Òîï ðåéòèíã www.uz
HOLOTI PAHLAVON MUHAMMAD

BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM


Ey charx, ne davrlarki dast etting,
Davringda muhabbat ahlini mast  etting,
Har kimniki, olamda zabardast etting,
Oxir ajal ilgida ani past etting.

             Tariq fanosida mufarrad va fano tariqida mujarrad, jahondag`i pahlavonlarning pahlavoni jahoni va pahlavonlig` jahonining jahon pahlavoni, surat va ma`nida beshabih va benazir, ya`ni Pahlavon, shamsul-millati vaddin1 Muhammad Kushtigir2 siyrat va suratida.
             Pahlavonning nasabida sayodat sharafi bor, ammo chun tag`oyisi Pahlavon Abusaid3kim, zamonning pahlavon va musallam kushtigiri erkondur va Pahlavon kichik yoshlig` erkonda ul fanda kundan-kunga andin g`aribosor va ajib namudorlar zohir bo`lur erkondir. Andoqki, oz fursatda jami` abnoyi jins borini  mag`lub qilib, borig`a foiq va g`olib kelibdur. Chun ro`zgor harunlig`idin va laylu nahor buqalamunlig`idin4 Pahlavon Busaid hayot vadyatin muqtazoyi ojil5g`a topshurubdur. Pahlavon istihqoq bila pahlavonliq sartakiyasiga o`lturubtur va bu toyifa sarhalqalig`in tav` va rag`bat bila qabul qilibdurlar. Nevchunki ul, agarchi kuch va zabardastlikda zamonning munfaridi erkondur, ammo kushtidonlig` va zabardastlig`da ham andoq ekondur va bu toyifadin bu o`tgan to`rt-besh yuz yil, balki ming yilda aningdek hech yod bermaydur va naql qilmaydur. Bovujudi ulki, o`z fanidaki, kushti bo`lg`aykim, shuhrati ul ism biladur va oncha yakfanliqda va mardum afkanliqda kichik yoshliq erkondurkim, shogird kushtigir erkondur va bu fanda ne varzish qilur erkondur. Chun qobiliyati baland tushgandur va muloyamati tab`i borcha funung`a munosib va bahramand voqe` bo`lg`ondur, ko`p fazonil va kamolot ham kasb qilg`ondurkim, zamon ahli borchada Pahlavonni musallam tutar erdilar.
             Ul jumladin advor6 va musiqiy ilmidurkim, chun lahjasi va husni savti xo`b ekandur va usuli mazbut va harakoti va sakanoti marg`ub. Ul daqiq fanda ko`shish va sa`y ko`rguzub, daxli tom va mahorati molokalom topib erdi va dilkash naqsh7lar va amal8lar va dilpisand qavl9lar va g`azallar tasnif qilur erdi va xo`b aytur erdi. Andoqki, eshitgan xavos va avom xushhol bo`lmoqda beixtiyor va o`rganmoqda beqaror erdilar.
             Ul asrning bu fanda mohirlari misli: Ustod Muhammad Xorazmiy va Mavlono Nu`mon va Mavlono Sohib Balxiy va Shayx Safoyi Samarqandiy va Xoja Yusuf Andijoniy10dek kishilarning tasnifoti muqobalasida ishlar yasabdur va naqsh va sufiya va amal va qavl va jir chorzablardek va chun o`zi alarning ko`pidan ham xushgo`yroq va ham xushxon ermish, ishlarining shuhrati ko`proq voqe` bo`lur emish.
             Mashhur amallaridan biri «chahorgoh» amalidurki, Mavlono To`tiy11 (alayha  rahma) ning ul she`ridinkim, matlai budur:

Soqiyo, de rafta hastu   ahvoli fardo nopadid,
Xeshro imruz  xush doremu  fardoro  ki did?12

kim, Mir Buzurg Termiziy13 otig`a bog`labdurkim, bag`oyat xushoyanda va muloyim eshitilur va dalil bukim, Xuroson mulkida, balki Samarqand va Iroqda hamul ishni bilmas go`yanda yo`qtur, balki g`ayri go`yanda dag`i behad va hasr xaloyiqning yodidadur. Yana «segoh» amalidurkim, Mavlono Xusrav14ning she`rig`a bog`labdur va matlai budurkim:

Ey zi tobi orazat sham`e ba har koshonay,
V-ey  asiri  purxami zulfat dili devonay15

kim, Bobur16 otig`a bog`labturki, ul dag`i bag`oyat muassir va xushoyanda  ishdur. Yana  «segoh» amalidurki.
Mavlono Kotibiy17ning ul she`ridinkim, matlai budurkim:
    
Gahiki, tig`i tu dar qatli ahli did baroyad,
Ba yak mushohada maqsudi sar shahid baroyad18.

Bu ishni bog`lamoqdin g`arazi bu matla` ermishkim:

Manoli Kotibiy az shomi g`am ki subhi saodat
Ba yumni davlati Sulton  Abusaid baroyad19

kim, Sulton Abusaid mirzo20 otig`i bog`labdur, nihoyatdin tashqari dilpazir ish tushibdir.
Va ulkim, Sultoni Sohibqiron21 xizmatig`a musharraf bo`ldi, Mashhaddin «saydi g`azol»22 sho``basida ul humoyun  hazratning ismig`a o`zining bu she`rinki:

Onjo   ki bar dargahat ro`i niyoz ovardaem,
Ro`i dil dar ka`bai iqbol boz ovardaem23

amal yasab erdi va bozgo`yi24da bu ikki baytin bog`lab erdi va insof olamida bu ikki baytdek oz aytibdurki, mamduhning beshinchi otasig`acha zikr bo`lmish bo`lg`aykim:
    
Sulton Husayn xusravi g`oziyki misli o`
Hargiz nabuda dar sadafi ruzgor dur.

Shoh ast shahriyor padar bar padar ki hast,
Mansur Boyqaroyi Umarshayxi bin Temur25.

             Bu amalda base makomot26 va shaabote27 darj qilib erdikim, ta`rifdin mustag`nidur va asru dilpazir va bag`oyat benazir bog`lanib. yana ishlar ham misli: «qavl» va «g`azal» va «chorzarb»28dek va «savt»29 va «naqsh» xud behaddu add bog`labdurki, xaloyiq orasida mashhurdurki, borchasin darj qililsa mujibi itnob bo`lur.
             Va she`r va muammo30 bobida ilmiy va amaliysida Pahlavon sohib vuquf va jald erdi, ul nav`kim, zamon shuarosining yuzidin biriga oncha shuur va vuquf yo`qtur va aksar nazm ahli har nav` she`r aytsalar erdi — Pahlavon nazarig`a yetqururlar erdi va aning isloh va tag`yir va tabdilin qabul qilur erdilar va o`zining dag`i she`r va muammo fannida tab`i muloyim erdi. Andoqki, bu matla` Pahlavonningdurki:

Guftamash»: «Dar olami ishqi tu koram bo   g`am ast?
Guft xandon zeri lab: «G`am nest, kori olam ast»31.

Va «Kushtigir» taxallus  (qilur erdi) va bu tab`ning taxallusi asru xo`b voqe` bo`lubturki:

Az xayoli pechtobi kokuli mushkini o`,
Dudi dil bar farqi Kushtigir hamchun parcham ast.  

             Muammo tariqida xud muxtari` erdi. Jam`iki muammo ayturlar32, base zahmat bila bir baytdin yo bir ruboiydin bir ism hosil qilurlar. Pahlavon ustod ab`yotidinkim, qoyil muammo qasdi qilmamish bo`lg`ay, tab`i o`zi bila ismlar paydo qilib erdi va bu ko`p voqe` bo`lubturkim, holo ushshoq orasida bor. Ul jumladin, Hazrati Xoja Hofiz Sheroziy33ning devonining burung`i g`azalining matlaidinki, bag`oyat mashhurdur. «Ali» ism chiqoribdurki:

Alo yo ayyuhas-soqiy adir ka`san va navvilho,
Ki ishq oson namud avval, vale aftod mushkilho34.
Ham Xoja Hofiz bu matlaidinkim:
Holiyo maslahati xesh dar on mebinam,
Ki kasham raxt ba mayxonavu xush binshinam35.

«Amin» ism hosil qilibdur. Bu baytdinkim:

Ganji zar gar navbad ganji qanoat boqist,
On ki on dod ba shohon ba gadoyon on dod36.
 «Taqiy» ism hosil qilibturur.

 Va yaxshi ruboiylari ham bor. Xoh bir mahalda birov uchun aytg`on, xoh birovning ruq`asig`a javob yuborgan. Ba`zi yoronlarig`a37 bu ruboiyni bitib yuborib erdikim:

Gar jon ajalam zi tani noshod barad,
Hosho ki maro mehri tu az yod barad.
Xoham ki shavam xok maro bod barad,
Boshad ki ba so`i Astrobod barad38.

Va ham ba`zi muxlis va mu`taqid yoronlari ruq`asi javobida39 aytib erdikim:

Az ohui romi xud faromo`sh makun,
V-az sayde ki romi xud faromush makun.
Harchand ki boshad faromo`shkori,
Az sari g`ulomi xud faromo`sh makun40.

             Va muloyim qit`alari ham bor. Ul jumladin biri budurkim, jo`yi «Sultoniy» yoqasida Pahlavon bir langare41 bunyod qilibdurki, aning ta`rifini qilmoq — quyosh ravshanliqg`a va mayni mastliqg`a ta`rif qilg`ondekdur va bir qatla Sulton Sohibqiron ovdin qaytg`onda ul takiyaga tushubdur va Pahlavon hozir ermas erkandur. Bu jihatdan bag`oyat mutaraddid va mutaassir bo`lubtur. Ul mahalda uzr uchun bu qit`ani aytib erdikim,

q i t ` a:

Tak`yai moro sharaf biguzasht az charxi barin,
Po ba ro` afkanda soya soyai parvardygor,
Garchi gardun atlasi xud kard poyandozi shoh,
Kosh man mebudami to joni xud kardi nisor42.

             Dag`i yaxshi so`z masnaviysi ham borki, nazm ahlining mutaayyinlarig`a ul nav` abyot voqe`   bo`lmaydur.
             Ul jumladin budurkim, pahlavon Piriy kushtigirkim, Pahlavoni nomurod umrin aning tarbiyatig`a sarf qildi va nazari bu erdikim, qarig`on chog`daki, ul jahon pahlavoni kushtigir bo`lib, Sulton Sohibqiron matbu` tab` nadimi majlisi va Pahlavon farzandi munisi va sham`i majlisi bo`lg`ay va ul bevafoliq qilib Pahlavondin ayrildi va Pahlavon nomusliq va g`ayratliq jigarxor kishi erdi va anduhdin ko`nglida so`z va badanida gudoz erdi, ammo mutloq hech kishiga izhor qilmas erdi. Ammo hech nav` maxfiy sirri va rozi yo`q erdikim, bu faqirdin yashurun bo`lg`ay. Andoqki bu faqirning ham andin. Alqissa qarig`onining sharhida va pahlavon Piriyning bu qarig`on chog`da umrdek bevafoliq bobida masnaviy aytibdurki, bu faqir ab`yotin besh bayt va o`n bayt aytur mahalda o`qur erdi, bir necha bayt sabt qilildi va ul abyot budurkim,

m a s n a v i y:

Chu bar charx ravshan shavad holi man,
Ba sad dida gir`yad bar ahvoli man.

Maro bor budy guli navshukuft,
Dareg`o ki bodi xazonash biro`ft.

Hama umr tuxmi behi koshtam,
Chu vaqti baromad nabardoshtam.

Zi on talx shud zindogonin maro,
Ki piri fikand az javony maro.

Kunun man na on sheri zanjiriyam,
Badar burda ham zi g`am piriyam.

Ba xurdi padar tifl az on parvarad,
Ki to dar buzurgy g`am naxo`rad.

Zi on dar javoniy bor oyadash,
Ki dar ahdi piri ba kor oyadash.

Maro piry on nav` oxir fikand,
Ki hecham javony nashud sudmand43.

             Bu masnaviy nihoyatin podshoh duosi bila xatm qilibdur va hol ahli bu abyotdin ma`lum qilurlarkim, Pahlavonning tab`ida ne miqdor dardi hol choshnisi bor ekandur.
             Yana sanoyi`44 aruz 45 qofiyasi46da ham ko`p sohibvuquf erdi. Dag`i qiroat ilmin ham yaxshi bilur erdi va xo`b maxraj va tajvid47 bila Qur`on o`qur erdi va gohi huffozdin qiroat bobida so`rar erdikim, alar javobidin ojiz bo`lur erdilar. Pahlavondin istifoda qilur erdilar.
             Yana nujum ilmin48oncha bilur erdikim, har mavlid uchun royijai tole` bitiy49 olur erdi.
             Yana tibb va hikmatg`a ko`p muloyamati bor erdi. Mavlono Qutbuddin50kim,  bu mulkning mutaayyin tabibidur — bu fanni kasb qilur erdi. Mavlono Alo ul-mulk51 tabib bila Mavlono Abdussalomi Sheroziyki, benazir muolij erdi — Pahlavong`a musohib erdi va doyim bu fan bahsida va guftu shunuftida alar Pahlavon so`zlarin musallam tutib, muolajalarin ham ta`rif qnlur erdi va ashobdin harqaysig`a maraz tori bo`lsa erdi, ko`pi ul erdikim, o`zi muolaja qilur erdi.
             Yana fiqh ilmi52da ibodotdin faroyiz va sunan va vojibot va mustahabbot va bu ibodatg`a muvofiq ad`iyakim, ko`prak fuqaho va zuhhodg`a mazbut va mahfuz emas, Pahlavonga mazbut erdi.
             Va ustod abyotin: masnaviy va qasida va g`azal va har sinf she`rdin xo`b va ham ko`p yodida erdi. Andoqki, har mahalda har nav` munosib nazmlardin shirin iborat va takallum bila va ba`zi mahalda rangin alhon va tarannum bila andoq ado qilur erdikim, aksar majlis huzzorig`a nasridin xabar va nazmidin asar voqe` bo`lub, riqqatlar dast berur erdi va ko`p mashoyixlar va ahlulloh va darveshlar majlisig`a bahramand va xizmat va mulozamatlaridin sarbaland va arjumand bo`lub, sharafi qabul topib   va    base   har sifatdin ahli tariq pahlavonlar va ulug` kishilarga shoyista xizmat qilib, kisvatlar havola qilib erdilar. Haq subhonahu va taolo anga qobiliyat    karomat qilib erdi. Har nav` ishga xotir mutavajjih   qilsa erdi — ul nav` daxl qila olur erdikim,  ul    fan ahlining mohirlarig`a mustahsan   tushgay va    bir    nav` qabuliyatni aning zotida xalq    qilib erdikim,    har nav` xaloyiq bila ixtilot qilg`och, alarning ko`ngliga matbu` va tab`ig`a mahbub erdi va pisandida    atvori beg`oyat  va  hamida ahloqu  shiori  benihoyat,   mijozida bazlu  saxo  g`olib  va  tab`ida  shafqatu  raho   mufrit, ulug`larg`a zotiy niyozmandlig` va xizmat   va    kichikroq notavonlarg`a rasmi mehru shafqat va    sarpayvandliq va mutavassitul-hollarg`a   ishi muloyamat   va xo`b   zabonliq va fuqaro va masoking`a varzishi muvofaqat va naf`rasonlig`. Kecharoklik va kunduzlik yigirma to`rt soatda Pahlavonning tak`yasyda hoh safarda, hoh   hazarda   tabx ishtig`olidin farog`at  yo`q   erdi, turluk-turluk at`ima erdi. Andoqki, bu ne`matu ag`ziyadin fuqaro va masokinu muqim va musofir mahzuz erdilar. Ag`niyo va ahli tamkin va ozodalaru shohzodalar va akobiru ashrof bahramand erdilar, hattokim, sultonus salotin ham yetgach, bu mazkur bo`lg`on at`imalar ham  tortilur  erdi  va  yetmasalar erdi — Pahlavonning ushoqlari ko`tarib tog`g`a elturlar erdi va agar eltmasalar erdi — yuqoridan kishi kelib, tilab elta borurlar   erdi va ashriba va favoqih va halviyot53 hamul  at`imag`a - yarasha muqarrar erdikim, tortilur erdi va har   tarafdin kelgan fuqoro va g`uroba va   ak-sarash o`n kun, balki bir oy-ikki oyg`acha tavaqquf qilsalar erdi — bu ma`kulot alarning ilayiga    kulfatsiz, balki ikki-uch qatla tortilur erdi va   ulog`lariga arpa va somon, ulog`lar va o`zlariga orosta maskan ham tayyor erdi. Va bu xaloyiqdin ko`pi andoq erdikim, borur   chog`larida   Pahlavon  muruvvat  va karamidin yo`l xarjisi va ba`zi darveshona liboslar va tabarruklarg`a ham mustafid bo`lub erdilar.   Jamii   ahli turuq o`zlarini Pahlavonning fotiha va takbirig`a yetkurmag`uncha o`z tariqlarida ishlari tamom bo`lmas erdi.    
             Borcha sodotu mashoyix va ulamoyu fuqaroning mahbub ul qulubi erdn va podshoh eshigida arkoni davlatdin oliyshon beklar va oliymakon ichkilar va sudur va soyir xaloyiqg`a Pahlavonning suhbati navro`z va bayramcha bor erdi, hattoki sultonzodalar tilamas
erdilarkim, bir lahza onsiz bo`lmag`aylar erdikim, podshohzodalardin nechaki mu`tamad otlanib, Pahlavonning tak`yasiga borib, suhbatlig`e qilg`aylar erdi. Ul dag`i borchasig`a loyiq xizmatlar qilib, suhbatlar tuzib, ne`matlar tortib, sozandalig` va go`yandalig` buyurub, samo` va raqs qilib, alarni xushhol va munbasit uzotur erdi.
             Va Sultonus-salotinning g`arib shafqatu ulfati va ajib inoyatu nisbati Pahlavon borasida bor erdi. Hech suhbat tilamaslar erdikim. Pahlavondin ayru qilg`anlar. Borcha majlis va mahfilda Pahlavon hozir erdi va suhbatnnng xushlug`ig`a bois erdi.
             Va she`r va muammo va musiqiyki, suhbatning mujibi nishot va inbisotidur, chun Pahlavonning borchada vuqufu daxlu tasarrufi zohir, balkim ul fununda ahli fandek mohir erdi — suhbatning yuzi Pahlavong`a evrulur erdi. Va Sulton us-salotnining nadimi majlis va anisi anjuman va xilvati va har rozda mahrami va har holda hamzabonu-hamdami erdi. Takallufsiz va mubolag`asiz podshohdin gadog`acha va ahlullohdin yahud va torsog`acha Pahlavonni sevmas va tilamas kishi yo`q erdi.
             Subhonalloh, yuz ming hamdu sipos va sanoyi behadu qiyos ul qodir sun`ig`akim, har bandasig`akim, bir ovuch tufroqdin xalq qilibdur, muncha qabuliyat va qobiliyat va axloqi hamida va atvori pisandida va zohir yuzidin muncha fazlu kamol va ma`ni tarafidin muncha vajdi hol bera olurkim, bir jahon xalqin muloyamat bila sayd va bir olam ahlin zanjiri irodati bila giriftori beqayd qilg`ay.
             Alqissa, Pahlavonning borcha nav` ishlarining xushlug`i bayonida va har tavr siyrat va suratining dilkashlig`ining sharhida zabonvarlar tili qosir va dostongustarlar nutqi ojizdur.
             Qirq yilg`a yaqin bu faqir bila musohibi joniy mahrami rozi nihoniy erdi. Falokat ayyomidin zohir yuzidin taayyun va istitoat zamonig`acha ko`prak avqot bila ekandur. Biz ikovdin-ikov har ko`yda yugurgan, o`zni har ahli dil sharafi mulozamatig`a yetkurgan. Aning rifqu muvofaqatin ne til bilan taqrir qila olg`aymen va ne qalam tahriri bila bayon qila olg`aymen.
             Mundin o`tmaski, qirq yil bir meningdek xudroy va besarupoy oshuftasori parishon ro`zgor kishi bila musohibliq qilg`ayki, xotirg`a kelmaski, andin xotirg`a g`ubore o`ltirmish bo`lg`ay va ko`ngulg`a yetmaski, hargiz andin ko`ngulg`a ozore yetmish bo`lg`ay, balki andoq nisbat qilmish bo`lg`aykim, kundan-kunga muhabbat rishtasi mahkamroq va mavaddat qoida va tariqi muakkad va mustahkamroq bo`lmish bo`lg`ay va hol ulkim, yetmish ikki firqa bila maoshi ushbu nahaj bila voqe` erdikim, har kishi aning muloyamatin o`z holig`a mulohaza qilsa erdi — xayolig`a bu kelur erdikim, andin maxsusroq va muloyimroq yori va musohibi yo`q erdi erkan.
             Aning zehnu zakosi latofatidin va hofizasi tezligi va zarofatidin bir necha kalima xotirg`a kelur; ado qilmog`i holi az munosabate emas. Sulton Abusaid mirzo zamonidakim, Xuroson ahli Samarqand ahlig`a asir erdilar va har nav` zulm va taaddiki, alardin voqe` bo`lsa, bu asirlar mute` va farmonpazir.    
             Bu faqirni ayni iflosu falokat va sarnavishu ranjurish Mashhad sori tortib eltti va anda yetgandin so`ngra mafosil marazi54 tori bo`lib, bir go`shada yiqildim. Ittifoqo Pahlavon xizmatlari ham ul ayyomda Mashhadda erdi. Bu faqirning holidin xabar topg`ondin so`ngra har kun qadam ranja qilib, ulcha qoidai shafqat va yorlig` va tariqi muhabbat va   g`amxorliq bajo kelturur erdilar — angachaki maraz daf` bo`ldi. Va Mavlono Abdussalom Sheroziy55 rahimahullohki, ul zamonning mohir hakimi va hoziq tabibi erdi — bu zaifg`a muolij erdi. Andoqki, atibbo da`bidurki, mariz mizojida marazni zoyil qilg`ondin so`ngra chun adno xilt jild taxtida qolur — taraddud va dalk buyururlarki, ul mavodni tahlil bila daf` qilg`ay — ul dag`i bu faqirg`a buyurub erdi. Pahlavon mehribonliq va shafqat yuzidin har kun iyodatimg`a kelur erdi va dalk xodimlig`i va tariqin chun kishi andin yaxshiroq bilmas erdi va o`zi ham hakimsheva kishi erdi — iltifot qilib, ul amrg`a ishtig`ol ko`rguzar erdi. Qazoro, bir kunkim, sahari faqir bu she`rni aytib erdikim, matlai budirkim:  
    
Har qayon boqsam, yuzumga ul quyoshdnn nur erur,
Har sori qilsam nazar, ul oy manga manzur erur.

             Va bu she`r yetti bayt erdi va musavvir qilib jaybimg`a solib erdim va hanuz kishiga o`qumaydur erdim va ko`rsatmaydur erdim.
             Pahlavon iltifot yuzidin ma`xud dasturi bila egnimni tutar erdi, muqaddima bunyod qildikim:
             —    Seni bu kun derlarkim   turkcha   she`rni   yaxshi aytursen va turkcha nazm aytur eldin eshitib, bizga bu so`zni musallam tutarlar. Bizning bir savolimiz bor.
             —    Javob beray, siz bori savolingizni ayting.
Dedi:
             —    Savolimiz budurki, turkiygo`y, shuarodin ulcha she`rlari ro`zgor safhasida sabtdur, qaysi yaxshiroq aytibdurlar? Va sening aqidang aning yaxshi aytmoqig`a borur, sen begonursen?

Faqir dedim:
             —    Borcha yaxshi aytibdurlar, men begonurmen.
Pahlavon dedi:
             —    Sen takalluf va kasri nafsni qo`y, voqe` yuzidin so`z aytki, buki: borini begonurmen dersen, borcha xud birdek emas, albatta tafovut bor.
Faqir ayttimkim:
             —    Mavlono Lutfiy holo musallamdurlar va bu qavmning ustodi va malik ul-kalomidur.
Dedi:    
             —    Nechuk Sayid Nasimiy56, demading?
Faqir dedim:
             —    Xotirg`a kelmadi va bar taqdir kelmoq, Sayid Nasimiyning nazmi o`zga rang tushubdur, zohir ahli shuarosidek nazm aytmaydur, balki haqiqat tariqin ado qilibdur. Bu savolda sening g`arazing majoz tariqida aytur el erdi.
Pahlavon  e`tiroz   yuzidin   kinoyatomuz  dediki:
             —    Ravo bo`lg`ayki, Sayid Nasimiy borida Lutfiy nazmini pisand qilg`aysen va hol ulkim, Sayid Nasimiyning nazmi zohir yuzidin majoz tariqig`a shomildur va ma`ni yuzidin haqiqat tariqig`a va yuqori bitgan baytni o`qudikim, faqir bu sahar aytib erdim. Chun matla`ni o`qudi, o`zga ab`yotin ham mutaoqib bayon qildi va taxallusikim, bu nav` voqe` bo`lubturkim:

Gar Navoiy siymbarlar vaslin istab ko`rsa ranj,
Yo`q ajab, nevchunki, xom    etgan    kishi    ranjur erur.

             «Navoiy»ni «Nasimiy»ta tag`yir berib o`qudi va filvoqe` bu baytda Navoiy lafzidin Nasimiy lafzi munosibroqdur va faqir mutaajjib bo`ldum. Ohistaroq ilgimni jaybimg`a elttim va mulohaza qildim: o`zum bitib jaybimg`a solg`on musavvada mavjud erdi, hayratu taajjubim ortti. Va Pahlavon hamul aytgan so`zni ioda qiladur erdi va ul she`rning abyotin mukarrar o`qur erdi. Va bu faqir betahammul bo`lub so`rdumkim, ul ish kayfiyatin ma`lum qilg`aymen. Ul o`zin yiroq tutti va o`z so`zida rusux ko`prak zohir qildi. Faqir mubolag`a qilg`on soyy Pahlavon ham mubolag`a ko`rguzdi. Zarurat yuzidin so`rdumki:
             —    Bu she`rni qachon yod qilib tutub erding?
Dedi:
             —    O`n ikki yil bo`lg`ayki, Bobur mirzoning majlisida bu she`r o`tar erdi, menga bag`oyat xush keldi, bitib olib yod tuttum.
             Bori har hol bila bukun o`tti, ul tak`yasig`a bordi. Tongla hamul dastur bila yana keldi, yana suhbat bo`ldi, yana bu so`z orag`a tushdi. Yana faqir so`rdum va ilhoh qildimkim, bu ish kayfiyatin ma`lum qilg`aymen. Bu qatla xud dediki:
             —    Ul vaqtki, men bu she`rni yod tuttim, kushtigirlardin ham nechasi bor erdilar ham o`rgandilar, — deb uch-to`rt  piyoda sort kushtigirniki, aning bila kelib erdilar tilab dediki: «O`qung, andoqki mening bila o`rganib erdingiz». Alar dag`i paydarpay ravon o`qudilar. Faqirg`a taajjub ustiga taajjub voqe` bo`ldi va Pahlavon so`zi sidqida mubolag`a qilur erdi. Agarchi mubolag`a xojat emas erdi, nevchunkim, sidqi da`vosida necha tonuq ham o`tkardi.
             Oqibat andoq ma`lum bo`ldikim, egnimni ulaydurg`onda jaybimda qog`oz ko`rubtur, ohistaliq bila ul qog`ozni chiqorib ko`rubtur va ma`lum qilibdurki, ushbu yaqinda aytilg`on she`rdur. U qog`ozni ochuq yonida qo`yubdur va yod tutubdur va chirmab, jaybimg`a solibdur. Hamul zamon bo`lg`on so`zlarni  orag`a solibdur. Oqshomki, tak`yasig`a boribdur, kushtigirlariga taklif bila o`rgatibdur va buyurubdurki, ehtimomi tamom bila takror qilibdurlarki ravon o`qur chog`da ravon o`qug`aylar.
             Pahlavonning ul nav` g`arib ishlari va ajib zarofatlariki, tab`g`a mujibi taajjub va aqlg`a boisi tahayyur bo`lg`ay — ko`p erdi.

Dar silsilai faqir ba irshodi tuem,
Dar shomu sahar hamesha bo yodi tuem,
Dar doirai fano ba avrodi tuem,
Ya`ne ki yatimi Ne`matobodi tuem57.

Pahlavon javob bitgan ruq`ada bu ruboiyni bitib erdikim:

E, Mir, tu piru mo ba irshodi tuem,
Doim ba duogo`iyu bo yodi tuem,
In shahr ba tu xush astu mo bo tu xushem,
Murdemu xarobi Astrobodi tuem58.

             Sulton Sohibqiron asari inoyatidin va mahzi tarbiyatidin Pahlavonning ishi ulug` bo`ldi. Andoqki, ulug`luqg`a ta`zim qilurlar erdi va istihqoqi bor erdi va Ne`matoboddakim, aning tak`yasi erdi — podshoh davlatidin yuzga yaqin kushtigir yana muncha hamdin ortuq soyir xuddom Pahlavon xizmatida bor erdilarkim, yuzcha kushtigirdin o`nchasi talabkash va yigirmaga yaqini qadargir va jaldi navxostakim, borcha ma`rakada tutarlar erdi. Hattokim, salotin zamonida ham yana o`n-o`n besh sozanda va go`yanda va xonandakim, ul silsila ahlidin hech qachon hech qaysig`a dast bergani ma`lum emas. Va munga yarasha borcha tartibu odob va tazyinu asbob muhayyo erdiki, bayak bora Pahlavonning ushoqlaridin biri bu faqir qoshig`a iztirob bila yugurub keldiki, Pahlavong`a bevosita g`ashe59 voqe` bo`lubtur va hushi zoyil bo`lub, bexud yiqilibdur, sizga xabar qilduqki, tabib yuborgaysiz. Faqir filhol Mavlono Abdulhay60 bila Mavlono Nuriddinkim, hozir erdilar, ta`jil bila yubordim. Alar boshig`a yetguncha Pahlavon xud o`zga olam azimatig`a oyoq urgan ekandur. Atibbo bir zamondin so`ngra Pahlavon motamidin g`amzada bo`lub, yuz dardu hasrat bila qaytib keldilar.
             Bu holdin Sulton Sohibqiron mizojig`a g`arib anduh va iztirob tushub, g`oyat huzn va malolatdin talx-talx sho`roba to`kub, hoy-hoy yig`ladi va shahzodalar dag`i ushbu dastur bila motam amrig`a murtakib bo`ldilar va arkoni davlatdin oliy miqdor umaroi zavil — iqtidor va vuzaro va sohib tamkin ichkilar va xususiyat oyin gulchehralar va soyir eshik ahliki, borcha Pahlavong`a yor vahavodor erdilar, beixtiyor so`gvorliq rasmini bajo kelturub, o`zni motamiy tuttilar va shahr  aholisidin sodoti oliyshon va ulamoi oliymakon vamashoyixi izom va quzoti kirom va xavosu avom majmui ta`ziyat tutub, libosig`a tag`yir berib, marsiya va ta`rixlar aytib, daynini o`zlarig`a iqror qildilar, balki boshqa-boshqa o`zlarin sohib azo ko`r-guzub, oshub va shayn zohir qildilar. Va zarofatosor shuaro va diqqatshior zurafoki, Pahlavonning borcha vaqt musohibi erdilar va haqiqat maob ahli tariq va tariqat intisob ahli tahqiq, Pahlavon doyim alarning xizmat va diljo`ylig`ig`a ishtig`ol ko`rguzur erdi — borcha ma`lul va gir`yon va ul motamdin parishon va besaru-somon bo`ldilar va tegrasidagi yori ushshoq va mulozimlar va hamnishin va soyir fuqaro va masokin «vovoylo, vomusibato!» niqobin falaki asirg`a tortib, nav-halar va nudbalar ko`rguzdilar.
             Va Sultoni Sohibqiron Pahlavonning madfanin Ne`matobod ichidakim, Pahlavon uchun yasag`on erdi — ta`yin qildilar va anda dafn qildilar. Va podshohona jashn tuzub, azim oshlar berib, xatm qoidasini bajo kelturdilar.
             Chun Hazratn Mahdumiy Shayx ul-islomiy qahf ul-anomiy61 Mavlono Nuriddin Abdurahmon il-Jomiy62 (qaddasallohu ruhuhu)din bir yil so`ngra Pahlavon hamul Hazratning payravlig`ig`a; bu fano tangnoyidin baqo gulshani fazosig`a xirom ko`rguzdi va ul Hazratning Pahlavon bila benihoyat iltifotlari va behaddu g`oyat maxsus muloyamat va holatlari bor erdi, favtining ta`rixi g`arib uslub bila voqe` bo`lubdurkim, favtlarning ta`rixi bo`lur:

Muhammad Pahlavon haft kishvar,
Ki dar dahrash navbad aqronu amsol.
Saru sarhalqai ahli tariqat,
Ki raft az qaydi  geti forig` ul-bol.
Zi ba`di qutbi olam orifi Jom,
Ki o` mahdumi davron bud az iqbol.
Pas az sole so`i jannat xiromid,
Az in derina dayri muxtalif hol.
Agar pursad kase ta`rixi favtash,
Biguyam: «ba`di Maxdumi ba yak sol»63.

             Haq subhonahu va taolo har zamon yuz qandil nur va har dam ming mash`al berur, purfutuh ruhig`a nozil qilsun va aning ruhi madadidin bu shikasta va g`amzada va bu xasta motamzadaning dunyo maqosidin va oxiri murodotin hosil!

To hashr uza aning marqadi purnur o`lsun,
Haq rahmatidin ravon mag`fur o`lsun,
Jannat chamanida ruhi masrur o`lsun,
Kavsar suyi besoqiy anga hur o`lsun.