KOF HARFINING KOFIRLARINING KAMOLI «FAVOYID»DIN
322
322
Vafo tariqida ulkim tilarki, qilsa suluk,
Kerakki, tutsa vafo ahli shevasin masluk.
Bu sheva mumkin emas, negakim, vafo yo`qtur
Ulusqa yaxshi-yomon bilu gar gadoyu muluk.
Zamona ahli vafo tarkin aylamish demangiz
Ki, bu zamonda yo`q amri vafo kebi matruk.
Firoq shomiki, kiydi qora, yoyib sochin,
Jahonda tutti hamono vafo azosig`a suk.
Falak vafog`a azo tutqan o`lsa ahli vafo,
Tirik netib yurugaylar jamoati mafluk.
Ketur qadahki, vafo lofini malak ursa,
Mening qoshimda shak ermaskim ul erur mashkuk.
Navoiy anglaki, bobi vafo yozilmaydur,
Agar Fususdurur, gar Nususu yo`qsa Fikuk.

323
Vasli iqbolin manga tekmas tamanno aylamak,
Basdurur umrumda bir husnin tamosho aylamak.
Xat labingdin jon fizo, ul xat labingdin ruh baxsh,
Istamon afsonai Xizru Masiho aylamak,
Berma ul qomatqa har yon jilva, elning joni bor,
Vah, nedur ham dam qiyomat oshkoro aylamak.
Bo`lmag`on bo`lsa ayon qasrig`a pinhon borganim,
Ne edi ko`yida itlar kecha g`avg`o aylamak.
Bir pariy ishqi meni bu nav` shaydo qilmasa,
Bo`lmas o`zni oshiqu devona amdo aylamak.
Jon berib zulmin chu topmon jon toparg`a vaslini,
Bas tamannoni maholidur tamanno aylamak.
Zuhddin badhol edim, xushvaqt o`ling, ey ishq dami,
Sizga yetgay elni mundoq mastu rasvo aylamak.
Olam ahlidin tavaqqu` aylamak ahdu vafo,
Zahrdin hayvon suyi bo`lg`ay tavallo aylamak.

324
Ko`zda yoshim evrulur sargashta Majnun yoshidek,
Aylanur boshim dog`i qon ichra har dam boshidek.
Qo`rqaramkim, tashlag`ay ul sho`x ko`yidin yiroq
Kim, boshim aylandurur davron faloxun toshidek.
Bir-biri ichraki yolar ko`rguzur qavsi quzah,
Bo`lmagay payvasta ul ikki muqavvas qoshidek.
Ko`p diloro shakllarkim, chekti Chin suratgari,
Ochmadi bir chehra hargiz surating naqqoshidek.
Ko`zlaring qonimni qut aylarda sihhat toptilar
Kim, qilibturlar g`izo bemor parhez oshidek.
Rind bo`lg`ay ikki olam o`ynag`ay bir dav ila,
Bo`lmag`ay lekin xaroboti fano qalloshidek.
Siymgun qushlar tong otquncha falakda, ey Masih,
Bor ekinmu biri ul mug` dayrining xaffoshidek.
Qonu toza dog` ila ko`nglum aningdek bo`ldikim,
Ul qadah toshu ichidur lola ichu toshidek.
Gar zarafshon qilsa tazhib ahdi no`gi xomasin,
Durfishon ermas Navoiy kilki gavharposhidek.

325
O`z tilim chun istamas rozimni ixfo aylamak,
O`zga tildin ne taajjub bo`lg`ay ifsho aylamak.
Menki o`z sirrimni pinhon asray olmon, turfadur
El aning tutmog`ini maxfiy tamanno aylamak.
Telba sirrin elga gar aytur junundindur valek
Hazl erur har dam ani el oshkoro aylamak.
Nuktakim Majnun degay ermas ajab atfoldin,
Aylamak takror ul so`zniyu g`avg`o aylamak.
Ko`nglida yuz qatla pinhon aylamak so`zni ne sud,
Tilni bir qatla aning sharhida go`yo aylamak.
Ko`z manga bas, tilni kesmak istaramkim, xo`b emas
Roz ifsho aylamak, basdur tamosho aylamak.
Kosh o`yulsa ko`z dog`ikim bir tamosho aylabon,
Andin o`ldi ming balo jonimg`a paydo aylamak.
Bu balolardin zamone forig` aylar dayr aro,
O`zni bir dam kimsa masti jomi sahbo aylamak.
Muncha kuymak ishqdindur, ey Navoiy, ashkdin
Su urub tarkin, kerak haqdin tavallo aylamak.

326
Har dam istar telba ko`nglum ishq kitmon aylamak,
Barqi lomi`ni qorong`u uyda pinhon aylamak.
Qaysi qushkim bu tamanno zohir etsa, istagay
Xas uyin otashgah o`ti birla vayron aylamak.
Sham` o`ti fonus aro yoshunmog`i mumkin emas,
Hulla ichra barq o`tin pinhon ne imkon aylamak.
Ishq chun muhlikdurur xohi nihon, xoh oshkor,
O`lgucha dam urmayin avlodur afg`on aylamak.
Mehr aksi go`yiyo daryog`a tushkandindurur,
Kaf sochib ahli junundek sho`ru tug`yon aylamak.
Nuh davrinda magarkim oshiq erdi ro`zgor,
Yo`qsa ashki saylidin ne erdi to`fon aylamak.
Ishqi o`ti gar tushmamish dayri fanog`a, bas nedur,
Kup ichin qon aylab, andin el ichin qon aylamak.
Ishq bas dushvor erur, bilgil g`animat, bersa dast.
Buyla mushkul ishni o`lmak birla oson aylamak.
Ey Navoiy, boshinga keldi junundin yuz balo,
Ul pariyvashqa ne erdi ko`zni hayron aylamak.

327
Ko`zungnung ollida nargis kelib qatiq ko`zluk,
Yuzung qoshida guli otashin sovuq yuzluk.
Achiq-chuchukka labingning muteimenkim, ul
Agarchi yig`latur achchiq, erur chuchuk so`zluk.
Kungulga zulfi kebi egrilik qilur ul sho`x,
Ne bo`ldi qilsa edi qomati kebi tuzluk.
Raqibdin ul oy afsun bila fan o`rganmish,
Pariyg`a dev ne ta`lim qildi ko`r buzluk.
Kerak libosi malohatda mahvash el dilkash,
Gar egni hullalig` o`lsun, vagar tani bo`zluk.
Biravki, dayri fano ichra cheksa bodai ishq,
O`zidin ulki burun mahv o`lur, erur o`zluk.
Navoiyo, ne ajab xonumoning o`lsa qora,
Chu yoring o`ldi qora qoshlig`u qora ko`zluk.

328
O`zga oylardnn hayotim nash`asi bermas ilik,
Mumkin ermas o`zgalar joni bila bo`lmoq tirik.
G`uncha og`ziga agar tobi`dur og`zing, yo`q ajab,
Hurmat asrar, ne uchunkim ul ulug`dur, bu kichpk.
Sabzxatlar yo`q yigit sonida ul yuz tobidin,
Sabzani oq etti go`yo ul quyosh bo`lg`ach itik.
Kirgali ko`nglumga ul oy gar ko`zumni tutti qon,
Bir eshik bog`lansa ne g`am, ochti tig`i yuz eshik.
Ayni za`f ichra ko`zungga sho`xlug` onin erur,
Uylakim bemorlar ichra bo`lur ba`zi tetik.
Yuz yoshurdung, lek zulfung torini yoydn sabo,
Shu`la past o`lg`anda andoqkim tutun bo`lg`ay biyik.
Yorug` istarsen ko`ngul, mufrit riyozat qil qabul,
Qayda ko`zgu ravshan o`lg`ay, bo`lmasa suhon irik.
Dayr aro behushmenkim, boda tutqach mug`bacha,
O`zni bilmak rasm emastur, kimda-kim bo`lg`ay bilik.
Chehra chun ochting Navoiyg`a, tong ermas iztirob
Kim, pariy ko`rgach junun ahli, qilurlar telbalik.

329
To yelak savsani aylabsenu gulgun terlik,
O`zidin savsanu gul ter aro yupturlar ilik.
Soldi boshig`a ulug` fitnalar el qatli uchun,
Garchi sho`xona siyahpeching ko`runur osru kichik.
Lemuyi bo`rkung erur shu`laki, sindurdung uchin,
Kuydurur xalqni ul shu`la agar bo`lsa biyik.
Qon qilib rishtai jonlarniki qilding takband,
Bog`lading belni magar qo`ymag`ali elni tirik.
Sen bu oshubu qiyomat bila aylab jilva,
Men netib aylamayin telbaligu sheftalik.
Garchi Ka`ba eshikin topmadi mingdin bir ochuq,
Kir fano dayridakim, anda yopuq bo`lmas eshik.
Oqsa na`sh ichra Navoiy yorasining qoni,
Chekib, ey ishq, kafan torin, aning zaxmini tik.

330
Labing xayolidakim chok erur manga ko`nglak,
Tikar edim ani, jon rishtasidin o`lsa ipak.
Itinga ozroq esa tu`ma pora-pora bag`ir,
Uzub solay yana bir luqma o`rni tutsa yurak.
Xating g`amidin usholg`an qalam kebi badanim,
Ichinda nol kebi har taraf zaif so`ngak.
Binafsha yaprog`idinmu libos etibdur gul,
Yo`q ersa gul kebi jismingdadur binafsh yelak.
Yuzunga obila zaxmidin o`zga xolatdur,
Nechukki bog` topar zeb, chun ochildi chechak.
Libos ziynatiyu ishq lofi keldi yiroq
Ki, kuymas ar necha parvonadek uchar ko`palak.
Navoiy aylay olurmu nihon bag`nr tuganin
Ki, lola yanglig` ochar pora-pora qonlng` etak.

331
Ul sarig` to`nluq erur turg`anda ta`zimimg`a tik,
Shu`lakim xoshokni kuydurgali bo`lg`ay biyik.
Ko`ngluma sancharg`a, ey gul, qilma mujgoningni tez
Kim, tikonning ignasin hojat emas qilmoq itik.
Qilmadi holimg`a g`amzang birla la`ling iltifot,
Bor aiingdek holatimkim, ne o`lukmen, ne tirik.
Ko`z savodidin qora jon safhasin qildim varaq,
Bu ikining rashkidindur gar sanga yozmoq bitik.
Xol ekinmu ul ko`z ostida, yo`q ersa nofadin
Mushk tar bo`lg`ach, gul uzra qatra tomizdi kiyik.
Hajr toshi birla mehnat sholini qildim qabul.
Ey ko`ngul, ishq ichra bo`lmas ko`rmayinn qattig` irik.
Xonaqahni bog`lading, ey shayxu, qildiig azmi dayr,
Yuz eshik ochildi, gar bog`landi ersa bir eshik.
Uyla foniy bo`lki, domangiring imkon bo`lmag`ay
Kim, etak mavjud agar yo`qtur, neni tutqay inlik?
Ey Navoiy, chun pariyvashlarga mumkin yo`q vafo,
Qilma mundin nari gar bor esa aqling telbalik.

332
Mayda bo`lsa manga ul la`li shakarxand gazak,
Zahr bo`lsun, tilar o`lsam shakkaru qand gazak.
Dayr piri keragu mug`bachai bodafurush
Ki, ato quysa qadah og`zima, farzand gazak.
Iki la`lingg`a ajab holat erurkim, yo`qtur
Ne aning o`xshashi may, ne munga monand gazak.
Rangi la`li bo`lur ikki labinga yetsa nabot,
Tashla andin bu sari bir-iki parkand gazak.
Yopishur la`linga chun yetsa gazak, vah, ne ajab,
So`rsam anikim, erur jonima payvand gazak.
Davrkim, bodasiningdur gazagi zahr olud,
Oqil andin tilamas boda, xiradmand gazak.
Ey Navoiy, may agar zahrdurur, ichsa bo`lur,
Kimsaga gar bo`lur ul la`li shakarxand gazak.

333
Ne osig` ohim o`ti ravshan zuloling kunidek,
Tiyra dudi chun meni o`lturdi hijring tunidek.
Garchi bo`lsa har sharar do`zax o`tidin shu`lae,
Mumkin ermas ko`nglum otashgohining uchqunidek.
Eyki, zarhal qilmoq istarsen samandi na`lini,
Topmog`ungdur anda surtarga yuzum oltunidek.
Xo`blar lutf aylab, ul qatlimg`a garchi hukm etar,
Hech un kelmas qulog`img`a ul oyning unidek.
Vah, ne bo`lg`ay yetsa yuzu xattinga giryon ko`zum,
Ashkim o`lsa ul gulu bu sabzaning shudrunidek.
Bil vafo rasmin g`animat, ey gul, andin burnakim,
Day sipohi yetkay ohu ko`z yoshim chopqunidek.
Vasli ko`yidin Navoiy ko`ngli ozdi, ey rafiq,
Ko`rmaduk hargiz ul ahli ishqning ozg`unidek.

334
Dayr aro mug`bachadin sog`ari mastona kerak,
Nechakim tutsa ani to`ldurubon, yona kerak.
Menki bir sog`ar ichib, charxnn barham ursam,
Bu ko`han dayri fanocha manga mayxona kerak.
Etti daryo suyi may bo`lsa bu mayxona aro,
Loaqal xud birisi sig`qucha paymona kerak.
Dayr piri bu xarobotnipg ayvoninda
Aqli kulga saboq o`rgatgucha farzona kerak.
Davrida mug`bachalar har biri jon olmoqda,
Yuz Masihog`a sitam qilg`uncha jonona kerak.
Buyla bazm ichra alar har birikim tutsa qadah,
Naqdi din bergali bir men kebi devona kerak.
Kim Navoiy kebi bu dayr aro tutsa vatan,
Hushu zuhdu xiradu din ila begona kerak.

335
Xarob qilmadi oncha menin mayi gulrang
Ki, qildi orazi gulrang birla soqiyi shang.
Ne soqiy ulki, aning ishvasig`a boqsa, bo`lur
Havos lolu, xirad masxu ruhi notiqa dang.
Halok neshi aning g`amzasiga yo`q hamto,
Hayot javhari la`li labig`a yo`q hamnang.
Qiyo-qiyo boqishi yetkurub bag`rig`a qilich,
Qora-qora mujasi yetkurub ko`ngulga xadang.
Savodi a`zami kufr ila zulchi zunnorin
Ki, topilib shikanu halqasida chinu farang.
Bu nav` mug`bacha may tutsa dayr aro kishiga,
Kishi emas, gar anga qolsa donishu farhang.
Navoiy o`ldi chu bu soqiy ilgidin sarxush,
Ne ayb, dayrg`a masjiddin aylasa ohang.

336
Boshig`a chunki alif keskay ul buti bebok,
Emas mahalln taajjub, gar o`lsa bo`rkida chok.
Gahiki mast egarur bodpo xirad xayli,
Borur havog`a, quyun yetkach, uylakim, xoshok.
Nekim boshimda edi, qo`ydum istabon qatlin
Ki, ossa shahsuvorim uzilmagay fitrok.
Qoshi firoqida bahri sirishkim andoqdur,
Ki, yangi oy kemasin chayqatur, urub ko`lok.
Tutub piyola farahnok qilg`il, ey soqiy,
Meniki hajr xumori qilibturur g`amnok.
Magar zamon g`amidin qochmasun deb ahli ano,
Ihota ayladn bir-birining ustida aflok.
Tajalli aylasa ul pok yuz, desang avval,
Zamiring oyinasin g`ayr naqshidin tut pok.
Navoiy anduhu furqatda o`tkarib umre,
Agar dame topibon vasl dog`i o`lsa, ne bok.

337
Tarki ishq ettim, meni ishq ahli xaylidin surung,
Chiqmasam ta`nu jafo toshi boshimg`a yog`durung.
Balki bo`ynum bog`labon, ushshoq ibrat olg`ali,
Ishq mulki to`rt bozorida sudrab kezdurung.
Buyla rasvolig` bila torting balo maydonig`a,
Har uqubat birlakim, nmkoni bo`lgay, o`lturung.
G`ussa dashtidin o`tun toshib, tamug`din o`t olib,
Solibon men xomnnng jismin ul o`tqa kuydurung.
Chunki kul bo`ldum esarda hajr dashti sarsari,
Ovuch-ovuch olibon, ul kulni ko`kka sovurung.
Sovururda do`st javrin navham ichra darj etib,
Do`stlar bedodu zulmin ham ayolg`u kelturung.
Buyla holim ko`rgach, ey ishq ahli, har dam yuz balo
Etsa, ishq otini tutmog`din ko`ngulnn tindurung.
Do`stlar, men ishqini tark aylagan badmehrni
Bir bahona birla men kuygan mahalg`a yetkurung.
Garchi men bo`ldum fano, bore uyatlig` ruhuma
Badnoi sayridin jannat nasimi esturung.
Ishq dashtida navo ko`ptur, Navoiydek birav
Kim, kirar anda, ani yuz ming balog`a topshurung.

338
Zihi sekribon charx uzra rahnavarding,
Nazar topmayin to`tiyoliqqa garding.
Ko`runub kavokib riyohini shabnam,
Chu ko`k gulshanig`a yetib toza varding.
Uchub yetti do`zax o`ti, chunki ummat
Gunohin tilarda chiqib ohi sarding.
Izingdin quyosh chehra yorutmag`andin,
Qilib za`faron kun uzorini zarding.
Rayohin aro sarvi ozod yanglig`,
Ko`runub rusul xaylida zoti farding.
Rusul surmadi lomakon uzra markab,
Sen erding bu maydondakim ot chiqarding.
Navoiy, nabiy na`tijin jam` qilg`il,
Parishon esa xotiri harzagarding.

339
Bo`lur gahikn g`amim shu`lasin ayon qilsang,
Shararni shu`la uza nuqtalar gumon qilsang.
Ko`zum yorug` tilar ersang, yoshurma xolingni
Ki, ko`r o`lur ko`z, agar nuqtasin nihon qilsang,
Xadangi ohim ila, ey falak, xato qilmay,
Qorong`u tunda ne kavkabnikim nishon qilsang.
Iloj qilmaki, botroq kuyarga ansab erur,
Tanim chinin necha hajringda notavon qilsang.
Ko`z ichra halqa urubtur sirishk o`lur, ey ishq,
Ko`zum qorasini ul yoshlar ichra xon qilsang.
Chu javring o`rtadi parvonani ne sud, ey sham`,
Kesib sochingni, azosi uchun fig`oi qilsang.
Ko`zungni ko`ngluma andoqki mizbon qilding,
Yuzungni ko`zuma ham, kosh, mehmon qilsang.
Bu bog` gullari bargida topmas, ey bulbul,
Dimog`i mehr isi, yuz qatla imtihon qilsang.
Navoiy, aylagasen vasl kishvarini vatan,
Fano yo`lig`a kirib, tarki xonumon qilsang.

340
Qora-qora muja xanjarlarin ititmak ishing,
Hayot naxlini keskan qiyo-qiyo boqishing.
Ishing bu erdiki, jonimni olg`asen, tanni
Ki, sudraturmen eshiktin magar tugondi ishing.
Zuloli Xizr labing ul zulol qatralari
Ki, jola bo`ldi uzoring bahori ichra tishing.
Ne g`unchasen ko`ngul oxirki yelu su yeriga,
Bo`lubtur ohu bag`ir qoni birla parvarishing.
Ko`zumga qo`ydn qadam, vah, o`tar xayol aylab,
Olay desa ayog`, ey ko`z qoralari, yoshing.
Erur chu dahr buzug` gulxan, ushbu avlokim,
Buzug`da kechsa yozing, gulxan ichra o`tsa qishing.
Navoiy, istama eldin junun ilojinkim,
Bu telbalik aro yo`q ul pariydin o`zga kishing.

341
Ishva aylab elga, ohimdin tavahhum qilmading,
Tishlabon la`lingni, jonimg`a tarahhum qilmading.
La`ling ichra durlaring shavqida sarg`ardi yuzum,
Ohkim, bu za`faron birla tabassum qilmading.
Orzu qildim hadising — aylading qatlimg`a hukm,
Ul dog`i erdi ishoratkim, takallum qilmading.
Elga jon bermak sanga dushvor kelsa, tong emas,
Senki to jon olmading eldin, tana`um qilmading.
Ey ko`ngul, andinki avval dud erur, andin so`ng o`t,
Ishq aro Farhodu Majnung`a taqaddum qilmading.
Ey qazo hukmig`a ojiz, bu sifat mahkum o`lub,
Farq atvorida hech ish juz tahakkum qilmading.
Tushkali ul guldin, ey bulbul, Navoiydek yiroq,
G`ayri dilkash lahnu jonparvar tarannum qilmading.

342
Bu ne husnu noz erurkim, intihosi yo`q aning,
Bir nafas yo`qkim, ko`ngulda yuz balosi yo`q aning.
Xoli hijronida tim-tim yerga tomgan qon yoshim,
Har biri bir lolasdurkim, qorosi yo`q aning.
Ko`nglum andoq to`ldi qon birlaki, chiqmas nolasi,
Boda to`lg`an jom yanglig`kim, sadosi yo`q aning.
Zohir etti xasta ko`nglum yorasi og`zida qon,
Kim bag`ir xunobidin ayru g`izosi yo`q aning.
Qullug`ung dog`in qo`yub, ko`nglumni g`amdin sotqun ol
Kim, bu naqdi qalbdin ortuq bahosi yo`q aning.
Ganji ishratdur arusi dahr vasli, ohkim,
Anbarin zulfidin o`zga ajdahosi yo`q aning.
Hajr o`qi zaxmin Navoiy bog`lamish boshtin ayoq,
Yo`q esa jismin yopar chog`liq lnbosi yo`q aning.

343
Toza dog` atrofida jismimda tim-tim qon ko`rung,
Dardu g`am tog`ida, vah-vah, lolai nu`mon ko`rung.
Nafy kilg`anlar qurug` jismim haloku za`fini,
Tang`a ko`nglumdin tiralgan har taraf paykon ko`rung.
Xalq yig`lab tufrog`im boshida yuz hasrat bila,
O`qlarni har yen tanym omochida xandon ko`rung.
G`am tuni yummas ko`zum davrinda kirpik xaylini
Saf chekib, ko`zning qorargan holig`a hayron ko`rung.
Ishqin etkanlar havas, iynak bu tuhmatdin meni,
Bog`lanib bo`ynum fano bozorida, uryon ko`rung.
Charx bahri naqdini qnlgan tamanno zarralar,
Mehr g`avvosin bu igrim ichra sargardon ko`rung.
O`qlaridindur Navoiy jismi mehnat gulbuni,
Gullar nynak toza qonlig` dog`idin har yon ko`rung.

344
Gar jafo qil, gar vafokim, dilistonim sen mening,
Gar meni o`ltur vagar tirguzki, jonim sen mening.
Xohi ra`no qad bila borgil yonimdin jilvagar,
Xohi kel qoshimgakim, sarvi ravonim sen mening
Ko`nglum ichra sensenu ishqing ne dey holim senga,
Chun bu yanglig` mahrami rozi nihonim sen mening.
Jilva aylab har zamon, afg`onu ohim qilma ayb,
Ham sen-o`q chun boisi ohu fig`onim sen mening.
La`lidin bir-ikki so`z mazkur qil, ey xasta jon,
Bori bu bir-ikki damkim, mehmonim sen mening.
Telbalardin garchi rad qilding meni, lek anglag`il
Kim, pariy ruxsoralardin tanlag`onim sen mening.
O`ldi mehringdin Navoiy, bevafo debsen ani,
Ertagi nozuk mizoji badgumonim sen mennng.

345
Bog` ichra chu garm bo`ldi bozoring,
Yuz vajh ila bo`ldi gul xaridoring.
Yo gul chu xayol qildi yig`ingni,
G`ayratdin anga o`t urdi ruxsoring.
Qadding bila sarv qilsa sarkashlik,
Tushkan quyi boshi, ko`rsa raftoring.
Zulfungkim, erur tugun-tugun go`yo,
El bo`ldi birin-birin giriftoring.
Nargis kebi sarg`arib aso tutqan,
Ko`ptur qora ko`zlar ichra bemoring.
Qil boru yo`qung fidosi, ey ko`nglum,
Garchi teng erur anga yo`qingu boring.
Deding: seni o`lturay — xud o`lturdi,
Yo`q biymi halok, lutfi guftoring.
Ey mug`bacha, kufr tarki jurmumg`a
Bo`ynumg`a taqarga yaxshi zunnoring.
Gar qaytmasa Navoiy o`lturkim,
Dayr eshiki chor cho`bidur doring.
Yuz vajh ila bo`ldi gul xaridoring.
Yo gul chu xayol qildi yig`ingni,
G`ayratdin anga o`t urdi ruxsoring.
Qadding bila sarv qilsa sarkashlik,
Tushkan quyi boshi, ko`rsa raftoring.
Zulfungkim, erur tugun-tugun go`yo,
El bo`ldi birin-birin giriftoring.
Nargis kebi sarg`arib aso tutqan,
Ko`ptur qora ko`zlar ichra bemoring.
Qil boru yo`qung fidosi, ey ko`nglum,
Garchi teng erur anga yo`qingu boring.
Deding: seni o`lturay — xud o`lturdi,
Yo`q biymi halok, lutfi guftoring.
Ey mug`bacha, kufr tarki jurmumg`a
Bo`ynumg`a taqarga yaxshi zunnoring.
Gar qaytmasa Navoiy o`lturkim,
Dayr eshiki chor cho`bidur doring.
346
Qaysi anduh o`tikim, kuygan tanimg`a urmading,
Ne balo toshiki, sing`an boshima yog`durmading.
Ne yomon umr erdikim, kelding chu za`fim so`rg`ali,
Aylaguncha jon nisori maqdaming ham turmading.
Jon kebi kelding va lekin iztirobidin ko`ngul,
O`lturushquncha dog`i boshim uza o`lturmading.
Har sari mo`yum zaboni hol ila yolbordilar,
Mo`-bamo` anglab o`zungni, bizga ham kelturmading.
Chunki chiqting — chiqti jonim, ne iyodat erdi bu,
Qatlim etting, xasta jonimg`a davo yetkurmading.
Bog` aro, ey sarv, ham sarsabzsen, ham sarfaroz
Kim, nechukkim, nastaran bir xasqa bosh indurmading.
Ey Navoiy, qilmading xoli ko`ngulni g`ussadin,
To qadahni uylakim ko`nglung tilar to`ldurmading.

347
Yo qoshingg`a qatl uchun ziynat farovon aylading
Kim, ham etting lojuvardi, ham zarafshon aylading.
Buyla ikki yo uchun soz aylabon kirpikdin o`q,
G`amzalar neshidin ul o`qlarg`a paykon aylading.
Naqdi sabrim g`unchadek og`zingda qilg`andek nihon,
Xurdai ishqingni ko`nglum ichra pinhon aylading.
Olloh-olloh, to ne fikr ettingki, la`lu g`amzadin,
Birni jonbaxshu birini ofati jon aylading.
Gul to`kuldi, sarv ham yeldin taharruk qilmadi,
Bog` aro to yuz ochib, qadni xiromon aylading.
Ne ajab, ey gul, iching qon etsa gardun laxt-laxt,
Baski, bulbul ko`nglini g`unchang kebi qon aylading.
Ey Navoiy, yor agar qovdurdi andin, anglakim,
Ko`yida o`tgan kecha haddin ko`p afg`on aylading.

348
Xastadur jonim mening, to bordi jononim mening,
Bo`lmasun gar borsa jononim mening, jonim mening.
Gul to`kulmish sug`a, bormish sarv o`zidin go`yiyo,
Chehra ochmish bog` aro sarvi xiromonim mening.
Daf`a-daf`a qon aro jismimdadur bir-bir tugan,
Lolaedur go`yiyo har dog` ila qonim meniig.
Tilga olmish telba ko`nglumni yana xayli raqib,
Qolmish itlar og`zida majnuni uryonim mening.
Men ang`a hayronu el ming zaxm ursa bexabar,
Bexabar zaxm urg`uchilar dog`i hayronim mening.
Xalqdin pinhon meni mast ayla shoyad, ey rafiq,
Sokin o`lg`ay shammai bu dardi pinhonim mening.
Ey Navoiy, bo`lmasa bir piri komil himmati,
Ul yigit bedodidin yo`q maxlas imkonim mening.

349
Eyki, husn ahlig`a nozu sheva ta`lim aylading,
Ishvayu noz aylabon bir-birga tafhim aylading.
Har kishi ilgiga sendin bir diramdek dog`i bor
Husni mulki sochiqin go`yoki taqsim aylading.
Bizni ta`xir etting, aylarda vafo ushshoqinga
Lek javr og`oz qilg`an chog`da taqdim aylading.
Chun yetishtim ollingg`a, qo`ptung vale o`lturgali,
Ey fido jonim sangakim, yaxshi ta`zim aylading.
Hajr zahrig`a meni taxsis etpb ahbob aro,
Vasl no`shin ul jamoat ichra ta`mim aylading.
Xonaqah shayxiyu yuz ming qayd tinding, ey ko`ngul,
O`zni chun dayri fano pirig`a taslim aylading.
Ey Navoiy, yo`q haram ehromida emdi qusur,
Kim, ko`ngulga g`ayrning yodini tahrim aylading

350
Ishq sirrin hajr asiri notavonlardin so`rung,
Aysh ila ishrat tariqin komronlardin so`rung.
Bizga juz mehru vafo oyini bo`lmaydur nasib,
Bevafolig` rasmini nomehribonlardin so`rung.
Bizni davron mehnati ham ojiz etmish, ham qari,
Husn ila quvvatni ra`no navjuvonlardin so`rung.
Bedil el diljo`yluq yo dilshikanlik rasmini
Fahm qilmaslar, bu ishni dilsitonlardin so`rung.
Nek nom el ishq aro badnomlig`lar shevasin
Yaxshi bnlmaslar, ani bizdek yomonlardin so`rung.
Fardliq zavqini so`rmang shavkatu joh ahlidin,
Ul suubat lazzatin bexonumonlardin so`rung.
Ajz tufrog`ida ishq ahlig`a o`lgan hukmi bor,
Qatl hukmi aylamakni qahramonlardin so`rung.
Bilmadi maqsudi ganjining nishonin ahli rasm,
Gar so`rarsiz, ani benomu nishonlardin so`rung.
Chun Navoiy ishq sahrosida itti, do`stlar,
Ani ul yondin yetishgan korvonlardin so`rung.

351
Do`stlar, gulshan aro sarvi ravonimni tilang,
Topibon keltursangiz, muzdig`a jonimni tilang.
Buki bedillig`din o`lgumdir, ilojimni tilab,
Chunki topmaysiz, boshimg`a dilsitonnmni tilang.
Bo`lgucha nomehribonim furqatida mehribon,
Mehribonlig` aylabon nomehribonimni tilang.
Ne tilarsiz telbarab itkan ko`ngulni bog` aro,
Qo`yida devonai bexonumonimni tilang.
Qatlim istar dushmanim hijronidur, gar bilsangiz
O`lganimni hajridin, zinhor qonimni tilang.
Og`zi hajridin agar bo`lsam adam, ziphorkim,
Benishonlig` kishvari sari nishonimnn tilang.
Ey xarobot ahli, yetmaydur qadahdin nash`ae,
Ul xarobotiy harifi nuktadonimni tilang.
Sovusa Farhodu Majnun qissasidin ko`nglunguz,
Bas, mening ishq ichra o`tluq dostonimni tinlang.
Chun Navoiy o`ldi g`amdin, ey sitamgarlar, ne sud,
Joni zorim yo`qsa, jismi notavonimni tilang.

352
Qilmadi vasl ichra bedod uzra bedoding sening,
Ulcha qildi furqatingda dam-badam yoding sennng.
Qaysi sohirkim dedikim, Somiriy shogirdimen,
Dedi g`amzangkim, erur shogirdim ustoding sening,
Angla Shirinikim, ne sen ma`shuqluqda oncha sen,
Ne bor erdi mencha oshiqlikda Farhoding sening.
Soya ermas, bog`bonkim, gulruxum qaddin ko`rub,
Ozibon hushi, yiqilmish sarvi ozoding sening.
Uyqug`a itlar uni gar moni` erdi, ey ko`ngul,
Emdi qo`ymas uyqug`a itlarni faryoding sening.
Chun fano matlub erur solikka bil, ey shayxkim,
Kufr erur zuhdi riyoyi ichra irshoding sening.
Ey Navoiy, mehnatu g`amdin qochar bo`lsang, kerak
Bo`lsa maylig` tang, su qursi gazak zoding sening.

353
Shomi hajrim ko`rdung, ammo zulm tarkin tutmading,
Va`dai sham`i visol etting, vale yorutmading.
Va`dai vasling ilig bergay deb ashkim bo`ldi bahr,
Chunkim ul daryo aro g`arq o`ldum — ilgim tutmading.
Vasl no`shidin ko`ngulni qilmading bir lahza xush,
Hajr zahri biymidin yuz qatla to qo`rqutmading.
Otashin gul g`unchasidek o`rtading ko`nglumni, lek
Ochibon ani nasimi vasldin, sovutmading.
Donai ashkimgakim rom o`ldi hijron qushlari,
Ey ko`ngul, bir kun fig`oningdin ani urkutmading.
Xasta ko`nglumkim, g`amu xunoba qilding qismati,
Bu g`izoyu sharbat ul bemordin o`ksutmading.
Vodai vaslin g`animat tut, Navoiy, zinhor
Kim, ne qonlarkim, bu gulgun suni istab, yutmading.

354
Yana ishq o`tin xasta jonimg`a urdung,
Balo barqini xonumonimg`a urdung.
Fano shu`lasin zor ko`nglumga solding,
Sharorin tani notavonimg`a urdung.
Qizil hoshiya diklayingda emaskim,
Etak qatl etar chog`da qonimg`a urdung.
Fatila edi anda paykoni marham,
Qayu o`qki, zaxmi nihonimg`a urdung.
Yana yonima yetti filhol rohat,
Agar tig`i bedod yonimg`a urdung.
Ushalsun debon naxli ummidim, ey ashk,
Ajab jolalar bo`stonimg`a urdung.
Ko`rub boshta zaxmim dedi, ey Navoiy,
Magar g`am tuni ostonimg`a urdung.
Balo barqini xonumonimg`a urdung.
Fano shu`lasin zor ko`nglumga solding,
Sharorin tani notavonimg`a urdung.
Qizil hoshiya diklayingda emaskim,
Etak qatl etar chog`da qonimg`a urdung.
Fatila edi anda paykoni marham,
Qayu o`qki, zaxmi nihonimg`a urdung.
Yana yonima yetti filhol rohat,
Agar tig`i bedod yonimg`a urdung.
Ushalsun debon naxli ummidim, ey ashk,
Ajab jolalar bo`stonimg`a urdung.
Ko`rub boshta zaxmim dedi, ey Navoiy,
Magar g`am tuni ostonimg`a urdung.
355
Jon olurda jism zor erkanni bilmasmu eding!
Qon to`karda jon figor erkanni bilmasmu eding!
Nola jurmi birlakim, jonimni olding, nolishim
Sensizin beixtiyor erkanin bilmasmu ednng!
Qilding el mehrin sanad qatlimga, yo`qsa jon aro,
Sirri ishqing ustivor erkanni bilmasmu eding!
Tuhmati bemehrlig` qildingki, bilgach o`lgamen,
Yo`qsa, mehring jong`a yor erkanin bilmasmu eding!
Vaslinga yetkurmagan zulm erdi, vah, yo`qsa ko`ngul
Furqatingdin beqaror erkanni bilmasmu eding!
Oshiq o`ldung, ey ko`ngul, qilma fig`on bedodidin,
Ishq aro yuz muncha bor erkanni bilmasmu eding!
Ey Navoiy, gar ko`ngul ishqingni yoydi, tong emas,
Nuktasi devonavor erkanni bilmasmu eding!

356
Nigor erkin bukim, barmog`laringdin oshkor etting,
Vayo oq kilklarni zeb uchun naqshu nigor etting.
Yuzungda xol g`avg`osi aro gulguna zebidin,
Ko`zung jayronlari o`ynarg`a go`yo lolazor etting.
Shah o`ldung, ey mahi mahmilnishin, shahring sening urdu,
Bu ma`nidin saropardangni tegrangda hisor etting.
Magar qonlig` ko`ngulning qushlaridur yondoshib uchqan,
To`nungda tugmakim, yoquti ahmardin qator etting.
Ko`ngullarning qorarg`an ro`zgori chun soching erdi,
Tarab ani, ko`ngullarni parishonro`zgor etting.
Yungin yulg`an kabutardek bari ajzosi ko`nglumning
Tushuklardur, magar ignang bila ani figor etting.
Magar gulrang maydin erdi yo gulgunadin bukim,
Yuzungni gulgul aylab, ko`nglum ichra xor-hor etting.
Netib ko`ngli qushi chiqqay Navoiyning sochingdinkim,
Chu sen ul to`rga bo`ynin, ayog`in ustuvor etting.

357
Dudi ohimning quyuidek pech ila tobin ko`rung,
Tiyra hajrim oqshomining bahri girdobin ko`rung.
Qushkim ul oydin keturmish noma, har tirnog`idin,
Choklar bo`lgan ko`ngul elturga qullobin ko`rung.
Hinduni sohirdurur davri zanaxdonida xol,
Tavqi g`abg`ab shaklidin bir aksi mehrobin ko`rung.
Ishq o`ti tug`yonndin jonimki, bo`lmish tashnalab,
Daf`ig`a ul oyning ikki la`li serobin ko`rung.
Olmag`an bo`lsa chuchuk jonim labi birla ko`zi,
Ham shakarxandig`a boqing, ham shakarxobin ko`rung,
Soliki mahrumkim, matlubidin to`lmish jahon,
Olloh-olloh, jonin o`rtar dardi noyobin ko`rung.
Yor ko`yin istab, o`zlukdin Navoiy bo`ldi fard,
Ka`ba ehromig`a isti`dodu asbobin ko`rung.

358
Bo`ldi qotil ko`z bila zulfi siyahkori aning,
Kofiri masteki, bir yon tushti zunnori aning.
Istasang Layliyu Majnun husnu ishqidin misol,
Men nazirimen munung, yorim namudori aning.
Ko`rdi ul gul hajridin ko`nglum shikofin andalib,
Bilmon, afg`on qildi yo chok o`ldi minqori aning.
Qo`yma marham tig`i zaxmig`a ko`ngulda, ey rafiq,
Chiqsa jon ham, chiqmasun ko`nglumdin ozori aning.
Ko`ksum uzra dog`lar bo`ynumda zulfi toridur,
Toki mushkin rishtag`a tortildi tumori aning.
Qo`yma qasring soyasindakim, bu ohu ashkdin
Ham qora bo`ldiyu ham nam chekti devori aning.
Dayr ko`yining gadoyimenki, olam shohidur
Mastlig` vaqtida bir oshufta xummori aning.
Jom tutkim, tarhini qilg`an zamon naqqoshi sun`,
Qildi g`am naqshini xorij davri pargori aning.
Ey Navoiy, la`li jonbaxshi manga bo`lsa nasib,
Tong emas, har lahza yuz jon qilsam iysori aning.

359
Yana, ey ishq, guli ruxsorin oshubi chaman qilding,
Hazin bulbul tanig`a har biridin bir tikan qilding.
Ko`ngulni telba aylab qaydig`a har yon oqar sudin,
Chaman zanjiri gesusinda yuz chinu shikan qilding.
Sahob atfoli jola toshlarin yog`durg`ali, ey gul,
Pariy yanglig` zuhur aylab, junun bulbulg`a fan qilding.
Rayohin xaylini chekmakka yer zindonidin go`yo,
Bulut ayyoridin har qatra torin bir rasan qilding.
Niholi gul nishiman gulshan etting go`yi, ey bulbul,
Firoq ichra tikandin bistaru xasdin vatan qilding.
Yuzung sham`ida shabnam, yo`qsa terdur, soqiyo, vahkim,
Ul anjumdin shabiston ichra qatli anjuman qilding.
Chamanda mast yeldin, vahki, har yon xam bo`lur guldek,
Zamone jilva aylab, bizni rasvoyi zaman qilding.
O`luk deb ujbdin zohid anga xilvatni go`r aylab,
Hamono pardai pindorin, ey gardun, kafan qilding.
Navoiy, qayda g`am sayli yana ko`nglung uyin buzg`ay
Ki, aylarda imorat anda balchiqi durddan qilding.

360
Latofat oyi ul yuz, shomi savdo sunbuli tobing,
Soch uzra gardi yazdiy me`jar ul shom uzra mahtobing.
Ko`ngullar xaylig`a xush-xush kirarga shohroh o`lmish,
Tarog` chekkan zamon yo`l-yo`lki bo`ldi sunbuln nobing.
Bezarda orazing mashshota hayvon chashmasi ichra,
Tushub gulguna gulgun qilmish, ermas la`li serobing.
Ipaklarkim, eshiisen jismlar zaxmi uchun go`yo,
Muqayyad qilg`ali jonlar qushin ham uldur asbobing.
Ulusni sajdaga targ`ib etarga Xizri rah bo`ldi,
Demasmen vo`smaliq qoshingki, minorang mehrobing.
Uchi xam igna birla ko`z duosin boshqa osqandin,
Yomon ko`z tegmasun, bo`ldi ko`ngul chekmakka qullobing.
Keturgil raz qizin, soqiy, mug`anniy, nag`mae tuzgil
Ki, ul ko`ktin keturgay Zuhrani afg`ong`a mizrobing.
Tunu kun jilva qilma, ey arusi dahr, bilmishmen
Ki, mehnat subhi bo`lmish qoqumung, g`am shomi sinjobing.
Navoiy, ofiyat istar esang, qo`y dahr zolinkim,
Harif ermastur ul makkorag`a bu jismi betobing.

361
Gulruxekim, jon arodur xor uza xori aning,
Xor-xoridindur ozor uzra ozori aning.
Uyla zulfungdin muqayyaddur ko`ngulkim, degasen,
Yuz tugun solmish bu qush bolig`a har tori aning.
Ko`rsa vayronim qayondin el yiqilg`ay, sog`inur
Ichkari yemrulgudektur garchi devori aning.
Tarh qilg`anda uzoring davrini naqqoshi sun`,
Teng emish xurshid davri birla pargori aning.
Dema og`zi vasfida so`z deki, maxsus o`lmamish,
Ne o`zini vahm aro hargiz namudori aning.
Vasldin ulkim asar istar talab vodiysida,
Topqay ar topilmag`ay hijrondin osori aning.
Ne humoyun yerdur, ey solik xaroboti fano,
Kim baqo vajhin ko`rar, jon ichra xammori aning.
Kim vafolig` yor ko`rdi, xurram o`lsun oshiqi,
Kim vafo qilg`ay jafogarlikda bir yori aning.
Sihhat o`lg`aymu Navoiyg`aki, yuz dilxastani,
Kechalar uyqug`a qo`ymas nolai zori aning.

362
Do`stlar, gar do`st qatlim istar o`lsa, o`lturung,
Siz agar rahm etsangiz, dushmanlarimg`a topshurung.
Istasa yuz hajr o`ti jonimg`a yetmak, ishqida
Budurur komim debon, arzig`a aning yetkurung.
Gulshani umrumni vayron istasa, ey dardu ishq,
Anda har komu farog`at naxli bo`lsa, sindurung.
Kelmasa qasri hayotim ko`ngluga xush, yonchibon,
Zulm toshin yog`durub, gardung`a gardin sovurung.
Bu jafolardin kechib ko`ngli vafog`a qilsa, mayl,
Zinhor ul mujdani jonim borinda kelturung.
Kimsaga bermang ko`ngul, gar bersangiz, ey ahli ishq,
G`ayri gar xud jon erur, tan mulkidin anii surung.
Chun Navoiy ayladi ishqu fano dashtig`a azm,
Qaytib, ey dardu balo, tengriga ani topshurung.

363
Qat` qilg`uncha riyo dashti aro yuz ming olong,
Tashlab o`zlukni, qadam dayri fano jonibi mong.
Ishq sargashtasi sayrig`a ne hojat markab,
Po`ya qilmasmu quyunning ayog`i bo`lsa yalong.
Kulli maqsudg`a ul yetti bu yo`l sayrinda
Kim, tobonig`a tikan bo`ldi yana bir ultong.
Xonaqah shayxidin el sirri fano anglamadi,
Dayr niri ani xub anglatur elga, anglang.
Ko`p sovug`luq kerak o`lmoqqa ko`ngul mahzi riyo,
Bahr muz bog`lamag`ay, bu yuzini tutmasa song.
Chunki novmid emas rahmatidin gabru juhud,
Jurmu isyon bila bizga bu umid o`lsa, ne tong.
Chiq, Navoiy, qariding, hurmat ila maykadadin,
Sudraturlar, kishi chiqmaslig` etib bo`lsa qoshong.