www.uz
LOM  HARFINING LU`BATLARINING LATOYIFI FAVOYIDDIN

364
Ishqini tark et deding, xurshidi raxshondurmu ul,
Husnidin, dersenki to`yg`il, mohi Kan`ondurmu ul?

Yuz quyoshida berur jon elga la`li, ey Xizr,
Istama zulmati zulfin, obi hayvondurmu ul?

Onsiz ermasmen zamone, lek ul paydo emas,
Vahki, bilmon yo ko`ngul, yo jonda pinhondurmu ul?

Ko`zlari qatl  aylar islom ahlin, ey g`ofil ko`ngul,
Rahmkim andin tama` qilding, musulmondurmu ul?

Bahri ashkim ichra, ey g`avvoskim, yig`ding guhar,
Buki qa`rin istading, daryoyi Ummondurmu ul?

Tutti bir tog` go`shasin Farhod, ani mendek demang,
Hajr dashtida aloxonu alomondurmu ul?

Vahshu tayr o`lmish ramida mendinu Majnung`a rom,
Men kebi devonani rasvoi nodondurmu ul?

Ko`ngluma onsiz bir o`tdurkim, yomon o`rtar  meni,
Anglamon, do`zax o`ti yo so`zi hijrondurmu ul?

Charx ko`nglum gulshanida ochti muhlik g`uncha ko`p,
G`unchadurmu,  yo`qsa,  zahrolud paykondurmu ul?

Dahr bazmida, damo-dam soqiyi davron tutar,
Boda, bilmon, la`lgun maydurmu yo qondurmu ul?

Ey Navoiy, dardlig` nolang qilur elni halok,
Aytqil, suri qiyomat, yo`qsa afg`ondurmu ul?

365
Yor qutlug` yuzidin qoldi chu mahrum ko`ngul,
To nelar boshima kelturgusidur shum ko`ngul.

Yor bordi, ko`ngul andin burun itti go`yo,
Bir nima yordin aylab edi ma`lum ko`ngul.

Davr zulm aylaru, davr ahliyu davr ofati ham,
Necha zolimg`a asir o`lg`usi mazlum ko`ngul.

Rahmat ul kofiri qotilg`aki, bedod chog`i,
Rahm qilmas, nechakim, bor esa marhum ko`ngul.

G`uncha og`zi aro vahm etsa ul oyning og`zin,
Topqusi doirai nuqtai mavhum ko`ngul.

Ko`p vafo istadiyu topmadi eldin go`yo,
Kim, vafodek o`zini ayladi ma`dum ko`ngul.

Yor mavzun qadi vasfida Navoiy yanglig`,
Nazm javharlarini qilg`usi manzum ko`ngul.

366
Tunu kun ul oy xayoli birla men oshuftahol,
Bir xayol aylab meni shaydoyu elga yuz xayol.

Tongdin oqshomg`acha g`am tog`in qozib Farhodvash,
Kecha tong otquncha dasht uzra ozib Majnun misol.

Olam ahli ohu nolam istimo`idin malul,
Ko`ngluma olam eli bedodu zulmidin malol.

Qilmag`an jurmumg`a, tortib charx tig`i intiqom,
Bu balog`a chora topmoqqa topilmay ehtimol.

Men balokashmen, manga bazm ichra hijron zahri bas,
Soqiyo, ayshu nashot ahlig`a tut jomi visol.

Mehr rasmin, ey ko`ngul, davron elidin istama,
Ul quyoshqa negakim yetmay kamol, o`lmish zavol.

Gar Navoiy telbarab javringdin itti, ey pariy,
Ul nechakim ishq aro bordi yomon, sen yaxshi qol.

367
Kuymagim  ko`r, ishq o`tining ishtiolin so`rmag`il,
O`lmakim boq, hajrining dardu malolin so`rmag`il.

Demagilkim, ul pariy hajrinda ko`nglung holi ne,
Telbakim g`am dashtida barq urdi, holin so`rmag`il.

Eyki, dersen: hajr za`fida xayoling ne ekin,
Za`fdin ulkim, xayol o`ldi, xayolin so`rmag`il.

Hajr yuz o`tlosh balo zindonig`a solmish meni,
Buyla mahbasdin qutulmoq ehtimolin so`rmagil.

Men o`lub labtashnayu la`li labing obi hayot,
Bu gado komin berur bo`lsang, savolin so`rmag`il.

Ishq dashti ichra itkondin xabar ma`lum emas,
Ul taraf ovora bo`lg`anning maolin so`rmag`il.

Vasl ummidi birla yuzlandi Navoiy ko`yinga,
Qatl qilsang qilg`il, ummidi muholin so`rmag`il.

368
Sen eding ko`nglum aro, har nscha chok ettim ko`ngul,
G`unchadekkim, har qayon ochildi zohir bo`ldi gul.

Ko`ksi ichra otashin gul g`unchasining naqshidur,
Bulbuli bedilg`a go`yokim emas o`tlug` ko`ngul.

Bu chamandin yel uchurub gulni, bulbul qolg`ani
Rost  andoqturki qolg`ay, chunki shu`la o`chsa, kul.

Qon yutub bir gul g`amidin o`lganim yod aylasun,
Gul chog`i har kimki, bir gulrux elidin ichsa mul.

Oy ila xurshid ato birla apo bo`lsa sanga,
Qul dodakdin hosil o`lg`andek turur mirzo o`g`ul.

Sayli ashkimdin o`targa ojiz o`lsang keskamen
Bog`i umrin shoxsorin qilgali omoda pul.

Ey Navoiy, sen ne had birla anga qul bo`lg`asen
Kim, beganmas aylamakka  Yusufi misriyni  qul.

369
Tarki ishqin qilg`ali jon bo`ldi jonondin xijil,
Ko`z ko`nguldin, bal ko`ngul ham ko`nglum olg`andin xijil.

Novaking yetkach o`luk jismimga, toptim infiol,
Naqdsiz andoqki topqay o`zni mehmondin xijil.

Dinu imonimni toroj  etti  ammo bormen,
Ey musulmonlar, hanuz ul nomusulmondin xijil.

Hajrida ko`r o`lmag`an ko`zni qizartur qon yoshim.
Ne qizormoqturki, ermas dardi hijrondin xijil.

Ne uchun Farhodu Majnun tog`u dasht aylar vatan,
Gar emaslar men aloxonu alomondin xijil?!

Do`st lutfi bo`lmasa, do`zax manga yuz qatla hayf,
Buylakim mahsharg`a kirgum jurmu isyondin xijil.

Kunduz ul ko`y ichra topilmas Navoiykim, erur,
Kecha tong otquncha chekkan ohu afg`ondin xijil.

370
Ham jahonoro jamolidin guli ra`no xijil,
Ham guli ra`nosidin Bog`i jahonoro xijil.

Oncha bor ul ko`y aro rasvolig`imkim, bo`lmisham,
Barcha rasvolar aro men telbai rasvo xijil.

Nega itmishlar Masihu Xizr agar qilmaydurur,
Birni ruhafzo labi, birni xati xuzro xijil.

Tig` ul qotil surardakim tushar boshim quyi,
Men qilichidin xijilmen, ul emas qat`o xijil.

Demangiz, ollida  vasli  muddaosin  aytkim,
Yo malul o`lmoq kerak bu muddaodin, yo xijil.

Bo`ldi ruhullah bu eski dayrdin ulviy xirom,
Ne uchunkim, qon to`kardin bo`lmas ul tarso xijil.

Chun Navoiy o`lmadi sensiz, xijolat ichradur,
Yo`qsa sihhatdin emas ul bedili shaydo xijil.

371
Kirdi tufroqqa hilol, ochti to`lun oyg`a jamol,
O`n to`lun oyning qirog`idin chu olding o`n hilol.

Su bila sham` uchini har lahza olding yorudi,
Shu`lani garchi su birla ravshan etmakdur mahol.

Elni tez aylabki, o`tdin su chiqarding turfadur,
Lek tufrog`i aning ko`zlarga berdi iktihol.

Yo`qdin etting bor har dam yuz Masihi ruhbaxsh,
Lek unsurdin mujarrad barchasi javharmisol.

Turfadurkim, o`t aro ekting niholu kuymadi,
Turfaroqkim, ochti gul, garchi hadang erdn nihol.

Ko`z alam to`lgandakim, ko`z tutmak o`lmas juz alam,
Ani tutqilkim, alam xaylini aylar poymol.

Bu g`azalning maqta`in matla` xayol etgan kishi,
Ey Navoiy, shoyad etkay fahm sen qilg`an xayol.

372
Yor hajri xohi bir kun, xoh yuz yil, ey ko`ngul,
Zahrdin bir qatrayu daryoni teng bil, ey ko`ngul.

Chunki onsiz o`lgung, ushbu damki ayrilmoqqadur,
Bori ul orazg`a o`lguncha nazar qil, ey ko`ngul.

Har qayon borsa, chu ul qotildin ayrilmas raqib,
Xoh sen qotil anga, xoh andin ayril, ey ko`ngul.

Oyu yil devonayu mast o`lmog`ingdin to`ymading,
Yilchilay ul oy borur, bir lahza ayil, ey ko`ngul.

Oshiq o`lsa shohu ma`shuqi gado lozimdurur,
Ul niyoz etmas ayon bu noz bilgil, ey ko`ngul.

Ajdaholar  ishq dashtida  kirardindur zabun,
O`t tutoshubtur bu vodiy nchra yong`il, ey ko`ngul.

Ishq tig`i gar Navoiy ko`ksini chok ayladi,
O`lmayin netkung durur, bir lahza ochil, ey ko`ngul.

373
Yog`ligin eykim, tikarsen, igna  mujgonimni qil,
Naqsh etarda tori  aning rishtai  jonimni qil.

Istasang torin qizil yoxud qora qilmoqqa rang,
Ko`z qorasin hal qilib, ko`zdin oqar qonimni qil.

Gar desang har yon qizil gullar qilay nusxat anga,
Ko`ksim ochib, toza qonlig` dog`i hijronimni qil.

G`unchalar gul yonida tikmak tahayyul  aylasang,
Anga  nusxat ko`ngul otlig` zori hayronimni qil.

Gar desang har yon pariy shakli namudor aylayin,
Vah, ne nav` aytay, vale manzur jononimni qil.

Qilsang ul yog`lig` aro bir she`r ham yozmoq havas,
Anda har yon naqsh bu nazmi parishonimni qil.

Ey Navoiy, kimki bu yog`liqni tiksa yor uchun,
Muzdi  jonim javhariyu naqdi imonimni qil.

374
Yana firoqida har kun erur manga yuz yil,
Valek har kechasin necha kundin ortuq bil.

Desangki o`lturayin, ey firoq, jismimni
Chu za`fdin topa olmang, o`luk tasavvur qil.

Men o`ldum, ey ko`ngul, ul dilrabodin ayrilma,
Gar andin o`zga sevar joning o`lsakim, ayril.

Tanimni garchi g`aming tig`i etti yuz pora,
Bu shukr adosiga har birni, istaram, bir til.

G`amingda lola kebi chok ko`nglakim bo`lmish,
Firoq dudiyu ko`z qonidin qorayu qizil.

Chu topmogung bu chaman g`unchayu gulida vafo,
To`kulma g`uncha kebi, lek gul masallik ochil.

Navoiyo, nega aflok murtafi` bo`lmish,
Agar g`amimdin emas, vazn kaffasida yengil!

375
Ey, qading sham`u yuzung sham` uza gul,
Sham`ning dudi muanbar kokul.

Dam-badam ichmas esang gulgun may,
Ne uchun orazing o`lmish gulgul.

Yuzda xoli labing ul hindu erur
Kim, nchar xirmani gul ustida mul.

Mengakim ul qad ila zulf kerak,
Netayin savsanu naylay sunbul.

Otashin gulga vafo chun yo`q emish,
O`zni ko`p o`rtamagil, ey bulbul.

Oqibat yerga kirarsen gar xud,
Bo`lsa ko`k atlasi raxshing uza jul.

Ey Navoiy, qadam urmoq bo`lmas,
Rahnamoy o`lmasa hodiyi subul.

376
Azm o`lsa xayolingg`a, ko`nguldur anga mahmil,
Osoyish agar istasa, ko`z chashmasi manzil.

Ey ishq, netib ul qora ko`zni ko`rayinkim,
Ko`zning qorasin hajrida ashk ayladi zoyil.

To bo`ldi sening husnunga oshiq uza oshiq,
Ish bo`ldi mening ko`ngluma mashkil uza mushkil.

Ul ko`z olur el jonin o`g`urluq bila, vahkim,
Boqmas bu taraf, tutsam o`zumni necha g`ofil.

Yodi bila behushlug`um daf`ini qilmang,
Devoridin ul ko`yning ar bo`lmasa kahgil.

Ey mug`bacha, oshiqmenu durdikash, etib rahm,
Ne yuzunga, ne jomg`a qil pardani hoyil.

O`zlukni fano o`tig`a kuydurdi Navoiy
Kim, savmaadin xorij erur dayrg`a doxil.

377
Ul shayxki, minbar uza afsung`a berur tul,
Shaytondur o`zi, majlisining ahli suruk g`ul.

G`aflatdin  agar va`z ila uyg`otsalar elni,
Ul aylar uyutmoq uchun afsonag`a mashg`ul.

Boshtin ayog`i minbarining poyasi doston,
Ham o`ziyu ham ma`rifati johilu majhul.

Ko`rmay xirad ashobida bir fardni oqil,
Topmay kishi afsunida bir nuktani ma`qul.

Har neki hadis oti qo`yub, barchasi mavzu`,
Naqliki mashoyixdin etib, borisi majhul.

Yuz pora qilib, minbari o`t yoqqali avlo,
Bu shart ilakim, bo`lsa o`zi qotilu maqtul.

Iblis sifat el sari mayl etma, Navoiy,
To bo`lmag`asen zarqu riyo qaydida ma`lul.

378
Qon yoshim ichra tanim to`lg`ang`anin nazzora qil,
Lolazor ichra yilon gar ko`rmading, o`t uzra qil.

Bodadinmu erkin, usruk  ko`zlaringning humrati,
Yo uzoring o`ti tobidin bo`lubturlar qizil.

Ko`nglum ichra har yara og`zida paykoning uchi,
Keldi darding lazzatining shukrini ayturg`a til.

To tushubmen ul uzoru ikki gesu hajrig`a,
Ey quyosh, rahm aylakim, bo`lmish, bir oyu ikki yil.

Dog`ima andoza marhamliq momug`din istagan,
Ko`nglum ichra buyla har yon dog`i beandoza bil.

Dahr bo`stonida chun yo`qtur vafoe, ey ko`ngul,
Loladek gulgun qadah tut, g`unchadek bir dam ochil.

Iltifoting ozidin itti Navoiy telbarib,
Ey pariy, bir ham bu Majnung`a parvo aylagil.

379
Ul quyosh og`zi uza mushkin xol,
Zarraning nuqtasidin keldi misol.

Gar ravondur ne tong ul qadki, erur,
Ruh sarchashmasida toza nihol.

Raxsh har yonki surar ul chobuk,
Yugurur tegrasida payki xayol.

Chobukumning otining na`li emas,
Tushti shabrang ayog`ig`a hilol.

G`uncha og`ziki takallum qilmas,
Ul og`iz g`unchasi qilmish ani lol.

Hajrning chorasi bexudlug` emish,
Soqiyo, jom ketur molomol.

To Navoiydek o`lay ani ichib,
Mastu Majnun sifatu sheftahol.

380
Ul pariy chehra chu ko`rguzsa jamol maqbul,
Ko`rgan emasturur o`z aqlig`a qolmoq ma`qul.

Surtulub yuzga, agar yetsa dimog`img`a isi,
Meni ul zulf tanobi bila qilg`il maqtul.

Istasang dahrda ming telba ko`ngul sargardon,
Halqa-halqa rasani zulfidin ochg`il  marg`ul.

Xotirim iki jahon mashg`ulidin o`lmish forig`,
Do`st yodi bila to ko`nglum o`lubtur mashg`ul.

Bodai la`li labing qonima berdi tahlil,
Qatl emish xosiyati, la`lki bo`lg`ay mahlul.

Vahki, maqsudni ma`lum etayin deb umre,
Bir sarimo`y emasturki, emastur, majhul.

Gar Navoiy desa but vasfini takfir etmang,
Dayr piridin erur buyla rivoyat manqul.

381
Nolani har nechakim eldin nihon aylar ko`ngul,
Seni sog`ing`ach yana bexud fig`on aylar ko`ngul.

Har nechakim yoshururmen rozi ishqing xalq aro,
Bir mahalsiz oh ila borin ayon aylar ko`ngul.

May tarashshuh aylagandek chok bo`lg`an shishadin,
Zaxmidin xunobasin har dam ravon aylar ko`ngul.

Qasd etar ko`nglumki, olg`ay lablaringdin komi dil,
Emdi tahqiq ayladimkim, qasdi jon aylar ko`ngul.

Ko`z ko`rar yuzungniyu ko`nglum meni rasvo qilur,
Zor etar ko`nglumni ko`z, bag`rimni qon aylar ko`ngul.

Shu`lai ko`kurd ko`rguzdi qazo kuydurgali,
Dardi ishq ahlin bukim gardun gumon aylar ko`ngul.

Ey Navoiy, avval ul nomehribong`a uchratur,
Kimnikim men benavodek notavon aylar ko`ngul.

382
Yuzi oyina qildi ko`zguni ul siymbar hoyil,
Aningdekkim, quyosh ruxsorig`a bo`lg`ay qamar hoyil.

Ul o`tluq yuzni qilmoq zarvaraq pinhon emas mumkin,
Ne imkondur ko`rarga shu`lani bo`lmoq sharar hoyil.

Ko`runmas zor ko`nglum jahd etib paykonlaring ichra,
Magar ul qushqa bo`lmish kasrati bargi shajar hoyil.

Suni andoqki yopqay safha-safha, bargi gul tushkach,
Yoshimg`a pora-pora bo`lmish ajzoyi jigar hoyil.

Sochingg`a gardi yazdiy me`jaring hoyil bo`la olg`ay,
Bo`la olsa savodi shom uza shabnam agar hoyil.

Safardur mujibi hirmoni diydor ahli shavq ichra,
Hamono vasl xurshidig`adur gardi safar hoyil.

Yuzungni och, agar xud rishtai jondindurur burqa`,
Berib jon istamas diydorg`a ahli nazar hoyil.

Dema solikka hoyil ne ekin maqsud vaslidin,
Erur aqlu, hisu dunyoyu uqbo sarbasar hoyil.

Desangkim, o`zlugumdin o`zga hoyil bormu jonong`a,
Bo`lurmu, ey Navoiy, ishq aro mundnn batar hoyil.

383
Ey musavvir, dilbarimg`a surate monand qil,
Qo`rmakidin xotirimni  gah-gahe xursand qil.

Ul harir uzraki tarh etkungdurur timsolini,
Sig`masa, zaylig`a jonim  pardasin  payvand qil.

Bo`lmasun bu tu`madin mahrum ul ko`y itlari,
Ey ajal, taqsim uchun bag`rimni yuz parkand qil.

Ul pariyvash chiqti usruk sekretib ko`nglakcha, voy,
Nosiho, devona bo`ldum, emdi tarki pand qil.

La`li shirindinki qilding ayshni jonimg`a talx,
Necha achchig` so`z demak, bir qatla shakkarxand qil.

Jomi Jamning rohi Afridun yiloni zahridur,
Ey ko`ngul, o`zni safoli faqr ila xursand qil.

Hojati budur Navoiyning, xudoyokim, ani
Mug`bacha husniga mug` dayrida hojatmand qil.

384
Zaxmliq ko`ksumni g`ayrat tig`i birla chok qil,
Ham ushul su birla g`ayridin ko`ngulni pok qil.

Lam`ai ruxsoridin, ey ishq, kuymakdur ishim,
Notavon jismimni gar xud hiyma, gar xoshok qil.

Buyla o`tkim  mendadur,  andin fuzun imkon emas,
Dam bila tez ayla yoxud yuzni otashnok qil.

G`ayrg`a shoyad g`uborim hoyil o`lg`ay ko`rgali,
Ko`yida, ey ishq, hasrat birla jismim xok qil.

Mast chiqmish tig` ila ahli nazar qatli uchun,
Ey ko`ngul, nazzorai ul qotili bebok qil.

Har ne ko`kdin kelsa bo`l tufrog`dek hoyil magar,
Nopisanding bo`lsa, man`i gardishi aflok qil.

Ey Navoiy, ishq o`tining shu`lasi chiqsun desang,
Ko`nglaking choki ne osig`, ko`kragingni chok qil.

385
La`li jonbaxshiki elga jon berur, jonimdur ul,
Ulki mundoq lab bila der nukta, jononimdur ul.

Vasl shomi ul qadu yuz davrida parvonavor,
Chevrulub kuysam ne tong,  sham`i shabistonimdir ul.

Nuktai mavhum emas ko`nglumda og`zing yodidin
Kim, bu xunin g`uncha ichra dog`i pinhonimdur ul.

Itlaringga tu`madur bag`rim va lekin qo`llarin
Ulki rangin aylamish hinno kebi qonimdur ul.

Deb emishsen, tarki ishqim ayla, yo o`l hajr aro,
Munda o`lsam ham o`lay, lekin ne imkonimdur ul.

Eyki ko`rdung hajr zindonida bir qonlig` asir,
Notavon ko`nglum bu, lekin baytul ahzonimdur ul.

Xusrave ko`rsangki, ash`orim o`qub holat qilur,
Ey Navoiy, anglakim, shohi suxandonimdur ul.

386
Aytaolmonkim, meni ovora birla yor bo`l,
Garchi yo`q qilding meni ul ko`ydin, sen bor bo`l,

Men agar bar topmadim sensiz hayotim shoxidin,
Naxli umrungdin sen, ey badmehr, barxurdor bo`l.

Chun meni g`am tig`idin qatl aylading, ne sud, agar
Motamimdin g`am yegil, yo o`zgaga g`amxor bo`l.

Ey ko`ngul, ul umr hajri chun bu yanglig` sa`b erur,
Gar qutulsang jon berib, jon birla  minnatdor bo`l.

Ul quyoshning ko`yidin, eykim, tilarsen chiqmasang,
Xoksor anda nechukkim, soyai devor bo`l.

To tiriksen, istasang xushvaqtlig`, ey mayparast,
To to`lar paymona, mug` dayrida xizmatkor bo`l.

Ey Navoiy, gar tilar ul sho`x ozoring sening,
Kim deb erdikim, vafosiz elga mundoq zor bo`l.

387
Vahki, bu bedil g`amingdin o`ldi, ey dilxoh, kel,
Ey ko`ngul, sen dog`i ul dilxoh ila hamroh kel.

Mumkin ermas og`zim ichra kel demakdin o`zga so`z,
Garchi yor ollida tengdur xohi tur de, xoh kel.

Garchi dardimg`a davo qilg`ung yo`q, ammo hajr aro,
Asru qattiq holatimdin bo`lg`ali ogoh kel.

Uylakim tom raxnasidin oy tushar vayronag`a,
Chok ko`ksumdin buzug` ko`nglum aro, ey moh, kel.

Oh o`tin dedingki past aylay ziloli vasl ila,
Bu nafaskim shu`lasin gardung`a chekmish, oh, kel.

Bir qadah bersang, qo`yarmen butqa yuz, ey piri dayr,
Ikkisin olib, boshimg`a hasbatahullohu, kel.

Garchi kelmay-kelmay o`lturdung Navoiyni valek,
Ey Masih, aning mazori boshig`a gah-goh kel.

388
Xil`atin to aylamish jonon qizil, sarig`, yashil,
Shu`lai ohim chiqar har yon qizil, sarig`, yashil.

Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin
Kim, esar ul dasht aro har yon qizil, sarig`, yashil.

Shishadek ko`nglumdadur gulzori husnung yodidin,
Tobdonning aksidek alvon qizil, sarig`, yashil.

Orazu xoling bila xatting xayolidin erur
Ko`zlarimning oldida davron qizil, sarig`, yashil.

La`lgun may tutqil oltun jom birla sabzada
Kim, bulardin yaxshi yo`q imkon qizil, sarig`, yashil.

Faqr aro beranglik dushvor erur behad, valek
Xirqada tikmak erur oson qizil, sarig`, yashil.

Ey Navoiy, oltinu, shingarfu zantor istama,
Bo`ldi nazming rangidiy devon qizil, sarig`, yashil.

389
Jonu ko`nglum baski ko`rdi ahli davrondin malol,
Jonima bo`lmish ko`nguldin, ko`ngluma jondin malol.

Bu ikov baskim malol izhor aylarlar, bo`lur
Ham manga mundin malol, alqissa ham andin malol.

Ulki olamdin malul o`lg`ay, elidin ham erur,
Kimga zindondin malolat, ahli zindondin malol.

Kimsa birla oshno bo`lmonki, nogah, ey rafiq,
Bir kishiga bo`lmag`ay men zori hayrondin malol.

Dasht aro ham istamon hamdamki, nogah bo`lmag`ay,
G`ullarg`a bu aloxonu alomondin malol.

Har necha qildim vafo, juz benafolig` ko`rmadim,
Ne ajab ko`nglumga bo`lsa nav`i insondin malol.

Soqiyo, to mumkin o`lg`ay jomima quy bodakim,
Dahr elidin xotirimga o`tti imkondin malol.

To bo`lay ul nav` usrukkim, shuurum bo`lmag`ay,
Mehnati ko`p ko`ngluma yuz qo`ysa har yondin malol.

Gar Navoiy joni kuygandin bu so`zlar der, vale
Jon malol o`rnig`a ko`rmas, yetsa jonondin malol.

390
Olg`ali ko`nglum minib bir barq raftor ot, kel,
Gar mening ko`nglum keraktur barqdin ham bot kel.

Men kimu vasling xayoli istamak, vahkim, manga
Barcha gar bir ko`rmagu o`lmakturur, hayhot, kel.

Deb eding: boshingg`a bir kun yetkum andoqkim quyosh,
Mehr lofin gar tilarsen aylamak isbot, kel.

Borg`aningdin ayru erdi bir-biridin jonu tan,
Kelmakingdin jonu tanni bir-biriga qot,  kel.

Ro`zgorim tiyra aylab, shomi hajr o`lturgusi,
Ey hayotim sham`i, daf` aylarga bu zulmot, kel.

Zuhd ila jonnmg`a yettim, ey ko`ngul, gar dayr aro
Bartaraf qilmoq tilarsen tovbayu tomot, kel.

Dardi hajringdin Navoiy telbarabtur, ey pariy,
Gar eshitmak istasang devonavor abyot, kel.

391
Tig`i hajringdin erur yuz yara noshod ko`ngul,
Qilsa tong yo`q ul og`izlar bila faryod ko`ngul.

Ey ko`ngul, ishq aro gar g`amliq esang, bok ermas,
Qayda ishq ahli aro topti birav shod ko`ngul.

Gar yuzung shu`lasidin kuydi dog`i kul bo`ldi,
Lek bo`ldi mening ohim bila barbod ko`ngul.

Boshog`ingning temurin tesha yasab oh o`tidin,
G`ussa tog`ini qozar uylaki Farhod ko`ngul.

Ne ajab telbarasam, chunki olibtur mendin
Odamizod demon, balki pariyzod ko`ngul.

Ne vafo rangiyu ne mehr isi bor, ey bulbul,
Bu chaman gullariga aylama mu`tod ko`ngul.

Yor yodig`a Navoiyni beray deb erdi,
Borg`ali qilmadi ani ham o`zi yod ko`ngul.

392
Bog` aro erdingmukim, bu kecha gulbez esti yel,
Boda  ichtingmuki, behad ishratangez esti yel.

Yuz uza zulfungni qildingmu parishon noz ila
Kim, gahi gulboru, gohi anbaromez esti yel.

Yuzu qadding shavqidin o`ldum, hamono bog`din
Ochilib gul, jilva aylab, sarvi navxez esti yel.

Elga ruxsoru taning ochib, magar berding hayot
Kim, umid ahlig`a gulposhu samanbez esti yel.

G`unchalar shavqungda go`yo bog`lag`anlardur ko`ngul
Kim, nechakim, esti ul yondin, dilovez esti yel.

Bu chamanda bo`lsa yel sokin, o`char sham`i hayot,
Yorutur anduhu g`am o`tin, agar tez esti yel.

Ey Navoiy, ranj ila xush bo`lki, Farhod ohidin
Bilki, qo`pti tashlamoqqa toji Parvez, esti yel.