmuni: «Avval, o`lkalarniig boshida toji bor amirsultonlari, ulardan so`ng vazir-vuzaroyu lashkarboshlari o`tirdilar. Aflotun, Arastu va Farfiyonus kabi hikmat ahli—faylasuflar shoh atrofiga joylashdilar».
LIII
1. Bu baytda talmeh va o`xshatish san`atidan foydalanilgan. Unda berilgan Xalilulloh — Ibrohim payg`ambarning laqabi.2. Baytdagi «kujpusht» so`zi Abdujamil,. Sultonali va Porso Shamsiev qo`lyozmalarida «ko`z pusht», nashr (1960) nusxasida «ko`z pushti» tarzida xato berilgan. Bu ahvolda berilishi uning mazmuninigina mavhumlashtirib qolmay, Navoiyning aytmoqchi bo`lgan falsafiy fikrini ham yo`qqa chiqargan. Bu so`z boshqa qo`lyozmalarda oddiy «z» emas, balki «jola»dagi uch nuqtali ( ) yozilgan. Demak, ( ) «ko`z» emas, balki «kuj» ekani, unga «pushti» emas, «pusht» so`zini qo`shib o`qib ko`rganimizda «kujpusht», ya`ni «bukir» ma`nosini anglatuvchi qo`shma so`z yasaladi. Demak, bu so`z mantiqan yuqoridagi misralarda qayd qilingan mazmunga muvofiq keladi va Navoiy aytmoqchi bo`lgan yuksak falsafiy ma`noni ochishga xizmat qiladi. Chunki birinchi misradagi parokanda hol, ikkinchi misradagi «Bo`ynida chu bo`lg`ay ipe eski shol» jumlasi mantiqan ana shu «kujpusht» so`zining kelishini talab qiladi.
3. Baytning mazmuni: «Saxovatda mezon bulutdek bo`lmog`i lozim, zero, bulutga yer ham, yer egasi ham barobardir».
4. To`rt bayt mazmuni: «Mehmon hamma ovqatni yesin, to`ysiya deyish odamgarchilikdan bo`lsa ham, lekin majburan yedirib, kishini jabrlash insofdan emas. Sening uying Shayx Luqmonning mozori emas, seni hech kim bu joyniig shayxi demaydi. Xudo molini isrof qilish, bu qanaqa gap? Jinnilarga o`xshab oziq-ovqatni to`kib-sochish nonko`rlik emasmi? Xudo «eng-iching» degani bilan, «isrof qilmang» ham deganku, axir?».
5. Ikki baytning mazmuni: «Eng yaxshi odat shu bo`lishi kerakki, yaxshimi-yomonmi, bir odam sening dasturxoningga mehmon bo`lgan ekan, boshlab uni xushmuomalalik bilan xursand qil, so`ngra esa, isrofgarchilik ham qilma, xasislik ham».
6. Mazmuni: «Ishingga «Akramuz-zayfa» (mehmonni siylang) so`zi nur solsa, «Xayrul-umur» (har bir ishda o`rtachalik) rasmini tut».
LIV
1. Bahrom go`r yoki Varaxran V (shohlik yillari 421—433)—sosoniylardan Yazdigirdning o`g`di. Yaman podshohi Nu`mon va unnig o`g`li Munzir tarbiyasida o`sgan. Yazdigird zulmidan bezor bo`lgan xalq u vafot qilgandan sung Ardasher naslidan bo`lgan Kisroni (ba`zi manbalarda Xusravni) taxtga ko`taradi. Bu voqeadan xabar topgan Bahrom lashkar tortib Eronga keladi. U otasining xatolarini takrorlamaslik va mamlakatda adolat, tinchlik o`rnatishga o`z a`yonlari va xalq oldida qasamyod qiladi. An`anaviy shartga muvofiq ikkita sherni o`ldirib, ular o`rtasidagi tojni oladi va podshohlik taxtiga o`tiradi. Uning sevgan mashg`uloti go`r—qulon ovi bo`lganligi uchun ham u Go`r laqabiga olgan.Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Haft paykar», Xusrav Dehlaviyning «Hasht bihisht» va Alisher Navoiyning «Sab`ai sayyor» dostonlarida Bahrom Go`r adolatli shoh, jasur sarkarda, ayni vaqtda maishatparast, xudbin shaxs sifatida tasvirlangan.
2. Sakkiz baytning mazmuni: «U uch uylikdan bittasi Qorunday badavlat bo`lsa ham, ammo nazari past odam edi. U shohning aytganlariga ahamiyat bermadi. Ikkinchisi esa, isrofkunanda edi: u qo`ylar so`ydirib, katta qozonlar osdirib, zo`r bir ziyofatning tayyorgarligini ko`ra boshladi. Ochlik mehmonning dimog`ini kuydirib, ichini achitib turgan paytda, uning ertaga pishadigan oshidan nima foyda edi? Valekin, uchinchi xonadonning egasi aqlli odam edi. Zotan, aqldan madad oluvchi odamlar xushbaxtdirlar. U baxtiyor odam, shohni o`z uyiga olib kirib, o`sha ondayoq uning oldiga uyida tayyor turgan non bilan qatiqni qo`ydi. Mohazar (tayyor turgan ovqat)ni yegach, shohdan ochlik ranji, mashaqqati ketib, joni huzur topti. Binobarin, shoh mana shu mohazar bilan mehmon qilgan mehmondo`stga behaddu-hisob mol-dunyo hadya etgani holda, haligi past odamga juda qattiq tanbeh berdi».
LV
1. Farmondehi ro`zgor»— Iskandarga nisbatan ishlatilgan birikma.LVI
1. Chin — hezirgi Birma Ittifoqi tarkibidagi bir okrugning nomi. U Bangladesh va Hindiston bilan chegaradosh. Bu joy qadimda Xitoy tarkibida bo`lgan. 2. Bu baytda Iskadar quyoshga, xoqon esa oyga o`xshatiladi.
3. Bu baytda shoir tarse` san`atidan o`rinli foydalangan. Baytdagi hamma so`zlarning vazni teng.
4. Bu baytda: «Yulduzlar holatini va yer yuzidagi «mavolid», ya`ni jonli va jonsiz, tabiatni tekshirib», deyilgan.
5. Kavkab anzori — yulduzlarning o`zaro munosabat darajalari.
6. Mazmuni: «Ma`dan aralashmalaridan tilsim qilib, dumaloq shaklga ega bo`lgan ikki kurol yasadilar».
7. Falak tulu arzi — falakning uzunlik va kengligi ma`nosida.
8. Mir`oti getinamo— jahonnamo ko`zgu.
9. Quyosh kuzgusining sharaf burji topishi — bahor kelishi ma`nosini bildiradi.
10. Mazmuni: «Hammalari ilm bobida abadiy baxt kabi, yolg`izlik, soflikda sof aql kabi».
11. Uch baytning mazmuni: «Shoh suturlob (astrolyabiya)ni qo`lga olib, shu asbob yordami bilan falakning vaziyati qanaqa-yu, shu`lalariga qaraganda, quyosh yurishidagi yuksak daraja qaerda ekanini aniqlagach, baxtiyorlik bilan mayga mayl qilib, shodlik kelinchagini o`ziga nikohlab oldi».
12. Olti baytning mazmuni. «Har bir kimsaning toju taxti bo`lsa, u o`zidan keyin o`rniga valiahd qoldirish tadbirini ham ko`rmog`i lozim. Masalan, quyosh magrib (g`arb)ga botish oldidan o`z o`rniga oyni qoyilmaqom qiladi. Mohitobon garchi quyoshchalik nur taratmasa ham, bari bir uning yorug`ligi o`rnida o`rinbosar bo`lib qoladi. Agar bir daraxt bogdan ko`chirilsa-yu, o`rnida bir yosh nihol qolsa. oqibat natijada u bog`ning ziynati bo`lib qoladi, ham mevasi, ham soyasi bilan kishilarga naf yetkazadi».
13. Tajnis (bir shakldagi so`zlarni turli ma`noda ishlatish) san`ati ishlatilgan bu baytning mazmuni: «Navoiy, turgan manzilning Chinda bo`lgach, to`y tugaguncha «Changa» (yor-yor) vaznida kuylayver».
LVII
1. Ikki baytning mazmuni: «Hut (fevralü-martga to`g`ri keladi) kirib sabzalarga jon bitishi bilan, doim tirik va abadiy o`lmas yaratuvchi oftobni hamal (mart-aprelü) sabzalari (burji) tomon yo`llab, tabiat ne`matlarini kuyosh harorati bilan parvarish qilish taraddudiga tushdi.2. Izomi ramim — chirigan so`ngak (bu yerda daraxtning tanasi ma`nosida ishlatilgan).
3. Mazmuni: «Qonda fasod paydo bo`lsa, savdo ko`paygani» degani hakimlar ta`biri bo`lib, bu yerda lolani qonga, undagn qoralarni savdoga o`xshatgan.
4. O`vidin tushub bog` aro zilzila, Choqin shaklidin bo`ynida silsila.
Baytning birinchi misrasidagi «o`vidin» so`zi Sultonali nusxasida «aridin» shaklida yozilgan. Ma`lumki. «ari» so`zi alif bilan yoziladi. Demak, kotib ayn harfidan keyin keladigan «vov» harfini «re» shaklida yozib, ham orfografik xatoga, ham ma`no buzilishiga yo`l qo`ygan. Baytdan ilgarigi misralarda bahor fasli, sheri g`urrondek na`ra tortib osmonda kezib yurgan seryog`in bulutlar, ulardan tomgan obi hayot qatralar, chaqmoq shu`lalari kabi manzaralar tasvirlangan. Shularga yuqoridagi bayt mazmunini ham qo`shib sharhlasak, quyidagi manzara namoyon bo`ladi va baytning ma`nosini «aridin» emas, «o`vidin» so`zi ochishga xizmat qilajagiga ishonchimiz komil bo`ladi: Gulzorga yoqqan bahor yomg`irini qatra deb o`ylama, uning har bir tomchisi obi hayotu yirik durlardir. Momaqaldiroq ovozidan go`yo bog`da zilzila bo`layotgandek hamma yoq titraydi. Chaqmoq o`zining olovli rangi bilan go`yo shersifat bulutlar bo`yniga tilla zanjir taqadi.
LIX
LX
2. Mahi somiriy: Kashmirning sohiri—o`ziga maftun qiladigan, demak.
3. «Shakar idishini shakarrez qildi, ya`ni tor og`zidan shirin so`z aytdi, lekin u bol tagida ari nayzasi, ya`ni achchiq so`z bor edi».
4. «Uning g`amzasi jahonni sehrlasa, menga yuzlab Somiriy buzoq bo`ladi». Bundagi Somiriy mifologik obraz. U Muso payg`ambar zamonida Musoga qarshi chiqib, gapiradigan oltin buzoq yasab, shu bilan kishilarni uziga qaratishga uringan ekan. Bu baytda o`shanga ishora qilingan.
5. Nozmehr murojaatining bu qismi iltizom san`atiga yorqin misol bo`lib, unda «gar ul» (Ravshanak), «manga» (Nozmehr), «gar ul» (Ravshanak), «mening» (Nozmehr), so`zlari alohida ta`kidlanmoqda.
6. Irsoli masal san`ati ishlatilgan bu baytda: «Oz baxt — ko`p husndan yaxshiroq» xalq maqoli mavjud.
7. Ikki baytning mazmuni: «Ohu sherni shu usul bilan ov qilgach, o`z shikormga muhabbat izhor ayladi. Sandal shohiga fil tishi urilgach, so`ngra ne bo`lganini aytishga ehtiyoj yo`qdir».
8. Bu so`z boshqa hamma oldingi nashrlarda «solib» tarzida berilgan.
9. Mulki Gajrot — G`arbiy Hindistonda Arabiston dengizi sohilidagi joyning nomi.
10. Ikki baytning mazmuni: «U dashtni itga o`xshash jonivorlar tutib ketgan bo`lib, bu maxluqlar ko`rinishda xuddi chumolini eslatar edilar. Hammasining oyoq-qo`llari chumoliniki singari bo`lishiga qaramay, lekin ular yirtqich sherdan zo`r edilar».
11. «Ollohu taoloning qudrati shunday ulug`ki, uning qudrati oldida har qanday aql, bilim va kamolot egasi ojizdir».
12. Bu so`z barcha nashrlarda «vu» deb berilgan.
LXI
1. Basirat ko`zi—aql-idrok ko`zi, tafakkur ko`zi, qalb ko`zi va ibrat ko`zi, demakdir.2. Osmonning to`qqiz qavat dasturxonida yuz tuman noz-ne`mat bo`lgani bilan (qo`l yetmagach) undan ne foyda?»
3. Uch baytning mazmuni: «Boshlab, men odam vujudiy timsolini sharhlab beray, so`ngra, uning ma`naviy ahvolini bayon aylay. Bu timsol deganim — saxiy dengizning duri, yo`q, dengiz duri emas, inson vujudi bog`ining sarv daraxtidir. Odamning boshida shohlik toji bor bo`lib, bu toj ustida qimmatbaho la`l o`rnatilgan».
LXIV
1. Baytdagi «mashriqin» so`zi Abdujamil va Toshkent nusxalarida hamda nashr (1960) nusxasida ham «mag`ribin» shaklida xato berilgan. Bayt mazmuniga e`tibor beradigan bo`lsak, bu yerda so`z quyosh haqida, uning Mashriq (Sharq, kunchiqar)dan yuz ochib ko`tarilishi haqida ketyapti. Baytdagi «shah» so`zi Iskandarga emas, balki osmon shohi — quyoshga taalluqlidir. Bayt mazmuni: Tong o`z alvon bayrog`ini ko`tarib yorisha boshladi, Mashriq shohi — Quyosh jamol ko`rsata boshladi.2. Mazmuni: «Yana saf tortgan jangchilarning na`ralari yangrab, jang nog`aralarining sadosi yeru ko`kni chok-chok qila boshladi».
3. «Bularning ko`zi ko`k, soqoli sariq, yuzi qora bo`lgani holda, hammasining peshonasida shoxi bor edi».
4. Bu baytda o`xshatish — Karkadan (Iskandar pahlavonlaridan biri)ni filga monand etish bilan birga, unda tajnis (karkdan—karktan) san`ati ham ishlatilgan.
5. Ra`d — Karkadanning laqabi.
6. Ikki baytning mazmuni: «Nihoyat, vahshiydan tug`ilgan qaysar pahlavon bir hamla qilib, uning bo`yniga changakli xodani soldi. Changak mahkam o`rnashgach, xuddi qarmoq bilan baliq tutgandek uni tortib yerga urdi».
7. Qahqar — Iskandar pahlavonlaridan birining laqabi.
8. «O`z kishilariga, «urush qil» deb qatüiy buyurolmasdi, chunki harif g`oyat zo`r edi».
9. Ikki baytning mazmuni: «Bu go`zal, husnda xurshidi tobonning xuddi o`zi, yana Zuhra yulduzidek xushovoz san`atkordir. Bu sifatlari bir tarafda tursin, jang maydonida bunga bas keladigan jangchi topilmas».
10. Chin xoqoni Iskandarga tortiq etgan qiz g`oyatda go`zal bo`lgan. Nizomiy dostonida tasvirlanishicha, u (qiz) vahshiylarga asir tushadi va uni Iskandar odamlari ozod etadilar hamda Iskandar unga uylanadi. Navoiyda tasvirlangan bu obraz o`zining sadoqati, epchilligi, qisqasi, mislsiz jasorati bilan Iskandarni lol qoldiradi. Biroq Iskandar unga uylanmaydi.
11. «Qilingan bu shafqatu marhamatlar uning bo`yniga qullik sirtmog`ini soldi».
12. «Qachon vaslga erishuv nasib bo`lsa, shu damni kutib, bir damgina bo`lsa ham uni g`animat bil!».
LXV
1. Talmih san`ati ishlatilgan (Sulaymon, Farhod va Majnunga ishora) uch baytning mazmuni: «Agar Sulaymonsiz qolganiga motamzada bo`lmaganida edi, uzuk o`z ko`ksiga tosh urmasdi. Tog` bechora Farhodsiz jon azobi chekadi shekilli, ertayu kech sado solib, fig`on qiladi. Dasht, joni azobda qolgan Majnundan ajralgani uchun, katta yo`lda yuzini timdalab yotibdi».2. Olti baytning mazmuni: «Firoq dastida jabrlanuvchilarning boshidagi balo bir necha xildir: biri.— molu davlat ayrilig`i bo`lib, jahon ahliga buning ta`siri zo`rdir. Do`st-yordan ayriliq dog`i ham kishining yurak-bag`rini kuydglrib yuboradi: qarindosh-urug`, tuqqan jigarlarning hajri ham yomon, u kishi joniga iztirob soladi, yana biri ishq dardiga mubtalo bo`lib, birovga ko`ngil qo`yishdir.
3. Ayriliqlarning hammasida azob-uqubat boru ammo hech qaysisining mashaqqati mana shu keyingichalik emas. Agar haqiqiy maqsadga yetishish yo`li topilmasa, bularning barchasidan mana shunisi mushkuldir».
LXVI
1. Majnun va Layli afsonaviy shaxslar bo`lib, ularning samimiy sevgilari haqida hikoya qiluvchi ko`p rivoyat, ertak va dostonlar mavjud. Layli va Majnun Alisher Navoiyning shu nomdagi dostonida bosh qahramon sifatida tasvirlangan.2. Najd — Arabistondagi tog`lardan biry. Afsonalarga qaraganda, Majnun ko`pincha ana shu tog` etagida yashagan.
LXVIII
1. Ya`juj — afsonaga ko`ra, xunuk bashara, bahaybat, hamma narsani nobud qiluvchi, odamxo`r maxluq. 2. «O`ng va so`ldan hech kimning kelishiga yo`l qo`ymaydilar».
3. Besh baytning mazmuni: «Bu yerda garmsel shamollar shunday hujum bilan esadiki, bu shamol tekkan zahoti kishi halok bo`ladi. U yerning hatto mo``tadil hisoblangan shamoli esganda ajdaho bo`lsa ham mavh etadi. U dashtning qolgan uch kunlik yo`li esa, hammasi ilonzordan iboratdir. U ilonlar kofcha, af`i, ja`fariy kabi zaharli ilonlar bo`lib, har biri u yerdagi xazinalarni poylaydigan ajdaholardir. Ularning soni ming tumandan oshadi, ming tuman qayoqda, balki u ilonlarning son-sanog`i yo`q».
4. Hamul turki chin — Chin xoqoni Iskandarga tortiq qilgan go`zal ayolga ishora.
5. Xush so`zi xash o`qiladi.
6. Qirvoi sarhadi— qadimiy eron viloyatlaridan biri.
7. Uch baytning mazmuni: «Bu tog` bilan zulmat o`rtasida bir vodiy bo`lib, yo`l boshlovchilar u tarafga bora olmaydilar. U zulmat emas, jahannamdir, vodiy emas — do`zaxdir. Qisqasi, u yer — ya`juj deganlarning qarorgohidir. Bu ya`juj deganimiz yuz ming tuman balodan iborat. bo`lib, biz shu behisob balolardan qochganlarmiz».
8. Bu baytda ajoyib sifatlash — parokanda soch, kichraytirish — bir qarish, mubolag`a — uch quloch ishlatilgan.
9. O`n ming qari — taxminan o`n ming metrga teng masofa.
10. Rang to`kmoq — qurilish rejasini tortmoq, ma`nosida.
11. «Hunarmand ustalar ganch o`rniga haftjo`sh (etti ma`dan qotishmasi)ni biriktirib yerga quydilar».
12. Birinchi arz — yer, ikkinchisi en ma`nosida ishlatilgan.
13. Saddi Iskandariy — Iskandar to`sig`i, Iskandar devoriga ishora.
14. Uch baytning mazmuni: «Sadning tepasiga yana qal`alarning singari qubba va kungiralar ham yasab, ular temir bilan mustahkamlandi. U yerga posbonlar uchun ham ikkita joy qilindi va dushmanni toshbo`ron qilish uchun yuqoriga ko`p toshlar yig`ildi. Sadni muhofaza qilib qo`riqlab turish uchun ham bir necha yuz kishi tayinlandi».
LXXII
1. «To`rtinchi osmonni quyosh jilvalantirgan ekan, uning bundan faxrlanishiga ajablanishning o`rni bormi?»2. «O`simliklar, kondan chiqadigan ma`danlar va jonvorlarni, qiziq shakl va ajoyib ko`rinishli maxluqlarni...».
3. «Sohillarda g`aroyibotlar ko`p bo`lgani kabi, orollarda ham ajoyibotlar benihoya ekanini aytadilar. Unday qiziq narsalar dengizlarda qanchalik ko`p bo`lsa, okeanlarda behaddi-hisob emishlar».
4. Bu bayt Alisher Navoiyning «Asarlar»i X tomida boshqa joyda berilgan.
5. «Agar shoh mashvarat — majlisda qattiqqo`llik qilar ekan, uning sitamini chekmaslikning iloji bormi?»
6. «Ko`p ish borki» nafs u ishda o`jarlik qilsa lekin (u) o`sha yo`lovchi yordami bilan hal bo`ladi»..
7. «Yana ikki yuztasida tuyalar va otlar bo`lib, qirg`oqqa chiqqanda kerak bo`lmshi ko`zda tutilgan edi».
8. «Qazo mening boshimga bu safarni soldi, kishi taqdir hukmidan qayga qochishi mumkin?»
9. Uch baytningg mazmuni: «G`umg`uch kemalar qo`zg`olgach, teran daryo hayqirib, to`lqinlanib ketdi. Bu kemalardan suv yuzida ulug` shahar tuzildi, harakatidan esa go`yo o`zga bir olam paydo buldi. Kemalar qorasi bulut ko`m-ko`k osmonni qoplagandek, chuqur daryo yuzini qoplab oldi».
10. «Ey mug`anniy! Mungli bir kuy chal, sozingga xazin bir qo`shiqni ham jo`r ayla».
11. Hubob uyi — suv yuzida paydo bo`lib yo`qoladigan pufakcha ma`nosida.
LXXIII
1. Suqrot, Sokrat (mil. av. 470 (469.)—Afina—399)—qadimgi yunon faylasufi. Suqrotning hayoti va ta`limoti haqidagi muhim ma`lumotlar shogirdlari —Ksenofont va Platon asarlari orqali yetib kelgan. Suqrot demokratiyaga dushmanlikda asossiz ayblanib, o`lim jazosiga hukm qilingach, o`zi zahar ichib o`lgan.LXXVI
1. Hakimi ilohiy — Suqrot hakim ma`nosida.2. (Suqrot) «yo`ldagi ishlarni nazorat qilib borsa, uning ishiga Ilyos (dengizlar piri) qo`riqchilik qilar edi».
3. Uch baytning mazmuni: «U (Suqrot—T. A.) kemalarni xuddi qushdek uchirib, suv sayri—safarini boshlab yubordi. Bular tushgan suv Farang va Rum dengizi bo`lib, unig ahvol-vaziyati hanuzgacha hech kimga ma`lum emas edi. Shoh askar va sipohlari bilan u yerdagi orollarni fath egish ishiga kirishib ketdi».
4. «Dengizda tekshirib o`rganilgan va o`lchangan joylar haqida yozilgan qog`ozlarni» demoqchi.
5. Varaq-varaq qog`ozlar bilan to`lgan u kema qayiq singari kichkina emas. nihoyatda cho`ng-katta kema edi».
6. Ikki bayt mazmuni: «Suvda yurishda qilingan bu ishlar ikkinchi darajadagi ishlar bo`lib, mening uchun asosiy ish buki, hozirgacha dengiz doirasini aylandimu, endi dengiz markazini ham aniqlasam edi».
7. Bihil o`ldiklar—(bundagi o`ldik— o`lsin ma`nosida) kechirsinlar, demak.
8. Qo`shgirnoq orasidagi Iskandar so`zining mazmuni: «Sizlar ushbu joyda turnig, bu yerda to`rt yil meni kuting. Rumdan kuchsizlik va boshog`rig`ni qaytaruvchi narsalar oldiring. Men safarga chiqib va`dam bo`yicha qaytib ketsam, o`sha dorivor narsalar menga kuch-quvvat bag`ishlashda ilon bo`lar. Hijrondan qutilib, bir-birimiz bilan ko`rishib farog`at bilan Rumga qaytarmiz. Agar bordiyu, falak zulm ko`rsatib, boshqacha o`yin oshkor etib, meni dengizga g`arq qilsa, bu ajdahoni nahang yutib yuborsa, bu bilan va`da vaqti o`tib ketsa, maqsadingiz hosil bo`lmay, noumid qolsangiz, haqqimizga duoyi fotiha yo`llab, bizni kechirib, o`z yo`lingizga ravona bo`ling».
9. «Kemachilik ilmida barcha kemachidek, dengizga sho`ng`ishda xuddi timsohdek».
10. «Xuddi osmon yulduzlari kabi dengiz yulduzlari ham ko`zdan yo`qolishdi».
11. «Girdob emas, tagsiz chuqur choh bo`lib, quyosh yusufini garq qilar darajada». Bu yerda «Yusuf va Zulayho» qissasidagi Yusufni chohga tashlash voqeasi eslatilmoqda.
12. Kemaga dengiz to`lqinlarning kelib urilishini tol bargiga quyun shamolining urilishiga o`xshatilmoqda.
13. «Ularning hammasi (kemadagilar — T. A.) o`zini oldirgan bo`lib, faqat Iskandargina o`zini tetik sezardi».
14. Uch baytning mazmuni: «Siz endi xursandchilik bilal shu yerda turing. Men hammangiz bilan xayr-xo`shlashaman. Dengiz qa`riga tushishni havas qilgan edim, hozirgi soatda shu niyatimga yetib turibman. Orzu qilgan murodim ushaladigan bo`ldi, so`z tagiga tushib, u yerdagi hayotni tomosha qilayin».
15. Xusrav — Amir Xusrav Dehlaviyga ishora. Navoiy bu baytda Iskandarning dengiz sayohati haqida turlicha bir-biriga qarama-qarshi rivoyatlar borligi hamda unga Xusrav Dehlaviy alohida e`tibor berganligini ta`kidlamoqda. Navoiy ham o`z dostonining shu parchasida Dehlaviyga yaqin tasvirlar beradi. Biroq ular o`rtasida farq ham bor. Bu farq avvalo, Dehlaziyda Iskandarning dengiz safaridan orqaga qaytishi juda qisqa muddatni tashkil etganidan iborat bo`lsa, Navoiyda bu vaqt bir yilni tashkil etadi. Ikkinchidan, Navoiyning dengiz sayohati manzarasining tasviri, jonli, ancha realistik bo`yoqlarga ega. Bu ayniqsa safar davrida, Iskandarning ozib ketgani, kasal bo`lishini bayon etuvchi manzaralarda yaqqol ko`zga tashlanadi.
16. Olti baytning mazmuni: «Bundan boshqa ham rivoyat borki, bu rivoyat beruvchi roviy (qissa aytuvchi—A. G.)lar qoshida maqbuldir. Menga ham shu keyningisi ma`qul bo`lgani tufayli, uni aytish foydadan holi emas deb bilurman. Bu shundan iboratki, tarixlarni naql qiluvchi kishilar, Iskandarni ham valiy, ham nabiy (payg`ambar) bo`lgan deb aytadilar. Bu keyingi xabarga ko`ra, murod-maqsadiga yetish yo`lida yurgan Iskandarning ravshan dili okean ichida qattiq riyozat va zahmat chekkani sababli, yanada pokizalanib ketgan».
LXXVII
1. Bahrom anga bottiyu chiqmadi—Navoiy «Sab`ai sayyor» dostonidagi Bahrom taqdiriga ishora qilmoqda. LXXVIII
1. «Kimki dunyoga hirs qo`ymasa, jahonning ranj-mashaqqatidan xalos topishi osonroqdir».LXXX
1. Yuzingni shapaloqlab ko`kartirmasang, ko`karganni oq soch bilan yopmasang».2. «Hamma yoqqa jar solib, katta-kichik, barchaga xabar yetkazib deyilgan.
3. Iskandariya — Misr Arab Respublikasi shimolidagi qadimiy shahar. Nil daryosi delütasining g`arbiy qismida. U shaharki miloddan avval 332—331 yili Iskandar Zulqarnayi qurdirgan.
4. Ajal qo`li nog`orasini qoqqach, bo`yniga abadiylik tomon jo`nash ishini soldi».
5. Fan-hikmat ahillari — olamlar kitoblardek qora libos kiyib, ilm singari siyohga burkanib oldilar».
6. Ikki bayt mazmuni: «Chunki bir jahon xalqi yalang`och bo`lib. butun dunyoga g`avgo solar edi, nogoh bunday qiyomat yuz berib yer ko`kka chiqib, falak pastga tushdi (dunyo ostin-usgun bo`ldi)».
7. Ikki baytning mazmuni: «Lekin menga falakdan, tez uchadigan yulduzlaru beparvo dunyodan nihoyatda og`ir zulm bo`ldi. Sendan ilgariroq u dunyoga men yo`l olmadim, u yerdan jannatdan senga bir tuzukroq joy tayyorlamadim».
8. Bu misrada Iskandarning o`lishi quyosh botishi (xurshid uyoqti)ga, Iskandarning onasi qari osmon (zoli charx)ga o`xsha-tilgan.
9. Uch baytning mazmuni: «Uning tanasini olib borib, xuddi ruhni tanaga kiritgandek, qabrga kiritdilar. Qora tuproqning bag`rini yorib, uning ichiga quyoshni ko`mdilar. Oxiri quyoshning qora tuproqqa botishi, bu ko`hna dunyoning rasmi — odatidir».
LXXXI
1. Dostonda bir qancha olimlar obrazi mavjud. Bular Naqumohis, Arastu, Filotun-Aflotun, Suqrot, Asqalinus, Buqrot, Hurmus, Faysog`urs kabilardir. Ularning ko`plari juda qadim zamonlardan boshlab Yaqin va O`rta Sharq xalqlari orasida mashhur bo`lib, u olimlar tomonidan yaratilgan asarlarning ko`pchilik qismi arab tiliga tarjima qilinganligi tufayli keng tarqalgan hamda shu joylarda yashaydigan olimlar tomonidan ularga sharhlar berilgan. Xalq orasida Arastu, Aflotun haqida afsona va rivoyatlar paydo bulgan, badiiy asarlar yozilgan. Alisher Navoiy bu afsona, rivoyat, asarlar bilan tanish bo`lgani ehtimoldan uzoq emas. Biroq Navoiy «Saddi Iskandariy»da olimlarning tarixiy obravlarini yaratish yoki ularning ilmiy ishlarini bayon etish, ijtimoiy-falsafiy qarashlarini talqin etishni o`z oldiga maqsad qilib qo`ygan emas. U an`analarga amal qilgani holda, yunon olimlaridan xalos topish osonroqdir» ning nomlarini keltirgan. Bundan maqsad esa, ular obrazi orqali o`z davridagi ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni yoritish edi. Shuning uchun ham Navoiy olimlarni antik dunyodan o`z zamoniga olib kirgan. Shoir ular orqali ilm-ma`rifatni targ`ib qiladi hamda o`z davridagi olimlarni el-yurt uchun foydali ishlar bilan shug`ullanishga undaydi. Bundan tashqari, Navoiy o`z davri hukmdorlarini ilm-fan ahllariga homiylik qilishlarini (shoirning o`zi bunga yorqin misol bo`la oladi), ularning oqilona maslahatlarini tinglab, davlatni idora qilishni uqtiradi.2. Bonuyi iffatpanoh — Iskandarning onasiga ishora. Bu obraz o`zining sabr-matonati, oqil-donoligi hamda tadbirkorligi bilan diqqatga sazovor bo`lib, u o`zining ko`pgina yaxshi fazilatlari bilan «Farhod va Shirin»da tasvirlangan Mehinbonu obraziga yaqin turadi.
3. Ikki bayt mazmuni: «Dunyo Bonusi (Iskandarning onasi) yetti daryo (etti hakim)ning yuz qo`yganini bilgach, ularning qadamini muborak bilib, o`z huzuriga kirishlariga ruxsat beradi».
4. «Chunki u, dunyoning eng aqllisi, aql bobida xaloyiq ustozidir».
5. «Gavhar daryoga cho`ksa ham bor bo`lsin, quyosh yer tagiga botsa ham qaytib chiqsin».
6. «Shoh vasiyatlarining hammasini ortig`i bilan amalga oshirdi».
7. Yeti ato birla to`rt ano — yetti iqlim bilan to`rt unsur (tuproq, suv, o`t, havo) demak.
8. «Pand-nasihat tahsilini olgansan, senga aqli yetuk bo`lmagan odamgina nasihat qiladi».
9. «Bu qadimdan rasmi odat bo`lib, ollohning sunnat va qoidasidir».
10. «Sengga haq taolo shunday fazilatlarni bag`ishlagan ekan, bunga kupdan-ko`p shukr qilish vojibdir».
11. «Ularga uzr aytish yo`li bilan so`zga kirishib, yetti konga (etti hakim ma`nosida) bir vayrona (ko`ngli vayron ona)dan shunday xazina to`kildi».
LXXXIV
1. Xudoga shukurki, baxtim ishimga rivoj berib, bu shohona kitobni bezab tugatdim».2. «Kitobat san`ati ishlatilgan bu baytning mazmuni: «Kitob ibtidosini alif bilan boshlab, oxirini mim harfi bilan tamomladim».
3. Iskandari soni—Husayn Boyqaro demak.
4. Ul—Iskandar, bu Husayn Boyqaro degan ma`noda.
5. «Agar undan nasl qolmagan bo`lsa, xudo bunga o`n olti farzand ato ayladi».
6. «Farhodu Shirin» erur otig`a —«Farhod va Shirin» Sulton Husayn Boyqaroning katta o`g`li Bade`uzzamon Mirzo nomiga bag`ishlanganligiga ishora qilingan.
7. Muzaffar Xusayn—Husayn Boyqaroning kichik o`g`li. 1506 (911)da otasi vafotidan keyin akasi Bade`uzzamon bilan birga Xurosonda hukmron bo`lgan. Lekin oradan ko`p o`tmay, Shayboniyxonning hujumiga uchrab Astrobodga qochgan va o`sha yerda o`lgan.
8. Arabcha baytning mazmuni: «(butun) dunyoga in`omini (ehsonini) davomli qilsin. Ayt, uning (Muzaffar Husani Mirzoning— X.A.) hukmronligini abadiy qilsin».
9. U (Muzaffar Husayn) adab taxtining osmon qadar baland martabali kuyoshi, hayot dengizining pokiza gavharidir».
10. Irsoli masal san`ati ishlatilgan bu baytning mazmuni:
«Yilning yaxshi-yomon bo`lishi — bahorning kelishidan ma`lum bo`lgani kabi, el—xalq uning olamni yorituvchi yuzidan ko`p umidvordir».
LXXXV
1. Ikki baytning mazmuni: «Shuni unutmaginki, olam vafosizdir, shuningdek, olamda nimaiki bo`lsa, baqosizdir, doimiy emasdir. Nima narsa betayin va beqaror bo`lsa, unga e`tiqod qo`yish — ishonish yaxshi emas».2. Ikki bayt mazmuni: «Kuchsiz-bechora odamlarga xoh yaxshilik va xoh zugum qilsang, kuchlilardan ham shuni talab et, ya`ni odamlarni har ishda teng kur. Odam muhrga nimani o`ysa, muhr bosilgach, qog`ozga shu tushadi».
3. «Ulug`lik egasi bo`lmish tangri o`z hifz — himoyatida saqlamasa, odamga na ganj — xazina asqotadiyu, na mol-mulk».
4. Ikki baytning mazmuni: «Fitna va ig`vo bilan sho`g`ullanuvchi kishilarni siyosat ostiga olish, ularga qattiq jazo berish — hukmdor uchun shartdir. Yomonlarni haddan tashqari qo`rqinchda saqlash — yaxshilarning nihoyat darajada osoyishta yashashi uchun sharoit yaratib beradi».
5. Qo`shin tortish garchi og`ir ko`rinsa-da, busiz og`irlikni yo`qotib bo`lmaydi.
6. Yasolni kom bila tuzmak — qo`shin safini maqsadga muvofiq tartib berish.
7. Yeti kavkab — Iskandar atrofidagi yetti olim—hakim ma`nosida ishlatilgan.
8. «Ikkinchisi shuki, ota-onangga xizmat qil,. bularning ikkisiga qulluq qilishni haqiqiy farz deb bil».
LXXXVIII
1. Bu bobda Alisher Navoiy o`z ukasi Darveshaliga nasihat qiladi. Darveshalining tug`ilgan va vafot yili noma`lum. Darveshali Balx hokimi, Navoiyning vazirlik vaqtida uning kitobdori bo`lgan. Unga 1482 yilda amirlik unvoni berilgan. U Ibrohim Husayn (Husayn Boyqaroning hali voyaga yetmagan o`g`li) nomidan Balxni idora qiladi. Majididdinning Navoiyga qarshi harakatlaridan norozi bo`lib, 1490 yili Hisor hokimi Sulton Mahmud bilan birgalikda Sulton Husaynga qarshi bosh ko`taradi. Husayn Boyqaro uni zindonga soladi. U 1494 yili Makkaga borishga ruxsat oladi. Qaytib kelgach (1498), devoni oliyga xizmatga tayinlanadi. Navoiy vafotidan keyin Balxga ketadi. Shayboniy xizmatida bo`ladi. Shayboniy vafotidan (1510) keyin Zahiriddin Muhammad Bobur xizmatiga o`tadi. Uning 1511 yildan keyingi taqdiri noma`lum.LXXXIX
1. Bu bayt ruju` (qaytish so`zidan) san`atiga yorqin dalil bo`lib, shoir unda avval panja, xora (tosh) kabi obrazli iboralarni ishlatib, so`ng undan qaytadi va po`lodi yakpora, deydi.2. Ikki baytniig mazmuni: «Zo`rlar qatoriga kiraman deb, panjaga qo`l urish bilan, u papjadan o`z panjasiga ko`p shikastlar yetkazgan kimsalar xam bo`lgan, Haddan ortiq zo`r berib kuchayishlari natijasida ularning bilaklari tirsaklaridan chiqib ham ketgan».
3. «Paij ganj»— Nizomny Gapjaviy: «Xamsa»sining nomi.
4. Par—shoirning ustozi Abdurahmon Jomiy.
5. «Har bir ochilmagan qulfni ochishda buyuk kishilarning duosi kalid bo`la oladi».
6. Azmi haram qilmok—Makkaga (hajga) bormoq.
7. Tasdir san`ati (bayt niyoz suzi bilan boshlanib, o`sha so`z bilan tugagan)dan foydalanib yaratilgan bu baytning mazmuni: «Orzu-istagi bor kishilar kirsin!» degan so`z eshitildi, buni eshitgach, umid bilan kirdim».
8. To`rt baytning mazmuni: «U kishining joyi xilvat emas, yuksak ostonani eslatar, o`zlari esa, xilvatda — yolg`iz o`tiruvchiga emas, Jabroil farishtaga o`xshar edilar. Uni [Jabroilni] muqaddas nur ravshan aylagan, ya`ni u nurdan yaratilgan bo`lsa, buning [Jomiyning] so`zlaridan muqaddas sirlar ayon bo`lar edi. Jabroilni eslatadigan darajada to`liq aql egasidir. Men shunday bir haramga mahram bo`ldimki, yo`q u haram emas, yorug`lik va poklik olami edi».
9. Olti baytning mazmuni «Ularning bu yozganlari yuzaga chiqqanda, siyoh bilan yozilgan bu kabi qora-qura narsalarning olamda bo`lishiga hayratlanasan. Ularning yozganini kim o`qisa, xuddi qorong`i kechada qolgandek mashaqqatga tushadi. U shunday zulmatki, odam ichay desa, obi hayot yo`q, u shunday tunki, unda oftob nuridan nishona ham ko`rinmaydi. Unday shoirlar dunyoga eng muattar mushk sepdik, deb maqtanganlaridan ham mushklari ko`ngilni qora va ko`zni xira qiladi, xolos. Lekin bu o`rmonda ikkita mard sher [Nizomiy bilan Xusrav] bor bu dengiz ichida ikkita botir nahang [Nizomiy va Xusrav] bo`lib, bu o`rmonga kirish uchun xuddi o`shanday jangovar sheru, bu dengizga tushish uchun o`shanday dilovar nahang bo`lmoq kerak».
10. Qo`shtiroq ichiga olingan nomlar Alisher Navoiy «Xamsa»sidagi besh doston: «Hayrzgul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sab`ai sayyor», «Saddi Iskandariy»dir.
11. Savodin juzvdon aro solmoq — qoralamasini kitobga mo`ljallangan xaltaga solmoq.
12. Aning sari — Jomiy sari, demak.
13. Ikki baytning mazmuni: «Bundan keyin, o`z so`zlari bilan ajam va arabni olgan, asli nasabi turk bo`lgani holda «hindiy» laqabi bilan nom chiqazgan Xusrav bo`lsa, ko`p afsonalarni qisqartirib, bu mustahkam qo`rg`onni qo`lga kiritdi».
14. Bu ra`noga suratamoy bo`lmoq—bu go`zalning suratini namoyon qila olmoq, ya`ni «Xamsa» yozish ishini tugallamoq, demakdir.
15. «Kanap daraxtining shoxi xas-xashakcha bo`lmasa ham, qalandarga barvasta sarv daraxtiday ko`rinadi» (kanap ipidan to`nlik mata to`qiladi).
16. Piri koshif — Jomiy ko`zda tutilmoqda.
17. Piri ravshanzamir — Jomiyga nisbatan ishlatilgan.
18. «Asarim bir kema kabi ma`rifat daryosi [Jomiy] tomon yo`nalgach, ulug` dars (Jomiy) o`z muborak qo`lini bu daftarlarga uzatdi»,
19. «Qanday yengki, uni osmonga tashlasa, ko`kning qiyshiq yuzini bukib yuborar edi».
20. El tavfi Baytilharam — odamlar Ka`ba atrofida aylangandek (Ka`ba— Makkadagi ziyoratgoh), demoqda.
21. Jam`i kasir — bir to`da kishilar, demak.
22. «Bu xushta`b va muborak zotlar sen bilan bir nafas ko`rishishini orzu qiladilar!»
23. Hasan Dehlaviy — umrining avvalida nonvoy bo`lgan. Keyinroq Xusrav Dehlaviy bilan tanishib, uning vssitasi bilan ilm va adabiyotga berilib ketgan. Hasan Dehlaviy g`azalgo`ylikda shuhrat qozongan edi. U 1308 (707) yili Dehlida vafot etgan.
24. Hazroti Shayx — Nizomiy Gajnaviy demak.
25. Ustodu pir — Abdurahmon Jomiyga nisbatan aytilgan.
26. Rahbar — Hasan Dehlaviy ko`zda tutilmoqda.
27. Muslihiddin Sa`diy Sheroziy (1204—1292), Abulqosim Firdavsiy (934—1020), Abulqosim Hasan binn Ahmad Unsuriy (1040 Balxda vafot etgan), Sanoiy G`aznada tug`ilib o`sha yerda 1181 yilda vafot etgan. Hoqoniy — Afzaliddin Ibrohim binni Ali Shirvoniy — qasidago`ylikda zo`r shuhrat qozongan. U hajdan qaytishda 1186 (582)da Tabrizda o`lgan. Qabri o`sha yerda, Anvariy — uing nomi Avhadiddin. Xurosonning Abevard viloyatidagi Budna qishlog`ida tug`ilib, Tus (hozirgi Mashhad)da tarbiya olgan. Zamondoshlari unga «hakim» unvonini bergan edilar. Anvariy umrining o`rtalaridan she`r va adabiyot bilan shug`ullanib, ustoz darajasigacha ko`tarilgan. Anvariy 1152 (53)547 h.)da Balxda vafot etgan.
28. Iki yor—Jomiy va Xusrav ko`zda tutilmoqda.
29. Ikki bayt mazmuni: «Bo`lmasa, ikki yilda bitta «Xamsa» yozib tamomlash — o`taketgan xom xayoldan boshqa narsa emasdir. «Xamsa» bo`lganda ham shunday «Xamsa»ki, u beshta gavhar xazinasidan iborat bo`lib, sarflanib, zoe bo`lish xavfidan omonlik topgan xazinadir».
30. Mavlaviy — Abdurahmon Jomiyga nisbatan ishlatilgan.
31. Dimog`ning yubs topishi — dimog` xushk bo`lib, quruqshab qolishi demak.