QOF HARFINING QIYOMATLARINING QIRONI «FAVOYID»DIN
309
309
Bu nukta so`rdi fano dayri ichra piri tariq
Ki, betariqqa yetmas hidoyati tavfiq.
Tariqi joddai shar` erur bu dayr ichra
Ki, anda kimki suluk etti — bo`ldi ahli tariq.
Yana hidoyati tavfiq ulki, bergay haq,
Ko`ngulga dag`dag`ai azmi kishvari tahqiq.
Yo`l osru bo`rtoq erur, tun qorong`u, dasht uzun,
Ko`p osru qat`i tariq ahliyu yo`q anda rafiq.
Kishiga bo`lmasa hodi, padid emas maqsad,
Hidoyat o`lmay aning qat`in etmagil tasdiq.
Bu dasht qat`n ajab sa`b erur, tut, ey soqiy,
To`la qadahkn, g`amim bahri yanglig` o`lsa amiq.
Kim uyla bahr ichiga shavq zavraqin sursam,
Ham o`zlukum, ham o`zum bo`lg`ay anda barcha g`ariq.
Erur bu bahri xarobot ishq jomi mayi,
Tutarg`a mug`bachalar bo`lsa dilpaziru shafiq.
Navoiyo, seni ul bahrning g`ariqi degan
Magarki mast ko`rub, buyla ayladi tahqiq.

310
Ey, jamoling sham`ig`a jon birla ko`nglum muhtariq,
Gah muxolif aylanib boshing`a, gohi muttafiq.
Ikki parvonaki, bir sham` ustiga aylansalar,
Gah muvofiq, gah muxolif, shak yo`q o`lmoq muhtariq.
Gar zakoti husn ulashmak istasang, ey ko`rkaboy,
Bil yaqinkim, ushbu munglug`dek topilmas mustahiq.
Daf`a-daf`a dudi ohim hadsiz uchqun birla ko`r,
G`am tunidek bir-bir uzra charxu anjum muntabiq.
Chunki sensen ruhi poku men nachukkim tiyra xok,
Suhbatimdin topsa tab`ing tiyralik, sensen muhiq.
Har nekim kelsa qazodin, shokir o`lmoq shart erur,
Sudi yo`q juz g`ussa, kimsa har necha bo`lsa mudiq.
Chun Navoiy riqqat aylab, nazm etar sharhi firoq,
Furqat ahlig`a tong ermas bo`lsa ash`ori muriq.

311
Choqin o`ti qila olmas g`amim tunini yoruq,
Sahob yetkura olmas tugonlarimg`a momuq.
Chu bordi xastamen onsiz, har oyinaki kishi
Ki, jondin o`lsa yiroqroq, bo`lur o`lumga yovuq.
Yuzung nazzorasidin ko`zki qoldi, yoptingkim,
Emas mutolaasiz rasm mushaf o`lmoq ochuq.
Manga siyosati hajr ichra bir sharar basdur
Ki, mo`r o`rtagali ermas ehtiyoj tomuq.
Xayolidur mutazarrar ko`ngulda ohimdin
Qi, yo`q tahammuli xoh issig` o`lsa, xoh sovuq.
Base yorug`lug` umid o`ldi uyla ravzanadin,
Tobonki dashti fano po`yasidin o`lsa yoruq.
Qul o`ldi manglayida dog` ko`p ko`rub ehson,
Vafosi bazmida baskim Navoiy etti tobuq.

312
Ey aql, qilmag`il ko`p tavsanlig`u harunluq
Kim, ishq bizga soldi ojizlig`u zabunluq.
Men yo`qki, charxi a`zam to bir quyosh mehrin,
Ishq ichra qilg`ali fosh, o`ldi anga nigunluq.
Kim hajr zulmatida itsa ne tongki qilg`ay,
Aynul hayot vaslin ham Xizr rahnamunluq.
To ishq shiddatida tavshalmas odamizod,
Noodamiyliq andin ketmas yiroqu dunluq.
Gar ishq zaxmig`a vasl marham desangki qo`ysun,
Xijronda osru qilma besabru besukunluq.
Har nechakim yuz o`lsa hijronda za`faroni,
G`am yo`q berur chu qon yosh ul yuzga lolagunluq.
Bir jom ul pariyvash to tutti, kimki ko`rdi
Aytur meni: erur bu yo mast, yo jununluq.
Bu ishqi pok birla xirqamni huru rizvon
Yirtishlar, qilurg`a hullalarin yurunluq.
Vasl istading, Navoiy, ofat boshingg`a yog`di,
Boshingda qayda tushti bu tole ozmunluq.

313
Ne haddim orzu qilmoq ul oy bazmida mahramliq,
Muyassar bo`lsa xushtur, itlari xaylig`a hamdamliq.
Meni devona qilg`an vajhdin ani pariy dermen,
Yana bir vajh bukim, tavrida kam ko`rdum odamliq.
Inon, tuz qomating haqqiyu ohimdin hazar qilg`il
Ki, gulshan ichra nozuk naxlg`a yeldin bo`lur xamliq.
Qotiq holimga charx aylab taponcha birla ko`k yuzni,
Nujum ashkidin etti nilufar bargini shabnamliq.
Manga bo`l yorkim, ishq ahli birla husn eli ichra,
Muqarrarlig` manga yetti, sanga tegdi musallamliq.
Ne husnu nutq erur, yo rabki, zohir aylasang andin
Quyoshqa tiyralig` bo`lgay, ayon Isog`a abkamliq.
Zamon ahlini qotiqmu deyin yo sustkim, yo`qtur
Jafo ichra alarda sustlig`, ahd ichra mahkamliq.
Fano dayri gadoyimen, mayim eski safol ichra,
Tamosho aylab, ey shayxlar, ko`rung ul jom ila jamliq.
Navoiy, dayr piri nuktasin fahm etmasang, mast o`l,
Nedinkim osru ko`p voqi`dur ish sirrida mubhamliq.

314
Ne haddim bor itingning poybo`sin muddao qilmoq,
Manga basdur muyassar bo`lsa yer o`pmak, duo qilmoq.
Ayog`ingdur manga hojatki, gom urg`ay mening sari,
Sanga osondurur bu hojatim, jono, ravo qilmoq.
Tilu xomam jahonni tutti, ammo husnungu ishqim
Qalam ham aylay olmas naqshu til dog`i ado qilmoq
Ko`zu qoshing ko`ngulning ro`zg`orinkim qora qildi,
Kerak shukr etmasa zohir, yuzin dog`i qora qilmoq.
Agar mujgonu qoshing hayrati ermas edi gardun,
Ne erdi aylamak ohim o`qu gardunni yo qilmoq.
Qilay ming sajdai shukr, ulki umrum sajdada o`tti,
Topa olsam qoshing mehrobida borin qazo qilmoq.
Xato qilg`ach, ibodat tarki ta`na urma, zohidkim,
Ubudiyat ishinnng lozimi keldi xato qilmoq.
Riyodin ayladi ujbumni afzun xonaqah shayxi,
Xaroboti fano pirig`a avlo iltijo qilmoq.
Navoiy ishqi ul oy husni birla tav`omondurlar,
Alarni bo`lmas, ey pand ahli, bir-birdin judo qilmoq.

315
Bir qatla bo`lsa erdi ul gul uzor oshiq,
Bo`lg`aymu erdi muncha ollida xor oshiq.
Ishq ichra kuysa erdi bir tun, qilur edi rahm,
G`am shomi oh o`tidin cheksa sharor oshiq.
Xore ayog`in afgor etmay ne fikri bo`lg`ay,
Gar qilsa xora birla ko`nglin figor oshiq.
Jonni fido qilsam ta`n etmangizki, bordur
Yor ollida o`larga beixtiyor oshiq.
Sham`i jamolin ochqoch, o`rtanmakim ne tongkim,
Kuymak aro keraktur parvonavor oshiq.
Ishq ichra e`tiboring gar yo`q, bu mu`tabardur,
Bo`lsa kerak fanodin bee`tibor oshiq.
Oshiq esang, Navoiy, ko`p za`fdin toriqma,
Ne bo`lg`usidur o`lmay zoru nazor oshiq.

316
Ashkdin jismim binosin qo`ymadi obod ishq,
Ohdin berdi vujudim tufrog`in barbod ishq.
Hajr aro g`urbat yana bemorlig` birla junun,
Qildi jonim qismati bu nav` yuz bedod ishq.
Shu`lasidin tushti o`t olamda ul yuz hajrida,
Har qachon ko`nglumni qildi o`rtamak bunyod ishq.
Hajru dardu sabrsizlig` keldilar qotil bari,
Lek bu fan ichra bordur barchag`a ustod ishq.
Yuz fasonam bor ani ko`rgan zamon arz etgali,
Jilva qilg`ach, voykim, bermas birin ham yod ishq.
Qatlini ishq ahli topmas jon berib, to ayladi
G`amza tig`i birla mahvashlar ko`zin jallod ishq.
Sendin o`rgangan kebi Layliyu Shirin zulmu kin,
Mendin o`rganmak kerak Majnun bilan Farhod ishq.
Vasl tahsili uchun, ey shayx, taqvo qilma amr
Kim, fano oyinin aylabtur manga irshod ishq.
Ey Navoiy, ofiyat ko`yida sen bo`l shodu xush,
Kim meni dardu balog`a aylamish mu`tod ishq.

317
To meni mehnat tuniga mubtalo qildi firoq,
Ro`zgorimni savodidin qoro qildi firoq.
Qon yoshim oqmog`lig` erdi, dard ila g`am hojati,
Hojatin o`z qavmu xaylining ravo qildi firoq.
Oqibat to naylagay nozuk ko`ngulga dardni,
Ko`p suubat birla holo ibtido qildi firoq.
Jonu ko`nglum har biri yig`larlar o`z ahvolig`a,
Go`yiyo ko`ksum uyin motamsaro qildi firoq.
Vasliga shukr etmagan bo`lsam, mahalli ta`n emas.
Chun yuz onchakim kerak erdi sazo, qildi firoq.
Davr ko`rkim, ulki ichti bir qadah no`shi visol,
So`ngi qatla zahr ila jomin to`lo qildi firoq.
Har dam onsiz yuz o`lum erdi Navoiy jonig`a,
Bir o`lum birla bu dardig`a davo qildi firoq.

318
Ey, kalomi jon fizoying naqdi jondin yaxshiroq,
La`li jonbaxshing hayoti jovidondin yaxshiroq.
Garchi hajringdin yomon holatda men, lekin manga
Kimki andin yaxshiroq yo`q, sensen andin yaxshiroq.
Xalq tarki ishqing aylarga biravni qatl uchun,
Gar tilarsen, topmag`ung men notavondin yaxshiroq.
Ishq sahrosida yod etma vatandin, ey xirad
Kim, bu nav` ovoralig` yuz xonumondin yaxshiroq.
Istasang, ey ishq, Majnun o`rnig`a sargashtae,
Bilki, topqung yo`q bu rasvoi jahondin yaxshiroq.
Dayr aro yaxshi-yomon ollida bosh qo`ysam, ne tong,
Kimki yo`q andin yomonroq, men yomondin yaxshiroq.
Ey Navoiy, xurdai nazmingg`a isloh istasang,
Kimsa qilmas ani shohi xurdadondin yaxshiroq.

319
Ul pariyvash muddaig`a mehribondur, bizga yo`q,
Filmasal ollida aning itga sondur, bizga yo`q.
Ko`yida itlarga maskandur valek qavlar meni,
Vahki, hamdamlarga anda xonumondur, bizga yo`q.
Elni har dam o`lturur, bizni bu g`am o`lturdikim,
Lutfi aning o`zgalarga har zamondur, bizga yo`q.
Tong emas gar oh xoki tanni barbod aylasa,
Gardg`a chun ostonida makondur, bizga yo`q.
Itlari mehmon bo`lurg`a yo`q hadim, ne nav` dey
Kim, ul oy mahsuslarg`a mehribondur, bizga yo`q.
Hay deguncha chun o`tar ham ayshu ham g`am, bas nedur,
Gar falakdin elga ayshi begarondur, bizga yo`q.
Qismat ar dilxoh ila ermas, Navoiy, shukrkim,
Elga bu ish mujibi ohu fig`ondur, bizga yo`q.

320
Birov jismig`a otsa ul siymtan o`q,
Mening jonima sanchilur yuz tuman o`q.
Budur turfakim, buyla holimni anglab,
Manga otmas ul sho`xi novakfikan o`q.
Boshoqdin yog`ar obi hayvon ulusqa,
Chu yog`dursa ul qotili safshikan o`q.
Ko`p o`q otmakim, gul yuzung furqatida
Erur xasta ko`nglumga har bir tikan o`q.
Qoshingdin tushub men yiroq, yodin o`qdek,
Manga za`fdin bo`ldi go`yo badan o`q.
Qadah qalqonin istakim, charx o`qidin,
Base yog`durur charxi bedodfan o`q.
Navoiyu gulshanki bir guldin ayru,
Manga basdurur kunji baytul-hazan-o`q.

321
Seningdek pariy xayli odamda yo`q,
Demay xayli odamki, olamda yo`q.
Parishon chu zulfung xamin qildi yel,
Parishon ko`ngul yo`qki, har xamda yo`q.
Bu lazzatki, zaxmingda topti ko`ngul,
Yaqin bildikim, hech marhamda yo`q.
Daming xijlatidin nachuk qochmasun,
Bu dam chunki Isoi Marüyamda yo`q.
Ko`zung qatlidin dahr eli qolmadi,
Agar qoldi, bu yo`qki, motamda yo`q.
G`amingdnn manga ancha ayshu tarab
Ki, yuz xotiri shodu xurramda yo`q.
Mug`anniy, Navoiy fig`onin eshit
Ki, sozing aro zer ila bamda yo`q.