ZE HARFINING ZARIFLARINING ZUHURI «FAVOYID»DIN
284
284
Gar yorning ahvolig`adur yor mulohiz,
Oz ham xush erur, bo`lmasa bisyor mulohiz.
Bu davrda yor uyladurur yorg`a dushman,
Kim tutmas o`zin onchaki ag`yor mulohiz.
Davr ahlig`a soqiy ne mulohiz bo`la olg`ay,
Nevchunki emas gunbadi davvor mulohiz.
Ne yori vafodor mulohiz ekan oxir
Kim, bo`lmadi ul sho`xi jafokor mulohiz.
Faryodki, ishqim marazi bo`ldi fuzunroq,
Har nechaki, bo`ldum meni bemor mulohiz.
May berki, qazo topmog`usi aql ila tag``yir,
Har nechaki bo`lsa xirad osor mulohiz.
Ko`ngliga Navoiyning urar ishq nihon o`q,
Naylab bo`la olg`ay bu dilafkor mulohiz.

285
Ey, labing zohir etib shirin lafz,
Xoh yolg`on desun ar xud chin lafz.
Chinu yolg`onn aning shirindur,
Gar desa bir dam aro chandin lafz.
Otashin la`ling erur bas rangin,
Ne ajab, qilsa ayon rangin lafz!
La`li alfozi meni tirguzdi,
Qaysi bir deb, ne qilay ta`in lafz.
Qahru lutfung bori jonbaxshdurur,
Buyla kim ko`rdi hayotoyin lafz.
Anglamon g`oyati ma`ni so`zinga,
G`oyatash aylagamen tahsin lafz.
Qil, Navoiy, so`z aro ma`ni qasd,
Istama uylaki suratbin lafz.
Xoh yolg`on desun ar xud chin lafz.
Chinu yolg`onn aning shirindur,
Gar desa bir dam aro chandin lafz.
Otashin la`ling erur bas rangin,
Ne ajab, qilsa ayon rangin lafz!
La`li alfozi meni tirguzdi,
Qaysi bir deb, ne qilay ta`in lafz.
Qahru lutfung bori jonbaxshdurur,
Buyla kim ko`rdi hayotoyin lafz.
Anglamon g`oyati ma`ni so`zinga,
G`oyatash aylagamen tahsin lafz.
Qil, Navoiy, so`z aro ma`ni qasd,
Istama uylaki suratbin lafz.
286
Ul pariy tarkida aqlim dedi yolg`on alfoz,
Ne ajab, aytsa devona parishon alfoz.
Ahli ishq ollida ne lafz degay mustahsan,
Ne degay ahli xirad ollida nodon alfoz.
Hur husnini qiziqroq dedi ul yuzdin shayx,
Surmagay buyla sovug`luq bila inson alfoz.
Sirri ishqimdin el ollida biror lafz dedim,
Bu emish qilg`uchi qoyilni pushaymon alfoz.
Lafzi jonbaxsh ila ul umr magar bo`ldi Masih,
Yo`q esa buyla asar birla ne imkon alfoz.
Bir-iki lafz dedim ishqidin — o`lturdi meni,
Magar emdi degamen hashrda qolg`an alfoz.
Ul pariy kulmak uchun, ko`rki, Navoiy g`amidin,
Fosh etar ahli junundek chekib afg`on, alfoz.

287
So`z adosindadur ul koni malohat laffoz,
Uylakim vasfi aro ahli balog`at laffoz.
Nomasin qush keturub, sayrasa avsofida ko`p,
Yo`q ajab, chunki bo`lur ahli risolat laffoz.
Yaxshi alfoz ila til gar desa ul oy qavlin,
Tong emastur, kim erur ahli maqolat laffoz.
Vasfi har lafzida yig`latdi ko`ngul dard ahlin,
Qayda topti bu qadar dard ila holat laffoz.
Ko`ngul ollida g`amin qilma talaffuz, tilkim,
Etkurur ahli maoniyga malolat laffoz.
So`zda ma`ni bila ko`p lafzg`a mayl aylamakim,
Zohir oroyishini ayladi odat laffoz.
Lafz zebida Navoiyga berur ma`ni yuz,
Qayda ma`nida topar muncha mahorat laffoz.