www.uz
SIN HARFINING SIYMINBARLARINING SAVDOSI FAVOYIDDIN

223
Gulshani iqbol xori mehnatig`a arzimas,
Bodai gulgun xumori nakbatig`a arzimas.

Lolaruxlar vaslida  yuz yil  kishi  qilsa  nishot,
Bir zamonlig`, bilki, dog`i furqatig`a arzimas.

Bahru kon naqdin agar yig`ding, vale yetkach ajal
Barchani solib ketarning shiddatig`a arzimas.

Har necha tersang yigitlikning bahori gullarin,
Bir xazoni shaybu ohi hasratig`a arzimas.

Taxti izzat uzra  nasb etsa birovni davri charx,
Azl ko`yining g`ubori zillatig`a arzimas.

Har iecha davlat sahobi sochsa gavhar boshinga,
Anglakim, bir qatla barqi ofatig`a arzimas.

Xirqam olib raxn, durdi dard ber, ey mayfurush
Kim, xarobot ahli sofi ishratig`a arzimas.

Har zamon yore ketar jonimni olg`il, ey ajal
Kim, hayot ahbobi dardn furqatig`a arzimas.

Kimsa birla tutmag`il ulfat, Navoiy, negakim,
Ayrilurda manga bo`lg`an holatig`a arzimas.

224
Ne hadki aylagamen yor dastbo`si havas,
Muyassar o`lsa itining ayog`in o`pmak bas.

Tabib bermadi muhlik haroratimg`a sukun
Ki, tez o`lur bu o`t, ar xud Masih ursa nafas.

Ko`zung ko`ngulni kabob etti, mast agar ermas,
Tanurdin kishi qushqa bo`lurmu, qilsa qafas.

Havasi labing shakaridur chibindek etsa havo,
Ko`nguldin o`lmadi kam hech bu havoyu havas.

Firoq ashkidin el g`ofil o`lmasunki, qilur
Ko`zum orasida har qatra qilmag`anni Aras.

Nasimi husn yorutti chu shavq shu`lasini,
Erur teng o`rtamakida xitoyiyu charkas.

Navoiy o`lmadi roviy hadisidin xushhol
Ki, bu habibu anis aytur ul habibu anas.

225
Holima yor tarahhum qilmas,
Yig`lasam zor, tabassum qilmas.

Ko`ngluma vahm erur hijrondin,
Qatldin hech tavahhum qilmas.

G`uncha og`zing so`zida qaysi zamon
Kim, hazin ko`nglum o`zin gum qilmas.

Javrlarkim qilur ul oy manga,
Etti aflok aro anjum qilmas.

Qaysi bir zulmki qilmas ul sho`x,
Garchi bu zor tazallum qilmas.

Yuz kalom el bila aytur har dam,
Bizga bir nukta takallum qilmas.

Ey Navoiy, qiya boqti demakim,
Ko`ngluma yor tarahhum qilmas.

226
Ko`z yorutmoqqa demon mehri jamoling bog`i bas
Kim, samanding na`li, balkim, yo`lining tufrog`i bas.

Ko`rgali maqsud ruxsorini mir`ot istaram,
Har taraf ko`ksumdagi ishqingning eski dog`i bas.

Buzg`ali ko`nglumni zahmat chekmangiz, ey dardu g`am
Kim, bu kishvarni buzarg`a hajr xayli yog`i bas.

Yo`lida tufrog`men, sovurma, ey gardun meni
Kim, bu ishga chobukumning raxshining tuynog`i bas.

Ko`zni yozg`ursam o`yarg`a hojat ermas tig`i tez
Kim, ani ko`r etkali hajr ilgining tirnog`i bas.

Qorig`anda tavba xushroqdur yigitlar  ishqidin,
Beadablig`larki ko`rguzdung yigitlik chog`i bas.

Ey Navoiy, dilrabolarning vafosin istamon
Kim, manga o`z dilbarim javru jafo qilmog`i bas.

227
Shomi hijronimg`a, ey gardun, sahar paydo emas,
Chekma zahmat qatlimakim, hojati yaldo emas.

Jonim olmoqqa ajal xaylidurur ko`yung aro,
Itlaringdnn boshim uzra har taraf g`avg`o emas.

Nastarandurkim, yuzung hajrida qonlig` ko`z bila,
Za`faroniy yuzga surtubmen, guli ra`no emas.

G`unchadek ko`nglum yo`q og`zing hasratig`a tushkali,
Ham aning rangin hamono tuttikim, paydo emas.

Har dam istig`noyu nozi yuz gunahsiz qon to`kar,
Bu ajab muhlik balodur, nozu istig`no emas.

Charx jomida to`ladur zahri qotil qasdima,
Gar nashotim yo`q, ajab yo`q sog`ari sahbo emas.

Shohlardin lutfu ehson da`b erur ajz ahlig`a,
Barcha shahlar zolim, ondoqkim, bizing mirzo emas.

Eyki, mendek telba ermassen, jihat ushbu ekin
Kim, nigoring bir pariy paykar malaksiymo emas.

Zikru tasbih istama mendin, Navoiykim, ishim
Tunlar ul oy hajrida har ohu vovaylo emas.

228
Ko`rmak ani chun hadim yo`q, meni jonon tanimas,
Yo`q ajab gar ann ham bu zori hayron tanimas.

Oshiqu ma`shuq bo`lmoq bir-birin tanishmayin,
Biz ikovdin boshqa go`yo ahli davron tanimas.

G`amki yuz yillik rafiqimdur, netibmen telbag`a
Ko`rmayin ko`ksumda yuz ming dog`i hijron tanimas.

Va`dai vasli ne yod etkayki bazmi aysh aro,
Mastlig`din kimsani ul ahdi yolg`on tanimas.

Ey musulmonlar, ajab yo`q kofiru mast o`lmag`um,
Chunki islom ahlini ul nomusulmon tanimas.

Tanima davr ahlinikim, ulki jon qilsang fido,
Holinga tag`yir bergach davri gardon, tanimas.

Ey Navoiy, qil Iroq ohangiyu azm et Hijoz
Kim, muhabbat zumrasin ahli Xuroson tanimas.

229
Bizga ishq anduhidin ish zorlig`larmu emas,
Holi hajr oshubidin dushvorlig`larmu emas.

G`unchadek yuz pora ko`nglum holi bir gul hajridin,
Xorlig`larmu emas, afgorlig`larmu emas.

Tong emas hijron sahobin desalar yog`durdi qon,
Ko`zlarim da`bi kecha xunborlig`larmu emas.

Ey ajal, hijronda o`lmakdin meni qo`rqitmag`il,
Ish manga bu so`zda minnatdorlig`larmu emas.

Emin o`lma, mehr ko`rguzgan bila, aflokdin
Kim, bu kajravlar ishi g`addorlig`larmu emas.

Mahvashekim pokrav oshiqni qilg`ay bahravar,
Husnidin oyini barxurdorlig`larmu emas.

Ey Navoiy, yor ko`yi itlarining holinga
Kecha tutmoq qopmog`idin yorlig`larmu emas.

230
Base bu dayri ko`han mahbasida qilma julus
Ki, anda har kishi majlis tuzar, bo`lur mahbus.

Jahondin istama ochuq futuh abvobin
Ki, bu zamona aro bo`lmish ul eshik madrus.

Havos sa`yi bila fayz yo`q riyozatsiz,
Gar o`lsa dog`i bu ish bizga bo`lmadi maxsus.

Sovug` kelur ko`zuma xonaqohu zuhdu riyo,
Xusho sharorai Zardusht birla dayri majus.

Mayi mug`ona agar bizga tutsa mug`bachalar,
Gar arg`anun uni yo`q ersa, basdurur noqus.

Chu yo`q bu kishvari islom aro vafo bila mehr,
Xusho navohiyi Afranju xittai Tartus.

Chu umr o`tar, bu kun o`zni nishot ila xush tut
Ki, tongla naf` yeturmas darig` ila afsus.

Visoldin men agar noumid esam, yo rab
Ki, ishq zumrasidin qilma kimsani ma`yus.

Navoiyo, senu ovoralig`da rasvolig`,
Nedinki dayri fano ichra nang erur nomus.

231
Har kishiga dast bersa ul pariy yanglig` anis,
Boqa olmas topsa mehri xovari yanglig` anis.

Mehr etib zohir, xaridor o`lmas ul oy borida,
Har ko`ngulkim topsa mehru Mushtari yanglig` anis.

Ming fig`onliq ko`nglum ul gulrux bila gar topti uns,
Basdurur bulbulg`a gul bargi tari yanglig` anis.

Rahmi ortuq bo`lg`usi ul nomusulmondin base,
Bo`lsa din xaylig`a xaybar kofiri yanglig` anis.

O`z anisimdin ko`ngul gar uzmasam yo`qtur ajab
Kim, topilmas kimsaga o`z dilbari yanglig` anis.

Sen manga, bas, Layliyu Shirin ul ikki zorg`a,
Har kishiga bo`lmas o`z mahpaykari yanglig` anis.

O`z anisimg`a agar devonamen, yo`q aybkim,
Yo`q ajab devonalig` topqan pariy yanglig` anis.

Xushtur ul oy, gar anisim bo`lsakim ishq avjida,
Toli` o`lmas ul saodat axtari yanglig` anis.

Ey Navoiy, yuz tuman mug` dayrida sayr aylasang,
Topmagung ul aqlu din g`oratgari yanglig` anis.

232
Dayr aro bizga vatan sarmanzili xammor bas,
Qibla but, sarrishtai faqru fano zunnor bas.

Dam-badam bir mug`bacha la`li labi hijronidin,
La`lgun sog`ar qadahdek, didai xunbor bas.

Devsiyratlardin, ey gardun, meni og`ritmakim,
Yuz alarcha og`riturg`a ul pariy ruxsor bas.

Yor zulm etgan sayi ag`yor so`rmoq zulm erur,
Vahki, shoyad qilmag`ay hargiz jafosin yor bas.

Jomi minoyini soqiy gar bas etmas, bok emas,
Garchi javrin qilmag`ay bu toqi mnnokor bas.

Charxdin ne kelsa, xush bo`lkim, sening ko`nglung uchung
Aylamas davrini hargiz gunbadi davvor bas.

Ey Navoiy, rishtai davrong`a chekkil durrn nazm
Kim, zamon avroqig`a sendin so`z-o`q osor bas.

233
Mehr go`yokim tulu` etmish, mening mohim emas,
Kim, yuziga ko`z sola olmonki, dilxohim emas.

Har dam ohingdin dema mir`oti husnung tiyradur,
Tiyra bo`lma,  ishqing  o`ti dudidur, ohim  emas.

Sa`b uchun ishq o`ldilar Fyarhodu Majnun yo`lda-o`q,
Kim, biri holo bu vodiy ichra hamrohim emas.

Oh, jismimni aning ko`yiga soldi yuz ming oh,
Kim, anga bir ko`hi mehnatdur pariy kohim emas.

Ahli ishq istar visolu men xayolig`a dog`i,
O`zin loyiq topman el bu ishta ogohim emas.

Men fano dayri gadoyimen, nedur sing`an safol,
Ilgima gar har eshikda shay-al-ollohim emas.

Ko`yida chun tufrog` o`ldum, esmasun ul yon sabo,
Ey Navoiy, ul maqomimdur, guzargohim emas.

234
Tutmayin olamda ko`nglum nasli odam birla uns,
Vahki, oxir tutti bir oshubi olam birla uns.

Kimga aytay ul pariy dardin meni majnun dame,
Chun tuta olmon junundin hech hamdam birla uns.

Jonda har zaxm ichra chun dardi aning matlubdur,
Bu jihatdindurki, topmas hech marham birla uns.

Gar unuttum vaslni hijron aro, yod aylamas
Shodlig`ni ulki, tutti mehnatu g`am birla uns.

Vomiqu Majnung`a holim demadimkim, qo`ymadi
Vahshati hijron tutarg`a hech mahram birla uns.

Bor esa novmid oshiqlar anisim, tong emas,
Motam ahlig`a, ajab yo`q, ahli motam birla uns.

Olam ahli sust paymondurlar, ey ahli vafo,
Dast agar bersa, tutung bir ahdi mahkam birla uns.

Ul pariy paykar malakvash men junundin devsor,
Tutmasa yo`q ayb bu rasvoi olam birla uns.

Ey Navoiy, shoh chatri soyasidin ori bor,
Tutqan el bir lo`lii oshufta parcham birla uns.

235
Qo`p, ey bodi sabo, jonon sari es,
Masih anfosi yanglig` jon sari es.

Aning ko`yida qil arzi niyozim,
Dame ul ravzai rizvon sari es.

Dame gul birla sunbul xaylidin o`t,
Zamone lolayu rayhon sari es.

Chu ul gulshandin o`ldung ruhparvar,
Yonib bu kulbai ahzon sari es.

Isidin ber tanimg`a ruh, ya`ni
Ki, bu farsudai hijron sari es.

Fano dashtida, ey hijron samumi,
Quyun yanglig` bu sargardon sari es.

Navoiy chun o`lar, ey sarsari oh,
Buzug`lik qilg`ali davron sari es.

236
Manga ishrat yeri kunji fano bas,
Yangi masnad, bir eski bo`ryo bas.

Yalang tan yopqali bas sholi idbor,
Bosh ostida yalang qo`l muttako bas.

Davo dardimg`a gar topmon, emas g`am
Ki, dardimg`a davosizlig` davo bas.

Mayi ishratni ahli aysh cheksun,
Menga xunoban ranju ano bas.

Men o`ldum xud vafo yo`lida tufrog`,
Vale yor aylamas javru jafo bas.

Skandarga jahonu azmi zulmat
Ki, mulki ishqu shomi g`am manga bas.

Desam anglay jahon holiin ravshan,
Qadah oyinayi getinamo bas.

Havodisdin panoh har kimga bir yer,
Manga mayxona kunji multajo bas.

Navo ma`shuqdin gar tutsa ushshoq,
Navoiyg`a navosizlig` navo bas.

237
Ey ko`ngul, holimg`a ul oy rahm qilg`udek emas,
Zorlig` birla ishim andin ochilg`udek emas.

Ishqida rasvolig`im ul nav` bo`ldi foshkim,
Zuhdu ismat pardasi birla yopilg`udek emas.

Jomi ishqidin ko`ngul ul nav` erur masti xarob
Kim, qiyomat bazmig`a tegru ayirg`udek emas.

Uyla ishqi dashtida majnun ko`ngul ovoradur
Kim, pariylar istagan birla topilg`udek emas.

Soqiyo, la`ling mayidin gar iloje qilmasang,
Bu xumorim la`li may birla yozilg`udek emas.

Dard o`tin qilg`an havas avval ko`ngulni o`rtadik
Kim, ul o`t har xom ko`ngliga yoqilg`udek emas.

Ey Navoiy, ul pariyvashdin vafo ko`z tutmag`il
Kim, junun ahlini aslo ko`zga ilg`udek emas.

238
Zulfidur ko`nglumda har dam, oh chekmak sud emas
Kim, havog`a mushku anbar gardi butrar, dud emas.

Husni vasfin demakim, ishqim kebi poyoni yo`q,
Mehridin ne deykim, ul sabrim kebi mavjud emas.

Yuz vafo ahd aylasang, yo`qtur vafoi ahd hech,
Kim, sening ahdingg`a oyini vafo ma`hud emas.

Lablaring hajrinda jonim qasdig`a ko`z davrida,
Neshlardur la`lgun, mujgoni xun olud emas.

Dog`i ishqin ko`ngluma qo`ydum, qanoat qilmadi,
Qalbi soyildekki, olib bir diram, xushnud emas.

Anglag`il nobudini yuz qatla xushroq budidin,
Solikekim, faqr aro budi aning nobud emas.

Shayx agar yopti Navoiyg`a eshik, rasvo debon,
Shukr erurkim, afvu rahmat eshiki masdud emas.

239
Qilding ofat barqidin jonimg`a o`t yoqmaq havas,
Tifl o`t yoqmoq uchun qilg`andek o`t choqmaq havas.

Telba ko`nglum shu`lai ishqingni asrar jon aro,
Uylakim ahli junun aylarlar o`t yoqmaq havas.

Yo mizojing tund ekandin, yo raqibing vahmidin,
Boqa olmon necha ko`z istar sanga boqmaq havas.

Ishq jurmin bo`ynuma tuttum, vale bu jurm uchun,
Qilmading zulfung tanobin bo`ynuma toqmaq havas.

Sayli ashkim istaram sursam, vale ko`yung sari,
Istamon vayron qilur andishadin oqmaq havas.

Bazmi himmat ichra may ichsam, qilurmen hazl uchun,
Charxning farqi uza rad ilgini qoqmaq havas.

Necha o`t yoqmaq havas qilg`ung Navoiy jonig`a,
Anda bir qilsang bo`lur marham dog`i yoqmaq havas.

240
G`amzangni kishi nazzora qilmas
Kim, bag`rini pora-pora qilmas.

Dardimg`a agarchi yo`q shumora,
Ishqing muni ham shumora qilmas.

Bechora meni dengiz g`am ichra
Kim, yor g`amimg`a chora qilmas.

Qilg`anni jahong`a ohu ashkim,
Charx aylamasu sitora qilmas.

Ishq qildi ko`ngulga dardi hajring
Kim, shishag`a sangi xora qilmas.

Topmas kishi dahr bazmidin kom,
Kim, majma`idin kanora qilmas.

Xilvat aro kirgali Navoiy,
Juz maxlasin istixora qilmas.

241
Ul oy bo`lmay manga mahbubu ma`nus,
Meni vaslidin etti charx ma`yus.

Ne bilgay holatim dasht uzra Majnun,
Ki, ermas hajr zindonida mahbus.

Magar g`am shomi hijron qiyri birla
Yuzumga vasl eshikin qildi madrus.

Sen, ey davlat qushi, uchkim, menu chug`z
Kim, ul manhusu baxtim dog`i manhus.

Vafo ahli zamondin qilma bovar
Ki, ne ma`qul erur bu ish, ne mahsus.

Ketur maykim, chu bo`ldum oshiqu mast,
Hamul dam daf` bo`ldi zuhdu nomus.

Navoiy rag`mig`a xush tutsun o`zni
Angakim, bir anise bo`lsa ma`nus.