www.uz
FAVOYID UL-KIBAR

ALIF HARFINING OFATLARINING IBTIDOSI FAVOYIDDIN

1
Ey, yetti manzar tarhig`a me`mori sun`ungdin bino,
Masnu`lar foniy, vale maslubi soni`din fano.

Chekmay malak lutfung kuni juz zikr ila tasbih uni
Odam debon qahring tuni har dam zalamno rabbano.

Hamdingg`a har ko`tah nazar ham gungu lol o`lg`ay magar
Chunkim demish xayrul bashar ul yerda louhsi sano.

Jinsi bashar yo`q ogahing, xurshid xoki dargahing,
Ko`k mahd aro tifli rahing yetti atou to`rt ano.

Faqr ahli istab qurbating, ahli g`ino ham toating,
Etkanga dog`i furqating ne faqr nofi`, ne g`ino.

Vaslingda ishrat xo`b erur, ayshu tarab marg`ub erur,
Sensiz manga matlub erur tanda alam, jonda ano.

Ishqingda bir devonalig`, shavqingda bir farzonalig`,
Ag`yordin begonalig` aylab o`zungga oshno.

Jurmu gunahlardin o`tub, kelturma yuzga qo`rqutub,
Lola agar sog`ar tutub, musicha gar qilmish zino.

Bordur Navoiy bekase, ishq ichra andoqkim xase,
Chun o`rtading ani, base, kuydurma do`zaxda yano.

2
Ravshandururki mehr, yuzungdin olur safo,
Yo`qsa, ne vajh ila qamar andin topar ziyo.

G`arqi muhiti ishqing edi jon ila ko`ngul,
Ul damki, ruh emas edi tan birla oshno.

Gulda yuzung latofatidin range ko`rmasa,
Bulbulg`a ne edi bu fig`on birla, bu navo.
Bir zarra og`zi ramzini har kimki angladi,
Yo`li adam tariqiduru, zodi rah fano.

Ul zindadil hayoti abad vaslidin topar,
Kim nishi g`amni no`sh deru dardni davo.

Lomeki, vasl ayog`ig`a topmishtur ittisol,
Ul lomdurki, o`rtag`a olmish ani balo.

O`zdin qutul, Navoiyu maqsadg`a yetki, qush
Etmas chamang`a, bo`lsa qafas ichra mubtalo.

3
Ey, nechukkim, durni maxfiy asrabon Ummon aro,
Gavhari ishqini pinhon asrag`an inson aro?!

Chunki insonni bu gavhar birla aylab bahramand,
Sarfaroz aylab maloyik xayli birla jon aro.

Allamal insong`a chun aylab musharraf yer berib,
Taxti johu ishrat uzra ravzan rizvon aro.

Uylakim, taxt ahlig`a dushmandin o`lmaydur guzir,
Ul xalifa birla dushmanlig` solib shayton aro.

Makridin xorij qilib, mulki dinu aylab nasib,
Qarnlar sargashtayu ovoralig` davron aro.

G`urbatu yolg`uzlug`u mahzunlug`u hasrat bila
Har zamon yuz ming balo ichra solib hijron aro.

Buyla chun rad aylagandpn so`ng yana aylab qabul,
Voli aylab olam otlig` kulbai ahzon aro.

Bu qabulu rad aro hikmatni kimsa anglamoq
Xayli inson ichra sig`mas xayyiz imkon aro.

Ey Navoiy, sen chu qulsen, qullug`ungni yaxshi bil,
Fikrating raxshig`a javlon berma bu maydon aro.

4
Xudoyo, zalol ahlig`a rahnamoyo,
Yuzung jilva aylarga ash`yo maroyo.

Angakim atoyo, tilar sendin ehson,
Navo istaganlarga sendin atoyo.

Asireki, zikringni aylab hadya,
Beribsen xalosig`a yuz ming hadoyo.

Falakda davoyirki, rasm etti sun`ung,
Jahon ganjidek anda yuz ming zavoyo.

Sen etmay qazo, bo`lmay ijrosi mumkin,
Jahon korgohida o`tgan qazoyo.

Sening kibriyong ostonida yakson,
Agar xud salotin va gar xud raoyo.

Navoiyni bu jurmu isyonda bilmon
Ki, qo`yg`ungmudur yo chiqarg`ungmu, oyo.

O`z ilgida chun hech yo`q ixtiyori,
O`ziga ani qo`ymag`aysen, xudoyo.

Gunahbaxshi sen bo`lg`ilu jurmpo`shi,
Shafoatgarilik xayrul baroyo.

5
Ey, ko`ngul ichra mayi vasling uchun kom tamanno,
Jong`a ham furqating o`ti aro bu xom tamanno.

Garchi vaslingni tilab, jonim aro qolmamish orom,
Lek topmish bu hazin jon aro orom tamanno.

Tunu kun bazmi visoling aro usruklar elidin
Meni labtashnai maxmurg`a ber jom tamanno.

Garmro`larg`a agar hamqadam o`lmoqqa hadim yo`q,
Ham alarning so`ngicha urg`ali bir gom tamanno.

Kimki ul vahmu xayoli aro zotingni kiyurdi,
Qilmadi g`ayri xayolot ila avhom tamanno.

Munglug` ollingg`a kelibmen, manga rahm aylaki,bo`lmas
Shohdin buyla gadolarg`a juz in`om tamanno.

Tong emas bodiyai ishqinga kirmakki, qilibmen
Bog`lamoq Ka`bai ko`yung sari ehrom tamanno.

Holim og`ozini bilmon, karam et rahm qilibkim,
Qilmisham xayr ila ko`ying sari anjom tamanno.

Nuru zulmatni Navoiy netar, ul yuz keraku zulf
Kim, budur ko`nglida gar subhu gar shom tamanno.

6
Zihi, tojinga gavhari kibriyo,
Bu gavhardin ofoq topib ziyo.

Quyosh chiqqach, andoqki itkay nujum
Ko`runmay, sen o`lg`ach ayon, anbiyo.

Urujungda aynul yaqin ahlining
Ko`ziga g`uboring bo`lib to`tiyo.

Quyoshning shioi xututin Masih,
To`quy olmayin hujranga bo`ryo.

Sening millatingdin chu topib sharaf,
Saodat libosi kiyib ashqiyo.

Qilib toshu tufrog`ni oltunki, bor
Sening korgohingda bu kimyo.

Sanga ummat o`lmag`ni istab rusul,
Vale biz sarafroz o`lub holiyo.

Kelib sidqing ollida siddiqlar,
Aningdekki, siddiqu ahli riyo.

Navoiy netar qoba qavsayn, agar
Topa olsa qoshnng kebi ikki yo.

7
Zihi, hiloling o`lub oy boshig`a tig`i balo,
Bir olmasiz ikki yorg`on senu quyosh masalo.

Tutub sanga chu mayi lutf soqiyi rahmat,
Shafoating urub ikki jahon eliga salo.

Risolating damidin shar`i ko`zgusiga jilo,
Siyosating o`tidin kufr rohibig`a jalo.

Ham  ahli  ravzag`a firdavs sensizin chahi vayl,
Ham ahli vayl ishi hajring o`tida vovaylo.

Xumor dofii bo`lg`aymu soqiyi kavsar,
Bu dayr ichinda mayi ishq ichmaganga to`lo.

Tilimda zikringu ko`nglumdadur xayoling, shukr
Ki, bori sensiz emas suhbatim xalou malo.

Navoiy o`ldi, base, xoru past xas yanglig`,
Sening yo`lungda esa, bas, anga bu izzu alo.

8
Qishiki istasakim, yetmagay malolat anga,
Kerakmas ahli jahon birla zavqu holat anga.

Gar odame malak o`lsaki, qilmasun ta`rif,
Agar kishi desakim, yetmagay xijolat anga.

Yomonni demaki, izlol etar ekin shayton,
Degil: fasodda mundin yetar zalolat anga.

Chu derlar insonni mushtaq o`ldi nisyondin,
O`zinu ahdin unutmoq etar dalolat anga.

Bilurki, ro`zi anga haq berur, o`zidekning
Bo`lur chu bandasi, bois erur razolat anga.

Demaki, ilmda  kelmish malakdin ul afzun
Ki, devdin dog`i afzun erur jaholat anga.

Birov amonatini asray olmas, archi erur
Xudoy amonatini asramoq havolat anga.

Chu bo`ldi nutq ila mumtoz barcha hayvondin,
Ham oxir ul hayvondin erur maqolat anga.

Bu zulmlarki, ul aylar, ne aylagay nogah
Aning hisobida haq aylasa adolat anga.

Navoiy og`zida na`m al-vakil erur zikring,
Surug` kuni karamingg`a buyur vakolat anga.

9
Necha ko`nglum pora bo`lsa, rahm qilmas yor anga,
Necha bag`rim bo`lsa qon, boqmas dame dildor anga.

Bir yuguruk tifl erur kirpiklarim ichinda yosh
Kim, yiqilib sonchilibtur har tarafdin xor anga.

Nomam eltur qush agar mazmunin aytib qilsa sharh,
Sochqay o`t qaqnus kebi ming chok o`lub minqor anga.

La`ling ollida chekar el jonini olg`ach ko`zung,
Vah, ne sharbatdur labingkim, jon berur bemor anga.

Aql uyi sari inonin boshlamoq, nosih, ne sud,
Telbakim, dasht uzra markabdur buzug` devor anga.

Tortasen isyon yukin, xam qil qading toatqakim,
Yuk og`ir bo`lsa, ruku` ul dam bo`lur nochor anga.

Umri g`aflat uyqusi birla tilarsen kechsa oh,
Ko`z yumub ochquncha kimning e`timodi bor anga.

Men xud o`ldum, ey sabo, ko`nglumni ko`rsang ko`yida,
Chiqma andin, deb nasihat qilg`asen zinhor anga.

Zor ko`nglum tushkali hajr o`tidin g`am changiga,
Ey Navoiy, o`xshashur ham ud anga, ham tor anga.

10
La`ling ul o`tki, ko`ngul mijmar anga,
Yo ko`ngul durju labing gavhar anga.

G`amidin ayru emonkim, tutmish
Uns bu xotiri g`amparvar anga.

Zordur telba ko`ngulkim, ko`runur
Har dam ul hur pariy paykar anga.

Qon ko`nguldin ne ajab turmasakim,
Kirpiking har dam urar nishtar anga.

Hajr o`tidin tanim ul nav` kuyar
Kim, erur ostida kul bistar anga.

Hajridin holim erur andoqkim,
Bo`lmag`ay ko`rmagucha bovar anga.

Dahr xush gulshan erur, naylaykim,
Yo`q vafo gullaridin zevar anga.

Jon olurda g`ami hajr, ey soqiy,
Choradur boda bila sog`ar anga.

Yuzi vasfig`a Navoiy tushmish,
Bargi guldin yasangiz daftar anga.

11
Vah, ne hol o`lg`ayki, kelgach ul buti zebo manga,
O`zga qilg`ay hol har dam ul qadi ra`no manga.

Ne ajab, o`lsamki aylab toza ruhin, xalqning
Ruh zoyil aylagay ul husni ruhafzo manga.

Shukr erur, ey ko`zki, har o`qkim otar ul qoshi yo,
Yo sangadur, yo bag`irg`a, yo ko`ngulga, yo manga.

Aylagay bir damda yuz dayri ko`han tarkin Masih,
Ko`rsa zulmekim qilur ul dilbari tarso manga.

Ey ko`ngul, itkilki har devonalig`kim aylasang,
Ul pariyvash ishqida, oxir kelur g`avg`o manga.

Noumid o`lsam, vale nav`i ummidim dog`i bor,
Barcha ushshoqig`a rahm etmak ul oy, illo manga.

Ikki zulfi tobu pechidin buzuldum, negakim
Xonumon aylar qora har lahza ul savdo manga.

Soqiyo, ahbob hajri qatlim aylar boda tut
Kim, bu qotil zahr taryoki erur sahbo manga.

Dema, ne erkin Navoiyning jilavdor o`lmag`i,
Vah, ne erkim, har nekim hukm etsa ul mirzo manga.

12
Qachon otsa ul g`amza novak manga,
Kelur gar ming o`lsa yako-yak manga.

Yaqo chokidin hajr tashrifini
Ko`rungkim, yelak bo`ldi ko`nglak manga.

Firoq ichra, jonu ko`ngul, siz keting
Ki, bo`lmish zarurat bu emgak manga.

Ne zulfungni qasdimg`a dom aylading,
Bas, aning chu bir tori ilmak manga.

Chu sensiz tirik qolmisham, yaxshiroq
Bu yanglig` tiriklikdin o`lmak manga.

Necha bevafolarg`a ko`prak vafo
Qilursen, yetar javr ko`prak manga.

Netib o`lmayin, ey Navoiyki, zulm
Qilur barcha mirzoyu miyrak manga.

13
Agarchi yo`q talabingdin dame qaror manga,
Irodat emgagidur bu, ne ixtiyor manga.

Visol davlatin ul kun o`zumga jazm ettim
Ki, hajr g`ussasin etti havola yor manga.

Chu yor ko`nglida bo`lsam, balo manga yovumas,
Bu vajh ilaki, temurdin bo`lur hisor manga,

Ne bilsun ul kishikim, chekmamish firoq tunki
Ki, ne sifat kechadur tiyra ro`zgor manga.

Qochib adamg`a boray aqlu fahmu donishdin,
Vatan borinda bu yot el aro ne bor manga.

Buyurmag`il yana sabr, ey tabib, tengri uchun
Ki, ushbu sharbat emas emdi sozvor manga.

Navoiydek qadidin qilsam o`lgali ohang,
Biyik maqom topibon yasang mazor manga.

14
Chog`irg`a tushkali yo`qtur qaroru xob manga,
Chu o`tqa tushtum, emas ayb iztirob manga.

Hamisha mastu xarob ul sifat yururmenkim,
Ko`rub tahayyur etar olami xarob manga.

Boqib tabassum etar piri dayru mug`bacha ham,
Bu dayr aro kular alqissa shayxu shob manga.

Chu mast edim, manga ta`sir qilmadi, garchi
Malul bo`ldilar etmakdin ehtisob manga.
Duoi subh bila boda tarkin istarmen,
Tilar sabuh xumor aylabon, azob manga.

Nechaki maykada ichra ayog`yalang, yaqo chok,
Icharga durdi qadah har taraf shitob manga.

Ichursa jomi hidoyat, navo tuzub jome,
Navoiy, anda magar bo`lg`ay ijtinob manga.

15
Ul oy kularga erur, yuz ajab, tarona manga,
Borisi qoshida maks etkali bahona manga.

O`qi yaralarini ko`ksum ichra asrarmen
Ki, har biri erur ul sho`xdin nishona manga.

Zabonalar yaralardinki chiqti, holimni
Demakka hol tili bo`ldi har zabona manga.

Bir oh o`ti bila ishq ahlin uyla kuydurayin
Ki, qolmag`ay kishi ishqi shariki yona manga.

Ko`ngulda xolidin ul xat muhabbati tushti,
Giyohi fitna ko`kartur bu turfa dona manga.

Sipehr gunbadi ichra netib qadah ichmay
Ki, bo`ldi mujibi hayrat bu korxona manga.

Navoiyo, meni Farhod dema yo Majnun,
Nedinki, hojat emas bog`lamoq fasona manga.

16
Tori zulf o`lg`ali dilband sanga,
Bo`ldi jon rishtasi payvand sanga.

Ham shakardur labingu ham xandon,
Yarashur asru shakarxand sanga.

Xo`blar mayli ko`ngul qilmadikim,
Emas erdi biri monand sanga.
Ey ko`ngul, g`unchasining hasratidin
Tushdi parkand uza parkand sanga.

Vahki, zanjiri junun zulfungdin
Mubtalo barcha xiradmand sanga.

Men kebi hajrg`a qolg`ay, ey vasl,
Har kishi bo`lmasa xursand sanga.

Sen ekinsenmu, Navoiy, telba,
Yo`qsa, bergan kishilar pand sanga.

17
Zihi, ahli din qatli oyin sanga,
Ne oyindur, ey kofiri Chin, sanga.

Yuzung maydin o`ldimu gulgul, vayo
Sochar charx gulbargu nasrin sanga.

Erur g`uncha og`zingki, kulganda bor,
Iki barg iki la`li rangin sanga.

Labing joni shirin kebi bo`ldikim,
Fido bo`ldi yuz joni shirin sanga.

Daming, ey ko`ngul, elni oshiq qilur,
Magarkim, berur ishq talqin sanga.

Desang ishq dashtini qat` aylayin,
Kerakmas buyla aqli xudbin sanga.

Navoiy, bu husni kaloming bila
Emas hojat ehsonu tahsin sanga.

18
Telba ko`nglum yorasi hadsiz tani uryon aro,
Uyladurkim, yer tutar devonae vayron aro.

Buki, la`ling nuktasi har dam o`lukni tirguzur,
Kirdi Ruhulloh, magar ul chashmai hayvon aro.

La`l yozilg`on kebidur la`l aro qilsang nazar,
Ko`zki hayratdin tikibmen ul labi xandon aro.

Qatra su ichra, degaykim, bargi gulning aksidur,
Qatra qonim rangini kim ko`rsa ul paykon aro.

Qomating yodida ko`nglum ichra har keskan alif,
Rost bo`lmish ul alifdekki, yozilg`ay jon aro.

Jon fidong o`lsun, habibimkim, hamono bor edi,
Qasdi mahluqot aro insonu sen inson aro.

Ey Navoiy, istasangkim o`lmagay el darddin,
Dardi holingni dema nazm  aylabon afg`on aro.

19
Soqiyo, naqdi hayotim javharidur jom aro
Kim, erur jom ichra may, aksing mayi gulfom aro.

Lojuvardi charx jomida shafaqdin quydi may,
Quy shafaqgun bodasin ham lojuvardi jom aro.

Mast o`lub bir dam shabob ayyomini tut mug`tanam
Kim, yigitlik dam-badam o`tmakdadur ayyom aro.

Bir zamon ayrilma ahbobi neku farjomdin
Kim, erur oxir judolig` dahri nofarjom aro.

Bo`lmasa ashrof sofiy, no`sh bazmi xushturur,
Mastlig` dayr ichra ham arzoli durdoshom aro.

Chun qotiq hangomadur rihlat, icharmen tunu kun
Kim, o`zumni aylagaymen bexud ul on hangom aro.

Dahr no`shi komig`a bo`lma, Navoiy, g`arrakim,
Tegmasun nokomlig`ning neshi andin kom aro.

20
Mir`oti husnung tiyradur bu ohi dardolud aro,
Ravshanlig`i mumkin emas, chun sham` qoldi dud aro.

Butkanga o`xshar, degasen, har yon qizil gul uzra barg,
Har saridin paykonlaring bu jismi xunolud aro.

Shomi g`am ohim dudidur, ul dud aro har yon sharar,
Bilgil, nuhusat anjumi bu shomi qirandud aro.

Xo`y qatrasidin g`arq erur xoling savodi, vah, netar
Bir tiyra kavkab fitnasi yuz axtari mas`ud aro.

Ochting chu zulf ul ikki ko`z haryon xadang otmoq ne tong
Kim, qolmish ikki turki chin hinduyi noma`dud aro.

Ul ko`y qasdi etmisham, ey voiz, ani man` etib
Har dam dema jannat so`zin, so`z solmag`il maqsud aro.

Qochsa Navoiy shayxdin piri mug`on sari, ne ayb
Kim, bor tafovutlar, base, maqbul ila mardud aro.

21
Savodi xoli aning la`li ruhparvar aro,
Magarki murcha nisfi uzuldi shakkar aro.

Ko`ngulda nuqtai xoling xayoli to`sh-to`shdin,
Yog`in asarlaridur nuqta-nuqta axgar aro.

Yuzungda qatrae xo`y kasrati orasida xol,
Birisi munkasif o`lmish bu xayli axtar aro.

Kecha ne nav` yumay kirpiking xayolida ko`z,
Mangaki, igna butar tongg`a tegru bistar aro.

Bu o`tki, mendadurur, do`zax ichra qochqay xalq,
Kiyursalar meni oshub birla mahshar aro.

Qadah keturki, falak javridin amon hirzi,
Zamona yozmadi juz davri jomu sog`ar aro.


Navoiy, ayla makon charx gulshanin, ya`ni
Ki, chug`z bo`lma bu vayronai muhaqqar aro.

22
Yor labi aksi tushub jom aro,
Bodag`a jon ta`mi berur kom aro.

Baski ko`ngul og`zi xayolidadur,
G`unchadek o`lmishdurur andom aro.

Hajr aro ko`rguz desam ul yuzni, der:
Mehr qachon jilva qilur shom aro?

Dema, nedin ko`nglunga oromdur,
Muttasil ul zulfi dilorom aro.

O`zga ko`ngullar qushin aylarga sayd,
Bog`ladi ko`nglum qushin ul dom aro.

Mast chiqib dayrdin ul mug`bacha,
Tafriqa soldn yana islom aro.

O`tda Navoiy kuyadur ko`rgali
Xolin aning orazi gulfom aro.

23
Bir oy o`tti meni mahzung`a, bir oy intizorinda
Ki, ne ko`nglum erur hushinda, ne hushum qarorinda.

Ichim furqat balosinda, toshim hajr ibtilosinda,
Tanim ishq iztirobinda, o`zum shavq iztirorinda.

Yuzung hajrida tufrog` o`ldum ul yanglig`ki, yel qo`pqoch,
Quyosh chiqsa, padidor o`lmag`ay jismim g`uborinda.

Yuzung maydinki gulgul bo`ldi, yo`q jannatda ul gullar
Ki, bir-bir ochilibdur olami husnung bahorinda.

Degaykim: bo`stonafro`z ichida tuxmi sochilmish,
Biravkim xollar ko`rsa, uzoring lolazorinda.

Tishing shavqida g`altonlig` aro yuz go`shada qolg`ay,
Agar inju o`zin solsa, duri ashkim qatorinda.

Mayi vasling qanikim, nash`asi jismimg`a jon bergay,
Bu yanglig`kim, o`lum holinda  men hajring xumorinda.

Mening yo do`stning jurmi dema ishqimnikim, ermas
Mening ham ixtiyorimda, aning ham ixtiyorinda.

Quyosh chiqqandek o`lg`ay, tiyra tun ichra ul oy kelsa,
Navoiyning firoq ichra qorarg`an ro`zgorinda.

24
Gul kerakmastur menga,  majlisda sahbo bo`lmasa,
Naylayin sahboni, bir gul majlisaro bo`lmasa.

Bazm aro xushtur qadah kavkab, vale ermas tamom,
Mutribi  xushlahjai xurshid siymo bo`lmasa.

Mehru  mohu  mushtariyu zuhra chun qildi tulu`,
Hech nahs axtar tulu`i anda qat`o bo`lmasa.

Muncha bo`lsa ham muyassar, jam` emas xotir hanuz,
Toki mug` ko`yida bir mahfuzi ma`vo bo`lmasa.

Chun bu yerda ichkaridin rust bog`landi eshik,
Odam ermas ul kishikim, bodapaymo bo`lmasa.

Xushturur bu nav` amniyat, vale aqshomg`acha
Gar falakdin bir xiyonat oshkoro bo`lmasa.

Har kishiga umrida bu nav` bir kun bersa dast,
To abad g`am yo`q agar bo`lsa yana, yo bo`lmasa.

Umr bazmida nashot asbobi dilkashdur, base,
Gar havodis shahnasidin anda yag`mo bo`lmasa.

Ey Navoiy, gar nasibingdur abad umre, kerak
Xotiringda yordin o`zga tamanno bo`lmasa.

25
Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xo`b emas ancha,
Qadi qoshig`a boqtim, sarvg`a marg`ub emas ancha.

Habibim ishqida devona bo`lg`anda, pariy dog`i
Ko`zumga jilva qildi, borlar mahbub emas ancha.

Bo`lubmen yorg`a tolib va lekin hurg`a zohid,
Muni men istamasmenkim, manga matlub emas ancha.

Iti o`ltursa ham, ko`prak sog`inurmen raqibidin,
Nedinkim, xotirimdin bu pariy maslub emas ancha.

May ichsam behisob, eskarmayin kavsar suyin, yo`q ayb,
Fano kasbida bu ollimda chun mahsub emas ancha.

Junun ko`nglumga Majnundin erur g`olibroq, ey oqil,
Taaqqul aylasang savdog`a bu mag`lub emas ancha.

Agar zuhdi riyoiy ahlidin kufr ahlini ko`proq
Sog`insam ayb emaskim, bu manga ma`yub emas ancha.

Ko`zum ashkini yo`q, lekin qurutmoq bahrni mumkin
Ki, xilqat vajhidin tab`i munung martub emas ancha.

Navoiyg`a keraktur yor, gul bulbulg`a bo`lsunkim,
Yuzi ollida gul, nazzora qildim, xo`b emas ancha.

26
Sohiredur ul ko`z, ammo xoli hindu ostida
Nuqtadur oraz uza, yo`q ersa, jodu ostida.

Son`din  ko`rdik zanaxdon  ostida  fikrat  chog`i,
Kimki ko`rmaydur bilurin dasta ko`zgu ostida.

Ichsa may, jismi safosidin ko`runur to borur,
La`l agar tushsa, ko`rungandek suzuk su ostida.

Shohlar tojig`a loyiq tugmadur, gar bersa dast,
Go`yikim ko`rguzdi ul chobuk uzangu ostida.

Otashin gulning niholisin unut, ey  andalib,
Kuldin o`zga  gulxani bistar  solurmu ostida.

Jomi miynoe ilikdin qo`ymakim, bu shevasiz,
Kimsa xushhol o`lmadi bu toqi minu ostida.

Ey Navoiy, qayg`u tog`in may bila daf` aylakim,
Yaxshiroq tog` ostida qolmoqki, qayg`u ostida.

27
Fig`onki, hajridin o`ldi o`kush alam bizga,
Tarahhum etmadi ul mehri yo`q sanam bizga.

Fidosi jonu ko`ngul ayladuk, vafo ul oy
Qilib ulusqa, ravo ko`rdi dardu g`am bizga.

G`amidin o`ldigu ul isaviy dam aylamadi,
Iyodat aylagali ranja bir qadam bizga.

Bitidi har sari ushshoqig`a vafo bitigin
Magar, ushaldi yetishkan zamon qalam bizga.

May el bila ichibon, bizni xokirah aylab,
Fig`onki, to`kmadi durdi piyola ham bizga.

Fano mayini agar piri dayrdin topsaq,
Sinuq safol ko`p ortuqki, jomi Jam bizga.

Navoiy usruk esa subhu shom, tonglamakim,
Azalda kilki qazo chekti bu raqam bizga.

28
Yorlardin qilibon ram go`yo,
Bo`ldung ag`yorg`a hamdam go`yo.

Xayli ushshoqki, mardud etting,
Bormen ul xaylda men ham go`yo.

Dudi oh ichra qora kiymishlar,
Bo`ldi ishq ahlig`a motam go`yo.

Buki, devona ko`ngul sevdi pariy,
Bevafodur bani odam go`yo.

Girdibolisht anga xurshid o`ldi,
Ul erur Isoi Maryam go`yo.

Olam asbobi uchun g`am yemagil,
Arzimas bunchag`a olam go`yo.

Ey Navoiy, buki, aylandi habib,
Yo`qtur ul zaxmg`a marham go`yo.

29
Chiqmaq usruk dog`i ul kofiri bebok balo,
Mastlig`din yaqo ham aylamagi chok balo.

O`lturur qahriyu lutfi, bas erur bo`lg`anda
Ul pariy chehra g`azabnoku tarabnok balo.

Yuzu qaddi gul ila sarvni o`rtabki, erur
Ham xadi pok balo, ham qadi cholok balo.

Mehrn ruxsorng`a ko`z solsam o`larmenkim, bor
Zaqanidin yuzu manglayig`acha pok balo.

Raxsh surganda o`kush jonlar erur xokirahing,
Ko`rmadi sen kebi hargiz kurrai xok balo.

Kim balodin qocha olg`ayki, qilib davr aylar
Xalq boshi uza parvizani aflok balo.

Lam`ai orazidin kuysa Navoiy ne ajab,
Torta olg`aymu choqin yo`lida xoshok balo.

30
Do`st bo`lmas gar jamol ahliga jon qilsang fido,
Dushmani jondur agar jonu jahon qilsang fido.

Xasta joningg`a baloyi jovidondur qotile
Kim, tamannosig`a umri jovidon qilsang fido.

Ey ko`ngul, ko`rsang labu qaddin, kerak shukronag`a
Javhari joning bila naqdi ravon qilsang fido.

Dedi: kelgum so`rg`ali, ey ishq, jonim asrag`il,
Kim kerakkim, kirgach ul nomehribon, qilsang fido.

Umrg`a yo`q e`timod, ey xasta jon, o`zni kerak
Ul ko`ngul oromini ko`rgan zamon qilsang fido.

Jilva aylar har taraf bir mug`bacha, ey piri dayr,
Jonim olibsen, bil ani har qayon qilsang fido.

Ey Navoiy, kosh yuz joning bo`lub, jononadin
Istamay bir vasl, borin roygon qilsang fido.

31
Yor dardim so`rmayin ko`nglumni mahzun qildilo,
Jonim oshubini kam qilmoqdin afzun qildilo.

Bermayin zaxmin jigar qonig`a taskin gunae
La`li kulmak birla ashkimni jigargun qildilo.

Daf`i savdo istadim la`li mayidin bir yo`li,
Ul pariy savdozada ko`nglumni majnun qildilo.

Ey ko`ngulkim, sabr tog`in maskan etting, oqibat
Tund sayli ishq ul tog`ingni homun qildilo.

Besutung`akim sutun Farhod bo`ldi, qofi ishq
Ul sutunni Besutun ostidag`i nun qildilo.

Nedur uchmoq joh ila, oxir falak Namrudning
Osmoni taxtu johin ganji Qorun qildilo.

Qatra xo`yluq orazing vasfin Navoiy qilg`ali
Lutfi tab` abyot nazmin durri maknun qildilo.

32
Vahki, bo`ldum ishq aro bir bevafog`a mubtalo,
Bo`lmasun ahli vafo mundoq balog`a mubtalo.

Anglag`ay majnunlug`u bedillig`imni har kishi
Kim, bo`luptur bir pariyvash dilrabog`a mubtalo.

Zohido, rasvolig`im ta`n aylading, jahd aylakim,
Bo`lmag`aysen ul ko`zi, qoshi qorog`a mubtalo.

Bo`lmayin begona yoru oshnodin chora yo`q,
Xoh bo`l begonag`a, xoh oshnog`a mubtalo.

Podsho birla gado holig`a kulsa, ne ajab,
Bo`lsa men yanglig` gadoe podshog`a mubtalo.

Bo`lmish ul kofir g`ami devona ko`nglumdin malul,
Hech kofir bo`lmasun men mubtalog`a mubtalo.

Soqiyo, may tutki, dardining davosi bodadur,
Hajrdin kim bo`lsa dardi bedavog`a mubtalo.

Kir xarobot ichrayu bo`l rindlar vobastasi,
Xonaqahda bo`lg`ucha ahli riyog`a mubtalo.

Ey Navoiy, yona ul badahddin bo`lsam xalos,
Ahd qildimkim, yona bo`lmay yonag`a mubtalo.

33
Falak nilufaridin chashmai mehr o`ldi gar paydo,
Yuzungda  nildin ul  chashma qilmish nilufar paydo.

O`qung ko`nglumga kirgach, qatra qonlar  oqti, kim ko`rmish
Nihol  andoqki,  ani tikkach-o`q bo`lg`ay samar paydo.

Achiq so`z birla bel qatlimg`a bag`lar, turfaroq bukim,
Nazarda ne og`izdur zohir andin, ne kamar paydo.

Labi shavqi ichimda, yuzda qon yoshim, ajab ermas,
Yuzinda la`l yutqanning bo`lur, derlar, asar paydo.

Ko`ngulni to parishon aylading, yuz barqi g`am sochti,
Nachukkim, o`tni qo`zg`arlar, bo`lur andin sharar paydo.

Erutti vasl sham`i ahli hijron tiyra avqotin,
Mening shomimg`a, vahkim, qilmadi davron sahar paydo.

Ajal qasrin hakimi sun`, bas, mushkil tilsim etmish
Ki, har kim anda kirdi, bo`lmadi andin xabar paydo.

Masihodin dam urmangkim,  habibim gardig`a yetmas,
Agar Jibrildek egnidin aning bo`lsa par paydo.

Navoiy ishqin, ey zohid, sening panding ayon qildi,
Bale, ayb o`lmag`uncha oshkor, o`lmas hunar paydo.

34
Manga ne manzilu ma`vo ayon, ne xonumon paydo,
Ne jonimdin asar zohir, ne ko`nglumdin nishon paydo.

Xirad maxfiy, badan foniy, ko`ngul g`oyib, tarab ma`dum,
Bori sahl erdi, bo`lsa erdi ul nomehribon paydo.

Shikebu sabru hush itmish, qaroru aqlu jon ketmish,
Ne g`am, gar bo`lsa ul oromi ruh, ul quti jon paydo.

Xayoli jonda paydodur, so`zi afg`onda paydodur,
O`zi ham netti, vah, ollimda bo`lsa bir zamon paydo.

O`lar holatdamen onsiz, tarabdin ko`rmayin o`lmay,
Demang, ta`jil ila ul umr bo`lsa nogahon paydo.

Qiyomat erdi onsizkim, yuz ochti, ey musulmonlar,
Bo`lung voqifki, bo`ldi fitnai oxirzamon paydo.

Kesar yuz naxlni har dam, qilur yuz sarvni xurram,
Taajjub, ko`rki, bu gulshanda ermas bog`bon paydo.

Hazar  qilmoq qazo  jallodidin bo`lmaski, yillardur
Qilur qatl, uylakim, ne tig` o`lur paydo, ne qon paydo.

Sanga jon shavqidin berdi Navoiy, yo`q ajaldinkim,
Ajal topquncha ermas ul zaifi notavon paydo.

35
Ul oy bu telba bila yormu ekin, oyo,
Zamiri ichra g`amim bormu ekin, oyo.

Bukim, firoqi o`zumdin xabarsiz etti meni,
O`zi birorta xabardormu ekin, oyo.

Ko`zum tobonig`akim shomi vasl surtarmen,
Uyubmu erkinu, bedormu ekin, oyo,

Men ul taraf bora olmon, ko`ngul kela olmas,
Meningdek ul dog`i bemormu ekin, oyo.

Kamandi zulfi gah ochilg`ach, uchti imonim,
Rasanmu, rishtai zunnormu ekin, oyo.

Chu xirqa bodag`a rahn o`ldi, bo`lmisham sargum,
Garovga navbati dastormu ekin, oyo.

Navoiy o`zlukidin kechti, dog`i qo`ydi qadam,
Bu yo`lda emdi sabukbormu ekin, oyo.

36
Orazu xolingni birdam ko`rmasam, ey dilrabo,
Uyladurmenkim, ko`runmas ko`zuma oqu qoro.

Hajr aro ra`no qading naxlin tilarmen tengridin,
Shomlar sham` istagandek xayr ahlidin gado.

Gar firoq ayyomining bilmon hisobin, ne ajab
Kim, yuzung hajrinda kunduz kecha yanglig`dur mango.

Barq emas, olamg`a yuz qo`ymishdur ohimdin sharar,
Ra`d emas, gardung`a chirmanmish fig`onimdin sado.

Boshing ol, ket o`z payi vaqtingg`a, ey shaydo ko`ngul
Kim, emassen xasta jonning hech dardig`a davo.

Necha oqqay ko`z yoshim, yetkur g`uborin, ey nasim,
Farzi ayn erur yasharur ko`zga solmoq to`tiyo.

Umr yeldek o`tmakin debsen magar, ey bog`bon
Kim, yaqosi choksiz gul butmadi bu bog` aro.

Jon topay, dersen, sabuhiydin, vale g`ofilki, subh
Chok etib ko`nglak, sening holingg`a tutmishtur azo.

Ey Navoiy, xasta ko`nglumga madaddur novaki,
Rost andoqkim, zaif elga berur quvvat aso.

37
Sarig` og`rig` bo`ldum, ey soqiy, xazoni hajr aro,
Qoni asfar mayki, bor har qatrasi bir kahrabo.

Yuzu jismimdur sarig` barge qurug`an shox uza,
Shoxu bargekim, qurub sarg`arsa, kim ko`rmish davo!

Ne marazdur buki, bir gulruh sharori ishqidin,
Bo`ldi sarig` lola ko`zum oqiyu dog`i qoro.

Sud emish ko`z tushsa asfar jinsi sari, vah, qani
Sarvinozimkim, sarig` gul bargidin kiymish qabo.

Sarg`arib qolmish havodis kojig`a hijron kuni,
Sir sarig` qushdekki, kunduz qolg`ay ul qushlar aro.

Shom ila subh ar sarig` og`rig` emaslar, bas nedur,
Tun sochin yoyib, quyosh yirtib yuzin, tutmaq azo.

Dardi tufroqqa nihon etti Navoiy jismini,
Topibon bir shusha oltun, dafn qilg`andek gado.

38
Kimsa hargiz ko`rmadi chun ahli davrondin vafo,
Ulki davron ofatidur, ne tama` andin vafo.

Jonu umrum uldurur, gar bevafo bo`lsa, ne tong,
Qayda ko`rmish kimsa hargiz umr ila jondin vafo!

Gar vafo qilsang, erur andinki, bordursen pariy,
Yo`qsa, kim olamda ko`rmish nav`i insondin vafo!

Vahki, davron ahlidin juz bevafolig` kelmadi,
Har nechakim, ko`rdilar men zori hayrondin vafo.

Chun vafo gulbargi dazron bog`ida ochilmadi,
Bejihattur kimki istar bu gulistondin vafo.

Kimsa ko`nglin, kimsadin istab vafo, oldurmasun
Kim, manga xud yetmadi ul ko`nglum olg`andin vafo.

Ey Navoiy, gar vafosiz chiqti ul sultoni husn,
Topting eldinkim, tilarsen emdi sultondin vafo.

39
Zihi anda makon topibki, yo`q mumkin makon anda,
Etib andaki, yetmas aqlu fahmi xurdadon anda.

Kishi bu nav` xilvatni nachuk qilg`ay taaqqulkim,
Haq anda mizbon bo`lg`ay, habibi mehmon anda.

Bu xilvat rozig`a nomahram o`lmag`liq tariqinda,
Malak bo`lg`ay hamon anda, bashar bo`lgay hamon anda.

Yiroqtin  anbiyo arvohi soyir posbon yanglig`,
Chu shah matlub ila bo`lg`ay, ne mahram posbon anda.

Nachukkim, mehmong`a tuhfa chekmak rasmi davr, bo`lg`ay
Ulusqa rahmati jovidi osori ayon anda.

Makon birla zamondin so`rmakim, yo`qluqda bor erdi
Zamon yanglig` makon anda, makon yanglig` zamon anda.

Nishon, eykim, tilarsen aqldin mundoq ishonlarni,
Nishon kim aytqay, aql o`lsa benomu nishon anda.

Topib  maqsud  shabgardi  samoviy  bu urujidin,
Eridin zarra borib, qaytibon xurshidson anda.

Ilohiy, ul shafi` o`lg`anda el jurminki, afv etkung,
Navoiyni dog`i novmid qilma nogahon anda.