CHIM HARFINING CHOBUKLARINING ChEHRAKUSHOYLIG`I «FAVOYID»DIN
96
96
Qovmag`il ko`nglumni, zulfung ichra orom aylagach,
Qushni kim ozod etibtur bastai dom aylagach.
Ul ne jondurkim, gado yanglig` qilurlar shohlar,
Yuz duo jonig`a har qaysini dashnom aylagach.
La`li shavqin yoshururmen qon yutub, to sog`men,
Asray olmon o`zni, gulgun boda oshom aylagach.
Gul parishon o`ldiyu sarvi sihi topti shikast,
Bog` aro gulgasht ul sarvi gulandom aylagach.
Dahr gulzorig`a o`t soldi jamoli barqidin,
May o`tidin gunai ruxsori gulfom aylagach.
Soqiyo, may tutki, hijron shiddati tug`yondadur,
Yig`lamoq taskin berur, mayli mayu jom aylagach.
Dayr ichinda so`rma zunnorimnikim, ul mug`bacha
Mahkam etti zulfidin toroji islom aylagach.
Lahvu isyon birla o`tti umru hech ish qilmadim,
O`t tushar jonimg`a, zikri faslu ayyom aylagach.
Gar Navoiy hajridin o`lmish, vale yuz jon topar,
La`li ruhafzosidin bir bo`sa in`om aylagach.

97
Manga agar degasiz: jon bila jahondin kech,
Kechay, velek muni demangizki, ondin kech.
Zamonu ahli zamondin dengizki kech, lekin
Demang bu so`znikim, ul ofati zamondin kech.
G`amida qon yoshim ul nav` bahrdurki, kishi
Qolur tahayyur aro, demasamki qondin kech.
So`rarg`a kelmak emish yor, ey ajal, rahm et,
Yuzini ko`rgucha bu zori notavondin kech.
G`am o`lturur meni, gar boda ichmasam, ey shayx,
Agarchi panding erur yaxshi, bu yomondin kech.
Desangki, yor ila hamxona bo`lg`asen, bo`lg`il
Diyoru mulkdin ovora, xonumondin kech.
Iki jahonni ko`rar vasl mone`i solik,
Murod yor esa, ham mundinu, ham andin kech.
Kamol kasbi qilur bo`lsang, ozmundin o`t,
Gar istifoda g`araz bo`lsa, imtihondin kech.
Navoiy, o`ttilar ahbob, bo`l fano bila chust,
Desangki, qolmag`asen yo`lda korvondin, kech.

98
Tushkali ul dilraboning turrasi torida pech,
Turra toridek tushubtur ko`nglum atvorida pech.
Zulfi tobidin jununumnung yuz oncha pechi bor
Kim, nazar soldim: jununum daf`i tumorida pech.
Hajr dashtida meni sargashtaning to`lg`anmag`i,
Aylagandektur quyun jismi namudorida pech.
La`lingu zulfung xayolidin meni dilxastani
Notavon jonida anduhu tani zorida pech.
Soqiyo, ul sho`xning jomin rioyat aylagil
Kim, buzulmish, may chiqib boshig`a, dastorida pech.
Vahki, ul kofir asirinnng ishida kufrdin,
Pechlardur onchakim, yo`q oncha zunnorida pech.
Olam ahlig`a ne tong sargashtalig` nevchunki bor,
Charx pargorida davru davr osorida pech.
Rostravlar go`sha tuttilarki, davron ahlining
Bordur atvorida pech, andoqki guftorida pech.
Chun Navoiy, yor zulfi vasfida ko`p chirmashur,
El taajjub qilmasun, ko`p etsa ash`orida pech.

99
Ko`zung qonimg`a serob etti o`zni, naqdi jon olg`ach,
Nechukkim, mast bergay mayg`a naqdi rongon olg`ach.
Chu urdung nishtari hijron, firoqing so`zi kam bo`ldi,
Aningdekkim, isitma daf` bo`lg`ay, kimsa qon olg`ach.
Nachukkim, qiymati la`l olibon bergay raqibig`a,
Itiga tashladi ko`nglumni ul nomehribon olg`ach.
Sanab ushshoqini qatl ayladi ul husn sultoni,
Chirikni tarqatib ozod etar shah, garchi son olg`ach.
Ko`ngul jurmig`a bo`ldum uhdavu g`am chohig`a solding,
Emastur rasm qilmoq hibs, mujrimdin zimon olg`ach.
Shikebu sabr xayli ittilar, yetkach manga nomang,
Nachukkim, korvon bog`lar safar raxtin, nishon olg`ach.
Ushatma tavbam, ey soqiyki, qolmas yaxshiliq rasmi,
Mening holimda ilgimga qadahni men yomon olg`ach.
Bahori husnidin bulbulg`a ham yetkur navo, ey gul,
Bu gulshan mulkini toroj etar, xayli xazon olg`ach.
Navoiy holini ul yo`q og`izdin so`rma emdikim,
Adam yo`lig`a bordi mehring ul bexonumon olg`ach.

100
Qayd aylarga junun ahlini bor ul ikki soch,
Har biri necha tugun, har tuguni necha quloch.
Turklarning qulidurmenki, nigorimning erur
Qoshi turkona, qabog`i kengu ko`zi qiymoch.
Sochingu mushk aro bor ancha tafovutki, munung
Kisvatidur yangi iksunda, aning — eski sanoch.
Tashlabon dog`larim marhami birla momug`in,
Telbadurmenki, choponin solnb o`lg`ay yolangoch.
Soqiyo, la`l uza xay ko`rubon bexudmen,
Mayg`a mamzuj gulob aylab, ani yuzuma soch.
Luqma ogahlik ila solik agar aylasa no`sh,
Yaxshiroq arpa ko`mochiki, tag`ofilda kuloch.
Ey Navoiy, tilasang eldinu o`zdin maxlas,
Chiqqil o`zluk yo`lidin chustu fano ko`yiga qoch.