www.uz
NUN HARFINING NOZANINLARINING NAMUDORI FAVOYIDDIN

438
Tilab  jannatni, o`tmon do`st  ko`yida gadolig`dii,
Muhaqqar bog` uchun kechmak bo`lurmu podsholig`din.

Bo`lub bsgona, ul may dog`i to xirqamdadur bildim
Ki, dog`i hajr emish oxir natija oshnolig`din.

Firoqing ichra qolg`ach, o`lmakimga qilma hayratkim,
O`lumdin o`zga ish yo`q, jismg`a jondin judolig`din.

Ajoyib  ibtilodur bandi zulfung ichra jonlarg`a
Ki, bor o`lmakcha bir soat najot ul mubtalolig`din.

Jahon sho`xinki, el  mahbubidur, aqd aylading, lekin
Taammul qilki, ne lozim kelur bu kadxudolig`din.


Yorut may lam`asidin xilvatimni bir kun, ey mug`kim,
Yorug`lug` topmadim xilvatda yillar porsolig`din.


Ko`zum andoq qorarmish tiyra zuhd ichraki, gar soqiy,
Demon may tutsa, zahr ichkaymen ani ko`z qorolig`din.

Bu gulshan g`unchasida jola ermaskim, tish irjaytib
Kular oshufta bulbul navhasig`a bevafolig`din.

Navoiy, benavoliq shevasin berma ilikdinkim,
Navo har kimki istabtur, topibtur benavolig`din.

439
Etkurub erdim firoqing tunlari gardung`a un,
Shukrkim, vasling kuni emdi ne ul undur, ne tun.

Yuz yopib, qilding uzun shomi g`amimni, ey quyosh,
To quyosh mag`ribqa  moyil, soyasi ko`prak uzun.

Dema: zulfum bandidin bosh chekma, bo`ynung to`lg`ama,
Tig` agar sursangki, men bosh qo`ydumu tuttum bo`yun.

Tiyra ohim elga zohir qildi ko`nglum kuymakin,
Garchi o`t yoshunsa, ani oshkor aylar tutun.

O`rtanib jismim, balo dashtida sargardon kezar,
Shu`ladin tarkib topqon buylakim ko`rmish quyun.

Soqiyo, tut jom, solma tonglag`a may va`dasin,
Tongla chun ma`lum emas, bori g`animatdur bukun.

Ey Navoiy, qo`l surohidek bo`yunni quchqali
Etmasa, bori surohi bo`ynig`a ilgingni sun.

440
Yuzungkim tozaroqdur bargi guldin,
Uchar ko`zdin vale chiqmas ko`nguldin.

Kuyub hajringda kul bo`ldum va lekin
Yoruqtur ishq mir`oti bu kuldin.

Ajab farxunda zote senki, odam
Mubohot aylagay sendek o`g`uldin.

Qulimen ishqningkim, tanlamaydur
Muhabbat shevasida shahni quldin.

Siroti mustaqim o`ldi shariat
Ki, jannat topmog`ung o`tmay bu puldin.

Bag`oyat hiylagardur zoli gardun,
Agar ersen, hazar qilg`il bu tuldin.

Tariqi ishq ila borg`il, Navoiy
Ki, ozdi har kishikim, chiqti yo`ldin.

441
Ishq chun berdi tanim shu`lasig`a ko`kta o`run,
Chekti bir-birdin ani, ayirib uchqun-uchqun.

Ishq o`ti yoqqali chok etti quruq jismimni,
Yorsa xushroq tutashur, necha quruq bo`lsa o`tun.

Shu`laliq tan bila  g`am dashtida  sargardonmen,
Go`yiyo yeli samum o`lsa, bo`lur buyla quyun.

Dudi ohimg`a yetishmas, chiqibon abri bahor,
Uylakim rif`at ila abri bahoriga tutun.

Charx yog`dursa kavokibni, sirishkimcha emas,
Qanda daryo bila teng bo`lg`ani bordur shudrun.

Tiyr boroni g`aming jonu tanimdin o`tti,
Olloh-olloh ne balo bu yog`in ermish o`tkun.

Ko`kragim  chokini tikmak bila butsun demangiz,
Subhning ko`nglakining chokini kim ko`rdi butun.

Zohido, tonglagi kavsar mayidin ko`p dema so`z,
Kelki, mayxona aro xush tutoli o`zni bukun.

Istamas bo`lsang ishing uzra girih, tuzluk qil
Kim, yog`in rishtasig`a qatrasi xud keldi tugun.

Mastmen, lek unaman tugmai toj aylasa shayx,
Zuhdi ko`yi aro xirqamdin agar tushsa yurun.

Ey Navoiy, dema zulfi aro holingni, degil
Kim, erur asru aning qissasi chirmashu uzun.

442
Rishtai jonim sanga bog`ligdur, o`ltur bir zamon
Kim, erur qo`pmoq hamonu rishtani uzmak hamon.

Fahm etar yaxshi yomon vasling manga tegmasnikim,
Yaxshilardin yaxshisen sen, men yomonlardin yamon.


Vasli no`shi lazzatin so`rdung, javobin ne deyin,
Menki hijron neshidin bir lahza topmasmen amon.

Ashk uza qolqir zaifu zor jismim ohdin,
Tund yel tahrikidin andoqki, bahr uzra samon.

Eldin o`lmishmen ramida ani rom aylay debon,
Lekin ul yor elga rom, ammo erur mendin ramon.

Bu fano dayrida har damkim o`tar, tut mug`tanam
Kim, yana bir damg`acha  mumkin emas bo`lmoq zamon.

Ey Navoiy, davr agar budur, meni mast etkali
Sen to`la quykim, men aning sofu durdin tolg`amon.

443
Ul koni malohatda demon bor edi bir on,
Lav tanzur fi husnihi-l-on kamo kon.

In ihtariqa jismi min nori havoyih,
Kuymasligi xasning choqin yetkanda ne imkon.

O`lgum susabon hajr biyobonida, rahm et,
Konat shafahak-aynu hayot ano atshon.

Yo qurratu ayni ji` va-r-ham bidumu`i,
Kim qildi bu selob ko`zum uyini vayron.

Ey qonki, ko`zumdin oqasen rahmki, o`lgum,
Min jayri dami-l-ayni lano hosilu iyqon.

Lav lam yakuni-r-royihati-l-manzili salmo,
Yuz qatla band manzilidin ketmish edi jon.

Har vajh ila gar o`lsa Navoiy ne ajabkim,
Min kulli vujuhin sufi vajhika hayron.

444
Ey, yuzung ustida ko`z andoqki, oraz uzra ayn,
Nun bila ikki qoshing ichra tafovut binu bayn.

Men kimu taqvo musulmonlarki, har soat solur
Ko`ngluma ul ikki kofir ko`z xayoli sho`ru shayn.

Anjum istar charx tosida tugonlar ishqdin,
To ko`rubtur ul muqammirvash qo`lida ka`batayn.

Yirtting umrum sijillin, tig` ila boshim chopib,
Qolmadi bo`ynumda hijron o`lturub bori bu dayn.

Dedi: og`zimdur  sening  umrung,  visolim  istagil,
Umr agar bo`lsa, visolin topqamen al umr ayn.

Soqiyo, ko`p va`da qilding, roh ila rohat yetur,
Yo`qsa qil ma`yuskim, al`yasu ihd-al rohatayn.

Ey Navoiy, nega ma`yus o`lg`ay ulkim, shohidur
Xusravi G`oziy muizzi mulku din Sulton Husayn.

445
Ishq aro kuysam, kulumni lutf etib yo zulminan,
Xayli mo`ri qilkim, ul ko`y ichra qilg`aylar vatan.

Ko`yida uryon tanim dafn aylang, o`lsam ishq aro
Kim, shahid o`lgang`a tufrog` pardasi basdur kafan.

Dard o`qi jismimg`a yog`di, go`yiyo bo`ldi sipehr,
Har hilol andoza qavsidin manga novak fikan.

Ko`yida qatlimg`a rozimen, nechukkim telba it,
Cheksalar, lekin toqib bo`ynumg`a zulfidin rasan.

Nozik ermas hulla, jonlar rishtasidin ko`nglak et,
Kim anga jisming tahammul qilg`ay, ey nozuk badan.

Bu chaman gulzorig`a berma ko`ngul, ey andalib,
Kim erur, har gulki ko`rsang, tegrasida yuz tikan.

Ey Navoiy, ko`yiga bordim tilab qaddu yuzin,
Bog`ni naylay, keraklik yo`q manga sarvu suman.

446
Musavvireki,  qilur  ko`yi gardining raqamin,
Qo`yungki, ko`zga chekay surma milidek qalamin.

Yilon taharrukin ar qush tutarda ko`rmaysen,
Ko`ngul olur chog`i ko`r bandi zulfi pechu xamin.

Nihon tan ichra tuganlardin o`ldi munglug` jon,
Gadoki, ta`biya qilg`ay libos aro diramin.

Ko`ngulki, g`am sipahin  ko`rdi chekti  shu`lai  oh,
Birov kebiki, tikar mo`r xaylig`a alamin.

Xiromin asru sevarmen vale ko`ngul ichra,
Ayog`  chu qo`ydi, tilarmen,  ko`tarmagay qadamin.

Xumor muhlik edi, dayr piri tutti qadah,
Unutmog`um, agar o`lsam dog`i, aning karamin.

Navoiyo, adam istar falak vujudungni,
Teng onglasin dog`i aning vujud ila adamin.

447
Netib tama` qilayin bo`ynuma soching rasanin
Kim, ul quyosh yuziga soldi chin ila shikanin.

Buzug` ko`ngul aro ishqing chu kirdi qochti xirad,
Bu ajdahoni ko`rub, bum qo`ydi o`z vatanin.

Tirildi xattu yuzungdin ko`ngul, magar ekting,
Xizr suyi bila bu bog` sabzayu samanin.

Qatili ishqing agar kirsa ravza tavfig`a hur,
Ketursa hulla, ola olmag`ay aning kafanin.

Ko`ngulda xor g`amidur o`larman, ey Mar`yam,
Masih ignasi birla chekay desang tikanin.

Jahonda raz qizining la`lidin og`iz olma,
Desangki, ko`rmagasen zoli charx makru fanin.

Navoiy usruk agar dayr ichinda o`rtadi dog`,
Magarki suzguch ila kimsa bog`lag`ay tuganin.

448
Necha  kundurki xabar topmamisham siymbarimdin,
Ne asardur xabarimdin, na xabardur asarimdin.

Nazarim ollida oysiz kechadin tiyraroq o`ldi,
Hajr kunduzlari, to bordi quyoshim nazarimdin.

Zaxmi qotil ekanin derga erur har biri bir til,
Tig`i hajri qayu pargolaki, tildi jigarimdin.

Keluram oh nla rasvolig` o`ti har sari sochib,
Ofiyat ahli, salomat qo`punguz  rahguzarimdin.

Buylakim, ul ko`zi ofat yonar o`t jonima urdi,
Barqi ofat choqilur olam aro har shararimdin.

Ul sifat ishqu junun tog` ila dashti aro ittim,
 Ki,na Farhod nishon topti, na Majnun xabarimdin

Dahr bog`ida vafo naxli ekib, berdi jafo bar,
Bog`bono, deki, ne bergamen ul samarimdin.

Nosiho, ishqu junundur hunarim, tarki buyurma,
Sanga or o`lsa, manga faxrdurur bu hunarimdin.

Ey Navoiy, boribon yor, fano dashtig`a tushtum,
Magar ul qaytsa, men qaytqamen bu safarimdin.

449
Yo`q furqat aro bahram ne tandinu ne jondin,
Billahki, to`yubturmen ham mundinu, ham ondin.

Jon dushmanu jonon xud andin manga dushmanroq,
Tong yo`q, ko`p esa dardim jondin esa jonondin.

Ko`ksumga urar toshqa gar tegdi o`qung ne sud,
Kuydurmakima, chunkim o`t sekredi paykondin.

Men xastani rashk o`rtar, aylarga malak surma
Gardeki, chiqar ko`kka javlonida maydondin.

Zulfidin agar ko`nglum jam` o`lmadi, ayb ermas
Kim, topqusi jamiyat ul xayli parishondin.

El zarqu firibidin voqif kishi Majnundek,
Ne ayb, ko`ngul uzmas gar g`uli biyobondin.

Zahr ichgilu may ichma, dahr ichra Navoiydek
Kim, naf` xumor-o`qdur bu sog`ari davrondnn.

450

Muzahhab aylagan paykonlaring jismim aro har yon,
Dema bosh chektikim, chekti zabona shu`lai hijron.

Qachon paykon ko`runmas, hajr o`tining shu`lasi bo`lsa,
Ani tortib chiqarmoq zaxm ichidin bormudur imkon.

Ne tosh otib, tanimni zaxm qilsang,  g`amg`a qolurmen,
Munga ne bog`lay ani, qayda bog`lay, deb meni uryon.

Balo dashtida ko`rgan vahsh Majnunni, meni dogi,
Xirad  ahli  qoshinda  telba  ko`rgandek,  qolib hayron.

So`ngaklarni tanimdin bir-bir  ayirdi g`ami  hajring,
Mahaldur itlaringni aylasam kulbam aro mehmon.


Ne men qolg`um, ne sen boqiy, zamone kelgil, ey soqiy,
Qadah davrini xush tutkim, vafosizdur base davron.

Vafosizdur  zamon  ahli, zamonda  ne vafo bo`lg`ay,
Vafo ahli bulardin gar vafo istar, erur nodon.

Xusho, dayr ichra mayxona, to`la ilgimda paymona,
Menu ahli fano og`zida kullu man alayho fon.

Fano dayrida soyilliqni sultonliqdin ortuq tut
Ki, o`lmaklikda tengdurlar  agar soyil,  agar sulton.

Jahon ichra  kishining chun  yo`qiyu bori  yaksondur,
Ne farrux kimsadur ko`rgan jahon boru yo`qin yakson.

Navoiy, o`zni xush tutkim, kishiga dahr ishi bordur,
Agar mushkul tutar mushkul va gar oson tutar oson.

451
Furqatingdin  sudurur  ko`nglum,  xayoling  ul  sudin
Uyla zohirdurki, zohirdur  jamoling  ko`zgudin.

Ul yuz ollimdin ko`rungach, qochti hijron zulmati,
Soya qolg`andek keyin, xurshid chiqqach o`trudin.

Hajr biymi ichra bo`ldum past, baskim, yig`ladim,
Vasl ummidi dog`i topsam, sustayurmen kulgudin.

Deb eding qatlingg`a kelgum, chun ishim o`lmakdurur,
Kelsa o`lgum, kelmasa ham, o`lgum ushbu qayg`udin.

Chekmisham qotil ko`zung ollinda ko`nglum saydini,
Chun qulaydur bir o`q ot, o`tkarma ani qobudin.

Dermen,  aylay surma bir sohib nazarning gardini,
 Ohkim, uyg`onmag`ur baxtim, ko`z ochmas uyqudin.

Ko`rgali ani Navoiydek o`zumdin bormisham,
O`ziga kelturmas ul ayyor ushbu bexudin.

452
Yorutmas quyosh tiyra shomim qorosin
Ki, bu shom etar tiyra aning ziyosin.

Ochar shoh o`zi band qilg`anni, lekin,
Xalos aylay olmas birov mubtalosin.

Gar Ayyub sabr etti turluk baloda,
Vale ko`rmadi hajr shomi balosin.

Bulut bo`ldi ohimkim, ul oyni yopqay,
Ulustin qilib tiyra ishqi havosin.

Diram o`rnig`a bersa anjumni tashlar,
Agar imtihon qilsang, ul oy gadosin.

Qani ra`iy mundin savob, ey ko`ngulkim,
Kishi qoyil o`lsa, bilib o`z xatosin.

Navoiy erur bulbulung lekin, ey gul,
Unutturdi hajring xazoni navosin.

453
Netib o`pkaymen ul chobuk ayog`in,
O`pa olmon chu raxshining tuvog`in.

Bularni bo`lmasa o`pmak, ne imkon
Taxayyul birla ham o`pmak dudog`in.

Aziz andoqki ko`z ichra savodi,
Ko`ngulda ham tutarmen toza dog`in.

Kerak tutmoq xating atrini topqan
Binafshazordin o`tsa dimog`in.

Menu sog`ar, faqihu jomi kavsar,
Bale, har kimsa ko`rsun o`z ayog`in.

Jahon makrin biravkim bildi, bermas
Jahon mulkiga bir damlig` farog`in.

Saranjom o`lmak ermish, ey Navoiy,
Xizr umri muyassar bo`ldi sog`in.

454
Ikki gul kecha kulbamni guliston aylabon,
Oldilar jonimni bedod, ulcha imkon aylabon.

Biri bo`rkin sindurub, jonlar safin sindurg`ali,
Aqlu din mulkin safi mujgoni vayron aylaboi.

Biri bir necha hilolin egri bog`lab noz ila,
Anjumu aflokni husnig`a hayron aylabon.

Biri xatti sabzasidin gulga bog`lab hoshiya,
Bazmin ul sabzayu gul bog`i rizvon aylabon.

Biri olam ahlining ko`ngli qushin sayd etkali,
Sunbuli domini gul uzra parishon aylabon.

Biri qoshu kirpigidek o`q bila yo ilgida,
Lekin ul yo birla-o`q jonlarni qurbon aylabon.

Biri vo`sma birla surma rangidin ko`k toqini,
Ofat angizu qora nargisni fatton aylabon.

Biri bog`lab bargni to`n uzra minorang qur,
Naxli qaddin g`ayrati sarvi xiromon aylabon.

Biri gulgun to`ng`a sarig` astardin zeb etib,
Sarvi ra`nosin guli ra`noda pinhon aylabon.

Mastlig`din ul qilib ilgida dog`in oshkor,
Sho`xlig`din jong`a bu yuz dog`i pinhon aylabon.

Zulm ila ul o`lturub, bu lutf birla tirguzub,
Gar bu qilsa zulm, ul ham lutfu ehson aylabon.

Men agar boqsam bu yon, tig` urub aning ishvasi,
Boqsam ul yon, g`amzadin bu tiyr boron aylabon.

Ey Navoiy, bu fasonang yo tush erkin, yo xayol,
Necha lof urmoq o`zunga muncha bo`hton aylabon.

455
Ey ko`ngul, gar quti jon qilmoq tilar bo`lsang labin,
Yo`qtur imkon solmayin bo`ynungg`a tavqi g`abg`abin.


Shomi hijron uyla muhriqdurki, har soat qurur,
O`l qilib daryog`a yopinsam bulut chodirshabin.

Tiyradur ul nav`kim, qilg`ay quyosh nurin qora,
Garchi  kunduz charx toli` qilsa baxtim  kavkabin.

Uyla usruk chiqti javlon aylab ul, oykim, qilur
Er bila teng, ko`k uza sekretsa nogah ashhabin.

La`li jon olmoq tilar, yo`qsa takallum aylasa,
Ruh ila qilg`ay musharraf yuz Masiho qolibin.

Sofi may ichkim, kuduratdur sarosar, angladim
Ham zamon rasmini, ham ahli zamonnnng mashrabin.

Charx toqidin sado ermas, maloyik zikridur,
Chun Navoiy yetkurur gardung`a yo rab-yo rabin.

456
Etishti bayramu raf` etti ro`za qayg`usin,
Hilol musayqali yorutti boda ko`zgusin.

Sipehr jomi hilolig`a jilva berdi, magar
Ki, boda zabt eta olmas nashot kulgusin.

Magarki, qildi shabistong`a azm shohidi iyd.
Ki, to`kti farruh ayog`ig`a axtar injusin.

Dalil rohi shafaq rangu jomi minoyi,
Shafaq mayini ko`ru charx jomi minusin.

Farog`ate tilar ersang, ko`p og`zi xishtini ol,
Ushat bu xisht bila zuhd nangu nomusin.

Saharki, xalq musallog`a yuz qo`yar, xush tut,
Borurg`a dayri fano sari tong qorong`usin.

Navoiy, ich qadahu foniy o`lki, topti baqo,
Biravki, topmadilar el surog`u belgusin.

457
Sebakedur orazim rangi birav hijronidin,
Olmadek bo`lmish qizil har yoni ashkim qonidin.

Novaki qonlig` ko`nguldin, eykn, dersen o`tmamish,
Aylagil bore  nazarkim, qon tomar  paykonidin.

Men kebi majnunni ham bosti mazallat gardikim.
Fahm bo`lmas zaxm ila dog`i tani uryonidin.

Go`y urardin yo`qki, ul chobuk qilur bir boshni go`y,
Buki bir g`avg`o chiqar har dam aning maydonidin.

Xo`blug` davrida yod etgil gahe ushshoqni
Kim, base yod aylagungdur xo`blug` davronidin.

Aysh bazmin, ey ko`ngul, mayxona ayvonig`a chek
Kim, balo toshi yog`ar har dam sipehr ayvonidin.

Ko`yida itlar fig`oni andin erkin har kecha
Kim, uyumaslar Navoiy nolayu afg`onidin.

458
Yuzung ko`rgach, ilik ko`ksumga urmon, ishq tobidin
Ki, ko`nglumga qo`yarmen, sekrer aning iztirobidin.

Chiqibtur chun tishing hajrinda ohim abri naysondek,
Ne tongdur, yog`sa jola o`rnig`a aning sahobidin.

Ko`nguldin poralar  ma`lum o`lurkim, istar ul oyni,
Damim o`ti sharorining falak sari shitobidin.

Havoyi ishqdurkim, buzg`ay uylarni hubob oso,
Buzulg`ochkim, havo  chiqsa  ko`zum bahri hubobidin.

Savodi hajr shomicha to`kulgay mushk har sari,
Parishon aylasa yel, tob ochib zulfung tanobidin.

O`tukin to rikob o`pti, aning rashkidin istarmen,
Ki, tishlab-tishlab, o`tuk na`lidek uzsam rikobidin.

Ajab yo`q, totsa har it telbarab og`zidin o`t sochqay,
Junun ko`yida tushkan shu`laliq bag`rim kabobidin.

Sadodin obi hayvon qatrasi sekrirmu har sari,
Vayo so`z der zamon, dur sochilurmu la`li pobidin.

Desang hajring xumoridin xalos o`lg`aymen, ey soqiy,
Magar og`zimg`a quyg`aysen labi la`ling sharobidin.

Ne mozidur, ne mustaqbal orada, sensenu bu dam,
Ne shod o`lmoqdurur har dam uzun umrung shitobidin.

Desang do`zax azobin chek Navoiy, tortsun ming yil,
Xalos etsang ani, yo rab, dame hijron azobidin.

459
Malolat bumi uchmas men gado vayroni tomidin,
Muzahhab  qush  kebi  shah qasrining mili  maqomidin.

Jamoling subhidin so`rdung nishone, vah ne nav` aytay,
Qutulmaymen chu hargiz tiyra zulfung hajri shomidin.

Bu yanglig`kim taqibsen har ko`ngulga zulfdin tore,
Ko`ngullar  ne qutulg`aylar  qading sarkash xiromidin.


Yuzungnung hajrida bu ko`z qorasin lola yanglig` bil,
Qorasi davrida evrulgan ashki lolafomidin.

Seni istarda bu majnun xiromi barqdek, tong yo`q
Ki, po`ya vaqtida o`t choqilur har tez gomidin.

Labing obi hayotida erur Iso dami muzmar,
Ne tong, bo`lsa o`luk jonbaxsh aning shirin kalomidin.

Chu ko`rdum og`ziyu zulfini, hushum bordi yag`mog`a
Ki, mul kayfiyati fahm o`ldi aning mimu lomidin.

Nasimi zulfin istishmom qilsa aqli kuli chiqmas
Junun atri qiyomatqa degin aning mashomidin.

Ul oy hajrnnda mahzunmen, kerak mayxona ul yanglig`
Ki, may kam bo`lmag`ay yillar ichib aflok jomidin.

Manga chun dayr piri sa`y qildi butparast o`lmoq,
Unuttum xudparast o`lmog`ni aning ihtimomidin.

Erur ko`ngli qushig`a halqamu ushshoq otin ko`rgach,
Navoiy otig`akim, halqa chekting ul asomiydin.

460
Dema gulgundur libosimkim, sirishkim qonidin,
Rang tutmish, qon oqar siqsang, tutub har yonidin.

Necha ko`nglum bog`ida, ey ishq, kirsang topilur,
Sarv birla  g`uncha  aning novaku paykonidin.

Oshkoro ganji husnndin chu bahram yo`qturur,
Qayda topqaymen tamattu` xurdai pinhonidin.

El bila kasbi havoyu su qirog`i istading,
Bo`lma g`ofil ohu ashkim sarsaru to`fonidin.

Xo`blug` davronida ushshoqdin yod et gahe
Kim, base yod aylagungdur xo`bluq davronidin.

Istamang oxir giyohi mehr yo bargi vafo
Kim, ko`karmaydur bular hargiz jahon bo`stonidin.

Ey Navoiy, yoqmasa ul oyg`a, bas qildim navo,
Lek man` aylarga ojizmen ko`ngul afg`onidin.

461
Tilab maqsad harimi tavfini yeldek xiromimdin,
Oziqqan hamrahim topmas asar qum uzra gomimdin.

Qiyomatqa degincha zahr o`tidin marg`zor o`lg`ay,
Agar bir qatra tomsa, furqating bazmida jomimdin.

Qamar davrida yorug`luq yuzini ko`rmagay kimsa,
Quyosh ruxsorig`a gar tushsa xole tiyra shomimdin.

Shamimi zulf vasfidin eshittim nuktae bir kun,
Erur yillarki, mushki nob isi ketmas mashomimdin.

Sipehr uzra emas gulgun bulut, har sarikim tushmish,
Falak mir`otig`a aksi sirishki la`lfomimdin.

Kabobim juz bag`ir yo`q, garchi bor ohim aningdekkim,
Tushar vayronim ichra churkanib, qush o`tsa tomimdin.

Xalos o`ldum ishim tengriga solib, toki bildimkim,
Ochilmas ish menpig behuda sa`yu ehtimomimdin.

Mug`anniy nag`masidpn toza bo`lmas, ey Navoiy, ruh,
Agar zeb etmasa la`lig`a ruhafzo kalomimdin.

462
Shioiy xatlar ayrilg`an kebi xurshidi raxshondin,
Ko`ngullar yo`llar etmishlar jamoling sari har yondin.

Sirishkim yomg`uriyu shomi hijronimg`a rahm etkim,
Bu o`tti Nuhning umridin, ul bir o`tti to`fondin.

Dema, ey Xizr, jon birla baqosi bobida ko`p so`z,
Fano ahli aro jonon borinda kim desun jondin.

Buzug` ko`nglum aro xattu uzoring, ey bahori husn,
Erur andoqki, butkay sabza birla lola vayrondin.

To`ladur ko`ksum ichra novaking, surtub ilik, fahm et,
Tanimda har sarimo` o`rnida bir no`gi paykondin.

Chu davr ahli jafosidin icharmen boda, ey soqiy,
Unutma davr ayog`idin, vale yod etma davrondin.

Qachon oy kahkashondin soyir o`lsa, bo`lg`ay ul yanglig`
Kim, ul xurshidi siymo sayr uchun o`tkay xiyobondin.

Chu gulda yo`q vafo rangi xazon yetkuncha, ey bulbul,
Sabodin bargi  gul  yanglig` uchub chiq bu gulistondin.

Navoiyg`a Hijoz ohangi bo`ldi, to yana qaytib,
Maqom etmas Iroq ollida, yod etmang Xurosondin.

463
Lolalar ochilsa vayron marqadim har yonidin,
Dog`i ko`nglum o`tidindur,  rangi zaxmim qonidin.

Har o`qungnung zaxmidin qon oqsa, tong yo`q, nov-nov,
Xossa ikki nov ham topqay ul o`q paykonidin.

Borg`ali devona ko`nglum tan uyin sog`inmadi,
Itti Majnun, uylakim, yod etmadi  vayronidin.

Hajr shomi yig`laram g`urbatdin, ey hamsoyalar,
Bu kecha voqif bo`lung bu saylning tug`yonidin.

Hajr yuz ming yilchayu ashkim urar gardung`a mavj,
Men ham o`ttum Nuhdin, bu ashk ham to`fonidin.

Eyki, bu bazm ichra ichting kom ila bir davri may,
Bilki, nokom oncha qon yutqung falak davronidin.

Ey Navoiy, tush ko`rarsenmu vatanni, demakim,
Telba tushdek sog`inur, yod etsa xonumonidin.

464
Yuz o`tida yuz qatra su, tong yo`q, xo`yi g`altonidin,
Ko`nglum o`tida yo`qmudur yuz qatra su paykonidin.

Qilg`anda raxshin garmpo`y ul shahsuvori tundxo`y,
Qilg`ay debon ollida go`y, olmon boshim maydonidin.

Bu dardu g`amdin lolmen, maydon aro pomolmen
Kim, ko`rgach-o`q beholmen ul ishvagar javlonidin.

Boshim sari nazzora qil, ey charx, dod, boringni bil,
Dog`i saodat anglag`il har zaxm aning chavgonidin.

Maydong`a ul chobuk surub, boshimg`a chavgon yetkurub,
Sargashta jonim kuydurub, el po`yasi har yonidin.

Ko`k mazraidin xo`shae kasb aylasang, qil to`shae,
Kom istabon tut go`shae, go`yi falak davronidin.

Gardun chekib tig`in nihon, yuz javr birla to`kti qon,
Oxir Navoiy topti  jon, topqach vafo  jononidin.

465
Gar meni yod etmas ul oy zulm ila bedodidin,
Shukrkim, g`ofil emasmen bir dam aning yodidin.

Lutf etib, gar yod etar, yo zulm ila bedod etar,
Men rizosin istaram yodidinu bedodidin.

Kecha aysh ahli mug`anniy lahnidin xushhol emas,
Onchakim men tongg`a tegru itlari faryodidin.

Xotirim sinmoq tilar, ko`ngli tilarmen, men dog`i,
Har ne bu shishamga kelgay xushtur, ul po`lodidin.

Sabr toshidin ko`ngulga ko`p bino tarh ayladim,
Ko`z yoshim sayli qo`ngardi barchani bunyodidin.

Dayr piri dedi: maydin bosh ko`tarma, ey rafiq,
Solik uldur, chekmagay boshini pir irshodidin.

So`rma, ey hamdam, Navoiyning g`aminkim, olame
G`am bila to`lg`ay, dam ursa xotiri noshodidin.

466
Yorab, ulkim vasl shomi kom olur zebosidin,
Tiyra qilma ayshi ko`zgusini subh anfosidin.

El mayi la`lin netay, mamzuj esa obi hayot
Kim, mening jomim erur  mamlu firoq olmosidin.

Ul pariy ishqi agarchi ayladi majnun meni,
Shukr erur, boreki qutqardi xirad vasvosidin.

Fosh mehri tuxmini ko`nglumda ektim, ko`r nishon,
Har so`ngak yonimda urmoqqa muhabbat dosidin.

Urmag`aysen posbonlig` lofi ko`k qo`rg`onida,
Voqif o`lsang, ey ajal, hajrim tuni bir posidin.

Qilmag`il bu korgah vasfig`a fikru boda ich
Kim, xirad idroki ojizdur aning ehsosidin.

Ey Navoiy, piri soqiyvashqa andoq men xarob
Kim, unutmishmen jahon tarxon ila barlosidin.

467
Ey musulmonlar, fig`on ishqi baloangezdin,
Ohu vovaylo balolig` furqati xunrezdin.

Qayda faryodim eshitkay ulki, ko`yi kam emas,
Xalq afg`oni bila g`avg`oi rustoxezdin.

Gul yuziga xo`y tushub, la`lig`a ko`nglum qildi za`f,
Bo`ylakim za`f aylamish qandi gulob omezdin.

Ko`nglim ichra gulsitoni husnidur, ey bog`bon,
Kelki, ohim farqi yo`qtur nafhai gulbezdin.

Ahli din qatlig`a mundoq chiqsa mast ul mug`bacha,
Soqiyo, may berki, kechtim taqvoyu parhezdin.

Ishq o`ti mazlumkushdur, bilmas ani ahli zulm,
Anglag`il bu nuktani Farhod ila Parvezdin.

Ey  Navoiy, itlarin  ko`rmakka borsang, bag`ring uz,
Kim guziring yo`qturur bu nav` dastovezdin.

468
Dameki ishq o`tida qolmag`ay asar mendin,
Namuna bo`lg`usi uchmakda har sharar mendin.

Pariyvashim g`amidin telba itdek o`lmishmen,
Salomat ahli, bukun aylangiz hazar mendin.

Aningdek ashk ila ohim solibturur to`fon
Ki, bordurur yeru ko`k vaz`ig`a xatar mendin.

Aningdek o`ldi fano ishq aro vujudumkim,
Adam diyorida ham topmog`ung xabar mendin.

Anga yetarga boshoq saqli man` etar garchi,
Xadangi kasratidin chiqti bolu par mendin.

Taayunot ichida ishq bnr haqiqat erur,
Gar o`lsa bulbulu parvonadin va gar mendin.

Navoiy, aylama tun-kun nishotu ta`lim ol,
Shabona oh bila nolai sahar mendin.

469
Har  kishi bayram sabohi shodu men g`amnokmen,
 Iydgoh ichra ayog` ostidag`i xoshokmen.

Garchi el bayram sabohi shodmondurlar, valek
Sog`inurmen barcha g`amgindur, chu men g`amnokmen.

Oh dudi birla toju ashk qonidin libos,
Ul qora, bu ol, ul yanglig`kim, bu bebokmen.

Qavsang ollingdin, yonarda demagil kohil meni,
Qo`y inoningda yugurmak, ko`rki, ne cholokmen.

Borma mahvashlar tamoshosig`a dersen men kebi,
Zohido qilding gumonkim, muncha beidrokmen.

Toki qildim raz suyidin tarki hush, ey bog`bon,
Xam bo`lub, qo`l har taraf solg`an nachukkim tokmen.

Ey Navoiy, fayzdin anfosim o`lmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen.

470
Qadni ul xurshid ayog`inda agar dol etkamen,
Jilvasig`a zulf yanglig` o`zni pomol etkamen.

Xoldek yuzum qora, gar to`yg`amen ruxsoridin,
Gar ko`zumnung mardumin ruxsorig`a xol etkamen,

Ul pariy paykarga forig`bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid`o paru bol etkamen.

Har kecha holim xarob o`lg`anda, yolg`on tush bila,
Va`dai  vasl  aylab, andin o`zni xushhol etkamen.

Gar desamkim, ko`yi tufrog`in aylay ko`z halqasin
Ming teshukluk pardai jon birla g`arbol etkamen.

Bodani bo`g`zumg`a quyg`aysen yiqib, ey mug`bacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen.

Rishta jismingdin, somon sarig` yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oyg`a irsol etkamen.

471
Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo bo`lsang, sanga andoqki men.

Ishq dardig`a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog`a kimsa ermas mubtalo andoqki men.

Uylakim, yo`q sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yo`qturur bir telba ahln ishq aro andoqki men.

Eyki qo`ymaysen, tanimni tu`ma qilgay itlaring,
Itlaringga jonni kim qildi fido andoqki men?!

Ey Navoiy, fayzdin anfosim o`lmish ruhbaxsh,
To Masihodek aloyiq zulmatidin pokmen.

470
Qadni ul xurshid ayog`inda agar dol etkamen,
Jilvasig`a zulf yanglig` o`zni pomol etkamen.

Xoldek yuzum qora, gar to`yg`amen ruxsoridin,
Gar ko`zumnung mardumin ruxsorig`a xol etkamen.

Ul pariy paykarga forig`bol yetmak istabon,
Tunu kun tengridin istid`o paru bol etkamen.

Har kecha holim xarob o`lg`anda, yolg`on tush bila,
Va`dai vasl aylab, andin o`zni xushhol etkamen.

Gar desamkim, ko`yi tufrog`in aylay ko`z halqasin
Ming teshukluk pardai jon birla g`arbol etkamen.

Bodani bo`g`zumg`a quyg`aysen yiqib, ey mug`bacha,
Gar icharda tavba uzri birla ihmol etkamen.

Rishta jismingdin, somon sarig` yuzungdin chirmayin,
Ey Navoiy, nomakim ul oyg`a irsol etkamen.

471
Bilgasen, chekmas kishi dardu balo andoqki men,
Gar birovga mubtalo bo`lsang, sanga andoqki men.

Ishq dardig`a davokim vasl debsen, ey hakim,
Bu balog`a kimsa ermas mubtalo andoqki men.

Uylakim, yo`q sen kebi husn ahli ichra bir pariy,
Yo`qturur bir telba ahli ishq aro andoqki men.

Eyki qo`ymaysen, tanimni tu`ma qilg`ay itlaring,
Itlaringga jonin kim qildi fido andoqki men?!

Garchi o`lturdung jafo birla meni, lekin tilab,
Topmog`ung davronda bir ahli vafo andoqki men.

Yo`qturur davron jafosidin qutulmoq, ey rafiq,
Tutmasang  mayxonaning  kunjini to  andoqki  men.

Ey Navoiy, gar berur husni zakotin yo`q kishi,
Xastae zore g`aribiy benavo andoqki men.

472
Yorab, anglabmu ekin ul oykim, aning zorimen,
Kechalar savdosidin andoqki zulfi torimen.

Sihhatim bo`lsa, topibmen la`li yodidin  shifo,
Notavon ham bo`lsam, aning ko`zlari bemorimen.

Yo`qturur haddim demakka yorimen yoxud iti,
Itlariga har kishi yor, ul kishining yorimen.

Xo`blar ushshoqig`a jon bersalar, ul qilsa qatl,
Har sari yuzlansa ishq ahli, men aning sorimen.

Istasa el jonini, bilmon berur-bermaslarin,
Bo`lsa yuz jon ham, anga borin berurmen borimen.

Jilva aylab mast, to ko`nglumni oldi mug`bacha,
Dayr piri itlari silkida xidmatkorimen.

Hajrdin to notavon jonimni qutqardi ajal,
Ey  Navoiy, anglakim, jon birla minnatdorimen.

473
Yuz jafo, tong yo`q, gar ul nomehribondin ko`rgamen,
Kim vafo ko`rmish biravdinkim, men andin ko`rgamen.

Kimsa abnoyi zamondin ko`rdimu hargiz vafo
Kim, men ul xunrezu oshubi zamondin ko`rgamen.

Qo`yki, itdek telba ko`nglum necha mehnat, ey rafiq,
Har dam ul ovorayi bexonumondin ko`rgamen.

O`zgalar lutfin netaykim, jonima orom erur,
Javru  bedodikim,  ul  oromi  jondin  ko`rgamen.

Nozaninlar jilvagohi ichra har yon telmurur
Ko`zlarimkim, ul sumanbarni qayondin ko`rgamen.

Eru ko`knii ashku ohim saylu dudi qildi gum,
Necha ranju mehnat ul ikki yomondin ko`rgamen.

Dema ul oy orazin ko`rsang, urar boshingg`a tig`,
Har balo kelsa boshimg`a osmondin,  ko`rgamen.

Xirqayu sajjodani qilsam fano dayrida rahn,
Ikki olam sudini mundoq ziyondin ko`rgamen.

Ey Navoiy, so`rmag`ilkim, qilmag`umdur oshkor,
Yuz  nihoniy dardu  mehnatkim, falondin ko`rgamen.

474
Telba  ko`nglum  javridin  andoq parishonholmen
Kim, aning bedodining sharhin demakdin lolmen.

G`am sipohi chun hujum aylar aning to`sh-to`shidin,
Holig`a rahm aylabon, g`am xaylig`a pomolmen.

Gohi majnunvashlig`i birla bo`lurmen muztarib,
Goh behol o`lmag`idin za`f aro beholmen.

Za`f holingg`a necha rahm aylagaymen, ey ko`ngul,
Sen dog`i rahm etki, men ham bas za`f ahvolmen.

Ishq aro gohi bo`lurmen zor mo`yangdin chu mo`y,
Furqat ichra goh nolangdin nachukkim, nolmen.

Kosh itsang, uylakim nomu nishoning topmasam,
To desam ishq anduhidin emdi forig`bolmen.

Ey Navoiy, necha dermen ishq tarkin aylayin,
Chun ish ishga yetti, aylarmen yana ehmolmen.

475
Hajr shomidin qorong`uroq tun o`lg`aymu ekin,
Yo rab, ul tundin xalos o`lg`an kun o`lg`aymu ekin?!

Barq yanglig` olam o`rtar lam`ai shomi firoq,
Do`zaxi hijron chiqarg`an uchqun o`lg`aymu ekin?

Ko`yida itlar izi ruxsorima bo`ldi baho,
Mundin oyo qimmatiroq oltun o`lg`aymu ekin?

Subh furqat bir balo daryosi buzdi xalqni,
Shomi hijronimda  yog`qon shudrun o`lg`aymu ekin?

Gul masallik toza qonlig` dog`lar birla tanim,
Dard bog`ida ochilg`an gulbun o`lg`aymu ekin?

Tiyr boroni firoq ahbob jonidin o`tar,
Hech yomg`ur mundin, oyo, o`tkun o`lg`aymu ekin?

Bog` aro gullarga o`t soldi Navoiy nolasi,
Benavo bulbulg`a, vah, mundoq un o`lg`aymu ekin?!

476
Bu kecha hajr kuni shomi qiyrgunimu erkin,
Yo`q ersa sa`b g`amim do`zaxi tutunimu erkin?

Chu shayx xirqasig`a ruq`a tikti, jismi tutashti,
Samum hullasidek ko`nglagim yurunimu erkin?

Firoq dashtida itkan ko`ngul yelib chiqa olmas,
Aning bu vodi aro g`ul rahnamunimu erkin?

Ko`zum uyiniki sayli sirishk buzdi, yiqilmas
Qading xayoli bu vayronaning sutunimu erkin?

Bu o`tki telba ko`ngulni pariy xayoliga solmish,
Yuzung shioimu yo shu`lai jununimu erkin?

Biravki kasbi fano qildi, ko`kka qo`ydi qadamni,
Bumu zabun anga yo ul munung zabunimu erkin?

Navoiy ozdi esidin, chu kettin jismiga ko`p na`l,
Talab yo`lining alar na`li bozgunimu erkin?

477
Demangiz kelmish alam sihhat ketib, yor ilgidin
Kim, manga ham yuz alamdur ul jafokor ilgidin.

To ilik bo`ynig`a osti yuz duoyu hirz ila,
Surtubon yuzni musharraf bo`ldi, tumor ilgidin.

Zor ko`nglum ilgida, ozor ham ilgidadur,
Bedavo ozorini kasb etti bu zor ilgidin.

Kosh jonimni aning ilgiga qilg`aymen fido,
Jong`a har ne bo`lsa bo`lgay, bori dildor ilgidin.

Dardini minnat tutub, jonimga aylarmen qabul,
Anglasamkim, kam bo`lur bir zarra ozor ilgidin.

Boda olg`ach, titratur har subh ilgimni xumor,
Ichmasam ikki labolab jom xammor ilgidin.

Ey Navoiy, ko`nglum ilgidin chekarmen yuz balo,
Tuxmat aylarmenkn, bor ul moh ruxsor ilgidin.

478
Garchi ul mahvash jafo aylar, taammul qilmayin,
Chunki oshiqmen, vedur choram tahammul qilmayin.

Hajr biymin anglabon aylar ko`ngul vaslida maks,
Qatl uchun elturda  el bormas, taallul qilmayin.

Og`zin anglarda belin ko`nglumda aylarmen xayol,
Xurdadon bo`lmas kishi, nozuk taxayyul qilmayin.

Ishq sirrin gar bayon aylar esam, ey piri aql,
E`tiroz etma, hadisimni taaqqul qilmayin.

Vah, necha qon yutqamenkim, soqiyi davron manga
Chun yetar har davr aro, o`tmas tag`oful qilmayin.

Foniy o`l, faqr istar ersangkim, erur maqsad muhol,
Yo`lga chun qo`ygay qadam rahrav, tavakkul qilmayin.

Ey Navoiy, shart qildimkim, agar bo`lsam xalos,
Ishqidin o`zga bu ish zikrini bikull qilmayin.

479
O`rtama ko`nglumni komin hosil etmastin burun,
Qushni kim biryon etibtur, bismil etmastin burun.

Jism aro ishqing vatan qilmay, hanuz oldi ko`ngul,
O`t yoqar yer topti uyni manzil etmastin burun.

Oshiq o`ldum, jonim osonlig` bila ol, ey ajal,
Ishq dardi jong`a ishni mushkul etmastin burun.

Ey ko`ngul, yor ochti yuz, hijronda o`lmak sa`b erur,
Jon fido qil yuzga burqa` hoyil etmastin burun.

Pandlar berdi xirad ko`nglumga, yuz shukr, ey pariy,
Telba qilding nosih ani oqil etmastin burun.

Foniy o`lsun kim baqoyi jovidon istar ani
Foniy o`lg`anlarg`a davron doxil etmastin burun.

Ey Navoiy, g`ayr naqshidin orit ko`nglungnikim,
Fayz mumkin ermas, o`zni qobil etmastin burun.

480
Yorumas sham`i jamoling, rishtai jon o`rtabon,
Furqating dardi kam o`lmas, dog`i hijron o`rtabon.

Ko`ngluma o`t, boshima solding qilich, ammo ne sud,
Oshkoro urmag`ing su, uyni pinhon o`rtabon.

Barqe kulmak birla kuydirgan kebi jismim xasin,
Ohkim, kul qildi gul gulbargi xandon o`rtabon.

Xayli ishqing har so`ngakni tanda biryon o`rtadi,
Korvon yoqqondek o`t, xaslarni har yon o`rtabon.

O`qlarin o`rtab tanimda, to`kti ko`nglum qonini,
Turfa saydi ayladi bismil, nayiston o`rtabon.

Soqiyo, sol otashin la`ling bila bir o`t manga
Kim, ko`ngulga shu`la solsun, jonni oson o`rtabon.

To Navoiydek bo`lay ozod o`zluk mulkida,
Har nenikim o`rtamaklik bo`lg`ay imkon o`rtabon.

481
El g`amimdin kuymasun deb, nolai zor aylamon,
Dardi holimning mingidin birni izhor aylamon.

Yo`qsa yo`qtur hech soatkim, fig`oni zor ila,
Yuz tuman ming bag`ri toshning ko`nglini zor aylamon.

Turfa bukim, tortibon yuz muncha do`zax shu`lasi,
Yor ko`nglin bu haroratdin xabardor aylamon.

Turfaroq bukim, fig`onimdin uyumay dahr eli,
Uyquluq baxtim ko`zin bir lahza bedor aylamon.

Ishq aro men o`zga, Farhod o`zgadur, ey do`stlar,
Teshai g`am birla men tog` bag`rin afgor aylamon.

Soqiyo, andoq sabuh istar ko`ngulkim, bersa dast,
To qiyomat subhi andin o`zni hushyor aylamon.

Ey Navoiy, sudrab eltur boda birla mug`bacha,
Ixtiyorim birla azmi ko`yi xammor aylamon.

482
Qatra terlardin yuzinda dur nishonimu deyin,
Yo takallum vaqti la`li durfishoninmu deyin?

Og`zidin jismim adam bo`lmag`lig`inmu sharh etay,
G`uncha yanglig` tah-batah ko`nglumda qoninmu deyin?

Tan firoqinmu desun, jon ishtiyoqinmu desun,
Men xayoli tan guzori jonsitoninmu deyin?

Eyki, dersen nuktai ishqu junun ahlidin ayt,
O`z fasonam, yo`qsa Majnun dostoninmu deyin?

Soqiyo, ko`nglumda  may hirsin ko`rub, so`rdung sabab,
Hajri dardin yo xumori begaroninmu deyin?

Charxdin qilsam shikoyat so`rmang, ey xalqi zamon,
Xalqning javrinmu, oshubi zamoninmu deyin?

Qolg`ali shomi firoq ichra Navoiy sham`dek,
Kuymakinmu aytayin, ashki ravoninmu deyin?

483
G`am tuni la`ling surudi hajr der men zor uchun,
Chun ajal yetti Masiho zahr ezar bemor uchun.

Ko`zki uchqan chog`da ustiga yopishturdum somon,
Nomabar qushdurki, sarig` ruq`a eltur yor uchun.

Orazing shavqidakim,  ashkim to`kar  ko`z  mardumi,
Bog`bon yanglig`dururkim, su ochar gulzor uchun.

Ko`yi tufrog`in mening diydamg`a sol, ey tong yeli
Kim, erur ul surma loyiq diydai bedor uchun.

Chun yiqildi za`fdin jismim uyi, naylay, aso
Kim qilibtur sarvi pushtibon yiqug` devor uchun?!

Umr naqdig`a imorat aylang, ey dayr ahlikim,
Vaqfi jon mulkin qilibmen kulbai xammor uchun.

Gar Navoiy, hajr dashtidin o`ta olmas, ne tong,
Yo`l yuruy olmas kafi g`am toshidin afgor uchun.

484
Necha ashkimdin manga, ey ishq bedod etkasen,
Ohdin jismim xasin har lahza barbod etkasen.

Elga dilbar iltifotidin meni aylab g`amin,
Elni bo`lg`andin manga nomultafit shod etkasen.

Menkim o`ldum, g`amda jon bermak manga ta`lim etib,
Ulki qotildur, anga o`lturmak irshod etkasen.

Ey ko`ngul, bergaysen elga suri nafxidin xabar,
Aylab ohingdin qiyomat, chunki faryod etkasen.

Har zamon ishqing chu yuz ming qatlig`a qoni` emas,
Furqatingdin yo`qturur hojatki, imdod etkasen.


Ishqdinkim jonima yuz gul ochilmish, ey hakim,
Jahl erur,gar nomiya ruhig`a isnod etkasen.

Uyla mahv o`lmish Navoiy xotiringdin, ey pariy
Kim, unutub, shoyad ul devonani yod etkasen.

485
Er holidin manga, vahkim, xabar yo`qtur bu kun,
Bu jihatdin aqlu hushumdin asar yo`qtur bu kun.

Subh selobi sirishkim oqti ko`p, ey do`stlar,
Pand uchun kelmangkim, ul sudin guzar yo`qtur bu kun.

Kecha gar bag`rim bo`lub qon oqti ko`zdin, g`am emas,
G`am budurkim, itlariga mohazar yo`qtur bu kun.

Men bukun o`lgach, aning ko`yiga to`ldi xalqkim,
Ashku ohim saylu barqidin zarar yo`qtur bu kun.

Va`dai vaslini tongla demagilkim, umrg`a,
E`timodim hajr shomi to sahar yo`qtur bu kun.

Ichmagum, ey dayr piri, jomi may, ul mug`bacha
May tutarg`a bazmi aysh ichra agar yo`qtur bu kun.

O`zlukin chun soldi o`lgan kun Navoiy boshidin,
Bu jihatdindur anga gar dardisar yo`qtur bu kun.

486
Ko`zlarim ko`r et, ko`ngulga dog`i hijrondin burun
Kim, bu ikki kuydurubturlar meni andin burun.

Garchi ko`ptur oshiqing, lekin yuz ochsang, kimsaning
O`lmaki mumkin emas men zori hayrondin burun.

Ashk ila dersen buzay ko`nglungni, ey ko`z, lek ishq
Er bila teng qilmish ani sayli mujgondin burun.

Kel-kel, ey jonu ko`ngul oromikim, bo`lmoq fidong,
Jon ko`nguldin burnaroq istar, ko`ngul jondin burun.

Sofi vasling borida tutma desam durdi firoq,
Derki, zahr  ichmaklik  avlo obi  hayvondin  burun.

Gar sanga yo`qtur vafo, husnung`a ham yo`qtur vafo,
Bas g`animat bil vafo, bo`lmoq pushaymondin burun.

Ey Navoiy, yetkay ul oyg`a fig`onim der edim,
Ohkim, to ochti yuz jon yetti afg`ondin burun.

487
Yuzung subhida xoling nuqtaedur, subh aro bo`lg`an,
Yo`q ersa ko`rmaduk tong yulduzin hargiz qoro bo`lg`an.

Xato bo`lmas ko`nguldin xud o`qung, ammo tilar ko`nglum
Ki, ham tekkay anga, har sari otqandin xato bo`lg`an.

Ne bilgay kirpiku qoshing g`amin bir shastig`a mag`rur
Ki, bilgay bir meningdek ohi novak, qaddi yo bo`lg`an.

Birovkim otashin la`ling uza xoling ko`rar anglar
Ki, o`tlug` jonima ushbu qarog`imdur balo bo`lg`an.

Davoyi ishq erur yo vasl, yo marg, ul emas mumkin
Bu birdur, kimsa topilsa, bu dardig`a davo bo`lg`an.

Tomug` o`tin og`izg`a olmag`aysen, voizo, bir dam,
Sanga bo`lsa firoqim ohidin, yillar mango bo`lg`an.

Qadah doir qil, ey soqiyki, bu topmish iloju bas,
Bu foniy dayr aro davron g`amig`a mubtalo bo`lg`an.

Butu zunnor mug`anniysin ne bilgay xonaqah ahli
Ki, andin ramz so`rgay sokini dayri fano bo`lg`an.

Ne tong ming til bila afg`oning, ey bulbulki,sendursen
Bu gulshanda Navoiydek asiru benavo bo`lg`an.

488
Buki ko`nglum yarasidin oqadur, qonmu ekin?
Yo qizarib erigan su kebi paykonmu ekin.

Ul xatu labki berur ko`zga safo, jong`a hayot,
Sabzai jannat aro chashmai hayvonmu ekin?

Husn xoni arokim, yoydi qazo yuzu labing,
Qursi xurshid bila la`li namakdonmu ekin?

G`uncha og`zig`amu gulshanda yog`ibtur jola,
Yo jamoling guli ichra labi xandonmu ekin?

Yor der: ko`zni yuzumdin nega bot olmassen,
Do`stlar, tengri uchun deng: bu ish osonmu ekii?

Yor javriyu ulus zulmi, falak bedodi,
Manga yolg`uzmu ekin, barchag`a yaksonmu ekin?

Ey Navoiy, el aro fitnadur ul kofirg`a,
Azmi maydonmu ekin, mayli xiyobonmu ekin.

489
Ko`z bog`ida gul ekmisham ul yuz xayolidin,
Vojibdurur ko`zumga su bermak jamolidin.

O`ptum labin yuz ochqach, erur turfa ko`rmakim,
Gul birla meva bir yo`li ul qad niholidin.

Ruxsori ko`zgusiga, ko`zum mardumig`a aks,
Fahm ayladim biaynihi ul yuzda xolidin.

Jonim gadolig` etti bir o`pmak, vale labing
Bersa javob koshki aning savolidin.

Ro`yiyat chog`i biyik daraja birla yangi oy
Ko`rdi nazzora ahli qoshingning hilolidin.

Zohidki, qildi mastlig`im ayb, ayilmag`ay,
Bir dam su ichsa, maykada sing`an safolidin.

Faryod ila Navoiy aning vaslin istamish,
Faryod, aning bu nav` xayoli muholidin!

490
Bir musofirda ko`rub timsolini, bechoramen,
Topqali ani jahon mulki aro ovoramen.

Dema, za`fingdin kachon ko`z yumg`assi, kel so`rg`ali
Kim, turubmen muntazir, mavqufi bir nazzoramen.

Eyki so`rdungkim: qachondin telbasen, andin beri
Kim, nihoni zor ul sho`xi pariy ruxsoramen.

Munchakim javrig`a men to`zdum, emasmen odame,
Go`yiyo tufrog`men, zulmida balkim xoramen.

Deb etmish: kim aning boshin ketursa, lutf etay,
Boshim olib iynak ul qotilni istay boramen.

Dasht yo tog` ichra o`lgan topqunguz bir kun meni,
Buylakim Majnun bila Farhodqa hamkoramen.

Chun kishilikdik chiqarmishdur meni ishqu junun,
Ey Navoiy, bas ajabdurkim, xaloyiq oramen.

491
Uyga kelmish, deb xabarlar aytibon jononadin,
Mast elturlar bu nav` aldab meni mayxonadin.

Bo`lmasam loya`qilu mundoq libosot o`lmasa,
Tushmakim ayru ne mumkin sog`aru paymonadin.

Istamang Farhodu Majnun tavrini mendinki, xalq
Qilmamish ahli xirad rasmin talab devonadin.

Ishq mulkida ulug` hangoma tuzgay ahli dard,
Aylagan bir doston zoxir bizning afsonadin.

Bo`lmish ul begonavash begonalarg`a oshno,
Oshnolig`lar isi topsam, ne tong, begonadin.

Orazu xoling giriftori esa ko`nglum, ne ayb
Kim, guziri yo`qtur ul qushning bu obu donadin.

Bu kuhan dayr ichra kim topsa rafiqu sog`are,
Odam ermas, tashqari qo`ysa qadam vayronadin.

Sarv qadlar sadqasi bo`lg`ang`a o`rtanmakdur ish,
Ravshan et bu mojaroni sham` ila parvonadin.

Xorlig` gardi aro botib, havodis toshining,
Vahmidin har dam chiqa olmon buzug` koshonadin.

Himmating bor esa, dunyo sho`xidin ozod bo`l,
Shohidi makkora mayli xo`b emas farzonadin.

Kim Navoiyni qilur g`oyib, topar mayxonada,
Goh dudi ohu gohi na`rai mastonadin.

492
Ishq aynidin ko`zumni qilmadi yoruq jahon,
Ne uchunkim Qof tog`i ostida erdim nihon.

Qof tog`i ostig`a qolg`an o`luk tufrog`ni,
Ne qadar ayni anodin qutqara olg`ay jahon?

Vahki, to kirdim jahon bog`ig`a maxlas topmadim,
Lahzae yuz Qofcha dard ostidin men notavon.

Dushmanimdin ne balolar yetmish o`lg`ay jonima,
Do`stdin menkim, jahonda ko`rmadim juz qasdi jon.

Anikim jonu jahonim der edim, jonig`a aysh
Yo`q jahonda onchakim olg`ay mening jonim ravon.

Muncha bedod oncha ermaskim, meni maxjur etib,
Muddailar vaslidin topqay hayoti jovidon.

Soqiyo, jonim fidong o`lsun, tutub bir jomi may,
Yuz tuman anduhdin jonimni qutqar bir zamon.

Boribon ahbobu men g`aflat asiri bo`lmag`im,
Uyladurkim, it uyub qoldiyu ko`chti korvon.

Ey Navoiy, ish qila olur chog`ingda qilmading,
Chun qariding, ne osig` hasrat bila ohu fig`on.

493
Ko`ngul, qayg`urmakim, dashti fanog`a borg`udekturmen,
Ham o`zni, ham seni hajr ilgidin qutqarg`udekturmen.

Siyosatgohi ishq ichra fano jallodi chekkach tig`,
Ayog`ig`a tushub ta`jil uchun yolborg`udekturmen.

Balo bazmida soqiyi ajal jomi fano tutsa,
Tag`or o`lsunki, og`zimg`a quyub sipqarg`udekturmen.

Firoq anduhi o`ti dudidin ko`nglum uyi to`lmish,
Aning daf`i uchun ko`ksumni har dam yorg`udekturmen.

Bu yanglig`kim, fano dashtida yuzlandim, to`yib jondin,
Masiho bo`lsa yo`ldoshim, ani qaytarg`udekturmen.

Bu yanglig`kim, oqar g`am shomi bag`rimdin shafaqgun qon,
Saharg`a tegru subhi hajrdek sarg`arg`udekturmen.

Munungdekkim, fano dayrida tutti mug`bacha sog`ar,
Navoiy voqif o`lg`inkim, o`zumdin borg`udekturmen.

494
Bo`ldi shomu qildi jonimg`a jafo bunyodi tun
Kim erur oshiqlaru bemorlar jallodi tun.

Tush ko`rub, bir kun qiyomatni bo`lub erdi unut,
Berdi hajringda meni mahzung`a ul kun yodi tun.

Men tirik qolmoq edi hijron tuni behad muhol,
Xossakim, qatlim uchun qildi aniig imdodi tun.

Kahkashon domida anjum donasin sochmoq nedur,
Gar emas o`lturgali umrum qushi sayyodi tun.

Dedilar, hijron tunidin so`ngra subhi vasl erur,
Naylayinkim, subhg`a tegru tirik qo`ymadi tun.


Bu chamanda demangiz shabxez qushlar nolasi
Kim, erur ushshoqi mahzun oh ila faryodi tun.

Hajr shomi gar Navoiy jonin oldi, tong emas
Kim, erur ahli baliyat qatlining mu`todi tun.

495
Bahor andoqki bulbul gul`uzori toza istarmen
Ki, ul gulbong ila o`zni baland ovoza istarmen.

Chu ul gul toza-toza o`t solur ko`nglum aro, men ham
Ul o`tdin ko`kragim dog`ini toza-toza istarmen.

Chu yo`q andoza ishqim birla shavqimg`a, ul oyni ham,
Jamolu mehr oyinida beandoza istarmen.

Eritsam gar ko`ngul choki uchun paykonlaring, tong yo`q
Temurdin chun hisori dard uchun darvoza istarmen.


Uzori shavqi tig`idin o`lub qonlig` kafan birla,
Aning har xoridin huro yuziga g`oza istarmen.

Firoqing ichra rozimen falak jismim uyin yiqsa,
Xilofi odat uy vayron qilurg`a roza istarmen.

Navoiy nazmining avroqi zulfungdin parishondur,
Aning jildig`a sunbul toridin sheroza istarmen.

496
Voykim, dushvorroqdur mehnati ayyomdin,
Subhim o`tkan subhdin, shomim ham o`tkan shomdin.

Vaslidin yo`q komu hijronda ne umr o`lg`ay bukim,
Bir o`lar jon minnatin chekmak kerak nokomdin.

Sabrdin yo`q muztarib ovora ko`nglumga asar,
Ul sifatkim, dasht paymo jismima oromdin.

Tiyr  boroni balokim,  paykarimg`a  yog`di,  ruh
Qochti andin uyla qushdekkim, qutulg`ay domdin.

Hech ish sarvi gulandomimg`a beandom emas,
G`ayri javru zulmikim, xorijdurur andomdin.

Jomdin bizga g`araz may ichra dilbar aksidur,
Yo`qsa o`z aksi ham aylar jilva xoli jomdin.

Ey Navoiy, necha za`fing yozib ul bazl aylagay,
O`lmaguncha ish ochilmas ishq aro payg`omdin.

497
Ne bahor o`lg`ayki, nolam ra`d erur, ashkim yog`in,
Barq der ko`rgan jahon ichra damim o`t solmog`in.

Notavon boshimga yog`durmoqdin o`zga qasdi yo`q,
Sarsari ofat uchursa hajr ko`yi tufrog`in.

Charx uza ermas shihob, ul ham bir oy hijronida,
Resh qildi, tortibon ko`ksiga axtar tirnog`in.

Sog`inib ko`yungda o`lgan itlaringni sen unut,
Men unut bo`lg`anni ham ul o`lgan itlardin sog`in.

Yo`qki ul xurshiddin, xurshid andin kuymasun,
Derki, bir yondin solur chobuksuvorim qolpog`in.

Ul anokim, bor edi farzandi sendek durri pok,
Yub edi erkin sadafdek lavslardin qursog`in.

Tavbayu taqvo qarig`an elga bo`ldi lozima,
Ey yigit, bilgil g`animat ishqu majnunlug` chog`in.

Arsh parvoz o`ldi kirgan jannati axloq aro,
Ey xush ulkim, topti ul xushxo`ylig`ning uchmog`in.

Gar Navoiy soyir erdi hajrdin g`am tog`ida,
Tebrana olmas, chu hajr egniga qo`ydi g`am tog`in.

498
Chu yor ko`nglaki chokin nazzora aylarmen,
Yaqoning o`rnig`a ko`ksumni pora aylarmen.

Raqib bazmida maxsus bo`ldi, men mardud
Topib panoh yiroqtin nazzora aylarmen.

Ne anjumandaki ul bo`ldi, el tafarruj etib,
Men elga daldalab, andin kanora aylarmen.

Chu xo`yi nozuk erur, topmanam ilojin aning,
Qoshiga borg`ali har necha chora aylarmen.

Ko`runmas oxiri holida juz pushaymonlig`,
Chu ishq tarki uchun istixora aylarmen.

Darig`u dardki, ahbobdin biri yo`qtur,
Necha tafakkur ilakim shumora aylarmen.

Navoiy o`ldi aning ishqini yoshurmaqdin,
Ne bo`lsa bo`lsun, ani oshkora aylarmen.

499
Biravdurur manga matlub dilrabolardin
Ki, ani jonima tanlabmen ul balolardin.

Itik qora-qora mujgon tikildi bag`rimg`a,
Manga bu foyda yetdi ko`zi qorolardin.

Ko`zum firoqida ko`nglum yarolari kebidur
Ki, qon tarashshuh etar tinmay ul yarolardin.

So`rung mening dog`i ovora telba ko`nglumni,
Kishi xabar desa ko`yida mubtalolardin.

Yana junun bila ishqim fasonasin demangiz
Ki, men malul bo`lubmen bu mojarolardin.

Qarib anosiru aflok tug`madi farzand,
Bizing yigit kebi andoq ato-anolardin.

Zamona ahli vafosizdur, ey zamon ahli,
Zamone xush bo`lingu yod qilmang olardin.

Iloji za`fim erur bir qadah may, ey soqiy,
Ki, noumid bo`lubmen bori davolardin.

Gadolig` etti Navoiy aning visolini, lek
Shah etsa or, ne tong, benavo gadolardin.

500
Xarob erdim agar yori sitamkorim jafosidin,
O`larmen bu zamon yori vafodorim azosidin.

Biri javri qazodur jonima, birga qazo yetti,
Xalos ermas kishi har hol ila tengri qazosidin.

Aning hajri dog`i muhlik, munung dardi dog`i qotil,
Nechuk jon eltkaymen buyla ikki ish arosidin.
 
Jafosidin munung charx etmasun bori meni mahrum,
Agarchi ayladi mahjur ul birning vafosidin.

Munung javru jafosi ro`zgorimni qora qildi,
Bu mahzunni chiqarmay ro`zgor aning qorosidin.

Aning hajri gar o`lturdi, bu birning vasli tirguzdi,
Tirik bo`lsam chiqa olmon munung shukri adosidin.

Tiriklik jonima bu ikki ishtin bir balo bo`ldi,
Ajal, qutqar meni mundoq tiriklikning balosidin.

Kishiga bo`lmasun bu nav` ikki yorkim, o`lgay
Birining ishtiyoqidin, birining ibtilosidin.

Navoiy ishqi tavrin ibtido qilg`andadur yuz hayf
Ki, bir ham qilmading andisha bu ish intihosidin.

501
Zulm tig`i qolmadi gardun boshimg`a urmag`an,
Har tuki soyi jafo toshi bila sindurmag`an.

Yuz o`lumcha bordurur ag`yor ila o`lturmag`i,
Javri tig`idek yonimda bir zamon o`lturmag`an.

Ko`rgach ani, notavon ko`nglumni uzdi iztirob,
Do`stlar, mundoq ko`ngulni kimdurur oldurmag`an.

Borsa ashkim yer quyi, ne vajh ila istay ani,
Men ko`zumda asrabon, mundoq vatanda turmag`an.

Bir pariy ishqinda mendek bo`lsa rasvo, tong emas,
Sirrini devonalig`din ko`nglida yoshurmag`an.

Qoshidin ko`rsam jafo tong yo`qki, bu qavsi sipehr
Hech kim jonig`a ermas javr yosin qurmag`an.

Bu ko`han dayr ichra tinmasliqqa qolgay tunu kun,
Xotirni yaxshi yomon savdosidin tindurmagan.

Jonni  jonon  istasa bergil,  Navoiykim, emas
Oshiqi sodiq nekim jonon tilar, topshurmag`an.

502
Kosh ko`nglumdin chiqarg`ay erdim ul oy ulfatin,
Vasl ayyomida-o`q xo`y etkay erdim furqatin.

Vaslini zikr etmagay erdi tilim, bal ishqini,
Bilsam erdi hajrida bu nav` ko`nglum holatin.

Ko`rmamish bo`lsang yog`ochkim, bargin ol etmish xazon,
Jismim uzra ko`r yangi qonlig` tugonlar hay`atin.

Tanda har yon hajr tig`i, zaxmi chektim, qilma chok,
Jonning, ey tig`i ajal, yuz ming yamog`liq kisvatin.

Tig` ila g`amgin ko`ngul o`tig`a taskin bermadi,
Ohkim, tufroqqa elturmen ul su hasratin.

Demagil uzr, ey mug`anniykim, unum topmish xarosh,
Qir o`shul suhon ila ko`nglumdin anda suratin.

Ey Navoiy, istasang kasb etmak oyini fano,
Xonaqah shayxin qo`yub, qil dayr piri xidmatin.

503
Ishq ahli, sotqun, olsa izing to`tiyosidin,
Qilg`il tarozu ikki ko`zumning qorosidin.

Qoshingki juzv-juzvida bor qavs hay`ati,
O`q yog`dururg`a jong`a otar barcha yosidin.

Ko`rmak tilar yuzungni ko`ngul, kosh itlaring
Yonimni tu`ma qilsa so`ngaklar orosidin.

Ey noz, sham`i kokulung ermaski, dud erur
Kim, zohir o`ldi shu`lai husnung ziyosidin.

Gar o`lturur habib  murodimg`a yetmayin,
Istay desam hayot, Masiho davosidin.

Mendek qul o`lg`an elga qo`yub tengri qullug`in,
Mingdin bir ermas emgakim aning sazosidin.

Dam urma bu chamanda, Navoiyki, bir gule
Bilmas zag`an fig`onini bulbul navosidin.

504
Kul o`lsa raxshi na`li barqidin ishq ichra bir xirman,
Vafo ahli ko`zi ul kuldin o`lg`ay surmadek ravshan.

Xayoling har ko`ngulga kirgach, ani o`rtasang tong yo`q,
Anga nevchunki o`tlug` ko`nglum otashgohidur maskan.

Chu ko`nglum mazraida xirmani sabrimg`a o`t solding,
Yangi dog`im emas, qolmish qora o`rni kuyub xirman.

Nihon ishqing agar qatlimg`a boisdur, bo`yinsundum,
Kechar jon naqdidin ulkim, yoshurg`ay shoh uchun mahzan.

Firoqing biymidin bir yerda yo`q g`am shomi oromim,
Kecha yer ko`p yuvutkar kimki bor qasdida bir dushman.

Boshinda savsani belbog` ila ul sarv etar jilva,
Nazar aylang ochilg`an bog` aro ozoda qad savsan.

Buzug` ko`nglumda ravzan bo`ldi tig`ing zaxmidin, yoxud
Bu vayron uy, hamonkim ochilmishdur, emas ravzan.

Sipehr o`lsa sanga markab, shafaq anjum bilan rangi,
Ko`p ildam surmakim, sen mast erursen, abrashing tavsan.


Navo chek vasl gulzorida gul shavqidin, ey bulbul
Ki, hijron bog`ida bo`lmish Navoiy shevasi shevan.

505
Borsang ol jonimni, to sensiz manga jon qolmasun,
Jon qolib, jon ichra nogah dog`i hijron qolmasun.

Chun o`larmen chin deyin, ishqi buzug` ko`nglumdadur,
Men o`lub, ul ganj bu vayronda pinhon qolmasun.

Ey ko`ngul, dey ko`zga bu damkim, tirikmen, kelsa yor,
Orazidin bahra olsun, asru hayron qolmasun.

Hajrida oncha balo yetkur manga, ey charxkim,
O`zgalar ishqin havas qilmoqqa imkon qolmasun.

Mujdai vaslin tilab, eykim, ko`nguldin hajr o`qin
Tortasen, vah, oncha voqif bo`lki, paykon qolmasun.

Dahr aro andoq maosh etgilki, sendin qolmasa
Toat andoqkim, keraktur bori isyon qolmasun.

Ey Navoiy, sobit o`lsun shoh G`oziy davlati,
Ollida qul bo`lmag`an olamda sulton qolmasun.