BE HARFINING BALOLARINING BIDOYATI «FAVOYID»DIN
40
40
Sochsa anjumdin falak boshingg`a yuz ming durri nob,
Jolai g`am, bilki, yog`durg`ay bir ofatlig` sahob.
Ne g`araz bu jolani yog`dursa andin o`zgakim,
Umr naxlin sindurub tan kulbasin qilg`ay xarob,
Ro`zi ortuq bo`lmag`in har kimki bilgay charxdin,
Zol yanglig`durki, roziq charxini qilg`ay xitob.
Ofarinish bahridin gardun hubobe besh emas,
Bormu imkon kimsaga bir qatra su bermak hubob
Bo`lsa erdi qudratekim lahzae tutg`ay qaror,
Tunu kun tinmay bu nav` etkaymu erdi iztirob.
Ul dog`i o`z holig`a hayron erur andoqki men,
Anda ham sargashtalik andoqki, menda pechu tob.
Jismi aning ham havodis zarbasidin nilgun,
Topmayin maqsudini mendek necha aylab shitob.
Qudrat ilgida bo`lub ul ham zabun andoqki men,
Olmay ul mendin hisob, andoqki men andin hisob.
Ey Navoiy, solik ersang, haq vujudin bil vujud,
Mosivollohni — adam. Vallohu a`lam bissavob.

41
Uyg`otur subhi bahor elni fig`on birla sahob
Kim, sabuhiy chog`idur — mast bo`lung, ey ashob.
Barq har dam choqilib ishnagach-o`q tiyra bo`lur,
Ya`ni o`sh mundin oling umr charog`ig`a hisob.
Yog`in ahvolinga yig`larki, ko`z och uyqudin
Kim, erur sayli mamarri bu ko`han dayri xarob.
El esib tiyr chekar, ohki, bo`lma g`ofil
Kim, bu yanglig`durur ayyomi hayotingg`a shitob.
Barcha tanbih angadurkim, qo`pu chek jomi sabuh,
Hayfdur buki, o`tar uyqu bila subhi shabob.
Ko`z yumub ochqucha tong otmishu chiqmish xurshid,
Tun erur pardayu mushkin bila holingg`a hijob.
Bir dam ahbob bila bazmi sabuhiy tuzubon
Chekingiz, damni g`animat bilibon, bodai nob.
Hoyu-huy aylabon o`zni nafase xush tutkim,
«Hay» degancha ne sen o`lg`ung oroda, ne ahbob.
Bu navo kimga nasib o`lsa, Navoiy yanglig`,
Bu g`azal birla ichib bo`lsa kerak masti xarob.

42
Bu ko`han dayrda xushtur necha kun bodai nob,
Xossa bir mug`bacha ishqida kishi bo`lsa xarob.
Zolime, qotile, yag`moe, torojgare
Kim, bo`lub kufridin, ofoq aro din ahli yabob.
Rishtai jonni tugub, zulfidin ochqanda girix,
Pardadarliklar etib, yuziga yopqanda niqob.
Ko`yi ul dayrki din ahlini aylab kofir,
Qoshi ul dayrda bu kufr eliga mehrob.
Buyla ofat g`amidin goh kishi ko`nglida o`t,
Andoq o`t shu`lasidin goh birav jismida tob.
Nogahon mast chiqib dayrdin, ilgida qadah,
Ichibon oshiqi zorig`a ichursa mayi nob.
Hashrg`a tegru ayilsa bu may ichkan ozdur,
Ming tamug` yolinicha o`tda ekan bo`lsa azob.
Dayrda butni kishi topsa, netar jannatu hur,
Ul qadah ollida kavsar mayig`a xud ne hisob.
Buyla bir aysh Navoiyg`a talofiy aylar,
Charxdin tortsa yuz qarn jafo birla itob.

43
Iki ruxsoring erur xo`bu xatting ham marg`ub,
Xo`blardin neki bosh ursa, erur beshak xo`b.
Toki sevdim seni, javringni dog`i sevmishmen,
Har ne mahbub qilur, bordurur ul ham mahbub.
Rishtai jon bila nomang boshini chirmar edim,
Ul sharar tori bila kuymasa erdi maktub.
Xasta dillarg`a ne jon olg`uchi yuzdur ulkim,
Qolibin qildi tihi, ko`rgach ani ahli qulub.
To labing volahi bo`ldum, tilamon obi hayot,
Suni naylar kishikim, bodag`a bo`lg`ay mag`lub.
Ahli ishq ichra manga yoqma vara` tuhmatini,
Zohido, qilma hunar ahlig`a bizni ma`yub.
Istasang mulki baqo, salb qil o`zlukni burun
Ki, suluk ichra fano ahlig`a budur uslub.
Ey Navoiy, tilasa shoh mushavvash raqaming,
Har ne matlub anga, bizga ham uldur matlub.

44
O`rtasa ishq meni, so`rma sabab:
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur o`tu su aro,
Chun mayoluda bo`lur ul iki lab.
Ayog`ing tufrog`in o`psam basdur,
Ber ayog`ingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu g`aminga o`rgandim
Kim, unut bo`ldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor ko`ngul ranji ne tong,
Xastag`a ko`prak o`lur kecha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qo`pqay,
Tufrog`i ustiga sursang markab.
Kuysa xoshok yolindin, ne ajab.
Choklik jon qolur o`tu su aro,
Chun mayoluda bo`lur ul iki lab.
Ayog`ing tufrog`in o`psam basdur,
Ber ayog`ingni desam — tarki adab.
Uyla, dardu g`aminga o`rgandim
Kim, unut bo`ldi manga ayshu tarab.
Zulfida zor ko`ngul ranji ne tong,
Xastag`a ko`prak o`lur kecha taab.
Biz kimu vasl murodi, hayhot!
Dardi noyoft erur bizga talab.
Jon topib zor Navoiy qo`pqay,
Tufrog`i ustiga sursang markab.
45
Qilg`ali may bila gulgul yuzin ul no`shinlab,
Lolagun bo`ldi quyosh orazi kavkab-kavkab.
Sendin ul kom xayol etmamisham, ko`nglumakim,
Qilsam izhor ham o`lg`ay demaki, tarki adab.
Jon labing oshiqiyu zikri mudom og`zimda,
Rashkdin jonim agar og`zima kelsa, ne ajab.
Keldi Shirin bila Layli sanga hayron, garchi
Bu ikav hasratida erdi Ajam birla Arab.
Ayladim tavba nedinkim, g`amim andoq g`am emas
Ki, may ichkan bila bo`lg`ay manga har lahza tarab.
Ko`yidin ketmaku o`lmak manga teng bo`lsa, ne tong
Kim, jalo harflaridurki, ajal topti laqab.
Dahr aro ayshu nashot istasang, o`lg`ung mahrum,
Negakim, anda nasib o`lmadi juz ranju taab.
Aqlkim, barcha xirad ahlig`a erdi ustod,
Bo`ldi ishq abjadi ta`limida tifli maktab.
Bil Navoiyki, talab birla topilmas maqsud,
Lek topqanda dog`i bor edi albatta talab.

46
Qachon maktabda ul mohi muaddab
Borur, o`zdin borurlar ahli maktab.
Bo`lur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.
Degach abjad, boshig`a evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya`ni jadu ab.
Nechukkim maktab atfoli xurushi,
G`amidin xalq aro faryodu yo rab.
Muallim qullug`ig`a xat berurmen,
Gar ozod o`lsa ul sarvi shakarlab.
Dabistoni fanoda shurb darsin
Ravon qilmay, emassen ahli mashrab.
Navoiy ashkidin to shom anjum
To`kar, chiqqaymu deb ul sa`d kavkab.
Borur, o`zdin borurlar ahli maktab.
Bo`lur lavhi zabarjad ahli hayron,
Chu olur ilgiga lavhi muzahhab.
Degach abjad, boshig`a evrulurlar
Qamar birla quyosh, ya`ni jadu ab.
Nechukkim maktab atfoli xurushi,
G`amidin xalq aro faryodu yo rab.
Muallim qullug`ig`a xat berurmen,
Gar ozod o`lsa ul sarvi shakarlab.
Dabistoni fanoda shurb darsin
Ravon qilmay, emassen ahli mashrab.
Navoiy ashkidin to shom anjum
To`kar, chiqqaymu deb ul sa`d kavkab.
47
Bog`ingga yetmasun oshub xazondin, yo rab,
Gul bila sarvunga oseb zamondnn, yo rab.
Oldi jon la`lingu elga labi jon berguchilar
Barcha qul bo`lsun aning ollida jondin, yo rab.
Dardini baski nihon tuttum — o`larmen pinhon,
Voqif etgil ani bu dardi nihondin, yo rab.
Yomon ahvolima ko`z solmadi ul oy yaxshi,
Yaxshi ogoh qil ani bu yomondin, yo rab.
Yuz jahon zulm jahon ahli manga qildi, meni
Forig` et ahli jahon birla jahondnn, yo rab.
Beribon ko`ngluma jam`iyati xotir qutqar,
Har nekim andin erur tafriqa, andin, yorab.
Ko`yida hajr fig`oninki Navoiy tortar,
Ham meni, ham ani qutqar bu fig`ondin, yo rab.

48
Ulki boshtin to qadam bor onchakim, imkoni xo`b,
Sad`yaki bo`lg`ay birikim, xalq derlar ani xo`b.
To`ksa qon ul kofir, o`zga xo`bni sevgil demang,
Ey musulmonlar, jahonda bir aningdek qani xo`b.
Huri jannat shaklidin ham dilrabo husnung latif,
Xuldi rizvondin dog`i ko`yung sarobo`stoni xo`b.
Jonni jonon istasa, qilmoq taallul xo`b emas,
Naylasun jon ulki, bo`lg`ay sen kebi jononi xo`b.
Husni ofatdin emas xoli, bu damkim xo`b sen,
Sa`y qil, jonoki, o`tsun xo`bluq davroni xo`b.
Ko`z gunohi ko`rmaking erdiki, to`ktung qon yoshin,
Xo`b emas, jono, to`kulmak begunahlar qoni xo`b.
Ey Navoiy, g`ayr rashkidin visoli bazmida
Uyladurmenkim, ko`runubtur manga hijroni xo`b.

49
Gar bo`lmadi bir lahza manga yor musohib,
Ne bo`lg`ay edi bo`lmasa ag`yor musohib.
Rozimen agar naqdi dilu dinim o`g`urlar,
Gar bo`lsa manga ul buti ayyor musohib.
Mahjub edi ul sho`x ulustin, chu may ichti.
Har xayl bila bo`ldi bayakbor musohib?
Ko`zlar bila ul yuz qiladur qatl, ne bo`lg`an,
Din ahli bila bo`ldi chu kuffor musohib?
Bir go`shada may ichmasa, o`z bo`ynida qoni,
Gar bo`lsa dame kimsaga dildor musohib.
Topilmasa gar yori vafodor kam ermas
Andin, kishi gar topsa vafodor musohib.
Yaxshingni yamonlig` bila fosh ar tilamassen,
Olam elidin aylama zinhor musohib.
Dardoki, musohib manga bir tushmadi hamdard,
Davronda tushub ilgima bisyor musohib.
Yor etsa Navoiyni musohiblari, xushtur,
Yo`q baxti qilurg`a chu ani yor musohib.

50
Qani sening kebi olamda dilrabo mahbub,
Ko`z ila qotilu lab birla jonfizo mahbub.
Ne zulm aylasang ahbobqa, xudo yoring,
Chu xalq aylamamish sen kebi xudo mahbub.
Xumor dardi birla hajr mehnatida manga,
Iloj bodadur, oy hamdamu davo mahbub.
Niyozi ishq sari nozi husn jonibidur,
Agarchi shoh muhib bo`lsayu gado — mahbub.
Meni gadog`a ne hol o`lg`ay, ey musulmonlar
Ki, soldi ishq boshim uzra podsho mahbub.
Rafiqlar, o`tunguz dayr ko`yidinki, meni
Xarob ayladi may dog`i mubtalo mahbub.
Gar o`lsa hali muhabbat Navoiy, ey hamdam,
Vafo kerak anga, qilg`an soyi jafo mahbub.

51
Vah, netib ishqin nihon asrarg`a bo`lg`ay murtakib,
Xasta ko`nglumkim, bo`lur otin eshitkach, muztarib.
Dahr aro shahliqqa o`z holimni nisbat aylamon,
Ko`yida tokim gadoliqqa bo`lubmen muntasib.
Ko`nglum o`tg`a tushkali ko`rmas yuzumni, turfadur
Shu`ladin ozurda oltun lam`asidin mujtanib.
Itti kunglum, shodmen, tong yo`q kishi gar bo`lsa shod,
Tushsa yonidin judo qalbi mizoji munqalib.
Kechayu kunduz xarobot ichra andoq mastmen
Kim, qocharlar arbadamdin shahna birla muhtasib.
Xonaqah shayxidin etkanlar riyo oyini kasb,
Dayr piridin bo`lung rasmi fanoga muktasib.
Ey Navoiy, bo`lsam ul badmehr ishqidin xalos,
Bo`lmayin husn ahlining mehrig`a hargiz murtakib.

52
Buzdi ko`nglum kishvarin hijron g`ami tug`yon qilib,
Ohu ashkimdin birin sarsar, birin to`fon qilib.
Dard uyin qildi bino, ishqing buzub ko`nglum uyin,
Kimsa yanglig`kim, bir uy tuzgay, birin vayron qilib.
Tanda ohing shu`lasin, derlar, nihon tut, ohkim,
Bir ovuch xoshok aro bo`lmas choqin pinhon qilib.
Hajr ko`yida yalang jismimni ko`rgan sog`inur
Kim, meni o`lturgali eltur junun, uryon qilib.
Xorlar ko`nglumdadur sendinki, gardun tuzmagay,
Har birin otsam, bir ohim o`qig`a paykon qilib.
So`rma nevchun bedil o`ldung deb, o`zung chun hajr aro
Ko`zdin oqizding ko`ngulni, qatra-qatra qon qilib.
Shukrini ne deb ado aylayki, aylar jilva yor,
Elni holimg`a, meni o`z husnig`a hayron qilib.
Dahr elidin juz jafo mumkin emas topmoq kishi,
Lek har birga vafolar onchakim imkon qilib.
Yor ko`p qilsa jafo, kam qil, Navoiy, nolakim,
Gulga bulbul o`rgata olmas vafo, afg`on qilib.

53
Sahvdur to`bi demak, ra`no niholingni ko`rub,
Yoki jannat bog`i gulzori jamolingni ko`rub.
Ravzada kavsar qirog`inda xayol ettim Bilol,
Yuz aro lab, lab uza shabrang xolingni ko`rub.
Sog`inur oshiqlig`ingg`a ro`baro` kelmish quyosh,
Ko`zguda mashshota har soat misolingni ko`rub.
Sarvdin bulbul ne tong ram qilsa, to`bidin malaq
Jilvai qad holatida e`tidolingni ko`rub.
Nargising afsunu gul barging takallum ayladi,
Aqli kul topti firib, ul makru olingni ko`rub.
Elga ishratdur yangi oy ko`rsalar, lekin manga
Yuzlanur oshuftalig`, mushkin hilolingni ko`rub.
O`lturur hijron tuni, o`lsam ham armon qolmag`ay,
Tushta ham bo`lsa bir ayyomi visolingni ko`rub.
Netting, ey soqiyki, o`zdin bordim andoqkim, zilol
Olib ichmastin burun, jomi zilolingni ko`rub.
Sudra ul yon, ey Navoiy, o`zni muhlik za`f ila,
Shoyad etkay rahm ul qotil bu holingni ko`rub.

54
Ul qo`pub, otlang`ali markab surub, sarxush borib,
Men boshim ochib, ayog`ig`a qo`yub yuz, yolborib.
Menda xud had yo`q, vale ollinda jon aylay fido:
Har kishi ashobidin keltursa ani qaytorib.
Bo`ldi rokib, netti ko`nglum uyida qilsa nuzul,
Tig` ilakim tortmish, ozurda ko`ksumni yorib.
O`z uyiga tushmakin ham bilmay o`lgum, koshki
Borsa qatl aylab meni, jon mehnatidin qutqorib.
Vah, ne yanglig` sa`b emish g`am bazmida qolmoq kishi,
Ko`nglida orom qolmay, joni oromi borib.
Kimga davron bir ayog` may berdikim, bo`ldi xalos,
So`ngra aning yuz qadah bedodi zahrin sipqorib.
Bekas o`lsam, ne taajjubkim, vafoda jon berib,
Topmadim ahli vafo bori jahonni axtorib.
Bosh oqardi — uzlat avlodurki, ul kofur ila
Sovutur, ulkim yigitlar bazmida kirgay qorib.
Ey Navoiy, go`yiyo yoring kelur, yo`qsa nega
Muztaribtursen — taning titrab, uzoring sarg`orib.

55
Chun bag`ir zaxmlari butmadi, payvand qilib,
Itlaring ollida tashlay, necha parkand qilib.
Ko`nglum ochilmadi hargiz g`ami ishq ichra, magar
Ochqasen bir ani g`unchangda shakarxand qilib.
Ishqda men kebi Majnun yasadi kilki qazo,
Layli ashkolini dildorima monand qilib.
Xoli shavqi biladur tanda ko`ngul qo`ymishmen,
Mo`rni dona xayoli bila xursand qilib.
Elga oshiqlig`im izhor eta olmon, vahkim,
Qo`ydi olamda meni ishqi zabonband qilib.
Soqiyo, boda keturgilki, agar davr budur,
Nosihi shahr netar bizni xiradmand qilib.
Ich, Navoiyki, bu tun raz qizini bermak emish,
Piri mayxona seni o`ziga farzand qilib.

56
Xas kebi jismimg`a hijron shu`lasi urdung borib,
Barqi ofat birla xoshokimni kuydurdung borib.
Aylabon gul, hajr azmig`a chu surdung bodpoy,
Buyla sarsar birla ani ko`kka sovurdung borib.
Tiyra aylab ko`kni ul kulda bu yanglig` lutf etib,
Poyam ahli ishq aro gardung`a yetkurdung borib.
Tindi sargardon ko`ngul ko`yungda har yon po`yadin,
Orzui vasldin ko`nglumni tindurdung borib.
Azm etarda barcha ishq ahlig`a qilding xayrbod,
Nayladuk ushshoq arokim, bizni yozg`urdung, borib.
Ul ko`zi kofir sari borma deb erdim, ey ko`ngul,
Pand eshitmay, naqdi imoningni oldurdung borib.
Eyki, man`ing aylab erdim ishq ko`yi tavfidin,
Zorsen, go`yo balo boshingg`a kelturdung borib.
Xonaqah zuhdi aro, ey shayx, bas oshuftasen,
Go`yiyo dayri fanoda tavba sindurdung borib.
Yorni istay Navoiy bormish erdi, ey rafiq,
Bilmadim, ani ne afsun birla yondurdung borib.

57
Kotibi sun` chu har kimga bir ishni raqam aylab,
Sabz xatlar g`amig`a bizni qazo muttaham aylab.
Vasl ummidi bila ko`nglum dog`i to`ymadi chekardin,
Necha ul xayl malul o`lmadi javru sitam aylab.
Har qayon ul xatti mushkinki borur qilsa ishorat,
Boruram xoma kebi men dog`i boshtin qadam aylab.
Zulfining tobini mashshotadin ochmoq emas imkon,
Dol yo lomni kim yozg`an ekin, daf`i xam aylab.
Hurlar kelsa ani ko`rmak uchun, xozini jannat
Yuborur sochini gulbarglaridin diram aylab.
Soqiyo, bodaki bu korgah avzoi xiradni,
Yo`qki, ojiz qilibu masx gah devona ham aylab.
Dayr piri qoshida kamligimiz ko`p edi, lekin
Mast qildi yana bir jom ila bizni, karam aylab.
Ey xusho, ko`yi xarobotki, har eski safolin
Kimki durd ichmak uchun jom qilib, o`zni Jam aylab.
Ey ko`ngul, kimki Navoiy kebi vasl nstadi, ani
Ishq rasvolig` ila olam ichinda alam aylab.

58
Xushturur bir tiyra shomi hajr iki yor uchrashib,
Topishib, bir-birlarin mahkam quchushub, yig`lashib.
Hajr dardiyu firoq anduhig`a taskin bo`la,
Ulturub ulfat bila, bir-birlariga yondashib.
Furqat ayyomida har birning boshiga kelganin,
Yuz tuman hamdardlig`lar birla har dam so`zlashib.
Goh vasl iqbolining ishratlaridin shukr deb,
Gah firoq idborining shiddatlaridin mungrashib.
Goh ikki rishta yanglig`kim, topar bir-birga tob,
Ikkilik fahm o`lmog`udek bir-biriga chirmashib.
Gah bu chirmanmog` ochilg`anda ham ikki rishtadek,
Tob ochilsa qaytara ham bir-biriga to`lg`ashib.
Ikki yondin qo`l hamoyil berk-berk andoq chekib
Kim, yana bir-birdin ayrilmas masallik o`rmashib.
Ayni vasl ichra ishi o`tsa shikoyat mujibi,
Ikki yondin raf` etib, bir-birlarini aldashib.
Ey Navoiy, bu mahol andishag`a chirmashma ko`p,
Jur`at aylab betahoshi so`zlaring haddin oshib.

59
Tun aqshom keldi kulbam sari gul gulrux shitob aylab,
Xiromi sur`atidin gul uza xo`ydin gulob aylab.
Qilib mujgonni shabravlar kebi jon qasdig`a xanjar,
Beliga zulfi anbarboridin mushkin tanob aylab.
Quyoshdek chehra birla tiyra kulbam aylagach ravshan,
Manga titratma tushti zarra yanglig`, iztirob aylab.
Kulub o`ltirdiyu ilkim chekib, yonida yer berdi,
Takallum boshladi har lafzini durri xushob aylab.
Ki, ey zori balokash oshiqim, mensiz nechuktursen?
Men o`ldum lolu ayta olmadim mayli javob aylab.
Chiqardi shishai may dog`i bir sog`ar to`la quydi,
Ichib, tutti menga, yuz nav` nozoso itob aylab.
Ki, ey majnun, pariy ko`rdung magarkim, tarki hush etting?
Takallum qil bu sog`arni ichib, raf`i hijob aylab.
Ichib, faryod etib tushtum ayog`ig`a, borib o`zdin,
Meni yo`q bodakim, lutfi aning masti xarob aylab.
Anikim, eltkay vasl uyqusi ishrat tuni mundoq,
Navoiydek netar to subhi mahshar tarki xob aylab,

60
Bir oy firoqida har tun boshimg`a o`t tutoshib,
Quyoshg`a shu`la yetib, dudi yetti ko`kdin oshib.
Chu eltib ikki tarafdin boshnn qulog`ng`a zulf,
Magarki, qatlima har bir sening bila kengoshib.
O`zin hechcha fahm aylabon, uyotqa qolib,
Ajal firoqing ila o`ltururda chun o`choshib.
Quyosh damin ola olmay, kirib qora yerga,
Yiqildi, husnda go`yo yuzung bila taloshib.
Chamanda sarvg`a noz aylamak yarashmaydur,
Valek har ne qilib sarvnozima yaroshib.
Firoq aro ne tiriklikdurur, xusho o`lgan,
Visol toriga ummidi rishtasi uloshib.
Navoiy ulcha qazodin kelur, bo`yinsung`il
Kim, ulki bosh chekpbon, so`ngra kechgasen qoshib.

61
Chobukum tez surar tund samand uzra chiqib,
Men so`ngicha yeta olmay, yugururdin toliqib.
Garchi sabrim yo`qidin ani erishib, lekin
Hushu ko`nglum yo`q uchun, har nafas andin oziqib.
Do`stlar, bu kecha voqif bo`lingizkim, chiqadur
Onsizin shefta jonim tan uyidin toriqib.
Har ko`zumdin oqadur har birining xunobi,
Hajr ishkanjasi chun bag`rimu ko`nglumni siqib.
Tig` ila boshima keldingki, bu kun qatl ishida
Xo`blar ichra saromadsen, o`lubsen ayiqib.
Ko`p kuchung birla quvonmaki, ajal jomi mayi
Ki, tutub Rustami Dostonni hamul lahza yiqib.
Ey Navoiy, to`lar oxir dame chun paymona,
Naylagungdur bu nafas maykadadii bore chiqib.

62
Borur ul mast yana noz aylab,
Xalq ila arbada og`oz aylab.
Qatl uchun g`amzani jallod qilib,
Zulm uchun ko`zni fusunsoz aylab.
Har qachonkim turubon boda ichib,
Jur`asin xonabarandoz aylab.
Javr uchun ahli vafokim ayirib,
Barchasidin meni mumtoz aylab.
Turfaroq bukim, aning keynicha-o`q,
Jonu ko`nglum qushi parvoz aylab.
Ne gunah ko`zga nazardinki, qazo
To ochib ani nazarboz aylab.
Garchi holimni Navoiy yoshurub,
Ishq anga ashkni g`ammoz aylab.
Xalq ila arbada og`oz aylab.
Qatl uchun g`amzani jallod qilib,
Zulm uchun ko`zni fusunsoz aylab.
Har qachonkim turubon boda ichib,
Jur`asin xonabarandoz aylab.
Javr uchun ahli vafokim ayirib,
Barchasidin meni mumtoz aylab.
Turfaroq bukim, aning keynicha-o`q,
Jonu ko`nglum qushi parvoz aylab.
Ne gunah ko`zga nazardinki, qazo
To ochib ani nazarboz aylab.
Garchi holimni Navoiy yoshurub,
Ishq anga ashkni g`ammoz aylab.
63
Bizni zor etti bu ra`no mutrib,
Nag`ma birla tarabafzo mutrib.
Nechakim nag`ma chekib Dovudday,
Damda andoqki, Masiho mutrib.
Zuhra to nag`masarodur andoq,
Bo`lmadi davrda paydo mutrib.
Bo`lsa xurshid atovu Zuhra ano,
Tug`magay sen kebi zebo mutrib.
Seni to ko`rdum, icharda mayi nob,
Tilamas xotirim illo mutrib.
Ey xush ulkim, ani bu bazmda may
Qilmadi bexudu shaydo mutrib.
Buylakim, bo`ldi Navoiy uryon,
May bu nav` etti ani yo mutrib.
Nag`ma birla tarabafzo mutrib.
Nechakim nag`ma chekib Dovudday,
Damda andoqki, Masiho mutrib.
Zuhra to nag`masarodur andoq,
Bo`lmadi davrda paydo mutrib.
Bo`lsa xurshid atovu Zuhra ano,
Tug`magay sen kebi zebo mutrib.
Seni to ko`rdum, icharda mayi nob,
Tilamas xotirim illo mutrib.
Ey xush ulkim, ani bu bazmda may
Qilmadi bexudu shaydo mutrib.
Buylakim, bo`ldi Navoiy uryon,
May bu nav` etti ani yo mutrib.
64
Bordi ko`nglum hushi ishqing o`tidin axgar topib,
Bir gado yanglig`ki, o`lgay, qiymati gavhar topib.
Sabzai xatting erur shirin labing atrofida,
Xayli to`tikim hujum aylabturur, shakkar topib.
Ul pariy uchti ko`zumdin, ko`nglum aylar orzu
Kim, aning sari havo qilg`ay, o`qidin par topib.
Boshima qush oshyonidur, dog`i ostimda tog`,
Shohmen ishq ichra, mundoq taxt ila afsar topib.
Ishq sahrosi aro oqil iturganlar meni
Bo`ldilar navmid bir devonai abtar topib.
Yorni garchi talab qilmoq bila topmas kishi,
Ham talab aylab va lekin ani tolib gar topib.
Shoyad ul mayxora bosh kulbangg`a suqqay bir kecha,
Ey Navoiy, muntazir bo`l, bodayu sog`ar topib.

65
Toshlarkim, ul pariy paykar bu majnung`a otib,
Aqlu donish qushlarin ko`nglum uyidin butratib.
Tushta boshim ul sanam ollidadur, ey porso,
Qo`p, namozing vaqti o`tdi, deb netarsen, uyg`otib.
Istabon Yusuf jamoling qullug`ining rutbasin,
Jilva ko`p qildi safo bozorida, o`zin sotib.
Ul quyosh hajrinda jismim bovujudi ayni za`f,
Erga har dam bosh urub andoqki, yerni titratib.
Ko`yida o`lsam, abad umricha bor ul umr, agar
Qilmasa xorij tanimni, itlariga sudratib.
Eyki, hajringda meni yuz hasratu armon bila
Qatl qilg`ung, bori bir qatla yuzungni ko`rsatib.
Jurm aning ishqidin o`zga yo`qki, har dam kezdurur,
Ishqi mulki to`rt bozorida bo`ynum bog`latib.
Dayr aro men mastu nozuk xo`yidin ul mug`bacha,
Bazmdin qovlar meni gah sudratib, gah qo`ldatib.
Zohido, berma manga ko`p pandkim, hayvoncha bor
Telba itni oqil inson istagan aql o`rgatib.
Ko`rmaku o`lmak Navoiyg`a ne tong, ey do`stlar,
Kirsa maydon ichra ul qotil samandin o`ynatib.

66
Kulub chu la`lingu el ilgidin piyola olib,
Yig`ida titramakimdin so`ngaklarim ushalib.
Pariy kelib sanga qilmoqqa husn da`vosi,
Seni chu ko`rgach itib, baski, xalqdin uyalib.
Mahalli muhlik o`lub shomi furqatim, baskim,
Nachukki, sunbuli zulfung qoraribu uzalib.
Ko`ngul halok erur g`amzang o`qlari birla,
Nachukki sayd yiqilg`ay, xadanglar qadalib.
Qarib ne holg`a qoldimki, yor qilmas rahm,
Nachukki tifl kebi zor yig`lasam, inalib.
Visol bog`ini so`rmangki, men ne bilgaymen,
Firoq mulkida zindoni hajr aro qobalib.
Ne sho`xdurki, surar tund markabin, boqmay
Ki, bedili yiqilur, lahza-lahza bag`ri tolib.
Alarki chiqdilar eldin, qutildilar g`amdin,
Kim ul arog`a qolib, men kebi balog`a qolib.
Nechaki qovsa Navoiyni itlaring har dam,
Chu g`ofil aylab alarni, o`zin arog`a solib.