AYN HARFINING AYYORLARINING ALOMATI «FAVOYID»DIN
288
288
Menga bu nukta xarobot aro bo`ldi masmu`
Ki, fano jomi riyo ahlig`a bo`lmish mamnu`.
Qaysi rindeki riyo zotida yo`qtur bitta`b,
Ko`runur jomi fano tortsa behad matbu`.
Kimki zotida erur shoibai ujbu riyo,
Qilg`ali qobil emas faqr tariqig`a shuru`.
Dayr piri qulimenkim, qilibon may shoyi`,
Bergay ul ujbu riyo jonibi o`rtarga shuyu`.
Toki bir jom bila mug`bachai bodafurush,
Xiradu aqlni majnun yasag`ay bal masru`.
Manga ul jomni gar tutsa, fidosidur aning
Ilmu dinu xiradu zuhd ila taqvo majmu`.
Dayr piri bila to mug`bacha bo`lmay, qilma,
Ey Navoiy, yigitu qarig`a holingni ruju`.

289
Qilg`ali begonalarga oshno jonona tab`,
Oshnolarg`a bo`lubtur, voykim, begona tab`.
O`rtanurmen tokim ul el tiyra shomim yorutur,
Bo`lg`ali ul sham`vash, men bo`lmisham parvona tab`
Xoli sari aylasa parvoz ko`nglum, tong emas,
Kim taajjub aylagay gar qushqa istar dona tab`,
Yor chun kulbamga kirmas, xonumon tark ayladim,
Yo`qsa bo`lmoq istamasmu yor ila hamxona tab`.
Men jahon afsonasi, ul sho`x mayl etmas, netay,
Garchi sho`x atfolig`a doim tilar afsona tab`.
Yor to azm etti, ta`bimg`a buzug`lug` qo`ydi yuz,
Bo`lmisham ul husn ganji hajridin vayrona tab`
Davlati boqiy tilar ko`nglung, fano kasb aylakim,
Dahri foniy sari mayl aylamas farzona tab`.
To meni dayr ichra rasvo ayladi ul mug`bacha,
Bog`ladim zunnoru istar sog`aru paymona tab`.
Ey Navoiy, ul vafosizdin qutulsang, tutma uns,
Har nechakim bevafolar mayli qilsa yona tab`.

290
Masti bebokim qachon holimg`a bo`lg`ay muttale`
Kim, qulog`ig`a desam sirrini, bo`lmas mustame`.
Jam` etar chog`da ko`ngul, zulfung parishondur base,
Lek solurda parishonlig`, bo`lur ko`p mujtame`.
Qahr qilsa o`lturub, bu turfakim, lutf etsa ham,
Qatl ishida bo`lmish ul qotil bag`oyat muxtare`.
Tufrog`imni yel sovurmay ko`yidin sof o`lmadi,
Bo`ldi bori, bor esa mendin g`ubori murtafe`.
Ishq oyinida bid`atlar tuz etting zulm aro,
Qaysi bir mazhabdasen, kofurdek o`lg`ay mubtade`.
Ishq o`tin tark etmasam nosih so`zi birla, ne tong,
Pand ila parvona kuymaktin bo`lurmu mumtane`.
Do`stlar, yozg`urmang ar daf` aylay olmon ishq o`tin,
Chora birla kim qazo bo`lg`anni qilmish mundafe`.
Kim fano dashtig`a kirdi, o`zni hamroh etmasun,
Qat` chun bo`lmas bu yo`l, o`zluktin o`lmay munqate`.
Ko`rgach ul oyni Navoiy tortti bexud fig`on,
Kim bo`lur behud, fig`on qilmoqtin o`lmas muttale`.
Dilbar yuzin ko`rarga bo`ldi niqob mone`,
Ul nav`kim, quyoshqa bo`lg`ay sahob mone`.
Terga uzoring andoq g`arq o`ldikim, ko`runmas
Kim ko`rdi ul ko`rarga bo`lg`ay gulob mone`.
Kulgilki, zohir o`lsun g`unchangda jolalarkim,
Dur rishtasig`a bo`lmish yoquti nob mone`.
Ko`zda yoshunmish ul oy, ashkim boshimdin o`tmish,
Daryoda kim ko`rubtur durg`a hubob mone`.
Ul g`amza qon qilurg`a, ul ko`z vafo qulurg`a,
Bedodu zulm bois, nozu itob mone`.
Tan tufrog`in sovurmay, yetmas safo ko`ngulga,
Bo`lg`an kebi safodin sug`a turob mone`.
Yor istasang, Navoiy, sabr istagilki, doim
Keldi visol ishiga jahdu shitob mone`.

292
Chun shabiston ichra qildi orazin jonona sham`,
Mash`ali mehr o`lsakim, ko`zga ko`runmas yona sham`.
Band ayog`ida nedindur boshida savdo o`ti,
Ey pariy, ishqingda gar xud bo`lmamish devona sham`?
Yig`laru o`rtar o`zin to subh go`yo har kecha,
Hajr aro bo`ldi meni mahzun bila hamxona sham`.
Dema kuymak savtikim, uyqu yo`qig`a rahm etib,
Der zabona shaklidin til tortibon afsona sham`.
Ekkali parvonalar ko`nglida go`yo tuxmi mehr,
Ashkdin atrofida ham su sochar, ham dona sham`.
Yo muhabbat o`tidin parvonani kuydurgali,
Yorutur oraz o`tin har lahza mahbubona sham`.
Qo`ymadi parvonani fonus aro men zordin,
Ul mahi xirgahnishin bo`lg`an kebi begona sham`.
Balki oshiq do`stlardin dururkim o`rtanur,
Toki shavqi o`ti ichra o`rtanur parvona sham`.
Ey Navoiy, bot o`chur ohing yelidin sham`ni,
Topti chun ul yuz furug`idin bizing vayrona sham`.

293
Ko`zum yoshardi, ayon bo`lg`ach ul jamoli bade`,
Bulo`tqa su to`lar ul damki, bo`ldi fasli rabe`.
Tasavvur etsa qoshing toqini ko`ngul titrar,
Qazo muhandisi baskim chekibtur ani rafe`.
Nedin ayog`inga tushkay boshingg`a evrulubon,
Quyosh gar o`lmasa husn ichra qullug`ungg`a mute`.
Qoshing xayoli toriqmay ko`ngulda evrulsun,
Erur chu qiblanamo po`yasig`a huqqa vase`.
Ne nav` barqni deykim, buroqi yanglig` erur
Kim, ul batiyduru muzlim, bu bir muniru sare`.
Navoiy, uyla tirilkim, uyatdin o`lmagasen,
Agar Rasul alayhis-salom bo`lsa shafe`.
Qilurni ayla rioyat demakda asra adab
Ki, do`st fe`lingu qavlingg`adur basiru same`.

294
Qizil ko`nglak yengin orazg`a yopsang, vajhi yo`q voqe`:
Quyosh ollida ko`rmaydur kishi gulgun bulut mone`.
Yuzidek mumkin ermas oy, musavvir, chekma zahmatkim,
Quyosh jirmin qo`shub hal aylasang, rang o`lg`usi zoye`.
Labi ham o`rtadi jonim, ham ochiq so`z dedi, ya`ni
Chuchuklukdin isitqang`a achig` sharbat erur nofe`.
Yuzin ochsa, necha qilsam nazar, og`zini ko`rmasmen,
Nazarg`a garchi kelmas zarra, xurshid o`lmayin tole`.
Jamol ochqan soyi majnunlug`um oshsa, ajab ermas:
Pariyning jilvasi savdog`a hargiz bo`lmadi dofe`,
Labing jonimg`a qilsa mayl, darding xasta ko`nglumga,
Tong ermastur, nedinkim, aylar ashyo aslig`a roje`.
Ko`zung fikri bila tan xilvatida notavon ko`nglum,
Riyozat aynidindur kunda bir bodom ila qone`.
Fano yo`lig`a o`zluktin shuru` etganga tor o`ldi,
Gar o`lsa hodii tavfiq ochiqdur behad ul shore`.
Navoiy dayr aro gar butparastu mast esa, tong no`q,
Ne qilsa piri dayr, ul ham qilur, chunkim erur tobe`.