FE HARFINING FITNALARINING FUSUNI «FAVOYID»DIN
303
303
Ulki qilg`ay o`zi kashshof ramuzin makshuf,
Kashfi yo`q aylamayin o`zluki harfin mahzuf.
Bahra yetkurmadi zuhd ahlig`a fayz iksiri,
Naqdi umrin chu riyo kasbida qildi masruf.
Xirqai faqr kerak sirri nihon kasbig`akim,
Pardai roz aning zaylig`a keldi ma`tuf.
Aylagil naqdi hayotingni fano ahlig`a vaqf,
Luqmai vaqf yemakni vale etgil mavquf.
Dunyo asbobi najosat kebidur mazbalada,
Pokravlar nachuk o`zni anga qilg`ay mash`uf.
Har ne haq amrini der murshidi komil, ani qil,
Gar sifotulloh aro o`zni tilarsen mavsuf.
Soqiyo, hajr xumoridin o`larmen — rahm et,
Charxni zarf qilu ulki bilursen mazruf.
Topsa ul zarf ila mazrufni xush sipqarg`ay,
Ulki oriflig` ila dahrda bo`lg`ay ma`ruf.
Ey Navoiy, boru ushshoq ayog`i tufrog`i bo`l,
Ishq sirrin, tilasangkim, sanga bo`lg`ay makshuf.

304
Qilmadim ul sarvi gulrux manzili bo`stonni tavf,
Do`zax ahli aylay olmas ravzai rizvonni tavf.
Ko`nglum ichra yuz balo mahbus topqung, aylasang
Tavf ani andoqki, shahlar aylagay zindonni tavf.
Ochilur ko`nglum, qilur sayr el buzulg`an ko`nglini,
Chug`z qilg`andek tarab kasbig`a har vayronni tavf.
Durri ashk oqizg`ali hajring ko`zum atrofida,
Tojiredekturki, qilg`ay sohili Ummonni tavf.
Ul pariyvash manzilidakim, yiqildim, qasd emas,
Soldi bu holatqa men majnuni sargardonni tavf.
Poya oliy istasang, tajrid et avval ixtiyor,
Iso andin aylar ushbu nilgun ayvonni tavf.
Bir Navoiyning buzug` ko`ngliga evrul, rahm etib,
Netti gohi Yusuf etsa kulbai ehzonni tavf.

305
Garchi tog`din og`ir etti dardu ozorimni za`f,
Lek xasdin ham yengil qildi tani zorimni za`f.
Bilmagil, holimni gar ahbob so`rmaslar, ajab,
Kim qilibtur tanimasdek jismi bemorimni za`f.
Hajr shomi ne ajab to`lg`anmoqu boshimda o`t,
Sham`ning chun toridek qildi namudorimni za`f.
Rishtai la`ling, degay, topmish uchug` birla girih,
Ko`rgan elkim, qong`a solmish joni afgorimni za`f.
Sabr mumkin yo`q junun oshubi dog`i za`fdin,
Vahki, nobud ayladi oxir yo`qu borimni za`f.
Xatti mavhum o`ldi tan anda, ko`ngul imkoni yo`q,
Qo`ymadi asrarg`a yer ishq ichra asrorimni za`f.
Ul quyosh ishqi qaviyroqdur, Navoiy, nechakim,
Zarracha ham qo`ymadi hijronda miqdorimni za`f.

306
Birovga musallam tariqi tasavvuf
Ki, zotida mavjud emastur taxalluf.
Tasavvuf rizo ahlidin yaxshi axloq,
Erur istilohoti zebu takalluf.
Tasavvuf emas zuhdu taqvoyu toat
Ki, anda riyo yo`l topar betavaqquf.
Erur mahz taqvoyu lekin riyosiz
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Ne el qavlu fe`lig`a andin taaddi,
Ne haq amru nahyig`a andin tasarruf.
O`zin uyla beixtiyor anglabonkim,
Ne qolib taraddud anga, ne taassuf.
Qilib haq vujudida mahv o`z vujudin,
Navoiy, muni bil tariqi tasavvuf.
Ki, zotida mavjud emastur taxalluf.
Tasavvuf rizo ahlidin yaxshi axloq,
Erur istilohoti zebu takalluf.
Tasavvuf emas zuhdu taqvoyu toat
Ki, anda riyo yo`l topar betavaqquf.
Erur mahz taqvoyu lekin riyosiz
Ubudiyat sarfu ayni talattuf.
Ne el qavlu fe`lig`a andin taaddi,
Ne haq amru nahyig`a andin tasarruf.
O`zin uyla beixtiyor anglabonkim,
Ne qolib taraddud anga, ne taassuf.
Qilib haq vujudida mahv o`z vujudin,
Navoiy, muni bil tariqi tasavvuf.
307
Chok ko`nglumni olib dardini qilding taz`if,
Meni bedilg`a ani bermas esang, qil tansif.
Kufri zulfini qo`yub, kim desa, islomg`a kir,
Bordur islom elini kufrg`a qilmoq taklif.
Yuzung ollida quyosh vasfini qilmog`lig` erur
Sham` nurini quyosh ollig`a qilmoq ta`rpf.
Husn sinfida, yuzung vasfida mingdin bir emas,
Oshiqing yuz ming esa, har biriga ming tasnif.
Dardu ranjing bila borini qilibmen mamlu,
O`qlaring zaxmiki ko`nglum aro solmish tajvif.
Hajr o`ti birla manga ishq beribtur varzish,
Voizo, do`zax o`tidin yana qilma taxvif.
Yana masjidda Navoiyni tilarsen, ey shayx
Tilasang ani, ketur maykada sari tashrif.

308
Jonim ichra za`fdur yuzlangali jonong`a za`f,
Bo`lmasun jononima za`f, o`lsa o`lsun jong`a za`f.
Orazida tobu yo`q og`zida kulgu go`yiyo,
Mehr tobidin erur ul g`unchai xandonga za`f.
Aylanurda boshig`a za`f ayladi go`yo asar,
Qildi aning za`fidin bu zori sargardong`a za`f.
Hayratim za`fig`a mundoq aylamish bexud meni,
Za`fig`a hayron qolib, bo`lmish meni hayrong`a za`f.
Bistari gulrang uza ul nav` uzalmish za`fdin
Kim, uzori uzra bo`lsa nargisi fattong`a za`f.
Soqiyo, bir jur`a birla quvzatimg`a bois o`l
Kim, base, g`olibdurur bu xastai hijrong`a za`f.
Ey Navoiy, yor za`fi buzdi ko`nglum, uylakim,
Mamlakat bo`lg`ay xarob, o`lg`an zamon sultong`a za`f.