Òîï ðåéòèíã www.uz
VOV HARFINING VILOHATAFZOYLARINING VAQOE`I «FAVOYID»DIN

506
Tariqi ishq aro gar o`zni fard qilsa birov,
Harif emas yeru ko`k, necha gar erurlar ikov.

Ko`nguldin ayla mavolid maylini kam-kam,
Bo`lurg`a fard mavoni`dururlar ushbu uchov.

Desang falakka chiqay, foniy ul anosirdin,
Nedinki, ruhungadur chormix bu to`rtov.

Havosi xams ila maqsud bo`lmadi mudrik,
Ko`ngulni top iki-uch uzv, besh emas bu beshov.

Fanoiy mahz yetar «Sittai zaruriya»
Nedinki yo`qqa zarurat emas bu nav` oltov.

Xilofi shar` agar yetti ko`kka chiqqungdur,
Yaqinki, yetti tamug`din batardur ul yettov.

Navoiyo, sekiz uchmoq havosidin kechgim,
Bular mavoni` erur, yor istar o`lsa birov.

507
O`t yolindek sen qachon chopsang samandi barqrav,
Bir alam ul o`tqa boshing ustida gulgun yalav.

Tortibon tig`i jafo, bag`rimni yuz chok ayladi,
Bordi ulkim der edilar el meni bag`ri butav.

Hullai kofurgun ul xil`ati xazro uza,
Sabzai jannatqa go`yo tushti rahmatdin qirav.

El inoni ixtiyori chiqqti yaksar ilgidin,
Po`yada har sari ul chobukki qaytardi jilav.

Xo`blar ichra birav ko`nglumni olmishkim, ani
Mendin o`zga kimsa birla qilmag`il, yo rab, ikav.

Tiyralar lutf aylabon tutmas safo ahli yerin,
Yorig`an birla uchi, sham` o`zini tutmas ko`sav.

Gar Navoiy kilkidek el kilki shakkarrez emas,
Ayb qilma, birdek o`lmas nayshakar birla g`arav.

508
Yordin ayru may ichmak qindurur balkim og`u,
Xoh og`zda talx su, xohi burunda sho`r su.

Deb eding, ey hajr, yoring kelmasa jon bergasen.
Chiqti jonim birga, vah, bu ikkidin vaqt o`ldimu.

Istasam husnung zakotin, gar bo`lur moni` raqib,
Ne ajab, chun it bo`lur doim gado birla adu.

Nevchun og`zingg`a yetar deb jomi gulgun dam-badam,
Xasta  ko`nglum g`unchadek qon bog`lanibtur to`-bato`.

Menki, o`ldum ko`yida, ko`nglum o`tining dudidur,
Zog`din qilmang gumon, qonlig` tanim uzra g`ulu.

Zohidi xudbing`a xirqam zayli tegdi, ey rafiq,
Olib egnimdin, fano dayri aro may birla yu.

Ey Navoiy, ko`rgach ul qotilni, qo`ydung yerga bosh,
Buyla bosh qo`yg`ach nafas tashvishidin forig` uyu.

509
Ey sabo, ovvora ko`nglum istayu har yon boru,
Vodiyu tog`u biyobonlarni bir-bir axtaru.

Topako`r ani chu topsang, har qayon ozim esa,
Boshig`a evrul quyundek, dog`i aldab qaytaru.

Say` etib kelur mening sari, vagar xud kelmasa,
Ollida bedilligimning dostonin o`tkaru.

Aytqilkim, sen xud itting, jon dog`i chiqmoqtadur.
Boshima yetkur, vagar xud kelmas o`lsa, yolbaru.

Olakel var bo`lsa Majnun shevayu beixtiyor,
Qo`ymayin o`z ixtiyorig`a, bu sari boshqaru.

Kelturub, chok aylabon ko`ksum, ani o`rnig`a sol,
Meni bedillik baloyu mehnatidin qutqaru.

Ushbu yanglig` istagil doim Navoiy ko`nglini
Kim, gar andin yetmasa, haqdin sanga yetkay qoru.

510
Yig`lamoq kam qilmadi bu diydai giryonda su,
Ikki arig` ayrilib ne o`ksugay Ummonda su.

Etmay el og`zig`a la`li obdoring jon berur,
Bu latofat birla yo`qtur chashmai hayvonda su.

Ne ajab ko`rgach yuzung, ko`p oqsa yoshimkim, bo`lur
Chashmalar ichra bahor ayyomida tug`yonda su.

Har ko`zumdin goh su, gah qon oqar ko`yung aro,
To`rt ariq oqqan masallik ravzai rizvonda su.

Buzg`udektur charx uyin ashkim, hamono yo`q emish
Nisficha olamni vayron aylagan to`fonda su.

Jong`a shirindur o`qung, vah, nayshakardurmu nayi,
Yo magar jon shirasidin bo`ldi ul paykonda su.

Eyki dersen, la`li serobimg`a ko`p labtashnasen,
Mundin o`zga yo`q ishim, to bo`lg`usidur jonda su.

Soqiyo, maxmurluq og`zim qurutmish, rahm etib,
Boda gar yo`qtur, solib ber sog`ari davronda su.

Shodlig` xayli, Navoiy ko`ngliga tushmay o`tung
Kim, bu manzilning o`ti ko`ptur vale yo`q anda su.

511
Soqiyo, men yutmag`an xunobi hijron qoldimu,
Bermasang may, emdi qon yutmoqqa imkon qoldimu.

Eyki, dersen, istasang vaslimni, jon qilg`il fido,
Muni so`r avvalki, hajringdin manga jon qoldimu.

Ishq maxfiy qolmas oxir, ey ko`ngul, ko`p chekma jon.
Men ham avval ko`p yoshurdum, ko`rki, pinhon qoldimu.

Chektilar  majruh ko`nglumdin xadangin kuch bila,
Bore, ey jon, mujdae bergilki, paykon qoldimu.

Ko`rgach ul oyni, junundinkim yiqildim, ey rafiq.
Tengri uchun aytkim, holimg`a hayron qoldimu?

Ey ko`ngul, bu gulshan atrofig`a boqkim, g`unchae
Kim,  ko`ngul jam` ayladi, bo`lmay parishon qoldimu.

Ey Navoiy, qochmag`il hamdamlig`imdin, ko`rki yor,
Gar sanga mehrin kam etti, bizga yakson qoldimu.

512
Garchi ko`p sargashlik etti bog` aro bunyod sarv,
Qomatingg`a banda bo`lmay, bo`lmadi ozod sarv.

Dahr dehqoniki, yuz ming sarv qildi jilvagar,
Gulshani davron aro bermas qadingdek yod sarv.

Boshig`a to qomating da`vosidin tushti havo,
Ko`rdi  ko`p qushlar lagadko`bi bila  bedod sarv.

Topmamish yeldin sado birla taharrukkim, ko`rub
Qomatingni iztirob aylab, qilur faryod sarv.

Go`yiyo qaddingg`a oshiqliq havosin tuzdikim,
Sarsari ohim yetib, berdi o`zin barbod sarv.

Laxli qadding shavqidin bo`ston aro chun tushsa o`t,
Shu`la tez aylar o`tundin, uylakim, shamshod sarv.

Sheva qil tuzlukka, osibe xazondin ko`rmadi,
Toki bo`ldi rostlig` oyinida mu`tod sarv.

Doimo ozodlarning sabzu xurram bo`lmog`i,
Bog` aro bulbul tili birla qilur irshod sarv.

Ey Navoiy, dahr bo`stonida bulbul men kebi
Bo`lmag`ay, topsang yurub, bir guljabinlik zod sarv.

513
La`lini desam chashmai hayvon erur ushbu,
Der muktai jonparvarikim, jon erur ushbu.

Jismimnn ajal dedi junun dashtida go`yo,
Sahroyi qiyomat, dog`i uryon erur ushbu.

Bilmonki, erur g`unchai nobing ko`ngul ichra,
Yo hajr o`qidin qon aro paykon erur ushbu.

G`am dashti aro oh samuminki yoyibmen,
Kim ko`rsa degay: shu`lai hijron erur ushbu.

Ko`z hayratini toglamakim, to seni ko`rmish,
Yo husnunga, yo holima hayron erur ushbu.

G`am shomi erur tiyra, gar ichsam mayi ravshan,
Ayb etma manga, sham`i shabiston erur ushbu.

Ishqimni Navoiy qiladur tark demishsen,
Jon tarkini kim qilsa, ne imkon erur ushbu.

514
Hajrida oshiqning afg`ondin qarori bormu,
Kecha it faryod etarda ixtiyori bormu!

Ro`baro`men yor ila, ey xozini jannat, degil:
Ravzaning mundoq xazon birla bahori bormu?

Mehr ul yuzcha emas desam, tong ermas mehrning
Ko`zu qoshu xattu xoli mushkbori bormu?

G`unchadin ortuqdur og`zi, g`unchag`a aylang nazar,
Buyla ikki rasta durri shohvori bormu?

Yorutur parvona shomin sham` nuri vaslidin,
Men kebi aning qorarg`an ro`zgori bormu?

Adl jomi bazm aro, soqiy, bukun nnsof emas,
Hech kimning mencha oshubi xumori bormu?

Demaknm, olamni xascha ko`rmamishsen mu`tabar,
Ayt filvoqi`ki, oncha e`tibori bormu?

Eyki bizni xonaqah sari tilarsen dayrdin,
Shayxning xilvatda jomi xushguvori bormu?

Ey Navoiy, demakim, ushshoq sari yorning
Iltifoti ko`p degil, men xasta sori bormu?

515
Kamandi zulfung aro solma pechu tob asru,
Ko`ngul shikanjasig`a eshmagil tanob asru.

Bihishti vasl aro, qo`ykim, dame tana`um etay
Ki, hajr do`zaxida chekmisham azob asru.

Kuyub bag`ir uza sho`roba to`kma ko`p, ey ko`z
Ki, qochmag`ay iti, sho`r o`lsa bu kabob asru.

Raqiblarg`a tutub jomi ayshu men mardud,
Alarni mastu meni aylading xarob asru.

Ayog` sol ikki ko`zum halqasig`a, ey chobuk
Ki, o`pmasun ayog`ing ul ikki rikob asru.

Visol chehrasidin parda och, bo`lub foniy
Ki, o`zlukung tuzi o`lmish, anga hijob asru.

Navoiy o`lgusidur, azm istasang, jono,
Tilab halokin aning qilmag`il shitob asru.

516
Bulbuli ruhum qilur bog`i visolin orzu,
Suyu dona o`rnig`a ruxsoru xolin orzu.

Ham ko`ngul gulzorida gulbargi ruxsorin havas,
Ham nazar bo`stonida qaddi niholin orzu.

La`li serobin gar ettim orzu, vah, kimdurur
Ulki, qilmas chashmai hayvon zulolin orzu.

Men kimu topmoq va lekin bir yiroq ummid uchun,
Doim aylarmen visoli ehtimolin orzu.

Ishq aro ahvolim andoq sa`bdurkim, tunu kun,
Aylaram Majnun bila Farhod holin orzu.

Muntaqildur jon adam mulkiga baskim, bor aning
Qildi g`urbatdin vatanga intiqolin orzu.

Sham`i gulro`yum firoqinda qilurmen uchqali
Jismima bulbul parin, parvona bolin orzu.

Shoh dardu ishq agar qilsa havas, bor uylakim,
Soyil etkay saltanat johu jalolin orzu.

Ey Navoiy, go`yiyo ul yuz ko`zum ollindadur,
Baski  aylarmen tamoshoe jamolin orzu.

517
O`tluq uzoring uzra ul turfa xoli jodu,
O`tqa tushub kuyubtur otashparast hindu.

Ayni xumordindur ul ko`zga za`f oncha
Kim, holin anglamoqqa ul yuz keturdi ko`zgu.

Hijron kuni yoshimning ko`prak bo`lur zuhuri,
Xushroq ko`runur anjum, chun tun bo`lur qorong`u.

Raglardin ip taqayin, ko`ksumda dog`lardin,
Dardu balo chekarga ishq aylasa tarozu.

Bu no`shxand qildi, ul zahrxand, chunkim
Og`zingda kulgu ko`rgach, ko`rguzdi g`uncha kulgu.

Ichgil mayi shafaqgun, miynoyi aylabon jom
Kim, qon to`kar shafaqdin har tun bu charxi minu.

O`lgach Navoiy, ul oy gar bo`lsa shod, tong yo`q,
Ul qo`ymadi chu borib, olam tunida qayg`u.

518
Oyati vashshams xurshidi uzoridin o`qu,
Surai vallayl xatti mushkboridin o`qu.

Qomating shavqi shahid etkanlar armonin agar
Bilmasang, har qaysining mili  mazoridin o`qu.

Ul quyosh ruxsoriyu sarig` yuzumning sharhini,
Safhai xurshid, xatti zarnigoridin o`qu.

O`t tutashqan ko`nglum ahvolin, desangkim, anglayin
Ul xututekim, bo`lur paydo, sharoridin o`qu.

Sabzai xat birla bu gulshan vafosiz erkanin,
Kilki qudrat yozdi, rayhoni bahoridin o`qu.

Boda g`am daf`in qilur kayfiyatin, desang, bilay,
Ol ilikka jomu arqomi kanoridin o`qu.

Isatasang dardu junun, ochib Navoiy daftarin,
Telbalik sharhini topib, holi zoridin o`qu.

519
Yuziga tushub erdi uyquda gesu,
Quyoshni yoshurgonda tun ne tong uyqu.

Yaram kasratidin ulus yig`lar, ammo
Kelur har birisiga holimg`a kulgu.

Iki ko`z jamolingdin ar bahra topti,
Ko`ngul yutti qonlar, budur qushqa qoru.

Yuzung o`trusida quyosh xush ko`runmas,
Quyoshqa aningdekki, oy bo`lsa o`tru.

Yuzung o`tin ohim yorutur erur, shukr
Ki, ul dam bila tiyra bo`lmas bu ko`zgu.

Manga may nashotin ko`rub qayg`urur shayx,
Nashot aylaram men ko`rub anda qayg`u.

Navoiyni ishq o`lturur, tirguzur ham,
Zihi ishq ishi ne qnyomat erur bu.

520
Ul oyni ko`rgan el derlarki, mehri xovaridur bu,
Meni chun aylamish devona dermenkim, pariydur bu.

Qulog`i durru la`likim quyoshqa yondoshibturlar,
Sharaf avjida ul kavkab, saodat axtaridur bu.

Yuzin xo`y toza qilg`anni nazzora ayladim, go`yo,
Eram gulzorida serob gulbargi taridur bu.

Qadining jilvasin yuz noz ila bo`ston aro ko`rgan,
Degay, tovusi ra`no yo magar kabki dariydur bu.

Yuzinda la`li nutqidin chu toptim ruh, bildimkim,
Quyosh ichra Masih ul, nuktai jonparvaridur bu.

Ko`nguldin otashin la`li xayoli birla cheksam oh,
Bu o`tning shu`lasidur ul va lekin axgaridur bu.

Manga dayr ichra berdi mug`bacha bir mayki, jon toptim,
Bu jannatning hamono huri uldur, kavsaridur bu.

Sovurma dayr tufrog`ini har xorij nafas birla
Ki, jon bergan Masih anfoslarining paykaridur bu.

Xiyobonda Navoiy sabrini gar xo`blar oldi,
O`zidin voqif o`lsun, negakim shahri Hiridur bu.