www.uz
SHIN HARFINING SHO`XLARINING SHAMOYILI FAVOYIDDIN

242
Oqara boshladi boshu to`kula boshladi tish,   
Safar yarog`ini qilg`ilki, tushti boshinga ish.

Yigitligim boribon, keldi boshima qarilig`,
Fano yo`lida bu yanglig` emish borishu kelish.

Yuz ulki, qirqdin ellikka qo`ydi yuz, qilsa
Ming  ishidin biriga yaxshiliq mahol ermish.

Erur hayotning o`q yanglig` o`tmakiga dalil,
Kishiki, yo kebi qadg`a asodin etti kerish.

Adudur olti jihatdin manga chu yetti falak,
Ne sud yoshim agar oltmish va gar yetmish.

Yigitlik o`ldi bahoru kuhulat o`ldi xazon,
Degay bu so`zni qarilig`ni qishqa o`xshatmish.

Ne qish nishoti manga qoldi, ne xazon, ne bahor,
Nahorima chu xazon qo`ydi yuz, xazonima qish.

Ne turfa ishki, birav chun toriqti umridin,
Desa uzun yasha, qarg`ishdur anga bu alqish.

Navoiyo, tutar ahli fano najot yo`lin,
Erishmak istar esang ishda, ham alarni erish.

243
Ulki bizni zoru ani asru zebo aylamish,
Ani noparvoyu bizni noshikebo aylamish.

Ishqida har kimki sodiqroq, jafosi sa`broq,
Ahli husn ichra ul oy xush rasm paydo aylamish.

Dayr aro yuz mug`bacha ta`lim olurg`a qo`ydi yuz,
To labing ehyoyi anfosi Masiho aylamish.

Gar itingning poybo`sin topmasa ko`nglum, ne tong,
Ne uchunkim, haddidin ortuq tamanno aylamish.

Ishq aro o`lmay netaykim, ko`k meni aylab gado,
Husni  iqboli  mening mohimni  mirzo aylamish.

Tog` aro Farhodu dasht ichra solib Majnunni ishq,
Kimni mendek jumlai olamda rasvo aylamish.

Yig`lamish gohi kavokibdin kulub, gah subhdin,
Charxkim, holimni  g`am shomi tamosho  aylamish.

Jon berib, davron elidin istamang mehru vafo
Kim, base topmish ziyon, har kim bu savdo aylamish.

Gar  Navoiy, ko`ngli mulki bo`lsa vayron, ayb emas,
Turktozi ishqi ul kishvarki yag`mo aylamish.

244
Yuz balo boshimg`a yog`durg`an dedim aflok emish,
Chunki tahqiq ayladim, ul kofiri bebok emish.

Husn avjida tulu` aylab yorutg`an dahrni,
Men quyosh sog`indim, ul ruxsori otashnok emish.

Notavon jismimni sayli ashk uza qildim qiyos,
Olami ishq ichra daryo uzra bir xoshok emish.

G`am tuni bemehr ekandin yo`qki ko`ksum chok erur,
Subhning pirohani dog`i bu g`amdin chok emish.

Ko`ngulu ko`z qonidin orig` bo`lur ermish yuzi,
Oshiqekim, har g`arazdin ko`zu ko`ngli pok emish.

Yo`q shafaq, mazlum qonig`a qolib erdi sipehr,
Ani yug`an bahri ashkim mavjidin ko`lok emish.

Etsa muhlik g`am, tilarmen bodano`she negakim,
Dofi`i ul zahrning, bildimki, bu taryok emish.

Xurda  sochqandin chaman  mulkida sulton bo`ldi gul,
G`uncha qonlig` ko`ngliga solg`an girih imsok emish.

Eyki dersenkim, mening husnummu ortuq yo quyosh,
Sog`inursenkim, Navoiy buyla beidrok emish.

245
Qomatu raftoring ul mundin, bu andin xo`b emish,
Juzv-juzvung bir-biridin lutf aro marg`ub emish.

Har ne qilsa, o`t yoqar ahli muhabbat jonig`a,
Ey zaif ahbob, ul oy ne balo mahbub emish.

Nomasin bo`ynumg`a osdim dardima berdi shifo,
Ul kitobat hirzi jon ermish, demang maktub emish.

Gar tutub Layli otin, Majnun qilur ermish fig`on,
Andin ermishkim, junun oyinig`a  mansub emish.

Yor otin jondin chiqarib, tilga mazkur aylamak,
Oshiqi farzona ollinda qachon mahsub emish!

Hajrdin nevchun talab vodiysida qildim fig`on,
Chunkn tolib birla ermish, kimsakim matlub emish.

Bo`lmasa hech ish, o`zidin bexabarliq basdurur,
Ishqi g`olib ilgida har kimsakim, mag`lub emish.

Foniy o`lsang, kir fano dayrig`akim, yo`l topmamish,
Har kim anda o`zluki aybi bila ma`yub emish.

Gar visol ahli Navoiydin tanaffur etsalar,
Yo`q ajabkim, hajr zindoni aro mankub emish.

246
Kirpiking neshduru g`amzangu hajring ham nesh,
Ne ajab, ko`ksumu ko`nglum bila bag`rimdagi resh.

So`rdung el ko`nglini, so`rg`il chu dedim ko`nglumni,
Reshg`a kimsa iloj aylamamish, sanchib nesh.

Ko`nglum andishasi vaslingdurur, ummid bukim,
Haq murodig`a tekurgay, chu erur xayrandesh.

Ko`zlaring keshi erur kufr emas hech ajab,
Ahli islom seni gar desalar kofirkesh.

Bog`lading zulf ila ko`nglumni, xalosin tilamon,
Berkrak chekkali  shoyadki  degaymenkim,  yesh.

Nesh so`l ko`ziga yetganda gar o`tru tutmas,
O`ng ko`zin ayni rizo ani demaydur darvesh.

Do`stung dedi Navoiy o`zini, bilmonkim,
Ne uchun bo`ldi aning dushmani begonayu xesh.

247
Ey, ko`ngul gulzori vasling subhida nolanda qush,
Yo`qki,  atfoli firoqing ilgidin parkanda qush.

Qasri uzra qushmu timsol ettilar ul shahning,
Yo boshig`a chatrdek ochti qanot farxunda qush.

Nutqi to`ti, jilvasi tovusu raftori tazarv,
Husn gulzorida yo`qtur bir  anga monanda  qush.

Nomai shavqumni chun elturga ojiz bo`ldilar,
El ko`runmas ko`zga dam urmas bo`lub sharmanda qush.

Qush bo`lur, boshimg`a qo`ng`ach, dudi ohimdin qora,
Ko`r junun jazbinki, anda qo`nsa, bo`lg`ay banda qush.

Faqr tut, gar istasang uchmoqki, bu ummid ila,
Bo`ynig`a tasbih osib, yungdin kiyibtur janda qush.

Ey Navoiy, ishqdin qochma, boqib bulbul sari,
Ko`rki, maxlas topmadi bu banddin parranda qush.

248
Har nechakim javru istig`no erur jonong`a ish,
Juz niyozu ajz ne bo`lg`ay meni hayrong`a ish.

Shavkat ahli yor la`lidinki, kom etmish tama`,
Ey ko`ngul, o`lsam ne tong, chunkim tushubtur jong`a ish.

Ashku ohimdin agar ko`nglum buzulsa ne ajab,
Mulku kishvar buzmayin ne bo`lg`usi to`fong`a ish.

Hajr dashtida quyun birla yugurmakdur ishim,
Mundin o`zga bo`lmag`ay majnuni sargardong`a ish.

Bodano`shum tavba tarkidinki, qildi tarki hush,
Ey ko`ngul, tushti yana men zori besomong`a ish.

Jon olibkim, va`da pobo`s etti, mumkin yo`q vafo,
Chunki yolg`on va`dadur ul va`dasi yolg`ong`a ish.

Necha  jon qildim fidosi odamiylig` topmadim,
Tushmasun, yo rab, pariy jinsi bila insong`a ish.

Gar Navoiy kuydi hajr otashgahida, yo`q ajab,
O`rtamakdin o`zga bo`lmas shu`lai hijrong`a ish.

249
Ham xati xazrosi xushtur, ham labi go`yosi xush,
Ham Xizr xush, ham aning ayni hayotafzosi xush.

Ey mug`anniy, hajr za`fidin hazinmen uylakim,
Lahnda dudi bila kelmas Masih anfosi xush.

Bir ishorat birla o`lturdiyu xushmenkim, kelur
Barcha gar xud qatl uchundur, yorning imosi xush.

Uylakim tojir bo`lur, xush yaxshi savdo bersa dast,
Meni savdoyini asrar zulfining savdosi xush.

Ruh xayli oldorab, o`z holig`a topmas shuur,
Chun xirom etsa, ravonoso qadi ra`nosi xush.

Vah, nedin ajzu niyozim noxush erkin ollida,
Nechakim, ko`nglumga kelsa nozu istig`nosi xush.

Ey xirad ahli, senu aqlu vara` mulkida qayd
Kim, erur ishq ahli ollinda junun sahrosi xush.

Ichkali eski safol ichra gadolig` durdini,
Bizga o`zga kelmadi juz sog`aru sahbosi xush.

Ey Navoiy, qullug`in nazm ichra arz etmak ne sud,
Ulki qilmas nazm birla qullug`in mirzosi xush.

250
Ul oydin ham vafo xush, ham jafo xush,
Ne kelsa o`zgalardin barcha noxush.

Tabibo, lutf etib, qo`pqil boshimdin
Ki, kelmaydur bu dardimg`a davo xush.

Farog` ahlig`a jomi vasl xushtur,
Menga lekin erur zahri balo xush.

Yo`q ersa vasl iqbolig`a haddim,
Vale ko`nglumga bor ul muddao xush.

Agar no`shi visol, ar zahri anduh,
Nekim tutsang icharbiz, soqiyo, xush.

Bu dayr ichra ul o`zluktin qutuldi
Ki, kirgach tortti jomi fano xush.

Navoiy xushtur ashku ohi birla,
Anga chun keldi bu suyu havo xush.

251
Muhabbat shevasining lozimi ajzu niyoz ermish,
Vafo oyinining xosiyati so`zu gudoz ermish.

Der erdilarki, ajz ahli niyozi nozaninlarning
Qilur nozini kam, ul mujibi tug`yoni noz ermish.

Qaddining jilvasi ollinda  sarvinozni ko`rdum,
Bu bir asru furutan, ul bag`oyat sarfaroz ermish.

Netib o`lmayki, sabrim ozdin-ozu shavq ko`ptin-ko`p,
Ul oyning husni ko`ptin-ko`p, vafosi ozdin-oz ermish,

Jahon bog`ida rustaxez tushmish erdi har yondin,
Jihat ma`lum qildim, sarvnozim jilvasoz ermish.

Birav bazmin bu aqshom rashki jannat dedilar,bilduk,
Shabistonin munir etkan bizing sham`i Tiroz ermish.

Balo zahrini chekmay zuhdung, ey so`fi, erur borid,
Haqiqat ishqig`a ham choshni ishqi majoz ermish.

Vafosiz erkanin dahr ahli bilmay, jon fido qildim.
Vafo ahlig`a bu eldin munosib ehtiroz ermish.

Navoiy, o`t Nahovandu Spahon birla Nayrezdin,
Husayni tuyg`uchakim, sanga ohangi Hijoz ermish.

252
Feruza tugma birla nigorim bo`ynida kish,
Oyu tunga charx javharidin ziynat aylamish.

Ul oyni hajr sari dalolat qilur ulus,
Bil, ey buzug` ko`ngulki, yana bizga tushti ish.

Kelmakni tark qildiyu borurg`a bo`ldi jazm,
Bo`lmay orada bir-iki qatla borish-kelish.

Ko`zni samandi na`lig`a qo`yg`anda koshki,
Anda tikarga aylasa kirpiklarimni shish.

Ey hajr tig`i, sen dog`i kesmakta qil madad,
Ul ko`y itiga uzgali bag`rimg`a ursa tish.

Barq uzra tarki mehr gumon ayladi ko`ngul,
Po`yanda raxsh uza bizning shahsuvor emish.

G`am yo`q, Navoiy, etsa azimat safarg`a yor,
Desang iti o`zungni qayonkim borur ermish.

253
To``makim, topmas iting ursa tani zorimg`a tish,
G`ussadin men ham urarmen jismi afgorimg`a tish.

Men kimu kulmak so`zi, chun g`uncha ichra joladek,
El aro irjaymadi hargiz chu dildorimga tish.

Ne ajab sarig` yuzum tag`yiri chun qon ichkali,
Bag`rima mahkam bo`lur har lahza xunxorimg`a tish.

Kufr aro tushmish girih dinimg`akim, ochilmadi
Nechakim urdum tugun ochmoqqa zunnorimg`a tish.

Tanni tishlab-tishlab uzmak istaram, vah, ne osig`
Kim, ochilmas bir-biridin emdi bemorimg`a tish.

Bul-ajab holimg`a gar hijron tuni kulmas falak,
Nega anjumdin ko`rundi xasmi g`addorimg`a tish.

Ey Navoiy, erni aning la`ldur yo yuqti qon,
Berkiganda bag`rima sho`xi sitamgorimg`a tish.

254
Garchi atfol otti bir-bir jismi uryonimg`a tosh,
Ko`rki, xirman-xirman o`ldi jam` har yonimg`a tosh.

Kulbam  atrofida  bedodu malomat toshidur,
Go`yiyo yog`mish falakdin baytul-ahzonimg`a tosh.

Hajr tog`ida labi shavqida oqsa qon yoshim,
La`l o`lur go`yo bo`yalsa har taraf qonimg`a tosh.

Do`stlar, bastur mazorimg`a malomat toshlari,
Chekmangiz mehnat qo`yarg`a qabri vayronimg`a tosh.

Bas qiling atfol tosh otmoqki, qon bo`lmish ichim,
Tegdi go`yo toza qo`yg`an dog`i pinhonimg`a tosh.

Garchi toshing tutti yer jismimda, lekin zulm edi,
Buki o`tti zaxm aro chun tegdi paykonimg`a tosh.

Chun to`yubtur notavon jismim baliyat toshidin,
Berma, ey gardun, g`izo yanglig` yana jonimg`a tosh.

Vazn uchun paymonani qilg`il ulug`, ey mayfurush
Kim, emas tortar uchun hojat bu mezonimg`a tosh.

Jomni chekmakta g`am daf`ig`a qolqon ayladim,
Ey Navoiy, charxdin yog`di bu qolqonimg`a tosh.

255
Ey, gulshani husn ichra xating sabzai dilkash,
Kim atri etib ruh dimog`ini mushavvash.

Ul ko`zga emas hojati sog`ar, negakim bor
Qon ichmak ila mastu mayi noz ila sarxash.

Olamni agar qo`zg`abon o`t solsa, tong ermas,
Ul sho`xki sarxush chiqibon, sekretur abrash.
Ruhoniyatim g`olib erur, toki ichib roh,
Jonimg`a solur aksini ul huri pariyvash.

Davr ahlida yo`q sofki, aning g`ashi yo`qtur,
Juz soqiyi davr ilgida sofiy mayi beg`ash.  

Zohid, senu kavsar, bizu mug` dayri nedinkim.
Bir zahri balokash bizu sen no`shi riyochash.

G`ayringdin orig` ayladi ko`nglini Navoiy
Kim, but raqami birla bu uy erdi munaqqash.

256
Shukrkim, sochtim esa g`am tuni anjum kebi yosh,
Vasli subhida tulu` ayladi ollimg`a quyosh.

Zaxmlar ustida marhamg`a  momug`luq qiladur,
G`am sahobi necha yog`durdi sinuq boshima tosh.

Tutosh erdi g`am aro navhalarim bir-biriga,
Ayshdin kulgularim bir-biriga o`ldi tutosh.

Hajr xunobi mayi vasli manga berdi samar,
Zahr bo`lg`ay edi og`ushta bu xunobig`a kosh.

Ahli ishq, o`lmangiz ozurda firoq o`tlaridin,
Ul tomug`qa bore vasl uchmog`i ermish podosh.

Ishq aro vaslni kom ahli nachukkim, talashur,
Hajrni zumrai nokom kerak qilsa talosh.

Kim firoq o`tig`a sabr etsa Navoiy yanglig`,
Otashin gullar anga bo`lg`usi ul o`ttin fosh.

257
Bizga yo`qtur olam ahlidin jafodin o`zga ish,
Har zamon yuz dardu har dam yuz balodin o`zga ish.

Ohkim, andin jafodin o`zga kelmas o`truda,
Garchi mendin kelmadi hargiz vafodin o`zga ish.

Menmenu oshiqliq, ey nosihki, umrum borida,
Boshima juz ishq kelmaydur qazodin o`zga ish.

Zulfi zanjiri aro ming zulm ko`rsam, ey ko`ngul,
Juz tazallum istamamen mubtalodin o`zga ish.

Nozu istig`no necha ko`rguzsa ul sultoni husn,
Juz niyozu ajz ne kulgay gadodin o`zga ish.

Xizmatig`a qaysi yuz birla boraykim, kelmamish
Tiyralikdin o`zga men yuzi qorodin o`zga ish.

Do`stu lutfidin umidim onchadurkim, g`ayri afv
Istay olmon, garchi qilmaymen xatodin o`zga ish.

Mendin o`zga ish kelmay juz mayi subhiy chekib,
Juz g`ino kelmas yana ahli riyodin o`zga ish.

Ey Navoiy, va`dai vaslig`a bo`l xursandkim,
Charx nogah qilmag`ay zohir oradin o`zga ish.

258
Olur jonimni ishqu manga dam urmoq mahol o`lmish,
Birovdekkim, tili aning o`lar holatda lol o`lmish.


Erur har sari keskan na`l yo raxshing izi bilmon,
Tanim tufrog`i to javlongahingda poymol o`lmish.

Ichib qonimni ul ko`zkim qizarmish, notavonedur
Ki, ham bemorlig`da may chekib, ruxsori ol o`lmish.

Tanim to rishtai zulfung xayoli birla chirmashdi,
Biaynih rishtai zulfungg`a chirmashqan xayol o`lmish.

Qoshing hajrida tishlar birlakim jismimni naqsh ettim,
Nazzora aylakim har paykari mushkin hilol o`lmish.

Ko`ngul bog`ida ohim o`qlari qadding firoqidin,
Bari g`am bergali har qaysi bir ra`no nihol o`lmish.

Fano ko`yiga kirkim, jam bila jomi jahonbindur,
Gadokim, jom anga bu dayr aro sing`an safol o`lmish.

Sen uyqu ichrasen, xurshid avji davlating tushdur,
Ham ushbu tushda ul xurshidqa doim zavol o`lmish.

Yuzung ko`rgach Navoiy ko`ngli ozdi, zulfdin band et
Kim, ul majnun bahori vaslidin oshuftahol o`lmish.

259
Husni devoni uza matla`dur ul payvasta qosh,
Kotibi taqdir aning misra`larin yozg`an tutosh.

Jolai ofat kebi ul oy bahori husnida,
Charx anjum javharidin yog`durur boshimg`a tosh.

O`tlug` ohimdin bo`g`uz og`zimg`acha majruh erur,
Ayb qilma, ey ko`ngul, nolamda fahm o`lsa xarosh.

To sirishkim qong`a evruldi dame tinmay oqar,
Muztarib bo`lmoq ajab yo`q, bo`lsa xun oluda yosh.

Yoshurun erdi g`amim, mufrit qadah o`tkan kecha
Yig`latib, beixtiyor etkan emish el ichra fosh.

Xilvat etkan ixtiyor ilgida bir ibriqi may,
Tong emas gar qilsa bir bodom ila har kun maosh,

Ey Navoiy, keldi yoru bordi ko`nglungni olib,
Yana bir qatla kelib, joningni dog`i olsa kosh.

260
Yozuqsiz, jurmsiz bedod etar fosh
Manga ul surmasiz ko`z, vo`smasiz qosh.

Fig`onkim, bu taraf boqmay o`tarsen,
Nechakim, ko`zlarim yummay to`kar yosh.

Sirishkim sayli har yon uyla surdi
Ki, topmon ko`ksuma urmoq uchun tosh.

Iliging o`pkali ochmish og`izlar,
Qilichingdin sarosar zaxmlig` bosh.

Hamono qolmas o`z holida rangi,
Sizarda suratingni ko`fsa naqqosh.

Bahodur naqdi din, ey dayr piri,
Karam qil mayki, borbiz asru qallosh.

Demish: kelsam Navoiy qatlin aylay,
Kelib, ne ko`ngli istar, aylagay kosh.

261
Pariyzodeki, mushkin zulfi jonim mustamand etmish,
Maloyik qushlari ul halqa mo`lar birla band etmish.

Samandingkim, yolindek tez erur, yuz shukrkim, gardun
Anga bizni samandarvash, munga gardi samand etmish.

Chekarga ishq otashgohig`a devona ko`nglumni,
Qazo har bir sharar torini bir o`tluq kamand etmish.

Vafog`a telbalikdin nopisand o`lsam, ani ko`rkim,
Jafog`a kimni mencha ul pariy paykar pisand etmish.

Mayi ravshan tut, ey soqiyki, ko`nglum tiyra qilmish shayx,
Damu afsun bila baskim, anga izhori pand etmish.

Labingda no`shu zahri hajr og`zimda tong ermas, gar
Menga har zaharxand o`lg`anda ul bir no`shxand etmish.

Labi la`lin malohat xoli birla bahravar qilg`an,
Mening  jonimni dag`i ishq birla  bahramand etmish.

Biravkim, sarvdek ozodavash bo`ldi bu bog` ichra,
Qazo dehqoni ham sarsabz ani, ham sarbaland etmish.

Navoiy, kech visol ummididinkim, haq seni behad
Zalilu zoru yoringni azizu arjumand etmish.

262
Sahob ermaski, kukrab tog` uza har sari aylanmish
Ki, dudi ohu afg`onim falak toqig`a chirmanmish.

Aning ilgidadur ko`nglumki, andin ayrila olmas,
Tamom ul qush masallikkim, kishi ilgiga o`rganmish.

Kecha uyqu birovda bo`lmasa ne tongki, ko`yungda
To`shanmish xorni ostidayu xoroni yastanmish.

Choqilg`ach lam`ai husnung, manga qolmas asar boqiy,
Birovga ne asar qolg`ayki, barq o`tig`a o`rtanmish.

Raqibing ham, iting ham ko`nglumga ko`yungda dushmandur
Ki, tunlar to sahargah tortmish afg`onu kungranmish.

Jahon ahlig`a gar uyqu harom o`lsa  ajab ermas
Ki, noz uyqusidin ul kofiri bebok uyg`anmish.

Meni oshuftani ul turradin qilmoq xalos o`lmas
Ki, jonim rishtasi birla aning har tori to`lg`anmish.

Zamong`a bovujudi bevafolig` ta`n qilmangkim,
Zamona ahlidin rasmi vafo bobinda saylanmish.

Manga zuhdi riyoi xirqasidin ul palos ortuq
Ki, yuz qatla fano dayrida may loyig`a bulg`anmish.

Xusho mug` dayrikim, bir damda aylar muflisu rasvo
Biravkim, umrlar ham molu ham nomus qozg`anmish.

Navoiy zuhd xarfin tavba qilsa, ey riyo ahli,
Anga kelmas o`lum, bir harzani gar aytmish-tonmish.

263
Dardi ko`p uryon tanimg`a yuz tuman dog` o`lmamish,
Toki har bir dardig`a bir dog` etar chog` o`lmamish.

To ko`zung oyini usruklukduru bemorlig`,
Za`flig` sarmast ko`nglum lahzae sog` o`lmamish.

G`am tuni ul oydin ayru aylamish anjum xirosh,
Har taraf ko`ksumni go`yo ranja tirnog` o`lmamish.

Poya ishq ahlig`a olidur, yo`q ersa xalqdin,
Qochqali Farhodning manzilgahi tog` o`lmamish.

Foniy o`lkim, dayr piri jur`asidin bahravar
Bo`lmamish, har kimki bu dayr ichra tufrog` o`lmamish.

Ne asar qilg`ay ko`rub qonlig` tanim uzra tugan,
Senki hargiz may tomib, gulgun to`nung dog` o`lmamish.

Ey Navoiy, vaslig`a sendin keyinrak yo`q kishi,
Kimsa garchi oshiqi sendin burunrog` o`lmamish.

264
Demagil mujgonkim, ul ko`z qasdi ahbob aylamish
Qim, temurdin neshlar aylab, siyahtob aylamish.

Xolu xatdin mushafi ruxsorig`a kilki qazo,
Mushk birla nuqta, anbar birla e`rob aylamish.

Uyqudin bosh qo`yg`ay ul ko`z sajda, xud qilg`usi yo`q
Kofirekim,  mastlig`din  azmi  mehrob  aylamish.

To`lg`adi jon rishtasiyu tori zulfi xushturur,
Gar bir ip eshmak uchun ul ikkini tob aylamish.

Nomabar qush yordin kelgach, o`larmen shavqdin,
Jon chekarga go`yo har tirnog`ni qullob aylamish

Ey xush ulkim, bu havodis dayrig`a kirgan kishi
Chiqqucha, davron ani masti mayi nob aylamish.

Ey Navoiy, zavraqi umrung qutulmaskim, qazo
Davrig`a aning falak bahrini girdob aylamish.

265
Dardi ishqing uyla zor etmish meni, ey bag`ri tosh
Kim, qo`yarmen yig`labon har notavon ollida bosh.

Ko`ngluma ko`zdin kirib, g`ayri xayolin qo`zg`adi,
Zarra xayli qo`zg`alur, chun kirdi ravzandin quyosh.

Chun meni qildi balo tog`i junun, tosh otmangiz,
Negakim yerdin olib otmas kishi tog` uzra tosh.

Reshdur bo`g`zum balo zahri ichardin, yo`q ajab,
Holima yig`larda andin o`tkan un topmoq xirosh.

O`qi yetkachkim, bo`lub jon birla ko`nglum muztarib,
Iztirob ermas, boshoq ustida aylarlar talosh.

Durdi joming ham g`izo, ham bodadur, ey mug`bacha,
Piri dayr iqbolidin shahlarg`a yo`q mendek maosh.

Eyki, ko`rmaysen Navoiy ohi o`qi hay`atin,
Bir stundek shu`la ko`k sahfig`acha, ko`rgil, tutosh.

266
Xil`atinmu qildi ul gulro`i siyminbar binafsh,
Yo binafsha aylamish gulshannn sar-tosar binafsh.

Arg`uvongun yuz, binafsha rang xat jonim olur,
Xil`ati bo`lsun aning gar arg`uvoniy gar binafsh.

Yo`qki, ul sanchar binafsha dastasin dastorg`a,
Egnida xil`atlarin dog`i qilur aksar binafsh.

Savsaniy bo`rkung yopar kechkangni, ey mir`oti husn,
Ko`zgu yanglig`kim, o`chasen qildi ohangar binafsh.

Xayli ruhoniy hamonokim, binafsh aylar libos
Kim, haririn aylar ul huri pariy paykar binafsh.

Burqa` olg`ach, kiydi moviy xil`at uzra savsaniy,
Mehrdin qilg`an kebi moviyni nilufar binafsh.

Ne binafshadur, ne nofarmon guli, ne savsaniy
To`nkim, ul kiygali loyiq emastur har binafsh.

Gul kebi jismingg`a, ey soqiy, binafsh oyin to`nung,
Uyladurkim, bodai gulrang uchun sog`ar binafsh.

Gar Navoiy aqli mabhut o`lsa, qilmang aybkim,
Hoshiya zarbaft etib, deklay kiyar dilbar binafsh.

267
Meni ishq ichra degan oqilu farzona emish,
Degay ulkim, so`zin eshitsaki, devona emish.

Yopsa yuz har kecha ko`nglum qushidin, tong yo`qkim,
Malak ul sham`i jahontobqa parvona emish.

Qasri ul husn shahining erur andoq oliy
Ki, falak kungurasi qasrig`a dandona emish.

Ko`zlarim andin emish qonu ramad aynidakim,
Durd hamkosa munga, hajr anga hamxona emish.

Zaxmi ko`p tanda jununluq ko`ngul oromidin
Telbalar  maskani fahm o`ldiki, vayrona emish.

Jannatu kavsar umidi bila o`ldung, ey shayx,
Bilki, naqd ushbu fano dayrida mayxona emish.

Zuhd ila eyki Navoiyni o`karsen, ko`rduk
Ishi usrukluk emish, hamdami paymona emish.

268
Bizing shaydo ko`ngul bechora bo`lmish,
Malolat dashtida ovora bo`lmish.

Anga baskim yog`ar tosh ustida tosh,
Tanida yara uzra yora bo`lmish.

Urarda dam-badam xorog`a boshin,
So`ngaklar anda pora-pora bo`lmish.

Balo tog`i aro yotqanda bemor,
Xirad sinjobi xoru xora bo`lmish.

Qora qildi nachukkim ro`zgorim,
Aning ham ro`zgori qora bo`lmish.

Qadah xurshidi qanikim, g`amidin
Sirishkim kavkabi sayyora bo`lmish.

Navoiy, choradin ko`p dema so`zkim,
G`amingg`a chorasizlig` chora bo`lmish.

269
Ul qadar ul kofir islom ahlini qatl aylamish
Kim, shahodat barmog`in ham zaxm aylab bog`lamish.

Garchi din ahlig`a aning ilgidin yuzlandi qatl,
Ilgining qonin dog`i emdi oqizmoq boshlamish.

Qatliga ko`nglumni to`xtatsam agar yo`q, vah, ne sud,
Chun  meningdeklarni o`lturmakka ko`ngli to`qtamish.

Nozu istig`noda kim ifrot etar, ma`lum o`lur
Kim, jamoli mufrit erkanni o`zi ham anglamish.

Ishq zulmi haddin o`tti ko`ngluma, ey porso,
Go`yiyo bir mustajobud-da`va ani qarg`amish.

Qochmayin aftodalig`din, arzi ixlos aylakim,
Do`st lutfi oqibat aftodalarni qo`ldamish.

Bag`riyu ko`ngli Navoiyning nedin yuz poradur,
Itlaringga to``ma  aylarga hamono to`g`ramish.

270
Har pariy paykarga bir devonaekim zor emish,
Kunda ming zulm o`lsa, bir ham rahm gohe bor emish.

Qaysi majnuni balokashga pariy ruxsoridin
To abad zulm uzra zulm, ozor uza ozor emish.

Sen bu oyini jafo solding orag`a, yo`qsa xalq
Ko`rsa shiddat lutf birla, yo`qsa barxurdor emish.

Olloh-olloh, bu ne so`z bo`lg`ay menu hijron tuni,
Vasl subhi qay qachan beyorlarg`a yor emish.

Hajr shomi shiddatidin ishq tarkin har kecha
Jazm etibmen, lek doim subh istig`for emish.

Davr jomi birla taskin topmas ermish, soqiyo,
Kimnikim sargashta qilg`an bu to`quz pargor emish.

Deb emishsen: Jonni bergaymu Navoiy istasam,
Bilmagansenkim, bu xud jon birla minnatdor emish.