Òîï ðåéòèíã www.uz
SOQIYNOMA

1

Soqiyo, tut qadahi shohona,
Qatrasi la`l vale yakdona.

La`l koni kebn xumdin chiqibon,
La`li yakdona o`zumdin chiqibon.

Rangi o`tda qizig`an na`l kebi,
Tobi shoh afsarida la`l kebi.

Ruhg`a lam`asidin nuru safo,
Tobidin hurg`a yo`q satru xafo.

Jom darxo`r anga ka`si xurshid,
Dema xurshidki, jomi Jamshid.

Bo`lsa chun bazmda xud Jamshid zamon,
Taxti zarkor uza xurshid makon.

Shohlar ollida chovush yanglig`,
Aql aning darkida behush yanglig`.

Tobi`i roy ila hukmi xonlar,
Amri ma`muri bo`lub sultonlar.

Taxti oliy bu biyik toramdin,
Xayli ko`prak bu qalin anjumdin.

Tutsa anda chu shafaqgun mayi nob,
Jomi miynoyi aro la`li muzob.

Ushbu maykim, ani ta`rif ettim,
Zikrin aylarda-o`q o`zdin kettim.

Shah ani Xizr suyidek yutsa,
Menga ham durdi jomin tutsa.

Bodano`sh o`ldi chu hamdastona,
Arz qilsam necha so`z mastona.

Q-ey ulus xoni, shahi charx janob,
Xotiring bahru kafing misli sahob.

Bevafodur falaki buqalamun,
Sozu ohangiga yo`q bir qonun.

Yo`q baqo joh ila shavkatga dog`i,
Yo`q vafo umr ila davlatqa dog`i.

Shukr angakim, qilibon shoh seni,
Qildi har nuktadin ogoh seni.

Ko`rki, har shahki, yurub oldi jahon,
Barcha bordumu qora yerda nixon.

Ham Kayumars ila Hushang qaii,
Ikkiga toj ila avrang qani!

Qani Jamshidu Faridun oxir,
Birini qo`ydimu gardun oxir!

Ne Kayoni boru ne Sosoniy,
Ne Skandar dog`i ne Ashkoniy.

Qolmadi Rustam ila Som dog`i,
Yazdi jurd o`ttiyu Bahrom dog`i.

Qani xonlar xoni Chingizxon,
O`kdoy qaniki, erdi qoon.

Qani Temur — shahi islompanoh
Ki, jahon oldi, chekib xayli sipoh.

Jaddu obo sanga avlodi qani,
Og`a-ini sanga ahfodi qani.

To falak bildi taaddi fanini,
Qaysidin olmadi o`z berganini!

Kimga berdi quyosh avjida nashas!
Kim yana qilmadi tufroqqa past.

Kimga bir no`sh ila yetkurdi bahr,
Kim yana tutmadi yuz sog`ari zahr.

Yo`q, bu ish johilu donog`a borur,
Bahs bal Xizru Masihog`a borur.

Chun bu ma`ni bu sifat topti ravo
Kim, ne shah qolg`usi boqiy, ne gado.

Tengri yodini unutma bir dam,
O`zni g`ayridin ovutma bir dam.

Rahmatidin dog`i bo`lma novmid,
G`azabidin dog`i vahm et jovid.

Mulku kishvar eliga dod ayla,
Adl ila ikkisin obod ayla.

Tengri yodi chu sanga bo`ldi hisor,
Dod ila adl ulus birla shior.

Chu bular bo`ldi, o`zingni xush tut,
Har bahona bila ko`nglungni ovut.

Bir nafas ayshdin o`lma g`ofil
Ki, jahon mulki erur behosil.

Bo`lmag`il hech nafas g`aflat ila,
Adl qil, yo`q esa bo`l ishrat ila.

Xar nafas vasfini etmak bo`lmas,
Chun o`tar, gardig`a yetmak bo`lmas.

Chu falak boisi g`amdur, xush bo`l,
Siym poshandiyu sog`arkash bo`l.

Elga sendin chu yetar osoyish
Tengridnn ayla tama` baxshoyish.

Ki, qilib lutf etgay hayyi g`afur
Duniyu oxiratingni ma`mur.

II

Soqiyo, tut manga jomi mayi nob,
Jomi may demaki, la`li serob.

Rangi yoqut suyidin timsol,
Qaysi yoqutki, la`li sayyol.

Dami Iso kebi kayfiyat anga,
Obi hayvon kebi xosiyat anga.

Ki, manga bersang ani, sipqarayin,
To dame mast o`lub o`zdin borayin.

Ki, meni shohi zamon hijroni
Uyla qilmishkn, deyolmon oni.

Shohi Jam qadr zamon ichra badi`,
Har badi` ishta makon ichra rafi`.

«Xamsa» ichraki, anga har bir harf
Bahr erur, zimnida yuz durri shigarf.

Dostonlarki, nigorish qildim,
Aning otig`a guzorish qildim.

Ayladim pand tariqida g`ulu,
Yuz tuman foydalardin mamlu.

Ed tutmish edi shahzoda barin,
Bilib erdi shahi ozoda barin.

Onsizin pand anga hojat emas,
Aqli kull ollida el pand demas.

Qaydakim, bo`lsa xudo yori aning,
Poklar ruhi madadkori aning.

Kosh ayyomi visolin ko`rsam,
Yana bir qatla jamolin ko`rsam.

III

Soqiyo bodai mastona ketur,
Dayrdin bodaparastona ketur.

Uyla maykim, chu ko`rub bodaparast,
Ichkucha atridin o`lg`ay sarmast.

Nash`ai baxsh uylaki ohangi «Iroq»,
Talx ul nav`ki, xunobi firoq.

Mutribo, sen dog`i ohange tuz
Lahnida rangi Husayni ko`rguz.

Ham Husayni so`zidin rangi g`arib,
Ham g`aribi damidin bayti ajib.

Soz aylab, meni ham shod aylang,
Bir nafas qayg`udin ozod aylang.

Shohlar nodiri atvor ichra,
Nuktayu diqqatu ash`or ichra.

Qildi chun tengri muloyim ani,
Asradik hifzida doim ani.

Ruhparvar so`zi bo`lsun o`zidek,
Ruhgustar o`zi bo`lsun so`zidek.

IV

Soqiyo, tut qadahi molomol,
Rangi xunob sirishkimdek ol.

Poklar ishqi kebi nash`asi tez,
Sho`xlar husni kebi sho`rangez.

Qatrasi la`l vale rummoni,
Qaysn rummon, degil ardistoni.

Manga berkim, chu ani qilsam no`sh,
Zoyil o`lsun xiradu donishu hush.

So`ngra ul koni latofatqa tutay,
Qurratul-ayn xilofatqa tutay.

Ul dog`i ichtiku hushxol o`ldik,
G`amu mehnat anga pomol o`ldik.

Tokim ul boda bila topqach kom,
Har taraf azm etibon qilsa xirom.

Har nekim komi muyassar bo`lsun,
Barcha a`dog`a muzaffar bo`lsun.

V

Soqiyo boda ketur yoquti,
Ruhning quvvati, jonning quti.

Ta`m anga sharbati hijron yanglig`,
Lavn anga la`li Badaxshon yanglig`.

Lojuvardi qadah ichra ani sol,
Charxi miynoda shafaq ayla xayol.

Boqibon qubbatul islom sari,
Ichusun ushbu g`am oshom sari.

Ulki Haydar otidur, xulqi hasan,
Har nekim qilsa, bari mustahsan.

To abad hashmatidin topsun kom,
Mulki islomda ahli islom.

VI

Soqiyo, jomi labo-lab tutqil,
Adab asrayu muaddab tutqil.

Bodaekim, necha yetkursa tarab,
Ortqay tab`ig`a ta`zimu adab.

To boqib Marv sari bosh urayin,
Boshni ko`k manzaridin oshurayin.

Sanjari mulkiga bo`lg`an voris,
Sanjari soniyu balkim solis.


Yodi birla tutay o`zni bir dam,
Bu g`amobod jahonda xurram.

Shohi Abulmuhsin, farrux diydor,
Umr ila davlatidin barxurdor.

VII

Soqiyo, bodai gulfom ketur,
Mayi gulrang solib, jom ketur.

Bodakim, ruh dedi ani hakim,
Ruh quti atadi tab`i salim.

Xovaron lolasidek oltun jom
Kim, anga tushsa bu rohi gulfom.

Hay`at ichra guli ra`no bo`lg`ay,
Ichsa Shahzoda, muhayyo bo`lg`ay.

Jomi to hashr labo-lab bo`lsun,
Necha sipqarsa, yana ham to`lsun.

VIII

Soqiyo, tut qadahi shavqangez,
Su kebi sofiyu o`t yanglig` tez.

Suyi kavsar suyidek jon afruz,
O`ti do`zax yolinidek purso`z.

To ichib, arbada bobin ochayin,
Hayrmand arig`idek kaf sochayin.


No`sh etay charxning imdodi bila,
Nimro`z ahli shahi yodi bila.


Ta`big`a barcha nihonlar ma`lum,
Garchi may no`sh va lekin ma`sum.

Kishvari Zobil anga arzoni,
Rustami Zol taqi darboni.

IX

Soqiyo, jomi hiloli tutqil,
Boda xurshid misoli tutqil.

Lavn anga la`li Badaxshon yanglig`,
Lam`ai xurshidi duraxshon yanglig.


Qatrasi axtari raxshanda kebi,
Chun tomib barqi duraxshonda kebi.

Ham o`shul jomi hiloli bila tut,
Boxtar shohi xayoli bila tut.

Aqli har ishta raso, tab`i salim
Kim, erur naqdi Husayn Ibrohim.

Mulk aning adlidin o`lsun bo`ston,
Bar hadi kishvarining Hindiston.

X

Soqiyo, tut mayi farxunda asar,
Farrux oyin qilib oltun sog`ar.

Ani ichkan kishi tark aylab hush,
Nukta  surgay,  nechakim bo`lsa xamu

Kamsuxan elni suxanvar qilg`ay,
Har so`zin uylaki, gavhar qilg`ay.

Ichsa, bo`lg`ay shahi farxunda maosh
Ilgi zarposhu tili gavharposh.

Komi andoqki, keraktur hosil,
Shoh iqbolidin o`lsun yuz yil.

XI

Soqiyo, jomi diloro xushtur,
Ichida rohi guvoro xushtur.

Jomi poku mayi nob andin pok,
Quyoshu chashmai hayvondin pok.

To ani ichgali ko`rguzsa havas,
Saltanat bog`ida sarvi navras.

Ham aning bazmig`a loyiq bo`lg`ay,
Pok tab`ig`a muvofiq bo`lg`ay.

Shahg`a maqbul dog`i mulkga zayn,
So`zi matbu` o`zidek ibn Husayn.

XII

Soqiyo, tut manga gulbo`y qadah,
Xalq ko`nglidin alamsho`y qadah.

Uylakim solsa ko`ngul uyiga nur,
Tiyralikni itirur sham`i surur.


To beray, ko`nglum o`lub gulshanvor,
Ko`zga shahzoda yuzidin anvor.

Anga bersun, yo rab, to bo abad,
Ruh ila Qosim Anvar madad.

Chun so`zi xushtur, o`zi xushharakot,
To abad bo`lsun anga umru hayot.

XIII

Soqiyo, jomi g`aribona ketur,
Men g`arib ichsam ani, yona ketur

Kim, kelur ko`ngluma ul ikki g`arib
Kim, ul ikkini jalo qildi nasib.

Ayru shah yanglig` atodin ham alar,
Yuz tuman komravodin ham alar.

Ne ekin hollari g`urbat aro,
Boshqa g`urbatda kelur shiddat aro.

Axtari toli` o`lub bargashta,
Bul-ajab qavm aro sargashta.

O`zga mulk, o`zga diyor, o`zga daman,
O`zga xalq, o`zga makon, o`zga vatan.

Tush ko`rarlarmu ekin shohni hech,
Vatanu maskanu bunkohni hech.

Ikkisi yodi bila bir qo`sh tut
Ki, ko`nguldin manga bo`lmaslar unut.

Himmatin kosh baron tutqay shoh,
Kelgali ul ikov inshoolloh.

XIV

Soqiyo, qil to`la jomi zarkor,
Bir g`azal boshla Faridun osor.

Komning bodasi dog`i rangin,
Nazmning nuktasi dog`i shirin.

Nazm adosida muvofiq yasab un,
Jomi may nazmi nigorandag`a sun.

Ul ikov yodi bila ichsun qo`sh,
So`ngra qoru sanga qildirsun no`sh.

Sen dog`i durdi joming manga tut,
Qo`shdin ul dog`i bersun sarqut.

XV

Soqiyo, tut qadahi miynoyi
Ki, ulus aqlin etar shaydoyi.

Angla miyno qadah ichra mayi nob,
Jomi firuzada yoquti muzob.

Bo`lsun chun boda uchun bazm aro
Sulton Vays ibni Boyqaro.

Anga hangomai shavqimni ayt,
Dog`i she`rimdin o`qug`il bir bayt.

Kim, jahon bo`lg`ucha komin bo`lsun,
Aysh bazmida maqoming bo`lsun.

Bo`lsun uchmoq aro haqdin mag`fur,
Otasi Boyqaro ibn Mansur.

XVI

Soqiyo, jomi jahonbin olg`il,
Ichiga bodai rangin solg`il.

Jomi Jam hay`atining mazhari o`l,
Balki oyinai Iskandari o`l.

Kishiga qayg`udin o`lsa zulmot,
Jur`asi bo`lg`ay aning obi hayot.

Sa`y qil, Xizr suyi to`lsun anga,
Chun ichar, obi hayot o`lsun anga.

Otoyu og`osig`a hayyi mubin,
Ravzai xuld aro bersun taskin.

XVII

Soqiyo, tut qadahi aqlzado,
Kim anga yuz xiradu aql fido.

Qatrai qilsa kuhan pir ani no`sh,
Navjuvon o`lg`ay, etib jo`shu xurush.

Tut angakim, erur ish ogohi,
Mafxari dudai Mironshohi.

Deyki, ey xisravi gardun rif`at,
Ne qolur saltanatu ne shavkat.

Shahri Xay, mulku hashamni ko`rdung,
Sen dog`i mulku hasham ko`p surdung.

Anglading shoxlig` ahvolini ham,
Kuragon taxtiyu iqbolini ham.

Barcha shahlarg`a ato o`ring`asen,
Yo jadi komravo o`rnig`asen.

Sanga oliy boridin martaba ham,
Yana ko`prak baridin tajriba ham.

Ayta olmon sanga, ey donishvar
Kim, bor erdi shah ila har kishvar.

Ayt, ul shohi falak joh qani?!
Yo`qsa Bahmonu falon shoh qani?!

Lek dermen qani ul ko`zunga nur,
Jismnnga quvvatu ko`nglungga surur.

Saltanat bog`ida sarvi gulchehr,
Makramat avji uza raxshon mehr.

Ilm aflokida bir jis mahal,
Barcha ashkol o`lum olida hal.

Nazmu nasrig`a Utorud maftun,
Har savol etsa, javobida zabun.

Shahlig`u ilmu yigitlik chog`i,
Foniyu so`fiyu solik dog`i.

Vasfi te`dod ila sondin ortuq,
Har nekim, aytsam, andin ortuq.

Buyla ofoq ahli nodirasin,
Ilmu faqr ahli sharifu sarasin.

Ko`rki, afloki taaddi pesha,
Charxi badmehr, xilof andisha.

Qora tufroqqa nachuk qildi nihon
Ki, qorardi manga hajrida jahon.

Qani ul mehri jahontob oxir!
Qani ul gavhari noyob oxir!

Charxdin ko`p kishi ko`rdi bedod,
Buyla bedod kishi ko`rmas yod.

Har necha davr vafo etgusidur,
Anga nettiki, sanga etgusidur.

Chun budur davr, necha kun xush bo`l,
Bebaqo davrda foniyvash bo`l.

O`zgalar pandig`a bergil payvand,
Yo`qsa bastur sanga bu voqia pand.

XVIII

Soqiyo, may tutu qo`yg`il so`zni,
Xon qurultoyig`a yetkur o`zni.

Sof may jom aro gar dilkashdur,
To`stug`on ichra qimiz ham xushdur.

Ey yirov, sen ham ishingni ko`rguz,
Yoto`g`on birla ulug` yirni tuz.

Yoto`g`onchiyu yirov tuzgach un,
Sen qadah olu to`quz qotla yukun.

To`ra birla bosh urub tut xong`a,
Sarqutin ber meni besomong`a.

O`zni ul sarqut ila mast qilay,
So`zni xon bazmida payvast qilay.

Kim ayo to`rt ulusqa voris,
Faxr etib zotinga ruhi Yofas.

Aslu gavhar bila xonlar xoni,
Javhari zot ila jonlar joni.

Shahg`a mehmonu, azizu dilband,
Ham qarindosh, yana ham farzand.

Ko`rki, sen kimsenu qaydin kelasen,
Qaysi mulk ichrasenu kim bilasen.

Hech shah topmadi bir xon sendek,
Bu ulus ko`rmadi mehmon sendek.

Budur ummidki, shah davlatidin,
Ehtimomiyu biyik himmatidin.


Ulcha maqsuding erur, yetkaysen,
Komron mulkungga azm etkaysen.

Ota taxtida topib istiqlol,
Qilg`asen xasmlaringni pomol.

Lek mehmonga kerak uyla maosh,
Kim agar mulkiga azm aylasa fosh.

Mizbonlarg`a malolat yetkay,
Xayr birla el ani yod etkay.

Shukrkim, behad erur yaxshilig`ing,
Andin ortuq dog`i yaxshi qilig`ing.

Hojat ermas sanga bu yanglig` pand
Kim, sanga pand elidur hojatmand.

Ham bu yanglig`kn, shior aylabsen,
Xalqnn xulqungga zor aylabsen.

Tengri qilsun senga tavfiq rafiq,
Ham qilur ishta rafiqing tavfiq.

Shahg`a sensen chu rafiqi joni,
Bir-biringizga bo`lung arzoni.

XIX

Soqiyo, tut qadahi sultoniy,
Ichida rohi aning rayhoniy.

Kim, ani ichsa gadoyi muhtoj,
Bo`lg`ay ollida gado sohibi toj.

Masti ollida gar aflok o`lg`ay
Past ul naviki, xoshok o`lg`ay.

Tut angakim, ishi bo`ldi tamkin,
Oti sulton, o`zi darvish oyin.

Himmati rif`ati aflok sifat,
Nafsining pastlig`i xok sifat.

Rif`at ahlig`a zabardast kelib,
Xokvashlar qoshida past kelib.

Chun aning komig`a yetkay bu qadah,
Nash`asidinki, ayon bo`lsa farah.


Aytkim, shukrg`a bo`lg`il moyil,
Tengridin bir nafas o`lma g`ofil.

Kim, seni faqrg`a moyil qildi,
Faqr atvorig`a qobil qildi.

Shoh darveshvash ersa, shahdur,
Shohu darvesh ishidin ogahdur.

Ulki, bu qoida mumtozi erur,
Shohlar shohi Abulg`ozi erur.

Qildi bu shohni taqdir sanga,
Ham shahu ham ato, ham pir sanga.

Atoyu piring erur shohi zamon,
Og`oyu qardoshu maxduming xon.

Ikkisi xidmatidin xushhol o`l,
Tengriga ahliyat bu xidmat bila yo`l.

XX

Soqiyo, jomi Kayoniy keltur,
Quti arbobi maoniy keltur.

Bodai lam`asi andoq ravshan
Ki, ko`ngul hujrasida qilsa vatan.

Necha yoshunsa xayol abkori,
Zohir o`lg`ay barining ruxsori.

Qayda ul shohvashi ravshan roy
Ki, bo`lub davlat ila bazmoroy.

Ani tut xidmatida hurmat ila,
So`ngra arz ayla bu so`z xidmat ila.

K-ey sharaf avjida mehri iqbol,
Bog`i davlat aro farxunda nihol.

Shahlig` Odamg`acha zotingg`a nasab,
Odam avlodida yo`q sencha hasab.

Tengri onchaki sanga berdi kamol,
Ayla loyiq bu kamolingg`a xisol.

Fazl kasbig`a ko`p o`lg`il mashg`ul,
Topmasun yo`l vale ollingda fuzul.

Seni haq ayladi chun gavhari pok,
Poklar suhbatidin aylama bok.

Poklar hodiyi rohing bo`lsun,
Qodiri pok panohing bo`lsun.

Boda kufri sari bo`lma mudmin,
Haqdin o`ldi laqabing chun Mu`min.

XXI

Soqiyo, bazmda tut jomi visol,
Kim kelur yodima ayyomi visol.

O`tti bir qariki, hijron aromen,
Vasl ayyomig`a armon aromen.

Mehribonlar qani, ahbob dog`i!
Hamnishinlar qani, ashob dog`i!


Barcha g`urbatqa xirom ayladilar,
Xuld bog`ini maqom ayladilar.

Har biri hajrida ko`p o`rtandim,
Kupga chun chekti firoq o`rgandim.

Birikim qoldi, base ko`p qolsun,
Umr komini jahondin olsun.

Chun vafoyi bila bo`ldi mashhur,
Aylasun umri vafo birla zuhur.

Ko`ngli chun topti vafo ichra safo,
Deki, mundoq dedilar ahli vafo.

Kim, vafo sog`aridin olsang kom,
Ich, vafo ahlini yod aylab, jom.

Andakim, hajr kamiyatin so`rdum,
Bir-iki yor sanga topshurdum.

Biri ham yor manga, ham farzand,
Jong`a oromu yurakka payvand.

Biri hamsuhbatu, hamdardu rafiq,
Tuqqanimdin dog`i yuz qatla shafiq.


Ul biri gulshani umrumda tazarv,
Bu biri bog`i hayotim aro sarv.

Ul yigitlar safining zebosi,
Bu yigitlik fanining donosi.

Ul jahon nodirasi har fanda,
Bu qilib har fan elin sharmanda.

Ul biri oti chu mazkur bo`lub,
Mirzobek ila mashhur bo`lub.

Bu biri ismini aylarda xitob,
Mir Darvesh debon shayx ila shob.

Ham aning furqati kuydurdi meni,
Ham muning hasrati o`lturdi meni.

Jong`a hijronlaridin tushmish pech,
Bu ikavning xabarin topmay hech.

Sanga zohir esa, payg`om etgil,
Har ne ma`lumdur, e`lom etgil.

Xuld aro bor esalar bazmoroy,
Voy hijronlaridin, yuz ming voy!

Haq seni dahrda boqiy tutsun,
Shodlig` sog`ari soqiy tutsun.

Sen qilib no`sh tiriklik jomin,
Mug`tanam angla hayot ayyomin.


Ko`rki, umr elga vafo ayladimu,
Charx juz javru jafo ayladimu?!

Bilki, olamda ne shah qoldi, ne bek,
Shohi mag`furdegu beklaridek.

Qani sultonu shahidu xayli,
Barchasin yopti ajalning zayli.

Qani Qanbar Aliyu, qani Mazid?!
Qani Sultonu, qani Nuri Said?!

Har biri o`zni tutub oliy shon,
Biridin qolmadi olamda nishon.

Barcha gar ketti, sen o`lg`il jovid,
To abad umrdin o`lma novmid.

Mayi maqsud ila joming to`lsun,
Tengridin ofiyating xayr o`lsun.


XXII

Soqiyo, jomg`a quy maydin sayl,
Mayi xurshidu aning jomi Suhayl.

Yo`q Suhayliki, bo`yar xoroni,
Ulki gulrang qilur siymoni.

Kim, Suhayli saridur zor ko`ngul,
Qo`p tilar suhbatin afgor ko`ngul.

Topmasam o`zni visoli birla,
No`sh etay ani xayoli birla.

Ochmasam sham`i jamoli bila ko`z,
Ham xayoli bila aytay necha so`z.

K-ey jahon xalqi aro zoti nafis,
Zotinga fazlu adab ikki anis.

Durri nazming suyi ul nav` ravon
Ki, oqib suftidin obi hayvon.

Sensen ulkim, yana yo`q sen kebi zot,
Naqdi ma`ni bila farxunda sifot.

Seni qildi falaki gardanda
Dahr aro bir garavi arzanda.

Sen edingkim, manga damsoz erding,
Har nihon nuktada hamroz erding.

Zulmlarkim, manga bu charxi dani
Qildi, qaydin topay ayturg`a sani.

Kim biri bu edikim, soldi yiroq
Seni, bag`rimg`a qo`yub dog`i firoq.

Manga gar dardu g`am anbuh o`ldi,
Qismatim g`ussayu anduh o`ldi.

Sen falak mehnatidin shod o`lg`il,
Dahr bedodidin ozod o`lg`il.

Olami huzn aro bo`lma g`amda,
O`zni xush tut necha kun olamda.

Kimki, nazm ichra guharrez o`ldi,
Nuktasi mu`jiza angez o`ldi.

Lafzi jonbaxshi nafis anfosi,
Xosiyat anda o`luk ehyosi.

Sa`diyu Xusravu Salmonu Kamol
Kim, edi har biri beshibhu misol.

Garchi charx etti barin mutavori,
Sen alar o`rnidadursen bori.

Qaysining ma`razidakim, kirding,
Jonin olding demayin, jon berding.

Har nekim aylading o`truda savod,
Aylading har birining ruhin shod.


Shodlig` tarkini tutma oxir,
Ham bu g`amingni unutma oxir.

Kimki kelsa bu taraf, yod ayla,
Tarab oyin so`z ila shod ayla.

XXIII

Soqiyo, tut qadahi ruhoso,
Mavj suhoni bila g`amfarso.

Kim, kishi aylasa ul sari mayl,
Aylagay ruhini soqiyg`a tufayl.

To tufayli bila majlis qurayin,
Bir necha nukta anga yetkurayin.

Aytay, ey nazm elida nodir,
Raqaming sihru xayoling sohir.

She`r bahri aro g`avvosi shigarf,
Durri maknun so`zidin har bir harf.

Toki surdung varaq uzra xoma,
Nazmga tezdurur hangoma.

Anvariy bo`lsinu yo Xoqoniy,
Foryobiy yo Isfahoniy.

Chunki so`z obi hayotin suzdung,
Ruhini barchasining tirguzdung.

Madh uslubi edi beravnaq,
Bal chiqib erdi arodin mutlaq.

Har qasidaki, tuzatti raqaming,
Yo savodin raqam etti qalaming.

Bo`ldi ma`ni yuzidin bir olam,
Ul savod anda savodi a`zam.

Angakim, xoma guharbor o`lg`ay,
Hayfkim, buxl ila bekor o`lg`ay.

Kam demak so`zni hunar keldi mudom,
Sanga lekin bu erur aybi tamom.

XXIV

Soqiyo, tut qadahi oyinarang
Ki, ko`ngul ko`zgusidin ochqay zang.

Boda gulrangu qadah oyinafom,
Suyu may mazjini fahm etkay kom.

Tokim, ul jomi maoniy birla
Surayin harf bayoni birla.

Ey Bayoniy, bil o`z ollingda ayon,
Nuktakim, aylagum ollingda bayon.

Muni anglaki, azalda ma`bud
Hech shay qilmag`anida mavjud.

Ruhdin tang`a xabar yo`q erdi,
Ofarinishdin asar yo`q erdi.

Etti iqlim ila to`qquz gardun,
Balki bu dabdabai kunfayakun,

Bo`lg`anidin sen eding barcha g`araz
Kim, yaratilmadi zotingg`a evaz.

Ul amonatki, yeru ko`k bila tog`
Hamlig`a to`zmadi arz etkan chog`.

Bu og`ir yukka sen erding homil,
Sirru rozig`a aminu komil.

Mungavu buyla base diqqat aro,
Mushkil ahvolu ajab holat aro.

Yor sendek nechalar bor edilar,
Suhbatimda kechalar bor edilar.

Falaku anjum aro solib ko`z,
Vasfida ko`p uzalur erdi so`z.

Falaku anjumi bemehru dani,
Barchasiz qildi seni, dog`i meni.

Da`vii mug`tanam o`zni qilmon,
Seni xud g`ayri g`animat bilmon.

Meni xush tut demak ermas dilkash,
Bir nafas bori o`zungni tut xush.

XXV

Soqiyo, jom ketur daryovash
Ki, zamone bo`layin daryokash.

Ki, tiriklik nafasi pesh ermas,
Xizr umri havasi besh ermas.

Kim sumurgan nafas ul daryoni,
Sochayin yuz durri behamtoni.

Bahrkim, qatrasi bo`lg`ay duri pok,
Dema dur, la`l — bori otashnok.

Otashin la`lni axtar yanglig`,
Uran el jonig`a axgar yanglig`.

Chekayin motamiyona oshub,
Xasta ko`nglumni qilay xoroko`b.

Telbalar tavri alolo aylay,
Telba itlar kebi g`avg`o aylay.

Chekayin oh yurakdinki, sipehr
Pardag`a chirmasun oyinai mehr.

Ayb emas, gar bu sifat majnunmen,
Ko`rki, kimning g`amidin mahzunmen.

Qani ulkim, falaki dahr navard,
To erur sa`y bila davron gard.

Bir aningdekni tilab olam aro,
Topmadi jinsi bani odam aro.

Balki to bo`lg`usidur davroni,
Ham emas topmog`ining imkoni.

Ma`ni ahlig`a imomi barhaq,
Haqdin islom aro qutbi mutlaq.

Tobiyu xayli tariqat ahli,
Soliki amri haqiqat ahli.

Ko`ksining vus`ati yuz ming olam,
Ko`nglining onchaki, arshi a`zam.


Rutbasi andaki, yuz payki xayol,
Ursa yuz ming qadami barqmisol.

Rif`ati qat`ida topmay voya,
Balki yuz poyasidin bir poya.

Vasfida desa xirad fazlu funun,
Aql kul vasfi degay sar`u junun.

Arsh urfonida bir past maqom,
Mast jomi azali orifi Jom.

Men kebi zarrani ul yanglig` mehr,
Buyla tufrog`ni ul andoza sipehr.

Yuz o`zum haddicha e`zoz aylab,
Vasflar birla sarafroz aylab.

Sihr tasnif aro surmay qalami
Ki, mening otima chekmay raqami.

Xomasin qayda qilib nuktafishon,
Qo`yibon mendin ham anda nishon.

Xoslig` na`tini zotimg`a chekib,
Erlig` vasfini otimg`a chekib.

Charx bu mehrin aylab g`orib,
Mehrsizlig`din ichimni yorib.

 Sabru toqat nechakim ko`rguzayin,
Buyla furqatqa ne yanglig` tuzayin.

Ham magar hushni daf` aylar jom,
Bergay oshubima bir dam orom.

XXVI

Soqiyo, tut quyubon jomi fano,
To ko`raykim, nedur anjomi fano.

Ul fano jomini chun sipqarayin,
Mast o`lub, dayri fanog`a borayin.

Rindlar bazmig`acha kom chekay,
Ul xarobot elidin jom chekay.

Bo`lubon jomi fanodin bebok,
Foniyona qilayin xirqani chok.

Ul fano ahli aro bolodast
Kim, fano tufrog`ida erdi past.

Garchi bor erdi tani xoknishin,
Ruhig`a manzil edi illayin.

Foniyi mutlaq, ozoda ham ul,
Garmro`, soliki aftoda ham ul.

Yo`q fano dayrida o`zdin xabare,
Qolmayin o`zlukidin ham asare.

Manga zohirda atovu ustod,
Lek ma`ni aro piri irshod.

Men aning bandalig`ig`a xursand,
Ul debon lek rafiqu farzand.

Har g`amekim, yetibon davrondin,
Men topib barcha najotin ondin.

Daf` aylab, chu ko`rub menda malol,
Mushkili yetsa, dog`i ul hallol.

Laqabi Sayid o`lub, oti Hasan,
Laqabi yanglig` oti mustahsan.

Ani ham charxi muxolif pesha,
Gardishi davri xilof andesha.

Berdi yo`l ravzai jannat sari,
Men tushub do`zaxi furqat sari.

So`gvor o`lmisham ofoq ichra,
Motami charxi ko`han toq ichra.

Kimga bu nav` kishilar ketgay,
Ul qolib, noladin o`zga netkay.

Bo`lmag`ay mehnatu dardimig`a adad,
Bo`lmasa ruhidin ummidn madad.

Topa olmon meni oshufta mnzoj
Bodadin o`zga bu dardimg`a iloj.

XXVII

Soqiyo, pahlaviy oyin may tut,
Pahlaviy lahn ila ko`nglumni ovut.

Pahlavonona ketur sog`ari jarf,
Quyubon maydin anga bahri shigarf.

Berki, tarki xiradu hush qilay,
Pahlavon yodi bila no`sh qilay.

Ul tariq ahlig`a shohu sarxayl,
Bal tariqatda mute`i har xayl.

Mehrvash toram tafrid ichra,
Isaviy martaba tajrid ichra.

Quvvat ichra anga o`n pilcha zo`r,
Xokvashlig` aro yuz onchaki mo`r.

Xonida charxvash afrod g`ulu,
Barchag`a havsala andin mamlu.

Rizq uchun da`bi gadolarg`a navo,
Tutubon barchag`a lek o`zni gado.

Ne`matobod chu bunyod qilib,
Xalqni ne`mati obod qilib.

Har gado ilgida bir qursi fatir,
Isig` ul nav`ki, bir mehri munir.

Tavri har fanda kelib mustahsan,
Balki har fan aro tab`i yakfan.

Fan advorda sehr aylab fosh,
Bahri ash`orda xud gavharposh.

Quvvat ahlig`a hamovard kelib,
Lek dard ahlig`a hamdard kelib.

Har bag`ir yarasinnng marhami ul,
Qirq yilliq bu gado hamdami ul.

Maxfiy asrorda damsoz manga,
Har nihon rozda hamroz manga.

Bori hamdamlar ichinda fardim,
Yorimu, hamnafasu hamdardim.

Ani ham charxi taaddi oyin,
Mendin oyirdn, qilib qasdima kin

Hajrida sabru qarorim yo`qtur,
G`amda juz nolai zorim yo`qtur.

Dardu g`am boisidur hushu xirad,
Qani maykim, qilay o`zni bexud.

XXVIII

Soqiyo, kel menga tut bodai ishq
Kim, erur xilqatim aftodai ishq.

Bodakim, og`zig`a har kim olg`ay,
Paykari xirmanig`a o`t solg`ay.

Tokim, ul o`tqa o`zumni tashlay,
Dardi ishqim o`tidin so`z boshlay.

Kim, nelar qildi meni zorg`a ishq,
Joni zoru tani bemorg`a ishq.

Ko`nglum oldi buti sho`xe nogah,
Qolmadim ishqida o`zdin ogah.

Ul pariy vasli chu bo`ldi matlub,
Telbalik qildi ko`ngulni mag`lub.

Chun junun ishq ila bo`ldi damsoz,
Asray olg`aymu kishi ko`nglida roz.

Anikim, mahrami asror dedim,
Darddin ko`ngli xabardor dedim.

Chiday olmay qatiq ahvolimdin,
Ollida shammai o`z holimdin.

Dedimu, vah, demagay erdim kosh
Kim, demas so`znn o`zum qildim fosh.

Zor jismimg`a anolar keldi,
Telba boshimg`a balolar keldi.

Charx yog`durdi manga tig`i sitam,
Balki davron hamu davron eli ham.

Kimki, yorim edi tavri ahsan,
Bo`ldi jonimg`a qatiqroq dushman.

Uzu yot neshi malolat urdi,
Eru ko`k boshima tosh yog`durdi.

Aqrabo tang`a urub tig`i jafo,
Ko`zuma ignalar urdi zuafo.

Kechibon boshtin ayog`din tushtum,
O`lgali za`f ichida yovushtum.

Dardu ranjim haddu g`oyatdin ko`p,
Marazim bo`ldi nahoyatdin ko`p.

Tanda yuz dardu suubat ko`rdum,
Jonda yuz oncha uqubat ko`rdum.

To ishim o`lmak ila tutti qaror,
Bo`ldi boshimdin atibbog`a firor.

Men bo`lub umr ila jondin novmid,
Shah berib vasl ummidig`a navid.

Yana bu so`z bila jone topibon,
Bir dam o`lmakdin amone topibon.

Meni badro`zg`a, vah, qaysi visol
Kim, xayolimda visol erdi muhol.

Mingdin ortuq manga tobi` bila xayl,
Biri imdodima ko`rguzmadi mayl.

Ulki, ishqida malolim bu bo`lub,
Shiddati hajrida holim bu bo`lub.

Demayin bir dog`ekim, bemore,
Ishqim o`ti aro kuygan zore.

Bir buzug` kunjida afgor o`ladur,
Dardi hijronim aro zor o`ladur.

Boribon shefta ko`nglin so`rayin,
Lutf ila jismig`a jon yetkurayin.

O`tti bu zorlig`img`a ikki yil,
Har zamonin ikki yil chog`lig` bil.

Emdikim, yuzida xat bosh urmish,
Gulig`a sabza sipah kelturmish.

Gah-gahe holima parvo aylar,
Sa`b holimni tamosho aylar.

Lek bilmon anga kimdur ashob,
Kim bila har dam ichar bodai nob?

Kim bila kunduz ekin behudu mast,
Kecha qay bazmda erkin pobast?

Kimga bu nav` balo bo`lsa nasib,
Mast xushroqdurur ul zori g`arib.

XXIX

Soqiyo, ko`nglum etar boda havas,
Lutf qilg`ilki, erurman bekas.

Tut g`arib un bila paymona manga,
Ko`rguzub xulqi g`aribona manga.

Yig`lamoq holima bir dam fan etay,
Zoru bekasligima shevan etay.

Kim, jahon ichra base sayr ettim,
Dayru masjidqa dog`i ko`p yettim.

Gah tushub xayli munojot ichra,
Gah qolib ahli xarobot ichra.

Qavmi-qavm ichra ko`rub mehnatlar,
Xayli-xayl ichra chekib shiddatlar.

Yuzlanib shavkatu, johu iqbol,
Qismatim bo`ldi base mansabu mol.

Har ne el qildi talab, men toptim,
Barchadin silkib etak, ko`z yoptim.

Ulcha men topqali bor erdi havas
Kim, topilmadi vafo erdiyu bas.

Bir vafo kimgaki, men qildim fosh,
Yuz jafo o`truda erdi podosh.

Ko`z aning yo`lig`akim, yetkurdum,
Ko`zda yuz nesh balosin ko`rdum.

Qaysining ollidakim, qo`ydum bosh,
Yog`di boshimg`a jafosidin tosh.

Kimki madhini dedi necha tilim,
Tiladi qilg`ay ani necha tilim.

Ulki, avsofi manga o`ldi raqam,
Istadi aylamak ilgimni qalam.

Ko`rguzub mehr, jafo yetti manga,
Jon berib, dardu balo yetti manga.

Olam ahlida chu yo`q ahli vafo,
Aylaram men dog`i jonimg`a jafo.

Chun bir ish mumkin emas olamda,
Yo`q emish jinsi bani odamda.

Garchi men dard chekib, g`ussa yutay,
O`zni ne nav` ul ish ahli tutay.

Da`vii kizb qilib o`z so`zuma,
Qiladurmen tuhmat o`z-o`zuma.

Bir vafo ahli agar dahrda yo`q,
Dashtu vodi eliyu shahrda yo`q.

Bu sifat sohibi men basdurmen,
Bevafolar kebi ermasdurmen.

Avlo uldurki, bu so`zdin kechsam,
May o`zum tutsam, o`zum-o`q ichsam.

Yo`q vafo ahliki, bir jomi vafo,
Tutsa, qilmay manga bedodu jafo.

Shomi aysh o`zni o`zum mast qilay,
Subhi mahsharg`acha bexud yiqilay.

XXX

Soqiyo, do`stlug`e ko`rguzgil,
Do`stga ne qadahe yetkuzgil.

Kim, kirar do`stlarim yodimg`a,
O`t solur xotiri noshodimg`a.

Chektilar barcha jamol uzra niqob,
Uylakim, mehr jamolig`a sahob.

Birisi piri Muammoyi edi
Kim, haram bodiyapaymoyi edi.

Yana biri nag`mazani sohibi hol,
Ham aning hamqadami Xoja Kamol.

Mir Sadr o`zni tutub ahli vifoq,
Lek ko`p erdi badi`nda nifoq.

Yor Tanbal edi sofu beg`ash,
Zoti xush, hayoti xush, nuktasi xush.

Yana bir olimi Sabzoriy edi
Kim, maoniy durri guftori edi.

Har biri o`z tavrida beshibhu nazir
Bordilar barcha — ne aylay tadbir.


Bo`layin yodlari birlan mast,
Yana to kimsaga bo`lmay pobast.

XXXI

Soqiyo, ayla to`la paymona,
Manga tutqil qadahi shukrona.

Bodakim, shikvani qilg`ay zoyil,
Tilni haq shukriga etkay qoyil.

Nutqning garchi shikoyat deri bor,
Shukrdin dog`i hikoyat yeri bor.

Kim, agar bordilar andoq ashob,
Yana jam`i ham erurlar ahbob.

Birisi Mir Atoyi yanglig`,
Biri darvish Fanoyi yanglig`.

Ul biri ilm sipehri uza mehr,
Bu biri fazl quyoshig`a sipehr.

Ixtiyor ulki, erur nozuk tab`,
Lutf maydoni aro chobuk tab`.

Osafiy ulki, ne nazm etsa raqam,
Qiymati mulki Sulaymondur kam.

Yana bir keldi Binoiyki funun,
Kasbida aylamadi man`i junun.

Yana bir dardu g`amim ogohi,
Hamdamim, yor ziyoratgohi.

Yana bir Mashhadiy — ul dahrda toq,
Pok tahriru karimul axloq.

Bir shafi`duru ul pok sifot
Kim, muammoda chiqarmishdur ot.

Birisi shoribi jomi tahqiq,
Munisu rahbaru g`amxoru rafiq.

Yana devonai Kotibi, xayol
Tushsa, har g`amg`a qilur daf`i malol.

Yana ham bir nechadurlarki, olloh
Lutf ila barchadin o`lsun ogoh.

O`zgasin qilmadim andin mazkur,
Ki, «Majolis»da erurlar mastur.

Gar alar tutti esa dashti adam,
Shukr, bu xayl erurlar hamdam.

Shukr, ne`matqa chu hamdast bo`lay,
Jomi shukrona ichib mast bo`lay.

Dardi hijron esa yo sofi visol,
Har sabab birla bo`layin behol.

XXXII

Soqiyo, bazm ishidin bo`ldi farog`,
Tutqil emdi manga otlanur ayog`.

Boda gulgunini sol maydong`a,
Meni mastona ketur javlong`a.

To tutay dayri fano jonibi,
Yo`l yo`lda gah yeng solayin, gohi qo`l.

To fano dayri fazosig`a kiray,
Rindlar bazmi arosig`a kiray.

Barchaning xidmatida yer o`payin,
Ichurub jomi mug`ona, qo`payin.

Men dog`i jom chekib molomol,
Aylabon o`zni alardek xushhol.

To bo`lub dayri fano ahli mast,
Menu mendek yana yuz bodaparast.

Shohlar shohu sarafrozi uchun,
Rindlar shohi Abulg`ozi uchun.

Ul ko`han dayr gadoyi boshlig`,
Ya`ni oshufta Navoiy boshlig`.

Masti ohangi navoyi qiloli,
Be riyo barcha duoi qiloli.

Kim, falak jomig`a to bo`lg`ay sayr,
Jom davrin tilagay zumrai dayr.

Umri shaqliq aro boqiy bo`lsun,
Shohlar bazmida soqiy bo`lsun.

Avji xurshidi maqom o`lsun anga,
Jomi Jamshid mudom o`lsun anga.

Toki insong`a hayot imkoni
Bo`lg`usi, bo`lsun aning davroni.

Ham duogo`yi aning ahli yaqin,
Ham maloyika degaylar omin.