www.uz
G`AZALLAR

201

Jonima qasd aylaru bor uylakim jonim aziz,
Men anga xoru manga ul mohi Kan`onim aziz.

Qon yutarmen, la`li gulbargiga essa tong yeli,
Tong emas, ey do`stlar, bo`lsa menga jonim aziz.

Keldi ko`nglumga xayoli jonu ko`nglum naqdini,
Ayladim isorkim, bor erdi mehmonim aziz.

Ko`rgach-o`q ushshoq aro jonimg`a surdi tig`i qatl,
El aro bu xor qulni qildi sultonim aziz.

Garchi xor etting meni dayri fano ahli aro,
Bo`l musulmonlar aro, ey nomusulmonim, aziz.

Bodai la`ling uchun azmi xarobot etgali
Rindlar ichra erur qadrim biyik, shonim aziz.

Dema har soat Navoiyg`aki, tark et ishqini
Kim, menga behad erur ul ko`nglum olg`onim aziz.

202

Gar o`lmasam edi ul oyg`a oshno hargiz,
Boshimg`a yog`mas edi charxdin balo hargiz.

Tariqi ishq aro bee`tidol esam, yo`q ayb
Nedinki, tushmamish erdi bu ish mango hargiz.

Jafosidin, demakim, ishq tarkini tutqil,
Bu ish bo`lurmu vafo ahlidin ravo hargiz.

Baloi ishqig`a men mubtaloyu istamagay
Qutulmaq ila balodin bu mubtalo hargiz.

Davo chu mumkin emas ishq dardig`a, vahkim,
Iloj topmadi bu dardi bedavo hargiz.

Yoyildi Vomiqu Farhod ishqi, yo`q edi lek
Mening ishim kebi har yon bu mojaro hargiz.

Ko`ngulni dahrdin oshufta qilmakim, xushtur
Ki, tiyra bo`lmasa jomi jahonnamo hargiz.

Sanga zamon elidin yetsa ko`p jafo muni dey
Ki, kim ko`rub edi bu xayldin vafo hargiz.

Ne kelsa, xush tut o`zungniki, xalq ko`ngli uchun
Raqam hak aylamadi kotibi qazo hargiz.

Desangki, xom tama` birla bo`lmayin ranjur,
Visol aylama ishq ichra muddao hargiz.

Navoiy, istama ko`p ishq aro navo, negakim
Bu bog` bulbulig`a yetmadi navo hargiz.

203

O`ting, ishrat ahliki, biz zorlarbiz,
Tuman ming balog`a giriftorlarbiz.

Ko`ngulni qilib yuz yara ishq o`qi,
Tarahhum qilingkim, dilafgorlarbiz.

Tilarbiz shifo bir Masiho nafasdin
Ki, bu ko`hna dayr ichra bemorlarbiz.

Yorutqoy debon ko`zni bir sa`d kavkab,
Har aqshom tong otquncha bedorlarbiz.

Sabukruh soqiy, fano jomi tutqil
Ki, o`zluk yukidin garonborlarbiz,

Muyassar esa do`stning vasli bir dam,
Berib ikki olam, xaridorlarbiz.

Navoiy kebi ichgali ishq jomin
Xarobot ko`yida xummorlarbiz.

204

Maozalloh siz, ey ishqu muhabbat, ne balodursiz
Ki, ko`nglumdin olib sabru shikeb, o`tlar solodursiz.

Seni ko`r aylab, ey ko`z, ey ko`ngul, solsam seni o`tqa,
Muhiqmenkim, manga siz boisi dardu balodursiz.

Gar ahbob etsalar gulgasht, ey jonu ko`ngul, bormang,
Nedinkim, siz birav hajri g`amig`a mubtalodursiz.

Nasihat ahli, o`lturmang damo-dam ishqu dard ahlin,
Demay bedardsiz,  billahki, dardi bedavodursiz.

Ishingiz jonu din olmoqdur, ey mug` dayri atfoli,
Agar kuffori xaybarsiz va gar turki xitodursiz.

Meni bir jom ila o`zluk xumoridin xalos aylang,
Guruhi rindlarkim, sokini dayri fanodursiz.

Tana`um ahliyu bazmi visol, ey dardi hajr ahli,
Navoiydin siz ayrilmangkn, zoru benavodursiz.

205

Ne ayb, ishqqa bu mo`ri mubtalo ojiz
Ki, ishq agar budurur, bo`lg`ay ajdaho ojiz.

Rafiqlar boshima yig`lashurlar, o`ldi magar
Tabib qilg`ali bu dardima davo ojiz.

Riyog`a ajz ketursam tongirg`ama, ey shayx,
Ul ishda chun yoratibdur meni xudo ojiz.

Nechaki tavsanu tund ersa xalq ko`ngli bo`lur,
Chu bo`ldi ishqu muhabbatqa mubtalo ojiz.

Firoq ilgida ojizmen, ey ko`ngul, ne ajab,
Kishini aylasa ming mehnatu balo ojiz.

Jamol mulkida sen husn shohi, men munglug`,
Shah etsa rahm ne tong, chun erur gado ojiz.

Navoiy ar qila olmas gadolig`, etkil rahm
Ki, bo`ldi bir yo`li ul zori benavo ojiz.

206

To`kti qonimni mening sari chu ochti yor ko`z,
To`kmayin qon naylasun ul qotili xunxor ko`z.

Ko`zu ko`nglumdin balolarg`a  yo`luqtum,  koshki
Itsa besomon ko`ngul, ko`r o`lsa yig`lab zor ko`z.

Hajr tig`i birla urma onchakim, ko`rsun seni,
Har ne qilsang qil, chu topti davlati diydor ko`z.

Vah, nelar bo`lg`ay yana tushsa ko`zum ul ko`zgakim
Ul biri xunrez ko`zdur, bu biri xunbor ko`z.

Ko`z uchidin va`dai vasl aylab imo oldi jon,
Go`yiyo bozi berib jon oldi ul ayyor ko`z.

Bir yuz ochib, chok etib ko`nglumni, ko`zung urdi nish,
Bo`ldi bu ishtin ko`ngul mamnunu minnatdor ko`z.

Istasangkim, surmai maqsud ila ko`z yorug`ay,
Surma kun tunlarda hijron shomi tut bedor ko`z.

Ko`zu ko`nglungga desang ul yetkach ofat yetmasun,
Sa`y etib to`xtat ko`ngulni, asrag`il zinhor ko`z.

Ey Navoiy, to`tiyoyi vaslg`a qobil bo`lur,
G`am yema, gar bo`lsa hijron xoridin afgor ko`z.

207

Ishq jurmig`a meni, ey do`stlar, yozg`urmangiz,
Begunah men xud kuyarmen, siz dag`i kuydurmangiz.

Har zamon chun yog`durur bedod o`qin jonimg`a do`st,
Siz dag`i ta`nu malomat toshini yog`durmangiz.

Men chu o`ldum yoshurub ishqin, gar emdi so`rsa yor,
Holatimni siz ne bilganni dengiz, yoshurmangiz.

So`rmang, ey ushshoq, mendin nayloli deb ishq ora,
Gar qila olursiz, avvaldin ko`ngul oldurmangiz.

Ishq otashgohida kul bo`lmisham, ey do`stlar,
Ko`kka har soat kulumni siz dag`i sovurmangiz.

Chunki ishq oshubidin har dam ishim o`lmakdurur,
Siz ham, ey ahli nasihat, ta`n ila o`lturmangiz.

Ishq olamidin surub soldi Navoiydek meni,
Ko`yiga, ey ashk xayli, siz ham andin surmangiz.

208

Ko`ksumni tig`i mehnat ila yara aylangiz,
Tortib uzung ko`ngulniyu yuz pora aylangiz.

Har porasini kuydurubon kul qilib sochib,
Har zarrasini bir sori ovora aylangiz.

Ul kuldin aylabon falak ohim sharorasin,
Har jonibida kavkabi sayyora aylangiz.

Har nav` mumkin o`lsa, ani foniy aylabon,
Bedodidin bu sheftag`a chora aylangiz.

Ul sho`x ishqin istagan el, solmangiz nazar
Aning soriki, ko`ngluma nazzora aylangiz.

Charx o`ldi zoli hiylagar aning tariqi makr,
Tajrid eli, taloqi bu makkora aylangiz.

Ovora ko`ngln kelsa Navoiyning ozibon,
Ey xayli dudi oq yuzin qora aylangiz.

209

Kishi ko`rmaydurur iqsh ichra zore men kebi hargiz,
G`ami hijronda besabru qarore men kebi hargiz.

Hadangi g`amzavu oshufta zulfungdin yo`q erkandur
Dil afgore, parishon ro`zgore men kebi hargiz.

Desang ushshoqning xoki tani uzra suray markab,
Ko`p istab topmog`ungdur xoksore men kebi hargiz.

Seningdek sust paymon dahr  aro hargiz yo`q erkandek,
Vafog`a ham yo`q ermish ustuvore men kebi hargiz.

Jafogarlikda yo`q ermish seningdek, derga yo`q haddim,
Yo`q erkandur jafokashlikda bore men kebi hargiz.

Dedimkim: dahr  bog`ida  yo`q ermish men kebi bulbul,
Dedikim: bormu ermish gul uzore men kebi hargiz.

Magarkim yor soqiy bo`lsa, daf` o`lg`ayki, yetmaydur
Kishiga vasli jomidin xumore men kebi hargiz.

Firoqi javrida navmid ham yo`q men kebi, garchi
Yo`q erdi vasldin ummidvore men kebi hargiz.

Navoiy, demakim, hijronida sabr ixtiyor etgil,
Bu ishda yo`q emish beixtiyore men kebi hargiz.

210

Vasl ummididin boshimg`a yorni kelturdunguz,
Oqibat yuz hajr toshi boshima yog`durdunguz.

Sindi boshim kosasi andoqki ko`nglum shishasi,
Muhtasibdek ishratim asbobini sindurdunguz.

Yuz tamug`cha o`t ne hojat erdi, ey hajru firoq
Kim, yoqarda emganib xasdek tanim kuydurdunguz.

Tinmag`ur ag`yor zohir aylabon ko`p iztirob,
Dajr aro qatlim uchun mendin ko`ngul tindurdunguz.

Mayg`a afyun solib, ey dardu balo soqiylari,
Turfa bukim, mast bo`ldung deb meni yozg`urdunguz.

Chun vafo yo`q dahr gulzorida, ey tong qushlari,
Sahvdurkim, besamar ashjorida o`lturdunguz.

Sizga ham, ey ishrat ahli, qolmag`ay jovidi vasl,
Buki zulm aylab, Navoiyni arodin surdunguz.

211

Yo`q hadim qo`ymoqqa aning raxshi tuynog`ig`a yuz,
Basdurur, gar surta olsam yo`li tufrog`ig`a yuz.

To`nungga yuz surta gar olmon, chamanda har shajar
O`xshasa qaddingg`a, surtay barcha yafrog`ig`a yuz.

Raxshining dog`ig`a mumkin bo`lmasa yuz surtarim,
Surtayin jismimda ishqi o`tining dog`ig`a yuz.

Ko`yiga yo`l topmasam, do`zax sari borg`ancha bor,
Komu osoyish uchun qo`ymoq Eram bog`ig`a yuz.

Do`stlar, qatlimg`a andoq keldi ul sultoni husn
Kim, salotin qo`ymag`aylar qatl uchun yog`ig`a yuz.

Ishqdin Farhod ila Majnuncha men qo`ymoq bila
Gah junun dashtig`a gomu gah balo tog`ig`a yuz.

Ey Navoiy, vasl oson erdiyu hijron qotig`,
Ko`rki, osonliq tilab, qo`ydum qatiqrog`ig`a yuz.

212

Ko`zu ko`nglumga to bo`ldi ayon ul zulf birlan yuz,
Ko`zumdin uyqu uchti tun, ko`nguldin sabr ham kunduz

Yugurmaktin sirishkim hajr  shomi yuzda xatlardur,
Tulu` etkach yugurmak odat ermish g`am tuni yulduz.

Xayoling birla men to bodai ishqing bila sarxush,
Emasmen ishqing iqbolidin, ey jon, bir nafas yolg`uz.

Yangi oy botti, nargis itti, barbod o`ldi sarvu gul,
Taololloh, ne qoshu ko`z ekin, yo rab, ne qaddu yuz.

Tong ermas, soyadek ollingda sarvi rost bosh qo`ysa,
Tushar chun har kishining qaddi tuzdur, soyasi ham tuz.

Chamanda sarvu gulning ishvasi ko`nglumga yoqmaydur,
Fido jonim sanga, qaddingg`a bergil jilva, yuz ko`rguz.

Kelurmen xonaqahdin dayr sari, bazm tuz, ey mug`,
Mug`ona tut surud, ey mutribu ey mug`bacha, may suz.

Chu mug` dayrida zikrim do`st oti bo`ldi, ey soqiy,
Manga-o`q tut qadahni, gar erur to`qsonu gar to`qquz.

Sanamlar husnidin maqsud yor o`lmish Navoiyg`a,
Agar barlos, agar tarxon, agar arlot, agar sulduz.

213

Qachon bo`lg`ay manga vaslida imkoni tarab hargiz,
Xayolinda chu aylay olmadim tarki adab hargiz.

Agarchi xalq jon topmish labi obi hayotidin,
Manga juz hajr zaxmi bermadi ul no`shlab hargiz.

Visol ahli sizu ishratkim, aning zavqini bilmas,
Biravkim ko`rmadi umrida juz ranju taab hargiz.

Tabibo, qilsa ko`nglum o`tin afzun sharbating, tong yo`q,
Su birla shu`la tab`idin ketarmu tobu tob hargiz.

Chu Layli qildi Majnun ko`nglining sarmanzilin xilvat,
Ne sud ar qo`ymasa Hay girdida ani arab hargiz.

Yalinsam o`lturur, qilsam niyoz, og`ozi noz aylar,
Kishi ko`rganmu erkin buyla xo`yi bul-ajab hargiz.

Qachon ravshan ko`ngulni nafs o`ti dudi qilur tiyra,
Nubuvvat sham`ini ne nav` o`churgay Bulahab hargiz.

Nechakim sa`y birla topmasa matlubini solik
Kerakkim, jonidin kam bo`lmasa ranju talab hargiz.

Navoiydin kishi oshiqliq otin mahv eta olmas,
Qachon ketgay, kishi salb aylamak birla laqab hargiz.

214

Emdi g`ami yo`q, soldi chu ko`nglum ar ming so`z,
Ohim o`tidin o`chsa hamul sham`i dilafro`z.

Ko`nglum yarosin tikti va lekin o`qi birla,
Jonimg`a alifdek durur ul novaki dildo`z.

Vasli aro, ko`rdum, teng emish bo`yiyu sochi,
Tun-kun teng ekan zohir o`lur bo`ldi chu navro`z.

Ishq ayladi rasvo meni, emdi boshing ol, ket
Yuz xijlat ila, ey, xiradi maslahatomuz.

Jonim evida oncha g`aming naqdini yig`dim
Kim, bo`ldi ko`ngul mahzani bu joni g`amando`z.

Bir subh angakim tole` o`lur boda quyoshi,
Xush baxti humoyun bila xush tolei feruz.

Derlarki, Navoiymu ekin dashti fanoda,
Chun sarsari hijron sovurur bir soridin to`z.

215

Ey yuzung bog`i nasimida havoyi navro`z,
La`li tojing bo`lub ul bog`da bo`stonafro`z.

Zulfu ruxsor ila komimg`a meni yetkursang,
Har tunung qadr o`lubon, har kunung o`lsun navro`z.

Ko`nglum ul lu`bat iligida giriftor o`lmish,
Qushni ul nav`iki la`b ahli qilur dastomuz.

Dardi hajringda kuyar ko`nglumu o`z holimg`a
Kishisizlikdin o`zumdurmen o`zumga dilso`z.

Dahr zolig`a ko`ngul bermaki, Rustamlarni
Makr ila ayladi ojiz bu sitamgora ajuz.

Ko`k jafosidin o`lur xobgahing bo`z tufrog`,
Bo`lsa ostingda sipehr ashhabi yanglng` ko`k bo`z.

Ey Navoiy, senu Xusrav bila Jomiy tavri
San`atu rangni qo`y, so`zda kerak dard ila so`z.

216

Do`stlar, mahram deb elga roz ifsho qilmangiz,
Boshingizg`a yuz balo kuch birla paydo qilmangiz.

Fosh qilmang roz, chunkim asray olmay qildingiz
O`zgalardin asramoq bore tamanno qilmangiz.

Ishq asrorig`a til mahram emastur zinhor
Kim, ko`nguldin tilga ani oshkora qilmangiz.

Chun ko`nguldur qalbu til g`ammoz, maxfiy rozni
Jon harimidin bu ikkiga huvaydo qilmangiz.

Chun ko`ngul til birla mahram bo`lmadi, hojat emas
Aytmoqkim, elga andin nukta imlo qilmangiz.

Sahv etib, chun roz durrin sochtingiz, nozim bo`lub,
Ohning dudin sahobu ko`zni daryo qilmangiz.

Chok-chok aylab ko`ngulni, tilni aylab yuz tilim,
Tashlab itlarga alarning yodi qat`o qilmangiz.

Menda hijron dardiyu yo`q sabr, bori do`stlar,
Chorae gar qilsangiz, juz jomi sahbo qilmangiz.

Chun Navoiy ishq rozin asray olmay qildi fosh,
Otini roz ahli tumorinda injo qilmangiz.

217

Nozaninlar, benavolarg`a tarahhum aylangiz,
Lutf agar yo`qtur, g`azab birla takallum aylangiz.

Gah biyik, gah past giryon ko`rsangiz ushshoqni,
Fosh kulmassiz, nihon bore tabassum aylangiz.

Hajr zulmidin qotiq holimni, ey jonu ko`ngul,
Bildingiz, yor ollida borib tazallum aylangiz.

Ey balovu dard, o`tlar xud solibsiz jonima,
Lek siz ham gah-gah ul o`ttin tavahhum aylangiz.

Qon agar yutsam qarorib axtarim, ey xattu xol,
Siz mayi la`li bila bore tana`um aylangiz.

Biz fano tufrog`i bo`lduk dayr aro, ey ahli zuhd,
Xonaqah sahnida siz bahsi taqaddum aylangiz.

Ey mug`anniylar, Navoiy mast edi kech uyg`onur,
Ani uyg`otmoqqa bir dilkash tarannum aylangiz.

218

Meni bir noma birla dilbarim yod etmadi hargiz,
Qulin qayg`udin ul xat birla ozod etmadi hargiz.

Sirishkim sayli yiqmay qo`ymadi xud sabr bunyodin,
Buzug` ko`nglumda tarhi vasl bunyod etmadi hargiz.

Balolar tog`ini hajrinda tirnog`im bila qozdim,
Men etkan ishni oshiqliqda Farhod etmadi hargiz.

Chu naqdi sabr toroj aylading, ko`nglumga o`t solding,
Bu nav` o`z kishvariga shoh bedod etmadi hargiz.

Firoq ayyomida ko`p naf` yetkurdi bukim, ko`nglum
O`zin ul sho`xning vaslig`a mu`tod etmadi hargiz.

Ne tong devona ko`nglum itlaringga ta`n qilmoqkim,
Ebon yuz dardu mehnat toshi, faryod etmadi hargiz.

Erur, ishq ollida jonim fido qilsam, hanuz ozkim,
Ul oydin o`zgani qatlimg`a jallod etmadi hargiz.

Ne tong, ey mug`bacha, ishqingda mast o`lsamki, piri dayr
Bu ikki ishdin o`zga bizga irshod etmadi hargiz.

Agar buzdi Navoiy ko`nglini ul bevafo, tong yo`q,
Vafo ahli uyin chun ishq obod etmadi hargiz.

219

Bor aningdekkim kerak ul ko`zu qoshu qaddu yuz,
Olloh-Olloh, kim ko`rubtur husn bu yanglig` to`kuz.

Zulfung egrilik, qading tuzluktadurlar uylakim,
Sunbul ermas muncha egri, sarv ermas oncha tuz.

Sen erursen husn shohi, mehri soyir tojiri
Kim, chekibtur ollinga aflok jinsidin to`quz.

Hajr za`fidinki jon bir rishtag`a bog`liqdurur,
Jong`a rahm et, ey ajal, bu rishtani ham tortib uz.

Necha ko`nglum kishvaridin sabr tarhin buzg`asen,
Bir dog`i bu xattidin zulmu sitam tarhini buz.

Ko`z ayog`ingg`a yetar ummid birlandur bukim,
Ollinga yuz qatla har soat qo`yarmen yerga yuz.

Soqiyo, davron ishida yo`qturur juz tiyralik,
Daf`ig`a   anlarg`a   doir   davr   ayog`in  boda   so`z.

Faqr ko`yi tufrog`ikim, uldur iksiri hayot,
Jon berib ko`z yoriturcha olsang olmishsen uchuz.

Ey qalandarvash mug`anniy, gar Navoiy ko`nglini
Istasang har lahza behol aylamak, tuzgil qo`buz.

220

Ey mug`anniy, chun nihon rozim bilursen soz tuz,
Tortibon munglug` navo sozing bila, ovoz tuz.

Navha ohangi tuzub, og`oz qil mahzun surud,
Ul surud ichra hazin ko`nglumga maxfiy roz tuz.

Tuzma og`oz aylabon Farhodu Majnun qissasin,
Desang el kuysun, mening dardim qilib og`oz tuz.

Istasangkim, nag`mang ichra ko`p xaloyiq o`lmagay,
Ul ikavdin ko`p, vale mendin tarona oz tuz.

Gar mening holim desang tuz barcha dostoni niyoz,
Dilbarimdin nag`masoz etsang, surudi noz tuz.

Chun bu gulshanda nishiman qilg`ali qo`ymas hazon,
Gul firoqi savtin, ey bulbul, qilib parvoz tuz.

Bazm aro o`rtar Navoiyni nihon munglug` surud,
Ey mug`anniy, chun nihon rozim bilursen soz tuz.

221

Bormakim, bir dam o`zumni bila olmon sensiz,
Kelki, bir lahza tahammul  qila olmon sensiz.

Chiqma  ko`nglumdin, o`lar vaqtkim ul g`urbatda,
Jonu tan kishvaridin ayrila olmon sensiz.

Boda bazmida nishotim tilaseng, soqiy bo`l
Ki, mayi kavsar ichib, ochila olmon sensiz.

Mayi ishqing bila bexudmen, agar hush manga
Istasang, kel berikim, oyila olmon sensiz.

Gulu bulbuldek otim sensiz emas el tilida,
Shukrkim, so`zda dog`i aytila olmon sensiz.

Ne g`am ovoralig`im, jonim aro chun sensen,
Istagan elga dog`i topila olmon sensiz.

Chun Navoiy seni ko`rmay nafase bilmas o`zin,
Bormakim, bir dam o`zumni bila olmon sensiz.


222

Yigitliginda qilur qadni benavolar ko`j,
Magarki foqa yukidin bo`lur gadolar ko`j.

Ne rost qad bila mag`rursiz, yigitlarkim,
Sipehr aylar ul o`qlarni misli yolar ko`j.

Havas qorilig` etib, go`yiyoki aylarlar
Ko`ngul kamini uchun qadni dilrabolar ko`j.

Ne sho`x tuz qad ila jilva qildikim, qildi
G`amu balo yukidin qadni porsolar ko`j.

Aso tutub ne iloj aylagay gadoki, bo`lur
Chu vaqti yetti falakqadr podsholar ko`j.

Alarki ko`j qadim birla hazl etarlar, hayf
Ki, bo`lmag`umdurur ul damki, bo`lg`ayolar ko`j.

Navoiy itti yigitlik, magar vafosizlik
Qildilar qaribon qadni benavolar ko`j.

SIN HARFINING SIYMINBARLARINING
         SAVDOSI BADOE`DIN

223

Davron guliyu gulshani xorig`a arzimas,
Gulgun mayi baloyi xumorig`a arzimas.

Ming yil kishi jahon eliga qilsa shohliq,
Bir dam alar ihonatu orig`a arzimas.

Manqalda udu sandal agar aylasang o`tun,
Bir lahza dud birla sharorig`a arzimas.

Ofoq mulki fathi uchun tortmoq sipah
Bilkim, sipoh gardu g`uborig`a arzimas,

Yuz qari olam ahli aro aylamak nashot,
Bir dam alar nifoqu niqorig`a arzimas.

Yillar habib vasli muyassar esa, gahe
Mayli raqib jonibi borig`a arzimas.

Kirgil fano yo`lig`a, Navoiyki, dahri dun
Bu umri besabotu madorig`a arzimas.

224

Ey, quyoshdek olamoro husnunga hayron ulus,
Zarra yanglig` ul quyosh davrida sargardon ulus.

Uyla rasvomenki, borsam har taraf beixtiyor,
Tortar iynak, keldi ul devona deb, afg`on ulus.

Jilvagohi husnida bir dam tamosho istaram,
Netti bir dam bo`lsa olam dashtidin pinhon ulus.

Do`zax o`tidin ulus tengriga elturlar panoh,
Ne uchunkim, ko`rmamishlar shu`lai hijron ulus.

Hajrdin yuz sa`b holat ichramen, ermas ajab,
Gar tamoshog`a qilurlar boshima tug`yon ulus.

Gar ulus izhori ishq aylarlar, ammo cheksa tig`,
Men qolurmen tig` ostida, qochib har yon ulus.

Tiyr boronkim g`aming qildi, tuganmas qarnlar,
Tersalar anda boshoq tergan kebi paykon ulus.

Chun falak javfin qazo qilmish havodis huqqasi,
Buyla yerda fitnadin qochmoq zihi nodon ulus.

Gar ulus ahdu vafosida Navoiy o`ldi, lek
Yo`qturur bu ahd aro qilmoq vafo imkon ulus.

225

Har niyoz etsam ayon, juz noz oyin aylamas,
Necha achchig` yig`lasam, bir labni shirin aylamas.

Istasa har kimni o`lturmak uchun jallodi dahr,
Vahki, mendin o`zgani ul g`amza ta`yin aylamas.

Kimgakim bir orazu ruxsoru xattu zulfning
Shavqi bo`lsa, xotiri mayli rayohin aylamas.

Jilvakim qonlig` ko`ngulda aylar ul qad birla yuz,
Sohati gulzor aro shamshodu nasrin aylamas.

Ashk o`tkuncha yuzumdin qahrabo rangi tutar,
Suni hargiz za`faron bu nav` rangin aylamas.

Vah, ne holatdurki, ul husn aylasa har kimni shod,
Ishq mendin o`zgani bu ishda g`amgin aylamas.

Ey Navoiy, so`z dekim, davronni gardundek qazo
Juz bu durri kavkab oyin birla tazyin aylamas.

226

Yo`q damekim, furqati jonimg`a bedod aylamas,
G`ayrni shod etkali ko`nglumni noshod aylamas.

O`lmakimni bilmayin go`yo der ermish ul pariy
Kim, necha tundurkim, ul devona faryod aylamas.

Ulcha bag`rimg`a qilur g`am nishidin hijron g`ami,
Tog`ning bag`rig`a metin birla Farhod aylamas.

Soldi ko`nglum o`tig`a paykonlarin hijron, ajab
Kim, maning qatlimg`a boshtin tig`i po`lod aylamas.

Qaysi bir damdurki solmon sabr avroqig`a ko`z
Kim, borin ohim yeli bir damda barbod aylamas.

Bevafolar rag`mig`a sevdim parini, ey ko`ngul
Kim, vafo izhori jinsi odamizod aylamas.

Oqibat chun ayruluqdur, ul kishi aylar g`alat,
Kim visol ichra o`zin hijrong`a mu`tod aylamas.

Mug`bacha qurboni bo`lsak yo`q ajabkim, piri dayr
Bizga oyini fanodin o`zga irshod aylamas.

Ey Navoiy, bo`lma aning yodidin g`ofil dame,
Sen kim o`ldung degalikim, ul meni yod aylamas.

227

Yo`q manga had aylamak boshingg`a evoulmak havas,
Itlariki boshig`a evrulmak muyassar bo`lsa bas.

Chun haddim yo`q etkali javru jafosin iltimos,
Qayda mumknn aylamak mehru vafosin multamas.

Ey Masihim, chun o`larmen bir vasiyat aylagum,
Xalqdin maxfiy quloq og`zimg`a qo`yg`il bir nafas.

Kechalar hajringda faryodim o`tar aflokdin,
Mahvashim, faryodkim, bo`lmas manga faryodras.

Gulmudur qo`yg`on qafas ustida, ey bulbul, sanga
Yoxud  afg`oning o`tidinmu tutashibtur  qafas.

Gulshani ishq ila oliyshon erurkim, anda bor
Sidra shoxi birla to`bi bir-iki xoshoku xas

Gar Navoiy yorning vaslin tamanno qilsa bor,
Uylakim, bo`lg`ay gado ko`nglida shoh o`lmoq havas.

228

Menga, sog`inmakim, ul dilrabo erur munis
Ki, dardi hajrida yuz ming balo erur munis.

Niyozu ajzidin ar o`lsa dam-badam, ne ajab,
Gadovasheki, anga podsho erur munis.

Chu ishq bodiyasi keldi dashti istig`no,
Shah o`ldi zor anga, gar gado erur munis.

Vafosiz anglasa o`z umri-o`q gumon qildik,
Angaki umrida bir bevafo erur munis.

Xayol bo`ldi tanim za`fdin tanosib uchun,
Bu damki yor xayoli manga erur munis.

Bu dasht qat`ida hamroh erur qadam urmay,
Angaki sokini dayri fano erur munis.

Navoiy unski bulbul bila tutar, tong yo`q,
Bu benavog`a gar ul benavo erur munis.

229

Bir oyni tilab, xasta ko`ngul zormu ermas,
Hajri g`amidin yuz tuman afgormu ermas.

So`rmastin anga qatl tilar, yo`q esa ko`nglum
Oshiqmu emas, bekasu bemormu ermas.

Ishqida sitamlar bila o`lsam, ke ajab, yor
Qotilimu emas, sho`xu sitamkormu ermas.

Dinim boshig`a titrar esam, tong emas, ul ko`z
Kofirmu emas, mastu dilozormu ermas.

Chun surdi samandin nega o`ldung dema, ey sho`x,
Sarxushmu emas, chobuku ayyormu ermas.

Gar dahr arusig`a dedim berma ko`ngul, boq:
Muxtolamu purhiylamu makkormu ermas.

Gar bo`lsa xaroshida Navoiy uni, tong yo`q
Bir gul g`amidin ko`nglida yuz xormu ermas.

230

Aylagan qaddu yuzung borinda sarvu gul havas,
Dahr bo`stonida andoq bo`lmag`ay bir bulhavas.

Nozanin qadding niholi birla ruxsoring gulin
Ko`rgali ne sarv qildim orzu, ne gul havas.

Sarvinozim boshida to ko`rdi mushkin kokilin,
Sham` aylabtur muanbar dudidin kokil havas.

Ko`rdi to sarv qadu guldek yuzungni bog`bon,
Gulshan ichra qilmadi shamshod ila sunbul havas.

Kulliyu juzviy yo`qu borim sanga bo`ldi fido,
Sen kerak bo`lsang, manga yo`q emdi juzvu kul havas.

Shomi savm iftorig`a, ey shayx, sharbatni netay,
Aylasam bir sho`x ilgidin sabuhiy mul havas.

Ayladi bir xoli hindu ro`zgorimni qora,
Ey Navoiy, tong yo`q, etsam Hind ila Kobul havas.

231

Kimgakim bo`lsa nasib ul ofati jondek anis,
Bebaho bo`lg`ay qoshinda mohi Kan`ondek anis.

Qayda bu gulshanda uns o`lg`ay mangakim, istaram
Orazi gul, qomati sarvi xiromondek anis.

Kofirekim naqdi dinim oldiyu yoshurdi yuz,
Topmog`um yuz sa`y ila ul nomusulmondek anis.

Uns tutqoch, va`dai vasl ettiyu qildi xilof,
Hech kimga bo`lmasun ul ahdi yolg`ondek anis.

Ul pari men telba birla uns agar tutmas, ne tong,
Dasht aro Majnung`a bas g`uli biyobondek anis.

Ne ajab davron aro oshub tushmak har zamon,
Menki istar bo`lsam ul oshubi davrondek anis.

Qilg`ay insoniyat ar ko`z mardumig`a tutsa uns,
Ey Navoiy, yaxshidur insong`a insondek anis.

232

Qilsa bo`lg`ay mehrni nurinda yoshung`an qiyos,
Jilva qilg`an chog`da ul xurshidi kofuri libos.

Yo`q ko`ngul sultoni hifzig`akim, ul oy yo`lida
Uyqusiz ko`zlar tong otquncha tutar har kecha pos.

Ul quyosh chiqmay solur charx uzra yuz tarhi jafo,
Vah, bor ermish husn shohi, ne balo oliy asos.

Poybo`sung va`dasig`a jon olib, dersen manga,
Hojatingni iltimos et, vah, ne hojat iltimos.

Kirpikimdin resh bo`lg`ay deb tahayyul ichra ham,
Ko`zni qilmon bargi gul yanglig` taboningg`a mumos.

Ey visol ahli, sizu iqbol tashrifiki, charx
Tikti qaddimg`a mening idbor toridin palos.

Xalqdin navmidlik yetkurdi rohat ko`ngluma,
Ey Navoiy, bildim ihdar-rohatayn erkanni ya`s.

233

Men kimu mehru vafo zulmu itob aylasa bas,
Javrini lutfcha jonimg`a hisob aylasa bas.

Qayda ul had mangakim, lutfidin obod o`lsam,
Zulm ila kishvari jonimni xarob aylasa bas.

Emon ul itki, rikobin tama` etsam o`pmoq,
Qatl uchun zulfini bo`ynumg`a tanob aylasa bas.

O`n quyoshcha yuzida nuru anga to`rt niqob,
Etti garduncha jamolig`a niqob aylasa bas.

Ming balokashni qilib qatl gunah qozg`ondi,
Meni tirguzgucha umrida savob aylasa bas.

Men kimu la`li umidiki, xayol ichra gado
Shah bila mayli nishoti mayi nob aylasa bas.

Charx zulm etsa, Navoiy tilamas dod andin,
Azm dargohi shahi arshi janob aylasa bas.

234

Uyla bo`lmish notavon ko`nglumga jonon birla uns
Kim, badang`a hargiz andoq bo`lmag`ay jon birla uns.

Ko`ngluma kirgach anisim bo`ldi, tutqonmu ekin
Bir zamonda hech kim bu nav` mehmon birla uns.

Odamiylardin chu ko`p vahshatqa qoldim, istaram
Tutmoq elni tark etib, vahshi biyobon birla uns.

Ko`zdin uchqung, uns tut bir dam bu shaydo birlakim,
Yo`q ajab, tutmoq pariy majnuni hayron birla uns.

La`li jonbaxshingg`a ma`nus o`lsa ruxsoring, ne tong
Kim, Masihog`a bo`lur xurshidi raxshon birla uns.

Dayr aro bo`lmish anisim piri dayru mug`bacha,
Tutmisham holo bir-ikki nomusulmon birla uns.

Notavon ko`nglungga munis kimni istarsen, demang
Kim, meni shaydog`a yo`q juz ko`nglum olg`on birla uns.

Dahr bog`i gullarida yo`q vafo, ey andalib,
Ziyrak ersang, tutmag`il bu turfa bo`ston birla uns.

Chun itimen, itlari xayli bila xo`y etmisham,
Ey Navoiy, ne ajab hayvong`a hayvon birla uns.

235

Gar manga bor ersa ul dildori zebo birla uns,
Ul muhiqdur, tutmasa men zori shaydo birla uns.

Olam   ahli  muttafiqdurlar  meni o`lturgali,
To tutubmen ul jamoli olamoro birla uns.

La`li ma`nusumdurur, o`ltursa o`ltursun ko`zi,
Ne g`ami jalloddin tutqay Masiho birla uns.

Men kimu ul xo`blar shohi bila ulfat, magar
Vahsh tutqay dasht aro Majnuni shaydo birla uns.

To`lg`anib zulfung bu majnung`a  ne sarkashlik qilur,
Chunki savdo ahlig`a bor ahli savdo birla uns.

Ey musulmonlar, chu bir kofir asirimen, ne tong,
Bor esa ko`nglumga zunnoru chalipo birla uns.

Sarvi nozim kiygali sariq, qizil bo`lmish manga
Ham guli ra`no bila, ham sarvi zebo birla uns.

Gar desang dunyoda har dam yuz baliyat ko`rmayin,
Ey ko`ngul, zinhor tutma ahli dunyo birla uns.

Ey Navoiy, gar desang soqiylig` etsun mug`bacha,
Tut kirib mug` dayri ichra jomi sahbo birla uns.

236

Yo`q tama` ag`yordin, gar dushman zrmas yor, bas,
Yordin no`sh istamon, nish urmasa ag`yor bas.

Vasli bog`idin, demonkim, muddai gul termasun,
Tersa tersun, urmasa bag`rimg`a yuz ming xor bas.

Kimga qildim bir vafokim, ko`rmadim yuz ming jafo?!
Ey ko`ngul, gar xud havasdur ishq bu miqdor bas.

Bo`lmasa og`zimda may yoxud ko`z ul guldin qizil,
Ohi otashnok birla diydai xunbor bas.

Qasdima chekma haloking tig`ini ko`p, ey sipehr
Kim, ul oyning tig`i zulmidin ko`ngul afgor bas.

Dahr bo`stonida gulgun xona Qilsang orzu,
Bodai gulrang quyg`on kulbai xammor bas.

Ey Navoiy, so`zda ma`ni yo`qturur, ma`niyda so`z,
Durri ma`ni istar o`lsang, aylagil guftor bas.

237

G`amingdin, ey pariy, devoia bo`lmas,
Kishikim hush topqoch, yona bo`lmas.

Jamoling sham`ig`a ko`nglum qushidek
Maloyik xayli ham parvona bo`lmas.

Anga yo`q ishq birla oshnoliq
Ki, aqlu hushtin begona bo`lmas.

Kishiga vasl iqboli ne mumkin,
Agar hijron aro mardona bo`lmas.

Kerakmas may, agar xud jon bag`ishlar,
Manga soqiy agar jonona bo`lmas.

Xirad mug` dayri sari istamangkim,
Bu yo`lda oqilu farzona bo`lmas.

Navoiyg`a buzuq, bulbulg`a gulshan
Ki, huznu aysh eli hamxona bo`lmas.

238

Meni men istagan o`z suhbatig`a arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin ko`nglum pnsand etmas

Ne bahra topqamen andinki, mendin istagay bahra,
Chu ulkim, bahrai andin tilarmen, bahramand etmas.

Netay huru pari bazminki, qatlim yo hayotimg`a
Ayon ul zahr chashm aylab, nihon bu no`shxand etmas.

Kerakmas oy ila kun shaklikim, husnu malohatdin
Ichim ul chok-chok etmas, tanim bu band-band etmas.

Kerak o`z chobuki qotilvashi majnun shiorimkim,
Buzug` ko`nglumdin o`zga yerda javloni samand etmas.

Ko`ngul uz charxi zolidin, firibin yemakim, oxir
Ajal sarrishtasidin o`zga  bo`ynungg`a kamand etmas.

Ul oy o`tlug` yuzin ochsa, Navoiy, tegmasin deb ko`z,
Muhabbat tuxmidin o`zga ul o`t uzra sipand etmas.

239

Labingdin ayru bag`ir laxt-laxt qonmu emas,
Bu qon nazar yo`lidin dam-badam ravonmu emas.

Yuzungni pardada desam, pariy, tongirg`omog`il,
Menimu qilmadi majnun, o`zi nihonmu emas.

Jahonu jon hazar etsa, ne ayb g`amzangdin,
Baloyi jonmu emas, ofati jahonmu emas.

Ko`ngulga ko`yung aro rahm nevchun aylamading,
G`arib telbamu yo zori notavonmu emas.

Ne ayb, la`li labing hasratida jon bersam,
Hayot chashmasi yo umri jovidonmu emas.

Qadahni yaxshi to`la aylamaysen, ey soqiy,
Xumor mehnatidin holatim yomonmu emas.

Qadam Navoiy mahzun boshig`a qo`ymas yor,
G`ubori rahmu emas, xoki ostonmu emas.

240

Olam ichra manga ul huri malak snymo bas,
Ul qachon bo`lsa muyassar, qadahi sahbo bas.

Gar shabiston ichida hojat esa sham` ila nuql,
Ham o`shul mahjabinu labi shakkarxo bas.

Naqdi jon bersamu la`li labidin qut olsam,
Umr bozorida men xastag`a bu savdo bas.

Kimga bu dast beribturki, sanga bergay dast,
Ayla bu fikri muholotni, ey shaydo, bas.

Gar budur hodisai davr xarobot ichra,
Xirqai chok bila durdi qadahpolo bas.

Hashmat ahli xazu xoroda yoshunsunki, manga
Notavon jism fano gardida nopaydo bas.

Ey Navoiy, yetaring yorg`a ermas mumkin,
Qilmasang ko`nglung aro g`ayri xayolin to bas.

241

Birov aning labi jonbaxshidin nishon bermas
Ki, har kishiki qilur istimo`, jon bermas.

Adam tariqig`a tushtum, tilab aning og`zin,
So`rub kishi manga ul rozdin nnshon bermas.

Abad hayoti kebi vaslig`a yetishkuncha,
Firoq mahlakasi ichra umr omon bermas.

Labingdin o`ldi tanim rishtae tabibi xirad
Ilojin etkali sharbat bag`ir qon bermas.

G`animat angla ko`zu ko`nglum ashk ila qonin
Ki, muncha injuyu la`l elga bahru kon bermas.

Zamona qildi meni goh mastu, gah maxmur
Ki, bir zamon may agar bersa, bir zamon bermas.

Navoiyo, g`ami jonim olurda sa`y etti,
Sog`indikim, tilagach ushbu notavon, bermas.

SHIN HARFINING SHUXLARINING SHAMOIILI
                       BADOE`DIN

242

Zihi oting bila xayli maloyik ichra xurush,
Falak senga yangi oy na`li birla halqabago`sh.

Gahiki fikrati zotingni aqli kul aylab,
Burung`i jomda hayrat ani qilib behush.

Sipehr jomida qahring haroratidin zahr,
Quyosh zamirida mehring haroratidin jo`sh.

Ham etti nofai mushkung qamarni mushki davoj,
Ham etti gulshani lutfung shafaqni gulgunpo`sh.

Ne qahring o`tidin emin faqihi soyimi dahr,
Ne rahmatingdin novmid rindi durdno`sh.

Navoi hamdinga bulbul tili bo`lub go`yo
Va lek hayrati vasfingda g`uncha og`zi xamush.

Navoiy o`zni sotar qullug`ung bila, yuz shukr
Ki, xudfurush emastur, yo`q ersa zuhdfurush.

243

Kelki, hijroning meni mahzunni badhol aylamish,
Yuz tuman dardu balo xaylig`a pomol aylamish.

Orazingdin o`zga yuz ko`rmaktin aylab ko`zni ko`r,
Dardi ishqing elga ayturdin tilim lol aylamish.

Ham boshimni gard ila mankubi hijron aylabon,
Ham tanimni bosh ila majruhi atfol aylamish.

Sen guli ra`no firoqidin sarig` chehramni ashk
Qatra-qatra qon ila tim-tim tomib ol aylamish.

Xotirim ozurda aylab yor ila ag`yordin,
Yoru ag`yorimni mendin forig`ulbol aylamish.

Firoqingdin o`lmagan bo`lsam, emas mendin gunah,
Charx ani komim ko`rub sa`yida ihmol aylamish.

Tushkanim Majnun bila Farhod ayog`ig`a ko`rub,
Gah tanimni nun qilib, gohe qadim dol aylamish.

Ey ko`ngul, din ahli zarqidin malul ersang, sipehr
Dayr pirin buyla mushkillarga hallol aylamish.

Hajr aro mast o`l, Navoiykim, farah kasbiga ishq
Mayni yoquti muzobu la`li sayyol aylamish.

244

Qaysi ishrat mevasi naxli hayotim qildi fosh    
Kim, parivash tifllar yog`durg`ay ul yon muncha tosh.

Olam ichra ul quyosh zohir vale mendin nihon,
Ey ibodat ahli, qo`ysam, tong emas, olamg`a bosh.

Oq uqor o`tog`asi chobuksuvorim boshida,
Uylakim, xatti shioi aylagay zohir quyosh.

G`am tuni sargashta boshim, ham sipehredurmudir,
Anda kavkab zohir o`lg`on yuz uza har qatra yosh.

Ko`z ani ko`rgach, ko`ngul sevdi, bu ish bo`lg`an zamon
Ko`zlarim ko`ru ko`ngul nobud bo`lg`ay erdi kosh.

Gar desang qattiq balog`a qolmag`aysen charxdin,
Olam ahli birla yumshog`lig` bila qilg`il maosh.

Chun Navoiy o`ldi, itlar dardparvar jismini
To``ma qilmoq yo`qki, rad aylarda aylarlar talosh

245

Avji husn uzra yuzung xurshidi farruhbol emish,
Xoling ul hindui muqbil, kavkabi iqbol emish.

Dedim: aytay husni vasfi birla ishqim hirqatin,
Bilmadimkim, til bular vasfin demakta lol emish,

Husn xattin par chiqarib uchmog`i ermish sazo,
Ishq ila dard ahlidin xo`beki forig`bol emish.

Man`i ishq aylar edim ko`nglumga, ko`rdum holini,
Shiddati shavq iztirobidin base badhol emish.

Ko`z yumub ochquncha yuz qon aylar ermish g`amzasi,
Men yomon baxtiga yetkanda ishi ihmol emish.

Ul parivash suvratin sizg`ach musavvir, angladim
Kim, xiradni aylagan devona bu timsol emish.

Xonaqah shayxi qoshinda qoldi ko`p mubham ishim,
Buyla mushkillarga piri maykada hallol emish.

Soqiyo, jomi visoling no`shidin tirguz meni
Kim, xumori sog`ari hijron ajab qattol emish.

Gar Navoiy pirlarg`a murshid erdi, kirgali
Ishqu savdo ko`yiga bozichai atfol emish.

246

Sham` uchini olmog` uchun, ey mahvashi farrosh,
Parvona qanotlaridin et sifrai minqosh.

Yo`q-yo`qki, yuzung sham`ig`a parvonadur anjum,
Kim, bir-bir alar shomi visolingda bo`lar fosh.

Oy sham`ig`a minqosh munosib yangi oydur,
Andog`ki, yuzung sham`ig`a minqoshdur ul qosh.

Boshimdur ayog`ingg`a fido, har ne kerak qil,
To`qmoqqa munosibdur, agar istar esang bosh.

Ul oy agar ilgiga supurgu olur, ey charx,
Xurshid shioi xatidin qilsang ani kosh.

Har tun chu falak borgahi vaz`i nigundur,
Gardun ko`zi go`yo bu jihatdin to`kadur yosh.

Ko`ngli uyidin sabr mato`ini supurdi
Bechora Navoiykim, erur dilbari farrosh.

247

Men gadog`a har necha ko`yi sari bormoqdur ish,
To``ma solmoq itgayu darbong`a yolbormoqdur ish.

Qon bo`lub itgan ko`ngulni istayu ul ravzada
G`unchalar xaylini gulbunlarda axtarmoqdur ish.

Ul sari borurda jon birla ko`ngulni rashkdin
Har birisin yuz bahona birla qaytarmoqdur ish.

Tiyra ko`nglumda xayolig`a malolat vahmidin
Notavon jismimni har yondin tutub yormoqdur ish.

Tushsa ilgimga iti, azbas niyozu mehrdin,
Ani men Majnun qo`lidin elga qutqarmoqdur ish.

May tag`orin tut desam, soqiy, tojonmakim, sanga
Ish ani tutmoq va lekin bizga sipqarmoqdur ish.

Telbarab har dam bo`lur g`oyib Navoin, nechakim,
Bizga ani aql ko`yi sari boshqarmoqdur ish.

248

Ohkim, ul sho`x erur ham mohvash, ham shohvash,
Balki ham quldur anga yuz shohvash, ming mohvash.

Gar quyosh ermas yuzung, nevchun nishotim mazrann
Tobidin aylab quruq, rangimni qildi kohvash.

Ko`nglum olib budurur maqsud angakim o`rtagay,
Bukim o`zni dilsitonim ko`rguzur dilxohvash.

Vasl aro o`zni xayol aylab nishotim bordur,
Soyil andoqkim yasag`ay o`zni ahli johvash.

Ey quyosh, ohim ne tong olamg`a solsa rustaxez,
Har damim gardung`a chunkim shu`la tortar ohvash.

O`zdin ogah ermon, ogohe kerak sarvaqtima,
To ul ogah davlatidin bo`lg`amen ogohvash.

Ey Navoiy, gar hidoyat yetsa yo`lg`a kirgamen,
Garchi mug` dayrida holo bor esam gumrohvash.

249

Bazmi vasl ichra manga tutti qadah ul mahvash,.
Boda xush, bazm xush ul ikkisidin soqiy xush.

Bir-bir ofoq elin o`lturdi, ne bir-bir ming-ming,
Olloh-Olloh, ne balo qotil emish ul mahvash.

La`li ko`nglumni chekib, g`amzasi qonim ichti,
Nechakim bu biri xunxor erur, ul dilkash.

Tavsani charx uza go`yoki quyoshdur soyir,
Shahsuvorim chu qilur jilva, minib ko`k abrash.

Labi hayvon suyidin gar meni qildi forig`,
Ne ajab, boda erur xoru qilur daf`i atash.

Husn chun jilva qilur, oqu qorada no`q farq,
Kishiga kelsa balo xohi xito, xohi habash.

Sarvi nozim qoshida keldi Navoiy to`bi
Lamskim, suvrati xatti o`qidim ani lamash.

250

Qading niholiki bog`i hayot tarfini tutmish,
Magarki Xizru Masiho suyu havosida butmish.

Ko`ngulnn gavhari ishqingki ravshan ayladi, gardun
Magar bu upni durri shabcharog` birla yorutmish.

Ko`ngulni qon yoshu gohi yuzum bila ovuturmen.
Sarig`-qizil bila andoqki xalq tiflin ovutmish.

Dedingki, hajr aro ber ishq so`zu tobig`a taskin,
Kishi tamug`da qachon ko`nglining o`tini sovutmish.

Ko`ngulga har necha sabru qaror pandi berurmen,
Birini, voyki, bishqarmayin, birini unutmish.

Umnd naxlini ashkim bila ne toza qilaykim,
Samumi hajr ani kul aylamish demanki, qurutmish.

Navoiy, emgak ila dema tarki ishqim etibdur,
Qachon zamiri uyi girdig`a bu ishni yovutmish.

251

Nekim qilur, ko`runur ul buti sitamgar xush,
Chu nozu ishza bila bazmdin chiqar sarxush.

Yuzungda xush ko`runur jomi la`ling, ul yanglig`
Ki, toza gulshan aro la`lrang sog`ar xush.

Qamarning ikki yonida Suhaylu Zuhra kebi.
Ko`rundi iki qulog`inda durru gavhar xush.

Ko`zungki oraz uza yotti xush ko`rundiki, bor
G`azola yotmoq uchun lola bargi bistar xush.

Ne nav` jinsi bashar suhbatini xush ko`rgay,
Biravga bo`lsa parizodi hur paykar xush.

Menu jamolin aning bir ko`rarga bermak jon,
Agar bu noxush erur ahli davr aro, gar xush.

Navoiyo, sanga gar yordin g`arazdur, yor
Jafovu lutfini ko`rsang kerak barobar xush.

252

Yuzu engida muncha latofat bo`lur ermish,
Qoshu ko`zida muncha ham ofat bo`lur ermish.

Husnidin aning hur itib qochdi, pariy ham,
Bir odamida muncha latofat bo`lur ermish.

Mohim yuzini chunki quyosh ko`rdi tutuldi,
Muncha falaki elda kasofat bo`lur ermish.

La`ling mayig`a chashmai hayvonni qilib zam,
Usrukrak erur muncha sarofat bo`lur ermish.

Javr etganida o`lmas edim, gar anga so`ngra,
Bilsam edikim, lutfi izofat bo`lur ermish.

Kirganda balo dashtig`a fikr etkay edim gar,
Yuzdin biri, bilsamki, mahofat bo`lur ermish.

Debturki:  Navoiy so`zining bandasidurmen,
Bu lutf ila ul shahda zarofat bo`lur ermish.

253

Ey musavvir, lutf etib sizg`il meni jonong`a to`sh,
Uylakim, tushkay yuzi bu diydai hayrong`a to`sh.

Yuzi bo`lsun yuzuma to`sh, qaddi ham to`sh qaddima,
Lek jonparvar labi la`lini tarh et jong`a to`sh.

Ro`baro` har uzvi har uzvumg`a to`shdek tushmagay,
Yuzi ko`zgusi vale bu dudlig` afg`ong`a to`sh.

Ko`ksini ko`ksumga to`sh sizg`il demonkim, tushmagay
Nozanin jismi aning bag`rimdag`i paykong`a to`sh.

Olloh-Olloh, telbalik soldi xayoloti muhol
Ko`ngluma, yo`qsa ne loyikdur gado sultong`a to`sh.

Qaysi yonkim itlarin tarh aylagungdur bazm aro,
Siz meni tufroqqa yuz qo`yg`on vale ul yong`a to`sh.

Chekti chun har kimsani bir ishga to`sh kilki qazo,
Ohkim, bu telbani qildi raqam hijronga to`sh.

Aysh jomin tutmang, ey davri tarab soqiylari,
Bizgakim, charx etti bizni mehnati davrong`a to`sh.

Ey Navoiy, telba ko`nglum zor tang`a kelmadi,
Toki el majnunni bir ko`rsatsalar vayrong`a to`sh.

254

Chekib jon rishtasin chobuksuvorimkim, kamand etmish,
Ko`ngul saydin hamono ul kamandi birla band etmish.

Firoq ichra ajal zahrin tut, ey soqiyki, ishq andoq
Achig` sharbatni bu qotiq marazg`a sudmand etmish.

To`kulmak qoningiz ko`yida, ushshoq, orzu qilmang
Ki tig`i ishq bu davlatqa bizni arjumand etmish.

Bul ohimdin falakka yetsang oxir ishqi Majnunkim,
Bu yel imdod ila ul shu`lani andoq baland etmish.

Bu ham xushturki, moni` bo`lg`ay el nazzora aylarga,
Bukim maydonida xoki tanim gardi samand etmish.

Anikim sevdimu yuz ming balog`a uchradim, yo`qkim
Manga yolg`uzki, yuz ming men kebi bedilg`a pand etmish.

Rizo berkim, qazog`a yo`q tafovut, kimsa yuz qatla
Ne kelsa ollig`a xursand yoxud bad pisand etmish.

Siyosat aylaram mujgon sinoni birla mundoqkim,
Ko`zum ul yuzga gustoxona boqib bahramand etmish.

Navoiy tarki zuhdu ilm qildi, toki dildori
Ichib may tunu kun xudroyliq birla lavand etmish.

255

Nechaknm qatl bila noz erur yorg`a ish,
O`lmaku arzi niyoz o`ldi meni zorg`a ish.

Xasta ko`nglum tilasa vasli shifosin, ne ajab,
G`ayri sihhat ne havas bo`lg`usi bemorg`a ish.

Bandi zulfida tilar  ko`nglum o`zin mahkamroq,
Garchi maxlas talabi bo`ldi giriftorg`a ish.

Qoni to`lg`an necha din ahlin asir etti ko`zi,
Bo`ldi paydo yana ul kofiri xunxorg`a ish.

Marham o`rnig`a ko`ngul zaxmini tirmar ul sho`x,
Do`stlar, sa`b tushubtur bu dili afgorg`a ish.

O`lturur o`tkanu qolg`an boshog`i ko`nglumda,
Ey falak, qatlim erur sobitu sayyorg`a ish.

Juz zafo ahlig`a sargashtalik etmak oyin,
Go`yiyo qismat emas gunbadi davvorg`a ish.

Olam ahlida chu yo`q yorki, mehr o`lg`ay ishi,
Sen qiyos aylaki, ne bo`lg`usi ag`yorg`a ish.

Ey Navoiy, o`zungga olam ishin oson tut,
Gar desang tortmasun el buyla dushvorg`a ish.

256

Ul oy gar ayni usrukluktin uyqu maylig`a yotmish,
Vale bir ko`z yumub ochquncha yuz ming fitna uyg`otmish.

Visoling bay`ida sud etmish ul tojirki, Yusufdek
Agar ming bandasi bo`lsa, barin bu vajh uchun sotmish,

To`la gavhar aqiqing huqqasidin bahri ashkim ko`r
Ki, ko`k anjum bila durluq sadafdek qa`riga botmish.

Soching savdosidin xayli malak majnunvash o`lmish bil,
Magarkim olami arvohqa atrini butratmish.

Chamanda naqsh bandi nomiya ko`p sarvu gul naqshin
Chiqarmish, qaysi birni sarvi gulro`yumg`a o`xshatmish.

O`qidin par chiqarmishmenkim, ul turki xadang afgan,
Qayonkim g`amzasining novakin chekmish, manga otmish.

Qadahdin jon topibmen, go`yiyokim no`shlab soqiy
Ani mamzuj etarda obi hayvondnn anga qotmish.

Zamon ahli zamona rangi birla bevafodurlar,
Zamona ahlig`a go`yo zamon o`z fe`lin o`rgatmish.

Navoiy xastalig`din dam urarg`a quvvati yo`qtur,
Ani go`yo vafosizlar jafosi asru emgatmish.

257

Ey jamolingnnng xayoli xotiri vayronda naqsh,
Shamsadin qolg`an asar yanglig` buzug` ayvonda naqsh.

Tegdi bir novakki, sahmidin o`lub erdim, valek
Yangi jon toptim aning otin ko`rub pankonda naqsh.

Kecha ul gul furqatidin, kunduz atfol ilgidin
Xoru xora zahmini ko`r bu tani uryonda naqsh.

Orazing naqshiki chiqmas tiyra ko`nglumdin dame,
Qildilar go`yoki Yusuf suvratin zindonda naqsh.

Ey musavvir, sizmag`il Majnunu Layli suvratin,
Bas menu yorim hadisi safhai davronda naqsh.

Naqsh sudin chun bo`lur zoyil, ajabdurkim, erur
Yig`lag`an soyi xayoling diydai giryonda naqsh.

Dahr elidin gar vafo Qilding tama`, ey soddadil,
Istading amreki, tutmas, haynizi imkonda naqsh.

Qildi ko`p devonni el naqshi nigor, ammo emas
Uylakim, qildim nigorim vasfini devonda naqsh.

Bog`lamas naqsh ulki bo`lg`ay sendin o`zga yor uchun,
Bazmi dard ichra Navoiy bog`lasa hijronda naqsh.

258

Shafaq jinsin quyosh zarrishtasidin chorqab qilmish,
Shafaqgun qilg`ali mehr ahlining ashkin sabab qilmish.

Sanga taqlid qilmish gulki, osib ko`za bo`ynidin,
Tikan ustiga ani turg`uzub gardun adab qilmish.

Falak javfi to`la zahr o`lsa, muncha qatl emas mumkin
Ki, anfosi Masih oyin bila ul no`shlab qilmish.

Zamonda bul-ajab oseblar solmish, falak tokim
Bu yanglig` ul zamon oshubi tavrin bul-ajab qilmish.

Ne umr o`lg`ay mangakim, mast bebokim meni nogah
Tirik ko`rganda o`lturmish va gar o`lsam, g`azab qilmish.

Jamol avroqida har nukta bor ul yuzda zohirdur,
Magar ul safhani davron boridin muntaxab qilmish.

Meni devonag`a yuz shikva bor o`z qavmu xaylimdin
Ki, Majnung`a ne turlik zulmkim qilmish, arab qilmish.

Sen ani istamakdin tinmag`il bir lahzakim, solik
Agar matlub topmish, andin ermishkim, talab qilmish.

Visol ahli, sizu ayshu farog`atkim, Navoiyg`a
Azal qassomi ro`zi ishq aro ranju taab qilmish.


259

Menga nomehribon yor o`zgalarga mehribon ermish,
Mening jonim olib, ag`yorg`a oromijon ermish.

Tan uzra emdi fahm ettim adadsiz toza dog`imni     
Ki, har bir-bir qorarg`an shomi hajrimdin nishon ermish.

Buzulg`an ko`nglum  atrofindag`i zaxm ichra novaklar
Baliyat qushlariyu zaxm alarg`a oshyon ermish.

Raqibi sindurub ko`nglinu men yig`lab anga, lekin
Su keltirmak hamonu ko`za sindurmoq hamon ermish.

Baliyat dashtida zore ko`rub Majnun sog`ing`aylar,
Ko`ngul otlig` bizing ovorai bexonumon ermish.

Xayoling xayli ko`nglum dashtida chun qildilar manzil,
Har o`t yoqqan yer ul manzilda bir dog`i nihon ermish.

Zamon oshubidin ko`nglumga yuz shiddat yetar erdi,
Chu fahm ettim munga bois ul oshubi zamon ermish.

Agarchi men yomonmen, yaxshidurkim  mu`tarifdurmen,
O`zin yaxshi tasavvur aylagan mendin yomon ermish.

Navoiy nazmini ko`rdum quyosh lavhig`a sabt etkan,
Buyurg`an ani oliy qadr shohi xurdadon ermish.

260

Labing bu xastag`a nevchun takallum etmadi ish
Ki, bir sukunj bila hosil etsa yuz olqish.

Otar hamisha qoshi yosi birla g`amza o`qin,
Agarchi bo`lmas o`q otmoq, yo`q ersa yoda kerish.

Boshog`laringmu ekin bag`rim ichra yo qoldi
Iting chu tu`ma uchun anda mahkam ayladi tish.

Tariqi ishq aro komildurur ko`ngul, ne ajab,
Kamol topmoq etib ishni ishq ila varzish.

Zaif jismni to tig`i yordi nolonmen,
Nechaki chiqmas uni, necha chok bo`lsa qamish.

Chekar gul ollida bulbul fig`on, magar bildi
Ki, o`tsa vasl bahori, xazoni furqat emish.

Navoiy, asra nihon ishq nuktasin zinhor
Ki, ishq piri manga yoshurun bu nukta demish.

261

Manga bor ul sanami ra`no xush,
Ko`runur o`zga sanamlar noxush.

Yolg`uz ani sevaramkim, manga bor
Ul xush, o`zga kishi yo`q aslo xush.

Xalq noxushlig`idin qayda g`amim,
Bor esa ul sanami zebo xush.

Yuzungga yuz qo`yayin xat orakim,
Sabzada keldi guli ra`no xush.

Kecha hijronida may tortar edim,
Kirdi gul gulruxi mah siymo xush.

Menda yuz biymki, tutqach olibon,
Chekti ul sho`xi qadahpaymo xush.

Dayr aro o`zni, Navoiy, xush tut,
Chun kelibtur sanga ul tarso xush.

262

Nevchun yuzida qahr ila chin zohir aylamish,
Xurshid chashmasida kishi mavj ko`rmamish.

Vasling so`zin eshitkach etar ko`nglum iztirob,
Sog`inmag`il aniki, firoqingda to`xtamish.

La`lingni istamonki og`izdin chiqarg`amen,
Bir xastadekki, jonini og`zinda asramish.

Bo`ldim halokchun beliga bog`ladi kamar,
Qatlimg`a go`yiyo belin ul sho`x bog`lamish.

Bemorlig`da jon itiga qilmisham nisor,
Ko`yi sari kelibki so`ngakimni sudramish.

Soqiy, ketur qadahki, chu g`am aylamish hujum,
Bu yetmayin ko`nguldin alar barcha butramish.

Yuz pora ko`ngliniki Navoiy yig`ib edi,
Ul sho`x kirmishu yana borini qo`zg`amish.

263

Ne xam qoshlardururkim, hasrati qaddimni yo qilmish,
Ne kirpiklar o`qikim, ro`zgorimni qora qilmish.

Ne pechu tobi hadsiz domi zulf erkinkim, ochilg`ach,
Demay ko`nglum qushikim, uyla yuzni mubtalo qilmish.

Ne ko`zlardurki, olmish ko`z yumub ochquncha ko`nglumni,
Qilib har go`shada bemoru qismi yuz balo qilmish.

Ne oraz lolasidurkim, ko`ngulni qon etib dardi,
Tugon qo`yg`an bila daf`ig`a ul qonning davo qilmish.

Ne nozuk xo`y erurkim, aylamish o`truda yuz dashnom,
Gadoekim aning zulfu ko`zu qaddin duo qilmish.

Biravkim, jannatu do`zax so`zin sharx aylamish, go`yo,
Kinoyat vajhi birla vaslu hijronni ado qilmish.

Ajab ko`r  ishq  arokim,  mo`r etarga  ajdaholarni,
Fusundin mo`rxatlar qaydi zulfin ajdaho qilmish.

Qazodindur manga ishq o`ynamoq, ey nosihi nodon,
Ko`rubsenmu kishi hargizki, tag`yiri qazo qilmish.

Navoiydek xalosim yo`q edi ul g`amza kufridin,
Xususan zulfi zunnori dog`i bo`ynumg`a toqilmish.

264

Latofatda yuzung ham gul emish, ham gulsiton ermish,
Halovatda labing ham jonu ham oromijon ermish.

Bu ma`nidinki doim chun nihondur ul pariy ko`zdin,
Ishi jonu ko`ngulga o`rtamak dog`i nihon ermish.

Iti bag`rimni yer chog`da ayog`i qong`a bulg`andi,
Ko`zum bog`ida gul aning tabonidin nishon ermish.

Shararlar birla ohim dudini sahroi ishq ichra
Kishi ko`rsa, gumon qilg`ay: ming o`tlug` korvon ermish.

Chamanda har sari qildim guli ra`no gumon, ul xud
Sarig` gul jomida gulgun sirishkim birla qon ermish.

Sog`indim ko`yida har kecha itlar nolasi, lekin
Nachukkim telba it ushshoq ko`nglidin fig`on ermish.

To`kub may muhtasib, men yig`ladim, lekin ul usrukka
Su keltirmoq hamonu ko`za sindurmoq hamon ermish.

Fano dayriki gardun hisnidin mahkamdurur, bildim
Ki,  gardun  zulmidin faqr  ahlig`a dorulamon ermish.

Navoiyni dedim ishq ichra somone topib erkin,
Vale ko`rdum hamul devonai bexonumon ermish.

265

Ishq ko`nglungga solib dard, ani qon etmish,
Ol kisvat bila kofirni musulmon etmish.

Ko`zlaring sho`xlug`idinki el erdi giryon,
Ani bir sho`x ko`zi ishvasi giryon etmish.

Emdi ahvolima shoyadki iching kuygaykim,
Sharari ko`nglung aro ishq o`ti pinhon etmish.

Bilgasen tig`i firoqing bila ko`nglum chokin,
Emdikim hajr sanga choki giribon etmish.

Xori hijron taniga chun tikilur anglag`asen,
Ulcha jonimg`a mening xanjari hijron etmish.

Sencha kimdur boqibon ko`zguga oshiqliq qil,
Ko`nglung ar choshni ishq ila tug`yon etmish.

Ey Navoiy, magar ohing ani tutmishki, kecha
Nechakim sen chekibon oh, ul afg`on etmish.

266

Septi tun mushkiga siymi sudadin kofur qish,
Aysh uchun oqu qorani ayladi masrur qish.

Garchi Hindistonda qor o`lmas, vale oq raxtini
Yoydi Hindiston kebi bu tunda nomaqdur qish.

Gar erur zang ahli zulmoni va lekin qor ila
Qildi tun zangisini ahli safovu nur qish.

Boda oq uy ichra ichmak rasm erur qish bo`lg`ali,
Haq yuzin oq aylasunkim, qo`ydi xush dastur qish.

Bazmni o`tdin qizitti, bazm ahlin bodadin,
Sahv emishkim, bo`ldi sovug`lug` bila mashhur qish.

Qish emish may boisi, zoti burudatdin birav
Zuhd etib sovuqqa gar to`ngsa, erur ma`zur qish.

Uyi  vayronlarg`a  qattig`dur, vale  bil  mug`tanam,
Bo`lsa kulbang may bila asbobidin ma`mur qish.

Mulki Jam istar esang, albatta chek jomi saboh,
Kechagi maydin seni subh aylasa maxmur qish.

Ey Navoiy, do`zax ermish gard ila issig` bulut,
Qoru muz birla sovug`din bor esa mahjur qish.

267

Hushi yo`q ko`nglum junun dashtida bir shaydo emish
Kim, aning qoshida Majnun asru-ko`p dono emish.

Tutti sarig` lolalar ruxsori ashkim birla rang,
Dema, ey ra`noi gulruxkim, guli ra`no emish.

Har bir ohim dudining maddu savodin ko`rgan el
Zulfi hajrinda, sog`ing`aylarki, bir yaldo emish.

Telba ko`nglum holini bilmak tamanno ayladim,
Yillar ermishkim, junun dashtida nopaydo emish.

Dedim: islay anbarin zulfungni ol, boshim evaz,
Dedikim: sen telba boshinda ajab savdo emish.

Ey g`aniy, ushshoqdin mustag`niy o`ldung, bilmading
Kim, fano ahlig`a sultonlig`din istig`no emish.

Anglamas erdim Navoiy holin ul oy ko`yida,
Har kecha to subh ishi faryodu vovaylo emish.

268

Javzo kunidin dog`i ul chehra jamil ermish,
Yaldo tunidin dog`i ul zulf tavil ermish.

Har qatra ko`ngul qoni jon berdi o`luk tang`a,
Hosiyatini so`rduq la`lingg`a qatil ermish.

Gulzor aro nilufar ochildi, gumon ettim
Xol o`rnig`a har yuzda bir nuqtai nil ermish.

Hijron tuni daf` o`lg`ach, bildimki, yuz ochibsen,
Xurshid vujudig`a tong nuri dalil ermish.

Ovora ko`ngul istab jon tandin olur ishqing,
Ul telbagakim itmish go`yo bu kafil ermish.

Oyini qanoat tut, izzat tilar ersangkim,
Ermish tama` ahlidin har kimki zalil ermish.

Ko`nglini Navoiyning olsang, nazar aylab ko`r
Kim, dard ila dog` ichra joni ne qatil ermish.

269

Suvratingdur uyla ko`nglum baytulehsonida naqsh,
Kim, pariy timsoli shahning qasri ayvonida naqsh.

Anga yondoshmoq mening haddim yo`q, ey suvrat nigor,
Cheksang aning naqshini, qilma meni yonida naqsh.

Go`y qilg`anda boshimni yuqti har yonig`a qon,
Layliyu shingarf ila sog`inma chavgonida naqsh.

Jismi uryonimki, ko`p tolpindi tog`u dasht aro,
Xoru xorodin, tamosho ayla, har yonida naqsh.

Zor ko`nglum yo musavvir bo`ldi, yo suvratparast,
Har tarafkim suvratingni qildi vayronida naqsh.

Zuhd aro yo`q juz malolat, negakim, kilki qazo
Aysh tarhin qildi jomi boda davronida naqsh.

Ul pariykim, hajridin o`ldi Navoiy, ey rafiq,
Suvratin qildurg`asen zinhor devonida naqsh.

270

Sarvi ra`no qaddidin ra`no qading cholok emish,
Otashin guldin guli ruxsoring otashnok emish.

Ulki aytur ko`nglaking ul gul g`amidin chok emas,
Anglamaydur  beg`ami g`ofilki, ko`ksum chok emish.

Bazmdin usruk chiqib to`kti ulusning qonini,
Ahli din, qochingkim, ul kofir ajab bebok emish.

Ishqim o`tin shoxai to`bi urub past istagan,
Bilmading, ul shox bu o`t ollida xoshok emish.

Tushta Majnunni hazinu zor ko`rdum, angladim
Kim, bir oy hajridin ul ham men kebi g`amnok emish.

Bir quyosh hajri meni holimg`a qo`ymas zarrae,
Demangiz bu ishga bois anjumu aflok emish.

Voiz aytur hur ummidi birla ul oy tarkin et,
Ey Navoiy, ko`rki, ul purgo`yi beidrok emish.

SOD HARFINING SANAMLARINING SIYTI
                      BADOE`DIN

271

Bir kishi o`zni qilur ahli fano bazmida xos
Kim, qilur o`zluki birla o`zidin o`zni xalos.

Dardu g`am xoslaridinmenu o`lmakdur ishim,
Bo`lur ermish g`am ila dardg`a bu nav` xavos.

Bo`lmayin g`arqi fano, istamag`il gavhari vasl,
Dur topilmas, kishi to bahrda bo`lmas g`avvos.

Qilmay ul Zuhra jabin bazmda bir davri simo`,
Ne uchun bo`ldi ekin shefta ko`nglum raqqos.

Menki ko`z qonin oqizdim, oqizur hajr dog`i,
Qonim ul qon uchun iynak qilib izhor qasos.

Fath tolibg`a yetishmas, agar ermas muxlis
Kim, o`shul fotihaning lozimasidur ixlos.

Fayzi om istar esang, ayla Navoiy o`zni
Bu fano dayri aro mug`bachalar bazmig`a xos.

272

Ey ko`ngul, zohir etib ishqing o`ti dog`ig`a hirs,
Bulbul ul nav`ki gulshan guli yafrog`ig`a hirs.

Uylakim, ko`r gado kuhli basirat tilagay,
Ko`zuma raxshing ayog`i izi tufrog`ig`a hirs.

Bo`ldi Farhod ila Majnuncha ko`ngul mundoqkim,
Ko`rguzur dashti junun birla balo tog`ig`a hirs.

Yor bedillarig`a qayda ko`ngul bersunkim,
Ish anga bo`ldi ulustin ko`ngul olmog`ig`a hirs.

Gar haris o`lsam aning ko`yi tavofig`a ne ayb,
Bo`lur el tab`ida firdavsi jinon bog`ig`a hirs.

Dahr aro mast ila hushyor tama` zoridurur,
Negakim g`olib erur usruk ila sog`ig`a hirs.

Qullug`i dog`idin ozodalig` iqboli yetar,
Ne ajab, bo`lsa Navoiyda g`aming dog`ig`a hirs.

273

Gar etti ishqini ahli jahon uchun taxsis
Valek hajrini bu notavon uchun taxsis.

Visol  ayshini maxsuslarg`a qildi raqam,
Nechukki, hajr g`amin men yomon uchun taxsis.

Demangki, qatlig`a  maxsusmenki,  aylabdur
Qilichi kesmakida imtihon uchun taxsis.

Chu bog` erur vataning, shodmon bo`l, ey bulbul
Ki, g`amg`adur meni bexonumon uchun taxsis.

Boshimni tufrog` et, ey muddaiyu tashlamag`il
Ki, ani qilmisham ul oston uchun taxsis.

Agarchi dahr elida mehr yo`q, sipehr etmish
Bu ishni ul mahi nomehribon uchun taxsis.

Xush ulki, yor Navoiyni qilmayin mazkur
Dedi, jafoni qilibmen falon uchun taxsis.

274

Ey dog`i mehnatingg`a meni mubtalog`a hirs,
Ul nav`kim, diram sari bo`lg`ay gadog`a hirs.

Hajrida vaslin istabon aylarmen iztirob,
Ko`rguzgan el kebi maraz ichra davog`a hirs.

Men davri ro`zgor qoralig`in istaram,
Qatlimg`a tong yo`q ul ko`zi qoshi qorog`a hirs.

Mahrummen visolidin, ushbu emish asar,
Har kimki zohir aylasa bir muddaog`a hirs.

Atfol g`uncha uzgali oncha haris emas
Kim, bor ko`ngullar olg`ali ul dilrabog`a hirs.

Men chekkali jafosini hirs aylaram ayon,
Ne tong, agar ul aylasa zohir jafog`a hirs.

Solikka hech mazhab aro hirs xo`b emas,
Illo bu eski dayrda jomi fanog`a hirs.

Mahrumluq harisqa oyin erur valek
Vasli ishida kirmayin o`tmas arog`a hirs.

Dardu g`amin ko`p istayu bo`ldi Navoiyg`a
Muncha kerakmas erdi bizing benavog`a hirs.

275

Erur ishqing meni mahzung`a maxsus
Ki, Layli dardidur Majnung`a maxsus.

Qo`yung, ey sarvu savsan, jilvakim, bor
Bu ish ul qomati mavzung`a maxsus.

Ko`rub mast aylamak lofin qo`y, ey may
Ki, bu bor ul labi maygung`a maxsus.

Qo`y, ey oy, tunni yorutmog`nikim, bor
Bu ish ul husni ro`zafzung`a maxsus.

Ko`zum girdobi jismimni cho`murdi,
Emas bu Dajlavu Jayxung`a maxsus.

Manga bemehr sensen ham, falak ham,
Bu ish bor oy ila gardung`a maxsus.

Navoiy, otashin gul g`unchasidek
Erur kuymak seni dilxung`a maxsus.

ZOD HARFINING ZAMIRON BO`YLARINING
                 ZIYOSI BADOE`DIN

276

Fayz taqvida chu no`q bil kim erur, ey murtoz,
Mabdai fayz ko`pu maykada piri fayyoz.

Botinu zohiring ahvolini ko`r kim qilmish
Zoyi` ul birni xavotir, bu birisin ag`roz.

Pir nutqi ketarur ujbu riyo birla hasad,
Iso o`ldi chu muolij, netar etmay amroz.

Fard bo`l diniyu uqbodin, agar vasl kerak,
Istagan yorni kavnayidin etsun e`roz.

Kirg`ovul  qorda yoshung`an kebidur  ayblaring,
Elga bas zohir, agarchi sen etarsen ig`moz.

Ko`zung ollida xating mushki chu kofur o`ldi,
Ko`r ani, gar ko`zunga kirmadi ersa bu bayoz.

Kimki illalloh ila ko`ngliga istar payvand,
Naf`i losidurur eldin kesilurga miqroz.

Qilma ko`nglungni savol ahli kadu kajkuli,
Solma bir zarfqa yuz nav` muxolif ag`roz.

Do`st yodi tirik asrar chu Navoiy ko`nglin
G`ayr zikri bila doim nega bo`lg`ay hamroz.

277

Baslig`a jon istar ul huri malaksiymo evaz,
Muncha bilmaskim, emas yuz jon anga aslo evaz.

Ul pariy pobo`sin aylar va`da, vahkim, topmag`um
Bo`lsa yuz ming jon meni devonai shaydo evaz.

Jon labig`a berdimu yetkursa basdur qatrae,
La`li tekkan maydin ul sho`xi qadah paymo evaz.

To`biyu kavsar sanga, ey voizu bo`lsun, manga
Ul labi go`yo bila ul qomati ra`no evaz.

Rishtai dinimni uzdi, lek basdur qilsa lutf,
Rishtai zunnoridin ul mahvashi tarso evaz.

G`ofil o`lma yordinkim, bir nafasliq yodig`a,
Solik ollinda emas dunyoyu mofixo evaz.

Yo`lida o`lsang, Navoiy, yetkura olur sanga
Yuz tuman jon raxshi gardidin bizing mirzo evaz.

278

Qilg`an ermish notavon sarviravonimni maraz,
Zor o`larmenkim, qilibtur zor jonimni maraz.

Chu topar ozor jononim marazdin, yo`q ajab,
Aylasa ozurda joni notavonimni maraz.

Gar marazning lozimi dard o`ldi, bilmon, ey ko`ngul,
Dardmand etgaymu, oyo dilsitonimni maraz.

Sadqasi aylang meni mardudni, ey do`stlar
Kim, zaif etmish ulustin tonlag`onimni maraz.

Dardlig` ko`nglum halokin istaramkim ko`yida,
Yiqmish ul ovorai bexonumonimni maraz.

Yuz tuman mendek kuhan pir o`lsa aning sadqasi,
Qilmasun ozurda, yo rab, navjuvonimni maraz.

To mariz o`lmish nigorim qon to`kar giryon ko`zum,
Ey Navoiy, dey olurmen to`kti qonimni maraz.

279

Ey, quyosh vasfin demaktin, mohi ruxsoring g`araz,
Obi hayvon zikridin la`li shakarboring g`araz.

Ulki, debturlar badan bo`stonida ruhu ravon,
Ahli ma`ni ollida qad birla raftoring g`araz.

Jilvagar kavsar zulolida quyoshning lam`asi,
Ko`zgu ichra chehra aksidin namudoring g`araz.

Sayl mavjidin raqibi xona pardozing murod,
Abr sayridin samandi barqkirdoring g`araz.

Ey ko`ngul, Farhod tog`i birla metin zaxmidin
Dardu mehnat shiddatidin jismi afgoring g`araz.

Ul quyoshqa, ey falak, har zarrani zor etmaking,
Zarrai maqsud yo`q juz bizga ozoring g`araz.

Ey Navoiy, umr bobida vafosizliq so`zi
Kim, bo`lur mazkur, erur sho`xi jafokoring g`araz.

TE HARFINING TANNOZLARINING
       TAROVATI BADOE`DIN

280

Dayr piri xidmatida qilsa har xammor shart,
Kim belin rust aylagay, avval erur zunnor shart.

Shart qildimkim, vafosizlarni emdi sevmayin,
Ishq zo`r etkach vale botil bo`lur bisyor shart.

Tavba qilmoq istar ersang, qilma da`vo oshkor,
Tengriga topshur o`zungni, qilmag`il izhor shart.

Ishqni jabborlar fahm aylamaslar, negakim,
Bordur anda jon reshu xotiri afgor shart.

Bo`lmag`il ozurdavu ozurda qilma kimsani,
Faqr oyinida nevchunkim emas ozor shart.

Shart ila da`vo fano ichra emas sharti adab,
Beadablig`dindur, etsa shayxi da`vivor shart.

Solik ersang, ishga mashg`ul o`l, vale dam urmag`il,
Kim, bu yo`lda shart erur kirdor, emas guftor shart.

Istar ersang tengrini, butlarni sindurkim, erur
Ushbu yo`lda diniyu uqbodin istig`for shart.

Ey Navoiy, charxdin juz egrilik ko`z tutmakim,
Hojat ermas qilmoq ani charxi kashraftor shart.

281

Gul uza anbar yoyildi, zohir etkach yor xat,
Orazi gulnor uza kim ko`rdi anbarbor xat.

Xattini ko`rdik lab uzra, gar zumurrat xat kishi
Ko`rmadi la`l uzra yo shingarf uza zangor xat.

Demakim, xat yozmading hajrimdakim, eltur kishi
Yo`qturur, lekin yotur hujramda yuz tumor xat.

Ul pariy qasrida xomam no`gidin, oh, o`q kelur,
Oh o`qi birla yozar holatda majnunvor xat.

Qonima hijron agar xat olmamish, ne vajhdin
Ashki gulgundin ayon qilmish sarig` ruxsor xat.

Ul quyoshtin ayru sarig` chehram usturlobdek,
Ko`rguzur tirnog` ila behad raqam, bisyor xat.

Jomi Jam davrida shavkat ahlining tarixidur
Kim, ayon aylabturur ul sog`ari zarkor xat.

Davri  gardun sayridin tuzluk tavaqqu` qilmakim,
Mumkin ermas mustaqim etmak raqam pargor xat.

Yor xattidin Navoiy xasta ko`ngli za`f etar,
Za`fqa mujib bo`lur, chun ko`p o`qur bemor xat.

282

Xat chiqarding, qilma husnu noz aro emdi g`alat
Kim, yana bedod qilman deb yuzung ko`rguzdi xat.

Qo`yki, moviy yog`lig`ingni yuzdin olmay bir zamon,
Ne uchunkim, xush ko`runur zarvaraq uzra shamat.

Boqmadi holimg`a ayni nozdin usruk ko`zung,
Nechakim ollinda yolbordim, boqardim har namat.

Xomadek garchi qurubmen qatl uchun shaq qilg`ali,
Ko`ksum ul sho`x istamaydur tig`kim, istar miqat.

Asru beandom erur to`biyu shamshod asru past,
Qomatingdur mu`tadil, men tolibi haddi vasat.

Shomi hijrimg`a agar yo`q subh, xushtur intiqom
Kim, falak bo`ldi firoqim tog`i ollinda saqat.

Ey  Navoiy, ul  paridin odamilig` ko`rmading,
Ulki sog`inding parini odami qilding  g`alat.

283

Yuzu la`lingdin topar har lahza ko`nglum inbisot,
Uylakim, xotirg`a yuzlangay gulu muldin nishot.

Orazingni oy desam yo`q ayb, chun ko`rguzmading,
Ey quyosh, chehrangni ochkim, yaxshi aylay ehtiyot.

Aylasam zohir aning mehrin mahalli rashk emas,
Zarrag`a ne bo`lg`usi xurshid birla ixtilot.

Dilbaro,  bazming bisoti notavon ushshoqdin
Chun to`lubtur, g`ofil o`lmakim, emas xoli bisot.

Hajrdin yetmak visol ichra ne mumkin sabrsiz
Kim, tamug`dnn o`tti uchmog` sari qat` etmay sirot.

Bog`lama ko`nglungni bu manzilg`a, nevchunkim, erur
Bir yangi mehmon yeri har lahza bu eski rabot.

Ey Navoiy, dahr aro ne kelsa, bo`lg`il munbasit,
Garchi lazzatsiz bo`lur kuch birla qilmoq inbisot.

ZE HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI
                     BADOE`DIN

284

Uyla qildim daftari ishqingda har dastonni hifz
Kim, qilur atfol sura-surai qur`onni hifz.

Telbalikdin garchi yo`qtur xotirimda hech harf,
Lek bas xo`b etmisham afsonai hijronni hifz.

Orazu ko`yungni vasf aylarni qilg`an orzu,
Aylamak avlo bahoriston bilan bo`stonni hifz.

Yuz balog`a uchrasa jonim g`amidin, g`am yemon,
Har baliyatdin kerak haq aylasa jononni hifz.

Yor derlar aylamish kulbamg`a kelmak ixtiyor,
Vahki, aylay olmog`um beixtiyor afg`onni hifz.

Shomi zulfi qaydiyu mehri uzorin ko`rgali
Aylamishmen  surai  vallaylu  val-rahmonni  hifz.

Ey Navoiy, ishq atvorini hifz aylay degan,
Barcha ishni tark etib, qilsun bizing devonni hifz.

285

Ey, o`lukni tirguzur chog`da surub durbor lafz,
Dam-badam zohir  qilib lutfung Masih osor lafz,

Qadding ul naxliki, bori gavhari alfoz erur,
Olloh-Olloh, ne qad ra`novu gavharbor lafz.

La`li har lafzida ma`ni ko`pturur, yo`q tifldek,
Bir adoe ma`ni aylarda degay bisyor lafz.

Orazing vasfida ko`p so`rsam quyosh lafzin, ne tong,
Ajz esa ma`ni adosida topar takror lafz.

Hajr aro andoq topibdur noladin bo`g`zum xirosh
Kim, bo`lur dardi dilim aytur zamon afgor lafz.

Bemalohat xo`bkim debo kiyor bor uylakim,
Ma`ni o`lg`ay choshnisizlik anga pargor lafz.

Ey Navoiy, ko`nglungga bersang safo, yor ollida
Fosh o`lur sirring, ne hojat aylamak izhor lafz.

286

Tong emastur, tobi ishqingdin ko`ngul gar topsa haz,
Ne ajab, o`t shu`lasi birla samandar topsa haz.

Xasta ko`nglum bir labing qandidin, ey obi hayot,
Topti haz, sharbat ichib netti mukarrar topsa haz.

Jomi la`lingdin ko`ngul mahzuz bo`ldi, vah, ne tong,
Tushsa maxmur ilgiga bu nav` sog`ar, topsa haz.

Tun-kun ul bebok may ichkandin ar g`amgin esam,
Bok yo`q, maydin kerakkim ul sitamgar topsa haz.

Men yutub qon yig`laram, la`ling ichib sog`ar kular,
Teng qadah ichkan kerak erdi barobar topsa haz.

Ishqi komil ko`rki, yuz ming zuhd birla bodadin,
Go`yiyo men haz toparmen, ul samanbar topsa haz.

Ne ajab, ahli xirad xushdil Navoiy nazmidin,
Javhari topqanda, tong yo`q, yaxshi gavhar topsa haz.

287

Ko`ngulki ishqini jon ichra ayladi mahfuz,
Guharni naqdi nihon ichra ayladi mahfuz.

Ko`ngulki ko`yida erdi g`arib, dardu g`amin
Ne bas, g`aribi makon ichra ayladi mahfuz.

Nachukki ruhu ravon tandadur nihon, ishqin
Ko`ringki, ruhu ravon ichra ayladi mahfuz.

Yuziyu og`zida asrab ko`ngul bila jonni,
Yaqinda dog`i gumon ichra ayladi mahfuz.

Yoshurdi dog`ini qonlig` ko`ngulda, vah, ko`rkim,
Tugonni lolasiton ichra ayladi mahfuz.

Labida asradi jonimni, ishqi jon farsoy
Qurutti qoninu qon ichra ayladi mahfuz.

Navoiy o`ldi fig`ondin, bu turfaroqki, aning
Chu jonin oldi, fig`on ichra ayladi mahfuz.

AYN HARFINING IYORLARINING ALOMATI
                     BADOE`DIN

288

Haqdin azizliq tilasang, eldin uz tama`,
Kim xalqning aazzi dedi azza manqana`.

Mazmumdur qanoatidin qone` etsa faxr,
Tome` xisolidin kishi ne aylagay tama`.

Kim to``ma topmas etkali iftoru ro`zadur,
Ermas vara` bir ochqa g`izo bazlidur vara`.

Motam o`zungga tutki, o`larsen gunoh ila,
Be jurm tifling o`lganiga nedurur jaza`.

Bir dardmand ko`nglida ko`rsang vaja`, anga
Gar ko`ngling og`rimas, ul emas, budurur vaja`.

Nafs o`lsa tobi`ing kishisen, yo`qsa bo`lmag`ung
Hargiz kishi, bo`lub sanga yuz ming kishi taba`.

Qoqqil, Navoiy, ushbu eshikni lajoj ila
Kim, sobit o`ldi faqrda mazmuni manqana`.

289

Ulki, aylarmen g`ami hajrinda jon birlan vido`,
Qosh jondek aylasa bu notavon birlan vido`.

Gar jahonu jon ila qilmoq vido` oson erur,
Lek bas mushkuldur ul jonu jahon birlan vido`.

Gar vido` etsam zamonu yuz ming oshubi bila,
Naylab etkaymen ul oshubi zamon birlan vido`.

Xonumonimg`a vido` ettim g`amidin, vah, anga
Kim, dey olg`aykim, qil ul bexonumon birlan vido`.

Men o`lub ul yaxshilar sultonining hijronida,
Ul topib jon aylaganda men yomon birlan vido`.

Ayladim ko`p mehribon birla vidoyu o`lmadim,
Vah, o`larmen, qilsam ul nomehribon birlan vido`.

Dahr bo`stonig`a mag`rur o`lma ko`p, ey bog`bon,
Oxir etkung, chun gulu sarvi ravon birlan vido`.

Gar vido`ing vaqti o`lsam borib o`zdin, ne ajab
Kim, erur ko`p sa`b sendek dilsiton birlan vido`.

Ey Navoiy, xayrbodi vaqti xilvat istakim,
Aylagung oshubu faryodu fig`on  birlan vido`.

290

Qilur qayg`u ko`nglumga ul nozanin jam`,
Jarohatqa andoqki bo`lg`ay chibin jam`.

Labingda halovat bo`lur mufrit andoq
Ki, gul yafrog`ida bo`lur angubin jam`.

Yig`ar qatl uchun elni ul kofir, ammo
Duosig`a aning bo`lur ahli din jam`.

Ishi dasht uza g`ayri rasvolig` ermas,
Necha bo`lsa ko`yungda xilvatnishin jam`.

Taningcha emas, ko`nglaking ichra qilsa
Kishi hulla ichra gulu yosmin jam`.

Yuzing davrida zulfu mashshotalar ko`r
Ki, gul xirmanida erur xo`shachin jam`.

Giriftorlar uyladur zulfung ichra
Ki, hijron tuni bo`lsa xayli hazin jam`.

So`zung nomabarqush yig`ar aylagandek
Nabi nuktasin Jabraili amin jam`.

Navoiy xayoli ne maxzanki, yo`qtur
Base bahr aro oncha durri samin jam`.

291

Ming javr ila biravki qilur ishqdin ruju`,
Qilmoq ruju`dur ish aro qilmayin shuru`.

Berganda piri dayr may ilgimga deb edi,
Ollimg`a har ne mug`bachalardin topar vuqu`.

Qutqarg`ay erdi kufrdin o`lsa haq ollida,
But sajdasida munchaki men ayladim xushu`.

Ishq ermish asli ilm fano darsgohida,
Ahli usul har neki der sar-basar furu`.

Aylar xumor shomida yuz tiyralishi daf`,
Sog`ar quyoshi qildi chu ko`p charxidin tulu`.

Ishq ichra surxro` bo`la olmang, chu sepmasang
Ruxsori za`faroni uza lolagun dumu`.

Gar ishqdin ruju` Navoiy qilur edi,
Emdi ruju` qilg`anidin ayladi ruju`.

292

Ul pariy har dam qilur majnunlarin shod o`zga nav`,
Lek etar men telbaga har lahza bedod o`zga vav`.

Yorni men ko`rmay o`ldum, ul ko`rub ham o`lmadi,
Ishq aro men bormen o`zga nav`u Farhod o`zga nav`.

Zikr etar bazm ichra lutfu mehr ila oshiqlarin,
Lek men badro`z rasvoni qilur yod o`zga nav`.

Ishq aro o`zni manga o`xshatma, ey bulbulki, bor
Lahnu ohang o`zga nav`u ohu faryod o`zga nav`.

Shayxu talqini riyokim, soliki dayri fano
Bizga qilmish dardu ishq oyinin irshod o`zga nav`.

Siz cheking no`shi visol, ey ahli ayshu nozkim,
Biz bo`lubbiz zahri hajr ichmakka  mu`tod o`zga nav`.

Ko`nglidek so`rma Navoiyniki, qilmag`lig` erur
Qushni ozod o`zga nav`u qulni ozod o`zga nav`.

293

Ul quyoshtin topti bu aqshom bizing koshona sham`,
Qilmasun bu uyni dudidin qorong`u yona sham`.

Band ayog`ida lagandin, boshida soch dudidin,
Ul pariy hajrinda mendekdur magar devona sham`.

Yo`l shabiston ichra topmas, har kecha kelturmasa,
Ul quyosh devoni husnidin necha parvona sham`.

Ista gohi bizni dog`i, ey mahi xirgahnishin
Kim, bo`lur fonus aro parvonag`a hamxona sham`.

Nola qilmas til chekibkim, uyqu istab yorg`a,
Sarguzashtidin kecha der go`yiyo afsona sham`.

Netti bir kun yorusa sendin yiqilg`an kulbamiz,
Chun topar oy partavidin doimo vayrona sham`.

Tong emastur, har biri gar bo`lsa durri shabcharog`,
Orazing hajrida to`ksa ashkidin har dona sham`.

Bu shabiston ichra keldi farqig`a tig` uzra tig`,
Boshi uzra chunki qo`ydi toji zar shohona sham`.

Ey Navoiy, o`rtagil jonu ko`ngul parvonasin
Kim, bu aqshom orazidin ayladi jonona sham`.

294

Istamassen xotiri ushshoqi hayroningni jam`,
Yo`qsa nevchun qilmading zulfi parishoningni jam`.

Ishqing o`tig`a ko`ngul ichra dedim taskin beray,
Buki qildim zor jismim ichra paykoningni jam`.

Asramoqqa yer iki ko`zdin munosib topmadim,
Oritib yuzniki, qildim gardi maydoningni jam`.

Yaxshi erdi, ey ko`ngul, qatling xud aning tig`idin,
Itlariga bersalar kosh, aylabon qoningni jam`.

Ul pariy majnunlarig`a sad`yak o`lg`ay, ey quyosh,
Chunki qilsang zarrai behaddu poyoningni jam`.

Gar tabassum vaqtida ko`rsang labin, ey bog`bon,
Elga bergaysen, qilib gulbargi xandoningni jam`.

Ey Navoiy, nazming el ko`nglin parishon ayladi,
Qilding el ko`ngli uchun go`yoki devoningni jam`.

G`AYN HARFINING G`AZOLALARINING
            G`AVG`OSI BADOE`DIN

295

Ul oy ravshan qilur ko`zlarni mehri xovari yanglig`,
Netib devona bo`lmaykim, qochar mendin pariy yanglig`.

Saodatlig` biravkim, g`am tuni naxsiyati daf`in
Qilurg`a chiqsa ollidin jamoling Mushtariy yanglig`.

Nechuk takrorida to subh bulbuldek navo chekmay,
Yuzungkim, sabzai xatdin erur gul daftari yanglig`.

Jabiningdurmukim, ikki  muambar  toqi kenidin
Chiqibdur yarimi subhi saodat axtari yanglig`.

Ne yanglig` turfa qushsen, vahki, tovusu tazarv ermas
Jamolingcha, nachuk jilvangni dey kabki dari yanglig`.

Ul o`tlug` chehra davrinda muanbar zulf erur har yon,
Tajalli barqidin kuygan maloyik shahpari yanglig`.

Xusho, dayri fanokim, mug`bacha atrofidin chiqqay,
Qilurg`a naqdi din toroj Xaybar kofiri yanglig`.

Kishi hijronda o`lman vasl otin tutmoq erur andoq
Ki, g`ofil ravza tush ko`rgay riyo tanparvari yanglig`.

Navoiy, aysh uchun dayru riyozat chekkali Ka`ba
Gar istarsen, bu ikki ishga yo`qtur yer Hiri yanglig`.

296

Keldi yoru bo`lmas ollinda muyassar foshlig`,
Ul quyoshtin toptuq oxir mansabi xuffoshlig`.

Anglamas bulbul ichim paykonlarinkim, gul emas,
Novakoso tez mujgonlig`, muqavvas qoshlig`.

Ko`zdur ul tifl o`rniyu istar yugurmak ashk ila,
Go`yiyokim bor anga bois, bu ishga yoshlig`.

Ishq dashtida yog`ar ovoralar boshig`a tosh,
Bu jihatdin bo`lmish ul sahro hamono toshlig`.

Orazing naqshida Chin suvratgari bo`ldi zabun,
Chin budurkim, kilki sun` etmish ani naqqoshlig`.

Sho`x mayno`shimg`a Qorun ganji to`ksam qadri yo`q,
Bizni mayxona gadoyi qildi ul qalloshlig`.

Boshlaridin kechtilar ishq ahli hijron dashtida,
Vomiqu Farhod ila Majnun Navoiy boshlig`.

297

Yaraqondin manga gar bor esa ruxsor sarig`,
Turfa ko`ngilki, erur diydai xunbor sarig`.

Ko`zki, qon yosh oqibon bo`lmasa sarig`lig`i daf`,
Rangi go`yoki sarig` lola kebi bor sarig`.

Xil`atin dema sarig` rangki, ruxsoru ko`zum
Ayladi oyinagun to`nida izhor sarig`.

Yaraqon daf`i sarig` jins qilur, turfa ko`rung
Kim, bo`lur tegsa yuzum to`nig`a bisyor sarig`.

O`zga sufrat manga yuz qo`ydi, yo`q ersa tong emas,
Za`faron rangicha o`n bor esa bemor sarig`.

Men kebi subhu quyosh oshiqing o`lmish, negakim
Sidqu mehr ahli yuzi qildi namudor sarig`.

Xas kebi bo`lsa Navoiyg`a sarig` yuz, kulma,
Ko`rguzur gulni dog`i bog`da gulzor sarig`.

298

Oncha yor altofidin har kun yetar sharmandalig`
Kim, erur kam, har biriga yuz yil etsam bandalig`.

Ham junun, ham xastalig` ko`yungda chun niqti meni,
Sarbaland o`lmoqdin ortuqdur manga afkandalig`.

Zulmung idbori aro tufrog` ila tong bo`lg`anim
Yaxshiroqkim, o`zgalarning lutfidin  farxundalig`.

Qaddu og`zing hajrida gulshang`a mayl etmonki, yo`q
Sarv dilkash jilvalig` yo g`uncha  shakkarxandalig`.

Ne farishta poklikda husnunga keldi shabih,
Ne pariyg`a odamilig`da sanga monandalig`.

Ishq ko`yining gadoyimenkim, anda tengdurur
Shoh esa zarbaftlig` yo soyil o`lsa jandalig`.

Dema mensiz o`lmading, vaslimda ko`p yer o`pmagil
Kim, quyi solmish Navoiy boshin ul sharmandalig`.

299

Bil ani dayrda masti mudom men yanglig`
Ki, may gadolig` etar subhu shom men yanglig`.

Biravni rindi xarobot anglakim, bo`lg`ay
Bir ilgida kaduyu birda jom men yanglig`.

Anga halol mayu ishq dayr aro bilkim,
O`ziga zuhdni qilmish harom men yanglig`.

Banaqdi jannat aro no`sh etar mayi kavsar,
Angaki, maykada bo`lmish maqom men yanglig`.

Hayot sofini nokomdin birav ichkay
Ki, dayr durdi bila topsa kom men yanglig`.

Abiri jannat isin aylamas pisand ulkim,
Muattar aylasa maydin mashom men yanglig`.

Yomon emas edi Majnunda ishq tavri valek
Sumursa may bo`lur erdi tamom, men yanglig`.

Biravki jon berib, eldin vafo tama` tutti,
Pishurdi ko`nglida savdoi xom men yanglig`.

Navoiy o`zlukidin tindi, ulki dayr ichra
Ushatti shishai nomusu nom men yanglig`.

300

Sho`xi charog`chi yoqibon husnidin charog`,
Mash`al fatilasi bila ko`ksumga qo`ydi dog`.

Bazm ahlin o`rtamakka yoqar kecha zulm o`tin,
El bazmini yorutg`ali ermastur ul charog`.

Ko`nglumdurur fatila emas mash`al ichrakim,
Ul sho`x o`t solib, quyar aning o`tig`a yog`.

Bo`ldi quruq yog`och kebi jismu boshimda o`t,
To bo`lg`ay anga mash`alaning xarjidin farog`.

Mash`alni kosh tutmasa, o`tluq yuzi yetar,
Gar sayr etarga qo`ysa shabiston sari ayog`.

Ne tong, ko`zinki sham`i hidoyat yorutmasa,
Xabt o`lg`an elga mash`ala dudi bila dimog`.

Ushshoq bazmi mash`ali bas oh shu`lasi,
G`am shomi qilma mash`alachi har sari so`rog`.