www.uz
TE HARFINING TOROJGARLARINING TAMOSHOSI  FAVOYIDDIN


69
Yigitligingda qarilarg`a qilmading xidmat,
Qarilig`ingda yigitlarga bermagil zahmat.

Qarilig` istar esang, qarilarni hurmat tut,
Qariding ersa, yigitlardin istama suhbat.

Qari qizarsa ichib boda bordur andoqkim,
Yuziga g`oza bila zol istagay humrat.

Quruq yag`ochqa erur bog`lamoq shukufayu barg,
Qariki, istasa kiymak qizil, yoshil xil`at.

Chu mushkin ayladi kofur kulgay oqu qora,
Agar tilar esa kofuru mushk ila ziynat.

Qarig`a tavbayu toat kerak shior o`lsa,
O`zin yigit yasasa, aylar o`ziga tuhmat.

Yigitligingda  agar toat  aylasang sen, sen
Qariding ersa, ne qilg`unki, qilmag`ung toat.

Saodat ahli edi, ul yigitki, aylamadi
Yuzini dud bila tiyra shu`lai shahvat.

Qariga shahvat agar bersa xorish, andoqdur
Ki, ko`rguzur qarig`an xez hikkai shan`at.

O`zungni mug`bachayu piri dayr jonibi chek,
Tilar esang qari yoxud yigit bila ulfat.

Navoiy ayladi umrin fasod birlan sarf,
Agarchi berdi o`ziga saloh ila shuhrat.

70
Ey ko`ngul, yor firoqida labolab may tut,
Dam-badam la`li xayoli bila xotirni ovut.

Jonu ko`nglumni bir o`pmoqqa tilarsen, unomon,
Ortuq ayla adadin, yo`qsa bahosin o`ksut.

Ko`zu ko`ngul dema men borg`ali bo`lmish tiyra,
Vasl sham`i bila ul tiyra vatanlarni yorut.

Vah, necha bizni sog`inmag`ni unuttung bir ham,
Yo sog`inmag`ni sog`in, yoxud unutmag`ni unut.

Ko`z firoqingda oqardiyu sirishki qurudi,
Yomg`uri bo`lmas, agar ayni bayoz o`ldi bulut.

Aylasa xotiringga tafriqa qushlari hujum,
Zikr uni dog`i riyozat toshi birla urkut.

Ey Navoiy, meni zor ayladi bir lo`livash
Kim, ham arlot unut bo`ldi manga, ham bilgut.

71
Soqiyo, hijron tunidur, boda tut,
Ul quyosh birla bu shomimni yorut.

Hajridin asru malolatdur manga,
May bila bir lahza ko`nglumni ovut.

Jomi davri lam`asin barq uylakim,
Chiqti mag`rib tog`idin mushkin bulut.

G`am tuni ham tiyra, ham poyoni yo`q,
Oh o`tin chek, subhning sham`in yorut.

Ul quyosh hajrida andoqkim shafaq,
Charx tig`i zulmidin xunoba yut.

Olam ahlidin yetishmas g`ayri zaxm,
Ey jarohatlig` ko`ngul, bu so`zga but.

Bo`ldi furqatdin Navoiy tiyraro`z,
Soqiyo, hijron tunidur, boda tut.

72
G`am yukidin changdek qaddim xam etting oqibat,
Rishtai jon nolasin zeru bam etting oqibat.

Yaxshi erdi safhai aflok dardim yozg`ali,
Bahri ashkim mavjidin borin nam etting oqibat,

O`tkarib to`qquz falak boshidin ohim dudini,
Ul muvallidlarga ani parcham etting oqibat.

G`urbatu ishqu baloyi hajru za`fu xastalig`
Etmas erdikim, meni majnun ham etting oqibat.

Oh gardun,  ashkanjum,  nola ra`du  po`ya barq,
Xilqatimdin bir ajoyib olam etting oqibat.


Bu ko`han dayr ichra jon bo`lsun fidong, ey mug`bacha
Kim, jahondin bizni mastu beg`am etting oqibat.

Ey Navoiy, ishq aro vasl istaduk, kuldung base
Bizni ushbu muddaoda mulzam etting oqibat.

73
Demon, ul oy o`qin, ey do`st, suvur, yo`qsa, ushat
Kim, qoqib toshlar ila, zor tanimg`a o`rnot.

Buki, ul umrdin ayrildimu  o`lmaydurmen,
Ber, ey insofki, bu bordur o`lum chog`lig` uyot.

G`amzang o`qiki, ulus joni anga keldi hadaf,
Elga jon qolmadi bir, dog`i mening jonima ot.

Jon olurg`a bir taraf kelmak emish ul qotil,
Solma, ey jon, ani zaxmatqayu chiq olliga bot.

Eyki, hayvon suyi ichkung, tilabon umri abad,
Tilasang umrni xush, jur`ai may ham anga qot.

Bog`bono, gulu sarving saridin so`z dema ko`p,
Birisin sarvi gulandomima bare o`xshot.

Raz qizi zarfini, zohid, ko`p ushatma, er esang,
O`z butungniyu mening but kebi tavbamni ushot.

Xalqdin har yaramas kelsa, xush ulkim, haqg`a
Desa bo`lmas, mening uchun yana bir xalq yarot.

Ey Navoiy, chu gadosen, senu bir lo`livash,
Shahg`a mirzoyu mirak, xong`a qiyotu qo`ng`rot.

74
Gulga farxunda jamolingdin uyat,
Sarvg`a toza niholingdin uyat.

Sabzai ravzag`a xattingdin rashk,
Mardumi diydag`a xolingdin uyat.

Yangi oy nega nazardin yoshunur,
Bo`lmasa anga hilolingdin uyat?!

Nega zulmatqa inar Xizr suyi,
Topmasa no`shi zilolingdin uyat!

Zy ko`ngul, holinga Majnun uyalur,
Sanga yo`qturmu bu holingdin uyat?!

Sabza xatlar g`amidin qilding man`,
Yo`qmu, ey shayx, saqolingdin uyat!

Ey, Navoiy, qilasen vasl xayol,
Bilki, topqung bu xayolingdin uyat.

75
Qaydi zulfini, chu, yor ayladi zanjiri irodat,
Tushti har halqasidin bo`ynuma bir tavqi saodat.

Xastalig` davlatidin so`rg`ali kelding boshim uza,
Za`f uchun jon beruram, gar sen esang ahli iyodat.

Chobukum raxshini maydong`a yana surdi choqindek,
Shahsuvori falak urgan kelib oyini jalodat.

Kirpiking o`qi shahid etti meni, gar tonar o`lsang,
Ikki xunrez ko`zung bas manga isboti shahodat.

Har zamon ul sanam ollida, bukim, sajda qilurmen,
Qayda zohidqa berur dast bu shoista ibodat.

Istasang, qilmag`asen joninga mehnatni ziyoda,
Bo`lg`il o`z qisminga xursandu tama` qilma ziyodat.

Jurmsiz yor agar o`lturdi, Navoiy, farah etkim,
Husn xaylig`a budur shevayu ishq ahlig`a odat.

76
Ishq tarkiga qilurmen tunu kun ko`ngluma tuhmat
Ki, otin tutmag`ay el tutsa bu oyin bila shuhrat.

Gar sabo qilsa madad, evrulay ul boshqa quyundek,
Ko`yidin gard kebi qo`pqoli chun yo`q manga quvvat.

Do`zax ahlig`a tamug` shu`lasi bo`lg`ay dami Iso,
Ko`rsalar shomi g`amim dudi aro shu`lai furqat.

Yor ag`yor ila hamdam, ne ajab g`ussadin o`lsam,
Tufrog` o`lg`an to`kilib, toshqa yuzlansa bu shiddat.

Tog`ni dasht  qilib,  dashtni tog` ayladi dardim,
Qilma har dasht, ro`di ko`hkan elni manga nisbat.

Ko`ngulu ko`z sanga mushtoqu yo`luqsang, chiroyingdin
Ani behudlug` etib bahrasiz, ammo muni hayrat.

Soqiyo, bodaki, davron bila ahliga vafo io`q,
Sen agar jong`a o`t ursangki, erur jonima minnat

Menu mug` dayriyu bir mug`bacha ishqi yuru, ey shayx
Kim, seni masx qilibtur havasi hur ila jannat.

Ey Navoiy, chu navo navha bila bo`ldi badal, kosh
Bo`lmag`ay erdi  sanga zuhrajabinlar bila ulfat.

77
Firoqing aro, ey guli sarv qomat,
Ne sarvu ne gul ko`rgali istiqomat.

Chu ko`rdi jununum tabib aytdikim,
Bu devonalig` ishqdindur alomat.

Qading jilvasidin ulus bo`ldi jonsiz,
Dema ani qomatki, ul bor qiyomat.

Manga solim o`l, deb duo qilmangizkim,
Beganmas salomatni ahli malomat.

Chu ko`nglum bila oshiq o`ldum, gar o`lsam,
Qachon sud qilg`ay bu soat nadomat?

Karam aylab, ey mug`, manga boda tuttung,
Qachon shayx ko`rguzdi mundoq karomat!

Navoiy sening uchun ar o`ldi, jono,
Sen annng uchun bo`l, ilohi, salomat.

78
Bo`lmisham oshiq yana, ey aqli nofarjom, ket,
Tun-kun ish bo`lmish manga chekmak labo-lab jom, ket.

Bir qadahkash mug`bacha ko`nglum olibtur dayr aro,
Dinu taqvo jonibidin, ey xayoli xom, ket.

Dayr piri chun belumga bog`ladi zunnori kufr,
Ibrat  ol, ey   muqtadoi  zumrai  islom,  ket.

Keldingu pandim deding, ey shayx, sen ham pand eshit,
Qo`pqilu dayr ichra bo`lmastin burun badnom, ket.

Men harimi dayr aro tutum maqom, ey porso,
Sen haram azmig`a gar bog`lab esang ehrom, ket.

Mastu rasvomen xarobot ichra ko`rdung, ey rafiq,
Bo`lmag`ung bo`lsang  meningdek rindi durdoshom, ket.

Kelmas ergach rindlar bazmig`a, ketmak istama,
Gar ketar bo`lsang ichib, dog`i tutub bir jom, ket.

Ey ko`ngul, chun bevafodur odamiy, topsang pariy,
Azm etib ul yon, bu sari qo`ymayin bir gom, ket.

Ey Navoiy, chun bu gulshan gullarida yo`q vafo,
Anda ko`nglung bulbulig`a bermagil orom, ket.

79
Kelmagil  mayxonag`a, ey shayxi oliy joh, qayt,
Yo`qsa xirqang boda rahni bo`lg`usi, billoh qayt.

Gar desangkim, tushmasin xirqangg`a rasvolig` o`ti,
Bo`lmayin rindi xarobotiy bila hamroh, qayt.

Dayr  piri ilgidin zunnor  belga bog`labon,
But qoshinda qilmas ersang sajda, beikroh qayt.

Rindu ra`nolig` agar ko`nglung tilar bu ko`y aro,
Juz fano yo`qtur sanga, topilmas ul dilxoh, qayt.

Sen riyog`a o`rganib sen, foni` o`lmoq sa`b erur,
Dayr aro kirsang, pushaymon bo`lg`asen nogoh qayt.

Har dam uchqunluq tutunlar birla ko`nglum shu`lasin,
Necha fosh etkaysen og`zimdin chiqib, ey oh, qayt.

Soqiyi mahvash elidin ichmisham jonbaxsh may,
Bu taraf yuzlanma emdi, ey g`ami jonkoh, qayt.

Olam ahli bevafodurlar, alarning maylidin,
Ey ko`ngul, bo`lsang vafo oyinidin ogoh qayt.

Ne ishinga e`timod etkay Navoiy, ey pariy
Kim, dame yuz qatla gah kel dersen ani, goh qayt.

80
Ko`nglumni qildi shifta bir mahjabin yigit
Kim, xalq aro aning kebi yo`q nozanin yigit.

Donish eliga solg`uchi toroji aqlu xush,
Islom eliga qilg`uchi yag`moyi din yigit.

Urdu so`ngincha it kebi sargashtamenki, bor
Yorim sipoh ofati xirgahnishin yigit.

Din ahli ichra  ming qariyni  aylading asir,
Kufr ahli ichra men kebi bormu ekin, yigit?

Ul notavon qarig`a ne mumkin qaroru sabr
Kim, olsa dinu jonig`a ko`rguzsa kin yigit.

Lutf ayla qarilarg`a desangkim uzun yashay
Kim, qarimas ayon qilibon yuzga, chin yigit.

Kuysang, Navoiyo, ne ajab, xas kebiki, bor
Sevgan kishi uzori guli otashin yigit.

81
Ey  ko`ngul, ko`yida ahvolimni jononimg`a  ayt,
O`lmakimni  mehnati hijronida jonimg`a  ayt.

Oh dudi, ashk qoni, nola maddi rif`atin
Zulfi sunbul, yuzi gul, sarvi xiromonimg`a ayt.

Ishqining yuz  ming balosinkim yoshurdum xalqdin,
Yig`labon ul voqifi asrori pinhonimg`a ayt.

Eyki,  ko`rdung ko`yida  ko`nglumni ishq etgan xarob,
Xonumonimnn   aloxonu  alomonimg`a  ayt.


Telbarab tandin libosi ofiyatni tashlabon,
Dasht tutqan holni Majnuni uryonimg`a ayt.

Bo`lma dersen, nosiho, husn ahlig`a hayronu zor,
Mendin o`tkil, ko`ngul otlig` zori hayronimg`a ayt.

Va`dasi ummididin bukim Navoiy berdi jon,
Ey sabo, Iso nafaslik ahdi yolg`onimg`a ayt.

82
Ul malaksiymoki, solmish husnidin olamg`a o`t,
Qayda qo`yg`ay solmayin jinsi bani odamg`a o`t.

Charx uza xurshid emaskim, bir quyosh hijronidin
Shu`lai ohim solibtur bu biyik toramg`a o`t.

Bazm aro qo`ymang meni, ey ishrat ahli, zinhor
Kim, g`amim barqi solur yuz xotiri xurramg`a o`t.

Har damim bir o`tlug` oh o`lsa, taajjub qilmangiz,
Hajr so`zidin tutashibtur bu issig` damg`a o`t.

Zulfi sohirdurki, o`tluq orazi uzra tushub,
Solmadi yuz shu`lasi ul turrai purxamg`a o`t.

Ko`kta ul shakli mudavvarkim, ko`rubsen, shu`laliq,
Tushmish ul yuz lam`asidin nayyiri a`zamg`a o`t.

Zaxmlig` ko`nglum o`tig`a marham etmas naf`kim,
Yaradin  momuqqa,  momuqdin tushar  marhamg`a o`t.

Dayr ichinda durd ichar sing`am safolim rashkidin,
Otashin may lam`asidin tushti jomi Jamg`a o`t.

Hajr so`zidin degan nazming, Navoiy buylakim,
Tutti olamni ajab gar solmag`ay olamg`a o`t.    

83
Ko`ngulda naqsh andoq bog`lamish bir nozanin surat
Ki, mumkin ermas andoq tortmoq naqqoshi Chin surat.

Agar surat budurkim, sendadur, ey but, yiroq ermas
Ki, mundin so`ng parastish aylagaylar ahli din surat.

Emas Layliyu Majnun sen senu men safhada ko`rsang,
Bir ofatliq diloro naqshu bir zori hazin surat.

Agar ko`zguda sarvi gul`uzorim aks ko`rguzsa,
Yana su ichra ko`rguzgaymu sarvi yosmin surat.

Dema, ey sham`kim, kun mash`ali ham tiyra bo`lg`ay, gar
Kecha yo kunduz etsa bir ayon ul mahjabin surat.

Ne ma`ni ko`rdilarkim, suratingg`a bo`ldilar vola,
Chu ma`ni olamida istamas ahli yaqin surat.

Chu ko`rdi suratin andoq ko`zida naqsh bog`labsen
Ki,  ko`rdi har qayonkim soldi ko`z xilvatnishin surat.

Azal suratgari maqsudi go`yokim sen erkinsen,
Chu qudrat xomasidin zohir etti mou tin surat.

Erur dayr ichra oncha mug`bacha suratnamo, ey shayx
Ki, ma`ni naqshini ko`nglungda qo`ymas har kamin surat.

Bu surat birla, ey jon ofati, boshtin ayoq jonsen
Ki, bir sendek musavvir qilmadi jon ofarin surat.

Navoiy  ko`ngli  suratxonasi chak bo`ldi  sar-tosar,
Chu anda jilva berdi ul nigori naqshbin surat.

84
Zihi la`li labing jonimg`a ofat,
Soching zunnori imonimg`a ofat.

Ne majnunmenki, ohimnnng samumi
Eturmish jismi uryonimg`a ofat.

Buzug` ko`nglumni ko`z yoshim yemurdi,
Tegurdi sayli vayronimg`a ofat.

Junundin sirri ishqing ayladim fosh,
Etishti naqdi pinhonimg`a ofat.

Yuz urdi tush-tushimdin xo`blar, voy
Ki, bir-bir yetti har yonimg`a ofat.

Dedim: Bir novak o`tluq ko`ngluma ot,
Dedi: Yetkurma paykonimg`a ofat.

Chu mahvash soqiy etti jilva, yetti
Qadahdin ahdu paymonimg`a ofat.

Ne ohu ashkdur, yetkur, ilohiy,
Bu sarsar birla to`fonimg`a ofat.

Fig`onim ofat o`ldi, ey Navoiy,
Mengakim yetsun afg`onimg`a ofat.

85
Jon fig`on aylar g`ami hajringda, jononim, eshit,
Chiqqudektur mehnatu anduh ila jonim, eshit.

Gar malul erding fig`onimdin va lekin za`fdin
Xalq sa`y aylab eshitmaydurlar afg`onim, eshit.
Dardi  holimni qulog`ingg`a,  tilarmen,  aytsam,
Tut quloq bir lahzayu bu sirri pinhonim eshit.

Necha sarkashlik xiromi turki, bordur bir so`zum,
Indurub boshingni, ey sarvi xiromonim, eshit.

Nechakim xudroylig`din so`z eshitmassen va lek
Yorlar pandin gahi, ey sho`xi nodonim, eshit.

Necha bo`lg`ung, ey ko`ngul, ul mastqa hayronu zor,
Va`dai qatling qilur, ey zori hayronim, eshit.

Bir hadisingnn eshitkumdur deding, ichkanda may,
Sarxush o`ldung, mast ham, ey ahdi yolg`onim, eshit.

Husn mulki bevafodur, man`i bedod etsalar,
So`z eshitmakni g`animat angla, sultonim, eshit.

Qasdi din aylab Navoiyg`a, eshitmassen so`zin,
Benavodur, rahm etib, ey nomusulmonim, eshit.

86
Za`f, ko`rgilkim, tanimni eltibon aylarga qut,
Mo`r sudrar, tori birla rust bog`lab ankabut.

Dardim ayturda demassen yuz so`zumga bir javob,
Go`yiyo xoli lab o`ldi og`zinga muhri sukut.

Oshiq o`lturgum, desang, yuz qatla bu ma`ni manga,
Ishqning dorul qasosi ichra topmishtur subut.

Ul ko`zu lab o`lturub, tirguzsalar, ne aybkim,
Birni qotil, birni jonbaxsh etti hayyi loyamut.

Xanjari tig`ida ko`rgach orazin, oqizdi qon,
Sayl oqqandek quyoshni manzili bo`lg`anda hut.

Xoksor o`lkim, burutin yelga berdi zoli charx
Ul kishilarniki, ko`p ko`rguzdnlar bodi burut.

Ey Navoiy, ayladi lo`livashe ko`nglumni qayd,
Xalqni atrok asir etti, vale bizni jatut.

87
Jahon arusi birla suhbat aylama  rag`bat,
Nedinki, rag`bat ila tutmas el bila suhbat.

Ki bo`lsa rog`ibi suhbat ani, sevar eldin
Yuz ilda yetmas mingdin biriga ham navbat.

Ajab fusungar erurkim, chu sayd qildi seni,
Qarin sog`indingu ul xud qilib turur g`aybat.

Quyosh niginining ostida zahredin hal etar,
Kishiga mehr bilakim ezib berur sharbat.

Taloq ber anikim, dahr aro musofirsen,
G`arib elga emas uylanur yeri g`urbat.

Agar ikingiz arosida voqi` o`lmas ba`d,
Yaqinki, maqsadi aslig`a topmag`ung qurbat.

Navoiy, uyla fano bo`l visol uchunki, sanga
Chah joy o`zgaki, o`zlukka qolmag`ay nisbat.

88
Ey musallam, sanga har yaxshi sifot,
Bu sifoting bila yo`q sen kebi zot.

Xat sanga Xizru labing chashmai Xizr,
Nutqung ul chashma aro obi hayot.

Harakoting aro taskin zohir,
Lek taskin chog`ida xush harakot.

Zulfung ovora ko`ngullardin erur,
Yuz Skandarni iturgan zulmot.

Sunbulungnung rasani bo`lmasa, yo`q
Zaqaning chohidin imkoni najot.

Xum erur yer kurrasi, jom-axtar,
Soqiyo, ber munga sayr, anga sabot.

Aysh vaqtini, Navoiy, xush tut
Kim, erur osru sharif ul avqot.