www.uz
ZE HARFINING ZEBOLARINING ZIYNATI FAVOYIDDIN

199
Ey ko`ngul, ummid torin gulshani davrondin uz,
Ham gulu shamshoddin, ham la`lu rayhondin uz.

Sarv qadlar la`li birla og`zidin kom istama,
Ham tama` gul bargidin, ham g`unchai xandondin uz.

Bu chaman ra`nolarig`a yo`qturur bo`yi vafo,
Savsani ozoddin kech,  nargisi fattondin uz.

Chunki ne jonon qolur, ne jon agarchi sa`b erur,
Kechkil avval jondin, andin so`ng tama` jonondin uz.

Kir fano dashtida ul bemehr mahvash ko`yidin,
Ya`ni bo`l ovorayu ummid xonumondin uz.

Mayg`a, ey soqiy, ajal zahri ezib bir jom tut,
Tori ummidimni, ya`ni rishtai hnjrondin uz.

Ey Navoiy, gulshani davronu jonu xonumon,
Barchadin kechtim dema, lekin ko`ngulni andin uz.

200

Bizni, ey ishqu junun, rasvoi olam qildingiz,
Har ne rasvolig`din afzunroq bo`lur ham qildingiz.

Jonu ko`nglimga malolat toshlari birla qoqib,
Dard ila anduh mismorini mahkam qildingnz.

Muncha bedodu sitamkim, qildingiz men telbaga,
Ishq aro shavqu muhabbat ahlig`a kam qildingiz.

Chun men o`ldum g`am tuni ul tundin-o`q aylab libos,
Ne osig` gar charx ishin holimg`a motam qildingiz.

Ishq dardidin o`larmen bu kecha, ey do`stlar,
Hajr  zahridin magar  zaxmimg`a  marham  qildingiz.

Kishvari vasl ichra har kim aysh etar bo`lsun halol,
Chun  manga ovoralig`  mulkin musallam qildingiz.

Sirri ishqim bilmagan el qolmadi, garchi manga
Nomabar qush o`rnig`a  anqonn  mahram qildingiz.

Gulshani dahr ichra, ey bazmi tarab soqiylari,
Hajr xunobin nedin bizga damo-dam qildingnz.

Oxir, ey ishqu junun, yuz nav` tuhmat aylabon,
Ham Navoiy sirri ishqin elga mubham qildingiz.

201
Bizga jonon vasli uldurkim, jamolin ko`rgabiz,
Parda ruxsoridin ochib, zulfu xolin ko`rgabiz.

Bo`lsa maydon azmi, yo`lida tufrog` o`lg`abiz,
Qilsa gulgashti chaman, ra`no niholin ko`rgabiz.

Tiyr boroni balo yog`dursa jonlar qasdig`a,
Novaki mujgon bila mushkin hilolin ko`rgabiz.

Ko`zga bir ham jilva ber, bazmi visolin, ey sipehr,
Vah, necha ko`z ollida xayli xayolin ko`rgabiz.

Ko`zgu ul yuz jilvagohedur debon qildiq nazar,
Yo`q bu ma`ni birlakim ul yuz misolin ko`rgabiz.

Vasli bazmi ayshi chun elga nasib o`ldi zarur,
Kim, baliyat jomining ranju malolin ko`rgabiz.

Yo`q, hazin ko`nglumdin o`zga yordin bekomu bahr,
Necha ushshoq ichra aning infiolin ko`rgabiz.

Ichsalar kom ahli sofi ayshu biz qolsaq tirik,
Dayr aro mayxonaning sing`an safolin ko`rgabiz.

Ey Navoiy, zarrag`a xurshid vaslindin dema,
Muncha baskim jilvada gohi jamolin ko`rgabiz.

202
Qading tuz, naxli gulzori Eram tuz
Ki, tuz ashyog`a bo`lmish soya ham tuz.

Magarkim, zulfini cheksam tuz o`lg`ay,
Yo`q ersa bo`lmas oncha pechu xam tuz.

Sirishkimdin qading mayl etti har yon
Ki, qolmas o`q havo bo`lg`anda nam tuz.

Ne tong gar tuz chekarmen shu`lai oh,
Kerak chun ishq jayshida alam tuz.

Muqavvas charx ohimdin xam o`lmish
Kim, ul o`qni otarmen dam-badam tuz.

Riyo yo`lida gar ko`p pechu xam bor,
Qadam qo`ykim, erur dashti adam tuz.

Bu dayr ichra navoe, ey mug`anniy,
Navoiy nolasidek zeru bam tuz.

203
Ey sanga xunrez mujgonu baloangez ko`z,
Bizga mujgoning sinoni zaxmidin xunrez ko`z.

Fitna ko`zluklarda yo`q ermish ko`zungdek solg`uchi,
Bir qiyo boqmoq bila olamg`a rustaxez ko`z.

Ey ko`zi ayni balo, ne rahm sendin ko`z tutay
Kim, sanga xunrez ko`zdur, bizga xunomez ko`z.

Ko`z savodin ayladi kirpiklaring parvezani,
Ne ajab bo`lsa jamoling shavqidin gulbez ko`z.

Ko`rki, har kirpik uchig`a bog`labon bir pora la`l,
Keltiribtur lablaring ollinda dastovez ko`z.

Dahr zoli nechakim Farhodkushdur, turfa ko`r
Kim, xatodur tutsa gar andin vafo Parvez ko`z.

Ey Navoiy, yig`lamoqdin xira bo`lmish ko`zlaring,
Ishq aro binandalig`larg`a keraktur tez ko`z.

204
Chun anga noxush kelur, bazmida otim tutmangiz,
Kimki otim bilsa ham ul bazm aro yovutmangiz.

Hajr o`tig`a men qilibmen xo`yu do`zaxdin demang,
Har zamon jannat nasimidnn meni qo`rqutmangiz.

Vasl  jomi o`zgalar qismidur, ey jonu ko`ngul,
Sa`yida behuda zaxmat tortibon qon yutmangiz.

Telba ko`nglum bo`lsa betoqat maloli hajr aro,
Juz visol ummidi harfidin ani ovutmangiz.

Ey shabistoni visol ahli, firoqim kulbasin
Kim, dedi bir kecha sham`i vasl ila yorutmangiz?

Men kuyarmen hajr aro, har dam o`tum tez etkali,
Ey tana`um ahli, vasl afsonasin chubrutmangiz.

Toyiri vasl aylamas hargiz Navoiy sari mayl,
Kelsa afg`on tortib, ey jonu ko`ngul, urkutmangiz.

205
Ey malohat shevalik shirin dudog`ing so`zga uz
Hikmat ilgi go`yiyo soldi shakar tangiga tuz.

Necha buzg`aysen ko`ngul mulkin jafo tarhin solib,
Bir bu vayron yerni tuzmakka jafo tarhini buz.

Chehra ochsang yo takallum qilsang, o`lgan jon topar,
Olloh-olloh, bordur ul ne la`li jonbaxsh, ul ne yuz.

Oy sanga o`xshar va lekin ul sovug`dur, sen malih,
Farq ko`ptur nechakim bo`lsa mushobih tuzu muz.

Bazmidin chiqti raqib usruk, hazar, ey ahli zuhd,
Rasmdur qochmoq ulus ittinkim, ul bo`lg`ay qutuz.

Ko`zga soldim jon berib olib  ayog`n tufrog`in,
Anglamon qadrini koloning chu olmishmen ujuz.

Ne tafovut ishqi dashti qat`ida issig`-sovuq
Kim, samandar o`tda sayr aylarda tengdur yozu kuz.

Shayxda yo`q rindliq, zohidda yo`q rasmi vafo,
Dayr piri har suluk irshodida keldi to`kuz.

Hajrdin o`ldi Navoiy, soqiyo, tut jomi may,
Ey mug`anniy, sen navo ohangida qo`psa qubuz.

206
Do`stlar, may bila jonimg`a jafo aylamangiz,
Bazm aro bo`lmasa ul sho`x, meni istamangiz.

Bo`lubon yor, meni istasangiz, mast o`lubon
Yig`lasam, holima badmast debon qovlamangiz.

Qo`yinguz bir nafase, jonima bedod aylay,
Tifl yo telba kebi man` etibon aldamangiz.

Rahm agar qilsa xudo yori va gar tig` chekib,
Qatl ham aylasa, zinhorki man` aylamangiz.

Itlari ollig`a tashlangki, g`izo qilsunlar,
Bazmini barham urub, motamima yig`lamangiz.

Ey vafo ahli, duom ushbu dururkim, yo rab,
Bevafo  mohjabinlar  qo`lig`a  uchramangiz.

O`yulub tushti Navoiy tanining dog`lari,
Ko`yida o`lgan it o`lsa, terisidin yamangiz.

207
Bir kun, ey hushu xirad, men telbaga yor erdingiz,
Bexabar ham bo`lsam o`zdnn, siz xabardor erdingiz.

Dard yetkanda davojo`, yolg`uz erkanda rafiq,
G`ussa vaqti yoru g`amginlikda g`amxor erdingiz.

Nayladim, nettimki, bir yo`li chekib mendin ilik,
Emdi ermastursiz andoqknm, burun bor erdingiz.

Bo`lmasa hushu xirad g`amxorim, ey ishqu junun,
Siz  bo`lung  boqiyki,  holimg`a  madadkor erdingnz.

Ishq agar zor etti, afg`on qilmang, ey jonu ko`ngul,
Toki siz bor erdingiz, ishq ilgida zor erdingiz.

Sotmangiz olamg`a savdoyi esam, ey dardu g`am
Kim, menga ishq ichra doim siz xaridor erdingiz.

Ey zamon ahli, fusunu g`adringiz ne aybkim,
Ham zamondek doim  afsunsozu g`addor erdingiz.

Rindlar bas tiyradur, siz xonaqahg`a tushkali,
Ey xush ul kunkim, muqimi ko`yi xammor erdingiz.

Shomi hajridin Navoiyning xabar bergan ulus,
Go`yiyokim kecha tong otquncha bedor erdingiz.

208
Yor etti mehri tarkiyu men yormen hanuz,
Ishqi salosilig`a giriftormen hanuz.

Hajrim tuniki yilcha edi bu umid ila
Kim. kelgasen, yo`lung uza bedormen hanuz.

Kelgach, ko`ngul yarasi yovushti o`ngalg`ali,
Bir lahza bormag`ilki, dilfigormen hanuz.

Bozori husn davrida har necha xayli xat,
Qildi g`ulu, valek xaridormen hanuz.

Ey shayxi soda, zuhduma har kun inonmakim,
Tunlar muqimi kulbai xammormen hanuz.

Men o`lgali ko`p erdiyu itlar fig`onidin
Qilding gumonki, ko`yung aro bormen hanuz.

Aylab falakni jom sumurdum, Navoiyo,
Qo`sh tut bu bazm ichindaki, hushyormen hanuz.

209
Nozaninlig` bog`ida qadding niholi sarvnoz,
Parvarish topib niyoz ashki to`karda ahli roz.

Ishq so`zidin nega kuydung debon ayb aylamang,
Zulm erur  nevchun choqindin qilmading deb ehtiroz.

Sarvnozim nechakim har lahza yuz ming noz etar,
Netgamen ko`rguzmayin har nozig`a yuz ming niyoz.

Buylakim haq nuri zohirdur yuzungda, bo`lmag`ay
Filhaqiqat sirri ishqingg`a xayol etmak majoz.

Sham` o`rtar demagil, parvonani kim bildikim,
Sham`g`a parvona ko`ngli o`tidin ermas gudoz.

Xam bo`lub yer o`pmakim ko`yida har yondin ne ayb,
Ka`bag`a joyizdurur har saridin qilmoq namoz.

Rostlarning chun Xuroson nchra yo`qtur hurmati,
Vaqt erur qilsang, Navoiy, emdi ohangi Hijoz.

210
Ne labidin istimo` etti quloq bir qatla so`z,
Ne yuziga bir nazar solmoq murodin topti ko`z.

Deding elni o`lturay bir so`z bila, ammo seni
Aylayin mahrum, vah, jono, dema bu nav` so`z.

Eyki, bir oy ishqidin oshuftasen, vasl istasang,
Har jafo qilsa chida, har nav` bedod etsa to`z.

Oshnolarni qovar, lekin sevar begonani,
O`zni yot aylar jafo birla va lekin yotni o`z.

May uchun zohid ridosi andin o`lmas rahnkim,
Bodapololiqqa ham loyiq emas ul porabo`z.

Kimsa davron ahlidin hargiz vafoe ko`rmadi,
Kimga kim qilsang vafo paydovu ko`z tut birga yuz.

Ey Navoiy, xo`blarg`a mahkam ermas tori ahd,
Rishtai ummidni emdi bu mahvashlardin uz.

211
Boshimg`a zaxmlarning qoni turmasdin bo`lub ojiz,
Falak choqii o`tig`a kuydurur har dam bulutdin kiz.

Agarchi tund tavsan erdi aqlim, kelki, nshqingdin
Nachukkim, ko`nglung istar ham zabundun emdi, ham ojiz.

Jamoling lam`asidin gar kul o`ldum, tong emasturkim,
Bu yanglig` barqi ofat kimsaga choqilmamish hargiz.

Surub xoki tanimga raxsh, agar o`lturdi ul chobuk,
Hayotimg`a, Masiho, urma damkim, ketmasun ul  iz.

Qadah xurshidin ul oy ilgiga olg`ach, yorur olam,
Kalimullohning ilgida bu yanglig` yo`q edi mu`jiz.

Ko`zum xunobidin ofoq rangn qirmizi bo`ldi,
Hamonkim, bu chashma suyidin hosil bo`lur qirmiz.

Qilay xomangg`a jon naqdini isor, ey  musavvir, kel,
Sirishkim rangidnn kulbam aro ul oy misolin siz.

Agar bizdin malole erdi sizga, ey visol ahli,
Sizu jomi murod emdiki hajr o`tig`a kuyduk biz.

Navoiy o`n sakiz ming olam ichra bor esa rasvo,
Tong ermas, chunki bo`lmish mahvashining yoshi o`n sakkiz.

212
Bir pariyvash volihi bo`ldum, meni majnun dengiz,
Shomi hajrim tuli savdosini ro`zafzun dengiz.

Dudi ohimdin shararlar bo`lsa ko`nglum o`tidin,
Olami ishq ichra ani anjumu gardun dengiz.

So`rsa ko`nglum holini ishq ahli lahni nazm ila,
Ani rasvo ayladi bir qomati mavzun dengiz.

Ranji ishqimni dengiz Farhodu Majnun birla teng,
Dard ila hajrim bisotin tog` ila homun dengiz.

Bir yuzi gulgun g`amidin yuz tikon ko`nglumdadur,
Xorxorimning iloji bodai gulgun dengiz.

Do`stlar, ishq ahli g`avg`osin tafahhus qilsa yor,
Dardi hajring shiddatidin o`ldi bir mahzun dengiz.

May to`la aylab Navoiyg`a tutung, ey ahli bazm,
Ichmasa, g`am yerga arzimas bu dahri dun, dengiz.

213
Ul yuz atrofi malihu la`li xandonida tuz,
Tengri har yon to`kti go`yo husnining xonida tuz.

Xoni husn ul yuz, namakdon og`zidur, ul xon aro
Nutqi sho`rangezdin paydo namakdonida tuz.

Chun fano yo`lig`a kirdim og`zi ko`nglumda, ne tong
Kim, safar ahli chu azm etti, bo`lur yonida tuz.

Husnining ani ko`ngul oshubi bo`ldikim, solur
Kulgudin zaxmig`a shirinkorlig` onida tuz.

Tuzmasa  tong yo`q ko`ngulkim, ul  malohat konining,
Ishvasi to`ldurmish aning zaxmi pinhonida tuz.

Novaki zaxmida og`riqdin achishmoqdur fuzun,
Muzmar etmishlar  magar su birla paykonida tuz.

Achig`-achig` yig`lamay naylay iki la`ling uchun
Kim, xayoli soldi ko`zlar ashki g`altonida tuz.

Ul malohat koni ishqidin qayon borsam, kelur
Do`stlar, ollimg`a rasvolig` biyobonida tuz.

Ey Navoiy, ne ajab solsa chuchuk jonimg`a so`z,
Chunki bor ul no`shlabning shakkaristonida tuz.

214
Ey visol ahli, mening holim ko`rub, rahm aylangiz,
Yor zulmi gah-gahi yetsa, shikoyat qilmangiz.

Ey ibodat xayli, pandim bergucha tengri uchun,
Yorg`a rahmu manga sabru tahammul istangiz.

Aqlu sabru zuhdu taqvo jonima qilmang g`ulu,
Chiqti mast ul sho`x, turmay emdi har yon butrangiz.

Ko`zu ko`nglumdin edi ranjim ani ko`r ayladim,
Bo`lsa bu devona paydo o`tqa solib o`rtangiz.

Men fano dashtida tufrog` o`lsam, ey ahli niyoz,
Ishlarim dostonlarin olmoqqa talqin asrangiz.

Egma qaddim xam bo`lub turmoq uchun, ey sho`xlar,
Yaxshidur cholokliklar birla sekrib o`ynangiz.

Bir pariyvash ishqidin miskin Navoiydur biling,
Dasht aro oshuftayu majnun sifatliq ko`rsangiz.

215
Ishq sirrig`a amin kimsa xayol aylamangiz,
Qismingiz xalqdin anduhu malol aylamangiz.

Asray olmay o`zunguz, chunki tilarsiz hamroz,
Topmag`i mumkin emas, fikri mahol aylamangiz.

Xo`blar turrai oshuftasig`a mayl etmang,
Ko`nglunguzni kuch ila shiftahol aylamangiz.

Gulda yo`q bo`yi vafo, sham`da yo`q shu`lai mehr,
O`zni bulbulvashu parvona misol aylamangiz.

Dilbarim chiqqusi xurshiddek, ey mahvashlar,
Haddingizni  bilib, izhori jamol aylamangiz.

Ko`rkaboylarg`a  gado bo`ldunguz, ey  ishq ahli,
Bu g`anilarg`a vafo naqdi savol aylamangiz.

Tarki nshq etti Navoiy, tutubon taqvoyu zuhd,
Ey sanamlar, anga ko`p g`anju dalol aylamangiz.

216
Sarv kim ko`rdi aning ustida mohi dilnavoz,
Oy qachon qildi tulu` ostida aning sarvinoz.

Ma`ni ahlida bu surat zohir o`ldi har qachon
Kim, shabiston ichra qildi jilva ul sham`i tiroz.

Ne g`arobatlar ekin ul oydakim, har dam qolur
Husnining har diqqati kashfida hayron ahli roz.

Beadad nozi bila behad niyozim sharhida,
Daftare yozib, otin qo`ymoq bo`lur Nozu niyoz.

To xayoling ko`zdadur, ko`z uyi go`yo Ka`badur
Kim, turub atrofidin kirpiklarim aylar namoz.

Demang, ul sho`xi balo usruk yetishti, qil hazar,
Vah, netaykim, bu balodin aylayolmon ehtiroz.

Ey Navoiy, qalbu jon naqdin magar pok o`ynading,
Ul muqomir shevag`akim bo`ldi oting pokboz.

217
Rozi ermasmen, ko`ngul chokini payvand etsangiz,
Qolg`anin ham koshki parkand-parkand etsangiz.

Itlari ollida solibkim meni, ul ko`ydin
Qovmaq istarlar, dame mashg`ulu xursand etsangiz.

Qayd etarda ul pariy ko`yida men devonani,
Itlari zanjiri birla koshki band etsangiz.

So`rmog`img`a kelsa Majnun netti, ey ahli junun,
Va`zu pand aytib, meni bir dam xiradmand etsangiz.

Telba itni demangiz mendek, nedinkim or etar,
Aqlu hush ahlini bir majnung`a monand etsangiz.

Eyki debsiz: pandingizdin bodani tark etkamen,
Tark etay, avval meni shoistai pand etsangiz.

Gar achchiq yig`lar Navoiy daf`ig`a, ey sho`xlar,
Netti ollinda turub bir dam shakarxand etsangiz.

218
Ko`nglum oldi yor, chun yuziga boqib turdi ko`z,
Vahki, oldurdi ko`ngul, har kimsakim oldurdi ko`z.

Boqg`ach ul qotilg`a, soldi boshima tig` uzra tig`,
Olloh-olloh, ne balolar boshima kelturdi ko`z.

Hajr shomi ko`z yoshim boshimdin oshti, uylakim
Su yo`lin har sari aylab raxnalar, bilgurdi ko`z.

Oh o`tidin ayladi zohir ko`ngul barqi balo,
Nechakim ko`nglumga ofat yomg`urin yog`durdi ko`z.

Ko`hi dard o`ldum menu tegramda sabru xush elin,
Yog`durub yoshini, sayli ashk birla surdi ko`z.

Hajr kojidin ko`zumga har zamon o`t choqilur,
Bu choqinlarg`a tanim xoshokini kuydurdi ko`z.

Oh o`tidin bori qutqardi bukim ashkim aro,
Su kishisi yanglig` o`z mardumlarin yoshurdi ko`z.

Nahs yulduzdek ko`zi chun tushti, barham bo`ldi bazm,
Muhtasib mayxona ahli bazmig`a yetkurdi ko`z.

Ey Navoiy, istama mendin ko`ngulkim, yog`durub
Jolai ashkin, ko`ngulning shishasin sindurdi ko`z.

219
Tengri bermish ul pariy paykarga andog` tor og`iz
Kim, kishi bilmaski, anda yo`qmudur yo bor og`iz.

Ignasi birla Masih og`zin tikib, urmas nafas,
Jon berurga ochsa ul sho`xi shakarguftor og`iz.

G`unchalar xandon emas gulshandakim, har saridin,
Ochti gulro`yum duosin qilg`ali gulzor og`iz.

Turfa ko`rkim, so`z bila ham o`lturur, ham tirguzur,
Chun ochar muhlik so`z ayturg`a Masihovor og`iz.

Orazing davri erur xurshid davridin nishon,
Qayda mehr ichra ko`rungay nuqtai pargor og`iz.

Og`zima yetkur  quloq, bilkim, sening zikringdurur
Ul zamonkim, jon berurda tebratur bemor og`iz.

Soqiyo, ratli garon birla meni serob qil,
Kim, qurubtur tashnalablig`din manga bisyor og`iz.

Eykn ko`nglung sirrin   istarsenki, pinhon asrasang,
Dahr bog`i ichra ochma g`unchadek zinhor og`iz.

Ey Navoiy, yorning ko`ngli tutuldi noladin,
Kosh hargiz ochmag`ay erdim meni afgor og`iz*.


* Ushbu bayt Parij nusxasidan to`ldirildi.



220
Anga xo`ydin toza bo`lmish obi hayvon birla yuz,
Hajridin og`ushta bizga ashki g`alton birla yuz.

Sham`i vasl, eykim, ko`zung yorutti, shod o`lkim, mening
Ro`zgorimga qorardi dudi hijron birla yuz.

Bir sarig` kog`azdurur tim-tim qizil bo`lg`an menga,
Qatra-qatra ashkdin naqsh aylagan qon birla yuz.

Surtarim tufroqqa  yuz hijronda zoyi` bo`lmag`ay,
Surtar o`lsaq vasl aro bir-birga jonon birla yuz.

Ey ajal, qo`ykim, qo`yay yuz yorning ko`yigakim,
Qo`yg`udekturmen adam ko`yiga armon birla yuz.

Xonaqah ahli nifoqidin qutulmoq istabon,
Qo`ymisham iynak fano dayrig`a afg`on birla yuz.

Ey Navoiy, ul quyosh   yodida andoqkim shafaq,
Bizga rangin ayla jomi charxi gardon birla yuz.

221
Manga o`lmaklik erur hajrda oson sensiz,
O`layin, lek dame bo`lmayin, ey jon, sensiz.

Jonsiz imkoni  nafas yo`q kishiga, vahki, manga
Ne uchun tinmas eknn bir nafas afg`on sensiz.

Barq ila ra`dchadur tog` uza men majnung`a,
Kechalar oh bila nolai pinhon sensiz.

Tushmasin kimsaga bu nav` qatiq kunki, manga
Buylakim, qolmisham o`z holima hayron sensiz.

Qilmag`ay tang`a ajal dardu balosi jonsiz,
Jong`a zulmiki qilur mehnati hijron, sensiz.

Charx  hajringda  yaqindur boshima yemrulgay,
Ko`r, nelar kelturadur boshima davron sensiz.

Bo`lsa vaslingda Navoiy yo`q ajal mumkin anga,
Lek bir lahza hayot anga ne imkon sensiz.

222
Ey sanga qadi rost, lekin turrai tarror ko`j,
Kim ko`rubtur sarv ila sunbulni bu miqdor ko`j.

Rostlarg`a rostlig`dur ish magar, ul  mastning
Qomatikim rostdur, lekin anga raftor ko`j.

Qiblai din orazingdur, kufr tori sunbulung,
Ne ajab gar qibla tuz bo`lsa, vale zunnor ko`j.

Rostlar boshpni tufrog` aylasa raxshi ne tong,
Ulki qo`ydi mastlig`din bosh uza dastor ko`j.

Ishq aro ko`nglung tuzatkim, rost solg`ay aks yor,
Ko`zgu egri bo`lsa, solur aksini ruxsor ko`j.

Egridin juz egrilik hargiz asar bo`lmas ayon,
Kim solur  albatta  soya naxli nohamvor  ko`j.

Qolibon zulfung aro topti Navoiy jismi tob,
Naylagay bo`lmay tanob ichra uzulgan tor ko`j.