www.uz
G`AYN HARFINING G`AZOLALARINING G`AVG`OSI FAVOYIDDIN

295
Oncha mahzun ko`nglum o`lmish ishqdin ozorlig`
Kim, qilurmen yig`labon, har kimni ko`rsam, zorlig`.

Do`stlar, ko`p zorlig` qilsam ajab ermaski, bor
Zor  ko`nglum do`st javridin, base, ozorlig`.

Bois ermish yig`lamoqlarg`a bo`lub ko`ngli zaif
Oshiqekim, furqat ichra cheksa ko`p bemorlig`.

Kimsaga gar g`am yetar, g`amxori bo`lsa, g`am emas,
Ul erur g`amkim, yetib g`am, topmag`ay g`amxorlig`.

Tig`din afgor emas, marhamni tashlangkim, iloj
Vasldur, topqan ko`ngulga  hajrdin  afgorlig`.

Bo`lma gulzoringg`a ko`p  mash`uf, ey dehqonki, yo`q
Tongla rangidin bu gullarning chaman osorlig`.

Chun Navoiy yoridur Shirinu Laylidek, ne tong
Aylasa  farhodvashlig`,  yo`qsa   majnunvorlig`.

296
Otashin la`ling o`ti ayladi ko`nglumni nsig`,
Bo`ldi bag`rim dog`i ko`nglum isig`i birla qizig`.

Yaraqon ot qo`yadurlar manga hikmat ahli
Kim, harorat yuzu ko`zumni dog`i qildi sarig`.

Men anga oshiqu ko`z ham yuziga oshiqdur,
Ishq ahlining erur rangi sarig`, ashki arig`.

Men agar yig`lar esam talx chuchuk la`ling uchun,
Ko`zlarim dog`i to`kar ashkni achchig`-achchig`.

Ani chun ko`rdum, aning ko`yida qoldim mung ila,
Do`stlar, siz o`tung, ish tushti manga osru qotig`.

Husni davrig`a vafo yo`q, bu quyosh bot uyoqur,
Xo`blardin xush erur yaxshilig`u yaxshi qilig`.

Qon to`kar ko`ngli Navoiyningu ashk ikki ko`zi,
Ulgusi ishq g`amin gar yemasa issig`-ilig`.

297
Etmay ikki labing mayidin ko`ngluma osig`,
Sho`roba oqti  ikki ko`zumdin ochig`-ochig`.

Gohi yuzumga bir guli ra`no g`amida boq,
Qonlarki tomdi bir yuzi gulgun, biri sarig`.

To oqti sayli ashk, yudi do`st g`ayridin
Ko`zni, bu vajh ila ko`zum o`lmishturur orig`.

Faryodkim, tushar manga chun dard ila firoq,
Ishq ahli ichra qatl uchun solsalar solig`.

Daryoi shavqidin meni man` etma, ey xirad
Kim, o`lgum uylakim tushar ayru sudin balig`.

Ko`p qovma, shayx, mug`bachalar ko`yidin meni
Kim, ko`nglum osru yumshoqu bu ish erur qotig`.

Derlar fano yo`li safarida osig`, base,
O`zluk bila Navoiy agar kirsa, ne osig`.

298
Yuzung hajrida kim chekti fig`onu zor men yanglig`,
Kim ochti yuzda gulgun ashkidin gulzor men yanglig`!

Agar ushshoqini bir tig` ila husn ahli qat` etti,
Kishi hijronda qolsa, o`lmadi dushvor men yanglig`.

Firoq ahli agarchi o`lmak istar, ey ajal, kelkim,
Emas sendin kishi bu ishta minnatdor men yanglig`.

Ko`zung qatl aylab, el qonini ko`p ichti javr ila, lekin
Asire topmadi ul qotili xunxor men yanglig`.

Majonin bo`ldilar atfol toshidin ko`p ozurda,
Vale boshtin-ayoq bir bo`lmadi afgor men yanglig`.

Biravni, eyki, sevmak orzu qilding havosinda,
Iligdin ixtiyoring bermagil zinhor men yanglig`.

Kishi badxo`lar ishqidin etmak ehtiroz avlo,
Yo`q ersa ko`rgusi har lahza yuz ozor men yanglig`.

Tilar bo`lsang zamona qayg`usi daf`ig`a bexudlug`,
Kerak bo`lsa maqoming kulbai xammor men yanglig`.

Agar bulbul guliston ichra ko`rdi xordin ozor,
Va lekin ko`rmadi, ey lolarux, ozor men yanglig`*.

Navoiy, gar xirad mulkida savdodin batang o`lsang,
Qadam urg`il fano dashtida majnunvor men yanglig`,

299
Agar kelmasa, intizorim qo`yar dog`,
Valek iztirob o`rtar, ul oy kelur chog`.

Manga bog`u gulzor aning orazidur,
Gar ul bo`lmasa, baytul-ahzon erur bog`.

Dema shavq o`tig`a taskin berur may,
Yonar, shu`lam o`tig`a ko`p quymag`il yog`.

Men ar mastu bemorlig` birla o`ldum,
Hamisha jahon ichra sen bo`lg`asen sog`.

Dedingkim, ololmasun dilrabolar
Ki, ko`nglumga qo`ydung og`ir hajrdin tog`.

Bahori jamolingda nolamni xush tut
Ki, tengdur, bahor o`tsa, bulbul bila zog`.

Navoiy firoqingda ul nav` itti
Ki, gardi topilmas, g`aming solsa tufrog`.

300
Zahri hijroning chu ayshim komini qildi ochig`,
No`shi vasling elga yetkandip manga yo`qtur osig`.

Tosh yog`durg`andin atfol o`lmadim, o`lturdi hajr
Kim, suubatda bular andoq emas erdi qotig`.

Ashk aro o`ldum, yig`ishtur emdi zulfung shastini
Kim, su uzra kelgusi daryo aro o`lgan bolig`.

Qatra-qatra qon yoshimdin chehram o`lmish uylakim,
Tim-tim etgaylar qizil kog`aznikim, bo`lg`ay sorig`.

Yuzda hajringdinki tirnog` o`rni xatlar bo`ldi qon,
Har biriga ashkdin su ochibon qildim orig`.

Olg`ali dunyo arusin, eyki, sotting naqdi din,
Umr sotib, marg olmoq angla, bu sotig`-olig`.

Istaram, la`lig`a qilg`aymen chuchuk jonim fido,
Ey Navoiy, anga dermen kelmagay nogah ochig`.

301
Pariyni kim desa ul mehri xovari yanglig`,
Erur nachukki, degay devni pariy yanglig`.

Boshimki, hajr yo`lida falakdek aylandi,
Ko`zum yoshi erur ul charx axtari yanglig`.

Firoq  shu`lasida  pora-pora  ko`nglum erur,
Demay kabobkim, ul o`tning axgari yanglig`.

Ko`zung fusungar, aning o`ti otashin la`ling,
Labingda xol aning o`t uzra anbari yanglig`.

Junun eli shahimen, tog` avji taxtimdek,
Qush oshiyonlari boshimning afsari yanglig`.

G`animat angla vafo bulbulungg`a, ey gulkim,
Xazon yeli yetishur hajr sarsari yanglig`.

Navoiy, o`zga shahu o`zga kishvar etma havas
Ki, topmagung shahi G`oziy bila Hiri yanglig`.

302
Muddai, chun daming ermastur issig`,
Qilma sovug`lug`u hamgomani yig`.

O`xshar axloqinga husnungki, erur,
Yaxshiliq lozimasi yaxshi qilig`.

Tutti gar dashtni Layli, ne ajab,
Kishvari husnung aro tutti qirig`.

Zaxmlar uzra magar qo`yg`ali dog`,
Xanjaring ko`nglum aro bo`ldi qizig`.

Husnunga o`xshadi jonbaxsh so`zung,
Kimki bor o`zi silig`, so`zi silig`.

Pardadarlig` chu erur zohid ishi,
Xirqa uzra ne osig` muncha sirig`.

Ko`yidin qovsa, Navoiy, seni yor,
Ohu ashking bila chig` issig`-ilig`.