www.uz
HE HARFINING HUMOYUNVASHLARINING HALOKANGEZLIG`LARI  FAVOYIDDIN

521

Falakdin yaxshiliq yetkay debon, ko`nglungni shod etma,
Yomonlig`kim yetar, holo unut, o`tkanni yod etma.


Zamona ahlig`a gar yuz quyoshcha ko`rguzubsen mehr,
Vafo zinhorkim, bir zarra chog`lig` e`timod etma.

Nujumu charx deb o`kma gadoning bax`yaliq sholin,
Tutunni charx, uchqunlarin anjum e`tiqod etma.

Fano ahli ayog`i tufrog`i sharhin yozar bo`lsang,
Qarog`imni hal ayla, ey rafiq, o`zga midod etma.

Midod etkan qarog`imni qilibon kirpikim xoma,
Ko`zumning pardasidin o`zga kog`azga savod etma.

Qilib solih amal kasbi shioringni saloh etgil,
Vale fosid xayoling birla har dam bir fasod etma.

Chu bilding, rizq erur maqsum, chekma do`stdin minnat,
Qazodin xorij ermas ish, adug`a inqiyod etma.

Tilarsen faqr dashtin qat`i qilg`aysen eranlardek,
Bag`ir su qil, yurak pargolasidin o`zga zod etma.

Navoiy, istasang uqbo murodin, nomurod o`lg`il,
Agar dunyo murodi yo`qtur, o`zni nomurod etma.

522
Chamanda sarv yo gul chun sabodin tebranur nogah,
Sog`inib sarv gulro`yum kelur, afg`on chekarmen, vah.

Boshimni olmag`aymen sajdai shukr aylayu yerdin,
Agar sarvi xiromonimg`a bo`lsam soyadek hamrah.

O`zum ham ermon o`z holimdin ogah, to ani ko`rdum,
Yo`q ulkim, ermas ahvolimdin ul nomehribon ogah.

Zanaxdoningda ho`y ermaski, obi zindagonidur
Ki, hayvon chashmasining ostida voqi`durur ul chah.

Yuz olman sarv birla gul ayog`idinki, vah, yo`qtur
Aning qaddu yuziga bog` aro bu ikkidin ashbah.

Yuzung vasfini yuz tah safhag`a yozsam, tamom o`lmas
Ki, bo`lg`ay safhai xurshidcha ul safhadin har tah.

Jununum man` qilding ul pariy ishqida, ey nosih,
Kishi devona bo`lsa yaxshiroq, yuz qatlakim ablah.

Tajammul raxtidin, ey shah, gadog`a qilma istig`no,
Chu bog`lar raxt bu dayri fanodin gar gado, gar shah.

Navoiy, ko`p dema g`am xaylidin mayxona ma`mandur,
Azimat qilsang ul dorul-among`a fi amonullah.

523
Ne po`ya urdum yo`lida, ne boshim o`ldi xoki rah,
Ul sho`x ishqi sa`yida boshtin ayog`imdur gunah.

To boda ichti ul sanam, to mayg`a cho`mdi la`li ham,
Jonimda o`tdur dam-badam, bag`rimda qondur tah-batah.

Chun jilva bo`ldi yorg`a, aysh o`ldi joni zorg`a
Kim, ul qadu raftorg`a jon gulshanidur jilvagah.

Jon qasdig`a qilsa kamin, xayli erur yuz nozanin
Xurshid cheksa tig`i kin, anjum ne tong bo`lmoq siyah.

Yuz ishva birla boqibon, jonimg`a o`tlar yoqibon,
Lab tishlabon, ko`z qoqibon, tirgizdiyu o`lturdi, vah.

Ochqach yuzin ul no`shlab, qildim fig`on birla taab,
 Bulbulg`a tushsa ne ajab, oshubu afg`on subhgah.

Umr o`tmakin andisha qil, davrong`a yo`qtur mehr bil,
Ey shah, gadoni ko`zga ilkim, ne gado qolur, ne shah.

Soqiy, to`la jome ketur, dardimg`a orome ketur,
Holimg`a anjome keturkim, g`am ani qilmish tabah.

Har yon, Navoiy, sunma qo`l, ne kelsa haqdin rozi o`l,
Sen ojizu hokimdur ul, al fajru lak al hukmu lah.

524
Sarvu gul husn ichra yo`q ul sarvi gulruxsorcha.
Uylakim, qumriyu bulbul nolada men zorcha.

Ul bahori husn uchun har sayl ranginkim, bulut
Zohir etti, yo`q edi bu didai xunborcha

Garchi davron xoridin gul yafrog`idur yuz teshuk,
Hajr neshidin emas bu xotiri afgorcha.

Zulfining har tori bir mo`minni chun kofir qilur
Desa bo`lg`ay ani din ahlig`a ming zunnorcha.

Ko`yini ul hurnnng selobi ashkim kasrati
Aylamish jannatu tajri tahtuhol-anhorcha.

Abri rahmat soyai sihhat boshimg`a solmag`ay,
Ul quyosh ko`yi qirog`inda buzug` devorcha.

Bu ko`han dayr ichra bir dam qilg`ali daf`i xumor,
Amni manzil topsa, bo`lmas kulbai xammorcha.

Olam ahlig`a vafo aylab, jafo ko`rgan erur,
Yuz tuman ming zor emas, ammo biri men zorcha.

Chun Navoiy ko`nglini snndurdung, endi topmag`i
Mumkin ermas, itti chun har yon tushub bir porcha.

525
To qulog`ingg`a zirih soldingu qoshingg`a girih,
Xasta ko`nglumdurur yuz girih, andoq zirih.

Qo`ngluma g`uncha kebi tushti tugun uzra tugun,
Qo`rgali sunbuli zulfungda girih uzra girih.

Ne nazohatdurur ul gulshani ruxsordakim,
Ravzai xuld aning shabnamidin bo`ldi nizih.

Bo`ldi qoshu ko`zidin zulf saromad, ne ajab
Kim, ko`ngul qaydi uchun ikkisidin keldi firih.

Qoshi yosig`a dedim chilla kerak rishtai jon,
Bu so`zumga, ne ajab, bor esa har go`shada zih.

Anga g`am tig`i bu bog` ichra harom o`ldikim,
Kiydi pashmina sarig` yuz bila, andoqkim beh.

Honaqah ichra Navoiyg`a yetar ko`p makruh,
Dayrdin ul sari bormoqqa ham erdi korih.

526
Dayr ichra yana kirdim bir jur`a uchun, vah,
Ul but manga minnat qo`yar alminnatu lillah.

Masjidqa yana kirmasu yuz sajdag`a qo`ymas,
Har kimki, bo`lur dayr ila but sirridin ogah.

But shohid erur, dayr dog`i dayri fanodur,
Kufr ahli erur sirrini chun bilmadi gumrah.

Dermen kechakim tongla chiqay dayrdin, ammo
Loya`qil etar mug`bacha may birla sahargah.

Soqiyg`a vayo aksig`a may ichra boqarmen,
Andin munga, mundin anga chun topmadim ashbah.

Dayr ichra bu kun kavsaru hur o`ldi nasibim,
Tanglag`a manga va`da berur voizi ablah.

Haq sirrini har kimga bayon etma, Navoiy,
Ta`n aylamagay, bilmas ulus anglasa nogah.

527
Tun-kunkim evrulur meni bemor boshig`a,
Sudrab evursa kosh meni yor boshig`a.

Netkay meni havoiy agar ashk durlarin
Sochsam borin bulut kebi dildor boshig`a.

Ul naxl noz boshida guldur, yo`q ersa charx
Payvand qildi gulni sapidor boshig`a.

Boshim oqardi ishqda, yo ishq tig`idin
Momug` yopushturuldi bu afgor boshig`a.

Rahm etki, ishq jurmi bila chektilar meni,
Bog`lab tanob bo`ynuma, bozor boshig`a.

Tun-kun hariri bo`ldi quyoshning amomasi,
Tun chirmadi ola-bula dastor boshig`a.

Boshida ham o`tag`ayu ham boda, ham itob,
Topti nelar yo`l ul buti ayyor boshig`a.

Muhlikdurur xumor meni kosh, ey rafiq,
Etkursang erdi ko`chai xammor boshig`a.

Qatl aylar elni g`adr ila gardun,
Navoiyo, Tufrog` ushbu qotili g`addor boshig`a.

528
Ey ko`ngul, tortar esang sarsari oh,
Olam ahlin burun etgil ogoh.

Buki qon etti labing bag`rimnn,
Ikki xunbor ko`zum ikki guvoh.

Hola ul yuzga mudavvar ko`zgu,
Yuzining aksidur ul ko`zguda moh.

Mehri ruxsoring uza sabzai xat,
Ajab ermas bu esa mehri giyoh.

Dahrdin bo`ldi panohim ishqing,
O`t samandarg`a, ne tong, bo`lsa panoh.

Istaram mastlig` ul yanglig`kim,
O`lgucha bo`lmasam o`zdin ogoh.

Soqiyo, bodaki, bu hasrat ila
O`lmagaymen meni mahzun nogoh.

Johu mol ahlida yo`q mehru vafo,
Bas manga mehru vafo mol ila joh.

Gar Navoiy gunahi ishqing erur,
Afv qilmoqchi ham ermas bu gunoh.

529
Bo`lur shom ul mahi Naxshab ravona,
Kamandi zulfin ochib shab ravona.

Qora tun azm etarkim, ko`rmagay el,
Jamolidin vale yorur zamona.

Meni man` etmish o`z hamrahlig`idin,
Manga, vahkim, ajab ish tushti yona.

Hayotim emdi xud mumkin emastur
Ki, o`lmakka tilar erdim bahona.

Ko`z ochqaymen magar mahshar sabohi
Ki, ichmishmen ajab jome shabona.

Bu gulshan gullari chun bevafodur,
Alardin chekma, ey bulbul, tarona.

Navoiy o`lsa, yodin qilmag`ilkim,
O`lar el ham, desang andin fasona.

530
Nash`a yetmas boda gulgun bazmgah gulzor esa,
Gar ko`ngul ichra birovning xorxori bor esa.

Bazm aro gar hoziru gar g`oyib o`lsun bok emas,
Tengri yori qayda bo`lsa, yori bizga yor esa.

Vasl no`shidin agar ummid marhamdur, ne tong,
Hajr neshidin bag`ir choku ko`ngul afgor esa.

Ham kecha hojat emastur sham`u ham kunduz quyosh,
Munisim gar subhu shom ul sarvi gulruxsor esa.

Naqdi imonimni ul kofir chu toroj ayladi,
Ne ajab ollimda but, bo`ynumda ham zunnor esa.

Kechalar har ko`chada itdek yugursa, tong emas,
Kimki aning dilbari bir shabravi ayyor esa.

Ey xarobot ahli, bizdin jur`ae tutmang darig`
Kim, erur may rahni gar xud jubba, gar dastor esa.

Tut qadah davrini xushkim, yo`q bajuz sargashtalik,
Dahr davrida bu to`qquz gunbadi davvor esa.

Ey Navoiy, may bila daf` ayla ul oy hajridin,
Xasta jisming zor esa, ko`nglungda yuz ozor esa.

531
Mehri ruxsorig`a xat zohir etibtur dilxoh,
Ne ajab, sabzai xattini desam mehri giyoh.

Surma chekkan ko`zi ohim tutuni kasratidin,
Ohkim, qildi meni ham o`zidek xonasiyoh.

Bir kichik yoshlig` uchun bo`lmish uluq tinmaq ishim,
Garchi ishqida dame ting`ali qo`ymas meni oh.

Buki qonimni to`kub, dermen ichibsen, basdur  
G`amza tig`i bila xunxora ko`zung ikki guvoh.

Xo`blardin sanga gar yetsa g`ubore, ne ajab,
Shohg`a bo`lmadi gard, aylamayin xaylu sipoh.

Davr eli javridin o`ldum, qani mayxona yo`li
Kim, erur qochqali ko`p daldasi har lahza panoh.

Faqr yo`lig`a agar kirmasa el, andindur
Kim, bu vodiyda xatar ko`pturu ozdur hamroh.

Shoh dargahig`a gar bor esa hojib moni`,
Ey gado, mujdaki behojib erur bu dargoh.

Xayru shar bo`lmasa taqdirdin ayru, ey shayx,
Bas Navoiyg`a gunah aylaganidin ne gunoh.

532
Sham`dek qomatu yuz sham`i ila jonona,
Qildi o`rtarga ko`ngullar qushini parvona.

Aqlning silsilai zulfunga vobastalig`i,
Ko`runur uylaki zanjir ichida devona.

Oshnodur chun sanga jon bila ko`nglum azali,
Ne tafovut, manga bo`lsang abadiy begona.

Ko`p buzug` ko`ngluma yog`durma balo o`qinikim,
Bir yog`indin teng o`lur yer bila bu vayrona.

Yor agar kulbai ehzonima kirmas, tong emas,
Kimsa bosh suqqudek ermas bu buzug` koshona.

Xonaqah ichra riyo ahlidin o`ldum diltang,
Ey xusho ahli xarobot bila mayxona.

Bog`lasam dayrda zunnor, ne tong,  mundoqkim,
Dinni yag`mo qiladur mug`bachalar mastona.

Dema farzona biravdurki, ulustin chiqmish,
Teng ko`rar chunki ulus boru yo`qin farzona.

Ey Navoiy chu erur boisi g`aflat ko`p so`z,
Qariding, ish qilako`r, aytmag`il afsona.

533
Firoq neshi ko`ngulning ichiyu toshida,
Tikilmish onchaki, ohim chiqar xaroshida.

Namoz botil erur, chunki egridur mehrob,
Girihdur ofati din tushsa yer qoshida.

Visol vaqti yuzung o`rtasa meni, ne ajab
Kim, o`zga tob bo`lur yorning quyoshida.

Iki ko`zungki, ko`ngul saydini talashdilar,
Nelar kesildi bu sayd ul ikov taloshida.

Pariyu hur ul oyg`a qarobat o`lmishlar,
Va lekin oncha kishi yo`q uruq qayoshida.

Toriqmasin, necha gardundin egrilik yetsa,
Biravki tuzlugi yo`q xalq ila maoshida.

Navoiy o`ldi, chu boshig`a yetti tig`n firoq,
Boshini ayladi past ulcha erdi boshida.

534
Menmudurmen ko`z yoshim rangin bag`ir qoni bila,
Lek bag`rim qon biravning tig`i hijroni bila.

La`li yodindinki, ko`nglum muztaribdur, ey rafiq,
Pand anga ko`p bermakim, darmondadur joni bila.

Su o`g`irlab bo`lsa ko`nglum zahmi muhlik, ne ajab
Kim, su kelturdi o`qung zaxm ichra paykoni bila.

Xatti ko`nglumda so`ngak yanglig` tanimni chirmag`an,
Muhrluq bir noma, bilgil, dog`i piihonn bila.

Dardkim, ko`nglumni buzdi, chiqmas andin, yaxshidur
Chug`z yanglig`kim, erur xursand vayroni bila.

Chun bu gulshanga vafo yo`q, ey ko`ngul, zinhorkim,
Ko`p quvonma sunbulu sarvi xinromoni bila.

Ey Navoiy, gar muroding davlati boqiy erur,
Uns tutmoq bartaraf qil olami foniy bila.

535
Zulfi qonlig` paykarimnn chekti pechu xam bila,
Ul sifatkim, tortqay ajdar biravni dam bila.

Nola chekmakdin chu qilding man`, ey la`ling nigin,
Bir yo`li og`zimni qilg`il muhr ul xotam bila.

Marhami vaslin ko`ngul chokidin olma, ey rafiq
Kim, chiqar jonim dog`i ayrilmay ul marham bila.

To g`aming vodiysida ovora bo`ldum, ohkim,
O`zni hargiz topmadim bir xotiri xurram bila.

Rashkdin ishqing tutarmen jonu ko`nglumdin nihon,
Bo`lmas el sirrin deyishmak ikki nomahram bila.

Betalab yo`q vaslidin tolib, vale mahjurmen,
Qolmisham darmonda ushbu nuktai mubham bila.

Ey Navoiy, xalqdin tut go`shakim, men tinmadim,
Toki bo`ldum oshno xayli bani odam bila.

536
Tong sahobi uyg`atur uyqulug` elni su bilan
Kim, sabuhi vaqti bo`ldi favtu sen uyqu bila.

Su sepib uyg`otqusidurlar seni uyg`onmasang,
G`unchai subhu surohi g`ulg`ulu kulgu bila.

Umrdin bir subh olg`il bahrakim, fasli bahor
Lola ham jomin tutubtur nargisi jodu bila.

Nastaran yo sunbul ollida bo`lung xushhol ikav,
Gar xitoyi birlasen sargarmu gar hindu bila.

Xushturur bir vasl subhi may bila topmoq nashot,
Necha hijron shomi bo`lmoq qon yutib qayg`u bila.

Goh afg`oningni tuzgil bulbuli xudroy ila,
Goh dildoringni yondoshtur guli xudro` bila.

Har qushungg`a zahr ila qoru tutar shomi ajal,
Bir sahar sen ham hayote top qushu qoru bila.

Ne zulolu otashin guldurki, bo`ston shohida,
Aylar oroyish bu englik dog`i ul ko`zgu bila.

Ey Navoiy, subhung o`ldi shom, tinmay yig`lakim,
Shoyad o`lgay nomai jurmung orig` ul su bila.

537
Aningdek o`t yana ishq urdi xonumonimg`a
Ki, shu`la ayrilib andin, tutashti jonimg`a.

Jununi daftaridin aqlu hikmag etkay fahm,
Qachonki, Majnun ko`z solsa dostonimg`a.

Chu za`fdin so`ngak o`ldum, sinar vale qonamas,
Firoq toshi yetib jismi notavonimg`a.

Qolib g`am ichra, yana ko`rmadi nashot yuzin,
Birovki soldi quloq nolai nihonimg`a.

Emastur ashhabining to`rt ayog` elinda xino
Ki, ko`nglum ichra qilib jilva, kirdi qonimg`a.

Menga harom fano dayri pirining qadahi,
Vujud xonaqahi gar o`tar gumonimg`a.

Navoiyo, tutubon boda, sirri vahdat so`r
Ki, chekmay ikki qadah kirmas ul bayonimg`a.

Uyquni ohim yeli ko`zdin uchurdi bu kecha,
Aqlu his avroqu ajzosin sovurdi bu kecha.

Anjam ermas, charx zulmin holima anglab qazo,
Tiyra ruxsorimg`a ming qatla to`kurdi bu kecha.

Hajrdin tufrog` bo`ldum, go`yiyo ashkim suyi
Boshima charxi ko`han toqin yemurdi bu kecha.

Zulm toshi yog`durub, hijron qilichi indurub,
Ne balolar ishq boshimg`a keturdi bu kecha.

Zaxm ko`ptin men o`lum holida o`lgan sog`inib,
It yalab qonim, so`ngaklarni ko`murdi bu kecha.

Subh toli` bo`lmadi, garchi ul oydin ayru hajr,
Boshima ming qatla gardunni uyurdi bu kecha.

Charx men sargashta yoshidin xijil bo`ldiki, ko`p
Anjumi ashkim shihoboso yugurdi bu kecha.

Tiyra andindurki, oy, kun sham`in ohim sarsari
Charx fonusi aro bir-bir o`churdi bu kecha.

Ey Navoiy, o`lmakim anglab ul oyning ko`yida,
Itlari bir dam ulub, bir lahza hurdi bu kecha.

539
Ishq rahm etsa bu sargardon tani bemorg`a,
Qaytara aylandurur tob ochqan eldek torg`a.

Hajr dardidin quloqlashmaqqa mahram soyadur,
Tak`ya solmoq shomi furqat za`fdin devorg`a.

Uchti yo yanchildi mahvashlar toshidin, ey rafiq,
Yoqma mundin nori marham bu tani afgorg`a.

G`am emas o`lsamki, joni xoksorimdur mening,
Gardkim, o`lturdi javlon vaqti ul ruxsorg`a.

La`lu xattining Masihoyu Xizrdin ori bor,
Ey musavvir, sunma qo`l shingarf ila zangorg`a.

Tark etib savdo, aning savdosig`a tushmish ulus,
Kirgali Yusuf jamolim sayr uchun bozorg`a.

Ne bade` avzo` erurkim, aql boshi aylanur,
Gar dame fikr aylasam bu gunbadi davvorg`a.

Tuzma oyini muhabbat el bila, gar istasang
Kim, o`zungni solmag`aysen ranj ila ozorg`a.

Ey Navoiy, yordin ag`yor mayli qildi yor,
Yorkim ko`rdi bu yanglig` zulm qilg`ay yorg`a.

540
Yo`lunda tufrog` o`ldum, ey sabo, o`tsang g`uborimg`a,
Quyun bo`l dog`i eltib sadqa qilg`il guluzorimg`a.

Gar o`lsam ul malak siymo pariy hajrinda, aylang`ay
Pariy birla malak parvonadek sham`i mazorimg`a.

Firoqi tiyr boroninki, chektim qushg`a o`xshatqay
Ki, yulmishlar yungin boqqan kishi jismi figorimg`a.

Quyosh yanglig` yuzung hajrinda ermas yorumoq mumkin,
Gar o`lsa yuz quyosh toli` qorarg`an ro`zgorimg`a.

Yigitlar ishqini gar ixtiyor etmay desam, qo`ymas
Yigitlik birla oshiq shevalik o`z ixtiyorimg`a.

Junun vodiysida qolur sabo yuz dashti po`yamdin,
Anga yetmon, ne ildam sayr ekin chobuksuvorimg`a.

Seni, ey  mug`bacha,  mahrumluqdin asrasun tengri,
Agar bir jomi may birla iloj etsang xumorimg`a.

Fano  mayxonasining  mayfurushig`a  fido  jonim
Ki, may ehson qilur holatda boqmas yo`qu borimg`a.

Vafo o`tig`a men kuydum vale topqay Navoiydek
Muhabbat rishtasi boqqan kishi har bir sharorimg`a.

541
Surati devordek hayronmen ul ruxsorg`a,
Yo`qsa g`amzang o`qlari tikmish meni devorg`a.

Zor jismimda bo`g`unlar mehnatimning sonidur
Kim, sanab, har yerda tugdum bir tugun har torg`a.

Tori zulfung ichrakim, ashkim to`kar kofir ko`zing,
Mehrai tasbih tortar rishtai zunnorga.

Bir-iki kun zor ko`nglumdin firoqingni ketar,
Zahrkim, bermish bu kunluk tonglaliq bemorg`a.

Zaxmi ko`pluktin ko`ngul sirrini fahm etmak bo`lur
Kim taammul birla boqsa bu tani afgorg`a.

Gar desang sargashtalik ko`rmay yo`lungnn tuz yuru,
Gar inonmaysen, nazar qil charxi kajraftorg`a.

Ey Navoiy, gar desang hijron xumorin daf` etay,
Jahd etib, solg`il o`zungni kulbai xammorg`a.

542
Ikki yuzdin qadingg`a ikki gesu bo`ldi piroya,
Chu sham` o`ldi iki, el qaddig`a ikki bo`lur soya.

Sening gulgun to`nungkim, naqsh erur zar rishtadin har yon,
Biaynih uyladurkim, zarvaraq ostidag`i loya.

Chekarmen voyu doyim buki, jon la`lingdin olg`ay kom,
Mening jonimg`a voy ar hosil o`lmas, anga bu voya.

Labi jonbaxshing o`ldi yuqori ul xoli jodudin
Ki, teng ermastur i`joz ahliyu sehr axlig`a poya.

Ajab yo`q, sabzai xat soyasida jonfizo la`ling
Munosibturki, bo`lg`aylar Masihu Xizr hamsoya.

Ato-onangga rahmat, ey o`g`ilkim, ko`rmamish sendek
Ne ul to`qquz ato, bal ne bu to`rt asrag`uchi doya,

Manga sarmoya zuhdu sud ummidi bihisht erdi,
Chu toptim boda birla dayr, bordi sudu sarmoya.

Ko`ngul to hajr aro itti, anga bir lahza ming yildur,
Manga ma`lum ermas holi ul chog`din ilo g`oya.

Navoiy, chun har ish qilsang, kerak piroyayu sozi,
Fano yo`lig`a kirkim, ne kerak sozu ne piroya.

543
Yor ishqim anglamay, la`li susabtur qonima,
Toki ma`lum etsa, kelgay ne balolar jonima.

Ochmay o`tluq chehra chunkim o`rtadi ko`nglum uyin,
Ochsa ne o`tlarki, tushgay kulbai ehzonima.

Uyquda ul ko`z manga yuz fitna bedor aylamish,
Noz ila uyg`onsa, netkay, angla, xonumonima.

Ichmayin may buzdi ko`nglumni, gar ichsa, tutsa ham,
Ko`r ne ofat sayli yuzlangay yiqug` vayronima.

Mast o`lub zunnor zulf ochsa, muhiqdurlar agar
Aqlu zuhdu ilm motam tutsalar imonima.

Nosiho, chun oshiq o`lduq tanima mundin nari,
Tanimasbiz biz seni, sen dog`i bizni tonima.

Gar Navoiydek bo`lub oshiq, o`larmen pand deb,
Jonima qilmang azob, ayting ani jononima.

544
Yor aksi chunki aylar jilva may ko`zgusida,
May icharmenkim, yuzi bo`lg`ay yuzum o`trusida.

Ul sabohat birlakim, kuldung, manga mehr o`ldi fahm,
Mehr fahm o`lmoq tong ermas subhning kulgusida.

Uylakim, xayli hubob ichra tushar xas, bormen
Ashk aro sargashta ul sultoni husn urdusida.

Urdi olam buzg`ali bir-birga kirpik saflarin,
Fitnalar bedor qilmoq ko`r ul oy uyqusida.

Ne xato qilg`ay ko`ngullarga ko`zung mujgon o`qin,
Har qayon chun boqsa, saydedur aning qobusida.

Navbahori dahrg`a qo`ymang ko`ngulkim, yo`q vafo
Ne guli bo`stonida, ne lolai xudro`sida.

Shohlar pobo`sing etkandin, Navoiy, yaxshiroq
Kim, boshingni xokirah etsang aning pobo`sida.

545
Men o`lar holatdayu ko`yida itlar qoshima
Jam` o`lub ahbobdek, afg`on qilurlar boshima.


Charx ko`zgusin shafaqgun topqay aning aksidin,
Ul yuzu lab hajridin boqqan kishi qon yoshima.

O`lmisham la`li mayi shavqida, may soling mudom,
Yo`ndurub har yon qadahlar qabr qilg`an toshima.

Ko`yiga qo`yg`ach qadam, boshimg`a urdi tig`i zulm,
Sarfaroz etti bu xidmat aylagan podoshima.

Topmag`ay shoyad sabuh aylarga mayl, ey tong yeli,
Elt jonim naqdini mayxorai qalloshima.

Shammae fosh ayla sargardonlig`imdin, ey quyun,
Uchrasang dasht uzra Majnun ismlik qardoshima.

Dur sochar ko`zdin Navoiy, lek ul yo`qturki, yor
Bir kecha so`ng`ay ayog`in didai durposhima.

546
Ko`rgali chun toqatim yo`qtur seni bir yor ila,
Vah, ne bo`lg`ay holatim ko`rgan zamon ag`yor ila,

G`ussa tog`ida ulus ko`rgay ochilg`an lolazor,
Har yon etsam mayl bu uryon tani afgor ila.

Torami xurshid uza naylay Masihodin iloj,
Za`f aro ko`yida xushmen soyai devor ila.

Qondurur  ko`nglumda,  yonimda  so`ngaklar qobsabon,
Kom olur ishrat mayidin lahni musiqor ila.

Ey fusungar, yozma tumor ul junun daf`ig`akim,
Sharhi yozilsa, tuganmas yuz tuman tumor ila.

Ko`nglum ichrakim, sig`ishmas novaking paykonlari,
Berkitibturlar o`qung shavqini yuz mismor ila.


Dema jismimda mudavvar dog`larkim, davri charx
O`rtamakka qismat aylabtur ani pargor ila.

Qasri jannat birla kavsar mayli qilmon, ey faqih
Kim, ko`ngul ulfat tutubtur kulbai xammor ila.

Olam ahlig`a qo`shilmoqqa o`zungni qilma zor,
Chunkn ayrilmoq keraktur so`ngra yuz ozor ila.

Dayr  aro badmastlig` jurmonasi, ey mug`bacha,
Buynuma osg`il sabu, bog`lab ani zunnor ila.

Ey Navoiy, tuz bo`lub, ne kelsa, tutqil o`zni hush
Kim, sitez etmaklik o`lmas charxi kajraftor ila.

547
Novakingning tusidin ermas nishone bo`ynig`a
Kim, erur qatl aylagan ahbob qoni bo`ynig`a.

Begunah ishq ahlig`a tig`i jafo surgum desang,
Bilki, mendin o`zga tutmas kimsa ani bo`ynig`a.

Hajrdin gar yuz qilich bo`ynumg`a urdung, ey sipehr
Sarbasar qildim qo`lum yetkan zamoni buynig`a.

Qotilimni kimsa bilmay, zaxm yeb o`ldum, valek
Men bilurmenkim, erur qonim faloni bo`ynig`a.

Tavq bil jannat qushi bo`ynig`a to mushkin ipak,
Tushti ta`viz etkali hirzi yamoni bo`ynig`a.

Mayg`a egnimdinki, sajjodam garovdir, qildi man`,
Go`yiyo zohid ko`ra olmas ridoni bo`ynig`a.

Gar Navoiy o`lsa, ul kofir diyorig`a cheking,
Bog`labon sudrarda zunnori fanoni bo`ynig`a.

548
Vahki, chamandin yana esti shamol o`zgacha,
Har dam o`lur atridin ko`ngluma hol o`zgacha.

Bulbulu qumri chekib lahnu navo o`zga nav`,
Ko`rguzadur sarvu gul g`anju dalol o`zgacha.

Savsan o`lub sarbaland, g`uncha qilib no`shxand,
Elga alardin yetib daf`i malol o`zgacha.

Sunbuli purtob ham, lolai serob ham,
Dud ila o`tdin bo`lub shibhu misol o`zgacha.

Kirdi magar dilbarim, huri pariy paykarim,
Gulshan aro ko`nglida fikru xayol o`zgacha.

Bo`lsa manga dog`i yo`l, andaki aysh aylar ul,
Qilsam edi mast o`lub qolu maqol o`zgacha.

Umri abad topqamen, tutsa manga bir qadah,
Nash`ae maydin anga husnu jamol o`zgacha.

Dahrda yo`qtur karam, dahrning ahlida ham,
Qilmag`asen, ey ko`ngil, fikri muhol o`zgacha.

Zuhd, Navoiy sanga bermadi masjidda fayz,
Emdi kirib dayr aro, tarhni sol o`zgacha.

549
Qayu qushkim, qo`nar bu paykari Majnun misol uzra,
Erur tan za`fidin qushdekki, yo`ng`aylar xilol uzra.

Balo toshi xam o`lg`an qaddim ustidin yiroq ketmas,
Biaynih nuqta yanglig`kim, tushar yozg`anda zol uzra.

Agar maygunlug`idin rang aylar ersa mashshota,
Ko`zumnung mardumin qo`yg`ul o`yub ul turfahol uzra.

Qoshingning toqi ustida emastur anbarin xoling,
Zuhal go`yo ochibtur orazi mushkin hilol uzra.

Ne tong, nozuklugidin gar qurayshi bo`rk og`ir keldi,
Xam aylar, chun qirov ko`prak yog`ar nozuk nihol uzra.

Savodi xat bila ham orazing xurshidi ravshandur,
Safoda ne tafovut soya tushkandin zulol uzra.

Belingga to soching chirmashti, rashkidin aning har tun
Dimog`imda tong otquncha xayol ermish xayol uzra.


Ko`zumni istasang ravshan, qadahni yopma, ey soqiy,
Kerakmastur sahob ul  axtari farxundafol uzra.

Navoiy, yor la`lida uchuqtur, yo`qsa yopushti
Chibinning parridin bir pora qo`ng`an chog`da bol uzra.

550
Hajr o`ti dog`i bila ko`nglumni, ey jon, o`rtama,
Do`zax o`ti birla kuydur, dog`i hijron o`rtama.

O`rtabon har kimni, o`t jonimg`a solma rashkdin,
Xalqni paydo, meni, majnunni, pinhon o`rtama.

Lam`ai ruxsor ila din kishvariga solma o`t,
Muncha islom ahlini, ey nomusulmon o`rtama.

Ohim o`ti uchqunin gardung`a tortib, ey pariy,
Ul choqinlardin malak xaylini har yon o`rtama.

Gar qulum, gar jismu jonim o`rtading, qildim bihl,
O`z qulung, ey jismu jonim sadqang, oson o`rtama.

Chunki sen ham qolmog`ung o`rtanmay, ey sham`i tiroz,
Oraz o`ti birla parvonangni parron o`rtama.

Chun Navoiy vasldin kechti, ani hajr o`tida
O`rtamay deb aylab erding ahdu paymon, o`rtama.

551
Zulfig`a mayl, ey nasimi anbarafshon aylama,
Tarqatib yuz pora ko`nglumni parishon aylama.

Olam ahli jonig`a rahm aylab, ey chobuksuvor,
Otlanib usruk, yana ohangn maydon aylama.

Azmi gasht aylab tun aqshom, oy kebi aylab tulu`,
Charxning yuz ming ko`zin husnungga hayron aylama.

Zaxmlig` bag`rimni yuz ming pora aylab tig` ila,
Zulmdin har porasin bir qatrai qon aylama.

Deb emishsen, aylagum islom elinda qatli om,
Aylama bu zulmni, ey nomusulmon, aylama.

Gar desang ko`nglungni gardun tah-battah qon etmagay,
Xurda maylim g`undachek ko`nglungda pinhon aylama.

Ey Navoiy, bazm tuzgan ermish ul gul bog` aro,
To parishon bo`lmasun, bulbuldek afg`on aylama.

552
To`kulgudek edi jismim quruq so`ngaklar ila
Magarki, bog`ladi ishq ul so`ngakni raglar ila.

Halokim aylasa ul pok etaklik, ermas ayb
Ki, tufrog`im toshig`ay poklar etaklar ila.

Taashshuqumdin irik pandlar xalos etmas,
Bu bandni kesa olmas kishi egaklar ila.

Visol shomi dey olmon labingni yolqitsam,
Vale taboninga ko`z surtubon muchaklar ila.

Mayi visol ichib, lablaring o`pay dermen,
G`arib boda tilarmen ajab gazaklar ila.

Zamona ahliki, davlat chog`i qulungdurlar,
Muloyamat yana ko`p qilma ul dadaklar ila.

Navoiy o`lsa, xalos aylay olmag`ay oshiq,
Jamol ahli anga va`da aylamaklar ila.

553
Bir kichik yoshlig` nigore topmisham nozukkina,
Sekreturda tavsanin maydon aro chobukkina.

Gah vafo, gah nozu gah afsun bila o`zginasin,
Ko`rguzub har lahza dilbarlig`da bir turlukkina.

Javr ila tahdidi bedillarg`a bori ching`ina,
Mehr ila har va`dakim, qildi bori o`trukkina.

Osru yolg`on va`dasidin kuymish erdi jong`inam,
Ongdibon bir kecha tushti ilgima usrukkina.

Istadim bo`ynin quchib, yuzginasidin o`pkamen,
Iztirob aylab talashti, bor emish kuchlukkina.

Yuz o`parga qo`ymadi, ilgin dedim bori o`pay,
Tashlabon yumruqqina, qildi ko`zumni ko`kkina.

Har ne deding bor edi yolg`ong`ina boshtin ayoq,
Ey Navoiy, muncha yolg`on degucha bo`l shukkina.

554
Ul yashil to`nluq pariyvash la`li shakkarbor ila,
Ruh to`tisin qilibtur munfail guftor ila.

Garchi ahzar to`n bila bog`i latofat sarvidur,
Lek hayron aylamish yuz sarvni raftor ila.

Gar so`kuldi ul etak, kirpik bila tiksa bo`lur
Kim, erur gul xil`atin tikmak munosib xor ila.

Angla axzar sham`u sarig` bo`rki, aning shu`lasi,
Tiyra kulbamnn yorutsa, koshki, ruxsor ila.

Naxli qaddurmu yashil to`n ichra, yoxud naxli mum,
Bog`lag`an sun` ilgi yuz ming san`atu hanjor ila.

Soqiyo, jomi zumurradgun aro quy la`li may
Kim, erur shingarf behad xushnamo zangor ila.

To bo`lay la`lu zumurrad orzusidin xalos,
Tortibon ani Navoiydek navoe zor ila.

555
Har oyki g`ayrima bir zarra mehri fosh o`lsa,
Aning sari boqa olmon, agar quyosh o`lsa.

Ko`zumda ashkdek ul tifl parvarish topmish,
Nazar haqini kerak bilsa necha yosh o`lsa.

Visol umidiga o`zni yaqin solur oshiq,
Firoqdin necha javrinda davr bosh o`lsa.

Ne tong,  firoqi bag`ridin xaroshliq chiqmoq,
Birovki, bag`rida g`am changidin xarosh o`lsa.

Bahorim o`ldi chu gulchehra sho`xlar, ne ajab,
Yog`ar nima boshima jolavor tosh o`lsa.

Xush ulki, tog` etagin tutsa xalqdin qochibon,
Uzalsa ostida xoro anga firosh o`lsa.

Demang, Navoiy, agar yoring o`lsa qatlnng etar,
Nekim murodidurur uyla qilsa, kosh o`lsa.

556
Eyki, yuz ming dog` qo`ydung jismi g`amparvardima,
Bilki, bo`lmish har biri oxir davo bir dardima.

Xajr aro holim gahe behushluq, gah g`am yemak,
Ishqing iqbolida qil nazzora xobu xo`rdima.

Toza qonlig` dog` isi ko`nglum aro muhlikdurur,
Atri ruhafzo ko`rung g`am bog`i ichra vardima.

O`yla xoki jism ila ketmak tilarmen dahrdin
Kim, ajal ham yetmagay sur`atlar aylab, gardima.

Sovug` ohim hayrati ishq ahli ko`nglin o`rtadi,
Turfa ishdur el ichin kuydurmak ohi sardima.

Dahr bog`inpng hazoni yafrog`idur qon yoshim,
Obkash yanglig`ki, xatlar chekti ro`yi zardima.

El kelturgach ko`yi tufrog`ini, toptim shohlig`,
Ey Navoiy, qil tamosho ganji bodovardima.

557
Qo`ydi usruk yuzni bu xoki tani bemorg`a,
Sham` yanglig`ki tayamishlar ani devorg`a.

Anjum o`lsa mehr uza, oncha ko`runmas lutf aro
Kim, gahi ter qatrasi ul mehrvash ruxsorg`a.

Ul ko`z ermaskim, chekilmishdur uchi zulfung sari,
Kofiredur, olg`ali mayl aylamish zunnorg`a.

Qildi olamni guliston, ulki gulgun raxsh uza,
Chiqti gulgun to`n kiyib, gul sanchibon dastorg`a.

Dahr tufroqig`a mehnat sabzasi bosh chekti boq,
Har taraf paykon uchi chiqqan tani afgorg`a.

Husni davroni o`tar barham bo`lur, ey sarvi noz,
Zor ko`nglumni ko`rub, mayl etmasang ozorg`a.

Istadi foius aro surat kebi sargashtalik,
Elga ulkim, davr berdi gunbadi davvorg`a.

Yor yo`q olamdakim, bir yor sirrin asrag`ay,
Bas ajab sirredururkim, el degay ag`yorg`a.

Ey Navoiy, xonaqahda ko`rmading juz dardi sar,
Ani daf` aylarga yuzlan kulbai xammorg`a.

558
Soluram ruq`asini ko`ngluma urg`ach yora,
Uylakim tom shikofi aro kog`az pora.

Meni Farhod ila Majnun dog`i istab topmas,
Tog`u homun aro to ayladi ishq ovora.

Ey Masih, urma nafaskim, sovurur gardimni,
Ishq maqtulig`a kim aylay olibtur chora.

Charx tosh yog`durubon, yerga ko`milmish jismim,
Yosag`on anglama qabrimda o`kulgan xora.

Ey munajjim, gar ul oy sabru sukunum xabarin
Demasang, yer quyi ham sobitu ham sayyora.

Gar vafo bo`lmasa davr ahlida, tong yo`qki, hanuz
Qilmamish charx vafo sog`arini inkora.

Gar Navoiy g`am aro qoni qurub, bo`ldi halok,
Ne ajab, dilbari bir qotil erur xunxora.

559
Bilgay ulkim manzil etkay xotiri vayronima
Kim, ajab dushvorlig`lardur balokash jonima.

Hajr dashtida hamono berkitibtur bir balo,
Har tikankim nesh sanchibtur tani uryonima.

Dardu g`am ahli o`lum holi bo`lurlar chiqqucha,
Kirsalar holim so`rarg`a kulbai ahzonima.

Bag`rimu ko`nglum g`amu dardig`a taskin bergali,
O`lturubturlar baliyat o`qlari har yonima.

Buki bag`rim qon edi, qatlimg`a xud hajr erdi bas,
Rashk o`qi ham hojat ermas erdi kirmak qonima.

Qilma ko`p oshufta ul zunnori zulf, ey mug`bacha
Kim, tugunlar tushti andin rishtai imonima.

Ey Navoiy, men xud o`ldum olg`ali ko`nglumni yor,
Jonni dog`n olibon, yetkur ko`ngul olg`onima.

560
Ishq ko`p soldi meni dardu baliyat chohig`a,
Vahki, emdi sudratur hijron siyosatgohig`a.

Ey xush ulkim, aylay olg`ay o`ltururda dardi ishq,
Bir tazallum shohig`a yo bir vasiyat mohig`a.

Ul quyosh har yonki borsa, soya hamrohi aning,
Soyadek behol o`lurmen rashkdin hamrohig`a.

Qo`rqaramkim, yetmagay holimg`a may nisyonidin,
Nechakim, bor e`timodim xotiri ogohig`a.

Yo rab, u bedilki, bir dilxoh aning matlubidur,
Ani ham yetkur meni bedil kebi dilxohig`a.

Uyladurkim, sotibon Yusufni olg`ay siymqalb,
Kimki matlubnn qo`yub, mayl etsa dunyo johig`a.

Bir bihishtiy hur hajridin tamug`ning dudidur,
Boqsang o`tlug` ko`nglidin chiqqan Navoiy ohig`a.

561
Netib o`zumni tasavvur qilay visol ichra,
Dalir chun boqa olmon anga xayol ichra.

Qadi latofati bor e`tidoldin ortuq,
Valek jilvasidur haddi e`tidol ichra.

Nihol qaddin iki zulf sunbulida ko`rung,
Alif kebiki, qazo qilki yozdi dol ichra.

Chaman aro qizarur, sarg`arur guli ra`no,
Magarki, qoldi jamolingdin infiol ichra.

Degilki, xolidag`i nuqtasi bo`lur zohir,
Tutarg`a rang qo`yar chunki nuqta xol ichra.

Quyosh hayot suyinda ko`rundi yo soqiy,
Jamol aksini soldi mayi zulol ichra.

Zamona ahlida yo`qtur vafo, ani tilama
Ki, qolmag`aysen ani topmasang, malol ichra.

Chu savtu harf ila tavhid sirri mumkin emas,
Ne ogah ahli jadal muncha qilu qol ichra.

Navoiy ilgini tutqilki, vasling ummidi
Solibturur ajab andishai muhol ichra.

562
Raqib kelmagi ul no`shi lab sanam birla,
Erur nechukki, birav umr topsa g`am birla.

Ne umrdur buki, men g`am bila kechurgaymen,
Nechuk ichar kishi hayvon suyini sam birla.

Alam chu yetti, ketar ishq lazzati jondin,
Kishi ne nav` qilur ayshni alam birla.

Etishsa yor raqibi, meni chekar so`z ila,
Ne ganjdurki, yutar ajdahosi dam birla.

Bu guliston aro chun xorsiz gule butmas,
O`zungga aylamagil xorliq sitam birla.

Nechuk qul o`lmag`amen dayr pirig`aki, necha
Ki, kamlig`imni ko`rar, o`tkarur karam birla.

Navoiy og`zi xayolig`a tushti, istamangiz
Ki, tushti emdi yo`li vodiyi adam birla.

563
Necha qamchi tushubtur ul qadi siymin badan uzra,
Payopay sonqa tushkan kebi sarvu suman uzra.

Ne bo`lg`ay erdi har bir o`rnig`a tushsa edi yuz ming,
Aning ishqida men farsudai dardu mihan uzra.

Ko`zumga o`t choqilg`an hajr kojidin, hamonokim,
Choqindektur, damo-damkim tushar bu zor tan uzra.

Asar ko`r ishqi komilg`aki, zaxmi menda zohirdur,
Ne qamchikim, tushubtur ul buti paymonshikan uzra.

Aning nozuk tanida zaxm tong ermaski gardundin,
Erur xoro aro qon la`lu gul jismi tikan uzra.

Mening holimg`a yig`langkim, agar Shiring`a gul yog`sa,
Yog`ar yuz sangboroni baliyat ko`hkan uzra.

Navoiy, yorg`a gulbarge teksa o`lgudek erding,
Ne ayb o`lsang, ko`rub zaxm ul buti siyminbadan uzra.

564
Hujumi xol erur ul guli jamol uzra,
Nachukki, mushk sochilg`ay hariri ol uzra.

Junun salosili bo`ynumda, za`fliq tan ila
Hunarvar uylaki, zanjir osar xilol uzra.

Qading tahammuli yo`q ruhlarg`a andoqkim,
Tuyur qilsa vatan nozanin nihol uzra.

Beling xayoli tanim birla toki chirmashti,
Xayoldur meni devonag`a xayol uzra.

Menu firoq yuki hamli o`zga qavmdurur
Ki, bazmi aysh tuzar masnadi visol uzra.

Solur futur safolig` ko`ngulga xorij dam,
El ul sifatki, tamavvuj solur zulol uzra.

Navoiy ayladi jonin fidoyu vasl so`zi,
Emas yaqinu o`tar barcha ehtimol uzra.

565
Ko`rung, g`am qatlgohida, balo jallodi qoshimda,
Junun zanjiri bo`ynumda, siyosat tig`i boshimda.

Ichimning qonu dog`idin toshimg`a ham asar yetti,
Nishondur loladek ul gul g`amidin ichu toshimda.

Erur ul gul g`amidin sarguzashtimdin ayon xatlar,
Hubobu mavjkim, zohir bo`lur gulrang yoshimda.

Yuzimda ashk siymin birla g`am tuzdi maoshimni,
Ne holim bor ekin zohirdurur vajhi maoshimda.

Ko`ngul hajr ilgining tirnog`idin har yon xarosh o`lg`ay,
Quloq solsang, erur zohir fig`on ichra xaroshimda.

G`amingdin jon talashmoqdur ishim, jono, tirilgaymen
Madad qilsang labingdin bir takallum bu taloshimda.

Ko`ngulga boda garchi dosh yanglig` soldi o`t, lekin
Pishurmak juz qadah savdosi yo`qtur ushbu doshimda.

Jafo toshi meni gar ayladi tufrog`, topmaslar
Nazzora qilsalar harfi vafodin o`zga toshimda.     

Navoiy sihr emas, go`yo Qalimullo asosidur,
Bu mu`jizlarki, zohir bo`ldi kilki nuktaposhimda.

566
Borg`ali shah, oyda bir may ichmadim mohim bila,
Qoshki, bir oychiliq borg`ay edim shohim bila.

Shohimu mohimg`a  mardud o`lsam, ermas  aybkim,
Bormadim shohim bila, chun qolmadim mohim bila.

Tiyra baxtim yo`ldin ozdi vodiyi ishqim aro,
Bilmon, oxir netkamen bu baxti gumrohim bila.

Nechakim, dardim yoshursam, ishq etar bir damda fosh,
La`lgun ashkim bila, yo tiyrafon ohim bila.

O`lturur sharbat, vale ranjim bo`lur daf`, ey hakim,
Bo`lsa ko`nglum istagandek boda dilxohim bila.

Dayr ko`yida gadoyu mastmenkim, rashki bor
Shohlarning ko`rsalar bu ishratu johim bila.

Ey Navoiy, dersen o`zni saxla, ko`rsang yorni,
Netkamen beixtiyor afg`oni nogohim bila.

567
Ul so`yulg`an bargi gul chog`liq yuzung bo`stonida,
Bir qizil gul bargi butmish go`yi oq gul yonida.

Yo`qsa  oyning yonida Bahrom bo`lmish jilvagar,
Jilvasi Bahromning, ne tong, qamar davronida.

Yo`qsa bir tirnog`ing o`lmishdur xinodin la`lgun,
Oyati keldi yadi bayzo chu ilging shonida.

Yo`qsa nomam safhasin bir qatra qon etti nnshon,
Qon yoshim mahzun ko`ngul dardin sanga yozg`onida.

Yo`qsa ul yuz ko`zgusi bir qatra terdin tutti rang,
Chun quyosh tobi ayon bo`ldi sipehr ayvonida.

Safhai jonimg`a, ey soqiy, tomiz bir qatra may
Kim, o`zin topting, ko`ngul ne hol esa jononida.

Orazi ul sho`x chobukning so`yulg`an vajhidin,
Yuz ming andoq zaxmdur miskin Navoiy jonida.

568
Niholi qadding eldin jon olur nozuk xirom ichra,
Yuz ul olg`ancha gul barging berur shirin kalom ichra.

Erur uryon tanimda bo`riyoe hajr naqshidin,
Ko`ngul bir notavon qushkim, giriftor o`ldi dom ichra.

Manga ishq otashin la`ling xayoli to bishirmakdur,
Ne o`tlarkim, tutashti jong`a bu savdoyi xom ichra.

Nishiman ayladi ko`nglum qushi ko`yungda, qayd etma,
Kabutarg`a  kishi  qasd etmadi baytul-haram  ichra.

Agar hayvon suyi tomizsalar hajringda og`zimg`a,
Berur men xastag`a zahri halohil ta`mi kom ichra.

Ajoyib tiyradur g`am shomi yo dud o`ldikim, o`rtar
Muhabbat ahlini mehr o`tig`a gardun bu shom ichra.

Bukim, Jamshidqa davron vafo ko`rguzmayin yiqti,
O`qu kayfiyatinkim, yozilibtur davri jom ichra.

Bu eski dayr chun qilmas mudom elga vafo, xush tut
O`zingni doim eski may bila ayshi mudom ichra.

Deding, ko`yida bo`lg`umdur Navoiy birla hamsuhbat,
Raqib oxir ko`p, aning birla bo`lma bu maqom ichra.

569
Gar quyoshtin qadrim ortug`roqdurur shoh ollida,
Zarradin yuz qatla o`ksukrakmen ul moh ollida.

Enida oy ollida xurshid erur har kimsakim,
Goh bo`lsa dilbarining yonida, goh ollida.

Ko`z yumub ochquncha garchi ko`nglum olib o`rtadi,
Vah, netib asray ko`ngulni buyla dilxoh ollida.

Oy falak xirgohida andin chekar yuzga sahob,
Kim ocha olmas yuzin ul mohi xirgoh ollida.

Husn shohi boyu men munglug` gadolig` qilmasam,
Kimni topib  aylagaymen shayalilloh ollida.

Ulki, vahdat sharhin aylar, sirridin ogoh emas,
Gar fano kasb etmagan bo`lsa bir ogoh ollida.

Ishq iqboli Navoiyg`a ekandur sarnavisht,
Ko`rmay o`lmas ulki, mehnat bo`lsa yo joh ollida.

570
Gulekim, yor bergay men kebi uryon gadolarg`a,
Magarkim, sanchqaymen ani bosh uzra yarolarg`a.

Ne gul, tufrog` keltursa sabo, ko`zlarga tortarmen,
Samandi yo`lidin tarjih aylab to`tiyolarg`a.

Ko`zu qoshini to ko`rdum ko`zum qoshig`a hayrondur,
Yana hech iltifotim yo`q ko`zu qoshi qorolarg`a.

Chu ul begonavashdin oshnolig` ko`rdum, aylabmen
O`zumni bir yo`li begona barcha oshnolarg`a.

Ani haq asrasun bir o`zidekka mubtalolig`din,
Tarahhum aylasa gohi o`ziga mubtalolarg`a.

Jafosin garchi ko`p tortib, vafo qildim, talofiydur,
Gar etsa bir vafo o`tgan zamon qilg`an jafolarg`a.

Necha husn ahlidin yog`sa balo, ushshoq tortar, vah,
Balokash el tahammul aylamay netkay balolarg`a.

Menu may g`ulg`uliyu sho`x soqiy hukmi ijrosi,
Sola olmon quloq davr ahli aylar mojarolarg`a.

Zamona shug`li tavqi la`natin solg`an bo`yunlardin,
Ajab yukdin o`zin qutqardilar, yuz rahmat olarg`a.

Hamono g`ofil o`ldi podsholar podshohidin,
Gadoekim, o`zin muhtoj ko`rgay podsholarg`a.

Navo topti Navoiy, bargi gulkim, yordin keldi,
Aning altofi yetkurdi muni bargu navolarg`a.

571
Chunkn moyildur ko`ngul ag`yor sari yorg`a,
Sadqa jonim yorning ko`ngli uchun ag`yorg`a.

Istaram ag`yor ayog`in o`pkamen, balkim ko`zin
Kim, borib ko`yiga yetmish davlati diydorg`a.

Chun yetar atri dimog`img`a, kirar jismimg`a ruh,
Har nasimikim, esa ul sarvi gulruxsorg`a.

Har biriga jonni dermen sadqa aylay jilvada,
Yuz tuman jon sadqa bo`lsun ul qadu raftorg`a.

Naqdi jonu xirmani umrumni sarf ettim, valek
Ul sanam qoni` emas bu mablag`u miqdorg`a.

Xalqdin yuz dasht yo`l tutsun qiroq ul zorkim,
Derki o`zin solmayin har lahza ming ozorg`a.

Xilvatingda chun kushode topmadim, ma`zur tut,
Bo`lsam, ey shayx, emdi azm kulbai xammorg`a.

Ey Navoiy, besarupolig` chu qilding ixtiyor,
Kir fano ko`yiga, boqma kafsh ila dastorg`a.

572
Hirotdin agar o`t tushsa Sabzavorg`acha,
Bo`lay samandaru tortay o`zumnn yorg`acha.

Ko`ngul dog`i bu o`t ichra yo`luqsa ham xushtur
Ki, bo`lsa hamrahim ul sarvi gul`uzorg`acha.

Junun aro yorishib gohu goh qichqirishib,
Etishsak ikkimiz ul tundi shahsuvorg`acha.

Emas chu umr ishi ma`lum, har nechuk bo`lsa,
O`zumni yetkurayin yor o`lur diyorg`acha.

Ajal chu yetti aning ko`yi sari sudransam,
Fidosi jismi nizor o`lsa joni zorg`acha.

Chu ko`yi ichra mazorimg`a bersalar tartib,
Qadamin qilsa gahe ranja, ul mazorg`acha.

Visol qaydayu men qayda, soqiyo may tut
Ki, mo`r sayri emas charxi zarnigorg`acha.

Erur bahor g`animat, may ichki, bilmassen
Ki, dahr bog`ida bo`lg`ung yana bahorgacha.

Navoiyo, g`amim o`lturdi, g`amzada may ber,
Yo`q ersa boshla meni yori g`amgusorg`acha.