QIT`ALAR
FAVOYID UL-QIBAR MUQATTAOTINING SARSUXANLARI RAZZOQ ALAL-ITLOQ BANDA
RO`ZISIN MUQADDAR QILIBTUR SA`Y BILA ORTMASIDA AYTUR
1
FAVOYID UL-QIBAR MUQATTAOTINING SARSUXANLARI RAZZOQ ALAL-ITLOQ BANDA
RO`ZISIN MUQADDAR QILIBTUR SA`Y BILA ORTMASIDA AYTUR
1
Haq taolo bandasinnng qismatin
Chun azal devonida qilmish raqam.
Chun aning tag``yirining imkoni yo`q,
Negakim, qilmish o`zi jafful qalam.
Kimki, andin ortuq o`ksuk istagay,
Bordur aning jahli ortuq, aqli kam.
Tengri ehsonig`a shod o`lg`an, qilur
O`zni shodu mehnatidin elni ham.
Shokir o`lmay ulki, ozu hirsdin,
Doim etgay o`zni g`amgin, kimga g`am.
2
HAZRAT RISOLATNING MO``JIZANAMOY BARMOG`I TA`RIFIDAKIM, QAMAR SHAQIYDA
YADI BAYZO KO`RGUZDI
HAZRAT RISOLATNING MO``JIZANAMOY BARMOG`I TA`RIFIDAKIM, QAMAR SHAQIYDA
YADI BAYZO KO`RGUZDI
Muhammad arabiy barmog`i ishorat ila
Sipehr xonida oy qursin ul sifat oson.
Ikki oyirdiki, bir nonni xoni ichra xalil,
Aningdek ikki ushatmoq emasturur oson.
3
SHOH BILA BEKLAR VASFIYU TA`RIFIDA,
AGARCHI VASFQA SIG`MASLAR
SHOH BILA BEKLAR VASFIYU TA`RIFIDA,
AGARCHI VASFQA SIG`MASLAR
Bizing shah birla beklar majma`i bor,
Agar jolistururlar, yo`qsa rokib.
Uzidur oyu ravshanroy beklar —
Qamar davrida andoqkim kavokib.
Agar jolistururlar, yo`qsa rokib.
Uzidur oyu ravshanroy beklar —
Qamar davrida andoqkim kavokib.
4
O`ZIGA BU MULKDIN TEKKAN BALOLAR TOSHI OZORIYU BOSH OLIB
O`ZGA MULKKA BORURNING IZHORI
O`ZIGA BU MULKDIN TEKKAN BALOLAR TOSHI OZORIYU BOSH OLIB
O`ZGA MULKKA BORURNING IZHORI
Bu mulk ichinda yaxshi-yomon ta`ni toshidin,
Oncha yetishti bandai bechorag`a jafo.
Kim, shoh mulki bandasig`a chora qilmasa,
Yo`q chora emdi mulki xudo bandai xudo.
5
MAJOZDIN MAKSUDI HAQIQAT EKANNI IZHOR QILMOQ VA SURATDIN G`ARAZ MA`NI
EKANIN PADIDOR QILMOQ
MAJOZDIN MAKSUDI HAQIQAT EKANNI IZHOR QILMOQ VA SURATDIN G`ARAZ MA`NI
EKANIN PADIDOR QILMOQ
Majozdin manga maqsud erur haqiqiy ishq,
Nedinki, ahli haqiqatqa bu tariqat erur.
Majozdin chu haqiqatqa yo`l topar oshiq,
Qilur majozni nafyi ulki, behaqiqat erur.
6
MAJOZI ISHKDIN MURODI HAQIQAT EKANLARNING MONI`LARIG`A MONI`
BO`LMOQ VA NOSIHLARIG`A NOSIH
MAJOZI ISHKDIN MURODI HAQIQAT EKANLARNING MONI`LARIG`A MONI`
BO`LMOQ VA NOSIHLARIG`A NOSIH
Ko`rmasa husni majozi ichra juz haq sun`ini,
Oshiqekim, bo`lsa ishq atvori ichra pokboz.
Zohido, bu ishqdin man` aylama oshiqnikim,
Gar sen idrok aylasang, ayni haqiqatdur majoz.
7
BURDBORU KO`H VIQORLARINING MALAKVASHLIG`IN KO`RGUZMAK VA SHO`X AYYOR SIFATLAR SHAITONLIG`I SO`ZIN DEMAK
BURDBORU KO`H VIQORLARINING MALAKVASHLIG`IN KO`RGUZMAK VA SHO`X AYYOR SIFATLAR SHAITONLIG`I SO`ZIN DEMAK
Burdboru malakivashqa itoatdur ish,
Sho`x, shayton sifat eshitsa ne so`z, bosh chekar.
Uy aro shayxi zamon amrida ermas sichqon,
Teva afsorini uch-to`rt yashar yosh chekar.
8
FARDLIG` BOBIDAKIM, FARDNING AGARCHI HARFI ZAVJDUR, AMMO BARISI FARDDURU
BU MA`NINI BILGAN AHLI DARD
FARDLIG` BOBIDAKIM, FARDNING AGARCHI HARFI ZAVJDUR, AMMO BARISI FARDDURU
BU MA`NINI BILGAN AHLI DARD
Ey Navoiy, anglakim, xush olamedur fardliq,
Gar quyosh vaslin tilarsen, fard bo`l zarrotdin.
Ul emastur fardliqkim, juftdin fard o`lg`asen,
Fard uldurkim, mujarrad bo`lg`ay ul har zotdin.
9
O`Z NAFSI KOMLARIDIN KECHKANIN VA NOKOMLIG` ZAHRU XUNOBIN ICHKANIN
BAYON QILUR
O`Z NAFSI KOMLARIDIN KECHKANIN VA NOKOMLIG` ZAHRU XUNOBIN ICHKANIN
BAYON QILUR
Har ne elga kom erur, kechti Navoiy baridin,
Qilmadi nekim, buyurdi nafsi xorijroy anga.
Bu jahonda barcha nafsi voyasidin chekti el,
Ul jahonning voyasi gar muzd yetmas, voy anga!
10
YARAQON BO`LG`ANIDA O`ZINING ZA`FARONI RANGINU PARII XAYOLINING O`Z KO`ZIDA
DARANGIN AYTUR
YARAQON BO`LG`ANIDA O`ZINING ZA`FARONI RANGINU PARII XAYOLINING O`Z KO`ZIDA
DARANGIN AYTUR
Yaraqon bo`ldimu dehqoni qazo,
Za`faron ekti yoshim arig`ig`a.
Ul pariy qildi ko`zum sari vatan,
Boqmang, ahbob, ko`zum sarig`ig`a.
11
UL BOBDAKIM, G`ALAT QILUR ULKI, HUSN AHLIDIN VAFO TAMA` ETKAYKI, JINSI BASHARDA VAFO YO`QTUR, TO XO`BLARG`A NE YETKAY
UL BOBDAKIM, G`ALAT QILUR ULKI, HUSN AHLIDIN VAFO TAMA` ETKAYKI, JINSI BASHARDA VAFO YO`QTUR, TO XO`BLARG`A NE YETKAY
Zamonda husn eliga jon fido qilib, ne nav`
Vafoni men kebi bir benavo tama` tutqay.
Zamona ahlida yo`qtur vafo — ne yetkay anga
Ki, kimsa xo`blaridin vafo tama` tutqay.
12
SAXO SO`ZIKIM, SAXIYG`A MUJIBI ZABARDASTLIK VA SOYIL ILGIGA MUJIBI
ZERDASTLIKDUR
SAXO SO`ZIKIM, SAXIYG`A MUJIBI ZABARDASTLIK VA SOYIL ILGIGA MUJIBI
ZERDASTLIKDUR
Kishiki, ilgini ustun tilar, saxo qildik,
Qo`lida zahri halohilu gar Xizr suyidur.
Ki, berguchi agar o`lsun gadoyu olg`uchi shoh,
Berur ilik yuqoriyu olur ilik quyidur.
13
YOMON YOMONLIG`INI QILMASA, YAXSHILIG`CHA BOR VA BIR YAXSHILYG` QILSA O`N YAXSHI QILIQCHA
YOMON YOMONLIG`INI QILMASA, YAXSHILIG`CHA BOR VA BIR YAXSHILYG` QILSA O`N YAXSHI QILIQCHA
Har kishikim topsa davron ichra johu e`tibor
Kim, aning zotida bedodu sitam bo`lg`ay qilig`.
Yaxshilig` gar qilmasa, bori yomonlig` qilmasa
Kim, yomonlig` qilmasa, qilg`ancha bordur yaxshilig`.
14
QANOAT SINUQ SAFOLISI JOMI JAMDIN VA FAQR QURUQ NONIN XOTAM ChEKKAN NIA`MDIN YAXSHIROQ KO`RAR MUNTAHI
QANOAT SINUQ SAFOLISI JOMI JAMDIN VA FAQR QURUQ NONIN XOTAM ChEKKAN NIA`MDIN YAXSHIROQ KO`RAR MUNTAHI
Sinuq safolki, may durdin ichkali topsang,
Qabul aylamagil jomi saltanat Jamdin.
Ilikka kirsa quruq non, maosh uchun chekma
Nashot ne`matining minnatini Hotamdin.
15
NOMAI A`MOLINING QORALIG`IN DERKIM, DARYO SUYI BILA OQARMAS, MAGAR KARAM
DARYOSI BILA Yo AFU TIG`I SUHULAT ZADOSI BILA BAYON ETAR
NOMAI A`MOLINING QORALIG`IN DERKIM, DARYO SUYI BILA OQARMAS, MAGAR KARAM
DARYOSI BILA Yo AFU TIG`I SUHULAT ZADOSI BILA BAYON ETAR
Nomai a`molim ul yanglig` qoradur jurmdin
Kim, nadomat ashkidin ani oritmaq o`lmag`ay.
Balki gar Bahri muhit ichra solib, yillar yusang,
Ul qora bo`lg`ay sarosar, lek bu oq o`lmag`ay.
16
HAMUL MA`NIDAKIM QALAMNI SAFHAI FARSO DEBTUR VA KUZIGA YORUG` OLAMNI
HAMUL NOMADEK QORA DEBTUR
HAMUL MA`NIDAKIM QALAMNI SAFHAI FARSO DEBTUR VA KUZIGA YORUG` OLAMNI
HAMUL NOMADEK QORA DEBTUR
Nomai ma`siyatim chashmai xurshid ichra
Yusalar, ko`rmagay el o`zga yorug`luq yuzini.
Harfini bir-bir etib sochsa falak javfi aro,
Shibhigun qilg`ay har nuqtasi bir yulduzini.
17
SIYOSATLIG` HOKIMNING IHTISOBIDA VA KO`P QONIN TO`KARDIN
QATLI BEHISOBIDA
SIYOSATLIG` HOKIMNING IHTISOBIDA VA KO`P QONIN TO`KARDIN
QATLI BEHISOBIDA
Dovari jam qadri Sulton Ahmad ulkim, mulkdin
Har qayon shoh aylasa azm, uldurur qoyim maqom.
Chun siyosat birla ko`p to`kti haromi qonini,
Ihtisob aylab to`kar bu lahza ko`p qonin harom.
18
UCH KISHINING SO`ZI NASH`A VA MA`NISIDIN O`Z SO`ZIDA CHOSHNI
ISBOT QILMOQ VA BU MA`NIDIN MUBOHOT QILMOQ
UCH KISHINING SO`ZI NASH`A VA MA`NISIDIN O`Z SO`ZIDA CHOSHNI
ISBOT QILMOQ VA BU MA`NIDIN MUBOHOT QILMOQ
G`azalda uch kishi tavridur ul nav`
Kim, andin yaxshi yo`q nazm ehtimoli.
Biri mu`jiz bayonlig` sohiri hind
Ki, ishq ahlini o`rtar so`zu holi.
Biri Iso nafaslik rindi Sheroz,
Fano dayrida mastu louboli.
Biri qudsi asarlik orifi Jom
Ki, jomi Jamdurur sing`an safoli.
Navoiy nazmig`a boqsang, emastur,
Bu uchning holidin har bayti xoli.
Hamono ko`zgudurkim, aks solmish,
Anga uch sho`x mahvashning jamoli.
19
OSHNOLIG` BOBIDAKIM, AVVALI VA OXIRI ALAM VA OFAT IBTIDOSIDURUR VA SHIN
VA NUNI SHAYN IBTIDO VA INTIHOSI
OSHNOLIG` BOBIDAKIM, AVVALI VA OXIRI ALAM VA OFAT IBTIDOSIDURUR VA SHIN
VA NUNI SHAYN IBTIDO VA INTIHOSI
Ko`rubmen ancha g`amu dard oshnolardin,
Chekibmen ancha alardin alam, ano birla.
Ki, tushsa jonim ajal saylig`a, erur xo`shroq
G`ariqliqki, xalos o`lmoq oshno birla.
20
DAHR ELIGA BEGONAVASH OSHNOLAR BOBIDAKIM, OSHNOLIG`LARIDIN BEGONALAR
HAVASDUR VA YIROG`LIG` MULTAMAS
DAHR ELIGA BEGONAVASH OSHNOLAR BOBIDAKIM, OSHNOLIG`LARIDIN BEGONALAR
HAVASDUR VA YIROG`LIG` MULTAMAS
Menki, o`ldum dahr eliga oshnolig` ranjidin,
Qilmag`aymen oshnolig`, gar Masih o`lsun yano.
Oshnolardin, tilarmen, aylasam begonalig`,
Qayda mumkin bo`lmag`im begonalarga oshno.
21
IMOMNING RAVZAI PUR ANVORI IZTIHORIDUR VA SHAM`LARI ANVORIKIM,
KAVKABU SOBITOT NAMUDORI
IMOMNING RAVZAI PUR ANVORI IZTIHORIDUR VA SHAM`LARI ANVORIKIM,
KAVKABU SOBITOT NAMUDORI
Sekkizinchi imom ravzasida,
Kechalar oncha sham` sobitdur.
Ki, degaysenkn, sekkizinchi spehr
Sahnida kavkab savobitdur.
22
SIFLAI DUNNING BUQALAMUNLUG`IDAKIM, NAMUDORI ERUR GUNOGUN
SIFLAI DUNNING BUQALAMUNLUG`IDAKIM, NAMUDORI ERUR GUNOGUN
Dur anga na so`z siflai naxs deb,
Qilur turku hindug`a zohir nifoq.
Biaynih aningdekki, sichqay chibin,
Oq uzra qorayu qora uzra oq.
23
HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO`RGUZMAK AYBDURUR VA EL AYBIN YOPMOQ HUNAR
HUNAR AHLIKIM, HUNARLARIN KO`RGUZMAK AYBDURUR VA EL AYBIN YOPMOQ HUNAR
Erur ahli hunar qoshinda hunar
Ayb yopmoq, dog`i hunar topmoq.
Hunarin elning oshkor etmak,
Yo`q esa bari aybini yopmoq.
24
ChEHRASI SOF YIGIT BOBIDAKIM, SAFO UCHUN TAROSH QILUR VA UL MAHZ KUDURATDUR
ChEHRASI SOF YIGIT BOBIDAKIM, SAFO UCHUN TAROSH QILUR VA UL MAHZ KUDURATDUR
Sof chehrang ko`zgu yanglig` pok edi,
To anga poki bila berding tarosh.
Ko`zguni go`yoki suhon aylading,
Topqali oshiqlaring ko`ngli xarosh.
25
HUSN AHLINING HAR UZVINING VASFIDAKIM, KULLI SHAYIN MIN AZ-ZARIF ZARIFDIN XABAR BERUR
HUSN AHLINING HAR UZVINING VASFIDAKIM, KULLI SHAYIN MIN AZ-ZARIF ZARIFDIN XABAR BERUR
Yuzungda chashmai hayvon kebi labing uzra
Solur chu soya soching, la`linga yetar voya.
Sahob soyasidin ham qachon ibo qilg`ay,
Agarchi bo`lsa Masiho quyoshqa hamsoya.
26
O`Z XILQATI DEVNIXODLIG`IN TAVZIH QILMOQ VA GABRLAR FISQIN O`Z TOATIG`A
TARJIH QILMOQ
O`Z XILQATI DEVNIXODLIG`IN TAVZIH QILMOQ VA GABRLAR FISQIN O`Z TOATIG`A
TARJIH QILMOQ
Xilqatimni devlar birla agar qilsam qiyos,
Lof bo`lg`ay, gar desamkim, ul hamondur, bu hamon.
Toatimni gabrlar fisqig`a yondashtursalar,
Ne bu andin yaxshiroq bo`lg`ay, ne ul mundin yomon.
27
NAZMINING BAYTLARIN G`ARIB MA`NILAR BILA G`ARIBXONA DEBTUR, Ya`NI DOR
USH-SHIFOKI, MUJIBI SHIFO BO`LG`AY
NAZMINING BAYTLARIN G`ARIB MA`NILAR BILA G`ARIBXONA DEBTUR, Ya`NI DOR
USH-SHIFOKI, MUJIBI SHIFO BO`LG`AY
Nazmim ichra g`arib ma`nilar
G`urabo xaylidin nishonadurur.
Anda har bayt necha ma`ni ila
Bayt emaskim, g`aribxonadur.
28
SIYAHPO`Sh AZIZNING JURJONG`A BORG`ANIG`A TAAJJUB QILURKIM, ANDA
SIYAHPO`Sh KO`PTUR
SIYAHPO`Sh AZIZNING JURJONG`A BORG`ANIG`A TAAJJUB QILURKIM, ANDA
SIYAHPO`Sh KO`PTUR
Ne deb Jurjong`a bordi ul siyahbaxt,
Qora to`n birla solib ko`ngliga jo`sh.
Ki bor ul pesha ahlidin aningdek,
Qayonkim ko`z solurlar, yuz siyahpo`sh.
29
OG`ZIGA KIRGAN SO`ZNI AYTMOQ MA`NIDAKIM, MUJIBI BEE`TIBORLIKDUR
BALKI NIGUNSORLIQ
OG`ZIGA KIRGAN SO`ZNI AYTMOQ MA`NIDAKIM, MUJIBI BEE`TIBORLIKDUR
BALKI NIGUNSORLIQ
Og`zinga kirgan takallum rishtasin chekma uzun
Kim, bu ishtin sarnigunluq yuzlanib, nuqson kelur.
Ko`rki, chun og`zig`a kirgan rishtasig`a berdi tul,
Ankabut ul rishtadin har dam nigunsor osilur.
30
XATNI QIRQMAQ BILA KAM BO`LMASIN TANBIH QILMOQ BALKI ORTMASIN
YURUNCHQAG`A TASHBIH QILMOQ
XATNI QIRQMAQ BILA KAM BO`LMASIN TANBIH QILMOQ BALKI ORTMASIN
YURUNCHQAG`A TASHBIH QILMOQ
Xatingki, har necha ko`prak tarosh qilsa, chiqib
Jamolu xo`blug`ung qasrini yiqar ko`prak.
Yana ani dema sabzakim, ul yurunchqadurur
Ki, necha yaxshiroq o`rg`an sayi chiqar ko`prak.
31
BU QIT`A O`Z QIT`ALARI TA`RIFIDADURKIM, BU HAM ALARDIN BIRDUR VA
TA`RIF MUNGA HAM SODIQ KELUR
BU QIT`A O`Z QIT`ALARI TA`RIFIDADURKIM, BU HAM ALARDIN BIRDUR VA
TA`RIF MUNGA HAM SODIQ KELUR
Mundoq muqattaotkim, men yig`misham, erur
Har bir hadiqai xirad aylar uchun farog`.
Majmuin uyla kishvari anglaki, sathini,
Hikmat suyidin aylamisham qit`a-qit`a bog`.
32
ULUG` ZARFDA SUG`A SOLG`AN JOLALAR TA`RIFIDAKIM, BAHR ICHINDAGI DURLAR
NAZIRIDUR VA MAHRURLAR DILNAVOZI
ULUG` ZARFDA SUG`A SOLG`AN JOLALAR TA`RIFIDAKIM, BAHR ICHINDAGI DURLAR
NAZIRIDUR VA MAHRURLAR DILNAVOZI
Jolalarkim, muz o`rnida sudadur,
Lutfi qilmish hayot suyini gum.
Manga bu lutf ila ayon bo`lmas
Falaki obgun aro anjum.
33
HAVONING MUFRIT HARORATI VA O`TDIN AYRILG`AN SHARORALARDIN
HAR BIRINING BARQCHA SHARORATI
HAVONING MUFRIT HARORATI VA O`TDIN AYRILG`AN SHARORALARDIN
HAR BIRINING BARQCHA SHARORATI
Bir nav` mufrit o`ldi harorat havodakim,
Tebransa yel, tomug` o`tidindur zabonae.
Gar xishtxona xisht ila sovug`lug` etsa kasb,
Bas, doshxona dog`i erur xishtxonae.
34
BU DUNYODA UMRIN RIYOZAT BILA O`TKARGANNING TAVBA
VA UL DUNYODA JAZO TALABI
BU DUNYODA UMRIN RIYOZAT BILA O`TKARGANNING TAVBA
VA UL DUNYODA JAZO TALABI
Navoiy umrin o`tkardn mashaqqat birla olamda,
Umidi ulki, ul olamda topqay komronlig`lar.
Agarchi kofiri muflis masallik topmadi kome
Va lekin nafsi chun kofir edi, qildi yomonlig`lar.
Gar ul olamda haq fazl etmasayu adl ila so`rsa,
Anga bas bo`ldi zoyi` muncha chekkan notavonlig`lar.

35
O`Z TOATI SAFHASI TA`RIFIDAKIM, KOFIR KO`NGLIDIN QORAROK VA NOPOKROQDUR VA BU JIHATDIN O`ZI DO`ZAXI KOFIRDIN G`AMNOKRAK
O`Z TOATI SAFHASI TA`RIFIDAKIM, KOFIR KO`NGLIDIN QORAROK VA NOPOKROQDUR VA BU JIHATDIN O`ZI DO`ZAXI KOFIRDIN G`AMNOKRAK
Mangaki, safhai toat qoradur, nopok
Yuzum kebi ani ohim qora qilibtur chum.
Agar sug`a yusalar yoxud o`tqa tashlasalar,
Sudin orig`lig`u o`tdin yoruglug` o`lg`ay gum.
36
MAJOZIY ISHQ KO`NGLIN MALOLG`A SOLG`ANI VA HAQIKIY ISHQ ORZUSIDA TAFAKKUR BAHRIDA QOLG`ANI
MAJOZIY ISHQ KO`NGLIN MALOLG`A SOLG`ANI VA HAQIKIY ISHQ ORZUSIDA TAFAKKUR BAHRIDA QOLG`ANI
Ey Navoiy, ko`p majoziy ishq ila mash`ufsen,
O`tkin andin, dog`i yon, ishqi haqiqiy sari bot.
Ikkisidin garchi oshiq o`lmaki lozim kelur,
Bari ul o`lmakki, bo`lg`ay zimnida yuz ming hayot.
37
HAYDAR QALANDARNING BOZORNI DAVRON URG`ONIKI, FALAK DAVRONIDA MUNDOQ
SAVDO KISHIGA DAST BERMAYDUR
HAYDAR QALANDARNING BOZORNI DAVRON URG`ONIKI, FALAK DAVRONIDA MUNDOQ
SAVDO KISHIGA DAST BERMAYDUR
Erur davron urarda Mirhaydar
Jahon sargashtasi, gardun misoli.
Yopibon egniga qoplon terisi,
Tutubtur ilgiga kishti hiloli.
38
NABAVI HADIS TARJIMASIDAKI
AS-SUHBATU MUASSIR YAXSHI SUHBAT TILAMAK AVLOKIM, TUSHKAY MUASSIR
NABAVI HADIS TARJIMASIDAKI
AS-SUHBATU MUASSIR YAXSHI SUHBAT TILAMAK AVLOKIM, TUSHKAY MUASSIR
Pok rahravlar bila har kimki, bo`ldi muxtalit,
Shak emasturkim, natija topmas illo poklik.
Har necha bo`lsa arig`siz chun arig`lig` su aro
Xilt bo`ldi, mumkin ermas qolmog` ul nopoklik.
39
YIGITLARGA DILBASTALIG` YIGITLIKDA DILPISANDDUR VA QARILIG`DA BU ISH
MUJIBI RISHXANDDUR
YIGITLARGA DILBASTALIG` YIGITLIKDA DILPISANDDUR VA QARILIG`DA BU ISH
MUJIBI RISHXANDDUR
Kishi yigitlar ila ishqibozlig` qilsa,
Yigitligida erur xo`bu munda ermas shak.
Qarig`a tavbavu taqvo kerak va gar bu harf
O`zini yig`masa, xushtur saqolig`a kulmak.
Ki, po`ya qilsa nazar solg`ali yigitlarga,
Valek jismi aso istasa, ko`zi aynak.
40
UY RAVNAQI MULOYIM XAMZONUDINDUR VA RO`ZGOR TURFALIG`I
TURFAGO` BONUDIN
UY RAVNAQI MULOYIM XAMZONUDINDUR VA RO`ZGOR TURFALIG`I
TURFAGO` BONUDIN
Uyda ravnaqdurur, agar kishiga
Yaxshi hamxona bo`lsa hamzonu.
Zeb ila turfa hargiz o`lmas uy,
Bo`lmasa anda turfa kadbonu.
41
O`Z PARISHON KO`NGLI JAM`IYATIN MUMKIN ERMASLIGI VA BU JAM`IYATNI HECh KIM NISHON BERMASLIGI BOBIDA
O`Z PARISHON KO`NGLI JAM`IYATIN MUMKIN ERMASLIGI VA BU JAM`IYATNI HECh KIM NISHON BERMASLIGI BOBIDA
Yuz tuman ming pora ko`nglum diqqati har necha bor,
Lekin ermastur ani jam` aylamak mumkin bu kun.
Tog`ni qum aylamaklik sa`y ila bo`lg`ay, valek
Shishai soat qumining rishtasi bo`lmas tugun.
42
MASNAVIY XOJAI NAQSHBAND QUDDUSA
SURRUHU KALOMI TARJIMASIDAKIM, AVVAL BOZGASHT XOTIRI XASTA VA BA`D AZ ON TAVAJUHI DILI SHIKASTA
MASNAVIY XOJAI NAQSHBAND QUDDUSA
SURRUHU KALOMI TARJIMASIDAKIM, AVVAL BOZGASHT XOTIRI XASTA VA BA`D AZ ON TAVAJUHI DILI SHIKASTA
Xastaniig boshig`a chu qo`ydi qadam,
Piri shikastadile Masiho dam.
Bozgasht ayladi chu xasta ko`ngul,
Neki istar, topar shikasta ko`ngul.
Ko`nglida chun havo qilur tug`yon,
Umri sham`ig`a yetkurur nuqson.
43
PAHLAVON NE`MATNING SULTONIY
XONAKOHDA XODIMLIQ TAMANNOSI VA OSH HAVOSIDA PISHURGAN XOM SAVDOSI
PAHLAVON NE`MATNING SULTONIY
XONAKOHDA XODIMLIQ TAMANNOSI VA OSH HAVOSIDA PISHURGAN XOM SAVDOSI
Qilibtur Pahlavon Ne`mat tamanno
Ki, beklik xonaqahda qilsa xidmat.
Va lekin el so`zi bukim, kerakmas
Munungdek xonaqahda uyla ne`mat.
44
MASNAVIY MASHOYIX KALOMI
TARJIMASIDAKIM, NAF`I VUJUD VA BAZLI MAVJUD DEBTURLAR
MASNAVIY MASHOYIX KALOMI
TARJIMASIDAKIM, NAF`I VUJUD VA BAZLI MAVJUD DEBTURLAR
Vujudung naf`yu mavjudungni bazl et,
Chu mavjud o`ldi bu ish, kominga yet.
Ki, faqr ichra nimakim yetkurur sud,
Erur naf`i vujudu bazli mavjud.
45
BA`ZINING NESHU JAFOSIDIN NOLA KILG`ANI VA KELSALAR, QOVA OLMASA,
MUXLISNI O`Z QOCHARIG`A HAVOLA QILG`ANI
BA`ZINING NESHU JAFOSIDIN NOLA KILG`ANI VA KELSALAR, QOVA OLMASA,
MUXLISNI O`Z QOCHARIG`A HAVOLA QILG`ANI
Manga yetsa ming zulm neshi falondin,
Ilojida holimg`a hayron qolurmen.
Jafo qilg`ali qo`ysa vayronima yuz,
Agar qavlay olmon, qocha xud olurmen.
46
IKKI TOZI BOBIDAKIM, PO`YADA BIR-BIRISIDIN QOLISHMAS ERDI OXIR
BIRI ADAM DASHTIG`A TEZTAK KILDI VA BIRI QOLDI
IKKI TOZI BOBIDAKIM, PO`YADA BIR-BIRISIDIN QOLISHMAS ERDI OXIR
BIRI ADAM DASHTIG`A TEZTAK KILDI VA BIRI QOLDI
Ikki tozi bor erdi biyiklikda
Har biri sayd vaqti shershikor.
Birisi ittiyu biri qoldi,
Itkani sur`at aylabon izhor.
Bot yetib, saydni qopar erdi,
Bu biri ham anga yeta qopa bor.
47
BIROV BOBIDAKIM, BU SAROYIN SOTIB, FISQ ASBOBI TUZDI VA
BU FISQ ASBOBI BILA UL SAROYIN BUZDI
BIROV BOBIDAKIM, BU SAROYIN SOTIB, FISQ ASBOBI TUZDI VA
BU FISQ ASBOBI BILA UL SAROYIN BUZDI
Faloni mardak ar sotti saroyin,
Demakim, ul saroyin yaxshi tuzdi.
Qilib ikki saroyig`a ajab ish,
Bu birni sottiyu ul birni buzdi.
48
HAZRAT NABAVII HADISI TARJIMASIDAKIM, KUN FI-D-DUNYO
KA-ANA-KA G`ARIB AV OBIRU SABIL
HAZRAT NABAVII HADISI TARJIMASIDAKIM, KUN FI-D-DUNYO
KA-ANA-KA G`ARIB AV OBIRU SABIL
Dedi hazrati mufhiz koinot,
Anga kim edi huznin o`ksitguchi.
Ki, dunyoda bo`lg`il nechukkim, g`arib
Va yoxud aningdekki, yo`l o`tkuchi.
49
POKBOZLARNING POK HUSNI VA ILOHII BO`LMOQ BILA RUHLARIG`A SHOIBAI OLOYISH
VA NAFSLARIG`A TASAVVUR OSOYISH YUQLUG`IDA
POKBOZLARNING POK HUSNI VA ILOHII BO`LMOQ BILA RUHLARIG`A SHOIBAI OLOYISH
VA NAFSLARIG`A TASAVVUR OSOYISH YUQLUG`IDA
Poklar chinu chigil husni aro bo`lg`an ila,
Kimsa oloyish alar jonibig`a yo`l bermas.
Kim necha rang rayohin uza eskan birla,
El hariri, qolagay bo`lmag`i mumkin ermas.
50
O`Z HOLINING YIGITLIGIDA FISQ BILA TABOHLIG`I VA QARILIQDA
SHARMANDALIG`DIN RUSIYOHLIG`I AYTUR
O`Z HOLINING YIGITLIGIDA FISQ BILA TABOHLIG`I VA QARILIQDA
SHARMANDALIG`DIN RUSIYOHLIG`I AYTUR
Yigitligimdaki, taqvoyu zuhd vaqti edi,
Fujuru fisq bila zoe` ayladim avqot.
O`tub yigitlik, uyla menga keldi chun qarilig`,
Maosh odati ma`hud ila kechursam, uyot.
Desamki, toat etib, sajdadin ko`tarmay bosh,
Boshimga urg`ali loyiq, ko`runub ul toot.
Qazodin ulcha manga keldi, zikri hojat emas,
Bilur chu shiddati holimni qoziyul-hojot.