www.uz
JE HARFINING JAMILALARINING JILVASI FAVOYIDDIN

92
Zihi, ko`k boshig`a gardun xiromingning izidin toj,
Visoling  xilvatida  bir   shabiston laylatul me`roj.

Shabistoning aro sabuhiylardin yuz tuman tovus,
Gulistoning aro qudduslardin yuz tuman durroj.

Yuzung xurshididin ul tun topib xayli kavokib nur,
Sochingning zulmati ul kecha tun rangini aylab doj.

Rikobingda maloyik xaylidin har sari yuz ming saf,
Solib har saf shayotin mulkiga yag`mo bila toroj.

Yo`lungda anbiyo ruhi musharraf aylabon o`zni
Va lekin iltifotingg`a biri mushtoq, o`ni muhtoj.

Buroqing sur`atidin xatti nuroniyki rasm aylab,
Ayon  aylab bu sayrinda nubuvvat ahlig`a minhoj.

O`zin o`zlukdinu kavnayn mulkidin qilib xorij,
Qayu kavnayn mulki, lomakondin ham topib ixroj.

Harimi qurb aro matlub vaslidin bo`lub mahzuz,
Yo`q andoqkim, harimi Ka`ba ichra zumrai hujjoj.

Tilab ummat gunohin har nekim istab topib baxshish,
Zihi soyil, zihi bozil, zihi rif`at, zihi me`roj.

Zihi shoheki, tun-kun javharidin sonn`i hikmat,
Sening zoting uchun tuzdi bu taxti obnusu oj.

Igirdi rishtai na`ting Navoiy ko`z uchi birla,
Agar boqsang, muti` o`lg`ay anga nassoj ila sarroj.

93
Biravki dahr moziqidin aylagay maxraj,
Fanoyu faqr tariqi erur anga minhaj.

Ne Ka`ba shavqida, sen dayr ichinda yor ila bo`l,
Basoki, o`g`rilig` etgay tavof vaqtida haj.

Riyozat aylamasun ro`zgoring oshufta,
Adoyi farzu sunan qil, o`zunga qo`yma haraj.

Namoz adosig`a qilg`il ko`ngulni tengriga tuz:
Ko`ngul tuz o`lsa, emas bok, bo`lsa qiblang kaj.

So`zung chin o`lsa, anga hojat dalil ermas:
Quyoshni ulki yorug` der, ne hojat anga hujaj!

Chu haq dediki, maal usr-yusr mujda sanga,
Ne shiddat o`lsa ayon qil talab so`ngincha faraj.

Navoiy, ista  mazohirda  chehrai  maqsud,
Arab va gar chig`atoy, yo`qsa turkmanu xalaj.

94
Ishq bemorig`a yo`q eldin davog`a ehtiyoj
Yo`q o`lukka juz visoli jonfizog`a ehtiyoj.

Bog`i vasli atri jonimdur, dam urma, ey Masih
Kim, manga voqi`durur bodi sabog`a ehtiyoj.

Xoki poyingkim erur ko`hl ul-javohir, topsa ko`z,
Hargiz o`zga zohir etmas to`tiyog`a ehtiyoj.

Ishq chun begona qildi oshnolardin meni,
Yo`q manga begona birla oshnog`a ehtiyoj.

Har ne qilsang ko`ngluma xushtur, erur sandin manga
Ham vafog`a ehtiyoju ham jafog`a ehtiyoj.

Uylakim yo`qtur gadog`a ehtiyoji shohning,
Shohdin yo`q ishq ko`yida gadoga ehtiyoj.

Ehtiyojimni ulusdin uz, xudoyo, faqr ila
Uyla faqrkim, anga bo`lmas xudog`a ehtiyoj.

Olam ahlidin vafo muhtoji bo`lmakim, alar
Ham chekarlar bu mato`i bebahog`a ehtiyoj.

Dedim: Ey gulruh, Navoiyg`a navo yetkur, dedi:
Kim ko`rubtur ko`rganin bulbul navog`a ehtiyoj.

95
Siym agar jon naqdidur aylarda har miqdor xarj,
Yorg`a xarj o`lsa yoxud qilsa ani yor xarj.

Naqddin bisyoru oz har neki kirgay ilgima,
Xushturur ulkim men oz, ul aylagay bisyor xarj.

Yor mehmonim bo`lur, men oshiqu muflis netay,
Gar  hayotim  naqdidur, qilmaq kerak nochor xarj.

Ganj agar topsam meni devonavash vayron aro,
Aylaram laylivashimg`a ani majnunvor xarj.

Ko`zlari jonu ko`ngul naqdin olib, sarf ettilar,
Aylagandek ahli din amvolini kuffor xarj.

Ishqida boru yo`qum xarj o`ldiyu iflosdin
Ma`rifat aylarmen emdi, chun kelur dildor xarj.

Istasang xirqam sotib, may olsam avval, boda tut,
Ey harif, o`lmastur ani aylamak hushyor xarj.

Dayr piri gar desa: boru yo`qungni o`tqa sol,
Yo`q esa qilma yo`qu boringni behanjor xarj.

Ishq ko`yida Navoiy sochsa dog`idin qora,
Uyladurkim, muhtasham el aylagay dinor xarj.