www.uz
TE HARFINING TANNOZLARINING TAROVATI FAVOYIDDIN

280
Gar fano rasmini qilmoq tilar ersang mazbut,
Nafs ila ruhni zinhorki qilma maxlut.

Ruh ul nurdururkim, haq anga bermish avj,
Nafs zulmatqa qolib, qilmish anga poya hubut.

Ruh rahmoni erur, nafs erur shaytoni,
Ikkisin bir-biriga qo`shmaq emastur mashrut.

Ruhg`a sheva Kalimullo ishin qilmoq fosh,
Nafs fir`avnliq asbobini aylab marbut.

Ruhg`a daa`b Habibullo ishi oyini,
Nafs Bujahlliq asbobini aylab mabsut.

Yo rab, et bizni habibing sifatig`a rosix,
Ayla Bujahl tariqin ichimizdin masqut.

Qil Navoiyni hamul xat bila, yo rab, ozim
Kim, biror yonidin ayrildi o`tuz olti xutut.

281
Qilg`ay ul orazni ko`rmakdin meni hayronni zabt,
Kimki qon to`kmaktin etkay ul ko`zi fattonni zabt.

Zabt qil dersen ko`zung yoshiyu ko`nglung ohini,
Olloh-olloh, kim qilibtur sarsaru to`fonni zabt.

G`ayridin ko`nglum qushi ko`ksumni mazbut asradi,
Chug`zi ojiz, vah ne qilg`ay, aylamay vayronni zabt.

Menki afg`ondin ko`ngulni zabt eta olmon, ne nav`
Zulm etar bedodidin aylay ko`ngul olg`anni zabt.

La`li hajrinda firoqi neshidin o`lsam, ne tong
Kim, qila olmon ko`ngulning yarasidin qonni zabt.

Nolani men qayda zabt ettimki, aylay olg`amen,
Hajrdin har lahza  ko`nglum  aylagan  afg`onni zabt.

Charxdin ne kelsa, xush tut o`znikim, qilmas qazo,
Bir sening ra`ying uchun bu gunbadi gardonni zabt.

Zabt qilmas davr  ayog`in sipqorurda,  soqiyo,
Shahki jomi adl birla aylagay davronni zabt.

Ey Navoiy, zabt qilmon o`zni hijron bazmida,
Qilmasam tong yo`q surudu nag`mai hijronni zabt.

Soqiyo, may to`la bermakin azm aylading,
Usruk o`ldumkim, qiladur suhbati jononni zabt*.

282
Ey, xayolingdin manga har dam nishot,
Ko`ngluma vasling so`zidin inbisot.

Gar sanga bo`lmoqqa had yo`q muxtalit,
Ham tahayyul birla xushtur ixtilot.

Xo`blarni rux bila qil motkim,
Shoh ko`rmaydur seningdek bu bisot.

Dema, ruxsorim nachuk vasf aylagung,
Qo`yki, bir dam yaxshi aylay ehtiyot.

Gar pariy sendek dedim yozg`urmakim,
Telba alfozida bo`lmas irtibot.

Eski olamg`a ko`ngul ko`p bog`lama
Kim, musofirg`a vatan bo`lmas rabot.

Ko`rsa hajringdin Navoiy yuz malol,
Raf` etar, vaslingdin o`lg`ach bir nishot.

283
Yuzung yonidakim bosh chekti har yondin muanbar xat,
Gul uzra mushkdin kilki qazo qilmish  muharrar xat.

Jamoling safhasig`a ikki qoshing matlaedurkim,
Yozibtur kotibi sun` ani husn ahli uchun sarxat.

Guli ruxsoringa ko`p zeb berdi sabzai xatting,
Bag`oyat xushnamo ermish qizil kog`azda axzar xat.

Yuzungnung tegrasida xatmudur yo sun` pargori,
Quyoshning davrig`a tahrir uchun chekti mudavvar xat.

Yuzungnung dog`i birla anjumungdin ne osig`, ey oy,
Quyoshdek oraz uzra xushturur gar xol erur, gar xat.

Meni maxmurlug` ranjidin ozod etsang, ey soqiy,
Yozarmen, garchi ilgim titramaktin kelsa abtar xat.

Xating vasfida har nekim savod etmish ko`ngul, andin
Erur bir anbarin zanjiri savdo ahlig`a har xat.

Ko`runur gul kebi orazda mushkin xat, base, dilkash,
Varaq gar xo`b emastur, xo`b emas yozmoq muyassar xat.

Navoiy, berma pandim, xosa xat bosh chekti ul yuzdin,
Chiqa olmon xatidin, har  nachukkim cheksa dilbar xat.