HOLOTI SAYYID HASAN ARDASHER
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM
BISMILLOHIR-RAHMONIR-RAHIM
Lutf aylabon, ey nasimi quds1 osor,
Bir qatla fano2 gulshaniga ayla guzor.
Ahbobg`akim toptilar ul yerda qaror,
Mendin yer o`pub arzi niyoz et zinhor.
Bir qatla fano2 gulshaniga ayla guzor.
Ahbobg`akim toptilar ul yerda qaror,
Mendin yer o`pub arzi niyoz et zinhor.
Soliki foniy va gavhari koniy, orifi maoniy. Sayyid Hasani Ardasher3 (Rahmatullohi) siyar va holotida.
Alarning otasi Ardasher Boysung`ur mirzo4 mulozimi erkandur. Qushchiliq5 shevasida mulozamat qilur erkandur. Ul fanda g`oyati muloyamat va nihoyati mahoratdin qushbegilik mansabig`a yetibdur, balki mundin dag`i ko`p biyikrak manosib kasb etibdur.
B a y t:
Ko`p hunarliq kimsa shahlarg`a etar damsozliq,
Qush tilin bilgan Sulaymon6g`a etar hamrozliq.
Ko`p hunarliq kimsa shahlarg`a etar damsozliq,
Qush tilin bilgan Sulaymon6g`a etar hamrozliq.
Ammo o`zlari ham ul otalari mulozamati va mutobaatida Boysung`ur mirzo xizmatlarida bo`lubturlar va kichik yoshdin o`qumoq va bitmakka tab`lari muloyim va moyil ermish.
B a y t:
Chun tab`i mulonim bo`lur o`rgangali moyil,
Oz vaqtda ko`p nav` qilur kasbi fazoyil.
Chun alar kichik yoshdin fazoyilu kamolot iqtisobig`a avqotlarin sarf qilur ermishlar. Bot abnoyi jinsdin har bilik bobida mumtoz, balki ko`prak zamonning tab` va fazl ahliga foyiq va sarafroz bo`lubdurlar:
Ammo adab va hilm va tavozu` va xayo zotlarig`a aningdek - g`olib ermishkim, bu mujmalmazkur bo`lg`on fazoyildinki, tafsili: sarf va nahv7 va lug`at va arabiyat8 va mantiq9 va kalom10 va fiqh11 va hadis12 va tafsir13dur va soyir tasnifot, misli: she`r va muammo14 va ta`rix15 va nujum va advor16 va musiqiy bo`lg`ay agar ba`zi majolisda so`z o`tsa erkandur, bovujudn ulki, majlis ahlining ko`pidin yaxshiroq bilur erkandurlar ham hayo va adab jihatidin, ham birovga, ilzomu xijolat yetmasun deb, ko`p so`z aytmas ermishlar, balki ko`p majolisda takallum ham qilmas ermishlar.
Bu hamida xisol va pisandida af`ol jihatidin yaxshi v.a yamon ahli zamon qoshida azizu mukarram va muhtaram bo`lur ermishlar.
B a y t:
Pok gavharki, bo`ldi pok shior,
Shohlar boshi ustida yeri bor.
Pok gavharki, bo`ldi pok shior,
Shohlar boshi ustida yeri bor.
Ul podshoh bu holotlaridin alarg`a farzandona iltifotlar qilur ermish va o`zining ba`zi farzandlarigakim, ba`zi holoti ko`ngliga yoqmas ermish, alarning qiliqlaridin taassuf yeb, der ermishkim: «Ne bo`lg`ay, sening af`olu hisoling ham falonig`a o`xshasa erdi!» Va bu so`zdin g`arazi alar ermishlar.
Va falak qazosidin va ro`zgor havosidin andoqki, o`zga podshohlar yana bir mulkka azimat qilibdurlar, ul podshoh dag`i alarg`a payravliq tariqin bajo kelturdilar va alarning otasi ham o`zga yerga qadam urdi.
F a r d:
Ketarg`a kelur muncha shohu gado,
Agar xud o`g`uldur va gar xud ato.
Ketarg`a kelur muncha shohu gado,
Agar xud o`g`uldur va gar xud ato.
Alar zohir ulumi ishtig`olidin farog`at topibdurlar. Sipohiyliq17din mutanaffir ermishlar.
Ammo alarning bori podshohzodalarikim, Boysung`ur mirzoning o`g`lonlari bo`lg`ay, misli: Alouddavla mirzo va Sulton Muhammad mirzo va Bobur mirzo bir-biridin so`ngra mutaoqibki, taxtg`a o`lturubdurlar, har qaysialarning rioyat va tarbiyatig`a mashg`ul bo`lubturlar, Alar xizmat va taraddudidin ibo qilibdurlar va ijtinob kurguzubdurlar. Va haddin o`tgandin so`ngra andoqki, shabob ayyomining iqtisozidur, o`zlarin may ichmakka va lavandvashliqlarg`a va oshiqpeshaliqlarg`a solibdurlar. Chun zot va ko`ngullari va tiynatlarn arig`liqqa mushohid va muqarrar ermish, zamonning asil mirzozodalari taraddud va ijobsiz va tahoshiy va iztirobsiz alar bila musohib bo`lur ermishlar va alarning suhbatin mug`tanam tutar ermishlar.
N a z m:
Foniyvasheki, ham so`zidur pok, ham o`zi,
Xush davlat ul kishigaki tushgay aning ko`zi.
Foniyvasheki, ham so`zidur pok, ham o`zi,
Xush davlat ul kishigaki tushgay aning ko`zi.
Boysung`ur mirzo zamonidin Bobur mirzo zamonining oxirig`acha bir qarng`a yaqin ko`prak avqotlarin betaayyun o`tkaribdurlar.
Saltanat taxti Sulton Ibrohim mirzo18g`a qaror tutgandakim, tarix sekkiz yuz oltmish erdi, bu faqir alar suhbatig`a musharraf bo`ldum. Alar tariq va ravishi bu faqirni andoq shefta qildikim, bir kun alar mulozamatig`a yetmasam erdi, sabru toqatim qolmas erdi va alar ham kelib ahvol so`rarlar erdi: «tashvishe bo`lmamish bo`lg`aykim, bukun sendin xabar topa olmaduq».
Va bu faqirni faqr tariqig`a dalolat va irshod qilurlar erdi va nazm ayturg`a targ`ib ko`rguzurlar erdi. Chun ul avqotda faqirning nazmlari Xurosonda shuhrat tutub erdi, alar dag`i iltifot qilib, ba`zi abyotni ko`p o`qurlar erdi va majolisda xushvaqt bo`lurlar erdi Ul jumladin bu matla`durkim, fard:
Furqatingdin za`faron uzra to`karmen lolalar,
Lolalar ermaski bag`rimdin erur pargolalar.
Lolalar ermaski bag`rimdin erur pargolalar.
Yana bir bukim:
Ul parivashkim bo`lubmen zoru sargardon anga,
Ishqdin olam manga hayronu men hayron anga.
Bu baytni dag`i ko`p o`qurlar edikim:
Labing ko`rgach iligim tishlaram har dam
tahayyurdin,
Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurmen.
Masnaviydin bu bayt yodlarida erdi:
Har nechaki puxta bo`lsa tadbir,
Berur anga go`shmol taqdir.
Ishqdin olam manga hayronu men hayron anga.
Bu baytni dag`i ko`p o`qurlar edikim:
Labing ko`rgach iligim tishlaram har dam
tahayyurdin,
Ajab holatki, tutmay bolni barmoq yalaydurmen.
Masnaviydin bu bayt yodlarida erdi:
Har nechaki puxta bo`lsa tadbir,
Berur anga go`shmol taqdir.
Va turkigo`y shuarodin Mavlono Lutfiy she`rlaridin abyot o`qurlar erdi va bu matlain ta`rif qilurlar edikim:
Nozuklik ichra belicha yo`q tori gisuyi,
O`z haddini bilib belidin o`lturur quyi.
Va bu matlaig`a dag`i mu`taqid erdikim:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg`ali,
Ko`zgudek qildi meni o`zini paydo qilg`ali.
Va bu matlain ham o`qur erdilarkim:
Laylat ul-me`rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.
Mavlono Muqimiyning ul tarje`ig`a mu`taqid erdilarkim:
Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin o`zga vujudga ne vujud.
O`z haddini bilib belidin o`lturur quyi.
Va bu matlaig`a dag`i mu`taqid erdikim:
Ulki husn etti bahona elni shaydo qilg`ali,
Ko`zgudek qildi meni o`zini paydo qilg`ali.
Va bu matlain ham o`qur erdilarkim:
Laylat ul-me`rojning sharhi sochi tobindadur,
Qoba qavsayn ittihodi qoshi mehrobindadur.
Mavlono Muqimiyning ul tarje`ig`a mu`taqid erdilarkim:
Sensen asli vujudi har mavjud,
Sendin o`zga vujudga ne vujud.
Forsiy ash`ordin hazrati Xoja Hofiz Sheroziy19 (qudisa sirrihu) devonig`a ko`p aqidalari bor erdikim, balkim ul devondin aksari alarnnng xotirida erdi va ko`p abyot majolisda ul devondin mazkur qilurlar erdi va masnaviy jinsidin Shayx Muslihiddin Sa`diy Sheroziy20 (rahmatullohuoli) «Bo`ston21»ig`a mu`taqid erdilar va hazrati Shayx Farnduddin Attor22 (quddisa sirrihu) ning «Mantiq ut-tayr»23ining ko`pragini yod bilurlar erdi va ko`p o`qurlar edi va ko`p so`z xotirlarida bor erdi. Bataxsis «Kimiyoi saodat»24din va Shayx Aziz Nasafiy25(quddisa sirrihu) rasoilin ham ta`rif qilurlar erdi va andin so`zlar naql qilurlar erdi.
Va zamonning shuaro va fuzalo va zurafosidin alarning visoqi xoli ermas erdi, balki darveshlar va ahluloh dag`i doim alarning uyin musharraf qilib, suhbat tutar erdilar, Va shahrning sozanda va xonanda va go`yandasi doim alar suhbatida. hozir bo`lurlar erdi. Bu mazkur bo`lg`on zurafodin hargiz yo`q erdikim, alarning manzilida kishi bo`lmag`ay, balki bu toifaning majmai alarning visoqi erdi va bu jamoat doim anda.
B a y t:
Xush ulkim, anga lutf birla xudo,
Ulusning qabulini qildi ato.
Xush ulkim, anga lutf birla xudo,
Ulusning qabulini qildi ato.
Yigitlik ayyomidakim, rind26liq va lavandvashliqlar boshidur, bu toifa kunduz va kechalar alarning maskanidin chiqmaslar va barcha asbob alar uchun muhayyo erdi. Va ishrat va inshoot asbobidin boshqa borur chog`larida har qaysiga o`z xo`rdi holig`a ko`ra uzrhohliqlar bila yegulikdin yo biror nima xarjidinkim, ul toifa qoshida kulliydur, rioyat qilib, mardumliq va insoniyat tariqi bila lutf ko`rguzur erdilarkim: «uy sizningdur, har qachon iltifot qilsangiz xizmatg`a turubmiz», deb uzaturlar erdi va alarning hamida axloqi om erdi. Ulug`-kichikka suchuk so`z va mufrit xulq zohir qilurlar erdi.
Va rindliq tavrida necha nima alarga dast berib erdikim, bu toifaning ozig`a muyassar bo`lub erkan; biri saxoy zotiykim, anda takalluf bo`lmag`aykim, bazl va ziyofat vaqtida oz va ko`pning tafovuti ko`runmag`ay va o`zidin elga ko`p nima oz ham ko`runmagay va eldin o`ziga juzviy nima bag`oyat ko`p va kulliy ko`runub, birga o`n evaz yetkururning fikrida bo`lg`ay.
N a z m:
O`zidin elga daryo — qatra oso,
Vale eldin o`ziga qatra — daryo.
O`zidin elga daryo — qatra oso,
Vale eldin o`ziga qatra — daryo.
Yana biri shafqati mufritki, borcha rindlarni aziz tutqaylar va mo-amkana27 rioyatlarini vojib ko`rgaylar va alardin har xato va zalal voqe` bo`lsa muvoxazasig`a mashg`ul bo`lmag`aylar va islohig`a ko`shish qilg`aylar va sahvlarin afv qilib, yuzlariga kelturmagaylar, to alarg`a xijolat voqe` bo`lmag`ay va alarni rifqu mudoro bila ul maqomdin o`tgaylar.
B a y t:
Bu ish erur valoyat ahli ishi,
Qila olmas bu ishni o`zga kishi.
Bu ish erur valoyat ahli ishi,
Qila olmas bu ishni o`zga kishi.
Yana biri: lutfu tavozu` va adab va yumshoq so`zkim, bu barchadin azimroqdur.
Yana biri: tahammul va burdu borlikdurkim, har kishidan harna alarg`a yetishsakim, filfoqe` nafsi amrda qatig` bo`lg`ay, ani suhulat bila o`tkarib, o`ziga ko`p taraddud yo`l bermagaylar.
Yana biri: ko`ngulning yumshoqlig`ikim, dardmandona so`zdin va nazmdin va nag`madin mutaassir bo`lg`aylar va alarning ul hollari ashob va yoronlarg`a asar qilg`ay va bu — majlisning tuzi va malohatidur.
Yana biri: zotiy betakallufluqkim, filvoqe` alar qoshida ipak bila palos orasida tafovut bo`lmag`ay, balki mutakallaf liboslar makruh ko`rungay va darveshona kiymakliq muloyimroq bo`lg`ay.
Bu sifatlarda haq subhonahu va taolo alarni komil xalq qilib erdi va rindliq va tajarru` ayyomida soyir rindlardin ko`prak ichar erdilar. Andoqki, ba`zi ikki qatla va ba`zi uch qatla mast bo`lub, majlisdin chiqib, uyub, yana majlisg`a kelurlar erdi va alar o`z hollarida erdilar. Oqshomki, majlis ahli odati bila usrub, uyur chog` bo`lsa zrdi, alar birin-birin usruk boshig`a yetib, mulozimliq elni mulozimlarig`a topshurub, navkarsiz nomurodlarni muhofazat qilib, yonlari ostig`a nima soldurub, boshlari ostida nima yastab, ilaylarig`a ko`zalik suv qo`ydurub, ba`zining kafsh va dastorlarin va yog`liqlarin va aning uchida tugunginasi bulsa, belguluklarin mulozimlarg`a topshurub, xotirlarin ul toifa jam`idin so`ngra xuftan namozin ado qilib, o`z hujralarida osoyishg`a mashg`ul bo`lur erdilar. Bu majlis ishtig`oli jihatidin hargiz alarg`a namoz qasdan qazo bo`lmadi. Va agar ba`zn kunlar alar suhbatida soda yuzluk yigitlar mast bo`lguncha ichib, chun alar atvorig`a ancha e`timodlari bor erdikim, o`z uylaridin eminrak bilurlar erdi, ham yiqilsalar erdi, alarni atodek kishilarnnng amnobod uylariga yotquzub, qufl qildurub, mo``tamad amin kishilar alar muhofazati uchun ta`yin qilib, eshikni ustidin bog`latib, ul muhofizg`a tashqaridin posbonliq buyururlar erdi. Va sabuhiy vaqtig`acha bir-ikki qatla barcha usruk yotg`on rindlardin o`zlari yurub xabar tutarlar erdi.
B a y t:
Rindlardin bir aningdek yo`q erur ogoh rind,
Shoh edi rind ahlig`a, balkim erdi shohi rnnd.
Rindlardin bir aningdek yo`q erur ogoh rind,
Shoh edi rind ahlig`a, balkim erdi shohi rnnd.
Va bu avqotdakim, bu nav` rindliqlarg`a murtakib erdilar, har namozda munojotlar qilib, haq subhonahu va taolodin o`zlarig`a tavba va tavfiq tilar erdilar. Va mutabarrak mazorotg`a borib, aziz darveshlar va ahlulloh majolisig`a yetib, o`z maxlaslari uchun fo-tihalar daryo`za qilur erdilar va ul buzurgvorlarkim, alar xizmatig`a musharraf bo`lurlar erdi — qabul va iltifot nazarlari topar erdilar.
Ul jumladin biri Mavlono Boyazid Puroniy erdi va Hazrat Bahovuddnn Umar (quddisa sirrihu) erdi, Hazrat Xoja Abu Nasr Porso (rahmatullohu taolo) va Xoja Muhammad Kusaviy (quddisa sirrihu) va Shayx Ziyoratgohiy28 (alayha rahma) va zamonning ma-shoyix va darveshlarining aksarining mulozamatlarig`a yetib, suhbatlarig`a musharraf bo`lub, maxsus iltifot va nazarlar toparlar erdi. Chun o`zlaridag`i faqru fano tariqi akmal vajh bila zohir erdi, bu toyifaning so`zlarig`a tab`lari muloyim. Mazkur bo`lg`on azizlar dag`i alarning suhbatin tilar erdilar va alarning muddaosyg`akim, tengri yo`lig`a kirmak, erdi, balki intizor tortar erdilar.
Asrning ulamo va ashrof va aimmasi bila doim musohib erdilar va chig`atoy ulusining oliy miqdor beklari ulcha yoshg`a va yo`lg`a alardin ulug` erdilar va ulcha teng erdilar, alarni sharafi nafs jihatidin o`zdin ulug` tutub, anga ko`ra ta`zim qilurlar erdi. To ul vaqtg`achakim, Sultoni Sohibqiron Xuroson taxtin oldilar, chun mulkning mutaayyin xalqi podshoh xizmatig`a musharraf bo`ldilar. Alar dag`i hamul dastur bila podshohning muborak diydorng`a ko`zlarin munavvar qildilar. Podshohning muborak xotirig`a alarning mulozamati yoqti va suhbatu so`zi bag`oyat xush keldi va inoyati mutaoqib qildilar. Alar podshohning xotiri uchun andoq taraddud va ixtilot va mulozamat qildilarkim, podshohning ko`ngul qushin sayd qildilar, chunki yaxshi mulozimlardin yaxshiroq, zaruriyroq hech nima bo`lmas. Bataxsis, mulozimkim, alardek muncha hamida xisolg`akim, mazkur bo`ldi, muttasif bo`lg`ay.
Har oyinakim, ulug` manosib taklifi voqe` bo`ldi, chun podshoh alarni podshohona rioyatlar va darveshona yumshoq va chuchuk so`zlar bila sayd qilib erdilar, yo`q deya olmadilar. Ish ul yerga yettikim, saltanat korxonasining mustashori bo`ldilar va mulku mol ishiga daxl qildilar va andoq suluk voqe` bo`ldikim, podshoh shokir va soyir xaloyiq va raoyo alarning zikri xayrig`a zokir bo`ldilar va podshoh xilvatnda anisu mahram va anjumanda rafiqu hamdam erdilar.
Xuroson mulkining kulliy ixtiyorin podshoh alarning soib rayig`a va tadbiri mulk oroyiga vobasta qilg`udek erdikim, chun alarg`a faqri zotiy va fanoyi jibilliy29 mavjud erdi va yoshlari oltmishdin o`tub erdi va zotiy munosabat mayliga g`olib bo`ldi va asliy maqsudi shavq tug``yon qila boshlab, mulozamat tariyqidin istig`for zohir qildilar. Va filvoqe` holiq ibodatining tarki va maxluq bandalig`ining ishtig`olikim, ayni beboklik va mahzi beoqibatlig`dur, andoq ish ilayg`a kelurkim, devsorlarning tahammuli qolmas, to malakosorlarg`a va farishtakirdorlarg`a ne yetgay.
B a y t:
Dunyoki qatig` durur garonborlig`i,
Qattig`roq aning ulusining yorlig`i,
Ko`prak nimakim, bo`lsa giriftorlig`i,
Ko`prak kelur el ollig`a dushvorlig`i.
Dunyoki qatig` durur garonborlig`i,
Qattig`roq aning ulusining yorlig`i,
Ko`prak nimakim, bo`lsa giriftorlig`i,
Ko`prak kelur el ollig`a dushvorlig`i.
Voy, dunyo shug`lining ibtilosidin! Va yuz ming voy, dunyo ahlining zulmu jafosidin, balki malolat va izosidin! Oh, zamon javru bedodidin! Nauzu billoh, abnoyi zamon qasdu ifsodidin! Qalam jardai xushxiromining inonin bu ravishdin uyurmak kerak, yo`q ersa, inoni ixtiyorni ilikdin olib, so`z uzar va maqsudum bozorin buzar,
Alqissa; uchun alarg`a haq yo`lining suluki domangir bo`lub, mulozamatdin ijtinob zohir qilib, istig`for tariqidin kirib, arzg`a yetkurdilar. Podshohg`a bu amr mahol ko`runub, ibo zohir bo`ldi, alar tazallum va tazarru` og`oz qildilar. Hech nav` bila maqbul tushmadi va alar ikki yilg`acha podshohning muborak xotiri uchun cheriklar mashaqqatin tortib safarlar balosig`a o`zlarin solib yurudilar va in`omu ulufa30 mutlaqo olmadilar va darveshona kisvat bila mulozamat qilurlar erdi.
Podshohi islompanoh chun ko`rdilarkim, alar borasida kuch bo`lg`udekdur, tahqiq bildilarkim, haq yo`li va ibodatining sheftasi bo`lubturlar, bovujudi muncha qatla maxsuslardin alarg`a inoyat va muhabbat yuzidin mulozamat tariqida iltimos voqe` bo`ldi, chun. alar podshohi haqiqiy31 qullug`inyng mubtalosi bo`lub erdilar, foyda bermadi.
B a y t:
Yor ko`yida yuzida mubtalo bo`lg`on netar,
Gulshan ichra gulni, balkim, jannat ichra xorni?
Yor ko`yida yuzida mubtalo bo`lg`on netar,
Gulshan ichra gulni, balkim, jannat ichra xorni?
Chun podshoh ulcha imkoni bor, iltimosda mubolag`a qildilar. Ko`rdilarki, alarning giriftorlig`i andoq yerda ermaski, o`zluklari bila yo birovning sa`y va ehtimomi bila xalosliq mumkin bo`lg`ay. Ko`rdilarki, ortug`roq mubolag`a voqe` bo`lsa, zulm bo`lg`udekdur, rahm qildilar va chorasiz ruxsat voqe` bo`ldi.
Ul kunki, bu ruxsat ishi surat bog`ladi — g`arib kun erdikim, podshoh zor yig`laydur erdi va alar xud zor-zor yig`laydurlar erdilar. Va saltanat majlisi huzzorig`a ham bu hol erdi, nevchunkim, borcha xalqg`a alardin kerak erdi.
Alqissa, chun alar navkarliq balosidin va sipohiliq ibtilosidin tengri inoyati bila xalos bo`ldilar, cherikdin qaytib, shahrda sokin bo`ldilar va ul avqotda janobi haqiqatmaob, qutbi doirai haqiqat va murshidi ahli shariat va tariqat, koshifi ulumi rabboniy Mavlono Shamsuddin Muhammad Tabodgoniy32 (qaddasallohu ruhoh ul-aziz33)ki, hazrati shayxul-mashoyix olimil-murshidi tavoifil-umam shayx zaynul-millati vad-din al-Xavofiy34 (rahimahumullohu taolo)ning ixtiyoriy xulofosidin erdilar, irshod masnadida toliblar va muridlar takmilig`a mashg`ul bo`lur erdilar, barcha asbobi suvariyni barham urub, ul buzurgvor xizmatig`a borib, faqr tariqin ixtiyor qildilar va necha yil alar suhbat va mulozamatlarida suluk qilib, xonaqohlarida azim arbainlar chiqardi35lar va faqru fano sulukida kulliy manozillar qat` qildilar va ulug` martabalar va biyik maqomlarg`a qadam qo`ydilar va alarning suluk va muomalalarin ul xonaqoh ahli, darveshlar — borcha musallam tutub, izhori irodat va ixlos qilurlar erdi.
Ittifoqo, bu faqirning manzili ul darveshlar xonaqohlari javorida voqe` bo`lub erdi va ul yerdinkim, iltifoti zotiysi bu faqir bila bor erdi va farzand deb erdilarkim, o`z havlim go`shasida alar uchun bir muxtasar maskane alohida tartib qilib erdim, gohiki, mufrit riyozatlardin tab`larig`a kalole voqe` bo`lsa erdi, xotirlari tashxizi uchun ul maskang`a kelib, bir kun-ikki kun turub, yana xonaqohg`a o`z xilvatlarig`a borurlar erdi.
Alarning avvalg`i arbaini bu faqir hazrati Mavlono Muhammad Tabodgoniy (quddisa sirruhu) mulozamatlarig`a borib erdim, alar holidin so`rdum, dedilar: «bu kun bir maqomdadurlarki, solik avvalg`i arbainda ul maqomg`a yetsa, darde aning olig`a kelurkim, agar buqoi mufrit yuzlansa, ishining guftorig`a dalolat qilur, alarg`a bu hol yuzlanibdur va bag`oyat umidvorlig`laredur».
Uyla oshiqki, hijrondin ko`rub dardu malol,
Shodlig`din yig`lag`ay, topqonda davroni visol.
Shodlig`din yig`lag`ay, topqonda davroni visol.
Bu faqir alarning xilvatlari eshigiga bordim: g`arib hoy-hoy yig`lamoqda erdilar, hech nima dey olmadim va mutaassir bo`lub, yig`lab qaytdim.
Bu faqir fuqaro ahli, darveshlar va ahlulloh mulozamatig`a ko`p yetibmen, faqir tariqida alardek oz ko`rubmen.
Sayyid Muhammad alarning yolg`uz farzandi erdi. Adabu tavozu` va hilmu hayo tavrida ul otag`a munosib o`g`ul erdi. Tab`i xo`b va surati mahbub va axloqi hamida va atvori pisandida, o`n to`rt yoshda tolibi ilmlig`i shogird kitobliqg`a yetib erdi. Hirot xalqining o`z tavrida yagonasi va nodirasi erdi. Bu sinnda anga qazo yetti. Aksar ani tanir-bilur el o`zni sohib azo tuttilar. Bataxsis, bu faqirkim, ani farzanddek ulg`aytib erdim, alarg`akim, asl ota erdilar, aslo tafovut qilg`oni ma`lum bo`lmadi. So`zlari bu erdikim, «Al-hukmu lilloh»36 egasiga bizdin keraklik ekandur — eltti, umid uldurkim, rahmat qilg`ay».
Ani chiqorur kun arig` to`n kiyib, arig` dastor chirmab, motamiylarg`akim, anduhu iztirob yuzidin beixtiyor yig`lar erdilar, alar nasihat qilib, taskin berur erdilar, xususan bu faqirg`a. To madfang`a, bu faqir yasag`on hazirag`a elttilar, alar o`zlari sunnat tariqi bila maqbara ichiga tushub, aziz farzandni shar` vajhi bila oxirat yeriga qo`yub, tengriga topshurub, talabi g`ufron37 uchun duolar qilib chiqtilarkim, hech nav` tag`ayyur hollarig`a zohir bo`lmadi.
Na`sh bila borg`on darveshlar va akobiru ashrofni hayrat lol qilib, taajjub behol qildi. Bu nav` fano va istig`roq va havsala bashar xaylidin noma`lumdurkim, kimda bo`la olg`ay.
Alar der erdilarkim, dunyo johining mastlig`i chog`ir mastlig`ig`a o`xshamaskim, chog`ir mastlig`i ichgan kunidur, ammo joh mastlig`i agar sohibi joh yillar joh ustidadurkim, mastdur, aning maxmurlig`i johdin ma`zul bo`lg`onidadur. Ne muskir xamrdurkim, sarmastlig`i odamiyni yillar o`zidin bexabar qilg`ay.
Bir kun bir taqrib bila ash`yo orasida tafovut bobida fazl ahlidin birov bu mashhur baytni o`qudukim,
b a y t:
La`l sang astu degi sangin sang,
Lek andar miyon tafovuthost.
La`l sang astu degi sangin sang,
Lek andar miyon tafovuthost.
Alar qoyilining maqsudining naqizi jonibidin so`z boshlab dedilarki, shayxe aytibdurki, tosh qozon va la`l — ikkalasi toshdur va lekin oralarida tafovut bor. Tosh qozondin g`ayri naf` hech nima mutasavvar ermaskim, laziz va mulavvan at`ima anda pisharkim, xosu om andin muntafe` bo`lurlar va la`ldin xaloyiqqa anvoi zarar mutasavvardur.
Va ittifoqo ul uchurda Sulton Abusaid mirzo38 har kishida javohir bo`lsa olib, bo`lmasa tafahhusida mubolag`alar qilib, elga anvoi izo va zarar yetkazib erdi. Va bu baytni o`qug`on majlisda ham tosh qozonda osh pishadur erdi.
Yana bir majlisda qarilig`ning mashaqqatlarining bobida so`z o`tadur erdi, har kishi bir nima deydur erdi. Dedilarkim: qarilig`da hech nimaning zavqi yigitlikdagicha ermas: g`izodin va sharbatdin, hatto suvg`a deguncha».
Bir ulug` kishi so`rdikim: «barchani musallam tutduq, ammo suvning zavqi nechuk yigitlikdagicha bo`lmag`ay? Har kishi suvsiz bo`lsa xoh qari, xoh yigit suv ichgach, atashi daf` bo`lub, zavqe topar».
Alar dedilarkim: «Rost, zavq topar, ammo tafovut bor. Yigitlikda harorati g`ariziy g`olibdur, qariliqda ul harorat qolmas. Suvsiz kishining harnecha harorati g`olib bo`lsa, ul o`tg`a suv taskin berur. Ammo qarikim, g`ariziy harorati39 muntafiy bo`lmish bo`lg`ay, atash anga g`ariza haroratdin oriz bo`lmay, ul suvni ichmish bo`lsa, qachon andin zavq topg`ay».
Mahrur mizoj yigitlar barcha musallam tutub, alarni bu hikmat so`zlaridin ta`rif qildilar.
Hayotlarining oxirida haj safari muddaosin qildilar. Ammo ko`p mavone` paydo bo`ldi va muyassar bo`lmadi.
Samarqandg`a Hazrati Xoja Nosiruddin Ubaydulloh40 sharafi suhbatlarig`akim, zamon ahlining ko`pi, xususan Samarqand ahli Xojani «Qutb»41g`a nisbat berurlar erdi, musharraf bo`lurg`a azimat qildilar. Xoja bila necha kun suhbatlar tutub, ta`zim va tashriflar topib, yana Hirot shahrig`a azimat qildilar. Va tarix sekkiz yuz to`qson to`rtda42 — yetmish uch yoshlarida olamdin o`ttilar.
Va alarning favti zamonida bu faqir shahrda yo`q erdim. Podshoh hukmi bila bir sori borib erdim. Kelgandin so`ngra, chun sohib azo faqir erdim, ta`ziyat qoidasin bajo kelturub, shahrning shimoli haddida tog` etagida alar uchun hazira yasadimkim, «Jo`yi nav» suvi aning ichidin o`tar, bag`oyat biyik va xushhavo yerdur.
Va xeli azizlarkim, alarg`a tiriklikda musohib erdilar va qabrlari parokanda yerlarda voqe` erdi, yig`ishturub, alar javorida qo`yuldi. Bu jihatdin ba`zi azizlar ul yerni «Azizlar hazirasi»43 debdurlar va bu ism mashhur ham bo`lubdur.
Va alar favtining ta`rixi bu ab`yotdin hosil bo`lur.
T a ` r i x:
Sarxayli fano Sayyid Hasan raft,
Ki joi o` bihishti jovidon bod.
Pai on pokrav justand ta`rix,
Biguftam: «Jannati pokash makon bod»44.