HE HARFINING HAROMILARINING HUSNOROILIG`I «FAVOYID»DIN
101
101
Azalda chunki raqam topti tolihu solih,
Manga bu pandlaring bejihattur, ey nosih.
Sen e`tirozni qo`yg`ilki, barcha haqdindur,
Chu g`ayb makmanidin har nekim bo`lur sonih.
Ne ixtiyor sangayu manga, chu kilki qazo,
Azalda yozdi ne majruhdur va gar rojih.
Amal bir oyat ila aylamas, chu yo`q taqdir,
Biravki aylasa «Kashshof»da o`zin shorih.
Tili hurufqa evrulmagan, baso, hindu
Ki, bo`ldi nuktasi ko`p g`ayb hazig`a fotih.
Bu korxonag`a daxl aylamak adab ermas,
Ne daxl kimsaga, har neki mehr etar loyih.
Navoiy, ollinga yozg`anni ko`rmayin bo`lmas,
Erur haq ollidin ar solih o`l va gar tolih.

102
Zormen zulfu yuzi furqatidin shomu saboh,
Soqiyo, boda ketur, qayda menu qayda saloh.
Boda daryosig`a solg`il meni, ey bodafurush,
Men g`ariq o`lsam, emas g`am, chun sen o`lg`ung malloh.
Men menu ko`yi xarobotu may ichmak tunu kun,
Qo`pqil, ey shayxu salohimg`a ko`p etma ilhoh.
Xonaqahdin chu sahar maykadag`a yuzlandim,
Har tarafdin yuzuma ochti eshiklar fattoh.
Shahr muftiysi bukun mast edi, fatvo yozdi
Ki, harom o`ldi, yamon ichsa kishi, yo`qsa muboh.
Qachon ul ruhi musavvarki simo` ichra kirar,
Evrulur boshig`a quds amkinasidin arvoh.
Ey Navoiy, chu erur zoli falak xasmg`a xasm,
Gar nikoh o`lsa, taloq et, yo`q esa, qilma nikoh.

103
Ey, xatu la`ling qoshida munfail Xizru Masih,
Ne yoshunmoqdur, gar ermaslar xijil Xizru Masih.
Xat labingg`a muttasildur, lab yuzungakim, erur
Obi hayvonu quyoshqa muttasil Xizru Masih.
Uylakim Xizru Masih ollida sabza birla su,
Xattingu la`ling qoshinda uyla bil Xizru Masih.
Chun Masihoso labingdin Xizr umri kasb o`lur,
Bo`lsalar andin, ajab yo`q, munfail Xizru Masih.
Lablaringdindur Masihu Xizrg`a nutqu hayot
Kim, emishlar ishlariga mustaqil Xizru Masih.
Sabzai xat ko`rguzub, jonbaxsh labdin so`z degach,
Bo`ldilar ul hayrat ichra muzmahil Xizru Masih.
O`ldi hajridii Navoiy, tushsalar bu hajr aro,
Tong yo`q o`lmoq bu sarodin muntaqil Xizru Masih.

104
Ey, soching shomi aro ruxsori farruxfol subh,
Oy yuzungdin toli` aylab kavkabi iqbol subh.
Ey sabuh ahli, iching maykim, bag`oyat xushturur,
Lahni no`sho-no`sh birla jomi molomol subh.
Tun xumori hajrida badhol edim, yuz voy, agar
Jomi vaslidin meni yor etmasa xushhol subh.
Shomi subh istab qora tun ichra erdim, shukrkim,
Jilva aylab, shomi zulfin ayladi poymol subh.
Vasli subhidin tilarmen — andoq etkay shomi hajr
Kim, yuziga topmag`ay qo`ymoqqa mushkin xol subh.
Dam-badam tong yorubon olam eli g`avg`osidur,
Bodadin xushvaqtlig`ni qilmangiz ehmol subh.
Charx davri zulmidindur go`yiyokim sarg`arib,
Ko`rguzur yig`lab, yaqo yirtib, ajab ashkol subh.
Ey xush ulkim, subhidam jomi sabuh ul nav` ichib,
Mast bo`lg`aykim, aning holig`a qolg`ay lol subh.
Ey Navoiy, istasang sidqu safo g`am shomida,
Bo`lma g`ofil, toki qilg`ay jilva farruxfol subh.

105
Zihi shahdi no`shung bag`oyat malih,
Musalsal so`zung benihoyat malih.
Shakardek labing keldi ishq ahlidin,
Demak shukr shirin, shikoyat malih.
Malohatdin ul la`li koni namak,
Ajab ermas andin rivoyat malih.
Dam urma raqib, ul desun, so`zki bor:
Malohatlig` eldin hikoyat malih.
Ne yanglig` takallumdur, oyoki, bor
Sarih etsa Shirin kinoyat malih.
Ochig`lan gahi qullaringg`aki, bor
Raiyatqa shahdin rioyat malih.
Navoiy yarasig`a ko`p sepma tuz,
Necha bo`lsa nutqung bag`oyat malih.
Musalsal so`zung benihoyat malih.
Shakardek labing keldi ishq ahlidin,
Demak shukr shirin, shikoyat malih.
Malohatdin ul la`li koni namak,
Ajab ermas andin rivoyat malih.
Dam urma raqib, ul desun, so`zki bor:
Malohatlig` eldin hikoyat malih.
Ne yanglig` takallumdur, oyoki, bor
Sarih etsa Shirin kinoyat malih.
Ochig`lan gahi qullaringg`aki, bor
Raiyatqa shahdin rioyat malih.
Navoiy yarasig`a ko`p sepma tuz,
Necha bo`lsa nutqung bag`oyat malih.
106
Boshima yetkurdi tig` ul sho`xi mah paykar saboh,
Kosh ro`zi bo`lsa bu axtar tulu`i har saboh.
Vasl subhi ul saodat kavkabi ko`rguzdi yuz,
Ul sifatkim, jilva qilg`ay xisravi xovar saboh.
Yor vasli xushturur, gar zulf, agar yuz ko`rguzar,
Vasl davri ayshdur, gar shom bo`lsun, gar saboh.
Tong yo`q ul mahvash mug`anniy tutsa jomi may sabuh,
Ne uchunkim Zuhradur toli`, bo`lur axtar saboh.
Yorutub har tun shabistonni, sahar uyqudadur,
Ne taajjub, gar g`urub aylar mahi anvar saboh.
Taxtai ishqin o`qirmen maktab ichra, chun qo`yar
Lavhi siymin qo`ynig`a ul sho`xi siyminbar saboh.
Hajr subhu shomi mendek bo`lmasun ishq ahlikim,
Muztaribmen shom o`z holimg`ayu muztar saboh.
Bosh ko`tarma dayr piri ostonidin kecha,
Gar tilar bo`lsang mug`ona ichkasen sog`ar saboh.
Ko`yi tufrog`in Navoiy ohi sovurdi sahar,
Ishrat ahli uylakim raf` etsalar bistar saboh.