Òîï ðåéòèíã www.uz
IZOH VA TARJIMALAR

"XAMSAT UL-MUTAHAYYIRIN"NING IZOH VA TARJIMALARI

1. a.: Ollohga maqtovlarki, bizda ilm yo`q.
2. a.: Kimki olimni hurmat qilsa, meni (ya`ni, Ollohni) hurtmat qilgan bo`ladi.
3. a.: Olloh   uni   (ya`ni,   Muhammad   payg`ambarni),   oilasini   va sahobalarini va uning izdoshlarini duo qilsin va olqishlasin va so`ngra...
4. a.:  [Olloh] gunohlarini kechirsin va ayblarini bekitsin.
5. a.: valiylikning   oliy hazrati,   Olloh   sirlarini   kashf   etuvchisi, yashirin ishoralar va alohnda sirlar olimi, payg`ambarlar davomchisi (sifatidagi)  alloma.
6. ya`ni,  tariqat  elining  peshvosi va   imomi,    muqaddas   guruhning serg`ayrat arbobi va shayx ul-islomi, ya`ni haq va dinning nuri, islom va musulmonlarning sig`inadigan joyi, shayximiz.
7. a.: Olloh sirrini muqaddas saqlasin  va   go`rini yorug` qilsin.
8. ya`ni, hayratlanganlar beshligi.
9. 817 – 1414 y.
10. 893 – 1487/88 y.
11. ya`ni, yurak tomchisi.    
12. She`rning mazmuni:
Oy va yillarning keng maydonida to`pdek taqdir chavgoni u holdan bu holga tashlab turgan men Payg`ambarning Makkadan Yasribga (ya`ni, Madinaga) ko`chishidan 917 [yil] o`tganda, izzat va qadimiylik parvozgohining eng yuqori cho`qqisidan, Mana bu eng tubanlikka kelib qanot va quyruqni bo`shashtirganman. Bukun esa, his va xayolning bu siqiq yerida umr jilovini sakkiz yuz to`qson uch sanasiga tortib yetkurdim.
13. 898 – 1492 y.
14. a.: mujtahidlar   (ya`ni,   diniy   qoidalarni    o`zgartib,    Yangi mazhab tuzuvchilar) peshvosi.
15. Navoiy   Jomiy   nasabini   Shaybon   nomli  qabilaning   maliklaridan Muhammad binni Hasan binni Abdulloh binni Tovus binni Xurmuz Shayboniy deb ko`rsatadi.
16. a.: mo`minlar amiri. Bu yerda   Muhammad   payg`ambardan  keyingi   ikkinchi  xalifa  Umarning laqabi sifatida   ishlatilgan.
17. Ahmadi Jom  –  tasavvufning  shayxi va mashhur  shoirlaridan (vafoti 1141 y.).
18. Qit`aning mazmuni:
Tug`ilgan joyim Jom va qalamim tomchisi
Shayx ul-islom (Ahmadi Jomiy nazarda tutiladi)
jomidan bir  qatradir.
       Binobarin, she`rlar daftarida
Har ikki ma`noda (shoir bu yerda ikki jihatga: ham Ahmadi Jom ta`limotining unga ta`siriga, hamda u siymoning ham Jom viloyatida tavallud topganiga ishora qilmoqda) taxallusim Jomiydir.
19.    Faxruddin  Luristoniy  –  tasavvuf  shayxlaridan.  Uni  mashhur shayx Hafizuddin Umar Obardihiyning iste`dodli shogirdi sifatida tilga oladilar.
20.    ya`ni, Do`stlikning yoqimli islari. Jomiyning sufiy arboblar, tasavvuf shoirlari haqidagi tazkirasi.
21. Yasrib  –  Madina  shahrining  qadimiy   nomi.   She`rda  Muhammad   payg`ambarning   Makkadan   Madinaga   ko`chishi   nazarda tutiladi.   Navoiy   Jomiyning   Jomdan   Hirotga   kelishini ana shu voqeaga o`xshatadi.
22. Zaynuddin   Abubakr   Toyobodiy –  davrning   mashhur   alloma   va shariat   peshvolaridan.   Vafoti  –  791/1388 – 89.
23. Sa`duddin    Mas`ud    ibn   Umar    Taftazoniy    (1322 – 1389)  –  Markaziy O`rta Osiyoning mashhur filolog olimi, poetikaga oid risolaga sharh sifatida yozilgan «Muxtasar al-maoniy» asarining muallifi.
24. Amir   Xusrav   Dehlaviy     (1253 – 1325)  –  Hindistonda     yashab ijod qilgan forsiygo`y shoir. U Nizomiy Ganjaviydan keyin «Xamsa» yaratib, xamsachilik an`anasini davom ettirgan ijodkordir. Xusrav Dehlaviy lirik devonlar va boshqa ko`p asarlar muallifidir.
25. a.: Olloh ularning sirlarini muqaddas saqlasin.
26. Sa`duddin Koshg`ariy  –  Hirotning  mashhur  shayxlaridan  biri.1456 y. 13 mayda vafot etgan. Jomiy Sa`diddin Koshg`ariyning qiziga uylangan.
27. Naqshbandiylik  –  sufizm   tariqatlaridan   biri.   Unga   Bahovuddin   Naqshband   (1318 – 1389)   asos   solgan.   Bu   ta`limot    dastlabki   davrlarda   tarkidunyochilik   va   faqirlikni   emas, barcha   mavjudotga   muhabbat   va   shavqat   bilan  qarash   g`oyalarini targ`ib qilgan.
28.    Bahovuddin  Umar,  Muhammad  Asad  va  Boyazid  Puroniy  –  tasavvufning mashhur shayxlaridan.
29. a.: majoz  –  haqiqat ko`prigidir.     
30. Shohrux  –  Amir   Temurning  ikkinchi  o`g`li.   1409 – 1447   yillarda hukmronlik qilgan.
31.    Abusaid – 1457 – 1469   yillarda   hukmronlik   qilgan   temuriylardan, u Temur  o`g`li Mironshohning nabirasi.
32.    Husayn Boyqaro  (1438, Hirot – 1506 o`sha shahar)  ko`zda tutiladi. 1469 – 1506 yillarda shohlik qilgan.
33.    a.: muvaffaqiyat uchun Ollohga maqtovlar bo`lsin.

AVVALGI  MAQOLAT
1. a.: Ollohga yaqin hazrat.   
2.  Abdulloh   Ansoriy  –  Abu   Ismoil   Abdulloh    ibn   Muhammad al-Ansoriy  Hirotiy  –  sufiylik  tariqatining   yirik   arbob va   nazariyotchilaridan   biri,   «Ilohiynoma»ning   muallifi.
3. She`rning mazmuni:
Boshim huddi gullagan daraxtdek oqardi,
Bu  gullashdan  kelgan  hosil  –  mening  g`amim   mevasidir.
4. Mazmuni:   men  avval  o`tgan  so`z   ustalarinnng  hech  biri   ijodidan bunday qasida o`qimaganman.
5. Mazmuni: keyingi [ijodkor]larda biz ham  shunday qasida eshitmadik.
6. Mir   Shayxim  –  Amtr  Shayxim   Suxayliy  –  hirotlik  mashhur shoirlardan,  Navoiyning  yaqin  do`sti.  U  hahda  «Majolis un-nafois»da ma`lumot beriladi.
7. Mutahhari Udiy  –  Navoiy zamondoshlaridan. Ud nomli  cholg`u asbobida  kuy va uning jo`rligida qo`shiqlarni mohirona ijro etgan san`atkor.
8. Zuhra  –  sayyora nomi. Xonanda va sozandalarning, umuman musiqaga oid san`atlar homiysi sanalgan.
9.Xoja Hasan Dehlaviy  –  Hindistonda yashab ijod qilgan mashhur forsiy g`azalnavis shoir. 1327 y. Dehlida vafot etgan. Amir Hasan Sanjariy deb ham yuritiladi.
10. Misra`ning mazmuni:
Qanday yaxshiki, ko`ngul ich-ichidan turib-turib
senga intiladi.
11. Baytning mazmunn:
Yomg`ir qatralari kabi-ko`z yoshlarimning hammasi durr bo`ldi,
Haqiqatan sening Suxayl [yulduzidek] chiqib kelishing
shunday ta`sir qiladi.
12. ya`ni, qon bo`ldi.
13. Misra`ning mazmuni: 
So`z  –  durr [inju], shoh qulog`iga taalluqi bor.
14. Gozurgoh  –  Hirotda  tog`  etagidagi  xush   manzara   maydon.
16. Xiyobon  –  Hirotning markaziy ko`chasi. Arabcha yozuvdagi «qad» so`zining harflari miqdori abjad hisobida 104 bo`ladi.
17. Muzaffar Husayn mirzo  –  Husayn Boyqaro o`g`illaridan biri,
18. Baytning mazmuni:
Sham` o`chsa ham osmon quyoshi aylanib tursin,
Qatra  to`kilsa   ham  boqiylik  suvi  barqaror   bo`lsin.
19.Baytning mazmuni:
Farzand umr daraxti shoxidagi bir mevadir, 
Agar undan meva to`kilsa, daraxt doimo bo`lsin.
20. Jomiy Makka safariga 1472 y. da chiqqan edi.
21.Sog`ariy  –  Hirot shoirlaridan biri. «Majolis un-nafois»da qayd qilinishicha, u Jomiy bilan hajga birga bormoqchi bo`lganu  arzimagan  bahona   bilan  qolib  ketgan  edi.
22.    Qit`aning mazmuni:
Sog`ariy deydiki, ma`no o`g`rilari qaerda mening she`rimdan
bir yaxshi ma`no ko`rsalar olib ketadilar.
Aksar   she`rlarida   biror   ma`no   yo`qligini   ko`rdim.
«Ularning  ma`nosini  o`g`irlab  ketganlar»,  deb  rost  aytgan
ekan.
23.    Baytning mazmuni:
Foniylik g`orida ular yo`qolgudek bo`lsalar,
Men ham to`rtinchilari  –  itlari bo`layin.
24. Baytning mazmuni:    
Mir (ya`ni   Navoiy) «to`rtinchilari  –  itlariman», dedi
Ularning qalblaridan so`z fayzini topib oldi.
25. Bu  yerda  Navriy  «az  qalbuhum» arabcha    ibora   bo`lgani  uchun forscha chiqish kelishigi «az»ni ham arabcha «min» bilan almashtirish kerak deydi va grammatik tahlil qilib, u holda «az qalbixim» bo`lib qolib, qofiya buziladi deb e`tiroz qiladi.
26. Xoja Dehdor  –  Ismi  G`iyosiddin  Muhammad. Navoiy  va   Jomiyning yaqin musohiblaridan, shoir.
27. Ruboiyning mazmuni:
Ey xoja, bizni lutfingga sazovar qilding,
Orqa dumba keltirib, bizni sevintirding.
O`tirib olib, ishtaha bilan dumbani yeding,
Orqangda  keltirgan  narsangni  qorningda   olib  ketding.
28. Qit`aning mazmuni:
Xoja bizning dasturxonimiz uchun,
Bir-ikki so`yilgan qo`yning dumbasini keltirdi,
Lekin uniig ulkan saxovatli qo`lidan,
Barmog`im ham bulg`anmadi.
Uning o`zi haqida tasavvuri shundayki,
Ikki pushti bilan nasabda Xotamga yetishadi.
29.    Qit`aning mazmuni:
Xoja Dehdor Mir hadyalaridan
Dirham va dinor [kabi] nimaiki keltirsa,
Oyoq haqi olar edi.
Sanamay «besh yuz ming» derdi,
Hisob kunida sharmanda bo`lish fikrini esa
Mutlaqo yodiga keltirmasdi.
30.    Qit`aning mazmuni:
Dehdorga  aytdimki, menga  hadya   [qilingan  narsalardan]
Boshingdan sochiq qildim.    
Insof yuzasidan og`iz ochib,
Yo`lda olganim yetar (dedi).
31.    Qit`aning mazmuni:
Bir xati chiroyli (kotib) go`zallar yuzidek  qilib,
So`zlarimni bezab chiqdi.
Lekin u har joyda qalami xatosi bilan,
Goh bir  narsa  orttirdi,  goho  esa,  tushirib  qoldirdi.
Men o`z xatim bilan uni tuzatib chiqdim.
Garchi noqulay esa-da, ko`ngil tilagandek bo`ldi.
U mening so`zlarimni ne chog`lik buzgan bo`lsa,
Men uning xatiga shunday qusur yetkazdim.
32.    Sulton Ya`qub  –  oqquyunli turkmanlar sultoni.  1491  y.da vafot etgan.
33.    Arab yozuvidagi  «baqoi  hayoti   shumo  bodo!» (ya`ni,   Sizning hayotingiz   boqiy   bo`lsin!)   jumlasidagi   harflardan   abjad hisobida 880/1475 y. chiqadi.
34.   She`rning mazmuni:    
Latofat bo`stonining guli (bo`lmish) Safi,
Foniylik bog`idan jannat tomon ketganda,
Bir aziz odam ko`ngil so`rab,
«Bodo baqoi hayoti shumo» deb ta`rix tushirgan edi.
35. Anvariy  –  Avhaduddin Anvariy – Sulton Sanjar (vaf. 1156 y.)ning saroy shoiri. Uning qasidalari shakl va uslub jihatidan   nihoyatda   murakkab   va   dabdabali   sanaladi.
36.    Baytning mazmuni:
Agar ko`ngil bilan qo`l daryo va kon bo`lsa,
Shohlarning dili va qo`li bo`ladi.
37. Matla`ning mazmuni:
Har kimning og`zida tili bo`lsa,
Jahon shohining madhida bo`lsin.
38.    Shayx Abdulhasan  Durroj  –  Bag`dodlik  mashhur    shayxlardan. 320/932 h. da vafot etgan.
39.    Imom  Yusuf bin Abdulhusayn Roziy –  Kunyati Abu Ya`qub «Malomatiya» tariqatiga mansub. Bu shayxlar haqida Na-voiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida ma`lumot bor. 304/916 – 917 y.da vafot etgan.
40. a.: olloh sirrini muqaddas va aziz saqlasin!
41. vajd  –  sufiylikda ishq va ishtiyoq g`alabasi natijasida o`zidan ketish.
42.    samo`  –  sufiylarning zikr tushishi (ko`pincha musiqa bilan, qo`shiq bilan).
43.    Muhammad Tobadgoniy  –  ismi Shamsuddin. Mashhur   shayxlardan. Navoiy «Majolis un-nafois»ida u haqda ma`lumot beradi. Xonaqohi va qalin muridlari bo`lgan. Hirotda 891/ 1486 y.da vafot etgan. Qabri Xiyobondadir. Uning asarlarn: «Asmoulloh» sharhi, «Manozil us-soyirin» va «Qasidai Burda»ga muxammas, «Tazkirat ul-habib», «Vasoyo» tarjimasi, Zikr bobida «Arba`in» va faqru suluk bobida yana bir «Arba`in» tarjimasi. Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Muhammad Tobadgoniyni zikr etadi. 87 yoshda vafot etgani, vafoti ta`rixi «Qutbi zamon biraft» iborasida berilganini qayd qiladi. Abjad bo`yicha 891/1486 y. chiqadi.
44.    a.: Ollohni nafsimiz yovuzligidan va ishlarimiz g`irromligidan saqlashga chaqiramiz.

IKKINCHI MAQOLAT
1 Ruboiyning mazmuni:
Boshim  eshiging  tuprog`idan   uzoqlashgandan   beri,
Har kuni biror xatni boshing og`rig`i qilaman.
Sendan noma kelganida, qanday
Xabar keltirar ekan, deb bexud bo`laman.
Ruboiyning mazmuni:
Safarga jo`nagan paytingdan buyon,
Yodimga tushganing sari   [har tarafni]   iskab ko`raman.
Agar sen tomoningga qush uchsa, yohud shamol essa,
Biror nomani boshing og`rig`i qilishni istayman.
3. Mazmuni:
Qalamni oldim va o`yladim. Bu kunlarda ketma-ket yuborilgan xatlar uchun uzr aytishdan boshqa biror ma`no ko`ngildan o`tmadi va xotirga o`zga surat yetishmadi. Garchi bu ham shuningdek, bosh og`rig`i xurujidan xoli va aziz vaqtlarini  bekorga  o`tkazishdan  tashqari  narsa  emas esa-da:
Agar   sening   oldingda   nola qilsam, u nola bosh og`rig`i
                      bo`ladi,
Va gar uzr so`rasam, u [ham]  boshqa bir dardisar bo`ladi.
She`rning mazmuni:

Ko`ngildan chiqqan u maqtovlar,
Hamma ruhoniylarga jon bag`ishlaydi.
Bu firuza rang makondagi u toza hid,
Pokizalikka mansublar dimog`ini xushbo`y qiladi.
5.    She`rning mazmuni:
Shoh davlatining soyasida
Ertayu kech shundan boshqa ishing bo`lmagay.
O`z manfaating sabzasini ko`ngildan yulib tashlab,
Haq uchun xalqning panohi bo`lgaysan.
6. Ruhullah  –  Iso payg`ambarning laqabi
7. Ahmad  –  Muhammad payg`ambarning laqabi.
8. Mursal  –  elchi, payg`ambar ma`nosini anglatadi.
9. She`rning mazmuni:
Yuborgan saloming jon qushidek sayraydi.
Huddi Ruhullohdek jon bag`ishlaydi.
Hamma so`zlari g`oyat kelishganligidan
Payg`ambar nutqidek yoqimlidir.

10. She`rning mazmuni:
Umidim shuki, Maxdum irshodi bilan,
Maktubda nimaiki yozilgan bo`lsa,
Amridan qalam kabi bosh tortmagayman,
Madadi va ro`yobga chiqishidan bahra olgaymi.
11.    Mavlaviy  –  Jaloluddin  Rumiy (1207 – 1273)    – Markaziy Osiyolik buyuk shoir va olim. Uning 27 ming baytdan iborat «Masnaviy» («Masnaviyi ma`naviy», deb ham yuritiladi)si chuqur diniy fasafiy g`oyalarni targ`ib qiluvchi asardir. Jaloluddin Rumiy «Mavlaviya» nomli tasavvuf maktabiga asos solgan.
12.    Tazmin  –  boshqa  ijodkor    she`ridan bayt,    misra` yoki biror iborani iqtibos  –  ko`chirma qilib keltirish san`ati. Quyidagi she`rda har baytning ikkinchi misra`i Jaloluddin Rumiydan tazmindir.
13.    She`rning mazmuni:
Ustodlar shohi Hasandan judolik sharhini,
«Naydan eshitgil, qanday hikoya qiladi».
Uning bo`g`in-bo`g`ini bir-biridan ajralib,
«Judoliklardan shikoyat qiladi.
14. She`rning mazmuni:
Qalam nayi dilimning tarjimoni bo`ldi,
«Naydan eshitgil, qanday hikoya qiladi».
O`tkir til va yosh to`kuvchi ko`zlar bilan,
«Judoliklardan shikoyat qiladi.
15. «Ayriliq kunlari cho`zilishining hikoyasi va mushtoqlik tunlarining uzayishi shikoyati shunday ziyodaki, og`zi bog`liq siyohdon madadkorligi va tili siniq qalam dastyorligi bilan bu noma davomida uni arz qilishga qudrat yetarmikan va bu sahifa ustida u yoziladigan narsani bitib bo`larmikan? Noiloj u bobga chek qo`yib, iltimos yetkaziladi:
O`zgalar tashvishi bo`lmagan soatda,
Do`st bor bo`lgan baxtli majlisda,
Har qancha ta`zim bilan yer o`pib,
Duogo`ylarning   chuqur   hurmatlarini   yetkazgaysen.
Bitmas davlat va tuganmas saodat  himoyasida  bo`lgaysan!
16.    She`rning mazmuni:
Qalaming nayi ma`ni shakarini,
Nayshakar kabi ichidan chiqargan.
Uning xatini mushkdek chiziqqa aylantirgan.
Xat ziminda go`zal chehrali mazmunni [bergan].
Balki har dona nuktasidan
Ma`no tojiga yashirin durr yaratgan.
17.    Iltifot yuzasidan yuborgan maktublari [emas] balki dengizga o`xshagan tab`lari daryosidan chiqargan gavharlari yetishti. Har holda bosh ustidagi tojga tikib qo`yildi va ko`z hamda ko`ngil uyini u bilan yoritildi. Irshod quyoshi yer yuzi toliblari va osmon ostidagi qobillar boshida toblansin. Tamom.
18.    Qit`aning   mazmuni:
Qalaming nayi ma`no bolasini,
Husn sabzalari bilan bezagan.
Tong boshini tun kokili bilan
Navqironlar chehrasinnng rashkini qo`zg`aydigan qilgan.
So`zning    qisqasi, mening uzun kechamni,
Parchalab tashlab, kunduzga aylantirgan.
19.    Ma`nolar bilan to`la bo`lgan sharofatli sahifa, nozik so`zlar bilan toshqin go`zal iboralar yaqin bo`lgan uzoqlarni va uzoqdagi yaqinlarni huzur bilan sharaflantirdi. Har satrining shaklidan bahra yuz berdi va har harfining aksidan shodlik toblandi. Shukuhi shavkatidan shukr va maqtov g`unchalari yetishtirdi va gina tikanidan madhiya va duo gullari ochdi.
She`r:
Agar sening lutfing tikanzorlarga yetishsa,
Tikanzor bahoristonga aylanadi.
Gina va shikoyat hikoyasi shuning uchun ham voqe` bo`ldiki, o`zlari (ya`ni Jomiy) kaminaning (ya`ni, Navoiyning) maktubidan shunday narsa borligini tasavvur qilganlar va (maqsadni) og`zaki anglatish va yozma bayon qilishda ham keltirganlar. Holbuki:
Sendan shunday muomala bo`la olmaski,
Biror kimsaga undan gina yetishsin,
Sendan  ginadan bo`lak  hech qanchalik gina  yo`q,
Chunki lutfing uni tubidan uzdi.
Maqtalgan haq bir yo`la yaxshilar sihatini nazarda tutsin  va  yomonlar  nazari ofatidan  saqlasin!   Tamom.
20. a.: unga olloh rahmati bo`lsin!    
«Daryoyi  abror» (Pok  kishilar  daryosi)  –  Amir Xusrav Deh-
laviyning falsafiy qasidasi.
22. «Lujjat ul-asror» (Sirlar daryosining chuqur joyi)  –  Jomiyning  «Daryoyi abror» javobida yozgan qasidasi.
23.    «Tuhfat ul-afkor» (Fikrlar tuhfasi)  –  Navoiyning  Xusrav Dehlaviy va Jomiy qasidalariga javob tarzida yozgan qasidasi.
24.    Matla`ning mazmuni:    
Podshoh nog`arasining ichi bo`shu sadosining bongi bosh
                                                                                og`rig`idir,
 Kimki xo`l-quruqqa qanoatlansa, dengiz va  yer  yuzining
                                                                              shohidir.
25.    Matla`ning mazmuni:
Podshoh qasri kungurasi  Kayvon   [Zuhal yulduzi]
                                               maqomidan ham yuksak bo`lsa-da,
Bilgilki, undan din qal`asining devoriga darzlar
                                                                                tushgandir.

26.    Baytlarning mazmuni:
Podshohlar tojini bezovchi o`tli la`l,
Boshlarida  xom  xayollarni  pishiruvchi  laqqa  cho`g`dir,
Rajab oyining jum`a kuni uning ta`rixi edi,
Qiziqrog`i shuki, uning tugallanishi ham shu kun va shu
                                                                           oyda yuz berdi.
         Bu ta`rixda ajib joyi borki, ta`rixning oy kunining     zikridan yil  hisobi  «jumal qoidasi» bilan  hosil  bo`ladi.
         Yuqoridagi she`rda Navoiy keltirgan ta`rix arab yozuvidagi «yavmi jome` shahri rajab» jumlasi harflaridan abjad hisobida 880/1475 y. chiqadi.
         «Jumal qoidasi» esa harflarning son miqdorini qo`shish, orqali chiqariladigan ta`rix bo`lib «abjad hisobi» demakdir.
27.    Duo    qilish    vazifalari   adosi    ijobati    bilan    olloh xabardorni yuksaltirgandan so`ngra ma`lum bo`lg`aykim, yangidan chopar keldi va yangi qasidani yetkazdi.
She`r:
U qasidaning bir necha joyini o`qib,
Xoslar dilini unga bog`langan ko`rdim.
Shu asnoda xushyorlik ko`zi ochilib,
Hamma dillarni ovlangan ko`rdim.    
         Har qalay boshdan to oxirigacha har bayt va har misra`dagi har bir harfga xotir faxrlanish hislari junbushi bilan sinchiklab qaragan bo`lsa ham, lekin hech bir nuqson qoraligi, so`z husniga va maqol lutfiga «ko`z tegish»ni daf` etishga urinishdan boshqa va hech bir soxta narsadak bu nuqsonliga kamol maqtovi libosini kiygan fikr nazarga tashlanmadi. Shunday.
 N a z m:
Pardozchi go`zallar chehrasini bezaganda,
Ziyon yetkazmaslik uchun nil-ko`k  cho`p bilai chiziq tortadi.
         Uning mazmunidan shu narsa ma`lum bo`ladiki, ularning xizmatlarini iqbol irodasi maqsad qiblasiga va yoqimsiz ko`rinishlardan yuz o`tirishga undovchi bo`lgan (Olloh va uning ummatlariga maqtovlar bo`lsin!). Ammo agar yuzadagi ishlarni o`zgartish va zarur emas narsalar bilan shug`ullanishii tark etishga ko`p urinilmasa, zeroki bu azizlarning muloyim mizojiga uyg`un emas (desak) mubolag`a bo`lmaydi va uzoq ketilmaydi. Hech o`rin yo`qki, maqsad zohir bo`lmagay. Zohir bo`lish jamolini zohir bo`lish kamoli bekituvchi emas
         (Maqtovli tangri barchani maqsad yo`lida haqiqat qudratidan ogoh va himmat dastini bechoralar nobudligidan kalta qilsin. Tamom.)
28. Takalluf  tojini  tark  etgan   bosh  uchun  do`ppi   va  jahondan qo`l yuvgan qo`lning xo`lini o`ziga oluvchi parcha bo`z yuborildi,
29. She`rning mazmuni:
Faqirlar egnidagi ko`p yamoqli to`n,
Ma`no  olami  yuksakligining  osmoni  va   yulduzidir.
30.    Baytlarning mazmunn:
Qanday yaxshi! Lochin tab`ingning shavqi,
Poklik qushlarini qirg`ovul qildi.
Kishi orqali bir yaxshi matla` yuboribsan,
So`z ustalaridan uning tengi borligi eshitilmadi.
31.    Ruboiyning mazmuni:
Qachongacha yeldek har tomondan jilva qilay?!
O`z  sarvim tomon  yelib  yugirishni xohlayman.
Faryod qilib, boshimga tuproq sochib,
Qutqar meni bu darbadarlikdan deyman.
32.    Ruboiyning mazmuni:
Agar jononga jon ko`zi bilan boqsang,
Jahon bevoshligidan g`am chekarmi eding?
Bu bevoshlik hech qachon tuganmaydi.
Bevoshlik  sabab  yig`noq bo`l, toki bahra topgaysan.
33.    Matla`ning mazmuni:
Dajla   [daryosi]   qirg`og`ida  yordan uzoq, diyordan judolikda
Shafaqrang  ko`z  yoshidan   ko`ksimda  qon  dajlasi  bor.
34.    Matla`ning mazmunn:
Hijron shomi  quyoshdek  g`arb  tomonga  yashirindi,
Yo  rabbiy,  visol  tongini sharq  tomondan  yetkizgil.
35.    Ruboiyning mazmuni:
Bu maktub,  maktub emas, mening dardlarimni daf`
                                                           etuvchidir.
Og`riq bilan qiynalgan ko`nglimning oromidir.
Qaynoq dilim va sovuq nafasim taskinidir,
Ya`ni mening jahon kezib yurgan mohimdan xabardir.
36.    Ruboiyning mazmuni:
Bu xat, xat emas, har bir shodlikning negizidir
Xursandchilik va aysh hosil qilishning yaxshi sababidir.
Qisqa va ko`p ma`noli ekanligi bilan,
Go`yoki «Javomi ul-kalim»ning muxtasaridir.
         «Javomi ul-kalim»  –  o`zi qisqa, lekin g`oyat chuqur ma`noli so`zlarni o`z ichiga oluvchi, demakdir.
37. Ruboiyning   mazmuni:
Ey moviyfalak, insof bilan aytgil,
Bu ikkisidan qaysi biri yaxshiroq yurish kildi:
Tong otar tomondan ko`tarilgan sening quyoshingmi?
Yoki kun botar tomondan chiqqan mening jahon kezuvchi
mohimmi?
38. Ruboiyning mazmuni:
Sening qalamingga qarab xat dediki: ey yurish chog`ida
Rumga Shomdan yuzlab yaxshi tuhfa keltirgan,
Agar o`rtada sening oyog`ing bo`lmasa,
Ayriliqda qolganlarga do`stning salomi yetishmas  edi.
39.    Kichik mirzo  –  Ulug`bek o`g`li Mironshohning nabirasi, Husayn Boyqaronng opasi Oqobegimning o`g`li.
40.    She`rning mazmuni:
Bir   nazar tashla  tengqurlardan   farqli   bo`lay,
Najmiddinga manzur bo`lgan  it, hamma itlarga boshliq bo`ldi.
         She`rda tilga olingan Najmiddin  –  Najmiddin Kubro nomi bilan mashhur bo`lgan tasavvuf shayxlaridan. To`liq nomi Najmiddin Kubro Ahmad ibni Umar Xevaqiy (1145 –  1226) «Ayn ul-hayot» nomli Qur`onga yozilgan keng sharhning muallifidir. Navoiyning «Nasoyim ul-muhabbat» asarida keltirilishicha, bir yig`inda Najmiddin Kubro suhbatdosh va muxlislaridan Shayx Sa`diddin Hamaviy degan shaxs xayolidan «bu ummatlar orasida suhbati itga asar qiladigan bormikan?», degan fikr o`tadi. Shayx Najmiddin karomat qilib, buni anglaydi, xonaqoh eshigidan bir itni keltiradilar. Unga Shayxning nazari tushadi. It g`oyat o`zgaradi va shahardan chiqib go`ristonga ravona bo`ladi. 50 – 60 ga yaqin boshqa itlar undan ayrilmas, hech narsa yemas, agar u it biror joyda to`xtasa, atrofini xalqa bo`lib o`rab, uni chiqarmas edilar. O`sha it o`lgach, Shayx buyrug`i bilan uni dafn etib, qabri ustida imorat yasagan emishlar. Navoiy yuqoridagi baytida ana shu rivoyatga ishora qiladi.
41.    Xoja   Nosiruddin    Ubaydulloh  –  Xoja Ahror nomi bilan mashhur   bo`lgan   naqshbandiylik tariqati peshvolaridan. Xoja Ahror (1404 – 1490)ga Jomiy  ayrim asarlarini bag`ishlagan.
42. Mirsarbarahna  –  asli Turkistondai bo`lgan Hirot shoirlaridan. Navoiy va Jomiyga suhbatdosh.
43. Ruboiyning mazmuni:
Ey shamol, dilim yana yor tomon yo`naldi,
Jonni ham olib borib, oyog`i ostiga to`shagil
Va o`sha oyog`i ostidagi tuproqdan ozgina olib,
Jonim evaziga men dilsiz qolganga keltirgil.
44.    Ruboiyning mazmuni:
Ey shamol, yor manznlidan kelding,
Kelishingdan   ko`nglimga   sabru   qaror   yetishti.
45. «Salom»ing   «se»   harfidan   o`tkir   tish   qilib,
Jon tanobidagi tugunlarni ochdi.
O`sha salom [so`zidagi] «l» harfining sochga   o`xshash
                                                kamandi  bilan,
Sof ko`ngillilar diliga tuzoq soldi.
Oliy jannatdan ham yuksak bu salomdagi
«Alif»   Tubo (jannatdagi go`zal  daraxt  nomi) daraxti
                        qaddiga o`xshaydi.
U «alif» tagidagi «mim» chashmasidan                                     
Tubo  ostida  Tasnim (jannatdagi  bulog`ning  nomi)   
bulog`n ayon bo`ldi.
         Sharafli suhbat tuhfasi va oliy majlis hadyasi o`laroq arz qilinadiki, Mavlaviy xizmati uchun uzangi o`pish shavqi jilov ushlatganidan o`zimni uning tasmasiga bog`lash vojib ko`rindi. Binobarin, yangidan tahrirdan o`tgan risolaga hamroh qilib bu maktubni huzurlariga yuborildi. Agar maslahat  ko`rilsa,   podshohga  yetkazsalar,   yo`qsa,  bayt:
Har neki pok dilingga maqbul bo`lmasa,                        
Varaqlar betidan yuvib tashlamoq darkor.
         Istiqbol saodatiga eltuvchi tez kelgan davlat mukammal ravishda   muyassar   [umidlar]   hosil   bo`lg`ay.  Tamom.
46.
Sajdada   qilgan   behad  niyoz   (ya`ni  iltijo)lardan   
Peshanasi  «nun» harfidagi  nuqta  kabi  dog`  bo`ldi.
O`sha vaqtda ko`z shavqi tufayli «yo» dan    
Yozuv ustida dil ohi izhor bo`ldi.
Agar «alif»dan vafoda yagona bo`lsa,
Chaman sarvi kabi oyog`i o`z joyida bo`ladi.
«Zo»dan g`am tunini yoritsa,
Tepasidagi mohi yulduz ayon qiladi.
         Yuqorida arzga yetkazib yozilganidek, qalam tilidan o`tgan ixlos bayonidan so`ng muqaddas oston bandalari huzurida ma`lum qilinadiki, eshitishimcha o`n-o`n besh kun xastalik yuzlanib, maüno osmoning to`lin oyi zaiflikka o`grilgan ekan, bu xabardan muxlislar osmondek sargardon va zarra kabi parishon bo`ldilar.
         Xudoga shukrki, ikki haftadan so`ng u yuksak xirom zot sog`liq va kamol burjiga yuz tutib, quvvat va kamol avjiga mayl ko`rgizib, shukronalik sajdalarini yoriga yetkazibdilar. Falonchini bu holni aniqlash va bu so`zni tasdiqlash uchun yuborildi. Iltimos shuki, tezda [u kishini] qaytarib yuborsalar va bu faqirlarni [olinajak] xabarning yaxshiligidan tamomila xushhollikka yetkazsalar. Nozik fikrlar bilan to`lib-toshgan risola haqida va qutlug` majlisdan o`tganligi  to`g`risida  tezda  oliy   majlisga  arz  qilingusi.
Rahbarlik soyalari qul va ozodlar boshida abadiy va doimiy bo`lgay!
47.    Ruboiyning mazmuni:
Dedim: falak meni har tarafga haydaydi,
Sargashta qiladi va yig`latadi.
Yo`q,  yo`q,  u  har   qanday  bilish  kerak  narsani  biladi,
U ham aylantiruvchi qo`lida asirdir.
48.    Ruboiyning mazmuni:
Bizning taqdirimizni yozgan xudo,
Biz   bilan  senga   qadimiy  sirlarni  bildirguvchidir.
U dilimizni  shunday narsaga o`xshatib  yaratdiki,
Shamol   uni   orqa-o`ngga   qarata   aylantiraveradi.
49.    Xatning mazmuni.
R u b o i i:
Qalaming ovozi uzoqdagilarni chaqirdi,  
Judolikda qolganlarga vasl nidosini eshittirdi.               
Xastalarga shifo topish qonunini yozdi,
O`sha bilan kuyganlarning otashini so`ndirdi.

         U pokiza manzildan  sadoqatli muxlislarga sharafli maktub  yetishib,  ularning  har  biri  beqarorlik huruji, firoq va iztirob  achchig`ligi  va  mushtoqlik haroratining shiddatidan  toliqqan  ko`z   va   dog`li   yuraklarini  ulfat vatangohida va yaqinlik joyida tinchitdi.   
B a y t:
U dastu panja rohatga erishsin,
Chunki u  o`zini  mana  shu  izzat-obro` uchun ranj torttirdi.
50.    R u b o i y:
Diydoring davlatidan yaqinlar uzoq tushdi.
Shu tufayli jon uzilay dedi, jism esa azobda qoldi.
Sening yo`qligingdan bularning har ikkisiga futur yetishadi,
Toki men sennng huzuringda shod bo`lmaguncha.
         Yuborilgan maktubdagi she`r parishon dil va jonni intizom ipiga tortdi. [Undagi] nasr esa yosh to`kuvchi ko`zdan gavhar va durrni kahrabo rang yuzga sochdi. Bu vaqtlarda uzoq-uzoqdagi muxlislarga visol davlatidan judolik yetishdi. Taskin uchun qayg`uli jon bilan ko`ngil iztirobini siynamga qo`ydim, jon kuydiruvchi yig`ilarga orom berish uchun giryon ko`z ustidan joy berdim.    
Umidvorlik shuki, firoq [o`tida]. kuyganlarni goho shu tarzda eslab tursalar va ishtiyoq o`tida yonganlar dilini maktub bilan ovutib, shod qilsalar.
51. Boshlanishi shavq va zavq bilan to`lgan, oxiri qiyomatgacha cho`ziladigan hamda xudoning maqbullashiga maxtal ko`z uning izni bilan ochiq holda duo qilib jur`at va xushnudlik bilan yo`llanadi. Muloqot sharafiga mayl va muhabbat shunday behadu ziyodaki, qalam va siyohni ertayu kech ishga solinganda ham uning ozdan-ozini ado qila oladi, xolos. Noiloj qasd va niyat jilovini u orzudan qaytarib, bu ikki baytga tutqazildi.
Qit`a:
Ziyrak u kishiki, dunyo xarobasida,
Sirrlar xazinasining eshigini qoqadi.
Qisqa [umrli] mansabni oyoq ostiga tashlab,
Qo`lni uzun davlatga  (ya`ni, ijodiy ishlarga)  uradi.
         Ketmas umid bog`i mevador va abadiy saodat daraxtining shoxi unga payvand bo`lgay! Tamom.
52. Birinchi harfidan niyoz zorlanish yuzini zohir qilgan va  ikkinchisidan shavq o`ti shu`lasini dildan taratgan va boshqa tomondan dil g`amini ko`rsatgan va sahifasi o`rovini shundan anglagan maktubni arzga yetkazib, ma`lum qilindiki, bu paytda sharofatli maktub keldi.
M a s n a v i y:
O`pib ko`zimga surtdim,
Bosh ustidan joy berdim.
Ko`zim nuriga sabab bo`ldi,
Boshim esa osmondan ham yuksaldi.
         Xat olib boruvchi og`zaki so`zlar bilan erkalab, «Muhabbatnoma» kitobi va sandal sharobini eltishga musharraf qilindi. Har ikkalasini unga topshirildi va  uning o`zini sharofatli huzurlariga yuborildi. Umid shuki,  firoq  azoblarining   ko`rinishlarini   uning   mutolaasidan tasavvur etgaylar va  ishtiyoq dardu ranjini visol sharbati bila davo qilgaylar. Yuksak soyalari   muridlar boshidan arimagay! Tamom.
53. Tavochi  –  podshohning buyruq  hamda topshiriqlarini tegishli joylarga  va  odamlarga yetkazuvchi hamda amalga oshiruvchi amaldor.
54. R u b o i y:
Dasht  tarafdan  bulut  ko`rindiyu  o`tib  ketdi,
Tashnalablardan uzoqda o`ttiyu ketdi.
Biz jigari yonganlarnint umidi ushalmay,
Nam to`kmay yo`ldan qaytdiyu ketdi.
         Har qalay, noumidlar umidi hosil bo`lmadi va nomurodlar murodiga yeta olmadi. Umid shuki, u ostona xodimlarining u kishiga taalluqli bo`lgan hamma diniy va dunyoviy maslahatlari va davlatxona xizmatchilarining u kishiga bog`liq bo`lgan barcha moddiy va ma`naviy saodatlari eng yaxshi  va eng  mukammal  yo`l  bilan  muyassar  bo`lg`ay!  Tamom.
55.Xatning mazmuni:
R u b o i y:
Ko`ngil vasling davlat tug`ini ko`targanda,
Jon ham o`z xayolini shunga yo`lladi.
Har qaysisi shu murodga yetdim deganda,
Falak nomurodlarni murodiga yetkazmadi.
         Arzimiz shuki, tole` yulduzi agarchi iqbol matla`idan porlasa ham, ammo nima foydaki, hasadchi falak gardishidan sharaf burjiga yetmay qaytib ketdi.
         Yo`lga chiqib, xizmatkorlik davlati belbog`ini bog`lagan va xizmatda hozir bo`lgan davlatmandlar qatoriga kirmoqchi bo`lgan yoronlar mahrumlik ko`zini oyoq kaflariga surkab, o`rda tomonga qaytdilar (arabcha: U Ollohning fazli-marhamatidir, uni istagan kishisiga beradi).

Garchi quyosh  uzun kunlarimda  porlab tursa-da,
Meni Iso nafasliga yetkurmadi.
         Agar nurli xotirni shunga qaratsalar va oliy himmatni shunga tashlamasalarki, qutlug` qo`shin bayrog`i shahar tomon mayl qilsalar va kundan-kunga ortib boruvchi davlat arkoni bilan birgalikda yurish qilsalar, shoyadki, azizlar tufayli bu ko`z yoshi to`kuvchi kamtarin ham o`sha saodat va iqbolga, ya`ni visol davlati sharafiga musharraf va [undan] bahramand bo`la olsam. Tamom.

UCHINCHI   MAQOLAT
1.  «Shavohid un-nubuvvat»   (Payg`ambarlik shohidlari)  –  bu asarda Jomiy payg`ambarlar hayotiga oid ma`lumotlar va rivoyatlarni keltiradi.
2.  «Naqd  un-nusus»   (Hujjatlar   sarasi)  –  1458 – 59 y. da yozilgan bu asarida Jomiy tasavvufga oid Ibn al-Arabiy nomi bilan mashhur  bo`lgan  Muhyiddin  Arabiy (1165 – 1240)ning falsafiy asarlariga sharhlar beradi.
3. «Ashi`at ul-lamaot»  (Porloq  shu`lalar)  –  buyuk  sufiy shoiri  Faxruddin Iroqiy Hamadoniy (1217 – 1289)ning «Lamaot» asariga falsafiy va adabiy sharhlardan iborat.   
4. «Fusus» –  Jomiyning bu asari «Naqshi Fusus» deb ham yuritiladi, Ibn al-Arabiy falsafasining mohiyatini belgilab beruvchi 1229 y. Damashqda yozilgan «Fusus ul-hikam» (Hikmatlarning naqshin qimmatbaho toshi) nomli asariga bitilgan sharhlardan iborat.
5. «Lavome`»  (Yaltiroqliklar)   –   «Lavome` fi sharh al-Xamriya». 1470 – 71 y. da yaratilgan Jomiyning bu asari arab tasavvuf shoiri Ibn al-Foriz nomi bilan tanilgan Sharafuddin Umar ibn Ali al-Misrin as-Sa`diyning (1181 –  1234 – 35) mashhur «May  qasidasiga   sharhlardir.
6. «Lavoeh» (Ravshanliklar)  –  tasavvuf qoidalari sharhiga ba-
g`ishlangan.
7. Toiya  risolasi  Ibn  al-Forizning «t» harfi bilan tugallanadigan  qofiyali  baytlariga  sharhlardan   iborat.
8. Ruboiyot   sharhi  –  Jomiy   bu   asarida  o`zining  qarashlarini talqin qiluvchi ruboiylarini yig`ib, ularning har biridagi timsollarning falsafiy mohiyatini ochib beradi.
9. Ibn Zarrin ul-Uqayliy  –  bu olim haqida ma`lumot topa olmadik.
10. Bu asar tasavvuf nazariyotchilaridan Xoja  Porso laqabi  bilan mashhur bo`lgan Shamsiddin Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud al-Hofiz al-Buxoriy (vafoti 1414y.)ning hikmatli so`zlari majmuasi.
11. 1481 – 82 y.da yaratilgan bu asarida Jomiy Muhammad payg`ambarning 40 ta hadisi-hikmatlarining ma`nosini ruboiy shaklida bayon etgandir.
12. Bu risolada Jomiy tasavvuf termini «vujud»ni sharhlab bergan.
13. «Manosiki Haj»  –  Hajning qoidalari.
14. Bu risolada haj ziyoratining qoida va marosimlari qalamga olingan.    
15. «Haft Avrang»   (Etti  taxt yoki  Katta   ayiq  yulduzlar  turkumi)  –  Jomiy avvaliga Nizomiy va Xusrav Dehlaviylar izidan borib, «Xamsa» yaratishga kirishadi. Keyinchalik esa besh doston qatoriga yana ikki dostonni kiritadi. Natijada  yetti  kitobdan   iborat  dostonlariga   «Haft  avrang»  deb nom beradi.
16. «Silsilat  uz-zahhab»(Oltin  zanjir) – Bu doston  1472 y.da g`aznaviylar  shoiri  Sanoiyning  «Hadiqat  ul-haqoyiq» (Haqiqatlar bog`i) nomli asari muqobalasida yaratilgan.
17. «Tuhfat ul-ahror» (Himmatlilar tuhfasi)  –  doston nomida Jomiyning tariqat bobidagi piri Xoja Ahrorga ishora bor.   Asar   falsafiy,   ijtimoiy   va   didaktik   masalalarga bag`ishlangan 20 maqoladan iborat.
18. «Subhat ul-abror» (pokiza zotlar tasbihi) – dostonda  tasavvuf  yo`lidagi «maqomot» (psixologik va idrokiy  holatlar)lar   tavsifi  beriladi.  Lekin    unda   davlatni    idora   etish usullari hamda  adolat va ezgulik haqida ham ilg`or  fikrlar ilgari suriladi.
19. Huliyat  ul-hulal» (Bezakli liboslar)  –  muammo haqidagi  risola, uni «Risolai muammoyi kabir» (Katta (holatdagi) muammo haqidagi risola). Yana Jomiyning «Mutavassit» (O`rtacha), «Sag`ir» (Kichik) va she`riy yo`lda bitilgan «Asg`ar» (Jajji) kabi muammoga bag`ishlangan asarlari bor. Ularda muammoni tuzish, uni yechish nazariyasi bayon etiladi. Ko`rinadiki, bu  she`riy   formaga   qiziquvchilar  ko`p  bo`lgan.
20. «Munshaot»  (Maktublar   majmuasi) – Jomiyning   turli   masalalarga bag`ishlangan va har xil tabaqadagi odamlarga yozgan, jumladan Navoiyga yo`llagan xatlari jamlangan asari.
21. «Fotihat   ush-shabob»  (Yoshlikning boshlanishi)  – Jomiy   lirik she`larining birinchi devoni.
22. «Vositat  ul-iqd»  (O`rta yoshlikning injulari)  – Jomiyning ikkinchi devoni.
23. «Xotima ul-hayot» (Hayot xotimasi)  – uchinchi devon. Sharq she`riyatida devonlarga maxsus nomlar berish an`anasi Xusrav Dehlaviydan boshlanadi. Navoiy ham o`z she`rlarini to`plab, to`rt devonga ajratgan. Ularni alohida nomlab chiqqan va to`rt devonni  yana  bir  umumiy  nom  bilan  atagai.
24. Fariduddin Attor  –  Muhammad ibn Abubakr    binni    Ibrohim (1119 – 1220)  –  mashhur fors shoiri. Avval tabobat va at-torlik bilan shug`ullangan, keyinchalik darveshlik ixtiyor qilgan. «Mantiq ut-tayr», «Ilohiynoma», «Tazkirat ul-avliyo» va boshqa asarlar muallifi.  
25. Abu Abdurahmon as-Sullamiy (vafoti 1021 – 22 y.) Qur`onga keng sharh yaratgan olim, diniy arbob.
26. Bu kitob (ya`ni, «Nafahot ul-uns»)ning yozilish tarixini ular quyidagicha yozib edilar: 881 (1476 – 77) yilda darveshlar do`sti va ularning muxlisi, hamma mashg`ulotdan to`q, faqirlik yo`lida botir Amir Nizomiddin Alisher (arabcha: Bu kishi o`z xohishi va ixtiyori bilan davlat va e`tiborning a`lo martabasidan yuz qaytarib, taslim va rizo qadami bilan  faqirlik  va   foniylik  yo`lini  qabul qilgan) mendan ko`ngildan o`tgan va xotirda muhrlangan tarzdagidek qilib     iltimos qildi. Bu bilan qadimgi orzu yangilandi va ilgarigi xohish kuchga kirdi va ta`kid darajasiga yetdi. Binobarin, chin himmat va xolisona niyat bilan o`sha istakni amalga oshirishga va topshirnqni bajarishga kirishildi. Ilgarigi yaxshi axloq va shafqatli o`quvchilardan ma`lumki (arabcha: Olloh avliyolarining muqaddas ruhlari fayzli bo`lsin!), bu to`plam  –  asarning mutasaddiysi va boisiga muqaddas sag`analardan shayxlarning nafas ufurlari yetishgach va ularni ziyorat qiluvchi do`stlar joniga urilgach, uni «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds» deb nomlandi. Shoyad u xotir go`shasidan  o`chmagay va xayrli duo bilan yodlangay!
27. a.:. Olloh uni duo qilsin va olqishlasin!
28. «Shavohid un-nubuvvat»... –  Qarang:  201-bet,   1-izoh.
29. Parchaning mazmuni. Oyatlarni va mo``jichalarni kuzatib, ular haqida rad etuvchilar va [Muhammad payg`ambarga] haqiqiy do`stlardan eshitib, shunday idrok etdimki, ularning ba`zilari behad ishonchga sabab bo`ldi. Shuning uchun din olimlari va yozuvchilar (a.: Olloh ularni va barchani duo qilsin va olqishlasin!) payg`ambarlik shahodatlari zikrida va payg`ambarlik elchiligi dalilida kitoblar yozganlar. Xudo bayonida boshqa [sharhi] hollar va asarlardan olib yaratganlar. Men ularning ba`zilarini mutolaa qilishga musharraf bo`lganimda, mutolaa foydasi muhabbatni yo`qotmaslikni va payravlik havasini taqozo qildi. Menda ularii saralash istagi paydo bo`ldiki, ular foydasidan boshqa musulmonlar ham bahramand bo`lsalar, ayniqsa ul azizlarkim, menda ularga nisbatan muhabbat sodiqlign va e`tiqod samimiyligi bor va uning ustiga sufiy shayxlar [sharhi] hollari bayonidagi «Nafahot ul-uns min hazarot ul-quds»ni yozishimni istagan edilar (Jomiy bu yerda Navoiyni ko`zda tutmoqda).
         Shunday qilib, o`sha parokanda kitoblardagi (arabcha; yo`qolib ketishi oson) narsalarni bir joyga jam` qilib, foydali maslahatlarki, forsiyda yozilib edi, qisqacha talqin bilan va turli so`zlar bilan osonlashtirilgan holatga keltirildi. Tobe`lar kamoli tobe`lik bilan hosil bo`ladi va kamol shahodatligi turlichadir, deyilganiga ko`ra, ummatlardan zohir bo`lgan karomat va fazilatlardan avval payg`ambarning ba`zi mo``jizalarn zikr etildi. Ul hazratnilg ba`zi hamsuhbatlari ahvol va asarlari (a.: ergashganlar va ularga ergashganlardan) to sufiylar tabaqasigachaki, ahvollari bayoni qanday bo`lsa, shundayin tartibga solindi. Natijada u hazrat payg`ambarligi xabarlar vositasida mo``jizalar nav`ida joyiga qo`nildiki, hech saodatmand odamda yanglishish notinchligi qolmadi. Modomiki, bu asar haqiqat ahli uchun javonmardlik tariqatining porloq yo`lida shubhasiz quvvat va katta foyda yetkaza oladi, agar uni  «Shavohid un-nubuvvat yaqini ahli ul-futuvvat» deb nomlansa, uzoq ketilmaydi.
30. Sohib davlat (ya`ni, Navoiy)ki, zamonamiz uning vujudy bilan sharaflidir, uning qadri darajasi va hashamat mar-tabalari, podshohga yaqinligidan qat`n nazar, fazl va adab bobidagi barcha tabiiy va hosil qilingan fazilatlarga oid ma`naviy madhiyalarga qaraganda shunday balanddirki, uni she`r bilan ta`riflansayu nazm san`ati bilan tavsif qilinsa [arziydi]. Ammo sharif xotiri odoblilik fazilatini va kamtarlikni [shu qadar] singdirganki, o`zini shunday toifa qatoriga o`tqazgan, boshqalarning esa, uni o`sha darajada hisoblashlari va ular sirasida sanashlaridan yuqori ko`tarilgan. Ammo, insof bilan aytganda, qaerdaki, o`sha toifa bo`lsa, u boshliqdir, har qachon shu darajadagilar nomlari  yozilsa,   u  daftarning yuqorisidadir.
         Uning nomi injusi shunday ulug`dirki, nazmning har turi uning sadafi bo`la olur va she`rning har maqomi undan sharaf topa olur. She`rdagi taxallusi bu muammoda ham yashiringanki, qayd qilindi. «Navoiy» ismiga muammo:
Uning nomini taxalluslarda hech kim topa olmaydi,                
Topuvchilar labida  undan bir navo bil va bas.
         Agarchi unga tabiiy quvvati va qobiliyati kengligi jihatidan har ikki xil she`r: turkiy va forsiy muyassar bo`lsa ham, ammo turkiy sari tab`ining moyilligi ortiqroqdir. Uning g`azallari u tilda o`n mingdan ziyoda bo`lishi kerak. Nizomiy «Xamsa»siga javoban yozgan masnaviylari o`ttiz mingga yaqin (Jomiy baytlar miqdorini nazarda tutmoqda. Navoiy «Xamsa»si 25 615 bayt yoki 51 230 misra`dan ibo- rat). Aytish kerakki, u tilda undan avval hech kim she`r aytmagan va nazm gavharini teshmagan (Bu yerda Jomiy bir muncha mubolag`a qilmoqda. Navoiydan oldin turkiy tilda ijod qilgan so`z san`atkorlari bo`lgan, buni Jomiy yaxshi bilgan ham). Forsiydagi she`rlari jumlasidan Xusrav Dehlaviyning «Daryoyi abror» nomli qasidasiga javob tarzida aytilgan asari bo`lib, ko`p nozik ma`no va latif xayollarni o`z ichiga olgandir. Matla`i budir:
Podshohlar tojini bezovchi o`tli la`l,
Boshlarida  xom   xayollarni   pishiruvchi   laqqa  cho`g`dir.
         Ba`zilar (Jomiyning o`zi haqida so`z ketmoqda) Hijoz (ya`ni, Makka) safaridan qaytganda tabriklab, bu ruboiyni maktubda yozgan edi:
Ey moviy falak, insof bilan aytgil,
Bu  ikkisidan  qaysi  biri  yaxshiroq yurish  qildi?
Tong   otar   (tomondan)   ko`tarilgan   sening   quyoshingmi?
Yoki kun botar tarafdan chiqqan mening jahon kezuvchi
                                                                                      mohimmi?

 Boshqa   bir   maktubda  esa   bu ruboiy   [yozilgan  edi]:

Bu maktub emas, mening dardlarimni daf` etuvchidir.
Qaynoq dilim va sovuq nafasim taskinidir,
Ya`ni  mening  jahon  kezib   yurgan  mohimdan  xabardir.

Yana yangi maktubda bu ruboiy [bor edi]:

Agar butxonada bo`lsam, seni so`zlayman,
Agar Makkada bo`lsam, seni izlayman.
Borligingda ro`parangda bo`lay,
Yo`qligingda  ko`ngil  yuzi sen  tarafda   bo`lsin.
31. a.: Tangri soyasini uzaytirsin!
32. Xutba  –  kitobning avvalidagi «hamd»  –  maqtov qismi.
33. «Savoneh»  –  Ahmad   G`azzoliyning   fors   tilida   yozilgan   ishq holatlari bayonidagi risolasi. Latif va go`zal nasr bilan nazm omixta yaratilgan.
34. Shayx Yer Ali  –  «Savonih»ga sharh bitganlardan   ko`rinadi.
U haqda ma`lumot topa bilmadik.
35. a.: Xudo xohlasa unga olloh marhamati bo`lgay!
36. Sharafuddin Ali Yazdiy  (vafoti  1454 y.)  –  XV asrdagi buyuk tarixchi olim. «Zafarnoma» muallifi. Uning «Hulali mu-tarraz» (Naqshlar tikilgan shoyi) nomli asari muammo faniga bag`ishlangan bo`lib, Navoiy davrida  mashhur bo`lgan.
37. «tarkib», «tahlil», «intiqod»  –  muammo qoidasiga oid  atamalar.
38. Bu yerda  so`z  Jomiyning kitobni go`zal mazmun va  yuksak badiiyat bilan ta`minlagani haqida ketmoqda.
39. She`rning mazmuni:
Yorab, bu go`zal hurlar rashkini uyg`otuvchini,
Va bu jannat bog`ining go`zalini,
Har bir xushyorning ko`ngil va ko`ziga,
Manzur bo`lish muvaffaqiyatiga erishtir.
Xususan, bu faqirlik yo`lidagi botirga ham,
Botirligidan uni nomi ikki sher bo`lgan,
Ulardan biri din yo`lidagi xudoning sheridir,
Boshqasining panjasi ham ov uchun ochiqdir.
40.    a.:kaminai kamtarinning tuhfasi sifatida.
41.    She`rning mazmuni:
Shoh va arkoni davlatga muborak [bu zot],
Arslon haybatli va sher savlatlidir.
Xususan u mard yigit azaldan yana
Nasab va ismda sher, yana sherdir.
Mardlik jangalining botiri bo`lgani uchun,
Jahon mardlari ichida nomi ikki sherdir.
[Ularning biri]   davron   qal`alarini   qo`poruvchidir,
Biri esa qulonlarga panja uruvchidir.
Muammo yo`li bilan undan nomini chiqardim,
Oddiy odamlar xayoli undan uzoqdir.
Aks holda fahmu idrok nima qila olardi,
Bu  pok  gavhar   yuzlarcha  qutichalarga   yashiringandir.
She`rdagi tab`i qilni qirqqa ajratadi,
U qildan esa qalami uchi she`r to`qiydi.
Bu mushkin soch (ya`ni, she`rlar)dan ko`ngilga tuzoq
U   shirin   she`rlardan   ko`ngillarning   tilagini   beradi.
U biridan oshiqlar dili bandga ilinadi,
Bu  birisida  esa   go`zallar  labi  totli tabassum  qiladi.
Insonlarga nur inishi tugagan kabi,
Bu  ravshan   nafaslar   uning  zikri   bilan   oxirga   yetdi.
To`g`ri, odamiylik korgohida,
Undan boshqalar mahramlik yo`lini kam topadi.
U toki olam davrining hadyasi ekan,
Nokaslar tab`ini shodu xurram qilaveradi.
Ko`ngil olam xudosi bilan bo`lsinki,
Olam hadyasi uning yodiga kelmasin.
So`zni duo bilan tugatding,
Tilni afv so`rashga chog`la, ey Jomiy!
42.    Olami sug`ro  –  «kichik olam» deb sufiylar bu dunyoni ataganlar.
43.    Olami kubro  –  «katta olam» deb esa inson qalbini, uning o`zini ataganlar.
44.    ya`ni: bu madhiyaning davomn uzun, misol tariqasida bir necha bayt keltirildi, xolos.
45.    Parchaning mazmuni: Ba`zi oy va yil doirasidan chetga chiq
qanlar  zikrida va ba`zi xol nuqtasining markazida o`tirgaylar duosida.
46.    She`riing mazmuni:

Soqiy, uzoq yillar turgan maydan ber,
U eritilgan yoqut va suyuq la`ldan ber.
U mayki, undan do`stlar ichsinlar,
Bir-birlariga mehru vafo ko`rsatsinlar.
Hurkkanlarga orom bersin,
Kesilganlarga payvand bo`lsin.
Do`st agar do`stga payvand bo`lsa,
Orzularning daraxti unumli bo`ladi.
Do`st  –  umid xazinasining kalitidir.
Do`st  –  abadiy ayshning xushxabarchisidir.
Mavjudlik  maqsadi  do`stdan  boshqa  nima  bo`lishi  mumkin,
Bu savdo va foyda do`stdan bo`lak kim uchundir?
Hayotning avvalidan oxirigacha,
Biror qush do`stdek parvoz qila olmadi.
Xususan oshnolik bog`idagi
Vafo shoxida Navoiy turadi.
Ya`niki, Navoiy lutf qilsa,
Shikastalar dilini erkalaydi.
Bu ish o`rnida boshqa ish bo`lmaydi.
Barcha jahon do`stlari shu do`stga fido bo`lsin!

47.    Masnaviyning mazmuni:

Kel Jomiy, umr bo`yi mashaqqat chekib,
Ko`nglingdagi «Besh xazina»ni dunyoga chiqarding.
Sening  bu  «beshliging»   shunday   kuchli   panja   bo`ldiki,
Undan daryo po`rtanasining qo`li buralib ketadi.
Ikki boshli qalam  –  ajab ajdahodirki,
Gavhar xazinalarini to`kib soladi.
[Ofatda]  ajdaho xazina oldidan joy oladi,
Lekin   xazina   tug`adigan   ajdaho   kam   topiladi.
U ajdaho sening mushtingda xazina bo`ldi,
Unga ilon barmoqlarini chirmalab oldi.
Bu xazinadan ilon gavharsochar bo`lib,
Butun olam etagini gavharga to`ldirib yubordi.
Qarasam xazina tortuvchi qalamidan,
Bu o`tar dunyo «Besh xazina» bilan to`libdi.
U «beshlik»larga   sening  «beshliging»   qanday  tenglashadi?
Ularning  bir   xazinasi   sening  yuz  xazinangdan yaxshimidir?
Ayniqsa «beshlik»ka qo`l urgan,
Ganjadan turib sherga panja urgan.
Turkiy tilda bir ajoyib naqsh yaraldi,
Jodu damlar labiga muhr bo`lib bosildi.
Bu qalamga falak ofarinlari bo`lsin,
Chunki bu go`zal naqsh o`sha qalam tufayli yaraldi.
Forsiy gavhar egalariga  –
Forscha   nazm   durrlarini  teruvchilarga  rahm  qildi.
Agar u ham forsiyda yozganda,
Shoirlarda so`z ayitshga majol qolmasdi.
U mo``jizali nazm mezonida
Nizomiy kimu Xusrav kim bo`lardi.
U boshqa bir tilda so`z yuritganidan
Aql uchun farq ajratish imkoni qolmadi.
Qanday yaxshi, sening tab`ing  –  so`z ustozidir,
Qalaming kalidi  –  so`z ochuvchidir.
Ravnaqdan to`xtagan, xorlik
Burchagidan o`rin olgan  [turkiy]  so`zga,
Sen boshqatdan obro` berding.
Uni ijod maydoniga surding.
Sening fikring nuri tufayli u safo topti,
Lutfing navosidan u navoli bo`ldi.
Men  bu  nazm  daraxtini  parvarish  etarkanman,
Yurak qoni bilan hosilga kiritarkanman,
Sening suxandonligingdan,
Ilmiy so`z yuritishingdan boshqa sabab yo`q [deb bilaman),         
Vaholanki, men uni bezaganimiz,
Hech kimdan na ehson, na tahsin istar edim.  
Baxilning ehsonidan nima chiqardi-yu,
Nodonning maqtovidan nima kelardi.
So`z lutfi bilan seni maqtarkanman,     
Seni o`z bilimim chegarasi deb ko`rsatdim.
Molu    martaba    garchi   jonni  parvarish   qilsa   ham,
So`z kamoli hammasidan yuqoriroqdir.
Bu   ko`hna   falak   birdaniga   aylanishdan   to`xtar   ham,
Lekin jahon bor  –  so`z qoladi.
So`z har qancha va abadiy boqiy bo`lmasin,
Xomushlik  ajab  dilkash  va  jonga  yoqimlidir.
Kel, ey soqiy, bir dilkash jom keltir,
Olovdek issiq va tiniq may keltir.
Toki   u   dilkash   jomga   lab   qo`yaylik,
Hamma   qalamu  daftarlarni  olovga   otaylik.
Kel, sozanda, changni tezlatib yubor,
Cholg`u mezrobi bilan kuyni yuksaltir.
Ko`ngil qulog`idan paxtani olaylik,
Butun  vujudni  quloqa  aylantirib,  dam  olaylik.

48. Imom Ali Muso ar-Rizo  –  (765 – 770/818) sakkizinchi imom, avval Madinada yashagan. 816 y.da Xalif al-Ma`mun uni Xurosonga keltiradi va Ali Rizo min oli Muhammad (ya`ni, Muhammad zotidan saylangan, e`zozlangan) degan laqabin beradi. 817 y. 24 martda Marvda 33 ming odam qatnashgan yig`inda uni valiahd deb e`lon qiladi. Imom Rizoning nomi tangalarda Ma`mun nomidan keyin zarb etila boshlaydi. Xatto xalif Imom Rizoga o`z qizi Habibani nikohlab beradi. Ali Rizo qadimgi Tus shahri yaqinidagi Nukon degan qishloqda to`satdan vafot etadi. Ba`zi rivoyatlarga ko`ra, u anor, boshqalariga ko`ra uzum yeb zaharlanadi. Ma`mun g`oyat tantanali dafn marosimi o`tkazadi va janozada o`zi imomlik qiladi. Ali Rizoni Sanobod degan joydagi katta bog`da Xorun ar-Rashid maqbarasi yoniga dafn qiladilar. Keyinchalik bu yerda shahar paydo bo`ladi va unga Mashhad (ya`ni, shahid o`lganning qabri) nomi beriladi. Hozirgi holatdagi Imom Ali Rizo maqbarasi XIV asrda Ul-jaytuxon tomonidan bunyod etilgan.
         Alisher Navoiy Imom Rizo maqbarasining jamub tomoniga ayvon qurdirgan va ustunlarning birining tepasiga Husayn Boyqaro nomini naqshlattirgan.
49. a.: Unga Ollohning maqtovi bo`lsin!
50. Parchaning  mazmuni:   Ko`rinadiki,  bu  kamina  asliy  tabiat va tug`ma qobiliyat tufayli oqibati qutlug` so`z  san`ati hukmlari   o`qlarining   nishonasi    tushgani    va   «al-mutakallim» degan   ulug`   nom   sirlari   javohirlarining  sadafi   bo`lgani sababli  hech  qachon o`z   vaqtlarini  nazm  va  nasr  yaratishdan  forig` topabilmadi va bo`sh qoldira olmadi. Binobarin, yil va  oylarning o`tishi, zamon  va davrlarning aylanishi bilan nasriy  asarlardan  turli-tuman  risola   va  kitoblar,  masnaviylardan    xilma-xil    daftarlar,   qasida    va    g`azallardan alohida-alohida devonlar   to`plandi.   Bu   vaqtlarda   hijriy (yil hisobida)  to`qqiz yuzga to`lishiga uch yildan ortiq qolmagan   (ya`ni   1491 y. –  S. G`.)  edi, darveshlar do`sti  va  muxlisi, balki ular do`st tutgan  va  ixlos qo`ygan:
Uning diliga kechagi  kunning  sekin  emas,  tez  o`tib  ketgani
                                                                  [ta`sir  qildi),
Ertangi kun maqsadi nima uchun kecha yoki o`tgan kundan joy
                                                                  olishi kerak.
(millat va dinning qoidasi) Alisher o`zining sharafli himmatini ko`rsatib, soni uchga yetishgan qasida va g`azallar devonini uchta toza pista mag`zi bir po`st ichida parvarish topganidek, bir jildga biriktirilsa va har birisi bir ism bilan nomlansa, bu bilan dudmollik aralashlik tuhmatidan xalos bo`linsa, deb mendan iltimos qildi. Binobarin, yaratilish vaqtlari mulohazasi bilan birinchi devon yigitlik paytlarida, tinchlik va omonlik zamoni avvallarida yuzaga kelganligidan «Fotihat ush-shabob» (Yoshlikning boshlanishi) deb ataldi. Ikkinchi devon tirikchilik kunlari mashaqqatlarining o`rtalarida tartib topganidan Vositat ul-iqd» (Bog`lanish vositasi) deb nomlandi. Uchinchn devon hayot oxirlarida tuzilganidan «Xotimat ul-hayot» (Hayot xotimasi) deb ism berildi.
Ollohning marhamatiga umidvorlik ayondirki, hamma azizlarning nomi yaxshi ishlari va yoqimdi so`zlari vositasi bilan olam sahifasida qoladi.
R u b o i y:

Bu jafolarga to`la falak hech qachon
Bizning  nomimizni  borlik  sahifasidan  o`chirmasin.
Chunki  uning  abadiyligi  dastlabki   o`limdan   so`ng
Donishmandlar aytishicha, ikkinchi hayotdir.

51. «G`aroyib us-sig`ar» (Bolalikning g`aroyibotlari)  –  Navoiyning birinchi devoni.
52. «Navodir ush-shabob»  (Yoshlikning nodirliklari)  – ikkinchi devon.    
53. «Badoe` ul-vasat» (O`rta yasharlikning go`zalliklari) –  uchincha devon.
54. «Favoyid ul-kibar»  (Qarilikning    foydalari)    –    to`rtinchi devon. Bu yerda Navoiy Jomiy maslahati bilan o`z devonlarini yuqoridagicha nomlab chiqqanini yozadi. Lekin ana shu to`rt devoniga bir umumiy nom «Xazoyin ul-maoniy» deb nom berganini qayd qilmaydi.
55. Ustod Qulmuhammad  –  Navoiy davridagi mohir sozanda. «Majolis un-nafois»da keltirilishicha, g`ijjak, ud va qo`buzni juda  yaxshi   chalgan,  rassom  va  naqqosh  bo`lgan.
56. Bu  Alshioh  –  musiqiy ilmi ustodlaridan. Navoiy uning   musiqa nazariyotiga oid «Asl ul-vasl» nomli asarini tilga oladi. Shoir Ustod Qulmuhammadni Bu Alishohga ta`lim olish uchun tavsiya qilgan.
57. Mir Murtoz, Abdulloh Marvarnd, Binoiy  –  Navoiy davridagi taniqli shoirlar va musiqiy ilm sohasida nazariy asar lar yaratgan ijodkorlar. «Majolis un-nafois»da ular haqida ma`lumotlar keltirilgan.       
58. Bu yerda  so`z Jomiyning  musiqa  va   uning  nazariyoti  haqidagi risolasi ustida ketmoqda. Jomiyning bu asarini taniqli sharqshunos olim A. N. Boldirev (1909 – 1993) rus tiliga tarjima qilgan: Abduraxman Djami. Traktat o muzûke. Tashkent, 1960.
59. She`rning mazmuni:
Ey komil, doimo johildek davlatni o`ylaysan,    
Maqsading   martaba  –  boylik   bo`lgani   uchun  seni  komil
                                               emas, johil   hisoblayman.
60. She`rning mazmunn:
U  go`zal  dildor  diydorini   ko`rsam  koshki  edi,
Ko`zimni  uning  oyog`i  tuprog`idan  ravshan  qilsam  koshki  edi.
61.    Musaddas bandining mazmuni:
Do`st ko`yini vatan qilsam koshki edi,
Uning oyog`i tuprog`iga yuz surtsam koshki edi,
U baland sarv o`z ko`chasidan chiqsa koshki edi,
Olam  bezagi   [bo`lgan)   yuzidan parda  ko`tarsa  koshki edi,
U go`zal dildor diydorini ko`rsam koshki edi,
Ko`zimni  uning oyog`i  tuprog`idan  ravshan  qilsam koshki  edi.

X O T I M A
1. Bu va keyingi Navoiy tilga olgan Jomiy va boshqa mualliflar   asarlari haqida yuqorida izohlar berildi.
2. Takbir  –  xudoni o`ylab «Ollohu akbar» iborasini   aytishlik.
3. Malomatiya  –  IX asrda Nishopurda paydo bo`lgan ta`limot.
Unga ko`ra uni qabul qilganlar o`zlarining malakalarini oshirish, yuraklarini pokiza tutib, sunniy mazhabga qat`iy rioya qilishlari kerak bo`lgan. Lekin ularning bu harakat va intilishlarini hech kim sezmasligi, bilmasligi shart hisoblangan. Zohirda ular boshqalardan farq qilmasliklari va o`zgalar ularga biror bir malomat qilsalar xafa bo`lmay, aksincha bu bilan faxrlanishlari lozim bo`lgan. Jomiy o`zini tasavvufdagi ana shu maktabga mansub deb bilgan.
4. Muzafar barlos  –  Husayn Boyqaro amirlaridan.
5. Majduddin  Muhammad –  Husayn Boyqaro  vazirlaridan.
6. Bug`ro  –  Lag`monga o`xshagan xamir ovqat.
7. She`rning mazmuni:
Mening qulog`im Masihga o`xshash malakdan so`radi:
Haram eshagining hangrashi xotirni tashvishga soladimi?
8. Sulton Abusaid  –  temuriylardan, Temur o`g`li  Mironshohning nabirasi.   1451   y.da  Movarounnaxr,   1467   y.dan  boshlab  Xurosonda hukmronlik qilgan. U vafot etgach, 1469 y. Hirot taxtini Husayn Boyqaro egallagan.
9. (a.: Olloh  mulki  va  saltanatini  boqiy   qilsin!)
10. Mavlono Abulvose`, Mavlono Ahmad Pir Shams  –  Hirotdagi shoir va allomalar. Jomiy va Navoiylarning suhbatdosh-laridan.
11. 898  y.  muharram  oyining  17-chi  kuni milodin  hisobda 492 y. 8 noyabrga to`g`ri keladi.
12. Xoja  Abdulaziz    –    Hirotning   mashhur   tabiblaridan.
13. (a.: Olloh  mulkini  boqiy  va  umrini  uzun  qilsin!).   
14. Sulton  Ahmad mirzo  –  Husayn Boyqaroning nufuzli amirlaridan.
15. Muzaffar   Husayn   mirzo  –  Husayn   Boyqaro   o`g`illaridan.
16. Bikabegim (Xadichabegim)  –  Husayn Boyqaro xotinlaridan eng e`tiborlisi.
17.    Maxdumzoda  –  Jomiyning o`g`li Ziyovuddin. Yusuf ko`zda tutiladi.
18. Sulton Badiuzzamon mirzo  –  Husayn Boyqaroning to`ng`ich o`g`li.
19. (a.:  Olloh taolo shafqat soyasini do`stlar ayrilig`i ustida to
qiyomat abadiy qilsin.)
20.    Huruf roqimi  –  harflarni yozuvchi, demakdir. Navoiy bu yerda o`zini ko`zda tutmoqda.
21. Husayn   Voiz  –  Hirotning mashhur   olimi,   shoiri   va   notiqi. «Majolis un-nafois»da alohida hurmat bilan tilga olinadi.
22. «Koshifi    sirri    iloh»  –  U  Olloh    sirlarini    kashf  etuvchi, demakdir. Bu iboraning arab yozuvidagi harflari yig`indisidan abjad hisobida 898/1492 y. chiqadi.

T a ` r i x n i i g   m a z m u n i:
    
Haqiqat konining gavhari,  ma`rifat daryosining durri,
Haqga yetishdi va dilida boshqa narsa yo`q edi.
Ilohiy  sirrning  kashf etuvchisi  edi,  shu sababdan  shaksiz,     
Vafoti ta`rixi «koshifi -sirri iloh» bo`ldi.

23. Marsiyaning mazmuni:

Har  dam  osmon  anjumanidan  yangi  bir  jafo  keladi,
Uning har  bir  yulduzi  yangi  bir   baloning  dog`idir.
Kunduz va kech uning kiyimi ko`k va qoradir,
Kechasi boshqa aza va kunduzi boshqa azadir.
Balki har lahza yo`qlik dashtidan aza keladi.
Har  dam  ajal  guruhidan yangi bir  fano gardi  keladi.
Dunyo bir motamxonadirki, uning har tarafidan,
Boshqa  bir  ohning dudi   va  boshqa   nolayu  voy  keladi.
Uning ohi dilga qorong`ulik orttiradi,
Nolayu voyi jonga yangi qayg`u soladi.
Bu  bog`ning guli motamzadalikdan yuz pora bo`ldi,
Har birining libosi kuygan, boshqasining esa to`ni   [kuyadi].
[Bu  bog`ning]   suvi zahar, havosi  badbo`y, ne  ajabki,
Bu manzilda har lahza boshqa vabo bo`ladi.
Dil  ahllari   poklik   gulshani  tomon [ketmoq] istadilar,
Chunki u yerda obu havo boshqachadir.
E`tiqod  egalari   nazdida   bu  o`tkinchi  dunyo   joy  emas,
Bu toifaning asli joyi boshqa yerdadir.
Shu sababli  azal mayining masti jomlik orif,
Sarxushlik bilan fano saroyidan [chiqib] vatan tomon ketdi.

                                     *           *           *
Ey iloh qudratining karami xaramidan joy olgan,
Sening qiziqishing   jannat  bog`i  tomon  bo`larmidi?!
Er haramidan malaklar mamlakatiga sayr qilganingda,          
Malak guruhi anjumaniga g`avg`ong tushdi.
Poklik   xarami   to`tilari   senga   yurakdan   mushtoqlar,   
Do`stlik   chamani   bulbullari   senga   jondan   shaydolar.
Qazo kimyogari boshqa quyoshni chiqardi,
[Zeroki]    siymoying  ravshanligi   osmonga   ta`sir   qildi.
To`qqiz falak  charx  urib  atrofingga  kelishdi,
Go`yo  har   birining  boshida  sening   savdoying   bor   edi.
Olam  arvohi   (boshiga)   shuning uchun   (ham)   g`avg`o  tushtiki,
Ruhparvar  nozik  fiqrlaringni  jon  bilan   yozsinlar.
Qutblar ruhi istiqbolingga kelishdi,
Avliyolar joni xoki poyingga yig`ilishdi.
Seni qo`lma-qo`l  (qilib) shunday bir joyga olib borishdiki,
Bu g`am makonida ham u joyni xohlar eding.
Sen haqiqiy maqsadga erishding,
(Lekin) qiyomatgacha jahonda dodu faryoding qoldi.
Sening  firoqingda g`amzadalar dili g`amgin qoldi,
Shuning uchun motamzadalar  motamxonasining burchaklari
                                                                         zulmatda qoldi.
                                *   *   *
Sen ketdingu jahon xalqining dili zor qoldi,
Qiyomatgacha firoqingga giriftor qoldi.
To abad kuyganlar dilining ohidan,
Bu aylanuvchi gumbaz bukrida tutunlar qoldi.
Haqiqatga yetishmoqchi bo`lganlar komil murshidsiz qoldi,    
(Ularning) yuzlarcha mushkillari hal bo`lmay shundayin qoldi.
Xudojo`ylar   sulukiga   sendan   komillik   yetishib  turar  edi,
Ravishlarida   ojizligu   atvorlarida   nuqsonlar qoldi.

Sening   nuring   olimlar uchun  dars  mash`ali  bo`ldi,
Mash`al  o`chdi  va qiyomat  kunigacha  kecha  qorong`i  qoldi.
Dinga yuz halal yetishti va dindorlarning
Tasbehi sinib, kafida zunnor ipi qoldi.
Xaqiqat sirri  parda (ortiga) yashiringani uchun ko`z yosh
                                                              to`kaverib.
Sirrlar  xazinasi  durrlari  loyga   qorishganicha   qoldi.
Nainki    yuz    alam   tikani   erklilar    taniga    qadaldi,
(balki)   ikki yuz sitam  yuki yaxshilar  tanida  qoldi.
Toliblar fano yo`lining ravishini qo`ldan berdilar,
Har biri yuz xayol pardasi ortida qoldi.
Sening vafoting tufayli davrda ne chog`liq zilzilalar ro`y
                                                                   berdi.
U zilziladan imomga qanchalik halallar yetishdi.
                      *           *             *
Bu azadan hamma olamda ne gado qoldi, na shoh.
Ular sening motamingda ikki yuzlab nolavu oh chekdilar.
Bulutdek o`kirib, na`ra tortib,
Karam quyoshi – iloh ko`lankasi tobuting ustiga soya
                                                                         tashladi.
Agar muyassar bo`lsa u ham na`shingni yelkaga olib,
Kuygan men kabi mozorgacha hamroh bo`lar edi.
Jahon podshohlari to`nlarini chok qilib,
Tobuting oldida qattiq qayg`u bilan qadam tashladilar.
Jahon mag`rurlari tobuting ostida past bo`lib,
Hammalari yig`lab, sening yukingni bukchaygancha eltib
                                                                       bordilar.
 Tobuting har poyasi bir ulug` zot yelkasida,
 Lekin to`rtovlari bir bo`lib, dod solib yig`ladilar.
 Bir olamni boshqa bir olamga olib borish,
 Bundayin  ogoh  yuk tashuvchilardan  boshqaga  mumkin emas.
 Ulkan betoqatlik yuz berdiki, shuncha ko`p ko`zlar bilan ham         
Aylanuvchi osmon o`sha tomonga qaray olmadi.

 Garchi tuning nur bilan oydindek oppoq esa-da,
Lekin  hech  kim  bunday  qora  kunni  ko`rgan  emas  edi.     
Namozingga minglab kishilar to`plandi,

 Yuz minglab malaklar havoda saf tortdi.
                       *    *     *
Hamma fig`on tortib, dilini chok qilib, seni olib bordilar»      
Tuproq ko`ksiga seni xazinadek joyladilar.

Muridlar guruhidagi hammaning dili chok,
Har biri seni  shu chok bo`lgan diliga  tortmoqchi  bo`ldi.
Jahon poklarining boshlig`i eding, shuning uchun (ham) pok
                                                                             tangri,
Pok (qilib) yaratdi seni-yu, yana pok olib ketdi.
Visol daryosiga cho`mding, himmat ko`zida
Senga jannat  –  gulxanu to`bi (daraxti) bir xashakdek
                                                                        tuyiladi
Sening pok ruhing to`qqizinchi osmonga shoshildi.
Binobarin, taning yer ostida qolsa, senga ne zarar?
Hamma jahon poklarining pok taniga,
Sening pok taningga osmondan yetishgan  (narsalar) yetishdi. 
Falaklarga sayr etishing (sababi) shundaki, payg`ambar

Sen bilan sirdosh bo`lishlikni xudodan so`radi.
Ma`nolarni idrok etishlikda sen aqli raso eding,
Shuning uchun idrok sen haqingda aql yurita olmaydi.
Garchi yoronlar qismati senga zorlik va (qayg`ungda)
                                                                    g`amginlik ekan,
Lekin men g`amgindek, biror zor bo`lmasa kerak.
Ulug`lar Maxdum keladilar, deb saf tortishdi,
Muxlislarni yuzingni ko`rishdan mahrum qilma.
*    *     *
Do`stlar, hamma fanda olam yagonasi qani?
Odam bolalari jinsidan eng afzali, eng so`zga chechani qani?
Orzu biyobonida xaloyiq halok bo`ldi,
Hammaning davosi  bo`lgan Masiho nafasli Xizr qani?
Do`stlarning dili firoqing tig`idan yuz yara bo`ldi,
Yaxshi xulqi hammaga malham bo`lgan (odam) qani?
Qalam yuzini qora qilib, siynasini chok aylab,
Olimlar olimi bo`lgan mening egam qani? (deb so`ramoqda).
Hujra bo`sh va kitob varaqlari to`zib qoldi,
Hujra egasi qani? Ularga qarovchi qani?
G`amzadalar boshida o`zini o`ldirishdan boshqa fikr yo`q,
Ularga taskin beruvchi va bularga g`amkashlik qiluvchi qani?
Xurosonda hech kimni xursand deb bo`lmaydi,
Er yuzida topilgan kishining xurrami qani?
Bu motam faqat zohidlik xonaqohiga tushmadi,
Foniylik dunyosida ham motamdan boshqasi qani?
Ey qolgan umrni foniylikda o`tkazishga ahd qilgan,
Bu foniylik dunyosida boqiylik ahdining mahkamligi qani?
Ishqbozlar qayg`udan dilga o`t soldilar,
Jon fido qiluvchilar ham bu g`am o`tidan kuydilar.
*        *         *
Ey uzundan-uzoq safarga ravona bo`lgan,
Bu xildagi safarga kimki chiqdi – yana qaytmadi.
Nainki qalam uchidagi sehrni yana bog`lading,
Balki til bandi bilan jahondan mo``jizani olib ketding.
Pok nafasingni boshqa biror kimsadan topib bo`lmaydi,
Chunki payg`ambardan keyin hech kim xabar keltirib imtiyozli
                                                                      bo`lmadi.
 Shohning jonida sening hijroning o`tidan yong`in qoldi,
Bandaning yuz pora dilida g`amingdan erib suv bo`lish qoldi.
Na shoh, na banda, dunyoda qiyomat kunigacha,
Har kim tursa, sening motamingda faryod qiladi.
Garchi yuzingni vasl pardasi bilan yashirsang-da,
Izzat   va   noz   haramida   to   abad   jilva   qilgaysan.
Nurlarga to`la ruhingdan madad yetkazgaysan,
Chunki sendan judolikda ko`p e`tiqod egalari xarobdirlar.
Ey rafiqlar, hammaning ishi oqibati shundaydir,
Oxirning fikrini boshdan qilish yaxshidir.
Jahonda yuz qarn yashagan kimsani ham afsun bilan
Uyin ko`rsatuvchi falak jahondan uzib oladi.
Ma`no shohining surati agar shunday bo`lsa,
Qismatgacha surat bilan ma`no shoh bo`lgay! Omin!

«HOLOTI SAYYID HASAN ARDASHER»NING IZOH VA TARJIMALARI
1.Quds – arabcha poklik, tozalik, muqaddas demakdir.   Nasimi
Quds poklik shabadasi. Bu yerda shoir undan avval o`tgan do`stlar, suhbatdoshlar yotgan joyga borib, yer o`pib, salom yetkazgil, deya iltijo qiladi.
2. Fano – yo`q bo`lish, o`lish;  tasavvufda o`zlikni  yo`qotib, butun
borliqdan kechib, ilohiyatga singishdir.
Fano gulshani –  mozoriston.
3. Solik – birorta tasyavvuf maslagiga mansub shaxsdir.U ollohga yaqinlashish tolibi bo`lib, bu niyatida tug`ilgandan vafotiga qadar bo`lgan yo`lni bosib o`tadi.
         Sayyid Hasan Ardasher  –  Alisher Navoiyning do`sti, mas-lakdoshi va otasi o`rnidagi murabbiysi. Navoiy u bilan 860/1455 – 56 y. da birinchi marta uchrashadi. Bu voqea Alisher Mashhadga borib, Abulqosim Bobur shoh xizmatiga kirgan vaqtlarda sodir bo`ladi.  Navoiy Sayyid Hasanning hayoti so`nggiga qadar u bilan ota-boladek munosabatni saqlaydi va uning vafotidan 2 yil o`tgach, maxsus risola yozib, xotirasini abadiylashtiradi. Sayyid Hasan vafoti vaqtida Hirotda bo`lmagan Navoiy g`oyat ta`sirli marsiya ham yozgan edi.
         Risolada Hirot madaniy adabiy hayotining ko`rkamli vakili bo`lgan keng ko`lamli bilimlar egasi, shoir va go`zal insonning ma`lum darajada ijodiy portreti yaratilgan hamda muallifning unga bo`lgan behad hurmati, samimiy munosabati o`z aksini topgandir.
4. Boysung`ur mirzo  (1397, Hirot – 1434 o`sha shahar) – Temur nabirasi, Shohrux o`g`li Ulug`bek mirzoning ukasi. Mozandaron, Astrobod va Jurjon hokimi, keyinchalik otasining vaziri bo`lgan. Boysung`ur mirzo g`oyat ma`rifatparvar shoh bo`lib, Hirotda nihoyatda boy kitobxona tashkil qilgan. U kotib, musavvir, naqqosh, sahhof, zargar ustalarni yig`ib, ularga homiylik qilgan. Boysung`ur mirzo tashabbusi va ishtirokida Hirotdagi olim va kitobat san`ati namoyondalari Firdavsiy «Shohnoma»sining 40 ta qo`lyozmalari asosida mukammal matn tuzganlar, uni juda go`zal nastaliq xatida ko`chirib, nafis miniatyuralar bilan bezaganlar. Boysung`ur mirzo unga mufassal so`z boshi ham yozgan. Mo``tabar va nodir qo`lyozma Tehrondagi «Kohi Guliston» muzeyi fondida Alisher Navoiyning tabarruk dasxati bilan («Navodir un-nihoya»matni) bir yerda saqlanadi.
5. Qushchilik – ov  qiladigan  qushlarga  qarovchi  shaxs.  O`rta  asrlarda   saroyda   qushchilik   lavozimi   ham   bo`lgan,   qushchilar nufuzli shaxs hisoblanganlar.
6. Sulaymon – Tavrotga ko`ra shoh, Qur`oni majidda esa,   payg`ambar deyilgan. Sulaymon payg`ambar haqida juda ko`p rivoyat va qissalar mavjud. Ularda Sulaymon aqlu idrokli, tadbirkor bo`lgan. Uning sehrli uzugi bo`lib, ana shu uzuk (xotam) vositasida hammani o`ziga muti` qila bilgan. Uning taxtini go`yo shamol ko`tarib yurgan. U Sabo malikasi Bilqisga uylangan. Sulaymon qushlar, insu jinlar tilini bilar ekan. Qur`onning 44-surasida Sulaymon haqida 11 – 12 oyatlarda so`z ketadi.
Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da Sulaymon binni Dovud alayhimus-salom sarlavhasi ostida mufassal fiqra beradi va uning karomatlarini bayon etadi.
Bu yerda Navoiy Sayyid Hasan otasining ko`p hunarlar egasi  ekanligini   Sulaymon   payg`ambarga   o`xshatmoqda.
7. Sarf va nahv  –  a: grammatikaga oid ilmlar nomi; nahv – sin
taksisni anglatgan.
8. Arabiyat – arab tili va adabiyoti.
9. Mantiq  –  ilmning nomi; logika.
10. Kalom – E`tiqod ilmi;   Qur`oni   majidga   oid   bilimlar;
11. Fiqh – dinning yo`l-yo`riqlari, qoidalari haqidagi huquq ilmi;
12. Hadis – Muhammad payg`ambar (a.s.)ning so`zlari,   aytganlari.
«Hadis» va «sunnat» so`zlari muhaddislar o`rtasida bir ma`noda qo`llanilib, payg`ambarning aytgan so`zlari, fe`l atvorlari, taqdirlari va payg`ambarlikka qadar bo`lgan hamda payg`ambarlik yillaridagi siyratlarini, ya`ni hayot yo`llarini anglatadi. (Hadis, 1991 y. 3-bet).
13. Tafsil  –  a.: biror narsaning  atroflicha, ochiq va aniq  bayon
qilish. Bu islom ilmlaridan bo`lib, diniy tushuncha, atamalarni tushuntirib berishga oiddir.
14.Muammo – a.: yashiringan, berkitilgan demakdir. Muammo sharq she`riyatida kichik lirik janr turlaridan biridir. Misra`, bir-ikki baytda (ba`zan jumla, ibora yohud bir so`z ham bo`lishi mumkin) ism yoki biror so`z yashiringan bo`ladi. Muammo matnida esa, unga murakkab imo-ishoralar bo`ladi. Muammoni maxsus qoidalarga asosan (unga ramz, imo, kinoya, o`xshatish, so`z o`yini) arab alifbosidagi harflar nuqtalarini almashtirish, so`zlarning boshqa tillardagi sinonimlarini topish, teskari aylantirish yoki «abjad» hisobi (harflarning raqam ma`nolari) va h. k. yo`llar  bilan topib olib, yechish kerak bo`ladi. Muammo tuzish, uni yechish qoidalariga bag`ishlangan maxsus risolalar yaratilgan. Ayniqsa XV asrda muammo keng tarqalgan. Jomiy va Navoiy ham muammo haqida asarlar yozganlar.
15. Ta`rix  –  sodir   bo`lgan   biror   voqeani   anglatadi.   Sharq she`riyatida   bu  kichik  lirik  janr  bo`lib,   ana   shu voqealarni nazmda (ba`zan nasrda ham) harflar vositasida beriladi. Bunda har bir harfning raqam ma`nosi, ayrim so`z yoki harflarni chiqarib tashlash yoki qo`shish yo`li bilan ta`rix moddasi beriladi. Shunday ta`rix she`rlar ham borki, ulardan birinchi bayt harflari yig`indisidan she`r bag`ishlangan shaxsning tug`ilgan yili, ikkinchisidan uning vafoti yili chiqariladi. Masalan, Navoiy vafotiga sohib Doroning marsiya – ta`rix shundaydir.
16. Advor – davrning  ko`pligi, musiqa  nazariyasiga oid ilm.
17. Sipoxiyliq – amaldorlik, hukumat xizmatida bo`lish, harbiy yurish yoki mashvaratlarda qatnashish bunday xizmat doirasiga kirgan.
18. Sulton   Ibrohim   mirzo  –  Shohrux   mirzoning   nabirasi.
19. Hofiz  Sheroziy  –  (Alloh sirrini  muqaddas qilsin)   Shamsuddin Muhammad (1321, Sheroz  –  1390 o`sha shahar)buyuk fors shoiri. Qur`onni yod bilgani va yaxshi tilovat qilgani uchun «Hofiz» nomi bilan shuhrat qozongan va uni taxallus ham qilib olgan. Hofiz ham ishqi haqiqiy, ham ishqi majozin haqida yonib yozgan shoirdir. G`azal janrini yuksak badiiy saviyaga ko`targan Hofiz devoni uning vafotidan so`ng tuzilgan. Alisher Navoiy Hofiz she`riyatini g`oyat qadrlagan va o`zining forsiy devonida unga ko`plab yozgan javob va tatabbu`lari keltirilgandir. «Nasoyim ul-muhabbat»da Navoiy hofiz she`riyatining xususiyatlari haqida shunday yozadi: «Alfoz latiflig`i va tarkib pokizalig`i va ado salosati va latofati va ma`ni g`ariblig`i choshnisida xud alarni ta`rif qilmoq hayot so`yin jonbaxshliqqa ta`rif qilgandek bo`lg`ay».
20. Sa`diy  Sheroziy – (Unga  Allohinng rahmati  bo`lsin)   Muslihuddin Abu Muhammad Abdulloh ibni Mushrifuddin (1203, Sheroz  –  1292, o`sha shahar) fors shoiri, adibi va mutafakkiri. Dastlabki tahsilni Sherozda oladi va Eron mo`g`ullari tomonidan zabt etilgach, Bag`dodga borib, «Nizomiya» va «Mustansiriya» madrasalarida o`qiydi. U yerda arab tili va adabiyoti, Qur`oni karim, Hadisi sharif va tasavvufni o`rganadi. Sa`diy Sharq mamlakatlari bo`ylab 20 yil safar qiladi. Safarda u asosan voizlik qiladi, va`zlarida axloqu adab, hikmat, hayotiy masalalar yuzasidan maroqli hikoyatlar keltiradi. Sa`diy «Guliston» (nasr va she`rda), «Bo`ston» (nazm), lirik she`rlar  –  devon muallifidir.
         Alisher Navoiy «Devoni Foniy» dagi g`azallarining ma`lum qismini Sa`diy g`azallariga tatabbu` tarzida yozgan. «Nasoyim ul-muhabbat»da Sa`diyning she`riyatini Navoiy quyidagicha ta`riflaydi: «G`azalgo`y akobir va shuaro ollida mundoq muqarrardurkim, g`azal tavrig`a Shayx muxtari`durlar (ixtiro`chi), jonso`xtalar va ishqibozlarg`a va dilafro`xtalarg`a va jongudozlarg`a filvoqe` g`arib haqqe sobit qilibdurlar».
21. «Bo`ston»  –  Shayx Sa`diyning nazmda 1257 yilda yozilgan  asari, qarayb 1000 baytdan iborat. Damashqda tugallangan bu asarni Sa`diy hukmron Abubakr ibni Sa`di Zaniy (1226 –  60) ga taqdim etgan. «Bo`ston» 10 bob va debochadan iborat. Unda muallif madrasalarda o`rgangan ilmlari, safarlarda to`plangan hayotiy tajribalari asosida odob, axloq, rasm-rusum, hikmatlarni qalamga oladi. «Bo`ston» «Sa`diynoma» deb ham shuhrat qozongan.
         Asarda o`sha davr uchun dolzarb bo`lgan siyosiy va ijtimoiy masalalar ham bayon etiladi va har masalaga hikoyat keltiriladi. «Bo`ston» shirin til, sodda uslubda yaratilgan. Shuning uchun ham bu asar qadimdan darsliklardan o`rin olib keladi.
22. Fariduddin  Attor – (Alloh  sirrini muqaddas qilsin).   Fariduddin Abuxolid Muhammad ibni Abubakr Ibrohim Nisho-puriy (1148 – 51/1219 – 21)  –  tasavvuf adabiyotining yirik namoyandasi, nomi Muhammad, kunyasi (Abu, ibn, umm, bint kabi so`zlar bilan boshlangan laqab) Abuhamid, Fariduddin laqabi, «Attor» taxallusi uning kasbi koridan olingan. Attor qalamiga «Mantiq ut-tayr», «Asrornoma», «Musibatnoma», «Ilohiynoma», «Xusravnoma», «Muxtornoma», «Tazkirat ul-avliyo» asarlari mansub.
23. «Mantiq ut-tayr»  –  (Qushlar suhbati) Fariduddnn Attorning asari, tasavvufning asosin g`oyalaridan vahdati vujudga bag`ishlangan. Attor vujudi mutloq bilan mavjudotlarning yagonaligini majoziy tarzda Simurg` va qushlar olamn timsolida tasvir qiladi. Haqiqatni topib, vahdatga yetishuv uchun chiqqan qushlar talab, ishq, ma`rifat, istig`no, tavhid, hayrat va faqru fano vodiylaridan o`tishi zarur bo`ladn. Oxirda 30 qush  –  simurg` qoladi. Dostondagi Shayx San`on qissasi  irfoniy ishqning go`zal bayonidir.
         Alisher Navoiy Attorning bu asarini yoshligida mutolaa qilib, yod ham olgan edi. Umrining oxirida bu asarga javoban «Lison ut-tayr» dostonini yozadi. Navoiy e`tirofiga ko`ra uni  Attor  asarining tarjimasi yo`sinida  yaratgan.
24. «Kimiyon saodat» – mashhur  mutafakkir Muhammad    G`azzoliyning 1094 – 1107 yillarda yozgan asari. Unda diniy, falsafiy, tasavvufiy masalalardan o`zni, haqni, dunyo ma`rifati va oxirat ma`rifatini tanish yuzasidan fikr bildiriladi. Shuningdek, ijtimoiy-axloqiy masalalar ham qalamga olinadn. Adolat tartibi, raiyat haq-huquqini muhofaza qilish, zulm  va   zolimlikni   qoralash shular   jumlasidandir.
25. Aziz  Nasafiy  – (Alloh sirrini muqaddas qilsin) ibni  Muhammad (taxm. 1240 Nasaf  –  taxm. 1300 Eron, Abrkuh) tasavvuf mutafakkiri, shoir. Ilk tahsilni ona yurtida olgach Buxoroga boradi va u yerda ilm o`rganadi. 1273 y. Aziz Nasafiy Eronga, Isfaxon va Sherozga safar qiladi va Abrko`h degan joyda muqim bo`lib qoladi. Olimning «Maqsad ul-aqso» (Uzoq maqsad), «Tanzil ul-arvoh» (Arvohning tushishi), «Kashf ul-haqoyiq» (Haqiqat kashfi), «Manzil us-sayirin» (Sayr qiluvchilarning manzillari) va boshqa asarlarida tasavvufning turli-tuman masalalaridan bahs yuritiladi. Chunonchi, u ishq, fano, baqo, zikr, haqiqat, ma`rifat kabi tasavvufning axloqqa oid masalalarini ham qalamga oladi. Olimning asarlari avombop uslubda, sodda tilda  yaratilganligi  uchun   xalq  orasida   keng  tarqalgan.
26. Rind  –  bu so`zning lug`aviy ma`nosi Shariat  qoidalarini  johillik yuzasidan emas, ongli sur`atda, ziyraklikdan inkor qiluvchi odamni anglatadi. U barcha olam davlatu shukuhlarini rad etadi, o`zini ozod tutadi, may ichadi, hur fikr bo`ladi.
27. mo-amkana  –  imkon boricha, demakdir.
28. O`sha davrdagi taniqli shayx va darveshlar. Ular  naqshbandiya buzurglaridan bo`lib, Sa`duddin Koshg`ariy yaqinlari hisob-langanlar.
29. Jibilliy  –  a.: tug`ma, tabiiy demakdir.
30. Ulufa – a.: amaldorlarga davlat tomonidan belgilangan maosh va oziq-ovqat.
31. Podshohi haqiqiy  –  Olloh nazarda tutiladi.
32. Shamsuddin  Muhammad, Tabodgoniy  –  mashhur  shayxlardan. Alisher Navoiy o`zining «Nasoyim ul-muhabbat» asarida uning fazilatlari haqida yozadi va asarlarini sanab o`tadi. «Asmoulloh» (Ollohning ismlari), «Tazkirat ul-habib» (Do`stning tazkirasi) va «Vasoyo» (Vasiyatlar), «Arba`in» (qirq), «Qasidai Burda»ga muxammas, Ansoriyning «Manozil ussoirin»iga sharh va boshqalar. Alisher Navoiy o`ziga nisbatan Muhammad Tabodgoniyning alohida iltifoti bo`lganini e`tirof etadi.
33. a.:   Uning   aziz   ruhini   Alloh   muqaddas   aylasin.
34. Al-Havofiy  –  Shayx  Zaynuddin  Abubakr   al-Xavofiy.  Zohiriy va botiniy bilimlarni mukammal bilgan shayxlardan. Vafoti  – 838/1434 – 1435.    
35. Arba`in chiqarmoq – toat-ibodat qilib, chilla o`tirmoq  demakdir.
36. Al-hukmu lilloh –  ollohning hukmi bilan.
37. G`ufron  –  kechirim, shafqat.
38. Sulton Abdusaid mirzo – temuriylardan. 1451 – 58 yillarda Movarounnahr hokimi. 1458 – 69 yillarda esa temuriylar davlatining oliy hukmdori. U o`zidan avvalgi shoh Abulqosim Boburga va unga yaqinlarga nisbatan g`oyat qattiq qo`l va zulmkor edi. Navoiy va uning tog`alari Mir Said Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylar Husayn Boyqaro xatti-harakatlari va intilishlarini qo`llab-quvvatlaganlari uchun ularga sovuq munosabatda bo`lgan. Abusaid ilm va san`at ahliga ham anchayin loqayd qaragan. Alisher Navoiyga bu hukmron bilan munosabatini yaxshilashdan ko`ra Hirotni tark etish ma`qul tuyulgan va u Samarqandga ketgan edi. Shoirning Abusaiddan norozilik tuyg`ulari uning «Sayyid Hasanga she`riy maktub» («Hasbi hol», «Masnaviy» deb ham yuritiladi)da o`z aksini topgan. Bu asarda Navoiy o`zining Hirotdan Samarqandga ketishini beixtiyor qilingan safar, deb e`tirof etadi. Bobur esa «bilmon ne jarima bila Sulton Abusaid Mirzo Hiridin ixroj qildi», deb ma`lumot beradi. Abusaid 1469 y.da Eronning G`arbiy qismlarini o`ziga buysundirish maqsadida yurish qilib, Ozarboyjonda qatl etilgandan so`ng Hirot taxtini Husayn Boyqaro egallaydi va Alisher Navoiy yangi hukmronning taklifi bilan paytaxtga qaytadi.
39. G`ariziy harorati –  inson va hayvonlarda nafas olishdan paydo bo`ladigan ichki harakatni bildiradi.
40.    Xoja Nosiruddin Ubaydulloh  –  Xoja Ahror Valiy nomi bilan  mashhur bo`lgan naqshbandiya ta`limotining  mashhur  namoyandalaridan. Samarqandda ta`lim olgan, 1428 yilda Hirotga borib, Chag`oniyonda Ya`qub Charxiy bilan uchrashib, uni o`ziga ruhoniy pir qilib tanlagan. 1431 – 32 y. larda Toshkentda yashagan. Xoja Ahror siymosi va faoliyatiga qarash tarixshunosligimizda o`ta salbiy bo`lib kelgan va uni Ulug`bek qatliga fatvo bergan g`oyat mutassib din arbobi deya talqin etib kelingan edi. Hozir bunday qarash o`zgarib bormoqda va Xoja Ahrorning ma`rifatli shaxs bo`lgani va o`z tasarrufidagi katta boylikdan el-yurt, mamlakat ehtiyojlariga sarflab turgani ishonchli manbalar asosida bayon etilmoqda. Sharqshunos olim A. N. Boldirev o`zining oxirgi ilmiy tadqiqoti («Yana bir bor Xoja Ahror masalasiga doir»)da Xoja Ahrorga salbiy qarash hamma mavjud manbalar (manoqiblar, maktublar va uning o`z asarlari)dagi ma`lumotlarni ob`ektiv tarzda hisobga olinmagani va tarixni sharoitdan uzib qaralgani sabab yuzaga kelganini birinchi bo`lib isbotlab berdi. (Qarang: Xoja Ahror haqida. Toshkent, 1997. Ruschadan Suyima G`anieva tarjimasi.).
41. Qutb  –  a.: har bir narsaning o`rtasidan o`tgan o`qning ikki uchini anglatadi. Majoziy ma`noda har bir jamoa yoki guruhning moddiy yo  ma`naviy boshlig`i,  peshvosi,  yo`l ko`rsatuvchisi.
 42. Sakkiz  yuz to`qson to`rt  yil  hijriy –  1488/89  yil.
 43. «Azizlar  hazirasi»  – a.: atrofi ihotalangan joy. Bu  yerda qabristondagi xilxonaning nomi:
44  Tarj:   Foniylik  yetakchisi  Sayyid  Hasan  ketdi.   Uying    mangu jannat bo`lgay!  U pokiza  zot vafotiga  ta`rix qidirdilar. Men   «pok  jannat  makoni  bo`lg`ay!»  deb  ta`rix  tushirdim. Aslida  «jannati pokash  makon bod»  jumlasi  ta`rix  moddasi  bo`lib, abjad hisobida 894/1488 – 89  yil  chiqadi.
                                                  
«HOLOTI PAXLAVON MUHAMMAD»NING IZOH VA TARJIMALARI
1. Shams ul-millati vad-din  –  millatning va dinning quyoshi. Bu oliy rutbali shaxslarga beriladigan laqab.
2. Pahlavon Muhammad davrning yirik madaniyat arboblaridan edi. Alisher Navoiy bu go`zal insoniy fazilatlarga ega, ilg`or fikrli shaxs bilan 40 yil mobaynida yaqin do`st bo`lgan va uni o`zining murabbiysi sanagan. Pahlavon Muhammad xalq kurash turlaridan «kushtigir»  –  yakkama-yakka kurash tushishda shuhrat qozongan. Hech shubhasizki, Navoiydek ulkan arbob va buyuk shoir faoliyati hamda ijodiyoti yo`nalishida, ravnaqi va takomilida Pahlavon Muhammad kabi ulkan   madaniyat   namoyandalarining   o`rni   katta   bo`lgan.
         Pahlavon Muhammad vafotidan keyin Navoiy uning xo-tirasini abadiylashtirib, bu risolasini yozgan. Unda do`sti va murabbiysining g`oyat jozibali obrazini yaratgan hamda xarakterini   go`zal   va   betakror   chizgilarda   ochib   bergan.
3. Paxlavon Abusaid – Pahlavon Muhammadning  tog`asi,  mashhur
kurashchi  –  pahlavon, kichikligida Pahlavon shu tog`asidan kushtigirlikni o`rgangan.
4. Ro`zg`or harunlig`idin va laylu nahor buqalamunlig`idin  –  taqdirning o`jarligi va kechayu kunduzning o`zgaruvchanligidan, demakdir.
5. Muqtazoyi ojil  –  o`lim.
6. Advor  –  musiqa nazariyasi.
7. Naqsh  –  kuy, ashula.
8. Amal – kuy, ashula, ohang.
9. Qavl  –  so`z, gap, musiqaga solingan she`r.
10.Ustoz  Muhammad  Xorazmiy,  Mavlono  Nu`mon, Mavlono  Sohib Balxiy, Shayx Safoyi Samarqandiy, Yusuf Andijoniy Hirot madaniy hayotining faol ishtirokchilari, shoir, bastakor va sozandalar.
         Navoiy Pahlavon Muhammad ularning asarlari qabilida musiqalar yaratganini ta`kidlab, ba`zi jihatlarini ulardan yaxshiroq chiqishiga erishgan, ovozi g`oyat yoqimli va go`zal bo`lgani sababli ko`proq shuhrat tutgan edi, deb yozadi.
11. Mavlono To`tiy  –  asli turshizlik shoir. Navoiy «Majolis un - nafois»da Mavlono To`tiy Abulqosim Bobur Mirzo zamonida tarbiyat topganligini ta`kidlaydi va yaxshi qasida va g`azallari borligini e`tirof etadi. Yoshlikda dunyodan o`tgan bu shoir vafotiga Navoiy «xurus» so`zi bilan ta`rix tushirgan edi, bu so`zdan abjad hisobida 816 yil chiqadi. Demak Mavlono To`tiy  1461 – 62  yillarda  vafot etgan.    
12. Tarj.: Ey soqiy, qishning ikkinchi oyi ketdiyu ertaniig ahvoli noma`lum;   o`zimizni   bugun   xursand   qilaylik,   ertani   esa kim ko`ribdi?    
13. Mir Buzurg  Tirmiziy - o`z   davrining  g`oyat  nufuzli siymolaridan. Abu Said mirzoning o`g`li Sulton Mahmud mirzoning otasi, Sulton Mas`ud mirzoning bobosi.
14. Mavlono Xusrav – bu bilimdon sohibi devon, lekin dag`al tabiatli. Hirotda vafot etgan shoir haqida «Majolis un-nafois»ning II majlisida Navoiy ma`lumot berib yozadi: «Da`voliq va buzurgmanish va tundxo` kishi edi. Faqir qoshig`a ba`zi mahalda she`r keltursa erdi, burunroq andoq kalom surar erdikim, daxl qilmoq yuli bog`lanur erdi. Zaruratan, barcha she`rni tahsin qilmoq kerak erdi.
15. Tarj.: Chehrang toblanishidan har bir jonga sham` paydo bo`ladi, devonalar dili jingalik buralib ketgan sochlarnning asiridir.
16. Bobur  –  Abulqosim Bobur, temuriylardan. 1447 – 57  yillarda Xurosonda hukumronlik qilgan. Shohrux vafotidan keyin avj olib ketgan temuriy shohzodalarining o`zaro kurashlariga bardosh bera olmay shaharni tashlab ketganlar Abulqosim taxtga o`tirgach, qaytib kela boshlaydilar. Ular orasida Alisher Navoiy oilasi ham bor edi. Shoirning otasi shoh xizmatiga kiradi va birozdan keyin Sabzavor hokimi qilib tayinlanadi. Otasi vafotidan so`ng yosh Alisher ham saroy xizmatiga kiradi. Abulqosim Bobur ma`rifatli hukumdor edi. U ilm va adab ahliga homiylik qilar edi. «Majolis un-nafois»da Navoiy u yoki bu shoir yoki voqealar munosabati bilan 12 joyda Bobur mirzoni tilga oladi va VII majlisda unga alohida maqola bag`ishlandi. Uning darzeshvash tabiati, go`zal ahloqli, yuksak hikmatli shaxs bo`lganligini ta`riflab, tasavvufda ham bilimdon va yaxshigina shoir ham bo`lganini qayd etib o`tadi. Boburning bir forsiy ruboiysi va quyidagi turkiy baytni keltiradi:

Necha yuzung ko`rub hayron bo`loyin,
Ilohi man sanga qurbon bo`loyin.

         Abulqosim Bobur 1457 yilda Mashhadda vafot etgan.
17. Mavlono Kotibiy  –  Shamsuddi Muhammad ibni Abdulloh (tavalludi noma`lum, Turshez – 1435, Astrobod), mashhur shoir, xattot va munshiy. Yaxshi kotib bo`lganligidan «Kotibiy» taxallusini olgan. Shoirning Nishopurda tahsil olgani, Hirot, Samarqand, Mozandaron, Shilon, Hijoz, Tabriz va Isfahonlarda bo`lgani haqida ma`lumotlar bor. Umrining oxirlarida Astrobodda muqim bo`lgan va shu yerda vafot etgan. Alisher Navoiy «Majolis un-nafois»ning bir majlisida Qotibiyga maqola bag`ishlagan. Uning qasida janrida ixtirolar qilgani, «Tajnisot», «Zul-bahrayn»,  «Zulqofiyatayn», «Husn va Ishq», «Nosir va Mansur», «Baxrom va Gulandom» nomli masnaviylari, g`azallar devoni, qasidalar devoni borligini ta`rif qilib, Navoiy «Xamsa»ga kirishdiyu oxiriga yetkaza olmadi, deb yozadi. Navoiy taassuf bilan «Bizning Sulton Sohibqirondek (ya`ni, Husayn Boyqaro  –  S. G`.) suxandon podsho anga murabbiy bo`lsa erdi va umri dag`i biror nima vafo qilsa erdi, ko`p elning ko`nglin she`r aytmoqdin sovutqay erdi», –  deb yozadi va Kotibiyning she`riyatidagi mahoratiga yuksak baho berib, g`azal, qasida  va  masnaviylaridan  namunalar  keltiradi.
         Kotibiy toun – vabo kasalidan vafot etgan va Astrobodda «Nuh go`ron» qabristoniga dafn etilgan.
18. a.: Goho tig`ing oshiqlar qatli uchun ko`tarilganda, bir ko`rish
bilan yuz shahidning maqsadi hosil bo`ladi.
19.Tarj. Kotibiy g`am tuningdan nolima, Abusaid davlati  barakatidan saodat tongi otib qoladi.
20. Sulton Abu Said  –  Qarang: ushbu kitob 220-bet,  38-izoh.
21. Sultoni Sohibqiron  –  Sulton Husayn Boyqaro  –  Qarang: ushbu kitob, 186-bet, 32-izoh.
22. «Saydi   g`azol»  –  mumtoz   musiqa   yo`llaridan   biri.
23. a.:   Dargohingga   yolvorib   yuzlanganimda,   ko`ngil   yuzini    iqbol ka`basiga yo`naltirgan bo`laman.
24. Bozgo`y  –  ashulada   biror  so`z   yoki  she`rni   takror   aytish.
25. a.: Sulton Husayn g`olib podshohdir, uningdek ro`zgor sadafida hech  kim,  hech  qachon   bo`lmagan;    U  shohdir,   otasi  –  Mansur Boyqaro Umarshayx bin  Temur  ham  buyuk shoh  bo`lgan.
26. Maqomot  –  musiqashunoslik ilmida Shashmaqom, Horazm maqomlari    va   Farg`ona - Toshkent    maqom   yo`llarining    majmuasi ma`nosida qo`llaniladi.
27. Shaabot  –  musiqa yo`llari.
28. Chorzarb –  musiqiy kuy nomi.
29. Savt  –  musiqiy kuy.
30. Muammo  –  Qarang: ushbu kitob, 217-bet, 14-izoh.
31. a.:  Unga  aytdimki, sening ishqing Olamida  ishim g`amdin iborat bo`ldi. U kulgi aralash miyg`ida «g`am emas», olamning ishqidir, –  dedi.
32. Tarj.:   Uning   jingalak  –  buralgan   kokili   xayolidan    ko`ngil dudi  kushtigirning  boshi  ustida  xuddi  qora   nishondir.
33. Xoja Hofiz Sheroziy – Qarang: ushbu kitob, 218-bet, 19-izoh.
34. a.: Ey soqiy, kosani aylantir va ich, dastlab ishq oson ko`ringan edi, biroq mushkil tushdi.
35. a.:  Hozirda   o`zim   uchun   shuni   maslahat   ko`rdimki,   mayxonaga ko`chayin va u yerda shod o`tirayin.
36. a.: Garchi oltin xazinasi bo`lmasa ham, qanoat xazinasi boqiydir,   uni   shohlarga,   bunisini  gadoylarga   berdi.
37. Ba`zi yoronlarig`a  – bu yerda Alisher  Navoiy ko`zda  tutiladi.
38. a.: Agarchi   ajal  noshod  tandan  jonni   olsa,  aslo   mehringni mening yodimdan ola olmaydi; xoxlaymanki, tuproq bo`lsamu uni shamol olib ketsa, shunday bo`lsaki, uni Astrobod tomonga eltsa.
39.Ba`zi muxlis va mu`taqid yoronlari  ruq`asi  javobida  –  bu erda Alisher Navoiy maktubiga Pahlavon yozgan javobi ko`zda tutiladi.
40.a.: Rom bo`lgan ohuyingni unutma.  Sayd   qilingan   romingni unutma; unutmoqlik ne chog`liq bo`lmasin, o`z qulingni unutma.
41. Langar – yo`lovchilar qo`nib o`tadigan  joy; kambag`al, yetimesirlarga ovqat ulashadigan g`aribxona ham langar deyiladi.
42. a.: Parvardigorning soyasi tak`yamga o`z soyasini solib,  uning sharafini baland osmondan ham yuksaltirib yubordi. Agarchi osmon o`z atlasini shohga poyandoz qilgan esa-da, koshki o`zim bor bo`lsaydim,  jonimni nisor qilardim.
43. a.: Agar holim falakka ma`lum bo`lsa, yuz-ko`z bilan ahvolimga yig`lar edi; menda yangi ochilgan gul bor edi, vo darig` uni xazon shamoli olib ketdi; umr bo`yi yaxshilig` urug`ini ekdim, unib chiqqanda esa yig`ib ololmadim; shunnng uchun hayot menga achchiq bo`ldi. Keksalik meni yoshlik pallasidan itqitib tashladi; endi men ul zanjirband sher emasman. Keksalik g`ami meni butunlay olib ketdi. Ota bolani shuning uchun tarbiya qiladiki, toki u katta bo`lganida g`amxo`rlik qilsin; undan yigitligida foyda bo`lsin, keksalik paytlarida esa, ishga yarasin. Meni keksalik shunday sindirdiki, yigitlik aslo foyda keltirmadi;
44. Sanoyi`  –  san`at so`zining ko`pligi, hunarlar  ma`nosida ham keladi.  Bu yerda  adabiy san`atlar nazarda tutiladi.
45. Aruz  –  she`rning vaznlari, o`lchovlari haqidagi fan.
46. Qofiya  –  she`rda bayt yoki misralar oxiridagi so`zning ikkinchi bayt yoki misra oxiridagi so`zga mos ohangdosh bo`lishi. Sharq poetikasida qofiyaning o`ziga xos nazariyasi bor. Shuning uchun qofiyaga oid adabiy ilm mavjud.
47. Tajvid  –  Qur`on   karimni   talaffuz qoidalari bilan o`qish. Bu ham ilm darajasida o`rganilgan,
48. Ilmi nujum  –  osmon jismlari va uning haraktlarini o`rganuvchi ilm, astronomiya.
49. Mavlid uchun royijai tole`  –  keyingi vaqtlarda keng tarqalgan garaskopni anglatadi.
50. Mavlono Qutbiddin  –  o`sha davrning mashhur tabibi. Pahlavon Muhammad undan tib ilmini o`rgangan, asli Nasafdan bo`lgan.
51. Mavlono Alo ul-mulk  –  Pahlavon atrofidagi tabib do`stlaridan.
52. Fiqh  ilmi  –  dinning yo`l-yo`riqlari, qoidalari to`g`risidagi ilm.
53. Ashriba va  favoqih va  halviyot – sharoblar,  xo`l  mevalar  va  holvalar (qand-qurslar ham kiradi).
54. Mafosil marazi  –  bo`g`imlarning zirqirash kasali.
55. Mavlono Abdussalom Sheroziy  –  zamonasining mashhur hakimi, haqiqiy   tabibi. Mashhadda Navoiyni davolovchi tabib bo`lgan.
56. Sayid Nasiiiy  –  buyuk ozarbayjon shoiri, faylasufi. Ismi –  Ali, Imodiddin – laqabi. Asli Shirvondan, 1370 y. da Shamohi shahrida tug`ilgan, ilk tahsilni ham shu shahar madrasalarida olgan. U avval «Husayniy», «Sayyid» taxallusi bilan she`rlar yozgan. Nasimiy Temurning istilochilik siyosatiga va istibdodiga qarshi kurashga da`vat qiluvchi, ya`ni tariqat – hurufiylikni qabul qilgan va uni faol targ`ib-tashviq etgan. U bu jabhada keyinchalik unga do`st bo`lib qolgan ustozi, hurufiyliq tariqatiga asos solgan Fazlulloh Naimiy bilan tanishgach -«Nasimiy» taxallusini oladi. Naimiy Mironshoh tomonidan qatl etilgach, vatanini tark qilgan, Nasimiy Bag`dod, Onato`li, Tokat, Bursa va boshqa joylarda yashaydi, oxiri Halabda qaror topadi. Misr sultoni Muayyaddin Nasimiyni dahriylikda ayblab, 1417 yilda uni tiriklayin terisinn shildirib, qatl etishga erishdi. Shoirning fojiali o`limi haqida ko`plab rivoyatlar mavjud. Alisher Navoiy «Nasoyim ul-muhabbat»da shoir haqida yozadi: ...mazkur bo`lgan mulk ahlig`a aning she`ri muqobalasida hamonoki she`r yo`qtur. Hamono taqlid ahli (riyokorlar  –  S. G`.) ani mazhabida qusur tuhmatiga muttaham qilib, shahid qildilar. Mashhur mundoqdurki, terisin so`yar hukm bo`lub-tur.. Ul holatda bu she`rni debdurkim,

N a z m:

Qibladur yuzung, nigoro, qoshlaring mehroblar
Surating mushaf, vale xolu xating e`roblar.

Va bu she`rning taxallusi ushbu muddaog`a doldurkim:

N a z m:

Ey Nasimiy, chun muyassar bo`ldi iqboli visol,
Qo`y,  teringni  so`ysa  so`ysin,  bu  palid qassoblar.

         Aytish keraki, bu maqta` bayt Navoiy tarjimasida berilgan. «Qatrada osmon aks etadi» deganlaridek, bayt Navoiyning yuksak tarjimonlik mahoratini namoyon qiladi. Baytning asli quyidagichadir:

Chun Nasimi jovidoni yor ila bo`ldi visol,
Go`y   necha   donarsa   donsun   bu   yashil   dulablar.

         Birinchi baytning ikkinchn misrasidagi «Mushkin xating»ni Navoiy «xolu xating» deb bergan.
         Bu yerda Navoiy Pahlavon Muhammadga Nasimiy she`riyatining mohiyati  –  haqiqat tariqi  –  yo`llarini bayon etishlik bo`lgani haqida fikr bildiradi. Unga e`tiroz bildirib, Pahlavon deydiki, Nasimiy she`rlari zohiran majoziy, botinan esa haqiqiydir.
57. Tarj.:   Faqirlik yo`lida sening irshod   (to`g`ri yo`llar  ko`rsatish)ing bilanmiz. Kecha-kunduz hamisha sening yoding bilanmiz. Fano doirasida sening nomingni takrorlash bilanmiz. Ya`ni, sening Ne`matoboding yetimlarimiz.
58. Tarj.: Ey Mir  (ya`ni Navoiy  –  S. G`.)  sen pirsan, biz sening irshoding bilanmiz. Doim sening duogo`yingmiz va yoding bilanmiz. Bu shahar senga yaxshi, yoqimlidir va biz sen bilan xursandmiz. Biz o`ldik, Astroboding xarobimiz.
59. G`ashe –  qandaydir dard.
60. Mavlono Abdulhay –  tabib, Xondamir «Habib us-siyar»da Mavlono Abdulxayni tabobat ahlidan G`iyosiddin Aziz va Ulo ul-mulklar bilan bir yerda tilga oladi. Ularning uchalasini «Amir» unvonlari bilan beradi va saroyda mansab va obro`lari yuqori bo`lganini qayd qilib  o`tadi. «Makorim ul-axloq»da esa, Mavlono Abdulhay Navoiy hastining oxirgi damlarida yonida bo`lgani va tabiblardan Mavlono Shamsuddin Muhammad Chiloniy bilan shoir tomiridan qon olganliklarini yozadi.
Pahlavon Muhammadning so`nggi damlarida Navoiy o`z huzurida bo`lgan mavlono Abdulhay va Mavlono Nuriddinlarni darhol uning yoniga jo`natadi, lekin fursat o`tgan, Pahlavon  bandalikni  bajo  keltirgan  bo`ladi.
61. Qahf  ul-anomiy  –  insonlar tayanchi, panohi  demakdir qahf g`or, Qur`oni karimning «qahf» surasidagi birodarlar uzoq muddat uxlab qolgan g`or bo`lib, sig`inadigan joyni ham anglatadi.
62. Abdurahmon Jomiy  –  qarang: shu kitob, 113-bet.
63. Tarj.:   Muhammad   Pahlavon  –  yetti   o`lka   pahlavoni.   Dunyoda uning tenggi, o`xshashi yo`q. Tariqat ahli (sufiylar  –  S. G`.) ning boshi va sarhalqasi (aqli  –  S. G`.) dunyo kishanlaridan qanot yozib ketdi. Olam tayanchi, Jom ma`rifatchisi iqbol yuzasidan davrning hurmatli zoti (ya`ni, Jomiy  –  S. G`.) ketidan bir yildan keyin rang-barang ko`rinishdagi bu ko`hna dunyodan jannat tomon xirom qildi. Agar kimda-kim vafoti ta`rixii so`rasa, «Mahdumdan keyin bir yil o`tgach»  –  deb ayting. Bu yerda ta`rix moddasi «ba`di maxdumi ba  yak sol» bo`lib, abjad  hisobida  899 – 1433  yil  chiqadi.

«NAZM UL-JAVOHIR»NING IZOH VA TARJIMALARI

         Bu asarni Navoiy Hazrat Alining hikmatlarini ruboiylarda talqin qilgan. Muqaddimada tilga olingan Hazrat Amir  – Hazrat Alidir. Asar Husayn Boyqaro «Risola»siga javoban 1485 y.da yozilgan.
1. a.: Inson boshidan biror bir  on  o`tganligi, eslashga loyiq biror narsa sodir bo`lmagan bo`lsin  (Qur`oni majid, Sura, Al-insoni, 1-oyat).
2. a.: o`tdimi (berdimi?)?
3. a.: O`tmadimi (bermadimi?)?
4. a.:Men olam markaziman  (shahrimdan)  va uning eshigi mening ustimda.
5. a.: Ollohning kuniga qasam.
6. a.: Men sendaman, sen mendadursan.
7. a.: Mamnun til va yolvorishlik bila degilkim, Ollohning duosi unga va sahobalariga bo`lg`ay, xususan, Siddiq (Abu Bakr) va Faruqqa (Umar) va Zun-nurayi (Usmon) va al-Murtazo (Ali)ga ham bo`lgan.
8. a.:  Olloh undan  rozi  bo`lsin va Olloh yuzini yorlaqasin.
9. a.: Quyosh va tong nuri bilan qasamyod qilaman (Sura, Al-shams, 1-oyat).
10. a.: Tun  bilan  uning  zulmatida  qasamyod  qilaman   (Sura,  Al-layl, 1-oyat).
11. a.: Bog`lar ichidan daryolar oqib o`tadi.
12. a.: Mevalar yetiladi, xurmolar, anorlar o`sadi.
13. a.: Uning ayblarini Olloh yashirsin.
14. a.: Odam bolalarini siyladik.
15. a.: Biz insonni eng yaxshi tuzilish bilan yaratamiz.
16. Iso payg`ambar  –  Diniy rivoyatlarga ko`ra uning nafasi o`likni tiriltirar ekan. Laqabi Masih.
17. Solih payg`ambar  –  Nuhning o`g`li Som farzandlaridan. Navoiy demakchiki, agar inson so`z so`zlamasa, Iso bilan uning oti va Solih bilan uning tuyasi orasida farq bo`larmi edi?!
18. a.: Insonlar aqllariga yarasha gapiradilar.
19. a.: Shunga o`xshash surani keltirishlari (ga).
20. a.: U o`z xohishi bilan gapirmayapti.
21. a.: Unga ochilayotgan vaqt kelayapti.
22. a.: Haqiqatan  ham  she`rda,  hikmat   bayonida  sehr   bor.
23. a.: Olloh ulardan rozi bo`lsin!
24. a.: Martabalariga loyiq holda.
25. a.: va ko`z qorasi yashirin durdek.
26. a.: Sochma durlar.
27. a.: Keng bino.
28. a.: Mohir qo`mondon.
29. «Fayz»  –  so`zidan abjad hisobida  «Nazm ul-javohir» yozilgan 880 – 1485 yil chiqadi.
30. «Juzv», «daftar», «jung», «bahr»  –  so`zlari zamirida Navoiy Husayn  Boyqaroning «Risola»sini nazardi  tutmoqda.
31. Mazkur «Risola»ni yozgan shoh –  Husayn Boyqarodir.
32. a.: Men yerga xalifa qilib tayinlayman.
33.a.:   Bir  soatlik   adolat  oltmish   yillik  ibodatdan  yaxshidir.
34. a.:   Haqiqatda Olloh  adolat  va  yaxshilik  qilishni  buyuradi.
35. a.:   Va   faxsh,  ifloslik  va  adolatsizlikni  rad  etadi.
36. a.: Va Ollohning senga kuchli yordam berishi uchun.
37. a.: Va ollohning azizlarga yordami surasi.
38. a.: U yerdagi Salsabil atalmish chashmadan.
39. a.: Aytildiki, ey yer-suvingni yutgil.
40. Zahir  –  Zahir Farobiy, mashhur shoir   (vaf. 598 – 1201 – 1202, Tabriz). Asli Faryobdan. Yoshligidan ilm-fan, she`r, adabiyot, hikmat, ilmi nujumni o`rganishga kirishadi. Xuroson Mozandaron, Ozarbayjonga safar qiladi. Qasidalar devoni bor.
41. Anvariy  –  Avhaduddin Ali  ibn  Muhammad   (1105, Abivard 1187, Balx) mashhur fors shoiri. Tus madrasasida tahsil topgan. Ilmi nujum, hikmat, handasa, falsafa va tibbiyot ilmlarini puxta bilgan. Marv va Nishopurda istiqomat qilgan. Anvariyning hajviyalari g`oyat o`tkir. Shoirni qasidanavisliqning payg`ambari deb ta`riflaganlar. 15000 baytli devonida qasida, g`azal, ruboiy  va  qit`alar  mavjud.
42. Vassof –  Sharafuddin Abdulloh.    Mo`g`ul sultonlaridan  G`iyosiddin davrida yashagan olim, atoqli tarixnavis.
43. Tabariy  –  Muhammad  ibn  Jorif,    fors donishmand  tarixchilaridan.  U   Abu   Bakr  Xorazmiyning xolavachchasi.   «Tarixi  Tabariy» iomi bilan mashhur asar muallifi.
         Navoiy bu shoir va muarrixlarga Husayn Boyqaroni o`xshatmoqda.
44. Asadulloh  –  Ollohning sheri: Hazrat  Alining laqabi.
45. «Nasr ul-laoliy» (sochma la`lu-marvarid, qimmatbaho toshlar).
         Xazrat Ali qalamiga  mansub  hikmatlar  majmuasi.

HAZRAT ALI HIKMATLARINING TARJIMASI

1.Kishining   iymoni   ahdiga   vafo  qilishidan  bilinadi.
2.Falokat yetkanda yordamga kelgan kishi  –  birodaring.
3.Boylikning izhori  –  shukrdir.
4.Bolalaringni tarbiya qil  – ularga foyda keltirasan.
5.Kishining odobi uning boyligidan yaxshidir.
6.Burchni o`tash  –  dindandir.
7.Yomonga yaxshilik qilish bilan uni qaytargan bo`lasan.
8.Bu zamonning odamlari ayb qidiruvchilardir.
9.Ruhning rohati ma`yuslikdadir.
10.Muruvvat qiyinchiliklarni to`sadi.
11.Ota-onaga mehribonlik  –  merosdir.
12.O`zingga  sabrdan   keyin  zafar  kelishini  bildirib  qo`y.
13.Umrning barakasi chiroyli amallardadir.
14.Mol-dunyo barakasi zakotni ado etishda.
15.Bu  dunyoni  oxirat  uchun  sotib  yubor,  foyda   ko`rasan.
16.Kishining Ollohdan qo`rqib yig`lashi ko`zni ravshan qiladi.
17.Kishining qorni  – dushmanidir.
18. Shanba   va   payshanba  tonglari  barakadir.
19.Insonga balo tildan kelur.
20.Ezgulik qil, ammo uni  minnat qilish bilan  yo`q qilma.
21.Kishining muloyimligi  [ehsondan  so`ng] ikkinchi sovg`adir.
22.Ollohga tavakkal qil – shuning o`zi kifoya.
23.Baloning kechikishi  –  iqboldir.
24.Umring avvalida o`tgan ishlar xatosini umring oxirida to`g`rila.
25. Kishining nomozda  erinchoqlik qilishi  –  iymonining zaifligidandir.
26.Yaxshilik bashoratini ber – uni hadya etganday bo`lasan.
27.Makruh ishni rad etishda g`ofillik qilsang, u ko`payib boraveradi.
28.Qo`llarning taom bilan mehribonlik qilishi baraka   keltiradi.
29.Gunohlarni tark etishga g`ayrat qil.
30.Kishining   kamtarinligi   unga   hurmat   keltiradi.
31.Uch narsa halokatga olib keladi: baxillik, xudbinlik va takabburlik.
32.Uch narsa iymondandir: hayo, vafo va sahiylik.
33.Ulamolar o`limi dinga rahnadir.
34.Hirs yetkazgan rahnani faqat tuproq to`ldiradi.
35.Hukmronlik adolat bilan mustahkam bo`ladi.
36.Oxirat savobi dunyo rohatidan yaxshidir.
37.Ehson qilsang, uni xokisorlik bilan yana takror et.
38.Tan ovqat bilan, ruh esa kuy bilan tirikdir.
39.Kishining beruvchiga rahmati uning  ne`matlariga baraka  beradi.
40.Nimaiki topsang, sadaqa qil.
41.Faqir uchun oz balo ham ko`pdir.
42.Kishining husni  –  muloyimligidadir.
43.Yomon do`st  –  shaytondir.
44.Botilning  umri  bir  soat,  haqiqatniki  esa  qiyomat  soatigachadir.
45.Kishining hamsuhbati uning o`zi kabi bo`ladi.
46. So`zning yaxshisi  –  qisqadir.
47. Yaxshi hamsuhbat  –  g`animatdir.
48. Berishda ko`p ber, olayotganda oz bilan qanoatlan.
49. Kambag`allar   bilan suhbatda  bo`lish,  shukrni  ko`paytiradi.
50.Ulmaydigan narsa  –  ulug`dir.
51.Kishining yumshoq fe`lli bo`lishi uning madadkoridir.
52.Kishilarning bezagi  –  odobdir:
53.Kishining hayosi  –  uning pardasidir.   
54.Achchiq so`zdan achchiq ovqat yaxshi.
55.Kishining qiziqqonligi uni halokatga boshlaydi.
56.Yomonga vafo – haromdir.
57.Xulq chiroyliligi  –  g`animatdir.
58.Hunar  –  kishining boyligidir.
59.Xudodan  qo`rqsang bas, undan  boshqasidan  omon  bo`lasan.
60.Do`stlarning   yaxshilikka   boshlagani –  yaxshiroqdir.
61. Nafsingga qarshi tur – dam olasan.
62. Kishining do`sti – uning diniga dalildir.
63. Qalbning   xoli    bo`lishi  –  cho`ntakning    to`la   bo`lishidan  yaxshidir!
64.Do`stning xolisligini uning va`dasiga amal qilishidan  bil!
65.Xotinning   yaxshisi  –  suyumli   va   ko`p   tug`adiganidir.
66.Molning   Olloh   yo`lida   sarf   bo`lgani  –  yaxshirog`idir.
67.Qalbning shifosi  –  qazoga rozi bo`lish.
68. Kishiga alam – hirsdan yetadi.
69.Kishining  ofati  –  hirsining  injiqligidan deb  bil.
70.Kimsa   senga  jafo  qilsa  ham,  undan uyalib  murosa  qil.
71.Kishining so`zi – aqliga dalolatdir.
72.Kishining  asl ekanligini  fe`li  namoyon qiladi.
73.Do`stlarni   ko`rish,   xursandchilikka   xotima   bermaydi.
74.Nokaslarning   davlati – kishilarning   ofati.
75.Kishini burchi  –  mahzun bo`lish.
76.Shohlarning davlati adolat uzradir.
77.Baxilning  oltini   foydasiz   toshdan   o`zga   narsa  emas.
78.Jahlga   yo`l   berma  –  oqibatlari   maqtaladi.
79. Isyon qiluvchini o`z isyoni halok qiladi.
80.Gunohning bittasi ham ko`p, ibodatning mingtasi ham kamdir.
81.Avliyolarni eslash – ilohiy rahmat yog`dirada.
82.Kishining to`g`ri yo`ldan ozishi  –  ta`madan.
83.Podsholarning ovqati labni kuydiradi.
84.Faqirlarning eng xori Olloh huzurida azizdir.
85.Yoshlikni eslash  –  hasratdir.
86.Tilning ravonligi  –  boylik egasidir.
87.O`limni eslash – qalb jilosidir.
88.Sevimli   kishini   ko`rish  –  ko`zni   ravshan   qiladi.
89.Otangga rioyat qil  –  bolangdan qaytadi.    
90.Yashashning go`zalligi –  osoyishtalikning   mavjudligidadir.
91.Ilmning darajasi  –  sifatidadir.
92.Xotirjam bo`l  –  rizqingni  o`zi seni  topib  oladi.
93.O`limning xabarini tug`ilish beradi.    
94.Nafsga bezak berma  –  uni charchatasan.
95.Nafsing g`alaba qilsa, haq yo`lini tut.
96.Kishining mehribonligi aqliga dalolatdir.
97.Kishilarning vazni  –  tarozilaridir.
98.Kishini ziyorat qilish uning sahovatiga qarab bo`ladi.
99.Dunyo burchaklari motamlarga to`ladir.
100.Do`stlarni ziyorat qilish muhabbatni oshiradi.
101.Zaiflarning   holidan   xabar   olish  –  kamtarlikdandir.
102.Botiniy husn zohiriy husndan yaxshiroqdir.
103.Avom kishining zohidligi  –  gumrohlikdir.
104.Badgumonlik  –  kibrdandir.
105.Dunyo bilan faxrlanish  –  kibrdir.
106.Yomon xulqdan xalos bo`lish qiyin.
107.Kishining ruhiy olamini uning siyrati ochib beradi.
108.Inson tiliga ehtiyot bo`lsa salomat bo`ladi.
109.Fiqh ulamolari  –  xalq sarvaridirlar.
110.Qalban uyg`oq kishining mast bo`lishi  –  xulqlarning yomonidir.
111.Notavonlarning kurashi shikoyat orqali bo`ladi.
112.Tavoze`li kishi  –  ulug` kishidir.
113. Til sukuti – inson salomatligi.
114.Ilmning zavoli  –  maqtanishdadir.
115.Yomonga yaqin bo`lgan ish  –  yomon ishdir.
116.Jannat talabida belingni mahkam bog`la.
117.Boyning baxilligi uning azobidir.
118.Ko`p toatdan oz ma`rifat yaxshi.
119.Qarilik o`lim xabarini keltiradi.
120.Jannatiy bo`lishni istasang Qur`on o`qi.
121.Ulfatchilik sharti  –  kulfat yo`qligidir.
122.Kishilarning yomonrog`i – xalqdan o`zini olib   qochuvchisidir.
123.Kishining to`g`ri so`zlilik  fazilati   uning   najotkoridir.
124.Badanning sihati  –  ro`zadan.
125.Sabr g`alaba keltiradi.
126.Tunda o`qilgan namoz kunduzga husn bo`ladi.
127.Tan sihatligi  –  sukutdan.
128.Inson salomatligi –  tilga ehtiyot bo`lishlikda.
129.Yaxshi kishilar bilan hamsuhbat bo`lish  –  yomonlikdan asraydi.
130.Nodonning sukuti  –  ayblariga pardadir.
131.Mehribon bo`l – hurmatli bo`lasan.
132.Dinning salomatligi  –  xudodan qo`rqishda; fasodi esa  – magirlikdir.
133.Ollohdan o`zga kishiga umid bog`lagan kishi  –  gumrohdir.
134.Olloh har bir narsaning rizqiga kafildir.
135.Do`st achitib gapiradi.
136.Qalb nuri  –  halol taomdan paydo bo`ladi.
137.Til zarbasi  –  tish og`rig`idan kuchliroq.
138.Yomonga qayishgan kishi – zalolatdadir.
139.Kimki dinni dunyoga alishtirgan bo`lsa, yo`ldan  adashibdi.
140.Qo`li ochiq bo`lmagan kishining yuragi tor bo`ladi.
141.Dunyo  –  qalbi torlar uchungina tordir.
142.Ollohga ishonganning vaqti chog` bo`ladi.
143.Ofiyat ila rizqlantirilgan kishi qanday yaxshi!
144.Umr bo`yi ibodat  –  nabiylar shioridir.
145. G`am azobi qisqarganning umri uzun bo`ladi.
146.Odob  talabida  bo`lish – dunyo  talab  etishdan  avlodir.
147.«Kabutar –  kabutar  bilan uchadi, g`oz – g`oz bilan».
148.Qanoatli kishining umri uzun bo`ladi.
159.Dushmanga itoat  –  o`limdir.
150.Ollohga toat  –  g`animatdir.
151.Kishi zulm qilsa, o`zi xor bo`ladi.
152.Mazlumning ranj-uqubati zoe` ketmaydi.
153.Zolimning zulmi uni halokatga yo`llaydi.
154.Mol-dunyoga  tashnalik  –  suvga   tashnalikdan  kuchliroqdir.
155.Zolim umrining soyasi qisqa bo`ladi.
156.Saxiylikning soyasi keng bo`ladi.
157.Bukri kishining soyasi ham egridir.
158.Qanoat bilan yashasang, shohlikka ham erishasan.
159.Oliy himmatlik  –  iymondandir.
160.Uzun gap  –  nuqsonli gapdir.
161.Zolimning oxiri yaxshi bo`lmaydi.
162.Aqlli dushman – ahmoq do`stdan yaxshiroqdir.
163.Ishning qiyini –  osoniga eshik bo`ladi.
164.Kitoblarni   yiqqandan ko`ra, undagi narsalarni xotirangda saqlaganing yaxshiroq bo`ladi.
165.Zolimning uqubati  –  o`limining tezkorligidir.
166.Har bir tundan so`ng albatta kun keladi.
167.Sog`liq  –  g`animatdir.
168.Taqvodordan ham ko`ra Ollohga tavakkal qiluvchilarning qadri ko`proqdir.
169.O`lim g`ami  –  qalbing sevmagan kishi bilan hamsuhbat bo`lishdan yengilroqdir.
170.Oqil go`dak  –  nodon keksadan yaxshiroqdir.
171.Yo`lini yo`qotgan, o`zini ham yo`qotibdi.
172.Seni yomonlikka boshlagan kishi dushmaningdir.
173.Kim seni botil ishga yo`llagan bo`lsa, seni aldabdi.
174.To`g`ri   narsadan   jahling   chiqishi –  qabihlikdan.
175.Hikmatni his qila olish  –  mo``min uchun sovg`adir.
176.Din   orqali   qozonilgan   g`alaba  –  haqiqiy   g`alabadir.
177.Kishining fazilati bilan faxrlanishi–asl ekanligi bilan faxrlanishidan avlodir.
178.Dushmaning ustidan g`alaba qozonishing oson narsa.
179.Kimki aqlli bo`lsa  –  u asl kishidir.
180.Kimki nafs yomonligidan omon qolgan bo`lsa, g`alaba qilibdi.
181.Narsaning bir kichik parchasi ham uning aslligidan dalolat berishi mumkin.
182.Kishining erkin va  ozod bo`lishi – to`g`ri so`zliligi  sharofatidandir.
183.Har bir qalbning o`z tashvishi bor.
184.Kimki  ne`matga  kufr  keltirsa – fosid hukmidadir.
185. Kishining gapi qalbidagini fosh etib qo`yadi.
186.Qalbning quvvati  –  iymon salomatligidandir.  
187.Amal  –  ibodat qilishni qadrla –  shodlik, xushnudlik topasan.
188.Kishining do`sti  –  uning diniga dalildur.
189.Yomonlarning yaqinida yurish ham zararlidir;
190.Toshyurak bo`lish  –  «to`qlik» oqibatidir.
191.Kishining qadri, birov uni qadrlasa bilinadi.
192.Ollohning kalomi  – qalblarning shifosidir.
193.Ne`matga kufr qilish  –  uni zoyil qiladi.
194.Qarilikning o`zi senga yetarli kasallikdir.
195.Hasadgo`yga   uning  hasadn   [halok   bo`lishi  uchun]   kifoyadir.
196.Ilmning kamoli  –  muloyimlikdadir.
197.Yaxshilik  –  uzrlik bo`lish bilan komil bo`ladi.
198.Dunyoning ayblari unda  qolmaslik uchun  senga  yetarli  bo`ladi.
199.O`limni yodga olish g`ami senga yetarlidir.
200.Yumshoq so`z qalblarni mahbub qiladi.
201.So`zingni yumshoq qil  –  sevimli bo`lib qolasan.
202.Qarilik yillarini umr yillarim deb hisoblama.
203.Ilmli shohga zavol yo`qdir.
204.Kibr bilan shuhrat topib bo`lmaydi.
205.Hasad dushmanligidan boshqa hamma dushmanlikning iloji bor.
206.Kimki   ko`p   so`zlabdi  –  o`ziga   malomatni   orttiribdi.
207.Tiniq  buloq   atrofida   hamma   odamlar to`planishadi.
208.Himmat  darajasi  balandning qayg`u  torlari uzun   bo`ladi.
209.Yomon   bilan   hamsuhbat   bo`lish – dengiz   safari   kabi   xatarlidir.
210.Sukut saqlagan odam so`ng nadomat qilmaydi.  
211.Ilm majlisi – jannat bog`iga o`xshaydi.
212.Jo`mardlik majlisi – so`z qal`asidir.
213. Kishining hunari tili ostida bo`ladi.
214.Tunni  bedor  o`tkazish  mo``min  kishiga  nur ato  etadi.
215.O`limni unutish  –  qalbning zanglaganidan dalolatdir.
216.Tungi namozlar bilan qabringni munavvar et.
217.Sochingga tushgan oq senga o`limdan xabar beradi.
218. Iymon keltirib uxla, uyqung yaxshi bo`ladi.
219.Maqsadga qiyinchilik orqali erishiladi.
220.Firoq o`ti do`zax o`tidan kuchliroqdir.
221.Badfe`llik ila keksalik nurini so`ndirma!
222.Yuz sofligi  –  to`g`ri so`zlikdandir.    
223.O`z o`rnida qilinmagan yaxshilik –  zulm   bilan   barobardir.
224.Minnat bilan  qilingan sadaqaning gunohi savobidan ko`proq bo`ladi.
225.Ahmoq  yurt   boshqarsa,  zavolning   kelishi   tezlashadi.
226.Hulqi yomon  va  xalqiga «huradigan» kishining holiga voy!
227.Yomon bilan  hamsuhbat bo`lgandan yolg`izlik yaxshi.
228.Senga nisbatan g`ofillik qilishgan bo`lsa, bu sen uchun katta yordam!    
229.Seni mensimagan kishi  –  senga yordam beradi.
230.Yaxshilarni tark  etgan  kishining  holi  voy   bo`ladi!
231.Hasadchilarning holiga voy!
232.Bolani xudo rizqi bilan beradi.
233.Kishining  ishi  natijasi  uning g`ayratiga qarab bo`ladi.
234.Baxtli  odam   oxirat  g`amini,   baxtsiz   odam  bu  dunyo  g`amini o`ylaydi.
235.Kishining xudbinligi uni halok qiladi.
236.Nafsingdan qochishing, sherdan qochishingdan ko`ra ko`proq foyda beradi.
237.Kishining  ulug`ligi  uning  himmatidan  bilinadi.
238. Hirs   bandasi  halokat  sari  ketayotganligini  bilmaydi.
239. Kishining   himmati   uning  qiymatini   belgilaydi.

240.Boringni ko`rsat, kimligingni aytib beraman.
241.Iymoni yo`qning dini ham yo`qdir.
242.Muruvvatsiz kimsada din ham yo`q,
243.Oqil kishiga faqirlik yo`qdir.
244.Hasadgo`yga rohat yo`q.
245. Qanoat qiluvchida g`am bo`lmaydi.
246.Fosiq kishining hurmati bo`lmaydi.
247.Fohish kishiga tanbeh kor qilmaydi.
248.Senga taqdir etilgan narsagina beriladi.
249.Sadaqa – umrni uzaytiradi.
250.Nimadan xavfsirab yurgan bo`lsang, o`shanga uchraganingdan so`ng emin bo`lib qolasan.
251.Sabr sohibi albatta murodiga yetadi.
252.Kishi rostgo`ylik bilan ulug`lar darajasiga yetadi.
253.Kim qavmiga yaxshilik qilsa, ularning xojasi bo`lib qoladi.
254.Qalb ma`yusligi  –  jon rohatidir.
255.Baxtli kishi bilan hamsuhbat bo`lgan kishi ham baxtiyor bo`ladi.