Yo HARFINING YAG`MOYLARINING YUZ KO`RGUZMAKLARI «FAVOYID»DIN
575
575
Ey yuzung ustida ter gulbargi uzra shabname,
Lek har bir qatradin bo`lub guliston olame.
Qatradin olam guliston bo`lmag`i tong yo`qki, bor
Bahri rahmat orazing bog`ig`a tushkan shabname.
Gul nedin yer tutti el boshida solu mehrdek,
Topmamish bo`lsa riyozingning shamimidin shame.
Ko`kka chun eltib malak raxshing g`uborin topmayin,
Zuhra andoq surmai, Kayvon aningdek parchame.
Yo`q ajab, otingg`a gar muhri nubuvvat bo`lsa xatm
Kim, nubuvvat halqasida yo`q seningdek xotame.
Sochqay erdi chashmai xurshiddin hayvon suyi,
Hamdaming bo`lsa edi Isoi ruhulloh dame.
Chun Navoiy na`ting ayturg`a tilar bo`lg`ay ilm,
Ne ajab gar bo`lsa bot olimlar ichra a`lame.

576
Chu har dam ul pariy begona bo`lg`ay,
Yaqindurkim, kishi devona bo`lg`ay.
Shabiston ichra sen ul sham`senkim,
Kavokib davrida parvona bo`lg`ay.
Ko`rub xolingni bildimkim, qurutqon
Shikibim mazra`in bu dona bo`lg`ay.
Mayi la`lingdin ulkim, bo`ldi ranjur,
Anga dorush-shifo mayxona bo`lg`ay.
Ne yer bo`lg`ay dema ming g`amg`a manzil
Ki, gar bo`lg`an bizing vayrona bo`lg`ay.
Birov jonu jahondin istagay do`st
Ki, ham ozoda, ham farzona bo`lg`ay.
Navoiy sensiz o`lmay mujrim o`lmish,
Gar olsang joninn, jurmona bo`lg`ay.

577
Boshimg`a kosh gohe yetsa raxshin sekretib mohe,
Su bersam ko`zlarimga xo`yfishon ruxsoridin gohe.
Malohat avji birla husn bo`stonida yo`q ravnaq,
Qani bu bog` aro sarve, qani ul avj uza mohe.
Dema oxirki, yo`qtur ishq savdosida bir bedil,
Ani ko`rgilki, bormu husn bozorida dilxohe.
Ne tong afsurdadil bo`lsamki, to husn o`ti o`chmishdur,
Ko`nguldin dog`i hargiz chiqmamish bnr shu`laliq ohe.
Ne bo`lg`aykim bahori husn aro ochilsa bir gulkim,
Tushub bir barqi ishq, o`rtansam andoqkim, pari kohe.
Kirib ishqu muhabbat dashtig`a, eykim, yana yonding,
Muhiqdursen, nedinkim, topmading bu yo`lda hamrohe.
Navoiy bor esang ogah, salomat mulki ham xushtur,
Va lekin rahbaring bo`lsa yo`li qat`ida ogohe.

578
Ul pariy savdosi men devonadin ayrilmadi,
To meni devonayu rasvoi olam qilmadi.
Yo`q ko`ngulda, har sarimo`yimda bir afg`on erur
Kim, jafosi neshi yolg`uz ko`ngluma sanchilmadi.
Dedim o`ltur emdikim, ishqim nihondur, ohkim,
Qilmadi qatlim, bu ish olamg`a to yoyilmadi.
Xasta ushshoqig`a rahm etti, mangg yo`q, go`yiyo
Za`fdin ul xayl aro bor erkanimni bilmadi.
Tig`i to yetti, ko`ngulni chok qildi, turfadur,
Etmayin ul nav` su bu g`unchag`a, ochilmadi.
Qoldi aytilmay nihoniy ishq sirri onchakim,
Qolmadi bir so`zki, bu ma`ni aro aytilmadn.
Necha qon yutqay Navoiy boda tut, ey mug`bacha,
Kim xumori hajri ul mayni ichib yozilmadi.

579
Halqai zulfung ko`ngul chekmasmu erdi, ey pariy
Kim, gajakdin sonchting qulloblar ham bir sari.
Tobu pech ermas gajakdakim, ajab, yo`q pechu tob
Kim, yuzining o`tig`a tushmish pariyning bir pari.
O`tda bir noxush berur is, vah, muattar aylamish,
O`tqa tushgan parg`a monand ikki zulfung anbari.
Go`yiyo ermas gajaklarda bu yanglig` tobkim,
Chehrang o`ti tobidin qaytardilar yuz har sari.
Chashmai xurshid ul yuz yonida qullobi zulf,
Soldilar go`yo gajak ul chashmaning o`rdaklari.
O`g`ridur ul zulf, voqif bo`lki, behad biymi bor,
Halqai qullobig`a tushsa qulog`ing gavhari.
Gar Navoiy telba bo`lsa, yo`q ajab, bu nav`nkim,
Zulfining zanjirini qildi parishon ul pariy.

580
Visolim shomicha yo`q hajri subhi mehnatafzoyi
Ki, ravshanroqdurur aning quyoshidin munung oyi.
Munosibdur ko`zum surtub, qashisam kirpikim birla,
Qichishsa may o`tining hirqati birla kafi poyi.
Kecha kulbamg`a kelsang, muddai man`idin eskarma,
To`lun oy sayr etarda it hurardin qayda parvoyi.
Ne tong gar subhi ayshim tiyradurkim, tong yeli esgach,
Sochar kofir uza mushki xo`tan zulfi sumansoyi.
Shamol erkin dedim raxshin, choqilg`ach barqdek kuydum,
Samum ermish hamono bodpoyi charx paymoyi.
Yomon olamda erdim shomi hajrimdin bihamdillah,
Yorutti tiyra kulbamni jamoli olam oroyi.
Firoq ichra eriklik, ey ko`ngul, muhlikdurur bilgil
Ki, ishq ahlining ul suhon kelibtur umr farsoyi.
Ketar hushum, qachon eslarmen ul but qasri devorin,
Magarkim, yug`rulubtur boda birla dayrining doyi.
Navoiy har maqom ichra navo ko`rguzsa bulbuldek,
Ajab ermas, nedinkim, guldek o`lmish yori har joyi.

581
Ko`ngul chun sendin uzdum, shodlig` emdi muhol ulg`ay,
Ochilmog`liq uzulgan g`unchag`a ne ehtimol o`lg`ay.
Qading ham gul sochar, ham soya solur, ham xirom aylar
Ajab gar gulshani firdavs aro mundoq nihol o`lg`ay.
Ko`ngul bir poybo`s ummididin zulfungg`a bog`landi
Ki, topqay kom chun zulfung yururda poymol o`lg`ay.
Su hayvon chashmasidin, yel Masih anfosidin topsa,
Qachon to`big`a naxli qomatingcha e`tidol o`lg`ay.
Jununum ko`yida bir tosh zaxmig`a harif ermas,
Necha Farhod savdo tog`ida Majnunmisol o`lg`ay.
Ko`ngul birla xayoling uyla chirmalmishki, bilmonkim,
Xayoling ko`nglum o`lg`ay, yo`qsa ko`nglum ul xayol o`lg`ay.
Labi la`ling mayidin rashhae topmish zaqan sari
Demakim, rangi maygun bu latofat birla xol o`lg`ay.
Emas mayxonaning sing`an safoli durdidek ichsam,
Agar jomi Jam ichra Xizr suyidin zilol o`lg`ay.
Tut, ey soqiy, manga bir mayki, aning nash`asi yetkach,
Ko`ngul behol bo`lg`ay, jong`a har dam o`zga hol o`lg`ay.
Xush ul rindiki, borg`ay kulbadin gulshang`a borg`andek,
Baqo mulkiga chun dorul-fanodin intiqol o`lg`ay.
Navoiy, tiyrasin ahli nazar xokirahin ko`z tut,
Sanga bu surmadin shoyad yorug`luq ehtimol o`lg`ay.

582
Boda gulgul aylamish ravshan uzoring bog`ini,
Uylakim, sochqay sabo su uzra gul yafrog`ini.
Dur to`la sanduq der har yon temur gulmix ila,
Ko`rgan el ishqing to`la ko`ksumda har yon dog`ini.
Ne ajab gulgun bulut bo`lsayu andin yog`sa qon,
Chun sovursa yel shahid etkanlaring tufrog`ini.
Xolingu la`ling qatilidinki, qildi tu`ma zog`,
La`lgun aylabturur minqor ila tirnog`ini.
Zanbaq anda lolagun butkay, shajarlar surx bid,
Har chamang`a bersa su qonlig` sirishkim yog`ini.
Zoe o`ldi, ey ko`ngul, g`aflatdin ayyomi shabob,
Bori etma favt isyondin inobat chog`ini.
Ko`r Navoiy shu`layu ohiyu emgaklik tanin,
Ko`rmagan bo`lsang balo barqiyu mehnat tog`ini.

583
Bu bayramda qani sho`xeki, jonim bo`lsa qurboni
Ki, tutsa boda rangi uylakim, qurbonilar qoni.
Aning jomi hilol oyin, shafaq oso mayi rangin,
Tutub ul soqiyi shirin, sumursam dam-badam oni.
Bo`lub ul chobuki mahvash, necha sog`ar bila sarxush,
Minib bir tavsani abrash, chu bo`ldi azmi maydoni.
Tushub din ahlig`a ofat, solib islom aro g`orat,
Bo`lub xalq ichra bir holatki, qolmay kimsaning joni.
Yuzi maydin bo`lub gul-gul, parishon har taraf kokul,
O`zin asrarg`a yo`q Ruhul aminning haddu imkoni.
Qabaq xayli aro g`avg`o, namoz ahlida ming yag`mo,
Duoda gunbadi miynodin oshib xalq afg`oni.
Zihi iqbol anga hamdastkim, iyd oqshomi payvast,
Bu yanglig` chobuku sarmast aning bo`lsa mehmoni.
Agar iyd istasang har dam, fano zaylini tut mahkam
Ki, bir damda iki bayramg`a uchrar soliki foniy.
Navoiy zoru muztardur, qatil aylarga darxurdur,
Jamoling iydi akbardur, qil oxir ani qurboni.

584
Vahkim, yana bir mug`bacha dinim yo`lin urdi,
Zuhdu vara`im xirmanini ko`kka sovurdi.
Mast ayladi andoqki, tushub ollig`a boshim,
But ollida bu makr bila sajda buyurdi.
Toroj etibon dinu toqib bo`ynuma zunnor,
Yuz yilliq kuffor hisobig`a kivurdi,
Masti abadiy bo`lg`usi men yanglig` azalda,
Har kimki, fano dayrida bir jom sumurdi.
Ohim tutuni ko`kdin ulug`luqqa oshibtur,
Bu dudni ul oy g`ami gardundin oshurdi.
Osuda sifatliq tiladim — piri tariyqat,
Davron elining ulfatidin tark buyurdi.
Xush bo`lg`ay agar tutsa Navoiy sari himmat,
Maqsad harami bodiyasin ulki, yugurdi.

585
Ul shohu men gadomen, ul tiflu men qari,
Gar boqmasa mening sari, haq bor aning sari.
Bir lahza tirguzub meni, bir lahza o`lturur,
Gohi beri yugursa o`yin vaqti, gah nari.
Uydinki, chiqti, kirmaki mumkin emas yonib,
Yoshdekki, ko`zga kirmas, agar chiqsa tashqari.
Axtardurur, gah roji` o`lur, goh mustaqim,
Chun sho`xluqqa borsa keyin, kelsa ilgari,
Oyu quyoshqa o`xshata olmasmen anikim,
Borur quyoshu oy kebi har sari qullari.
Ey mug`bacha, xumor ila dayr eshikindamen,
Jome yubor manga, tilamas bo`lsang ichkari.
Layli ul oyg`a o`xshamadi, lek ishq aro,
Majnunni o`tqa soldi Navoiyg`a o`xshari.

586
Bo`lmish buzug` ko`ngulda qoshing turfa surati,
Vayrona ichra uylaki mehrob hayati.
Gar muddai malak bo`lubon kirsa ko`yiga,
Bolu parini o`rtagay ahbob g`ayrati.
Husnung haqiqatini ko`ngul bilmasa, ne tong,
Har dam bo`lur chu hayrati ustida hayrati.
Dog`i firoq toza quyubtur ichimgakim,
Bag`rimni toza kuydiradur dog`i furqati.
Ul yuzga bu havoyi sargashta mehrining,
Xurshid birla zarracha bor elga shuhrati.
Bir bul`ajab musha`bid erur piri maykada,
Dayr ichra turfa mug`bacha har sari lu`bati.
Fard o`l, Navoiyoki, bajuz ranj naf`i yo`q,
Har kimki olam ahli bila bo`lsa ulfati.

587
Orazing ko`rmakka, jono, muntazir erdim har oy,
Bir zamonlig` intizorim ul bir oydin o`tti, voy!
Ul ko`z o`q otmoqni varzish qilmas ersa, ne uchun
Bog`lamish mehrob shakli birla mushkin ikki yoy!
Subhi iqbolimg`a chekti shomi mehnat pardasin,
Yuz uza zulfungki, kofur uzra bo`ldi mushksoy.
G`unchadek ko`nglumni ochqan bo`lsa tig`ing chok etib,
Tong emasturxim, bo`lur doim ravon savdo kushoy.
Senki, bazmi aysh aro har dam qilursan qah-qaha,
Ne g`aming andinki, yig`larmen g`amingdin hoy-hoy.
Sofi ishrat dayr aro ichkan zamon, ey mug`bacha,
Gohi ehson qil gadolar sari ham bir qatra loy.
Ko`kta oyg`a yo`q Navoiy mayli zohir bo`lg`ali,
Moviy yog`liqdin yuzungnung partavi, ey ko`rkaboy.

588
Erur serob andoq otashin guldin yuzung bog`i
Ki, qilmish jilva o`t birla sudin bir toza yafrog`i.
Taxayyul birla nozuk soiydin gar to`lg`asam, tomg`ay
Hal o`lg`an siym andoqkim, uzulsa inju qo`lbog`i.
Kesak ko`yida yanchib asraram ko`z pardasi ichra,
Keturgandek birov kog`azg`a chirmab Ka`ba tufrog`i.
Emas gulbunda navras g`uncha yo xamliq tikan har yon
Ki, bulbulnung qolibtur anda tumshug` birla tirnog`i.
Xo`yi ruxsori yodi birla bo`lmish muztarib ko`nglum,
Balig` yanglig`ki, gavharning maqomi bo`ldi qursog`i.
Ajal olurda jonimni erur hajring sharik, ammo
Agar ul rahm ham ko`rguzsa, bo`lmas rozi o`rtog`i.
Ema boziki, lu`batboz erur gardun farsangg`a,
Bu lu`batlarki, el ko`nglin olur aning qovurchog`i.
Netay gardun shabistonida anjumni shafaq ichra,
Shafaqgun mayni suzmay ichkum o`lsa reza kup yog`i.
Ko`zum hajr o`tidin bir sham`durkim, sarsari ohim,
Ani chayqarda tomib qatra-qatra turmayin, yog`i.
Qarib, ey mug`bacha, zunnor ila bel bog`ladim, may tut,
Nedinkim, bo`ldi bu dayri fanodin azm etar chog`i.
Navoiy, hosil et himmat qanotikim, uchar qushqa,
Havo qilganda maqsadg`a ne moni` dasht bo`rtog`i.

589
Yubordi yor bazmidin manga bir pistai qandi,
Olib o`ptumki, bor erdi labiyu og`zi monandi.
Meni bemor o`lum holida qilmaymu havaskim, bor
Masihu Xizr aningdek jonfizo bazm orzumandi.
Ko`ngul ham anda, jon ham anda, aqlu hush ham anda,
Ne sud etgay bu hol ichra manga ahli xirad pandi.
Visol iqboli topqanlar mayi ishrat bila hamdast,
Netay bo`lmay firoq idboridin xunobi xursandi.
Emas bazmi aro gulbarg, ham yuz pora ko`nglumdin,
Chu ul yon evrulur tinmay, tushubtur necha parkandi.
Jahon bog`ida nargis zahri chashmidur manga ro`zi,
Xush ulkim, qismatidur g`uncha og`zining shakarxandi.
Tilarmenkim, pariyzode topib emdi ko`ngul bersam,
Bilindi, kimsaga qilmas vafo chun kimsa farzandi.
Qilur jon rishtasin sargashtai maqsud ila payvand,
Taalluq toridin har kimsakim, qat` o`ldi payvandi.
Zuloli vasl ila ne sud agar el qonsa, jon topsa
Navoiy shu`lai hijron aro chun kuydi, o`rtandn.

590
Dudi ohimdinmu har sari shararlar butradi,
Yo`qsa yel o`tlug` ko`ngullarni sochingda qo`zg`adi.
Ishq dashtida ucha olmas yeridin hech qush,
Parlarin baskim, havoda o`tlug` ohim churkadi.
Har tikankim, ildi Majnun ko`nglakidin porae,
Hajr ko`ksumga tugan qo`ymoqqa ani chirmadi.
Bog` aro xat ichra og`zingdin qizarib, sarg`arib,
G`uncha zangori libosi birla boshin burkadi.
Ko`r jununimniki, bo`ldi telba ko`yung itlari,
Qaysi birkim, qovg`ali uryon tanimni tishladi.
Ishq naxlig`a samar chun furqat ermish, ey rafiq,
Ey xush ulkim, ko`nglin avvaldin birovga bermadi.
Ey Navoiy, o`zgalar maqbulu sen mardud uchun,
Er alarni mahram aylab, seni mahrum istadi.

591
Bo`lsa ko`yung tufrog`i za`f ichra jismim bistari,
So`zi jismimdin aning rangi erur xokistari.
Uyladur za`fimki, odam qilmag`ay erdi gumon,
Gar yo`luqsa erdi Majnung`a vujudum paykari.
Dema ashkim jolasin g`am shomi durri shabcharog`
Kim, erur ayni malolatdin nuhusat axtari.
Dasht aro el anglamas devonadurmen, yo`qsa dev,
Uylakim, bilmon senikim — odamisen yo pariy.
Orazing uzra erur xo`y kasrati daryoyi lutf,
Nildin xoling latofat bahrining nilufari.
Gulshani davrong`a moyil bo`lma, ziyrak qush esang
Kim, tikan tori qilur har toza gulbargi tari.
Sabzai xatting xayoli birla savdo dashtidin,
Gar Navoiy chiqsa, tong yo`q, Xizr erur chun rahbari.

592
Gul emastur otashin, bulbullarin kuydurgali
Kim, libos etmish qizil ushshoqini o`lturgali.
Ko`yiga insa maloyik pashsha yanglig`, rashkdin
Oh dudin zohir aylarmen alarni surgali.
Demangiz ulkim sevarsen, nega qoningni to`kar,
Lutf ortuq ko`rguzur ortuqsiroq sevdurgali.
Qatli om etkachki, qochti ishqdin har bul-havas,
Jismima jon kirdi ishqim ollida bilgurgali.
Ey Masiho, bir nafas ting`ilki, bormish do`stlar
Jonlar o`ynab, ul quyoshni boshima kelturgali.
Dayr aro bormu g`aming deb so`rmag`il, ey mug`bacha,
Daf` bo`lmish sen qadahni og`zima yetkurgali.
Ey Navoiy, ko`z-yuzidin olmoq o`lmas. voykim.
Ortuq aylar ijtinob ortuqsiroq telmurgali.

593
Meni o`lturgay edi mug`bachalarning alami.
Dayr pirining agar bo`lmasa erdi karami.
Davrning boru yo`qidin ne shikoyat qilayin,
Tengdurur chun mening ollimda vujudu adami.
Charx naqqoshi surohini munaqqash qilsa,
Shisha og`zi qilidin keldi munosib qalami.
Shayxning uylaki, oshuqqa momug` ostida dog`,
Tevuruk ruq`alar ostida tikilmish dirami.
Ulki boshimni xirom ichra qilibtur pomol,
Har qayon borsa, mening boshimu aning qadami.
Osmon bo`lmadi chun ishq yukiga homil,
Tah-batah bir-biri qaddida nedin bo`ldi xami.
Har dam, ey ahli zamon, mayli sitam qilmangkim,
Har nechakim desa, bas bizga zamonning sitami.
Basdur o`tluq kafanim, zoru quruq jism ichra,
Hashr aro qay sari ishq ahli yuz ursa alami.
Gar Navoiy nafas urmas, tuganib zaxmida qon,
Go`yiyo o`ldiki, chiqmas yana ul xasta dami.

594
Muhandise topayu egnima qanot yasatay,
Uchub havosida qushlar aro o`zumni qotay.
Muyassar o`lmasa, bu to`rt ayog`lanib kechalar,
Tanimni itdek etib, itlari sari uzatay.
Yo`q ersa o`tkanida ko`rganmen debon yuzini,
Gadoi xasta kebi ko`yi tufrog`ida yotay.
Muhol erur bu tamanno, visoli kim, men kim?!
Necha el chira savdo bila o`zumni sotay.
Tanimg`a ishqida berdim shikast, ya`ni ul o`t,
Yorurg`a ushbu quruq hemani dedim, ushatay.
Chu faqir ko`yida vaslimg`a hech o`lturmas,
Qachong`a xirqam uza zarq vaslasin yamatay.
Navoiy uyla ulus xonig`a erur oshiq,
Ki, turk qullari Jo`chidur aningu Chig`atoy.

595
Bu shahsuvorki go`y o`ynamoqqa ichmish may,
Samand sursa buyon boshim ollida o`ynay.
Magarki raxshi ayog`indadur sabo mudg`am
Ki, chopsa olam-olam masofat aylar tay.
Damo-dam ursam ilik rashkdin boshimg`a, ne tong,
Tegar chu go`yiga chavgoni zaxmi paydarpay.
Chek emdi lutf ila sarsarvashing inoninkim,
Qilibtur oyinagun yer yuzini sarsari day.
Bu fasl aro xush erur oq uy ichra boda o`ti,
Bu o`t yorurg`a mug`anniy og`zig`a olmoq nay.
Nimaki, aylasa, bo`lg`ay anga shay itloqi,
Ko`zunga ilma, nedinkim, jahon erur loshay.
Navoiy, aylasa laylivashing azimati dasht,
Munosib o`ldi o`kush urdusi ulusig`a hay.

596
Ishq orzusini qilur ul navjuvon sari,
O`tqa solur o`zin yana bu notavon qari.
Arz etsalarki, yor kerak yo iki jahon,
Yor aytqumdurur beri, ikki jahon nari.
Ul oy eshitmasa ne degaymen, vale o`tar
Aflok toqining xamidin bu fig`on bari.
Usruk yo`l oziqib dorimaq har sari ne sud,
Bir oy ramida sayd ne bo`lg`ay bu yon dari.
Bu xoksor tanni sipehr etti qadrdin,
Anjum kebi itingning ayog`i nishonlari.
Dersenki yor aksi sanga tushkay, ey ko`ngul,
Avval g`ubori g`ayrdin oyinason ori.
Ul sho`x yuzu ashkinga boqmas, Navoiyo,
Har necha za`faron yuziga arg`uvon tari.

597
Jong`a chun demen: ne erdi o`lmakim kayfiyati?
Derki, bois bo`ldi jism ichra marazning shiddati.
Jismdin so`rsamki, bu za`fing`a ne erdi sabab?
Der: anga bo`ldi sabab o`tluq bag`irning hirqati.
Chun bag`irdin so`rdum, aytur: andin o`t tushti manga
Kim, ko`ngulga shu`la soldi ishq barqi ofati.
Ko`ngluma qilsam g`azab, ayturki, ko`zindur gunah,
Ko`rmayin ul tushmadi bizga bu ishning to`hmati.
Ko`zga chun dermenki, ey tardomani yuzi qora,
Sendin o`lmish telba ko`nglumning baloyu vahshati.
Yig`lab aytur ko`zki, yo`q erdi manga ham ixtiyor,
Kim, ko`rundi nogahon ul sho`xi mahvash tal`ati.
Ey Navoiy, barcha o`z uzrin dedi, o`lguncha kuy
Kim, sanga ishq o`ti-o`q ermish azalning qismati.

598
Turfa gulzor aylamish may gullari ruxsorini,
Turfaroq bukim, araq serob etar gulzorini.
Ey ko`ngul, har torig`a yuz jon muqayyaddur bukim,
Yuz girih birla ko`rarsen zulfining har torini.
Yoqmangiz zaxmimg`a marhamkim, o`larmen, qilsa kam
Choklik bag`rimdin ul oy tig`ining ozorini.
Bog`lag`aylar atridin din ahli kofirliqqa bel,
El parishon etsa nogah zulfuning zunnorini.
Bumni zog` etkay, ohim dudi qilsa oshyon,
Dasht ichinda men bo`lur vayronaning devorini.
Fosh etar ko`nglum sharori, tiyra ohim dudi ham,
Necha dermen, qilmayin ishqim o`ti izhorini.
G`am hujumidin ne g`am, azmi xarobot aylakim,
Qo`ymayin bir jom ila ul xaylning osorini.
Soyir aylarda qadah topsang sabot, ey mug`bacha,
Aylayin barham falakning sobitu sayyorini.
Anglag`il, jonoki, ko`yungda Navoiy o`ldi zor,
Topmasang itlar uni ichra fig`oni zorini.

599
Bukun aqshomg`a tegru menki ko`rmaymen queshimni,
Ne tong, to`ksam falakdek kecha tong otquncha yoshimni.
Baliyat toshidin yuz pora bo`lg`an ham erur xushroq,
Itingga yetmagay zaxmat qilurda tu`ma boshimni.
Yuzu xoling g`amidnn bo`stonafruz erur jismim,
Ki, tutmishtur ichimni tuxmi g`am, xunob toshimni.
O`luk jismimni ko`rgan toza qonlig` dog`lar birla,
Qora qilg`an sog`ing`ay zog`lar g`avg`osi loshimni.
Vazifa ko`ngluma har kun erur bir dog` ishqingdin,
Qanoatdin tuzubmen bir diram birla maoshimni.
Qazo tag``yiri topmas, chunki zo`ru zorlig` birla
Uzubmen dahr xalqidin urush birla taloshimni.
Navoiy, degasen g`am tog`i qozmish teshai Farhod,
Ko`rub ko`ksumdagi tirnog` ila qilg`on xaroshimni.

600
Moviy yog`lig`din qoshing, ey jong`a bedod etkuchi,
Ko`k bulutqa kirdi go`yo yangi oyning bir uchi.
Gar yomon holimg`a ko`z solmas, ajab yo`qkim, erur
Ul qora ko`zlar qora baxtim masallik uyquchi.
Ilgi ashkim qonin oritmoqda chektim dudi oh,
Ham qizardi, ham qora bo`ldi ul oyning ovuchi.
Ollig`a bosh qo`ydum, ammo tig` ila ayirmadi,
Bosh emas, bukim erur bo`ynumg`a aning untuji.
Tig`i ishqin mendin aylar imtihonu vasl yo`q,
Ishqning go`yoki, mendin o`zgaga yetmas kuchi.
Boda durdin no`sh eta olmas esang, ey mug`bacha,
Yirtibon zuhdum ridosin, ayla aning suzguchi.
Gar ayog`ing chiqti ashkingnnng suyidin toyilib,
Ey Navoiy, shukr, ul ko`y ichradur aning muchi.

601
Har bag`ir pargolasi g`am dashtining bir lolasi,
Lek, bo`lg`an ishq o`tidin dog` har pargolasi.
Ishq sahrosig`a har kim kirmak o`lmaskim, erur
Bir yurakning dog`lig` pargolasi, har lolasi.
La`l uza ushog`roq inju aylagandek ta`biya,
Ko`rguzub shirin labingni har taraf tabxolasi.
Anjum ermaskim, tushubtur charx ko`zgusiga aks,
Baski, yog`di g`am tuni yer uzra ashkim jolasi.
Girdbolisht bo`lsa oy boshing qo`yarg`a, vajhi bor
Kim, aning davri yuzing oyining o`lg`ay holasi.
Gul xaridori chu ko`ptur, bo`lma ko`p, ey bog`bon,
Zeb uchun mashshota yo sotmoq uchun dallolasi.
Gar Navoiy nolasidin yor yolqibtur, vale
Ishq yo`q deb ta`n etar, gohiki yo`qtur nolasi.

602
Lab uza xatti anbar oludi
Otashin la`lining erur dudi.
Dardu sabrin nisoring etti ko`ngul
Kim, bo`lar erdi budu nobudi.
Jon berib, ko`nglum oldi naqdi g`aming,
Ahli savdoning ushbudur sudi.
Gar o`qung jong`a qasd qildi, ne bok
Ki, aning bu o`q erdi maqsudi.
Tanu jon rishtasi g`amingg`a libos,
Bu biri tori, ul biri pudi.
Tengdurur dahrg`a vujudu adam,
Balki ma`dum barcha mavjudi.
Gar Navoiy ko`zi oqardi, ne tong,
Ashk aning qorasini yuvdi.
Otashin la`lining erur dudi.
Dardu sabrin nisoring etti ko`ngul
Kim, bo`lar erdi budu nobudi.
Jon berib, ko`nglum oldi naqdi g`aming,
Ahli savdoning ushbudur sudi.
Gar o`qung jong`a qasd qildi, ne bok
Ki, aning bu o`q erdi maqsudi.
Tanu jon rishtasi g`amingg`a libos,
Bu biri tori, ul biri pudi.
Tengdurur dahrg`a vujudu adam,
Balki ma`dum barcha mavjudi.
Gar Navoiy ko`zi oqardi, ne tong,
Ashk aning qorasini yuvdi.
603
Vah, necha davron jafosi aylagay mahzun meni,
Soqiyo, bir davr ayog`i birla qil majnun meni.
Behud o`lmishmen mayi la`lingni ko`rgach, ohkim,
Qildi mast og`zimg`a yetmay ul labi maygun meni.
Lahza-lahza uylakim, javrungki husn aylar fuzun,
Shavq aro ham ishqing aylar dam-badam afzun meni.
Elta olur bir quyun jismim xasin ul ko`ydin,
Ranja bo`lma qilg`ali ovora, ey gardun, meni.
Mujdai vaslu hayot o`lg`ay dedim noming, valek
Xatti behush aylabon qatl ayladi mazmun meni.
Menda mug` dayri havosi g`olibu sizda xumor,
Mayg`a, ey ushshoq, muflis aylangiz marhun meni.
Ey Navoiy, vasl aro-o`q kosh sursa tig`i kin,
Furqatida oqibat o`lturgusidur chun meni.

604
O`tgan kecha men erdimu ul siymtan erdi,
Gulshan to`rida maskanimiz bir chaman erdi.
Gulbin aro ikki kishiga sig`qucha manzil,
Bulbul bila guldek ikimizga vatan erdi.
Lola kebi yoqut qadah yo`q tubiga durd,
Bir shisha may andoqki, aqiqi Yaman erdi.
Gah men tutub ul ichmaku, gah ul tutubon men,
Tun yarmig`acha ikkimizga bu fan erdi.
Ul tutqach ayog`, men ayog`ig`a qo`yubon yuz,
Isor anga ko`zdin bori durri Adan erdi.
Mast ayladi gah nozu gahe arbada og`oz,
Ko`ksum kebi chok etgan anga pirahan erdi.
Egnimga solib tak`yayu bo`ynumg`a solib qo`l,
Titrab ko`ngulu jismim aro yuz shikan erdi.
Gulzor aro sarmast uzaldi ko`zi yanglig`,
Jon mulkida ul uyqusidin yuz fitan erdi.
Men dog`i yuzumni kafi poyig`a qo`yub mast,
Gulbarg uza kirpikdin agarchi tikan erdi.
Bu nav` uyudumkim, meni uyg`otquchi tongla
Yuz siymfishonlig` bila shohi Xo`tan erdi.
Hajr emdi Navoiyni gar o`ltursa, ne armon
Munchaki, murod anga bu vajhi hasan erdi.

605
Menmudurmenkim, ayirmish vaslidin jonon meni,
O`lturur onsiz tuman ming dard ila hijron meni.
Charx jismim tufrog`in ohim yelidin sovurub,
Hajr dashtida quyundek qildi sargardon meni.
G`am palosin jismidin Farhodu Majnun boshidin,
Oshiyonin tashladi, chun ko`rdilar uryon meni.
Ul pariy andoqki pinhondur ko`zumdin, aylamish
G`oyati za`fu junun el ko`zidin pinhon meni.
Gar pariydur dilbarim, men ham junundin vahsh aro,
Uyla men vahshatdakim, bo`lmas demak inson meni.
Bir ham, ey Layli, biyobon ichra Majnuningni top,
Ko`r ani hayron manga, yo`qkim anga hayron meni.
Ey Navoiy, gar yana bir qatla mumkin bo`lsa vasl,
Solmoq ul mahvashdin ayru hajr ne imkon meni.
606
Chun ul oy har dam boqar ko`z uchidin gardun sari,
Men chu tufroqmen — qachon boqqay meni mahzun sari.
Kim meni ko`rsa balo tog`iyu savdo dashtida,
Hayrat aylab boqmag`ay Farhod ila Majnun sari.
Kamligidin oy, zavolidin quyosh o`lg`ay xijil,
Qilsalar nogah nazar ul husni ro`zafzun sari.
Charx davrida ko`rungandek shafaq ichra quyosh,
Tushti aksing jom aro, boqsang mayi gulgun sari.
Mehnatimdin tog`ni homun ko`rgasen — homunni tog`,
Gar meni istarga kelsang tog` ila homun sari.
Boda ichkim, gar desang o`zni mukaddar qilmayin,
Solma ko`z dunlar sari, andoqki charxi dun sari.
Sarvni netsun Navoiy bor ekanda qomating,
Bo`lsa mavzun, boqmag`ay tab` ahli nomavzun sari.
607
Xomai mushkin raqam birla meni yor istadi,
Tinmayin nettimki, hajridin meni zor, istadi.
Ne jafo erdiki, marham vaslidin qo`ymay hanuz,
Hajr tig`in yog`durub, ko`nglumni afgor istadi.
Garchi kunduz osti, lekin o`rtadi hijron tuni,
Sham`idin holimni ul mahvash namudor istadi.
Zulfi domin hajr shomidek yozib ofoq aro,
Go`yiyo olam eli ko`nglin giriftor istadi.
Husng`a chun yo`q vafoe juz nadomat ko`rmadi,
Bevafoekim, vafo ahlig`a ozor istadi.
Tut fano vayronikim, aksi yuzin qildi sarig`,
Mun`imekim, qasri devorini zarkor istadi.
Ey Navoiy, xo`yi bekaslikka qilkim, topmadi
Qaysi bekaskim, kezib olamni, bir yor istadi.
608
Xushtur ichmak yor yodi birla ishrat jomini,
Xossakim, qosid keturgay yorning payg`omini.
Ruq`asi jismimg`a jon berdi, qora ichra magar
Obi hayvon tomizib, chekmish xati arqomini.
Safhai gulgun uza yozib xati mushkin tiroz,
Yod berdi xatti mushkinu ruxi gulfomini.
Ram yegan ko`nglum qushin tutmoqqa go`yo safhada,
Nuqtayu xat birla sochib dona, yoymish domini.
To ne afsun qildi ul sohirki, dilkash nomasi
Oldi ham jismim qarori, ham ko`ngul oromini.
Jomi ishrat tortmoqdin yaxshiroq ish topmadim,
Chunki bu davr ichra topmas kimsa ish anjomini.
Bu kecha qosid malolidin agar vahm etmasam,
Ey Navoiy, kim topa olg`ay so`zum itmomini.
609
Ul oykim shomdin to subhgah masti xarob o`lg`ay,
Ajab yo`q, subhdin to shom gar ham masti xob o`lg`ay.
Ko`ngullarni siyosat qilg`alidur, yo`q esa nevchun
Yuzi suyida ikki toblig` mushkin tanob o`lg`ay.
Ko`ngul zulfung aro talpinsa, hayrat qilmakim, qushning
Ishi chun dom aro bo`ldi giriftor, iztirob o`lg`ay.
Yuzung mehri shuoyi birla ashkim ham erur moni`,
Emas ulkim, jamoling moni`i yolg`uz niqob o`lg`ay.
Labing hajrinda ashk o`rnida qon yog`dursam, ermas ayb,
Qizorg`an ko`zlarim chun uylakim, rangin sahob o`lg`ay.
Qani rangin qadah, chun ko`nglum o`lmish dahrdin mahzun
Ki, g`am daf`ig`a yoquti mufarrih la`li nob o`lg`ay.
Mening umrum sen, ey soqiy, erur chun umr ishi ta`jil,
Sanga ham o`z ishingda avlo uldurkim, shitob o`lg`ay.
Ne bo`lg`il tiyra, ne ravshan zamonekim, gari qilmas
Zamon ahli agar xud soya, yoxud oftob o`lg`ay.
Navoiy, dayr piri birla bo`lsun mug`bacha yeri,
Jununungg`a gahikim, hazl etar el shayxu shob o`lg`ay.
610
Asrading kuydurgali ushshoqi muztar ko`nglini,
Bog`bondekkim, o`tun qilg`ay sanavbar ko`nglini.
Otqan o`qni, bilki, qaytarmaqchadur paykon bila
Javrdin qaytarmaq ul sarvi sitamgar ko`nglini.
Gulbunungda g`uncha ko`nglumdek emas, ey bog`bon,
Ochilurdektur, xayol etsang aning har ko`nglini.
Tig` ila ko`ksumni yorsang, shu`lai ohim ne tong,
Chun yolin ortar, kishi chok etsa axgar ko`nglini.
Netti sog`ardek safo bersa mening ko`nglumga ham,
Ulki, sofiy may bila sof etti sog`ar ko`nglini.
Ey mug`anniy bir navoe dilkusho tuzgilki, chang
Rishtai nag`mangg`a bog`labtur sarosar ko`nglini.
Ey Navoiy, g`unchani dam birla ochqandek qilur,
Xalq pandi sen kebi mahzuni abtar ko`nglini.
611
O`pmak istar chog`da la`li jonfizosin tishladi,
Qo`l zanaxdonig`a chun so`ndum — yaqosin tishladi.
Tish bila munglug` ko`nguldin muddai chekti o`qin,
Rost it yanglig`ki, soyilning asosin tishladi.
Darddin bag`rig`a zori dam-badam berkitti tish,
Qut uchun bemor yanglig`kim, g`izosin tishladi.
Ko`rdi chun Layli yuzinda nil qildi nilgun,
Baski, Majnun jismi zori mubtalosin tishladi.
Dunki, majruh etti o`z yorin xushunat birla bor,
Itki, nomardumlug`idin oshnosin tishladi.
Og`zi qillik shisha bazm ichra ushatqach muhtasib,
Qozi ani ko`rdiyu qaytib mahosin tishladi.
Ey Navoiy, o`lsa o`ldummu degay ulkim ichib,
Yor elidin jomu la`li jonfizosin tishladi.
612
Dayr ko`yida bugun asru alolo erdi,
Chun yetishtim yugurub, turfa tamosho erdi.
Piri dayr o`lturubon sarxushu ollida aning,
May tag`ori to`la ul nav`iki, daryo erdi.
Er tutub bir yonida mug`bachai bodafurush
Kim, ishi dinu xirad mulkiga yag`mo erdi.
Yana bir yonida ul mug`bachaning zulfi kebi,
Ukulub rishtai zunnoru chalipo erdi.
Dayr ayvoni bila gunbadi rif`at yuzidin,
Toqi axzar bila bu gunbadi miyno erdi.
Arg`anun savtiyu noqus uni birla har yon,
Yuz mug`ona amalu qavl ila g`avg`o erdi.
Kofiri ishq xarobot eli ollinda turub,
So`ngi saflar bori gabru, mug`u tarso erdi.
Bir-birin chorlabu aylab yangi zunnor ehson,
Jomi may berganidin kufrga ihyo erdi.
Kim mug`ona may ichnb bog`ladi zunnorp rust,
But xud ul aylagali sajda muhayyo erdi.
Men dog`i soldim o`zumni orog`akim, manga ham
Rishtai qurbu mayi vasl tamanno erdi.
Rishtasi habli matin, bodasi mir`oti safo,
Ikisidin manga maqsud huvaydo erdi.
Belima bog`ladi zunnoru qadah tutti manga,
Dami jon berdi xamonki, Masiho erdi.
Yodima keldi, Navoiy kebi chun mast o`ldum
Ki, azalda manga mug` kulbasi ma`vo erdi.
613
Har o`q ul qoshi yo ko`ksumga otsa, bexato yetgay,
Va gar xud o`zgalarg`a otsa ham so`ylab, mango yetgay.
Tegar so`ylab, demay har yergakim, zaxm aylabon ul o`q,
Necha manzilda orom istagay ko`nglumga to yetgay.
Vafoyu mehr istarga ne had, billahki, rozimen
Ki, bori gah-gahe ul sho`xdin javru jafo yetgay.
Chu kuydum hajr o`tidin, kulumni yo`lidin olmang
Ki, shoyad eltkay ko`yiga, ul yonkim, sabo yetgay.
Ko`zi hajrida, tong yo`q, butsa qabrimdin qora nargis,
Ki, qo`yg`ay ko`z ayog`ig`a, chu ul ko`zi qoro yetgay.
Desa mingdin birin, vah, ne balo sust o`lg`ay, ul oshiq
Boshig`a ishq aro har lahza gar yuz ming balo yetgay.
Junun ko`r g`urbat icharkim, tanishmoq mumkin ermastur,
Diyorimdin agar sarvaqtima bir oshno yetgay.
Falak boshingni kirpich muttakosi qilg`usi gar xud,
Bu dam xurshid xishtidin boshingg`a muttako yetgay.
Navoiy, sensiz etmas bog` sari maylkim, shoyad
Anga bulbul bila guldin dame bargu navo yetgay.
614
Ne deb aylay jonni zulfi mushkbo`yung sadqasi,
Bo`lsa yuz jon ozdurur, har tori mo`yung sadqasi.
Naqsh etib ko`nglumga jannat evrulurmen ko`yunga,
Aylaram bu nav` ila jannatni ko`yung sadqasi.
Elga hamroh otashin gul mayl etar bazmingg`akim,
Bo`lg`ay ushbu vajh birla rangu bo`yung sadqasi.
Pardai jonim libosing bo`lmoq istar, bo`lg`ali
G`unchadek gulgun hariri to`ba to`yung sadqasi.
Ovlading ko`nglum so`rub, istab, bu ne lutf erdi, vah
Kim, bu sargardon bila yuz justu jo`yung sadqasi.
Qahr ila jonimni olsa mug`bacha, ey piri dayr,
Bok emas, yuz jon bu tifli tundxo`yung sadqasi.
Qaddu raftoring Navoiy ko`rgali bo`lmoq tilar
Ko`ngli raftoring fidosi, joni bo`yung sadqasi.
615
Ishq aro tish bag`rima ursam, icharmen qon dog`i,
Bal chekarmen hajr o`qidin berkigan paykon dog`i.
Belu og`zidin nishon so`rmangki, zahram derga yo`q,
Bir sarimo` oshkoro zarrai pinhon dog`i.
Ishqidin qonim to`lub erdi, ani to`kmakka sa`y,
Dashnai furqat ham etti xanjari hijron dog`i.
Bo`ynuma zanjir taqib, jismima yog`durdung o`q,
Anglading, go`yoki majnun o`lmisham, uryon dog`i.
Yig`lamay holimg`a naylaykim, aning vasli manga
Uylakim, ummid yo`qtur, yo`qturur imkon dog`i.
Necha kun olamda chun mehmonsen, ichkil bodakim,
Mizbon qolmas bu foniy dayr aro, mehmon dog`i.
Ey Navoiy, chun alif yanglig` o`qi joningdadur,
Qatlinga, tong yo`qki, bir kun bois o`lg`ay jon dog`i.
616
Nogah o`ldum bir ko`zi sohir giriftori, netay,
Kim agar sehr aylasam, boqmas mening sori, netay.
Men chu o`ldum kirpikining zahrlig` paykonidin,
Gar o`lukni tirguzur la`li shakarbori, netay.
Tiyra zulfi subhi ayshimni chu qildi shomi g`am,
O`zgalarga sham`i majlis bo`lsa ruxsori, netay.
Mumkin ermas chun nazar ollida ko`rmak suratin,
Safhai xotirg`a naqsh etmay namudore, netay.
Eyki, dersen zulfi chun to`lg`andi urma tobu pech,
Har sarimo`yumg`a bog`liq bo`lsa bir tori, netay.
May bila g`am zangiga bersam jilo, ayb etmangiz,
Buyla, bo`lsa iqtizoi charxi zangori, netay.
Dayrdin der qoch, Navoiy, jilva qilsa mug`bacha,
Bo`ynuma gar mahkam o`lg`an bo`lsa zunnori, netay:
677
Ko`rma sarig` bargu qil nazzora ruxsorim sari,
Qo`y xazon bog`in, guzar qil za`faronzorim sari.
Boqma asfar barg uza, har yon qizarg`an obkash,
Za`faroni yuz uza boq, ashki xunborim sari.
Kim xazoni yel qurutqan shox holin ko`rmamish,
Ayladik nazzora uryon jismi bemorim sari.
Sarvig`a bo`lmas xazonu lola ul mavsumda yo`q,
Qilma mayl, ey oh, sarvi lola ruxsorim sari.
Angla boshimg`a tutashqan shu`lai hajr, ey rafiq,
Ko`rma sanchilg`an xazone barge dastorim sari.
Umr bargin to xazon to`kmaydur, etsam kosh azm
Navbahori husn aro sarmast xummorim sari.
Ey Navoiy, chun bu fasl ichra qadah marg`ub erur,
Tortay o`zni majlisi shohi qadahxorim sari.
618
Kelgil, ey oromi jonimkim, tilaydur jon seni,
Chehra ochkim, ko`rmak istar diydai giryon seni.
Ey g`izoli mushkbo`, kelkim, quyundek qolmadi
Vodie axtarmag`an, istab bu sargardon seni.
Sen pariy pinhon uchun men ham kamoli za`fdin,
G`oyib o`ldum el ko`zidin, ko`rgali pinhon seni.
Qon aro gar g`arqasen, ey ko`z, ne tongkim, bir boqib
Zor ko`nglumni chu qatl etting, tutubtur qon seni.
Garchi mumkin yo`q, vale, bir qatla kirsang ilgima,
Borsa bosh, eldin chiqarmoq o`zga ne imkon seni.
Ko`z yo`lungdin olmasam, ayb etmagil, ey mug`bacha,
Aylay olmon diydadin g`oyib meni hayron seni.
Ey pariy, gar telbarab bo`lmish Navoiy darbadar,
Bu anga maqsud erurkim, istagay har yon seni.
619
To parishon qoshlaring oshufta hol etmish meni,
Notavonlig` ichra andoqkim, hilol etmish meni.
Ko`zda su, ko`ngulda qayg`u, tan zaifu jon nahif,
Ey musulmonlar, ko`rung hijron ne hol etmish meni.
Pand ila zajring jununum daf`i etmas, ey hakim
Kim, pariy ruxsorai Majnun misol etmish meni.
Jon berib, bir nofai zulfidin dedim savdo qilay,
Bu sifat savdoyi ul fikri muhol etmish meni.
Ichkali la`li mayidin hushu aqlim qolmamish,
Boda mast erdi ajab bee`tidol etmish meni.
To qadah chektim, qilurlar mendin el kasbi nashot,
Buyla sa`d ul axtari farxundafol etmish meni.
Yoshurun may tarki etmon, garchi shayxi xonaqah,
Ey Navoiy, so`fiyu zohid xayol etmish meni.
620
Zaxmima marham yoqib. g`amgin ko`ngul shod o`lmadi,
Raxnag`a balchig` suvab, vayronim obod o`lmadi.
Ul muvallih charxekim, sovurdi aqlim xirmanin,
Bu quyundin qaysi bir xirmanki, barbod o`lmadi.
Lhli ishq ar men kebi majnun emaslar, ey rafiq,
Andin erkinkim, alar yori pariyzod o`lmadi.
Ey ajal, qatl etmak ol ul g`amzadin ta`limkim,
Qilmag`an shogirdlig` hech ishta ustod o`lmadi.
Ko`nglidin bo`lmas muhabbat javharin qilmoq tama`,
Har nechakim, yumshasa, bir yo`li po`lod o`lmadi.
Zohidi nodon g`amim oshubidin har dam kular,
Xurram ulkim, ishq atvorida mu`tod o`lmadi.
Ey Navoiy, o`lsam ul tarso uchun, ayb etmakim,
Dayr piridin manga juz bu fan irshod o`lmadi.
621
Bo`lmasam oshiq, fig`onim zor bo`lg`aymu edi,
Kuymasam pinhon, ichim afgor bo`lg`aymu edi.
Zulfunga vobastayu ko`zungga vola bo`lmasam,
Jon parishonu ko`ngul bemor bo`lg`aymu edi.
Bo`lmasa kofir ko`zung oshuftasi shaydo ko`ngul,
Rishtai zulfung anga zunnor bo`lg`aymu edi.
Istabon vasling gulistonin havoyi bo`lmasam,
Abri naysondek ko`zum durbor bo`lg`aymu edi.
Bo`lsa erdi, ey pariy, ishqing aro ko`nglumda hush,
Guftu go`yum muncha majnunvor bo`lg`aymu edi.
Bilsa erdi ishq aro sirrimni, har bir lafzida
Yordin juz e`tiroz izhor bo`lg`aymu edi.
G`uncha kulgusiga, ey bulbul, ko`ngul gar bermasang,
Bag`ringa har gul soyu yuz xor bo`lg`aymu edi.
Ey Navoiy, qilsang erdi ofiyat kunjin vatan,
Muncha munglug` joninga ozor bo`lg`aymu edi.
622
Ishq aro kim ko`rdi, oyo, notavone men kebi,
Bekasi ovorae, bexonumone men kebi.
Yot ila o`zdin shikasta xotiri andoqki men,
Yor ila ag`yordin ozurdajone men kebi.
Ham vujud iqlimidin yuz g`am ko`rub bo`lg`an jilo,
Ham adam dashtida benomu nishone men kebi.
Tesha birla qozdi tog` Farhodu men tirnog` ila,
Ey ko`ngul, mehnat chekarda dema ani men kebi.
Zulm qilmoq ichra yo`q gar sen kebi ofoq aro,
Zulm chekmaklikda ham olamda qani men kebi.
Olam ahlidin vafo ko`z tutmakim, kim tutsa ko`z,
Dardu mehnatdin xalos o`lmas zamone men kebi.
Eyki, bir mulk ichra chekting javru vodiy topmading,
Tengri mulkidur, borur bo`lsang qayone men kebi.
Ey Navoiy, yetsa bir eldin baliyat boshinga,
Boshing olib chiqqil ul eldin ravone men kebi.
Men kebi yuz bo`lmasa, g`am yo`qki, qilg`ach iltifot,
Shoh G`oziy lutfi aylar har gadoni men kebi.
623
Xurdabinlar fahmi idrok aylamas yor og`zini,
Xurdayi ma`ni adosi qildi izhor og`zini.
Neshi no`sh olud sanchib bargi gul uzra ari,
Fosh etib shirin labin, qildi namudor og`zini.
Nuqtai mavhum aro qilsun tasavvur suqbai.
Kimki mafhum aylamak istar aning tor og`zini.
Chun o`libmen za`fdin, dam yo`qki, topman tiyralik,
Qo`yki, qo`ysun chehra ko`zgusiga bu zor og`zini.
Zarra xurshid ichra kirsa, uylakim, bo`lgay nihon,
Xalqdin yoshurdi ul xurshidi ruxsor og`zini.
Qo`yki, o`z og`zimni og`zingg`a qo`yay, ey mug`bacha,
Yo`qsa kup og`zig`a qo`y men zori bemor og`zini.
Ey Navoiy, hajr o`ti sharhida chun surdung hadis,
O`rtading takror etarda ahli guftor og`zini.
624
Haftaedur ko`rmamishmen ul buti cholokni,
Ne ajab, gar o`rtasa ohim yeti aflokni,
Soldi tig`i furqating bag`rimg`a andoq chokkim,
Bag`ri bo`lg`ay chok-chok, ulkim ko`rar ul chokni.
Hajr o`ti jonimg`a ortuqdur, anga bas bir sharar,
O`rtamak do`zax bila ya`ni ne bir xoshokni.
Otlanibtur mast ko`nglokchan, chekib tig`i jafo,
To ne o`t solg`ay jahong`a, ko`rgil ul bebokni.
Ishq o`ti birla ko`ngul su birla ko`zni qildi pok,
Pok manzillarda mehmon qilg`ali ul pokni.
Dayr aro davron g`amidin qochmisham, ey mug`bacha,
Bir mug`ona jom ila shod ayla bu g`amnokni.
Boda birla yung Navoiyni, xumor etsa halok,
Bog`langiz tobuti uzra naxli bargi tokni.
625
Ne o`qkim, jismi uryonimg`a otti,
Tanimg`a tortibon, jonimg`a otti.
Hadangekim, nihoni otti ul ko`z,
Hadafdek dog`i pinhonimg`a otti.
Tikan jonimg`a urdi gulshan ichra
Raqib, ul gulki, jononimg`a otti.
Ne ko`nglum qoldi, ne bag`rim yarasiz,
Falak toshiki, har yonimg`a otti.
Sarosar yog`di boshim uzra tufrog`,
Qazo toshlarki, vayronimg`a otti.
Sipehr anjumni ul yanglig`ki, jola,
Xarob aylarga bo`stonimg`a otti.
Navoiy ko`ngli holin ko`rdi Majnun,
Junun ta`ni bu nodonimg`a otti.
626
Menkim itimen, bo`lsa meni yitkali ori,
Solsa rasanin bo`ynuma o`lturgali bori.
Har tong boshi mehrin yuzunga o`tru tutar charx,
Mashshota kebi bo`ldi yuzung oyinadori.
Yuz mil yiroq sursa otin, surma masallik
Oshiq ko`zini ravshan etar tiyra g`ubori.
Har kimki, yuzung mehrida jon bersa har aqshom,
Aflok nujumin yorutur sham`i mazori.
Davron elidin kinna yetishkanga ne g`amkim,
Ham gardishi davron bas aning kiyna guzori.
Zuhd ahli riyosidin o`lubmen, agar, ey shayx,
Ihyo tilasang, boshla meni maykada sori.
Gar zorlig` o`ltursa Navoiyni, dam urmas,
Chun qilmadi ko`nglungga asar nolai zori.
627
O`lturub el, bazmidin ul sho`x chiqmoq ne edi?
Sarxush o`lmay ahli majlisdin toriqmoq ne edi?
Va`da gar qilmaydur erdi o`zga majlis ahlig`a,
O`z uyining yo`lidin umdo oziqmoq ne edi?
Bo`lsa erdi shammai parvoyi nangu nomdin,
Otlanib badmastlig` birla otiqmoq ne edi?
Bo`lmasa erdi xayoli bir pariyvash vaslig`a,
Telbadek vayronalar sari siriqmoq ne edi?
Istamas bo`lsa edi obodi el vayronini,
Sabru hushum qasru ayvonini yiqmoq ne edi?
May isin gar soqiyi davron ravo ko`rsa manga,
Sa`yilar birla sabu og`zini tiqmoq ne edi?
Istamas bo`lsa Navoiy joni chiqmoq, ey rafiq,
O`lturub el, bazmdin ul sho`x chiqmoq ne edi?
628
Demang andin xo`b ko`ptur, sevma ul xudroyni,
Zuhrag`a vola netar xurshid birla oyni.
Chun erur parvona sham`i majlis aro volihi,
Naylasun ul mash`ali mehri jahonoroyni.
Chun Skandar o`ldi hayvon suyi shavqidin, ne sud,
Etti bahr olmoq, surub raxshi jahon paymoyni.
Husn aro one bo`lurkim, go`yiyo andin solur,
Ishq aro kuygan ko`ngullarga fng`onu voyni.
Qomati ra`no aro gar e`tidoli bo`lsa, bas,
Hojat ermas istamak sarvi falak farsoyni.
Lu`bati chin gar tilar xoqon, ne tong, gar royi xind,
Sevdi ersa bir malohat shevalik garroyni.
Ey Navoiy, qilmag`il parvo, ulus ko`p so`z desa,
Mug`tanam tut holiyo ul sho`xi beparvoyni.
629
Ne gulshanidin atr dimogimg`a yetishti,
Ne g`unchasidin nuqta qulog`img`a yetishti.
Bor erdi malomat toshi, zanjiri junun ham,
Hajrinda nekim boshtin ayog`img`a yetishti.
Qon lolasiton ayladi jismimni sarosar,
Har nishtari g`amkim yangi dog`img`a yetishti.
Ohimdin agar tiyradurur ko`nglum, emas ayb,
Ne ta`nalar andin bu charog`img`a yetishti.
Desam — ne uchun sog`ari maydin topar el jon?
Der: bazmda bir qatla dudog`img`a yetishti.
Mumkin emas andin guli ishrat yana butmak,
Toroji xazon bo`ylaki, bog`img`a yetishti.
Jam`iyat agar topmasa yo`q ayb, Navoiy,
Bu tafriqakim, ganji farog`img`a yetishti.
630
Ko`zumdur tiyra, ko`nglum noshikib, ey xotirim komi,
Dame bo`lg`il ko`zum ravshanlig`i, ko`nglumning oromi.
Jamoling subhidin kulbamni ravshan qilki, boshimg`a
Falak g`amxonasi yemrulgudektur furqating shomi.
Shabistoni visol ichra ne jonon qadrini bilgay,
Meningdek ulki, jonin o`rtamaydur furqat ayyomi.
Nazarni bog`u sarvu guldin ar yopsa, ajab ermas,
Nazar bog`ida ulkim, bo`lmag`ay sarvi gulandomi.
Abad umricha gar ko`rmas, ani o`lturmak avlodur,
Agar xud qatl uchun oshiqqa yetsa yor payg`omi.
Xusho mayxonakim, Jamshid ila jomidin afzundur,
Malomat dayrining har qaysi rindi durd oshomi.
Mening dinimni soldi dayr tufrog`ig`a bir tarso
Ki, yo`q tufrog`cha ollida taqvo ahli islomi.
Skandar ko`zgusiyu jomi Jam ichra ko`r, ey shahkim,
Seni go`r og`zig`a tortar kamandi sayd Bahromi.
Navoiy bir quyosh hajrida o`zni barqrav kilmish,
Ne tong, gar sayr vaqti olami sayr etsa har gomi.
631
Har o`qi kelsa meni zor sari,
Yuz duom o`qi borur yor sari.
Chun ko`ngul yoradur, jonim ham,
Kosh azm aylasa dildor sari.
Sitamidin qocha olmonki, borur
Ko`nglum ul sho`xi sitamgor sari.
Ey Masihim, o`ladurmen, bir dam
Qadam et ranja bu bemor sari.
Bodai hajrdin ar yetsa xumor,
Azm qil kulbai xammor sarn.
Ko`zunga istamasang gardi alam,
Boqma bu gunbadi davvor sari.
Zaxmlarning asari qonidin
Boqa olmon tani afgor sari.
Qo`rgali dayrda ul mug`bachani,
Bo`lmisham shifta zunnor sari.
Jonni jonong`a, Navoiy, topshur,
Yorni yetkurako`r yor sari.
632
Aningdek buzmamish gardun meni majnuni shaydoni
Ki ming davr o`ziga evrulsa, topqay to`zmak imkoni.
Falak a`zam, dog`i men ahqar o`ldum ofarinishdin,
Mening qaddimg`a zolim ishq paydo aylamish oni.
Erur bu turfakim, ishqi baloangiz har soat
Bu a`zamliq bila aylar muallaq charxi miynoni.
Iki bu nav` g`olib xasm o`lumtuk mo`r qatlig`a,
Chu jozim bo`lsalar, hayhot, miskin mo`rning qoni.
Men andoq mo`rdurmenkim, ayoq ostida qolmishmen,
Ko`ngul mulkini buzg`anda sipohi ishq tug`yoni.
Chu tufrog` ichra bo`ldi muzmahil mo`ri zaif, o`lmas
Ani topmoqu gar topilsakim, topqay Masihoni.
Kel, ey soqiyu bu andishalardin bizni qutqarg`il,
Vafo jomini tutkim, bevafodur charx davroni.
Ilikdin bermagil may zavraqin bu davr aro, eykim,
G`ariq aylarga yetkurmish seni g`am bahri to`foni.
Navoiy ishqdin ne kelsa, dam urmaki, oshiqqa
Keraktur ishqi pinhoniyu dog`i ishq pinhoni.
633
Bir yo`li bizni unutqung bori,
Iltifot etmayin o`ttung bori.
Va`dalar vaslg`akim, aylab eding,
Bejihat borin unuttung bori.
Shu`lai vaslni bizdin o`churub,
O`zgalar birla yoruttung bori.
Jurmsiz tortib ilikni bizdin,
Muddai jonibi tuttung bori.
Do`stlar haqqig`a tuhmat qilibon,
Har ne dushman dedi, buttung bori.
Ey ko`ngul, hajr aro dedingki o`lay,
O`zni may birla ovuttung bori.
Zahri g`amxasta Navoiyg`a berib,
Xalq komini chuchuttung bori.
634
Ne pok Majnunki, bir pariy chehra pok husnig`a zor bo`lg`ay,
Bu pok ishq ichra pok jon tarki etsa, ne ixtiyor bo`lg`ay.
Sirishku ohim natijasidin uzori ko`nglumni chekti go`yo
Ki, ishq obi havosi birla bu nav` dilkash bahor bo`lg`ay.
Yuzida ter fitnasidin bo`lsam ajab emasturki, marqadimda
Ushoq tosh o`rnida xayli anjum, oy anda sham`i mazor bo`lg`ay.
Ko`ngul chu kirpiklaring xayolig`a tushti, resh o`ldi barcha juzvi
Tikan aro tushsa bir yalang telba, yo`q ajab, gar figor o`lg`ay.
Men ul quyoshsizki za`faron rishtasidek o`ldum, ajab ermastur
Dalili ishq ulki, rangi asfar dog`i badan ham nazor bo`lg`ay.
Chu jonni bekaslik ichra g`am oldi mendin, ey ishq ahli, g`am yo`q
Xush ulki, muhlik g`ami yetishsa yonida bir g`amgusor bo`lg`ay.
Xumor hijron sudo`idin mayl qildi mayxona sari ko`nglum
Magarki, ul sari moyil o`lg`ay angaki, ranji xumor bo`lg`ay.
Zamonu ahli zamonni zinhor ko`rma xoshok birla xascha
Ki, olamda olam ahli dono qoshinda bee`tibor bo`lg`ay.
Vafo yo`linda Navoiy o`ldiyu ko`rmadi g`ayri bevafolig`,
Vafo shiori bilurki, yorig`a bevafolig` shior bo`lg`ay.
635
Ko`rmadim jononni o`tgan kun hayotim yo`q edi,
Yuz hayotafzo yo`luqsa, iltifotim yo`q edi.
Ko`ngluma kirganda poyandoz edi jon pardasi,
Jismu jondin o`zga sadqa yo zakotim yo`q edi.
Xoki poyi xosiyatda surmadur deb yozg`ali,
Ko`z savodidek, qora ko`zdek davotim yo`q edi.
Ashk to`kmakdin qurug`ach ikki ko`z, kuydi ko`ngul,
Daf`ig`a o`tning bu Jayhunu Firotim yo`q edi.
Rindliqdin osru shokirmenki, taqvo daftarin
Qildilar chun sharh, ul xayl ichra otim yo`q edi.
Yorni ko`rgach, ne tong, gar elni ko`zga ilmadim,
Ul zamon parvoyi kulli koinotim yo`q edi.
Ey Navoiy, ne ajab, hajr etsa xasdek poymol,
Ishq aro chun tog`dek vaznu sabotim yo`q edi.
636
Ey hayotim naqdi la`li xurdadoning sadqasi,
Javhari jonim aqiqi durfishoning sadqasi.
Ko`zlaring gar notavondur, sadqa vojibdur anga,
Yuz meningdek notavon har notavonning sadqasi.
Qomatu qoshing alif, nunikim, ul husn anidur,
Har malohat ahlikim, bor bo`lsun aning sadqasi.
Qo`zlarimning mardumi xoling savodig`a fido,
Bog`i umrum gulbuni sarvi ravoning sadqasi.
Qulni boshtin evurub ozod etarlar, vah, meni,
Boshtin evur, lek ozod etma, joning sadqasi.
Ting`asen sargashtalikdin, ey ko`ngul, gar bo`lg`asen,
Mehribonlig` bobida nomehriboning sadqasi.
Bo`lub ul gul sadqasi, holingni arz etmish sabo,
Ey Navoiy, bo`lsa yuz joning, saboning sadqasi.
637
Tunu kun istama ohimki, mukofot chog`i
Dam ila tiyra bo`lur sham` dog`i, ko`zgu dog`i.
Rost bir sham`i kebidurki, to`bi ol o`lgay,
Ul sahi qad, yuzi tobiyu xinolig` ayog`i.
Qosh uza xol biyik yerda bo`lubtur qorovul,
Aqlu his xaylini urmoqqa qoroqchi qarog`i.
Dudog` ustida aningdekki, ko`rungay nuqta,
Xoli ostida hamul nav` ko`runmish dudog`i.
Xatti jon naqdig`a arzir, anga, vah, ne nisbat,
Sabzakim, bir diram ermastur aning bir quchog`i.
Rishta tobi sanga qayd o`lsa, ne sud, ey zohid,
Gar Masih ignasi birla esa xirqang yamog`i.
Telbarab dedi Navoiyki, qilib erdi halok,
Ishq asrorini ko`nglida nihon asramog`i.
638
Borg`il, ey hamdam, har yoni,
Ko`ngluma itmish, topqil oni.
Holin so`rg`il, ul ham so`rsa,
Dekim, yo`qtur sensiz joni.
Istid`o aylab yondurg`il,
Kelmas bo`lsa, de pinhoni.
Kim, ul dilbar qilmish va`da,
Bu tun bo`lmoqqa mehmoni.
Chin deb kelsa, ani emdi
Aylay ko`ksumda zindoni.
Soqiy bizni g`amdin qutqar,
Kelturgil rohi rayhoni.
Ul oysiz un cheksa Navoiy,
O`tgay gardundin afg`oni.
639
Falak yetkurmasa yonimg`a ani,
Ne g`am, chun chekmisham jonimg`a ani.
Sabo ham loladin qonlig` kafan qil,
Chu yopting jismi uryonimg`a ani.
Chu g`unchang shavqi pinhondur ko`ngulda,
Davo qil dardi pinhonimg`a ani.
Pisand etmas chu jannat qasril ul hur,
Falak solg`aymu vayronimg`a ani.
Tushar bag`rim bila ko`ngluma yuz rashk,
Qazo yetkursa har yonimg`a ani.
Chu qilding naqdi dinim g`orat, ey ishq,
Eturgil nomusulmonimg`a ani.
Ne sud, o`lmoq labing yoquti serob,
Chu aylabsen susiz qonimg`a ani.
Tarab vasl ahlig`a mayl etti, ey ishq,
Evutma baytul-ahzonimg`a ani.
O`lar holin Navoiy ayladi nazm,
Yozing albatta devonimg`a ani.
640
Labing chashmai hayvon, qading ruhi insoni,
Bu obu havo birla birining yo`q imkoni.
Qading jilvasi boshlarg`a yuz ming havo soldi,
Havodin agar jilva qilur sarvi bo`stoni.
Latofatda bir ondur sangakim, ulus andin
Xarob o`ldilar, lekin kishi bilmadi oni.
Labing nor yong`oq uzra topar parvarish, tong yo`q,
Agar javhari aytur ani la`li rummoni.
Tanim o`tig`a taskin magarkim, samum o`lg`ay,
Tana`um bila kiygan necha lavn kattoni.
Netar shohning qasrinkim, ul zarnigor o`lg`ay,
Gadoyiki, ohidin topar shu`lai vayroni.
Dedi jomi hajr ichgil, mening bo`ynuma jurmung,
Birovni kim o`ltursa, erur bo`ynig`a qoni.
Vafo ishq ahlig`a qilur chog`da ta`jil et,
Ki, ta`jil bila asru o`tar husn davroni.
Navoiy, agar ko`nglung baqoyi abad istar,
Bu dayri fano ichra kerak bo`lg`asen foniy.
641
Ajab emastur, agar bo`lsa dardim ogohi,
Mening shahimkim, erur dardmandlar shohi.
Ko`ngulda o`qlaridin oq uy aylasam, ne ajab
Ki, ko`nglum ichra vatan qildi mohi xirgohi.
Xayoli ko`ngluma kirgach, tirildim, anglamadim
Muniki, jonim ekandur xayoli hamrohi.
Masihu Xizr hayoti abad gadolig`ida,
Labingg`a har birining erdi shayalillohi.
Ko`ngulki, istar edi vaslini bihamdillah
Ki, uylakim, tilar erdi, yetishti dilxohi.
Bukim, bahori hayotim xazong`a yuzlanmish,
Erur dalili sovug` ohu chehrai kohi.
Meni ushatting, ayo sarv, bo`lmag`il g`ofil
Ki, ko`p shajarni ushatur shikastalar ohi.
G`urur husn ila johingg`a qilmakim, qolmas
Jamoli olamiyu olam ahlining johi.
Zamona zulmn Navoiy boshidin o`lmasa raf`,
Aning boshi druru shohi zamona dargohi.
642
Nazar ahlig`a garav xayli keldi, surma bil bore,
Ne ravshan surma, ey ko`z, topmishang, nazzora qil bore.
Junundin anglamassen, har nekim der ul pariy paykar,
Ne deydurmen sanga, ey telba ko`nglum, anglag`il bore.
Agarchi qon ila tufrog` aro og`ushtadur ko`nglum,
Ko`rub ko`rmasga solib o`tma, ani ko`zga il bore.
Qo`ngul, bilmon, kamoli husnini naylab xayol etkay,
Muqassirdur jamoli vasfini aylarda til bore.
Sening sarvu gulung yoxud, mening sarvu gulandomim
Muloyimroq ekin, ey bog`bon, bir so`z degil bore.
Ne hol erkin qizil, sarig` libosidin guli ra`no
Ko`runur el ko`ziga, chehrasi sarig`, qizil bore.
Necha dersenki, soqiy bizni bir may birla mast etsun,
G`ururu jahl ichinda mastlig`din bir ayil bore.
Demakim, aqlu ilmu zuhd ila maqsadqa yetkumdur,
Fano yo`linda qil o`zni bu yuklardin yengil bore.
Navoiy faqir oyinida insof ilgari tutsang,
O`zungni bil yomon, lekin bu so`zni yaxshi bil bore.
643
Zori ko`nglumda nihon, uylaki, jon deymu seni?!
Yo`q esa shiftai jon ichra nihon deymu seni?!
Sarvdin jilvada ortuqsenu guldin toza,
Toza gul deymu seni, sarviravon deymu seni?!
Barchadin ko`zda nihon bo`ldingu jon ichra ayon
Vah, nihon deymu seni, yo`qsa ayon deymu seni?!
Yaxshiliq yoki yomonliq bila jonim olding,
Aylading yaxshi bular birla yomon deymu seni?!
Husn mir`oti senu nozu latofat sham`i.
Soddadil deymu seni, charbzabon deymu seni?!
Fitna olamg`a, zamon ahlig`a solding oshub,
Fitnai olamu oshubi zamon deymu seni?!
Ey ko`ngul, ishq aro bir yerga yetibsenki, degil,
Ibrati dahrimu rasvoyi jahon deymu seni?!
O`lturub erdi xumor, aylading, ey may, ani daf`,
Quti jon deymu seni, naqdi ravon deymu seni?!
Qo`y fano lofi, Navoiyki, so`zung tutti jahon,
Bu taayun bila benomu nishon deymu seni?!
644
Jon ola kelganda, sa`yu iztirobingg`a o`lay.
Olmasang ham, qaytqan chog`da shitobingg`a o`lay.
Gul uza shabnam sochibsen, ko`rguzub sunbulda pech,
Husn aro bu lutf birla obu tobingga o`lay.
Kelganingga qahr ila qatlimga, jon aylay fido,
Rahm etib, qatlim qilurdin ijtinobingg`a o`lay.
La`li may yetkach dudog`ingg`a bo`lur obi hayot,
Olloh-olloh, ul iki la`li muzobingg`a o`lay.
Deb emishsen bog`lag`um boshin kesib fitrokima,
To tirikmen jon fido aylab, rikobingg`a o`lay.
Chun tirik sendin qutulmoq bo`lmas, ey umrum xushi.
Goh lutfungg`a beray jon, gah itobingg`a o`lay.
Chun deding o`lsa Navoiy, jon berur la`lim anga,
Ey Masihim, ruhparvar la`li nobingga o`lay.
645
Shabistonlarni, tong yuq, gulsiton etsa ko`zum qoni,
Erur chun mahvashim har tun birov sham`i shabistoni.
Ne tong, gar anjuman ahli nishon ko`rguzsa anjumdin,
Chu bo`lsa mohi bazm ul chehraning xurshidi raxshoni.
Netay, el qasrini qilsa munavvar, chunki ul yuzdin
Buzulg`an tiyra kulbam bo`lmadi bir shom nuroni.
O`tub oylarki, bir kulbamg`a mayl etkay, kirib chiqqay.
Quyoshdek yo`q anga bir lahza taskin tutmoq imkoni.
Bu oqshom yordin ayru menga voqif bo`l, ey hamdam
Ki, ko`ksumni teshib, jon qasdi qilmish dog`i hijroni.
Quyosh yuz yoshurub, ermas shafaqkim, yana bu oqshom
Sipehr ayvonig`a bosh chekti shavqum o`ti tug`yoni.
Mening men tashnalabg`a, soqiyo, ne kayfiyat bergay,
Bu yanglig`kim, yog`ar ustiga ashkim sayli to`foni.
Guli ahdu vafo davr ahlidin ko`z tutmakim, hargiz
Muzayyan bo`lmamish mundoq chechakdin dahr bo`stoni.
Navoiy ul pariy bazmida gar devonaliq qilsa,
Erur ham mast, tong yo`q, bazmdin sudratsalar oni.
646
Baski nohamvor bedod ul jafokor ayladi.
Men jafokash paykarin yer birla hamvor anladi.
Tig`i bedodi agar ko`nglumnn nokor etti, lek
Elga urg`an tig`i behad ko`ngluma kor ayladi.
Bodadin ruxsorida gullar magar qilgay iloj,
Ulki, ko`nglumni tikanlar birla afgor ayladi.
Obi hayvon yonida yuz Xizr aylar parvarish,
Lab uza to xatti zangori padidor ayladi.
Qatl dog`i hayf angakim, ishq da`vo aylabon,
Biymi qatl o`lg`ach, bu da`vosidin inkor ayladi.
Dayrdin chiqmon meni majnunki, ahli hush ham,
Charx zulm etkanga, azmi ko`yi xammor ayladi.
Gar Navoiyg`a yetar ming sa`b hol andin durur
Kim, xabarsizlarni holidin xabardor ayladi.
647
Ko`nglum harimi ichra qilur jilva ul pariy,
Andoqki, Ka`ba ichra haramning kabutari.
Gulgun yuzunda xollari go`yiyo erur,
Har yon shafaqda ishq elining tiyra axtari.
Ko`nglum takallufi erur ul zulfu ko`z bila,
Zindonning o`ldi bandu balo zebu zevari.
Majnun ishqi shohduru tog` — taxt anga,
Qush oshyoni hay`ati boshida afsari.
Ohimdin uchti, sabrim agar chu qattiq edi,
G`am tog`ini qo`ngarur emish ishq sarsari.
Tonglog`i huru ravza netar kimsakim, bu kun
Mayxona ichra bor esa bir huri paykari.
Gar dil shikasta bo`lsa Navoiy ajab emas,
Nechunki, dilshikan eruru shayx dilbari.
648
Bazmdin chun chiqti yoru anjumang`a kirmadi,
Tandin andoq chiqdi jonimkim, badang`a kirmadi.
Barcha huzn ahlin musharraf aylabon shod etti yor,
Ne osig`, chunkim bizing baytul-hazang`a kirmadi.
Ul xino yoqtiyu qon yutti hasaddin nastaran,
Rang aning tirnog`laridek nastarang`a kirmadi.
Loladek qonliq libosim birla dafn aylang meni
Kim, shahidi ishq ma`hudi kafang`a kirmadi.
Bo`ldi gum, og`zi sari moyil bo`lub ko`nglum qushi,
Vah, qayon bordikim, ul chohi zaqang`a kirmadi.
Dahr bog`ida vafosizlig` ne qushkim, qildi fahm,
Chekti mahzun nola, ammo bu chamang`a kirmadi.
Ey Navoiy, zulfidin ko`nglung chiqarkim, ul ko`ngul,
Ozmadi yo`lnikim, ul chinu shikang`a kirmadi.
649
Shohning munglug` mushavvashlar bila ne nisbati,
Komronlarg`a balokashlarga qaydin ulfati.
Ulki qahr etsa, qilichidin damo-dam qon tomar,
Bag`ridin qon tomguchilar birla ne jinsiyati.
Vasl no`shi birla jon topqong`a, vah, andin ne g`am
Kim, to`ladur zahri qotil birla jomi furqati.
Dahr qilg`andin yalang boshini teng tufrog` ila,
Ne xabar ulkim, yetar gardung`a toji rif`ati.
Mo`r ayog` ostida o`lgandin qachon topqay vuquf,
Arslonkim, ko`kka chirmashg`ay g`irevi shavkati.
Bir kecha tong otqucha hijron o`tig`a kuymagan
Qayda bilsunkim, nedur majruh ko`nglum holati.
Qo`y bu so`zlarniyu bo`l holimdin ogoh, ey rafiq
Kim, bu aqshom asru sa`b o`lmish firoqim shiddati.
Ey ko`ngul, ishq ichra shohu gadog`a imtiyoz,
Ut aro tengdur quruq yo o`l yig`ochning hirqati.
Ishq jomin, ey Navoiy, tovba qilmoq sa`b erur,
Xossakim, yo`q zuhdu taqvo birla ko`nglum rag`bati.
650
Zihi yo`lungda bir aftoda odami xokiy,
Havoyi ishqingda sargashta mehri aflokiy.
Uruj shomi chu bot qaytting bu armondin
Magarki, har tong o`lur subh jaybining choki.
Falak navardinga ham shoxi sidra, ham tubo,
Bu bir ayog`ida xas, ul yo`linda xoshoki.
Madinang ahlig`a har yilki, azm etar hujjoj,
Katabtu qissata shavqiyu madma`i bokiy.
Ne bo`ldi Yasribu Batho aro o`qusamkim,
Ayo manozilu salmo faayna salmoki.
Sening madoyihi na`tingda, yo Rasululloh,
Tamom bo`ldi Navoiy takallumi poki.
Bu to`rt daftarida hamdu na`t aro xalali,
Gar etmish o`lsa ayon tab`u kilki beboki.
Vale shafoating imkoni qo`ngliga kirgach,
Umid ila sezunur yana tab`i g`amnoki.
Etur anga karaming bahridin payopay fayz
Ki, na`ting ichra durafshonlig` etsun idroki.