XE HARFINING XO`BLARINING XIROMI «FAVOYID»DIN
107
107
Sadqang bo`lubon urmoq bu gunbadi axzar charx,
Qasringg`a davr urg`ondek bir sabz kabutar charx.
Sen sham`, vale gardun fonusi xayol erdi,
Urg`anda malak xayli tegrangda sarosar charx.
Chun yuqori mayl etti nuru azming bo`ldi,
Ham nurda charx axtar, ham azmda axtar charx.
Sham`ingg`a lagan bo`lg`ach aflok maloyikdin,
Parvonalar urdilar tegrangda mukarrar charx.
Ko`k hullasidin yoyib atlas yo`lunga anjum,
Anjum duridin sochib boshing uza gavhar charx.
Yo`lung izidin o`zni ravshan qilibon kavkab,
Raxshing nuridin ko`zni har dam qilib anvar charx.
Ko`yungda Navoiyg`a charx urmoq agar yetsa,
Bir doirai maqsud o`lg`usi anga har charx.

108
Qon to`kub ul buti zebo gustox,
Borib ul yon meni shaydo gustox.
Bo`lmasa telba, pariyni mendek
Kim qilur buyla tamosho gustox.
Vah, ne tarsodurur ul dayrdakim,
So`z demas ollida Iso gustox.
Xoling ul hindu erurkim, bo`lmish
Labing ustida shakarxo gustox.
Soqiyo, ber iki sog`arki, bo`lay
Nuktai ishq aro go`yo gustox.
Xattu la`li qoshida asrang adab,
Kelmang, ey Xizru Masiho, gustox.
Yor hazl aylar uchun bo`lmishmen,
Harza derdin meni rasvo gustox.
Ishq dayrida gadodur shahlar,
Kirgali bizga ne yoro gustox.
Ey Navoiy, tilasang sog`ari fayz,
Bo`lma bu dayrda aslo gustox.
Borib ul yon meni shaydo gustox.
Bo`lmasa telba, pariyni mendek
Kim qilur buyla tamosho gustox.
Vah, ne tarsodurur ul dayrdakim,
So`z demas ollida Iso gustox.
Xoling ul hindu erurkim, bo`lmish
Labing ustida shakarxo gustox.
Soqiyo, ber iki sog`arki, bo`lay
Nuktai ishq aro go`yo gustox.
Xattu la`li qoshida asrang adab,
Kelmang, ey Xizru Masiho, gustox.
Yor hazl aylar uchun bo`lmishmen,
Harza derdin meni rasvo gustox.
Ishq dayrida gadodur shahlar,
Kirgali bizga ne yoro gustox.
Ey Navoiy, tilasang sog`ari fayz,
Bo`lma bu dayrda aslo gustox.
109
Chu qildi ishqig`a ko`nglumni mubtalo ul sho`x,
Keturdi jonima har lahza yuz balo ul sho`x.
Asir qilsa musulmonni, qilmag`ay kofur,
Bu javru zulmki, har dam qilur mango ul sho`x.
Ajab emaski, qilur naqdi jong`a ko`z qoralig`,
Erur chu sho`xlar ichra ko`zi qoro ul sho`x.
Ulustun urkup, o`zumdin dog`i bo`lubmen yot,
Meni ramidag`a to bo`ldi oshno ul sho`x.
Zamona ichradur oshubu qo`zg`olon go`yo
Ki, chiqti sarxushu tund otlanib yano ul sho`x.
Ajab emaski, vafo rasmi aylagay bunyod,
Qilurg`a chunki yana topmasa jafo ul sho`x.
Bu nav`kim manga ul sho`x may berur, bir kun
Halok qilg`usidur yo bu tund, yo ul sho`x.
Yo`q og`zidin so`rubon nukta oqibat qildi
Menn musofiri sarmanzili fano ul sho`x.
Bukim ulusqa navo berdi vaslidin, ne osig`
Ki, oxir etti Navoiyni benavo ul sho`x.

110
Ul pariyvash hurning men telbadek shaydosi cho`x,
Ne ajab, gar bo`lsa olam mulkida g`avg`osi cho`x.
Ey ko`ngul, mumkin emastur vasl, nevchunkim, erur
Sabru hushum ozu aning nozu istig`nosi cho`x.
Men gado naylab sochi mushki xaridori bo`lay
Kim, erur shahlar dimog`inda aning savdosi cho`x.
Armanidur go`yiyo ul sho`x kofur turkmon
Kim, yetar din mulkiga kofur ko`zi yag`mosi cho`x.
Dilrabolig`ning libosi cho`xasidur go`yiyo,
Kim ani kiygach, ko`ngul olur qadi ra`nosi cho`x.
Qiymati ajnosdin chun shadda bog`lar haft rang,
Husni bozori aro zohir bo`lur kolosi cho`x.
Sollonib chun jilva aylar, xalqni vola qilur,
Ham qadi ra`nosi, ham andomi ruhafzosi cho`x.
La`lidin kom nstaram, ne chora, yetsa ko`ngluma
Kirpikining nayzasidin zaxm ila izosi cho`x.
Bas bahodirvash erur, lekin muloyim ham erur
Kim, Navoiy ko`ngliga tushmish aning vasvosi cho`x.

111
Dema, bir o`pmak ne erkin la`lidin jonong`a narx,
Ne so`rarsen, angla, bir misqoli yuz ming jong`a narx.
Kom pinhon og`zidin topmoqqa ko`p so`rmang baho:
Kimsa ta`yin aylamaydur javhari pinhong`a narx
Har kun ul yuz qiymati tag`yir topsa ayb emas:
Ikki kun bir nav` bo`lmaydur guli bo`stong`a narx.
Husn bozorida men bo`ldum ul oyg`a mushtari,
Kim muqarrar aylagay oyo mahi tobong`a narx.
Xudfurush o`ldi ul oy, oyo, qayondin topqamen
Anikim, qildi muayyan Yusufi Kan`ong`a narx.
Kim mening ko`nglum xaridoridurur, bir lutf bas,
Naqd hojat ermas, oxir istasang vayrong`a narx.
Ey Navoiy, ul quyosh qursi bahosin so`rmag`il,
Sen gadog`a avlo ul bo`glg`ayki, so`rsang nong`a narx.

112
Qaddu ruxsorig`a yo`q gulshanda bir monand shox,
Kim sapidor uzra guldin aylamish payvand shox.
Bog`i hajr ashjori shoxidin tutay sayli sirishk
Kim, ulug` savdo keraktur bog`lamoqqa band shox.
Tundbodi hajr ayshim bog`in andoq buzdikim,
Tushti furqat dashtida har sari bir parkand shox.
Jism aro har uzv tig`ingni qilurlar orzu,
Uylakim, bo`lg`ay yag`ochda sug`a hojatmand shox.
Sho`xlar sindurdilar naqdi hayotim shoxini,
Ul sifatkim, bo`lg`ay atfol ilgidin sarkand shox.
Naxli tab`im shoxidin ma`ni bo`lur zoyandakim,
Shoxning farzandi guldur, naxlig`a farzand shox.
Ey Navoiy, qaddi tubidur, yuzi jannat guli,
Gulshani davronda yo`q ul qadg`a bir monand shox.

113
Xujasta tongki ochib oraz ul buti gulrux,
Bahor husni kebi subhim aylagay farrux.
Sanga mushobahati bo`lg`ay erdi, bo`lsa edi
Bu gulshan ichra pariy — sarvqomatu gulrux.
So`z aytsa ham o`lubu ham tirilmakim ne ajab
Kim, o`lsa talx takallum, erur shakar posux.
Soching qorasida yuz mushk tibbatu totor,
Qading havosida ming sarvi Uchavu Xallux.
Ichimda la`ling erur uylakim badan aro jon,
O`qungda jonim erur uylakim so`ngak aro mux.
Chu fayz erur mutafovut topilmag`ay ma`ruf,
Agarchi Karax kebi keldi surat ichra kurux.
Ko`rub yuzungni Navoiyg`a hush ketsa ne tong
Ki, mot o`lur bori shahlar, qachon sen ochsang rux.