Òîï ðåéòèíã www.uz
SE HARFINING SAMIN GAVHARLARINING SAMARASI «FAVOYID»DIN

89
Ko`ngulda zulm bila qilma yuz bino ihdos,
Chu qilding, ushbu yetar, qilmag`il yana ihdos.

Jafo binosini buzg`il, nedinki muhdis erur,
Xilof shar`i bino qilding avvalo ihdos.

Gar elga qasri tarab tuzdi ishq me`mori,
Netayki, qildi manga kulbai ano ihdos.

Fig`onki, ul buti banno base jafo tarhin
Ko`ngulda qildi hanuz o`lmay oshno ihdos.

Meni chu buzdi, ne osig`ki, xalq uchun qilg`ay
Visol ganji uchun maxzani g`ino ihdos.

Chu yor vasli tilarsen, vujud uyini buzub,
Ko`ngul harimida qil mahrami fano ihdos.

Navoiyo, dema ihdos qilding o`zluk uyin,
Men aytgan o`lsam ani, tavba rabbano ihdos.

90
Bo`ldi bexudlug`uma bodai gulgun bois,
Ani no`sh aylagali soqiyi mavzun bois.

Buki, laylivashim ollida fido qildim jon,
Bo`ldi bu qissag`a  afsonai Majnun bois.

Dard tog`in qozorim tirnog` ila Shirindur,
Lek bo`ldi manga Farhodi jingarxun bois.

O`lturur xolu xatu qoshu ko`zu g`amzasi ham,
Bor anga qatlima andozadan afzun bois.

Ishq dashtida yugursam, ajab ermaski, erur
Telbaga po`ya uchun vus`ati homun bois.

Ko`zlarim yoshinikim Qulzumu Ummon etdim,
Mojarosig`a edi Dajlayu Jayxun bois.

Dema: ko`yida ul oyning nega sargardonsen,
Bo`ldi bu mehnatima gardishi gardun bois.

Nafsi   nahsiyatidin  chiqqay,  angakim bo`lg`ay
Toli` sa`d bila baxti humoyun bois,

Gar Navoiy esa mug` dayrida rasvo, tong emas,
Ne uchun bo`lmasun omodadurur chun bois.

91
Borib Yusuf jamoli naqdig`a jonon erur voris,
Nachukkim, piri Kan`ong`a mahi Kan`on erur voris.

Libos erdi quyun Majnung`a, chun ul dashtdin chiqti,
Aning to`nig`a bu majnuni sargardon erur voris.

Chu men o`ldum, g`amim ul husn shohi gar yesa, g`am yo`q
Ki, bekaslar o`lub, nekim qolur, sulton erur voris.

Ko`ngul foniy bo`lub, qonim duri ashkim qabul etti,
Yatim ar yosh esa ham, ne qolur pinhon, erur voris.

Uyaqti chun quyosh, ul oyg`a qoldi dahr yorutmaq,
Chu bordi mehri davron, ofati davron erur voris.

Men o`lsam, ishq naqdi xud erur ko`nglumga mavrusi,
Kishi farzandi garchi bo`lsa besomon, erur voris.

Nekim to`qquz anoyu to`rt atodin fitnayu ofat,
Bo`lur voqi`, anga ul ofati fatton erur voris.

Ulug`lardin nasib istar esang, kasbi kamol etgil,
Nedinkim, anbiyog`a ilmliq inson erur voris.

Navoiy ko`nglin olib, tig` surgan jonni ham oldik
Ki, joni naqdig`a ham ko`nglini olg`an erur voris.