www.uz
DOL  HARFINING DILOROMLARINING DAVRONI FAVOYIDDIN

114
Chu solik aylar esa azm vodiyi tavhid,
Kerakki, minsa bu sayr ichra markabi tajrid.

Bu markabu bu safar kimsaga muyassar emas
Ki, hosil aylamagay olam ahlidin tafrid.

Bu ham kishi o`zini boru yo`qdin etkay fard,
Emastur o`zlukidin mumkin o`lmayin ta`yid.

Chu do`st lutfig`a bu barcha bo`ldi vobasta,
Nedin kerak kishiga vasl naqdidin tardid.

Azalda chun ne nasib o`ldi, o`zga bo`lmadi ul,
Sa`idni ne shaqi qildi, ne shaqini sa`id.

Ketur qadahki, dame o`zni xush tutay, ey mug`,
To`la quyarg`a emas hojat aylamak ta`kid.

Navoiy istamas o`zni dame bu dayrda sog`,
Hamisha kayfiyatig`a aning bering tajdid.

115
Kotibi sun`ki  mushk ayladi xattingg`a  midod,
Oyati rahmat edi qildi quyosh uzra savod.

Uyla ishqingda bo`lub mahv, unuttum o`zni
Kim, sen o`lmish menu men emdi seni qilmon yod.

Kecha nolamdin uyumas edilar olam eli,
Za`fdin emdi eshitmon o`zum, etsam faryod.

Charx davronikim, ohimdin erur, ul chu meni
Berdi barbod, ani men dog`i bergum barbod.

Davr bedod etar, ey soqiyi gulchehra, meni,
Uyla qil mastki, davrong`a men aylay bedod.

Xonaqah shayxi agar ishq ila may man`i qilur,
Dayr piri, netayinkim, muni aylar irshod.

Nosiho, ishq ila may tarki buyurdung, lekin
Qilma taklif Navoiyg`aki, bo`lmish mu`tod.

116
Ishq aro nofi` emas oqilu farzonag`a pand,
Qayda bas naf` yeturgay meni devonag`a pand.

Ul quyosh ishqidin o`rtanma deding, vahki, kishi
Sham`din kuyma debon, bermadi parvonag`a pand.

Bergucha ishqu vafo tarkida pandim netkay,
Bersangiz javru jafo man`ida jononag`a pand

Zohido, bergucha pand, ayla o`zung tarki riyo,
Pand bergil o`zunga, aytqucha yonag`a pand.

Ishq tarkigakim,  irshod etaram ushshoqin,
Mast bergandek erur volai paymonag`a pand.

Labi jonbaxshg`a man` etkucha, ey soda raqib,
Qatl man`ida ber ul g`amzai mastonag`a pand.

Dayr aro mug`bacha chun qildi Navoiyni halok,
Chiq debon nofi` emas foniyi butxonag`a pand.

117
Ne murodu ne umid aylar ul oydin bizni shod,
Ohkim, ishq ichra ham novmidbiz, ham nomurod.

Orazi hajrida  bo`lmish tiyra  ko`nglum kishvari,
Muddate bo`ldiki, ko`rmaydur yorug`lug` bu savod.

Xol erur yo sun` kilki safhai ruxsor uza
Xat raqam aylar zamonda, xomadin tommish midod.

Gul jabinin ko`zga ko`p surtar esam, ayb etmangiz,
Negakim, bir guljabinlikdin berur har lahza yod.

Ko`zuma  ashk evrulub, tan dasht aro sargashtadur,
Ishq bahru dashtida girdob ulu bu girdbod.

Tark etib har qaydni, qo`ydum qadam dayr ichra, lek
Dayr piri har nekim der, chora yo`q juz inqiyod.

Ishqida mendin asar yo`q, kimga bo`lsa multafit,
Toki isnayniyat o`lmas, mumkin ermas ittihod.

Charxdin ne kelsa, juz taslim yo`qtur chorae
Kim, qaviy ollida xo`b ermas zabunlardin inod.

Ey Navoiy, g`unchadek ko`nglung tutulsa hajrdin,
Noumid o`lma:  nasimi vaslidin yetkay kushod.

118
Ko`ngluma tig` urg`ach, ohimdin huvaydo bo`ldi dud,
Shu`laning ustiga chun qunding su paydo bo`ldi dud.

Yuzu zulfi hasratidin buki chektim o`tlug` oh,
Shu`la xurshidu g`ubori mushki soro bo`ldi dud.

Xonumonim kuygannn hajr o`tidin g`am dashtida,
Bildilar ovoralar, chun oshkora bo`ldi dud.

G`am tuni ermaski, ohimdin qorong`udur sipehr,
Bu ko`han dayr ichra behad vahshatafzo bo`ldi dud.

Kuydurub ko`nglum, ko`zumni tiyra qildi, to anga
Yuz o`ti bargi suman, zulfi sumanso bo`ldi dud.

Hajr o`ti ul oy havosida meni chun o`rtadi,
Har taraf shabgun bulutdek charxpaymo bo`ldi dud.

Soqiyo, obi hayoti may bila kulbam yorut
Kim, firoq o`tndin anda zulmatoso bo`ldi dud.

Rost ul yanglng`ki zulmat ichra Xizr o`lg`ay nihon,
Xayli mazlum ohidin bu toqi xazro bo`ldi dud.

Ul uzoru xat uchun har dam Navoiy chekkach oh,
Kulbai ehzonig`a yo tushti o`t, yo bo`ldi dud.

119
Ey, qilib zulfung kamandi vahshiyi sahroni sayd,
Yuz menu Farhod ila Majnun kebi shaydoni sayd.

Yo`q ajab Farhod ila Majnunni xud sayd etmaking,
Turfa budurkim, qilib Shirin bila Layloni sayd.

Vah, bu ne sayyodlig`durkim, biravkim dahr aro,
Husn ila olamni sayd aylab, sen aylab ani sayd.

Ko`rguzub chun domi zulfu donai xol aylabon,
Bulbulu qumri demonkim, pashsha to anqoni sayd,

Domi zulfinin bir ochib, tortmoq birla qilib
Yuz tuman qudsi tuyuri gulshani xazroni sayd.

Bilmon, ey sayyod,   qaysi dom ila qilmaq bulur,
Ul tazarvi dilkash, ul tovusi bazmoroni sayd.

Gar Navoiy xo`blar saydidur, ammo qilmamish
Sendin o`zga kimsa ul oshuftai rasvoni sayd.

120
Yo`q manga yuz yilda ul mahvashqa bir so`z derga had,
Bo`lsa bir so`z derga had, ul ham bo`lur yuz qatla rad.

Mehri xud yo`q, lek amdo zohir aylar iltifot
Kim, xaloyiq jonima qasd aylagaylar yeb hasad.

Turfaroq bukim, qilib olamni jonim dushmani,
Do`stlug` izhori har majlisda aylar beadad.

Shak emaskim, bo`lg`usidur yorlar bee`timod,
Har qachan yor ollida ag`yor bo`lsa mu`tamad.

Umr yanglig` bevafodur xalq, go`yo, ey Xizr,
Chekti Zulqarnayn Ya`juji vafo ollig`a sad.

Ey xush ulkim, go`sha tutqay uylakim, topilmag`ay
Axtarib davronni davr ahli azaldin to abad.

Soqiyo, abnoyi davron javrining poyoni yo`q,
Uyla sog`ar tutki, zoyil aylagay hushu xirad.

To bo`lay ul nav` loya`qilki, kelmay holima,
Qilsa yuz Farhod ila Majnun nasihatdin madad,

Ey Navoiy, olam ahli javr etarda tengdurur,
Xoh shohi charx qadru xoh mohi sarvqad.

121
Ishq aro kuymak ishim, qayda menu qayda xirad,
Buyla o`t ichra kirarga xirad ahlig`a ne had.

Ishq o`ti Turi tajalliyg`a chu soldi partav,
Xaski kul bo`ldi, burunroq yo`q edi g`ayri xirad.

Zuhd xuffoshi ocha olmasa ko`z, kimga gunah,
Ishq xurshidi yorutmish chu azal to ba abad.

Ishq ul bir muallimki, aning maktabida
Aql o`qib tifl kebi lavhi fanodin abjad.

Ishq jonbaxsh nasimn ne chamang`aki esib,
Yuz nihol anda bo`lub lolauzoru gulxad.

Ul chaman bargi guli shavq hadisig`a varaq,
Sunbuli silsilasi hush jununig`a madad.

Asli bir zot kelib chunki marotibg`a o`tub,
Benihoyat bo`lub ijodu sifot ichra adad.

Birdurur  asli  adad,  kimki haqiqatbindur,
Gar adad yuz tuman o`lsa, tuzatur birga sanad.

Ey Navoiy, desang ixlos ila bu sirni tilay
Qulhuallohu ahad, so`ngradur ollohu samad.

122
Olib el ko`nglinki, chekting sarvdek ozod qad,
Qaysi ko`ngli birla chekkay ollinga shamshod qad.

Xo`blar qaddi qadding ollida ko`rsatmakcha bor,
Sarvi ozod o`trusida savsani ozod qad.

G`am yuki ostida qaddim bo`ldi xam, imkoni yo`q
Besutunning ostida tuz asramaq Farhod qad.

Xam bo`lub, ko`nglum olurg`a kelmaking ul nav`dur
Kim, qilurda sayd qushni xam qilur sayyod qad.

Ey musulmonlar, netib o`rnida ko`nglum to`xtasun,
Qilsa har dam jilva gar bir sarvi hurizod qad.

Bo`lmadi toatqa xam qadding yigitlikda,  ne sud,
Rak`at emdikim, bukulmak ayladi bunyod qad.

Ey Navoiy, husn elidin ofiyat yo`q, to qilur
Ishvadin javru jafo ko`z, jilvadin bedod qad.

123
Jafoda bor ul oy gardung`a monand,
Atog`a uylakim xislatda farzand.

Tugatdi qon yoshim jism ichra qonni,
Qiliching zaxmi topmas emdi payvand.

Iting ko`p, barcha bag`rimdin tama`kor,
Ne tong qilsam ani parkand-parkand.

Agar men oshiqu devona ersam,
Manga nosih dog`i ermas xiradmand.

Jahon ahlida mutlaq chun vafo yo`q,
Xush ulkim, bo`ldi bekaslikka xursand.

Manga davron og`u berdi, anga no`sh,
Men etsam zahrxand, aylar shakarxand.

Junun bo`lmish Navoiy, aylang ozod
Ki, majnunlug`da tortibdur, base, band.

124
Labing la`lu xating, ey jon, zumurrad,
Bo`lurmu la`lg`a haryon zumurrad.

Erur xating xayoli ko`nglung ichra,
Nachukkim, tosh aro pinhon zumurrad.

G`am ermas ne uchunkim husni ortar,
Chiqarsa sabzadin bo`ston zumurrad.

Zumurrad topmaq erdi mushkil, emdi
Ilikka kirgusi oson zumurrad.

Zumurrad qadri bor oz ersa, lekin
Xush ermas behadu poyon zumurrad.

Zumurradqa yuzung kon bo`ldi, ammo
Fido bo`lsun anga yuz kon zumurrad.

Magar yoqut yanglig`dur mufarrih
Kim, aylar xalqni xandon zumurrad.

Falak yuz neshi zahrolud tortar
Ki, qilmas sabzadin tug`yon zumurrad.

Navoiy, sabza ichra ich mayi la`l
Ki, solmish bog` aro davron zumurrad.

125
Ey, soching zanjirida oshuftayu shaydo xirad,
Ul savod ichra topib sarmoyai savdo xirad.

Gar junun daf`ig`adur zanjnr, ko`rgil, kim qilur
Ul salosil qaydida devonalig` paydo xirad.

Bo`ldi ishq ilgida andoqkim, kerak zoru zabun,
Aylamak bordi junun ahlig`a istig`no xirad.

Asru rasvolig`larimni ko`rmish erdi ishq aro,
Men nachuk rasvo edim, bo`lmish bu dam rasvo xirad.

Ishq kuydurdi xiradni, bordi ulkim, degamen
Kim, bu muhlik varta ichra yo bo`lay men, yo xirad.

Gar xirad ham ishq mag`lubidurur mendek, valek
Hech mushfiq g`am yemas ahvolima illo xirad.

Ishq aro jonig`a yetgandin, dame istab farog`,
Bizga targ`ib aylar emdi sog`ari sahbo xirad.

Kir fano vodiysi ichra ishq ra`yi birlakim,
Mastu mabhut o`ldi anda ziyraku dono, xirad.

Ey Navoiy, ishq aro kom istasang, devona bo`l,
Bu sharafni topmag`ung, hamrohing o`lsa to xirad.

126
Vahki, ham hushumni afzun qilmadi afsunu pand,
Ham jununimni kam aylay olmadi zanjiru band.

Bilki, sendindur bori dardim ne fikring holima,
Dardmand el holin ul bilgayki, bo`lg`ay dardmand.

Zaxmlarkim soldi zahrolud tig`ing jismima,
Og`zin ochib har biri, holimg`a aylar zahrxand.

Bo`ynunga mushkin ipakdin, eyki, tumor osmishang,
Qayda holim bilgasenkim, bo`ynuma taqding kamand.

To ko`ngul xoling xayolidin boshingg`a evrulur,
Yo`q sanga hojat yomon ko`z daf`ig`a o`tu sipand.

Chun falak toqidek oxir bo`lg`usidur sarnigun,
Rif`ating toqin, ne sud, etmak falakcha sarbaland.

Ey Navoiy, obi hayvondek labidin uz umid
Kim, sochi zulmotidin yopti anga mushkin parand.

127
Yo`lida jon berdim, o`tti ko`rmayin jonon, ne sud,
Ko`rsa ham, ko`rmaska solib, zoe` o`ldi jon, ne sud.

Sud ko`z tuttum qorarg`an ko`zga ul yuz mehridin,
Anglag`ach, mehri jamolin ayladi pinhon, ne sud.

Bir tabassumg`a labidin jonni berdim sud uchun,
Jonim olib, la`li aning bo`lmadi xandon, ne sud.

Zulfi savdosida naqdi umr berdim, ohkim,
Etmadi jonimg`a bu savdoda juz nuqson, ne sud.

O`qlaridin javhari paykon ko`ngulga sud edi,
Har nekim otti yetishkach, o`ttilar parron, ne sud.

Foniy o`l aylab jahon sudu ziyonin tarkkim,
Ne ziyondur mo``tabar olamda, ey nodon, ne sud.

Ey Navoiy, dema jon ber, vaslidin sud istasang,
Yuz tuman jon bersa, chunkim, vasl emas imkon, ne sud.

128
Ey yuzung sham`iyu zulfung dudidin tarki xirad,
Ko`ngluma subhi azaldin qism to shomi abad.

Dema, to joning jasadda bo`lg`usi, qilg`um jafo,
Qayda qolmish jon manga, chun za`fdin yo`qtur jasad.

Menu ko`yung qaydakim devona, balkim devmen
Kim, malak xaylig`a yo`q gustox aning tavfig`a had.

Gar bori ishq ahlin o`z ko`nglung uchun qilding qabul,
Men necha mardud esam, tengri uchunkim, qilma rad.

Xastalig` ko`rkim, bo`lur har dam hayotim munqati`,
Gar nafasqa dam-badam chiqmaqqa jon qilmas madad.

Istasang olam eli mahsudi o`lmoq, zinhor
Ema yuz olamcha elga tengri bergandin hasad.

Ey Navoiy, kasb oyini fano qil, uylakim
Umrning miodi yetkanda kerak bulsang muad.