www.uz
MIM HARFINING MAHBUBLARINING MALOHATI FAVOYIDDIN

393
To yigit erdim, qarilarg`a ko`p erdi xidmatim,
Qarig`an chog`da yigitlarga og`irdur suhbatim.

Ne uchun bo`ldum kichik yoshlig`lar ichra ko`p saqil,
Garchi ko`p zohirdurur sinn kasratidin xiffatim.

Vahki,  damdin-damg`a, mendin  yorlarg`a  ijtinob,
Garchi kundin-kunga ortuqtur alarg`a ulfatim.

Gar taammul aylasam voqi`, muhiqdurlar alar,
Ne uchunkim hech qolmaydur alarg`a nisbatim.

Mushk chun kofur bo`ldi yog`di o`t ustiga qor,
Xatti mushkin birla o`tluq yuzga netsun rag`batim.

Bog` aro sarvi sihi yonida ko`rdum eski tok,
Bo`ldi tuz bo`ylug`lar ichra xam qadimdin ibratim.

Ey ko`ngul, tut go`shae emdi ibodat qilg`ali,
Qolmoq istar bo`lsang ellik yilg`i bo`lg`an hurmatim.

Chunki ellik manzil o`tti umrdin, sokin bo`lay,
Ne uchunkim emdi yo`q sur`at qilurg`a quvvatim.

Nettim ellik yilda juz isyonki, emdi netkamen,
Yona ellik yilg`acha tuttumki, bo`lsa muhlatim.

Lutf etib, yo rabki, imon boylig`i qilg`il nasib
Kim, halok etmish amal muflislig`idin xijlatim.

Ey Navoiy, g`am yemakim, bahri g`ufron ursa mavj,
Tengri lutfidin ne mumkin juz ummidi rahmatim.

394
Ne ajab qon yig`lasam ahli zamondin dam-badam
Kim, alardin g`am uza g`amdur, alam uzra alam.

So`z demak bo`lmas alarning zulmi yoxud lutfidin,
Chunki ul ko`ptin dog`i ko`ptur, bu kamdin dog`i kam.

Charx go`yokim chekar mehnat yuki davr ahlidin
Kim, bori jismida anjumdin ter o`lmish, qaddi xam.

Lavhai xilqatlarida yo`q magar harfi jafo,
Safhai xotirlarida yo`q magar naqshi sitam.

Soyiri ifrod ishi bu bo`lsa, ulkim fard erur,
Barcha eldin husn aro ozdur anga yuz muncha ham.

Chun jafo tortar kishi bori biravdin tortsa,
Kim vafo qilsa kishiga, bo`lmasa ul dog`i g`am.

Ko`zi qotil, qoshi ofat, og`zining nutqi fusun,
Istaram, lekin jahonda yo`qturur  mundoq sanam.

Topmag`ung dayri fano ahlida yong boshtin baqo,
Qilmag`uncha bodai vahdat vujudungni adam.

Ey Navoiy, mosivallohdin kesilmak kimsani,
Limaalloh manzilig`a yetkurur avval qadam.

395
Urarmen ko`ksuma toshlar, g`am etkach qasdi jon har dam,
Qoqarmen bu eshiknikim, yetar bir mehmon har dam.

O`luk topti buzug` ichra meni majnunni, go`yo chug`z
Navohi ahlin ogah qilg`ali tortar fig`on har dam.

Hamono tufrog`imni la`lgun qilmoqqadur bukim,
Kelur bag`rim shikofidin labing shavqida qon har dam.

Magar majnun ko`ngulga har dam aylar ul pariy jilva,
Yo`q ersa ne uchun o`zdin borur bu notavon har dam.

Ochar go`yo sabo ul gul yuzidin har zamon burqa`,
Bukim bir fitna birla qo`zg`alur ahli zamon har dam.

Sovug` ohim burudat soldi olam ichra, qish ermas,
Bulut yo`q dudi ohimdin ko`runmas osmon har dam.

Kerak har dam qadahkim, may suyi har lahza qaytargay,
Bukim, davron jafosidin yetar og`zimga jon har dam.

Bu manzildin manga yo`l azmig`a boisdurur bukim,
Etar bir korvon har dam, o`tar bir korvon har dam.

Damo-dam javr ila buzdung Navoiy ko`nglin andoqkim,
Buzulg`ay mulki, bir zulm etsa shohi komron har dam.

396
Ulki ko`si unidin shomu sahar afg`onim,
Anga yetmasmen, anga yetmak emas imkonim.

Chatri ustidagi qush anglaki, ko`nglum qushidur,
Ko`nglum o`lmoq ne  ajab,  andaki bo`lg`ay jonim,

Qulog`i la`li hamonoki dur ermish, chu meni,
Begunoh ayladi qatl, ani tutubdur qonim.

Mehriga rishtai jon bog`ladimu ko`z qorasin
Surtsam erdi anga, qolmas edi armonim.

Bu sifatlar bila mavsuf kim erkin desalar,
Bo`la olmas kishi olamda magar sultonim.

Faqr ko`yida gadolig` chu erur sultonlig`,
Saltanat moyilidur xotiri besomonim.

Menu mug` dayri aro mug`bachalar ishqiki bor,
Ul gadolig`da jahon shahlarig`a farmonim.

Piri dayr aylasa bir jomi may ehson, qilg`ay
Mast olam elini jomi mayi ehsonim.

Ne uray lof Navoiy kebi chun o`lsa iti,
Itlari xayli aro itcha dog`i yo`q sonim.

397
Ayladim azmi safar, bo`lg`ay debon ishq o`ti kam,
Ul xud afzun bo`ldi har manzil demaykim, har qadam.

Qaysi manzilni qadam har damki, urdum yo`l aro,
G`am sipohi xayli ko`rguzdi ul o`tdin bir alam.

Sayrkim, derlar kam aylar ishqni ko`r, ey rafiq
Kim, jahon ovorasi bo`ldum, g`alat chiqti bu ham.

Hajr vodiysig`a qilmang azm oshiqlarki, bor,
Har xasi bir tig`i mehnat, har toshi bir ko`hi g`am.

Ko`yining devori ustimga yiqilsa yaxshiroq,
Andin ayru jilvagohim bo`lg`ucha avji haram.

Ishq ila toptim adam sahrosidin mulki vujud,
Oshiq o`ldum, dard qilg`uncha vujudumni adam.

Ko`p xirad xattin Navoiy sari chekma, ey rafiq
Kim, anga kilki qazo oshiqlig` aylabtur raqam.

398
Tutqaln shirin labing shoxi shakardur barmog`im,
Baski, so`rmoqdin ani ayrilg`udektur tirnog`im.


Istaram ko`r aylagay nazzora ahlin rashkdin,
Gar sabo tahrikidin ko`yiga borsa tufrog`im.

Vasli bay`ig`a to`kub el siymu men yordim yurak,
Komima mushkilki, yetkaymen bu bo`lsa yormog`im.

Barq emaskim, o`t choqarmen dahrni kuydirgali,
Tog` ila bo`lmish yangi oy, chunki toshu chaqmog`im.

Ishq aro Farhod ila Majnun sherikimdur, vale
Dardu g`am chekmakka mencha yo`q bu ikki o`rtog`im.

Dema maxmur o`lsang o`zni solmag`il, ey mug`bacha,
Istaram, bo`lg`ay fano dayrida o`zni solmog`im.


Ey Navoiy, dema: umrung o`tti ishqu maydin o`t,
To tirikmen, ermas ushbu ikki ish aylar chog`im.

399
Qora dastor to chirmadi mohim,
Boshimg`a chirmashibtur dudi ohim.

Yog`ibtur nargis ichra jola, yoxud
Ko`zida ashk erur bor ishtibohim.

Anga hamrang o`lay deb motamimen,
Qorarg`an ro`zgorim bor guvohim.

Sirishkim xatlari sharhini so`rdum,
Dedi, xayli balog`a shohrohim.

Manga xud bu azo bo`ldi bahona,
Mudom oqmoqqa ashki goh-gohim.

Ema bozi nujumi tiyradinkim,
Erur qalb uylakim, ro`kash darohim.

Ko`zumdur tiyra, ya`ni, ey Navoiy,
Qora to`n kiydi motam ichra shohim.

400
Firoqing do`zaxi ichra vujudum
Bo`lubtur o`t, nafaslar anda dudum.

Kelib jon rishtasiyu jism tori,
Vujudum xil`atida toru pudum.

Firoqingda yutub qon qilsam afg`on,
Mayi nobimdur ul, bu bir surudum.

Qoshingda egma qad birla yer o`ptum,
Xayol et ul ruku`um, bu sujudum.

Belu og`zing uchun borim yo`q o`ldi,
Vale tengdur sanga budu nobudum.

Berib din naqdi, bo`ldum dayr aro mast,
Vale ko`p bo`ldi bu savdoda sudum.

Bukim ko`p ashk to`ktum, ey Navoiy,
Ko`nguldin g`ayrining nashini yuvdum.

401
Damo-dam otashin la`lig`a olur boda jononim,
Bu yanglig` o`tlar ichra naylasun o`rtanmayin jonim.

Emas oy, kun iki pog`undasin ko`k zoli berkitmish,
Quloqqa baski hajringda ani yolqitti afg`onim.

Tanimda dog`larni ayladim ko`nglak bila pinhon,
Qonab, ko`nglakda fosh etti o`zin har dog`i pinhonim.

Ko`zumda bog`lanib qon yosh, ne tong, gar ochqali qo`ymas,
Chu ul qonimni to`kti, oqibat tutti ani qonim.

Buzug` ko`nglum aro mundoqki, paykoningni yog`durdung,
Ne tong, mundoq yog`indin yer bila teng bo`lsa vayronim.

Xijolatdin qizarmish gul, taxarruk sarvdin ketmish,
Magar bog` ichradur gulchehrlik sarvi xiromonim.

Tasavvur birla gah maqbulmen ollida, gah mardud,
Qayu aqshomki, sultoni xayoling bo`lsa mehmonim.

Vujud iqlimidin ovora gar bo`ldum, umid ulkim
Fano dashti g`uboridin yopilg`ay jismi uryonim.

Navoiyg`a demangkim, tarki ishq et, to erur mumkin   
Ki, men oshiqmenu devona, mundoq ish ne imkonim.

402
Bahoru bog` sayridin ne gul, ne sarvdur komim,         
Budur komimki, shoyad uchrag`ay sarvi gulandomim.

O`qung ko`p zaxmidin dom o`ldi jismim, zaxmlar ermas,
Chiqarg`a jon qushi yo`llar yasabtur har taraf domim.

Jamoling ko`zgusi chun elga ro`baro` bo`lur har dam,
Ne tong gar ko`zgu aksidek zamone yo`qtur oromim.

Xusho Majnunki, ma`nusi edi boshig`a qo`ng`an qush,
Junun toshi yog`ardin boshima ul ham emas romim.

Mangakim, hajri za`fidin nafas ma`lum emas kelmak,
Ne imkon bas yetishmak ul Masihodamg`a payg`omim.

Firoqim kechasi bas muhlik o`lmish, gar sahar bo`lmas,
Nafas urmoqqa go`yo subhini qo`ymas qora shomim.

Aningdek tashnamen, ey mug`bachakim, qo`sh tutar bo`lsang,
Falakning huqqasin bo`l ikki, to bo`lsun iki jomim.


Baho bu benavodin gar qabul aylar esang, bordur,
Biriga javhari jonim, biriga naqdi islomim.

Harom ettim Navoiy, dunyoyu uqbo tamannospn,
Nedinkim Ka`bai ko`yi sari bog`landi ehromim.

403
Jafo ham qilmading ko`z har necha husnungg`a  oldurdum,
Qiyo ham boqmading har nechakim, ollingda telmurdum.

Vasiyat qildi qabri boshida Farhod ila Majnun,
Junun sahrosida ul toshlarkim, ko`ksuma urdum.

Yaralar anjum o`ldi, qon shafaq ul oy firoqida,
Xadangi ohkim, o`tgan kecha gardung`a yog`durdum.

Firoqim shomi andin tiyradurkim, dudi anjumni,
Qora qilmish tuganlardinki, hijroningda kuydurdum.

Labing yodi chekib jon rishtasin, soldi yana tang`a,
Ko`zung bedodidin jonni necha og`zimg`a yetkurdum.

Jununum shu`lasin afzunroq etti ul pariy otqon
Ne o`qkim, hajri tug`yoni aro ko`ksumga sindurdum.

Ajal bedodidin xoki tanim, yuz shukrkim, tindi
Ki, hijron o`rtagan jonimni jononimg`a topshurdum.

Qazog`a rozi o`lkim, g`ussa vaqti qilmadi sude,
Necha kavkabni mujrim qildimu gardunni yozg`urdum.

Xumorimdin sadoyu sarzanish zuhd ahlidin har dam,
Chiqib mayxonadin, muncha balo boshimg`a kelturdum.

Havolam qilsa piri dayr but yo mug`bacha zunnor,
Ne chora, chun qo`yib masjid, fano dayrig`a yuz urdum.

Navoiydek yorug`luq ul zamon topdimki, o`zlukni
Fano o`tig`a o`rtab, kulni dog`i ko`kka sovurdum.

404
Bahori vaslda o`rtandi rashkdin jonim,
Xayol qilki, ne bo`lg`ay xazoni hijronim.

Tanim tugonlariga marham, ey rafiq, ne sud,
Erur ko`ngulda chu yuz muncha dog`i pinhonim.

Ne nav` deyki, buzug` ko`nglum ichra gah-gah kel,
To`kar chu gardi fano lahza-lahza vayronim.

Jununum emgagidin gar toriqting, ey nosih,
Salomat o`l senu shahring, menu biyobonim.

Kamoli za`f ko`rungkim, yetar necha yerda,
Ko`nguldin og`zima yetkuncha xayli afg`onim.

Salomat ahli, tutung dinu ofiyatqa azo
Ki, mastu arbadajo` chiqti nomusulmonim.

Qadah quyoshi bila, soqiyo, munavvar qil,
Ki, g`amdin asru erur tiyra kunji ahzonim.

Zamon elida vafo yo`q, agarchi jon bersang,
Bas o`ldi ersa vafosiz, ne ayb, jononim.

Deding, firoqida sabr ayla toki mumkindur,
Navoiyo, dema bu so`znikim, yo`q imkonim.

405

Bo`ldi ravzan-ravzan ul qotil xadangidin tanim,
G`ussa charxi bu tanimdur, anjumi ul ravzanim.

Aylamish zulfung xayoli ro`zgorimni qora,
Oh dudidin qorarmaydur maqomu maskanim.

Har taraf ul sho`x tosh urmish, yarolar qonidin
Kim, quruq jismim uza bo`lmish teri pirahanim.

Dema, jon bermak fanin o`rgan, dog`i vaslimni tep,
Sen visoling fikrin etkilkim, erur ul xud fanim.

Qattiq ahvolimg`a yig`laydurg`an elni dema do`st,
Do`stlar o`lmish, o`lum holig`a yetmish dushmanim.

Dayr eshikinda tanim dafn aylasang, ey mug`bacha,
Boda loyidin gahe topqay imorat madfanim.

Dasht aro so`r, ey Navoiy, jonu ko`nglum saydini
Kim, bukun ov azmi qilmish qotili sayd afganim.

406
Shabiston ichra kirgach, sham`larning nurin etting gum,
Kecha  yorug`roq o`lgach, tiyraroq bo`lg`an kebi anjum.

Chu sensen ayni insoniyat, o`lsang diydadin pinhon,
Qorang`udur jahon  andoqki,  ko`zda bo`lmasa  mardum.

Ne tunkim, xoru xoro ustida ko`yungda yotqaymen,
Degaymenkim, yonim ostidadur sinjob ila qoqum.

Otang oyu onang xurshid edi erkinki, sen tug`dung,
Vale husnu latofatda ne ab o`xshar sanga, ne um.

Agarchi ishq bahri hajr daryosidin a`zamdur,
Va lekin gar kichikroqdur, pur ofatroqdurur Qulzum.

Quyoshdektur to`la kup og`zi davridin mayi sofiy
Ki, gar bo`ldi quyosh avlo bukim, garduncha bo`lg`ay xum.

Agar  ma`shuqi zebo bo`lsa, ne barlosu ne lo`li,
Nafis ar bo`lsa kolo, mulki ne Bag`dodu ne Torum.

Xaloyiq kulmagin o`z holima ko`rganda yig`larmen,
Junun ko`rgilki, chun dardimg`a yig`larlar, kelur kulgum.

Navoiy, shahr eli ishg`olidin gum bo`ldi maqsudung,
Bulardin istasang maxlas, fano dashtida bo`lg`il gum.

407
Charxdin gar hardam ermas bir azog`a kuymakim,
Nega tikkan soyi chok o`lmoq keraktur ko`nglakim.

Sahl erur ko`nglakki, hijron o`qiyu g`am tig`idin,
Tikmaku chok aylamakka mubtalodur ko`krakim.

Har zamon ko`zdin yoshim emgaklagan bir yoshdek,
Mayl etar tufroqqa, vah, o`lturgusi bu emgakim.

Bejigar bo`lsam balo tortarg`a, vah, emdi ne tong,
Bordi ko`zdin chun bag`ir pargolasidin ko`prakim.

Har tong erta cheksa gardun subh tig`in qatlima,
Tong emaskim, bordur ul dushmanlar ichra ertakim.

Ayshu rohat qushlarnn sayd aylay olmon, garchi bor
Ko`z yoshidin donayu jon rishtasidin ilmakim.

Ey Navoiy, buki gardun evrulur fonusdek,
Ko`ngliga kor etti go`yo sham` yanglig` kuymakim.

408
Qaysi taqvo xirmanin fisq o`tidin kuydurmadim,
Qaysi tavba naxlini  nafs ilgidin sindurmadim.

Turmay oqsa ko`zdin ashkim ne ajabkim, tavbadin
Garchi ko`p so`z dedim, ammo bir so`zumga turmadim.

Xo`blar ishqida ko`z birla ko`ngul bedodidin,
Ne baliyatlarki munglug` boshima kelturmadim.

Jom barqidinmu zuhdum xirmanin kul qilmadim,
Boda saylidinmu aqlim qasrini indurmadim.

Lolaruxlardinmu har dam qilmadim ashkimni qon,
Sarv   qadlardinmu  gardung`a   fig`on  yetkurmadim.

Dayr piri ilgidinkim, bog`ladim zunnorni,
Mug`bacha  ollida  mushafni  magar  kuydurmadim.

Qaysi sho`xi bodapaymo bazmidin surgach meni,
Nangsizlikdin yirog`roq turubon telmurmadim.

Masti loya`qil yaqo yirtib, ayog`u bosh yalang,
Yig`lamoqdin kimnikim, o`z holima kuldurmadim.

Yo rab, o`z tavbamg`a yo`qtur e`timodim, sen magar
Tavba bergaysenki, men aytib bajo kelturmadim.

Bermading tavfiq, yo`qsa ne uchun har qatlakim,
Tavba sindurdum, o`zumni g`ussadin o`lturmadim.

Ey Navoiy, istasang tinmoq, ishing tengriga sol,
Yo`qsa men say` aylabon, sendin ko`ngul tindurmadim.

409
Vasling istab o`qdek etkay erdi sur`at paykarim,
Naylayinkim, hajr o`qi paykonlaridur langarim.


Otashin la`ling g`amidin o`rtanib, qon yig`lasam,
Goh qondin, goh o`tdin la`lgundur paykarim.

Ko`zu mujgoningdin ayru uyqu yo`q men xastag`a
Kim, momug` yanglig` tnkon birla to`lodur bistarim.

Ey niholi noz, ohimdin hazar qilkin, bukun
Ko`p  ko`han  paykar  shajarni  yiqqudektur  sarsarim.

Ul quyosh aksin may ichra ko`rgali oshuftamen,
Ne ajab oshuftalig`kim, sug`a tushmish axtarim.

Men ozibmen yo`ldinu bas tiyradur hijron tuni,
Toli` o`l, ey kavkabi iqbolu, bo`lg`il rahbarim.

Ey Navoiy, ne ajab gar nazmim elni yig`latur
Kim, yozilmish hajr o`tining dudasidin daftarim.

410
Etkach ul qotil, erur bo`g`zumda ikki barmog`im,
Tig`i o`rnin ko`rguzub, surgil debon yolbormog`im.

Vasl jomining agar mufrit emas kayfiyati,
Sen qachon kelgach, mening nedur o`zumdin bormog`im?!

Hajr tirnog`i bila ko`nglumnikim, qildim figor,
Bo`lmasun g`ayring demakdindur bu nav` axtarmog`im.

Baski shavqung g`olib o`lmish telbalardek, ey pariy,
Yo`qturur tun-kun xayoling birla so`zlab hormog`im.

Hajr aro yo`qkim, visol istab, o`lum istab, erur
Furqatingdin o`zni bir tadbir ila qutqormog`im.

Soqiyo, taklif ila ich dema, to`ldur dog`i ko`r
Kim,  ayog`ning naqshini eltur qirib sipqormog`im.

Ey Navoiy, tortayin dermen ko`nguldin intiqom,
Yo`qsa yuz g`amni anga har dam nedur boshqormog`im.

411
Yor tig`i qatl urub, men hajr mayli qilmadim,
Ko`nglum olib qovdi, men ko`nglum bila ayrilmadim.

Zulm ila ovora aylar chog`da o`lturgil debon,
Ne tazallumlarkim, ul qotil qoshinda qilmadim.

Ko`nglum olurda ummidi mehr ila zor ayladi,
Dilrabolar zor etib, bemehr o`lurni bilmadim.

Oshiq o`lmang dermen, ey ahbob, pand aylang qabul,
Men nelar ko`rdum, chu el pandin ko`zumga ilmadim.

Lahza-lahza hajr o`ti chekti alam uzra alam,
O`ttimu bir lahzakim ul shu`lag`a yoqilmadim.

Hajridin bor ersa ranjing, tunu kun bo`l mastkim,
To manga bu nukta kashf o`ldi, yana oyilmadim.

Og`zi hajridin Navoiydek adam sahrosida,
Ittim andoqkim, o`zum ham istabon topilmadim.

412
Harir ko`nglaku ko`ksin nazzora aylamadim
Ki,  ko`nglak o`rnig`a  ko`ksumni  pora  aylamadim.

Demaki, ko`ksini men muncha pora qilmaymen
Ki, ani men xud o`zum muncha yora aylamadim.

Firoq shomi o`zi dog`i tiyradur yolg`uz,
Duxoni ohim ila ani qora aylamadim.

Dema necha tuganing bor, bilmon a`dodin,
Agarchi hargiz alarni shumora aylamadim.

Ulusqa ishqim o`tin ko`ksum ohi fosh etti,
Men ani ishqim ila oshkora aylamadim.

El istixora qilur tavbag`a sahargahu men,
Bajuz sabuhi uchun istixora aylamadim.

Navoiyo, meni ul mast bazmidin surdi,
Yo`q ersa kom ila andin kanora aylamadim.

413
Itingki, bordi qilib tu`ma bag`rimu yuragim,
Oqarg`usidur aning intizoridin so`ngagim.

Firoq o`ti yuragimni su aylab oqizdi,
Chekarga hajri g`ami emdi yo`qtur yuragim.

Etak-etak guhar ollingda sochsam ermas ayb
Ki, ko`z xazonasidin dam-badam to`lar etagim.

Mayim firoq aro xunobi g`amdurur, may emas,
Xayol birla labing qandi chun erur gazagim.

Tikan nishonimu guldek kafingdadur, yoxud
Etishgach anda ko`zum, qoldi yopishib nenagim.

Sipehr zulmig`a yo`q chora bodadin o`zga,
Bu ishda aqldin ermas tahammul aylamagim.

Visolin istadim ochti sahar yadi bayzo,
Navoiyo, ajab ar mustajob emas tilagim.

414
Firoq tig`i halokidin oncha emgandim
Ki, yetsa dog`i ajal, o`lmamakka o`rgandnm.

Erim gar o`lsa tamug`, ko`p ko`runmagay muhriq,
Firoq shu`lasig`a munchakim, men o`rtandim.

Halok dashtida itkan ko`ngul topilmadi hech,
Quyun kebi nechakim, har yonida aylandim.

O`qurda ruq`a hijron uzuldi tori hayot,
Nedinki, toridek azbas o`zumga to`lg`andim.

Emas boshimdin ayoq oh dudi birla qora,
Firoq dashti samumida buyla churkandim.

Demangki, xum kebi dayr ichra sokin o`lkim, men
Surud uniga magar hol etarda tebrandim.

Navoiyo, o`tubon umr g`aflat ichra, darig`
Ki, so`ng`i uyqug`a ko`z mayl etarda uyg`andnm.

415
Charx ayirdi tez etib nolamni ham, ohimni ham,
Mehribon shohimni ham, nomehribon mohimni ham.

Har kishi dilxohu diljo`yum edi, soldi yiroq,
Shohi diljo`yumni dog`i, mohi dilxohimni ham.

Ne fig`ondurkim, latofat avjida mohimni tun,
Uyqug`a qo`ymas xilofat taxtida shohimni ham.

Aytmon shohimni yo mohimni yetkur boshima,
Ham mahi g`ofilvashimni, shohi ogohimni ham.

Jonda shohim yodi, ko`nglum ichra mohim furqati,
Deng anga qulluq, bu birga shayalillohimni ham.

Ey falak, shohu mahim sham`i ruxidin g`am tuni,
Yorutub uy, yo`lg`a keltur baxti gumrohimni ham.

Ey Navoiy, shohim ayvoni mahim husnin ko`rub,
Jon tarabgohimni topsa, ko`z nazargohimni ham.

416
Bahoru bog`din ortar malolatu dardim
Ki, yo`q chaman aro gulbargi nozparvardim.

Meniki, ul yuzu xat dardmand etti, ne tong,
Bahoru sabzani ko`rmakdin ortmoq dardim.

Bahori husn tamannosi ichra bargi xazon,
Sirishk qonlaridin bo`ldi chehrai zardim.

Bahor yomg`uri rahmat sahobidindur agar,
Yog`arda qo`ymasa chiqmoqqa ko`yidin gardim.

Bihishtning chechagu marg`zoridin ne osig`,
Mangaki, ul xatu yuz keldi sabzayu vardim.

Jahon xayolidin andoqkn, fard qildi meni,
Sipehr mehnatini ko`rmasin mahi fardim.

Navoiy ayladi shabzindadorlig`, netkay
Ki, yetsa boshig`a bir kecha mohi shabgardim.

417
Xo`blar oshiqlarin noshod etarlar, shod ham,
Vahki, bizga yorimizdin lutf yo`q, bedod ham.

Turfa ko`rkim, javri birla dog`i g`amnok aylamas,
Garchi rahmu iltifoti birla qilmas shod ham.

Yo`qki, la`li no`shidin qilmas hayotim fikrini,
G`amzai xunrezin etmas jonima jallod ham.

Mahvashidin kimsaga mehr o`lmasa, xushtur jafo,
Mehr bunyodin yiqib, qilmas jafo bunyod ham.

Jon beribkim, xora yo po`lod yetmas yordin,
Bu jafoni torta olmas xora bal po`lod ham.

Soqiyo, bir jom ila bu g`amni yodimdin chiqar,
Garchi holim shiddatidek charx bermas yod ham.

Iltifot etmay, Navoiyni qilur har dam halok,
Mavt ma`hudig`a gar ta`yin emas miod ham.

418
Yor kelgach manga dushman bo`lurin bilmas edim,
Yo`qsa tun-kun tilabon vasl, duo qilmas edim.

Ayrilib kelgucha o`lturmakini bilsam edi,
O`lsam, andin boruri vaqtida ayrilmas edim.

Oyg`a boqtim yuzi yodi bila, qonim to`kti,
Bilsam ul bo`lsa quyosh, ko`zga ani ilmas edim.

Bog`i husni gulidin rang yo`qi fahm o`lsa,
Bog`dek sovrulubon, gul kebi sochilmas edim.

Zarqni bilsam edi ishqu junun zumrasidin,
Ayrilib, zuhdu riyo xaylig`a qotilmas edim.

Anglasam erdiki, el rashkidin o`lturgusidur,
Hajr dashtida tilar xalqqa topilmas edim.

Ey Navoiy, nega vaslida hazinsen demakim,
Yor kelgach manga dushman bo`lurin bilmas edim.

419
Sharhi dardim yorg`a yozdim javobe topmadim,
Nomadek ul sharhdin juz pechu tobe topmadim.

Yozmog`ida muztarib erdim javob ummidig`a,
Chun javobe topmadim, juz iztirobe topmadim.

Jannati vasl orzusidin bitik qildim raqam,
O`trusida g`ayri do`zaxdin azobe topmadim.

Vasl ummidi va`dasida maks agar ko`rguzdi yor,
Umrdin shavqida aning juz shitobe topmadim.

Jonu tan ummidvor erdi, chu qat` o`ldi javob,
Juz tani farsudayu joni xarobe topmadim.

Ruq`ai mehrinki, gardunning tilar el behisob,
Men anga ma`yusluq yanglig` hisobe topmadim.

Ey Navoiy, yor lutfu qahrining xohonimen,
Ham erurmen xush, gar andin juz itobe topmadim.

420
Muvofiq kiydilar, bo`lmish magar navro`z ila bayram,
Chaman sarvi yoshil xil`at, mening sarvi ravonim ham.

Chaman sarvi qolib hayron, mening sarvim qilib javlon,
Aning shaydosi bir dehqon, munga shaydo bari olam.

Chaman sarvi qolib bebar, mening sarvim bo`lub dilbar,
Ani yel aylabon muztar, bu yeldin sekretib adham.

Qo`nub ul sarv uza bulbul, chekib gul shavqidin g`ulg`ul,
Bu sarv uzra ochilib gul, anga terdin tushub shabnam.

Qilib ohim sari parvo, buyon mayl etmading qat`o,
Sabodin, ey qadi ra`no, bo`lur ham sarv gah-gah xam.

Bu bog` ichra may, ey soqiyki, bormen asru mushtoqi
Ki, anda sarv ham boqiy emas, gul ahdi ham mahkam.

Navoiy, ko`yin et manzil, yuzu qaddig`a bo`l moyil
Ki, bog` etmas seni xushdil, gulu sarv aylamas xurram.

421
Shomi g`am hajr o`tig`a kuymakni ko`p fan ayladim,
Vasl sham`in yoqib, el bazmini ravshan  ayladim.

Elga gardundin nashot etmak uchun ermish bukim,
Oh o`qidin charxni  yuz  yerda  ravzan  ayladim.

Bor emish go`yo visol ahli nashot aylargakim,
Hajr aro qon yosh ila davronni gulshan ayladim.

Men kuyub, el bazmi garm o`lmoq ne, ya`ni go`yiyo
Ani elga do`st, o`z jonimg`a dushman ayladim.

Bu baliyatdin qutulmoq topmadim, ey mayfurush,
Bexud o`lmoqqa xarobot ichra  maskan ayladim.

Dayr eli tutti Masiho so`gini, ey mug`bacha,
Baski, Maryam charxidek hajringda shevan ayladim.

Ey Navoiy, yetsa yuz ming g`am falakdin ne g`amim,
Xossakim, dayri fano kunjini ma`man ayladim.

422
Agarchi asru ko`p zolimdurur nomehribon mohim,
Bihamdillahki, ham odildurur, ham mehribon shohim.


Shahim bordiyu men qoldim, boray desam, bora olmon,
Erishib ani, mohim bo`lmasa bu yo`lda hamrohim.


Mahimg`a kim dey olg`aykim, manga bu yo`lda hamroh bo`l,
Magar shohimki, mohim dardi ishqidindur ogohim.

Manga dnlxoh mohimdur, dog`i diljo`y shohimdur
Ki, yo rab, tushmasun ayru ne diljo`yum, ne dilxohim.

Agar shohim vafosi jomidindur ishrati shomim,
Vale mohim jafosidindurur ohi sahargohim.

Manga shohim vafosi ham kerak, mohim jafosi ham,
Ki, budur mujibi shavqu tarab, ul izzatu johim.

Agar mohim Navoiydin jahon naqdin tama` qilsa,
Ne g`am, shohimg`a borib zohinr aylay shayalillohim.

423
Ul quyoshqa, vah, ne had birla bitik aylay raqam,
Noma eltur qush malak bo`lg`ay, magar had bo`lsa ham.

Tayyi arzing bo`lsa, ey payki sabo, nomamni elt,
Yo`qsa qat` o`lmas bu yo`l urmoq bila qosid qadam.
Qosido, jon naqdini ham topshururmen, nomag`a,
Chun ilik sunsa, ayog`ig`a nisor et jonni ham.

Sen borib kelguncha, ey qosid, o`zumda bo`lmag`um,
Jon yetib og`zimg`a shavqung shiddatidin dam-badam.

Anglamonkim, ul haramda bor topqung, yo`qsa yo`q,
Bor topsang ham, olib nomang o`qurmu ul sanam?

Gar o`qur ham bo`lsa, radmu bo`lg`usi yoxud qabul,
Ham qabuli tushsa, yozg`aymu javob,  aylab karam?

Ey Navoiy, noma ul yon yozg`ali ne had sanga,
Tut firoq ichra visolining xayolin mug`tanam.

424
Ey xush ulkim, ofiyat kunji manga erdi maqom,
Surai vashshamsu vallayl erdi virdim subhu shom.

Subh andin xilvatimg`a nafxai ruhul quds,
Shom mundin kunji faqrim ravzai dorussalom.

Sayd subham donasi birla maloyik qushlari,
Anda qo`ymay rishtai zuhdu riyoi birla dom.

Ne birovning qomati ra`nosidin nolam biyik,
Ne kishining g`amzai jodusidin uyqum harom.

Ne ichimda lolaruxlar ishqidin qonlig` tugan,
Ne boshinda siymbarlar vaslidin savdoyi xom.

Ham ko`nguldin nozaninlar suhbati bo`lg`an unut,
Ham nazardin mahjabinlar surati borib tamom.

Nogahon  shah bazmida  jonimg`a tushti ofate,
Men o`zumdin bordim, ul bilmon qayon qildi xirom.

Hush ketti, aql itti, qolmadi jonu ko`ngul,
Ishq chekti zuhd ila savdolarimg`a intiqom.

Tushmish o`t jonimg`a ul damdin beri ul nav`kim,
Jon berib o`lmakni topmon, aylabon yuz ihtimom.

Yor g`oyib, dard muhlik, xalq g`ofil, naylayin,
G`avruma kim yetkay illo shohi gardun ihtishom.

Ey Navoiy, shohdin darding iloji bo`lmasa,
Bosh olib ketgil, urub ovoralig` dashtig`a gom.

425
Ne kun kelgayki, kelgay nozaninim,
Ne xush bo`lg`ayki, bo`lg`ay hamnishinim.

Saodat xatlari qilmish huvaydo,
Iting changiga surtulgan jabinim.

Erur ul sho`x otqan kaj guruha,
Ko`ngul ganji aro durri saminim.

Nedin ul ko`z chekar o`q go`shalardin,
Gar o`lturmakka qilmaydur kaminim.

Tekurma otashin la`lingg`a boda
Kim, ul o`tdin kuyar joni hazinim.

Ketur, ey mug`bacha, jomi mug`ona,
Erur, olsang, bahosi naqdi dinim.

Navoiy, ne osig`, jonong`a yetmas
Navolarkim chekar joni g`aminim.

426
Har qizil gulkim, yuzung shavqida olib isladim,
Etkach ohim shu`lasi, ani sarig` gul ayladim.

Charx varzish  aylabon Farhod ila Majnung`a javr,
So`ngra  maqsudi  mening bedodim ermish angladim.

Toshki otdi, xasta ko`nglum chokidin solib ani,
Yor ko`nglidek meni bedil ichimda asradim.

Kirdi  maydon ichra go`y o`ynarg`a ul chobuksuvor,
Men ham aning raxshi ollida boshim go`y ayladim.

To yo`luqti ofiyat ko`yida ul kofir manga,    
Aqlu dinim bordi, bilmon, ne balog`a uchradim.

Subhdam dayr ichra mast o`lsam meni muflis ne tong,
Shayx dastorin  kecha masjidqa kirgach, sirmadim.

Ey Navoiy, ko`ngluma ishqida qo`ydum dog`lar,
Ul meni gar o`rtadi, men dog`i ani o`rtadim.

427
Ne tong gar muhlik o`lsa dudi ohim imtidodi ham
Ki, bir hijron tunicha bor aning qaddi savodi ham.

Labi birla mengi vasfin yozay desam, munosibdur,
Varaq jon safhasi, dog`im qorasidin midodi ham.

Agar bir dam unutsam ani, haqdnn pstaram o`lmak,
Agarchi o`lturur har dam meni bedilni yodi ham.

Tutulmish zulfunga, lekin yuz ochsang, ochilur ko`nglum,
Sening ollingdadur ul telbannng bandi kushodi ham.


Hayotim naxlini hajringda ashkim sayli chun yiqti,
Madad qildi nigun aylarda ohim tundbodi ham.

Uqubatlar bila hijronda o`ltursang  meni, ey  ishq,
Jahon ahli aro ibrat uchun yetkur munodiy ham.

Kerakmas g`arra  bo`lmoq,  shohidi  davlat bosh indursa
Ki, bir xamliq erur aning salomi xayrbodi ham.

Meni zuhdi riyoiy sari targ`ib etting, ey zohid,
Salohi bor esa, zohirdurur aning fasodi ham.

Navoiy, egninga qo`ydung sabu ichmakka dayr ahli,
Bu erdi umrlar, ey  mug`bacha,  aning murodi ham.

428
Qayg`udin ko`nglum toriqmishtur, ko`nguldin qayg`u ham,
Jonig`a yetmish bu g`amgindin ul-u andin bu ham.


Furqatingdin ne tirikmen, ne o`luk, vah, ne ajab,
Elga holimdin gah o`lsam yig`lamoq, gah, kulgu ham.

Vahki, emdi tushga ham kirmas visoling, negakim,
Ko`zdin andoqkim, uchar vasling, o`chubtur uyqu ham.

Uyla ohimdin jahondur tiyrakim, za`fim chog`i,
Og`zima qo`ymoqqa topilmas yorug` bir ko`zgu ham.

La`lu dur, tong yo`q ko`zumda, ne uchunkim bog`lamish,
Sovug` ohim shiddatidin anda qon, balkim su ham.

Intihosi ishqinng hijron emish, ey ahli ishq,
Vasl davroni aro mag`rur bo`lmang asru ham.

Ey Navoiy, men kimu ul oy visoli bazmi, lek
Basdur ul davlatki, o`ltursam yiroqtin o`tru ham.

429
Yog`liging ilgimda, ashkimni ravona aylaram,
Ko`zga surtub, ashk aritmog`ni bahona aylaram.

Ul ko`zumga chun yetib taskin topib giryonlig`i,
Ko`zdin olg`ach, yana ashkimni ravona aylaram.

Yana yetkach, ko`zga ashkim tursa olurmen ani,
Yana borsa, chorasin bu nav` yana aylaram.

Qo`zda kirpiklarni tillar aylabon har torig`a,
Za`fi holim ko`z tili birla fasona aylaram.

Balki har torig`a  jonim  rishtasin chirmashturub,
Jonima kasbi hayoti jovidona aylaram.

Bir qadah bersangki, tutsa mug`bacha, ey piri dayr,
Naqdi din sarmoyai jomi mug`ona aylaram.

E, Navoiy, toki bo`lmishmen fano dayrida mast,
Aqlu din tashvishidin forig` tarona aylaram.

430
Ko`nglum ichra ishq o`ti yoqmog`in angiz ayladim,
Kuydurub o`zlukni, ohing shu`lasin tez anladim.

Ul pariy ishqida kuydurdum maloyikdin qanot,
Dudi ohimniki, har dam otashangez ayladim.

Qaddu ruxsori uchun ohim o`tining shu`lasin,
Shomi g`am gohi havoyi, gohi gulrez ayladim.

Gulbuni  qaddig`a el  ko`ngli  osilmish  g`unchadek,
Mundin ul naxli vafo vasfin dilovez ayladim.

Ostoningda bosh urmoqdin agar toptim sudo`,
Ashku ul tufrog`din ani sandalomez ayladim.

Soqiyo, may tutkim, ul ayyomning uzrin qo`lay
Kim, qadahdin zuhd ranji birla parhez ayladim.

Ey Navoiy, bir pariyvash turkning majnunimen,
Yo`q ajab, har qayda raxshin surdi, men xez ayladim.

431
Har kishi yor ollida der chinni   ham, yolg`onni ham,
Vahki, ul bovar qilur voqi`ni ham, bo`htonni ham.

Jong`a yettim muxtalif ashobidin, ul dilrabo,
Uylakim ko`nglumni oldi, kosh olsa jonni ham.

Muddailar buyla hamroz o`lsalar yor ollida,
O`zga tutmoq farzdur o`lmakni, bal hijronni ham.

So`z dey  olurlar  gahu begah,  mahallu bemahal,
Bas mahaldur, tark qilsam mulku xonumonni ham.

Chunki bag`rim qonini  ko`z yo`lidin oqizdilar,
Dam-badamdurkim, surubturlar sarosar qonni ham.

Ey ko`ngul, dahr ahlig`a yo`q va`dayu paymon durust,
Necha kuygung sen dog`i, uz va`da, buz paymonni ham.

Hoshalillohkim,  Navoiy  aylagay tarki vafo,
Bevafo kofirlar olsa jonni ham, imonni ham.

432
Ey musulmonlar, kelur holim ko`rub, kofirg`a rahm,
Naylayinkim, kelmas ul sho`xi pariy paykarg`a rahm.


Rahm etarlar telba ko`nglumni ko`rub ahli junun,
Ne ko`ngul bo`lg`ayki, kelmas ul pariy dilbarg`a rahm.

Gar jafosi boru rahmi yo`q, anga ne e`tiroz
Kim, xudo bermaydur ul  sho`xi jafogustarg`a rahm.

Xo`blug` rasmin ilikdin berma, ey berahmkim,
Xo`blar oshiqlaridin qildilar aksarg`a  rahm.

Yo`lung ustida yotibmen xastayu zoru zaif,
Bir o`tarda aylagil bu bekasi muztarg`a rahm.

Bevafolar sari gar dunlarg`a rahm ermas, ne tong,
Yo`qki dunlar, balki yo`q garduni dunparvarg`a  rahm.

Ey Navoiy, sarv yanglig` dudi ohu siymi ashk,
Ne osig` chun kelmadi ul sarvi siyminbarg`a rahm.

433
To o`yuldi xanjari hijron bila giryon ko`zum,
Ul tanur o`ldiki, zohir ayladi to`fon ko`zum.

Vola ul suratqa, jono, to bo`lubturmen, erur
Surati bejon ko`zidek, ul taraf hayron ko`zum.

Dedim: etkil orazing birla ko`zung vasfin, dedi:
Orazim davri qamar, sarfitnai davron ko`zum.

Ashkdin yuz sari chun zohir qilur durri samin,
Go`yiyo ko`z mardumi g`avvos erur, Ummon ko`zum.

Bo`ldi bir gulgun bo`yalg`an sham`ining xam shu`lasi,
Qilg`ali  rangin sirishkidin tanimni  qon  ko`zum.

Chun keraktur pok ko`z manzuri bo`lmoq pok yuz,
To yuzung bor, o`zga yuz ko`rmak emas imkon ko`zum.

Ey Navoiy, yo`q hadim ul sho`xni ko`rmakka, lek
Har qayon azm etsa, asrar xalqdin pinhon ko`zum.

434

Javhari paykonlaringning maxzani jon istadim,
Jondin ortuq tuhfani jon ichra pinhon istadim.

Tarki ishq irshod qildim ko`ngluma, qatl aylading,
Bu edi jurmumki, kofirni  musulmon istadim.

Ey sabo, devona  ko`nglumdin xabar topqilki,  men
Topmadim, chun ul pariy ko`yida har yon istadim.

Zulf  aro qoshing ko`rungach, bo`lmadi zohir hilol,
Shomi iyd ani sipehr uzra farovon istadim.

Vasl aro ahbob ila ul zolim oncha qo`ydi dog`
Kim, ul o`tqa to`zmagandin dog`i hijron istadim.

Xonaqah ahli azobidin may ettim orzu,
Zohido, o`ldum deganda, obi hayvon istadim.

Ey Navoiy, ishq aro o`lsang dog`i vasl istama
Kim, muyassar bo`lmadi, men ulcha imkon istadim.

435
Labing hayot suyidin zulol emish bildim,
Zulol nuqtasi ustida xol emish bildim.

Uchuq labingda emas, reza inju la`l uzra
Ki, bargi gul uza bir qatra bol emish bildim.

Qadimki xam bo`lub, og`zing xayolidin itti,
Adam ichinda hamonoki, dol emish bildim.

Qoshingda xolning ovozasin eshitmish edim,
Bu Ka`ba toqiyu ul bir Bilol emish bildim.

Yuzungni bilmas edim zulf aro chu qildi tulu`,
G`arib axtari farxundafol emish bildim.

Daniy tajammulu ozodaning falokatidin,
Zamon tabiati bei`tidol emish bildim.

Firoq shomida so`rdum Navoiy ahvolin,
Soching xayolida oshuftahol emish bildim.

436
Ne uchun tarki muhabbat qildi mohim bilmadim,
Bu g`azabkim, ayladi mohim, gunohim bilmadim.

Oshiq o`ldum, yordin topqay debon ko`nglum visol,
Hajr bu yanglig` bo`lurni kiynaxohim ilmadim.

Yor ko`yi ichra itti zor jismim ohdin,
Qayda tushkanni bu yeldin bargi kohim bilmadim.

Ishq bo`stonig`a kirganda havoiy qush kebi,
Sunbuli zulfi  bo`lurni domi  rohim bilmadim.

Aqlu xushu sabrim itti, ko`rgach ul kirpik safin,
Bir-bir o`lmog`ni qora ko`rgach, sipohim bilmadim.

Kirmaguncha dayr aro tinch o`lmadim, tut bodakim,
G`ussadin bu qal`a erkanni panohim bilmadim.

Ey Navoiy, buyla qilg`an ro`zgorimni qora,
Hajr shomi erdi yoxud dudi ohim bilmadim.

437
Ey, ko`ngulga yuz tuman bedod sendin, jong`a ham,
Muncha birla rashk andin munga, mundin ong`a ham.

Moviyu gulgun to`n ermaskim, ko`zu ko`nglum aro,
Sug`a dog`i tushmish ul usruk, bo`yalmish qong`a ham.

Husnig`a hayronmen ul yanglig`, meni hayronki el,
Ham aning husnig`a hayrondur, meni hayrong`a ham.

El buzug` ko`nglin so`ra borg`an emish ul ganji husn,
Ranja qilg`aymu qadam, yo rab, bizing vayronga ham.

Lam`ai paykonidinmu ko`nglum ichra tushti o`t,
Yo`qsa ko`nglumdin o`qig`a tushti o`t, paykong`a ham.

Qil gadoyingg`a vafo, ey xo`blar sultonikim,
Bevafolig`dur gadog`a umr ishi, sultong`a ham.

Ey Navoiy, davr ayog`in tut g`animat, ushbu dam
Kim, sabote yo`qturur bu davrg`a, davrong`a ham.