QASIDA
Chun nihon qildi turunji mehr raxshon tal`atin,
Oshkor etti falak bir tavqi g`abg`ab hay`atin.
Bas xayoli ravshani erdi vale andoq daqiq
Kim, nazargoh anglar erdi gah yo`q aning diqqatin.
Uyla zohir bo`ldikim, qilg`ay ani ko`rgan kishi
Dilbarim qoshig`ayu mening qadimg`a nisbatin.
Yo xurusi charx qildi oshkoro shahparin,
Yoki Bahrom ayladi zohir qilichi hiddatin.
Yo tushub qoldi alam ustidagi raxshanda na`l,
Chun nigunsor ayladi xurshidi raxshon ra`iyatin.
Yo Utorud kilkida zarhal tugandi, ko`kta chun
Yozdi ayni iydning avvalg`i juzviy suvratin.
Yo falak qaddin xam aylab, kelturub bir halqa yoy,
Ixtiyor aylaydurur Doroyi a`zam xidmatin.
Bu ajoyibdinki yetti rahbaning avvalg`isi,
Zohir etti, soldi tug`yong`a ko`ngulning hayratin.
Moyil o`ldi ko`k tamoshosig`a hissi bosira,
Topti chun har lahza bir a`juba paykar ru`yatin.
Bor edi ikkinchi maskanning muqime nodire,
Ko`p bilik ahli durust etkan anga o`z hirfatin.
Su kebi har zarf aro tutqan ham aning rangini,
O`z dimog`ig`a solib g`arro qasida fikratin.
Aylamakka tahniyat arzini bayram jashnida,
Shah vujudi chun musharraf qilsa taxti shavkatin.
Jilvagar uchinchi gulshan ichra ra`no shohide,
Butratib bo`lmoqqa aql oshufta zulfi nakhatin.
Soz etib changu tuzub ul unga ruhafzo surud
Kim, malak ko`ngliga solib aysh ila may rag`batin,
Cholibon naqshu amal bog`lab Navoiy she`rig`a,
Iyd jashni xush tutarg`a shoh bazmi ishratin.
Yo`q edi to`rtunchi manzilning shabistonida sham`,
Borib erdi yoruturg`a shah harimi xilvatin.
Ne uchunkim ro`za yubsidin dimog` aylarga ratb
Aylabon mayli sabuhiy, tuzsa bazmi himmatin.
Har taraf sham`i muanbar dudi nogah qilmag`ay
Tiyra ham nozuk dimog`in, ham eramvash suhbatin.
Hukmron beshinchi toram avjida bir qahramon,
Tig`i qahridin tomib qon, sursa kinu vahshatin.
Xud ila javshan kiyibu bog`labon tig`u kamar,
Rustam oyin soz etib parxosh hayjo olatin.
Kim, sahargah chun qaboq maydonig`a otlansa shoh,
Ollida qilg`ay yasovulluqqa zohir jur`atin.
O`lturub oltinchi manzar uzra bir farxunda zot
Kim, vujudi aylabon zohir maloyik ismatin.
Ruh anglab jabhasidin nuri taqvo lam`asin,
Aql topib zotidin ilmu saodat savlatin.
Aylabon inshoki minbar uzra tangla xutbada,
Zohir etkay shoh otidin so`ng duoyu midhatin.
Mustiqan yettinchi dayr ichra muammar hindue,
Rangu sayri ko`rguzub ushshoq shomi furqatin.
Sabrdek kohil xiromu hajr yanglig` tiyraro`y,
Kimsa bilmay junbushu oromi tuli muddatin.
Shohdin bayram sharaf topqonni anglab, gum qilib
Obi hayvondek adam sari nuhusat zulmatin.
Sekkizinchi sohat uzra yuz tuman siymin badan
Zohir aylab sabza uzra jola yoqqon hay`atin.
Yo`qki gardun, lojuvardi atlasin yopib qazo,
Gavharu dur birla soz aylab sarosar ziynatin.
Yopqali shahning falakvash taxtig`a bayram kuni
Chun yopar jinsi bashar xaylig`a xoni ra`fatin.
To`qquzunchi borgah andoqki lu`bat chodari,
O`ynatib charxi muloib anda yuz ming lu`batin.
Kim chu shah bayram nashoti qilg`ali tuzganda jashn,
Har o`yunchi zohir etkan chog`da la`bu san`atin.
Shohning in`omu ehsonidin o`lg`ay bahravar,
Ko`rguzub o`z fannida ul ham kamoli diqqatin.
Bu taajjubluq safardin chun taaqqul qildi ud,
Sayr aro qilg`an kebi zohir Utorud raj`atin.
Chun Utorud charxig`a yettim, tabiat qildi mayl,
Ko`rgali nazminki zohir qildi tab`i javdatin.
Ul xud etkan ermish ushbu she`rima fikri javob,
Matla`i bu erdi, ko`rdum chunki nazmi riqqatin:
«Ey, sening qoshing qilib zohir yangi oy xijlatin,
V-ey, yuzung sharmanda aylab iydi akbar tal`atin»
Chun bu matla`ni eshittim, rashk tug`yon ayladi,
Fosh qilmoq istadim ollida tab`im quvvatin.
Shoh madhida bu matla`ni raqam qildim ravon
Kim, quloq tutti Utorud zohir aylab hayratin.
«K-ey qoshingning rashki aylab xam yangi oy qomatin,
Iydi ruxsoring qilib nobud bayram ziynatin».
Chun Utorudni xijil qildim nishotu zavq ila,
Uyga kirdim, ko`rdim anda sarxush ul jon ofatin.
Kelgan ermish mahvashim bayram hilolin ko`rgach-o`q,
Zoyil aylarga ko`nguldin savmu taqvo mehnatin.
Ham hayoda ko`rguzub aqli mujarrad paykarin,
Ham safoda anglatib ruhi mujassam suvratin.
Lafzi zohir aylabon har lahza ruhulloh damin,
Nutqi aylab har dam ifsho ruhi qudsi holatin.
Ham uzori sindurub xurshidi raxshon ravnaqin
Ham dudog`i past etib la`li Badaxshon qiymatin.
Chun meni ko`rdiki, kirdim muztarib, qildi savol:
Kim ne hol o`lmish sanga, sharh et aning kayfiyatin?
Yuz tafoxur birla arz ettim Utorud holini
Kim, bu matla` birla sindurdum shukuhu shavkatin.
Aningu o`z matla`imni chun o`qudum ollida,
Tab`idin aylab tama` ko`nglumda tahsin g`oyatin.
Kuldiyu ollinda bor erdi qalam birla davot,
Yozdi bu matla`ni bir soatqa bermay muhlatin:
«K-ey, yuzung zohir qilib bayram sabohi safvatin,
Anda qoshing aylabon paydo yangi oy hay`atin».
Men bo`lub beholu masru` uylakim ko`rgay hilol,
Obi hayvondek ko`rub jonbaxsh lafzi liynatin.
Hayratimdin shoh bazmig`a o`zumni yetkurub,
Sharh etib bu so`zni hayratqa solurg`a hazratin.
Ham Utorud, ham o`zum, ham ul parivash nazmini
Bir-bir aylab sharhu aytib har birining riqqatin.
Aylabon da`voki, mumkin yo`q yana matla` demak,
Shah kulub, zohir qilib bu fang`a tab`i ulfatin.
Filbadiha deb bu matla`ni o`qub yuz ofarin,
Xusravu Salmonu Jomiy ruhi anglab nadratin.
«K-ey, hiloling mayli aylab toq ko`nglum toqatin,
Jon berib, yod aylagach iydi visoling jannatin».
Shoh chun qildi bu matla`ni ado, mulku malak
Chekti un, deb ofarin birla duoyi davlatin.
Qaysi shoh ulkim, azaldin haqqa ul ermish murod,
Xalq qilmoqqa salotin gavharining xilqatin.
Shoh Abulg`oziy saodat axtari Sulton Husayn
Kim, quyoshni zarra der ko`rgan sipehri hashmatin,
Shohlar shohi demay, ul shohlarning shohikim,
Har biri yuz shohlar shohicha tutqay muknatin.
Shohlig`da g`oyati darveshlig`din ko`rmayin,
Bo`ryoyi faqrcha zarkash sariri rif`atin.
Shohlar darveshiyu darveshlar shohiki, haq
Shoh qildi suvratin, darvesh qildi siyratin.
Ey janobing past etib garduni volo poyasin,
V-ey, zamiring sindurub firdavsi a`lo nuzhatin.
Tig`inga qozib qazo «inno fatahno» surasin,
Tug`unga yozib qadar «nasrun minalloh» oyati.
Jannati lutfung nasimi essa, ruhullah dami
Nisbatida ko`rguzub do`zax duxoni xirqatin.
Do`zaxi qahringdin ayrilsa havog`a bir sharar,
Aylab anfosi Masiho barqi ofat xislatin.
Zoting ichrakim erur har yaxshilig`ning jomi`e
Hayi qodir zohir aylab o`z kamoli qudratin.
Roying ichrakim kelibdur har yorug`lug` manba`i,
Fardi vohid bohir aylab o`z jamoli rahmatin.
Chun saxovat ilgi ochsang, dahr chekmas zarrae
Zarfishonlig`da quyosh sarpanjasining minnatin.
Chun ziyofat xoni yoysang, janbida topmas sipehr,
Jashni lu`bat Hotamu Barmak bisoti ne`matin.
Tab`ing ollinda sahob andoq hayodin terlabon
Kim, hamul sudin yub o`zdin durfishonlig` tuhmatin.
Hilming ollinda jibol andoq o`zin topib xafif
Kim, tahattukda begonmay barqi Xotif sur`atin.
Ish kunikim ko`k temur birla takovar gardidin
Er falak rangin tutub, kiygay falak yer kisvatin.
Er bila ko`kni sovurmog` birla ofat sarsari,
Zohir etkay olam ahlig`a qiyomat shiddatin.
Charxi zolim kiynavarlar tig`in aylab vosita,
Qatli om oyinida tutqay g`animat fursatin.
Tig`lar po`lodidin pargolalarni tosi charx
Jam` qilg`ay, muzdek ezmakka ajalning sharbatin.
Har qizil volo yalov bo`lg`ay sarig`, baskim qilich
Boshqa kelgan chog`da, zoyil qilg`ay aning humratin.
Shaxs jismi loyi nafy o`lg`ay baqosi shonida,
Xasmi topqoch xasm ilgidin balorak zarbatin.
Dulug`odin tig`kim o`t sekretib, rangin qilib,
Shu`lasi Bahrom vajhin, dudi Kayvon jabhatin.
Charx mir`otida aksidin shafaq qilg`ay zuhur,
Baski qondin la`lgun qilg`ay qazo yer sohatin.
Ul zamon har sari yuzlansa humoyun mavkabing,
Solib ofoq ichra rustoxez shaynu hinjatin.
Tushsa har yon tig`ing, olg`ay benihoyat xalqning
Jismidin bosh zahmatin, boshtin tamanno zahmatin.
Razm maydonida tig`ing chiqsa hindin bir nafas,
Kimsa taxmin aylay olmay xasm jismi kasratin.
Har biriga yuz tuman yotqon o`luk bo`lg`ay nasib,
Yuz tuman ming mo`rnung gardun ayirsa qismatin
Lahza-lahza royati mansurung o`lg`ay jilvagar,
Esturub haq fath bog`idin nasimi nusratin.
Razm aro har shohning mulkinki olib bazm aro,
Bir gadog`a jud etib ani, ko`rub chun zillatin.
Xusravo, zotingni vasf etmak Navoiy haddi yo`q,
Avlo ulkim, zohir etkay benavolar odatin.
Toki bayram shomi savm ahli talab qilg`ay hilol,
Ro`za niyat aylamay qilmaq may ichmak niyatin.
Har kunung bayram bo`lub, joming hilol o`lsun mudom,
Ko`rmagil beaysh umrung muddati bir soatin.
Lek umrung tuli yuz navbat Zuhal davronicha,
Farz eta olsa xirad ming yil aning har navbatin.
Yangi oyu iyd ikki qullug`ching o`lsun, aylagan
Sen hilol aning otin, bayram bu yerning kunyatin.