MUXAMMASLAR
1
1
Jilva qildi dahr aro ko`p husni bexamto yigit,
Gul kebi nozik badanlik, sarvdek ra`no yigit,
Ushbu majma`dinki, bo`lg`ay erdi ming zebo yigit,
Qo`nglum oldi bir pariypaykar malak siymo yigit
Kim, bani odamda andoq bo`lmamish paydo yigit.
Sarkashi ablaq sekretib, davrondek ul xurshidvash,
Egnida zarkash libosi dog`i andoqkim quyosh,
Xulqi ham xush, husni ham dilkash, o`zi ham jur`akash,
Oti sarkash, to`ni zarkash, husni dilkash, xulqi xush,
Qo`rmaduk bu nav` mahvashi chobuku ra`no yigit.
Ishq oshubi balosin to qilibmen ixtiyor,
Qo`z, yuzin ko`rgan zamonu ko`nglum aro qolmas qaror,
Qo`nglum o`lsa vaslig`a moyil bo`lur ko`z ashkbor,
Ishqida ko`zu ko`ngulning bir-biridin rashki bor,
Olloh-olloh bo`lur ermish muncha ham zebo yigit.
O`tti umr ul xo`blar shohidin ayru mohu sol,
Men qari qulg`a visoli xud erur amri mahol.
Der: seni zor o`ltururmen gar visol etsang xayol,
Zorlig`lar birla o`lmay topmag`umdur xud visol,
Ne uchunkim, men qari quldurmen, ul mirzo yigit.
Ul pariyvashkim, qilur sayri xiyoboni Hirot,
Qo`zga istig`nosi husnidin ko`runmas koinot,
Ollig`a yuz qo`ysa ming zohid qilur qat`i hayot,
Yo`lida yuz ming kuhan pir o`lsa qilmas iltifot,
Kimsa ko`rganmu ekin bu nav` beparvo yigit.
Ham ko`zungdin ko`ngluma har lahza ortib yuz malol,
Ham xatingdin xotirim ichra parishon yuz xayol,
Qo`yung ichra dardu ranju mehnatim bee`tidol,
Yo`lung uzra ham gadomen, ham qari, ham xasta chol,
Bir boqib o`t holima husnung zakoti, o yigit!
Necha shayxi xonaqoh avrodida faryod etay,
Dermen emdi bosh olib dayri fano sari ketay,
Kofiri ishq o`lg`an el pobo`sig`a dog`i yetay,
Dayr piri mazhabin tutmay, musulmonlar, netay,
Olg`an o`lsa naqdi imonimni bir tarso yigit.
Ishqni afsurda jonimdin sovutsam yaxshiroq,
Zuxdu taqvo birla ko`nglumni ovutsam yaxshiroq,
Qad egildi, sarvqadlarni unutsam yaxshiroq.
Bosh oqardi, sabzxatlar tarki tutsam yaxshiroq,
Kim, xush ermastur yigitlar bazmida alo yigit.
Ohkim, o`tkardi umrum xushlug`in charxi daniy,
Sovug` ohim birla sarg`ardi hayotim gulshani,
Garchi may ichmak emas umrin kechirgan el fani,
Ey Navoiy, qarib o`zni solmakim, aylar seni,
Bir qadah may birla ul sho`xi qadah paymo yigit.
2
Ko`rguzub yuz, ko`ngluma yuz ming jafomu qilmading!
Jism uyidin xasta jonimni jalomu qilmading!
Xotirimni ishq o`tig`a mubtalomu qilmading!
Ishq o`tidin qismatim dardu balomu qilmading!
Dudi birla xonumonimni qoromu qilmading!
Toki ko`rdum yo`l ozib, ko`y pchra sen dilxohni,
Qaysi o`tqa solmading har dam meni gumrohni,
Etmadingmu jonima qotil g`ami jonkohni,
Kuymakimga barqi ofat qilmadingmu ohni,
O`lmakimga ashkni sayli balomu qilmading!
Qilmadingmu past jismim yerga, ey sarvi baland,
Achchiq-achchiq yig`larimg`a etmadingmu no`shxand,
Tig` tortib surmadingmu boshima har yon samand,
Javr tig`ridin tanimni qilmadingmu band-band,
Furqatingdin band-bandimni judomu qilmading!
Yuz tazallum ayladim, ul sho`xi mavzun qildi zulm
Mehnatu dardim kebi har dam digargun qildi zulm,
Arzi holim ko`ngluma qildim bayon, chun qildi zulm,
Ey ko`ngul, holimni qilding arzu afzun qildi zulm,
Bilmadingmu yo bilib yaxshi adomu qilmading!
Dahr elidin jong`a har dam yuz balo ermas dema,
Ulki mahvash bo`lsa, bemehru vafo ermas dema,
Shevasi gardun kebi javru jafo ermas dema,
Shikva qilsaq sendin, ey gardun, ravo ermas dema,
Bizni bekom aylab, el komin ravomu qilmading!
Ey ko`ngul, to dardi ko`yida gadolig` topmading,
Bilki, ahli dard ichinda podsholig` topmading,
Qo`rmading hargiz navo, to bonavolig` topmading,
Bahrn ishq ichra, Navoiy, oshnolig` topmading,
To bu bir ko`zni Aras, ul birni Omu qilmading.