www.uz
LOM-ALIFNING  LOLARUXLARINING  LOBASI FAVOYIDDIN

573
Nigorimg`a bedod fan bo`ldilo,
Diloro dedim, dilshikan bo`ldilo.

Chiqardi chu xat husni gulzoridin,
Manga qism barcha tikan bo`ldilo.

Yuzi lolasi hajridin ko`nglakim,
Sirishk ichra qonlig` kafan bo`ldilo.

Yoshim anjumin sochibon g`am tuni,
Yuzi sham`i har anjuman bo`ldilo.

Hadangeki, har kimga otti sipehr,
Nishoni bizning jonu tan bo`ldilo.

Falakning yangi g`amlarig`a maqom,
Bizing eski baytul-hazan bo`ldilo.

Vafo va`da qildi, dedim qilmag`ung,
Navoiy, hamul men degan bo`ldilo.

574
Soqiyi ishq, chunki urdi salo,
Tutmadi elga g`ayri jomi balo.

Elga gar jur`a tutti, gar qatra,
Manga yetkanda davr quydi to`lo.

Joni erkandurur aning bu mayi
Ki, bizning ko`nglumizga berdi jilo.

Emdi jomi to`layu gar xoli,    
Biz anga bandabiz xaloyu malo.

So`ngra tutti mudom sog`ari may,
Piri mayxona domi izzu alo.

May bila ko`nglum o`ldi uyla masal
Ki, topilmas aning kebi, masalo.

Gar Navoiyg`a avval ayladi lutf
Dilbari, so`ngra zulm ayladilo.