www.uz
FARDLAR

JAVOHIRI MUFRADAH

1

Ulki, haq borinda maqsud istagay har zotdin,
Mehr borinda yorug`lug` ko`z tutar zarrotdin.

2

Nabi shar`ig`a topmoq istiqomat
Erur solikka mushkilrok karomat.

3

Tama` etma, ko`p o`lsa el moli,
Ko`rmayin haq xazinasin holi.

4

Etar chu rizqing, agar xoradur va gar yoqut,
O`zungga yuklama anduh tog`in, istab qut.

5

Muruvvat barcha bermakdur, yemak yo`q,
Futuvvat barcha qilmoqdur, demak yo`q.

6

Takalluf erur tang`a farsudaliq,
Aning tarkidur jong`a osudaliq.

7

Muzavvir makri bo`ldi mujibi qayd,
Nechukkim, tulku la`bi boisi sayd.

8

Qotiq el jismidin anbarlar olmay naqd emas vosil
Ki, tog`ni pora-pora qilmayin, la`l o`lmadi hosil.

9

Ko`k bahridin yana tama` kom tutmayin
Qim, qatra su tomizmas, el og`zin qurutmayin.

10

Tindurur boyu jig`oyni hokimi ravshan zamir,
Yorutur obod ila vayronani mehri munir.

11

Ne safo lofiya urar hindui otashdoni,
Uy yorutmas ko`sov, o`n qatla yorutsang oni.

12

Mast mug` dayri riyoyi xilvatimdin yaxshiroq,
Yoshurun isyoni zohir toatimdin yaxshiroq.

13

Ranjkash bo`lkim, chu tortar chug`z vayron ichra ranj,
Ajdahodin biymi yo`q, ammo erur ummidi ganj.


14

El ichra, ey hasud, seni qildi haq zalil
Kim, nohaq elga zidsenu haq molig`a baxil.

15

Xoliq o`lg`on saxiydin elga bo`ldi ikki baxshoyish,
Ham ehsonidin oroyish, ham axloqidin osoyish.

16

Yolg`on demakda tajriba avvalg`i subh bas,
Yolg`on nafas chu urdi, qorardi hamul nafas.

17

Avliyo poyasig`a dur yetmak,
Topmasa shukru topsa bazl etmak.

18

Bazl hayvonvashlar ilgidin agar istar ko`ngul,
Uyladurkim, orzu qilg`ay bo`g`u shoxida gul.

19

Elni xor aylagan tama` bilgil,
Doimo azza manqana` bilgil.

20

Ko`ngulga futur o`lmayin, roz ochilmas,
Sadaf gar butun bo`lsa, gavhar sochilmas.

21

G`ofil o`lma, nazardin itsa adu,
Sham` o`churganda, yel ko`rinurmu.

22

Yuqar yomonlig` angakim, kirar yomon el aro,
Ko`mur aro ilik urg`an qilur ilkini qaro.

23

Forig` eldur anda bori qondadur,
Kim bu davrondadurur, darmondadur.

24

Dunyovu uqbo ikkisi jam` o`lmas, ey rafiq,
Kimki ikki kema uchini tutsa, bo`lur g`ariq.

25

Ablah ani bilki, olamdin baqo qilg`ay tama`,
Ahmoq ulkim, olam ahlidin vafo qilg`ay tama`.

26

Istasangkim,  ko`rmagaysen bevafolig`, ey  rafiq,
Qilma olam ahli birla oshnolig`, ey rafiq.

27

Jahon arusi uchun, eyki, asru tolpinding,
Qachon aning boshidin kechting, ul zamon tinding.

28

Ulki, sanga eldin erur aybgo`,
Elga dog`i sendin o`lur aybjo`.

29

Kishi aybing desa, dam urmag`ilkim, ul erur ko`zgu,
Chu ko`zgu tiyra bo`ldi, o`zga aybing zohir aylarmu.

30

Kishi aybin yuziga qilma izhor,
Taammul ayla o`z aybingg`a zinhor.

31

Qotiq ko`nglungdin oqti xalq yoshi,
Kim, yomg`ur boisidur joda toshi.

32

Bu kun nasimi firoqi mening sari esti
Ki, jonni yelga berib, vasl rishtasin kesti.

33

Qizil to`nung bila yuz xasta jong`a ofatsen,
Hadisi muxtasar aylay, qizil qiyomatsen.

34

Noz ila avval meni firifta qilding,
Emdiki, toptim firib, shifta qilding.

35

Chu sen yoru jahon bir dushmanimdur,
Mening uchun jahon turg`uncha sen tur.

36

Manga emdi go`shai mehrob ila toat yetar,
Ey ko`z, ul mehrob qoshni ko`rmakinm, ofat yetar.

37

Labingni so`zga to go`yo qilibsen,
Masiho mu`jizin ihyo qilibsen.

38

Andoq ko`rundi sabza arosinda lolalar
Kim, sabz xatlar ilgida oltun piyolalar.

39

Yor vaslin toptimu mehr oshkoro qilmadi,
Uylakim, hijroni o`rtar chog`da parvo qilmadi.

40

Voqif ermas yor, jon bersam buzug` koshonada,
Shah ne ogah, xasta Majnun o`lsa bir vayronada.

41

Yuz ochib, yog`lig` bila la`lingni maktum aylading,
Gul chog`i gulrang maydin bizni mahrum aylading.

42

Men sinuq, ko`nglum sinuq, sabrim uyi xud yerga past,
Bilmagay holim shikastin ko`rmagan muncha shikast.


43

Bo`lg`anim aqlu havosu umru jondin noumid,
Yaxshiroqkim, bo`lsam ul jonu jahondin noumid.

44

Bordingu kelgum deding, ey sho`xi ra`no kelmading,
Angladingkim, kelmasang o`lgumdur, ammo kelmading.


45

Ko`rmasam ul oyni, o`lgudek malolim bordur,
O`lturur ko`rgach, ajoyib sa`b holim bordur.

46

Ko`nglum aro falakdin yuz xanjari navoib,
Holim bilib so`rarsen, sendin dog`i ajoyib.

47

O`lsam, ey yor itlari, har dam g`irev g`am tutung,
Yorlig` zohir qilib, ahvolima motam tutung.

48

Oshiqekim, ko`rgay ul bir qatla har kun yorini,
Tengrisiga ayladik yuz qatla shukr izhorini.

49

Ey falak, zulm etkali yo`qtur meningdek bir kishing,
Tut g`animatkim, bu dam tushmish mening birla ishing.

50

Ulki, aylarmen g`ami hajrida jon birla vido`,
Kosh jondek aylasa bu notavon birla vido`.

51

Ul pariy men telbaga jon yo baloyi jonmudur,
Goh muhlik iltifoti vasl yo hijronmudur.

52

Aqlu xushum qolmadi, ko`rgach ul oyni bodano`sh,
Iztirobimdin hamonokim, to`kuldi aqlu xush.


53

Uyoqti ersa oy, xurshidi raxshon barkamol o`lsun,
To`kulsa gar guli, sarvi sahiga e`tidol o`lsun.

54

Xush ul kunlarki, bir guldin ichimda xor-xor erdi,
Har aqshom itlari tnrnog`idin ko`ksum figor erdi.

55

Agarchi ishq aro bo`ldi mubaddal kufr ila dinim,
Ne g`am, chun poklik rasmidurur bu ishta oyinim.

56

Ayog`ing tufrog`ig`a ko`zlarimdur shishai soat
Ki, har soat biri ravshan bo`lurg`a tuzdilar navbat.

57

Za`fdin berahm yorimg`a yetib ermish gazand,
Shoyad etkay rahm dardimg`a, chu bo`lmish dardmand.

58

Pok husn ahliki, xushtur zulmi ham, ehsoni ham,
Sa`b emish pok elga aning vasli ham, hijroni ham.

59

Bo`lmasang ollimda, yo ko`nglumda bo`l, yo jonda bo`l,
Manzilingdur bori, ko`nglung qanda istar anda bo`l.


60

Tarki ishq ettim vale ko`nglum emastur muttafiq,
Gar haqimg`a yuz tuman bedod etar, uldur muhiq.

61

Chunki soldi ishq ko`yidin meni davron yiroq,
Tengdurur ollimda no`shi vasl ila neshi firoq.

62

Ishq avji quyoshin ko`rkim, tushta bo`lur g`orib,
Ham shomi erur muhlik, ham subhi erur kozib.

63

Agarchi ishq dardidin manga yuz ming uqubatdur,
Vale hamdardsizlig` andin ortug`roq suubatdur.

64

Emastur, gar meni zoyi qilur hajr intiqomi, hayf
Va lekin zoyi` o`lmoq shoh sa`yu ehtimomi hayf.

65

Kishikim, yorini har kun ko`rarga o`rganur ermish,
Chu bir kun ko`rmas ermish, benihoyat emganur ermish.

66

Bo`lmag`andur husnu ishq oyinida, ey sarvi noz,
To abad bir yondin istig`novu bir yondin niyoz.

67

Ne bilgay hajrni gulshanda bulbul oshiyon aylab,
Birov bilgayki, mendek itti, tarki xonumon aylab.


68

Ohdinkim, har biri bir arsai motamcha bor,
Uksudi umrum, nedinkim, har biri yuz damcha bor.

69

Bu kun yo`q kimsa mendek ishq dardi ani zor etkan,
Diyoru mulkidin ovoralig`ni ixtiyor etkan.


70

Menki chektim yig`lamoqlar birla jonondin ilik,
Ashk selobi bila oxir yudum jondin ilik.


71

Ham meni ul toza naxli nozparvard o`lturur,
Ham bukim, yo`q dardini ayturg`a hamdard, o`lturur.

72

Andin o`zga garchi sham`i topmadi kulbamg`a yo`l,
Mendin o`zga barchaning sham`i shabistonidur ul.


73

Ul pariykim, ani demishmen yor,
Odamlig`din o`zga barchasi bor.

74

Manga andin nekim Chin mulkida sham`i tirozidur,
Vayo Kashmir aro bir fitna ko`zluk sehr sozidur.

75

Chirmabon ilgiga umdo yog`lig` ul qoshi qora,
Men qora baxtim bila uryon tanimda yuz yara.

76

Baloyidur, buki mendin hamisha yor judodur,
Dame bu dardu balodin xalos emon, ne balodur.

77

Elga bo`lmish ruhparvar bog`u ruhafzo bahor,
Er hajridin manga, bilmon, xazondur yo bahor.

78

Deding sog`indim, erur ashkdin yuzung gulgun,
Begim uzun yasha, sog`ing`aning sarig` oltun.

79


Netay elning bahorinkim,  manga oshubi hijrondur,
Ko`zumda sarv o`qdur, ko`nglum ichra g`uncha paykondur.


80

Istaram sho`xe chiqib, jonimg`a bedod aylagay,
Sabru hushu aqlu imonimni barbod aylagay.

81

Necha bo`lg`ay, ey ko`ngul, oshiqliqu aftodaliq,
Necha kun ham xushturur forig`liqu ozodaliq.

82

Ikki ko`zungu labing g`amidin
Men xasta o`lub-o`lub tirildim.

83

O`q eding, ey tongki, otting jonima vuslattuni,
Bu jihatdin yoruma dermen seni har subhdam.

84

Belu og`zidin, dedilarkim, degil afsonae,
Boshladim filholkim, Bir bor edi, bir yo`q edi.

85

Ko`nglum harimi ichra qilur jilva ul pariy,
Andoqki, Ka`ba ichra haramning kabutari.

86

Sayl yo`lida fano dashtida mujgonim emas,
Ko`z olochug`larining dud yegan ug`laridur.