Топ рейтинг www.uz
MUSAMMAN

Har taraf azm aylab ul sho`xi sitamgor, ey ko`ngul,
Tig`i hajridin necha bo`lg`aybiz afgor, ey ko`ngul,
Chun safar aylab edi bir qatla dildor, ey ko`ngul,
Dardi hajrig`a bo`lub erduk giriftor, ey ko`ngul,
Buylakim, ta`rif etib g`urbatni bisyor, ey ko`ngul,
Shahru kishvardin malolat aylab izhor, ey ko`ngul,
Anglading yo yo`qmukim, aylar safar yor, ey ko`ngul,

Vahki, bo`lduq yana hajri ilgidin zor, ey ko`ngul.

Ahli ishq ichra manga dardi firoq o`lmish nasib,
Bu emas dardiki, ani daf` eta olg`ay tabib,
Yorni g`urbat sari targ`ib etar har dam raqib,
Vahki, ul gul furqatidin o`lgusi bu andalib,
Chun safar asbobini omoda aylabtur habib,
Bir taraf go`yo azimat qilg`udektur anqarib,
Ul xud aylar azm, men ham xastadurmen, ham g`arib,
Goh-gohi bo`lg`asen mendin xabardor, ey ko`ngul.

Ey ko`ngul, sen sevdung ul oyniyu bo`ldi ulfatim
Kim, tamoshosig`a kundin-kunga oshti hayratim,
Ul borur emdiyu o`rtar jonni dog`i hasratim,
Shu`la gardung`a chekar har lahza so`zi furqatim,
Gar desam hamrah boray, za`f ichra ko`ptur shiddatim,
Yo`q turarg`a toqatu muhliktur onsiz mehnatim,
Ne borurg`a quvvatim bor, ne turarg`a toqatim,
Bizni bu holatqa sen qilding giriftor, ey ko`ngul.

Yor chun aylab safar, paymonu ahdin snndurur,
Ming alam yuz zaxmliq jonimg`a har dam yetkurur,
Gar desam hamrah boray, tab`ida shiddat bilgurur,
Bormasam, hajri balo o`qi tanimg`a yog`durur,

Har birida bir suubatdurki, jonni kuydurur,
Bormog`im yo`q mumkinu tursam, firoqi o`lturur,
Bora xud olmon, turub ham, chun tirilgum yo`qturur,
Bas vido`ing qildim, andin qolma zinhor, ey ko`ngul.

Har qayon borsa,  rafiqu hamqadamkim bo`lg`asen,
Shodmoni aysh yo ranjuri g`amkim bo`lg`asen,
Noumid o`lma, giriftori alamkim bo`lg`asen,
O`zni gum qilma, azizu muhtaramkim bo`lg`asen,
Bil g`animat, itlaridin necha kamkim bo`lg`asen
Sen bo`lurg`a mahrami rozi haramkim bo`lg`asen,
Mahrame gar bo`lmasang, xushtur bu hamkim, bo`lg`asen
Itlariga rozdoru sohib, asror, ey ko`ngul.


Ul musofir xaylini itdek erishsang xoru zor,
Ranjdin joning nahifu toshdin jisming figor,
Qaysi mavzu`niki manzil aylasa ul shahsuvor,
Kecha tong otquncha qilsang posbonliq ixtiyor,
Solsang o`zni ichkari, gar g`oyib o`lsa pardador,
Qovsa, chiqsang — qovmasa, dargah aro tutsang qaror,
Nogahoni gar bo`lub toli` musoid baxtiyor,

Topsang ul oy birla so`zlashguncha miqdor, ey ko`ngul.

Hajru furqat anduhidin telbalardek chekma un,
Mastlardek so`z adosin qilma, ko`p aytib uzun,

Avlo ulkim, oh o`tidin qilmasang zohir tutun,
Etmasang sargashtalik dasht uzra andoqkim, quyun,
Borgohi ayshida bir go`shada tutsang o`run,
Jannat oyin bazmig`a el mast bo`lmastin burun,
Iltimosim budururkim, barcha eldin yoshurun,
Qilg`asen miskin Navoiy dardin izhor, ey ko`ngul.