www.uz
HE HARFINING HAROMIYLARINING
HUSN OROYLIG`I BADOE`DIN

101

Zihi taqaddumung odamg`a bas hadisi sahih,
Bu nukta kuntu nabiyan ishoratida sarih.

Azalda vaslingu hajring magar nasib o`ldi
Ki, jon toparni Xizir oldi, jon berurni Masih.

So`zungni xoni nubuvvatqa tengri tuz yasadi,
Zihi kamoli malohat, zihi kalomi malih.

Chu sep chekib ana afsax taronasin qochirib,
Alarki da`vo ila so`z ochib, deb o`zni fasih.

Demak shariati bayzoni mehrga rojih,
Quyoshni zarrag`a qilg`an kebidurur tarjih.

Yuzung sabuhi azal bodasidin andoqknm,
Ne subhg`a bu sabohat, ne mehr muncha sabih.

Navoiy o`ldi nihon ishqing ichra, tirguz ani,
Necha nihon tutayin, ayladim o`lub tasrih.

102

Bu ko`han dayrda ich shomu saboh,
Rohati ruh tilar bo`lsang, roh.

Chun quyosh lolasi tong gulshanidin
Chiqti, tut lola masallik aqdoh.

Anga tegruki shabistoni sipehr,
Etkirur ruh dimog`ig`a riyoh.

Yana ul vaqtqachakim, xurshid
Ko`k biyobonida bo`lg`ay sayyoh.

Qo`yma mug` dayrida jom ilgingdin,
Dayr piri chun ani qildi muboh.

Ro`zgoring buzug` etkan esa charx,
Sen kimu aylamak ani isloh.

Ko`p girih tushti Navoiy ishiga,
Sen kushode ber anga, yo fattoh.

103

Ey, xatu jonbaxsh la`lingdin nishon Xizru Masih,
Balki bu ikki uyotidin nihon Xizru Masih.

Xat labing uzra, labing yuz uzradur qilg`on kebi
Obi hayvonu quyosh uzra makon Xizru Masih.

Ul yoshung`oy zulmat ichra, bu falakdin yonmag`ay,
Ko`rsalar xattu labingni nogahon Xizru Masih.

Gar Masihu Xizr ko`zdin g`oyib o`lmishlar, ne tong,
Sabzavu obi hayotingdur hamon Xizru Masih.

Go`yiyo Ruhul quds ya`ni damingdin yetti fayz
Kim, muabbad topti umru berdi jon Xizru Masih.

Yo`q daming, balkim nasimi gulshaning aylar sahi
Bo`lsalar muhlik marazdin notavon Xizru Masih.

Xattidin la`lig`a yettim, la`lidin toptim hayot,
Ul ikav bo`ldi manga, ey xasta jon, Xizru Masih.

Soliki foniy tavajjuhdin taraddud aylamas,
Yotsalar mahviy shuhud bo`lg`an zamon Xizru Masih.

Dayr piri qo`ldabon, tirguzdi maydin mug`bacha,
Ey Navoiy, bu ikavni qil gumon Xizru Masih.

104

Boda keltur, chun quyoshtin chekti maxfiy jom subh
Kim, erur jomi nishot ichmakka xush hangom subh.

Oshkoro bodai gulrang ichmak xushturur,
Chun nihon aylar kavokib gullarin gulfom subh.

Siymbarlarkim, sabohat birla tutqaylar qadah,
Ne balo xushtur tulu` etkanda siym andom subh.

Sarg`arib ashkin to`kub, mendek yaqo chok aylamish,
Bir nihoni mehr ila to bo`ldi beorom subh.

Vahki, ul subh uzoru shomi zulf anduhidin
Yig`laram to subh shom, afg`on tuzub to shom, subh.

Dahr gulzorida har tun chekkali jomi sabuh,
Etkurur tong bulbuli faryodidin payg`om subh.

Subhi vasl ummididin o`ldi, Navoiy shomi hajr,
Anga ne sud, o`zgalarga hosil etsa kom subh.

105

Istamon may bo`lsa xurshidi jahonoro qadah,
Tutmasa bazm ichra ul sho`xi qadahpaymo qadah.

Yor chun tutti qadah, ichmon demak bo`lmas, valek
To ne hol o`lg`um yana ichkach meni shaydo qadah.

Hajr anduhida oz may tutmas, ey soqiy, meni
Bazm ahlidin to`laroq tut manga amdo qadah.

Bir quyosh hajridin andoq menki ichkum sipqarib,
Tutsalar, solib shafaqgun may, sipehroso qadah.

Hajr daf`in chun tabibi ishqdin so`rdum, dedi:
Kim erur yo vasl, yo jon tarki qilmoq, yo qadah.

Bu fano dayrida zohir bo`ldi anfosi Masih
Kim, ichib tutti manga ul dilbari tarso qadah.

Chun xumor ilgimni qildi ra`sha, jono, og`zima
Netti o`z ilging bila tutsang solib sahbo qadah.

Su xumor ahli icharlar, ul ham o`lg`andin zarur,
Ichmagum hayvon suyin, ey Xizr, topqum to qadah.

Chun xarobot ichra mast o`ldum ichib, ey mayfurush,
Rindlar birla solib g`avg`o meni rasvo qadah.

Shahna bazmig`a ne hosil, gar kirib oshub ila,
Chekmasam shohid bila mutrib, qilib yag`mo qadah.

Cheksalar, tongla tutub Bog`i jahonoro sari,
Dayr aro topib surohi, aylabon paydo qadah.

Vah, ne hol o`lg`ay alarg`akim, Navoiydur debon,
Tanibon chorlab, manga lutf aylasa mirzo qadah.

Xusravi G`oziyki, jomi Jam anga bo`lsun nasib,
To quyoshtin ko`rguzur bu torami a`lo qadah.

106

Ey sening ko`yung harimi tufrog`i yuz pok ruh,
Solqinidin sovrulub ul nav`kim xoshok ruh.

Ruh agar yuz vajh ila tufrog`ing o`lsa, ne ajab,
Lutf aro jisming bila chun teng emas yuz pok ruh.

Xilqatim bog`ida ul gul hayfkim, bordur manga
Zor tan, majruh jon, mahzun ko`ngul, g`amnok ruh.

Ul quyosh qasrig`a mayl aylar tanimdin chiqsa jon,
Kimsa o`lgandekki, bo`lg`ay ozimi aflok ruh.

Jon fido bo`lsun sangavu ruh sadqangkim, emas
Jon chuchuk la`lingdegu qadding kebi cholok ruh.

Mo`min o`l ajsod hashrig`avu da`vo qilma ko`p
Kim, azobu ne`matin tongla qilur idrok ruh.

Tig`i ishqidin Navoiyg`a ne dahshat, negakim
Telbadur jonu fidoidur ko`ngul, bebok ruh.

XE HARFINING XO`BLARINING XIROMI
BADOE`DIN

107

Jafo tariqida andin erur jahong`a rusux
Ki, qildi mehru vafo rasmu royini mansux.

Jahong`a chunki vafo bo`lmasa, ajab ermas
Ki, bo`lsa ahli jahong`a dog`i jafoda rusux.

Sog`inma barcha pishig` so`zni ta`b etar oshom,
Bo`lur muqayniyu hozim chu ikkisi matbux.

Kamoldin neki o`tti, yana topar nuqson
Ki, ko`p yashab, kirar atfol chergasiga shuyux.

Durusht xo`y qilur elni chirk dunyoliq,
Nechukki, qilg`ay irik jam` bo`lsa uzvida sho`x

Chu sifla ganj topar, mujibi haloki erur
Ki, hayzadur mushuk ilgiga chun tushar maslux.

Navoiyo, tila faqru riyoe eldin qoch
Ki, odamilar erur o`zga, dog`i o`zga masux.

108

Qotilekim, anga ermas kishi aslo gustox,
To`ldi qonimki, bo`lubmen meni shaydo gustox.

Ey ko`ngul, o`zni yostlab mast tilarmen har kun,
Aylasam la`lidin o`pmakni tamanno gustox.

Bu mahol amredurur, chunki taxayyul birla
Qila olmon iki la`lini tamosho gustox.

Men siyahro`z kimu vasliki, hargiz kunduz
Bo`la olmasmen aning ko`yida paydo gustox.

Xatti davrig`a, ne tong, evrula gar olmas Xizr
Kim, bu jur`atda emas gunbadi xazro gustox.

Ul pari dahshati ishqidin eta olmon anga
Telbalik birla ham o`zni, meni rasvo gustox.

Xonaqoh ichra tutub savm, su ichmak bo`lmas,
Bo`l xarobotiyu chek sog`ari sahbo gustox.

Fayzi qudsiy tilasang ko`nglungga bo`lg`ay zohir,
Ahli botin qoshida so`z dema aslo gustox.

E`tidol ista, Navoiyki, fano dayri aro
Ulki yo`l topmadi, yo kohil erur, yo gustox.

109

Dilrabolar gar ko`ngul olmoqda durlar asru sho`ya,
Lek dildorim erur bu sho`xlardin ayru sho`x.

Sho`xlardin ba`zi olsa jonu ba`zi bersa jon,
Sen qilursen ikkisin, vah, sen kebi bo`lg`aymu sho`x

Sho`xluqtin har dam ul tifl aylar o`zga nav` noz,
Ko`ngli istar ne qilur xo`beki, bo`lsa tifl sho`x.

Gah kirar ko`zdin ko`ngulga, gah ko`nguldin jon aro,
Tutmasa orom, tong yo`q, nozanin, bo`ldi chu sho`x.

Sho`xlar ichra biri ko`nglum olibdur voykim,
Desalar, de qaysi sho`x olmish, dey olmonkim, bu sho`x.

Gar namozim sahv bo`lsa har dam, ey zohid, ne tong
Kim, erur mohimki, ang o`lturubtur o`tru sho`x.

Ey Navoiy, bir zamon ko`nglung emas osuda, kosh
Ko`nglung olg`an bo`lmag`ay erdi bu yanglig` asru sho`x

110

Garchi ul shirinlab ichgan may erur bisyor talx,
Lek men ichgan mayi hajri yuz oncha bor talx.

May necha talx ersa, hijron sharbaticha talx emas,
Zahri qotil, onglamon, bo`lg`aymu ul miqdor talx.

Achchig`-achchig` dam-badam sho`robam etmang aybkim,
Qildi ayshim hajr ila bir sho`xi shirinkor talx.

Hajri zahri ichkanimdinmu ekin, oyo bukim,
Nabiz soqit bo`lmishu og`zim erur bisyor talx.

Naylay o`lmaykim, hayotim sharbatin  men telbaga
Qildi hijron zahri birla ul pari ruxsor talx.

Ko`p chuchukluktin ochig`liq anfa` o`ldi ishq aro,
Sharbati attor erur shirin, mayi xammor talx.

Talx may birla meni mast ayla, ey soqiyki, bor
Hajr aro umrum, gar o`lsam lahzae hushyor, talx.

Dinim ahvolig`a ochig` yig`laramkim, mug`bacha
No`sh etar dayr ichra har dam jomi mug`kirdor talx,

Yor shirin la`lidin har lahza aylar no`shxand,
Ishqidin har dam Navoiy garchi yig`lar zor talx.

111

Meni havosida devona ayladi ul sho`x,
Jununu ishq ila afsona ayladi ul sho`x.

Parin kebi chiqibon hushu aql g`orat etib,
Nihon o`lub, meni devona ayladi ul sho`x.

Ushatti shishavu, jomu qadahni bazm ichra,
O`yun tariqini tiflona ayladi ul sho`x.

Quloq solingki, xarobot ichra g`avg`odur,
Magar azimati manxona ayladi ul sho`x.

Qadahg`a xirqam etib rahi, vahki, subhamni
Qimor aylagali dona ayladi ul sho`x.

Chu oldi o`ynag`ali naqdi hushu sabrimni,
Yana topilmadilar to ne ayladi ul sho`x.

Qilib Navoiyi ovorani jaloi vatan,
Balovu dardg`a hamxona ayladi ul sho`x.

112

Har nechakim sanga jafoda rusux,
Men jafokashgadur vafoda rusux.

Bandi zulfungni kimki qilsa havas,
Anga vojibdur ibtiloda rusux.

Yuzi mir`otin orzu qilg`an
Kerak etsa ayon safoda rusux.

Soqiyo, ber qadahki, hijrondin
Jong`adur dard ila anoda rusux.

Sidq aro piri dayr rosixdur,
Lek zohidg`adur riyoda rusux.

Qilma ishq ichra da`vo, ar qilsang,
Zohir etkil bu mojaroda rusux.

Ey Navoiy vusul agar tilasang,
Ishq aro fosh qil fanoda rusux.

113

Sochingki, yur chog`ida bordi har taraf bir shox,
Su ichra sunbuli tardur anga mukarrar shox.

Demanki sunbuli tarkim, suda erur aksi
Ki, suda sunbuli tar ko`rguzur muanbar shox.

Magarki sunbulunga chirmashur taxayyuli bor
Ki, zohir etti tarog` sandali sarosar shox.

Chamanda qilg`usi gulgasht go`yiyo ul sarv
Ki, ochti soya uchun har taraf sanavbar shox.

Yoshil yengingki sarig` dakladin ko`rundi, ne tong,
Xazon daraxti bo`lur ham birorta axzar shox.

Karam qil, el panahing ichra kirsakim, xushtur
Chamanda meva dog`i bersa soyagustar shox.

Navoiy, ongla yaqinkim, hayot rishtasidur,
Qo`lungg`a kirsa aning iqdi zulfidin har shox.

DOL HARFINING DILOROMLARINING
DAVRONI BADOE`DIN

114

Qani sening kebi mahbubi oqibat mahmud
Ki, zilli otifating bo`lsun el uza mamdud.

Jamol aro mutajalli yuzungda partavi zot,
Kamol aro mutalolo o`zungda nuru jud.

Vujudung ikki  jahon  xilqatidin o`ldi  murod,
Nachukki zoting o`lub ikki kavidin maqsud.

Ne jud erur, ne vujud elga zoting ollinda,
Sanga chu keldi musallam vujud birlan jud.

Nubuvvat avjida ko`p tole` o`ldi kavkabi sa`d,
Biri sen oydek emas erdi axtari mas`ud.

Chu sen mushohada shomi shuhud qozg`ondek,
Kishi ne bildiki, shohid kim erdi kim mashhud.

Navoiy, o`lsa gunah dudi birla noma siyoh,
G`ami yo`q, o`ttin erur chun shafoating mav`ud.

115

Xo`blar bazmida jam` o`lmoqqa bor ul oy mujid,
Husnin izhor aylamakka istar atrofida zid.

Gar jamol ahli jafo bobida bor ahli kamol,
Lek ijodi jafo qilmoqqa sensen mujtahid.

Erni shavqida sovug` ohu isig` ko`nglumdin ashk
Goh qon yanglig` ravon, gah la`l yanglig` munjamid.

Qahr yo lutf ulcha andin kelsa minnat jonima,
Menkim o`ldum bo`lg`ali munkir anga yo mu`taqid.

Ostoning takyagohimdurki, taxti joh erur,
Lek darboning madorosig`a ermon mustanid.

Dilbarim andoqki keldi husn mulki ichra fard,
Shukrkim, men dog`i ahli ishq aromen munfarid.

Ishqi komil gulshani ichra guli ra`no nedur,
Bilhaqiqat bo`lmasa ma`shuqu oshiq muttahid.

Do`stlug` kim qilsa, dushmanliq topardin dahr aro,
Bo`lmamish go`yo muhabbat ahli hargiz mun`aqid.

Istaram, ko`rgach  ani, afg`onlar  aylab o`lgamen,
Soqiyo, bir jom ila bo`lg`il Navoiyg`a mumid.

116

O`zin shakkar desa la`lingg`a monand,
Kilay tishlab ani parkand-parkand.

Labing o`pmakka haddim yo`q, bo`lubmen
Taxayyul birla o`pmaklikka xursand.

Meni chun ul parivash telbaratti,
Ne sud, ey nosih, emdi telbaga pand.

Magar tengriga odam xilqatidin
Murod erdi seningdek turfa farzand.

Labingning shakkari aylab tabassum,
Guli xandong`a ko`rguzdi shakarxand.

Jahon ra`nosig`a berma ko`ngulkim,
Anga oldurmamish ko`nglin xiradmand.

Navoiy naylabon sendin uzulgay,
Chu topting rishtai jonig`a payvand.

117

Ko`ngulning xonumonin berdi barbod
G`ami ishqingki, xonumoni obod.

Meni yod aylamakni chun unuttung,
Unutub, nettn gohe anlasang yod.

Firoqing kunjida tun-kun erurmen
G`amingdin shodu mendin ham g`aming shod.

Senga sayd o`lg`ali uryon bo`lubmen,
Qachon yuldi tiriklay qushni sanyod.

Ko`ngul jinsi bashardin asrab oxir,
Meni devona qildi bir parizod.

Sen ich maxsuslar vaslida maykim,
Meni hajr etti qon yutmoqqa mu`tod.

Vafolig` tuz bu gulshan ichra yo`qtur,
Agar nasrinu gul yo sarvu shamshod.

Ne shayxi xonaqah maydin qilur man`
Ki, qilmish dayr piri bizga irshod.

Navoiy, yor faryodingg`a yetmas,
Aning forig`lig`idin ayla faryod.

118

Yor vaslidin uzub erdim meni shaydo umid.
Shoh lutfi qo`ymadi shaydo ko`ngulni noumid.

O`rtar erdi hajr navmid erkanimda, voykim,
Shavq o`ti kul qilg`udekdur bo`lg`ali paydo umid.

Bir nazardin gar bo`lur jonim gahe osuda, bas,
Mundin ortuq vaslidin yo`qtur manga qat`o umid.

Hayrat aylarlar mening holim ko`rub ahli junun,
Aqldin, vah, qayda tutg`aymen meni rasvo umid.

Yo`q ajab, gar odamiylig`din chiqib devonamen,
Chun manga bor ul pari paykar, malaksiymo umid.

Hajr navmid erkanimda o`rtar ummidimda shavq,
Vahki, yo navmidlig` aylar halokim, yo umid.

Ham jafo, ham javr umidi borduru ham lutfu mehr,
Har jihatdin yo`qturur andin manga illo umid.

Hajr dardig`a davo bexudlug` ermish, soqiyo,
Bu balo ichra tutarmen sog`arn sahbo umid.

Ey Navoiy, g`arqi bahri vahdat o`lsam, ne ajab,
Menki ko`z daryosidin tuttum duri yakto umid.

119

Domi zulfu donai xolidin etsa yor sayd,
Yo`q xaloyiqkim, maloyik bo`lg`usi bisyor sayd.

Ul ko`zi sayyod agar jon qasdi aylar saydg`a,
Ollida o`lgay bo`lub jon birla minnatdor sayd.

Olloh-Olloh, ne balo ul husn erur mardum firib
Kim, ani ko`rgach bo`lur ham yoru ham ag`yor sayd.

Saydgahda qochmas andin saydkim, jon bergaln
Sekrebu o`ynab, nishotu zavq etar izhor sayd.

Saydi gulrang oldi xirman-xirman ul gul xirmani,
Lolazori dahraro kim ko`rdi bu miqdor sayd.

Xushtur o`lsam itlariga to``ma, ne imkoni bor,
Shoh fitrokiga yetmak bir zaifi zor sayd.

Har kishi nafs itligidin aylasa o`zni xalos,
Vahsh xaylin aylar ul dasht uzra Majnunvor sayd.

Jomi zarrin tutki, bo`lmas mehr ko`rguzmak bila,
Kimsaga zarrin g`izoli charxi kajraftor sayd.

Ey Navoiy, gar desang ming zulm birla o`lmayin,
Bevafolar makri birla bo`lmag`il zinhor sayd.

120

Buki har yondin ko`kartibdur yuzumni koji dard,
Jism uyi toqini oltun birla qildim lojuvard.

May yuzungda gullar ochti, qilma faryodimni man`,
Bulbul afg`oni ne tong, ochildi chun gulshanda vard.

Bul-ajablig`lardurur ishq ichrakim, zohir qilur,
Mehrdek o`tluq ko`nguldin day yelidek ohi sard.

G`am toshi xoki tanimdin har sari eltur g`ubor
Boshima tufrog` sovurmog`din emas tegramda gard,

Ul quyosh zulfi xamidin chiqsa ohim to`lg`anib,
Bir quyun bil anikim, davri erur gardun navard

Eyki, istarsen o`zungni fard ul oy ishqida,
Avval aning g`ayri yodidin o`zungni ayla fard.

Ey Navoiy, dardlig` nazmingni dard ahli bilur,
Dardsiz dog`i bo`lur, ani o`qug`och, axli dard.

121

Ey jamoling qoshida lol xirad,
Ishqing oshubig`a pomol xirad.

Andakim sen qilibon jilvai husn,
Hush o`lub zoyilu badhol xirad.

Ishq Masih ayladi, garchi bor edi
Ilm ashkolig`a hallol xirad.

Chiqmadi tuz yo`lidin ishq ahli,
Nechakim ayladi izlol xirad.

Ishqqa aql zalil o`lmasa, ko`r,
Ne qolur, chunki ketar dol xirad.

Ich mayi ishqu Navoiy, mast o`l,
Kelturur bo`lsa ko`p ashkol xirad.

122

Unla hijron toshlarin yog`durdi charxi tezgard
Kim sipehr  avjig`acha xoki tanimdin chiqti gard.

Yor ila ahbob mendin anruyu men barchadin,
Yo`q ajab, gar barchaning dardicha bo`lsa menda dard.

Hajr toshidin ko`kardi paykarim yoxud bu rang
Ayladi uryon tanimni, baski chektim ohi sard.

Kahkashoidin chekma saf anjum sipohin shomi hajr,
Men o`lubmen, ey falak, hojat emas qilmoq nabard.

Ashku ohimdii natija bo`ldi qonlig` toza dog`,
Go`yi ul suyu havodin ochilur bu nav` vard.

Ey ko`ngul, gar xud xazon fasli emas, hijron kuni,
Nega bog` ahlig`adur titratmavu ruxsori zard.

Xalqning qaydi Navoiyni parishoi ayladi,
Kimki jam`iyat tilar, qilmoq keraktur o`zni fard.

123

Qading deb sarvni jon bo`lsa xursand,
Ajab yolg`ondur, ammo rostmonand.

Shakar chun qildi shirinlikni da`vo,
Eshitkach lablaring qildi shakarxand

Ko`ngul jonimg`a yetmish erdi, yuz shukr
Ki, qildi itlaring parkand-parkand.

Iti bag`rim yegandin o`lsa, aylang,
Kesib bag`rin, kesuk bag`rimg`a payvand.

Bu nav` ar zulfi savdosi olur hush,
Erur sa`b, ey hakim, o`lmoq xiradmand.

Talab yo`linda avval foniy o`lg`il
Ki, yo`q bu yo`lda o`zlukdin og`ir band.

Navoiyg`a yana ko`p pand berma,
Kel, ey nosih, eshit sen dog`i bir pand.

124

Ishq o`zluk nafyi aylar, zuhd ila taqvo ne sud,
Chun vujudung manfi o`ldi, kibru istig`no ne sud.

Sudu sarmoyang nechun nobud qildi bir yo`li,
Sen pishurmak har zamon bir o`zgacha savdo ne sud.

Telbarab eldin chiqib, yo`linda jon berding valek
Rahm qilmas ul pari pankar malaksiymo, ne sud.

Oshiq o`ldung vaslidin sud istabon, oyo firoq
Qo`ymadi naqshi vujudungdin asar paydo, ne sud.

Ishq daryosig`a sud ummididin kirding valek
Bo`lmadi oxir nasibing ul durri yakto, ne sud.

Yor erur jon ichra, sen g`ofil vale istab ani,
Kecha-kunduz yel kebi bo`lmoq jahonpaymo ne sud.

Sud qildi ulki ichti vasl bazmi ichra may,
Bizga soqiy tutmadi bu sog`ari sahbo, ne sud.

Istasang faqr, o`rta olam sud ila sarmoyasin,
Ko`nglunga to evurulur dunyovu mofiho, ne sud.

To Navoiy ishq bozorida savdoiy erur.
Juz ziyon ne topti bir sarmoya ul rasvo, ne sud.

125

Garchi yor etmadi hargiz meni noshodni yod,
Lek aning yodi bila ko`nglum erur har dam shod.

Zulfidin surdi ko`ngullarni ko`zi arbadasi,
Domdin ko`rmadi el saydni surmak sayyod.

Qomating bandasidur sarv vale xidmat aro
Ko`rubon  rostlig`in  ani  qilibsen ozod.

Qatlima chiqti etak belga urub, tig` chekib,
Qon tegardin ayab erkin etagin ul jallod?

Chunki Shirin ko`zi behad qoradur, bas necha mil
Toshni surma nedin ayladi oyo Farhod.

O`zgalarga ichur, ey soqiyi davron, mayi vasl
Kim, manga zahri firoq ichmak o`lubtur mu`tod.

Muncha faryod Navoiydin emas hajr tuni
Kim, qilur har kecha faryodidin el ham faryod.

126

Ruxsori jonibida ul xoli anbarolud,
O`t go`shasida go`yo anbar tushub qilur dud.

Bahri g`am ichra ashkim ko`ngliga rahm soldi,
Daryo musofirimen gardundin aylagan sud.

Bazmi g`amida shahmen, sarig` yuzumda qon yosh,
Bu la`lrang boda, ul sog`ari zarandud.

Ko`nglum  gadolig` aylar, og`zingni garchi topmas,
Yo`q va`da birla ani qilsang ne bo`ldi xushnud.

Kelkim, yo`lungda tufroq, boshingg`a sadqa bo`lsun
Ham jismi dardparvar, ham joni ranj farsud.

Nobudu bud fikrin mahv et zamirdinkim,
Ne bud qolg`usidur oxir sanga, ne nobud.

Sarxush taronagustar bo`lmishsen, ey Navoiy,
Soqiy, sen emdi tut may, mutrib, sen emdi tuz ud.

127

To`sh-to`shumdin dushmanu yo`q do`stdin qat`o umid,
Kilma, yo rab, do`stdin dushmanni mendek noumid.

Ushbu muhlik varta ichra garchi eldin qolmamish
Hech umidim, qat` qilmon do`stdin ammo umid.

Ula girdobi balo ichra tushubturmenki, bor
Necha dersen biym, ammo yo`qturur paydo umid.

Jon fido qildim meni navmid qildi vaslidin,
La`lidin jon istar elga yo`qturur illo umid.

Soqiyo, muhlik g`amimg`a shodlig` imkoni yo`q,
Ne tutay sendin yana jomi nishot afzo umid.

Yor vaslidin vafo ko`z tutmasam, ayb etmakim,
Umru davlatdin vafo tutmaydurur dono umid.

Ne visolu ne umidi vasl, vah, o`lmay netay,
Ey Navoiy, koshki yo vasl bo`lsa yo umid.

128

Ham ayog`ida o`tuk, ham boshida dastori tund,
Oshiq o`lturmak uchun boshtin ayog`i bori tund.

Tundliq man`in ne nav` aylay angakim, o`zganing
Bir ishi bor ersa, bor aning bari atvori tund.

Dahrni raxshi agar zeru zabar istar, ne tong
Kim, erur ham o`ynamog`i tundu ham raftori tund.

Ul kishi har lahza bilgay o`lmakim kayfiyatin
Kim, bo`lur har dam anga bir kofiri xunxori tund.

Ey sabo, tund erdi badmastim kecha bo`ston aro,
Subhidam uyqug`a bormish esmagil ul sori tund.

Dayr pirin tund agar qilmish xumor, ey mug`bacha,
Jomini quyg`il to`lo,  anda mayi xammori tund.

Ey Navoiy, dahr komi yo`q esa, tund o`tmag`il,
Anda yuz kom arzimas bir dam bo`lurg`a bori tund.

ZOL HARFINING   ZAVIL   HAYOTLARINING
ZUFUNUNLUG`I BADOE`DIN

129

Junun daf`ig`a qildim yuzda qon yoshtin ayon ta`viz
Ki, yozg`onda kerak shingarf birla za`faron ta`viz.

Bo`lubtur toza qonlig` dog`u tirnog` xatlari birla
Tanim ul nav`kim, ko`rgan kishi qilg`ay gumon ta`viz.

Dema ta`vizkim, afsuni savdo erdi ko`nglumga
Ki, oshti shu`lai ishqu junun yozg`an zamon ta`viz.

Manga yozing duokim, ul parini ko`rgamen nogah,
Yozarlar chun pariy ko`zga ayon bo`lg`an zamon ta`viz.

Jununumdin pariro`yumg`a ham savdo asar qilsa,
Bitidiklar ko`zi ko`nglum qushidin to`ksa qon ta`viz.

Meni ishq aylamish devona, ey roqiy, ne sud etkay,
Necha qilsang bayon afsun, necha qilsang ayon ta`viz.

Navoiy ishq asrorin yozib, bo`ynig`a osibdur,
Tasavvur qilmag`aysen, ey rafiqi mehribon, ta`viz.

130

Labing hukmi erur qonimg`a nofiz,
Demay qonimg`akim, jonimg`a nofiz.

Nekim kofir ko`zung farmoni bo`lg`ay,
Erur ul dinu imonimg`a nofiz.

Erur, har zulmkim amr aylagungdur,
O`qungdek jismi uryonimg`a nofiz.

Ko`ngul mahkumi amringdurki, hukmung
Erur bu mulki vayronimg`a nofiz.

Shah o`lsam, bandamen ollida hosho
Ki, bo`lg`ay hukm jononimg`a nofiz.

Ko`ngul ittiki, zulmung bor edi ul
Aloxonu alomonimg`a nofiz.

Navoiyni labing qatl etsa, tong yo`q
Ki, aning hukmidur qonimg`a nofiz.

131

Ey, labing bodasig`a ruhu ravon ichra nufuz,
Qaysi ruhu ne ravon, javhari jon ichra nufuz.

Mayi ishq uyladurur tezki, ichkanga qilur
Juzvi-juzvi aro har qatrai qon ichra nufuz.

Qo`ydi o`lmakka ko`ngul jism ila jonim, go`yo
Zahri hajr ayladi paydovu nihon ichra nufuz.

Dahr bog`idin esar royihai ishq, magar
Ayladi ohim o`ti tab` zamon ichra nufuz.

Otashin nevchun erur la`lu mufarrih yoqut,
Bodai ishq agar qilmadi kon ichra nufuz.

Ichtilar ko`p mayu fosh aylamadi, qilg`andek
Meni ovorai benomu nishon ichra nufuz.

Gar Navoiyg`a erur ruhu ravon mast, ne tong
Ki, mayi ishq qilur ruhu ravon ichra nufuz.

RE HARFINING RA`NOLARINING
RUSTAHEZI BADOE`DIN

132

Sipehr osebidin solim qutulmog`liq ne imkondur
Ki, mehre dashtu tig`u kulgusi barqi duraxshondur.

Munungdek mehr ko`rgach, shod o`lub kulgan zihi g`ofil,
Bu yanglig` kulgu sari mehr solg`an asru nodondur.

Tengiz ko`nglida andoq mehrdin yuz shu`ladur paydo,
Qiyo bag`rida mundoq kulgudin ming dashna pinhondur.

Hijoridin qiyodur anga yuz ming tig` ila ojiz,
Hubobidin tengiz yuz ming ko`z ilan anga hayrondur.

Chekib qavsi quzahdin yo ko`ngullar qasdig`a, aning
Yog`in haddi xadangu qatra sular anda paykondur.

Bu yoy birla aningdek o`qni yog`durg`och, xaloyiqning
Hayoti qasrida har sari qilmoq raxna osondur.

Hayot ichra baqo chun mumkin ermas Nuh bo`lsinkim,
O`lar holatda tug`may o`lgan o`g`li birla yaksondur.

Baqo sarchashmasi zulmatda derlar, yo`qki, ul zulmat
Skandar ohi o`tidin yig`ilg`on dudi hirmondur.

Navoiy, o`rtabon o`zluk qadam bu yo`lg`a qo`y, ya`ni
Ki, har hamrohkim bo`lg`ay tajarrud moni`i yondur.

133

Menki hijron dashtig`a kirdim quyundek beqaror,
Ohu vovayloki, ham sargashtamen, ham xoksor.

Sanchilib uryon tanimg`a har taraf yuz ming tikan,
Har tikanni kuydurub ko`nglum o`tidin bir sharor.

Qaydadur Majnunki, bergay pandu chun fahm etmasam,
Yig`lag`ay holimg`a bag`ri og`rig`andin zor-zor.

Yo qani Farhodkim, g`am tog`ini tirnog` ila
Qozg`animdin, teshavu tog`idin o`lg`ay sharmisor.

Bilsam erdi bir zamonlig` hajr dardi shiddatin,
Yuz yil o`lsa vasl davri, qilmas erdim ixtiyor.

Do`stlar, mehru muhabbatning niholin ekmangiz
Kim, bo`lur ermish anga anduhi hijron bargu bor.

Ey sabo, kelmish Navoiy xasta jonidin batang,
Eltibon yor itlarining ollida qilg`il nisor.

134

Har kishikim, yer yuzinda bir seningdek mohi bor,
Tong emas, yer-ko`kni gar tutquncha ashku ohi bor.

Ne ajab, ko`nglum adam ko`yi sari azm aylasa,
Xossakim og`zing xayolidek aning hamrohi bor.

Poku ogah bo`lsa ko`nglum xalq javridnn, ne g`am,
Yorning chun tab`i poku xotiri ogohi bor.

Yorni ko`nglumda jon yanglig` nihon qilg`ay edim,
Aybi ko`nglumning budurkim, nolai jonkohi bor.

Ishq ko`yida qora tufroqcha yo`q jon qiymati,
Yo`l yarog`in dog`i topmas, ulki molu johi bor.

Men kebi hijronda jon bermaktin o`zga naylagay,
Dilbarimdek kimki bir begonavash dilxohi bor.

Ishq vodiysidin anrukim erur mo`r ajdaho,
Ko`rmaduk shahkim, gado ollinda shayallohi bor.

Ey musulmonlar, erur ko`nglumda bir kofir g`ami
Kim, erur boiski, taqvo jonibi ikrohi bor.

Ey Navoiy, hajr bedodu jafosidin ne g`am,
Har gadokim, xusravi G`oziydek aning shohi bor.

135

Bukim, ko`ngulning ul oysiz ne sa`b holati bor,
Ul  anglag`ayki,  birav  hajridin  malolati  bor.

Quyiga tushmish aning zulmi tig`idin boshim,
Hanuz tig`i yuzidin magar xijolati bor.

Quloq duriyu yuzi ikki axtar etti qiron
Ki, olam ichra base fitnag`a dalolati bor.

Sabo debon xabar ul guldin, elni tirguzdi,
Masihcha desa bo`lg`ay aning risolati bor.

Ko`ngulni zulm ila buzdung, bale bo`lur ma`mur
Shaheki, mulkida ehson bilan adolati bor.

Qadah quyoshi bila ravshan ayla xotirni,
Chu anglasangki, falak zulmidin zalolati bor.

Navoiy istamas el ishqin anglag`ay, bukim
O`z-o`zi birla junun ahlidek maqolati bor.

136

Bu tiyrai qotilki, oti hajr tunidur,
Ohim tutunidur dema, dog`im tutunidur.

Jism ichra yuzung hajrida ming dard xadangi,
Go`yo ko`ngul otashkadasining o`tunidur.

So`ngakdin emas rishtai jismimda bo`g`unlar
 Ul torda ranjim adadining tugunidur.

Ul sho`x simo` ichra uchurmoqqa ko`nguldin
Hushu xiradu sabrni ofat quyunidur.

Uyqu keturur su uni, lek uyquni olg`on
Elning  ko`zidin sayli sirishkimnnng unidur.

O`ynay-o`ynay to`ksa ul oy qonim, emas tong
Kim, barcha bular charxi muloib o`yunidur.

Yuz pora boshimni iti rad qildi, Navoiy
Bilmaski, so`ngaklarda borining butunidur.

137

Ul quyoshkim, ko`nglum ichra hajrining ozoridur,
Jonim olsa ham, ko`ngul jon birla minnatdoridur.

Naylab ul qotildin o`lg`aymen xalos, ey ishqkim,
Jonim afgori, tanim bemori, ko`nglum zoridur.

Hajr o`ti paykoni zaxmin men kebi bilmas kishi
Kim, ichim boshtin-ayoq ul nishning afgoridur.

Hajraro joning olay der, ko`r ne bo`lg`ay javrkim,
Bu manga ul sho`xdin mehru vafo izhoridur.

Qof agar yuzdur adadda, Qof tog`i mehnatim
Shiddati a`dodining yuzdin biri miqdoridur.

Telba ko`nglum istasa Farhodu Majnun sihhatin,
Oqil el rag`mi anga hushu xirad osoridur.

Kir xarobot ichra, ey zohid, tilar bo`lsang bihisht
Kim, mayi kavsar zuloli kulbai xammoridur.

Ne ajab gulshan erur davronki, dudi ohdin
Sunbuliyu ashk qoni saylidin gulzoridur.

Gar Navoiydek so`zung fahm etmadim, ey porso,
Afv qil, bir dam xayolim bodano`shum soridur.

138

Ishqdin, vahkim, manga har lahza hole yuzlanur
Kim, buzulg`on ko`ngluma andin malole yuzlanur.

Yorga o`zni taxayyul birla maxsus aylabon,
Ul xususiyat aro har dam xayole yuzlanur.

Chun xayol ilgida bo`ldi notavon ko`nglum asir,
Boshig`a har lahza savdoi muhole yuzlanur.

Vasl savdosidin o`tkarsam emas mumkin debon,
Xotiri ichra aning ham ehtimole yuzlanur.

Mahvashimni so`zga tortarmen taxayyul kunjida,
Har so`zumga kim javob aytur, savole yuzlanur.

Istamon aning xayolin dog`i qilg`aymen malul,
Bas qilurmen, garchi har dam qilu qole yuzlanur.

Vaslini aning xayoli birla qilmasmen badal,
Garchi har soat manga sohib jamole yuzlanur.

Chiq bu gulshandinki, past istar boshingni yer kebi,
Onda har damkim sanga sarkash nihole yuzlanur.

Ey Navoiy, yor zulfu qomatidin bo`lg`usi,
Gar parishon xotiringg`a e`tidole yuzlanur.

139

Za`fliq jismim qachon nozuk belingga chirmanur,
Zulfung ikki tori go`yo bir-biriga to`lg`anur.

Qomatingg`a sarv taqlid aylabon topti shikast,
Bu sazodur, gar giyah sarvi sihig`a o`tkanur.

Zulfunga hamsarliq etmak o`zda topmas, nechakim
Sunbuli mushkin quyundek o`z-o`ziga aylanur.

Voqif erkin ishq o`tining so`zidin husn ahlikim,
Sham` agar parvonani o`rtar, o`zi ham o`rtanur.

O`ynamoq birla solur davrong`a raxshi qo`zg`alon,
Har qachonkim bazmdin ul sho`x sarxush otlanur.

Bu chamanda tortibon bulbul tong otquncha fig`on,
Ishq darsin go`yiyo gul daftaridin o`rganur.

Dema sarg`ardi Navoiyning yuzi ishq ichrakim,
Buyla oltunni qilurg`a poymoling qozg`anur.

140

Yordin hijron chekar ushshoqi zor, ey do`stlar,
Necha tortay hajr, chun yo`q menda yor, ey do`stlar.

Yor ishqin asrag`il pinhon, debon sa`y etmangiz,
Vah, ne nav` etgum yo`q nshni oshkor, ey do`stlar,

Ishq birla gar birov lofi vafovu ahd urar,
Ishvagarlar ahdig`a yo`q e`tibor, ey do`stlar.

Aylamang bekasligimni ta`n, bir  kun  bor  edi
Menda ham bir nozanin chobuksuvor, ey do`stlar.

Yorsiz vayronda qon yig`larmen oxir, siz qiling
Yor birla gashti bog`u lolazor, ey do`stlar.

Yorsiz ifrot ila gar yig`lasam, ayb etmangiz
Kim, erur bu ish manga beixtiyor, ey do`stlar.

Do`stluq aylab tutung gah-gah labolab jomkim,
Qasdi jon qilmish manga dardi xumor, ey do`stlar.

May ichingkim, dahr eli ichra ko`p istab topmaduq
Ahdu paymonida bo`lg`on ustuvor, ey do`stlar.

Yoringiz vaslin g`animat anglabon shukr aylangiz
Kim, Navoiy o`ldi bekaslikda zor, ey do`stlar.

141

Vasldin, vahkim, damo-dam elga jomino`sh bahr,
Bizga sog`ar-sog`ar aning furqati bazmida zahr.

Ul ko`zu qoshdin agar qo`zg`olsa olam, tong emas
Kim, biridur ofati davron, biri oshubi dahr.

Vah, netib sabru shikebim mulki vayron bo`lmasun,
Ikki  ko`zdin Dajlayu  Jayhundek  oqib   ikki nahr.

Xoslarg`a lutfung o`ldi om, yuz afg`onki, men
Omdinmenkim, mening jonimg`a qilding xos qahr.

Otlanib chiqti magar ul mast zolimkim, yana
Tushti olam kishvarig`a fitnavu qo`zg`oldi shahr.

Mehrdin yuz  qilsakim, gardun arusi Zoldur,
Rustam ani aqd qilsa, naqdi jon bergusi mahr.

Ey Navoiy, yor yodinda malak mahram emas,
Faqr odobi aro tajviz qilma zikri jahr.

142

Vahki, zolim ishq jonimg`a yana bedod etar,
Qatl umidi birla g`amgin xotirimni shod etar.

Zuhdu taqvo buzdi obod aylamak birla meni,
Shukrkim, ishqu junun buzmoq bila obod etar.

Bazmi ayshi ichra g`avg`o uyladurkim, tashqari
Kim, quloq solur agar, devonae faryod etar.

Necha tartib aylasam sabru saloh avroqini,
Sarsari ishqu junun yetkach, borin barbod etar.

Ishq ko`yida ko`ngul holi parishonroq bo`lur,
Ofiyat mulkidagi jam`iyatin chun yod etar.

Ul quyosh hijronida bu zarrai sargashtag`a
Ishq zulmi bas emaskim, charh ham imdod etar.

Ishq aro yolg`uz mening holim ko`rub har dam sipehr,
Vomiqu Farhodu Majnun holin istishhod etar.

Vah, netib, ey xonaqah shayxi, tutay zuhdu riyo,
Dayr piri chun manga faqru fano irshod etar.

Ey Navoiy, ani bil ozoda olam ahlidin
Kim, o`zin olam eli g`avg`osidin ozod etar.

143

Labki xandon qilibon qoshu ko`zin o`ynatadur,
O`ynay-o`ynay meni bechorani qon yig`latadur.

Ko`rgach ul oyni, yaqindurki fig`onlar qilg`ay,
Lek bexudlug` ila ko`nglum o`zin to`xtatadur.

Tortmoq mumkin emas o`qini ko`nglumdinkim,
Yana o`q har nafas aning yonig`a o`rnatadur.

Baxtim uyg`onmas agarchi faza`im dard ahlin
O`lum uyqusig`a borg`onlar esa uyg`otadur.

Ko`zum ashkin bu jihatdin desa bo`lg`ay xunob
Kim, bu su oqsa, bag`ir ham anga qonin qotadur.

Sabru orom sipohin nechakim yig`sam, ishq
Gah ani sindiradur, goh muni butratadur.

G`arazi buki, habibimg`a qul o`lg`ay Yusuf,
Husn bozorida har nechaki o`zin sotadur.

O`xshamaydur mening ollimda, agarchi dehqon
Sarvi gulro`yuma sarvu gulini o`xshatadur.

Ishq ani kelturadur xasta Navoiy tarafi,
Novaki g`amzani ul sho`x qayonkim otadur.

144

Chiqib ishq o`ti ko`ksum chokidin, boshimdin oshibdur,
Bu eskirgan yog`ochqa o`z ichidin o`t tutoshibdur.

Junun ahlig`a ul oy tori zulfi orzusidin
Base, sarrishtai savdoki bir-birga uloshibdur.

Qamar yuzinda mushtu kochdin ko`rdum asar har yon,
Hamono ul quyosh badmast bo`lg`onda taloshibdur.

Qo`ngul chokiga g`am tuxmin xating fikri to`la qilmish,
Zaxira, ko`rki, xayli mo`r maskan ichra toshibdur.

Sabo mashshotasi, lutf aylabon gulgun to`nin kiydur
Ki, ra`no sarvig`a gulbargdin xil`at yaroshibdur.

Falakning pardai zaylin bukim qildi shafaq gulrang,
Magarkim yer yuzidin ko`z yoshim xunobi toshibdur.

Meni Majnun tanin tirnog`larning zaxmidin ko`rgan
Degay Layli iti har yon qo`tur jismini qoshibdur.

Ko`ngulkim, asru tavsan erdi zuhd oyinida, ko`rgil
Ki, ishqing roizidin ne zabunlardek yuvoshibdur.

Navoiy turklarning tarki tutsa, ayb qilmangkim,
Anga bir turkmon mahvash g`ami mahkam do`loshibdur.

145

Kimki olam bog`ida bir sarvi gulruxsori bor,
Bog` sayridin farog`i, sarvu guldin ori bor.

Gul bila mayni netar devonaekim, ko`nglida
Bir parivash la`lidin may, husnidin gulzori bor.

Gul nasimu atridin mumkin emas topmoq iloj,
Kimki bir gulchehra xori hajridin ozori bor.

Jon yetib og`zimg`a o`lgum, bir nafas tengri uchun,
Ey Masihim, kel beri, ey muddai, sen nori bor.

Ko`zlariga xori mehnatdur gul, ulkim gul chog`i
Guljabinlar ko`zlari yanglig` iki bemori bor.

Dema bulbul zulmig`a gul bog`lamish bel, go`yiyo
Charx zulmidin aning ham bog`lag`an zunnori bor.

Qoldi xurramliq falakdin tashqari, ko`r, ey rafiq
Kim, qazo naqqoshining ne gardishi pargori bor.

Faqr yo`linda og`irroq yuk erur vobastaliq,
Ey ko`ngul, tarki taalluq aylabon ul sori bor.

Ey Navoiy, o`zni maqbul istasang, tufroq bo`l
Kim, erur mardud, ulkim boshida pindori bor.

146

Turrangki, tobi yuzda o`tumg`a vasiladur,
Ul sham` shu`lasi aro mushkin fatiladur.

Olsa ko`zung hiyal bila ko`nglumni, ayb emas,
Bor ul fusungareki, ishi makru hiyladur.

Ashhablaringki, rishtag`a  tortildi dahr  aro,
Solmoqqa rustaxez ajoyib taviladur.

Layli qabilasi o`ti qaydin ko`runsa shom,
Majnunni kuydurur, bu ne o`tluq qabiladur.

Kirsang fano tariqig`a, devonavor kir,
Ul vajhdinki, aql bu yo`lda aqiladur.

Eykim, jahon salitasini aylading nikoh,
Bilgilki, xasmkushdur, agarchi jamiladur.

La`lingg`a jonin etsa Navoiy fido, ne tong
Andin olurg`a kom bu ishlar vasiladur.

147

Binafsha atri bila el tarabni yod etadur,
Qadah keturki, egib qadni xayrbod etadur.

Chaman sahifasida sabza demakim, gardun
Tarab so`zini yashil xat bila savod etadur.

Kishiki g`uncha aro jola ko`rsa ishratdin,
Habib og`zida kulmakni e`tiqod etadur.

Sabuh may chekib oltun piyolada, nargis
Ko`zining uyqusig`a mujibi kushod etadur.

Xush ulki, lola kebi la`lu jom aro manni
Ziyoda quymoq ila ishratin ziyod etadur.

Zamona boisi g`amdur, zamone ahli xirad
Qadah kuchi bila g`amgin ko`ngulni shod etadur,

Piyola davrini xush tutki, juz nadomat emas
Anga natijaki, davrong`a e`timod etadur.

Ne kelsa ollinga, tut sahlkim, jafo ko`rar ul,
Biravki dahr inodin ko`rub inod etadur.

Aning murodi murodimdurur, agarchi murod
Anga budurki, Navoiyni nomurod etadur.

148

G`amzang ul sayyodkim, gulshan aro oromi bor,
Xol birla zulfdin ham donasi, ham domi bor.

Xattining navrasta jannat sabzasidek holati,
Qaddining navras niholi umrdek andomi bor.

Sarv uza gul butmadi hargiz, qani ul sho`xkim,
Sarvi ra`nodek qad uzra orazi gulfomi bor.

Pora-pora bag`rim uzra tinmasa, tong yo`q, ko`ngul,
Shu`laning axgar uza bir dam qachon oromi bor.

Vasl subhin to abad ko`z tutmasun ushshoq aro,
Kimki hijronim tunidek bir qorong`u shomi bor.

Shukrlar qildik, manga boqib birovkim yoridin
Kunda bir qatla nazar solg`uncha chog`liq komi bor.

Qatl qilsa, yo`q ajab, din ahlini kofir ko`zung,
Muncha islom olibon eldin qachon islomi bor.

Subh icharga boda rangi uylakim toji xurus,
G`aflat ahlig`a xurus afg`onidin payg`omi bor.

Itlaring sing`on safolidin Navoiy ichsa durd,
O`ldurur Jamshidu ilginda jahonbin jomi bor.

149

Ulki solg`ay shu`la a`zosig`a o`tlug` ohlar,
Qayda bilgay kuymakin zarbaft kiygan shohlar.

Bag`ridin qon tomg`uchi ushshoq zaxmin bilmagay,
Tig`idin qon tomg`uchi berahm oliy johlar.

Shiddatin Farhod qilg`ay fahm, yo`q Parvezkim,
Dardni xokilar anglar, yo`q falak dargohlar.

Jonu ko`nglum kirdilar g`am dashtig`a gum bo`lg`ali,
Men ham ettim azm, chun azm ettilar hamrohlar.

Bo`lsalar ogahki, bir g`amginni hijron o`lturur,
Fikr etar holig`a hijron dardidin ogohlar.

Vah, ne bilgay hajr zanjirida dilxohim nedur,
Halqa urg`on bazm ayshi davrida dilxohlar.

Ey Navoiy, shohlarg`a chun gadolar fikri yo`q,
Eltkil ham tengri dargohiga shayallohlar.

150

Xatti to bosh chekti, ko`nglin may bila xushhol etar,
Husni xat istab, yuz avroqin hamono ol etar.

Lekin el o`tni ayog` birla o`churgondek bosib,
Xattinnng xayli yuzining shu`lasin pomol etar.

Xat chiqardi ul pariy yuziga yo`qkim egniga,
Vah, ne pardur buki, andin elni forig`bol etar.

Xat emaskim, qildi husni kishvarin zeru zabar
Kim, bu yanglig` yuzni mashq avroqidin timsol etar.

Husni xattin sabzi po`sh o`lmoqqa norozi edim,
Ko`r: ne hol o`lg`ayki, ul kisvatni emdi shol etar.

Husni zohirdin ne hosil, ey xush ulkim, har nafas
Shohidi ma`ni yuzidin o`zni farruxfol etar.

To savodi xattini ko`rmish Navoiy, za`fdin
Jismini kilk anda mehnat o`qlaridin nol etar.

151

Shomi hijronim aro jismi chu nolim chirmashur,
Zulfi savdosida andoqkim xayolim chirmashur.

Ishq darsi ichra sursam nukta savdo ahlidin,
Turrasi tobig`a chun yesam, savolim chirmashur.

Chirmashay deb zulfig`a yuz pech urarmen har kecha,
Chun dimog` ichra bu savdoi muholim chirmashur.

Men quyun misli emon sargashta savdo dashtida,
Balki taqlidimni aylay deb misolim chirmashur.

Zulfiyu qaddini ko`r, ey bog`bon, ko`p demakim,
Ishqi pechonim bila ra`no niholim chirmashur.

Mushkul ar qolg`ay asar mehru muhabbat ahlidin,
Buylakim, ul xaylg`a bu charxi zolim chirmashur.

Ey Navoiy, ko`nglum istar zulfi torin, zulfidek
Har dam ul savdoiyi oshufta holim chirmashur.

152

O`lmasam bu kecha, ranju dardi g`avg`osi nedur!
Itlaringning ham boshim uzra alolosi nedur!

Hajr shomi tiyralik birla meni devonani
Chun halok etti, yana boshinda savdosi nedur!

G`am tuni jonim uqubatlar bila gar olmasa,
O`rnidin tebranmay anjumning tamoshosi nedur!

Jism uyi vayron bo`lub, sabru qaroru aqlu hush
Qolmadi bir, emdi ahli ishq yag`mosi nedur!

Telba ko`nglim ittingu jonimni barbod aylading,
Yona kelding, ey malomat, dashti rasvosi nedur!

Xilqatimni ishq nobud ettiyu chekmas ilik,
Emdi bilmonkim, aning oyo tamannosi nedur!

Savtu harf ichra chu sig`mas ishq sirri, ey faqih,
Qilu qol ahlining oyo lovu illosi nedur!

Chun azalda har ne qismat bo`ldi, ko`rmay chora yo`q,
Xalq o`z komin o`zidekdin tavallosi nedur!

Ey Navoiy, ishq aro chun yo`qtur imkoni visol,
Telba ko`nglum xotirida muncha vasvosi nedur!

153

Har qachonkim xotirimg`a ul ko`zu qosh evrulur,
Ham qoshimg`a chin tushar, ham ko`zuma yosh evrulur.

Ul oy otqon toshni ko`ksumga soldim, chokidin
Surtsam har yon ilik, ko`ksumga ul tosh evrulur.

Men nihonmen, za`f birla vahmdin o`lturdi rashk,
Gulshani ko`yidakim bodi sabo fosh evrulur.

Ey junun arbobi, sargardonlig`im afsonasin
Go`sh qilmangkim, eshitkandin ani bosh evrulur.

Bas ulug` toatdur ul but suvratin qilmoq nazar,
Chun aning naqshin ko`rub, xotirg`a naqqosh evrulur.

Kelki, bu dayri ko`han vaz`ig`a hayrondur base
Kim, tun anda siymgun yuz naqsh xuffosh evrulur.

Naqdi jon birla Navoiy azm etar mayxonag`a,
Har qachonkim ko`ngliga ul sho`xi qallosh evrulur.

154

Shikanji turrasidinkim girih yozilmaydur,
Binafshaedurur, ammo hanuz ochilmaydur.

Ko`zung jafo aro andoqdururki, bilmas o`zin,
G`arib usruk erurkim, o`zini bilmaydur.

Chu hur husnin etar vasf hozini jannat,
Sening jamolinga go`yo nazzora qilmaydur.

Damim bahori bulutida dard kojidin
Ko`zumga hech nafas yo`qki, o`t choqilmaydur.

Erur mulk aro ishqim so`zi, tutung ma`zur
Ki, bu fasona hanuz el aro yoyilmaydur.

Takabbur aylama, dehqon, dekim, bu gulshanda
Qachon gule ochilibturkim, ul sochilmaydur.

O`lar Navoiyi bedilki, xalqning ko`ngli
Topildi, lek aning ovorasi topilmaydur.

155

Bu kecha sham`u subh yoqo chok qildilar,
Go`yoki o`lmakimni firoqingda bildilar.

Ishqim zuhuri Vomiqu Majnung`a urdi xat,
Gar ishq daftarida burunroq bitildilar.

Ko`yida ittilar yana jonu ko`ngul qochib,
Har qatlakim ko`p istab alarni topildilar.

Ushshoqi hajr chohidin o`lg`on zamon xalos,
Ko`yida mo`r xayli masallik yoyildilar.

Tavhid nuktasida xamush o`ldi piri dayr,
Jam`iki sharh qildilar ani, yongildilar.

Shahdur gadoyi maykada, yo`q-yo`q, g`alat dedim,
Shahni gadolar anda qachon ko`zga ildilar.

Tuz qo`y, Navoiyo, oyog`ing ishq ko`yida
Kim, anda ashk suyidin el ko`p toyildilar.

156

O`n sakiz ming olam oshubi agar boshindadur,
Ne ajab, chun sarvinozim o`n sakiz yoshindadur.

Desa bo`lg`aykim, yana ham o`n sakiz yil husni bor,
O`n sakiz yoshinda muncha fitnakim boshindadur.

O`n sakiz yil dema, yuz sakson yil o`lsa, uldurur
Husn shohi, ul balolarkim ko`zu qoshindadur.

Hayrat etmon husni naqshidaki, har hayratki bor,
Barchasi ezid taolo sun` naqqoshindadur.

Tan anga siymu ichinda tosh muzmar ko`nglidin,
Aqlg`a yuz hayrat ul oyning ichu toshindadur.

May ketur, ey mug`ki, yuz hayrat aro qolmish
Masih, Bul-ajablarkim, bu eski dayr xuffoshindadur.

To Navoiy to`kti ul oy furqatidin bahri ashk,
Har qachon boqsang, quyosh aksi aning yoshindadur.

157

Necha tortay vasl uchun men zori mahzun intizor,
Vahki, ko`zdin to`kti selobi jigargun intizor.

Demakim, ul oyg`a ko`p mushtoqsen yo muntazir,
Ishtiyoqim benihoyat, andin afzun intizor.

El mushavvashdur seni ko`zlarda andoqkim vuhush,
Dasht aro tortar zamon Laylig`a Majnun intizor.

Yo quyoshimni yetur boshimg`a, yoxud jonim ol,
Ko`p manga yetkurma, ey bemehr gardun, intizor.

Ey sahobi hajr, qilma subhi umrum tiyrakim,
Ul quyoshtin ayru tortibmen uzun tun intizor.

Boshima bir qatla yet, gar xud erur o`lturgali,
O`ldi tortardin chu bu zori jigarxun intizor.

Ishq shahri muntazirdurlar Navoiy qatlig`a,
Ul ikiga tortqondek tog`u homun intizor.

158

Do`stlar, men telba ahvolig`a yig`lang zor-zor,
Kim soladur gah-gah o`t ko`nglumga tushkan xor-xor.

Istamas bo`lsa sabo bir-bir ko`ngul jam` aylamak,
Nega zulfungni parishonlig`din aylar tor-tor.

Sen quyosh birla munosibsen o`yunda, xo`blar
Ikki-ikki chunki kirgaylar, otoshib yor-yor.

Qo`rqaramkim, bo`lmag`ay ozurda nozuk qomating,
Egninga xush-xushki solmish chug`di anbarbor bor.

Halqa-halqa bo`ynuma solmish tanobi zulfini,
Jurmi ishqimg`a magar hukm ayladi dildor dor.

Ishq erur andoq murabbiykim, qilur yetkach asar,
Bulbul o`lg`ay, ochsa yuz bir sarvi gulruxsor-sor.

Ey Navoiy, bo`ldi ul but kofiri otashparast,
Ne ajab, vah-vah, gar ursa joninga zunnor nor.

159

Ul ne ra`no qomatu ruxsori farruxfoldur
Kim, havas idrokidin lolu xirad bexoldur.

Jon o`lardin, dog`i g`amzang o`ltururdin to`ymadi,
Olloh-Olloh, ul ne maqtulu bu ne qattoldur.

Aql pirikim malak xaylig`a erdi muqtado,
Ul pari ishqi aro bozichai atfoldur.

Huru to`bi kelmasa ollingg`a, ermas aybkim,
Ne bu ham qaddingdurur, ne ul sanga timsoldur.

Chun nishiman qildi husnung bog`ida ko`nglum qushi,
O`zga gulshang`a qilurdin mayl forng`boldur.

Vahki, chiqti shahsuvorim sekretib maydong`a mast,
To ne dinlar naqdi raxshi ollida pomoldur.

Bas manga muncha sharafkim, bergamen nisbat anga
Holima andin agar idbor, agar iqboldur.

Kir xarobot ichra, ey hamdamki, davron ahlidin
Ranji gunogun davosi jomi molomoldur.

Deding, o`lturgum Navoiyniyu aylarsan hiyal,
Ul xud o`ldi intizor ichra, bu ne ihmoldur.

160

Yana bu oqshom buzug` ko`nglum, base, badholdur,
Tan buzug` zindonida jon ham xarob ahvoldur.

Ro`zgorim tiyralikdin yuzu xoling hajrida,
Ro`zgori xirakash ruxsori uzra xoldur.

Axtari idborim aning barcha nahsiyat bila
Toli`imning avji uzra kavkabi iqboldur.

Piri aqlimkim, manga man`i junun aylar edi,
Bir parivash ko`yida bozichai atfoldur.

Notavon jismim junun dashtidakim bo`lmish xayol,
Dema Majnun jismidinkim, ruhidin timsoldur.

Jannati ko`yungda tan soyirdurur, ko`nglum itib,
Shukr, ul uchmog`da jismim emdi forig`boldur.

Ko`nglum oldi ishqu itti aqlu sabru din, bu dam
Ul buzug` mulk ichra zolim shahg`a istiqloldur.

Bevafolar o`t, vafo ahli erur tufrog`kim.
Charxdin ul sarkash o`ldi, bu dog`i pomoldur.

Ey Navoiy, yor hajri dardida o`lmakdur ish,
Chun tirilgung yo`qtur, istarga bu ne ihmoldur.

161

Tushumga kirdi jannat ichra huru to`biyu kavsar,
Magar ko`yida topqum orazu, qaddu labidin bar.

Men ettim ishqi tarkin ham ul etti vaslidin va`da,
Ne andindur manga bovar, ne mendindur anga bovar.

Yuzi ko`zguga, xatti yuzga ziynat berdi kim ko`rmish
Qamarg`a subhdin ravnaq, quyoshqa shomdin zevar.

Yuzinda xaymudur yo manglayidin qatra, vah, ko`rgil
Ki, guldinmu oqar shabnam, quyoshdinmu tomar axtar?!

Labida nutqu nutqida latofat ko`rki, ne yanglig`
Sudur yoqut aro mudg`am, hayot ul su aro muzmar.

Yuzinda partavu ul partav ichra la`lini ko`rkim,
O`t uzra shu`la ko`rguzdi va lekin shu`lada axgar.

Xumori hajru dardi ishqdin muztarmen, ey soqiy,
Karam aylab, o`tumg`a su quy, ammo jonima ozar.

Zamondin ahli yo ahli zamondin istagan ehson,
Yonar o`tdin tilarkim su chiqarg`ay, xordin gavhar.

Tilar Laylini Majnun, dilbarin miskin Navoiy, vah,
Kerak bulbulg`a gul, devonag`a yori pariy paykar.

162

Vahki, men bedilg`a ne ul nomusulmondin xabar,
Ul musulmonkim xabarg`a bordi, ne andin xabar.

Qosidu jononadin yo`qkim xabarsizmen bukun
Kim, ne qosiddin, ne jonon, balki ne jondin xabar.

Yo`q manga andin xabar, doim so`rub ahvolini,
Qayda bir so`rmay anga men zori hayrondin xabar.

Masti noz ul, notavonmenkim keturgay, eltkay
Yo anga mendin xabar, yoxud manga andin xabar.

Vah, ne kun bo`lg`ayki, ul g`oyib safardin keldi deb,
Istabon mendin sevinchi, yetsa har yondin xabar.

Hajr agarchi jondin itti bexabar, koshi o`lg`amen
Bexudekim, bo`lmag`ay jonimg`a hijrondin xabar.

Davr ayog`in, soqiyo, andoq to`la tutkim manga,
Qolmag`ay ne ahli davrondin, ne davrondin xabar.

Ey xush ulkim, keldi andoq mastur bordi mastkim,
Topmadi mutloq ne kelgandin, ne borg`ondin xabar.

Ey Navoiy, kim so`rar bo`lsa meni ovorani,
Dasht uza so`rg`ay magar g`uli biyobondin xabar.

163

Ey falak, hijron g`amidin xotirim noshod erur,
G`ayri vasl ar saltanat bersang, manga bedod erur.

Bas necha mujrimg`a bir jallodi g`amzang xaylidin,
Bir yozug`luq zor ko`nglumga necha jallod erur.

Noz ila gulshang`a chun kirding niholi qaddinga
Banda bo`lg`on sarvinozu savsani ozod erur.

Dam-badam yetmaydur ersa ishq zulmi ko`ngluma,
Har dam ul mazlumi mehnatkashka ne faryod erur.

Necha yig`sam sabr avroqiyu toat xirmanin,
Sarsari ishqing yetishkach, sarbasar barbod erur.

No`sh etib jomi fano, qo`ysam riyo, ayb etmakim,
Dayr piridin manga, ey shayx, bu irshod erur.

Dard mulki, g`am sipohi g`ussa naqdin arz etib,
Ey Navoiy, ishq eliga arz isti`dod erur.

164

Ohim g`amingda gunbadi axzarni kuydurur,
Har uchquni falakda bir axtarni kuydurur.

Otashkada o`tida samandar topar hayot,
Ko`nglum o`ti valek samandarni kuydurur.

To qomatingg`a ne uchun o`xshatti bog`bon,
Ohim samumi sarvu sanovbarni kuydurur.

Bir o`tdurur tanimdakim, aning harorati
Ko`nglakni kul qilur, dog`i bistarni kuydurur.

Derlarki, og`iz o`t desa kuymas, vale bu oh
Chun sabt bo`lsa, xomayu daftarni kuydurur.

La`ling xayoli ko`ngluma o`t soldi, vah, ko`rung,
Ne tez erur bu bodaki, sog`arni kuydurur.

Soqiy, g`am ichra o`ldi Navoiy piyola tut
Kim, g`ussalardin ushbu o`t aksarni kuydurur.

165

Ko`nglum o`tin zohir etsam, barcha olam o`rtanur,
Shu`lasin gar tortsam, to`qquz falak ham o`rtanur.

Momug` uzra yoyibon kofur qo`ymang dog`ima
Kim, momug` dog`i tutoshur ham bu marham o`rtanur.

Gar g`aming so`zokidin kuyar ko`ngul, ermas ajab,
Har ko`ngul ichraki tushti shu`lai g`am, o`rtanur.

Ayb emas, har lahza ohim shu`la cheksakim, ko`ngul
Bir yuzi o`tluq firoqi ichra har dam o`rtanur.

Ishqing o`ti uchqunidin jismim andoq kuydikim,
Barq xoshok uzra tushsa, bu sifat kam o`rtanur.

Qaynabon ko`z chashmasidin ashk, jismim o`rtadi,
Etsa jo`shon su qayu uzv uzra, mahkam o`rnatur.

Ey Navoiy, ko`nglum o`ti uzra su quy bodadin
Kim, ko`ngul ul o`tqa yetmas bo`lsa bu nam, o`rtanur.

166

Zulfung ochilib, orazi diljo` bila o`ynar,
Hindu bachae sho`xdurur, su bila o`ynar.

Ul sho`x ko`ngul lavhin etib tiyra nafasdin,
Bir tifldur alqissaki, ko`zgu bila o`ynar.

O`ynay-o`ynay bog`ladi uyqumni fusundin,
To g`amzasi ul nargisi jodu bila o`ynar.

Tong yo`qki, ko`zung bo`lsa ko`ngul birla muloib,
Majnung`a ajab yo`q, agar ohu bila o`ynar.

Bir lo`liyi bozigar erur chambar ichinda,
Xolingki, o`shul halqai gesu bila o`ynar.

Zohid bila nafs etsa tamasxur, ne ajabkim,
It sayd qilur vaqtda tulku bila o`ynar.

Mug` dayrida mast o`lsa Navoiyni ko`rungkim,
Bir olma kebi gunbadi minu bila o`ynar.

167

Tilab yuzungni ko`ngul hajrdin farog` istar,
Qorong`u tunda nachukkim kishi charog` istar.

Bihisht borida do`zax sori qilur ohang,
Habib ko`yi turub, ulki gashti bog` istar.

Saloh ko`nglakini yirtib, oh o`tin yorutub,
Ko`ngul firoqim aro ko`ksum uzra dog` istar.

Sochingni islabon oshuftamen, zihi savdo,
Birovki mushkdin osoyishi dimog` istar.

Hayot bodasidin nash`a dog`i hayf anga
Ki, lablaring mayi davrida o`zni sog` istar.

Bu naqd jannat arodur, birovki dayr ichida
May ichsa, mug`bachalar ilgidin ayog` istar.

Qo`yung Navoiyi bedilni, qilsa ko`yiga azm
Ki, ko`ngli itmish aning aylamak so`rog` istar.

Ne tong, agar o`qi vayron ko`ngulga rog`ibdur:
Qurug` nihol buzug` bog` aro munosibdur.

Sirishk qatralari tiyra kulbam ichra, magar
Balo sipehri aro nahsvash kavokibdur.

Qoshingdag`i girih ul yuzni ko`rgali qo`ymas,
Jamol mulkida sulton ulu bu hojibdur.

Ko`ngul uyi chu sanamlardin o`ldi butxona,
Magarki, ishq bu butxona ichra rohibdur.

Talabda shevanu g`avg`o erur mening aybim,
Yo`q ersa barcha ulus xo`blarg`a tolibdur.

Ne ixtiyor ulus bozi yerga mundoqkim,
Nujum lu`bati birla falak muloibdur.

Navoiy ittiyu ko`yida kimsa demadikim,
Bu ko`y itlari ichra birisi g`oyibdur.

169

Forig`u ozoda bylmas mubtalolardin xabar,
Shoh ko`nglida qachon bo`lg`ay gadolardin xabar.

Hajr vodiysinda kim topqay meni ovorani,
Dam-badam so`rg`ay magar dardu balolardin xabar.

Ul vafosiz oldi ko`nglumniyu yuz ko`rguzmadi,
Istasam ani, so`rarmen bevafolardin xabar.

G`unchadek qonlig` ko`ngul gum bo`ldi ul gul ko`yida,
Ey sabo, tut goh-gohe ul arolardin xabar.

Chun xabar yo`qtur qorarg`an ro`zgorimdin manga,
Qayda topqaymen ko`zu qoshi qoralardin xabar.

Ulki mastu bexabar der, ishqi jomidin meni,
Go`yiyokim, anglamaydur porsolardin xabar.

Tut Navoiy holidin gohe xabarkim, ayb emas,
Gar navozish ahli tutsa benavolardin xabar.

170

Shomi hijron subhidek bag`rimni chok etti sipehr,
Subhg`a yetkuncha jonimni halok etti sipehr.

Subhdek bir chok yo`q, ko`nglumni balkim g`unchadek
Ishqi muhlik tig`i birla chok-chok etti sipehr.

G`am tuni har kavkabinkim jilvagar qildi, meni
Mahvashim hijronidin anduhnok etti sipehr.

Garchi kuydurdi meni, xushturki, ko`nglum ko`zgusin
G`ayr naqshidin hamul kul birla pok etti sipehr.

To balo toshini yog`durdi manga hajr ilgidin,
Demayinkim, xoksor ettiki, xok etti sipehr.

Shukrkim, jonimni ham muhtoj qildi zulmig`a,
Qotilimni nechakim bevahmu bok etti sipehr.

G`am zaxira qo`yg`ali erdi magar ishq ahlig`a
Kim, Navoiy ko`nglini yuz ming mag`ok etti sipehr.

171

Kecha kuymak rasmini parvona mendin o`rganur,
Sham` kuydurmak ishida mahvashimg`a o`tkanur.

Ul pariy hajrinda men devona cheksam o`tluq oh,
Ey malak, gar bo`lmasang voqif, qanoting churkanur.

Anjum ermas, qatralar ko`k saqfida aylar ayon,
Dudi ohimkim, falak toqig`a har tun chirmanur.

Saltanat taxti uza yotqon uyumas rashkdin,
Ko`rsa boshimniki, har tun ostoning yastanur.

Baxtim uyqudin ko`z ochmas, yo`qsa chun cheksam fig`on,
So`nggi uyqu masti bo`lg`onlar ul undin uyg`anur.

O`z-o`zumga to`lg`anurmen, qaddu zulfin yod etib,
Sarvg`a gulshanda sunbul shoxi chunkim to`lg`anur.

Devvashlardin qochib tutti Navoiy bodiya,
Bu jihatdin tegrasiga dashti vahshiy aylanur.

172

Ko`zda su ko`ngul aro o`t, ne ko`rarsen, oxir?!
Yana ahvolin alarning ne so`rarsen oxir?1

Rishtai vasl ila bir zaxmini tik, rahm aylab,
Hajr tig`i necha bag`rig`a urarsen oxir.

Ul oy oshuftalarin aylar emish diljo`liq,
Munda, ey shefta ko`nglum, ne turarsen oxir.

Tushta hajrini ko`rub men sanga sharhin aytay,
Ey hakim, ani agar aks yo`rarsen oxir.

Tiyri boronki, otar charxi muqavvas basdur,
Necha qosh yosini qasdimg`a qurarsen oxir.

Mazrai dahr aro soch lutf ila ehson tuxmi,
Har ne eksang, ani-o`q chunki o`rarsen oxir.

Gar Navoiyg`a davodur unung, ey yor iti,
Hording erkinki, tong otquncha hurarsen oxir.

173

Qasrning har kunguri uzra balo toshimudur?
Yo`qsa botil ishq da`vo qilg`an el boshimudur?

G`am tuni, bilmon, shafaqdur yo falak mir`otida,
Aks ko`rguzgan ko`zumning la`lgun yoshimudur?

Kofiremu qatl aylar Ka`ba toqi ichra mast,
Yo`qsa ul xunrezning usruk ko`zu qoshimudur?

Bir humoyun qush kecha sadqang bo`lur, ey mug`bacha,
Qof anqosimudur yo dayr xuffoshimudur?

Bog`bonkim sarv uzra aylamish payvand gul,
Sarv bo`yluq gulruxumdur, yo`qsa bo`ydoshimudur?

Ilgida jomu ko`rar may ichra olam holini,
Yo rab, ul Jamshid yo mayxona qalloshimudur?

Tonglog`i kavsar uchun, dersen, bukun may ichmagil,
Tek tur, ey zohid, Navoiy sen kebi noshimudur.

174

Kecha har kavkab ko`rungach, yodima oyim kelur,
Oy chu tole` bo`ldi mehri olamoroyim kelur.

Zuhdu taqvo, butrashingkim, bu kecha may ichkali
Baytul ehzonimg`a sho`xi boda paymonim kelur.

Bu sarig` yuzungni ko`rmaski, Kilg`ay ko`ngli rahm,
Baski, yuzga qonlig` ashki chehra oloyim kelur.

Vah, ne hijrondur bukim, aylay desam zikri visol,
Dam-badam og`zimga ohi mehnatafzoyim kelur.

Shayxu ibriqu ridosin chun ko`rarmen yodima
Dayr aro paymona birla bodapoloyim kelur.

Ozimi dashti fano bo`ldum, kelur Majnun dog`i,
Gar qadam tez urmon andindurki, hampoyim kelur.

Ko`zlaru, jonu ko`ngulda manzil et orasta,
Ey Navoiykim, bukun mahbubi xudroyim kelur.

175

Muztarib ko`nglum aro ul yuz xayoli aylanur,
Mavjluq suda quyosh aksi nachukkim chayqanur.

To uzori jilva aylar jilvagardur zulfi ham,
Mehr to aylar taharruk soya dog`i tebranur.

Chun ulusqa ishqi o`t soldi ajab yo`q kuymakim,
Beshag`a chun tushti har yon shu`la, xas ham o`rtanur.

Egma qad birla meni sargashtadurmen muztarib,
Toki chavgon azmig`a, bildimki, ul sho`x otlanur.

Sho`xliq rasmin anga taslim etarlar xo`blar,
Sekramakta uylakim uchqun chaqing`a o`tkanur.

Aylay olmas orazingdin o`zga yon ko`nglum havo,
Qush o`zin mash`alg`a chun urdi qanoti churkanur.

Soqiyo, ber mayki, g`am shomi xumori hajrdin
Bir parishon tush ko`rub, bu xasta har dam seskanur.

Kimki jon aylab fido, qozg`onsa dahr ahlida do`st,
Anglag`il, ey do`stkim, ul dushmani jon qozg`anur.

Ey xush ulkim, boshining ostidadur dilbar qo`li
Kim, Navoiy kechalar bori o`z ilgin yostanur.

176

May labingg`a yetsa, jonimg`a harorat yetkurur,
O`t agar Iso dami birla yorurkim, kuydurur.

Dardi hijron mendadurkim, umr o`tub ko`rmon yuzin,
Vasl komildur, bukim Laylig`a Majnun telmurur.

Har qo`lumni toza qonlig` dog` ila uzgan iting
Ul kishidekdurki, gul birla yog`ochni sindirur.

Keltirur ko`z bog`idin ashkim bag`ir pargolasin,
Bo`stondin uylakim gul yafrog`in su keltirur.

Er yuzin bahr etti ashkim, eyki, aytursen meni,
Tog`lar uzra nedin ahli junun yanglig` yurur.

O`yg`ay erdim ko`zni tirnog` birla, bilsam erdikim,
Bir nazardin boshima muncha balolar keltirur.

Soqiyo, sog`arni aylandurki, har soat xumor
Za`fdin boshimni sog`ar davridek aylandurur.   

Qo`y taraddudkim, fano dayrig`a kirsang, mug`bacha
Ikki sog`ar birla ko`nglungni o`zungdin tindirur.

Ey Navoiy, olam ahlidin qiroq tut zinhor
Kim, muloqoti alarning ko`p malolat yetkurur.

177

Ne ajab, har yon meni majnun boshida yoralar,
Baski, yog`di ustiga atfol elidin xoralar.

Orazing atrofida guldur ko`rungan, ey pariy,
Yo qamar davrida saf tortibdurur sayyoralar.

Har quyun go`yoki bir sargashta oshiq gardidur,
Baski, tufrog` o`ldi ishqing dashtida ovoralar.

Anglakim, ahbobni ko`nglumda mehmon etmisham,
Itlari og`zida gar ko`rsang bag`irdin poralar.

Anda Majnun men, buyon Layli sen etkach ijtimo`,
Bir taraf devonalar, bir yon pariy ruxsoralar.

Xonaqah vaqfi suyin ichmaslar, ey shayx, anglag`il,
Gar xumor o`lsa fano dayridag`i mayxoralar.

Ey Navoiy, ishq aro o`lmaktin o`zga chora yo`q,
Bas, g`alat bo`lg`ay, demak ushshoqni bechoralar.

178

Turfa ko`rkim, furqatidin yuz malol ollimdadur,
Garchi ko`z har sari solsam, ul jamol ollimdadur.

Ul Masihodinki bir dam ayru tushtum, o`lmadim,
Ohkim, o`lguncha ushbu infiol ollimdadur.

Tuzgamen, har necha bo`lsa tiyra hijron tunlari,
Gar yaqin bilsamki, ayyomi visol ollimdadur.

Anglamon: ollimdadur la`ling xayoli muttasil,
Yo aning shavqidin oqqan ashki ol ollimdadur.

Jon berib, la`lin bir o`pmakni tamanno ayladim,
Ey ko`ngul, bilkim, ajab fikri mahol ollimdadur.

Davr javridin tinarmen, ey ko`ngul, har lahzakim,
Soqiyi mahvash bila jomi zilol ollimdadur.

Ey Navoiy, deb edi vaslimg`a yetsang jon olay,
Bo`lmog`um navmid, to ul ehtimol ollimdadur.

179

Menu g`ariblig`u hajru benavolig`lar,
Diyoru yor firoqig`a mubtalolig`lar.

Shikibu sabr ila begonalig`lar aylab ko`p,
Balovu dard bila behad oshnolig`lar.

Ne ko`zgu tutmoq erur dam-badamki, hojat emas
Sening jamolinga bu nav` xudnamolig`lar.

Seni ko`ngul bila jon kishvarida shoh aylab,
Xayol birla qilurmen ajab gadolig`lar.

Qadah keturki, necha dahr eliga ko`rguzsang
Vafo, natija emas g`ayri bevafolig`lar.

Saloh suvratida yuz fasodu voqif yor,
Boshimg`a to ne keturgay bu behayolig`lar.

Navoiy, emdiki mug` dayri ichra sen qadah ich
Ki, ko`p sovug` ko`runur munda porsolig`lar.

180

Osilmamish qulog`ingdin yuz uzra gavharlar
Ki, ayrilibtur ul o`t shu`lasidin axgarlar.

Oting ayog`ini o`pmakka na`lu mix ermas,
Sipehr raxshidin inmish hilolu axtarlar.

Yuzungda xo`y emas, obi hayot qatrasidin
Quyosh jamolig`a sun` ilgi taqti zevarlar.

Boshog`laring uchi ermaski, chiqti jismimdin,
Chiqarmisham uchubon yetkali senga parlar.

Uzor safhasida xo`blar xati demakim,
Tuz etti ishq meni o`ltururga mahzarlar.

Bahor faslida maxmur bo`lma, dashtqa chiq
Ki, lola tutti base la`lrang sog`arlar.

Navoiy oldiribon ko`nglini agar topmas,
Birovdururki, qulidur jahonda dilbarlar.

181

Xolu xattidinki, har birining bir o`zga holi bor,
Xat yuzinda nuqtadek mushkin xat uzra xoli bor.

Charx uza zarrin g`azol o`ldi shafaqdin jilvagar,
Yo mening mushkin g`azolimning hariri oli bor.

Bahri ashkim ichrakim topmas zarar ko`z mardumi,
Go`yiyo kirpik nayistonidin aning soli bor.

Garchi hindu bo`lsa, maskan aylagay xurshid uza,
Xoldek ulkim jamolingdin humoyun foli bor.

Ne uchun o`lmayki, el qatlig`a aylab ehtimom,
Qotilimning chun manga navbat yetar ihmoli bor.

Kon ila daryo matoin naylasun ul kimsakim,
Dayr aro la`li ravondin jomi molomoli bor.

O`zni mast istar xarobot ichra vajdu hol ila,
Gar Navoiyning bu dam dars ichra qiylu qoli bor.

182

Kofirekim, sen kebi ruxsori otashnoki bor,
O`t solurdin lashkari islom aro ne boki bor.

Ishq o`tin ko`nglum yorutmoq istasa, yo`qtur ajib
Kim, churuk bo`lg`on so`ngaklardin quruq xoshoki bor.

Ko`nglakim chokin tikarga mayl qilding, ey rafiq,
Bilmading go`yoki, ko`nglak ichra ko`ksum choki bor.

Eyki, dersen pok husnumdek jamol ahlida yo`q,
Men kebi ishq ahlining ham qayda ishqi poki bor.

Qatra-qatra ashku daf`a-daf`a ohim dudidiya
Ishq mulkining ajoyib anjumu afloki bor.

Sol yangi oy zavraqig`a atlasing, ey charxkim,
Ohdin bu shom ashkim bahrining ko`loki bor.

Ey Navoiy, qo`yma boshim sho`xlar go`y etkali
Kim, ani osmoqqa bo`lsun chobukim fitroki bor.

183

Har gadoekim, jahonda bir muvofiq yori bor,
Xizr umriyu Skandar hashmatidin ori bor.

Kimki ul bir ko`ngli sevgan naxl qaddin bar yedi,
Olloh-Olloh, umridin ne baxti barxo`rdori bor.

Bilsa ko`nglum holatin, shoyadki kelgay so`rg`ali
Ulki, ko`ngli ichra bir badxo`ydin ozori bor.

Ko`zlaridin kecha tong otquncha uyqum yo`qturur,
Kecha naylar anda uyqukim, iki bemori bor.

Shu`laliq yuz pora ko`nglum xayli mujgoning aro
Otashin guldurki, atrofida hadsiz xori bor.

Istasang davron jafosidin qutulmoq, ey ko`ngul,
Xonaqah tarkin qilib, mayxona ko`yi sori bor.

Hech yanglig` topmasang dayr ichra may olmoqqa vajh,
Rahn uchun bo`lsun Navoiy xirqavu dastori bor.

184

Ikki gul vaqtiduru ikki quyosh davronidur
Kim, ko`ngulda ul iki oraz g`ami hijronidur.

To latofatdin labing shavqi tushubtur jon aro,
Go`yiyokim ul munga tandur, bu aning jonidur.

Ko`zda har sari qizil raglar demakim, mardumin
G`amzang urdi, zaxmlar har yon yugurgan qonidur.

Multafit bo`l holatim sharhig`akim, bu doston
Shahr aro har ko`yning boshida el dostonidur.

Har quyun g`am dashti ichra ko`rsa Layli sog`inur
Kim, xasu tufrog` aro Majnuni sargardonidur.

Ulki to mumkindurur, ko`rmish falakdin e`tibor,
Bas, mazallat ham kerak, ko`z tutsa to imkonidur.

Asrangiz o`zni Navoiy shu`lai afg`onidin
Kim, bu aqshom furqati oshubining tug`yonidur.

185

Lo`livashimdin ayruki, qabrimda loladur,
Ul o`ynag`on kebi yog`och uzra piyoladur.

Gulzor oramu lo`li etar la`b to`lg`anib,
Yo gul kebi uzorida mushkin kuloladur.

Ul turfa chehra doiraning chambari aro,
Xurshid davrasida aningdekki holadur.

Tablu nafir ma`rakasi ichra demangiz
Kim, ishqida ulus ishi faryodu noladur.

Bormu o`yun haroratidin chehrasida ter
Yo ravza gulistonida har sari joladur.

Gulshanda g`unchadur demakim, charx chirmag`an,
Bulbul g`izosi har sari qonlig` navoladur.

Pinhonu oshkor Navoiydin o`lmog`i
Gohe jafo qilib, yana gohe uyoladur.

186

Sarv uza gul butmasa, qad uzra ruxsori nedur?
Jon agar shirin emas la`li shakar bori nedur?

Noman hajrim kabutar parlarin gar o`rtamas,
Ul qora xatlar qanoti uzra har sori nedur?

Orazu zulfungda ko`nglum kofiri ishq o`lmasa,
Bas, aning bir sari but, bir sari zunnori nedur?

Rishtayi zulfig`a bog`liqdur ko`ngul ul sho`xning,
Tifl qush sudrar kebi har sari raftori nedur?

Ishq dashtida ko`rungan yerda tushmish erdi o`t,
Bildim anda o`tdur, andin bilmadim nori nedur?'

Sabz xatlar vasli holo mug`tanamdur, ey ko`ngul
Kim, bilurkim, iqtizoi charxi zangori nedur?

Gar iting debdur Navoiy qilmadi mehmonlig`im,
Kecha tishlab-tishlab olg`on jismi afgori nedur?!

187

Men kebi parvona ishq o`tida beoromdur,
Kim, ani ham o`rtagan bir sarvi siym andomdur.

Kom ila islomsiz o`lmak, musulmonlar, ne tong,
Mendek ulkim qotili bir kofiri xudkomdur.

Tunu kun oqu qorasin naylayin menkim, manga
Orzu bir xatti sabzu orazi gulfomdur.

Xolu zulfung saydi bo`lmoqqa magar ham jon qushi
Kim, aningdek qushqa loyiq dona birla domdur.

Ayshdindur, anda nargisdek ul olg`ay bahrakim,
Ollida besh kursi kofur ichra oltun jomdur.

Chun zamon ahli zamona rangi tutmoqdur zarur,
Dahr nofarjom uchun el holi nofarjomdur.

Ey Navoiy, chun zamona ahlida yo`qtur vafo,
Har nekim yo`qtur, tama` tutsang, xayoli xomdur.

188

Parivashe, dedilar, pardai hijobdadur,
Ko`rarga telba ko`ngul ani iztirobdadur.

Iti uchun tilar eshkay tanob ul chobuk
Ki, elga rishtai jon barcha pechu tobdadur.

Hamul tanob, ne tong, cheksa it kebi meni ham,
Mening chu rishtai jonim hamul tanobdadur.

Xirom vaqtida ul ganji husn erur g`ofil
Ki, ishtiyoqi ne chog`liq meni xarobdadur.

Manga vafo qilur ersang, shitob qil, ey umr,
Nedinki, umr degan bevafo shitobdadur.

Fasona har kishi ul husndin dedi, lekin
Jamoli shohidi maqsudning niqobdadur.

Hisob aylama umrungnikim, necha o`tmish
Ki, umr g`aflat ila o`tsa, ne hisobdadur.

Pariyu yor Navoiyg`a qildilar jilva,
Bu birga rog`ibu ul birdin ijtinobdadur.

189

Kulbamg`a, baski, gardun g`am toshi yog`durubtur,
Sabrim uyidek ul ham yemrulgali turubtur.

Ne loladur, ne jolakim, umr uyin buzarg`a
Ko`k ra`dlar qazonin tog` ustidin qurubtur.

Furqat tuni emaskim, hijronda kuygan elning
Kuygan kulini davroni gardunga sovurubtur.

Men oh o`qiyu gardun zulm o`qi yog`durur, vah
Kim, ul o`qin urarni bu o`qtin oshurubtur.

Gardun quyoshni o`rtabkim, yerga ko`mdi go`yo
Kim, mehr jurmi birla bu nav` yozg`urubtur.

Soqiy, qadah suyidin shu`lamni past qilkim,
Bu korgahda hayrat jonimni kuydurubtur.

Sing`on safol aro may ichsam, ne tongki, davron
G`am toshidin nishotim jomini sindurubtur.

Mug` dayriyu mayu but, xushvaqt o`lki, ko`nglin
Maydin chu mast o`lubtur bir butqa oldurubtur.

Dunyodin o`t, Navoiy, osoyish istar ersang
Kim, shug`l, har necha ko`p yuz oncha g`am turubtur.

190

Yo`lida kosh meni pora-pora qilg`aylar
Ki, xalq holima bir-bir nazzora qilg`aylar.

Bu holatimni ko`rub bori ishq asirlari
Vafosiz elni sevardin kanora qilg`aylar.

Vasiyatim buki, ko`nglumni ko`rgach-o`q ahbob,
Tutub yuzini hamul lahza qora qilg`aylar.

Bu dard ilaki o`larmen, maraz chu zohir emas,
Tabiblar bu baloga ne chora qilg`aylar.

Tamug`ni ravza sog`ing`aylar ahli hashr ul kun
Ki, telba ko`nglum o`tin oshkora qilg`aylar.

May ichki, anglamag`aylar bu dayrdin ramze,
Gar ahli zuhd yuz il istixora qilg`aylar.

Sabo, degilki, Navoiyg`a tortsunlar xat,
Alarki ahli vafoni shumora qilg`aylar.

191

Xoli hijronida  ko`nglum dardi beandozadur,
Dog`din borg`ach qora tashvishi aning tozadur.

Tushta Yusuf hay`atin ko`rdum habibim yodidin
Go`yi ul qolip, bu ruhi mahz uchun andozadur.

Zaxmim og`zi butmasidin uyqum o`chmish, ey rafiq,
Go`yiyo bu o`zga uyqu kelturur hamyozadur.

G`amzasi jallodida holin ko`ngulning bilmadim,
Ey sabo, tengri uchun ko`yida ne ovozadur.

La`li vasfin yozmisham jon safhasidin daftare,
Har taraf jon rishtasi birla anga sherozadur.

Zaxmidin qon ko`p oqib yoxud junundindur bukim,
Ul pariy ko`yida har dam telba ko`nglim ozadur.

Itlari qut etsun o`lturgach Navoiy qonini,
Barcha gar har qatra bir jannat guliga g`ozadur.

Voqif o`lkim, beshai jahl ichra jisming hujrasi
Nafs sayyodi havo saydin tutarg`a kozadur.

192

Lolagun to`n ichra, yo rab, ul g`azoli Chin erur
Yo ko`zumning mardumi qon yosh ila rangin erur.

Bilmon oyokim shafaq ichra erur zarrin g`azol,
Lolagun to`n ichra yoxud ul g`azoli Chin erur.

Aylamish guldasta bandi sun` to`nu jismidin,
San`atekim arg`uvon bargi aro nasrin erur.

Qadmudur bu yo erur shingarf ila yozg`on alif,
Belmu yo toreki, la`l ichra anga taskin erur.

Ko`nglum ichra soldi ul to`n aks yoxud bo`ldi qon,
Xalq ko`nglin qon etarga, vah, bu ne oyin erur.

Bir qadah gulgun may, ey soqiy, to`la tutkim, ko`ngul
Ul buti gulgun qabo bedodidin g`amgin erur.

Ey Navoiy, qatl uchun gar xud qizil to`n kiydi yor,
Basdur ul to`n rangi ne muhtoji qatlu kin erur.

Dema tog`u lola dahr ichra ajal qaploni bil
Kim, kiyiklar qonidin boshtin ayog` rangin erur.

193

Bordi ulkim, sendin ayrilg`ay ko`ngul to joni bor,
Javringa qo`ydum ko`ngul, qil onchakim, imkoni bor.

Ey Masihim, men qatili ishqmen, tirguz meni,
Bir nafas, dedim, qabul etkim, nafasning joni bor.

Novaking yetkach, iki nov ochti ashkim suyidin,
Go`yi ul novakning ikki novliq paykoni bor.

Xozini jannat senu uchmog` guli bastur manga,
Buki har yon tig`ining jismimda tomg`an qoni bor.

Yorsa ko`ksumni, fig`on zohir qilur jon rishtasi,
Ko`nglak o`lsa chok, uzulgan torning afg`oni bor.

Jon qushi uchqoch, tuzatti jism uyin sayli fano,
Ey humoyunfol, o`shul chug`ziki, bir vayroni bor.

Shayxu, bir bodomu qon yutmoqki, piri dayrning
Nuql ila maydin fano ahlig`a ko`p ehsoni bor.

Dahr sho`xi makrig`a berma ko`ngul yo`l bargin et,
Sen kebi har go`shada nevchunki bir mehmoni bor.

La`li hajrida Navoiy qoni qaynar demangiz,
Yangi maydek ruhidurkim, nolai pinhoni bor.

194

Otashin gul bargidin xil`atki jononimdadur,
Xil`at ermas, ul bir o`tdurkim, mening jonimdadur.

Otashin la`lidururkim, anda muzmar bo`ldi jon,
Otashin gulbargidan xil`atki jononimdadur.

Jon qushi xunobidin tutmish malohat naxli rang,
Yo libosi lolagun sarvi xiromonimdadur.

Qatl biymidur, tarahhumning dog`i ummidi bor.
Bu libosi olkim ul nomusulmonimdadur.

Vasl shomi kuymagan parvona shoyad qolmag`ay,
Bu shafaqgun hullakim sham`i shabistonimdadur.

Tutmasun gul suhbatidin sarv o`zin ko`p sarfaroz,
Ey sabokim, ul to`ni gulgun mening yonimdadur.

Soqiyo, gulrang may solib ketur paymonakim,
Zuhd biymidin xalal ishq ichra paymonimdadur.

Ey Navoiy, istama jon bulbulin har guldakim,
Ul to`ni gulgun, labi gulbargi xandonimdadur.

195

Hayot bog`ida to sarvu lola bo`lg`usidur,
Mening mummidi hayotim piyola bo`lg`usidur.

Surohi o`lg`usidur manga siymtan mahbub,
Boshida qil anga mushkin kulola bo`lg`usidur.

Hayot gulshani, mug` kulbasiyu, mug`bachaning
Yuziyu qaddi manga sarvu lola bo`lg`usidur.

Ne ayb bazmim ichinda hazin fig`onki, surud,
Angaki qon yutar, albatta, nola bo`lg`usidur.

Qadahki holima qon yig`lar, emdi ohimdin
Sirishki qatrasi gulrang jola bo`lg`usidur.

Qachon may ichra yuzung aksi tushsa, ey soqiy,
Piyola davri o`shul oyg`a hola bo`lg`usidur.

Deding, fano nedurur, muxtasar deyin o`lmak
Ki, sharhini tilasang, yuz risola bo`lg`usidur.

Navoiy, istama kavsar mayini zuhd bila
Ki, boda ichkuchi elga havola bo`lg`usidur.

196

Yuzi gulchehra soqiyning tarab hukmig`a tug`rodur,
Yuzinda may guli ul yorlig` uzra oli tamg`odur.

Labi la`li halokimen agarchi jon fizolig`da
Masiho birla ul go`yo o`luk birla Masihodur.

Damim dudi xirad ahlin qilur har lahza savdoi,
Dimog`imda, ko`rung, ul zulf mushkidin ne savdodur.

Sinonin ko`ksuma to chekti ul chobuk, bu xam qaddim
Hamono g`am sipohi qalbida ul o`q uchun yodur.

Labing aksi ko`zum sho`robasi bahrida go`yokim,
Chuchuk sudurki, atrofida aning talx daryodur.

Jahonni chun ko`zumga hajr shomi aylamish tiyra,
Ne sud andin mangakim, vasl subhi olamorodur.

Boshim qush oshiyoni, tan junun torojidin uryon,
Ne tong, yoshlar yugurmak har tarafdinkim, tamoshodur.

Fidosi naqd islomimki, mug` dayridagi soqiy
Ulus qonin to`kardin vahm qilmas, garchi tarsodur.

Navoiy dayr piri go`yiyokim shahr shayxig`a
Fano jomin ichurdikim, xarobot ichra g`avg`odur.

197

Ko`ngul uyiga g`amu g`ussa saylidin ne qusur
Ki, boda loyi bila qilmisham ani ma`mur,

Birovni mumkin emas tiyra aylamak qayg`u
Ki, solmish o`lg`ay anga jomi boda lam`asi nur.

Xush ul mayeki, emastur safovu lavn ichra
Tamug` o`ti bila jannat suyig`a ul maqdur.

Desam bu o`t kul etar g`ussa xirmanin, ne ajab,
Desam bu su tuzatur fikr qasrini, ne qusur.

Jahon g`amiyu uzum bodasi gumon qilmang
Ki, zohir ahlig`a bu ma`ni etti buyla zuhur.

Va lek ahli haqiqatqa may erur vahdat,
G`am ushbu kasrat erurkim, qilur ko`ngulga xutur.

Ichilsa soqiyi tavfiq ilgidin ul may,
Ko`ngul bu g`amdin emas shubhakim, bo`lur mahjur.

Manga bu may bila bir jom keltur, ey soqiy
Ki, ko`nglum ul g`am aro bo`lmish asru ko`p ranjur.

Malomat ahliga, ey piri dayr, ayog` tutsang,
Bu nav` qo`yma Navoiyni bir yo`li mastur.

198

Visol ahli, sizu, jomi murodu komronlig`lar,
Bizu g`am kunjiyu xunobi hajru notavonlig`lar.

Tanimda har taraf qonlig` yara, go`yoki qildi ishq
Qasosim hukminikim, tuttilar tegramni qonlig`lar.

Erur Farhodu Majnun xonumoni tog` ila vodiy,
Xalos etmish meni ul qayddin bexonumonlig`lar.

Base diqqat edi ko`nglumda qilg`ach ul pariy jilva,
Junun  birla  mubaddal bo`ldi  barcha xurdadonlig`lar.

Asar yo`q ko`nglida ul sho`xning nomu nishonimdin,
Natija aks berdi bizga benomu nishonlig`lar.

Men o`ldum mehridin, yuz mendek o`lsa, yo`q aning rahmi,
Bo`lur ermish birovga muncha ham nomehribonlig`lar.

Ko`han pire yo`lingda o`ldi, bir ham boqmading, yo rab
Ki, o`tkay xayr birla bu g`ururi navjuvonlig`lar.

Yana zuhdum tariqin afv qil, ey piri dayr, oxir
Ki, sendin yaxshiliqdur, necha biz qilsaq yomonlig`lar.

Navoiyni deb ermishsenki, mendii o`zgani sevmish,
Kam o`lmas, Olloh-Olloh, sendin ushbu badgumonlig`lar.

ZE HARFINING ZEBOLARINING ZIYNATI
BADOE`DIN

199

Zamona  bog`iki, gulbargidur  nishotangez,
Ne bargi gulki, tutashmish tikanga shu`lai tez.

Taammul etkurubon rang-rang gullarni
Ki, ochti qatlig`a bulbulning ushbu rangomez.

Chu no`shi vasli aro zahri hajr ezilmishdur,
Aning bu sharbatidin avlo aylamak parhez.

Ne bargi gulki, anga shahd qildi og`ushta,
Sanamlar erni kebi qildi ani sho`rangez.

Zamona ahlig`a o`t solg`ali erur har tun
Sipehrikim, qilur  anjum sharoridin gulrez.

Agarchi tig`i jafosi qatilidur Farhod,
Bu tig` qotilidin ham qutulmadi Parvez.

Fano yo`lig`a qadam qo`y, boshingni ovuchlab
Ki, yo`q bu yo`lda kishiga bu nav` dastovez.

Murodi subhi visolingni tiyra qilmoq erur
Ki, hajr shomin etar mushkposhu anbarbez.

Navoiy istasa tardoman eldin o`lmoq fard,
Fig`ondin o`t sochibon barq yanglig` etkay xez.

200

Istaganlar bizni, sahroi baloda istangiz,
Vodiyi hijron ila dashti anoda istangiz.

Vomiqu Farhodu Majnundeklar ul vodiy aro
Bo`lsalar paydo, meni ham ul aroda istangiz.

Yuz alarning ishqicha dardu balovu g`ussag`a
Tolib el boshig`a kelgan mojaroda istangiz.

Eyki, istarsiz savodul vajh fiddorayindin,
Boxabar bo`lmoq meni yuzi qoroda istangiz.

Qo`nglum ul zulf ichradur, zinhor ishqim sharhini
Istamang men telbada, ul mubtaloda istangiz.

Nuqta yanglig`kim, vafo uzra qilur kotib raqam,
Ishq o`tining dog`ini ahli vafoda istangiz.

Og`zi shavqidin Navoiy itti, ani istar el
Yo adam dashtida, yo mulki fanoda istangiz.