Òîï ðåéòèíã www.uz
PE HARFINING PARIYVASHLARINING PARVOZI «FAVOYID»DIN

67
Bu aqshom holima  sham` o`rtanib, parvona andin ko`p,
Chamanda otashin gul, bulbuli devona andin ko`p.

Itibmen gard aro, vayronim ichra, baski, boshimg`a
Falak ko`p yog`durur gardi fano, vayrona andin ko`p.

Emas anjum, qazo ko`k mazra`ida sochti g`am tuxmin,
Vale to`kti ko`zum g`am shomi mundoq dona andin ko`p.

Ne mufrit sa`b holim bori hijron ichra kim ko`rgach,
Topar andin malolat oshno, begona andin ko`p.

Ne qottiq hajr erur jonimg`akim, sayru sukun vaqti
Chaman gashti halok aylar buzug` koshona andin ko`p.

Agar oshiqlig`im jurm erdi, o`ltur, solma hijrong`a,
Ko`p o`lsa jurm xud ermas ravo, jurmona andin ko`p.

Fano mayxonasig`a sol meni, ey rindi orifkim,
G`amimni  o`ksutur dayri  fano,  mayxona  andin ko`p.

Jahonda faqr kasb et, mayl ko`p qilma g`ino sari
Ki, mundin oz etibdur orzu farzona andin ko`p.

Navoiy ohi tun-kun bulbulu parvonani o`rtar
Ki, ishq o`tini da`vo qilmag`aylar yona andin ko`p.

68
Nukta ko`p surdung, zamone la`li jonparvarni yop,
Kuydi jonlar, bir nafas ul la`lgun axgarni yop.

Qo`zg`oding olamni ochib chehra, elga rahm qil,
Shomgun zulf ochib, ul ruxsori mahpaykarni yop.

Boxtarg`a solding o`t, ey oftobi xovari,
Istasangkim boxtar ting`ay, mahi xovarni yop.

La`li jonbaxshing sari  mayl ettilar jonlar qushi,
Ul chibinlardin amon istar esang, shakkarni yop.

Fitna soldi olam ahlig`a qulog`ing gavhari,
Xalq taskini uchun ul fitnalik axtarni yop.

Anbaru kofuri shomu subhning bo`ldi xijil,
Orazing kofuri uzra zulfdin  anbarni yop.

Soqiyo, sovurdi ohim sarsari davron yuzin,
Bodano`shum, dam-badam kim ichsa may, sog`arni yop.

Ishq sirrin kimsa tahrir etmadi, taqrir ham,
Ey mudarris, dema ko`p afsonayu daftarni yop.

Ey  Navoiy, ko`nglung o`ti olam ichra soldi o`rt,
Elni kuydurdung, dame ul shu`laliq ozarni yop.