Òîï ðåéòèíã www.uz

RE HARFINING  RA`NOLARINING RUSTOXEZI «FAVOYID»DIN

132
Qarida garchi sabuk ruhlug` farovondur,
Vale yigitlar aro chun kirar, garonjondur.

Shabobning havasidin saqolni rang etma,
Oqorsa sabza, ko`karmak yana ne imkondur.

Qari yigitlar ishin chun qilur, erur mabhut,
Yigit qarilar ishin pesha qilsa, nodondur.

Aso yururga  madaddur, vale aso ahli
Chu nayza tutti, hamul yo`l yururga nuqsondur.

Chu qad egildi, aso birla dog`i bo`lmas tuz,
Eshitsa tuz anga bir kunji baytul ahzondur.

Chuqurg`a tushti chu ko`z, go`yiyo qaviy za`fin,
Nazar qilur uyatidin chuqurg`a pinhondur.

Darig`kim, qaridim zuhdu faqr lofi bila,
Vale ishim yoshurun barcha jurmu isyondur.

Xudoy uchun qiling, ey porso yigitlar, shukr
Ki, sizga jurmu gunahdin xudo nigahbondur.

Yigit bila qarig`a zuhd birla isyonda,
Yo`q ixtiyor munga qahr anga ne ehsondur.

Yigitligida kishi qilmasa itoati amr,
Ne sud chun qaridi,  nechakim pushaymondur.

Navoiyo, yema g`am, ne uchunki, bahri karam
Chu urdi mavj, borig`a umidi g`ufrondur.

133
Erur hamisha xazon bargidek boshimda sharor,
Senga ne g`amki, boshing uzradur hamishabahor.

Yana  netib kishi qolg`ay tirikki, chiqting  mast,
Etakni  sanchibu oshufta chirmabon dastor.

Tanim chuqur-chuqur o`lmish, bori bo`lub to`la qon,
Nedinki  tishlab-tishlab qilibmen  ani  afgor.

G`ubor ichinda quyosh tong emas, bu tongdurkim,
Ko`rundi yuzu xatingdin quyosh ichinda g`ubor.

Chu dayr xizmatin ortug`roq aylaram, ne ajab
Belimga mug`bacha zulfaynidin iki zunnor.

Chu sof aysh ila qasr ichra bordurur yuz biym,
Xusho farog`at ila dardu kulbai xammor.

Navoiyo, tilar ersang zamone osoyish,
Zamona fikriga ko`nglungni qo`ymag`in zinxor.

134
Qonima har dam ko`zungning o`zgacha angezi bor
Kim, aning mujgoni birla g`amzai xunrezi bor.

La`li yodi qong`a ashkim rangini aylar badal,
Olloh-olloh, ne ajoyib la`li rangomezi bor!

Ishq  boshimnn  kesib,  yo`l topqay ul oy ko`yida,
Ne uchunkim, itlari ollida dastovezi bor.

Hajr  shomi,  qil  tamoshokim, jamoling shavqidin
Notavon ko`nglumning o`tlug` ohidin gulrezi bor.

Naylab ul ko`zdin bo`lay eminki, bemor ersa ham,
Ofiyat ahliga rahm oyinidin parhezi bor.

Bog` aro gul sochti noz uyqusidin ul sarv uza,
Tong nasimining magar parvizani gulbezi bor.

Charx chun bemehrdur, Parvezdek qonin to`kar,
Mehrningkim, shomi siymin na`ldek shabdezi bor.

Bog`i davron gullari chun bevafodur, tong emas,
Kecha  gar tong qushlarining nolai  shabxezi bor.

Ayb  ko`p  qilma  Navoiy  ko`zlari  sho`robasin,
Ko`rki, ul oyning ne yanglig` la`li sho`rangezi bor.

135
G`ariblig`da demankim  g`amu  malolati  bor
Ki, sendin anru ko`pgulning g`arib holati bor.

Ko`ngul ilojini  qil,  en  quyosh,  vnsol  ilakim,
Masih dam ura olmas kebi  malolati bor.

Ko`pgul jununda tilin aql  elini fahm etkay
Ki, dardu shavq kalomi bila maqolati bor.

Firoqing ilgida chun o`lmadim, boshim quyidur,
Bu sheva zohir etar, kimsakim xijolati bor.

Ko`ngul jafosidin obod erurki, bo`ldi tuzuk
Harimi mulk, agar shohning adolati bor.

Keturda la`linga jonim payomini, ey gul,
Eshitki, payki saboning ajab risolati bor.

Firoq ahli chu g`amdin xalos emas tunu kun,
Mudom icharga bu ahvolning dalolati bor.

Visol ruq`asi yetmas manga, xush ul novmid
Ki, qosidi qo`lida xatti istimolati bor.

Navoiy, istasang o`zlukni raf`, majnun bo`l
Ki, aql pirini ko`rdum — base jaholati bor.

136
Go`yiyo ko`nglum taxayyul mulkining sultonidur
Kim, xayol ichra qilur har ayshkim imkonidur.

Husniyu ishqim kamol ichra yaqindurlarki, bor:
Ul  mening hayronimu olam aning hayronidur.

Tutmamish rangin bulut ko`kniki, olamni tutub,
Aks ko`k mir`otig`a solg`an sirishkim qonidur.

Sarsaru to`fon yetar, ey xalq, o`lung ogohkim,
Ohu ashkimning bu oqshom hajrdin tug`yonidur.

Chug`z bo`lmish ganji vasling shavqidin ko`nglum qushi,
Zaxmi ko`p ko`nglum uyi ul chug`zning vayronidur.

Husng`a chun yo`q vafo, bas tut vafoni mug`tanam,
Necha kun, eykim, mahbublug` davronidur.

Ishq dashtida  Navoiydur,  quyun qilmang gumon
Kim, tani xoki bila bir sho`x sargardonidur.

137
Vaslidin chun multafit ko`proq bo`lur  furqatda yor,
Tarki vasl aylab qiling, ahbob, furqat ixtiyor,

Dema ko`nglung bo`ldimu tark aylamak yoru vatan,
Ne ko`ngulni tark qilmoq, ne vatan, vah, qaysi yor.

Topmadim bir nechakim mehru vafo tufrog`ida¤,
Dona sochtim ashkdin, kirpik bila aylab shiyor.

Siymgun ashk o`lmoq oltundek yuz uzra ne osig`,
Jism hijron ko`rasida bo`lmayin xolis iyor.

Kimki, olam xalqi birla oshnolig` qilmadi,
Ani de farxunda axtar, muni bilgil baxtiyor.

Holini naylab nihon tutsun Navoiy xastakim,
Etsa ashkin oh urar, yig`lar agar ohin tiyor.


¤ Bu g`azal  «Navodir un-nihoya» devonidan  kiritilgan  bo`lib, qo`lyozmada

So`zu yoru yordin so`rmongki, hijron dashtida
Qolg`ali bekas unut bo`lmish manga yoru diyor

bayti bor, ammo u «Xazoyin ul-maoniy»ning XV—XVI asr qo`lyozmalarining birortasiga ham kiritilmagan, shuning uchun mazkur bayt tushirib qoldirildi.


138
Parvona qanoti arokim dog` ila qondur,
Hajr o`tiyu g`am yarasidin ikki nishondur.

Sarig`, qizil  alvon bila xil`atlaring, ey gul,
Ra`nolig` erur, ulki libosingda ayondur.

Ul ko`z qorasi hay`ati majruh ko`ngulda,
Hijron o`tidin ikki yangi dog`i nihondur.

Ko`nglumniki pargolalar etti g`ami hajring,
Lola  varaqidek borida dog`  ila qondur.

La`lingdin agar qatrai qon qilsa tarashshux,
Tufroqqa tomizmaki, aning tufrog`i jondur.

Bu gulshan aro bo`yi vafo yetmadi guldin
Bulbulg`aki, ming navha bila da`bi fig`ondur.

Shavq o`tig`a yonmoqqa o`zni urdi  Navoiy,
Qovdung, kelu lutf aylabon ul telbani yondur.

139
To buzug` ko`nglum  aro zulfung xayoli aylanur,
Ajdahoedurki, bir vayrona nchra to`lg`anur.

Ahli  dard ohu fig`onidur,  emas  ko`su  nafir,
Sayr uchun ul xo`blar  shohi qachonkim otlanur.

Gar tanimda dog`lardur, vah, ne tong toshida dog`,
Notavonekim, ichi hijron o`tidin o`rtanur.

Har shararkim, o`tlug` ohimdin borur gardun sari,
Ahli ishq arvohi o`rtonmakni andin o`rganur.

Ravshan etmas bazmni husn ahli sepdek, kim etar
Dahr yorutmog`ni gar  anjum quyoshqa o`tkanur.

Chun bu  gulshan bevafodur,  jom davrig`a to`kar,
Necha pora siymkim, umrida nargis qozg`anur.

Andoq uyqug`a Navoiy bordi hijron shomikim,
Yaxshidur gar hashr g`avg`osida dog`i uyg`anur.

140
Teshildi xasta ko`ngul, ishq tig`i etkach zo`r,
Kirar anga qora qayg`u sipohi uylaki mo`r.

Yuzi ko`zumdayu g`oyibmen andin, aylama ayb,
Sirishkining suyi rangin ne nav` bilsun ko`r.

Labing xayolida sho`roba to`ksam, andin erur
Ki, bir chuchuk berur ul yerdakim, su bo`lg`ay sho`r.

Ajab emas ishimiz dayr aro gadolig` esa,
Nedinki, mug`bachalar qildi bizni muflisu o`r.

Agarchi mahvashim rustoyi oyindur,
Valek shahru viloyatqa soldi g`orati g`o`r.

Bu dasht sathida jomi Jam ichra ko`p boqtim,
Qadah keturki, ne Bahrom zohir o`ldi, ne Go`r.

Navoiy aytsa abyot ul oy mehrinda,
Kerakki nag`masi bo`lsa bayotiyu mohur.

141
Itlaring xayli meni o`ldi gumon ayladilar,
Ki, boshimda kecha to subh fig`on ayladilar.

Qatlima xat yozib afloku nigin anjum o`lub,
Yuz tuman yerda bu mahzarni nishon ayladilar.

Ne balo erkin ul oykim, ko`zu qoshin aflok
Fitnai olamu oshubi jahon ayladilar.

Ishq savdosi jahon ichra yoyildi, garchi
Ani savdozada ko`nglumda nihon ayladilar.

Maxlasim yo`q tirik andin, ne qilay, ey ashob,
Dard ila ishqi chu ko`nglumni makon ayladilar.

Ishq chovushlari yuz qofilani har lahza,
Ko`yidin mulki fano sari ravon ayladilar.

Ko`yida erdi Navoiyu ko`runmas emdi,
Ishq ila dard ani, bilmonki, qayon ayladilar.

142
Vahki, savdo dashtida qildi meni devona hajr,
Bir pariy ishqida holim shahr aro afsona hajr.

Orzudinkim kirib kulbamg`a, tutqay bir qadah,
Tunu kun hamkosa furqatdur manga, hamxona hajr.

Ul buzug`lug`larki yetkurdi, bir-ikisin eshit:
Qildi vayronim yiqib, ko`nglum uyin vayrona hajr.

Tanimasmen dema  elnikim, taaddi boshlag`ach,
Oshnolardin burun qildi meni begona hajr.

Shart qildim: vasl topsam, kelsa gar yuz ming balo
Tortayin, ammo qabul etmay chekarga yona hajr.

Hajr aro har necha sochtim ashki hasrat berdi bar,
Ne samar bergay, chu bir mazra`da sochqay dona hajr.

Ey Navoiy, har kishikim istagay albatta vasl,
Tortibon yuz ming balo chekmak kerak mardona hajr.

143
Ul malaksiymoki, husn ichra pariy monandidur,
Huri jannatdurmu yoxud odamiy farzandidur.

Eyki, gah-gohi ko`rarsiz ani, noshukr o`lmangiz,
Voy, ul mahzunki yod etmak bila xursandidur.

Zog`lar ko`yida ko`nglumni cho`qushub uzdilar,
Tumshug` ermas, har biri og`zida bir parkandidur.

Ko`nglima jon rishtasi, yo hajr tori chirmashib,
Qayd soldi, yo sening zanjiri zulfung bandidur.

Ul Masihodin netib forig` bo`laykim, har nafas
Hajr tig`idin ko`ngul  yuz  qatla` hojatmandidur.

Rahni xirqamkim, to`shabturlar ani mayxonada,
Go`yiyo har yon yopushqan durdlar payvandidur.

Ey Navoiy, ko`ngluma man`i junun ko`p qilmakim,
Ani Majnun aylagan ahli nasihat pandidur.

144
Vaslidin  novmid ekan chog`da firoqi kuydurur,
Chunki bo`ldi vasl ummidi, ishtiyoqi kuydurur.

Turg`ani birla bir otashporadur ul sho`xkim,
Yo`qu borimni aning boshtin ayoqi kuydurur.

Otashin serob la`li jong`a o`t solsa, ne tong
Kim, meni ul o`t bila su ittifoqi kuydurur.

Xolin ul yuz o`rtamishkim, fitnadur davron aro
Kim, jahon ahlin jahonning ehtiroqi  kuydurur.

Bazm aro kuymakdin o`zga yo`q nasibim o`zgakim,
Xohi gulgun boda, xoh ul turfa soqiy kuydurur.

Ishq bir o`tdurki, ko`nglumdur anga otashkada,
Ul visoqin kuydurur, bizni visoqi kuydurur.

Solmoq o`t barlosu tarxon orazi ne sudkim,
Bizni kuygan chehra birla bir yasoqi kuydurur.

Kuydururga elni ham gohe qilurlar ittifoq,
Yo`qki, yolg`uz olam ahlining nifoqi kuydurur.

Ey Navoiy, oshiq o`lding, bilki, olam mulkini
Ishq etib toroj, har ne qolsa boqiy, kuydurur.

145
Safarda, vahki, mendin ayru bir g`oyib musofirdur
Ki, ko`zdin garchi g`oyibdur, vale ko`nglumda hozirdur.

Tilab mushkin g`nzolimni ko`ngul, devonalar  yanglig`,
Hamisha tog`u dasht ichra kiyiklar birla soyirdur.

Agar xud barcha bir kundur, ne mumtad hajr ekan, yorab
Ki,  ming yil shiddatin sharh etsa til vasfida qosirdur.

Fido ruhum qushi ul chug`zg`akim, eski qabrimda
Erur ham navhagar anduh birla, ham mujovirdur.

Ajal gar qatl ta`limin kelib olsa firoqingdin,
Ne tong bu ishda bor ul mubtadi, lekin bu mohirdur.

Xato yo`q novaki qatl otsa hajring jong`akim, ham bu
Duo birla tilar haqdin hamul shastig`a qodirdur.

Ne tong har zarra ollinda yer o`pmak aylasam zohir
Ki, dilbar orazi xurshidig`a ashyo muzohirdur.

Kstur,  soqiy,  aningdek  mayki,  kul  qilg`ay  vujudumni
Ki, o`zluk pardasi matlub ruxsorig`a sotirdur.

Yoqing, ahbob, marham vaslidii, yo`q  ersa, boringkim,
Navoiy hajr neshidin base ozurda xotirdur.

146
Voyki, bag`rim yana hajr o`qidin yoradur,
Har nafas ul yoradin jon o`zidin boradur.

Jonima ofat labi hajri balo, ohkim.
Baxtima bir hukmi bor la`lu gar xoradur.

Dard sipehri tanim turg`onu o`tkan o`qung,
Lam`ai paykon bila sobitu sayyoradur.

Ko`yida topmaq seni mumkin emas, ey ko`ngul,
Anda  chu sen telbadek yuz tuman ovoradur.

Charx arusiga yo`q, garchi yomonlig` shior,
Aqdig`a  mayl etmakim, shohidu badkoradur.

Vo`smasi  qavsi  quzah, g`ozasi  gulgun  shafaq,
Zulfu yuzi tunu kun, ko`rki, ne makkoradur.

Ishq ajab dard emish, dardqadur chora sabr,
Vahki, Navoiy base oshiqu bechoradur.

147
Ishq dog`idin nishon qolg`andin, el jonim olur,
Yusa ketmas, tig` ila yo`nsam, nishon ko`prak qolur.

Vah, ne holatdurki, qoshu ko`zini ko`rgach qora,
Aqlu jonim sovrulur, sabru shikibim qo`zg`alur.

Qoshi hajrida yangi oy zavraqining xavfi bor,
Sarsari ohim bila  chun bahrn  ashkim  chayqalur.

Ko`k shabistoni qizil gullar ochar, chun qon yoshim
Aksini g`am shomi anjum ko`zgusi ichra solur.

Boda tut naqdi hayotimni olib, ey  mug`bacha,
Jon topay bir lahza chun bu naqd oxir siyg`alur.

Faqr vodiysida chun urdung qadam, o`zlukni sol:
Yo`l uzundur, bu og`ir yukni ko`targan tovshalur.

Ey Navoiy, to tiriksen, tortqung eldin jafo,
Sovug`ach hangomai ishqing, bu g`avg`o tarqalur.

148
Birov tig`i firoqi, vah, yana ko`ksumni chok aylar
Ki, ham zaxmi, ham ixfosi, ham izhori halok aylar.

Magar istab itiga tu`ma ko`nglum birla bag`rimdin
Birin pargola-pargola,  birisin chok-chok  aylar.

Ne muhlik dard erur ko`nglumdakim, afg`onima har kim
Ki, yig`lar, ishq aning ham fig`onin dardnok aylar.

Ajab yo`q ishqi bebok ilgida mendek asir o`lmoq
Kishikim, ishq ko`yi azmini bevahmu bok aylar.

Ajab yo`q vasl xayli tushkali tartib etar manzil,
Gar ashku oh o`ti elning ko`zu ko`nglini pok aylar.

Mening boshim kesakcha ham ko`runmas raxshi ollinda,
Birovkim, tavsani toj ahlining boshini xok aylar.

Ko`ngul bog`ida dardu g`am niholin ekkali go`yo,
Qazo dehqoni har yon o`qi zaxmidin mag`ok aylar.

Xusho ulkim, xazon fasli mayi ol ichsa bog` ichra,
Qadah sarpo`shi xinolig` ilikdek bargi tok aylar.

Bir ahli ishqni yori halok aylab Navoiyni,
Bu yanglig` yorsiz jon minnatin chekmak halok aylar.

149
Ey ko`ngul, dushmanlar oncha makr ila fan qildilar
Kim, vafolig` do`stni jonimg`a dushman qildilar.

Dud boshimdin chiqar, go`yoki hijron toshidin
Yog`durub har yon, bu gunbad uzra ravzan qildilar.

Boshima jo`lida soch ermaski, zog` aylab g`ulu,
Zaxmlardin tu`ma istarga nishiman qildilar.

Hajri shomidin osib gardun qora kiz bo`ynig`a,
Subh chok aylab yaqo holimg`a shevan qildilar.

Uchmish erdi ishq o`ti, xasdek tanimni dardu shavq
Kuydurub, go`yo bu tufroq birla ravshan qildilar.

Boda tutkim, ahli hikmat charx bemehr erkanin
Jom davri xatlari birla mubarhan qildilar.

Ey Navoiy, Ka`ba tut yo dayrkim, ahli jahon
Jurmu g`amdin bu iki manzilni ma`man qildilar.

150
Qayu tarafki quyosh yanglig` ul nigor borur,
So`ngincha soya masallik bu xoksor borur.

Dema nujumki, ko`k tirlar ohim o`tidin
Ki, shomi g`am anga ko`p shu`layu sharor borur.

Kularda  rishtai durdek tishin ko`rub,  ashkim
Tizilgan inju masallik tuzub qator borur.

Fig`onni zabt qilurmen, valek ul qotil
Chu jilva ayladi, ilgimdin ixtiyor borur.

Ichimda yuz boshog`, ey gul, ne ayb ingransam,
Alam topar, tobonig`a aningki, xor borur.

Bu guliston aro bulbulg`a rahm qil, ey gul
Ki, hay deguncha xazon yuzlanib, bahor borur.

Navoiy o`lsa, yedik ko`yi itlari so`ngakin,
Raqib qilma gumonkim, desangki bor borur.

151
Menu furqat ayyomiyu zorlig`lar,
Har aqshom tong otquncha bedorlig`lar.

Balo xaylikim yog`durub toshu novak,
Tanu jonima andin afgorlig`lar.

G`amu dard zindoni ichra ko`ngulga
Tushub o`tlosh-o`tlosh giriftorlig`lar.

Gahi yorsizlig`lar anlab halokim,
Gahi dardu g`am ko`rguzub yorlig`lar.

Meni, soqiyo, hajr davrida mast et
Ki, yoqmas mizojimg`a hushyorlig`lar.

Fano dashtida tashla o`zluk yukinkim,
Kerakliktur anda sabukborlig`lar.

Navoiy, bahor o`ldi, tavbangni sindur
Ki, xushtur bu fasl ichra xummorlig`lar.

152
Oncha  ko`nglumni jununu ishq yag`mo qildilar.
Kim, meni devonani olamg`a rasvo qildilar.

Xalq ba`zi kuldp, ba`zi ibrat olib yig`ladi,
Har qachon mufrit jununimni tamosho qildilar.

G`amzasi har damki qon to`kmakka xuni istadi,
Ko`zlari  men qoni to`lg`an sari imo qildilar.

Men gadokim, vaslekim chun ko`rdilar yuz tig`i qatl,
Shahlar anikim, xayol ichra tamanno qildilar.

Ko`yiga kirgach meni munglug`, hujum etti raqib,
Uylakim, itlar gado ko`rganda g`avg`o qildilar.

Men chu asran olmadim sirrimni, naylab ayb etay,
Dushmanoyin do`stlar gar oshkoro qildilar.

Vah, ne zulm erdiki, o`zga sari solding tig`i zulm,
Har nechakim, jon bila ko`nglum tavallo qildilar

Boda ichkim, g`ussadin fard o`ldilar ul xaylkim,
Bu ko`han dayr ichra mayli jomi sahbo qildilar.

Ey Navoiy, bergil o`zluk naqdinu kasb et fano
Kim, alar sud ayladilarkim, bu savdo qildilar.

153
G`am tuni ikki ko`zumgakim quyoshe evrulur,
Lam`asidin har biriga g`ussa yoshi evrulur.

Hajr vodisinda sargardonmen andoqkim quyun,
Hamqadam bo`lsa manga bir lahza, boshi evrulur.

Istaguncha boda ichdik zahr davron bazmida,
Kimki qon yutmoq bila aning maoshi evrulur.

Shu`lai vasl ichra kuysa tong yo`q ulkim, yorining
Boshig`a parvona yanglig` betahoshi evrulur.

Rasm erur payvasta yoning bo`lmag`i qurbon aro,
Tong emas gar choklik ko`nglumda qoshi evrulur.

Fayz ar o`tdin yetar, parvez etib ul yer tutar,
Chun nabi sari xayol ichra nachoshi evrulur.

Ey Navoiy, o`z quyoshim boshig`a evrulmagim
Yaxshiroqkim, boshima gardun quyoshi evrulur.

154
Birov g`ami yana ko`nglumga qo`zg`olon soladur,
Birov demayki, bu oshubni falon soladur.

Necha yaqin bo`ladur ul og`iz yo`qi, lekin
Takallumi yana ko`nglum aro gumon soladur.

Taajjub aylamangiz daf`a-daf`a faryodim
Ki, shavq ko`ngluma yodin zamon-zamon soladur.

Rafiqlar, bilingizkim, musofirim yodi
Boshimg`a har nafase tarki xonumon soladur.

Desak, shikib bila o`zni zabt aylay, ishq
Yana bu shu`lani ko`nglumga nogahon soladur.

Ne naz` bulbuli zor etmasun fig`onki, sipehr
Bu gulshan ichra, bahor o`lmayin, xazon soladur.

Navoiy o`lsa ko`han piru kuysa,  ayb etmang
Ki, mundoq o`t anga bir sho`xi navjuvon soladur.

155
Ne pariydurkim, xirad asxobini majnun etar,
Husni har soat ko`ngul holini digargun etar.

Mayg`a mashg`ul aylaram o`zni, vale ko`nglum yana
Kim, ul oy vaslini yod aylar, meni mahzun etar.

G`am yuki ko`nglumga har soat qo`yar ko`hi balo,
Garchi ashkim sayli har dam tog`ni homun etar.

Pand ila ishqimg`a har kim, desakim, taskin beray,
Ohkim, bu o`tni dam birla yana afzun etar.

Jomi vahdat no`sh etar, ey shayx, mug` dayri aro,
Bodag`a ulkim riyoiy xirqasin marhun etar.

Dayr piri ozu nofi` nukta der, voiz, ne sud,
Gar dame afsona aytur, lahzae afsun etar.

Ey Navoiy, shoh G`oziy gavhari nazming bilur
Kim, fido har lafzig`a ko`zdin durri maknun etar.

156
Ne naxl qomat ekinkim, ko`ngul xarobi erur,
Ne turrakim, qora jonimda pechu tobi erur.

Dedi ko`zi: seni bir g`amzada halok aylay,
Hanuz g`amzada ko`nglumda iztirobi erur.

Firoq  shomiki,  ahli  xirad berur  pandim,
Magarkn, do`zax ulu bu aning azobi  erur.

Jamoldin garaz ul chehradur, bu turfa  varaq
Magarki, husn kitobining intixobi erur.

Tanimda yuz alifu yuz tugandin o`lg`an sifr,
Magar  ko`ngul alamu ranjining hisobi erur.

Sabo nasimi aningdek esar chamandinkim.
Degaysen, ahli vafo umrining shitobi erur.

Navoiy  o`ldiyu jon topti la`lgun maydin,
Magarki, soqiyi gulchehra la`li  nobi erur.

157
Har necha yetkursa ul sho`xi sitamgar intizor.
Naylagumdur tortman men zori muztar intizor.

Vah, ne tun erdi bukim, kelgay deb ul sham`i chigil,
Shomdin to subh tortarmen sarosar intizor.

Jon tilar bo`lsa, ravon beray ko`ngulkim, bu mato`
Arzimas tortar uchun ul huri paykar intizor.

Javru lutfi har ne kelsa shodmenkim, yo`qturur
Ixtiyorim, yordin gar kom erur, gar intizor.

Har kun ul oy intizoridin kuyubmen onchakim,
Boqsa, bir hijron tunicha bor ekin har intizor.

Ul quyoshning gomi davri yetsa xushtur subhi vasl,
Bersa ham bir yilcha tun charxi mudavvar intizor.

Soqiyo, hijron xumori lolu madhush aylamish,
Bermagaysen bizga yetsa davri sog`ar intizor.

Va`da qildingkim, kelay qatlingg`a, vah, lutf aylakim,
Asru ko`p chekti bu joni g`ussaparvar intizor.

Ey  Navoiy, chun sabukashsen, qadam ur tezkim,
Rindlarni qilmasun  nogah mukaddar intizor.

158
Ko`zumga o`qi gardidin ziyodur,
Magar o`q milu gardi to`tiyodur.

Borurda ko`yiga yo`q ixtiyorim,
Meni har nechakim ko`nglum tiyodur.

Ko`ngul ishq o`ti ichra bo`ldi xolis,
Magar bu qalbg`a ul kimyodur.

Ko`ngul saydini  mahrum etmagaykim,
Aning mujgoni novak, qoshi yodur.

Nechuk shahni qilay mehmon, mangakim
Gadolik kunjida bir bo`ryodur.

Menu mug` dayrinnng pirig`a qulluq
Ki, shayxi shahr ishi ro`yu riyodur.

Senu kavsarki dayr ichra Navoiy,
Bu davlatqa musharraf holipyodur.

159
Ruh gulzorida, yo rab, ul ne sarvi nozdur
Kim, ravonbaxsh irniga ruhul qudus hamrozdur.

Olloh-olloh, ne latofatturki, kirdim bog` aro,
Sarvi mingdin ko`pturur, lekin bir andoq ozdur.

Ul pariy ishqida g`olib bo`ldi ruhoniyatim
Kim, aningdek ham aning sari ishim parvozdur.

Erdi jon bermak Masih anfosi, bukim, yuz Masih,
Jon topar anfosidin — bas bul-ajab e`jozdur.

Ishqini naylab nihon asrayki, xuni g`amzasi
Dam-badam xunobai ashkim kebi g`ammozdur.

To ne bo`lg`ay ishqim anjomiki, jonim qolmadi,
Shavqidin bu damki ishqim davrig`a og`ozdur.

Gul visoli bir necha kun besh emas, ey andalib,
Yo`qsa andin benavosen, qishdurur gar yozdur.

Dahr bog`ining gulida yo`q vafo, bu turfakim,
Sarzanishqa xorii yuz ming til bilan tannozdur.

Bo`ldi gulshan qushlari xomush nolang huznidin,
Ey Navoiy, bu ne gulbongu hazin ovozdur.

160
Yuzung ravshan, enging ham ravshan, ey hur,
Alarning shonida nurun alonur.

Iki qotil ko`zung bemorimenkim,
Erurlar ayni usruklukda maxmur.

Chu bo`ldi javri bemiqdor, derlar:
Kech andin, vah, manga bu ish ne maqdur.

Aning husnicha ishqim tutti shuhrat
Ki, bo`ldi sham`icha parvona mashhur.

Ne tong biym o`lsa ishqingdin ko`ngulga
Ki, bor o`tdin harosan tab`i mahrur.

Xiradqa bizni targ`ib etma, ey shayx,
Bu ishdin tut junun ahlini ma`zur.

Visol et elga qism, ey charx, baskim,
Navoiy mahvashidin bo`ldi mahjur.

161
So`zi hajring ichra jismi zori g`amnok o`rtanur,
Uylakim, barqi balo choqilsa, xoshok o`rtanur.

G`am tuni ul husn sham`i boshig`a parvonadek,
Evrulub har lahza bu joni havasnok o`rtanur.

Kuydi ko`nglum istabon ishqin fidoilig` bila,
Kimsa o`t uzra nechakim borsa bebok, o`rtanur.

Subhidam gulgun bulut yo shom ham gulgun shafaq,
Yo ul oy hijronida holimg`a aflok o`rtanur.

Ishq ko`nglumga tushub, nobud bo`ldi ruhu nafs,
O`t chu bir kishvarga tushti — poku nopok o`rtanur.

Chustluq birla qutulmoq ishqidin mumkin emas,
Necha bo`lsa shu`lada parvona cholok, o`rtanur.

Ey Navoiy, ul quyosh husnini fahm ettim dema
Kim, aning darkida xayli hissu idrok o`rtanur.

162
Qayda topqay telba ko`nglum ul qora ko`zdin xabar,
Chun junun ichra qorarib, topmas ul o`zdin xabar.

Dayr toqi ichra usruk bil xabarsiz kofire,
Eyki bilmak istading ul qosh ila ko`zdin xabar.

Ko`yida ko`nglumga voqi` bo`lg`an ishni, ey  rafiq,
Ham magar fahm aylagaysen el aro so`zdin xabar.

Fahm etarmen ashkdin hijron tariqin, uylakim,
Kecha ozg`an topsa yo`l holini yulduzdin xabar.

Ishqi dashti ichra jismim tufrog`in sovurdi oh,
Hech kim borib vale tutmadi ul tuzdin xabar.

Vodiyya hijron aro men bekas ittim, so`rmadi
Hech yori ul taraf borib, bu yolg`uzdin xabar.

Topmadim burqa`da ul  yuzdin xabar, gar pardada,
Ey Navoiy, yor topti men kebi yuzdin xabar.

163
Oytmon ko`zu ko`ngul matlubi ko`yung bog`idur,
Bu biriga xori, ul birga g`araz tufrog`idur.

Koshi hajrinda yangi oy shaklidin furqat tuni,
Ko`nglum afgor etkali go`yo falak tirnog`idur.

Sarvig`a tortib qabo, chekkan  quyoshqa  soyabon,
Chobukim bo`yida shirdog`, boshida qalpog`idur.

Demakim: bo`ldung qariyu, o`tti davri ishqkim,
To tirikturmen menga ishqu muhabbat chog`idur.

Bilgurur parvonaniig bolida humrat birla  xol,
O`ylakim, ko`nglumda  hasrat qoni, furqat dog`idur.

Dahr gulzorn aro hasrat yelidin har taraf
Tomdi bulbul ko`ngli qoni, dema gul yafrog`idur.

Ey  Navoiy, ko`nglum olib itlariga tashlasa,
Ko`ngul  aning barcha  maqsudum  ko`ngul olmog`idur.


164
Nazarga  qaysi tarafdinki bir g`ubor kelur,
Ko`zum yorur bu tamanno bilaki, yor kelur.

Chu ko`chadin qulog`im dubdurun eshitsa ko`ngul
Dukuldar, uylaki ul nozanin savor kelur.

Boqar yona sari ko`rmaska solibon ul sho`x,
Qoshida qay saridinkim bu beqaror kelur.

Qochinglar  ahli  salomatki, kofiri maste
Chiqarg`ali xiradu sabrdin dimor kelur.

Ko`rub, bo`lurlar oshufta ro`zgor ahli,
Qayu tarafki bu oshufta ro`zgor kelur.

Bukim bir-biri kenicha bordilar ahbob,
Azolarig`a sirishkim tuzub qator kelur.

Navoiyo, qalaming javfi bahr yo`limudur
Ki, turmayin ichidin durri shohvor kelur.

165
Beliyu og`zi  ko`rar-ko`rmasda  chun pinhon erur,
Bas muni quchmaq, ani o`pmak qachon imkon erur?

Men dog`i dey belinu og`zinki ko`rdum, ko`rmadim
Yo`q tamannolarni topqan, topmag`an yakson erur.

Bevafolar qaddu mujgonini ko`p qilmang xayol
Kim, biri tuz-o`qdurur, bu bir itik paykon erur.

Ishvagarlar  lablari  qasdig`a  jondin  kechmangiz,
Negakim o`z qasdi joni qilg`an el nodon erur.

Tunu kun deb istamang har lahza zulfu yuzlarin
Kim, bu bir domi balo ul shu`lai hijron erur.

No`sh emasdur dahr bazmida, gazakkim neshdur,
May demakim, sog`ari hijron ichinda qon erur.

Ey Navoiy, bu g`arib ishlarki, taklif aylading,
Bizgadur bisyor mushkil, gar sanga oson erur.

166
Hush chun may bazmi ichra dilsitonimdin ketar,
Tob jismimdin, hayot ozurda jonimdin ketar.

Bazmdin usruk chiqibkim, otlanur oliftavor,
Hush boshimdin, xirad vahmu gumonimdin ketar.

Tund markab uzra jismi har tarafkim bo`lsa xam,
Teng bo`lub xam tobi jismi notavonimdin ketar.

Mastlig`din har kishiga  chopsa  markab xo`yfishon,
G`ayratidin ashk chashmi xunfishonimdin ketar.

Uyga yetkuncha yetar yuz qatla jonim og`zima,
Chun uyur ranju alam ruhu ravonimdin ketar.

Sa`b ish ermish ishq, yo rab, yo mening jonimni ol,
Yo`qsa, bu beboklik nomehribonimdin ketar.

Ey Navoiy, jonima yettim ko`ngul afg`onidin,
Yonim etkil choku ul majnunni yonimdin ketar.

167
Bog` atri chu nasimi gulu shamshod berur,
Yorning gul yuzu shamshod qadin yod berur.

Borsa Parvez bori hashmati yelga ne ajab,
Joni Shirinni chekib ohki, Farhod berur.

Jilva qildi qaddingu nargisu gul bo`ldi tonuq,
Anga qulluq xatikim savsani ozod berur.

Ko`rmagan bo`lsa yuzung mushafini tifli chaman,
Nega gul daftari avroqini barbod berur.

Ey ajal, sun bo`yun g`amzagakim, bosh chekmas
Har ne ta`limki shogirdg`a ustod berur.

Qilma bedod burunroqki keturgaylar yuz,
Angakim, zulmkash el cheksa fig`on dod berur.

Tig`i devona Navoiyni ne g`am qatl etsa,
Chun anga jon yana ul huri parizod berur.

168
Shu`lai ruxsorig`a ko`nglum qushi aylonadur,
Tong emas, gul sham`ig`a bulbul agar parvonadur.

Bulg`anib kulga, yaqosin chok etar har subh charx
Bir quyosh ishqida go`yo men kebi devonadur.

Yig`lar ahvolimg`a ham begonayu ham oshno,
To ulusqa oshno, ul oy manga begonadur.

Eyki, so`rdung hajr zindoni baliyat chohini,
Xayra maqdam, kelki, sen so`rg`an bizing koshonadur.

Kirpik uzra qatralarkim topti bu ko`z mardumi,
Mazra`i dard uzra go`yo ul ekin, bu donadur.

Zor jismimda so`ngakkim, bilgurur dandonasi,
Go`yiyo ko`nglum uyining farshig`a dandonadur.

Soqiyo, davron eli paymonidin yod etmagil,
Davr ayog`in tutki, matlubum mening paymonadur.

Ermas ul farzonakim, tark etti dunyo hosilin,
Balki hosil qilg`ali mayl etmagan farzonadur.

Ey Navoiy, so`zla voqi` dostonim ishq aro
Kim, bu dam Farhodu Majnun qissasi afsonadur.

169
Ishq har dam ko`ngluma bir o`zga mehnat kelturur,
Hajr har soat boshimg`a o`zga shiddat kelturur.

Do`zax o`tidin ajal dog`i keturmas oncha so`z
Kim, g`am o`tidin ichimga dog`i furqat kelturur.

Charx anjumdin keturmas oncha ofat saylikim,
Qatra xaydin jonima ul moh tal`at kelturur.

Chehra o`tidin bulutdek dudi ohim chiqti, lek
Ul bulut selobi dardu barqi ofat kelturur.

Solmangiz ko`z daftari hajrimg`a, ey ahli nishot
Kim, anga boqmoq ko`ngulga dardu hasrat kelturur.

Ul pariy yuz dev ilandur, garchi kirgach ko`ngluma,
Rashkdin, billah, maloyik yodi g`ayrat kelturur.

Boda ich, bu korgah vaz`ig`a ko`p  fikr etmagil
Kim, anga har necha chirmashqancha hayrat kelturur.

Bu chaman ichra muhabbat naxli ekmang zinhor
Kim, berib hasrat guli, bori malolat kelturur.

Yuz jarohat birla ko`yungda Navoiy ko`nglini
Qilg`an itlar tu`ma, el ko`ngliga ibrat kelturur.

170
Tiyra hajr ayyomida bilmonki, jonon qaydadur,
Kecha ne bilsun kishi xurshidi raxshon qaydadur.

Ishq dashtida yugurturmen quyunlar ohdin,
Ko`rgali bu turfani Majnuni hayron qaydadur.

Eyki dersen:  yor yetkach boshinga, jon qil fido,
Ey fido jonim sanga deykim, manga jon qaydadur.

Bir qadah tutqay deb ul kofir, kiribmen dayrg`a,
Ayting`, ey kufr ahlikim, ul nomusulmon qaydadur.

Ishq aro to itti ko`nglum tarki xonumon qilib,
Bilmadimkim,  ul  aloxonu  alomon  qaydadur.

Qaydadurkim yo`qturur, ko`ksumni chok et, dog`i ko`r,
Dema  jonokim,  ichingda dog`i ninhon qaydadur.

Ey  Navoiy, demakim, yo`q gulda dildorimcha  husn,
Aytkim, bulbulda dog`i mencha afg`on qaydadur.

171
Xating ichra labi xandon ko`rinur,
Xizr ila chashmai hayvon ko`rinur.

Ishq dashti aro g`amzang o`qidin
Ko`z yetar yergacha paykon ko`rinur.

Bil, junun bodiyasida menmen,
Qayda bir telbai uryon ko`rinur.

Lola butg`an kebi qon yoshimdin,
Tog`u vodiy bori yakson ko`rinur.

Garchi ishq ichra, base, mushkil bor,
Vasl ummididin oson ko`rinur.

Ko`zum o`ldi yana go`yo oshiq,
Baski bir chehrag`a hayron ko`rinur.

Lofi zuhd urma, Navoiy, har dam
Ki, aning aksari yolg`on ko`rinur.


172
Hajr  aro qolmishmen, soqiy, labolab jom ber,
Dam-badam shu`lamg`a su quymoq bila orom ber.

Bir yuzi gul furqati ashkimni rangin aylamish,
Sog`ari gulrang ichinda bodai gulfom ber.

Ey salomat ahli, o`t mayxonadin, yo men kebi,
Mayg`a sajjodang garav qo`y, tarki nangu nom ber.

Dayrdin sarxush chiqib yuz noz ila, ey mug`bacha,
Ahli taqvo ichra o`t sol, molishi islom ber.

Torttim yillar xumori hajr aro nokomlig`,
Rahm etib, bir qatla la`ling bodasidin kom ber.

Telbalikdin bilmadim, ne arz qildim, ey rasul,
Tengri haqqi ollida ayturda sen andom ber.

Ey Navoiy, sen gadog`a uyla siym andomdin,
Vaslining imkoni yo`q, tarki xayoli xom ber.

173
Xo`blar tig`i yetishmasdin burun bu zor o`lar,
Chin emishkim, bo`lsa ko`p qassob, qo`y murdor o`lar.

Demakim, har dam ko`zidin yuz kishi bemor o`lur,
Kirpikidin ko`z yumub ochquncha ming bemor o`lar.

O`lmakimdin qilma hayrat, eyki chekting tig`i kin,
Qotil ar sensen, meningdek notavon bisyor o`lar.

Darddin o`lmon, tanimdin  cheksalar  paykonini,
Jonni har kimning tanidin cheksalar, nochor o`lar.

Ko`ngluma bir tig` ila o`lmakni oson aylakim,
Furqatingdin ul zaifi notavon dushvor o`lar.

Ishq bazmi bodasi gar bo`lsa mundoq ruhbaxsh,
Qoni o`z bo`ynig`akim, bu davr aro hushyor o`lar.

Benavolar ollida umri  abaddin yaxshiroq,
Har kishikim faqr yo`linda Navoiyvor o`lar.

174
Ikki zulfung telba ko`nglumga qorong`u kechalar,
Za`fdin bexudlug`um uyqu anga bu kechalar.

To giriftor o`ldi zulfung domig`a ko`nglum qushi,
To`lg`anib jismim, ko`zumdin o`chmish uyqu kechalar.

Qayda  bo`lsun uyqukim, oqizmish uyqu xaylini,
Tinmayin oqqan sirishkim qonidin su kechalar.

Har ne nav` o`lsa o`tar kunduz ishi, lekin bo`lur
Hajr dardidin xarob ahvolim asru kechalar.

Tiyra  shomim shiddatin ko`rgilki, charxu subhdin,
Holima gah yig`lag`udur, goh kulgu kechalar.

Subhdek sof istasang ko`nglungni, andin charxdek
Tiyralik chirkini siymin ashk ila yuv kechalar.

Ey Navoiy, charx yanglig` istar o`lsang subhi vasl,
Tongg`acha ashk axtarin to`kmay bo`lurmu kechalar.

175
Kecha badmast o`lg`animdin infiolim bordur,
Mayni emdi og`zima olmas xayolim bordur.

Ulki der, may ich uyatdin bilmagay o`z holini,
Bilsakim bazm ahli ollinda  ne holim bordur.

Demakim may daf` etar, gar yetsa har dam yuz malol
Kim, icharda ani har dam yuz malolim bordur.

Yor tavbam bilsa garchi may berur, bermay majol,
Yolborib uzr aytqumdur, to majolim bordur.

Rindlar tavbamni sindirmoqqa bu taqrib emas,
Boda nafyidinki, har dam qilu qolim bordur.

Zuhdu  istig`nomu  yaxshi,  yo`qsa isyonu  niyoz,
Shahr  shayxidin bu yang`lig` bir savolim bordur.

Ey  Navoiy, men xud ettim tavba, lekin, netkamen
Kim, ajab mayxorai bee`tidolim bordur.

176
La`li  shavqidin ko`zu ko`nglumda ashku ohdur,
Yo zuloli Xizr ila anfosi ruhullohdur.

Ko`p shararliq dudi ohim birla chiqqan jong`a boq
Kim,  ming o`tlug` korvonga bir gado hamrohdur.

Baski, boshni yerga urgan un bila uyg`ondilar,
Sarguzashtimdin kecha hamsoyalar ogohdur.

Ul zaqanda bo`lsa har bir qatra xo`y kavkab ne tong
Kim, quyoshning chashmasi yonida bo`lg`an chohdur.

Do`stlar, mumkin emas bo`lmoq muyassar vaslkim,
Men  anga dilxoh emoi, ulkim manga dilxohdur.

To  tirikdur, shahg`a ko`praktur gadodin dardi sar,
Chun o`lum vaqti yetar— tengdur gado, gar shohdur.

Dayr piri ollida qilsam gadolig`, ayb emas,
Ey  Navoiy,  bilki  fayz  ahlig`a  shayallohdur.

177
Boshimg`a kuyida har dam g`ulu qilur itlar,
Gar o`lmasam, bu g`uluni nag`u qilur itlar.

Magarki, g`urbat aro zor o`lmakimdindur,
Figonki, bir-biriga ro`baro` qilur itlar.

Osib bo`yinlarig`a kiz azo uchun juldin,
Tong otqucha boshima navhamu qilur itlar.

Tutarg`a motamim, oyo, yig`ildilar yoxud
Qilurg`a tu`ma tanim orzu qilur itlar.

Kuyub dumog`lari, g`ingshibon qochar har yon,
Emakka jismim etin, chunki bo` qilur itlar.

Fano yo`li kiyikni ayla sayd, sher ersang
Ki, dahr jiyfasini jo`stujo` qilur itlar.

Navoiy uzra hujum aylasa raqiblaring,
Ne tong, gadog`a hamisha g`ulu qilur itlar.

178
Zulfung ustida gajak qulloblar taqlididur,
Yo`qsa, kilki sun`din ul turraning tashdididur.

Istadim chun vasli zulfu qaddidin ko`rguzdilar,
Jilva takrori magar ul naf`ining ta`kididur.

Ul pariy ishqida naylab qilg`amen tarki junun
Kim, bu ishta bo`ynuma tushgan junun ta`vizidur.

Ishq aro Farhodu Majnun qatlini qilmoq bayon,
Yordin go`yo meni qatl aylamak tamhididur.

Kufri zulfi ichra har soat rusuxim uylakim,
Dam-badam ahli yaqin imonining tajdididur.

Ul quyosh vaslin tilarsen, bo`l mujarrad, negakim,
Ko`kka Ruhullohni yetkurgan aning tajrididur.

Istasang jon yo ko`ngul, qilsam taraddud, ayb emas
Kim, Navoiyda alarni tonglamoq tardididur.

179
Tovushkim uy toshidin kelsa, dermen bag`ri toshimdur,
Eshikdin soya kirgach, sog`inurmenkim quyoshimdur.

Ichinda tog`ning qon, toshida yuz ming balo toshi,
Aning toshu ichi mutlaq degaysen ichu toshimdur.

Emastur gardu go`y ul sho`x maydonida, go`yokim
Biri farsuda jismimdur, biri sargashta boshimdur.

Sirishkimni jigar pargolasi bil, dog`i ko`z nuri.
Ko`ngul sirrini, vahkim, zohir etgan ushbu yoshimdur.

Demay past o`ldi afg`onim yelidin naxli ayshimkim,
Bu naxlim arrasi muhlik fig`on ichra xaroshimdur.

Urarmen yerga boshimni g`amingdin jon taloshurda,
Firoqing xayli birla ul — urushum, bu taloshimdur.

Yomon holimg`a hayrat qilmang, ey Farhod ila Majnun,
Bukun siz mehmonsizkim, tarab birla maoshimdur.

Falak qasri bilan kun muttakosidin demang, so`zkim,
Fano dayri  makonim, faqr tufrog`i firoshimdur.

Dedimkim: Tushta mehrob ichra ko`rdum  kofiri  maste,
Dedi:  Ko`rgil Navoiy, ko`z ochibkim, ko`zu qoshimdur.

180
Qatlima tig` o`lg`alikim charx ishi ozordur,
Mavji  ashkim  aksidin po`lodi javhardordur.

Ko`k tegirmon toshi aylandurmaq istar boshima,
Dema oyu kun boshim uzra bukim sayyordur.

Ishq dashtida quyun ermaski, men devonag`a
Dasht aro sargashtalik xattin sizar pargordur.

Dardi tog`ida choqinlar dema, de o`tluq kamand
Kim, solurda bo`ynuma charx ilgidin takrordur.

Rahm qil, gardunki, bir dilxastamen, maqdur emas.
Chekmaki gar mehnatu bedod bu miqdordur.

Ey xusho, xumxonakim, qilg`anning anda tarki hush,
Ko`k xumidin har nekim kelgay, farog`i bordur.

Muncha dardu g`ussadin maxlas topar yer istasang,
Ey Navoiy, bilki, ul yer kulbai xammordur.

181
Hureki, mening jonima ofat yetilibtur,
To`bi kebi qad birla qiyomat yetilibtur.

Ushshoq ko`zidin durru gavhar oqizurg`a
Bir bahri jafo, koni malohat yetilibtur.

La`ling mayikim so`rg`ali devona bo`lubmen,
Shirin ko`rinur, lek bag`oyat yetilibtur.

Ishqing chamanida ne tarab shoxiki, ektim,
Har birisi bir naxli nadomat yetilibtur.

Yuz zarracha sargashtaligim bo`lsa ne tongkim,
Yuz mehrdin ul sho`x ziyodat yetilibtur.

Bu bog` aro qolmaydur ajal yelidin ozod,
Har gulgaki savsan kebi qomat yetilibtur.

Hijron g`amidin vahm etu shukr ayla, Navoiy,
Bu lahzaki, vaslig`a salomat yetilibtur.


182
Ichkali gulrang may nargis masallik jomi bor,
Savsani to`n birla ulkim sarvdek andomi bor.

Gulshan ichra sarvi ra`nodek qilib har yon xirom,
Mavzi`i dilkash aro may ichkali oromi bor.

Bodai sofi chekib ahbob ila g`ofil valek
Kim, yiroqtin dog`i bir mahrumi xunoshomi bor.

Bu jafo ahli vafoni qildi maydek talxkom,
Kim qoshinda kirsa har noahli maydin komi bor.

Men yutub xunoba yillar, el chekarlar jomi aysh,
Chora yo`q ulkim, azaldin baxti nofarjomi bor.

Chun vafo ahlig`a davron tutmadi jomi murod
Kim, murod andin tama` aylar, xayoli xomi bor.

Ey Navoiy, gar fano dayri sari qilsang guzar,
Dayr pirining yamon-yaxshig`a lutfi omi bor.


183
Har kishikim, bir so`z ul badmehrdin taqriri bor,
Holatimning tokim ul taqrir etar tag``yiri bor.

Muhtariz bo`l shu`lai ohimdin, ey gul xirmani
Kim, choqin xirmong`a tushkanning ajab ta`siri bor.

Ko`ngluma yo`q chora o`rtanmakdin o`zga ishq aro,
G`ayri kuymak mo`rning o`t ichra ne tadbiri bor.

Hindui zulfikim, ul yuz taxti farmonidadur,
Joduedurkim, anga go`yo pariy tasxiri bor.

Sabzai xatting erur har sari zulfung toridin,
Xatti zangoreki, mushki nob ila tahriri bor.

Faqr dashti ne qotiq yo`ldurki, solik har necha
Qilsa diqqat birla haq amrin ado, taqsiri bor.

Gar Navoiy jon berib, ul zulfining har torini
Olsa, ayb etmangki, bu savdo aro tavfiri bor.

184
Gulni naylay, xotir ul ruxsori gulgun saridur,
Qo`y gulafshonni, ko`ngul bog`i humoyun saridur.

Chekti qatlim tig`ini gardunu men ham oh o`qin,
Ohkim, qatlimg`a ohim dog`i gardun saridur.

Ko`zlaring devona ko`nglum jonibin tutti, ne tong,
Ishq dashtida kiyiklar xayli Majnun saridur.

Nomasin ko`rgach nedin ko`zu ko`ngulga bo`ldi rashk
Kim, agar ul bo`lsa xat sari, bu mazmun saridur.

El qading zikrin qilurda oqsa yoshim tong emas,
Tifli sofiy tab` mayli so`zda mavzun saridur.

Podshohekim qanoat maxzanin istar, erur
Bir gadodekkim, xayoli ganjn Qorun saridur.

Ey Navoiy, ista ma`ni olamikim, keldi dun,
Har kishiknm mayli ushbu dunyoi dun saridur.

185
Ko`ngul hadiqasida bir niholi navrasdur
Kim, ushbu bog`da jinsi shajardin ul basdur.

Nazzora tuhmatin aylab kirar ko`zumga raqib,.
Sirishkim oqsa ne tongkim, ko`zum aro xasdur.

Qadu yuzi shajaru o`t bu yo`lda, ey ko`nglum,
Adab bila yurukim — vodii muqaddasdur.

Menga ne nargisu ne gul kerakki, matlubum
Jamoli bog`ida gul uzra ikki nargisdur.

Magarki, jonima  kirpiklaringning o`qlarini
Otar, tanosib uchun qoshlaring muqavvasdur.

Haqir ko`rma fano ahlini palos arokim,
Kamiyat himmatng`a jul sipehri atlasdur.

Habib ko`yida ahbobning himoyati bor,
Navoiy osru va lekpn g`aribu bekasdur.

186
Yana sensiz ohim o`ti shu`lazandur,
Ki, gardung`a har uchqun otashfikandur.

Kirib kulbam ichra kulu o`tni ko`rsang,
Bu so`zon ko`ngul, ul bir ozurda tandur.

Dema lolagun hulla ichra uyubmen
Ki, ishqing shahidig`a qonlig` kafandur.

Iting o`lsa, jismig`a jonimni solg`il
Ki, bu ruhg`a ul munosib badandur.

Qayon bo`lsa, ko`nglum uyin darding istar,
Nedinkim, musofirg`a mayli vatandur.

Falak sho`xidin mehr ko`z tutma, nevchun
Ki, javr anga sheva, jafo anga fandur.

Navoiy hazin bo`lsa bog` ichra tong yo`q
Ki, sensiz bu mahzung`a baytul-hazandur.

187
Xasta ko`nglum azm etar ul sarikim, jonon borur,
Dam-badam jon ham chiqar, go`yo bu ham ul yon borur.

Ko`nglum ichra to`qtamas la`ling xayoli bir zamon,
Ne ajab o`lsam, bu zaxmimdin chu har dam qon borur

Ondakim sensen yetar beshak fig`onim, ey quyosh,
Men bora olmon, netay, ul yerdakim, afg`on borur.

Qomating jon qasdi etsa, kirpikingdur rahnamoy,
Har qayon o`q borsa, aning ollida paykon borur.

Yod etarlar vodii ishq ahli Majnun sayrini,
Bexabar har yon quyundekkim, bu sargardon borur.

Yo`ldin oxir surma sultonmen debon darveshni,
Yod et: ul yo`ldinki ham darveshu ham sulton borur.

Hajrdin andoq zaif o`lmish Navoiy, ey pariy
Kim, qayonkim borsa sendek xalqdin pinhon borur.

188
Ko`nglumni figor ettingu jonimda balodur,
Bilmon yana, ey sarv, boshingda ne havodur.

Qoshingda girih, yuzungga ter, ollinga sandal,
El jonig`a ul shaklni, bilmon, ne balodur.

O`z darding unut bo`lg`ay agar shammae bilsang,
Hajring tuni ichra bu uqubatki mangodur.

Jon evrulubon boshinga sen chirmab o`zungni,
G`uncha kebikim, girdida sargashta sabodur.

Ko`nglum solibon nabz kebi borur ilikdin,
Nabzing sari ko`rsamki tabib ilgi borodur.

Afg`onki, xazon mehnatidin qolmadi solim,
Har sarvi gulandomki bu gulshan arodur.

Yo rabki, Navoiy g`amu dardig`a davo ber
Kim, yor salomatlig`i dardimg`a davodur.

189
Ko`zum yoshiki yurak qonig`a tutosh ko`runur,
Berur qonimg`a tonug`luq, agarchi yosh ko`runur.

Labini so`rg`ali aqlim junung`a bo`ldi badal,
May ichsa tez o`lur el, sog`da gar yovosh ko`runur.

Shikasta ko`ngluma oz g`am bo`lubturur kulli,
Kesak qanoti sinuq qush ko`ziga tosh ko`runur.

Ne kunki yuzini ko`rsam, tushumga kirsa ne tong
Quyoshqa boqsayu ko`z yumsa ham quyosh ko`runur.

Ne rud oqizding ulus qonidinki, tegrangda
Nazarda soy toshidek necha boqsa, bosh ko`runur.

Mug` eshikin to`radek yop yuzungg`akim, gardun,
Quyosh sinoni chekib tavrida savosh ko`runur.

Navoiyning bu namozi ne nav` ekin, yo rab,
Ki, sajda vaqti ko`ziga ul egma qosh ko`runur.

190
Bag`rimni tig`i hajr ila yuz pora qildilar,
To yor ko`yidin meni ovora qildilar.

Butkudek erdi vasl ila ko`nglum jarohati,
Hijron qilichi birla yana yora qildilar.

Mazmuni o`lmaku oti hijron g`ami degan,
Yuz ming jafoni jonima yakbora qildilar.

Turg`an yoshim oqizdilar ul oy firoqida,
Sobitlarimni kavkabi sayyora qildilar.

Voiz uni surud erur ishg`oli ayshig`a,
Qismat kunida aniki mayxora qildilar.

May tutki, jom davrida-o`q toptilar iloj,
Jam`iki charx davrini nazzora qildilar.

Yo rab, ne dey alarniki, miskin Navoiyni
Behushu aqlu bedilu bechora qildilar.

191
Har niyozu ajzkim, bu joni noshodimda bor,
Vahki, yuz ming oncha noz ul sarvi ozodimda bor.

Va`dai mehru vafog`a munkir o`lma, ey pariy,
Kim necha Majnunu vola men vale yodimda bor.

O`tidin Majnunning, ey roviy, ne hayrat qilg`amen,
Menki,  yuz  parvona  andoq  mehnatobodimda bor.

Ko`ngluma ko`hi g`amu mujgonlaring kirmish, valek
Ne g`am ul tog`din, bu metinlarki Farhodimda bor.

Kesgali hushu xirad naxlini bilgil arrae,
Har xaroshikim junun sharhida faryodimda bor.

Dayr piri o`zlukum qaydin ketardi, vah, ne tong,
Gar duosi har sabuhi vaqti avrodimda bor.

Ey Navoiy, telbaratmishdur meni ifrot ila,
Baski mufrit odamiylig`lar pariyzodimda bor.

192
Qoshing avji malohatning yangi tug`qan hilolidur,
Qading naxli latofat bog`ining navras niholidur.

Fido jonim qading naxlig`akim, garchi erur navras,
 Vale andomu ra`nolig`da haddi e`tidolidur.

Nazokat gulshanida toza gulbun qomating shibhi,
Aning tab`ida muzmar g`uncha yo`q og`zing misolidur.

Chuchuk lafzing Masihoning tufuliyatdag`i nutqi,
 Beling jonbaxshliqta ko`ngliga kirgan xayolidur.

Ne tong ko`nglum agar majruh o`lub, qon borsa zaxmidin
Ki, uzgan g`unchadek bir tiflvashning poymolidur.

Yuru, ey Xizrkim, hayvon suyidur zahr agar ichsam
Bu damkim, jomim ul sho`x itlari sing`an safolidur.

Xalo mavjud emas su zarfidin chiqqach havo to`ldi,
Havoi ishqidin mamludur, o`zdin kimki xolidur.

Navoiy ashkidek ul sho`x agar tinmas, ajab ermas,
Qilurlar po`ya yoshlar to yugurmak ehtimolidur.

Fano dayrin tilarmen, men vale uchmog`ni zohidkim,
Mening komim — qadah durdi, aning — kavsar zulolidur,

193
Xasta ko`nglum o`rtanur, go`yo sevar jonim borur,
Yig`lag`um kelur,  magar  gulbargi xandonim borur.

Ul quyosh hajrindankim jonimni o`rtar g`am tuni,
Sham` yanglig`, ne ajab, gar durri g`altonim borur.

Nil ila har yon alif ko`ksumga qozg`an, vah, ne sud
Kim, alifdek qad bila sarvi xiromonim borur.

Evrulub  boshig`a,   ruxsoridin  o`rtan, ey ko`ngul,
Kuygucha hajrinda chun sham`i shabistonim borur.

Men xud o`lgum shukrkim, ul ham bora olg`usi yo`q,
Tig`i hajri zaxmidin bu nav`kim, qonim borur.

Rozi o`ldumkim, ajal bo`g`zumni bo`g`qaykim, nedin,
Men qolib mahjur anga har lahza afg`onim borur.

Ne namoz o`lg`ayki, o`zni ko`rguzub jam` ichra jam`
Yuz parishonlig` sari tab`i parishonim borur.

Ey Navoiy, shu`laliq joning ovuchlab boshla yo`l,
Kechqurun chun otlanib ul mast mehmonim borur.

194
Savsani to`n birla ul qad savsani ozod erur,
Yo binafsha bargidin zeb aylagan shamshod erur.

Olloh-olloh, bilmon ul qadniki savsan bargidin,
Zeblik shamshod erur yo savsani ozod erur.

Vah, ne sarvedurki, to xil`at kiyibtur savsaniy,
Chok o`lub gul xil`ati, bulbul ishi faryod erur.

Savsanu sarvi agar yo`qtur damimdin bog` aro,
O`rtanibon sarvu savsan, hullasi barbod erur.

Shomi g`am ko`nglum uzoru hullasin yod aylabon,
Mehr o`ti har yon binafsh etgan bulutdin shod erur.

Qozg`ali g`am Besutun tog`in Navoiy ilgida,
Vahki, savsan bargi ermas, teshai Farhod erur.

Yuz tili bo`lsa, dam urmoq shart emas ozodadin,
Ey ko`ngul, savsan tilidin bizga bu irshod erur.

195
Bargi nay to`n ichida nol kebi beli nihondur,
Qalami fo`ta qamish bandidek ustida ayondur.

Ayladim tarh vafo qasrini ko`ksum uza ko`rkim,
Na`llar tarhida ayvonlardin yerda nishondur.

Zulfi hijronida mundoqki tanim har sari sonchar,
Raglarim jism aro qatlimg`a magar necha yilondur.

Chug`z vayrona aro angladi go`yoki o`larmen,
Motamimg`a ishi har lahza g`aribona fig`ondur.

O`qung` og`zida qizil tus emas ko`nglum arokim,
Tong emas og`zi qizil bo`lsa, g`izo chun anga qondur.

Hullai toat etar do`zax o`tin daf, yo`q ersa,
Ul haroratqa ne daf`, kafaning garchi katondur.

Voizekim o`zi qilmas amalu elga berur pand,
Gar emas uyquda bas munchaki der ne hazayondur.

Xas kebi tushti Navoiy may uza, g`am neta olg`ay,
Xossakim anga hubob uyi kebi dorul-amondur.

196
Sochbog`ingdin chiqqan,  oyo,  sunbuli urchinmudur,
Yo terisin solg`an ikki af`iyi mushkinmudur.

Iffatingdindurmukim,  me`jar yuziga tushti chin,
Yoxud anda zeb uchun mashshota solg`an chinmudur.

No`shxand etkanda, la`lingdin ko`runmishmu tishing,
Anglamon, yoxud asal ichra yozilg`an sinmudur.

Sunbulin ko`rgach, ko`zum bo`ldi qorong`u, ey sabo,
Sochi mundoq tiyra yoxud sochbog`i ekinmudur.

Chiqsa aqdingdin arusi dahr, bergil naqdi jon,
Demagilkim, xun bahodur ushbu yo kobinmudur.

Dahr zolin gar desam Farhodkush, ayb etmangiz,
Gar emas Farhodkush, oxir dengiz, Shirinmudur.

Shavq o`ti topqach sukun dersenki, ishqi tarkin et,
Ey Navoiy, bir nafas bu shu`lag`a taskinmudur.

197
Boshtin ayog` yalang tanim uzraki toza dog` erur,
Husnung`a qilg`ali nazar har biri bir qarog` erur.

Ishq gadolari degay ko`nglak erur  muraqqa`im,
Toza tugon nishonidin har sari baski dog` erur.

Zaxmlarim fatilasi jon o`tidin tutashqali
Tiyra ko`ngulga dardu g`am bazmi uchun charog` erur.

Ko`hi balodurur tanim, chashmasi ko`zki qon to`kar,
Tong yo`q agar bu tog` uza qon oqizur buloq erur.

Pardasidin ichinda o`t g`uncha emaski yog` aro,
Har sari ishqing o`tidin bir qizig`an dumog` erur.

Zohidu uchmoqu tomug` biymi bila umidikim,
Ahli fanog`a mosivalloh g`amidin farog` erur.

Dayrda ko`r Navoiyni mug`bachalar g`amidakim,
Egnida chok xirqavu ilgida bir ayog` erur.

198
Ko`nglum aro bir ajab muhol havastur,
Lablaridinkim husuli mumkin emastur.

Turmadi tan chok-chok uyida ko`ngulkim,
Telba qush ul, bu usholg`an eski qafasdur.

Aytsam, ey sho`x, bo`yni bog`lig` itingmen,
Der yaramas qaysi itki harza marasdur.

Bir nafase, ey Masih, boshima yetkil
Kim, bu nafas bedilingg`a so`ngg`i nafasdur.

Sabrim uyin yiqsa iki ko`z sirishki ajab yo`q
Kim, birisi Dajladur, birisi Arasdur.

Dayri fano mayli qildi rindi xarobot,
Kim, kecha anda ne shahnadur, ne asasdur.

Kuysa Navoiy, firoq aro ne ajabkim,
Ul itik o`tdur, bu ayni za`fda xasdur.